Uploaded by gulahmadovshahboz777

eGZIUzGzpzsHrvD5DLHsGhe3jmFTPXJ

advertisement
Toshkent Moliya
instituti MMT-84I guruh
talabasi Quvondiqov
Sunnatjon
hemis
Mavzu:Qo‘shilgan qiymat
solig‘i
Reja:
1. Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha.
Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi.
2. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari.
3. Soliq imtiyozlari.
4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash
tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha.
Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida bilvosita soliqlarning asosiy turlaridan biri - qo‘shilgan
qiymat solig‘i hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i - har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya
jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib
beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot ishlab chiqaradi, ishlar bajaradi yoki xizmatlar
ko‘rsatadi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan
xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning
qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti
natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta
bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat byudjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni
birinchi marta Germaniya byudjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta fransuz moliyachisi Morris Lore tomonidan ishlab
chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda
qo‘llanildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i 1968 yildan boshlab joriy etildi.
XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi.
Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda
qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me’yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus
Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi
sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi.
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan
qiymat solig‘i 1992 yildan buyon amal
qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan
olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan
soliq o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda
kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan
farqli
ravishda
faqat
qo‘shilgan
qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa
bir marotaba umumiy oborotdan olinar
edi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlaridagi
salmog‘i dinamikasi
23,1
35,1
23,1
25,2
28,1
35,4
30,4
30,8
33
30,2
2004-yil
2006-yil
2008-yil
2010-yil
2012-yil
2014 yil
2016 yil
2018 yil
2019 yil
2020 yil
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq
stavkalari
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi Soliq kodeksining
237-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi
yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan:
1
2
3
• O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
• tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir
milliard so’mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashga
o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
• O’zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el
yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O’zbekiston
Respublikasi e’tirof etilsa;
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi Soliq kodeksining 237moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar
tushuniladi. Jumladan:
4
5
6
• faoliyatni O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi
chet el yuridik shaxslari;
• oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida
amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha -oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi
zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
• O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tuvchi
shaxslar.
Mazkur shaxslar bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qo’shilgan qiymat
solig’ini to’lovchilar deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq majburiyatlari Soliq
kodeksida belgilangan hollarda va tartibda soliq agentlari
tomonidan bajariladi.
Quyidagilar soliq to’lovchilar deb hisoblanmaydi, bundan
yuqorida keltirilgan 6-bandda nazarda tutilgan hollar mustasno:
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari – o’z zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida;
- aylanmadan olinadigan soliqni to’lovchi shaxslar.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi
va soliq stavkalari
Soliq to’lovchilar O’zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan
tartibda soliq organlarida qo’shilgan qiymat
solig’ini to’lovchi sifatida maxsus ro’yxatdan
o’tkazish hisobida turadi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
1
• yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o’z tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya
qilish;
2
• yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga
(huquqiy vorislarga) o’tkazish;
3
• ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli
boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish
muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining o’zi ishonchli
boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi;
4
• milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog’liq operatsiyalarni
amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno).
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq
solish bazasi va soliq stavkalari
Soliq kodeksining 240-moddasiga binoan, quyidagi shartlardan
hech bo’lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, O’zbekiston
Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb
e’tirof etiladi:
tovar O’zbekiston
Respublikasi hududida
turgan bo’lsa va bitim
natijasida uning hududidan
tashqariga chiqarilmaydigan
bo’lsa;
tovar jo’natish yoki
transportda tashish
boshlangan paytda
O’zbekiston Respublikasi
hududida turgan bo’lsa.
SOLIQ IMTIYOZLARI
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan boshqa soliq turlariga nisbatan
ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular Soliq
kodeksida to‘rt guruhga bo‘lib berilgan. Bular:
1) Soliq
solishdan ozod
etiladigan
tovarlarni
(xizmatlarni)
realizatsiya
qilish bo’yicha
aylanma (243modda);
2) Soliq
solishdan
ozod
etiladigan
moliyaviy
xizmatlar
(244modda);
3) Soliq
solishdan
ozod
qilinadigan
sug’urta
xizmatlari
(245modda);
4) Soliq
solishdan ozod
etiladigan
tovarlarni
O’zbekiston
Respublikasi
hududiga olib
kirish (246modda).
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash
tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan
qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq
to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik
operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa
tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga
xos xususiyatlari mavjud.
Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy
etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli
amal qilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish,
ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga
olish usuli yoki hisobvaraq-faktura usuli hamda ulgurji va
chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida
hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan
qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida,
ustama va mukofot haqi summasi sifatida aniqlanib shu
summadan soliq hisoblangan.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini
taqdim etish tartibi
Soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq
stavkasiga muvofiq bo’lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir
operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli
bo’lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda,
tegishli soliq davrida soliq bazasini ko’paytiradigan yoki
kamaytiradigan barcha o’zgartishlar hisobga olingan holda har bir
soliq davrining yakunlariga ko’ra hisoblab chiqariladi.
Soliq kodeksining 273-moddasiga binoan, soliq
to’lovchilar, agar Soliq kodeksida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq hisobotini
o’zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq
organlariga o’tgan soliq davridan keyingi oyning
yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda
taqdim etishlari shart.
Soliq kodeksining 272moddasiga
muvofiq,
hisoblab
chiqarilgan
soliqni
to’lash
agar
boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo’lsa, soliq
hisobida turilgan joy
bo’yicha har bir soliq
davrining
yakunlariga
ko’ra, soliq hisoboti
taqdim
etishlari
muddatidan kechiktirmay
amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga
tovarlarni olib kirish chog’ida soliq
bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda va muddatlarda
byudjetga to’lanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download