Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
Telekommunikatsiya texnologiyalari:
Telekommunikatsiyalar yo’nalishi TT-11-23 S 1-kurs talabasi
KENJAYEV SANJAR QAXRAMON OG’LI
Fan: DINSHUNOSLIK
5-MUSTAQIL ISH
• Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab
istilolari va arablar ko’p asrlik hukmronligining o’rnatilishi bilan bog’liq.
O’rta Osiyoga arab yurishlari qariyb 643-644 yil atroflarida boshlangan
bo’lsa ham, o’lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so’ng
faqat arab qo’mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi.
Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo’lishi oqibatida O’rta Osiyo
ikki qismga bo’lindi: 1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig’i») va 2) Arodi
at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo’ysunmagan hukmdorlar
yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha
boshladi.
Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o’z ta’sirini
o’tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo’zg’oloni davrigacha O’rta Osiyo
islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o’z
mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va
ulardan arablar uchun soliq yig’ish vazifalarini bajardilar. Umaviy
hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy
sulolalardan o’lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o’lpon mahalliy
aholidan yig’ilgan jizya (boshqa din vakillaridan yig’iladigan soliq) sifatida
qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan
oddiy soliq yoki jizya yig’ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga
sabab bo’ldi. Ikkinchi omil Umaviylar davrida (661-750) arablarning
mahalliy aholi tarafidan islom dinini qabul qilishga monelik qilishlari bilan
bog’liqdir. Chunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr
qoidalariga ko’ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni
jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo’lardilar.
• Islom tamadduning shakllanishi va ravnaq topishiga bizning ajdodlarimiz ham
munosib hissa qo’shdilar. Bu moddiy madaniyatning dehqonchilik, chorvachilik
tarmoqlarning ba'zi sohalarga, geodeziya, yer o’zlashtirish, irrigatsiya va
melioratsiya, sug’orish inshootlari qurish, shaharsozlik bilan bog’liq ayrim
yutuqlarga tegishli. Ipakchilik, paxtachilik, to’qimachilik, polizchilik, bog’dorchilik,
qishloq xo’jaligi va chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash bo’yicha ajdodlarimiz
to’plagan tajriba, shuningdek parvarish qilinadigan o’simliklarning ba'zi turlari arab
mamlakatlariga
tarqaldi.
Davlat boshqaruv va harbiy san'atni rivojlantirishga ham ajdodlarimiz qo’shgan hissa
benihoya katta. X asr oxiridan boshlab XVII asrgacha islom mamlakatlarining
aksariyati (aholisi turkiy bo’lmaganlari ham), ayrimlarini esa XIX-XX asrgacha
turkiy sulolalar boshqargan, Mahmud Gaznaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur
kabi buyuk sarkardalar bobokalonlarimiz orasidan chiqqani buning dalilidir.
Somoniylar, Gaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlarning davlat
tizimi, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”si, Temurning «Tuzuklar»i, Temur va
temuriylar davrida yer, mulk munosabatlari, suvdan foydalanish tartibi, bojxona va
soliq tizimi, savdo yo’llarining, bozorlarning davlat himoyasida bo’lishi, aholini
ijtimoiy muhofaza qilish tizimi davlat vazifalarini kengayishiga va takomillashuviga
xizmat
qildi.
Islom ilmi birdaniga yetuk holda shakllanib qolmagan. Muhammad payg’ambar
(s.a.v) vafotidan keyin bir oz muddat o’tkach, islomning asosi bo’lmish Qur'oni
Karimni kitob holatiga keltirib, unga tartib berish, so’ngra Qur'onga, payg’ambar
ko’rsatmalariga muayyan misollar bo’yicha bildirilgan fikrlar, mulohazalari, amaliy
qarorlariga tayanib, islomiy dunyoqarashni hamda islom ibodati, axloq huquq
me'yorlarini, ya'ni shariatni va fiqhni yaratish zarurati tug’ildi.
Iqtisodiy oqibatlar.
Xalifalik o‘lkani zabt etish jarayonida uning deyarli
barcha obod dehqonchilik vohalarini, juda ko‘p
shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdi.
Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan
turli soliqlar undirib, aholini xilma-xil jamoa
ishlariga safarbar etadilar.
Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi
shaharlarda shahriston yoki undagi
xonadonlarning qoq yarmi arablar va
ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga
bo‘shatib beriladi.
Islomga da’vat etish.
Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy
hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini
ta’minlash uchun Islom dinini da’vat etishga, aholi
o‘rtasida islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar.
Aholini islomlashtirish yo‘llari.
Islom dinini qabul qilib,
musulmon bo‘lgan
mahalliy aholi vakillari
dastlabki yillarda
xiroj va jizya soliqlaridan
ozod etilgan.
Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o‘rniga
jome masjidlari bino qilinadi.
Islomni qabul qilmaganlardan
esa jon solig‘i – jizya undirilib olingan.
Soliqlarni o‘z vaqtida
to‘lamagan
kishilarning
bo‘yinlariga “qarzdor”
deb yozilgan taxtacha
osib qo‘yilardi.
Mahalliy davlat
boshliqlarining
ko‘pchiligi o‘z huquqlari
va imtiyozlarini
saqlab qolish maqsadida
Islom dinini qabul
qilgan.
Islomni qabul qilmagan zodagonlar o‘z yerlaridan
mahrum etilgan yoki tovon to‘lagan.
Bunday tadbir va choralar Movarounnahr
aholisi o‘rtasida Islom dinining tez
tarqalishiga yordam bergan.
Mahalliy sug‘d yozuvida bitilgan diniy va ma’rifiy
kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlarni
hamda sanamlarni gulxanlarda yoqib, yo‘q qilib
tashlaydilar.