Загрузил giyasovamushtariy.47g

23 11 2023 MA'NAVIYAT SOATI ISHLANMASI AXBOROT MATERIALLARI

реклама
Universitetda talabalar va professor-o‘qituvchilarning kitob o‘qish monitoringini
olib borish yuzasidan tahliliy ma’lumot
“Kitob bilim kaliti”
Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda
G‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amgin zamonda.
U bilan qol tanho hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
Abduraxmon Jomiy
Muqaddas Islom dini ilmu ma’rifatga targ‘ib qiluvchi dindir. Payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilingan dastlabki oyatlarda ilm olishga undash
ma’nosi borligining o‘zi ham Islom ilmu ma’rifat dini ekanligining yorqin dalilidir:
“O‘qing (ey, Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish
Rabbingiz ismi bilan!” (Alaq-1).
Abdulloh ibn Abbos (r.a.) shunday deganlar: «Sulaymon ibn Dovud(a.s.)ga
ilm, mol-dunyo va podshohlikdan birortasini tanlashlik ixtiyori berilganda, u Zot
ilmni tanladilar. Natijada, Alloh taolo u Zotga ilm bilan birga mol-dunyo va
podshohlikni ham qo‘shib berdi». Zero, ilm aql chirog‘i, deydilar. Ilmli kishining yo‘li
doimo charog‘on bo‘lib, u hamma yerda ham qadrlanadi. Bu dunyoning qoim turishi
ham olimlarning ilmiga bog‘liq ekanligi Payg‘ambarimiz (s.a)ning hadislarida bayon
etilgan. Hazrati Ali (k.v.) shunday deganlar: «Ilm mol-dunyodan yaxshidir, chunki
ilm seni nojoiz ishlarni qilishdan saqlaydi. Molni esa o‘g‘irlab ketmasliklari uchun
o‘zing qo‘riqlaysan. Mol-dunyo sarf qilinsa kamayadi, ilm esa tarqatish bilan
yanada ziyoda bo‘laveradi».
Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim
manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun
ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va mukaddas deb hisoblagan. Shuning
uchun kitobta muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimiznint qon- qoniga
singib ketgan. Shu ma’noda bugungi kunda kitob o‘qish va unga munosabat bir
qadar susaygandek. Chunki aksariyat yoshlar ko‘proq kompyuter va ijtimoiy
tarmoqlarga berilib ketishdi. Istalgan yangiligu axborotlarni bu vositalardan
xohlagancha olish mumkin. Achinarlisi, kitob o‘qish uchun vaqt sarflashga hojat
yo‘qdek. Aslida, hech bir axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar o‘rnini
bosolmaydi. Masalan, “O‘ttan kunlar” romani asosida ishlangan film qanchalik
mahorat bilan suratta olingan bo‘lmasin, kitobning ta’sirini, jozibasini berolmaydi.
Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor
farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat
dunyosi bilan tirik. Odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi omillardan biri
ham uning ma’naviyati hisoblanadi.
Xo‘sh, biz insonlar ma’naviy ozuqani qaerdan olamiz? Albatta, “bilimlar
manbai” bo‘lmish kitobdan. Kitob – bebaho boylik ekani barchamizga ma’lum.
Birorta san’at turini televidenie va radio, zamonaviy kompyuterlar imkoniyati va
afzalliklarini inkor qilmagan holda aytish mumkinki, bularning hech biri kitob o‘rnini
bosa olmaydi. Ayniqsa, badiiy kitoblar har bir kishida insoniy fazilatlarini
kuchaytiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. “O‘zimdagi barcha yaxshi xislatlarim
uchun kitobdan minnatdorman”, degan edi o‘z davridagi allomalardan biri.
Darhaqiqat, kitob bizning do‘stimiz hisoblanadi. Lekin afsuski, bugungi
kunda oramizda bu bebaho-ma’naviy boylikdan bahramand bo‘lish o‘rniga
“Internet kafe”larda vaqtini behuda o‘tkazayotgan yoshlar uchrab turadi. Avvallari
na kompyuter, na internet bo‘lgan. Ota- bobolarimiz “Boburnoma”, “O‘tkan kunlar”,
“Mehrobdan chayon” singari bebaho asarlarni o‘qib, ulg‘ayishgan. Xo‘sh bugunchi?
Ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar internetni kitobdan afzal bilishadi. Shu o‘rinda bu
zamonaviy axborot vositasining salbiy oqibatlari ham yo‘q emas. U tufayli bugun
kitobga bo‘lgan mehr tobora kamayib boryapti.
Biz qancha ko‘p kitob o‘qiganimiz sari, shuncha tushunchamiz kengayadi.
Afsuski, ko‘p yoshlar internetni kitobdan ustun qo‘ymoqda. Bu esa ularni
dangasalikka giriftor qilmoqda. Kitob – bu oftob, u bilimlar sarchashmasidir. Kitobni
inson tafakkurinint qanotlariga o‘xshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng
ma’rifatli kishilar jamiyatnint chinakam boyligidir. Aksincha, hayotda ro‘y berib
turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik, kitob o‘qimasliknint achchiq
mevasi. Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma’naviyatsizlik mo‘rt qiladi.
Ma’naviyat esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi. Har qanday yangilik ham bir kun
eskiradi, biroq insoniyatnint ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda
fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitobhamisha ilm-ma’rifat, odob va axloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh
avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroq vosita
yo‘q. Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobnish o‘rni beqiyos. Zero, kitob
tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi. Ne-ne ulug‘
zotlar kitobga oshno bo‘lib, yetuklikka erishgan, komil inson darajasiga
yetishganlar.
Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa
hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila
boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan
oshno bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi. Shuning uchun ham oilada, bog‘cha va
maktablarda bolalarning kitobga mehrini, adabiyotga qiziqishini oshirish otaonalarning, o‘qituvchilarning vazifasi.
Ko‘p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati
yuksak, yetuk inson sifatida hayotda o‘z o‘rnini topa oladi. Biroq, bugungi kunda
kitobga, kitob o‘kishga bo‘lgan ehtiyoj va intilish, ayniqsa, yoshlar orasida tobora
kamayib bormoqda. Bu esa juda achinarlidir. Qanchadan qancha kitoblar, kitob
javonlari va do‘konlarida shunchaki ko‘rgazma sifatida turibdi. Tabiiy savol tug‘iladi.
Nega shunday? Nima uchun kitob o‘qimay qo‘yyapmiz?
Ming afsuski, kitob o‘qish o‘rniga qimmatli vaqtini qandaydir bekorchi
holatlarga, turli ko‘ngilochar o‘yinlarga sarflayotgan insonlar ham oramizda oz
emas. Undaylar fikrlashda, o‘zini tutishda ham ma’naviyati yuksak emasliklarini
namoyon etib qo‘yishadi. Texnika asri davrida yashayapmiz, kundan-kunga texnik
vositalar taraqqiylashib, ularga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormokda. Xususan, qo‘l
telefonlari, turli internet tizimini bunga misol qilishimiz mumkin. To‘g‘ri, Yurtimizda
yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Chunki millatimiz sha’nini, milliy
g‘ururimizni yuksaltiruvchi bu – yoshlar. Shu bois, turli millat va elatlarning yoshlari
kabi o‘zbek yoshlari ham dunyo bilan muloqotda bo‘lishi kerak. Bunga hech qanday
to‘siq yo‘q. Lekin ayrim yoshlar berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish
o‘rniga, internetdagi ko‘ngilochar o‘yinlar, tanishuvlar, yoshlar ongini zaharlovchi
saytlarga kirib, u yerdagi ma’lumotlar bilan tanishmoqdalar. Buning oqibatida
ularning dunyoqarashi bir tomonlama bo‘lib qolmoqda.
Qadimda buyuk shoir va yozuvchilarimiz, olimlarimiz kitobga shu qadar mehr
qo‘ygan edilarki, hatto tunlari sham yorug‘ida kitob mutolaa qilganlar. So‘z
mulkining sultoni Navoiy xazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr»
asarini yod olgan, buyuk muhaddisimiz Imom al-Buxoriy hazratlari esa olti mingdan
ziyod hadisni yod bilgan. Ammo u davrlarda bizga yaratib berilayotgan
imkoniyatlarning bir qismi ham bo‘lmagan. Lekin ular o‘z maqsadlari sari intilib,
yuksak ma’naviyat sohibiga aylanishgan. Demak, biz uchun berilayotgan
imkoniyatdan unumli foydalanish xar birimizning o‘zimizga bog‘liq. To‘qlikka
sho‘xlik esa o‘zbek millatining yoshlariga xos fazilat emas. Aslini olganda, ayrim
yoshlarimiz bunday loqaydlikdan yirok. Ular o‘zlarining hur fikrligi va yuksak
ma’naviyati bilan ajralib turadi. Birok, guruch kurmaksiz bo‘lmagani kabi insonlar
orasida xam ma’naviy kashshoq kishilar yo‘q emas. Bundaylarning loqaydliklari
natijasida “yengil hayot” ixlosmandlari safi ortib bormokda. Okibatda kitob o‘kish
unutilmokda. Ma’naviyati sayoz, kitob o‘qimaydigan insonlar oilasida tarbiya
topayotgan farzandlar kelajakda barkamol shaxs bo‘lib ulg‘aymaydi.
Shu bois, har bir inson bilimlar kaliti bo‘lmish – kitob bilan do‘st bo‘lmog‘i
lozim. Axir dunyoda kitobdan ko‘ra yaxshiroq do‘st va maslakdosh yo‘q.
Atoqli adibimiz Oybek ta’rificha, kitob – tafakkurning tolmas qanotlaridir. Shu
ma’noda aytish mumkinki, kitob – insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir. Biz
shunga erishishimiz kerakki farzandlarimiz uchun kitob eng bebaho sovg‘a bo‘lsin.
Shundagina fardandlarimiz biz orzu qilganday, ma’naviy yetuk, teran fikrlay
oladigan, katta va kichikka mehribon, Vataniga sadoqatli, insofli, diyonatli va
oliyjanob insonlar bo‘lib kamol topadilar.
Darhaqiqat kitob o`qimagan insonning ma`naviyati bo`lmaydi. Dunyoqarashi past bo`ladi,
olam sirlarini bilmoq istasak ko`p kitob o`qimoq kerak. Zero, buyuk shoir va mutafakkir Alisher
Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma`naviy yuksalishga
erishishning eng asosiy manbai ”.
Xalqimiz tilida ham kitob o`qib bilim va munosib ta`lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan
shug`ullanish, kasb-hunar o`rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko`p.
Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Go`zallik – ilmu ma`rifat bilan”, “Ilm baxt keltirar,
bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim –
aql chirog`i”, “Beshikdan qabrgacha bilim izla”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”.
Bu kabi purma`no va serhikmat naqllar kitob sevuvchi xalqimiz lug`atida ko`plab topiladi.
Eng asosiysi, necha asrlardan buyon sayqallanib, qanchadan-qancha avlodlarga yo`lchi
yulduzdek to`g`ri yo`lni ko`rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat
shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli hamda davlatli bo`lishining
muhim omili – bu kitobga oshno bo`lish, hamisha kitob o`qish va uning mutolaasini umr bo`yi
kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning
alohida o`rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Kitob insonni komillikka etaklaydi. Hayot qoidalari yashash san`atini o`rgatadi. Kitob
bilim beradi, ilm esa ziyo, nur, ma`naviy quvvat demakdir.
Kitob insoniyat ongli hayoti va ma`naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. U –
bepoyon olam: bag`rikeng, osmoni balanddir. Kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar
xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir.
Kitob mutolaasi inson tafakkurini oshiradi, hayotga teran ko`z bilan qaraydi. E`tibor
bergan bo`lsak, so`nggi vaqtlarda yosh avlod, bolalar internet va turli ijtimoiy tarmoqlarga qiziqib
ketib, ko`p kitob o`qimay qo`ygan edi. Bu bilimsizlikdan darak beradi. Bugun vatanimiz jadal
rivojlanayotgan bir davrda ajdodlarimiz, donolar fikrida o`z aksini topgan kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga bo`lgan e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
Chunki yosh avlodning har tomonlama shakllanishidakitob mutolaasining o`rni beqiyosligini
anglagan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvarda “Kitob
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish
to`g`risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Bu hujjatda aholining keng qatlamini kitob o`qishga jalb
qilish, kitob o`qish va kitobxonlikni targ`ib etish, voyaga etgan farzandlarimizni bog`cha yoshidan
boshlab kitobga mehrli qilib tarbiyalash, kitob mahsulotlarining mazmuniga e`tibor berish, ularni
chop etish sifatini yaxshilash, turli mazmundagi kitoblar bilan to`ldirilgan kitob do`konlarini
ko`paytirish, kitoblar fondini yanada boyitish ko`zda tutilgan.
AXBOROT SOATI
Chet tilini o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan
maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari Buyuk
Britaniyaga jo‘nab ketdi
Maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 84 nafar pedagog
va o‘quvchilar 1 hafta davomida Angliyaning turli shaharlarida ta’lim sayohatida bo‘lib,
Kembrij, Oksford kabi nufuzli universitetlar faoliyati bilan yaqindan tanishadi.
21 noyabr kuni “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab”
tanlovining respublika bosqichigacha chiqqan 3 ta maktabning 84 nafar
o‘quvchi va pedagoglari Angliyaga 1 haftalik ta’lim sayohatiga yuborildi.
Video Player
Ketish oldidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan
maktabda tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Hilola Umarova ham qatnashib, ketuvchilarni safar oldi qutladi.
“Xorijiy tilni o‘rganish har bir yoshlarimizning [hayotdagi] keyingi bosqichida
ham juda ahamiyatli. Ya’ni raqobatbardosh, xalqaro arenalarda O‘zbekiston
bayrog‘ini ko‘tarishi uchun ilm-fanda, qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin, til[ni
o‘rganish] juda muhimdir. O‘ylaymanki, bir haftaga [Angliyaga] jamoa bo‘lib ham
sayohat, ham ta’lim yo‘nalishida borishinglar har biringlar uchun juda katta
motivatsiya va hurmatli yurtboshimiz tomonidan sizlarga bildirilgan katta
ishonchdir.
Men o‘ylaymanki, bu tanlov yanayam kengroq [bo‘ladi, unda] barcha
o‘quvchilarimiz ishtirok etishib, xorijiy tilni bilish bo‘yicha o‘zlarining bilimlari,
ilmlarini yanayam oshirishadi”,– dedi vazir.
Ma’lumotlarga ko‘ra,
tanlovning
tuman,
shahar
bosqichlarida
respublika bo‘yicha 7 mingga yaqin maktabdan 34 ming nafardan ziyod
o‘quvchi ishtirok etgan. 208 ta maktab birinchi bosqichdan o‘tib,
ikkinchisiga yo‘llanma olgan.
Qayd etilishicha, bellashuvda berilgan topshiriqlar maktablarning 7-9
sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, savollarning qiyinlik darajasi
osondan qiyinga tomon ta’lim tamoyillariga asoslangan. Maktab o‘qituvchi
va o‘quvchilarini tanlov bosqichlariga, test topshiriqlariga tayyorlash uchun
esa xorijlik ingliz pedagoglari ham jalb etilgan.
“3 oydan beri O‘zbekistondaman, shu vaqt davomida biz maktab o‘qituvchi
va o‘quvchilarini kommunikativ metod orqali o‘qitishga urindik. Bu metod
o‘rganuvchilarni shunchaki kitob o‘qishdan farqli ravishda darslarda aktiv
bo‘lishga undaydi.
Bilamizki, istalgan sinfxonalarda til o‘rganuvchilar turlicha, ularning
hammasini qamrab olish uchun, xorij tilida gapirtirishga undash uchun yuqorida
qayd etgan uslublarimizni qo‘lladik. Bu jarayonda birinchi navbatda eshitishni,
keyin esa shunga mos ravishda gapirishni, so‘ng o‘qish va yozishni o‘rgatamiz.
Til grammatikasi esa hamma ko‘nikmalardan keyin, kechroq parallel ravishda
o‘rgatila boshlanadi”, – dedi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18-maktabga
biriktirilgan ingliz tili fani o‘qituvchisi Osman Mamur.
“Tanlovning respublika bosqichi kelganida sal hayajonda bo‘lgandik.
Chunki unda jamoa bo‘lib ishtirok etgandik, topshiriqlarni bajarib chiqqach, nima
bo‘lar ekan deb rosa o‘yladik. Keyin tanlovning javoblari e’lon qilindi, qarasak
2-o‘rinni
olgan
ekanmiz.
Tasavvur
qila
olmaysiz
qanchalik
xursand
bo‘lganimizni. Shunaqa qilib, Buyuk Britaniyaga ketyapmiz.
Bu davlatga borishimizni bilgach, juda quvondim. Boisi, anchadan beri
Yevropa mamlakatlariga borishni orzu qilardim”, – deydi Toshkent shahridagi
145-maktab o‘quvchisi Lazizaxon Toshmatova.
“Amaldagisida na tish va na tirnoq bor” yangilanayotgan “Davlat tili haqida”gi qonun qanday
bo‘lishi kerak?
Ikki kun avval Kun.uz saytida “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher
Qodirov bilan bir qator milliy masalalar: bayroq, til, alifbo islohi kabi
mavzularda o‘tkazilgan intervyu e’lon qilingan edi. Deputat Qodirov o‘sha
intervyu davomida “Davlat tili haqida”gi qonun bo‘yicha ham gapirarkan,
uning Qonunchilik palatasida qayta ko‘rilayotganini aytdi. O‘sha, bir
paytlar Senatga borib yo‘qolib qolgan va bir muddat o‘tib, deputatlar
tomonidan kun tartibidan olib tashlangan milliy qonun.
Kun.uz muxbiri tashkil qilgan navbatdagi suhbat o‘zbek tili, uning
bugungi ahvoli, muammolari va yangidan ishlanayotgan “Davlat tili
haqida”gi qonun aslida qanday bo‘lishi kerakligi haqida bo‘ldi.
Suhbat mehmonlari – adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov,
pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev va “Ma’rifat”
gazetasi bosh muharriri Husan Karvonli.
Video Player
— Mana, sizlar o‘zbek tili uchun jon kuydirib, shu sohada doim
kuyunchaklik bilan chiqish qilib yurasizlar, aytinglarchi, O‘zbekistonni
amaldagi til qonunida qanday kamchilik va bo‘shliqlar borki, uni yangilash
ehtiyoji paydo bo‘lmoqda? Yoki nima uchun sizlar bu qonunni
o‘zgartirishga targ‘ib qilasizlar doim?
Qozoqboy Yo‘ldosh:
— Qonun bundan 34 yil oldin qabul qilingan bo‘lsa, yillar davomida
hayot o‘zgardi. U qabul qilingan paytda biz ittifoq tarkibida edik, u paytda
bugungi o‘zgarishlarni ko‘zda tutish qiyin edi. Qonun shu holicha yaxshi
ishlab ketganda, uni o‘zgartirishga ehtiyoj bo‘lmasdi, ammo yaxshi
ishlamadi.
Qonun maqomli hujjatda majburiylik, shartlilik bo‘lishi kerak. Ammo
bizning qonunda ko‘proq ikki yoqlamalilik bo‘ldi, majburiylik sust edi.
Bugungi kungacha qonun to‘la bajarilmay kelayotgani uchun qayta ishlash
zarur edi.
Yangi qonun loyihasidan xabarimiz yo‘q, hali ochiqlanmadi. Ehtimol,
yaxshi
loyiha
ishlanayotgandir.
Qonun
maqomidami,
majburiylik,
javobgarlik bo‘lishi kerak. Amal qilganlar esa namunali fuqaro, tashkilot
sifatida e’tirof etilishi kerak. Yangi loyihada qonunni bajarmaslik imkoni
qoldirilmayotganidan umidvormiz.
Zuhriddin Isomiddinov:
— Qonunni juda chiroyli, mukammal yozib qo‘yish mumkin, lekin
unga amal qilsakkina qonun bo‘ladi.
Amaldagi qonunimizni boshqa davlatlarning davlat tili borasidagi
qonuni bilan solishtirib ko‘rdim. Boshqalarning qonuni, deylik, 10 varaq
bo‘lsa, bizniki 5 varaq. Bizning qonun matni 5 ming 187 ta belgidan iborat
ekan, taxminan mingga yaqin so‘z. Qozog‘iston qonuni 15 ming 13 ta
belgi, Ozarboyjonniki 12 mingdan ko‘p, Turkmanistonniki 15 ming 469
belgi, Qirg‘izistonniki 14 mingdan ortiq, Rossiyaniki 10 ming 158 ta belgi.
Eng kichik bo‘lgan Rossiyaniki ham bizning qonundan 2 barobar katta,
boshqalarniki 3 barobar katta.
Davlat tili to‘g‘risidagi qonun matni men bilgan qonunlar ichida eng
kichigi. Kichikligi mayli, lekin lo‘nda qilib yozilgan bo‘lsa, yetarli bo‘ladi
shuncha ham. 1-moddada o‘zbek tili davlat tili ekani aytilib, qolgan 5
moddada shu qat’iylik yumshatilaveradi. Boshqa davlat qonunlarida davlat
tilini bilish majburiy qilib qo‘yilgan millatidan qat’i nazar. Qonunga
o‘xshaydi-da ularniki, bizniki esa xuddi qonunga yozilgan sharhga
o‘xshaydi. Birinchi moddada aytilgan keskin gap uchun, qolgan
moddalarda uzr so‘rab chiqqanga o‘xshaydi.
Biz ona tilimizni har kuni ishlatamiz, hatto tushni ham o‘zbek tilida
ko‘ramiz. Demakki, biz uchun tildan katta voqelik yo‘q. Bizning hayotdagi
eng katta voqelikni esa Oliy Majlis hal qiladi. Deylik, prezidentlik muddatini
uzaytirish uchun referendum qilinadi, lekin til masalasi bundan-da kattaroq
masala. Deputatlarning nechtasi til bo‘yicha mutaxassis o‘zi? Mutaxassis
bo‘lgani ham malakalimi?
Qonun loyihasini mukammallashtirish ehtiyoji bor. Hech bo‘lmasa,
bu safar maqbul qonun bo‘lsin. Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yib,
qo‘shimchalar qo‘shishsa, yanayam yaxshi bo‘ladi.
Husan Karvonli:
— 1995 yil 21 dekabrdagi yangi tahrirdagi davlat tili haqidagi qonun
bor. G‘alati narsalar bor. 10-modda yuqorida aytilgan «uzr so‘rash»ga
yaqqol
misol:
«Korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar
va
jamoat
birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari
davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan
jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga
oshirilishi mumkin». Qonun bunaqa bo‘lmasligi kerak. Ko‘pchiligi bilmasa,
o‘rgansin o‘zbek tilini, bilsin.
Endi 12-moddaga qarang: «O‘zbekiston Respublikasida notarial
harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning talabiga ko‘ra
rasmiylashtirilgan
hujjat
matni
notarius
yoki
notarial
harakatni
bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo‘lgan taqdirda
— boshqa maqbul tilda beriladi» — O‘zbek tili to‘g‘risidagi qonunga rus tili
nimaga aralashyapti? Sovet davridagi mustamlakachilik tafakkuri bilan
yozilgan bu. 1989 yilgi emas, 1995 yildagi tahriri bo‘yicha o‘qiyapman
bularni.
Endi 24-modda: «O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki
boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.
Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash
huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonunchilikka
muvofiq javobgar bo‘ladilar». Bu yerda boshqa tillarga daxl qilganlarga
javobgarlik nazarda tutilyapti, o‘zbek tiliga emas, vaholanki, qonun o‘zbek
tili to‘g‘risida. Va qonunda bundan boshqa o‘rinda javobgarlik to‘g‘risida
gap ketmaydi. 1989 yilgi variantining 4-moddasidagi majburiyatlar 1995
yilgi tahrirda olib tashlangan.
Oldingi tahrirda shunday band bor edi: «O‘zbekiston Respublikasida
ishlovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari o‘z xizmat
vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari
shart».
1989 yilgi variantning 5-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston
Respublikasi Oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaror va
boshqa hujjatlari respublika davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va
e’lon etiladi. Rasmiy nashrlarda ularning rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq,
qirg‘iz, turkman va boshqa tillardagi tarjimasi beriladi». Lekin 1995 yilgi
tahrirda ancha yumshatilgan bu ham.
28-modda (1989 y.): «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va
davlat boshqaruv muassasalarining, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar
va idoralarning rahbarlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi soha doirasida ushbu
Qonun talablariga rioya qilinishiga shaxsan javobgardirlar». 1995 yilgi
tahrirda, ya’ni amaldagi qonunda bunday javobgarlik yo‘q.
Qozoqboy Yo‘ldosh:
— Istalgan moddada shunga o‘xshash bandlarni topish mumkin.
Bunday bandlardan butkul voz kechish kerak va tilning chinakam
martabasini o‘rtaga chiqarish lozim.

Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha
qilishingiz mumkin.
Suhbatni Ilyos Safarov olib bordi.
Saudiya Arabistonida O‘zbekiston madaniyati kunlari
o‘tkaziladi
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi mutasaddilari
o‘rtasida video-konferens-aloqa vositasida muloqot tashkil etildi.
Foto: Kun.uz
«Dunyo» xabariga ko‘ra, ushbu onlayn uchrashuv chog‘ida Saudiya
Arabistonida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish bilan bog‘liq
masalalar muhokama qilindi.
Podshohlik madaniyat vazirining maslahatchisi doktor Xolid al-Rashud
O‘zbekistonning boy tarixi va yuksak madaniy merosi bilan Saudiya
jamoatchiligini yaqindan tanishtirish uchun mazkur tadbirni tez kunlarda
o‘tkazishdan o‘z mamlakati manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov
bunday tadbirlar "xalq diplomatiyasi"ning muhim qismi ekanligi haqida
to‘xtalar ekan, Podshohlikda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilishi
saudiyaliklarning O‘zbekiston ko‘p qirrali madaniyati bilan yaqindan
tanishishi uchun juda yaxshi imkoniyat yaratishini aytdi.
Onlayn muloqot chog‘ida bo‘lajak madaniy tadbirni o‘tkazishning tashkiliy
jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Xalqaro moliya institutlari 7 yilda O‘zbekistonga 16
mlrd dollar ajratgani ma’lum qilindi
Bu mablag‘lar hisobidan 103 ta loyiha ishga tushirilib, 5 millionga yaqin aholining
kundalik hayoti yaxshilangan. Prezident ichimlik suvi, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni
saqlash sohalarida xalqaro mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan bir qator loyihalar
kechikayotganiga e’tibor qaratdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
20 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida ichimlik suvi,
qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida xalqaro moliya institutlari
ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda xalqaro moliya institutlari ko‘magida amalga
oshirilayotgan loyihalarning soni ham, ko‘lami ham kengayib bormoqda.
Xususan, oxirgi 7 yilda shunday institutlar mablag‘lari hisobidan 16 milliard
dollar o‘zlashtirildi. 103 ta loyiha ishga tushirildi.
Bularning natijasida 5 millionga yaqin aholining kundalik hayoti
yaxshilanishiga ta’sir qilgan 9 mingta ijtimoiy va infratuzilma inshootlari
qurildi va ta’mirlandi. 38 ta yangi yirik sanoat quvvati ishga tushirilib, 6,5
mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratildi.
Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalar hisobiga, sohalarga yangi
texnologiyalar, zamonaviy yondashuvlar ham kirib kelyapti.
Lekin, hamma tarmoqda ham natijadorlik birdek emas. Masalan,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida joriy yilda 238 million dollar xalqaro
moliya institutlari mablag‘lari o‘zlashtirilishi kutilmoqda. Bu mo‘ljaldan
ancha kam.
Umuman, so‘nggi yillarda sohaga 2,4 milliard dollar jalb qilinib,
shundan 1,3 milliard dollari o‘zlashtirilgan. Lekin kechikkan loyihalar ham
bor. Misol uchun, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida
agrologistika markazlari tashkil etish kechikmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligida 877 million dollarlik 11 ta loyiha mavjud.
Ularning aksariyati amalga oshirilmoqda. Lekin nefrologiya va urologiya
muassasalarini jihozlash, poytaxtimizning Yashnobod tumanida kattalar
uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurish, milliy referens laboratoriyasi
tashkil qilish loyihalari bo‘yicha investitsiya o‘zlashtirish boshlanmagan.
“O‘zsuvta’minot” tarmog‘ida qiymati 2,1 milliard dollarlik 22 ta loyiha
amalga oshirilmoqda. Shundan 8 ta loyihaning o‘z vaqtida ishga
tushmasligi ehtimoli bor.
Bu ko‘p hollarda loyiha guruhlari faoliyati bilan bog‘liq ekani ko‘rsatib
o‘tildi.
Davlat rahbari loyihalar bajarilishida vazirlarning mas’uliyatini
oshirish, har birini xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilib borish
hamda mablag‘larni samarali ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mutasaddilar yil yakunigacha va 2024 yilda ishlarni jadallashtirib,
kechikishlarni bartaraf etish, loyihalarni sifatli bajarib, natijasini ta’minlash
bo‘yicha axborot berdi.
Saida Mirziyoyeva: «Eng katta orzu-maqsadimiz
yoshlar o‘rtasida bilim va aql-zakovatga qiziqishni
trend darajasiga chiqarish bo‘lib kelgan»
O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat
turniri haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
2023 yilning 18-19 noyabr kunlari O‘zbekistonda III “Zakovat-Gambit”
shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum
qilishicha, “Zakovat-Gambit” turniri doirasida o‘zbekistonlik yoshlar
shaxmat taxtasida mashhur jahon chempionlari Vladimir Kramnik va Xou
Ifanga qarshi dona surdi.
“Bizning doimiy eng katta orzu-maqsadimiz yoshlar o‘rtasida bilim va
aql-zakovatga
qiziqishni
trend
darajasiga
chiqarish
bo‘lib
kelgan”, deydi prezident maslahatchisi.
Uning aytishicha, bundan ikki yil avval har bir yigit-qiz bilimi va aqlidrokini namoyon eta oladigan format taklif qilingandi. Yoshlar o‘ziga
bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydigan o‘yin maydoni yaratildi.
“Bugun “Zakovat-Gambit” turniri doirasida yurtimizning zukko yoshlari
shaxmat taxtasida mashhur jahon chempionlari Vladimir Kramnik va Xou
Ifanga qarshi dona surdilar.
Ishonchim komilki, bu voqea ularning har birida unutilmas taassurot
qoldirdi va keyingi cho‘qqilarni zabt etishda zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Ishtirokchilar esa, o‘z navbatida, millatimiz uchun namuna bo‘lib qoladi.
Aqlli, yorqin va iste’dodli farzandlar namunasi”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Скачать