“O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun doirasida “Ogoh bo‘ling! Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusi 2017- yil 3- yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ419-sonli Qonuni qabul qilindi. 34 moddadan iborat ushbu hujjatda korrupsiya atamasiga ta’rifdan tortib, unga qarshi kurashish, vakolatli organlar va ularning vazifalari, korrupsiyaga qarshi javobgarlik, bu masalada xalqaro hamkorlik kabi barcha muhim jihatlar qayd etilgan. Mazkur Qonunning 3-moddasi asosiy tushunchalar to‘g‘risida bo‘lib, ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish; manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki uzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Shuningdek, Qonunning 4-moddasi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida bo‘lib bunda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi. Hozirgi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integrasiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylandi. Aytish lozimki, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ichichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi. Bugun katta-yu kichik, boy va kambag‘al, qudratli va kuchsiz bironta davlatni korrupsiyadan holi hudud, deb aytolmaymiz. BMT va Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti bu ofat tufayli yiliga 1.52.6 trln. dollargacha zarar ko‘rmoqda. Xo‘sh korrupsiya nima o‘zi, nega butun dunyo shu illatga qarshi kurashmoqda? Korrupsiya mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy huquqiy hodisadir. Ma’lumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning ma’naviy axloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa tahdidlarning o‘sishiga yordam beradi. Uning domiga ilingan amaldor shaxsiy manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘yishi natijasida, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi, chet ellik sheriklarda ham ishonchsizlik uyg‘otadi va ularni hamkorlikdan qaytaradi. Jamiyatni har tomonlama rivojlantirish har bir mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shunday davlatlar borki, ularning har birida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar va unga qarshi kurashish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilingan. Haqiqatan, korrupsiya muammosi bugungi kunda dunyo miqyosida o‘z yechimini talab etayotgan birinchi masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ham, jahon hamjamiyati bu illatga qarshi keskin kurashmoqda. Bu yo‘nalishda bir qator xalqaro hujjatlar ham qabul qilingan bo‘lib, BMT homiyligida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish rezolyusiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashish deklarasiyasi (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (2000 y.), Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 y.) va boshqalar shular jumlasidandir. Tan olib aytish lozimki, mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish izchillik bilan olib borilmoqda. Bu borada so‘z yuritar ekanmiz avvalo, mamlakatimiz 2008 yilda Korrupsiyaga qarshi konvensiyaga, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga qo‘shilganligini, Oliy Majlis tomonidan 2011 yilda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimni ratifikasiya qilinganligini ko‘rsatib o‘tish lozim. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq xuquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga Qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishchora–tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son Farmoni bu boradagi izchil sa’yharakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajadagi qulay investisiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan. Afsuski, yurtimizda bu borada yetarlicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga qaramasdan jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Ayni shu maqsadlardan kelib chiqib, asosiy vazifasi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi ham yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol ifodasidir. Rivojlangan demokratik davlatlar, jumladan Singapur, Shvesiya, Finlandiya davlat islohotlarini aynan mazkur illat - korrupsiyani ildiziga bolta urish bilan boshlaganligi va bu borada tizimli ravishda ish olib borishni o‘zlarining asosiy vazifalari deb belgilaganligi uchungina jahonda korrupsiya darajasini o‘rganuvchi “Transparency International” tashkilotining korrupsiyaning yo‘qlik indeksida har doim yuqori pog‘onalarida turishini ta’minlaydi. Bu albatta mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, jumladan investisiya faoliyatining taraqqiyotiga, investisiya muhitiga ijobiy ta’sir qilib, davlatni har tomonlama rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Korrupsiya va poraxo‘rlik haqida tarixga bir nazar tashlasak, jahon tarixining turli davrlaridagi davlatlarda ham mansabdor shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilgani, korrupsiyaga qarshi qonunlar qabul qilinib, o‘ziga xos jazolar tayinlanganining guvohi bo‘lamiz. Jumladan, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida jinoyat va jazo masalalarini hal etishda “Temur tuzuklari” alohida o‘rin egallagan. Tuzuklarda mulkni, xususan, davlat mulkini o‘zlashtirganlik uchun javobgarlikni belgilashda o‘ziga xos yondashuv mavjud bo‘lgan. O‘sha davrda amaldorlar ishini tartibga solish maqsadida vaqti-vaqti bilan so‘roq, tekshirish, taftish, tergov o‘tkazib turilgan. O‘z amalini suiiste’mol qilish, doimiy ravishda ichkilik ichish, maishiy buzuqlik kabi qilmishlar og‘ir gu¬noh hisoblangan va qattiq jazolangan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Amir Temurning o‘g‘li Mironshoh, nevaralari Pirmuhammad va Xalil Sultonlar yuqo’rida zikr etilgan me’yorlarni buzganliklari uchun xalq oldida jazoga tortilgan. Diniy nuqtai nazardan olib qarasak ham, Alloh taolo insoniyatni yaratgach, ularni yer yuzida halol rizq talab qilishga amr etib, uning aksi bo‘lmish haromdan hazar qilishga buyuradi. Demak, har bir inson halol rizq talab qilishi bilan birga, birovning haqqidan hazar qilishi va o‘zgalarning molini nohaq yo‘llar bilan o‘zlashtirmasligi o‘ta muhimdir. Hayotda o‘zgalarning haqqiga tajovuz qiladigan, o‘zgalar molini o‘zlashtirib oladigan kimsalar, garchi ko‘zga “uddaburon kishilar” bo‘lib ko‘rinsa-da, nochor va bechora kishilar aynan o‘shalardir. Bu o‘rinda, birovning haqqini nohaq yeyish hamda pora beruvchi va pora oluvchi ham og‘ir gunohkor bo‘lishligi muqaddas manbaalarimizda ham aytib o‘tilgan.Demak, korrupsiyaga qarshi kurashishda insonning diniy-ma’rifiy bilimlarga ega bo‘lishi ham juda muhimdir. Tan olishimiz kerakki, korrupsiyaga qarshi kurashish birinchi navbatda oiladagi muhit va ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Jamiyatda nima halolu nima harom ekanligi farzandlarimizga ota-onalar va ustozlar o‘giti bilan singdiriladi. Bu borada Abdurauf Fitratning quyidagi fikrlari bildirgan edi. “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”. Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning, ichki axloqiy-ruhiy maslagi va e’tiqodiga aylanishi kerakki, bu korrupsiyaga qarshi ma’rifatning o‘zagini tashkil qiladi. Qonun talablarining to‘laqonli amalga oshirilishi mamlakatimiz aholisining turmush farovonligini oshirishga, rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog‘i va unga qarshi kurashmog‘i shart. Barchamizga maʼlumki, hozirgi davrning milliy va xalqaro huquqida tobora koʼp qoʼllanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiya boʼlib, bu illatga qarshi jahon miqyosida keng qamrovda kurash olib borilmoqda. Mamlakatimizda ham korrupsiya illatiga qarshi kurashish davlat ahamiyatiga molik masala sifatida alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan 2017-yil 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunining qabul qilinganligi ham o’z navbatida davlatimiz tomonidan korrupsiya illatiga murosasiz qarshi kurashishga huquqiy pydevor bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bundar tashqari davlatimiz rahbari tomonidan ham bir qancha qaror va farmonlari qabul qilindi Shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim tuzilmalardan biri bo’lmish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2020-yilning 29-iyunida tashkil etildi. Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Islohotlarning ijobiy natijasini bugun ushbu yo‘nalishda konseptual ahamiyatga ega normativ huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishi, aholining davlat organlariga nisbatan ishonchi ortishi misolida ko‘rish mumkin. Jumladan, pora olish (O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi) korrupsiyaviy jinoyatlar orasidagi eng og‘ir va ijtimoiy xavfliligi yuqori bo‘lgan jinoyatlardan biri bo‘lib, so‘nggi yillarda ushbu jinoyat sonining kamayishiga erishilmoqda. Misol uchun, 2019 yilda 177 ta, 2020 yilda 161 ta, 2021 yilda 91 ta pora olish jinoyati sodir etilgan bo‘lib, pora olish jinoyati oxirgi uch yilda deyarli 50 foizga kamaygan.Yoki bo‘lmasa, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 17 ta pora olish jinoyati sodir etilgan bo‘lib, bu o‘tgan 2021 yilning 5 oyiga nisbatan (2021 yilning 5 oyida 57 taga pora olish jinoyati sodir etilgan) 40 taga kam hisoblanadi. Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2022- yil natijalari e’lon qilindi.180 ta davlat orasida O‘zbekiston 31 ball bilan 126-o‘rinni egalladi. Ahamiyatlisi, mamlakatimiz ballarini 3 taga oshirib, o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshilashga (2021-yilda 140 o‘rin) muvaffaq bo‘ldi. Mamlakatimiz mazkur indeksda so‘nggi 6 yil davomida o‘sish sur'atlarini qayd etayotgan (2017-yilda 22 baldan 2022-yilda 31 ballgacha) davlat sifatida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining aksilkorrupsiya islohotlarini tizimli ravishda amalga oshirayotgan davlatlar qatorida qayd etildi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlarini amalga oshirishga yordam berishi so’zsiz. AXBOROT SOATI O‘zbekiston Turkiy Davlatlar Tashkilotidan nimalar kutmoqda? 3 noyabr kuni qo‘shni Qozog‘istonda Turkiy Davlatlar Tashkilotining 10sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo besh davlat – O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Qirzig‘iston hamda kuzatuvchi maqomidagi Turkmaniston va Vengriya davlatlari rahbarlari ishtirok etdi. Video Player Shu kunlarda Turkiya Respublikasi 100 yoshga to‘ldi. Qozog‘iston ham o‘tgan haftada “Respublika kuni”ni bayram qildi. Mintaqa va dunyoda juda tarang geosiyosiy vaziyat shakllangan. Shimolda Ukraina-Rossiya urushi davom etmoqda. Janubda Isroil-Falastin urushi avjida. Afg‘onistonda ham tinchlik va barqarorlik to‘liq mustahkamlangani yo‘q, u yerda ijtimoiy-iqtisodiy zo‘riqish, yashirin va oshkora muammolar bo‘y ko‘rsatib turibdi. Global miqyosda AQSh va Xitoy, AQSh va Rossiya Federatsiyasi o‘rtalaridagi strategik tirashuv kuchayib bormoqda. Mana shu fonda, turkiy davlatlar liderlari Ostonada uchrashib, o‘zaro hamkorlik, Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasidagi birlik va hamjihatlik, qolaversa, global vaziyat borasidagi qarashlarni tartibga solish uchun uchrashib, fikr almashishdi. Sammitda birinchi bo‘lib O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Mirziyoyevga ko‘ra, bugun Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida 160 million inson istiqomat qilmoqda, a’zo davlatlarning barchasi o‘zaro strategik sheriklik maqomidagi munosabatlarni o‘rnatgan. O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida Falastin atrofida kechayotgan og‘ir gumanitar vaziyatga ham to‘xtaldi. Prezident ta’biriga ko‘ra, halqaro maydonda ishonch inqirozi oshib bormoqda, ba’zi davlatlar xalqaro huquqdan chekinmoqda. Ma’lumki, BMTning ko‘plab retsolyutsiyalariga ko‘ra, Falastin davlati tashkil topishi kerak va shart. Prezident Mirziyoyev mana shu holatni eslatib, Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo barcha davlatlar aynan mana shu pozitsiyada bo‘lishi, Falastin davlati tashkil topishini talab qilishi kerakligini bildirib o‘tdi. Mirziyoyev o‘z chiqishida yetti punktdan iborat takliflarni bildirdi, muammoli holatlarga e’tibor qaratdi. Birinchidan, turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish kerak. Bu xartiya orqali, turkiy davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birlikni ta’minlash kerak. Aslida ham, agar qarashlar, qadriyatlar va standartlar o‘rtasida o‘xshashlik bo‘lmasa, integratsiya haqida gapirish imkonsiz bo‘ladi. Mirziyoyev turkiy davlatlar o‘rtasidagi ichki va yashirin ziddiyatlar, raqobat va ishonchsizlik ruhiyatini yo‘qotish uchun mana shunday xartiya zarar ekanligini bildirdi. Ikkinchidan, Turkiy taraqqiyot bankini tashkil qilish kerakligi aytildi. Bankning bosh ofisini Toshkentda joylashtirish uchun O‘zbekiston joy berishga tayyor ekanini bildirildi. Uchinchidan, turkiy davlatlar o‘rtasidagi savdo hamkorligini kuchaytirish uchun alohida chora-tadbirlar amalga oshirish kerakligi aytildi. To‘rtinchidan, global logistika zanjirini shakllantirish, buning uchun turkiy davlatlarning temiryo‘l kengashini tuzish kerakligi aytildi. Bu kengashning bosh direksiyasi uchun ham rasmiy Toshkent joy berishga tayyorligi bildirildi. Beshinchidan, prezident ekologik muammolarga yechim topish maqsadida, Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarining vazirlar darajasidagi ekologik forum tashkil qilish zaruratini aytdi. Oltinchidan, prezident turkiy dunyo kreativ yoshlar markazini O‘zbekistonda ochish niyati borligini bildirdi. Va nihoyat, davlat rahbari Afg‘onistondagi vaziyatga e’tibor pasayib ketganini, lekin turkiy davlatlarning barchasi uchun, tinch va barqaror Afg‘oniston kerakligini aytdi. Tinch va rivojlanayotgan Afg‘onistonga erishish uchun, tashkilot davlatlari bu davlatni oyoqqa turishi uchun alohida e’tibor qaratishi kerak deyildi. Sammitdagi eng asosiy xorijiy mavzu – Falastin-Isroil mojarosi bo‘ldi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Isroilning qilayotgan ishlarini insoniyatga qarshi jinoyat deb atadi. Qozog‘iston prezidenti To‘qayev Falastin xalqiga 1 mln dollar miqdorida yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston esa bundan bir necha kun oldin 1,5 mln dollar ajratgan edi. Sammit chog‘ida Mirziyoyevga bu tashkilotning eng oliy mukofoti – Turkiy dunyo oliy ordeni topshirildi. Ta’kidlash kerakki, Turkiy Davlatlar Tashkiloti va unga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik keyingi 4-5 yilda haqiqatda jonlandi, barqaror muloqot va hamkorlik maydoniga, yagona qarashga ega platformaga aylandi. Buning sababi ko‘p jihatdan tashkilotga O‘zbekistonning kirib kelgani va o‘zini ushbu tashkilotning asosiy tashabbuskori sifatida namoyon qilgani bilan bog‘liq. Ayni payt Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammiti arafasida beshinchi biznes-forum ish boshladi Forum Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya davlatlaridan 300 dan ziyod delegat va mamlakatimizdan 500 dan ortiq vakillarni bir joyga jamladi. IHT doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning holati, shuningdek, uni kengaytirish istiqbollari va faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda. Rossiyada 100 dan ortiq o‘zbekistonlik migrantlar pasporti olib qo‘yilib, oylik bermasdan ishlatilgani aniqlandi KECHA, 12:05 5880 O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulligi xodimlari Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakillari bilan hamkorlikda Rossiyaning Ural federal okrugida majburiy mehnatga jalb etilgan fuqarolarning vatanga qaytishlariga yordam berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA. Foto: “Dunyo” AA Bosh konsullikdan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, 2023-yil oktyabr oyida O‘zbekiston fuqarolari X.S., B.S. U.D. Tashqi mehnat migratsiya agentligining Yekaterinburg shahridagi vakiliga murojaat qilib Sverdlovsk viloyatidagi “Reftinskaya ptitsefabrika” korxonasi ish beruvchilari bir guruh o‘zbekistonlikning fuqarolik pasportlarini olib qo‘yganini hamda oylik maoshlarini bermasdan majburiy tarzda ishlatib kelayotganini maʼlum qilgan. Ularning murojaatlari asosida olib borilgan surishtiruvlarga ko‘ra, 2023-yilning sentyabr-oktyabr oylarida Moskva viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “Konstanta” MCHJ 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlikni Sverdlovsk viloyatidagi yirik tovuq yetishtirish xo‘jaligiga olib kelgan. Migrantlar Rossiyada vaqtincha bo‘lish va ishlash huquqini beruvchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilmasdan ishga jalb etilgan. Toshkent viloyatida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarining g‘olib-sovrindorlari taqdirlandi (foto) 4 NOYABR, 23:42 17112 Toshkent viloyatida 2023-yilning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Foto: Toshkent viloyati hokimligi Taqdirlash marosimida Osiyo, Paraosiyo o‘yinlari, jahon chempionatlarida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va yaxshi natijalarga erishgan 24 nafar chempionga viloyat hokimi Zoir Mirzayev tomonidan tashakkurnoma hamda 15 milliondan 70 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari topshirildi. Foto: Toshkent viloyati hokimligi Sportchilarni taqdirlash marosimida viloyatdagi sektor rahbarlari, Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, boshqarma va tashkilot, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari, nuroniylar vakillari, yoshlar yetakchilari, sportchilar va ularning murabbiylari hamda faxriylar qatnashdi. Foto: Toshkent viloyati hokimligi Tadbir avvalida so‘z olgan Zoir Mirzayev O‘zbekistonni dunyoga tanitgan, davlat bayrog‘ini yuksaklarga ko‘targan viloyat chempionlarini, ularning ota-onalari va sport murabbiylarini samimiy tabrikladi. Shuningdek, mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor o‘laroq, jahon maydonlarida erishilayotgan yutuqlar xususida ham ta’kidladi, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov. Foto: Toshkent viloyati hokimligi Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda viloyatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, 26 ta sport maktabi, 4 ta ixtisoslashgan sport maktabi, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi va futbol akademiyasi faoliyat yuritadi. Mazkur muassasalarda 1 325 nafar, shulardan 274 nafar ayol murabbiy trener 34 mingdan ziyod yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullantirib kelmoqda. Bundan tashqari, “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalariga yoshlarning 56 foizi, yoki 597 ming nafari qamrab olindi va respublika bosqichida sovrinli o‘rinlarni egallab, 10 milliard so‘m evaziga 48 ta sport maydonchalari qurilishiga erishildi. Kelgusi yilda ham sport infratuzilmasini yaxshilashga 50 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga bir qator obyektlar qurilishi rejalashtirilgan, — deydi mas’ul.