Uploaded by Jahongir Eshquvvatov

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA PUL MABLAG’LARI SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH VA BAHOLASH.

advertisement
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA PUL MABLAG’LARI
SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH VA BAHOLASH.
Kirish
I.
Aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy hisobot yuritish
1.1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi
1.2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish
II.
Aksiyadorlik korxonasining iqtisodiyotdagi o`rni
2.1. Aksionerlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvining nazariy
asoslari
2.2. Aksionerlik jamiyatlarida korporativ munosabatlarni tashkil
etishning o'ziga xos xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Jahon amaliyotida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʼyicha
maqsadli ilmiy izlanishlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy
qilish, korporativ munosabatlarning investorlar uchun ochiqlini taʼminlash hamda
korxonalar rivojlanish strategiyasini aniqlash va ular faoliyati samaradorligini
baholash boʼyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shularni hisobga olganda
mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimi va uning organlari funktsiya va
vazifalari, shuningdek, korporativ boshqaruv samaradorligini baholashning ilmiyuslubiy
asoslarini
takomillashtirish
muhim
ahamiyat
kasb
etmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barcha sohalarda tuzilmaviy islohotlar amalga
oshirilishi natijasida aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. 2017 yil 2 noyabrь
holatiga respublikamizda 614 ta aktsiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan boʼlib,
ularning 4344003,7 mln. dona aktsiyasiga joylashtirilgan ustav fondi 47,4 trln.
soʼmni tashkil etadi . Аyni paytda respublika iqtisodiyoti korporativ sektorining
maʼlum darajada oʼsishiga qaramay, korporativ boshqaruv tizimi samaradorligi
zamonaviy talablardan
ortda qolmoqda. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar
strategiyasida «korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va
usullarini tatbiq etish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini
oshirish»1 boʼyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni samarali hal
etish
uchun,
samaradorligini
avvalo,
aktsiyadorlik
baholash
usullarini
jamiyatlarida
korporativ
takomillashtirish
taqozo
boshqaruv
etiladi.
O`zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini
tashkil etishda korporativ boshqaruvni takomillashtrish yo`llari, va korporativ
boshqaruv standartlarini kiritishda rag`batlantirish masalalariga alohida e`tibor
qaratilmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlar va yuksak
texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni yanada rivojlantirish
dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy
texnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion
jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish
zarurligini ko`rsatmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «Oʼzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida»gi
hamda 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli «Аktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy
korporativ
boshqaruv
uslublarini
joriy
etish
chora-tadbirlari
toʼgʼrisida»gi farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21
dekabrdagi PQ-2454-sonli «Аktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb
etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi va mazkur sohaga tegishli
boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
I.
Aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy hisobot yuritish
1.1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi
Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish
va xizmat) lar sotish natijalari
to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u
subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik)
ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va
xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil
topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar,
boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.
Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi
foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan
mulkdorlarga;
davlat
soliq
inspeksiyasiga;
O’zbekiston
Respublikasi
qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va
tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi
qonunga binoan:1[39][41]

barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31-
dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;

yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot
yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha
bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun
ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha
bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi;

korxonalar
choraklik
va
yillik
buxgalteriya
hisobotlarini
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda
topshiradilar.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning
xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon
etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik
tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Korxonaning
yillik
buxgalteriya
hisoboti
tegishli
tashkilotlarga
topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va
tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish
nazarda tutilgan:
1- «Korxona balansi»;
2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;
3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;
4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
5- «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».
Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari
to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi. 2 [40][42] Shuningdek, hisobot shakllariga
izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans
bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot
beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha
eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va
boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda
hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda
quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi,
olingan foyda.
Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar
konsolidallashgan
moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan
qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari
sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy
bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va
boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga
albatta qo’shiladi.
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova
qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan
tuziladi.
3 [41][43]
Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha
tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:

buxgalteriya balansi (1-shakl);

moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);

asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);

pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);

xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);

debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo’lgan
yillik moliyaviy hisobot topshiradi:
a) buxgalteriya balansi (1-shakl);
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
ye) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Хo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va
tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda
keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so’ng,
yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha
albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak.
Хo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot
tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi,
tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish
komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga
qo’shilmaydi.
Тugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan
foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat
moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak.
1.2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish
Moliyaviy
hisobotlarni
o’z
vaqtida
tuzishni
ta’minlash
uchun
buxgalteriyaning barcha bo’limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yig’ma
ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan
muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi
summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil
tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan
summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining
ketma - ketligi quyidagicha:
-
ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar
va qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda
tegishli belgilar qo’yiladi;
-
5010- schyotining debeti bo’yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining
debeti bo’yicha 2- qaydnomalarning yig’indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga
o’tkaziladi;
7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig’indisi
-
hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal - orderlarda
aks ettiriladi;
-
jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.
Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan
bo’lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi,
bog’lanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami
taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni
taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo’yicha bajariladi.
Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o’tkaziladi.
Undan keyin har bir sintetik schyot bo’yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi
oyning 1- kuniga qoldig’i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal orderlardan olib yoziladi.
Jurnal - orderlar ma’lumotlari Bosh daftarga o’tkazilgandan so’ng jurnal orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks
ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo’yiladi.
Bosh daftarda schyotlarning qoldig’i chiqarilgandan so’ng ular analitik
ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari
bo’yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi.
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik
hisobot tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, chunki xalqaro andazalar
talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va
passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan
foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona
faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor
qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar
zarur.
Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo’jalik faoliyatini tahlil
qilish, xarajatlar va yo’qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona
hisobidan to’lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo’llaniladi.
Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyatning yo’nalishi
to’g’risidagi ma’ruzasi, ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan
biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha reja bajarilishiga ta’sir
etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati,
mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat
unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarini natijalari va
istiqbollari va shu kabilar. Тushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil
etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda moliyaviy
hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan.4[42][44]
Balansga asosan korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat
ko’rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin.
Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to’lov qobiliyati
quyidagicha aniqlanadi:
Korxona mutlaq to’lov qobiliyati = Pul mablag’lari / Korxonaning qisqa
muddatli majburiyatlari
Bu ko’rsatkich 0,2 yoki 20% dan kam bo’lmasligi kerak. Shu yo’l bilan
hisoblab chiqilgan koeffitsiyent korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini
qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko’rsatadi.
Balans ma’lumotlari bo’yicha korxonaning sof aylanma mablag’lari yoki
kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta’riflaydi.
Sof aylanma mablag’lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - Qisqa
muddatli majburiyatlar.
Sof aylanma mablag’lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o’z qarzini
to’lagandan so’ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi. Sof aylanma
mablag’lari yoki kapitalining koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital
Bu koeffitsiyent bir so’mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab
chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to’g’ri kelishini ta’riflaydi. Bunday
ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish
bo’yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi.
Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona
kapitalining tuzilishi ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning tuzilishi ko’rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo’yilmalar
qo’ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish darajasini
ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to’lash qobiliyatini aks
ettiradi.
Mulk koeffitsiyenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsiyenti)
quyidagicha topiladi:
Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati
Bu koeffitsiyent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo’lishi mumkin. U
korxona egalarining korxonaga qo’yilgan mablag’lari umumiy summasidagi
ulushini ko’rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik
korxona moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo’ladi va tashqi kreditorlarga
qaram bo’lmaydi.
Korxonaning
moliyaviy qaramlik
(Kmq) koeffitsiyenti quyidagicha
aniqlanadi:
Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital
Ushbu koeffitsiyent 0,5 dan kam bo’lishi, lekin ko’p bo’lsa, 1 dan oshmasligi
kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi
va uning o’sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan
mablag’lar ulushini ko’payib borayotganini ko’rsatadi.
Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning
asosiy vositalari tarkibi, ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga
ega. Bu ma’lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot tarkibida tuziladigan
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» da aks ettiriladi.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot asosiy vositalar va ularning
eskirishi belgilangan tasnif asosida quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi:
yil boshiga qoldig’i; hisobot davrida asosiy vositalarning kirimi; hisobot davrida
hisobdan chiqarilgani; yil oxiriga qoldig’i.
Hisobotning 3 va 6- ustunlarida yil boshi va oxiriga korxona balansida
hisobga olingan barcha asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi.
4-ustunda hisobot davrida, qo’shimcha baholash qiymati ham qo’shilgan
holda quyidagi manbalardan korxona tasarrufiga o’tgan asosiy vositalar aks
ettiriladi: pulga sotib olish yoki yangidan qurish; aylanma mablag’lardan asosiy
vositaga o’tkazilishi; boshqa korxona va tashkilotlardan bepul olinishi;
inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan asosiy vositalar kirimi; lizing
muomalalari bo’yicha uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar.
5-ustunida qaytadan baholash natijasida narxini pasaytirish ham qo’shilgan
holda quyidagi sabablarga ko’ra xo’jalik tasarrufidagi asosiy vositalar tarkibidan
chiqarilgan obyektlar qiymati aks ettiriladi: pulga sotilgan keraksiz va ortiqcha
asosiy vositalar; asosiy vositalar tarkibidan aylanma mablag’larga o’tkazilgan
obyektlar; boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilgan obyektlar; eskirishi
natijasida obyektlarning hisobdan chiqarilishi; tabiiy ofatlar, avariya natijasida va
boshqa sabablarga ko’ra obyektlarni hisobdan chiqarilishi.
7 va 10- ustunlarda asosiy vositalarning turlari bo’yicha hisobot davri boshiga
va oxiriga jamg’arilgan eskirish summasi aks ettiriladi.
8-ustunda asosiy vositalarni qo’shimcha baholash natijasida qo’shimcha
hisoblangan amortizatsiya summasi ham qo’shilgan holda hisobot davrida barcha
asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.
9-ustunda tugatilgan, sotilgan va boshqa yo’llar bilan xo’jalik tasarrufidan
chiqib ketgan asosiy vositalar eskirishi ko’rsatiladi.
11-ustunda asosiy vositalarning yil boshiga qolgan sof qoldiq qiymati aks
ettirladi. Bu summa 3- va 7- ustun summalari farqidan iborat.
12-ustunda asosiy vositalarning hisobot davri oxiriga qolgan sof qoldiq
qiymati aks ettiriladi. Bu summa 6- va 10-ustun summalari farqidan iborat.
Asosiy vositalarning jami summasidan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
yo’nalishidagilarning harakati alohida ajratib ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga sanoat, qurilish,
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini tayyorlash va boshqa moddiy ishlab chiqarish faoliyati sohasiga
tegishli obyektlar kiradi.
Noishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga kommunal
xo’jalik, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, maorif, madaniyat va shunga
o’xshaganlarda foydalaniladigan obyektlar kiradi.
«Ma’lumot uchun» degan bo’limning 180 – 183 qatorlarida asosiy vositalar
qaysi manbalar hisobidan sotib olinganligi (kirimi) aks ettiriladi.
Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lum bir hisobot davrida korxonaning pul
mablag’lari holatiga operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyati ta’sirini aks
ettiradi va shu davr ichida pul mablag’lari o’zgarishini ko’rsatadi.
Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanish quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
korxonaning pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini ishlab topish
-
qobiliyatini, shuningdek shunga o’xshagan pul mablag’laridan foydalanishda
korxona ehtiyojini baholash;
korxonaning sof aktividagi o’zgarishlarni, moliyaviy tarkibi va uning
-
o’zgaruvchan
vaziyat
hamda
imkoniyatlarga
moslashish
maqsadida
pul
oqimlarining summalari, shuningdek, o’z vaqtida tushishiga ta’sir etish qobiliyatini
baholash;
turli
-
korxonalarning
operatsion
faoliyati
to’g’risidagi hisobotni
taqqoslash. Chunki bu xo’jalik faoliyatining bir xil muomala va vaqealari uchun
buxgalteriya hisobining turli usullaridan foydalanish oqibotlarini bartaraf etadi.
Pul oqimi to’g’risidagi hisobotda pul mablag’lari oqimi quyidagi faoliyatlar
bo’yicha tasniflanadi: operatsion faoliyati; investitsion faoliyati va moliyaviy
faoliyati.
Operatsion faoliyatidan olinadigan pul mablag’lari hajmi korxona faoliyati
samarasining hal etuvchi ko’rsatkichi hisoblanadi. Chunki u tashqi moliyalash
manbalarisiz ssudalarni qaytarish, mehnat unumdorlik darajasini saqlash,
dividendlar to’lash va yangi kapital qo’yilmalarni amalga oshirish imkoniyatini
beradi.
Operatsion faoliyatidan bo’lgan pul mablag’lari harakati birinchi navbatda
daromad olish bo’yicha asosiy faoliyat natijasi hisoblanadi.
Investitsion faoliyat – bu pul ekvivalentiga kirmaydigan uzoq muddatli
aktivlar va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, qaytariladigan kreditlarni
berish va olish. Bularga bino, asmavzu – uskuna, nomoddiy va boshqa aktivlarni
sotish va sotib olish, aksiya yoki boshqa qarz majburiyatlarini sotishdan tushgan
tushum va boshqa korxonalarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini sotib olish,
fyuchers, forvard, opsion va svop – shartnoma bo’yicha tushumlar va ular bo’yicha
to’lovlar kiradi. Fyuchers shartnoma – ma’lum miqdordagi moliyaviy
instrumentlarni yoki belgilangan miqdordagi tovarni erkin savdo birjasida
kelishilgan narxda oldi – sotdi to’g’risidagi shartnoma.
Forvard kontrakti – tovar yoki moliyaviy instrumentlarni kelajakda jo’natish
va hisob – kitob qilish bo’yicha oldi – sotdi to’g’risidagi bitim.
Opsion kontrakt (mukofatli bitim) – bu ma’lum miqdordagi moliyaviy
instrumentlar yoki tovarlarni kelishilgan muddat ichida belgilangan miqdorda
mukofat to’lash evaziga qayd etilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi.
Moliyaviy faoliyat – bu shunday faoliyat turiki, uning natijasida korxonaning
xususiy kapitali va qarzlari hajmi va tuzilishida o’zgarish hosil bo’ladi. Quyidagi
pul mablag’larining harakati bunga misol bo’ladi:
Pul mablag’larini
Pul mablag’larining chiqimi
tushumi
Aksiyalar
chiqarishdan
aksiyalarni
sotib
olish
bo’yicha to’lanmalar
olinadigan tushumlar
Qarzga
Хususiy
olingan
Qarzlarning qaytarilishi
mablag’lar tushumi
Aksionerlarga dividendlar to’lash va
kapitalning
boshqa
ko’rinishdagi
taqsimlanishi
Moliyalashtiriladigan
ijara
bilan
bog’liq bo’lgan majburiyatlar bo’yicha
to’lovlar
Pul oqimlari to’grisidagi hisobotda quyidagi moddalar o’z aksini topadi:
«Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan kelib tushgan pul mablag’lari»
(010–satr.) moddasida yuklab yuborilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) lar uchun
hisobot davrida korxonaning bankdagi hisob – kitob schyotiga va kassasiga
tushgan mablag’lar ko’rsatiladi.
«Material, tovar va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan pul
mablag’lari» (020-satr.)moddasida uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun
to’lanmalardan tashqari, materiallar, tovarlar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib
beruvchilarga to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi
«Хodimlarga va ular nomidan to’langan pul mablag’lari» (030–satr.)
moddasida pul mablag’larining quyidagi maqsadlar uchun sarflanishi ko’rsatiladi:
xodimlarga to’langan mehnat haqi, mukofotlar, maqsadli davlat fondlariga
to’lanmalar, budjetga daromad solig’i to’lash; kasaba uyushmasiga ajratmalar,
aliment to’lovlari, turar joy fondiga to’lovlar, xodimlarga berilgan bank kreditlari
bo’yicha to’lovlar va shunga o’xshagan xodimlarga va xodimlar nomidan
kassadan va bankdagi schyotlardan to’lanadigan boshqa pul mablag’lari aks
ettiriladi.
«Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari» (040-satr.)
moddasining «chiqim» degan xonasida olingan royalti, turli rag’batlantirishlar va
boshqa daromadlar, savdo korxonalari bilan tuziladigan bitimlar bo’yicha olingan
komission yig’imlar aks ettiriladi.
«Jami operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (050-satr.) modd. Plus,
minus, alomatlariga qarab 010,020,030,040-satrlar yig’indisi ko’rsatiladi.
«Asosiy vositalarni sotib olish va sotish» (060-satr.) moddasining «Kirim»
ustunida turli asosiy vositalarni sotishdan tushgan mablag’lar summasi, «Chiqim»
ustunida mol yetkazib beruvchilarga xarid qilingan asosiy vositalar uchun
to’langan summa ko’rsatiladi.
«Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish» (070-satr.) moddasining
«Chiqim» ustunida mol yetkazib beruvchilarga xarid qilingan nomoddiy aktivlar
uchun to’langan summasi, «Kirim» ustunida nomoddiy aktivlarni sotishdan
tushgan mablag’lar summasi ko’rsatiladi.
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish» (080-satr.)
moddasining «Chiqim» ustunida birjada to’langan komission xarajatlar va foizlar
qo’shilgan holda qimmatli qog’ozlar va boshqa investitsiya instrumentlarini sotib
olish uchun to’langan pul mablag’lari summasi, «Kirim» ustunida qimmatli
qog’ozlar va boshqa investitsiya instrumentlarini sotishdan tushgan
mablag’lari aks ettiriladi.
pul
«Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari» (090-satr.)
moddasining «Chiqim» ustunida boshqa investitsion faoliyat bo’yicha to’langan
summa, «Kirim» ustunida – olingan pul mablag’lari ko’rsatiladi.
«Jami investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (100-satr.) moddasida
060, 070, 080, 090-satrlarning plus bilan yozilgan summalarini jamlab «Kirim»
ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «Chiqim» ustunida
ko’rsatiladi.
«Olingan va to’langan foizlar» (110-satr.) moddasining «Kirim» ustunida
olingan, «Chiqim» ustunida to’langan foizlar summasi ko’rsatiladi.
«Olingan
va to’langan dividendlar» (120-satr.) moddasining «Kirim»
ustunida olingan, «Chiqim» ustunida to’langan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Aksiyalarni chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog’liq boshqa
instrumayentlardan kelgan pul tushumlari» (130-satr.) moddasida xususiy kapital
bilan bog’liq hisobot davrida chiqarilgan (sotilgan) aksiyalar yoki boshqa
instrumentlar bo’yicha aksionerlardan tushgan pul mablag’lari summasi aks
ettiriladi.
«Хususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to’lovlari» (140-satr.) moddasida
keyinchalik tarqatish yoki bekor qilish uchun korxonada turgan xususiy aksiyalar
bo’yicha egalariga to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi
«Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo’yicha pul tushumlari va
to’lovlari» (150-satr.) moddasining «Kirim» ustunida hisobot davrida tushgan
kreditlar va qarzlar, «Chiqim» ustunida to’langan kreditlar va qarzlar ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo’yicha pul tushumlari va
to’lovlari» (160-satr.) moddasining «Chiqim» ustunida ijara (lizing) ga beruvchiga
to’langan summa, «Kirim» ustunida – ijara (lizing) ga oluvchidan tushgan pul
mablag’lari summasi ko’rsatiladi
«Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari» (170-satr.)
moddasining «Chiqim» ustunida boshqa moliyaviy faoliyat bo’yicha to’langan,
«Kirim» ustunida olingan pul mablag’lari ko’rsatiladi
«Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (180-satr.) moddasida
110, 120, 130, 140, 150, 160, 170-satrlarning plyus bilan yozilgan summalarini
jamlab «Kirim» ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «Chiqim»
ustunida ko’rsatiladi.
«Тo’langan daromad (foyda) solig’i» (190-satr.) moddasida to’langan
daromad (foyda) solig’i summasi ko’rsatiladi.
«Тo’langan
boshqa soliqlar» (200-satr.) moddasida daromad (foyda)
soliYoidan tashqari to’langan soliqlar, boj to’lovlari va ularga tenglashtirilgan
yig’im va ajratmalar summasi ko’rsatiladi.
«Jami to’langan soliqlar» (210-satr.) moddasida 190 va 200 satrlar summasi
aks ettiriladi.
«Jami moliyaviy–xo’jalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi» (220-satr.)
moddasida 050, 100, 180, 210-satrlarning plyus bilan yozilgan summalarini jamlab
«Kirim» ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «Chiqim» ustunida
ko’rsatiladi.
«Yil boshidagi pul mablag’lari» (230-satr.) moddasida korxona balansining
320-satr 3-ustunida ko’rsatilgan pul mablag’larini hisobga oladigan (5000, 5100,
5200, 5500, 5600, 5700) schyotlarning qoldiq summalari aks ettiriladi.
«Yil oxiridagi pul mablag’lari» (240-satr.) moddasida korxona balanstning
320-satr 4-ustunida ko’rsatilgan pul mablag’larini hisobga oladigan (5000, 5100,
5200, 5500, 5600, 5700) schyotlarining qoldiq summalari aks ettiriladi.
«Chet el valutasidagi pul mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumot»
bo’limida hisobot davrida korxonaning valuta mablag’larini harakati ko’rsatiladi.
Valuta mablag’lari muomalalar sodir bo’lgan paytda, valuta mablag’larining
qoldiqlari esa hisobot davrining oxirgi sanasiga O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining belgilagan kursi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy
valutasida aks ettiriladi.
«Yil boshiga qoldiq» (250-satr) moddasida korxonaning valuta schyoti va
kassasida hisobot davri boshiga qolgan valuta mablag’lari ko’rsatiladi.
«Jami valuta mablag’larining tushumi» (260-satr) moddasida 261, 262, 263,
264-satrlarda ko’rsatilgan valuta mablag’larining hisobot davridagi umumiy
tushumi aks ettiriladi.
«Jami sarflangan valuta mablag’lari» (270-satr) moddasida 271 dan273gacha satrlarda ko’rsatilgan korxona tomonidan turli maqsadlarga sarflangan
valuta mablag’larining umumiy summasi aks ettiriladi.
«Yil oxiridagi qoldiq» (280-satr) moddasida 250+260-270 satrlarning
ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadigan hisobot yili oxiriga qolgan korxonaning
valuta schyotlarida va kassasida turgan valuta mablag’lari summasi aks ettiriladi.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga
asosan tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko’rsatkichlar
mavjud.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning
bozor faolligi ko’rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu ko’rsatkichlar
kompaniyaning aksiyalarini qiymati va daromadliligini ta’riflaydi.
1. Bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi:
AF = Sof foyda – imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividеndlar / Muomaladagi
oddiy aktsiyalar
Bu ko’rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to’g’ri
kelishini ko’rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy ko’rsatkichlardan
biri hisoblanadi.
2. Aksiyaning bozor bahosi bilan bir aksiyaga to’g’ri keladigan foydaning
munosabati (BF) quyidagicha aniqlanadi:
BF = Bir aktsiyaning bozor qiymati / AF
Bu ko’rsatkich kompaniyaning bir so’m sof foydasiga aksionerlar necha so’m
to’lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko’rsatkich 10
bo’lib, «B» kompaniyasida 8 bo’lsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya
sifatini afzalroq baholaydi. Bu ko’rsatkich boshqa kompaniyalarning bir aksiyaga
to’g’ri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo’yicha
baholanadi.
3. Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi:
ABQ = Aktsionеr kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi
oddiy aktsiyalar
Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga
binoan bir oddiy aksiyaga to’g’ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini
ko’rsatadi.
4. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans
qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko’rsatadi va u quyidagicha
aniqlanadi:
Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati
5. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi:
Dividеnddan daromad ( haq. qiymat mе'yori) = Bir aktsiya bo’yicha
dividеnd / bir aktsiyaning bozor qiymati
6. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo’lib, u
quyidagicha aniqlanadi:
AD = D + (S* - S) / S, bu yerda
D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi,
S* - sotish narxi,
S – sotib olish narxi
7. Тo’lanadigan dividendlar ulushi (ТDU) quyidagicha aniqlanadi:
TDU = Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan dividеnd / Bir aktsiyaga to’g’ri
kеladigan sof foyda
Bu ko’rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va
«yomon» darajasi bo’lmaydi. Lekin buning umumiy ko’rsatkichi 1 dan oshmasligi
kerak. Bu demak kompaniya dividend to’lash uchun yetarli darajada foyda
olganligini ko’rsatadi. Agar bu ko’rsatkich 1 dan oshib ketsa, kompaniya
moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanganmaganligini yoki zaxira kapitalidan
qarz olganligini ko’rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi, chunki ular
kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to’lanadi.
III.
Aksiyadorlik korxonasining iqtisodiyotdagi o`rni
2.1. Aksionerlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvining nazariy
asoslari
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo`lga kiritgach, iqtisodiy o`sishning yuqori
sur`atlarini hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta`minlay oladigan ko`p
ukladli iqtisodiyot va raqobat muhitini shakllantirishning huquqiy va tashkiliy
asoslarini yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi. Shunday vazifalardan biri
korxonlarda korporativ boshqaruvni shakllantirishda iborat edi “Korporativ
boshqaruvning asosiy mazmuni aksiyadorlik jamiyatining faoliyatga jalb etilgan
turli shaxslar mafaatlari muvozanatini o`rnatishdan iborat.”2
Korporatsiya (lotincha corporatio – birlashish) – bu umumiy maqsadlarga
erishish, birgalikda faoliyat ko`rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil
subyektini – huquqiy shaxsni tashkil qilgan jismoniy va huquqiy shaxslar
birlashmasidir.
Korporativ boshqaruvning maqsadi aksiyadorlik jamiyatiga jalb qilingan turli
shaxslar guruhlari (aksiyadorlar, menieijerlar, mehnat shartnomasi a`zolari,
mahalliy hokimiyat organlari, kredit beruvchi banklar, etkazib beruvchilar va h.k)
manfaatlarining
o`zaro
uyg`unligiga
rioya
etishdan
iborat.
Ma`lumki, korporativ boshqaruvning vujudga kelishi mulkka egalik qilish va uni
bevosita boshqarish vazifalarining bir-biridan ajralib chiqishiga bog`liq. Bunday
ajralish natijasida aksiyadorlik jamiyati faoliyatini bevosita boshqaruvchi yollanma
rahbar (menejer)ning ahamiyati oshadi.Pirovardida o`zaro munosabatlarda ishtirok
etuvchi turli guruhlar paydo bo`lib, ularning har biri o`z manfaatlarini ko`zlab ish
yuritadi. Shu munosabat bilan aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruvning
bosh vazifasi jamiyatning barcha aktivlaridan samarali foydalanishdan iborat
bo`ladi.
Korporativ boshqaruvning murakkab va ziddiyatli tabiatini e`tiborga olib,
mamlakatimizda
aksiyadorlik
jamiyati
aksiyadorlari
uchun
korporativ
hamjamiyatining har xil qatnashchilari bilan uning faoliyatini boshqaruvchi turli
organlari o`rtasidagi kelishuvlar va ziddiyatlarni hal etish mexanizmini
shakllantirish
muammosi
alohida
ahamiyat
kasb
etadi.
Shu munosabat bilan korporativ xatti-harakat mexanizmini tartibga soluvchi turli
ko`rinishdagi kodekslar, xususan, aksiyadorlar manfaatlarini ta`minlash masalalari,
boshqaruvchining aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig`ilishi oldida hisob berishi
masalalarini ifodalovchi qoidalar ishlab chiqilishi zarur.
Aksiyadork
jamiyatlari
korporativ
boshqaruvni
tashkil
etishda
kuzatuv
kengashining funksiyalari qo`yidagicha:

har bir jamiyatda kengash maqsadi, vazifasi, vakolati va javobgarligi
ta`riflangan hamda o`ziga quyidagi asosiy qoidalarni olgan xujjatning bo`lishi
tavsiya qilinadi:

kengashning o`zak g`oyasi – jamiyat va uning faoliyati bilan ishbilarmonlik
va boshqa o`zaro munosabatlardan holi, mulk egalari (aksiyadorlar) va boshqa
manfaatdor shaxslar nomidan nazorat ishlarini olib boruvchi shaxslar
guruhining shakllanishidir.

kengashning missiyasi aksiyadorlar qo`ygan ulush qiymatining maksimal
o`stirilishidir. Kengash faoliyati asosida aksiyadorlar maqsadlari va
manfaatlari yotishi zarur.

Kengashning vazifasiga aksiyadorlar nomidan Jamiyat faoliyatiga rahbarlik
qilish va uning oliy menejerlari (Boshqaruv, Bosh direktor) faoliyatini nazorat
qilish kiradi.
To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo`lajak investorlar uchun ularning
ochiqligi va jozibadorligini ta`minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini
joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish
uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Shularndan kelib chiqib, quyidagilar korporativ boshqaruv tizimini yanada
rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari etib belgilangan:

xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-
texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish,
aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun
qulay sharoitlar yaratish;

eski bo`linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va
bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo`linma va lavozimlarni joriy etishni
inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini
tubdan qayta tashkil etish aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish,
boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta`minlashda
aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish;

aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatlari samaradorligini oshirish va korporativ
boshqaruv tizimini takomillashtirish;

korporativ boshqaruvning ilg`or uslublarini joriy etish bo`yicha tavsiyalar,
jumladan, uzoq muddatli istiqbolda rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki
nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan
samarali o`zaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash; aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatining ko`lami, tarmoq xususiyatlari va yo`nalishlarini inobatga olgan
holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish;.

xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiytexnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish;

chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish,
aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun
qulay sharoitlar yaratish;

eski bo`linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va
bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo`linma va lavozimlarni joriy etishni
inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini
tubdan qayta tashkil etish;

aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining
samarali faoliyatini nazorat qilishni ta`minlashda, aksiyadorlar rolini oshirish;

yetakchi xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv
xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek
aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali
menejerlarni jalb qilish.
O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonining muhim yo`nalishlaridan biri
davlat tasarrufida bo`lgan korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish orqali
xususiylashtirish va yangi iqtisodiy munosabatlarga xos boshqaruv mexanizmni
yaratishdir. Ma`lumki, korporativ - boshqaruv bozor iqtisodiyoti qonunlari, talab va
takliflari asosida tashkil etiladigan boshqaruv usullaridan biridir.
Ishlab chiqarish darajasini korporativ asosda rivojlantirish O`zbekiston Respublikasi
uchun yangi, o`rganilmagan muammo bo`lib uni o`rganishda xorijiy davlatlarda
korporativ boshqaruvni tashkil etish, uning jabhalari va mexanizmlarini,
korporatsiyalar tashkiliy tarkiblari, boshqaruv texnologiyasi, strategik rivojlantirish
va korporativ aksiyadorlar mablag`larini boshqarishni tashkil etish sohalaridagi
mavjud tajribalaridan keng foydalanishimiz lozim. Korporativ boshqaruvning
samarali
natijasi
faqat
boshqaruvni
yaxshi
tashkil
qilinishi
bilangina
ta`minlanmaydi. Korporativ boshqaruvning samarali bo`lishi, milliy iqtisodiyotning
hozirgi holatiga, institutsional boshqaruvni tashkil etish darajasiga iqtisodiy va
ijgimoiy holatdan kelib chiqqan holda takomillashtirilishiga davlatni bu yo`nalishda
tutgan siyosatiga va menejerlarning boshqaruvni tashkil etish salohiyatlariga ko`p
jihatdan bog`liqdir.
Korporativ boshqaruvning murakkab va ziddiyatli tabiatini e`tiborga olib,
mamlakatimizda
aksiyadorlik
jamiyati
aksiyadorlari
uchun
korporativ
hamjamiyatining har xil qatnashchilari bilan uning faoliyatini boshqaruvchi turli
organlari o`rtasidagi kelishuvlar va ziddiyatlarni hal etish mexanizmini
shakllantirish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan
korporativ xatti-harakat mexanizmini tartibga soluvchi turli ko`rinishdagi kodekslar,
xususan, aksiyadorlar manfaatlarini ta`minlash masalalari, boshqaruvchining
aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig`ilishi oldida hisob berishi masalalarini
ifodalovchi qoidalar ishlab chiqilishi zarur.Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga ana
shunday kodekslarning tatbiq etilishi xorijda keng yo`lga qo`yilgan bo`lib, davlat
organlari hamda nohukumat tashkilotlar tomonidan korporativ xattiharakat
kodekslari, korporativ axloq va ishchanlik aloqalari masalalari yuzasidan uslubiy
qo`llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Iqtisodiyotning barqaror ,rivojlanishini
taminlash faqat rivojlangan, davr talabiga javob bera oladigan, yuqori darajada
madaniylashgan
boshqaruvga
asoslangan
korporativ
munosabatlarning
shakllanishiga bog`liq. Shuningdek milliy mentalitetga asoslangan, madaniylashgan
korporativ munosabatlarni shakllantirish sobiq totalitar, markazlashtirilgan
byurokratik boshkqaruv tizimini tubdan o`zgartirish va ishlab chiqarish
faoliyatlarida qatnashayotgan mehnat resurslarini, mehnat qilish darajalarini,
ularning ixtisosligi darajalarini e`tiborga olgan holda ijtimoiy himoya qilishni
amalga oshirilishi bilan xam bog`likdir. Korporativ mulkchilik, korporativ
boshqaruvning rivojlanishi korporativ aksiyalar narxlariga ham ta`lluqlidir.
Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

samarali tahlil, joriy va strategik boshqaruv mexanizmini yaratish va uning
ishini ta`minlash,boshqaruv qarorlarni qabul qilish va jamiyat faoliyati
ustidan nazoratni o`rnatish;

barcha aksiyadorlar (shu jumladan mayda va xorijiy aksiyadorlar)ga adolatli
munosabatni hamda barcha aksiyadorlarning ular xuquqlari buzilganda
samarali himoya usullaridan foydalanishi imoniyatlarini ta`minlash;

Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari, menejerlari, xodimlari, mijozlari,
xamkorlari va etkazib beruvchilari, ya`ni manfaatdor shaxslari. davlat va
jamiyat manfaatlarini o`zaro muvofiqlashtirish orqali faoliyat olib boradi.
Aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv organi rahbari va ijro tarkibi tanlovini shunday
asosda olib borish kerakki, bunda shaxsning malakasi ham, fe`l - atvori ham uning
aksiyadorlik jamiyati strategik vazifalarini amalga oshirish bo`yicha bajaradigan ish
harakteriga mos bo`lishi lozim. Aksiyadorlik jamiyatining turli toifadagi rahbarlari,
etakchi mutaxassislari va xodimlari mehnatini eng yangi texnologiyalarni,
shuningdek,
hisoblash
texnikasini
qo`llash
orqali
maksimal
darajada
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Boshqaruvning oliy va ijro organlari,
shuningdek, aksiyadorlik jamiyati menejeri va xodimlari o`z vazifalarini bajarishida
bir-birini amalda takrorlashiga yo`l qo`ymaslik, ayni chog`da, ular o`zaro bir-birini
almashtira olishi darajasining yuksakligini ta`minlash muhimdir. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida xo`jalik yuritish amaliyotida korporativ
boshqaruvning keng tarqalganligi u yoki bu mamlakatning ochiqlik hamda
rivojlanish darajasini tavsiflovchi muhim ko`rsatgichlardan biridir. Aksiyadorlik
jamiyatlarida modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish kabi tushunchalar
avvalida aksiyadorlik jamiyatlariga ta’rif berish joizdir. Aksiyadorlar jamiyati –
daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik
jamiyati hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan
farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko‘rsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish
yo‘li bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya
egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va
yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari bor: Yopiq aksiyadorlar jamiyati – aksiya
egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanadi. Aksiyalar
faqat ularning o‘rtasida tarqatiladi. Ochiq aksiyadorlar jamiyati – jamiyat aksiyalari
erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya
olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning
aʼzosi bo‘la oladi. Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to‘plab biznesga qo‘yish
uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar,
banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining
afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital bo‘la
oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qo‘yishdan
iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi – aksiyadorlar majlisi,
so‘ngra – direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini – bo‘linmalar boshqarmasidan iborat.
Aksiyadorlar
majlisi
aksiyadorlar
jamiyati
yillik
hisobotini,
nizomdagi
o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish
natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul
qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo bo‘lgan, hozir keng tarqalib,
ommaviy tus olgan. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida
mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo
bo‘ldi,
davlat
korxonalarini
aksiyadorlar
jamiyati
aylantirish
mulkiy
o‘zgarishlarning yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida
yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi
aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. O‘zbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati
nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat
belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko‘radi. Ularning faoliyati O‘zbekiston
Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi. Aksiyadorlar
jamiyatini diversijikatsiya qilishda shubhasiz AJ laridagi samarali tashkil etilgan
korporativ boshqaruv yordamga keladi. Diversifikatsiya (lot. diversifi catio oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) - korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va
ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi degan
ma’nonii anglatadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida diverisfikatsiya fenomenoni yuqori
samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish
maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat,
q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa iqtisodiyot tarmoqlari, xizmat koʻrsatish
sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi
ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Buning
natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda
ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologik
jihatdan oʻzaro bogʻlanmagan majmualar (mas, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat
majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Dunyo
mamlakatlarida aksiyadorlik jamiyatlarida va ko’p sonli korxona, sindikat, trestlarsa
bu jarayoni 20-asrning 50-y.lari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH,
Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida bu iqtisodiy fenomenon sanoat, transport,
qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois bu jarayon xarakteri mazkur
davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli
boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat
kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) bilan belgilanadi. Ular avvalo
koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, kimyo) bilan
shugullanadigan aksiyadorlik jamiyatlarida faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar
mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom
ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan
tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Oʻzbekistan xalq xoʻjaligida
yangi barpo etilgan sanoat korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy mahsulot
turidan tashqari qoʻshimcha mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish
yoʻlga
qoʻyilgan.
Mamlakatimizda
sanoat
korxonalarini
va
aksiyadorlik
jamiyatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida
amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini
yuksaltirishga xizmat
qilmoqda.
Aksiyadorlik
jamiyatlarida
mahsulotlarni
iste’molchi va bozor talabiga mos holda yaratish va ular orqali korxona
samaradorligini oshirishga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotimizga
kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o’sib borishida yurtimizdagi mavjud
investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etayotganini
ta’kidlash joiz. Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh
etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini
diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va
chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan
himoya qiladigan korporativ boshqaruv bugungi kunda aksiyadorrlik jamiyyatlarini
rivojlantirishning
asosiy
yo’llaridan
hisoblanadi.
Iqtisodiyotdagi
tarkibiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada
jonlantirish,
xorijiy
investitsiyalarni,
avvalo
to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini
shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal
rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda
mablag’lar ajratilmoqda. modernizatsiya atamasining iazmuniga to’xtaladigan
bo’lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi.
Modernizatsiya – ob’ektni yangilash,yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar
va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish, asosan
bunda mashina, asbob uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi. Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida real sektor korxonalarini va aksiyadorlik
jamiyatlarini qo’llab quvvatlash bilan bir qatorda ularni sog’lomlashtirish tadbirlari
ham muhim o’rin tutadi. Zero, uzoq davr mobaynida sifatsiz mahsulotni ishlab
chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan
korxonalarni saqlab qolish iqtisodiyotning sog’lomligiga jiddiy putur yetkazishi
mumkin. Bunday aksyadorlik jamiyatlarini va korxonalarni bankrot deb e’lon qilish
hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tarkibiy o’zgartirish orqali qayta tuzish bu
boradagi eng to’g’ri va samarali yechim hisoblanadi. Bugungi kunga kelib man shu
yuqoridagi ikkita asosiy iqtisodiy fenomenonni samarali joriy etishda dunyo
miqyosida
keng
qo’llaniladigan
va
barcha
osonlik
bilan
tushunadigan
tushunchalardan biri shak-shubhasiz korporativ boshqaruv tushunchasidir.
“Korporativ boshqaruv oldindan mavjud, shuningdek ushbu atama yangi hamdir”
degan gap bejiz emas. Bunga korporativ boshqaruv organlari tomonidan faoliyati
samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy
korporatsiyalar va hokazolaming milliy va jahon iqtisodiyotidagi o‘rn i sabab
bolmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida,
xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish
masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Keltirilayotgan jihatlar sabab
korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning maqsad va vazifalarini to'gri
anglash maqsadga muvofiq. Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq
yillardan buyon o'rganilib kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning flkrlari
xilma-xilligiga guvoh bo'lish mumkin. “Korporativ boshqaruv - korporatsiya
mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, undan foyda olish
maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan daromadlami korporativ
munosabatlarning barcha ishtirokchilari o'rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan
strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va real
ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”, deb izohlanadi. Tashkiliy
huquqiy
shakl
sifatida
korporatsiyalar
barcha
mamlakatlarda,
jumladan
O'zbekistonda ham keng hajmda qo’llanilmaydi. Shu nuqtayi nazardan
korporatsiyalar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan
jamiyatlari va boshqalarni umumlashtirgan holda korporativ tuzilma tushunchasi
bilan ifodalanadi.
2.2. Aksionerlik jamiyatlarida korporativ munosabatlarni tashkil
etishning o'ziga xos xususiyatlari
O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlarning asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni
xususiylashtrish tashkil etadi. Uning maqsadi - bozor iqtisodiyotining vujudga
kelishi uchun zarur bo`lgan asosiy sharoitlarni yaratish (xususiy mulk institutini
shakillantirish, iqtisodiy va huquqiy bazani hamda ularsiz iqtisodiyotnig xususiy
sektori faoliyat ko`rsata olmaydigan institutsional tuzilmalarni barpo etish)dan
iborat. Aksiyadorlik jamiyatlari bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotining ko`plab
sohalarida etakchi mavqeni egallagani holda, keng tarqalgan, boshqaruv, kuzatuv va
ijro organlari orqali korporativ munosabatlarga faol kirishadigan yuridik shaxslar
hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari dastlab XVII asrda Evropada dengiz orqali
savdo-sotiq sohasida faoliyat yuritgan mulkdorlar o`rtasida tashkil etilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir huquqiy normalar ilk bor 1808 yilda
Frantsiya savdo kodeksida belgilangan.
Mazkur faoliyatning qonuniy negiziga ko`ra mamlakatimizda bunday jamiyat
yuridik shaxsni ta`sis etish yoki qayta tashkil etish (qo`shib yuborish, bo`lish, ajratib
chiqarish, o`zgartirish) yo`li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta`sis etish yo`li
bilan tashkil etish muassislarning qaroriga ko`ra amalga oshiriladi.5
Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta`sis etish yoki qayta tashkil etish (qo`shib
yuborish, bo`lish, ajratib chiqarish, o`zgartirish) yo`li bilan tashkil etilishi mumkin.
Jamiyatni ta`sis etish to`g`risidagi qaror ta`sis yig`ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyat bir muassis tomonidan ta`sis etilgan taqdirda jamiyatni ta`sis etish haqidagi
qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi.Jamiyatning muassislari
uni tashkil etish to`g`risida o`zaro ta`sis shartnomasini tuzadilar, shartnomada
ularning jamiyatni ta`sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi,
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o`rtasida
joylashtirilishi lozim bo`lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to`lanadigan haqning
miqdori va uni to`lash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va
majburiyatlari belgilanadi. Jamiyatni ta`sis etish to`g`risidagi qaror muassislarning
ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta`sis etish, uning ustavini tasdiqlash,
jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar
qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni ta`sis etish, uning ustavini tasdiqlash to`g`risidagi va muassis tomonidan
jamiyatning aksiyalari haqini to`lash uchun kiritilayotgan qimmatli qog`ozlarning,
o`zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo`lgan boshqa
huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar
tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni
tashkil etish O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o`zgartirilayotganda aksiyadorlik
jamiyatini ta`sis etish to`g`risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli
organ tomonidan qabul qilinadi.Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni
cheklanmaydi.
Jamiyatni tashkil etish to`g`risidagi ta`sis shartnomasini imzolagan yuridik va
jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb e`tirof etiladi.
Agar qonunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan
bo`lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo`lishi mumkin
emas.6
Jamiyat muassislari jamiyatning tashkil etilishi bilan bog`liq majburiyatlar
yuzasidan jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilguniga qadar javobgar bo`ladi. Jamiyat
muassislarning jamiyatni tashkil etish bilan bog`liq majburiyatlari yuzasidan
muassislarning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig`ilishida
ma`qullangan taqdirdagina javobgar bo`ladi.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o`zgartirilayotganda davlat mulkini
tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi bo`ladi. Jamiyat muassislari
o`rtasida aksiyalarni taqsimlash ta`sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ta`sis yig`ilishi:jamiyatni ta`sis etish to`g`risida qaror qabul qiladi va uning ustavini
tasdiqlaydi;ta`sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni
tasdiqlaydi;muassislar
tomonidan
aksiyalar
haqini
to`lash
tartibini
belgilaydi;chiqariladigan aksiyalarning turlarini va sonini belgilaydi; jamiyatning
kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi; jamiyatning
ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).
Ta`sis yig`ilishida ovoz berish muassislar kiritadigan ulushlarga muvofiq
o`tkaziladi. Ta`sis yig`ilishi qarorlarni oddiy ko`pchilik ovoz bilan qabul qiladi,
bundan ta`sis shartnomasini o`zgartirish to`g`risidagi qarorlar qabul qilinadigan
hollar mustasno bo`lib, buning uchun barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Ta`sis yig`ilishining qarorlari jamiyatning barcha muassislari tomonidan
imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib o`zgartirish davlat mulkini tasarruf
etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida ta`sis yig`ilishini
o`tkazmasdan amalga oshiriladi. Bir muassisdan iborat bo`lgan jamiyatda ta`sis
yig`ilishi o`tkazilmaydi.
Ustav jamiyatning ta`sis hujjati bo`lib, unda quyidagi ma`lumotlar bo`lishi kerak:
jamiyatning to`liq (agar bo`lsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan eri (pochta
manzili) va elektron pochta manzili;
faoliyatining sohasi (asosiy yo`nalishlari) va maqsadi;
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
jamiyat
boshqaruvining
tuzilmasi, jamiyat
kuzatuv
kengashining, taftish
komissiyasining va ijroiya organining a`zolari soni, bu organlarni shakllantirish
tartibi, ularning vakolatlari.
Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bitta aksiyadorga
tegishli bo`lgan ulushning eng ko`p miqdoriga cheklovlar belgilanishi
Davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga bo`lgan maxsus huquq
(oltin aksiya) joriy etilayotgan jamiyat ustavida davlatning mazkur maxsus
huquqdan foydalanishi to`g`risidagi qoidalar ko`rsatilishi kerak.
Jamiyatni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ustavi
qonunga muvofiq emasligi davlat ro`yxatidan o`tkazishni rad etishga olib keladi.
Jamiyatni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni davlat
ro`yxatidan o`tkazishni rad etishga yo`l qo`yilmaydi. Davlat ro`yxatidan o`tkazishni
rad etish, shuningdek ro`yxatdan o`tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga
shikoyat qilinishi mumkin.
Jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan sanadan e`tiboran ko`pi bilan uch oy
muddatda aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi to`g`risidagi, jamiyatning kuzatuv
kengashi, ijroiya organi haqidagi (tegishincha direktori, boshqaruvi, ishonchli
boshqaruvchi to`g`risidagi) va taftish komissiyasi (taftishchisi) to`g`risidagi
ularning faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek jamiyatning
mazkur organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartib-taomilini belgilovchi
nizomlarni tayyorlashi hamda aksiyadorlarning umumiy yig`ilishida tasdiqlashi
shart.
Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish –bu uning ishtrokchilarining o`zaro hamkorlik
qilish mexanizmi yoki tizim va ular yordamida ishtirokchilar o`z manfaatlarini
namoyon qiladigan usullardir. Biroq ushbu tizim mulkchilikning boshqa shaklidagi
korxonalarni boshqarishdan farq qiladi, chunki aksiyadorlik jamiyatining mol-mulki
ko`pchilik aksiyadorlarning ulushlaridan hosil bo`ladi. Aksiyadorlik jamiyatini
boshqarish
tizimi
jamiyat
faoliyatining
asosiy
vazifalarini
hal
etishda
aksiyadorlarning xohish-istaklari bildirilishini nazarda tutadi. U mulkdorning fikrini
bayon etadi va ularning manfaatlarini himoya qiladi7.
Aksiyadorlik
jamiyati
(korporatsiya)
investorlar
(aksiyadorlar)
kapitalini
birlashtirish yo`li bilan tashkil qilinadigan hamda o`z aksiyadorlari foydasi manfaati
yo`lida
tadbirkorlik
faoliyatini
amalga
oshiradigan
tijorat
tashkilotining
tashkiliyhuquqiy shaklini bildiradi.
Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatida iqtisodiy faoliyatning shart-sharoitlari shaffof
bo`lishi, boshqaruvchilar va boshqa ijro etuvchi xodimlarning aksiyadorlar oldida
tegishli ravishda hisob berib turishlarini ta`minlash maqsadga muvofiq. Mulkdorlar
(aksiyadorlar) ularning aktivlaridan samarali foydalanilishi hamda foyda adolatli
taqsimot bo`yicha kafolatga ega bo`lishi zarur. Ya`ni aksiyadorlar bo`sh turgan
mablag`larini ishlab chiqarishga yo`naltirish natijasida ma`lum miqdorda daromad
olishi maqsadga muvofiq. Aksiyadorlar qoldiq mulk egalari sifatida o`z zimmalariga
olayotgan tavakkalchilik xatari evaziga muayyan kafolatlangan haqhuquqlarga ega
bo`lishlari shart. Mulkka daxldorlik, aksiyalarni o`tkazib berish huquqi, foydadan
o`z ulushini olish va muhim korporativ qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish
huquqlarini shu jumlaga kiritish mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv organi rahbari va ijro tarkibi tanlovini shunday
asosda olib borish kerakki, bunda shaxsning malakasi ham, fe`l-atvori ham uning
aksiyadorlik jamiyati strategik vazifalarini amalga oshirish bo`yicha bajaradigan ish
harakteriga mos bo`lishi lozim. Aksiyadorlik jamiyatining turli toifadagi rahbarlari,
etakchi mutaxassislari va xodimlari mehnatini eng yangi texnologiyalarni,
shuningdek,
hisoblash
texnikasini
qo`llash
orqali
maksimal
darajada
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Boshqaruvning oliy va ijro organlari,
shuningdek, aksiyadorlik jamiyati menejeri va xodimlari o`z vazifalarini bajarishida
bir-birini amalda takrorlashiga yo`l qo`ymaslik, ayni chog`da, ular o`zaro bir-birini
almashtira olishi darajasining yuksakligini ta`minlash muhimdir.Bunda ularni
rag`batlantirishning ijobiy vositalari (mukofotlash, imtiyozli aksiyalarni ajratish,
xorijiy safarlarga malaka oshirishga yuborish va hokazolar)dan faol foydalanish
yaxshi samara beradi.Aksiyadorlik jamiyatini boshqarishdagi tavakkalchilik ustidan
nazoratni kuzatuv kengashi a`zolari tomonidan chuqur anglash darajasi mazkur
yo`nalishda olib borilayotgan ishlarning tarkibiy qismi bo`lib qolishi zarur.
Ushbu masalalarni hal etish uchun aksiyadorlik jamiyatida tavakkalchilik darajasini
nazorat qilishda kuzatuv kengashining ahamiyati bayon etilgan qoidalarni,
korporativ boshqaruv darajasini baholash mezonlarini, korporativ boshqaruvni
samarali olib borishga qaratilgan ichki hujjatlarni hamda korporativ boshqaruv
tizimida tanglik vaziyatlari vujudga kelganda ko`riladigan chora-tadbirlar taktikasini
ishlab chiqish va tartibga solish talab etiladi.Bu borada aksiyadorlik jamiyatlarini
qayta tashkil etishda ularning joylashtirilish usullaridan samarali foydalanishni
yuzaga keltiradi
Xulosa
1. Boshqaruv muammolari murakkablashuvidagi sifat bosqichi ko`p sonli
aksiyadorlarga va murakkab tarkibga ega bo`lgan yirik kompaniyalar
(aksiyadorlik
jamiyatlari,
xoldinglar,
moliya-sanoat
guruhlari)ning
shakllanishi natijasida yuz berdi.
Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta`sis etish yoki qayta tashkil etish (qo`shib
yuborish, bo`lish, ajratib chiqarish, o`zgartirish) yo`li bilan tashkil etilishi mumkin.
2. Jamiyatni ta`sis etish, uning ustavini tasdiqlash to`g`risidagi va muassis
tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to`lash uchun kiritilayotgan
qimmatli
qog`ozlarning,
o`zga
mulkiy
huquqlarning
yoki
pulda
ifodalanadigan bahoga ega bo`lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan
bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul
qilinadi.
Kompaniya mulkdorlari sifatida mulkni joriy boshqarishda bevosita shaxsiy ishtirok
etishdan voz kechgan ipvestitsiya va pensiya fondlari, sug`urta kompaniyalari
singari yirik sarmoyadorlar paydo bo`ldi. Shuning uchun professional yollanma
boshqaruvchilar kompaniyalarni boshqarishda muhim rol o`ynay boshladi. Bundan
tashqari, so`nggi vaqtlarda korporativ mulkdan foydalanish jarayonida mulkdori
bo`lmagan, lekin u yoki bu tarzda unga aloqador shaxslar va tashkilotlar (kompaniya
xodimlari, xududiy hokimiyat va b.) faol rol o`ynashga urinmoqda.
3.Korporativ boshqaruvning asosiy mazmuni aksiyadorlik jamiyatining faoliyatga
jalb etilgan turli shaxslar mafaatlari muvozanatini o`rnatishdan iborat. Korporativ
boshqaruvning murakkab va ziddiyatli tabiatini e`tiborga olib, mamlakatimizda
aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari uchun korporativ hamjamiyatining har xil
qatnashchilari bilan uning faoliyatini boshqaruvchi turli organlari o`rtasidagi
kelishuvlar va ziddiyatlarni hal etish mexanizmini shakllantirish muammosi alohida
ahamiyat kasb etadi.Zamonaviy korporatsiyalarda aksiyadorlar aksiyalarni xarid
qilib, mablag`larini korporatsiya ixtiyoriga topshiradigan va ushbu sarmoyadan
foydalanish samaradorligi bilan bog`liq xatarni o`z zimmasiga oladigan vaziyat
yuzaga keldi. Ayni paytda, aksiyadorlar kompaniya faoliyatini joriy boshqarish
vazifalarini hal etishda qatnashmaydilar va tashqi tashkilotlar bilan o`zaro
munosabatlarda uni namoyon qilmaydilar. Korporatsiyani joriy boshqarish bo`yicha
qarorlarni qabul qilish huquqi aksiyadorlar tomonidan yollanma menejerlarga
topshiriladi.
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar
1.
Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги
Қонуни. 1996 йил 30 август.
2.
Сотволдиев А. Замонавий бухгалтерия ҳисоби. 3-том. -Т., 2004.
3.
Каримов А ва бошқалар. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. «Шарқ»
НМАКБТ. -Т., 2004, -591бет.
4.
Бобожонов А., Жуманиёзов К. Молиявий ҳисоб. -Т., «Молия» нашриёти,
2002, -672 бет.
Download