Загрузил LAVISTA

Маъруза №3

реклама
Kon jinslari mexanikasi va
asosiy xususiyatlari.
• Yer osti rudniklarida qazib olingan bo‘shliqni va kon
laximlarini mustaxkamlash uchun turli qurilish
materiallaridan foydalaniladi, xamda ular 2 turga bo‘linadi.
• 1.Asosiy - yog‘och , metall, beton, temir-beton, tosh va
g‘isht.
• 2.Yordamchi-sement va suv utkazmaydigan materillar.
• Yog‘och mustamlagichlar laximlar mustaxkamligi yuqori
bo‘lmagan tog‘ jinslaridan utilganda va kon bosimi unchalik
katta bo‘lmagan xollarda qo‘llaniladi. Mustaxkamlagich
sifatida yengil va mustaxkam bo‘lgani uchun ko‘proq
qarag‘ay yog‘ochidan foydalaniladi.
• Yog‘ochlar asosan 2 xil –xodalar xolatida va arralangan taxta
shaklida ishlatiladi. Metallar konchilikda keng ishlatiladigan
material bo‘lib, mustaxkamlagich sifatida asosan temir va
po‘latdan foydalaniladi. Ulardan kon laximlarini
mustaxkamlovchi jixozar tayyorlanadi.
• Beton –suniy usulda tayyorlangan material bo‘lib, shag‘al,
qum, sement va suvning malum nisbatdagi qorishmasidan
iborat. Beton uzoq muddat xizmat qiladigan laximlarni
mustaxkamlash uchun ishlatiladi. Kon bosimi yuqori bo‘lgan
xollarda beton orasiga metall armaturalar qo‘shilib temir-beton
mustaxkamlagichlardan foydalaniladi.
Ёғоч мустамлагичлар
лахимлар
мустахкамлиги юқори
бўлмаган тоғ
жинсларидан утилганда
ва кон босими унчалик
катта бўлмаган холларда
қўлланилади.
Мустахкамлагич
сифатида енгил ва
мустахкам бўлгани учун
кўпроқ қарағай ёғочидан
фойдаланилади.
Ёғочлар асосан 2 хил –
ходалар холатида ва
арраланган тахта
шаклида ишлатилади
• Beton va temir –betonning qulayligi shundaki, undan
laxmlarning shakliga xamda burilgan joylariga mos
mustaxkamlagichlar tayyorlash mumkin.
• Aytib utilganlardan tashqari tabiiy xoldagi va suniy yul bilan
tayyorlangan turli tosh, g‘isht, beton bloklari ishlatiladi.
Yangi ishlab chiqilayotgan sintetik materiallar xam asta-sekin
konchilikda uz urnini topmoqda
Lahimlarni mustahkamlash
• Mustahkamlagichlar lahim atrofidagi jinslarning
o‘pirilmasligi uchun o‘rnatiladi. Mustahkamlash
ishlari lahimlarning shakli va o‘lchamlarini saqlash,
hamda xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradi.
• Mustaxkamlagichlar xizmat kilish muddatiga kura
doimiy, vaktincha, tuzilishga kura siyrak, sidirga
kuyilgan romli, ankerli buladi.
• Mustaxkamlagichlar turi laximning xizmat muddatiga,
yuzasining ulchoviga, bosim kuchiga va iktisodiy
kursatgichlarga boglik xolda tanlanadi.
• Mustaxkamlagich uta chidamli, ixcham, urnatish kulay bulishi
va keyinchalik uni ta’mirlab turish uchun kam xarajat
sarflanadigan bulishi zarur. Xususan mustaxkamlash materiali
yonginga chidamli, suv utkazmaydigan, kiyin geologik
sharoitda xam oson urnatish imkoniyati bulgan sifatlarga ega
bulishi lozim.
• Gorizontal laximlarni mustaxkamlashda xizmat kilish muddati
5 yilgacha bulgan laximlarda kon bosimi bir me’erda bulsa
yogoch ishlatiladi. Yogoch mustaxkamlagichning shakli kon
laxim shakliga mos xolda tugri burchakli yoki trapesiya
shaklida bulishi mumkin. Amaliyotda kuprok trapesiya
shaklidagi romlar kullaniladi. Romlar turt tomonli, uch tomonli
yoki kupaytirilgan kilib urnatiladi.
• Uch tomonli romning ikki tomoni ustun va yukori tomoni tusindan
iborat buladi. Tusinlar ustunlarga maxsus yasalgan moslama
yordamida birlashtiriladi.
• Usutnlar diametri 15-30 sm bulgan xodalardan tayyorlanadi. Ustunlar
bir-biriga zichlab yoki oraligi 0,5-1,5 m ga teng masofa koldirib
urnatilishi mumkin. Oraligi ochik koldirilgan ustunlar taxta bilan
tusiladi, bu tusin va kon laximi devorlari orasidagi bushlik tog jinslari
parchalari bilan tuldirib chikiladi.
• Ustunning pastki uchi chukurgacha tushirib urnatiladi. Bosim oshib
ketganda rom biroz pastga siljiydigan bulishi kerak. Shuning uchun
ustunning pastki tomoniga uchli kilib shakl beriladi. Bosim ko‘payib
keta ustunning shu uchi ezilib, rom pastga biroz siljiydi va butunlay
buzilib ketishdan saqlaydi.
• Kon lahimlarining xizmat muddati 5 yildan ko‘p, kon bosimi katta va
tog‘ jinslarining mustahkamligi har xil bo‘lgan hollrda metall
mustahkamlagichlar qo‘llaniladi. Metall mustahkamlagichlar shakli
trapesiya, arka va va xalqasimon bo‘lishi mumkin. Ularning
birlashgan joylari bolt va gayka bilan mahkamlanadi. Metall romlar
qimirlamaydigan, jiladigan va oshiq-moshiqli bo‘lib, bir-biriga
ulanadigan bir nechta qismdan iborat bo‘ladi.
• Kon bosimi juda kuchli bo‘lib, kon lahimi uzoq muddat xizmat
qilishga mo‘ljallanganda tmir-beton va beton mustahkamlagich
qo‘llaniladi. Bunda mustahkamlagichning qalinligi 25-35 sm bo‘ladi.
Beton mustahkamlagichning qulayligi shundaki, undan har xil
shakldagi lahimlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
• Beton, temir-beton, metall va yog‘och mustahkamlagichlar asosan
tog‘ jinslarining mustahkamligi o‘rtacha va nomustahkam bo‘lgan
hollarda ishlatiladi.
• Tog‘ jinslari qattiq va mustahkam bo‘lgan hollarda qazilgan lahimlar
shaxtadagi kam havo ta’sirida yemirilib tushmasligi va portlatish
natijasida hosil bo‘lgan yoriqlarni mustahkamlash maqsadida
chaplama betondan foydalaniladi. Suyuq beton aralashmasi maxsus
mashinalar yordamida chaplanadi. Chaplama betonning qalinligi 5 sm
dan 10-15 sm gacha bo‘ladi.
• Tik lahimlar ham beton, temir-beton va metall mustahkamlagichlar
bilan mustahkamlanadi. Bunda ularning shakli aylama va to‘rtburchak
bo‘lishi mumkin.
Mexanizatsiyalashgan mustahkamlagichlar
vazifalari
Mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagich – bu shunday kon mashinasiki, u qazib
olish kavjoy butun uzunligi bo‘yicha joylashib, kavjoy shiftini mustaxkamlash,
shiftni boshqarish va kavjoy konveyeri stavini yoki kompleks bazasini kombayn
(agregatni)
bilan
birga
kavjoyga
surish
kabi
jarayonlarni
mexanizatsiyalashtiruvchi o‘zi suriladigan seksiyalardan tashkil topgan.
•Jaxondagi
birinchi
seksiyali
mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagich 1932
yilda I.A.Juravlev tomonidan tadqiq qilingan
va 1934-1935 yillarda o’rta Osiyodagi
(Qirg‘iziston)
«Sulyukta»
shaxtasida
qo‘lanilgan.
•1961 yilda sobiq ittifoqda gidravlik
mexanizatsiyalashgan
OMKT
«Tula»
rusumidagi mustaxkamlagichlar qo‘lanila
boshlagan.
• Mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagich nasos stansiyasi (bir
yoki bir nechta) taqsimlash yoki nazorat-boshqaruv
apparaturalari va gidroqurilmalar jamlanmasidan iborat birbiri bilan o‘za’ro bog‘langan seksiyalar yoki komplektlardan
tashkil topgan.
Mexanizatsiyalashgan
mustaxkamlagichning asosiy
funksiyasi – krovlyadagi tog‘
jinslarining zaboy
bo‘shlig‘iga qulab tushishiga
qarshilik ko‘rsatishdir.
• Funksional belgilariga ko‘ra mexanizatsiyalashgan
mustaxkamlagichlar – tutib turuvchi (1-rasm, a), tutibchegaralab turuvchi (1-rasm, b), chegaralab-tutub
turuvchi (1-rasm, v) va chegaralab turuvchi (1-rasm,
g) turlariga bo‘linadi.
• Mustaxkamlagich turini seksiyaning tutib turuvchi Lp va
chegaralovchi Log elementlarining gorizontal
tekislikdagi seksiya o‘qi yo‘nalishidagi proeksiyalari
o‘lchamlari orqali aniqlash mumkin.
Mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagichlar turlari: a - tutib turuvchi; b - tutib-chegaralab turuvchi; v- chegaralab-tutub turuvchi; g
- chegaralab turuvchi
Seksiya zaboy mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagichining mustaqil tarkibiy birligi hisoblanadi. U quyidagi asosiy elementlardan
tashkil topadi: gidroustun (yoki gidroustunlar) 1, tutub turuvchi 2 va (yoki) chegaralovchi 3 qismlardan tashkil topgan yuqorigi
qoplama, pastki asos 4, pastki asosdagi bitta yoki ikkita gidrodomkrat 5 va seksiya boshqaruv tizimi.
• Mustaxkamlagichlarning xarakterli jixati shundaki, tutib
turuvchi va tutib-chagaralab turuvchi mustaxkamlagichlarda
ularning gidroustunlari bevosita tutib turuvchi qoplamalari
bilan, chegaralovchi va chegaralab-tutib turuvchi turlarida esa
chegaralovchi qoplamalar bilan tutashgan bo‘ladi.
• Mustaxkamlagichlarni qatlam qalinligi bo‘yicha qo‘llash
pozitsiyasi dan kelib chiqib: yupqa – 0,7-1,2 m; o‘rta
qalinlikda – 1,2-2,5 m; va qalin 2,5-5 m li qatlamlarda
ishatiluvchi mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagichlarga
bo‘liщ mumkin.
• Mustaxkamlagichlar seksiyalari orasidagi kuch beruvchi
qismlarining o‘zaro munosabatlariga ko‘ra komplekt va
agregatlashgan bo‘lishi mumkin. Komplektlashgan
mustaxkamlagich deganda ikkita yoki undan ko‘p seksiyalari
bir-birlari bilan o‘za’ro gidrodomkratlar (seksiyani suruvchi)
bilan tutashgan bo‘ladi.
• Hozirgi vaqtda ko‘proq agregailashgan mexanizatsiyalashgan
mustaxkamlagichlar ko‘proq qo‘llaniladi. Bunday
mustaxkamlagichlarda barcha seksiyalar bir-birlari bilan
suruvchi gidrodomkratlar yordamida tutushgan bo‘lib, zaboy
konveyeri stavi hamda kombayn yoki agregat bazasini
birgalikda surish imkoniyatiga egadir.
• Agregatlashgan mustaxkamlagichlar seksiyalarining
gidroustunlari soni va joylashishiga ko‘ra konstruktiv
sxemalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
• Agregatlashgan mustaxkamlagichlar seksiyalarini
surilishi kinematik bog‘langandir, shuning uchun ularni
avtomatik va masofadan boshqarish mumkin. Suruvchi
gidrodomkratlari seksiyaning pastki qismida
joylashgan bo‘lib, nafaqat seksiyani surishga, balki,
konveyer stavini hamda agregat bazasini xam zaboyga
surishga xizmat qiladi.
• Bitta ustunli sxema chegaralab-tutib turuvchi
mustaxkamlagichlarda ishlatiladi: 40KP70, 10KP70, 20KP70,
30KP70. Ramali ikki- va uch qatorli sxemalar uchun
gidrostoykalar seksiya bo‘ylama o‘qi bo‘yicha joylashishi
xarakterlidir.
• Ikki qatorli ramali seksiyalar tutib turuvchi MKS98, 1M88,
1M88S, M87UMN, M87UMP va M87UMS xamda tutubchegaralovchi MK75 va M130 mustaxkamlagichlarida
qo‘llaniladi.
• Tutib turuvchi mustaxkamlagichlar ramali seksiyalarining
kamchiligi seksiyaning surilishi vaqtida gidroustunlarga
ko‘ndalang yuklama qoplamaning krovlya tog‘ jinslari bilan
kontakti uzilmasdan beriladi.
• Qovurg‘ali seksiyalar nisbatan yuqori ko‘ndalang
barqarorlikka egadir. Mustaxkamlagichlarning qovurg‘ali
seksiyalarida ikki-, uch- va to‘rtustunli seksiyalar ko‘proqdir.
Bu mustaxkamlagichlarning birinchi holda - M137A, UKP5,
ikkinchi holda —M144 va uchinchi holda — MK103M,
KD80, 1MT, 2MT, M138A va M142 kabi xillari mavjud.
• Olti ustunli qovurg‘ali seksiyalar, dastlab Buyukbritaniyada
ko‘proq ishlatilgan, keyingi yillarda ular to‘rt ustunli
seksiyalar bilan almashgan bo‘lib, ularni ishlatish qulay va bir
muncha sodda tuzilishga egadir. Olti ustunli qovurg‘ali
seksiyalar 2MKDM («Donbass-M») mustaxkamlagichlarida
ishlatiladi.
• Mexanizatsiyalashgan mustaxkamlagichlar seksiyalari va
asoslari o‘rtasidagi kuch beruvchi aloqaning mavjudligi bilan
seksiyadagi gidroustunlar sonidan qattiy nazar ular shitli
mustaxkamlagichlar deb aytiladi.
• Shitli mustaxkamlagichlar nafaqat yuqorigi tutub turuvchi
qoplama 1, chegaralab turuvchi qoplama 3 va asos 5 lari
o‘zaro gidroustun 2 lar bilan kinematik bog‘langan, balki
qo‘shimcha sharnirli richag 4 lar yordamida bog‘langan
chegaralab-tutib turuvchi (ris. 4.2, a) yoki tutib-chegaralovchi
(ris. 4.2, 6) mustaxkuamlagichlardan iboratdir.
• Barcha shitli mustaxkamlagichlar asos qismi orqali
bog‘langan bo‘lib, yuqorigi tutib turuvchi qismi bilan asosi
o‘rtasida aktiv tayanch, ya’ni, gidrostoyka ko‘ndalang kuchni
tutib turadi. Shitli mustaxkamlagichlar bir va ko‘p ustunli
bo‘lishi mumkin. Chegaralab-tutib turuvchi tipidagi
seksiyalar bitta ustunli (10KP70, 2OKP70B, ZOKP70B va
4OKP70) yoki ikki ustunli (UKP5 mutaxkamlagichlari)
bo‘lishi mumkin.
Скачать