301-guruh talabasi Safaraliyeva Layloning boshqaruv psixologiyasi fanidan bajargan mustaqil ishi Mavzu: Amaliyotchi psixologning maxsus qobiliyatlari 1. Qobiliyat – shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir. 2. Amaliyotchi psixolog – bu psixologik aralashuvni yoki maxsus bilim va texnologiyalardan foydalanishni talab qiladigan vaziyatlarda aholiga psixologik yordam (psixologik xizmat) ko'rsatadigan mutaxassis. 3. Layoqat – asab tizimining ba’zi genetik determinlashgan anatom - fiziologik xususiyati bo’lib, bu kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishning dastlabki yakka tug’ma tabiiy zaminidir. 4.Talant - shaxsning maьlum faoliyatida ifodalanadigan qobiliyatlarning yuqori darajasi. 5.Geniallik - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodi bilan o’zini namoyon qilish hodisasi. 6.Frenologiya - odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlarning rivojlanganligini bosh suyagining tuzilishiga qarab aniqlash mumkin degan nazariya bo’lib, bu nazariya avstriyalik vrach F.Gall tomonidan tavsiya etilgan. 7.Frustratsiya – maqsad yoʻlidagi toʻsiq. 8.Affekt- qisqa muddatli ruhiy zoʻriqish. 9. Xotira - idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. 10. Reaksiya - inson va uning tana aʼzolari tomonidan muayyan tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan qaytariladigan javob harakati.