Загрузил Oybek Xolmamatov

1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudoj

реклама
R E J A:
1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod,
aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.
2.
Dinshunoslikning
fan
sifatida
shakllanishi,
predmeti,
kategoriyalari.
3. Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari.
4. Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar.
5. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari.
funksiyalari,
1-Mavzu: Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik,
diniy eʼtiqod, aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.
R e j a:
1. Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv.
2. Din falsafasi.
3. Teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, aqida, ilohiyot
tushunchalari.
Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv ham davom etmoqda. Bu
dinshunoslik tarkibida dinning konkret namoyon bo‘lish shakllarini tadqiqot predmetiga
aylantirgan va ko‘plab mustaqil fanlarni o‘zida birlashtirgan yo‘nalish (tarmoq)larning
yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda. Masalan, bugungi kunda Qur’onshunoslik,
hadisshunoslik, fiqh kabi bir qator fanlarni o‘ziga qamrab olgan islomshunoslik
dinshunoslikning alohida tarmog‘iga aylanib ulgurgani fikrimizning isboti bo‘la
oladi.Shu nuqtai nazardan qaraganda, din falsafasining mustaqil fan sifatida shakllanishi
bir tomondan, falsafiy bilimlar, ikkinchi tomondan, dinshunoslik fani tarmoqlashuvi va
mazkur jarayonda yuzaga kelgan integratsiyaning hosilasi hisoblanadi.Falsafa va
dinshunoslik munosabatlari doirasida dinni falsafiy anglashning o‘ziga shakli diniy
falsafa (falsafiy teologiya) shakllanganini ham ta’kidlash zarur.Diniy falsafa diniy
dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqadigan tasavvurlar, g‘oyalar, Yaratuvchi va olam
(ontologiya va metafizika), inson (antropologiya), jamiyat (sotsiologiya, istoriosofiya),
bilish jarayoni (gnoseologiya va epistemologiya), qadriyatlar (aksiologiya) haqidagi
qarashlar tizimini o‘z ichiga oladi. Sodda qilib aytganada,u din kompetensiyasiga
kiradigan ontologik, antropologik,gnoseologik muammolarni falsafiy tushunchalar va
usullardan foydalangan holda tadqiq etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, diniy falsafa,
bir tomondan, falsafiy bilimlarning, ikkinchi tomondan, ilohiyotning tarkibiy qismi
hisoblanadi.Diniy falsafa din falsafasi kabi dinning mohiyatiga e’tibor qaratadi.U
falsafiy tafakkur natijalariga tayangani uchun o‘zida e’tiqod va ratsionallik, dogmatika
va hurfikrlilikning birligini namoyon etadi, dinning mohiyatida yashiringan
donishmandlikning ma’nosini anglash uchun imkoniyat yaratadi.
Din falsafasi rivoji dinlar tarixi, din sotsiologiyasi va din psixologiyasi kabi fanlar
taraqqiyoti bilan ham uzviy bog‘liq.Xususan, dinlarning o‘tmishini uning konkret
shakllarida tiklashga, diniy e’tiqodning turli ko‘rinishlari haqidagi ma’lumotlarni
to‘plash, saqlash va izoxdashga xizmat qilar ekan dinlar tarixi fani konkret dinlar va
umuman dinning ijtimoiy hodisa sifatidagi rivojining u yoki bu davriga xos
xususiyatlarni chuqurroq anglashga yordam beradi.
Din falsafasi din va ijtimoiy voqelik o‘rtasidagi aloqadorlikni ham nazariy, ham
empirik darajadao‘rganuvchi din sotsiologiyasi fani bilan ham uzviy bogliq. Xususan,
din sotsiologiyasi tomonidan din va jamiyat hayotining turli sohalari o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sir va aks ta’sirga xos xususiyatlar, dining paydo bo‘lishi va mavjudligining ijtimoiy
asoslari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish jarayonida to‘planadigan empirik
materiallar va unga tayangan nazariy umumlashmalar din va diniy hayot rivojiga xos
qonuniyatlarni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Din falsafasi o‘z rivojida diniy ongning o‘ziga xos xususiyatlari, strukturasi va
funksiyalarini belgilab beruvchi psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarni
o‘rganuvchi din psixologiyasi fani yutuqlariga ham tayanadi.Jumladan, dindorlar ongi
va hissiyotlarining konkret ijtimoiy muhit va sharoit bilan bog‘liqligi, diniy
marosimlarning inson ruhiyatiga ta’siri hamda diniy jamoalarning ijtimoiy-psixologik
strukturasi, muloqot, ishontirish va ta’sir o‘tkazish mexanizmlarini o‘rganish bilan
bogliq holada to‘plangan materiallar shaxs va jamiyat ma’naviy hayotida dinning o‘rni
va rolini tushunishga xizmat qiladi.
Din falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad
mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda
qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish mumkin.
Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi. Bunday talqinda
din falsafasi falsafa kabi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, asrlar davomida din, uning
mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida shakllangan xilma-xil falsafiy
qarashlar, yondashuvlar va ta’limotlarni qamrab oladi. Tor ma’noda esa, din falsafasi
falsafiy usullar va tushunchalar apparatini ishga solgan holda dinni o‘ziga xos ijtimoiymadaniy hodisa sifatida o‘rganuvchi mustaqil fanni anglatadi.
Din din falsafasining bilish predmeti hisoblanishi, ya’ni “din o‘zi nima?” degan
savolga javob izlashi bir qarashdayoq aniqdek tuyulsa-da, ammo ushbu hodisaning talqini
hamma vaqt ham bir xil emasligini qayd etish lozim. Zero, din, bir tomondan, umuman,
o‘zining mohiyati nuqtai nazaridan, ya’ni mavhum, metafizik ma’noda, ikkinchi
tomondan, o‘zining konkret namoyon bo‘lish shakli,xususiy holatida tadqiq etilishi
mumkin. Ushbu ikki yondashuv ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi. Zero, birinchi
holatda dinning mohiyati haqida yaxlit tasavvur hosil qilinsa, dinga xos bo‘lgan
xususiyatlar hamisha konkret shakl, ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini inobatga olsak,
ikkinchi holatda umuman dinga xos xususiyatlarni chuqurroq anglash mumkin bo‘ladi.
Din falsafasi o‘z predmetini o‘rganishda tayanadigan metodologiya konkret falsafiy
tizim, ta’limotning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, dinning falsafiy
talqinini mantiqiy asoslash bilan birga bilishning adekvatligini ta’minlash ham alohida
ahamiyat kasb etadi.
Bilishning haqiqiy (adekvat)ligini ta’minlashda olingan natijalarning mantiqiy va
nazariy jihatdan ziddiyatli bo‘lmasligi gnoseologiyaning muhim qoidalaridan biri
hisoblanadi. Ammo umuman to‘g‘ri bo‘lgan mazkur qoida konkret falsafiy tizim, ta’limot
doirasida yaratilgan va unga zid bo‘lmagan, uning asosiy talablaridan tashqariga
chiqmaydigan din haqidagi qarashlarni adekvat deb hisoblashga zamin yaratadi.Zero,
bunday holatda biz din haqidagi bilimlardan ko‘ra ushbu konkret falsafiy tizim,ta’limot
va uning dinga bo‘lgan munosabati haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lamiz. Chunki
tadqiqotchining shakllanib bo‘lgan qarashlari va yondashuvlari ta’sirida dinning o‘zi
emas, balki unga bo‘lgan munosabat yoritiladi. Demak,din falsafasida mantiqiy ziddiyat
yo‘q bo‘lgan xulosa,qarashlarni haqiqat, deb qabul qilish yetarli emas.Haqiqat deb qabul
qilingan bilimlarda dinning mohiyati aks etishi lozim. Shundagina din falsafasidan din
haqidagi ahamiyatli natijalarni kutish mumkin. Bunda obyektivlik tamoyiliga rioya qilish
nihoyatda muhim.
Obyektivlik tamoyili din falsafasini o‘z predmetiga real mavjud hodisa sifatida
qarashni, tan olishni talab etadi. Biroq obyektivlikni xolislik bilan chalkashtirish kerak
emas. Xolislik tadqiqotchining o‘rganayotgan predmetidan muayyan darajada
begonalashuviga va shu tufayli uning yetarlicha anglanmay qolishiga zamin yaratishini
inobatga olsak, din falsafasi nuqtai nazaridan obyektivlik va xolislik bir xil mazmunga
ega emasligi oydinlashadi.
Bilish predmetini tushunishda subyektivlik tamoyili ham muhim ahamiyatga ega.
Ushbu tamoyil bilish predmetiga u yoki bu shaklda daxldorlikni talab etadi va unga
nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxolis munosabatning oldini olishga xizmat
qiladi.
Umuman olganda, o‘rganilayotgan predmetning realligi obyektivlikni, uni
tushunish zarurati subyektivlikni talab etadi. Ammo ushbu ikki tamoyildan faqat biri
ustuvor ahamiyat kasb etmasligi lozim. Xususan, tarix va zamonaviy voqelik obyektivlik
tamoyilining mutlaqlashtirilishi dinga salbiy munosabatni, uning ashaddiy tanqidini
keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Subyektivlik tamoyilining ustuvorligi esa dinning
muayyan shakliga alohida e’tibor tufayli umuman din fenomeniga xos xususiyatlarning
nazardan qochirilishiga va bilish natijalarining bir yoqlama bo‘lib qolishiga olib keladi.
Demak, ikkala tamoyilning ham o‘z holicha qo‘llanilishi dinni adekvat anglash jarayoniga
ziddir. Bundan din falsafasi haqiqatan ham din fenomenini bilishga harakat qilar ekan, u
tom ma’noda dindan tashqarida bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi xulosa kelib chiqadi.
Chunki din falsafasining maqsadi dinni obyektiv ham, subyektiv ham talqin etish emas,
balki uni adekvat nazariy tadqiq etish, taxdil qilish va tasvirlashdan iborat. Bu oxiroqibatda falsafiy-diniy tadqiqotlar natijalarining umuman va barcha uchun tushunarli
hamda ahamiyatli bo‘lishiga zamin yaratadi. Yagona falsafiy tilning bo‘lishi ehtimoldan
nihoyatda uzoq bo‘lsa-da, bilish natijalarining boshqalar uchun ham tushunarli bo‘lishini
ta’minlash nihoyatda muhimligini ta’kidlash zarur.
Teosofiya (yun. theos — xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng
maʼnoda — eng zoʻr ilohiy sirlarni ochishga daʼvo qiluvchi har qanday diniy taʼlimot.
Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi xudo haqidagi, barcha narsalarning
ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar T.ning nazariy asosini tashkil etadi. Gʻayritabiiy va
narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa bogʻlash mumkinligini tan olish T.ni
spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor maʼnoda — rus yozuvchisi Ye.P. Blavatskaya
(1831—91) va uning tarafdorlarining liniy taʼlimoti boʻlib, unda buddizm va boshqa sharq
taʼlimotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan qoʻshilib
ketgan.
Xudojo‘ylik tushunchasining mazmuni va mohiyati. Xudo va din yo‘lidan
chiqmaydigan va Xudoga ishonadigan kishi xudojo‘y deyiladi. Xudojo‘ylik va dindorlik
inson zimmasiga dinga e’tiqod natijasida muhokama yuritmasdan bajarilishi lozim
bo‘lgan ibodat, diniy talab va vazifalarni yuklaydi. Shuning uchun xudojo‘ylik din
yo‘lidan chiqmasdan uning asosiy talablarini bajarishni o‘zida ifodalaydi. Ulamolarning
fikriga ko‘ra din Alloh tomonidan o‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy
etilishi zarur bo‘lgan ilohiy qonunlar bo‘lib, har bir diniy ta’limotda dindorlar bajarishi
zarur bo‘lgan talablar ishlab chiqilgandir. Agar islom diniga e’tiqod qiladigan xudojo‘y
dindorlar amal qilishi kerak bo‘lgan asosiy talablar ko‘rib o‘tilsa, islom
ta’limotining asosini imon, islom va ehson talablari tashkil etadi. Islom dinidagi imon
talablari 7 aqidaga asoslanib, bular Allohga, farishtalarga, payg‘ambarlarga, muqaddas
kitoblarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni
tashkil qiladi. Islom dinida har bir dindor-xudojo‘y 5 ta diniy marosim talablari, islomning
ustuni bo‘lib hisoblangan Kalimai shahodatni bilishi, namoz o‘qishi, ro‘za tutishi, zakot
berishi va haj qilishi zarurligi belgilangan. Ehson talablari esa har bir dindor-xudojo‘y
musulmondan imon va islom talablarini sidqidildan bajarishni talab qiladi.
Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan,
muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar.
Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab
chiqilib, tartibga solingan
Ilohiyot (arab. — xudo toʻgʻrisidagi taʼlimot) — diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy
koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan asosiy diniy taʼlimot. Islomda Ilohiyat ilk shakllanish
davridan boshlab kalom deb nom olgan
2-Mavzu: Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti,
funksiyalari.
R e j a:
1. Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari.
2. Dinshunoslikni funksiyalari.
3. Dinshunoslikni predmeti.
Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy
qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni
shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas.
Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi
hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni
diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib
maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional,
ilmiy yondashuv darkordir.
O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va jahon
hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, G’arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga
kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga erishdi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib,
mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar.
Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din
vositasida insonning tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik
mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning
asosida «yaxshilik va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi
axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini
mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, integrativ,
regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustah-kamlandi.
Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy
hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda
turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator
davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.
Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, unga
aloqador bo‘lgan muammolar ham mavjud. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida
dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi.
Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib,
1991-yil 14-iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul
qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora
kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirid sobiq O‘zbekiston sho‘ro
hukumati tomonidan qabul qilingan edi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum
davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi
egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy
bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik
ruhidagi aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy
diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar.
Shu davrda qurilgan ayrim masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli
kimsalar o‘rnashib oldilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy
partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga
muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi.
Bunday ziddiyatli davrda Prezident Islom Karimov rahbarligida olib borilgan oqilona
siyosat ta’sirida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida shu jumladan, din rivojida ko‘plab
ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din
peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir qator tadbirlar,
ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat
ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi. Bu tadbirlarning
ayrimlarini sanab o‘tish kifoya.
Masalan, 1991-yil 11-aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon hayiti»ni milliy bayram deb
e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni qabul
qilindi. 1992-yil 7-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din
ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni, 1992- yil 1-aprelda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
qabul qilindi.
Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday
missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir
inson o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy
axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl
matnlar shaklida bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis
bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning
etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning
obro’sizlanishiga yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lib qolishiga olib keladi. Din
va Qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini
mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining
huquqlari, majburiyatlari haqida to’la ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat
hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish,
tushunishga harakat qilish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish
g’ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik,
tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. O’zbekiston Respublikasi
jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar
vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning
bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda
insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga
ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir. Din muayyan ta’limotlar,
his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi.
U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli,
olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks
etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan
ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar
shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal
ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq yo’q. Chunki
muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi.
O‘zbekiston hududida, yuqorida eslatib o‘tilganidek, ko‘plab diniy konfessiyalar
faoliyat ko‘rsatmoqda. Dinshunoslik fani diniy konfessiyalar, ularning tarixiy ildizlari,
vatani, hozirgi holati va mavqei haqida ham bilim beradi. Shu ma’noda u falsafiy fanlarga
yaqin turadi. Dinshunoslik diniy e’tiqod va uning tabiati, muayyan diniy dunyoqarash
haqida chuqur tahlilsiz umumiy ilmiy tasavvur hosil qiladi. Dinshunoslik nafaqat islom,
balki jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik, iudaizm, hinduizm va boshqa
diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, oqimlari
(mazhablari) haqida faqat dinshunoslik predmeti orqali keng tasavvur hosil qilish mumkin.
Shu ma’noda, dinshunoslik, o‘z tarkibi va tabiatiga ko‘ra, umumlashtiruvchi va tartibga
soluvchi fan bo‘lib, diniy e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi hola-tiga qadar bo‘lgan
tarixiy evolutsiyasini o‘rganadi.
Dinshunoslik bilimlarning kompleks (lotincha complexus – aloqa, birikmadegan
ma’nolarni anglatadi. Predmetlar, harakatlar va voqeliklarning birikmasi bo‘lib, ular bir
butunlikka birlashadi) tar-mog‘ini tashkil etadi. Ushbu fan ilohiyot, falsafiy va ilmiy fikr
rivoji natijasida shakllandi.
Diniy bilimlarning tarixan tashkil topgan birinchi shakli ilohiyot (teologiya grekcha teos
– xudo va logos – ta’limot degan ma’noni anglatadi), ya’ni xudoni o‘rganuvchi ta’limotdir.
Ilohiyot muayyan dinning aqida (qoida)larni, muqaddas yozuvlar va diniy tashkilotlar
hujjatlarini odamlarga tushunarli tilda yetkazib beruvchi ta’limotdir.
Dinga ilohiyot nuqtai nazaridan yondashuv dinni uning ichidan o‘rganishdir, chunki
ilohiyot vakillari dinni faqat xudoga ishongan kishi tushunishi mumkin deb
hisoblaydilar.
Dinshunoslikda dinga «dinning o’zi nima?», «uning mohiyati nimadan iborat?» degan
savol nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari «din qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan
savol nuqtai nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko’proq din sosiologiyasi
shug’ullanadi. Sosiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa,
ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va
amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu degani dinni jamiyatdagi bajaradigan
vazifalariga ko’ra o’rganish mumkin demakdir.
Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish yo’li va
tabiati nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki
bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Shunga o’xshash masalalar o’rganiladi.
Dinlar tarixini o’rganishda Sharq allоmalarining yondashuvlari. Dinni kelib chiqishini
o’rganish, uni falsafiy jihatdan tahlil qilish juda qadimgi davrlardan bоshlangan. Xususan,
xalqimiz e’tiqоd qilgan dinlardan biri zardushtiylik haqidagi dastlabki falsafiy
mushohadalar milоddan avvalgi VII-VI asrlarda bоshlangan. Shunday hоlatni bоshqa din
shakllari tarqalgan qadimgi Yunоnistоnda ham kuzatish mumkin.
Sharqda din kelib chiqishi to’g’risidagi qarashlarning, din falsafasining rivоjlanishi
islоm paydо bo’lgan davrdan kеyin, ya’ni VIII-IX asrlarda kalоm-falsafasining
shakllanishi bilan bоg’liqdir. Dinlar falsafasi, din kelib chiqishi haqida mushohada yuritish
Sharqda ancha оldin bоshlangan bo’lsada, ammо ilmiy-falsafiy o’rganish, ilmiy tadqiq
qilish asоsan XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrda jiddiy tus оldi.
Dinshunоslik fanining falsafasi shundaki, u dinning paydо bo’lishi va rivоjlanish
tarixini, uning ta’limоti, vujudga kеlishi va shakllanishini o’rganishda falsafiy ta’limоtga
suyanadi. Zеrо, bu fan jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bоg’liq bo’lgan barcha
ijtimоiy hоdisalarni-mafkura va aqidalar, urf-оdat va marоsimlar, masjid va| diniy
tashkilоtlarning talab va tartiblarini falsafiy tahlil qilishni ko’zda tutadi.Islоm dinida
ilоhiyot falsafasining shakllanishi davriga qadar xilma-xil ilоhiyot оqimlari vujudga
kеlgan. Masalan, jabbоriylar, qadariylar, mu’taziliylar, musji’iylar va bоshqalar vujudga
kеlib, ularning har biri ilоhiyot masalalarini o’ziga xоs talqin qilgan. Оrtоdоksal ilоhiyot
оqimi kalоm (kеyinchalik islоm falsafasi) dеb nоm оlgan. Bundan tashqari islоmdagi
barcha yo’nalishlar va mazhablarda ham ilоhiyotchilik ta’limоtlari mavjud.Islоm
dunyosida falsafiy, shu jumladan ilоhiyot falsafasining vujudga kеlishi VIII-asrning
ikkinchi yarmida mu’taziliylar va mutakallimlar faоliyati bilan bоg’liqdir. Mu’taziliylar
g’оyalariga e’tirоzli fikrlarni ash’ariylar (ularni mutakallimlar ham dеyiladi) ilgari
suradilar. Abu Mansur Mоturidiy (870-944) Abul-Hasan al-Ash’ariylar (874-935) kalоm
ilmining taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shganlar. Bu оqimning yirik vakillari: al-Baqillоniy
(1027 y.v.), Ibn Furaq (1015 y.v.), Abu Ishaq al-Isfara’iniy (1085 y.v.), ash-Shaxrstоniy
(1135) va Faxriddin ar-Rоziydir.
Bu оqim tarafdоrlari tabiatda sabab va оqibat katеgоriyasi mavjudligini tan оlmaydilar.
Bоrlikdagi barcha narsa va mavjudоtlarning yaratilishi va rivоjlanishini Xudо ijоdi va
karоmati bilan bоg’laydilar. Ash’ariylar aqlni diniy an’anachilikdan (naqldan) ustun
qo’yadi va musulmоnlarning hayotini bоshqaruvchisi shariat dеb hisоblaydilar.
Dinning tuzilishi va funksiyalari
Din – o‘ta murakkab ijtimoiy hodisa. U o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lib, kishilik
jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti hosilasidir. Din kishilarning
g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga ishonishdan yuzaga kelgan. Zero, «din» so‘zi arab
tilidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi.
Hozirgi zamon dinlari murakkab tarkibiy qismga ega. Uning tarkibiy qismiga diniy ong,
marosim va tashkilotlar kiradi.
Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutadi. Diniy ong diniy tasavvurlar,
g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni ifodalaydigan qarashlar tizimidir. Dinning tarkibiy
qismlari qatorida diniy ong ustuvor ahamiyatga ega, chunki diniy marosim va diniy
tashkilot kishilar ongida va jamiyatda diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va saqlanib
qolishiga ko‘maklashadi.
Diniy ongning o‘zaro bog‘liq va nisbatan mustaqil bo‘lgan ikki darajasi yoki bosqichi
mavjud. Bular diniy psixologiya va diniy ideologiyadir. Diniy psixologiya – kishilarning
diniy his-tuyg‘ulari, odatlari, an’analari va kayfiyatlari majmui. Diniy ideologiya esa diniy
tashkilotlar orqali malakali diniy shaxslar targ‘ib etadigan turli diniy g‘oyalarning muayyan
tizimidir.
Diniy psixologiya va diniy ideologiya o‘rtasida muayyan darajadagi umumiylik mavjud.
Bu umumiylik voqelikni sarobiy aks ettirishda, g‘ayritabiiy kuchlarga sig‘inishda namoyon
bo‘ladi.
Tarixan diniy psixologiya diniy ideologiyaga nisbatan oldin paydo bo‘lgan. Kishi
ruhiyati barqaror voqelik emas, chunki ijtimoiy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib turishi
mumkin. Shuningdek, amaliyot bilan diniy ideologiyaga nisbatan yaqindan aloqada
bo‘ladi. U kishilarning tabiat kuchlaridan qo‘rqishlari, ular oldida taslim bo‘lishlari va
ularni ilohiylashtirishlari natijasida shakllanadi. Diniy ideologiya esa jamiyatda mehnat
taqsimoti, sinflar va davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Diniy psixologiya taraqqiy etgan sayin diniy tasavvurlar ham takomillashib boradi.
Diniy tasavvurlardan diniy g‘oyalar shakllangan. Oqibatda qadimgi diniy e’tiqod shakllari
– sehrgarlik, animizm, fetishizm, shomonlik va boshqalar kelib chiqqan.
Diniy ideologiya diniy psixologiyadan farq qiladi. Zero, u muayyan tushuncha va
qarashlarning tartibli tizimidir. Diniy ideologiya insoniyat
taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichlarida yuzaga keladi. Uni ruhoniylar, kohinlar,
dinni o‘rganuvchi faylasuflar ishlab chiqadilar va targ‘ib qiladilar.
Diniy ideologiya ayrim manbalarda teologiya deb yuritiladi. Teologiyaning asosini
odatda diniy ideologiyaning muntazam va muayyan tizimli ko‘rinishi bo‘lmish muqaddas
kitoblar (Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on kabilar) tashkil qiladi. Diniy ideologiya quyidagi
tarkibiy qismlarga bo‘linadi:
1) dogmatika (grekcha dogmatos – fikr, ta’limot, yechim degan ma’nolarni anglatadi)
diniy ta’limotning barqaror, kam o‘zgaruvchan qoidalari tizimi;
2) apologetika (grekcha apologeomai – himoya qilaman degan ma’noni anglatadi)
ilohiyot sohasi va diniy ta’limotni insoniyat tafakkuri hamda tajribasiga asoslanib himoya
qilish;
3) ilohiyot va axloqning o‘zaro aloqadorligi (din axloq qoidalariga ilohiy mazmun
beradi);
4) amaliy ilohiyot – cherkov va machitlarning faoliyati va xudoga sig‘inish tartiblarini
ishlab chiqish.
Dinning tarkibiy qismlari qatorida diniy ong bilan birga diniy marosim ham ahamiyatga
ega. Biz dinni g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga ishonch yoki kishilarning o‘zaro
munosabati va harakatlari sifatida ham baholashimiz mumkin. Bunday munosabatlar diniy
marosim deb ataladi.
Diniy marosim individ, guruh yoki tabaqalarning manfaatlari, g‘oyalari va orzuistaklarini ifodalaydigan munosabatlar va harakatlar tizimidir. Diniy g‘oyalar, qarashlar,
his-tuyg‘ular va harakatlar tizimi diniy ta’limotni vujudga keltiradi. Dindorlar diniy
marosim orqali muloqotning boshqa vositalari samara bermaydigan vazifalarni bajaradilar.
Unda harakat yoki munosabat muayyan sirli mazmunni ifodalaydi. Har bir harakat yoki
o‘qilgan duo ramziy mazmun kasb etadi. Inson va sig‘inish obyekti o‘rtasida g‘ayritabiiy
aloqa mavjudligiga ishonch mustahkamlanadi. Kishi diniy marosimlarni bajarish bilan
g‘ayritabiiy kuchni o‘z ittifoqchisi va madadkoriga aylantirishga umid qiladi.
Qadimda diniy marosimning keng tarqalgan turi qurbonlik bo‘lgan. Qurbonlik turli
(oziq-ovqatlarning bir qismini ajratish, hayvonlar so‘yish kabi) usullarda amalga
oshirilgan.
Qurbonlik negizida boshqa diniy marosimlar yuzaga kelgan. Jumladan, diniy
marosimning eng rivojlangan shakllaridan biri sig‘inish ham qurbonlik asosida shakllandi.
Qurbonlik diniy marosimini bajarish
jarayonida g‘ayritabiiy kuchga sig‘inish yuzaga kelgan va keyinchalik undan ajralib
chiqqan. Sig‘inish dindorning so‘z vositasida real yoki uydirma obyektga ta’sir qilishga
qaratilgan duolari, ramziy xatti-harakatlari majmuasidir. Kishining qanday his-tuyg‘ularni
ifodalashiga qarab, uni olqishlovchi, minnatdorlikni ifodalovchi, gunohlarning
kechirilishini so‘rashga yo‘naltirilgan va boshqa turlarga bo‘lish mumkin.
Sig‘inish turli xatti-harakatlar, xulq-atvorlar bilan birga moddiy hodisalarni ham o‘z
ichiga oladi. Sig‘inishning muhim xususiyati hissiy-ramziy obrazlarda ifodalanishidir.
Sig‘inish tarkibiga turli udumlar, an’analar, qurbonliklar, duolar, o‘zini hayot
ne’matlaridan cheklash (jumladan, ro‘za tutish) kabilar kiradi. Sig‘inish u yoki bu
predmetni ilohiylashtirish (masalan, Ka’badagi qora tosh, ayrim daraxtlar, muqaddas
qabrlar, qadamjolar) vositasida amalga oshiriladi. Sig‘inishda turli tumorlar, tasbeh, diniy
liboslar ham muhim o‘rin tutadi. Bularning barchasi birgalikda sig‘inishga hissiy-ramziy
obraz tusini beradi va kishining ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi. Sig‘inishning alohida
ahamiyati shundaki, kishi o‘z hayotining ma’nosini eng oliy qadriyat – narigi dunyoda
erishadigan lazzat va farovonlik bilan bog‘laydi, bu dunyodagi hayotining o‘tkinchi
ekanligiga, o‘zining qandaydir tashqi qudratli kuch tomonidan idora etilishiga ishonadi.
Shveysariyalik olim K. G. Yungning fikricha, diniy ramz (simvol)lar inson hayotiga
ma’no bag‘ishlaydi. Uning ta’kidlashicha, Amerikadagi pueblo qabilasining hindulari
o‘zlarini Quyosh ota farzandlari deb hisoblashadi. Bu narsa ularga umid bag‘ishlaydi,
tasalli beradi, hayotini muayyan mazmun va ma’no bilan to‘ldiradi.
Umid kishiga kuch-quvvat bag‘ishlaydi va insonni nochor real hayotidan tashqari
kelajakda kutayotgan rohatbaxsh daqiqalar sari xayolan yetaklaydi. G‘ayritabiiy kuchga
ishonish kishining kundalik azob-uqubatlarni o‘tkinchi bir narsa deb qarashiga, hatto
o‘limdan ham qo‘rqmasligiga yordam beradi. Chunki taqvodor kishi kelajakda farovon
hayotga erishishiga ishonadi. Dinning kuchi ham ana shunda. Kishining xudoga ishonishi
bu dunyoni o‘tkinchi sifatida anglashiga ko‘maklashadi, narigi dunyodagi «hayoti»ga umid
va ishonch bag‘ish-laydi. Bunday holatni mustahkamlash uchun din turli-tuman ramziy
hodisalardan foydalanadi.
Diniy marosimlar ongga ta’sir qiladi. Bu ta’sir jarayonida u nafaqat axloqiy-ma’naviy,
balki estetik vositalardan ham foydalanadi. Masalan, diniy marosimlar o‘tkaziladigan
joylar – masjid, cherkov, sinagogalarni bezashga katta e’tibor beriladi. Bunday joylarda
bo‘lgan kishining ruhiyatida o‘zgarishlar yuz beradi. Buni xristianlikning katolitsizm
yo‘nalishi misolida ham ko‘rsatish mumkin. Cherkovning ichki va tashqi qismlari
rassomchilik, haykaltaroshlik
asarlari bilan bezatiladi, marosimlarga tantanali tus
beriladi, xor va organ musiqasidan foydalaniladi. Dindor cherkovdan o‘zini yengil his qilib
chiqadi, diniy bilimi kengayadi, e’tiqodi mustahkamlanadi.
Islom dinida ham badiiy-hissiy usullardan ustalik bilan foy-dalaniladi. Masalan,
Qur’onni yoki biror-bir duoni qiroat bilan o‘qish, og‘zaki nutq madaniyati, notiqlik san’ati
usullaridan foydalanish yordamida bajariladi. Ta’kidlash joizki, aksariyat din peshvolari va
allomalar nutqining ta’sirchanligi hatto ba’zi mashhur professorlar-nikidan ham ustun
turadi.
Din tarkibida e’tiqod ham muhim o‘rin egallaydi. E’tiqod – kishining muayyan hodisa,
uning xossa va xususiyatlari haqqoniy ekanligiga ishonchi. Ishonch e’tiqodning asosini
tashkil etadi. Biroq har qanday ishonch ham e’tiqodga aylanavermaydi. Garchi ishonch va
e’tiqod bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lsa-da, biroq ular o‘rtasida farq ham mavjud.
Odatda, e’tiqod deganda diniy e’tiqod tushuniladi. Aslida, e’tiqod diniy ham, dunyoviy
ham bo‘lishi mumkin. Diniy e’tiqod g‘ayritabiiy kuchlar va hodisalarga ishonish, sig‘inish
orqali shakllanadi. E’tiqodning dunyoviy ko‘rinishi esa insonni o‘rab turuvchi obyektiv
olamdagi narsa va hodisalarni hissiy tajriba va ilmiy bilish asosida shakllanadi.
Diniy marosimlarni dindorlar yakka tartibda yoki jamoaga birlashib amalga oshiradilar.
Ularning jamoaga birlashuvi osonlikcha kechmaydi. Shu tariqa diniy ijtimoiy institutlar
shakllanadi. Bunday institutlarning boshlang‘ich bo‘g‘ini dindorlar guruhidir. Dastlabki
dindorlar guruhi mehnat, urug‘ jamoalari negizida yuzaga kelganligi bois butun urug‘ yoki
qabila a’zolarini birlashtirgan. Diniy marosimlarda barcha urug‘ a’zolari ishtirok etgan.
Diniy tajribaning ortib borishi bilan diniy marosimlarni bajarishni tashkil etuvchi va
boshqaradigan mutaxassislar – shomonlar, sehrgarlar – ajralib chiqqan. Ular asta-sekin
mazkur faoliyat turini o‘zlashtirib, kasbiy guruhlarga birlashganlar.
Xususiy mulk, sinflar va davlatning paydo bo‘lishi bilan dinning ijtimoiy vazifalari
kengayib borgan. Dinning vazifalaridan biri hukmron sinf va davlat manfaatlariga xizmat
qilish bo‘lgan. Mavjud siyosiy tizim va hukmdorning shaxsi ilohiylashtirilgan.
Jamiyatdagi o‘zgarishlar diniy marosimlar va institutlarga ham ta’sir etgan. Diniy
marosimlarning murakkab tizimlari shakllangan. Nisbatan mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan
kohinlar korporasiyasi yuzaga kelgan. Diniy korporatsiya faoliyat turiga ko‘ra birlashgan
kishilarning tashkiloti bo‘lgan. Lekin u davlat apparatining tarkibiy qismi sifatida faoliyat
ko‘rsatgan. Shu davrdan boshlab kohinlar alohida tabaqaga birlashganlar. Davlat tuzumi
va hukmdorning muqaddaslashtirilishi kohinlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlab
borgan. Kohinlar o‘z davrining eng bilimdon vakillari sifatida davlatning siyosiy tizimi
shakllanishida faol ishtirok etganlar.
Ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy institutlarning takomillashuvi jarayonida din davlat
siyosiy tizimining tarkibidan ajralib chiqqan va mustaqil faoliyat ko‘rsata boshlagan. Diniy
tashkilot ham davlatning siyosiy tizimidan mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotga
aylangan.
Diniy tashkilot diniy qarashlarga ega maslakdoshlarning muayyan birligi bo‘lib,
umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida yuzaga keladi. U insoniyat tarixiy taraqqiyotining
turli bosqichlarida xilma-xil aks etadi. Diniy tashkilotlar kishilik jamiyatida keskin sinfiy
tabaqalanish yuzaga kelishi, aqliy mehnatning nisbiy mustaqilligi mustahkamlanishi bilan
alohida ijtimoiy mavqega ega bo‘lib boradi.
Diniy tashkilotlar masjid (cherkov), sekta (mazhab), xarizmatik marosim va
denominatsiya kabilarga bo‘linadi.
Cherkov – diniy qarashlar va g‘oyalarni ishlab chiqadigan, saqlaydi-gan hamda
almashadigan, diniy faoliyatni tashkil etadigan, dindorlarni nazorat qiladigan, iyerarxiya
tizimi asosida boshqariladigan dindorlar tashkiloti. Cherkovga taalluqlilik mustaqil tanlov
asosida emas, balki an’ana bilan belgilanadi. Unga qabul qilinish uchun dindor maxsus
marosimdan o‘tishi kerak. Cherkov, odatda, dindorlarning marosimlarni bajarishlari yoki
xulq-atvorlarini qat’iy nazorat qilmaydi. Cherkovga a’zolik an’anaga ko‘ra belgilansa,
sekta a’zolari e’tiqodiga ko‘ra birlashadilar.
Sekta (mazhab) – diniy qarashlari va marosimlaridagi tafovutlariga ko‘ra rasmiy
cherkovdan ajralib chiqqan guruh yoki tashkilot. Diniy sektalar, odatda, davlat hokimiyati
va rasmiy cherkovga muxolafatda turadi. Shu bois sekta a’zolari davlat hokimiyati va
rasmiy din vakillari tomonidan ta’qib qilinishi mumkin. Sektaga a’zolik qat’iy tartibga
solinadi, ularning boshqa tashkilotlar bilan aloqasi cheklanadi yoki taqiqlanadi. Sekta
a’zolarining tengligi e’tirof etiladi. Ular ruhoniylar va dindorlarga bo‘linmaydi.
Xarizmatik marosim tashkil etilish prinsipi (tamoyili)ga ko‘ra sektaga o‘xshaydi.
Tashkilot o‘tkir zakovat (xarizma)ga ega shaxs atrofida maslakdoshlarining jipslashuvidan
yuzaga keladi. Unda rahbarning shaxsi ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko‘tariladi.
Tashkilot a’zolari o‘rnatilgan tartib-intizomga qat’iy amal qiladilar. Tashqi aloqalari
cheklanadi yoki butunlay to‘xtatiladi, rahbarga so‘zsiz itoat etiladi.
Hozirgi dinlarda «denominatsiya» (lotincha denominatio – boshqa nom qo‘yish, nomini
o‘zgartirish) degan diniy-tashkiliy hodisani ham kuzatish mumkin. Ilmiy adabiyotda bu
hali chuqur o‘rganilmagan. Biroq denominatsiya hozirgi zamonda buddaviylik, xristianlik,
islom va iudaizm kabi dinlarda katta ahamiyatga ega.
Denominatsiya diniy tashkilotlarning oraliq yoki vositachi shakli bo‘lib, cherkov va
mazhablar oralig‘ida turadi. Uni din falsafasi va din sotsiologiyasi fanlari o‘rganadi.
Diniy tashkilotlarning yuqorida qayd etilgan tartibda tasniflanishi shartli ahamiyatga
ega. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan murakkab jarayonlar ta’sirida ularning sifati
o‘zgarishi mumkin. Sektalar cherkovga aylanishi yoki yangi sektalar yuzaga kelishi
mumkin. Hozirgi davrda jahon dini darajasiga ko‘tarilgan dinlarning dastlab sekta sifatida
yuzaga kelgani va uzoq rivojlanish bosqichidan o‘tgani fikrimizning isbotidir.
Mamlakatimizda diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi 1998-yil 1-may (yangi tahrirdagi) qonuni asosida faoliyat
yuritadi. Mazkur qonun 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan variantidan farq qilib, diniy
tashkilotlar faoliyatini huquqiy jihatdan mukammalroq kafolatlaydi. Dinlar tarkibida, diniy
tashkilotlardan tashqari, turli mazhablar ham muhim o‘rin tutadi. Mazhab muayyan diniy
mafkuraning xususiy ko‘rinishi, ortodoksal, ya’ni fundamental diniy ideologiyadan qisman
farq qiluvchi yoki unga muxolafatda bo‘lgan diniy maslakdoshlar birlashmasidir. Masalan,
xristianlikda
baptistlar,
yevangelistlar,
kalvinistlar,
lyuteranlar,
murmonlar va boshqa diniy sektalar mavjud. Ular rasmiy xristian dinining ayrim
g‘oyalaridan farq qiluvchi diniy tasavvurlarni targ‘ib qila-dilar.
Islom dinida ham shunga o‘xshash ismoiliy, zaydiy, nizoriy, druz va boshqa diniy
mazhablar mavjud. Shuni alohida qayd etish joizki, mazhablar nafaqat sof diniy, balki
ko‘pincha siyosiy va huquqiy asosga ham ega bo‘ladi. Ular ko‘pincha o‘zlarining siyosiy
va huquqiy manfaat-larini diniy niqobda ifoda etadilar. Jamiyatdagi muayyan tabaqaning
hukmron siyosiy tartibdan ijtimoiy noroziligini ochiq ifoda eta olishi uchun yetarli shartsharoitlarning mavjud emasligi ham bunga sabab bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlik,
davlatning byurokratlashuvi fuqarolarda norozilikni shakllantirishi mumkin. Sektalar esa
buni diniy qiyofada yoki din vositasida ham ifoda etishga harakat qiladilar. Bunday
urinishlar rivojlana borib, ochiqdan-ochiq siyosiy tus olishi, diniy davlat qurish da’vosini
yuzaga keltirishi mumkin. Buning oldini olishning yagona
yo‘li
dunyoviy
qadriyatlarning
ustuvorligiga
erishish,
qonuniylikni mustahkamlash, inson huquqlari va erkinliklarining ro‘yobga chiqishi uchun
real sharoit yaratishdir.
Din o‘z mavqei va inson hayotidagi o‘rniga ko‘ra ijtimoiy hayotning muhim qismi
hisoblanadi. Shuning uchun ham u inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi va
ahamiyatiga ko‘ra turli vazifalarni ba-jaradi. Odatda, din dunyoqarash, regulyativ,
integrativ, kompensatorlik, legitim (qonuniy) va shu kabi boshqa vazifalarni bajaradi.
Dinning dunyoqarash vazifasi shundan iboratki, dindor atrofdagi narsa va hodisalarni
o‘tkinchi deb, ya’ni insonning real hayotdagi faoliyati narigi (boqiy) dunyo uchun faqat
asos, tayyorgarlik deb biladi. Dindor (diniy dunyoqarashga asoslangan kishi) umr
mazmunini narigi dunyoga tayyorlanish, bu dunyoning azob-uqubatlari va
adolatsizliklariga sabr-qanoat qilish, chidashdan iborat deb hisoblaydi. U o‘limni hech
qanday qo‘rquvsiz qabul qilishi kerak, chunki o‘lim insonning boqiy hayotga o‘tish yo‘li,
deb bilinadi. Dunyoqarash vazifasi shu o‘rinda dinning taskin berish (kompenatorlik)
vazifasi bilan uyg‘unlashib ketadi.
Dinning kompensatorlik (lotincha compensare – tenglashtirish, muvozanatlashtirish,
to‘ldirish degan ma’nolarni anglatadi) vazifasi kishilarning hayotini boyitadi, diqqatlarini
kundalik muammolardan boshqa narsalarga jalb qiladi, ularni ovutadi. Mazkur vazifa
orqali din kishilarda ertangi kuniga ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Ularni hayotiy
qiyinchiliklarga taslim bo‘lmaslikka va har qanday sharoitda xudoga ishonchini
yo‘qotmaslikka o‘rgatadi.
Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, millati
kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlash-tiruvchi kuch ekanligida namoyon bo‘ladi.
Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning
fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va
an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E.
Dyurkgeym ayniqsa diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din
sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat
etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi, an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi,
kishida qanoat hosil qiladi.
Dinning integrativ vazifasi bilan regulyativlik (lotincha reguiare – muayyan tartibga
bo‘ysundirish, tartibga solish, o‘rnatish degan ma’nolarni anglatadi) vazifasi uzviydir.
Regulyativlik vazifasi diniy xulq-atvor normalari vositasida ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soladi, ushbu normalarni dindorlarning bajarishlarini nazorat qiladi. Bunday
normalarga diniy urf-odatlar, marosimlar, an’analar va bayramlarni misol qilib
keltirishimiz mumkin.
Dinning regulyativlik vazifasi dindorlar faoliyatining tartibga solinishi
qonuniylashtirilishini taqozo etadi. Bu esa uning legitimlik vazifasini keltirib chiqaradi.
Mazkur vazifani birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog olim T. Parsons ajratgan. Uning
fikricha, muayyan qonuniyliksiz, ya’ni legitimliksiz hech bir ijtimoiy tizim mavjud bo‘la
olmaydi. Legitimlik vositasida jamiyat a’zolarining xatti-harakatlari muayyan qolipga
solinadi, jamiyatda barqarorlik ta’minlanadi. T. Parsons diniy normalarni jamiyat
taraqqiyoti davomida shakllanib, o‘zgarib va rivojlanib boruvchi boshqa ijtimoiy
normalardan ustun qo‘yadi, chunki diniy normalar jamiyatning axloqiy-ma’naviy tartibini
belgilaydi.
Legitimlik dindorlarning e’tiqod bilan bog‘liq o‘zaro aloqalarini taqozo etadi. Bu esa
uning navbatdagi aloqa vazifasini yuzaga keltiradi. Dinning aloqa vazifasi dindorlarni
diniy mafkura vositasida birlashtiradi. Shu bilan birga, jamiyat va shaxs o‘rtasida o‘zaro
aloqa o‘rnatilishiga yordam beradi.
Yuqoridagi tahlildan ko‘rinib turibdiki, din o‘z tarkibiga ko‘ra juda murakkab va rangbarang mazmunga ega. U insonning hissiy-obrazli faoliyatidan tortib hayot ma’nosini
anglashi bilan bog‘liq bo‘lgan yuksak axloqiy-ma’naviy faoliyati, tafakkuri va ijodiga xos
hodisalarni qamrab oladi. Din tarkibida axloqiy elementlar bilan birga huquqiy va siyosiy
jihatlar ham mavjud. Shu bois dinga faqat axloqiy-ma’naviy hodisa deb qarash noto‘g‘ri.
Unda qonuniylik va uni siyosiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan ruhiy imkoniyat ham
mavjud.
Mavzu yuzasidan tinglovchilarning mustaqil mulohaza yuritishi, ko‘nikma va malaka
hosil qilishlari uchun quyidagi chizmalar berildi.
1-chizma.
DINSHUNOSLIK FANINING PREDMETI VA MAQSADI
DINSHUNOSLIK FANI
DINSHUNOSLIK FANINING
PREDMETI
Dinning vujudga kelishi, vazifalari
va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, jamiyat tarixida namoyon bo‘lishi shakllarini, shaxs va
jamiyat hayotida tutgan o‘rni, madaniyat bilan o‘zaro bog‘liqligini
o‘rganadi
Dinning mohiyati va uning insoniyat tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida bilim beradi
Mustaqil O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabat, diniy, xususan islom
qadriyatlarini qayta tiklash yo‘lida
qilinayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida bilim berish
Davlat va dinning o‘zaro munosabati,
dindorlar va diniy tashkilotlar faoliyati
huquqiy bazasining yaratilishi va
boshqalar to‘g‘risida bilim berish
dinla-rini o‘rganish
DINSHUNOSLIK
FANINING
MAQSADI
Dinning paydo bo‘lganligini,
avlod-dan-avlodga qanday o‘tib
borishini o‘rganish
dinning jamiyatda bajaradigan
ijti-moiy, ma’naviy va ruhiy
vazifalarini o‘rganish
Jamiyatni ma’naviy kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini aniqlash
Diniy ekstremizmva fundamentalizm-ning dinni
siyosiylashtirilishinatijasi, siyosiy
hokimiyat uchun kurash quroli,
diniyva dunyoviy qadriyatlarga zid
ekanligi to‘g‘risida bilimberish
Urug‘-qabila, milliy va jahon
2-chizma.
DINSHUNOSLIK FANINING VAZIFALARI
Din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy bilim beradi
FANNING VAZIFALARI
Dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqyi haqida
ilmiy asoslangan tushunchalarni shakllantiradi
Kishi ongida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga yo‘l
qo‘ymaydi, g‘ayri-tabiiy va g‘ayriinsoniy qarashlarga qarshi
kurashadi
Diniy qadriyatlarga jangarilik, shafqatsizlik, zo‘ravonlik kabi illatlar
yot ekanligi dinshunoslik fani orqali oydinlashadi, diniy jaholatga
qarshi kurash olib boradi, diniy qadriyatlarni qayta tiklanishiga xizmat
qiladi
Dinshunoslik diniy e’tiqod, ezgulik, odamiylik va adolat g‘oyalariga
asoslanligini isbotlashga ko‘maklashadi, dinlararo ma’naviy birlik va
hamjihatlik rishtalari mavjudligini isbotlashga xizmat qiladi
ILOHIYOTNING ASOSIY VAZIFALARI
ILOHIYOT
Diniy ta’limotni ishlab
chiqadi va himoya qiladi
Diniy ta’limotni zmon
talablariga moslashtiradi
Ateizmga qarshi
kurash olib boradi
4-chizma.
ATEIZMNING ASOSIY VAZIFALARI
ATEIZM
Diniy ta’limotning
materialistik ta’limotga
zid ekanligini
tushuntiradi
Dinning vujudga
kelish sabablarini
ilmiy asosda tushuntiradi
Dinning ijtimoiy shartsharoitlari va usullarini
o‘rganadi. Dinga qarshi
kurashadi
5-chizma.
DINSHUNOSLIKNING BOSHQA FANLARDAN FARQ
QILUVCHI XUSUSIYATLARI
DINSHUNOSLIK FANI
Dinshunoslik dinni ijtimoiy-ruhiy
voqyelik sifatida kompleks o‘rgansa,
ijtimoiy fanlar uni o‘z yo‘nalishlari
bo‘yicha o‘rganadi
Dinshunoslik dinni o‘rganishda
ilmiy obyektiv yondashuvga
tayanadi
6-chizma.
DINNING TUZILISHI
DIN
Diniy ong
Diniy marosim
Diniy tashkilot
Diniy ruhiyat
Sig‘inish
Cherkov
Diniy mafkura
Qurbonlik
Sekta
Xarizmatik marosim
Denominasiya
7-chizma.
DINIY ONGNING DARAJALARI
DINIY ONG
Diniy ruhiyat
Diniy mafkura
Diniy hissiyot
Dogmatika
Individual ruhiy xususiyatlar
Apologetika
8-chizma.
DINIY MAROSIMNING TURLARI
DINIY MAROSIM
Sig‘inish – ijtimoiy guruh tomonidan joriy qilingan harakat,
andozalar bo‘lib, muayyan
g‘oyalarni, normalarni va
tasavvurlarni ifodalaydi
Qurbonlik – g‘ayritabiiy kuchlarning
e’tiborini, rahm-shafqatini qozonishga
qaratilgan yoki ularga kishining,
guruhlarning munosabatlarini
ko‘rsatuvchi marosim
Diniy marosimlar yakka shaxs yoki
kishilar guruhi tomonidan bajariladi
9-chizma.
DINIY TASHKILOTNING TURLARI
DINIY
TASHKILOT
Cherkov – diniy ta’limotni ishlab chiqadi, saqlaydi va avloddanavlodga o‘tkazadi, diniy faoliyatni tashkil etadi, dindorlarning
xulq-atvorini nazorat qiladi, iyerarxiya tizimiga ega
markazlashtirilgan diniy tashkilot
Sekta – diniy qarashlar va marosimlardagi farqlariga ko‘ra
rasmiy cherkovdan ajralib chiqqan guruh yoki tashkilot
Xarizmatik marosim – diniy sektaning bir turi bo‘lib, uning
a’zolari «ilohiy» qobiliyat (xarizma)ga ega shaxs atrofida
birlashadilar
Denominasiya – cherkov va sektaning ayrim xususiyatlarini
o‘zida mujassamlashtirgan diniy tashkilot
10-chizma.
DINIY TASHKILOTLARNING BELGILARI
DINY TASHKILOTLAR
Cherkov. tashkilotga a’zolik an’anaviylik bilan belgilanadi, ular
doimiy va qat’iy nazorat qilinmaydi
Sekta a’zolari kamsonli bo’lib, ular qattiq nazorat qilib boriladi,
boshqa sektalar bilan aloqalari cheklanadi, dunyoviy hayotdan
voz kechiladi, o‘z e’tiqodini boshqalardan ustun qo‘yadi,
muxolliflikka intiladi, o‘zga fikrga betoqatlik xos, a’zolarining
huquqda tengligi e’tirof etiladi
Xarizmatik marosim yetakchi («ilohiy» qobiliyatga ega kishi)
atrofida maslakdoshlarining birlashuvi asosida tuziladi, uni
«xudo» yoki g‘ayri tabiiy kuchning vakili deb e’lon qilinadi,
a’zolari kam sonli bo‘ladi, faoliyatida mutaassiblik, mistika,
izolyasio-nizm kabi g‘oyalar ustuvorlik qiladi
Denominasiya boshqaruvning sentralizm va iyerarxiya
prinsiplari qabul qilingan, izolyasionizm rad etiladi, a’zolik
ixtiyoriy bo‘lsa-da, ular qat’iy nazorat qilinadi
11-chizma.
DINIY TASHKILOTNING MAQSADI
DINIY TASHKILOTNING ASOSIY MAQSADLARI
A’zolari belgilangan
tartibga amal qilishi
talab etiladi
Tarafdorlarida muayyan
maqsad, qadriyatlar va
ideallarni shakllantiradi
Boshqa diniy tashkilotlarga qarshi
kurash olib boradi
Maqsadni bir qator funksiyalarni bajarish orqali amalga oshiradi
Diniy g‘oyalar tizimini ishlab chiqadi
Diniy g‘oyalarni asoslaydi va himoya qiladi
Diniy marosimlarga rahbarlik qiladi
12-chizma.
DINNING ASOSIY FUNKSIYALARI
ASOSIY FUNKSIYALARI
Kompensa-torlik –
ijtimoiy turmushni
mazmunan boyitadi,
odamlarning diqqatini kundalik muammolardan boshqa
xayoliy narsalarga,
g‘oyalarga jalb
qiladi, ovutadi
Integrativlik
– diniy e’tiqod
asosida
odamlarni
birlashtiradi
Regulyativlik –
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, diniy
normalarni
bajarilishini
nazorat qiladi
Aloqa – shaxs
va jamiyat
o‘rtasida o‘zaro
aloqa o‘rnatilishiga ko‘maklashadi
Dunyoqarash – muayyan dunyo manzarasini,
qadriyatlar, ideallar va normalarni vujudga keltiradi
13-chizma.
DINNING TARIXIY SHAKLLARI
DINNING TARIXIY
SHAKLLARI
Dinning ilk
shakllari
Milliy (davlat)
dinlar
Jahon dinlari
3-Mavzu: Yahudiylik ta'limoti, an'ana va marosimlari.
R e j a:
1.Yahudiylik dinining shakllanishi
2. Yahudiylik talimoti.
3 Yahudiylik an’ana va marosimlari
Yahudiylik – asosan yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri.
Miloddan avvalgi 2 ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Arabiston yarim orolning
shimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Tankani
bosib oldilar va miloddan avvalgi X asrda Rossiya – Ispaniya davlatini tuzdilar.
Yahudiylik ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqlarining ayrim
eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. Yahudiylik nomi Yahudo (Iuda)
qabilasining nomidan olingan.
Dastlab yahudiylik koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Miloddan avvalgi I—VIII
asrlarda yahudiylik yakkaxudolik (monoteistik) diniga aylangan. Olamning
yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahd
(shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga,
Muso (Moisey)ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga,
narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirilishiga,
jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning
ragʻbatlantirilishiga ishonish yahudiylikning asosiy aqidalaridir. Yahudiylik dinida
xilma-xil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, xatna qilish, oziq-ovqat
sohasidagi taqiqlar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy
soliqlar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. Yahudiylikning asosiy
diniy kitoblari – Tavrot va Talmudsa belgilangan bunday koʻrsatmalar orqali dindor
yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.
Fanda yahudiylikning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy yahudiylik (Bibliya
davri), klassik yahudiylik (miloddan avvalgi 536 va milodiy 70-yillar), ravvinlar
davri va yangi davr yahudiyligi (modernistik yahudiylik). Eng qadimiy yahufiylik
dini dastlab Falastindagi ikki davlat – Isroil va Yahudiya davlatlari (miloddan
avvalgi X—XI asrlar)ning, keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining
dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha,
uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻzaki tarzda miloddan avvalgi XI—VI asrlar
oʻrtasida shakllangan. Miloddan avvalgi V asrda yozib olingan. Bundan keyin
yahudiylikning klassik davri boshlanadi. Miloddan avvalgi 586-yilda yangi Bobil
podshosi Navuxodonosor XI Yahudiyani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni
asirga oldi. 50 yil davom etgan „Bobil asirligi“ va undan keyingi davrlarda minglab
yahudiylar Falastinni tark etdilar. „Qadimgi ahd“ matnlarining asosiy qismi ana shu
davrda yozilgan. Milodiy 70-yil Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning
yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va
tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda:
Quddus Talmudi IV asrda, Bobil Talmudi V asrda eʼlon qilindi.
VII—XVIII asrlarda yahudiy ruhoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar – Tavrot va
Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin
adabiyoti vujudga kelgan. XVIII asrdan diniy talablarni davrga moslashtirish,
soddalashtirish va yengillashtirish harakatlari avj oldi.
Yahudiylikda qadim zamonlardan boshlab xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga
kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Miloddah avvalgi II asrdan milodning
23-yiligacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga
kelgan. Ortodoksal yahudiylik bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan.
Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal yahudiylikka muxolif boʻlgan ayrim oqimlar
(yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin yahudiylikdan yiroklashib borishi
jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan (qarang Xristianlik).
Yahudiylik diniga ga eʼtiqod qiluvchilar soni 100 million nafarga yaqinni tashkil
etadi, ularning uchdan bir qismi AQSHda.
Yahudiylar urf-odatiga ko'ra vafot etgan yahudiyning oldiga o'lim to'shagida yotgan
paytida uning oldiga yaqinlari va qarindoshlari yig'iladi. Yaqinlari va qarindoshlari
o'layotgan insonning tilakarini bajarishi kerak bo'ladi.Insonning o'lganidan keyin
yonidagilari birdaniga maxsus kiyimni kiyib, Shma ya’ni muqaddas matnni
o'qiydilar. O'likning bosh tarafiga sham yoqib qo'yadilar. O'likning oldiga to
ko'milmaguncha bir kishi qolishi kerak va u psalmani o'qib turadi.Yahudiy
jamoalarida o'lgandan keyin uydagi barcha suyuqliklarni to'kib yuborish an’anasi
mavjuddir. Bu urf-odat qadimiy yahudiy odatlariga borib taqaladi. Buning ma’nosini
o'lgandan keyin o'likning oldiga o'lim farishtasi kelishiga taqashadi. Shu ta’kidlab
o'tish kerakki yahudiylarda o'lim farishtasi Malxemuves deb nomlanadi. O'limdan
so'ng vafot etgan insonni yaqinlari yoki bo'lmasa maxsus kishilar dafn marosimiga
tayyorlashadi. O'likni boshidan boshlab obdon yuvish talab etiladi va buni
yuqoridagi kishilar amalga oshirishadi.O'likni yuvishda 20 litrdan kam bo'lmagan
suv ishlatilishi talab etiladi.Yahudiy oilalarida vafot etgan odamning oldida gapirish
man etiladi .Buning sababini murdaga nisbatan hurmatsizlik deb baholashadi.39
Yahudiylarda vafot etgan insonga nisbatan qilinadigan ishlar hamma yahudiy
jamoalarida ham bir xil emas. Masalan ba’zi bir jamoalaridan o'lik yuvilgandan
keyin uning ko'ziga tuproq qo'yib qo'yishadi. Boshqa shu kabi yahudiy jamoalarida
uning ko'zining ustiga tanga qo'yib qo'yilishi kuzatiladi. O'lgan insonga maxsus oq
libos kiydiriladi.40 Bu mato yoki libos Taxrixim deb nomlanadi. Bu libos oddiy va
ortiqcha bezaklarsiz bo'ladi.Buning ma’nosi boy va kambag'al farqlanmasligi
uchundir. Oyoq kiyim esa kiydirilmaydi. O'lgan insonni yaqinlari
bezantirishi,bo'yantirishi mumkin.
4-Mavzu: Konfutsiylik ta'limotida ijtimoiy-axloqiy masalalar.
R e j a:
1. Konfutsiylik ta'limoti.
2. Konfutsiychilikda ijtimoiy-axloqiy masalalar.
3. Konfutsiy ta’limotining ajralmas elementlari.
Konfutsiylik yoki konfutsiychilik -
Xitoydagi
axloqiy-siyosiy
taʼlimot;
keyinchalik eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm
bilan birga). Konfutsiy asos solgan. Konfutsiyning ilk davomchilari — Men-szi
(Mek Ke — miloddan avvalgi 371—289), Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan
Fey-szi (miloddan avvalgi 233 yil v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy
(768—824) va boshqa
Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de)
tushunchasi muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar
axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat
qilishlari, podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga
koʻra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana
qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen
oʻzing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen
nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar
yotadi. "Buyuk taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy
yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona
yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik;
insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va
boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil
insonlargina bunday fazilatga ega boʻladi.
Konfutsiyda taʼkidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim.
Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham
boshqacha maʼno kasb etadi, inson faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi. Oʻtmishda
oʻrnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da jamiyatni
boshqarishga katta eʼtibor berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy
qonunlar bilan toʻldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida K.ning turli
maktablari yuzaga kelgan. Ular oʻrtasida keskin kurash borgan.
Konfutsiy milodiy 1 -a.da davlat taʼlimotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-asrda
daosizm ustidan toʻla gʻalaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—1279)da
neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha- jen
(insoniylik). «Lun yuy» («Hikmatlar») kitobida shunday deyiladi: «Kimki chin
dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi», «o`zingga ep ko`rmagan
narsani o`zgaga munosib ko`rma, shunda davlatda ham, oilada ham o`zingga
nisbatan yovlik xis qilmaysan». Demak jen — ham jamiyat, ham oila a’zolari
orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan «syao» -ota-onani,
kattalarni hurmat qilish, «li» — urf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari
mustahkam bog`liq. Ayni paytda «li» tushunchasining ma’nosi ancha keng, u
davlatga bo`lgan munosabatni ham o`z ichiga oladi. Hoqon (imperator) — Osmon
o`g`li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa
quyidagicha: «Podsho—podsho, ota—ota, mulozim—mulozim, o`g`il— o`g`il
bo`lishi kerak».
Qadimgi Xitoyning buyuk donishmandi, bundan 2500 yil avval yashagan va ijod
qilgan Konfutsiy “konfutsiychilik “ deb ataluvchi axloqiy-siyosiy bilimlar
ta’limotini ishlab chiqqan. Bu ta’limotning mazmun-mohiyatini insonning tabiiy
axloq-odobini takomillashtirilish, davlatni boshqarish haqida ma’lumotlar berilgan.
Konfutsiy ta’limotida hukmdor va quyi qatlam vakillari o’rtasidagi munosabatlar,
jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalik, nafosatshunoslik qoidalari haqida ma’lumotlar
berilgan. Konfutsiy uchun eng muhimi bu insonning axloqi va tarbiyasi, bunda
quyidagi beshta tushuncha alohida o’rin tutadi: 仁 (Ren) insonga bo’lgan muhabbat,
义 (Yi) ma’suliyat, 礼 (Li) xulq-atvor me’yorlari, 智 (Zhi) bilimlar, 信 (Xin)
ishonch. Bundan tashqari ezgu fazilatlarga kattalarga hurmat ehtirom 孝 ( xiao ) ham
kiritiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ezgulik
tushunchalarining tarjimalari shartli ravishda amalga oshirilgan bo’lib, bu
tushunchalarning har biri juda keng ma’noga ega bo’lgan. “Besh ezgulik
tushunchalar” ning mohiyati quyidagilardan tashkil topgan: 仁 Ren “Insonga
bo’lgan muhabbat”, “Insonparvarlik” ma’nosini beradi. Inson xulq-atvor me’yorlari
va axloqiy yuksalishlarini ifodalab beradi, ya’ni bunda ko’ngilchanlik, qa’tiyat,
kamtarlik, oliyjanoblik, odamlarga nisbatan muhabbat, haqiqatgo’ylik, ochiq
ko’ngilllik kabi hislatlar aks ettiriladi. Muallif tomonidan bu ko’rinishlardagi
shaxslarga misol tariqasida afsonaviy hukmdorlar – Yao, Shun va Yuy kabilar
ko’rsatiladi. Konfutsiy tomonidan insonning ahloqiy takomillashishga harakat
qilishi kerakligi ta’kidlab o’tiladi. Odamning barcha ezgu xususiyatlarini u “ ren ”
asosida kelib chiqqan deb ko’rsatadi, bu tushuncha asosida jamiyatdagi
munosabatlar shakllantirilishi ta’kidlanadi. Konfutsiy fikricha, inson o’zini o’zi
yaratadi, ya’ni hayoti davomidagi barcha qarorlari uning o’ziga bog’liq. Bunda
uning boshqa insonlarga bo’lgan munosabati ham inobatga olinadi. 义 Yi
“Ma’suliyat”. Insonga bo’lgan oily muhabbat (仁 ren) hayotda ma’suliyat hissi (义
yi ) orqali moddiylashadi. “Yi” tushunchasining o’zi esa ko’p ma’nolarga ega. Bu
tushuncha orqali insonning ma’naviy holati belgilanadi. Bu insonnig haqiqat
izlashiga va o’z ota-onasiga nisbatan haqiqatgo’y bo’lishi, ular bergan tarbiyalariga
minnatdor bo’lishi orqali namoyon bo’ladi. Boshqa insonlarga nisbatan uni mehrli
bo’lishi inobatga olinib, uning xudbinligiga qarshi kurashishiga da’vat etadi. 礼 Li
“Xulq-atvor me’yorlari ”. 礼 “Li” tamoyili odamlar o‘rtasidagi turli xil
munosabatlarni ifodalab beradi, insonning jamiyatdagi xulq-atvorini ifodalaydi.
Xitoy ahloqshunosligida uch turdagi o’zaro munosabatlar ajratib ko’rsatiladi:
hukmdorlar va quyi qatlam vakillari o’rtasidagi munosabatlar, kattalar va kichiklar,
ota va o’g’il o’rtasidagi munosabatlar.
5-Mavzu: Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy
marosimlari.
R e j a:
1. Zardushtning dunyoga kelishi.
2. Zardushtiylikning teologik tizimi.
3. Zardushtiylikning diniy marosimlari.
Mil.avv.VII-VI asrlarda Osiyoning markaziy qismida shunday bir yorug„lik
paydo bo„ldi-ki bu narsa o„sha davr insoniyat taraqqiyotiga ta‟sir o„tkazmay
qolmadi. Sharqiy Eron va Markaziy Osiyo qabilalarinig ijtimoiy tuzumi
o„zgarayotgan va diniy qarashlari hamda jamiyatga ro„y berayotgan tabaqalanish
davom etayotgan bir paytda Turon pasttekisligida, aniqrog„i Amudaryo bo„ylarida
yangi ta‟limot vujudga keldi. Bu ta‟limot o„lkada shakllangan ko„pxudolik va
oshiqcha sarf harajatlarga, atrof muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida
muhim o„rin tutgan jonli hayvonlarni qirib, ko„p qurbonliklar qilinishiga qarshi
turoladigan ta‟limot edi. Bu ta‟limotga amal qilgan inson butun umri davomida ezgu
fikr, ezgu so„z, ezgu amal kabi g„oyalarni qalbiga joylashi kerak edi. Bu din
zardushtiylik dini edi. Ushbu din dualizmga asoslangan, ya‟ni olam ikki ibtido;
yorug„lik va qorong„ulik, yaxshilik va yomonlikning to„xtovsiz kurashidan iborat
deb uqtiradi Zardushtiylik dini eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, bu din
miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu dinning paydo bo„lishiga oid
turli xil qarashlar mavjud. Ba‟zi tadqiqotchilar zardushtiylik dinining asoschisi
Zardusht asli Midiyalik (hozirgi Eron hududida faoliayt yuritgan) bo„lgan deb
hisoblashadi. Ularning fikricha ushbu din hozirgi Eron hududida paydo bo„lgan.
Tadqiqotchi M.Toysning fikricha Zardusht mil. avv. 1500-1200- yillar oralig„ida
yashab o„tgan va Markaziy Osiyoda [1](ya‟ni Xorazm hududida) mavjud bo„lgan
diniy e‟tiqodlarni isloh qilib yangi bir din boʻlmish zardushtiylik diniga asos soldi.
Mil. avv. VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda qabilaviy ittifoqlar va urug„aymoqchilik munosabatlariga asoslangan Xorazm va Baqtriya qadimgi davlat
birlashmalari vujudga kelgan. Bu mamlakatlar mintaqada uzoq vaqt davom etgan
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy madaniy jarayonlarning hosilasi bo„lgan. Ular ta‟sirida
jamiyatda tutgan o„rni, imkoniyatlari va ahamiyatiga ko„ra bir-biridan farq
qiladigan guruhlar, tabaqalar va sinflar yuzaga kelgan. Davlat esa mavjud ijtimoiy
munosabatlarni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot hisoblangan. Ijtimoiy-siyosiy
hayotda yuz bergan o„zgarishlar talablariga ibtidoiy madaniyat va ibtidoiy e‟tiqod
mos kelmagan. Shu bois diniy e‟tiqodni ijtimoiy hayotda yuz berayotgan
o„zgarishlarga muvofiqlashtirish zarur edi. Zardushtiylik dini esa mazkur talablarga
mos diniy ta‟limot va o„ziga xos dunyoqarash sifatida yuzaga kelgan. Zardushtiylik
dinining vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat - tabiat kuchlari,
mavjudotlar va ruhlarni muqaddaslashtiruvchi, o„z qiyofasiga ega, ishlab chiqarish
sohalariga homiylik qiladigan, kuch va imkoniyatlariga ko„ra guruhlashtirilgan
qudratli xudolar bilan almshtirish zarur edi; - jamiyat ishlab chiqarish
munosabatlarining rivojlanishi, sinflar va davlatning yuzaga kelishi natijasida eski
munosabatlarni aks ettiruvchi ibtidoiy din shakllarining yangi davr talablariga mos
kelmay qoldi; - ma‟naviy tajribani umumlashtirish va ularga ilohiy tus berish bilan
jamiyat va davlatni yanada mustahkamlash zarur edi [2] Zardushtiylik dini
payg„ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi.
Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish “Avesto”“ da ushbu
dinning nomi “Mazdayasna” dini deb atalgan. Bu so„zni “Mazdaga sig„inmoq” deb
tarjima qilish mumkin. “Mazda” so„zi “donish, oqil, donishmand” kabi talqin
etiladi. Zardushtiylik yana “Behdin”, ya‟ni “Eng yaxshi din” deb ham ulug„langan.
Uning ta‟limotiga ko„ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan.
“Mazda” so„zi oldiga ulug„lash ma‟nosini anglatuvchi “Axura” so„zi qo„shilishi
natijasida Zardushtiylik dini oliy xudosi hisoblanmish Axura-Mazda nomi paydo
bo„ldi[3]. Zardushtiylik dini paydo bo„lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya‟ni
quldorlik jamiyati davri endi paydo bo„layotgan davr edi. U urug„chilik tuzumi
yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo„linayotgan davr
bo„lgan. Bu din eng avvalo O„rta Osiyodan tashqari Eron, Afg„oniston, Ozarbayjon,
Yaqin va O„rta Sharqning bir qancha mamlakatlariga tarqalgan edi. Zardushtiylik
dinini paydo bo„lgan zamin Xorazm vohasida qadimdan bir qancha turkiy elatlar
yashab kelgan. Bu din mil. avv. VII-VI aslarga xos din sifatida o‟zidan oldingi urug„
qabilachilik dinlari negizida paydo bo„lgan din hisoblanadi. Zardusht nomi ham turli
tadqiqotlarda turlicha keltiriladi. Masalan, Zaratushtra (ma‟nosi- “sariq tuya sohibi”,
“zarg‟in yorug‟lik egasi”), Zarduts, Zoroastr ko„rinishlarida ham ishlatiladi.
Zardushtning tarixda bo„lgan yoki bo„lmaganligi to„g„risida ham aniq yechimga
kelinmagan. Ba‟zi tadqiqotchilar uni tarixiy shaxs deya e‟tirof etishsa, ba‟zilari esa
ularda farqli o„laroq uni afsonaviy shaxs deya ta‟kidlashadi. U Quyi Amudaryo
hududlarida yashovchi oriy qabilasining yirik urugʻlaridan boʻlmish Spitama
urug„idan bo„lgan. U 23 yoshidan boshlab jamiyatdagi kamchiliklarga turli xil
qabilalarning turli xudolarga sig„inishi natijasida ular o„rtasidagi urushlarning
ko„payishiga, qolaversa, har xil xudolar uchun qilinadigan qurbonlik (qurbonlikka
odamlar ham ishlatilgan)larni sabab qilib ko„rsatadi va 30 yoshidan boshlab yagona
oliy xudo Axura-Mazdaga sig„inish kerakligini targ„ib qila boshlaydi[4 ]. Zardusht
o„z g„oyalarini jamiyatdagi barcha tabaqalar orasida qo„rqmasdan targ„ib qilgan.
Zardusht Balx shahrida ibodat chog„i ko„pxudollikka sig„inuvchi Bratarvaxsh
tomonidan pichoqlab o„ldirilgan Zaratushtra (yunoncha–Zaroastr, forscha–
Zardusht) qadimgi dunyo mualliflari ma‟lumotlariga ko„ra afsonaviy shaxs deya
e‟tirof etilgan. Ammo Avestoning “Goxlari” va “Yasht” boblari Zaratushtrani
tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Abu Rayhon Beruniy ma‟lumot berishicha
Zaratushtraning tug„ilgan sanasi Makedoniyalik Iskandargacha bo„lgan 258 yil
hisoblanadi. Zaratushtra 77 yoshida vafot etgan va uning hayot sanasi miloddan
avvalgi VII-VI asrga to„g„ri keladi. Zardushtning tug„ilgan joyi haqida Avestoda
hech qanday ma‟6lumotlar yo„q. Manbaga ko„ra Zardushtning diniy nasihatlari o„z
vatanida tarafdorlarini topmagan. Shuning uchun ham yangi din asoschisi o„z
yurtidan qochishga majbur bo„ladi. Avestoning “Goxlari” bobida shunday deyilgan;
“Qay tomonga, qaysi yurtga qochib qutulsam, meni kohinlardan va jangchilardan
ajratib qo„ydilar, jamoa meni quvnatmaydi, mamlakatlarning yovuz sardorlari meni
qabul qilmaydilar”. Oxir – oqibat Zardushtni Baqtriya hukmdori Kavi Vishtaspa
qabul qiladi. Vishtaspaning uzoq va yaqin qarindoshlari Zardusht ta‟limotiga juda
ham qiziqqanlar va uning e‟tiqodini qabul qilishgan.
Скачать