Uploaded by komiljonov.04

BUXGALTERIYA

advertisement
SPORT TASHKILOTLARDA PUL MABLAG`LARI
HISOBI
REJA

1. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobini tashkil etish

2. Naqd pul, kassa muomalalarining hisobini yuritish
tartibi

3. Bank muassasalaridagi pul mablag’lari bo’yicha hisobkitob

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi
shartnomaviy munosabatlar asoslarda mehnat vositalari va kreditlarini xarid
qilish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni sotish-sotib olish bitimlar tuzilayotgan
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida kengayib bormoqda. Bundan tashqari,
byudjet, banklar, sug’urta organlari, turli jamoat tashkilotlari, xayriya
fondlari, bevosita xodimlar va hokazolar bilan to’lov muomalalari amalga
oshirilmoqda. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, fuqarolarning g’oyatda
keng va xilma-xil doirasi bilan amaliy aloqalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt
faoliyatining muntazam va ob’ektiv jihatdan muqarrar shartiga aylanmoqda.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi har xil to’lovlar va o’zaro hisobkitoblar natijasida pul qarzi tusini olgan mulkiy majburiyat ko’rinishida
namoyon bo’ladi. Barcha mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning pul mablag’lari, xoh u xususiy bo’lsin, xoh qarzga olingan
bo’lsin, kassadan o’tuvchi pul qoldiqlari va aylanishdan foydalaniladigan
tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida
saqlanishi lozim. Bank xo’jalik yurituvchi sub’ektning schyotlardan pulni
o’tkazish va berish to’g’risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan xo’jalik
yurituvchi sub’ekt o’rtasidagi shartnomada ko’zda tutilgan boshqa
muomalalarni o’tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining hisob-kitob schyotida bo’lgan barcha
mablag’larini unga amaldagi qoidalariga muvofiq berilgan huquqlar doirasida
erkin tasarruf etadi. (“O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar
qoidalari” O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1995 yil 19
avgustdagi majlisida 22-son bayonnoma bilan tasdiqlangan.)
Barcha hujjatlar taqdim etilgandan so’ng bank xizmat ko’rsatishi haqida
shartnoma imzolanadi va bank rahbari tomonidan xo’jalik yurituvchi
sub’ektga ma’lum bir hisob-kitob schyoti nomeri beriladi hamda bank
buxgalteriya apparati xodimi tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul
mablag’lari harakati hisobini olib borish uchun joriy schyot ochiladi.

Naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda tomonlarning mas’uliyati har bir
ishtirokchi uchun belgilanadi. Masalan, mol etkazib beruvchi uchun bu –
shartnomaga va yuklab jo’natilgan mahsulotga muvofiq amalga oshirilgan pul
ekvivalentini o’z vaqtida olish, xaridor uchun – mol etkazib beruvchi
tomonidan shartnoma shartlari bajarilishi. Shu bilan birga banklar ham
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, mijozlar oldida qabul qilgan majburiyatlar
bajarilmagani uchun shartnoma asosida moddiy javobgar bo’ladi; ularning
vazifalari – to’lov muomalalarini o’tkazishning belgilangan qoidalariga qat’iy
rioya etilishini amalda ta’minlash, xizmat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi
sub’ekt va tashkilotlarning ishlab chiqish va to’lov muomalalarini tartibini
yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritishdir.

Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag’lari, to’lovlar, hisob-kitoblar va
kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
• xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’larini samarali boshqarish
maqsadlari uchun kerakli axborot bilan ta’minlash;
• naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga
rioya etgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
• hisob registrlarida to’lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag’larining
mavjudligi hamda harakatini to’liq va tezkor aks ettirish;
• naqd pul mablag’laridan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqilgan
limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya
qilish;
• pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarlanishini tashkil
etish hamda belgilangan muddatlarda o’tkazish, debitorlik va kreditorlik
qarzlarini uzish muddatlari o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
• kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarda pullar
mavjudligi va butligini nazorat qilish;
• pul resurslarining harakat oqimini bashorat qilish va pul mablag’larining
harakat oqimini maqbul holga keltirishni tartibga solish bo’yicha tegishli
boshqaruv qarorlarini tayyorlash.

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasidan naqd pulni olish va xarajatlash bilan
bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. Xo’jalik
yurituvchi sub’ektning bu boradagi xatti-harakatlari O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan “Kassa muomalalarini olib borish tartibi ”da
belgilab berilgan. Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5000-“Kassa”
hisobvarag’ida yuritiladi. Mazkur schyot xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassalarida
turgan pul mablag’lari va ularning harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z
kassalarida ularga belgilangan limitdan ortiq naqd pullarni faqat ish haqi,
mukofot, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar, stipendiya va pensiyalarni
to’lash uchun, bank muassasasidan pul olingan kunni ham qo’shib
hisoblaganda 3 bank ish kunidan oshmaydigan muddatda (bank muassasasidan
ancha olisda joylashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 5 ish kuni) saqlab
turishlari mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pullarni hisobot
topshirish sharti bilan xizmat safarlariga xo’jalik xarajatlari ekspeditsiyalar,
geologiya-razvedka guruhlari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarlari ularga
kassa xizmatlari ko’rsatuvchi tijorat banki bilan kelishgan holda belgilagan
miqdorlarda beradilar.

Kassa kirim va chiqim hujjatlarini hisoblash texnikasi yordamida ro’yxatga olib
boorish mumkin. Bunda tegishli kun uchun tuziladigan “Kassa kirim va chiqim
orderlarini ro’yxatga olish daftarining qistirma varag’i” mashinagrammasida
pul mablag’lari ko’zlangan maqsadlar bo’yicha harakatlanishining hisobini
yuritish uchun kerakli ma’lumotlar yozilishi ham ta’minlanadi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektda bitta kassa daftari to’tiladi. Bu daftar
sahifalari raqamlangan, ipcha bilan tikilgan va uning uchi surg’uchli yoki
mastikali muhr bilan tamg’alangan bo’lishi lozim. Kassa daftaridagi varaqlar
soni mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki yuqori tashkilot rahbari va bosh
buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi. Kassa daftariga yozuvlar kopirovka
qog’ozi (qora qog’oz) orqali sharikli ruchkada 2 nusxada yoziladi.
Sahifalarning ikkinchi nusxasi qirqib olinib hujjatlar ilova qilingan holda
kassir hisoboti sifatida topshiriladi. Varaqning siyohda yozilgan asl nusxalari
kassa daftarida qoladi.

Kassada inventarizatsiyasi bir oyda bir marta o’tkazilib, uning natijasi akttaqqoslash vedomostida tuziladi. Inventarizatsiya vaqtida pul kam chiqsa, u
moddiy javobgar shaxsdan undirib olinadi, ortiqcha chiqsa, u holda davlat
byudjetiga o’tkaziladi. Tekshirishni amalga oshirish jarayonida buxgalter
quyidagi tartibga rioya qilishi kerak:
• Kassani tekshirish kassir ishtirokida amalga oshiriladi;
• Kassani tekshirish paytida barcha kassa jarayonlari to’xtatiladi. Agar xo’jalik
yurituvchi sub’ektda bir nechta kassa mavjud bo’lsa, o’tkazish holda
buxgalter barcha kassalarni muhrlaydi. Kassa kaliti kassirda,muhr esa bosh
buxgalterda qoladi;
• Kassadagi naqd pullar va qimmatbaho qog’ozlar kassir va bosh buxgalter
ishtirokida birma-bir sanab chiqiladi. Pullar qanday holda bo’lishidan qat’iy
nazar, to’liq sanab chiqilishi lozim. Bank o’ramidagi pullar ham o’ramidan olib
sanaladi. Sanash tugagach, dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada kassadagi
pullar belgilari bo’yicha alohida ko’rsatiladi va ularning to’liq summasi
yoziladi

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining bo’sh (vaqtincha ishlatilmayotgan)
pul mablag’larini bankda saqlashlari shart. Xo’jalik hisobidagi o’zining oborot
mablag’lariga va mustaqil balansiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
uchun bank hisob-kitob schyoti ochadi. Ushbu hisob-kitob schyotidan pul
mablag’larini boshqa hisob-kitob schyotiga o’tkazib qo’yish yo’li bilan naqd
pulsiz hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi. Hisob-kitob schyotidagi pul
mablag’larining xarajatlanishi yoki o’tkazilishi xo’jalik yurituvchi sub’ekt,
ya’ni uning egasining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda
hisob-kitob schyotidan pul mablag’i xo’jalik yurituvchi sub’ekt ruxsatisiz
xarajatlanishi mumkin; masalan, arbitraj sud buyruqlari asosida, byudjetga
soliq va to’lovlarni o’z vaqtida to’lanmagan bo’lsa va hokazo. Bank xo’jalik
yurituvchi sub’ekt pul mablag’larining to’g’ri xarajatlanishi, ya’ni belgilangan
maqsadga xarajatlanishi ustidan nazorat olib boradi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download