Загрузил Nexus INX

DaVv0erLaUfp3p1cP6yUYmBgusyiyX0UpIJzUTiv

реклама
FAN NOMI: “TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI
BOSHQARISH”
MA’RUZACHI: “TELEKOMMUNIKATSIYADA BOSHQARUV
TIZIMLARINING APPARAT VA DASTURIY TA’MINOTI”
KAFEDRASI KATTA O‘QITUVCHISI
ABDULLAYEV ULUG‘BEK MAXMUDOVICH
308A-XONA (
)
Mavzu: Telekommunikatsiya tarmoqlarini
boshqarish faniga kirish. Telekommunikatsiya
tarmoqlari asosiy tushunchalari va
xarakteristikalari
FANNING SOATLARDA TAQSIMLANISHI
8-semestr
Umumiy soat – 180
Shundan:
Ma’ruza – 30
Laboratoriya– 60
Mustaqil ish– 90
BAHOLASH MEZONLARI
Bajariladigan ishlar
Talabaning semestr davomidagi
ishlari
Mustaqil ishlar (2 ta)
Laboratoriya ishlari (15 ta)
Oraliq nazorat (1 ta)
Yakuniy nazorat
Ball
50
10
30
10
50
MUSTAQIL ISHNI BAHOLASH
• Mustaqil ishlar uchun ajratilgan baholash miqdori 10 ballni
tashkil etadi.
• Har bir mustaqil ish uchun ajratilgan baholash miqdori 5 ball
holatda olinib, quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi:
1. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining
talabga muvofiqligi: 1 ball
2. Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi: 1 ball
3. Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va
maqolalardan foydalanilganligi: 1 ball
4. Mustaqil ishni himoya qilganligi va savollarga javob
berganligi: 2 ball
Ko‘chirmachilikga yo‘l qo‘yilgan ishlarga ajratilgan baholash bali nolga (0 ball)
teng va ishlar qayta qabul qilinmaydi.
Mustaqil ishni rasmiylashtirish talablari:
• 1. Titul – 1 bet
• 2. Mundarija – 1 bet
• 3. Kirish – 1 bet
• 4. Asosiy qism – 10 bet
• 5. Xulosa – 1 bet
• 6. Adabiyotlar – 1 bet
•
Izoh: Semestr davomida 2 ta mustaqil ish topshiriladi.
Fan davomida o‘rganiladigan mavzular
Fan davomida o‘rganiladigan mavzular
Kirish
• Telekommunikatsiya
tarmog‘iga quyidagicha
ta’rif
berish
mumkin: audio-video
ma’lumotlarni
va
murakkab
turdagi
ma’lumotlarni simli
va
simsiz
aloqa
orqali uzatish, qabul
qilish hamda qayta
ishlash
imkonini
beruvchi apparat va
dasturiy
vositalar
majmuasiga aytiladi.
Kirish
• Ma’lumki, har qanday sohada boshqaruvni tashkil etish
uning samaradorligini belgilaydi. Telekommunikatsiya
sohasi ham bundan mustasno emas.
• Aloqa tarmog
‘ini boshqarishning asosiy vazifalarini hal
qilish fuqarolar, davlat hokimiyati organlari, mudofaa,
xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish organlari, jismoniy va
yuridik shaxslarning elektr va pochta aloqasi xizmatlariga
bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi kerak bo‘lgan o‘zaro
bog‘langan ishlab chiqarish-xo‘jalik majmuasini nazarda
tutadi.
• Telekommunikatsiya tarmog‘ining asosiy xususiyatlaridan
biri
kompaniya
faoliyatini
ta’minlash
yoki
foydalanuvchilarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun
zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashdir.
Telekommunikatsiya tarmog‘i xususiyatlari
• Telekommunikatsiya tarmog‘i o‘zaro bog‘langan ko‘plab abonent tizimlari
•
•
•
•
•
va aloqa vositalaridan tashkil topgan ma’lumotlarni almashish va
taqsimlash tarmog‘idir. Unda axborotni uzatish va qayta ishlash vositalari
umumiy tarmoq resurslaridan - apparat, axborot, dasturiy ta’minotdan
jamoaviy foydalanishga qaratilgan.
Amaliy jarayonlar - foydalanuvchilarning manfaatlarini ko‘zlab amalga
oshiriladigan va amaliy dasturlar tomonidan tavsiflangan ma’lumotlarni
kiritish, saqlash, qayta ishlash va taqdim etishning turli xil jarayonlari.
Global tarmoq - mamlakatlar va qit’alarni qamrab olgan katta hududga
tarqalgan abonent tizimlarini birlashtiradi. Abonentlarning o‘zaro aloqasi
telefon liniyalari, radioaloqa, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlaridan
foydalanadigan turli hududiy aloqa tarmoqlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy tarmoq - bir-biridan ancha uzoqda joylashgan abonent
tizimlarini birlashtiradi: alohida mamlakat, mintaqa, yirik shahar ichida.
Korporativ tarmoq - alohida korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari va
boshqalar tarmoqlarini birlashtiruvchi tarmoq (bir yoki bir nechta davlatlar
miqyosida).
Lokal tarmoq - odatda nisbatan kichik hududni yoki kichik binolar guruhini
qamrab oladigan kompyuter tarmog‘idir.
Telekommunikatsiya tarmog‘ida xizmatlar
• Telekommunikatsiya tarmog‘ini xizmat turlariga qarab quyidagi
•
•
•
•
turlarga bo‘lish mumkin:
- telefon aloqasi, zamonaviy telefon aloqasi INTERNET
tarmog‘iga analog standartlaridan raqamli standartlarga
ulanish, hamda mobil telefon aloqasini tashkil etish imkonini
beradi;
- radioaloqa, hozirgi vaqtda sotali aloqa tizimiga aylandi, har xil
uzatish tizimi doirasida uzatish va qabul qilish qurilmalari orqali
radioaloqani o‘rnatish imkonini beradi;
- Sun’iy yo‘ldosh aloqasi;
- INTERNET – eng ko‘p tarqalgan telekommunikatsiya
texnologiyasi hisoblanadi va simli hamda simsiz usullar orqali
tarmoqga ulanish mumkin bo‘lgan aloqa turi hisoblanadi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarni boshqarish
• Aloqa
tarmoqlarini boshqarishning
quyidagilardan iborat:
asosiy
shakllari
- dinamik boshqarish uchun apparat va dasturiy vositalarni yaratish
-
-
va joriy etish;
aloqa tarmoqlarini rivojlantirishni rejalashtirish;
normativ-huquqiy bazani yaratish;
iqtisodiy va investitsiya siyosati;
tarif siyosati;
litsenziyalanadigan faoliyat;
radiochastota spektrini boshqarish;
texnik vositalarni sertifikatlashtirishni boshqarish;
markaziy organlar, operatorlar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi
o‘zaro hamkorlik;
xalqaro hamkorlik.
Telekommunikatsiya tarmog‘i afzalliklari
• Telekommunikatsiya hisoblash tarmog‘i bir qator afzalliklarga
•
•
•
•
ega:
- taqsimlangan ma’lumotlarni qayta ishlash, ya’ni ko‘plab
kompyuterlar tomonidan katta hajmdagi axborotni parallel
ravishda qayta ishlash;
- taqsimlangan ma’lumotlar bazasini, ya’ni turli kompyuterlarda
joylashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish qobiliyati;
- har xil masofalarda bir-biridan uzoqda joylashgan turli
kompyuterlar tomonidan katta hajmdagi ma’lumotlarni
almashish imkoniyati;
- qimmat resurslardan ko‘plab foydalanuvchilarning foydalanish
imkoniyati (dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazalari, bilimlar
bazalari va h.).
Telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
• Telekommunikatsiya texnologiyalari bugungi kunda asosan
•
•
•
•
•
•
•
aloqa tizimlarini tashkil qilish uchun ishlatiladi, bu texnologiyalar
yordamida sezilarli darajada muhimroq maqsadlarga erishish
mumkin, jumladan:
- masofaviy ta’lim tizimini yaratish;
- qimmat bo‘lmagan ovozli telefon aloqasini ta’minlash;
- korxonalarning axborot tizimlarini yaratish va ularni
boshqarishni optimallashtirish imkonini beruvchi kompleksga
birlashtirish;
- bank tarmoqlarini qurish;
- davlat xaridlarini ta’minlash maqsadida elektron auksionlar va
tender savdolarini o‘tkazish;
- masofadagi subyektlarning aloqasini amalga oshirish;
- davlat va xususiy sohalarda masofadan boshqarishni amalga
oshirish.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!
Tavsiya etiladigan manbalar
• 1. Фокин В.Г. Управление телекоммуникационными сетями.
•
•
•
•
•
•
Учебное пособие. Изд. СибГУТИ 2011
2. М.М. Егунов и др. Системы управления сетями связи.
Учебное пособие. Екатеринбург, 2012
3. Галкин В.А., Григорьев Ю.А. Телекоммуникации и сети. –
М: Изд – во МГТУ им. Н.Э.Баумана, 2013.
4. Э. Таненбаум, М. ванСтеен «Распределенные системы:
Принципы и парадигмы» изд. Питер 2013.
5. Alexander Clemm. Network Management Fundamentals.
Cisco Press, 2014, ISBN-13: 978-1587201370.
6. Величко В.В. и др. Телекоммуникационные системы и
сети. Том 3. Мультисервисные сети. - М.: Горячая линия –
Телеком, 2005.
7. Гребешков А.Ю. Управление сетями связи по стандарту
TMN. Учебное пособие. –М.: Радио и связь, 2004.
Скачать