1-ma'ruza. Kirish. Tikuvchilik ishlab chiqarishda zamonaviy informatsion texnologiyalarmng o'rni. Reja: 1. Fanning maqsadi va mazmuni. 2.Fanning predmeti, obyekti va metodi. 3.Loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemasini qo’llash sohasi. 4.Tikuvchilik sanoatiga joriy etilgan zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarida ishlash tamoyillari va strukturasi. Adabiyotlar: 1. И.Т. Норенков. Основы теории и проектирования САПР. М. Высшая школа. 1990г. 2. Коблякова Е.Б. и др. Конструирование одежды с элементами САПР/ М.: 1988. 3.Норенков П.А. САПР. Система автоматизированного проектирования. В 9 книгах. 1996 4. Артамошина М.Н. Информационные технологии в швейном производстве: Учеб.для студентов.-М.: Издательский центр «Академия», 2010.-176с. Fanni o’qitishdan maqsad-tikuv buyumlarini avtomatlashtirilgan loyihalashning tizimli asoslari, amaliy masalalarni ko’rib chiqish va avtomatlashtirilgan tarzda kiyim loyihalash texnologiyasi xususiyatlari bilan tanishish. Fanning vazifasi-talabani ushbu fan bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini kurs loyihasi va bitiruv ishlarini bajarish vaqtida qo’llash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish. Korxonada ishlab chiqarish sharoitida qo’llash bo’yicha ko’nikmalar xosil qilishdir. O‘zbekistonning yengil sanoat korxonalariga andaza va andazalar joylashmasini loyihalashni avtomatlashtirish sistemalari (LAS) 1990-yillarda kirib kelgan. Bular shu sohada yetakchi bo‘lgan firmalarning («Gerber» (Amerika), «Lektra» (Fransiya), «Investronika» (Ispaniya) qimmatbaho sistemalari edi. Keyinchalik boshqa ehet el flrmalarining loyihalashni avtomatlashtirish sistemalari qo'llandi. Kompyuter texno- logiyalarini yaxshi o‘zlashtirgan korxonalarda, buning ijobiy taraflari tezda sezildi va ular an'anaviy usulga qaytmasligi ko‘rindi. Kiyim loyihalashni avtomatlashtirishdan maqsad ishning texnik qismini oson va sifatli bajarib, insonga ijodiy qismini qoldirishdan iboratdir. Kiyimlarni loyihalash konstruktorlik hujijatlarini ishlab chiqish bilan tugallanmasligi kerak, chunki avtomatlashtirilgan ishlardan maksimal samara faqatgina muntazam ravishda yondashuv nuqtayi nazaridan erishish mumkin. SAPR tizimlari yengil sanoat tizimidagi korxonalarga XX asrning 80yillaridan boshlab kirib keldi. Buasosanbichuvuskunalari edi. Dunyoning eng qimmat SAPR tizimlari sifatida quyidagilar belgilangan: 1) GERBER (AQSH) 2) LECTRA (Fransiya) 3) Investronika (Ispaniya) Bunday tizimlarni sotib olish, ishlatish ko’pchilik korxonalar uchun qiyinchilik tug’dirgan. 1990-yillardan so’nggina korxonalar uchun ko’plab SAPR tizimlari kirib kela boshladi. Hozirgi kunda yengil sanoat korxonalari uchun (kiyim-kechak, poyabzal) xilma-xil SAPR tizimlari tavsiya etiladi. SAPR-ADEX (AQSH)tizimi asosan oyoq kiyimlarni modellashtirish, yaratish va ishlab chiqishga mo’ljallangan. Bu tizim bazasida 1000 dan ortiq bazaviy (tipaviy) modellar mavjud. Tizim samaradorligi shundaki poyabzal kolotkasida loyihalash uchun 45 minut vaqt ketadi. Gradasiyalash uchun 30 minut ketadi. Korxonalar uchun yangi modellarni loyihalash 27 marta tezlashadi. Shuningdek barcha normative texnik hujjatlar kompyuter vositasida bajariladi. Lectra firmasining dasturiy ta’minotini (oxirgi versiyasini) ishlab chiqish uchun 10000000 $ ajratilgan. Gemini (Ruminiya) bu dasturiy ta’minot 5500 $ turadi. LAS grafik ta'minotinining matematik asosini grafik ahborotlarni aks ettiruvchi modellar va algoritmlar tashkil etadi. Bu algoritm va modellar turli grafik qurilmalar bilan ishlashga mo'ljallangan bo'lib, ma'lum darajada LAS loyiha ob'ektlari specifikasiga bog’langan. LASda grafik ahborotlarni aks ettiruvchi asosiy uskunalar bu grafik displeylar va grafopostroitellar bo'lib, tasvirni vektorli va rastrli usulda tekislikda XY koordinata o'qlarida joylashtiradi. Tasvirni murakkabligiga qarab tekislikda ifodalashning turli usullari mavjud. Grafik tasvirlarni ifodalash va taqdim etish 4ta murakkablik darajasiga ajratiladi: 1) Rangli va televizion tasvirlar eng murakkab bo'lib, 3 rang tusli matrica ko'rinishida (qizil, ko'k, yashil), har bir elementning alohida “bit”i (ma'lumotning o'lchov birligi) uchun turli ranglar ajratiladi. 2) Qora-oq, ikki bosqichli tasvirlar bo'lib, har bir rastr elementi uchun bitta bit ajratiladi (“I”-g’ora, “O”-og’), yoki tasvirning qora va oq qismlarini ifodalovchi elementlar yig’indisi. 3) Tasvirlanuvchi obyektlar konturlari, funksiyaning grafik ko'rinishi, chiziqning bir qancha nuqtalar yig’indisi yoki x,y koordinata nuqtalari ko'rinishidagi ifodasi 4) Nuqtalar va ko'pburchaklar (to'g’ri chiziqlar tutashtirilgan nuqtalar) va ularning x,y koordinatalari. SAPR mashina grafikasi vositalarida asosan 4-murakkablik darajasidagi grafik tasvirlar qo'llaniladi. Grafik tasvirlar grafik qurilmada chiqarilayotganda x, y koordinatali ayrim nuqtalarning tekislikdagi yig’indisi va ularning o'zaro to'g’ri chiziqlar bilan tutashtirilgan ko'rinishi holida ifodalanadi. Tikuvchilik amaliyotida real ob'ektlar (andoza, kiyim detallari) murakkab va hajmli shaklga egadir, shuning asosida grafik ma'lumotlarni ifodalash uchun quyidagi masalalar guruhini ajratish mumkin: 1) Grafik 'lumotlarni matekislikda tasvirlash va o'zgartirish (ikki o'lchamli grafika va tekislikdagi grafika); 2) Uch o'lchamli obьektlarni o'zgartirish va ularni ikki o'lcham ifodalash (o'lchamli grafika, proyeksion grafika). Ikkio’lchamli mashina grafikasi. Tikuv buyumlarini avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashda ikki ulchamli mashina grafikasidan ko'p mikdorda foydalaniladi. Bazali konstruksiyani qurish, andazalarni loyihalash kabi masalalarni yechish uchun tekislikdagi ikki o’lchamli matematik modellardan foydalaniladi. Ob'ektning tasviri ikki o’lchamli tekislikda olinadi. Uch o’lchamli mashina grafikasi hajmli figuralarni loyihalashda ishlatiladi. Masalan, odam figurasi manekeni tasvirini olish, kiyimning hajmiy shaklini qurish, istalgan ob'ektning fazoviy- hajmiy shaklini qurish. Buning uchun proyeksion grafika usullariga asoslangan mahsus algoritmlardan foydalaniladi. Uch o’lchamli mashina grafikasi masalalariga quyidagilar kiradi: hajmiy figuralarni uch o’lchamda o’zgartirish; uch o'lchamli dizaynuch o’lchamli ob'ektlarning tekis tasvirini olish. Nazorat savollari: 1. Fanning maqsadi, predmeti va obyekti? 2. Loyihalashning avtomatlashtirilgan sistemasini qo’llash sohalari. 3. Grafik tasvirlarni ifodalash va taqdim etish sharti qanday?