R E J A: 1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati. 2. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, kategoriyalari. 3. Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari. 4. Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar. 5. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari. funksiyalari, 1-Mavzu: Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati. R e j a: 1. Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv. 2. Din falsafasi. 3. Teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, aqida, ilohiyot tushunchalari. Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv ham davom etmoqda. Bu dinshunoslik tarkibida dinning konkret namoyon bo‘lish shakllarini tadqiqot predmetiga aylantirgan va ko‘plab mustaqil fanlarni o‘zida birlashtirgan yo‘nalish (tarmoq)larning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda. Masalan, bugungi kunda Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, fiqh kabi bir qator fanlarni o‘ziga qamrab olgan islomshunoslik dinshunoslikning alohida tarmog‘iga aylanib ulgurgani fikrimizning isboti bo‘la oladi.Shu nuqtai nazardan qaraganda, din falsafasining mustaqil fan sifatida shakllanishi bir tomondan, falsafiy bilimlar, ikkinchi tomondan, dinshunoslik fani tarmoqlashuvi va mazkur jarayonda yuzaga kelgan integratsiyaning hosilasi hisoblanadi.Falsafa va dinshunoslik munosabatlari doirasida dinni falsafiy anglashning o‘ziga shakli diniy falsafa (falsafiy teologiya) shakllanganini ham ta’kidlash zarur.Diniy falsafa diniy dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqadigan tasavvurlar, g‘oyalar, Yaratuvchi va olam (ontologiya va metafizika), inson (antropologiya), jamiyat (sotsiologiya, istoriosofiya), bilish jarayoni (gnoseologiya va epistemologiya), qadriyatlar (aksiologiya) haqidagi qarashlar tizimini o‘z ichiga oladi. Sodda qilib aytganada,u din kompetensiyasiga kiradigan ontologik, antropologik,gnoseologik muammolarni falsafiy tushunchalar va usullardan foydalangan holda tadqiq etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, diniy falsafa, bir tomondan, falsafiy bilimlarning, ikkinchi tomondan, ilohiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi.Diniy falsafa din falsafasi kabi dinning mohiyatiga e’tibor qaratadi.U falsafiy tafakkur natijalariga tayangani uchun o‘zida e’tiqod va ratsionallik, dogmatika va hurfikrlilikning birligini namoyon etadi, dinning mohiyatida yashiringan donishmandlikning ma’nosini anglash uchun imkoniyat yaratadi. Din falsafasi rivoji dinlar tarixi, din sotsiologiyasi va din psixologiyasi kabi fanlar taraqqiyoti bilan ham uzviy bog‘liq.Xususan, dinlarning o‘tmishini uning konkret shakllarida tiklashga, diniy e’tiqodning turli ko‘rinishlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va izoxdashga xizmat qilar ekan dinlar tarixi fani konkret dinlar va umuman dinning ijtimoiy hodisa sifatidagi rivojining u yoki bu davriga xos xususiyatlarni chuqurroq anglashga yordam beradi. Din falsafasi din va ijtimoiy voqelik o‘rtasidagi aloqadorlikni ham nazariy, ham empirik darajadao‘rganuvchi din sotsiologiyasi fani bilan ham uzviy bogliq. Xususan, din sotsiologiyasi tomonidan din va jamiyat hayotining turli sohalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aks ta’sirga xos xususiyatlar, dining paydo bo‘lishi va mavjudligining ijtimoiy asoslari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish jarayonida to‘planadigan empirik materiallar va unga tayangan nazariy umumlashmalar din va diniy hayot rivojiga xos qonuniyatlarni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Din falsafasi o‘z rivojida diniy ongning o‘ziga xos xususiyatlari, strukturasi va funksiyalarini belgilab beruvchi psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarni o‘rganuvchi din psixologiyasi fani yutuqlariga ham tayanadi.Jumladan, dindorlar ongi va hissiyotlarining konkret ijtimoiy muhit va sharoit bilan bog‘liqligi, diniy marosimlarning inson ruhiyatiga ta’siri hamda diniy jamoalarning ijtimoiy-psixologik strukturasi, muloqot, ishontirish va ta’sir o‘tkazish mexanizmlarini o‘rganish bilan bogliq holada to‘plangan materiallar shaxs va jamiyat ma’naviy hayotida dinning o‘rni va rolini tushunishga xizmat qiladi. Din falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi. Bunday talqinda din falsafasi falsafa kabi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, asrlar davomida din, uning mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida shakllangan xilma-xil falsafiy qarashlar, yondashuvlar va ta’limotlarni qamrab oladi. Tor ma’noda esa, din falsafasi falsafiy usullar va tushunchalar apparatini ishga solgan holda dinni o‘ziga xos ijtimoiymadaniy hodisa sifatida o‘rganuvchi mustaqil fanni anglatadi. Din din falsafasining bilish predmeti hisoblanishi, ya’ni “din o‘zi nima?” degan savolga javob izlashi bir qarashdayoq aniqdek tuyulsa-da, ammo ushbu hodisaning talqini hamma vaqt ham bir xil emasligini qayd etish lozim. Zero, din, bir tomondan, umuman, o‘zining mohiyati nuqtai nazaridan, ya’ni mavhum, metafizik ma’noda, ikkinchi tomondan, o‘zining konkret namoyon bo‘lish shakli,xususiy holatida tadqiq etilishi mumkin. Ushbu ikki yondashuv ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi. Zero, birinchi holatda dinning mohiyati haqida yaxlit tasavvur hosil qilinsa, dinga xos bo‘lgan xususiyatlar hamisha konkret shakl, ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini inobatga olsak, ikkinchi holatda umuman dinga xos xususiyatlarni chuqurroq anglash mumkin bo‘ladi. Din falsafasi o‘z predmetini o‘rganishda tayanadigan metodologiya konkret falsafiy tizim, ta’limotning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, dinning falsafiy talqinini mantiqiy asoslash bilan birga bilishning adekvatligini ta’minlash ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bilishning haqiqiy (adekvat)ligini ta’minlashda olingan natijalarning mantiqiy va nazariy jihatdan ziddiyatli bo‘lmasligi gnoseologiyaning muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Ammo umuman to‘g‘ri bo‘lgan mazkur qoida konkret falsafiy tizim, ta’limot doirasida yaratilgan va unga zid bo‘lmagan, uning asosiy talablaridan tashqariga chiqmaydigan din haqidagi qarashlarni adekvat deb hisoblashga zamin yaratadi.Zero, bunday holatda biz din haqidagi bilimlardan ko‘ra ushbu konkret falsafiy tizim,ta’limot va uning dinga bo‘lgan munosabati haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lamiz. Chunki tadqiqotchining shakllanib bo‘lgan qarashlari va yondashuvlari ta’sirida dinning o‘zi emas, balki unga bo‘lgan munosabat yoritiladi. Demak,din falsafasida mantiqiy ziddiyat yo‘q bo‘lgan xulosa,qarashlarni haqiqat, deb qabul qilish yetarli emas.Haqiqat deb qabul qilingan bilimlarda dinning mohiyati aks etishi lozim. Shundagina din falsafasidan din haqidagi ahamiyatli natijalarni kutish mumkin. Bunda obyektivlik tamoyiliga rioya qilish nihoyatda muhim. Obyektivlik tamoyili din falsafasini o‘z predmetiga real mavjud hodisa sifatida qarashni, tan olishni talab etadi. Biroq obyektivlikni xolislik bilan chalkashtirish kerak emas. Xolislik tadqiqotchining o‘rganayotgan predmetidan muayyan darajada begonalashuviga va shu tufayli uning yetarlicha anglanmay qolishiga zamin yaratishini inobatga olsak, din falsafasi nuqtai nazaridan obyektivlik va xolislik bir xil mazmunga ega emasligi oydinlashadi. Bilish predmetini tushunishda subyektivlik tamoyili ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu tamoyil bilish predmetiga u yoki bu shaklda daxldorlikni talab etadi va unga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxolis munosabatning oldini olishga xizmat qiladi. Umuman olganda, o‘rganilayotgan predmetning realligi obyektivlikni, uni tushunish zarurati subyektivlikni talab etadi. Ammo ushbu ikki tamoyildan faqat biri ustuvor ahamiyat kasb etmasligi lozim. Xususan, tarix va zamonaviy voqelik obyektivlik tamoyilining mutlaqlashtirilishi dinga salbiy munosabatni, uning ashaddiy tanqidini keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Subyektivlik tamoyilining ustuvorligi esa dinning muayyan shakliga alohida e’tibor tufayli umuman din fenomeniga xos xususiyatlarning nazardan qochirilishiga va bilish natijalarining bir yoqlama bo‘lib qolishiga olib keladi. Demak, ikkala tamoyilning ham o‘z holicha qo‘llanilishi dinni adekvat anglash jarayoniga ziddir. Bundan din falsafasi haqiqatan ham din fenomenini bilishga harakat qilar ekan, u tom ma’noda dindan tashqarida bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Chunki din falsafasining maqsadi dinni obyektiv ham, subyektiv ham talqin etish emas, balki uni adekvat nazariy tadqiq etish, taxdil qilish va tasvirlashdan iborat. Bu oxiroqibatda falsafiy-diniy tadqiqotlar natijalarining umuman va barcha uchun tushunarli hamda ahamiyatli bo‘lishiga zamin yaratadi. Yagona falsafiy tilning bo‘lishi ehtimoldan nihoyatda uzoq bo‘lsa-da, bilish natijalarining boshqalar uchun ham tushunarli bo‘lishini ta’minlash nihoyatda muhimligini ta’kidlash zarur. Teosofiya (yun. theos — xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng maʼnoda — eng zoʻr ilohiy sirlarni ochishga daʼvo qiluvchi har qanday diniy taʼlimot. Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi xudo haqidagi, barcha narsalarning ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar T.ning nazariy asosini tashkil etadi. Gʻayritabiiy va narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa bogʻlash mumkinligini tan olish T.ni spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor maʼnoda — rus yozuvchisi Ye.P. Blavatskaya (1831—91) va uning tarafdorlarining liniy taʼlimoti boʻlib, unda buddizm va boshqa sharq taʼlimotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan qoʻshilib ketgan. Xudojo‘ylik tushunchasining mazmuni va mohiyati. Xudo va din yo‘lidan chiqmaydigan va Xudoga ishonadigan kishi xudojo‘y deyiladi. Xudojo‘ylik va dindorlik inson zimmasiga dinga e’tiqod natijasida muhokama yuritmasdan bajarilishi lozim bo‘lgan ibodat, diniy talab va vazifalarni yuklaydi. Shuning uchun xudojo‘ylik din yo‘lidan chiqmasdan uning asosiy talablarini bajarishni o‘zida ifodalaydi. Ulamolarning fikriga ko‘ra din Alloh tomonidan o‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilishi zarur bo‘lgan ilohiy qonunlar bo‘lib, har bir diniy ta’limotda dindorlar bajarishi zarur bo‘lgan talablar ishlab chiqilgandir. Agar islom diniga e’tiqod qiladigan xudojo‘y dindorlar amal qilishi kerak bo‘lgan asosiy talablar ko‘rib o‘tilsa, islom ta’limotining asosini imon, islom va ehson talablari tashkil etadi. Islom dinidagi imon talablari 7 aqidaga asoslanib, bular Allohga, farishtalarga, payg‘ambarlarga, muqaddas kitoblarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni tashkil qiladi. Islom dinida har bir dindor-xudojo‘y 5 ta diniy marosim talablari, islomning ustuni bo‘lib hisoblangan Kalimai shahodatni bilishi, namoz o‘qishi, ro‘za tutishi, zakot berishi va haj qilishi zarurligi belgilangan. Ehson talablari esa har bir dindor-xudojo‘y musulmondan imon va islom talablarini sidqidildan bajarishni talab qiladi. Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar. Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan Ilohiyot (arab. — xudo toʻgʻrisidagi taʼlimot) — diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan asosiy diniy taʼlimot. Islomda Ilohiyat ilk shakllanish davridan boshlab kalom deb nom olgan 2-Mavzu: Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari. R e j a: 1. Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari. 2. Dinshunoslikni funksiyalari. 3. Dinshunoslikni predmeti. Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir. O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, G’arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar. Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning asosida «yaxshilik va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustah-kamlandi. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda. Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, unga aloqador bo‘lgan muammolar ham mavjud. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi. Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib, 1991-yil 14-iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirid sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurilgan ayrim masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar o‘rnashib oldilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi. Bunday ziddiyatli davrda Prezident Islom Karimov rahbarligida olib borilgan oqilona siyosat ta’sirida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida shu jumladan, din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir qator tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi. Bu tadbirlarning ayrimlarini sanab o‘tish kifoya. Masalan, 1991-yil 11-aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon hayiti»ni milliy bayram deb e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni qabul qilindi. 1992-yil 7-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 1992- yil 1-aprelda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lib qolishiga olib keladi. Din va Qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to’la ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir. Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir. Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq yo’q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. O‘zbekiston hududida, yuqorida eslatib o‘tilganidek, ko‘plab diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dinshunoslik fani diniy konfessiyalar, ularning tarixiy ildizlari, vatani, hozirgi holati va mavqei haqida ham bilim beradi. Shu ma’noda u falsafiy fanlarga yaqin turadi. Dinshunoslik diniy e’tiqod va uning tabiati, muayyan diniy dunyoqarash haqida chuqur tahlilsiz umumiy ilmiy tasavvur hosil qiladi. Dinshunoslik nafaqat islom, balki jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik, iudaizm, hinduizm va boshqa diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, oqimlari (mazhablari) haqida faqat dinshunoslik predmeti orqali keng tasavvur hosil qilish mumkin. Shu ma’noda, dinshunoslik, o‘z tarkibi va tabiatiga ko‘ra, umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi fan bo‘lib, diniy e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi hola-tiga qadar bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini o‘rganadi. Dinshunoslik bilimlarning kompleks (lotincha complexus – aloqa, birikmadegan ma’nolarni anglatadi. Predmetlar, harakatlar va voqeliklarning birikmasi bo‘lib, ular bir butunlikka birlashadi) tar-mog‘ini tashkil etadi. Ushbu fan ilohiyot, falsafiy va ilmiy fikr rivoji natijasida shakllandi. Diniy bilimlarning tarixan tashkil topgan birinchi shakli ilohiyot (teologiya grekcha teos – xudo va logos – ta’limot degan ma’noni anglatadi), ya’ni xudoni o‘rganuvchi ta’limotdir. Ilohiyot muayyan dinning aqida (qoida)larni, muqaddas yozuvlar va diniy tashkilotlar hujjatlarini odamlarga tushunarli tilda yetkazib beruvchi ta’limotdir. Dinga ilohiyot nuqtai nazaridan yondashuv dinni uning ichidan o‘rganishdir, chunki ilohiyot vakillari dinni faqat xudoga ishongan kishi tushunishi mumkin deb hisoblaydilar. Dinshunoslikda dinga «dinning o’zi nima?», «uning mohiyati nimadan iborat?» degan savol nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari «din qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan savol nuqtai nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko’proq din sosiologiyasi shug’ullanadi. Sosiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu degani dinni jamiyatdagi bajaradigan vazifalariga ko’ra o’rganish mumkin demakdir. Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Shunga o’xshash masalalar o’rganiladi. Dinlar tarixini o’rganishda Sharq allоmalarining yondashuvlari. Dinni kelib chiqishini o’rganish, uni falsafiy jihatdan tahlil qilish juda qadimgi davrlardan bоshlangan. Xususan, xalqimiz e’tiqоd qilgan dinlardan biri zardushtiylik haqidagi dastlabki falsafiy mushohadalar milоddan avvalgi VII-VI asrlarda bоshlangan. Shunday hоlatni bоshqa din shakllari tarqalgan qadimgi Yunоnistоnda ham kuzatish mumkin. Sharqda din kelib chiqishi to’g’risidagi qarashlarning, din falsafasining rivоjlanishi islоm paydо bo’lgan davrdan kеyin, ya’ni VIII-IX asrlarda kalоm-falsafasining shakllanishi bilan bоg’liqdir. Dinlar falsafasi, din kelib chiqishi haqida mushohada yuritish Sharqda ancha оldin bоshlangan bo’lsada, ammо ilmiy-falsafiy o’rganish, ilmiy tadqiq qilish asоsan XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrda jiddiy tus оldi. Dinshunоslik fanining falsafasi shundaki, u dinning paydо bo’lishi va rivоjlanish tarixini, uning ta’limоti, vujudga kеlishi va shakllanishini o’rganishda falsafiy ta’limоtga suyanadi. Zеrо, bu fan jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bоg’liq bo’lgan barcha ijtimоiy hоdisalarni-mafkura va aqidalar, urf-оdat va marоsimlar, masjid va| diniy tashkilоtlarning talab va tartiblarini falsafiy tahlil qilishni ko’zda tutadi.Islоm dinida ilоhiyot falsafasining shakllanishi davriga qadar xilma-xil ilоhiyot оqimlari vujudga kеlgan. Masalan, jabbоriylar, qadariylar, mu’taziliylar, musji’iylar va bоshqalar vujudga kеlib, ularning har biri ilоhiyot masalalarini o’ziga xоs talqin qilgan. Оrtоdоksal ilоhiyot оqimi kalоm (kеyinchalik islоm falsafasi) dеb nоm оlgan. Bundan tashqari islоmdagi barcha yo’nalishlar va mazhablarda ham ilоhiyotchilik ta’limоtlari mavjud.Islоm dunyosida falsafiy, shu jumladan ilоhiyot falsafasining vujudga kеlishi VIII-asrning ikkinchi yarmida mu’taziliylar va mutakallimlar faоliyati bilan bоg’liqdir. Mu’taziliylar g’оyalariga e’tirоzli fikrlarni ash’ariylar (ularni mutakallimlar ham dеyiladi) ilgari suradilar. Abu Mansur Mоturidiy (870-944) Abul-Hasan al-Ash’ariylar (874-935) kalоm ilmining taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shganlar. Bu оqimning yirik vakillari: al-Baqillоniy (1027 y.v.), Ibn Furaq (1015 y.v.), Abu Ishaq al-Isfara’iniy (1085 y.v.), ash-Shaxrstоniy (1135) va Faxriddin ar-Rоziydir. Bu оqim tarafdоrlari tabiatda sabab va оqibat katеgоriyasi mavjudligini tan оlmaydilar. Bоrlikdagi barcha narsa va mavjudоtlarning yaratilishi va rivоjlanishini Xudо ijоdi va karоmati bilan bоg’laydilar. Ash’ariylar aqlni diniy an’anachilikdan (naqldan) ustun qo’yadi va musulmоnlarning hayotini bоshqaruvchisi shariat dеb hisоblaydilar. Dinning tuzilishi va funksiyalari Din – o‘ta murakkab ijtimoiy hodisa. U o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lib, kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti hosilasidir. Din kishilarning g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga ishonishdan yuzaga kelgan. Zero, «din» so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi zamon dinlari murakkab tarkibiy qismga ega. Uning tarkibiy qismiga diniy ong, marosim va tashkilotlar kiradi. Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutadi. Diniy ong diniy tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni ifodalaydigan qarashlar tizimidir. Dinning tarkibiy qismlari qatorida diniy ong ustuvor ahamiyatga ega, chunki diniy marosim va diniy tashkilot kishilar ongida va jamiyatda diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va saqlanib qolishiga ko‘maklashadi. Diniy ongning o‘zaro bog‘liq va nisbatan mustaqil bo‘lgan ikki darajasi yoki bosqichi mavjud. Bular diniy psixologiya va diniy ideologiyadir. Diniy psixologiya – kishilarning diniy his-tuyg‘ulari, odatlari, an’analari va kayfiyatlari majmui. Diniy ideologiya esa diniy tashkilotlar orqali malakali diniy shaxslar targ‘ib etadigan turli diniy g‘oyalarning muayyan tizimidir. Diniy psixologiya va diniy ideologiya o‘rtasida muayyan darajadagi umumiylik mavjud. Bu umumiylik voqelikni sarobiy aks ettirishda, g‘ayritabiiy kuchlarga sig‘inishda namoyon bo‘ladi. Tarixan diniy psixologiya diniy ideologiyaga nisbatan oldin paydo bo‘lgan. Kishi ruhiyati barqaror voqelik emas, chunki ijtimoiy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Shuningdek, amaliyot bilan diniy ideologiyaga nisbatan yaqindan aloqada bo‘ladi. U kishilarning tabiat kuchlaridan qo‘rqishlari, ular oldida taslim bo‘lishlari va ularni ilohiylashtirishlari natijasida shakllanadi. Diniy ideologiya esa jamiyatda mehnat taqsimoti, sinflar va davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq. Diniy psixologiya taraqqiy etgan sayin diniy tasavvurlar ham takomillashib boradi. Diniy tasavvurlardan diniy g‘oyalar shakllangan. Oqibatda qadimgi diniy e’tiqod shakllari – sehrgarlik, animizm, fetishizm, shomonlik va boshqalar kelib chiqqan. Diniy ideologiya diniy psixologiyadan farq qiladi. Zero, u muayyan tushuncha va qarashlarning tartibli tizimidir. Diniy ideologiya insoniyat taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichlarida yuzaga keladi. Uni ruhoniylar, kohinlar, dinni o‘rganuvchi faylasuflar ishlab chiqadilar va targ‘ib qiladilar. Diniy ideologiya ayrim manbalarda teologiya deb yuritiladi. Teologiyaning asosini odatda diniy ideologiyaning muntazam va muayyan tizimli ko‘rinishi bo‘lmish muqaddas kitoblar (Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on kabilar) tashkil qiladi. Diniy ideologiya quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi: 1) dogmatika (grekcha dogmatos – fikr, ta’limot, yechim degan ma’nolarni anglatadi) diniy ta’limotning barqaror, kam o‘zgaruvchan qoidalari tizimi; 2) apologetika (grekcha apologeomai – himoya qilaman degan ma’noni anglatadi) ilohiyot sohasi va diniy ta’limotni insoniyat tafakkuri hamda tajribasiga asoslanib himoya qilish; 3) ilohiyot va axloqning o‘zaro aloqadorligi (din axloq qoidalariga ilohiy mazmun beradi); 4) amaliy ilohiyot – cherkov va machitlarning faoliyati va xudoga sig‘inish tartiblarini ishlab chiqish. Dinning tarkibiy qismlari qatorida diniy ong bilan birga diniy marosim ham ahamiyatga ega. Biz dinni g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga ishonch yoki kishilarning o‘zaro munosabati va harakatlari sifatida ham baholashimiz mumkin. Bunday munosabatlar diniy marosim deb ataladi. Diniy marosim individ, guruh yoki tabaqalarning manfaatlari, g‘oyalari va orzuistaklarini ifodalaydigan munosabatlar va harakatlar tizimidir. Diniy g‘oyalar, qarashlar, his-tuyg‘ular va harakatlar tizimi diniy ta’limotni vujudga keltiradi. Dindorlar diniy marosim orqali muloqotning boshqa vositalari samara bermaydigan vazifalarni bajaradilar. Unda harakat yoki munosabat muayyan sirli mazmunni ifodalaydi. Har bir harakat yoki o‘qilgan duo ramziy mazmun kasb etadi. Inson va sig‘inish obyekti o‘rtasida g‘ayritabiiy aloqa mavjudligiga ishonch mustahkamlanadi. Kishi diniy marosimlarni bajarish bilan g‘ayritabiiy kuchni o‘z ittifoqchisi va madadkoriga aylantirishga umid qiladi. Qadimda diniy marosimning keng tarqalgan turi qurbonlik bo‘lgan. Qurbonlik turli (oziq-ovqatlarning bir qismini ajratish, hayvonlar so‘yish kabi) usullarda amalga oshirilgan. Qurbonlik negizida boshqa diniy marosimlar yuzaga kelgan. Jumladan, diniy marosimning eng rivojlangan shakllaridan biri sig‘inish ham qurbonlik asosida shakllandi. Qurbonlik diniy marosimini bajarish jarayonida g‘ayritabiiy kuchga sig‘inish yuzaga kelgan va keyinchalik undan ajralib chiqqan. Sig‘inish dindorning so‘z vositasida real yoki uydirma obyektga ta’sir qilishga qaratilgan duolari, ramziy xatti-harakatlari majmuasidir. Kishining qanday his-tuyg‘ularni ifodalashiga qarab, uni olqishlovchi, minnatdorlikni ifodalovchi, gunohlarning kechirilishini so‘rashga yo‘naltirilgan va boshqa turlarga bo‘lish mumkin. Sig‘inish turli xatti-harakatlar, xulq-atvorlar bilan birga moddiy hodisalarni ham o‘z ichiga oladi. Sig‘inishning muhim xususiyati hissiy-ramziy obrazlarda ifodalanishidir. Sig‘inish tarkibiga turli udumlar, an’analar, qurbonliklar, duolar, o‘zini hayot ne’matlaridan cheklash (jumladan, ro‘za tutish) kabilar kiradi. Sig‘inish u yoki bu predmetni ilohiylashtirish (masalan, Ka’badagi qora tosh, ayrim daraxtlar, muqaddas qabrlar, qadamjolar) vositasida amalga oshiriladi. Sig‘inishda turli tumorlar, tasbeh, diniy liboslar ham muhim o‘rin tutadi. Bularning barchasi birgalikda sig‘inishga hissiy-ramziy obraz tusini beradi va kishining ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi. Sig‘inishning alohida ahamiyati shundaki, kishi o‘z hayotining ma’nosini eng oliy qadriyat – narigi dunyoda erishadigan lazzat va farovonlik bilan bog‘laydi, bu dunyodagi hayotining o‘tkinchi ekanligiga, o‘zining qandaydir tashqi qudratli kuch tomonidan idora etilishiga ishonadi. Shveysariyalik olim K. G. Yungning fikricha, diniy ramz (simvol)lar inson hayotiga ma’no bag‘ishlaydi. Uning ta’kidlashicha, Amerikadagi pueblo qabilasining hindulari o‘zlarini Quyosh ota farzandlari deb hisoblashadi. Bu narsa ularga umid bag‘ishlaydi, tasalli beradi, hayotini muayyan mazmun va ma’no bilan to‘ldiradi. Umid kishiga kuch-quvvat bag‘ishlaydi va insonni nochor real hayotidan tashqari kelajakda kutayotgan rohatbaxsh daqiqalar sari xayolan yetaklaydi. G‘ayritabiiy kuchga ishonish kishining kundalik azob-uqubatlarni o‘tkinchi bir narsa deb qarashiga, hatto o‘limdan ham qo‘rqmasligiga yordam beradi. Chunki taqvodor kishi kelajakda farovon hayotga erishishiga ishonadi. Dinning kuchi ham ana shunda. Kishining xudoga ishonishi bu dunyoni o‘tkinchi sifatida anglashiga ko‘maklashadi, narigi dunyodagi «hayoti»ga umid va ishonch bag‘ish-laydi. Bunday holatni mustahkamlash uchun din turli-tuman ramziy hodisalardan foydalanadi. Diniy marosimlar ongga ta’sir qiladi. Bu ta’sir jarayonida u nafaqat axloqiy-ma’naviy, balki estetik vositalardan ham foydalanadi. Masalan, diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylar – masjid, cherkov, sinagogalarni bezashga katta e’tibor beriladi. Bunday joylarda bo‘lgan kishining ruhiyatida o‘zgarishlar yuz beradi. Buni xristianlikning katolitsizm yo‘nalishi misolida ham ko‘rsatish mumkin. Cherkovning ichki va tashqi qismlari rassomchilik, haykaltaroshlik asarlari bilan bezatiladi, marosimlarga tantanali tus beriladi, xor va organ musiqasidan foydalaniladi. Dindor cherkovdan o‘zini yengil his qilib chiqadi, diniy bilimi kengayadi, e’tiqodi mustahkamlanadi. Islom dinida ham badiiy-hissiy usullardan ustalik bilan foy-dalaniladi. Masalan, Qur’onni yoki biror-bir duoni qiroat bilan o‘qish, og‘zaki nutq madaniyati, notiqlik san’ati usullaridan foydalanish yordamida bajariladi. Ta’kidlash joizki, aksariyat din peshvolari va allomalar nutqining ta’sirchanligi hatto ba’zi mashhur professorlar-nikidan ham ustun turadi. Din tarkibida e’tiqod ham muhim o‘rin egallaydi. E’tiqod – kishining muayyan hodisa, uning xossa va xususiyatlari haqqoniy ekanligiga ishonchi. Ishonch e’tiqodning asosini tashkil etadi. Biroq har qanday ishonch ham e’tiqodga aylanavermaydi. Garchi ishonch va e’tiqod bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lsa-da, biroq ular o‘rtasida farq ham mavjud. Odatda, e’tiqod deganda diniy e’tiqod tushuniladi. Aslida, e’tiqod diniy ham, dunyoviy ham bo‘lishi mumkin. Diniy e’tiqod g‘ayritabiiy kuchlar va hodisalarga ishonish, sig‘inish orqali shakllanadi. E’tiqodning dunyoviy ko‘rinishi esa insonni o‘rab turuvchi obyektiv olamdagi narsa va hodisalarni hissiy tajriba va ilmiy bilish asosida shakllanadi. Diniy marosimlarni dindorlar yakka tartibda yoki jamoaga birlashib amalga oshiradilar. Ularning jamoaga birlashuvi osonlikcha kechmaydi. Shu tariqa diniy ijtimoiy institutlar shakllanadi. Bunday institutlarning boshlang‘ich bo‘g‘ini dindorlar guruhidir. Dastlabki dindorlar guruhi mehnat, urug‘ jamoalari negizida yuzaga kelganligi bois butun urug‘ yoki qabila a’zolarini birlashtirgan. Diniy marosimlarda barcha urug‘ a’zolari ishtirok etgan. Diniy tajribaning ortib borishi bilan diniy marosimlarni bajarishni tashkil etuvchi va boshqaradigan mutaxassislar – shomonlar, sehrgarlar – ajralib chiqqan. Ular asta-sekin mazkur faoliyat turini o‘zlashtirib, kasbiy guruhlarga birlashganlar. Xususiy mulk, sinflar va davlatning paydo bo‘lishi bilan dinning ijtimoiy vazifalari kengayib borgan. Dinning vazifalaridan biri hukmron sinf va davlat manfaatlariga xizmat qilish bo‘lgan. Mavjud siyosiy tizim va hukmdorning shaxsi ilohiylashtirilgan. Jamiyatdagi o‘zgarishlar diniy marosimlar va institutlarga ham ta’sir etgan. Diniy marosimlarning murakkab tizimlari shakllangan. Nisbatan mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan kohinlar korporasiyasi yuzaga kelgan. Diniy korporatsiya faoliyat turiga ko‘ra birlashgan kishilarning tashkiloti bo‘lgan. Lekin u davlat apparatining tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Shu davrdan boshlab kohinlar alohida tabaqaga birlashganlar. Davlat tuzumi va hukmdorning muqaddaslashtirilishi kohinlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlab borgan. Kohinlar o‘z davrining eng bilimdon vakillari sifatida davlatning siyosiy tizimi shakllanishida faol ishtirok etganlar. Ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy institutlarning takomillashuvi jarayonida din davlat siyosiy tizimining tarkibidan ajralib chiqqan va mustaqil faoliyat ko‘rsata boshlagan. Diniy tashkilot ham davlatning siyosiy tizimidan mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotga aylangan. Diniy tashkilot diniy qarashlarga ega maslakdoshlarning muayyan birligi bo‘lib, umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida yuzaga keladi. U insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlarida xilma-xil aks etadi. Diniy tashkilotlar kishilik jamiyatida keskin sinfiy tabaqalanish yuzaga kelishi, aqliy mehnatning nisbiy mustaqilligi mustahkamlanishi bilan alohida ijtimoiy mavqega ega bo‘lib boradi. Diniy tashkilotlar masjid (cherkov), sekta (mazhab), xarizmatik marosim va denominatsiya kabilarga bo‘linadi. Cherkov – diniy qarashlar va g‘oyalarni ishlab chiqadigan, saqlaydi-gan hamda almashadigan, diniy faoliyatni tashkil etadigan, dindorlarni nazorat qiladigan, iyerarxiya tizimi asosida boshqariladigan dindorlar tashkiloti. Cherkovga taalluqlilik mustaqil tanlov asosida emas, balki an’ana bilan belgilanadi. Unga qabul qilinish uchun dindor maxsus marosimdan o‘tishi kerak. Cherkov, odatda, dindorlarning marosimlarni bajarishlari yoki xulq-atvorlarini qat’iy nazorat qilmaydi. Cherkovga a’zolik an’anaga ko‘ra belgilansa, sekta a’zolari e’tiqodiga ko‘ra birlashadilar. Sekta (mazhab) – diniy qarashlari va marosimlaridagi tafovutlariga ko‘ra rasmiy cherkovdan ajralib chiqqan guruh yoki tashkilot. Diniy sektalar, odatda, davlat hokimiyati va rasmiy cherkovga muxolafatda turadi. Shu bois sekta a’zolari davlat hokimiyati va rasmiy din vakillari tomonidan ta’qib qilinishi mumkin. Sektaga a’zolik qat’iy tartibga solinadi, ularning boshqa tashkilotlar bilan aloqasi cheklanadi yoki taqiqlanadi. Sekta a’zolarining tengligi e’tirof etiladi. Ular ruhoniylar va dindorlarga bo‘linmaydi. Xarizmatik marosim tashkil etilish prinsipi (tamoyili)ga ko‘ra sektaga o‘xshaydi. Tashkilot o‘tkir zakovat (xarizma)ga ega shaxs atrofida maslakdoshlarining jipslashuvidan yuzaga keladi. Unda rahbarning shaxsi ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko‘tariladi. Tashkilot a’zolari o‘rnatilgan tartib-intizomga qat’iy amal qiladilar. Tashqi aloqalari cheklanadi yoki butunlay to‘xtatiladi, rahbarga so‘zsiz itoat etiladi. Hozirgi dinlarda «denominatsiya» (lotincha denominatio – boshqa nom qo‘yish, nomini o‘zgartirish) degan diniy-tashkiliy hodisani ham kuzatish mumkin. Ilmiy adabiyotda bu hali chuqur o‘rganilmagan. Biroq denominatsiya hozirgi zamonda buddaviylik, xristianlik, islom va iudaizm kabi dinlarda katta ahamiyatga ega. Denominatsiya diniy tashkilotlarning oraliq yoki vositachi shakli bo‘lib, cherkov va mazhablar oralig‘ida turadi. Uni din falsafasi va din sotsiologiyasi fanlari o‘rganadi. Diniy tashkilotlarning yuqorida qayd etilgan tartibda tasniflanishi shartli ahamiyatga ega. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan murakkab jarayonlar ta’sirida ularning sifati o‘zgarishi mumkin. Sektalar cherkovga aylanishi yoki yangi sektalar yuzaga kelishi mumkin. Hozirgi davrda jahon dini darajasiga ko‘tarilgan dinlarning dastlab sekta sifatida yuzaga kelgani va uzoq rivojlanish bosqichidan o‘tgani fikrimizning isbotidir. Mamlakatimizda diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi 1998-yil 1-may (yangi tahrirdagi) qonuni asosida faoliyat yuritadi. Mazkur qonun 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan variantidan farq qilib, diniy tashkilotlar faoliyatini huquqiy jihatdan mukammalroq kafolatlaydi. Dinlar tarkibida, diniy tashkilotlardan tashqari, turli mazhablar ham muhim o‘rin tutadi. Mazhab muayyan diniy mafkuraning xususiy ko‘rinishi, ortodoksal, ya’ni fundamental diniy ideologiyadan qisman farq qiluvchi yoki unga muxolafatda bo‘lgan diniy maslakdoshlar birlashmasidir. Masalan, xristianlikda baptistlar, yevangelistlar, kalvinistlar, lyuteranlar, murmonlar va boshqa diniy sektalar mavjud. Ular rasmiy xristian dinining ayrim g‘oyalaridan farq qiluvchi diniy tasavvurlarni targ‘ib qila-dilar. Islom dinida ham shunga o‘xshash ismoiliy, zaydiy, nizoriy, druz va boshqa diniy mazhablar mavjud. Shuni alohida qayd etish joizki, mazhablar nafaqat sof diniy, balki ko‘pincha siyosiy va huquqiy asosga ham ega bo‘ladi. Ular ko‘pincha o‘zlarining siyosiy va huquqiy manfaat-larini diniy niqobda ifoda etadilar. Jamiyatdagi muayyan tabaqaning hukmron siyosiy tartibdan ijtimoiy noroziligini ochiq ifoda eta olishi uchun yetarli shartsharoitlarning mavjud emasligi ham bunga sabab bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlik, davlatning byurokratlashuvi fuqarolarda norozilikni shakllantirishi mumkin. Sektalar esa buni diniy qiyofada yoki din vositasida ham ifoda etishga harakat qiladilar. Bunday urinishlar rivojlana borib, ochiqdan-ochiq siyosiy tus olishi, diniy davlat qurish da’vosini yuzaga keltirishi mumkin. Buning oldini olishning yagona yo‘li dunyoviy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish, qonuniylikni mustahkamlash, inson huquqlari va erkinliklarining ro‘yobga chiqishi uchun real sharoit yaratishdir. Din o‘z mavqei va inson hayotidagi o‘rniga ko‘ra ijtimoiy hayotning muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham u inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi va ahamiyatiga ko‘ra turli vazifalarni ba-jaradi. Odatda, din dunyoqarash, regulyativ, integrativ, kompensatorlik, legitim (qonuniy) va shu kabi boshqa vazifalarni bajaradi. Dinning dunyoqarash vazifasi shundan iboratki, dindor atrofdagi narsa va hodisalarni o‘tkinchi deb, ya’ni insonning real hayotdagi faoliyati narigi (boqiy) dunyo uchun faqat asos, tayyorgarlik deb biladi. Dindor (diniy dunyoqarashga asoslangan kishi) umr mazmunini narigi dunyoga tayyorlanish, bu dunyoning azob-uqubatlari va adolatsizliklariga sabr-qanoat qilish, chidashdan iborat deb hisoblaydi. U o‘limni hech qanday qo‘rquvsiz qabul qilishi kerak, chunki o‘lim insonning boqiy hayotga o‘tish yo‘li, deb bilinadi. Dunyoqarash vazifasi shu o‘rinda dinning taskin berish (kompenatorlik) vazifasi bilan uyg‘unlashib ketadi. Dinning kompensatorlik (lotincha compensare – tenglashtirish, muvozanatlashtirish, to‘ldirish degan ma’nolarni anglatadi) vazifasi kishilarning hayotini boyitadi, diqqatlarini kundalik muammolardan boshqa narsalarga jalb qiladi, ularni ovutadi. Mazkur vazifa orqali din kishilarda ertangi kuniga ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Ularni hayotiy qiyinchiliklarga taslim bo‘lmaslikka va har qanday sharoitda xudoga ishonchini yo‘qotmaslikka o‘rgatadi. Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlash-tiruvchi kuch ekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym ayniqsa diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi, an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi. Dinning integrativ vazifasi bilan regulyativlik (lotincha reguiare – muayyan tartibga bo‘ysundirish, tartibga solish, o‘rnatish degan ma’nolarni anglatadi) vazifasi uzviydir. Regulyativlik vazifasi diniy xulq-atvor normalari vositasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ushbu normalarni dindorlarning bajarishlarini nazorat qiladi. Bunday normalarga diniy urf-odatlar, marosimlar, an’analar va bayramlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Dinning regulyativlik vazifasi dindorlar faoliyatining tartibga solinishi qonuniylashtirilishini taqozo etadi. Bu esa uning legitimlik vazifasini keltirib chiqaradi. Mazkur vazifani birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog olim T. Parsons ajratgan. Uning fikricha, muayyan qonuniyliksiz, ya’ni legitimliksiz hech bir ijtimoiy tizim mavjud bo‘la olmaydi. Legitimlik vositasida jamiyat a’zolarining xatti-harakatlari muayyan qolipga solinadi, jamiyatda barqarorlik ta’minlanadi. T. Parsons diniy normalarni jamiyat taraqqiyoti davomida shakllanib, o‘zgarib va rivojlanib boruvchi boshqa ijtimoiy normalardan ustun qo‘yadi, chunki diniy normalar jamiyatning axloqiy-ma’naviy tartibini belgilaydi. Legitimlik dindorlarning e’tiqod bilan bog‘liq o‘zaro aloqalarini taqozo etadi. Bu esa uning navbatdagi aloqa vazifasini yuzaga keltiradi. Dinning aloqa vazifasi dindorlarni diniy mafkura vositasida birlashtiradi. Shu bilan birga, jamiyat va shaxs o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatilishiga yordam beradi. Yuqoridagi tahlildan ko‘rinib turibdiki, din o‘z tarkibiga ko‘ra juda murakkab va rangbarang mazmunga ega. U insonning hissiy-obrazli faoliyatidan tortib hayot ma’nosini anglashi bilan bog‘liq bo‘lgan yuksak axloqiy-ma’naviy faoliyati, tafakkuri va ijodiga xos hodisalarni qamrab oladi. Din tarkibida axloqiy elementlar bilan birga huquqiy va siyosiy jihatlar ham mavjud. Shu bois dinga faqat axloqiy-ma’naviy hodisa deb qarash noto‘g‘ri. Unda qonuniylik va uni siyosiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan ruhiy imkoniyat ham mavjud. Mavzu yuzasidan tinglovchilarning mustaqil mulohaza yuritishi, ko‘nikma va malaka hosil qilishlari uchun quyidagi chizmalar berildi. 1-chizma. DINSHUNOSLIK FANINING PREDMETI VA MAQSADI DINSHUNOSLIK FANI DINSHUNOSLIK FANINING PREDMETI Dinning vujudga kelishi, vazifalari va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, jamiyat tarixida namoyon bo‘lishi shakllarini, shaxs va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, madaniyat bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi Dinning mohiyati va uning insoniyat tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida bilim beradi Mustaqil O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabat, diniy, xususan islom qadriyatlarini qayta tiklash yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida bilim berish Davlat va dinning o‘zaro munosabati, dindorlar va diniy tashkilotlar faoliyati huquqiy bazasining yaratilishi va boshqalar to‘g‘risida bilim berish dinla-rini o‘rganish DINSHUNOSLIK FANINING MAQSADI Dinning paydo bo‘lganligini, avlod-dan-avlodga qanday o‘tib borishini o‘rganish dinning jamiyatda bajaradigan ijti-moiy, ma’naviy va ruhiy vazifalarini o‘rganish Jamiyatni ma’naviy kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini aniqlash Diniy ekstremizmva fundamentalizm-ning dinni siyosiylashtirilishinatijasi, siyosiy hokimiyat uchun kurash quroli, diniyva dunyoviy qadriyatlarga zid ekanligi to‘g‘risida bilimberish Urug‘-qabila, milliy va jahon 2-chizma. DINSHUNOSLIK FANINING VAZIFALARI Din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy bilim beradi FANNING VAZIFALARI Dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqyi haqida ilmiy asoslangan tushunchalarni shakllantiradi Kishi ongida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, g‘ayri-tabiiy va g‘ayriinsoniy qarashlarga qarshi kurashadi Diniy qadriyatlarga jangarilik, shafqatsizlik, zo‘ravonlik kabi illatlar yot ekanligi dinshunoslik fani orqali oydinlashadi, diniy jaholatga qarshi kurash olib boradi, diniy qadriyatlarni qayta tiklanishiga xizmat qiladi Dinshunoslik diniy e’tiqod, ezgulik, odamiylik va adolat g‘oyalariga asoslanligini isbotlashga ko‘maklashadi, dinlararo ma’naviy birlik va hamjihatlik rishtalari mavjudligini isbotlashga xizmat qiladi ILOHIYOTNING ASOSIY VAZIFALARI ILOHIYOT Diniy ta’limotni ishlab chiqadi va himoya qiladi Diniy ta’limotni zmon talablariga moslashtiradi Ateizmga qarshi kurash olib boradi 4-chizma. ATEIZMNING ASOSIY VAZIFALARI ATEIZM Diniy ta’limotning materialistik ta’limotga zid ekanligini tushuntiradi Dinning vujudga kelish sabablarini ilmiy asosda tushuntiradi Dinning ijtimoiy shartsharoitlari va usullarini o‘rganadi. Dinga qarshi kurashadi 5-chizma. DINSHUNOSLIKNING BOSHQA FANLARDAN FARQ QILUVCHI XUSUSIYATLARI DINSHUNOSLIK FANI Dinshunoslik dinni ijtimoiy-ruhiy voqyelik sifatida kompleks o‘rgansa, ijtimoiy fanlar uni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganadi Dinshunoslik dinni o‘rganishda ilmiy obyektiv yondashuvga tayanadi 6-chizma. DINNING TUZILISHI DIN Diniy ong Diniy marosim Diniy tashkilot Diniy ruhiyat Sig‘inish Cherkov Diniy mafkura Qurbonlik Sekta Xarizmatik marosim Denominasiya 7-chizma. DINIY ONGNING DARAJALARI DINIY ONG Diniy ruhiyat Diniy mafkura Diniy hissiyot Dogmatika Individual ruhiy xususiyatlar Apologetika 8-chizma. DINIY MAROSIMNING TURLARI DINIY MAROSIM Sig‘inish – ijtimoiy guruh tomonidan joriy qilingan harakat, andozalar bo‘lib, muayyan g‘oyalarni, normalarni va tasavvurlarni ifodalaydi Qurbonlik – g‘ayritabiiy kuchlarning e’tiborini, rahm-shafqatini qozonishga qaratilgan yoki ularga kishining, guruhlarning munosabatlarini ko‘rsatuvchi marosim Diniy marosimlar yakka shaxs yoki kishilar guruhi tomonidan bajariladi 9-chizma. DINIY TASHKILOTNING TURLARI DINIY TASHKILOT Cherkov – diniy ta’limotni ishlab chiqadi, saqlaydi va avloddanavlodga o‘tkazadi, diniy faoliyatni tashkil etadi, dindorlarning xulq-atvorini nazorat qiladi, iyerarxiya tizimiga ega markazlashtirilgan diniy tashkilot Sekta – diniy qarashlar va marosimlardagi farqlariga ko‘ra rasmiy cherkovdan ajralib chiqqan guruh yoki tashkilot Xarizmatik marosim – diniy sektaning bir turi bo‘lib, uning a’zolari «ilohiy» qobiliyat (xarizma)ga ega shaxs atrofida birlashadilar Denominasiya – cherkov va sektaning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan diniy tashkilot 10-chizma. DINIY TASHKILOTLARNING BELGILARI DINY TASHKILOTLAR Cherkov. tashkilotga a’zolik an’anaviylik bilan belgilanadi, ular doimiy va qat’iy nazorat qilinmaydi Sekta a’zolari kamsonli bo’lib, ular qattiq nazorat qilib boriladi, boshqa sektalar bilan aloqalari cheklanadi, dunyoviy hayotdan voz kechiladi, o‘z e’tiqodini boshqalardan ustun qo‘yadi, muxolliflikka intiladi, o‘zga fikrga betoqatlik xos, a’zolarining huquqda tengligi e’tirof etiladi Xarizmatik marosim yetakchi («ilohiy» qobiliyatga ega kishi) atrofida maslakdoshlarining birlashuvi asosida tuziladi, uni «xudo» yoki g‘ayri tabiiy kuchning vakili deb e’lon qilinadi, a’zolari kam sonli bo‘ladi, faoliyatida mutaassiblik, mistika, izolyasio-nizm kabi g‘oyalar ustuvorlik qiladi Denominasiya boshqaruvning sentralizm va iyerarxiya prinsiplari qabul qilingan, izolyasionizm rad etiladi, a’zolik ixtiyoriy bo‘lsa-da, ular qat’iy nazorat qilinadi 11-chizma. DINIY TASHKILOTNING MAQSADI DINIY TASHKILOTNING ASOSIY MAQSADLARI A’zolari belgilangan tartibga amal qilishi talab etiladi Tarafdorlarida muayyan maqsad, qadriyatlar va ideallarni shakllantiradi Boshqa diniy tashkilotlarga qarshi kurash olib boradi Maqsadni bir qator funksiyalarni bajarish orqali amalga oshiradi Diniy g‘oyalar tizimini ishlab chiqadi Diniy g‘oyalarni asoslaydi va himoya qiladi Diniy marosimlarga rahbarlik qiladi 12-chizma. DINNING ASOSIY FUNKSIYALARI ASOSIY FUNKSIYALARI Kompensa-torlik – ijtimoiy turmushni mazmunan boyitadi, odamlarning diqqatini kundalik muammolardan boshqa xayoliy narsalarga, g‘oyalarga jalb qiladi, ovutadi Integrativlik – diniy e’tiqod asosida odamlarni birlashtiradi Regulyativlik – ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, diniy normalarni bajarilishini nazorat qiladi Aloqa – shaxs va jamiyat o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatilishiga ko‘maklashadi Dunyoqarash – muayyan dunyo manzarasini, qadriyatlar, ideallar va normalarni vujudga keltiradi 13-chizma. DINNING TARIXIY SHAKLLARI DINNING TARIXIY SHAKLLARI Dinning ilk shakllari Milliy (davlat) dinlar Jahon dinlari 3-Mavzu: Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari. R e j a: 1.Yahudiylik dinining shakllanishi 2. Yahudiylik talimoti. 3 Yahudiylik an’ana va marosimlari Yahudiylik – asosan yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri. Miloddan avvalgi 2 ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Arabiston yarim orolning shimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Tankani bosib oldilar va miloddan avvalgi X asrda Rossiya – Ispaniya davlatini tuzdilar. Yahudiylik ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqlarining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. Yahudiylik nomi Yahudo (Iuda) qabilasining nomidan olingan. Dastlab yahudiylik koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Miloddan avvalgi I—VIII asrlarda yahudiylik yakkaxudolik (monoteistik) diniga aylangan. Olamning yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahd (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey)ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirilishiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish yahudiylikning asosiy aqidalaridir. Yahudiylik dinida xilma-xil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiqlar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliqlar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. Yahudiylikning asosiy diniy kitoblari – Tavrot va Talmudsa belgilangan bunday koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan. Fanda yahudiylikning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy yahudiylik (Bibliya davri), klassik yahudiylik (miloddan avvalgi 536 va milodiy 70-yillar), ravvinlar davri va yangi davr yahudiyligi (modernistik yahudiylik). Eng qadimiy yahufiylik dini dastlab Falastindagi ikki davlat – Isroil va Yahudiya davlatlari (miloddan avvalgi X—XI asrlar)ning, keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻzaki tarzda miloddan avvalgi XI—VI asrlar oʻrtasida shakllangan. Miloddan avvalgi V asrda yozib olingan. Bundan keyin yahudiylikning klassik davri boshlanadi. Miloddan avvalgi 586-yilda yangi Bobil podshosi Navuxodonosor XI Yahudiyani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50 yil davom etgan „Bobil asirligi“ va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. „Qadimgi ahd“ matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan. Milodiy 70-yil Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda: Quddus Talmudi IV asrda, Bobil Talmudi V asrda eʼlon qilindi. VII—XVIII asrlarda yahudiy ruhoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar – Tavrot va Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin adabiyoti vujudga kelgan. XVIII asrdan diniy talablarni davrga moslashtirish, soddalashtirish va yengillashtirish harakatlari avj oldi. Yahudiylikda qadim zamonlardan boshlab xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Miloddah avvalgi II asrdan milodning 23-yiligacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal yahudiylik bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal yahudiylikka muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin yahudiylikdan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan (qarang Xristianlik). Yahudiylik diniga ga eʼtiqod qiluvchilar soni 100 million nafarga yaqinni tashkil etadi, ularning uchdan bir qismi AQSHda. Yahudiylar urf-odatiga ko'ra vafot etgan yahudiyning oldiga o'lim to'shagida yotgan paytida uning oldiga yaqinlari va qarindoshlari yig'iladi. Yaqinlari va qarindoshlari o'layotgan insonning tilakarini bajarishi kerak bo'ladi.Insonning o'lganidan keyin yonidagilari birdaniga maxsus kiyimni kiyib, Shma ya’ni muqaddas matnni o'qiydilar. O'likning bosh tarafiga sham yoqib qo'yadilar. O'likning oldiga to ko'milmaguncha bir kishi qolishi kerak va u psalmani o'qib turadi.Yahudiy jamoalarida o'lgandan keyin uydagi barcha suyuqliklarni to'kib yuborish an’anasi mavjuddir. Bu urf-odat qadimiy yahudiy odatlariga borib taqaladi. Buning ma’nosini o'lgandan keyin o'likning oldiga o'lim farishtasi kelishiga taqashadi. Shu ta’kidlab o'tish kerakki yahudiylarda o'lim farishtasi Malxemuves deb nomlanadi. O'limdan so'ng vafot etgan insonni yaqinlari yoki bo'lmasa maxsus kishilar dafn marosimiga tayyorlashadi. O'likni boshidan boshlab obdon yuvish talab etiladi va buni yuqoridagi kishilar amalga oshirishadi.O'likni yuvishda 20 litrdan kam bo'lmagan suv ishlatilishi talab etiladi.Yahudiy oilalarida vafot etgan odamning oldida gapirish man etiladi .Buning sababini murdaga nisbatan hurmatsizlik deb baholashadi.39 Yahudiylarda vafot etgan insonga nisbatan qilinadigan ishlar hamma yahudiy jamoalarida ham bir xil emas. Masalan ba’zi bir jamoalaridan o'lik yuvilgandan keyin uning ko'ziga tuproq qo'yib qo'yishadi. Boshqa shu kabi yahudiy jamoalarida uning ko'zining ustiga tanga qo'yib qo'yilishi kuzatiladi. O'lgan insonga maxsus oq libos kiydiriladi.40 Bu mato yoki libos Taxrixim deb nomlanadi. Bu libos oddiy va ortiqcha bezaklarsiz bo'ladi.Buning ma’nosi boy va kambag'al farqlanmasligi uchundir. Oyoq kiyim esa kiydirilmaydi. O'lgan insonni yaqinlari bezantirishi,bo'yantirishi mumkin. 4-Mavzu: Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar. R e j a: 1. Konfutsiylik ta'limoti. 2. Konfutsiychilikda ijtimoiy-axloqiy masalalar. 3. Konfutsiy ta’limotining ajralmas elementlari. Konfutsiylik yoki konfutsiychilik - Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot; keyinchalik eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan birga). Konfutsiy asos solgan. Konfutsiyning ilk davomchilari — Men-szi (Mek Ke — miloddan avvalgi 371—289), Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan Fey-szi (miloddan avvalgi 233 yil v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy (768—824) va boshqa Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen oʻzing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega boʻladi. Konfutsiyda taʼkidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim. Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha maʼno kasb etadi, inson faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi. Oʻtmishda oʻrnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da jamiyatni boshqarishga katta eʼtibor berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar bilan toʻldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida K.ning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Konfutsiy milodiy 1 -a.da davlat taʼlimotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-asrda daosizm ustidan toʻla gʻalaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—1279)da neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi. Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha- jen (insoniylik). «Lun yuy» («Hikmatlar») kitobida shunday deyiladi: «Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi», «o`zingga ep ko`rmagan narsani o`zgaga munosib ko`rma, shunda davlatda ham, oilada ham o`zingga nisbatan yovlik xis qilmaysan». Demak jen — ham jamiyat, ham oila a’zolari orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan «syao» -ota-onani, kattalarni hurmat qilish, «li» — urf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustahkam bog`liq. Ayni paytda «li» tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo`lgan munosabatni ham o`z ichiga oladi. Hoqon (imperator) — Osmon o`g`li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa quyidagicha: «Podsho—podsho, ota—ota, mulozim—mulozim, o`g`il— o`g`il bo`lishi kerak». Qadimgi Xitoyning buyuk donishmandi, bundan 2500 yil avval yashagan va ijod qilgan Konfutsiy “konfutsiychilik “ deb ataluvchi axloqiy-siyosiy bilimlar ta’limotini ishlab chiqqan. Bu ta’limotning mazmun-mohiyatini insonning tabiiy axloq-odobini takomillashtirilish, davlatni boshqarish haqida ma’lumotlar berilgan. Konfutsiy ta’limotida hukmdor va quyi qatlam vakillari o’rtasidagi munosabatlar, jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalik, nafosatshunoslik qoidalari haqida ma’lumotlar berilgan. Konfutsiy uchun eng muhimi bu insonning axloqi va tarbiyasi, bunda quyidagi beshta tushuncha alohida o’rin tutadi: 仁 (Ren) insonga bo’lgan muhabbat, 义 (Yi) ma’suliyat, 礼 (Li) xulq-atvor me’yorlari, 智 (Zhi) bilimlar, 信 (Xin) ishonch. Bundan tashqari ezgu fazilatlarga kattalarga hurmat ehtirom 孝 ( xiao ) ham kiritiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ezgulik tushunchalarining tarjimalari shartli ravishda amalga oshirilgan bo’lib, bu tushunchalarning har biri juda keng ma’noga ega bo’lgan. “Besh ezgulik tushunchalar” ning mohiyati quyidagilardan tashkil topgan: 仁 Ren “Insonga bo’lgan muhabbat”, “Insonparvarlik” ma’nosini beradi. Inson xulq-atvor me’yorlari va axloqiy yuksalishlarini ifodalab beradi, ya’ni bunda ko’ngilchanlik, qa’tiyat, kamtarlik, oliyjanoblik, odamlarga nisbatan muhabbat, haqiqatgo’ylik, ochiq ko’ngilllik kabi hislatlar aks ettiriladi. Muallif tomonidan bu ko’rinishlardagi shaxslarga misol tariqasida afsonaviy hukmdorlar – Yao, Shun va Yuy kabilar ko’rsatiladi. Konfutsiy tomonidan insonning ahloqiy takomillashishga harakat qilishi kerakligi ta’kidlab o’tiladi. Odamning barcha ezgu xususiyatlarini u “ ren ” asosida kelib chiqqan deb ko’rsatadi, bu tushuncha asosida jamiyatdagi munosabatlar shakllantirilishi ta’kidlanadi. Konfutsiy fikricha, inson o’zini o’zi yaratadi, ya’ni hayoti davomidagi barcha qarorlari uning o’ziga bog’liq. Bunda uning boshqa insonlarga bo’lgan munosabati ham inobatga olinadi. 义 Yi “Ma’suliyat”. Insonga bo’lgan oily muhabbat (仁 ren) hayotda ma’suliyat hissi (义 yi ) orqali moddiylashadi. “Yi” tushunchasining o’zi esa ko’p ma’nolarga ega. Bu tushuncha orqali insonning ma’naviy holati belgilanadi. Bu insonnig haqiqat izlashiga va o’z ota-onasiga nisbatan haqiqatgo’y bo’lishi, ular bergan tarbiyalariga minnatdor bo’lishi orqali namoyon bo’ladi. Boshqa insonlarga nisbatan uni mehrli bo’lishi inobatga olinib, uning xudbinligiga qarshi kurashishiga da’vat etadi. 礼 Li “Xulq-atvor me’yorlari ”. 礼 “Li” tamoyili odamlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni ifodalab beradi, insonning jamiyatdagi xulq-atvorini ifodalaydi. Xitoy ahloqshunosligida uch turdagi o’zaro munosabatlar ajratib ko’rsatiladi: hukmdorlar va quyi qatlam vakillari o’rtasidagi munosabatlar, kattalar va kichiklar, ota va o’g’il o’rtasidagi munosabatlar. 5-Mavzu: Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari. R e j a: 1. Zardushtning dunyoga kelishi. 2. Zardushtiylikning teologik tizimi. 3. Zardushtiylikning diniy marosimlari. Mil.avv.VII-VI asrlarda Osiyoning markaziy qismida shunday bir yorug„lik paydo bo„ldi-ki bu narsa o„sha davr insoniyat taraqqiyotiga ta‟sir o„tkazmay qolmadi. Sharqiy Eron va Markaziy Osiyo qabilalarinig ijtimoiy tuzumi o„zgarayotgan va diniy qarashlari hamda jamiyatga ro„y berayotgan tabaqalanish davom etayotgan bir paytda Turon pasttekisligida, aniqrog„i Amudaryo bo„ylarida yangi ta‟limot vujudga keldi. Bu ta‟limot o„lkada shakllangan ko„pxudolik va oshiqcha sarf harajatlarga, atrof muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida muhim o„rin tutgan jonli hayvonlarni qirib, ko„p qurbonliklar qilinishiga qarshi turoladigan ta‟limot edi. Bu ta‟limotga amal qilgan inson butun umri davomida ezgu fikr, ezgu so„z, ezgu amal kabi g„oyalarni qalbiga joylashi kerak edi. Bu din zardushtiylik dini edi. Ushbu din dualizmga asoslangan, ya‟ni olam ikki ibtido; yorug„lik va qorong„ulik, yaxshilik va yomonlikning to„xtovsiz kurashidan iborat deb uqtiradi Zardushtiylik dini eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, bu din miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu dinning paydo bo„lishiga oid turli xil qarashlar mavjud. Ba‟zi tadqiqotchilar zardushtiylik dinining asoschisi Zardusht asli Midiyalik (hozirgi Eron hududida faoliayt yuritgan) bo„lgan deb hisoblashadi. Ularning fikricha ushbu din hozirgi Eron hududida paydo bo„lgan. Tadqiqotchi M.Toysning fikricha Zardusht mil. avv. 1500-1200- yillar oralig„ida yashab o„tgan va Markaziy Osiyoda [1](ya‟ni Xorazm hududida) mavjud bo„lgan diniy e‟tiqodlarni isloh qilib yangi bir din boʻlmish zardushtiylik diniga asos soldi. Mil. avv. VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda qabilaviy ittifoqlar va urug„aymoqchilik munosabatlariga asoslangan Xorazm va Baqtriya qadimgi davlat birlashmalari vujudga kelgan. Bu mamlakatlar mintaqada uzoq vaqt davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy madaniy jarayonlarning hosilasi bo„lgan. Ular ta‟sirida jamiyatda tutgan o„rni, imkoniyatlari va ahamiyatiga ko„ra bir-biridan farq qiladigan guruhlar, tabaqalar va sinflar yuzaga kelgan. Davlat esa mavjud ijtimoiy munosabatlarni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot hisoblangan. Ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz bergan o„zgarishlar talablariga ibtidoiy madaniyat va ibtidoiy e‟tiqod mos kelmagan. Shu bois diniy e‟tiqodni ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o„zgarishlarga muvofiqlashtirish zarur edi. Zardushtiylik dini esa mazkur talablarga mos diniy ta‟limot va o„ziga xos dunyoqarash sifatida yuzaga kelgan. Zardushtiylik dinining vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat - tabiat kuchlari, mavjudotlar va ruhlarni muqaddaslashtiruvchi, o„z qiyofasiga ega, ishlab chiqarish sohalariga homiylik qiladigan, kuch va imkoniyatlariga ko„ra guruhlashtirilgan qudratli xudolar bilan almshtirish zarur edi; - jamiyat ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, sinflar va davlatning yuzaga kelishi natijasida eski munosabatlarni aks ettiruvchi ibtidoiy din shakllarining yangi davr talablariga mos kelmay qoldi; - ma‟naviy tajribani umumlashtirish va ularga ilohiy tus berish bilan jamiyat va davlatni yanada mustahkamlash zarur edi [2] Zardushtiylik dini payg„ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish “Avesto”“ da ushbu dinning nomi “Mazdayasna” dini deb atalgan. Bu so„zni “Mazdaga sig„inmoq” deb tarjima qilish mumkin. “Mazda” so„zi “donish, oqil, donishmand” kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana “Behdin”, ya‟ni “Eng yaxshi din” deb ham ulug„langan. Uning ta‟limotiga ko„ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. “Mazda” so„zi oldiga ulug„lash ma‟nosini anglatuvchi “Axura” so„zi qo„shilishi natijasida Zardushtiylik dini oliy xudosi hisoblanmish Axura-Mazda nomi paydo bo„ldi[3]. Zardushtiylik dini paydo bo„lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya‟ni quldorlik jamiyati davri endi paydo bo„layotgan davr edi. U urug„chilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo„linayotgan davr bo„lgan. Bu din eng avvalo O„rta Osiyodan tashqari Eron, Afg„oniston, Ozarbayjon, Yaqin va O„rta Sharqning bir qancha mamlakatlariga tarqalgan edi. Zardushtiylik dinini paydo bo„lgan zamin Xorazm vohasida qadimdan bir qancha turkiy elatlar yashab kelgan. Bu din mil. avv. VII-VI aslarga xos din sifatida o‟zidan oldingi urug„ qabilachilik dinlari negizida paydo bo„lgan din hisoblanadi. Zardusht nomi ham turli tadqiqotlarda turlicha keltiriladi. Masalan, Zaratushtra (ma‟nosi- “sariq tuya sohibi”, “zarg‟in yorug‟lik egasi”), Zarduts, Zoroastr ko„rinishlarida ham ishlatiladi. Zardushtning tarixda bo„lgan yoki bo„lmaganligi to„g„risida ham aniq yechimga kelinmagan. Ba‟zi tadqiqotchilar uni tarixiy shaxs deya e‟tirof etishsa, ba‟zilari esa ularda farqli o„laroq uni afsonaviy shaxs deya ta‟kidlashadi. U Quyi Amudaryo hududlarida yashovchi oriy qabilasining yirik urugʻlaridan boʻlmish Spitama urug„idan bo„lgan. U 23 yoshidan boshlab jamiyatdagi kamchiliklarga turli xil qabilalarning turli xudolarga sig„inishi natijasida ular o„rtasidagi urushlarning ko„payishiga, qolaversa, har xil xudolar uchun qilinadigan qurbonlik (qurbonlikka odamlar ham ishlatilgan)larni sabab qilib ko„rsatadi va 30 yoshidan boshlab yagona oliy xudo Axura-Mazdaga sig„inish kerakligini targ„ib qila boshlaydi[4 ]. Zardusht o„z g„oyalarini jamiyatdagi barcha tabaqalar orasida qo„rqmasdan targ„ib qilgan. Zardusht Balx shahrida ibodat chog„i ko„pxudollikka sig„inuvchi Bratarvaxsh tomonidan pichoqlab o„ldirilgan Zaratushtra (yunoncha–Zaroastr, forscha– Zardusht) qadimgi dunyo mualliflari ma‟lumotlariga ko„ra afsonaviy shaxs deya e‟tirof etilgan. Ammo Avestoning “Goxlari” va “Yasht” boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Abu Rayhon Beruniy ma‟lumot berishicha Zaratushtraning tug„ilgan sanasi Makedoniyalik Iskandargacha bo„lgan 258 yil hisoblanadi. Zaratushtra 77 yoshida vafot etgan va uning hayot sanasi miloddan avvalgi VII-VI asrga to„g„ri keladi. Zardushtning tug„ilgan joyi haqida Avestoda hech qanday ma‟6lumotlar yo„q. Manbaga ko„ra Zardushtning diniy nasihatlari o„z vatanida tarafdorlarini topmagan. Shuning uchun ham yangi din asoschisi o„z yurtidan qochishga majbur bo„ladi. Avestoning “Goxlari” bobida shunday deyilgan; “Qay tomonga, qaysi yurtga qochib qutulsam, meni kohinlardan va jangchilardan ajratib qo„ydilar, jamoa meni quvnatmaydi, mamlakatlarning yovuz sardorlari meni qabul qilmaydilar”. Oxir – oqibat Zardushtni Baqtriya hukmdori Kavi Vishtaspa qabul qiladi. Vishtaspaning uzoq va yaqin qarindoshlari Zardusht ta‟limotiga juda ham qiziqqanlar va uning e‟tiqodini qabul qilishgan.