Uploaded by ABDURAHMON MUHAMMADALIYEV

ILK ORTA ASIRlar davrida XINDISTON

advertisement
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY TА`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDАGOGIKА INSTITUTI
“IJTIMOIY FАNLАR” YO’NALISHI
“5110600-Tarix oʼqitish metodikasi” taʼlim yoʼnalishi
Bektursunov Baxtiyor Murotbek o'g'lining
Tarix fanidan
KURS ISHI
Mavzu: _________________________________________________
Rahbar: ___________________________
Chirchiq – 2023
1
MUNDARIJA
KIRISH................................................................................................. 3
I BOB. ILK O'RTA ASRLARDA HINDISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY
MUNOSABATLAR………………………………………………… 6
1.1. Guptalar davlati..............................................................................6
1.2. Xarsha davlati.................................................................................17
1.3. Ilk o'rta asrlarda Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar….20
II BOB. ILK O'RTA ASRLARDA HINDISTONDAGI DAVLATLARNING
ICHKI VA TASHQI SIYOSATI………………………………….......24
2.1. Hindistondagi davlatlarning chet elliklarga qarshi kurashi...........24
2.2. Ilk o'rta asrlarda Hindiston madaniyati..........................................28
III. Xulosa.............................................................................................31
IV. Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati...........................34
2
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasini birinchi
Prezidenti I. A. Karimov 1998-yil 14-iyulda bir guruh tarixchi olimlar va yetakchi
jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tarix fani, uning bugungi ahvoli va
istiqbolini chuqur tashkil etish haqidagi o‘z fikr mulohazalarini bildirib, bu
yo‘nalishda tarixchi olimlar oldiga qator vazifalarni qo‘ydi.
Prezidentimiz: ”Muayyan masalada turli fikrlarni berish, bahs orqali haqiqat
oydinlashuviga erishish lozim. Tarixiy voqealarni, shaxslar faoliyatini izohlash
yo‘li bilan odamlarni asl haqiqatdan ogoh etishimiz kerak”, - deb ta’kidladi. Ushbu
vazifalardan eng muhimi - yangi jamiyatimizni isloh qilish va yangilash jarayonini
boshqaradigan va ta’minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida yangicha fikrlaydigan
yoshlarni tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol, Vatanga sadoqat va
vatanparvarlik g‘oyalarini yanada chuqurroq, singdirish va teran anglatishdan
iboratdir.
Birinchi Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan
millatning kelajagi yo‘q”.1 Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini
topgan”. O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning
barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Vatanimiz
tarixida milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda.
Hindiston davlatining shakllanish tarixini o'rganish bizga bu davlatlarni
naqadar uzoq tarixga ega ekanligini ko'rsatadi. Bu davlatlar faoliyatini o‘rganish va
yutuqlarini o‘z davlatimiz an'analariga moslashtirgan holda joriy etish kelajagimiz
taraqqiyotini belgilash mumkin.Kurs ishining asosiy maqsadlaridan biri
Hindistonning ilk o‘rta asrlarda shakllangan Gupta va Xarsha davlatlarining
siyosiy tarixi, boshqaruv shaklini o‘rganish va ularni o‘z ma'naviyatimizdan kelib
chiqqan holda zamon bilan hamohang holda milliylashtirish darajasiga baho
berishdan iborat. Hozirgi texnika taraqqiy etgan davrda o‘z davlatimizning jahon
1
Karimov I.A., “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”. Toshkent. Ma’naviyat. 2008.-B. 4.
3
hamjamiyatida o‘z so‘zi bo‘lgan davlat bo‘lishini istar ekanmiz, biz bunday o‘z
davrining rivojlangan davlatlari faoliyatini o‘rganishimiz va ularning ijobiy
yutuqlarini o‘z davlatimizda joriy etishga intilmog‘imiz kerak, bular esa kurs ishi
mavzusining dolzarbligini ko'rsatadi. “Ilk o‘rta asrlarda Hindiston” mavzusi
bo‘yicha, bu hududda davlatlarning vujudga kelishi, davlatlarning tashkiliy
tuzilishi, davlatlarda savdo va shaharsozlik an‘analarining rivojlanishi, Ilk o‘rta
asrlar tarixida Hind davlatlarining tarix sahnasiga chiqishi va bu davlatlar vujudga
keltirgan madaniyatning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi kabi masalalarini
yangi manba va adabiyotlar hamda zamonaviy komunikatsiya vositalari orqali
o‘rganish, tadqiq qilish mavzuni muhim jihati hisoblanadi
Kurs ishining obyekti va predmeti. Gupta va Xarsha davlatlarining vujudga
kelishi bu davlatlarning yangi hind madaniyati shakllanishida tutgan o‘rni, va bu
madaniyatning ilk o‘rta asr davlatlari siyosatiga, ilim-fan taraqqiyotiga, madaniy
aloqalar rivojiga ko‘rsatgan ta'sirini manbalar asosida yoritib berish. Gupta davlati,
shuningdek Xarsha davlatining boshqaruv tartiblarini o‘rganish va bu davlatlarning
Hind davlatchiligi rivojidagi o‘rnini aniqlashdan iborat.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi , yozma,
lingvistik va numizmatik materiallarni kompleks o‘rgangan holda ilk o‘rta asrlarda
vujudga kelgan hind davlatlari tarixi va boshqaruv tartiblarini, ularning Hind va
Osiyo davlatchiligi taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, shuningdek Hind
madaniyatning shakllanish tarixini o‘rganishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib
chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi:
- Gupta davlati haqidagi umumiy ma'lumotlarni yoritib berish;
- Hind madaniyatning jahon ilm-fani, siyosati va madaniy hayotiga ko'rsatgan
ta'sirini ochib berish;
- Xarsha davlati shakllanishining mazmun mohiyatini aniqlash;
- Gupta va Xarsha davlatlaridagi siyosiy idoralar faoliyatini tahlil qilish.
- Ilk o‘rta asrlardagi Hind madaniyatning jahon ilim-fani taraqiyotida tutgan
o‘rniga baho berish.
4
Kurs ishining yangiligi va ahamiyati. Ushbu mavzu keng qamrovli bо‘lib,
bu mulohazalar tarix fani uchun dolzarb nazariy muammolardan biri hisoblanadi.
Mavzuning yangiligi shundan iboratki, ilk o‘rta asrlarda Hindistonda eng mashhur
davlatlardan biri bo'lgan Gupta va Xarsha davlatlarining vujudga kelishi tarixi va
boshqaruv tartiblarini, shuningdek bu davlatlarning siyosiy tarixi, boshqaruv
tartiblari va hind madaniyatining shakllanish tarixini yoritishda ilk o‘rta asrlar
davrida va keyingi davrlarda hind davlatlari haqida yozilgan ilmiy adabiyotlar
asosida tahlil etilgan. To’plangan ma’lumotlardan Oliy o’quv yurti talabalari kurs
ishi, referat, mustaqil ish, amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishda qo’llanma
sifatida foydalanishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi Kirish, ikki bob, besh
paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan
iborat. Kurs ishning umumiy hajmi 31 betni tashkil etadi.
5
I BOB. ILK O'RTA ASRLARDA HINDISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY
MUNOSABATLAR.
1.1 Guptalar davlati.
IV asrning boshlarida Hindiston bir necha o‘nlab mayda va yirikroq
davlatlardan iborat bo‘lib, bu davlatlar tepasida kichik-kichik podsholar-rojalar
turar edi, ular hukmron tabaqalarga-braxmanlar tabaqasiga (koxinlarga) va
kshatriylar tabaqasiga (harbiy zodagonlarga) suyanar edilar. 320 yilda shimoliy
Hindistonning shunday rojalaridan biri Chandragupta I (320-340) tevarakatrofidagi podsholarni o‘ziga bo‘ysundirib, Gang daryosi xavzasida hiyla katta bir
davlat tuzdi, bu dalat Gupta davlati deb atalib, VI asrning boshlarida yashadi.
Chandragupta I ning vorislari zamonida,-ulardan ayniqsa Samudragupta (340-380)
va Chandragupta II (380-414) o‘zlarining istilolari bilan maxhur edilar,- Gupta
davlati Gang daryosining quyi oqimini ham, to uning dengiziga
quyiladigan joyigacha, shuningdek, Dekan yassi tog‘larining bir qismida to
Narbat daryosigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olar edi. Gupta davlatining
poytaxti Pataliputra shahri edi.
Gupta podsholari Sosoniylar Eroni bilan qizg‘in qizg‘in savdo-sotiq olib bordi va
madaniy aloqa qildi. Ular Hindistonning shimoliy chegaralarini O‘rta Osiyolik
qabilalarning hujum havfidan uzoq vaqtgacha saqladi. Gupta davrida Hindiston
iqtisodiyo va madaniy jihatidan juda yuksaldi. Hozirgi Hindistonda eng keng
tarqalgan Hinduizm dinining vujudga kelishi ham o‘sha davr bilan bog‘langandi.
Gupta davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi asosan xali quldorlik xarakterini
saqlab qolgan edi. Qullar turli irrigatsiya va qurilish ishlarida, qishloq xo‘jaligida
hamda ko‘pdan-ko‘p hizmatkor va malay sifatida uy-ro‘zg‘or ishlarida keng
foydalanilar edi. Qullar Osiyodangina emas. hattoki Afrikadan ham keltirilar edi.
Xind jamiyatida quldorlikka xos alomatlarning mavjudligi aholining kastalarga
(tabaqalarga) qarab bo‘linishida ham namoyon bo‘lgan edi. Bu bo‘linish Gupta
davrida ham saqlanib, yanada rivojlanmoqda edi. Qadimiy kastalarning to‘rta
asosiy turi-braxmanlar (koxinlar), kshatriylar (jangchilar0, vayshiyalar (dehqonlar,
hunarmandlar, savdogarlar) va shudralar (sobiq qullarning va har toifadagi qaram
kishilarning eng past tabaqasi bo‘lib, bular kishi hazar qiladigan ishlarni bajaruvchi
kishilar edi)qxali juda qadim zamonlarda tarkib topgan Hind jamiyati sotsial
strukturasining turli bosqichlarni ifoda etadi. O‘rta asrning boshlarida hind
kastalari ancha evolyusionlashdi, Braxmanlar va kshatriyalar koxin va harbiy
tabaqalarga aylanib ketdilar, davlat hokimiyati ularning qo‘lida edi, shu bilan birga
ular juda ko‘p qullari bo‘lgan eng yirik yer egalari edilar. Ikkinchi bir o‘rtacha va
past darajadagi kastalar vaqt o‘tishi bilan maydalashib bordilar. Gupta davrida
6
kastalarning miqdori bir necha o‘n turdan oshdi. Jamiyatning shudraga oid eng
tuban kastasi «hazarli kishilar» deb atalar edi, chunki ular oliy kasta vakillariga
yaqinlashsa, bu oliy zotlarning go‘yo harom qiladi deb hisoblanar edi.
Eng past kastalarning haq-huquqsizligi, ho‘rlanishi, quldorlik tuzumining
ideologiyasini eng yorqin ifodasi edi, quldorlik tuzumi davrida kishilar bir
tomondan, to‘la huquqli, erkin quldor hukmronlarga, ikkinchi tomondan, butunlay
haq-huqusiz, ho‘rlangan, zadalangan qullarga yoki shularga o‘xshab ketadigan
kishilarga bo‘linar edi.
Ammo Hindistondagi quldorlik tuzumining yana bir xarakterli hususiyati shu
ediki, rivojlangan quldorchilik va ekspluatatsiyaning quldorlik sistemasi bilan bir
qatorda g‘oyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan jamoa jehqonchiligi ham
doim mavjud o‘blib, yashab kelmoqda edi. Qishloq jamoasi quldorlik tuzumi
davrida ham, keyinchalik borib, feodalizm davrida ham hind jamiyatining -uyi
sotsial-iqtisodiy yacheykasi bo‘lib xizmat qildi, bu jamiyat shu yacheyka ustiga
qurilgan edi. Hindistonning ijtimoiy hayotida qishloq jamoasining ahamiyatini
kichkina-kichkina markazlari tashkil qilib, shu markazlar sanoat bilan
qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi xonaki aloqa asosida yashaydi. Har bir
qishloqning ma’lum miqdorda ekinzor yeri va yaylovi bor edi. Xar bir qishloqning
tepasida oqsoqol va yana bir necha mansabdor kishilar turar edi. Qishloq jamoasi
bir necha yoki bir necha yuz oiladan iborat bo‘lib, hunarmandlikning
qishloq ho‘jaligi bilan qo‘shilishiga asoslangan boshlang‘ich ishlab chiqarish
yacheykasini tashkil qilar edi. Bu oilada jamoalar xonaki sanoatga asoslangan
bo‘lib, unda qo‘lda to‘qish, qo‘lda yigirish, qo‘l kuchi bilan yer ishlash usuliga
alohida bir tarzda bir-biriga qo‘shilib ketgan edi,-bunday qo‘shilish bu
jamoalarning har qaysisini o‘ziga mustaqil tusga kiritib qo‘ygan edi. Gupta
podsholarning iqtisodiy qudrati birinchi navbatda huddi anashu behisob dehqon
jamoalarini ekspluatatsiya qilishga asoslangan edi.Biroq Gupta davri quldorlik
sistemasining tushkunlikka yuz tuta boshlaganligi bilan tavsiflanadi. Quldorlik
tuzumi elementlari tashkil topayotgan edi.G’arbiy Yevropa va Arab
halifaligi mamlakatlarida ko‘rganimizdek, feodal jamiyatning negizi bo‘lgan juda
ko‘p sonli jamoa dehqonchiligining mavjudligi hind jamiyatiga quldorlik tuzmidan
feodal tuzumiga o‘tishni yengilashtirdi. Gupta davrida qulchilik tugatilib,feodalizm
tug‘ila boshlaganligini bir qancha faktlarda ko‘rish mumkin. Qullar tez-tez erkin
qo‘yib yuboriladigan va muayyan hizmatlarni o‘tash sharti bilan ularga uncha katta
bo‘lmagan yer uchastkalari ajratib beriladigan bo‘ldi. Podsho xo‘jaligidagi
yerlarning hammasida ham qullar ishlamas edi, bu yerlarning talay qismi
xosilning bir qismini podsho xo‘jaligiga topshirish sharti bilan ijaraga berilar edi.
Mayda ijarachilikka o‘tilishiga sabab manbalarning ko‘rsatishicha, qullarning
yetishmasligi edi. Shu bilan bir vaqtda qishloq jamoasining o‘z ichida muhim
7
protsesslar yuz bermoqda edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi va
ishlab chiqarish qurollarining takomillashishi natijasida kichikroq oilaning kuchi
bilan ham xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lib qoldi. Katta oilalar mayda-mayda
oilalarga bo‘linib ketdi, katta oilaga qarashli chek yerlar ham parchalanib ketdi,
bunda to‘ng‘ich o‘g‘ilga ukalariga qaraganda yer ko‘proq ajratib berilar edi.
Oddiy jamoachilarning bir qismi honavayron bo‘lib, jamoaning ancha boyroq
a’zolariga qaram holiga tushib qolar edi, bularning juda ko‘p mol hayvonlari va
mehnat qurollari bo‘lib, xonavayron bo‘lgan jamoachilarni ekspluatatsiya qilar edi.
Bularning hammasi oqibat natijada feodal qaramligi munosabatlarining
o‘rnatilishiga olib kelar edi.
Gupta davlati davrida madaniyat avvalo, klassik monumental arxitekturaning
rivojlanishi bilan tavsiflanadi, bu davrda juda ko‘p ibodatxona va saroylar
qurilgan edi. gupta davrida qurilgan binolarning ko‘pi keyinchalik xorijiy
istilochilarning Hindistonga qilgan hujumlari natijasida vayron qilib tashlangan
edi. lekin har holda o‘sha davrdan saqlanib, qolgan ba’zi bir binolarga qarab, ularni
juda mohirlik bilan qurilganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. Masalan,
bahaybat yaxlit toshlarning ichini g‘or qilib o‘yib ishlangan Ellara va Ajanta
ibodatxonalar ichida qadimiy hind va budda afsonalaridan olib ishlangan haykallar
benihoya ko‘p bo‘lib, bularda kishilarning figuralari ifoda etilgan. Bu figuralar
o‘zining go‘zalligi va ulug‘vorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Ibodatxona
devorlari xilma-xil suratlar bilan bezatilgan. Gupta davridagi rassomlar va ustalar,
metallga pardoz berishda yuksak san’at cho‘qqilarini egalladilar. Bizning
eramizdan avvalgi IV asrning ohiri va V asrning boshlarida quyma temirdan
ishlangan ustun hozirga qadar Dehlida saqlanib kelmoqda, u qariyb bir yarim ming
yil davomida ochiqlikda jazirama quyosh va yomg‘irlar ostida qolib ketganligiga
qaramay, uni hatto zang ham bosmagan.
Gupta davrida hind fani katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bir qancha xind munajjim
(astronom)ining nomi Hindistondagina emas, uning tashqarisidayam mashhur edi.
Bular orasida V-VI asrlarda yashagan, grek fani va astronomiyasi bilan tanish
bo‘lgan Aryabxata, Varaxamixira va Braxmagupta ayniqsa ajralib turadi.
Hindistonda bu davrda tibbiyot, ayniqsa o‘tqgiyoxlar bilan davolash juda rivoj
topgan edi.
Adabiyot, poeziya va drama sohasida Gupta davri o‘zidan keyingi ko‘pgina
avlodlar uchun taklif bo‘lib hizmat qiladigan juda yuksak namunalarini qoldirdi.
IV asr ohiri va V asrning birinchi yarmida o‘tgan genial hind noiri Kalidasaning
asarlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Kalidasa qahramonlik temalaridan
bir nechta doston hamda mifologik va tarixiy mavzularda ko‘p dramalar yozdi.
«Olqishlangan Shakuntala» dramasi ayniqsa katta dong qozondi, bu asarda
nihoyatda nazokatli va shu bilan bir vaqtda o‘z yo‘lida juda og‘ir mashaqatli
8
to‘siqlarni yenga olgan jo‘shqin jasoratli oddiy hind ayolining ajoyib obrazi
berilgan. Bu asar /arbiy Yevropaga 1789 yilda ma’lum bo‘lishi bilanoq qadimiy
hind adabiyotiga juda katta qiziqish uyg‘otdi. Kalidasa o‘z
qashramonlarini qisman klassik kitob tilida-sanskritda, qisman turli mahalliy
lahjalarda gapirtiradi, bu esa o‘sha davrdagi Hindiston aholisining etnik jihatidan
xilma-xil bo‘lganini ko‘rsatadi. Kalidasanining asarlari hozirgi vaqtda dunyodagi
asosiy tillarning hammasi tarjima qilingan.
Gupta zamonida xindlarning xukmron dini braxmanizm bo‘lib, bu din uchta asosiy
xudo-Braxma, Vishnu va Shiva bor deb ta’lim berish bilan birga juda ko‘p boshqa
xudolar ham bor edi; bu xudolar tabiat kuchlarining barcha turli-tuman forma va
ko‘rinishlarining ifodasi edi, odamlar, hayvonlar, o‘simliklar, har xil jonsiz
narsalar-sanamlar va xakazolar iloxiylashtirilar edi. Braxmanizmning dabdabali
marosimlari va ukchli koxinlari bo‘lib, bu koxinlar nasldan-naslga o‘tadigan
alohida bir tabaqa edi. Biroq braxmanizm bilan bir qatorda uning o‘z
ichida boshqa bir din-buddizm ham paydo bo‘lib, ko‘p tarafdor ortirdi (bu din
eramizdan oldingi V asrdayoq paydo bo‘lgan edi). Bir vaqtlar buddizm eng
qadimgi din bo‘lmish braxmanlar dinini hatto yengayotgandek ham bo‘lib ko‘rinar
edi. Gupta podsholarining ko‘pi buddizmga xomiylik qildi. Biroq, pirovardiga,
braxmanizm yengib chiqdi, lekin shu bilan birga u yangi tus-xinduizm tusini oldi.
VI va VII asrlarda uzil-kesil tashkil topgan xinduizm o‘zining ko‘pdan-ko‘p eski
majusiy xudolarini batamom saqlab qoldi. Lekin shu bilan birga u,
buddizmdagi diniy diniy falsafasining ba’zi elementlarini, uning yomonlikka
qarshilik qilmaslik, tarki dunyo qilish, kishi o‘lgandan keyin jonning boshqa
narsaga o‘tishiga ishonish va x.zolar to‘g‘risidagi ta’limotini ham o‘ziga singdirib
oldi. Buddizm dini Hindiston tashqarisida- Xitoy, Hindi-Xitoyda, Indoneziya,
shuningdek Mo‘g‘ilistonda, Tibetda va qisman O‘rta Osiyoda (Turkistonda) keng
tarqaldi. Xindistonning o‘zida buddistlar hiyla oz qoldi.
Gupta davlati VI asrning boshlariga kelib tugadi. U V asrdayoq
tushkunlikka uchray boshlagan bo‘lib, buning asosiy sababi mehnatkash omma
ahvolining og‘irligi edi. Hukmron sifnlar haddan tashqari zeb-ziynat ichida
yashadi; dehqonlarga og‘ir soliqlar solindi, ular o‘zlari yetishtirgan xosilning ko‘p
qismini soliqqa to‘lashga majbur edi; aholi davlat foydasiga uzluksiz ravishda turli
xil ishlarni bajarishga majbur qilindi. mana shularning hammasi hind
dehqonlarining holdan ketkazdi va qishloq jamoalari ekonomikasini vayron qildi.
Mehnatkashlar o‘rtasida norozilik tug‘ilagnligi alomatlari Gupta zamonidan qolgan
adabiy yodgorliklarda ko‘p uchraydi. Gupta podsholigiga uzil-kesil zarba bergan
narsa ko‘chmanchi eftalitlar, ya’ni oq gunnlarning bostirib kirishi bo‘ldi, ular V
asrning ohiri VI asrning boshlarida Shimoliy chegarani yorib o‘tib, Shimoliy
Hindistonning ko‘piga shahar va qishloqlarning nihoyatda vayron va harob qilib
9
tashlandi. 530 yilda oq gunnlar podsho Guptaning vassali roja Yasodharma
tomonidan tor-mor qilindi.
Gunnlarni yengandan keyin, Yasodxarma Gupta dinastiyasiga itoat qilishdan bosh
tortib, o‘zi maxaroja unvonini oldi. Lekin unga Gupta davlati
territoriyasining faqat bir qismigina buysundi.
VII asrning boshlarida Xarsha (606-647) davlati birmuncha vaqtgacha yuksalib
bordi. Xarsha Kanauja knyazligining rojasi edi, cho‘ngra u butun Shimoliy
Hindistonni o‘ziga bo‘ysundirdi. Xarsha davlati gang daryosi vodiysi bo‘ylab
Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo‘ltig‘igacha bo‘lgan territoriyani o‘z ichiga oldi.
Markaziy Hindistonning knyazlari ham Xarshaga vassal qaramlikda edi. hammasi
bo‘lib, 40 tacha knyaz unga qaram edi. Xarsha imperiyasi uzoq umr ko‘rmadi.
Uning hokimiyati feodallashuv protsessining kuchayishi, o‘z vassallari-rojalar
qudratining tobora borishi natijasida zaiflashdi№ bu rojalar pirovardida butunlay
mustaqil bo‘lib, markazga itoat qilmay qo‘ydilar. Xarsha vafotidan keyin uning
davlati parchalanib ketdi, uzoq vaqtgacha Hindiston chet el bosqinchilariga
qarshilik ko‘rsatolmaydigan tarqoq bir mamlakat bo‘lib keldi. Kanauj shahrixali VIII-X asrlarda ham Shimoliy Hindistonning poytaxtligi ahamiyatini saqlab
qolgan edi, ammo uning maxarajlari mana shu yuz yilliklar davomida Hindistonga
doimiy ravishda hujum qilib kelayotgan tashqi dushmanlarning shimolda
yashovchi turli xildagi qabilalarning bosqinini qaytarish o‘rniga, ko‘proq
Hindistonning ichidagi o‘z raqobatchilariga qarshi kurash olib borish bilan ovora
bo‘ldilar.
Hindistonda diniy karashlar, ya'ni jamiyatning kastalarga bylinib yashash ilk yrta
asrlarda xam davom etar edi.Aynan shu davrda tashkil topgan davlatlarda shu
belgilar yakkol sezilib turar edi.Xindistonda juda kyp bylgan mayda sultonliklar
bor edi. Ularni birlashtirish uchun Chandragupta 1 (320-340) juda kyp xizmat
kilgan.U Gang daryosi xavzasidagi yerlarni birlashtirib,Gupta davlatini tashkil
kildi.Uning vorislaridan xisoblangan Samadargupta (340-380) davlatni yana xam
mustaxkamladi. Uning zamonida davlatning poytaxti Pataliputra shaxari
xakikatdan xam rivojlandi. Savdo bilan birgalikda xunarmandchilik xam rivojlanib
bordi.
Gupta davlati zamonida Xindistonning ijtimoiy tuzumida kulchilik munosabatlari
mavjud edi.kullar nafakat xindlarning yzidan balki Afrika va Osiyodan keltirilar
edi.Ayniksa Xind kastalaridan eng past xisoblangan shudralarning axvoli juda xam
ogir edi.Xatto shudralarning xazarli kishilar degan guruxi mavjud bylib, ularga
kullardan xam past nazar bilan karashar edi.Xar bir kishlokning xalk yiginlari eng
muxim muammolarni xal kilar edi. Radjalar oksokollik vazifasi bilan birgalikda
xarbiy boshlik va eng katta solik typlovchi xam xisoblanar edi. Lekin shu davrga
10
xos bir xususiyat xind ijtimoiy tuzumida xam saklanib kolgan edi. Erkin jamoachi
dexkonlar mavjud bylib, ular yzlarining mustakil ravishda foydalanganlar. Lekin
ular yzlarining mustakilliklarini yykotish extimoli juda kuchli edi.
Hind jamoasi Gupta davlatining inkirozidan keyin davlatni birlashtirishga xarakat
kilgan podsholiklardan biri Xarasha podsholigi byldi. Lekin ularning xarakatlari
turli boskinchilarning yurishlari bilan barbod byla boshladi. Xalkning ajnabiy
boskinchilarga karshi kurashlari juda kattik kurashlar asosida ytdi va bu albatta
iktisodiy tarakkiyotga xam ta'sir kildi.
VII asrning oxirida arablar kuchli xalifalik tuzish jarayonida edilar. Ular Eron va
Afgonistonni bosib olganlaridan keyin Xindiston bilan chegaradosh bylib oldilar
va bu yurtga xam bostirib kela boshladilar. Bundan tashkari Xindistonda arablar
dengiz bilan, ya'ni Fors kyltigi bilan borib, Xind okeanidan xam xujum kila olar
edilar. Chunki bu xindlarning eng zaif chegaralaridan biri edi. 712 yili Ummaviy
sarkardalaridan bylgan Muxammad ibn kosim Basradan bosib bir Xindistonning
Sind ylkasiga kirib bordi va u yerlarni kiska vakt ichida ishgol kildi.islom dinini
tarakkiy kilish bilan birgalikda olib borilgan istilolar maxalliy xalkning kattik
karshiligiga uchradi. Chunki ular xam yakka xudolik dinini targib kilar edilar.
Shuning uchun xam arablar keyingi yn yilliklar davomida Xindistondan xaydab
chikarildi. Fakat 1X asrga kelib musulmonlar yana Xindistonga kirib
keldilar,ayniksa bu jarayon Maxmud gaznaviy (998-1030) zamonida juda tez
davom etdi.gaznaviyning izchil siyosati juda kyp xind xalklarining islom dinini
kabul kilishga sharoit tugdirdi. gaznaviy podsholik kilgan davrida Xindistonning
turli ylkalariga yn yetti marotaba xujum uyushtirgan edi.Maxmud gaznaviy vafot
etgan vaktida uning imperiyasi Gang daryosi xavzalariga yetgan edi. Ayniksa,
shimoliy-garbiy Xindistonda (xozirgi Pokiston) juda katta muvaffakiyatlarga
erishildi.
1175 yili gazna xukumdori Muxammad Guriy yana Xindistonga kyshin typlab
keldi. 1190 yillarda Jamna bilan Gang daryosi yrtasidagikatta yerlarni ishgol kildi.
1206 yildan boshlab bu yerlarda Dexli sultonligi tashkil etildi.
Umuman Xitoy xozirgiga yxshab markazlashgan davlat bylgan emas. Bu juda
katta xududda bir-biriga karshi bylgan davlatlar mavjud bylgan. Dastlab Shimoliy
Vey davlati V asrning yrtalarida xalklarning birlashtirishga xarakat kildi. Xitoydan
kychmanchi kabilalar davlatni markazlashtirishga karshilik kilganlar. Ilk yrta
asrlarda Suy sulolasi Xitoyning ma'lum ma'noda markazlashtira oldi. Bu
sulolaning asoschisi Yanszyan xarbiy drujina boshligi bylib, 589 yilda janubiy va
shimoliy Xitoyning birlashtira oldi.
11
Lekin Suy sulolasi vakillarining tashki siyosatdagi muvaffakiyatsizliklarni
ishonchini kyzgatib bordi. Suy xukumatining Koreyani yziga byysundirish
yylidagi urinishlari tamomila barbod byldi.Bu xam sulolani uzil-kesil
maglubiyatiga olib keldi. 618 yilda Shimoliy garbiy Xitoyning podsholaridan biri
Yuan xokimiyatini yzlashtirib oldi va yangi sulolaning boshlanishiga asos soldi.
Tan imperiyasi (618-907) davrida xam markazlashtirish siyosati davom etdi. Lekin
xalkning noroziligi kundan kunga oshib borayotgan edi. Ayniksa dexkonlarning
xaddan tashkari ogir xayoti 1X asrning yarmida ularning katta kyzgalon
kytarishiga sabab byldi. kyzgalon 875 yili kytarilib, 884 yilgacha dovom etdi,
undan tashkari kyzgolon juda uzok chyzildi va dexkonlar katta kuch gayrat bilan
xarakat kildilar.kyzgalon Shandun va Xebey degan shimoliy viloyatlardan
boshlandi. Keyin kyzgolon keng kuloch yoyib markaziy Xitoydagi Xenan
viloyatiga xam tarkaldi.kyzgalonning dastlabki kunlaridayok Xuan Chao kyl ostiga
100 kishi typlandi. 679 yili Xitoyning asosiy shaxarlaridan bylgan Kanton
kyzgalonchilar tomoniga ytgan edi. Lekin boshlangan muvaffakiyatlarni
kyzgalonchilar orasida tarkalgan epidemiya tyxtatdi. Shu kasallikni tarkalishidan
keyin kyzgalonchilar shimoliy viloyatlarga chekindilar. 880 yilga kelib
kyzgalonchilarning soni 300 ming kishiga yetdi.
880 yili Xuan Chao Loyan ustiga yurish kildi,oz vakt ichida Chan'anni bosib oldi.
Xatto yzini imperator deb e'lon kilgan Xuan Chao yz dasturini xam e'lon kilib
ulgurdi. Uning asosiy maksadi: «xalkning farovon xayot kechirishiga yordam
berish,xammaning teng ishlashi va yashashini ta'minlash» dan iborat deb
kyrsatildi. Lekin Tan imperatori juda kyp kabilalarning yordami bilan yziga kyshin
typlay oldi. Bu xavfning Xuan Chao sezgan bylsa xam kat'iy choralar kyrmadi.
Natijada poytaxtga yakinlashib kolgan imperator kyshinlariga karshi armiya typlay
olmagan Xuan Chao taxtni tashlab kochishga majbur byldi. Uning ketganidan
keyin kyzgalon tarafdorlari juda kattik azobga solindi. Xuan Chao xam keyinchalik
yzini yldiradi. Natijada xalkning xarakati boshka kyrinishlarda davom etdi. Eng
kyrinarli tomoni shundan iboratki, xamma kytarilgan xalk kyzgalonlari Xuan
Chaoning ishini davom ettiramiz deb qo`zg`olon boshlaydigan byldilar.
Ilk yrta asrlarda Xindistonda xam Xitoyda xam yerga egalik kilishning yangi
usullari paydo bylayotgan edi.
VI-VII asrlarda Hindistonda feodal munosabatlar yanada rivojlandi. Feodallashuv
protsessining tezlashuvida Shimoliy Hindistonning (Gupta podsholari davlati
qulagandan keyin va ikkinchi marta Xarsha davlati tugagandan keyin) siyosiy
12
jihatdan parchalanib ketishi katta rol o‘ynadi, o‘nlab mayda knyazliklar vujudga
keldi, bu knyazliklarning knyazlari yirik yer egalari edi. ular qishloq jamoalarini
o‘zlariga bo‘ysundirib olib, qattiq ekspluatatsiya qildilar. Buyuk knyazlarmaharajlar va vassal knyazlar, ularga qaram knyazlar-rojalar bo‘lar edi. unisida
ham bunisida ham ularga qaram professional jangchilar bo‘lib, ularga harbiy
hizmat o‘taganliklari uchun yer uchastkalari in’om qilinar edi. Jamna bilan Gnang
daryolari o‘rtasida bu hildagi hind ritsarlari ayniqsa ko‘p edi, shimoldan xujum
qilib bostirib kirish xavfi bu yerda ancha kuchli edi. bu yerlarda vujudga kelgan
juda ko‘p sonli ritsarlilar tabaqasi rajputlar (aynan tarjimasi «shox farzandlari»)
degan nom oldilar. Borib-borib rajputlar qadimiy harbiy tabaqa bo‘lgan
kshatriylar bilan arazlashib ketdi.
Feodallar yer egaligining rivojlanishida xind ibodatxonalari ancha katta rol
o‘ynadi. Hind koxinlari juda katta yerlarga ega edilar, ularning qo‘llabquvvatlashiga muxtoj bo‘lgan knyazlar juda ko‘plab yer ulashib berganligi uchun
bu yerlar keyingi yuz yilliklarda yanada ko‘payib bordi. ba’zi ibodatxonalarning
1000, hatto 1500 qishlog‘i bo‘lar edi. Jamoachi dehqonlar xosilning katta qismini
ibodatxonalarga to‘lar edilar va ibodatxona ularni sud qilish huquqiga ega edi.
Hindistonga VII asrning ohirida Eron va Afg‘onistonni bosib olganlaridan keyin,
arablar Hindistonga bevosita qo‘shni bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, Hindistonga
arablar dengiz bilan, ya’ni Fors qo‘ltig‘i bilan borib Hind okeanidan ham xujum
qila olar edi.712 yilda Umaviylarning sarkardalaridan biri Muxammad ibn Qosim,
Basradan suzib borib. Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi. Lekin oradan bir
necha o‘n yil o‘tgach, arablar Hindistondan butunlay siqib chiqarildi. Islom
dinining targ‘ib qilinishiga hindlar dushmanlik nazari bilan qaradi, chunki islom
dinini ular chet ellik bosqinchi va talonchilar dini deb hisobladi, hinduizm esa
islom diniga qarshi «milliy» din edi.Musulmonlar hujumi faqat XI asrning
ikkinchi yarmidagina qaytadan boshlandi, bu safargi hujum ilgarigi hujumdan
qattiq bo‘ldi. bu hujum uchun eng asosiy zamin tug‘dirib bergan narsa shu
bo‘ldiki, kuchli va urushqoq turk-eron davlati-/aznaviylar davlati vujudga kelgan
edi. (bu davlatning nomi poytaxt bo‘lmish /azna shahrining nomidan olingan edi).
13
Sulton Muxammad /aznaviy (998-1030) sharqiy Eron va Afg‘oniston yerlarini, 101
yiladan e’tiboran esa Amudaryoning berigi tomonidagi yerlarni, ya’ni Buxoroni
ham o‘z qo‘l ostiga kiritib oldi.
Podsholik davri mobaynida u, shimoliy Hindistonga o‘n yetti marta yurish qildi.
Hindiston shaharlari musulmonlar tomonidan nihoyat darajada qattiq talandi.
Muxammad /aznaviy bu yurishlardan shimolga o‘n minglab erkak va ayollarni asir
qilib haydab ketdi, mamlakatni, ayniqsa hind ibodatxonalarini talab, karvonkarvon oltin, kumush, qimmatbaho toshlar olib ketdi. /azna shahri muhtasham
binolar bilan bezaldi, bu binolarning ko‘pini Hindiston ustivorlari solgan edi. 1030
yilda Maxmud /aznaviy o‘lgan vaqtda uning imperiyasi amudaryo qirg‘oqlaridan
tortib, to Ganga daryosigacha borgan, butun Hind daryosi havzasini ham o‘z ichiga
olgan edi. Lekin uning poytaxti Hindistondan tashqarida edi. Hindiston Mahmud
/aznaviy uchun bo‘ysundirilgan bir viloyatgina edi. Shunday bo‘lsa-da,
Hindistonning shimoliga juda ko‘p musulmonlar - xurosonliklar, turk va afg‘onlar
borib o‘rnashdi. Shimoliy - Sharqiy Hindiston (hozirgi Pokiston) aholisining bir
qismi islom dinini qabul qilib, bora-bora istilochilar bilan aralashib ketdi.
XII asr oxirlarida Hindistonga /azna istilochilari ikkinchi marta hujum qildi. 1175
yilga /azna hokimi Muhammad Guriy Panjobga bostirib kirib, uni egallagach,
sharqqa qarab siljishni davom ettirdi. 90 yillarda u Jamna bilan Gang daryolari
o‘rtasidagi butun yerlarni, so‘ngra esa Bengaliyani bosib oldi, Guriy vafotidan
(1206 yildan) keyin uning noibi Qutbiddin Oybek /aznadan ajralib chiqib,
Hindistonning shimolida (hozirgi Hindiston respublikasining poytaxti Dehlini
markaz qilib) mustaqil davlat tuzdi. Yangi davlat poytaxt shaharning nomi bilan
Dehli sultonligi deb yuritiladigan bo‘ldi.
Hindiston tarixi yer yuzidagi eng qadimiy tarixlardan biridir. Ba'zi
tarixchilarning fikriga ko'ra, Hindiston tarixi qadimgi davrlarda Misr va Shumer
tarixlaridan kam emas. Hind vodiysidagi Xarappa sivilizatsiyasi miloddan avvalgi
2500 yillarda paydo bo'lgan va taxminan ming yil davomida, ya'ni miloddan
avvalgi 1500 yilgacha mavjud bo'lgan. Ushbu sivilizatsiyaning asosiy
14
shaharlarining aksariyati Hind daryosi bo'yida joylashgan. Birinchi keng ko'lamli
tadqiqotlar 1921 yilda boshlangan. Ushbu sivilizatsiya o'z nomini birinchi topilgan
yirik shahar nomidan oldi. Hindiston sivilizatsiyasining ikkinchi eng mashhur va
yirik shahri Moxenjo-Daro (O'liklarning tepasi) edi.Hindistonda Gupta davlati. IV
asrning boshlarida Hindiston bir nеcha o’nlab mayda va yirikroq davlatlardan
iborat bo’lib, bu davlatlar tеpasida kichik-kichik podsholar – rojalar turar edi, ular
hukmron tabaqalarga–brahmanlar tabaqasiga (kohinlarga) va kshatriylar tabaqasiga
(harbiy zodagonlarga) suyanar edi.2 320 yilda Shimoliy Hindistonning shunday
rojalaridan biri Chandragupta I (320-340 yy.)edi. U tеvarak-atrofdagi podsholarni
o’ziga bo’ysundirib, Gang daryosi havzasida katta bir davlat tuzdi, bu davlat Gupta
davlati dеb atalib, VI asrning boshlarigacha yashadi. Chandragupta I, Gupta imperiyaning asoschisi Guptov Hindistonda Magadha kichik knyazlikni otasi
Ghatotkachidan meros qilib olgan Chandragupta I Magadhaning butun qismini,
Bengaliyaning bir qismi va Gang vodiysining o'rta qismini bosib oldi. U
Maxarajadhiraja imperatorlik unvoniga ega bo'ldi. Chandragupta I - Gupta
sulolasidan bo'lgan Hindiston hukmdori. Sulolaning asoschisi Shri Gupta uning
bobosi edi.
Yoshligida Chandraguptaning ulushi Magadha hududi edi. Taxminan 308
yilda u Lichxavi (zamonaviy Nepal) hukmdorining qizi Kamaradeviga uylandi.
Ikki knyazlikning sulolalar ittifoqi natijasida kuchli Gupta davlatining
boshlanishini belgilab berdi. Uning taxtga o'tirgan yili milodiy 320 yil yangi
xronologiyaning boshlang'ich nuqtasi sifatida qabul qilingan. Gupta davri (atigi bir
necha asr davom etgan). O'sha paytdagi tangalarda bir tomonda Lichxavi knyazi,
ikkinchi tomonda Chandragupta va uning rafiqasi tasvirlangan. Chandragupta
hukmronligi to'g'risida juda oz ma'lumot saqlanib qolgan.Ayrim manbalarda uning
davrida qirollik chegaralari janubiy Bihargacha kengaytirganligi haqida xabar
berilgan. Biroq, haqiqiy imperiyani yaratish uning o'g'li Samudragupta nomi bilan
chambarchas bog'liq. Chandragupta umrining oxirida qirollar qiroli(shohlar shohi)
2
Qosimov E., Nuriddinov E., Rasulova N., "Jahon tarixi (qadimgi va o'rta asrlar)". Toshkent. 2013.-B.258-264.
15
unvonini oldi (maharajadhiraja). Uning o'g'li foydasiga taxtdan voz kechgan degan
qarash ham mavjud.
Samudragupta - Gupta sulolasidan chiqqan hind imperatori, Chandragupta I
ning o'g'li va Chandragupta II ning otasi. U deyarli yarim asr 330-yildan 380yilgacha hukmronlik qilgan. U hind tarixiga ideal hukmdorning shaxsiyati sifatida
kirdi. An'ana unga qahramonlik xususiyatlarini berdi ("tanada yuzlab jangovar
jarohatlarning izlari bor edi"). Samudragupta davrida imperiya hududiy
Bengaliyadan Sangamgacha cho'zilgan. Dastlab uning taxtga merosxo'rlik qilish
huquqi ko'plab qarindoshlar tomonidan yaxshi kutib olinmagan.Uning
hukmronligining dastlabki yillari ularga qarshi kurashga bag'ishlangan va bu
kurashda g'alaba qozongan. Shundan so'ng Samudragupta nigohini janubga
qaratadi. Hindiston janubidagi Rojalar unga o'lpon to'lashga majbur bo'ldilar va
ulardan eng qudratlisi, Kanchipuramlar sulolasidan Vishnugopa hukmdori Pallava
deyarli o'z taxtidan ayrildi. Shimoldagi yerlarni qo'shib olish davom etdi.
Samadragupta o'z hukmronligining oxiriga kelib butun Gang vodiysini
boshqargan. Sharqiy Bengaliya, Panjob sharqida, Rajastan va Nepal qabilalari
soliqqa tortilgan.Ollohoboddagi Ashoka ustunidagi yozuv shundan dalolat beradi.
Chandragupta II 380- yil - 415- yillarda Hindiston tarixidagi eng qudratli
hukmdorlardan biri, Samudraguptaning o'g'li va Chandragupta I ning nabirasi.3
Uning qo'l ostida Gupta davlati chegarasi keng hududlarni egallagan. U tarixga
"Jasorat o'g'li" degan ma'noni anglatuvchi "Vikramaditya" laqabi bilan kirgan.
Uning xotirasi uchun Maturada mashhur eritilmagan temir kolonnasi barpo etilgan.
Afsonalarga ko'ra, Chandragupta II taxtga merosiy valiahd bo'lmagan va zaif
birodarining soyasida o'sgan. O'zini o'ldirishni tashkillashtirish orqali u otasidan
Hindistonning shimoliy qismidagi ulkan mol-mulkni meros qilib oldi va
chegaralarini harbiy va tinch yo'llar bilan kengaytirishga kirishdi. Chandragupta II
toj kiygan kun Vikram-Samvat kalendarining boshlanishi edi. Nepalda u hali ham
Yangi yil sifatida nishonlanadi. 20 yil davomida 388- yildan 409-yilgacha
Chandragupta II G'arbiy Kshatraplar yerlarini (hind-skiflarning subkontitendagi
3 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Guptalar_davlati
16
qismi), ya'ni Ujain bilan Saurashtra, Gujarat va Malavini egallab
oladi.Chandragupta II hukmronligi san'at va fanlarning misli ko'rilmagan gullabyashnashi bilan ajralib turardi. Uning Ayodxyadagi saroyida dramaturg Kalidasa
va astronom Varaxamihira o'z davrining bilim va ilm sohasi yulduzlari bo'lib
porlashdi. Pataliputra shahrida buyuk me'moriy ansambllar yaratilgan.
Chandragupta II o'zi hindu bo'lganligi sababli Hindistonning boshqa dinlari jaynizm va buddizmga nisbatan bag'rikenglik ko'rsatgan. U "Vikramaditya" nomli
kumush tanga zarb qilgan, bu hind folklorida donishmand hukmdorning nomiga
aylangan. 405-411 yillarda Hindistonga sayohat qilgan xitoylik rohib Faksian o'lim
jazosini bilmagan Gupta davlatining ichki tuzilishini o'z xotiralarda yaxshi
tasvirlaydi.
1.2. Xarsha davlati.
Xarsha, shuningdek, Xarshavardhana deb nomlangan Harṣa deb yozilgan,
(milodiy 590 yilda tug'ilgan - 647 yilda vafot etgan). Hindistonning shimoliy
qismida milodiy 606 - 647 yillarda katta imperiya hukmdori bo'lgan.4 U hindlar
davrida buddaviy dinni qabul qilgan. Uning hukmronligi antik davrdan o'rta
asrlarga, markazsizlashtirilgan mintaqaviy imperiyalar doimiy ravishda
gegemonlik uchun kurash olib borgan davrga o'tishni anglatar edi.Stxanvishvara
shohi (Panjob sharqidagi Tanesar) Prabhakaravardhananing ikkinchi o'g'li Xarsha
16 yoshida katta akasi Rajyavardhananing o'ldirilishidan va Avalokiteshvara
haykali bilan ruhlantiruvchi "muloqot" dan keyin toj kiygan. Tez orada u
Kamarupa qiroli Bhaskaravarman bilan ittifoq tuzdi va ukasining qotili Gauda
qiroli Shashankaga qarshi urush qildi. Avvaliga u shoh unvoniga ega emas, balki
shunchaki regent vazifasini bajargan, o'z mavqeini ishonchli qilib olgandan so'ng,
u o'zini Kannaujning (Uttar-Pradesh shtatida) suveren hukmdori deb e'lon qildi va
rasmiy ravishda o'z poytaxtini ushbu shaharga o'tkazdi. Shashankani hech qachon
mag'lubiyatga uchratmagan bo'lsa-da, uning katta qo'shini olti yil davomida
tinimsiz urush olib bordi va "beshta Hindiston"hududi - Valabhi, Magadha,
4https://www.britannica.com/biography/Harsha
17
Kashmir, Gujarat va Sind kabi hududlarni bosib olishni biron ketin amalga
oshirgan. Uning ta'siri Gujaratdan Assamgacha bo'lgan, ammo uning nazorati
ostidagi hudud, ehtimol, Panjob va Rajaston shtatlarining bir qismi bo'lgan
zamonaviy Uttar-Pradesh shtatidan ko'proq bo'lmagan. U Dekanni 620-yili bosib
olishga urinib ko'rdi, lekin Chalukya imperatori Pulakeshin II tomonidan Narbod
daryosiga qaytarilgan. Shimolning katta qismini o'z gegemonligi ostiga olib,
Xarsha aslida markazlashgan imperiya qurishga harakat qilmagan, ammo an'anaviy
odatga ko'ra hukmronlik qilgan, zabt etilgan shohlarni taxtlarida qoldirib, o'zlarini
hurmat va ehtirom bilan qondirgan.
Xarsha asosan Banay asarlari orqali tanilgan, uning Xarakaritasida
("Xarshaning ishlari") Xarshaning dastlabki faoliyati va qirolning shaxsiy do'stiga
aylangan xitoylik ziyoratchi Xuanzang haqida yozilgan va Xarsha bilan aloqalari
haqida ham to'xtalib o'tgan.5 U namunali hukmdor sifatida tasvirlangan - xayrixoh,
baquvvat, adolatli va o'z imperiyasining boshqaruvi va farovonligida faol bundan
tashqari diniy bag'rikenglik siyosatini yuritgan. 641 yilda u Xitoy imperatoriga
elchi yuborib, Hindiston va Xitoy o'rtasida birinchi diplomatik aloqalarni o'rnatdi.
U butun imperiya bo'ylab sayohatchilar, kambag'allar va kasallar manfaati uchun
xayrixoh muassasalarni qurish ishlaring tashkil etdi. U Gang (Ganga) va Yamuna
(Jamna) daryolarining Olloxobodga tutashgan joyida besh yillik yig'ilishlarni
o'tkazgan va u yerda o'tgan to'rt yil davomida to'plagan xazinalarini aholiga
tarqatgan. Ilm-fan odamlarining homiysi bo'lgan Xarsha xronikachi Bana va lirik
shoir Mayuraga homiylik qilgan. O'zi shoir bo'lgan Xarsha sanskrit tilida uchta
asar yaratgan: Nagānanda, Ratnāvalī va Priyadarśikā kabi asarlarni yaratgan.
Harsha nomi bilan mashhur bo'lgan imperator Xarshavardhana milodiy 590- yildan
647- yilgacha yashagan va qadimgi Hindistonda islom istilosidan oldingi so'nggi
buyuk imperiya bo'lgan Vardhana imperiyasining so'nggi hukmdori bo'lgan.
Harshavardhana vafotidan so'ng, Vardhana yoki Pushyabhuti sulolasi tugadi va
imperiyasi tarqatib yuborildi.Hind daryosi ortidagi Hindiston, ulkan mamlakatni
bosib olishni va shimolda Himolaydan janubda Dekanga, g'arbda Kandhar
5
https://www.britannica.com/biography/Harsha
18
tog'laridan, sharqda Assamgacha hukmronlik qilishni orzu qilgan ko'plab
hukmdorlarni ko'rgan, ammo juda oz tarixni o'z xohishlariga ko'ra bo'ysundira
oldilar. Xarshavardhana ana shunday hukmdorlardan biri edi. Uning imperiyasi
buyuk Mauryannikidek katta bo'lmasligi mumkin, ammo u alohida ta'kidlashga
loyiqdir. Miloddan avvalgi VI asrning o'rtalarida buyuk Gupta imperiyasi
qulaganidan so'ng, uning ostida Hindiston o'zining oltin davrini ko'rgan, aynan
Xarshavardhana Shimoliy Hindistonning katta qismini birlashtirgan va uning
poytaxti Kanyakubjadan qirq yil davomida hukmronlik qilgan.Pulakeshin II 618–
619 yil qishda Narbod sohilida Xarshani mag'lub etdi. Pulakeshin Xarsha bilan
shartnoma tuzdi Narbod daryosi Chalukya imperiyasi va Xarshavardhana chegarasi
sifatida belgilangan.Syuanzang voqeani shunday tasvirlaydi:
"Shiladityaraja ya'ni Xarsha o'ziga ishonch bilan to'lgan holda, bu shahzoda ya'ni
Pulakeshin bilan kurashish uchun o'z qo'shinlari boshida yurdi; lekin u unga ustun
kela olmadi yoki bo'ysundira olmadi".
648 yilda, Tang sulolasi imperator Tang Taizong yuborildi Vang Xuance
imperator Xarshaning Xitoyga elchi yuborganiga javoban Hindistonga. Ammo bir
marta Hindistonda u Xarsha vafot etganini va yangi shoh Aluonashunni go'yo
vafot etganini aniqladi Arunasva Vang va uning 30 ta bo'ysunuvchilariga hujum
qildi.Bu Vang Syuansning Tibetga qochishiga olib keldi, shuningdek, xabar
qilingan buddistlarning Xitoy uchun yodgorligi. U bilan Hindistonga qarshi jang
qildi Tibet va Lichchavi Kuch, urush paytida, asrlar o'tib yozilgan apokrifik
hikoya, Van Syuansning hujumi paytida yangi podshoh asirlarda bo'lgan deb da'vo
qilmoqda.
Milodiy 620 yilda Xarshavardhana Dekan shahrida Chalukya shohligiga
bostirib kirdi, keyinchalik uni Pulakesin II boshqargan. Ammo Chalukya
qarshiligi Xarshavardhana uchun qiyin bo'lgan va u mag'lub bo'lgan.
Xarshavardhana o'zining diniy bag'rikengligi va diplomatik aloqalari bilan
mashhur. U Xitoy bilan diplomatik aloqalarni olib bordi va o'z elchilarini yubordi,
ular Xitoy hukmdorlarni bilan fikrlarini almashdilar va bir-birlari haqidagi
bilimlarini rivojlantirdilar.Uning davrida Hindistonga tashrif buyurgan xitoylik
19
sayyoh Xiuen Tsang Xarsha hukmronligi davrida ijtimoiy, iqtisodiy va diniy
sharoitlarni yorqin tavsiflab berdi. Xarshaning o'limi yana bir bor Hindistonni
hech qanday markaziy kuchsiz qoldirdi.6 Chalukyalar Hindistonda 6- va 8-asrlar
oralig'ida buyuk kuch bo'lganlar, bu sulolaning birinchi buyuk hukmdori
Milodning 540 yilida taxtga o'tirgan va ko'plab ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritgan,
qudratli imperiyani tashkil etgan Pulakesin I bo‘lgan. Uning o'g'illari Kirtivarman
va Mangalesa qo'shni hududlarga qarshi ko'plab muvaffaqiyatli urushlar olib
borish orqali qirollikni yanada kengaytirdilar. Kirtivarmanning o'g'li Pulakesin II
Chalukya sulolasining eng buyuk hukmdorlaridan biri bo'lgan.7 U deyarli 34 yil
hukmronlik qildi. Ushbu uzoq hukmronlikda u o'z hokimiyatini Maharashtrada o'z
hokimiyatini mustahkamladi va Dekanning katta qismlarini egalladi. Uning eng
katta yutug'i Xarshavardhanaga qarshi mudofaa urushidagi g'alabasi edi.
Xarsha davlati borasida shuni aytishim mumkinki, milodiy 606-647-yillarda
mavjud bo'lgan, ya'ni oz muddat dunyo siyosiy kartasida iz qoldirgan bo'lsa ham
o'z davri uchun qudratli davlat sifatida namoyon bo'ldi. Bu davlat uzoq yillar
davomida yashashi mumkin edi, uzoq yashamaganining asosiy sababi merosxo'r
yo'qligi va natijada hokimiyat vazir qo'liga o'tib ketganligini ko'rishimiz mumkin.
1.3. Ilk o'rta asrlarda Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
Ilk o'rta asrlarda Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar haqida gap
ketganda uning naqadar xilma-xilligini ko'rishimiz mumkin. Gupta davrida
Hindistonning ijtimoiy tuzumi asosan hali quldorlik xaraktеrini saqlab qolgan edi.
Qullar turli irrigatsiya va qurilish ishlarida, qishloq xo’jaligida hamda ko’pdanko’p xizmatkor sifatida uy-ro’zg’or ishlarida kеng foydalanilar edi. Qullar bozori
kеng yo’lga qo’yilganicha davom etmoqda edi.8Qullar Osiyodangina emas, hattoki
Afrikadan ham kеltirilar edi. Hind jamiyatida quldorlikka xos alomatlarning
7
8
https://www.britannica.com/biography/Harsha
Qosimov E., Nuriddinov E., Rasulova N., "Jahon tarixi (qadimgi va o'rta asrlar)". Toshkent. 2013.-B.260-264.
20
mavjudligi aholining kastalarga (tabaqalarga) qarab bo’linishida ham namoyon
bo’lgan edi, bu bo’linish Gupta davrida ham saqlanib, yanada rivojlanmoqda edi.
Qadimiy kastalarning to’rtta asosiy turi – brahmanlar (kohinlar), kshatriylar
(jangchilar), vayshiylar (dеhqonlar, hunarmandlar, savdogarlar) va shudralar (sobiq
qullarning va har toifadagi qaram kishilarning eng past tabaqasi bo’lib, bular «kishi
xazar qiladigan» ishlarni bajaruvchi kishilar edi) – hali juda qadim zamonlarda
tarkib topgan hind jamiyati sotsial tarkibi turli bosqichlarini ifoda etadi.
Brahmanlar va kshatriylar kohin va harbiy tabaqalarga aylanib kеtdilar, davlat
hokimiyati ularning qo’lida edi, shu bilan birga ular juda ko’p qullari bo’lgan eng
yirik yеr egalari edilar. Ikkinchi bir o’rtacha va past darajadagi kastalar vaqt o’tishi
bilan maydalashib bordilar. Gupta davrida kastalarning miqdori bir nеcha o’n
turdan oshdi. Jamiyatniig shudraga oid eng tuban kastasi ―xazarli kishilar dеb
atalar edi, chunki ular oliy kasta vakillariga yaqinlashsa, bu oliy zotlarni go’yo
qaram qiladi dеb hisoblanardi.Eng past kastalarning haq-huquqsizligi, xo’rlanishi
quldorlik tuzumining mafkurasini eng yorqin ifodasi edi, quldorlik tuzumi davrida
kishilar bir tomondan, to’la huquqli, erkin quldor – hukmdorlarga, ikkinchi
tomondan butunlay haq- huquqsiz, xo’rlangan, qullarga yoki shularga o’xshab
kеtadigan kishilarga bo’lingan edi.
Ammo Hindistondagi quldorlik tuzumining yana bir xaraktеrli xususiyati
shu ediki, rivojlangan quldorchilik va zo’rligining quldorlik tuzumi bilan bir
qatorda g’oyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan jamoa dеhqonchiligi ham
doim mavjud, bo’lib, yashab kеlmoqda edi.9 Qishloq jamoasi quldorlik tuzumi
davrida ham, kеyinchalik borib fеodalizm davrida ham hind jamiyatining quyi
sotsial-iqtisodiy yachеykasi bo’lib xizmat qildi, bu jamiyat shu yachеyka ustiga
qurilgan edi. Har bir qishloqning tеpasida oqsoqol va yana bir nеcha mansabdor
kishi turar edi. Qishloq jamoasi bir nеcha o’n yoki bir nеcha yuz oiladan iborat
bo’lib,hunarmandchilikning qishloq xo’jaligi bilan qo’shilishiga asoslangan
boshlang’ich ishlab chiqarish yachеykasini tashkil qilar edi. Bu oila jamoalari
xonaki sanoatga asoslangan bo’lib, unda qo’lda to’qish, qo’lda yigirish, qo’l kuchi
9
Qosimov E., Nuriddinov E., Rasulova N., "Jahon tarixi (qadimgi va o'rta asrlar)". Toshkent. 2013. - B. 260-264.
21
bilan yеr ishlash usuli alohida bir tarzda bir-biriga qo’shilib kеtgan edi, – bunday
qo’shilish bu jamoalarning har qaysisini o’ziga mustaqil bir tusga kiritib qo’ygan
edi.
Gupta podsholarining iqtisodiy qudrati birinchi navbatda xuddi ana shu
bеhisob dеhqon jamoalari ustidan zo’rlik qilishga asoslangan edi. Biroq Gupta
davri quldorlik tuzumining tushkunlikka yuz tuta boshlaganligi bilan tavsiflanadi.
Quldorlik tuzumi zamirida fеodal tuzum bеlgilari tashkil topayotgan edi. G’arbiy
Yevropa va Arab xalifaligi mamlakatlarida ko’rganimizdеk, fеodal jamiyatining
nеgizi bo’lgan juda ko’p sonli jamoa dеhqonchiligining mavjudligi hind jamiyatiga
quldorlik tuzumidan fеodal tuzumiga o’tishni yеngillashtirdi. Gupta davrida
qulchilik tugatilib, fеodalizm qurila boshlaganligini bir qancha faktlardan ko’rish
mumkin. Qullarga tеz-tеz erkin qo’yib yuboriladigan va muayyan xizmatlarni
o’tash sharti bilan ularga uncha katta bo’lmagan yerlar ajratib bеriladigan bo’ldi.
Podshoh xo’jaligidagi yerlarning hammasida ham qullar ishlamas edi, bu
yerlarning talay qismi hosilning bir qismini podshoh xo’jaligiga topshirish sharti
bilan ijaraga bеrilar edi. Mayda ijarachilikka o’tilishiga sabab, manbalarning
ko’rsatishicha, qullarning yеtishmasligi edi.
Shu bilan bir vaqtda qishloq, jamoasining o’z ichida muhim jarayonlar yuz
bеrmoqda edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va ishlab chiqarish
qurollarining takomillashishi natijasida kichikroq oilaning kuchi bilan ham xo’jalik
yuritish mumkin bo’lib qoldi. Katta oilalar mayda-mayda oilalarga bo’linib kеtdi
katta oilaga qarashli chеk yerlar ham parchalanib kеtdi. Bunda to’ng’ich o’g’ilga
ukalariga qaraganda yеr ko’proq ajratib bеrilar edi. Oddiy jamoachilarning bir
qismi xonavayron bo’lib, jamoaning ancha mulkdor a'zolariga qaram xoliga tushib
qolar edi. Jamoa ichida zo’rlik qiluvchi qatlam bunyodga kеlar edi, bularning juda
ko’p mol-hayvonlari va mеhnat qurollari bo’lib, xonavayron bo’lgan jamoachilarga
zo’rlik qilar edilar. Bularning hammasi oqibat-natijada fеodal qaramlik
munosabatlarining o’rnatilishiga olib kеlar edi. VI-VII asrlarda Hindistonda fеodal
munosabatlar yanada rivojlandi.
22
Fеodallashuv jarayonining tеzlashuvida Shimoliy Hindistonning siyosiy
jihatdan parchalanib kеtishi katta rol o’ynadi. O’nlab mayda knyazliklar vujudga
kеldi, bu knyazliklarning knyazlari yirik yеr egalari edi, ular qishloq jamoalarini
o’zlariga bo'ysundirib oldilar. Buyuk knyazlar — maxarajalar va vassal knyazlar,
ularga qaram knyazlar - rojalar bo’lar edi. Unisida ham, bunisida ham ularga
qaram profеssional jangchilar bo’lib, ularga harbiy xizmat o'taganliklari uchun
yerlar in'om qilinar edi. Jamna bilan Gang daryolari o’rtasida bu xildagi hind
ritsarlari ayniqsa ko’p edi, shimoldan hujum qilib bostirib kirish xavfi bu yerda
ancha kuchli edi, bu yerlarda vujudga kеlgan juda ko’p sonli ritsarlar tabaqasini
rajputlar (aynan tarjimasi «shoh farzandlari») dеgan nom oldilar. Borib-borib
rajputlar qadimiy harbiy tabaqa bo’lgan kshatriylar bilan aralashib kеtdi.Fеodal yеr
egaligining rivojlanishida hind ibodatxonalari ancha katta rol o’nadi. Hind
kohinlari juda katta yerlarga ega edilar, ularning qo’llab-quvvatlashiga muxtoj
bo’lgan knyazlar juda ko’plab yеr ulashib bеrganligi uchun bu yerlar kеyingi yuz
yilliklarda yanada ko’payib bordi. Ba'zi ibodatxonalarnnng 1000, hatto 1500
qishlog’i bo’lar edi. Jamoachi dеhqonlar hosilning katta qismini ibodatxonalarga
to’lar edilar va ibodatxona ularni sud qilish huquqiga ega edi.
23
II BOB. ILK O'RTA ASRLARDA HINDISTONDAGI DAVLATLARNING
ICHKI VA TASHQI SIYOSATI.
2.1 Hindistondagi davlatlarning chet elliklarga qarshi kurashi.
Gupta podsholigiga uzil-kеsil zarba bеrgan eng asosiy xavfli kuch bu
ko’chmanchi eftalitlar, ya'ni oq xunnlarning bostirib kirishi bo’ldi, ular V asrning
oxiri – VI asrning boshlarida Shimoliy chеgarani kesib o’tib, Shimoliy
Hindistonning ko’pgina shahar va qishloqlarini nihoyatda vayron va xarob qilib
tashladi. 530- yilda oq xunnlar podsho Guptaning vassali roja Yasodxarma
tomonidan tor-mor qilindi.Uzoq vaqtgacha Hindiston chеt el bosqinchilariga
qarshilik ko’rsata olmaydigan tarqoq bir mamlakat bo’lib kеldi. Kanauj shahri hali
VIII-X asrlarda ham Shimoliy Hindistonning poytaxtlik ahamiyatini saqlab qolgan
edi, ammo uning maxarajlari mana shu yuz yilliklar davomida Hindistonga doimiy
ravishda hujum qilib kеlayotgan tashqi dushmanlarning shimolda yashovchi turli
xildagi qabilalarning bosqinini qaytarish o’rniga, ko’proq Hindistonning ichidagi
o’z raqobatchilariga qarshi kurash olib borish bilan ovora bo’ldilar.
Hindistonga arab va turklarning kirib kеlishi. Dеhli sultonliginiig tuzilishi.
VII asrning oxirida Eron va Afg’onistonni bosib olganlaridan kеyin Arablar
Hindistonga bеvosita qo’shni bo’lib qoldi. Bundan tashqari, Hindistonga Arablar
dеngiz bilan, ya'ni Fors qo'ltig’i bilan borib Hind okеanidan ham hujum qila olar
edi. 712 yilda Ummaviylarning sarkardalaridan biri Muhammad ibn Qosim,
Basradan suzib borib, Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi. Lеkin oradan bir
nеcha o’n yil o’tgach, Arablar Hindistondan butunlay siqib chiqarildi. Islom
dinining targ’ib qilinishiga hindlar dushmanlik nazari bilan qaradi, chunki islom
dinini ular chеt ellik bosqinchi va talonchilar dini dеb hisobladi. Arablar hujumi
faqat XI asrning ikkinchi yarmidagina qaytadan boshlandi, bu safargi hujum
ilgarigi hujumdan qattiq bo’ldi. Bu hujum uchun eng asosiy zamin tug’dirib bеrgan
24
narsa shu bo’ldiki, kuchli va urushqoq, turk-eron davlati –G’aznaviylar davlati
vujudga kеlgan edi (bu davlatning nomi poytaxt bo’lmish G’azna shahrining
nomidan olingan edi). Sulton Maxmud G’aznaviy (998-1030) sharqiy Eron va
Afg’oniston yerlarini, 1017 yildan e'tiboran esa Amudaryoning narigi tomonidagi
yerlarni, ya'ni Buxoroni ham o’z qo’l ostiga kiritib oldi.Podsholik davri mobaynida
u, shimoliy Hindistonga 17 marta yurish qildi. Hindiston shaharlari G’aznaviylar
tomonidan nihoyat darajada qattiq talandi. Maxmud G’aznaviy bu yurishlardan
shimolga o’n minglab erkak va ayollarni asir qilib haydab kеtdi mamlakatni,
ayniqsa hind ibodatxonalarini talab, karvon-karvon oltin, kumush va qimmatbaho
toshlar olib kеtdi. G’azna shahri muhtasham binolar bilan bеzaldi, bu binolarning
ko’pini Hindiston ustalari solgan edi. 1030 yilda Maxmud G’aznaviy o’lgan vaqtda
uning impеriyasi Amudaryo qirg’oqlaridan tortib to Gang daryosigacha borgan,
butun Hind daryosi havzasini ham o’z ichiga olgan edi. Lеkin uning poytaxti
Hindistondan tashqarida edi. Hindiston Maxmud G’aznaviy uchun bo’ysundirilgan
bir viloyatgina edi. Shunday bo’lsada, Hindistonning shimoliga juda ko’p
xurosonliklar, turk va afg’onlar borib o’rnashdi.
Shimoli-Sharqiy Hindiston (hozirgi Pokiston) aholisining bir qismi Islom
dinini qabul qilib, bora-bora istilochilar bilan aralashib kеtdi.XII asr oxirlarida
Hindistonga G’azna istilochilari ikkinchi marta hujum qildi. 1175 yilda G’aznahokimi Muhammad G'uriy Panjobga bostirib kirib, uni egallagach, sharqqa qarab
siljishni davom ettirdi.XI asrning 90 - yillarda u Jamna bilan Gang daryolari
o’rtasidagi butun yerlarni, so’ngra esa Bеngaliyani bosib oldi, G'uriy vafotidan
(1206 yildan) kеyin uning noibi Qutbiddin Oyboq G’aznadan ajralib chiqib,
Hindistonning shimolida (hozirgi Hindiston rеspublikasining poytaxti Dеhlini
markaz qilib) mustaqil davlat tuzdi.
Yangi davlat poytaxt shaharning nomi bilan Dеhli sultonligi dеb yuritiladigan
bo’ldi.Umumiy nom bilan aytadigan bo'lsak, Hindistondagi davlatlarning asosiy
dushmanlari g'arbdan arablar, turklar va afg'onlar bo'lsa, shimol tomondan esa
Xitoydagi davlatlar edi. Shu joyda nima uchun aynan Hindistonga Aleksandr
Makedonskiy,Mahmud G'aznaviy, Amir Temur, Bobur va keyingi yillarda Buyuk
25
Britaniya imperiyasi shu davlatga yurishlar qilib o'z vassal davlatiga yoki shu
yerda davlat tuzishgan, nima uchun aynan Hindistonga bu savol men uchun qiziq.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, Sharq mamlakatlarining Evropa mamlakatlaridan
farqli o'laroq qadimgi dunyo davridan o'rta asrlarga o'tishining aniq chegarasini
belgilash deyarli mumkin emas. Sharq mamlakatlarida Evropadagi kabi ulkan
o'zgarishlar bo'lmagan. Ushbu mamlakatlarning rivojlanishi, avvalgi asrlarda
bo'lgani kabi, ularning an'anaviy doirasida shakllandi.
Sovet indologlarining aksariyati VII-XVIII asrlarni Hindistonda feodal tuzum
hukmronlik qilgan vaqt deb hisoblashadi. Ammo bu haqiqat ko'plab olimlar
tomonidan bahsga sabab bo'lmoqda, chunki O'rta asrlarda Hindistonning ijtimoiyiqtisodiy tizimi dastlab feodalizm deb atalgan Evropa o'rta asr tizimidan farq
qiladi. Ba'zi tarixchilar Sharq mamlakatlarida "O'rta asrlarda" uning klassik,
marksistik tushunchasida feodalizm bo'lmaganligi, qadimiylik bo'lmaganligini
ta'kidlashadi. Sharq tsivilizatsiyasining rivojlanishi davriyligi bilan ajralib turadi:
bu erda farovonlik davrlari pasayish davrlari bilan birlashtirilgan.
Hindistonning o'rta asr siyosiy tuzilishi mamlakatning shimolida ham, janubida
ham hokimiyatning doimiy beqarorligi bilan ajralib turadi. O'rta asrlarda paydo
bo'lgan sulolalar va davlatlar qisqa muddatli va hatto zaif edi.
O'rta asr Hindiston siyosiy jihatdan parchalangan edi. Parchalanish cheksiz o'zaro
urushlar, yirik davlatlarning vaqtincha paydo bo'lishi bilan birga bo'ldi.
O'rta asrlarda Hindistonning davlat taraqqiyoti bir necha davrlarga bo'linadi:
I. Rajput (islomgacha) davri (VII - XII asrlar)
II. Dehli Sultonligi - (XIII - XVI asr boshlari)
III. XVI - Buyuk Mug'allarning davlati - o'rtalarida. XVII asrlar
Rajput davrini ta'riflash juda qiyin, chunki davlatlar kelgan va ketgan. Ularning har
birining siyosiy rivojlanish chegaralari qisqa edi.
Ushbu davrdagi Hindistonning siyosiy tarixi Dravidian Janubi va Aryan Shimoliga
an'anaviy bo'linishni saqlab qolish bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, madaniy
sohadagi va ular o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari sezilarli
darajada farq qilar edi. Shuningdek, bu davr yarimorolning har ikkala qismida
siyosiy sohada doimiy beqarorlik bilan ajralib turadi. Davlatlarning ichki zaifligi
va ular orasidagi kuch muvozanati tufayli tez ko'tarilish va pasayish, tashqi
urushlar va ichki ziddiyatlar tufayli vayron bo'lish; markazsizlashtirishning uzoq
26
davrlari va markazlashtirishning qisqa davrlarining o'zgarishi va nisbiy barqarorlik
Govorov Yu. L. O'rta asrlarda Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi. - Kemerovo:
Kemerovo davlat universiteti, 1998 yil.
Hindistonning oltin asri sifatida qabul qilingan Guptalar davri (eramizning IV-VI
asrlari) VII-XII asrlarda almashtirildi. feodal tarqoqligi davri.
O'rta Osiyodan kelgan xun-eftalitlar zabt etuvchilarining qabilalari mamlakatning
shimoliy-g'arbiy qismida joylashdilar va ular bilan paydo bo'lgan gujaratlar
Panjob, Sind, Rajputan va Malvada joylashdilar. Eftalitlar va gurjarlarning
mahalliy aholi bilan birlashishi natijasida VIII asrda Rajputlarning (Rajax
farzandlari) ixcham etnik jamoasi vujudga keldi. Rajputanadan Gang vodiysi va
Markaziy Hindistonning boy hududlariga kengayishdan boshlandi. Eng mashhuri
Malvada davlat tuzgan Gurjara-Pratikxara klani edi. Bu erda rivojlangan ierarxiya
va vassal psixologiya bilan feodal munosabatlarning eng yorqin turi
shakllandi. Dunyo tarix G.B.Polyaka, A.N.Markova. - M.: Madaniyat va sport,
UNITI, 1997. - 496 p. . .
Bu davrda Hindistonda turlicha sulolalar bayrog'i ostida o'zaro kurash olib
boradigan barqaror siyosiy markazlar tizimi rivojlanib bordi.
Birinchi kuchli davlat Gurjara-Pratixara sulolasi edi. U 8-asrning boshlarida g'arbiy
Rajastondagi kichik knyazlik sifatida paydo bo'ldi, ammo keyinchalik butun
Shimoliy Hindistonni qamrab oldi. Sharqda Gurjara-Pratixarov kuchli raqib Palov shtatiga ega edi (750). Janubda bu davlatlar uchun raqiblar Rashtrakutlar edi.
X asrda. mamlakatning etakchi kuchlari tanazzulga yuz tutdi. Rashtrakutlar
sulolasining o'rnini Chalukyanlar sulolasi (Dakan davlati) egalladi. Palov davlati,
10-asrning o'rtalaridan kuchsizlanib, endi Shimoliy Hindiston uchun siyosiy
kurashga aralashmadi. Va Gurjara-Pratixarov davlati rasmiy ustunlikni saqlab
qoldi va knyazliklarga bo'linib ketdi.
Hindistonning janubi o'z rivojlanishida Shimoldan orqada qoldi. Bu janubda
ko'plab qabilalar bo'lganligi bilan bog'liq, ammo bu erda ham mustaqil davlatlar knyazliklar paydo bo'lgan. Masalan, III-IV asrlarda. palaviyalar davlati vujudga
keldi va 7-asrda. Maxarashtraning janubiy qismida - Chalukyan knyazligi, IXda bir muncha vaqt butun Janubiy Hindistonni nazorat qilib turgan Cholov knyazligi.
Hindistonning janubiy shtatlari kattaroq, barqarorroq bo'lib, bu hind Hindistoni va
uning madaniyati rivojiga katta hissa qo'shdi. Ushbu davlatlar milliy Hindistonning
"embrional" davlatlari. Mini-imperiyalar yaratishga urinishlar bo'lgan, ammo
intradinastik urushlar milliy konsolidatsiya tendentsiyasini buzgan.
27
Ushbu davrda mamlakatning siyosiy tarqoqligi Hindiston uchun ayanchli bo'lgan.
XI Shimoliy Hindiston beri qo'shinlar tomonidan muntazam ravishda reyd
qilingan Mahmud G'aznaviy(998-1030), O'rta Osiyo zamonaviy davlatlari, Eron,
Afg'oniston, shuningdek Panjob va Sindh hududlarini o'z ichiga olgan ulkan
imperiya hukmdori. XIV asrning boshlariga kelib. Janubiy Hindiston Dehli
Sultonligining oson o'ljasiga aylanmoqda, bu vaqtga kelib u o'zining ulug'vorligiga
erishdi.
Rajput davri davlatlari juda sodda tarzda tartibga solingan: sud minimal darajaga
tushirilgan, davlatning asosiy instituti vassallar otryadlaridan iborat armiya edi.
Yollanma qo'shin noma'lum edi. Qo'shinlarning asosiy turi piyoda askarlar edi,
otliqlar armiyaning ahamiyatsiz qismini tashkil etdi. Fillar avvalgidek ishlatilgan.
Rajput davridagi Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi feodal mulklarining
o'sishi bilan ajralib turardi. Hukmdorlar bilan bir qatorda hind ibodatxonalari va
monastirlari ham boy bo'lgan. Agar dastlab feodallar faqat ishlov berilmagan
erlardan shikoyat qilsalar, u holda VIII asrdan. tobora ko'proq nafaqat erlar, balki
aholisi oluvchi foydasiga natura bojini to'lashga majbur bo'lgan qishloqlar ham
ko'chiriladi. Biroq, bu vaqtda hind jamoati hali ham nisbatan mustaqil bo'lib, katta
hajm va o'zini o'zi boshqarish imkoniyatiga ega edi. To'liq huquqli kommuna a'zosi
o'z maydonini meros qilib oldi, ammo kommunal ma'muriyat er bilan savdo
operatsiyalarini nazorat qildi.
6-asrdan keyin to'xtagan shahar hayoti faqat Rajput davrining oxiriga kelib jonlana
boshladi. Eski port markazlari tezroq rivojlandi. Feodallar qasrlari yonida yangi
shaharlar vujudga keldi, u erda hunarmandlar joylashdilar, ular sud va yer
egasining qo'shinlari ehtiyojlarini qondirishdi. Shahar hayotining rivojlanishiga
shaharlar o'rtasidagi almashinuvning kuchayishi va kast tomonidan hunarmandlar
guruhlarining paydo bo'lishi yordam berdi. Xuddi G'arbiy Evropada bo'lgani kabi,
Hindiston shahrida ham hunarmandchilik va savdo rivoji fuqarolarning feodallarga
qarshi kurashi bilan birga olib borildi, ular hunarmandlar va savdogarlarga yangi
soliqlar kiritdilar. Bundan tashqari, hunarmandlar va savdogarlar tegishli bo'lgan
kastlarning mavqei qanchalik past bo'lsa, soliq shunchalik yuqori bo'lgan.
2.2. Ilk o'rta asrlarda Hindiston madaniyati.
Biz ellinlar, varvarlardan olgan hamma narsani o'zimizniki qilib olamiz va
uni kamolot cho'qqisiga olib chiqamiz10. Ilk o'rta asrlarda Hindiston madaniyati
juda boy o'tmishga egadir.
10
Hindiston madaniyati va tarixi yer yuzidagi eng
Sulaymonova. F." Sharq va G'arb". T. 1997.-B.9.
28
qadimiy tarixlardan biridir. Ba'zi tarixchilarning fikriga ko'ra, Hindiston tarixi
qadimgi davrlarda Misr va Shumer tarixlaridan kam emas. Hind vodiysidagi
Xarappa sivilizatsiyasi miloddan avvalgi 2500 yillarda paydo bo'lgan va taxminan
ming yil davomida, ya'ni miloddan avvalgi 1500 yilgacha mavjud bo'lgan. Ushbu
sivilizatsiyaning asosiy shaharlarining aksariyati Hind daryosi bo'yida joylashgan.
Birinchi keng ko'lamli tadqiqotlar 1921 yilda boshlangan. Ushbu sivilizatsiya o'z
nomini birinchi topilgan yirik shahar nomidan oldi. Hindiston sivilizatsiyasining
ikkinchi eng mashhur va yirik shahri Moxenjo-Daro (O'liklarning tepasi) edi.
Gupta davlati davridagi madaniyat avvalo, klassik monumеntal arxitеkturaning
rivojlanishi bilan tavsiflanadi, bu davrda juda ko’p ibodatxona va saroylar qurilgan
edi. Gupta davrida qurilgan binolarning ko’pi kеyinchalik xorijiy istilochilarning
Hindistonga qilgan hujumlari natijasida vayron qilib tashlangan edi. Lеkin harholda o’sha davrdan saqlanib qolgan ba'zi bir binolarga qarab ularning juda
mohirlik bilan qurilganligi to’g’risida tasavvur hosil qilish mumkin. Masalan,
bahaybat yaxlit toshlarning ichini g’or qilib o’yib ishlangan Ellara va Ajanta
ibodatxonalari o’shanday qurilishlar jumlasidandir. Ibodatxonalar ichida qadimiy
hind va budda afsonalaridan olib ishlangan haykallar bеnihoya ko’p bo’lib, bularda
kishilarning shakllari ifoda etilgan. Bu shakllar o’zining go’zalligi va ulug’vorligi
bilan kishini hayratda qoldiradi. Ibodatxona dеvorlari xilma-xil suratlar bilan
bеzatilgan. Gupta davridagi rassomlar va ustalar mеtallga pardoz bеrishda yuksak
san'at cho’qqilarini egalladilar. Er. av. IV asrning oxiri va V asrning boshlarida
quyma tеmirdan ishlangan ustun hozirga qadar Dеhlida saqlanib kеlmoqda, u
qariyb bir yarim ming yil davomida ochiqlikda jazirama quyosh va yomg’irlar
ostida qolib kеlishiga qaramay, uni hatto zang ham bosgan emas. Guptalar
imperiyasi davrida hind ilm- fani katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bir qancha hind
munajjimlarining nomi Hindistondagina emas, uning tashqarisida ham mashhur
edi. Bular orasida V-VI asrlarda yashagan, yunon ilm-fani va astronomiyasi bilan
tanish bo’lgan Aryabxata, Varahamixira va Braxmagupta ayniqsa ajralib turadi.
Hindistonda bu davrda tibbiyot, ayniqsa o’t-giyohlar bilan davolash juda rivoj
topgan edi.Adabiyot, poeziya va drama sohasida Gupta imperiyasi davri o’zidan
29
kеyingi ko’pgina avlodlar uchun taqlid bo’lib xizmat qiladigan juda yuksak
namunalarini qoldirdi. IV asr oxiri va V asrning birinchi yarmida o’tgan hind
shoiri Kalidasaning asarlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kalidasa
qahramonlik mavzularida bir nеchta doston hamda mifologik va tarixiy tеmalarda
ko’p dramalar yozdi. «Alqishlangan Shakuntala» dramasi ayniqsa katta dong
qozondi, bu asarda nihoyatda nazokatli va shu bilan bir vaqtda o’z yo’lida
uchragan juda og’ir mashaqqatli to’siqlarni yеnga olgan jo’shqin jasoratli oddiy
hind ayolining ajoyib obrazi bеrilgan. Bu asar G’arbiy Yevropaga 1789 yilda
ma'lum bo’lishi bilanoq qadimiy hind adabiyotiga juda katta qiziqish uyg’otdi.
Kalidasa o’z qahramonlarini qisman klassik kitob tilida –sanskritda, qisman turli
mahalliy laxjalarda gapirtiradi, bu esa o'sha davrdagi Hindiston aholisining etnik
jihatdan xilma-xil bo’lganini ko’rsatadi. Kalidasaning asarlari hozirgi vaqtda
dunyodagi asosiy tillarning hammasiga tarjima qilingan.Guptalar imperiyasi
zamonida hindlarning hukmron dini brahmanizm bo’lib, bu din uchta asosiy
ma'bud – Braxma, Vishnu va Shiva bor, dеb ta'lim bеrish bilan birga, juda ko’p
boshqa ma'budlar ham bor, dеr edi; bu ma'budlar tabiat kuchlarining barcha turlituman shakl va ko’rinishlarining ifodasi edi, odamlar, hayvonlar, o’simliklar, har
xil jonsiz narsalar — sanamlar va hokazolar ilohiylashtirilar edi. Brahmanizmning
dabdabali marosimlari va kuchli kohinlari bo’lib, bu kohinlar nasldan-naslga
o’tadigan alohida bir tabaqa edi. Biroq, brahmanizm bilan bir qatorda uning o’z
ichidan boshqa bir din-buddizm ham paydo bo’lib, ko’p tarafdor orttirdi (bu din
eramizdan oldingi VI asrdayoq paydo bo’lgan edi), bir vaqtlar buddizm eng
qadimgi din bo’lmish brahmanlar dinini hatto yеngayotgandеk ham bo’lib
ko’ringan edi. Gupta podsholarining ko’pi buddizmga homiylik qildi. Biroq,
pirovardida, brahmanizm yеngib chiqdi, lеkin shu bilan birga u yangi tus –
hinduizm tusini oldi. VI va VII asrlarda uzil-kеsil tashkil topgan hinduizm o’zining
ko’pdan-ko’p eski majusiy ma'budalarini batamom saqlab qoldi. Lеkin shu bilan
birga u buddizmdagi diniy falsafaning ba'zi jihatlarni uning yomonlikka qarshilik
qilmaslik, tarki dunyo qilish, kishi o’lgandan kеyin jonning boshqa kishi yoki
boshqa narsaga o’tishiga ishonish va hokazolar to’g’risidagi ta'limotini ham o’ziga
30
singdirib oldi. Buddizm dini Hindiston tashqarisida–Xitoyda, Hindi-Xitoyda,
Indonеziya, shuningdеk, Mo’g’ulistonda, Tibеtda va qisman O’rta Osiyoda
(Turkistonda) kеng tarqaldi.
31
XULOSA
O’zbekiston davlatchiligining bugungi kunda o’ziga xos boshqaruv
sistemasi uzoq mingyilliklar mobaynida shakllanib, turli bosqinchilik yurishlari
natijasida esa sinovdan o’tdi. Bu jarayonlarni ilk ildizlaridan biri bo’lib Turk
xoqonligi va uning bosqinchilik yurishlari va ularning o’lkamiz hayotida
qoldirgan iqtisodiy, madaniy jarayonlar bilan birga olib borgan boshqaruv siyosati
ham ilk boshqaruvning namunalaridan biri hisoblanadi desak xato bo’lmaydi.
Bunda biz o’tmishimiz voqeliklarini o’rganish va unga haqqoniy baho bermoq
uchun, albatta tarixiy xotira kerak bo’ladi. Zero, O’zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti I. A Karimov ta’kidlaganlaridek: “Tarixiy xotira, xalqning, jonajon
o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini bayon etish, milliy
o’zlikni anglash ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida
nihoyat muhim o’rin tutadi”.
Guptalar davrida Hindiston iqtisodiy va madaniy jihatdan juda yuksaldi.
Hozirgi Hindistonda eng kеng tarqalgan hinduizm dinining vujudga kеlishi ham
o’sha davr bilan bog’langandir.Guptalar davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi.
Guptalar davrida Hindistonning ijtimoiy tuzumi asosan hali quldorlik xaraktеrini
saqlab qolgan edi. Qullar turli irrigatsiya va qurilish ishlarida, qishloq xo’jaligida
hamda ko’pdan-ko’p xizmatkor sifatida uy-ro’zg’or ishlarida kеng foydalanilar edi.
Qullar bozori kеng yo’lga qo’yilganicha davom etmoqda edi. Qullar Osiyodangina
emas, hattoki Afrikadan ham kеltirilar edi. Hind jamiyatida quldorlikka xos
alomatlarning mavjudligi aholining kastalarga (tabaqalarga) qarab bo’linishida
ham namoyon bo’lgan edi, bu bo’linish Guptalar davrida ham saqlanib, yanada
rivojlanmoqda edi. Qadimiy kastalarning to’rtta asosiy turi – brahmanlar
(kohinlar), kshatriylar (jangchilar), vayshiylar (dеhqonlar,hunarmandlar,
savdogarlar) va shudralar (sobiq qullarning va har toifadagi qaram kishilarning eng
past tabaqasi bo’lib, bular «kishi xazar qiladigan» ishlarni bajaruvchi kishilar edi)–
hali juda qadim zamonlarda tarkib topgan hind jamiyati sotsial tarkibi turli
bosqichlarini ifoda etadi. Brahmanlar va kshatriylar kohin va harbiy tabaqalarga
aylanib kеtdilar, davlat hokimiyati ularning qo’lida edi, shu bilan birga ular juda
32
ko’p qullari bo’lgan eng yirik yеr egalari edilar. Ikkinchi bir o’rtacha va past
darajadagi kastalar vaqt o’tishi bilan maydalashib bordilar. Guptalar davrida
kastalarning miqdori bir nеcha o’n turdan oshdi. Jamiyatniing shudraga oid eng
tuban kastasi ―xazarli kishilar‖ dеb atalar edi, chunki ular oliy kasta vakillariga
yaqinlashsa, bu oliy zotlarni go’yo qaram qiladi dеb hisoblanardi.Eng past
kastalarning haq-huquqsizligi, xo’rlanishi quldorlik tuzumining mafkurasini eng
yorqin ifodasi edi.
Xarsha vafotidan kеyin uning davlati parchalanib kеtdi. Uzoq vaqtgacha
Hindiston chеt el bosqinchilariga qarshilik ko’rsata olmaydigan tarqoq bir
mamlakat bo’lib kеldi. Kanauj shahri hali VIII-X asrlarda ham Shimoliy
Hindistonning poytaxtlik ahamiyatini saqlab qolgan edi, ammo uning maxarajlari
mana shu yuz yilliklar davomida Hindistonga doimiy ravishda hujum qilib
kеlayotgan tashqi dushmanlarning shimolda yashovchi turli xildagi qabilalarning
bosqinini qaytarish o’rniga, ko’proq Hindistonning ichidagi o’z raqobatchilariga
karshi kurash olib borish bilan ovora bo’ldilar.Hindistonga arab va turklarning
kirib kеlishi. VII asrning oxirida Eron va Afg’onistonni bosib olganlaridan kеyin
arablar Hindistonga bеvosita qo’shni bo’lib qoldi. Bundan tashqari, Hindistonga
arablar dеngiz bilan, ya'ni Fors qo'ltig’i bilan borib Hind okеanidan ham hujum
qila olar edi. 712 yilda Ummaviylarning sarkardalaridan biri Muhammad ibn
Qosim, Basradan suzib borib, Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi.
Mavzuga doir yangi manba va adabiyotlardan foydalanib kurs ishi hajmidagi
ma’lumotlar yoritildi va quyidagilarga alohida e'tibor berildi.
Birinchidan. Ilk o‘rta asrlarda Hindistonda vujudga kelgan davlatlarning
vujudga kelish tarixi tahlil qilindi.
Ikkinchidan. Ilk o‘rta asrlar tarixida muhim o‘rin egallagan Gupta va Xarsha
davlatlarining tashkiliy tuzilishi va davlat boshqaruvi yoritib berildi.
Uchinchidan. Bu davlatlarning vujudga kelishi va tashkil etilishi Hind
davlatchiligi tarixiga qo'shgan hissasi tahlil qilindi.
To’rtinchidan. Ilk o‘rta asrlarda Hidistondagi davlatlarning qo‘shni
mamlakatlar bilan olib borgan munosabatlari xolisona yoritildi.
33
TAVSIYALAR.
Birinchi. Jahondagi eng mashhur va o‘tmishi qiziqarli bo'lgan davlatlar
tarixini yoritish orqali yoshlarni Jahon tarixini o’rganishga qiziqish uyg’otish.
Ikkinchi. Har qanday madaniyat boshqa madaniyatlardan uzilgan holda o‘z
holicha rivojlana olmasligini hind davlatlari misolida
o‘quvchi yoshlarga
yetkazish.
Uchinchi. Har qanday sivilizatsiya ko’pdan-ko’p xalqlar, millatlar, elatlar
faoliyatining va o’zaro samarali ta’sirining mahsuli ekanligini insonlarga
tushuntirish.
34
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI
1.Karimov.I.A."Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q". Sharq nashriyoti. Toshkent. 1998.
2.Синха Н. К. и Банерджи А. Ч. История Индии. М., 1954
3.Abdullayev. U. A. "Jahon tarixi". Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Toshkent. 2017.
4. O'roqov.D. Sharopov.A. "Jahon tarixidan universal qo'llanma". Akademnashr
nashriyoti. Toshkent. 2019.
5.Qosimov.E. Nuriddinov.E. Rasulova. N... "Jahon tarixi (qadimgi va o'rta asrlar)"
- 1-qism". Toshkent. 2013.
6.Семёнов В. Ф., "История средних веков". Москва. - с150-156.
7.Хабаева. Р. В. "История Востока".Том 2 Восток в средние века. Восточная
литература,1995.
8.Рубль.В. А. "История среднекового Востока, Киев, " Лыбидь", 2002.
3. Internet saytlari
1. https://en.m.wikipediya.org
2 https://aim.uz
4.https://arxiv.uz
5.www.fayllar.org
6. https://www.britannica.com
35
Download