Uploaded by ABDURAHMON MUHAMMADALIYEV

12. O’zbekistonda ijtimoiy pedagogakikaning rivojlanish tarixi-fayllar.org - для слияния

advertisement
MUNDAREJA
KIRISH…………………………………………………………………………3
1-BOB O’zbekistonda ijtimoiy pedagogakikaning rivojlanish tarixi……..5
1.1 Ta’lim muassasasida ijtimoiy- pedagogik ishni tashkil etish………5
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati ………………………………………12
2-BOB Chet elda ijtimoiy pedagogika rivojlanish tarixidan…………………......23
2.1 Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari…………………………23
2.2 Rivojlangan mamalakatlarda ijtimoiy pedagogikaning o’rni………….29
XULOSA………………………………………………40
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………43
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga amal
qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda
jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni
ijtimoiy ruhda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir
shaxs birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga
oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa;
ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson
jamiyatning ob’ektidir.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi
murakkab jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir
ko’rsatadi. Bilim saviyasi yetarliy bo‘lgan, e’tiqod -iymoni but bilgan kishilar har
qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh
bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar.
Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa
hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o‘zlarining
huzur halovatlarini o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar
yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz
mumkin.
Kurs ishining maqsadi.
Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyalari mavzusini o’rganish.
Kurs ishining vazifasi.
-Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagogik ishini o’rganish
-Ta’lim muassasasida ijtimoiy texnologiyalarni yaratish
-Ta’lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning
o’rni haqida
-Ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o’ziga xosligi
to’g’risida.
Kurs ishining obekti. Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagog faoliyati.
Kurs ishining predmeti Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish
texnologiyasi.
.Ta’lim muassasasida ijtimoiy- pedagogik ishni tashkil etish.
O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu
bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulq atvorini oldini olishda
ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu
muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va
texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab
olish zarur. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola
ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba
to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati
bo’lgani uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haqida gapirish uchun hali erta. Ular
hozir shakllanish bosqichidilar shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy
faoliyatida pedagogika, psihologiya va ijtimoiy ishda qo’lllanilayotgan
metodlardan foydalaniladi.
Download