Uploaded by Matrix Matrix

7878788

advertisement
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
`
BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI
Ismoilova Gulnoza Akmaljon qizi
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi
3- bosqich
https://doi.org/10.5281/zenodo.7267308
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekistonda biznes sub’ektlarida buxgalteriya
hisobini yuritishning amaldagi tartiblari ular faoliyatini haqqoniy aks ettirish,
biznesning potensial qiymatini baholash, muhim, sifatli boshqaruv qarorlarini
qabul qilishda qator tarixiy rivojlanish tendensiyalari kabi muammolar tahlil
qilinadi.
Kalit so‘zlar: Biznes, moliya ,tadbirkorlik foydasi, asosiy o‘lchagich, muhimlik
moliyaviy hisobotda, offsetting, mol-mulk.
Ma’lumki, biznes bozor iqtisodiyotidagi asosiy mashg‘ulotlardan biri bo‘lib,
jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish manbai hisoblanadi. U ishlab
chiqarish, tijorat, konsalting, bank va boshqa faoliyat sohalarini qamrab oladi.
Xodimlar soni, ishlab chiqarish hajmi va faoliyat sharoitlariga ko‘ra kichik, o‘rta
va yirik korxonalar farqlanadi. Biznesning eng keng tarqalgan turi kichik
biznesdir: odatda, u bir hil mahsulot ishlab chiqaradigan va bozorda kichik
ulushni egallagan kichik korxonadir. Ayrim mamlakatlarda bunday bizneslarni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi mavjud bo‘lib, ular odamlarning
kundalik kichik ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zlarini tashkil etadilar, shu bilan
birga keng ish bilan ta’minlaydilar.
O‘zini tadbirkor sifatida tutgan shaxs - o‘z harakatlarini o‘zi uchun aktiv
yaratishga qaratadi, bu esa vaqt o‘tishi bilan unda shaxsiy ishtirokining keyingi
faoliyatidan qat’iy nazar unga daromad keltirishidan to‘xtamaydi. U faqat
korxona egasi bo‘lishi yoki o‘z korxonasida ishlashi yoki menejment, marketing,
moliya va boshqa sohalardagi har qanday qulay yirik korxona bilan hamkorlikni
rivojlantirishi mumkin.
ADABIYOTLAR SHARHI
Moliyaning muhim elementi sifatida resurslarni taqsimlash kategoriya
hisoblanadi. Bu kategoriya qadimiydir va insoniyat jamiyatining paydo
bo‘lishidan beri mavjud. Misol uchun, ibtidoiy jamiyatda ovchilar mamontni
so‘ydilar, lekin uni ovda bevosita ishtirok etmagan qabilaning qolgan qismi
(ayollar, keksalar, bolalar) bilan baham ko‘rdilar — resurslarni taqsimlashga
asoslangan bunday munosabatlar tizimi insoniyat jamiyatining shakllanishiga
hissa qo‘shdi, bu holda sivilizatsiya va davlatchilik tizimining vujudga kelishi
mumkin emas edi. Zamonaviy davlatda moliyaviy resurslar taqsimlanadi, ularni
taqsimlash tizimi esa hali ham birinchi o‘rinda.
43
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
`
Moliyaviy natijalar moliyaviy resurslarni olishning beg‘arazligini nazarda
tutmaydi - aksincha, moliyaviy natija deb turli xil resurslar almashuvi
provardida vujudga kelgan daromad yeki zarar tushuniladi.
ASOSIY QISM
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan bo‘lib, u maqsad va holatiga
qarab to‘rt darajadan iborat.
1chi daraja: Qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari va hukumat qarorlari. Bular: 30.08.1996 yildagi "Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida" gi Qonuni va 13.04.2016 yildagi 404-sonli yangi tahrirdagi Qonun
qabul qilindi; O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi; va boshqa
qonunlar; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
24.08.1994 yildagi "O‘zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul
qilingan buxgalteriya hisobi va statistika tizimiga o‘tish davlat dasturi
to‘g‘risida"gi 433-i-sonli qarori (24.05.1996 y.dagi 193- sonli qarorining yangi
tahriri) va boshqalar.
2chi daraja: Buxgalteriya hisobi qoidalarini ifodalovchi buxgalteriya
standartlari, masalan, BHMS-1 — "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot
"(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustdagi
474-son bilan ro‘yxatga olingan), BHMS-12 - "Moliyaviy investitsiyalarni hisobga
olish" (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 16
yanvardagi 596-son bilan ro‘yxatga olingan) va boshqalar. Hozirgi kunda 23 ta
BHMS ishlab chiqilgan.
3chi daraja: Yo‘riqnoma va uslubiy ko‘rsatmalar: O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining, tarmoq vazirliklari va idoralarining yo‘riqnomalari,
me’yoriy hujjatlar.
4chi daraja: Tashkilotning ichki hujjatlari: hisob siyosati; hisobning ish
rejasi; hisobni yuritish axborotini qayta ishlash texnologiyalari va boshqalar.
Barcha to‘rt darajasi buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish bo‘yicha
umumiy o‘zaro bog‘liq tizimini tashkil etadi.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik hisobining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi xo‘jalik hisobining uch turga
bo‘linishiga olib keldi:
Operativ
Buxgalteriya
44
Statistik
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
`
- bu ular ro‘y bergan
vaqtda
ularni
boshqarish
maqsadida alohida
faktlar
yoki
jarayonlar
ustidan
kuzatish va joriy
nazorat qilish tizimi
- moliyaviy faoliyatni
boshqarish va nazorat
qilish maqsadida
iqtisodiy axborotlarni
uzluksiz
o‘zaro
bog‘langan holda aks
ettirish tizimidir
- ularni boshqarish va
nazorat
qilish
maqsadida ommaviy
(umumiy)
hodisalar, faktlar yoki
jarayonlar
haqidagi
ma’lumotlarni to‘plash
va
umumlashtirish
tizimi
Xalqaro standartlarda buxgalteriya hisobini muayyan iqtisodiy ob’ekt haqida
moliyaviy axborotlarni baholovchi, qayta ishlovchi va uzatuvchi axborot tizimi
sifatida belgilaydi.
Buxgalteriya hisobining xususiyatlari – xo‘jalik yurituvchi suyu’ektlarning molmulki, majburiyatlari va ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni barcha
xo‘jalik operatsiyalarining:
yoppasiga, uzluksiz,
hujjatli hisobi orqali pul mablag‘lari bo‘yicha to‘plash, ro‘yxatga olish va
umumlashtirishning tartibli tizimi.
Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborot foydalanuvchilar uchun tushunarli va
sodda bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi
moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning
ehtiyojini qoldirishi va operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyatiga doir
voqealarga baho berishda ularga yordam berishini bildiradi. Agar axborotning
tushirib qoldirilishi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning
moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilsa,
bundan axborot muhim hisoblanadi. Muhimlik uni tushirib qoldirishning alohida
aniq sharhlarida ko‘rib chiqiladigan moddaning hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Muhimlik moliyaviy hisobotda keltirilgan tushunarlilik va aniqlik darajasi bilan
bog‘liq. Axborotni ming yoki milliongacha yaxlitlashtirish chog‘ida muhimlik
tamoyili buzilmagan paytgacha aniqlik darajasidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarda sub’ektning moliyaviy ahvoli,
operatsiyalarning natijalari va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida haqqoniy
va beg‘araz tasavvur hosil qilishni ta’minlashi va axborotning to‘la bo‘lishi
ta’minlanadi.
Offsetting (moddalarning o‘zaro hisobga olinishi) tamoyili ijozat berilgan
hollardan o‘zga sharoitlarda aktivlar va passivlar o‘rtasida o‘zaro hisobga
olinishi bo‘lmasligini tavsiflaydi. Xolislik tamoyiliga erishish buxgalteriya
45
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
`
hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish chog‘ida buxgalteriya hisobining
milliy standarti (BHMS) va buxgalteriya hisobi asosiy tamoyillari qo‘llanishini
ifodalaydi. Buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini anglab
yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy ahvolni aks
ettiradi.
References:
1.
O‘zbekistonRespublikasining “Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida»gi
qonuni № 404. –T.: 2016 y
2.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari. T.: O‘BAMA. 2004.
3.
Sh. Ergasheva, A.K.Ibragimov, N.K.Rizaev, I.R.Ibragimova Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari. O’quv qo’llanma.// -T.: Iqtisodiyot, 2019. -227
bet.
4.
Abdusalomova N.B. Boshqaruv hisobi tizimini rivojlanishi va
takomillashtirish yo‘nalishlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy
elektron jurnali. № 3, 2019. 45-56 b. http//iqtisodiyot.tsue.uz
Ergasheva Sh.T. Mejdunarodnыe standartы finansovoy otchetnosti. Uchebnik //
-T.: Iqtisodiyot, 2021. -320 str.
46
Download