O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “Kampyuter Injenering” FAKULTETI 3-BOSQICH 17_21 S -GURUH TALABASINING Raqamli qurulmalarni loyihalash 3-Laboratoriya ishi Bajardi: Qabul qildi: S.T.To’xtayev DILMURODOV Z. D. QARSHI-2023 3 – Laboratoriya ishi. Kombinatsion jamlovchi qurilmani loyihalashtirish va ish tartibini o‘rganish. Shifrator va dishifrator qurilmasini loyihalashtirish va ish tartibini o‘rganish Ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda shifrator va deshifratorlar mantiqiy elementlarini ishlashini o’rganish. 1. Nazariy qism: Shifratorlar va ularning ishlash prinsiplari. Shifrator (CD- coder) - kirish yo'lidagi birlik signalni n razryadli ikkilik kodga aylantiradigan EHM ning aniq uzelidir. Boshqacha qilib aytganda shifritor 10- lik kodni 2-lik kodga aylantirib berish uchun xizmat qiladigan operatsion elementdir. Shuning uchun shifratorlar raqamli texnikaning va EHM larning kiritish qurilmalarida o’nlik kodlarni ikkilik kodlarga o’zgartirishda keng qo'llaniladi. Shifratorning kirish va chiqish yo'llari soni m=2n munosabat bilan belgilanadi. Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo'lib, kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli parallel kodga o'zgartiradi. Agar shifrator n ta chiqishga ega bo'lsa, u holda uning kirishlari soni 2n dan kam bo'lmasligi kerak. Agar m=2n munosabat bajarilsa shifrator to'liq, agar m<2n bo'lsa, u to'liq emas deb ataladi. “10 dan 4 ga” o'zgartiruvchi shifratorning shartli belgilanishi “10 dan 4 ga” shifratorning haqiyqiylik jadvali (to'liq emas) Shifratorning blok – sxemasi Shifratorni ishlash prinsipini ko'rib chiqamiz. Unda kirish signallari sifatida x 0 ,..., x 4 ikkilik o'zgaruvchilar qatnashadi. Ular mos ravishdagi klavishalarni bosganda paydo bo'ladi. Quyida shifratorning o'tish jadvalini keltiramiz. Shifratorning o'tish jadvali o'nlik son Kirish kodi Chiqish kodi X4 X3 X2 X1 X0 Y2 Y1 Y0 *00000000 000001000 100010001 200100010 301000011 410000100 Unda o’zgaruvchilar mustaqil hisoblanadi va 2 5 +1=32+1=33 kombinatsiyani qurish imkonini beradi. Lekin, ikki va undan ortiq klavishalarni bosishni ta’qiqlovchi chegara qo'yilganda, unda 32-tadan 6-ta mumkin bo'lgan kirish kombinatsiyalari qoladi. Bunday mos chegaraga kirish kodi “n – dan 1” yoki unitar deyiladi. Jadvalda bosilgan klavishaga «1» va bosilmagan klavishaga «0» mos keladi. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, agar «1» x yoki x 3 kirish yo'lida paydo bo'lsa, y 0 ikkilik o'zgaruvchi «1» qiymatini qabul qiladi. Qolgan barcha kombinatsiyalarda y 0 =0 bo'ladi, ya’ni mantiqiy tilda: Xuddi shunday: y1=x2+x3= y2=x4. Ushbu tengliklar asosida shifratorni «YOKI» bazisida (pastki rasmga qarang), shuningdek «VA» bazisida qurish mumkin. Ayrim hollarda bir necha klavisha bir vaqtda bosilganda, shifrator maksimal nomerga ega bo'lgan klavishani tanlaydigan sxemani qo'llash talab etiladi. Bunday shifrator prioritetli shifrator deb ataladi. U «n-dan x-ning» o'zgarishini 8421 kodga aylantiradi. Pastdagi prioritetli shifratorning o'tish jadvali keltirilgan. Unda maksimal nomerli kirishdagi o'zgaruvchi maksimal prioritetga ega, «1»-dan o'ngdagi dioganalda kirishdagi o'zgaruvchilar qiymati – chiqish kodini aniqlamasligi kerak. bo'lgan prioritetli shifrator K555IV3 standart mikrosxema misol bo'ladi. Electronics Workbench dasturida “Shifrator” elementini yasash. EWB dasturini ishga tushiramiz. “Sources” bo’limidagi “+Vcc Voltage Source“ elementidan 4 ta nusxasini ishchi maydonga qo’yamiz. Shifratorni yasash uchun kerak bo’ladigan boshqa piktogrammalarni ham ishchi maydonga joylashtiramiz. Shifrator elementi ishlashi uchun kerak bo’ladigan barcha elementlarni yig’ib olganimizdan so’ng, quyida jadvaldagi ko’rinish yuzaga keladi. Shifrator elementini ishga tushirish uchun “Activate Simulation” piktogrammasini bosamiz va o’nlik kodni ikkilik kodga o’zgartirish jarayonini tekshirib ko’ramiz. Natijalar kalitlar ya’ni uzib-ulagichlar yordamida olamiz. Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o'nlik sanoq tizimidagi kodga o'zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma – deshifrator yoki dekoder deb ataladi. Deshifrator shifratorga teskari bo'lgan amalni bajaradi. Agar deshifratorning n adres kirishlari uning m chiqishlari soni bilan m=2n munosabat bilan bog'langan bo'lsa, bunday deshifrator to'liq deb ataladi. Agar m<2n bo'lsa, deshifrator to'liq emas deb ataladi. Kirish signallari Chiqish signallari X0 X1 Y0 Y1 Y2 Y3 001000 100100 010010 110001 Jadval barcha kirish kombinatsiyalarining chiqish qiymatlarini to’la aniqlaydi. Keyingi bosqichda har bir chiqish funksiyasi uchun Karno kartasini tuzish va uning minimizatsiyalashtirilgan ifodasini olish kerak. Lekin, ushbu holat uchun bu ma’noga ega emas, chunki Y –ning har bir funksiyasida Karno kartasi bitta «1» egallagan. Yuqoridagi jadval asosida quyidagi funksiyalar o’rinlidar: Olingan ifodalarni «2VA-YUQ» hamda «2YoKI-YO’Q» elementlar bazisida qurish mumkin. 4 dan 10 ga”deshifratorning shartli belgilanishi “4 dan 10 ga deshifrator”ning haqiqiylik jadvali (to'liq emas) Deshifrator blok – sxemasi (“2 dan 4 ga”) “ Electronics Workbench “ da Dishefrator mantiqiy sxemasi Bu labaratoriya ishimizda Dishefrator mantiqiy sxemasini tuzamiz bunda avvalgi laboratoriyalarimizda foydalanadigan dasturimizdan ya’ni “Electronics Workbench “ dan foydalanamiz. Mantiqiy sxemani tuzishni boshlaymiz bunda “Electronics Workbench“ dasturini ishga tushiramiz (1-rasm.) Dasturimizni ishga tushirib oldik va mantiqiy elementlarni olib mantiqiy sxemani tuzishni boshlaymiz, “Sources” bandidan “ground” elementini va yana “ +Vcc Voltage Source” elementlarini oldik so’ngra “basic” bandidan “Switch” elementidan sakkiz dona olib kerakli joyga joylashtiramiz, va “Digital” bo'limidan “Full-adder” (Summator) elementlarini olib kerakli joyga joylashtiramiz dastur tushunarli bo'lishi uchun elementlarni ketma-ket joylashtirib boramiz. (2-rasm) 2-rasmda elementlarni tartiblashni boshladik va keyingi bosqichga o’tamiz. Keyingi bosqichda “ Indecators ” bandidan “Decoded SevenSegment Displey” elementi ya’ni qiymat ko'rsatkich elementini olamiz va kerakli joyga joylashtiramiz va buni (3-rasmda) ko’rishimiz mumkin. Quyidagi 3-rasmda elementlarni olib joylashtirdik mantiqiy elementlarni deyarli joylashtirib endi mantiqiy elementlarni bir biriga ulaymiz va ulaganimizdan so’ng chiroqlarni (13 ta) olib joylashtiramiz va dasturning asosiy qismiga utamiz olingan barcha elementlarni tartibi bilan joylashtiramiz va ulaymiz dasturimizni (4-rasm) da ko’rinishi. Qoida: dastur ishga tushishi uchun elementlar bir-biri bilan to’g’ri va tekis ulanishiga e’tiborni qarating. Ishning bajarilish tartibi 1. Yuqoridagi ma’lumotlar va qo'shimcha adabiyotlar yordamida nazariy qismni o'rganib chiqish. 2. Namunaviy misolni ko'rib chiqish. 3. Ishni bajarish uchun o'qituvchidan masala variantni olish. 4. Berilgan variant bo'yicha yechimlar daraxtini qurish; 5. Alternativ yechimlarning tahlilini olib borish. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar Barcha manbalarni uzgandagi holatni tekshiring. 1..Bu dasturda 7 sonini hosil qiling. 2.Birinchi va ikkinchi manba uzilgandagi holat tekshirilsin. 3.Ikkinchi uchinchii manba uzilgandagi holatlarni tekshiring. 4.Shifrator elementinda 2 sonini hosil qiling 5. Shifrator elementinda A harfini hosil qiling 6. O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “ 5 ” sonini chiqaring ? 7.O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “ 4 ” sonini chiqaring ? 8.O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “ 8 ” sonini chiqaring ? 9.O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “F ” harfini chiqaring ? 10.O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “А ” harfini chiqaring ? 11.O’nlik sanoq sistemasidan faydalanib “7 ” harfini chiqaring ?