Загрузил Ulmassonme

“MA`LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMI”

реклама
“MA`LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMI”
Reja:
1. Axborot tizmlari tushunchasi
2. MA`LUMOTLAR BAZASI
3. Ma`lumotlar banki
4. MB ma`lumotlarini qayta ishlash masalalari
AXBOROT TIZMLARI TUSHUNCHASI
Ko`pgina masalalarni yechish asosida axborotlarni qayta ishlash yotadi.
Axborotlarni qayta ishlashni yengillashtirish maqsadida avtomatlashtirilgan
axborot tizimlari yaratiladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari deb shunday tizimlarga aytiladiki,
ularning tarkibida texnik vositalar, jumaladan shaxsiy kompyuterlar ishtirok etadi.
Axborot tizimlari deb keng ma`noda axborotlarni qayta ishlaydigan ixtiyoriy
tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab axborot tizimlarni ishlab
chiqarish, ta`lim, sog`liqni saqlash, harbiy va boshqa soha tizimlariga ajratish
mumkin.
Axborot tizimlarini maqsadli ishlatilishiga qarab
bir qancha kategoriyalarga bo`lish mumkin.
 Ma`lumot beruvchi tizim
 Qidiruv tizimi
 Boshqaruv tizimi
 va boshqa tizimlar. Bularning barchasi avtomatlashtirilgan axborot tizimi
bo`la oladi.
Axborot tizimlari asosida ma`lumotlar bazasi(MB) yotadi. MB deganda
ma`lumotlarni shunday o`zaro bog`lanishi tushiniladiki, u mashina xotirasida
saqlanib, maxsus ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi dasturtiy vositasi
yo`rdamida to`ldirilishi, o`zgartirilishi va takomillashtirilishi mumkin.
Aniq ma’lumotlarni (masalani) hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu
sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba’zi bir ob’ektlarni o‘rganishgina
qiziqish uyg‘otadi. Bunday ob’ektlarni majmuasini predmet soxa deyiladi.
Ob’ekt – bu ixtiyoriy predmet, xodisa, tushuncha yoki jarayondir.
Ma’lumot – bu uni ma’nosiga e’tibor bermay qaraladigan ixtiyoriy simvollar
to‘plamidir.
O‘zaro bog‘langan ma’lumotlar ma’lumotlar tizimi deyiladi.
Barcha ob’ektlar atributlari bilan xarakterlanadi. Masalan, ob’yekt sifatida
fakultet, kutubxona, kompyuter va boshqalarni qarash mumkin.
Jumladan, kompyuter ob’ektini atributlari sifatida hisoblash tezligi, operativ
xotira xajmi, o‘lchamlari va boshqalarni ko‘rish mumkin. Atributlarda
saqlanadigan xabarlar ma’lumotlarni qiymatlari deyiladi.
Ma’lumotlarni nomlangan eng kichik birligi ma’lumot elementidir. U
ko‘pincha maydon deb aytiladi va bayt va bitlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar
agregati ma’lumot elementini nomlangan to‘plamidir.
MB administratori deyilganda birorta shaxs yoki bir necha shaxslardan iborat
bo‘lgan va MB sini loyihalash, uzatish va samarador ishlashini ta’minlovchidir.
MA`LUMOTLAR BAZASI
 Ma`lumotlar bazasi – Ma`lum masalaga yoki biror faoliyatga taaluqli o`zaro
bog`langan va alohida ko`rinishda tashkil etilgan ma`lumotlar.
 MB ma`lumotlarini xususiyatlari:
 to`liqlik;
 aktuallik;
 qulaylik;
 To`g`ri tashkil etish.
 Ma`lumotlar banki - bir nechta MB, texnik vosita va dastur ta`minotidan
iborat avtomatlashtirilgan tizim.
MA`LUMOTLAR BANKI
Ma`lumotlar banki quyidagilarni o`z ichiga oluvchi axborot tizimlarini
zamonaviy ko`rinishi hisoblanadi:
 Hisoblash tizimi;
 Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МBBT);
 Bir yoki bir nechta ma`lumotlar bazasi (МB);
 Dasturlar to`plami (МB dasturlari).
Ma`lumotlar bazasi axborotlarni saqlash, hamda ma`lumotlarga qulay va
tezkor murojatni ta`minlab beradi. U ma`lum qoidalar bo`yicha tashkil
etilgan har xil xarakterdagi ma`lumotlar to`plamidan iborat
MB dagi axborotlar quyidagicha bo`lishi kerak:
 Qarama – qarshi bo`lmasligi;
 Xatosiz bo`lishi;
 Yaxlit bo`lishi.
MB ma`lumotlarini qayta ishlash masalalari
 MB yaratish;
 MB o`zgartirish;
 MB yangilash;
 МB tartiblash;
 МB ma`lumotlarni qidirish;
 МB fayl ko`rinishda diskda saqlash;
 МB diskdan yuklash;
 Hisobotlar yaratish va bosmaga chiqarish.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi bilan ma’lumotlar banki tushunchasi ham
mavjud
Ma’lumotlar banki (MBn) tushunchasi ikki xil talqin etiladi.
1. Hozirgi kunda ma’lumotlar markazlashmagan holda SHK yordamida
qayta ishlanadi. Ilgari ular alohida xonalarda joylashgan EHMlarda
markazlashgan holda qayta ishlangan. EHMlariga axborotlar tashqi qurilmalar
orqali kelib to‘plangan. Ma’lumotlar bazasi markazlashgani hisobiga ularni
ma’lumotlar banki deb atashgan. Bunda ma’lumotlarga murojat etish ishchi
stansiyalardan markazlashgan xolda tashkil etilgan va shuning uchun
ma’lumotlar banki bilan ma’lumotlar bazasi tushunchalari o‘rtasida farq
qilingan.
Xozirgi kunda ko`p xollarda ma`lumotlar
bazasi markazlashmagan xolda tashkil qilinmoqda. Shuning uchun
ma`lumotlar banki va ma`lumotlar bazasi sinonim so`zlar sifatida ham
ishlatiladi.
2. Boshqacha talqinda ma’lumotlar banki deyilganda ma`lumotlar bazasi uni
boshqarish tizimi(MBBT) tushuniladi.
MB ni ishlatish afzalliklari:
 Ixchamligi;
 Axborotlarni qayta ishlash tezligini oshishi;
 Kam mehnat sarfi;
 Har doim yangi axborot olish imkoniyati mavjudligi;
 Ma’lumotlarni ortiqchaligini kamayishi va boshqalar.
Скачать