Uploaded by ergashevkomron156

Ta'limda psixologik xizmat ma'ruzalar

advertisement
1-mavzu: Psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari va huquqiy asoslari
REJA:
1. Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatning maqsadi 2. Psixologik
xizmatning asosiy vazifalari
3. Psixologik xizmat mahsuldorligining sharoitlari
Tayanch iboralar: psixologik xizmatning maqsadi, psixologik xizmatning
asosiy vazifalari, o‘quvchilarga individual yondashuv
1. Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatning maqsadi Bugungi kunda
o‘quvchilarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash mavjud ilmiy psixologik
bilimlarga tayangan holda olib borilishi uchun ta’lim tizimida psixologik xizmat
tashkil etilmoqda va u ishlab turibdi. Bu xizmatda "psixologiya"
mutaxassisligiga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassislar ishlashi kerak. Bu
xodimlar bolaning chaqaloqlik davridan boshlab to yuqori sinfgacha (ilk
o‘spirinlik) bo‘lgan davrida uni o‘qitish va tarbiyalash, uning taqdiri bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha savollarni y e chishda ishtirok etadilar. Bola tug‘ilgandan
to maktabni tamomlagunga qadar butun hayoti davomida mutaxassis psixolog
e’tiborida bo‘lishi kerak. Demak, 16-18 yil davomida bolaning psixologik
rivojlanishi tizimli ravishda kuzatilib borilishi kerak. Bu davr mobaynida
doimiy psixodiagnostik o‘rganishlar amalga oshiriladi bola psixik
taraqqiyotining xarakteri va tezligi baholanadi, bolani o‘qitish va unga
tarbiya berish yuzasidan tavsiyalar beriladi, va ularni amalga oshirish nazorat
qilinadi.
Psixologik xizmat xalq ta’limi tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib,
Xalq ta’limi tizimidagi psixologik xizmat respublikadagi yaxlit psixologik
xizmatning eng muhim jabhasi hisoblanadi.
Psixologik
xizmat O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish
va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazining
tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Maktablardagi psixologik xizmat o‘rta maxsus ta’limning zaruriy tarkibiy
qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi maktab ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har
bir o‘quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning
taraqqiyoti ta’minlaganligini psixologik xizmat to‘g‘ri tashkil etilgan deyish
mumkin.
Psixolog o‘zining inson hulq-atvori va psixik faoliyati, psixik
taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning
o‘quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o‘zaro munosabat xususiyatlariga,
o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog‘liqligiga tayanib, bolaga
individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini
aniqlaydi, normadan og‘ishishlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablarini
psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo‘llarini aniqlaydi. Bu bilan
psixologik xizmat
maktabda
o‘quv-tarbiya
ishining
mahsuldorligini
oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
2. Psixologik xizmatning asosiy vazifalari
Psixologik xizmat hozirgi
zamon ta’lim tizimining
ajralmas
komponent (bo‘lak)i bo‘lib, bolalarga ta’lim va tarbiya berishda ularning aqliy
va shaxsiy imkoniyatlarini,
bolada mavjud qobiliyatlarni,
qiziqishlarni va intilishlarni o‘z vaqtida aniqlash va ulardan maksimal to‘liq
ravishda foydalanishni ta’minlab beradi.
Agar so‘z o‘z rivojlanishida ko‘pchilik bolalardan orqada qolayotgan
bolalar to‘g‘risida boradigan bo‘lsa, bunday holda psixologning vazifasi
taraqqiyotidagi bunday orqada qolishning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf
etishga qaratilgan bo‘ladi. Agar psixolog iqtidorli bolalar bilan ishlashiga
to‘g‘ri kelsa, bunday holda bolalarning qobiliyatlarini ertaroq
aniqlash
va
ularni
yanada rivojlanishini
ta’minlashga
ko‘maklashishi psixologning asosiy vazifalaridan biriga aylanadi.
Ta’lim tizimidagi psixologik xizmatning yana bitta qiyin vazifasi shundan
iboratki, butun bolalik davri davomida ta’lim va tarbiyaning sifatini oshirish
maqsadida ta’lim va tarbiya jarayonlarini doimiy ravishda nazoratda ushlab
turish kerak. Bu ye rda ushbu pedagogik jarayonlar bola psixik taraqqiyotining
tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlarga to‘la mos ravishda, ta’lim va tarbiyaning
psixologik nazariyalarining asosiy qoidalariga mos ravishda tashkil etish
zaruriyati tushuniladi. Bu y e rda psixolog ishining amaliy maqsadi
o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish mazmuni va metodlarini psixologiya fani
nuqtai nazaridan baholash, turli yoshdagi bolalar taraqqiyoti to‘g‘risidagi ilmiy
ma’lumotlarni hisobga olgan holda ushbu mazmun va metodlarni
mukammalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish bilan bog‘lik bo‘ladi.
Ta’lim tizimidagi psixologik xizmat y e chadigan navbatdagi muhim
vazifa
pedagogik
jarayonining
bevosita
ishtirokchilari:
bolalar,
o‘qituvchilar, ota-onalar va ta’lim tizimidagi raxbarlarga psixologning amaliy
ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. Bu vazifa ushbu odamlarga ta’lim va tarbiya
jarayonida bevosita psixologik yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi. Bu yerda
psixolog pedagog, psixoterapevt, konsultant, korrektor rollarida faoliyat
ko‘rsatadi. Yurak qon tomir tizimi, oshqozon ichak trakti tizimi bilan bog‘liq
kasalliklarning ko‘pchiligi psixogen asosga ega ekanligini hozirgi kunda
isbotlangan. Xuddi shunday odamning endokrin tizimi ham, xatto xulq-atvori
ham shunday asosga ega. Bu sohada amaliy ish bilan shug‘ullanar ekan,
psixolog bu ko‘rinishdagi kasalliklarning paydo bo‘lishi va zo‘rayishini oldini
olishga harakat qiladi, kasallikni davolash uchun yaxshi organik reaksiyalar
chaqirish maqsadida odamning psixologiyasiga va xulq-atvoriga ta’sir
ko‘rsatadigan maxsus metodlarni qo‘llaydi.
Ta’lim
tizimining boshqaruv tuzilmasi
xodimlari
umumiy
psixologik yordamdan tashqari
guruhdagi va jamoadagi odamlarni
boshqarishga taaluqli bo‘lgan boshqaruv psixologiyasi bo‘yicha bilimlarga
ham muhtoj bo‘ladilar. Ta’lim tizimining rahbar xodimlariga boshqaruv
psixologiyasidan,
odamlarning
o‘zaro
munosabatlaridan,
guruh
faoliyatining samaradorligidan qo‘shimcha bilimlar zarur. Bolalarni ta’limi
va tarbiyasiga bog‘liq barcha katta yoshdagi odamlar bolalarning
rivojlanishini va ularni boshqarishni chuqurroq bilishni ta’minlaydigan psixologik
bilimlarga muhtojdirlar. Bunday bilimlar minimal - zarur miqdorda pedagogik
oliy o‘quv yurtlarida beriladi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu bilimlar qisman yoki
butunlay eskiradi, unutiladi, ya’ni ularni to‘ldirish va yangilash zaruriyati
tug‘iladi. U yoki bu pedagogning professional ishi davomida bunday
bilimlarni korreksiya qilishni ham psixologik xizmat amalga oshiradi.
Psixologik xizmatning yana bitta maxsus vazifasi shundan iboratki, ular
pedagoglar, defektologlar, sotsiologlar, vrachlar, yuristlar bilan hamkorlikda
o‘z tengqurlaridan farq qiluvchi bolalarning taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan qator
muammolarni hal qiladilar. Bu yerda so‘z, eng avvalo, o‘z taraqqiyotida orqada
qolayotgan yoki iqtidorli bolalar to‘g‘risida boradi. O‘z taraqqiyotida
orqada
qolayotgan
bolalar
o‘zlarining o‘zlashtirish imkoniyatlariga
mos keluvchi soddalashtirilgan, kam murakkabroq ta’lim va tarbiya dasturlariga
muhtojlar. Iqtidorli bolalar esa aksincha, ta’limda oddiy
bolalarga
qaraganda
murakkabroq,
informatsiyaga to‘ldirilgan dasturlarga
muhtojlar, Rivojlanishdan orqada qolayotgan va iqtidorli bolalar uchun taklif
etiladigan o‘quv dasturlari albatta oldindan turli mutaxassis
pedagoglarni
jalb etganxolda
psixologik pedagogik ekspertizadan o‘tkazilishi
kerak. Bu pedagoglar boshqalarga bog‘lanmagan holda taklif etilayotgan dastur
mo‘ljallangan bolalarning rivojlanishini ta’minlab beradimi yo‘qmi degan nuqtai
nazardan xulosa berishlari kerak. O‘z rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar
psixologik yoki jismoniy jixatdan nimjon bo‘lib, ular osonlashtirilgan o‘quv
dasturlariga muxtoj bo‘lsalarda, taklif qilinayotgan dasturlar ularning orqada
qolishini yanada chuqurlashtirmasligi kerak. Aksincha, bu dasturlar orqada
qolayotgan o‘quvchilarning
rivojlanishini
tezlashtirishini
ta’minlashi,
odatdagi bolalar bilan ular o‘rtasidagi farqni kamaytirishga olib kelishiga
mo‘ljallangan
bo‘lishi kerak.
Soddalashtirilgan,
lekin
taraqqiyotni tezlashtiruvchi
dasturlarni
ishlab chiqish iqtidorli
bolalarga
mo‘ljallangan
qiyinlashtirilgan dasturni ishlab chiqishga qaraganda ancha murakkab. Shuning
uchun ham psixolog o‘z amaliy faoliyatida iqtidorli bolalar bilan ishlashga
qaraganda o‘z vaqtini ko‘proq rivojlanishdan orqada qolgan bolalar bilan ishlashga
sarflaydi.
Ba’zida o‘quvchilar bilan ishlashda shunday muammmolar yuzaga
keladiki, bolaning keyingi hayotiy taqdiri bu muammoning qanday hal
qilinganiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Bu
bolaning
jiddiy
psixologik - pedagogik jihatdan o‘rnini bosishi mumkin bo‘lmagan aqliy
defektlari tufayli oddiy maktabda o‘qiy olish yoki olmaslik imkoniyatiga
taalluqli masalalar, shuningdek bolalarni tibbiy-psixologik ekspertiza qilish
bilan bog‘liq boshqa masalalar. Bu y e rda amaliyotchi psixologning vazifasi
shundan iboratki, u boshqa mutaxassislar: pedagoglar, vrachlar, defektologlar
fikri bilan bir qatorda hisobga olinadigan ma’sul va savodli ekspert xulosasi
berishi kerakki, bu xulosa bolaning keyingi taqdirini hal qilishda hisobga
olinadi.
Shunday qilib, ta’lim tizimida tashkil etiladigan psixologik xizmatning
quyidagi asosiy vazifalarini farqlash mumkin:
- turli yosh davrlarda bolalarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy
rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik
nuqsonlarini
aniqlash, ularning
aqliy
va ijtimoiy
taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarni
oldini olish;
- psixologik ma’rifat va tashviqot, psixologik-pedagogik tashxis,
korreksion - rivojlantiruvchi, psixoprofilaktika va psixologik maslahat ishlarini
tashkil etish va amalga oshirish;
- o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
diagnostika ishlarini tubdan yaxshilash, samaradorligini oshirish;
- o‘quvchilarning
qiziqishlari,
moyilliklari,
qobiliyatlarini
tashxislash asosida ularning kasbiy o‘zligini anglashini psixologik
ta’minlash;
- pedagogik
jamoalarda
sog‘lom psixologik
muhitni
qo‘llabquvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional xolatlarini, shaxslararo
munosabatlarini va ziddiyatli
hatti-xarakatlarini
korreksiyalash,
ularning psixologik madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashish;
- ta’lim jarayoni barcha sub’ektlarining psixologik salomatligini saqlash
uchun sharoitlar
yaratish, oilada,
o‘quvchilar va pedagogik
jamoalarida nosog‘lom psixologik iqlim muammolarini hal etishda amaliy yordam
ko‘rsatish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va eng maqbul
yechimlarini topish orqali ularni bartaraf etish;
- ijtimoiy muammolari va xulqida og‘ishligi mavjud bolalar va
o‘smirlarning
ijtimoiy
ustanovkalari,
munosabatlari,
xulq-atvor
motivlarini o‘rganish ularning maktabga va ijtimoiy muhitga moslasha
olmaslik xolatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish
bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, qonuniy huquq va
manfaatlarini himoya kilish;
- psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va
texnologiyalarni ta’lim jarayoni va psixologik amaliyotiga tatbiq etish;
- iste’dodli o‘smir va qizlarni izlab topish, iqtidorli bolalar va o‘quvchi
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish,
shaxsiy va intellektual jihatdan rivojlantirish;
- ularning qobiliyat, qiziqishlari va layoqatlari hamda kasb-hunarga
moyilliklari asosida kelajakdagi kasblarini to‘g‘ri tanlashlariga yordam
ko‘rsatish, kasb tanlashdagi
mavjud
kamchiliklar, ikkilanishlar,
karorsizlik va boshka
turli sabablargako‘ra kasb tanlashdagi
buzilishlarning oldini olish.
3.Psixologik xizmat mahsuldorligining sharoitlari
Ta’lim tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashuv zarurligi
hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda foydalanish har doim ham
amalga oshirilavermaydi. Bunga maktabda o‘qituvchilarning bola bilan haqida
ko‘p
gapirishlari
dalil
bo‘ladi.
Chunki
maktabda
o‘quvchining
qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama
ma’lumot beriladigan mutaxassis yo‘q.
Ta’lim tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib
individual
o‘qitishni
bildirmaydi,
balki
shaxsning u yoki bu
xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir
O‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy
asosda
tushunishni anglatadi.
Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni
ikkinchisidan ajratib turadigan, faqat ushbu shaxsga tegigshli bo‘lgan
xususiyatlar tushuniladi.
Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning individual usullarini
aniqlash,
bolaning
imkoniyatlarini,
har
bir
shaxsning faolligini
ta’minlashdan iborat. Bu nuqtai nazardan olganda individual yondashuv
faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha o‘quvchilarga ham zarurligi
tushunarli bo‘ladi. Maktab psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda
qo‘llaydilar, chunki bu ko‘zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda,
bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam
beradi.
Bunday diagnostik ishining asosiy maqsadi - o‘quvchi psixik
taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday ko‘p qirrali va to‘liq
diagnostika natijalari psixolog uchun ham, ota-onalar, o‘quvchilar uchun ham
«tarbiyasi qiyin» bola bilan olib boriladigan tuzatish va rivojlantirish
ishlarining yo‘llarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuqlar bilan birga,
kamchiliklarga ham ega.
Birinchidan, bu usulni qo‘llash juda ko‘p vaqtni olganligi uchun, uni
amalga oshirishning har doim ham iloji bo‘lmaydi. Bu usul ko‘p qaytni talab
qilganligi uchun faqatgina psixolog emas, «tarbiyasi qiyin» o‘quvchi ham
charchaydi, tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortadi, topshiriqlarni o‘zi
sezmagan holda nomiga bajaradi. Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, ayniqsa
og‘zaki metodikalar qanchalik to‘liq bo‘lmasin, qiyinchilik tug‘diradi.
Bundan tashqari bunday metodikalar shaxsni to‘liq xarakterlash uchun yetarli
bo‘lmaydi.
Rasmiy iltimosga qanday munosabatda bo‘lish kerak? Amaliyotchi
psixolog javob beradigan birinchi savol mana shu. Rasmiy iltimosga ikki xil
munosabat, ikki xilma-xil ish uslubi mavjud.
Birinchisi, rasmiy iltimosga o‘ziga xos bo‘lmagan javob qaytarishdir. Bu ikki
usul bilan amalga oshiriladi.
Birinchidan, rasmiy talabga javob tarzida /uning mazmuniga bog‘liq
bo‘lmagan holda psixodiagnostik metodlar to‘plami qo‘llaniladi.
Ikkinchidan, rasmiy talabga o‘ziga xos javob qaytarishning usuli bo‘lib,
mashhur amerikalik psixolog K. Rodjers psixologiya fani va amaliyotiga
kiritgan psixologik ish to‘g‘ri hisoblanadi. Uning fikricha, «tarbiyasi qiyin»
bola bilan ishlash uchun, rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sabablarini
tushunishga teng, lekin bu muhim ahamiyatga ega
emas. Bola shaxsini rivojlantiradigan shunday sharoit yaratish kerakki, bu sharoit
uni hulq - atvorning salbiy shakllaridan voz kechishga va yangi ijobiy
shakllarini yaratishga majbur qilsin.
Rasmiy iltimosga o‘ziga xos bo‘lmagan javob qaytarishga teskari uslub – bu
rasmiy talabga qat’iy mos tushadigan diagnostik metodikalarni tanlashdan
iborat: M, yomon o‘zlashtirish haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda
bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlil qilinadi. Bunday diagnostika
o‘zlashtirmaslik sabablarini aniqlay olmasagina, boshqa ko‘rsatkichlar
qaraladi. Diagnostika natijalariga mos ravishda, ko‘pincha trening turida
amalga oshiriladigan tuzatish ishlari olib boriladi. M, xotira kuchsiz
rivojlanganda,
uni
maxsus
mashq
qildirish
maqsadga muvofiq,
ihtiyoriylik
yetarli
darajada
rivojlanmaganda,
uni
shakllantirishning maxsus dasturlari kiritiladi.
Kichik maktab yoshida insonning maqsadli yo‘nalishda ta’lim va
tarbiyasi amalga oshiriladi. Xuddi shu yosh psixik jarayonlarning
ihtiyoriyligi, harakatning ichki rejasi, faol aqliy faoliyatga ehtiyoj, o‘quv ko‘nikma
va malakalarini egallash uchun juda qulay yoki senzitiv yosh hisoblanadi.
Boshqa so‘zlar bilan aytganda, kichik maktab yoshining oxiriga kelib bola
o‘qiy olishi va o‘qishni istashi kerak. Ta’limning keyingi bosqichlarida
vujudga keladigan barcha muammolar (o‘zlashtira olmaslik, maktabga borishni
istamaslik) yoki bolaning o‘qiy olmasligiga yoki bolaning o‘qiy olmasligiga yoki
o‘qishga qiziqmas bo‘lganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarning oxirida u yoki predmetga qiziqish borliqqa, bilish
jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi. Faqat bir predmetiga chuqur qiziqish
ham o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Agar boshlang‘ich
sinflarda o‘qishga qiziqish shakllantirilmagan bo‘lsa, undan keyingi yosh
davrlarida bu
juda
qiyin
bo‘ladi,
ikkinchidan
y e tarli darajada
shakllantirilmagan o‘quv faoliyati o‘smirlik davrida yangi tuzilmalarning
paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi.
Maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilaridan yorqin individual farqlarni ko‘rish mumkin. Bu ular o‘quv
faoliyatida
ko‘zga tashlanadi.
o‘quv faoliyatida
boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining umumiy va maxsus qobiliyatlari birinchi o‘rinda turadi.
Tajriba o‘tkazilgan bolalarning 80 %ida qandaydir muvaffaqiyatga
erishilgan. Shunday qilib, maxsus qobiliyatlarni o‘quvchilar individual
farqlarning asosi sifatida qarab, o‘quv – tarbiya ishlarida ularni hisobga olish
zarur. O‘quvchilarning shaxsiy va psixik rivojlanishida umumiy maxsus
qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. o‘quvchi qiziqishlari va
qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik rivojlanganligidan qat’iy nazar
umuman shaxsning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham
psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday yaratishda
bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi.
o‘smirlarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining
shakllanishida
muxim omil
hisoblanadi.
Muloqotdagi
muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o‘zini yomon his qilishga olib
keladi-ki, uning o‘rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday
ko‘rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o‘smirlar tomonidan muhim jarayon
sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni,
kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni
tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. O‘smirda xuddi shu
tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukligining muhim ko‘rsatkichi
bo‘lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi.
Ularda asosan muloqot - qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh
tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishga intilish, o‘zini va suhbatdoshini
yaxshiroq bilishga intilish, atrof muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa
tomonidan tan olinishi, o‘ziga ishonish, hatti - harakatlarining mustahkamligi
va yuksak umumiy madaniyat, o‘z fikriga ega bo‘lish, mustahkam iroda, o‘zo‘zini nazorat qilish, halollik, ko‘ngilchanlik kabi qadriyatlar tizimining
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. U yoki bu sababga ko‘ra tengdoshlari
bilan muloqot shakllanmagan o‘smirda yoshiga nisbatan shaxsning
taraqqiyotida orqada qolish kuzatiladi.
O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlari bilan muloqotning rolini
kamaytirmagan holda, ba’zan bu muloqotga katta
ahamiyat berilishini ta’kidlash joiz. Tendoshlari bilan muloqot –
ontogenezning barcha bosqichlarida bolaning shaxsiy va psixik rivojlanishida
muhim hisoblanadi, lekin bola «normal» /axloqan tarbiyalanagan/ katta kishilar
bilan muloqotda bo‘lgandagina u o‘z funksiyasini bajaradi. Xuddi shu
kattalar bilan muloqotda tengdoshlari orasida shakllangan qadriyatlarni
tushunish va nazorat qilish ro‘y beradi. Xuddi shu kattalar bilan mulokotda
jamiyat uchun xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni
va
qadriyatlarni
o‘zlashtiradi.
Psixologik
tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlik va
o‘spirinlik
davrida kattalar
bilan
norasmiy ishonchga asoslangan
muloqotga ehtiyoj bu davrda paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilmalardan
biridir.
Maktablarda o‘quvchilarning kattalar, tengdoshlari bilan muomala
muloqotini ta’minlaydigan psixologik sharoitlar to‘liq yaratilmagan. Shu sababli
o‘quvchilarda maktabga, o‘qishga salbiy munosabat, o‘ziga, atrofdagi kishilarga
nisbatan noto‘g‘ri munosabat shakllanadi. Bunday sharoitda shaxsning
rivojlanishi va unga mahsuldor ta’lim berish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning
uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish, o‘quvchilar va kattalar o‘rtasida
qiziqarli muloqot uchun imkoniyat yaratishga amaliyotchi psixologlar, sinf
rahbarlari, o‘qituvchilar, ota-onalar intilishlari lozim.
Nazorat savollari:
1. Ta’limda psixologik xizmatning asosiy maqsadi nimadan iborat? 2.
Maktabda psixologik xizmat doirasida qanday vazifalar amalga
oshiriladi?
3.O‘quvchilarga individual yondashuvning mohiyati nimadan iborat?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Anne Anastasi, Susana Urbina. PsychologyTesting.-Prentice-Hall
International, Inc.2000.R 24-25
2. Henry Kellerman, PH.D. Anthony Burry, PH.D. Handbook of
Psychodiagnostic Testing. - Springer Science_Business Media, LLC.2007.
3. Elizabeth A. Styles. The psychology of attention. This edition published
in The Taylor & Francis e-Library, 2005.-232 p.
4. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910
p.
5. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5th
Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608 p.
6. The Cambridge Handbook of Personality Psychology// Edited by Philip J.
Corr. Cambridge University Press 2009
7. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. T.: O‘qituvchi, 2010. 8. J.Godfrua.
Chto takoe psixologiya? M. 1999 g. 2-tom.
2-mavzu: AMALIYOTCHI PSIXOLOG MUTAXASSIS SIFATIDA
Reja:
1. Amaliyotchi psixolog shaxsini ilmiy nazariy tahlili
2. Amaliyotchi psixolog mutaxassisning jamiyat hayotida
tutugan roli
3.Kouching tushunchasi va uning boshqa psixologik ѐndashuvlardan
farqi
Amaliyotchi psixolog shaxsini ilmiy nazariy tahlili
Psixologik hizmatning asosiymazmuni –
sog`lom
shaxsning
o`sishini ta`minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va
kasb tanlash muammosidir. Birinchi bo`lib 1975 yilda Estoniyada psixologik
xizmat atshkil etildi. Uning rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Serd bo`lib tarbiyasi qiyin
o`smirlar uchun ish olib bordilar. Rossiyada
I.V.Dubrovina
psixologik
xizmatning rivojalanishiga juda katta hissa qo`shgan. Har bir davlatning ijtimoiy
taraqqiyoti o`sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning ijodiy o`sishi va axloqiy
potensialiga bog`liq bo`ladi. Jumladan, bu kasb AQShda o`tgan XX asrning 1960
yillarida paydo bo`lib hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi.
AQShda 1980 yillarda maktab
psixologlarining
Milliy
assotsiyasi
tuzilgan
edi.
AQShda maktab psixologining markaziy vazifalarida biri
o`quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali baholash hisoblanadi.
Psixolog B.L.Vulfson Fransiyaning hozirgi vaqtdagi pedogogik muammolarini
taxlil qilib yaqin vaqtlargacha test uslubi AQSH va Agiliyadagidek keng
tarqalmagan degan fikrni aytadi . Fransiya maktablarida bolaning aqliy faoliyatlari
va qobilyatlarini testlar orqali aniqlash o`tgan asrning 70-yillari boshidan
boshlaganligi ma`lum. Lekin hozirgi vaqtda odamning faqatgina aqliy faoliyati
bilan emas balki shaxs bo`lib shakllanishi jarayonida uni har tamonlama
baholashga to`g`ri keladi.
O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi. 1989-yilda
O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab Nizomiy nomli
TDPUda amaliyotchi psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda
psixologik
xizmatning
rivojlanishida
E.G`oziyev,
M.G.Davletshen,
G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh. R.Baratov, E.H.Sattarov,
F.S.Ismagilova, Z.T.Nizamova,H.S.Safo yev,
F,L.Xaydarov,
B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va boshqalar fan rivojida o`z hissasini qo`shgan va
hozirga qadar o`z izlanishlarini davom ettirmoqda.
Bugungi
kunda ko’pchilik umumiy
o’rta ta’lim maktablari o’zining
psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o’qituvchilar ko’pincha
psixologning qo’lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar.
Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi.
Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan
hech narsa o’zgarmaganini ko’rishgach, ularda «Maktab psixologining o’zi nima
keragi bor?» degan tipdagi savollar tug’iladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o’rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi.
Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko’pincha amaliyotning ular oldiga qo’ygan
muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi
uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib
olishi kerak.
Amaliyotchi psixolog shaxsini ilmiy nazariy tahlili
Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy
o’rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:
1.Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan
to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o’z-o’zini tarbiyalash va rivojlantirish
qobiliyatini shakllantirish:
2.Har bir bolaga
indivudual yondashuvni
va
uning
psixologik-pedagogik o’rganilishini taminlash:
3.Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz
berishi mumkin bo’lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu
psixolog o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda yengib
o’tishi kerak bo’lgan birinchi to’siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo’shila
olishdir. Bordi-yu psixolog bu murakkab organizmga qo’shilib keta olmasa, o’z
ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.
Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota - onalar bilan aloqa o’rnatish juda muhim.
Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi murojaat qilgan ota-onalar
bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni
ajratishi lozim. Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval
psixolog:
1.O’zining pedagoglar jamoasi
va
maktab
ma’muriyati bilan
bo’lgan munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi.
2.O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash
ekanini doim yodda saqlashi.
3.O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan
diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni
tuzatgandan uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi. O’qituvchi
psixologning mijozi va yaqin hamkori sifatida O’qituvchilar ham alohida e’tibor
talab qiladigan ob’ektdir. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, odatda o’qituvchilar
psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo’ladilar. Hamma gap psixolog o’zini
qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning o’qituvchilarga nisbatan
egallaydigan pozitsiyasi juda muhim rol o’ynaydi.
Psixolog pozitsiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat: a)
pedagog bilan bo’lgan munosabatga ustanovka;
b) pedagoglarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka.
v) sub’ekt - sub’ekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik
xarakteridagi munosabatlarga ustanovka.
Mana shunday
pozitsiya pedagoglar bilan bo’lgan
konstruktiv
hamkorlikni ta’minlay oladi. Dastlabki kezlarda psixolog o’qituvchilarga o’z
yordamini haddan tashqari faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda,
agar zarur bo’lsa, yordam berishga tayyorligini ma’lum qilsa, shuning o’zi kifoya.
Kimdir darrov hamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan so’ng kimgadir umuman
psixolog yordami kerak bo’lmaydi. O’qituvchilar bilan ishlashda bolada ro’y
berayotgan ijobiy o’zgarishlarga asosan o’qituvchi sababchi bo’layotganini
ta’kidlab turishi kerak. Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. SHunda u
pedagoglar orasida tan olinadi.
O’qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tashqari ular bilan
seminarlar shaklida
psixologik targ’ibot
ishlarini
olib borish
maqsadga muvoviqdir. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad kimgadir o’z bilimlarini
ko’z-ko’z qilish emas, balki pedagoglarning psixologik madaniyatini oshirishdir.
Ushbu mashg’ulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, o’qituvchilar passiv
tinglovchi bo’lib qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik ma’lumotga ularni
o’z tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir hazil
aralash testni bajarish hammaga yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Har qaysi maktab
psixologi oldidagi savol shuki «O’zim yordamimni taklif qilaymi yoki
o’qituvchilar murojaat qilishini kutaymi?» Mayli bu savolga har kim o’z
vaziyatidan kelib chiqib javob bera qolsin. Lekin psixolog bir narsani unutmasinki,
o’qituvchilarning unga murojat qilishi ularning pedagogik staji va tajribasiga
bog’liq emas. Bu ko’proq ularning shaxsiy
fazilatlariga:
muloqatga
kirishuvchanlik
darajasi, xavotirlanuvchanlik, qiziquvchanligi yangilikka
ochiqligi va boshqalarga bog’liq.
Kouching tushunchasi va uning boshqa psixologik ѐndashuvlardan farqi
Kouch so‘zi – qulog‘ingiz uchun juda ham og‘ir va g‘alati eshitilsada,
ma’nosi – ―ustoz‖ ѐki ―murabbiy‖ kabi ma’nolarni anglatadi. Siz o‘zingizga
qo‘ygan maqsadlarga hech qanday to‘siqlarsiz erishishga ѐrdam beradigan odam –
kouchdir.
O‘zi ―Kouching‖ birinchi bo‘lib sport sohasida paydo bo‘ldi, lekin asta
sekinlik bilan menedjment ya’ni boshqaruv sohasida, va albatta biznes sohasida
paydo bo‘ldi. Kouching – darslari jaraѐni davomida, korxonaning eng yuqori
koeffitsientli muvaffaqiyatiga erishishi, jamoangizning har bir a’zosining yuqori
darajadagi salohiyatini o‘rganib chiqishga, jamoangizni to‘g‘ri boshqarish yo‘llari
va boshqa bularga o‘xshagan natijalarga erishgan bo‘lasiz.
Kouchingni esa biz qo‘llab – quvvatlovchi bir atrof-muhit deb nomlasak ham
ajab emas. Ushbu atrof – muhitda kouchlar, korxonaning kelajagini tasavvur etgan
holda, tartibiy rejasini tuzishadi. Bugungi kunda esa, korxonalarning maqsadlari
kundan kunga jiddiylashib bormoqda, va siz kouchlar bilan o‘tkizgan har bir
daqiqangiz, bu yerda va aynan hozir salmoqli natijalarga olib kelishini talab
qilishingiz zarur.
Kouching – mijozlar bilan muammoni yechimini topishga qaratilgan
konsultatsiya
ѐki ta’lim jaraѐni.
Kouching mijozning maqsadlarini
anglashida aniqlik tizimini yaratishga xizmat qiladi, shu tariqa mijoz o‘zining
asosiy maqsadi, uning uzoq muddatli maqsadlari bilan bog‘liqligi va ularga
erishish yo‘llarini aniqlab olishiga ѐrdam beradi. Shu bilan birga kouching bu
muallif pozitsiyasida turgan mijozga psixologik ѐrdam.
Psixologik ko‘mak ko‘p hollarda kouchingga o‘xshaydi, lekin uni butkul
kouchingga yo‘naltirish bu
noto‘g‘ridir. Agar kouching− bu
mijozga
yo‘naltiruvchi savollarni berib ko‘maklashish maxorati bo‘lsa, u holda psixologik
ko‘makning boshqa ko‘rinishlari mentoring (ustozlik) va treningdir.
Mijozga juda qiziq: ―Qanday qilib qaror qabul qilishdan qo‘rqmaslik kerak?
Maqsadni qanday qilib ko‘rish va unga borish mumkin? To‘g‘ri qilyapmanmi?‖.
Yoki undanam yaxshi: ―Menda shunaqa maqsadlarim bor, ularga erishishning
shunday yo‘llarini ko‘ryapman. Menga sizning ko‘magingiz, tanqidingiz va qo‘llab
quvvatlashingiz kerak hamda uzoq muddatga‖. Mana shu kouching xisoblanadi,
mijozni ma’lum maqsadga erishishiga ko‘maklashish.
Shu qatorga psixologik konsultatsiya va mijozning ma’lum bir ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan individual trenirovkalar ham kiradi. Shu bilan
birgalikda biz ularning vazifalarini, haѐtni idrok qilishlarini, qadriyatlarini hal
qilishlarida ѐrdam beramiz va yo‘l yo‘riq ko‘rsatib boramiz. Ba’zida
psixoterapiyaga ham yuzlanamiz, lekin mijozning asosiy talabi da’vo emas balki
ta’limdir.
Kouching ѐndashuv bu terapevtik ѐndashuv emas. Uning kelib chiqishi inson
avvaldan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadalriga erishishida namoѐn bo‘ladi. Har bir
inson o‘z maqsadi, unga erishish yo‘llari va natijalari uchun javobgardir.
Kouchingning vazifasi shaxsni o‘zini takomillashtirish va yanada yaxshi haѐtga
erishish uchun ѐrdamlashio‘dir. Kouchingda asosiy fokus tayѐr qarorlarni taqdim
etishga emas, balki mustaqil tarzda javoblarni izlashga, fikrlash qobilyatini
rivojlantirishga, sodir bo‘laѐtgan jaraѐnlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan.
Kouching va psixologik konsultatsiyaning juda ko‘p umumiy jixatlari
mavjud. Asosiy farqi psixologik konsultatsiyadan ko‘proq foydalaniladi.
Kouchingda bo‘lsa shaxsning o‘zi ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu jaraѐnda
asosiy faoliyatni mijozning o‘zi bajaradi (oldiga maqsad qo‘yadi, amalga oshirish
vositalarini izlaydi), kouch maslaxatchi uni faqatgina qo‘llab quvvatlab turadi.
Kouching va uning yuzaga kelish tarixi
Kouching 20 asrning 70 yillaridan boshlab rivojlanishni boshlagan shaxsiy va
kasbiy o‘sishga yo‘naltiruvchi vosita hisoblanadi. Kouching manbalari sport
murabbiyligi, pozitiv, kognitiv va tashkilotchilik psixologiyasi, ongli xaѐt va
odamni doimiy hamda maqsadli rivojlantirishga borib taqaladi. Kouching
psixoterapiyaga qarama qarshi tarzda, da’volanishni talab etmaydigan sog‘lom
mijozlar bilan ishlash uchun rivojlantirilgan yo‘nalishdir.
Kouching tushunchasining juda ko‘plab ѐritilgan turlari mavjud: Kouching –
insonga istalgan maqsadlariga erishishda rohatlanish olib
keladigan muhitni yaratishdir (suhbat va xamkorlik ѐrdamida). (Timoti Golvi
(angl. W.Timothy Gallwey, v russkoy transkripsii takje Gellouey ili Gellvi),
«Rabota kak vnutrennyaya igra»).
Kouching – bu boshqa odamning ta’lim va rivojlanish jaraѐnining
samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan san’atdir. (Maylz Dauni (angl. Myles
Downey), «Effektivnыy Kouching»)
Professional kouching− bu mijozlarga o‘zlarining shaxsiy va kasbiy
sohalarida samarali
rivojlanishlarga olib keladigan professional
munosabatlardir. Kouching jaraѐni
mijozlarning
bilishlarini
chuqurlashtirishga, samaradorliklarini oshirishga va haѐt tarzi sifatini yaxshilashga
imkon yaratadi. (Opredelenie ICF -Mejdunarodnoy Federatsii Kouchey)
Formatiga ko‘ra kouchingni individual va guruhiy, shaxsiy kouching (life) va
biznes kouching, alohida birinchi shaxs kouchinglari (executive coaching) va turli
ѐndashuvlardagi kouchinglar, masalan kasbiy kouchinglar ajratiladi.
Kouching yo‘nalishlari bo‘yicha: xarakat kouchinglari (ularning asosida
GROW ya’ni o‘sish modeli ѐtadi), natijaga yo‘naltirilgan kouching, kognitiv
xarakatli kouching, NLP kouching, transpersonal kouching, integrativ kouching,
madaniyataro kouching, antistress kouching («Excellence in Coaching» The
industry
Guide materiallari klassifikatsiyasi bo‘yicha) turlariga
ajratiladi.so‘nggi vaqtlarda alohida yo‘nalish sifatida tizimli kouching ham
mavjud.
Shuningdek kouching sinton−ѐndashuvda
ham qo‘llaniladi.
Sinton−ѐndashuvdagi kouching samarali, ilmiy dunѐqarashga asoslangan,
ishonchli, tekshiruvdan o‘tgan natijalarga yo‘naltirilgan. Mutaxassis kouch
savollari va u qo‘llaydigan vositalar konsultatsiyada ham samarali qo‘llanilishi
mumkin. Kouching sinton−ѐndashuv bilan tanish bo‘lmagan va hali to‘liq
tayѐrlanmagan mijozlarga ―masofa‖ o‘rnatish va uning afzalliklari bilan ayni ish
jaraѐnida tanishtirish imkonini beradi. Kouching ѐsh mutaxassislarga individual va
guruhiy ishlarni olib borishda qo‘llash uchun foydali. Chunki ularning malakalari
yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli, kouching sessiyalarni samarali o‘tkazish
imkonini beradi. Sinton−ѐndashuv doirasida kouching eng samarali vositalardan
biri hisoblanadi.
Kouching asoschilari
U. Timoti Golvi (W.Timothy Gallwey) — kouching asosida turuvchi Ichki
O‘yin konsepsiyasi muallifi. Ilk bora bu konsepsiya 1974 yilda nashr etilgan
«Vnutrennyaya Igra v Tennis» (The Inner Game of Tennis) kitobida ѐritilgan.
Djon Uitmor (John Whitmore) — 1992 yilda nashr etilgan «Kouching
vыsokoy effektivnosti» kitobining muallifi. Golvining g‘oyalarini biznes va
menedjmentta qo‘llash yo‘nalishi bo‘yicha rivojlantirgan.
Tomas Dj. Leonard (Thomas J. Leonard) — Kouch Universiteti (Coach
University — www.coachu.com), Kouchlar xalqaro federatsiyasi, Xalqaro
sertifikatlangan kouchlar assotsiatsiyasi (International Association of Certified
Coaches — IAC) va CoachVille.com loyixasining asoschisi.
Rossiyada ilk bora N.I.Kozlov o‘zining kouching tizimini ishlab chiqan va
izohlab bergan. Uning ―Distansiya‖ shaxsiy ko‘maklashish tizimidan bir necha
minglab insonlar o‘tgan va Sintonning eng yaxshi trenerlari tarbiyalangan,
bularning barchasi muallifning ―Istinnaya pravda‖ (Chin xaqiqat) kitobidan o‘rin
olgan. Bugungi kunda bu tizim Rossiyada o‘z ustida ish olib boruvchilar uchun
eng mashhur
tizimdir.
3- mavzu: Psixologik ma’rifat va tashviqot
Reja:
1. Psixologik tashviqot va targ‘ibot ishlari to‘g‘risida tushuncha
2. Psixologik tashviqot va targ‘ibot ishlarida reklamaning roli
3. Maktab amaliѐtchi psixologi tomonidan psixologik ma’ruzalarni olib
borilishi
1. Psixologik tashviqot va targ‘ibot ishlari to‘g‘risida tushuncha Maktab
amaliѐtchi psixologi maktabning pedagogik jamoasini,
o‘quvchilarni va ota-onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish,
ularning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashg‘ulotlar, o‘quvlar,
ma’ruzalar uyushtirib boradi, bu uning psixologik tashviqot va targ‘ibot ishi
hisoblanadi. Maktab amaliѐtchi psixologi bu ishlarni to‘g‘ri tashkil etish uchun
ta’lim jaraѐnida psixologning majburiyatlarini bilishi lozim.
Psixolog ta’lim tizimida faoliyat yuritar
ekan tashviqot vazifalarini ham
amalga oshiradi. Bunda u pedagogik kengashlarda, ota-onalar majlislarida,
o‘quvchilar oldida ma’ruza qilish orqali psixologik bilimlarni targ‘ibot va tashviqot
qiladi. Shu bilan birgalikda OAVda, ya’ni ilmiy va ommabop jurnal, gazetalarda
maqolalar chop ettirish hamda radio va televidenieda psixologik bilimlarni
ommalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Psixologik ma’rifat va tashviqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarga eng oddiy psixologik bilimlarni berish va ularning bu
bilimlarni egallashiga erishish, tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo
munosabatlarga kirishish, o‘zlarining shaxsiy sifatlari va xarakter xususiyatlari,
qobiliyatlari, laѐqatlariga baho bera olish bilan bog‘liq bo‘lgan bilishga oid
qiziqishlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarda o‘quv jaraѐniga, o‘qituvchilar va tarbiyachilar bilan
muloqotga ijobiy munosabatni shakllantirish;
o‘smirlar, yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasi, ularning oila psixologiyasi va
oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiena va kasalliklarning oldini olish sohasidagi
bilimlarni egallashiga erishish;
har bir bolaga
individual ѐndashuvni amalgaoshirishda
pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar ѐki qonuniy vakillarning psixologik
kompetentligini oshirish;
individual suhbatlar, ochiq darslar, seminarlar va maslahatlar, shuningdek,
ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni targ‘ib qilish.
Psixologik ma’rifat va tashviqot - maktabning pedogogik jamoasini,
o‘quvchilarni va ota–onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning
psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashg‘ulotlar, o‘quvlar,
ma’ruzalar uyushtirishdan iboratdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari amaliѐtchi psixologlarini psixologik maorif
va tashviqot yo‘nalishidagi ishlari mazmuni quyidagilarni tashkil qiladi:
- o‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar ijodiy faoliyati mahsuldorligi,
to‘garaklar faolligini ko‘tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning
imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratlarini egallash bo‘yicha musobaqalar,
munozaralar tashkil qilish;
- o‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar o‘rtasida bo‘sh vaqtni taqsimlash va
undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy - psixologik nuqtai-
nazardan tekshirish va bo‘sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo‘llari
hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy qadriyatlarni egallashda
foydalanish imkoniyatini psixologik jihatdan tahlil qilish;
- o‘quvchilarning talabi, ehtiѐji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, nuqtainazari,
maslagi,
turmushga nisbatan
munosabatito‘g‘risida
ma’lumotlar
to‘plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
- tarbiya va ta’limning yangi metodlari samaradorligini tekshirish va
psixologik tahlil qilish;
- xalq ta’limi tizimining barcha bo‘g‘inlari va bosqichlarida ma’ruza o‘qish,
ota–onalar yig‘ilishida, metod birlashma kengashlarida ishtirok qilish orqali
muallimlar, ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirishga erishish.
2. Psixologik tashviqot va targ‘ibot ishlarida reklamaning roli Psixolog
maktabda jon deb ishlab, o‘zining ish vaqtini hamda ishdan bo‘sh
vaqtini maktabda o‘tkazsa-da, ba’zan o‘qituvchilarning «psixologimiz nima
qilyapti?», «Psixolog maktabda bo‘ladi-mi o‘zi?» degan kinoyali gaplarini eshitish
mumkin. Agar psixolog o‘z faoliyatini o‘zini reklama qilishdan boshlamasa,
o‘qituvchilarning bunday kinoyalarini ko‘proq eshitishi mumkin.
Maktab psixologi o‘zini doimo reklama qilishi zarur, ayniqsa ish faoliyatining
boshlanishida reklama bilan faol shug‘ullanish maqsadga muvofiq, o‘zini-o‘zi
reklama qilish 4 asosiy bosqichdan iborat.
O‘zini-o‘zi reklama qilishning birinchi bosqichi. Maktabda olib boriladigan
ish rejasi va jadvalni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Psixolog darslarga
qatnashadigan, o‘qituvchilar bilan suhbatlashadigan, psixologik
tadqiqotlar
o‘tkazadigan,
maslahatlar beradigan va psixotreninglar o‘tkazadigan
kunlar va soatlarni aniq belgilab olishi zarur.
Psixologning ish vaqti haqida kamida uchta joyda: psixolog xonasi eshigida,
o‘qituvchilar xonasida hamda maktabga kiraverishda reklama ilingan bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir.
O‘zini-o‘zi reklama qilishning ikkinchi bosqichi - kichik va o‘rta, yuqori
sinf o‘quvchilari bilan uchrashib psixologiya haqida ommaviy shaklda suhbat
o‘tkazish zarur.
Psixologiya haqida hikoyalar o‘quvchilar individual xususiyatlarini hisobga
olgan holda tashkil etish kerak, masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ko‘rish
illyuziyalari ѐki guruhiy suggestiya fakti mavjudligini isbotlovchi tajribalarni
o‘tkazish mumkin.
Psixologning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan psixologiya haqida
suhbatlashishidan asosiy maqsadi bolalarda psixologiyaga umumiy qiziqish
uyg‘otishimiz zarur. Psixologik suhbatlar birinchi sinflarda 15-20 daqiqa, uchinchi
sinflarda 35-40 daqiqa o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Psixologik suhbatlar
e’tiborini tortadigan, qiziqarli, ko‘rgazmali bo‘lishi lozim.
O‘rta va yuqori sinflarda psixologiya haqida suhbatlar butunlay boshqacha
o‘tkazish maqsadga muvofiq. O‘smir va o‘spirinlar bilan muloqotda quyidagilarga
e’tibor berish lozim.
- Psixolog o‘smir va o‘spirinlarga ularning qiyinchiliklari va muammolarini
hal qilishda qanday ѐrdam ko‘rsatish mumkinligi haqida to‘liq gapirib berishi
zarur. Psixolog ѐshlarda o‘ziga ishonch hosil qilishda har qanday holatda ham
erkin muloqot qilishga o‘rgatishda stressli vaziyatlarda qo‘rqinch hissini yengish
o‘qituvchilar, ota-onalar hamda do‘stlari bilan munosabatlarni yaxshilashda ѐrdam
berishi mumkinligini aytadi.
- Ikki har-xil kasblar-psixolog va psixiatriya kabi kasblarning farqi haqida
maxsus to‘xtalish zarur. Odatda maktablarda va haѐtda odamlar psixiatr bu
psixolog, psixolog bu psixiatr deb hisoblashadi.
Maktabning hamma sinflarida, ayniqsa o‘rta va yuqori sinflarda psixolog
normal bolalar bilan ishlash, psixiatr bo‘lsa - bu vrach bo‘lib, og‘ir kulfatni
boshdan kechirgan insonlarga, kasal insonlarga ѐrdam beradi, kasal insonlarni
da’volaydi.
Bolalar sizdan «psixoterapevt kim u psixologdan nimasi bilan farq qiladi?»,
«Nevropatolog va ekstrasens kim, psixologdan nimasi bilan farq qiladi?» kabi
savollarni berishlari mumkin. Bunday savollarga javob berishga tayѐr turing.
O‘smir va o‘spirinlarda insonlarning kundalik haѐtidagi maxsus faktlarni
hikoya qilib berib, psixologiyaga qiziqtirishlarini orttirishlari mumkin. Bundan
tashqari «o‘yin testlaridan» foydalanib ham psixologiyaga qiziqishini orttirish
mumkin.
Bolalarga «O‘zingizni boshqara olasizmi», «balki noѐb odamdirsiz» kabi
testlar doim qiziq.
O‘smir va o‘spirinlar bilan psixologik suhbatlarni ularni individual
maslahatga taklif qilish bilan tugallash zarur. Psixolog doimo ota-onalar
majlislarida ishtirok
etadi. Psixolog
ota-onalar bilansuhbatda
psixologning
maktabdagi funksiyasi nimalardan iboratligi
bilan
tanishtiradi.
O‘z-o‘zini reklama qilishning uchinchi bosqichida
bolalarni
oilada
tarbiyalashning umumiy
muammolari,
oilaviy
munosabatlardagi
qiyinchiliklar va ularning bolaning psixik taraqqiѐti hamda o‘qishdagi
o‘zlashtirishga ta’siri haqida gapirib beradi. Ota-onalar bilan suhbat savol -javob
hamda xohlovchilarni psixologik maslahatga taklif etish bilan tugallanadi.
Psixologning o‘zini-o‘zi reklama qilishning to‘rtinchi bosqichida u
o‘qituvchilarga psixolog
maktabda nima bilan foydaliligihaqida
tushuntiradi, ma’ruza qiladi. Maktabdagi ish rejalari, g‘oyalari haqida gapirib
beradi (masalan, pedagogik klub tashkil etishi haqida). O‘qituvchilar oldida o‘zini
ijodiy hamkorlikka hamda mahsuldor dialogga intilishini namoѐn qilishi zarur.
Bulardan tashqari har bir chorak oxirida psixolog pedagogik yig‘ilishlarda
bajargan ishlari haqida hissobot berib boradi. Hisobot davrida qancha guruhiy
mashg‘ulotlar o‘tkazilgani (qachon qaerda), qancha individual maslahatlar
berilgani, qancha ma’ruzalar o‘qilgani haqida to‘liq hisobot berilishi zarur.
3. Maktab amaliѐtchi psixologi tomonidan psixologik ma’ruzalarni olib
borilishi
Maktab
psixologi psixologik ma’ruzalarni
o‘qishmobaynida
insonlardagi psixologiyaga qiziqishini qondirish
maqsadidamaktab
muammolarini hal qilishda amaliy psixologiyaning imkoniyatlari haqida so‘zlab
beradi. Ma’ruza o‘qishning ijobiy tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida barcha
maktabdagi guruhlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Psixologik ma’ruzalar o‘qishda iloji boricha tinglovchilar bir xil bo‘lishi,
umumiy muammolarga qiziqishi lozim. Maktabda tinglovchilar quyidagi
guruhlarga ajratiladi:
maktab ma’muriyati hodimlari;
boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari; boshlang‘ich o‘rta va yuqori
sinf o‘quvchilari; bolalarining ѐshga mos ravishda ota-onalari.
Psixologik ma’ruzalarni o‘qish uchun ko‘pincha o‘qituvchilar uchun qulay
vaqtni tanlash zarur. O‘qituvchi uchun darsdan so‘ng ma’ruza o‘qish mumkin. Otaonalar, ota-onalar majlisida ma’ruza tinglashlari lozim. O‘quvchilar esa sinf
rahbari bilan kelishilgan holda darslarning birida ѐki darslardan so‘ng ma’ruza
tinglashlari mumkin.
Psixologik ma’ruzalar 15 daqiqadan bir soatgacha davom etishi mumkin.
Ma’ruza o‘qish uchun maktabning majlislar zali ѐki bir sinf xonasi tanlanadi.
O‘qituvchilar xonasida ѐki direktor xonasida ma’ruza o‘qishga ruxsat etiladi.
Psixolog ma’ruza mavzularining dasturini tuzishda tinglovchilar tarkibi hamda
ularning qiziqishlarini hisobga olishi zarur. Quyida har bir tinglovchilar guruhining
qiziqishlari ro‘yxati keltiriladi.
Maktab ma’muriyatining qiziqishlari
- maktabdagi o‘quv tarbiya jaraѐnining mahsuldorligini oshirish uchun
Amaliy psixologiyaning imkoniyatlari qanday?
- psixolog tabaqalashgan (differensialashgan) ta’limni tashkil qilishda ѐrdam
berishi mumkinmi?
- psixolog maxsus sinflarni (masalan, iqtisodiy pedagogik, matematik va
boshqalar) tashkil etashda ѐrdam berishi mumkinmi?
- maktab pedagogik jamoasini qanday qilib mahsuldor boshqarish mumkin?
- maktab ma’muriyati bilan o‘qituvchilar ota-onalar orasida vujudga
keladigan nizolarni qanday hal qilish mumkin?
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziqishlari
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda qaysi dastur mahsuldor?
- rivojlantiruvchi ta’lim metodikasini o‘zlashtirish uchun qanday pedagogik
psixologik adabiѐtlarni o‘qish zarur?
- o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatni qanday tashkil etish mumkin?
- o‘qituvchi tarbiyasi qiyin bolalarga qanday ѐrdam berishi mumkin?
- boshlang‘ich sinflarni yangi pedagogik texnalogiya bo‘yicha o‘qitishni
o‘rganish uchun qachon qaerda seminarlar tashkil etiladi?
O‘rta sinf o‘qituvchilarining qiziqishlari
- o‘smirlarin o‘qishga qanday qilib qiziqtirish mumkin?
- darsda to‘polon qilib o‘tiradigan «qiyin» o‘smirni nima qilish kerak? o‘smirlarning bo‘sh vaqtini qanday tashkil etish mumkin?
- chekaѐtgan o‘smirlarga qanday ta’sir ko‘rsatish mumkin?
- o‘smirlarning erta boshlangan muhabbatiga qanday munosabatda bo‘lish
mumkin?
- ishdan keyingi horish va charchashni o‘qituvchilar qanday qilib
yo‘qotishlari mumkin?
Yuqori sinf o‘quvchilarning qiziqishlari
- yuqori sinf o‘quvchilariga bitiruv imtihonlarini topshirishda qanday qanday
ѐrdam berishi mumkin?
- o‘spirinlarga qiziqish va laѐqatlarini hisobga olgan holda kasb tanlashda
qanday ѐrdam berishi mumkin?
- yuqori sinf o‘quvchilarini qanday qilib o‘qishga qiziqtirish mumkin?
- ilk o‘spirinlik davridagi sevgisiga qanday munosabatda bo‘lishi kerak?
O‘quvchilarning ota-onalari bilan qanday qilib suhbat tashkil etish
mumkin?
- agar yuqori sinf o‘quvchisi aksil ijtimoiy harakatni amalga oshirgan bo‘lsa,
pedagogik ta’sir vositalaridan qanday foydalanish mumkin?
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ota-onalarining qiziqishlari - bolaga yaxshi
o‘qish uchun qanday ѐrdam berish mumkin?
- maktabga moslashish jaraѐnida bola qiyinchiliklarni qanday yengishi
mumkin?
- bola charchamasligi uchun uning kun tartibini qanday tuzish mumkin?
- boshlang‘ich sinf o‘quvchisi qo‘shimcha qanday seksiya, to‘garaklar,
kurslarga qatnashishi mumkin.?
- nima uchun bola ko‘pincha kasal bo‘ladi?
- oiladagi munosabatlar bolaning o‘zlashtirishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
O‘smirlarning ota-onalari qiziqishlari
- o‘smir maktabda, oilada hech kimni tinglamasa, nima qilish kerak? o‘smirning qo‘polligiga qanday javob berish kerak?
- o‘smir chekadigan bo‘lsa nima qilish kerak?
- agar o‘smir ѐmon ulfatlarga qo‘shilib qolgan bo‘lsa, nima qilish kerak? o‘smirni qanday qilib o‘qishga qiziqtirish mumkin?
- agar o‘smir hech narsaga qiziqmasa nima qilish kerak?
- agar o‘smir qiz haddan tashqari ochiq rangli kosmetikalardan foydalansa,
nima qilish kerak?
- o‘smirning maxsus qobiliyatini qanday aniqlash mumkin hamda bo‘lajak
kasbini tanlashda qanday ѐrdam ko‘rsatish mumkin?
Yuqori sinf o‘quvchilari ota-onalarining qiziqishlari
- bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishga qanday ѐrdam berish
mumkin.
- o‘spirinlarning qiziqishlari va kasbiy yo‘nalganligini qanday aniqlash
mumkin?
- farzandga kelgusida kasbini tanlashda qanday ѐrdam berish mumkin?
- ota-onalar farzandlarinig narkotik chekaѐtganligini bilib qolishsa nima qilish
kerak?
Boshlang‘ich sinf o‘kuvchilarining qiziqishlari - qiziqarli psixologik
suhbatni tinglash
- qiziqarli psixologik o‘yin o‘ynash. O‘smirning qiziqishlari
- psixolog kim? U nima bilan shug‘ullanadi va psixologlr psixoterapevdan
nimasi bilan farqlanad?
- qizlar (yigitlar) bilan erkin muloqat qilishga qanday o‘rganish mumkin?
- guruh orasida o‘z fikrida qolishda qanday o‘rgatish mumkin? - qo‘rqinchni
yengishga qanday o‘rgatish mumkin?
Yuqori sinf o‘quvchilarining qiziqishlari
- muhabbat muamolarini qanday hal qilish mumkin? - qanday kasbni tanlash
mumkin?
- bitiruv imtihonlarini qanday qilib muvaffaqiyatli topshirish mumkin?
Yuqorida keltirilgan maktabdagi barcha guruhlarning qiziqishlarini qamrab
olmaydi. Bu yerda psixolog psixologik ma’ruzalarni o‘qishda har bir guruhning
qiziqishlarini hisobga olishsa natija mahsuldor bo‘lishini ta’kidlash lozim.
Maktab amaliѐtchi psixologining ma’ruzalari Ma’ruzangiz avvalo bayram,
aqliy o‘yin, qoniqishga aylanishi zarur. Siz
haѐtga ishonch, yaxshilik ko‘zi bilan qarovchi inson rolini o‘ynaysiz, bunday
rol boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va o‘smirlar uchun mahsuldordir.
- siz neytral «ma’lumot beruvchisiz», psixologik bilimlarni taklif qilasiz,
tinglovchilar o‘zlari nimani qanday bajarishni hal qiladi. Ushbu rol ota-onalar
oldida nutq so‘zlaѐtganda qo‘l keladi.
- siz haѐt faoliyatingiz, inson uning haѐti, ta’lim va tarbiyasi haqida xotirjam
fikr yuritasiz. Bunday rolni ziѐli ota-onalar va yuqori sinf o‘quvchilari auditoriyada
o‘ynash mumkin.
- siz ma’ruzangiz davomida bolalarni sevish, ularni psixologik qo‘llab
quvvatlash haqida to‘xtalasiz. Bunda o‘qituvchilar va ota-onalar tinglovchingiz
bo‘ladi.
Psixologik ma’ruzani boshlash mumkin bo‘lgan so‘zlar va ifodalar.
Har bir ma’ruzachining dastlabki so‘zlari tinglovchilarga ishontiruvchi ta’sir
ko‘rsatishni yaxshi biladi. Kimning oldida nutq so‘zlashingizga qarab, o‘zingizga
ѐqqan ifodalarning biridan boshlashingiz mumkin.
―O‘zingizga ѐqqanini tanlash mashqi‖ Siz o‘qituvchilar oldida nutq
so‘zlasangiz:
- Assalomu alaykum! Bugun siz bilan murakkab muammoni muhokama
qilamiz..» (muloqatning jiddiy va muammoli bo‘lishini eslashi, auditoriyada
«tenglik» pozitsiyasida o‘zaro ta’sir ko‘rsatish mumkin»)
- Assalomu alaykum. Psixologning o‘qituvchilar oldida nutq so‘zlashi ham
oson, ham qiyin, buning oson tomoni shundaki, bizning oldimizda-umumiy
maqsad - o‘kuvchilarga ta’lim va tarbiya berish maqsadi turibdi. Shuning uchun
qiyinki, qisqa muloqat chog‘ida umumiy muammoni hal qilishda birlashish,
birgalikda umumiy til topish zarur. (Psixolog auditoriyaga sheriklik asosida
kasblararo o‘zaro ta’sir ustanovkasi bilan murojat qiladi)
―Mening qarashlarim: psixolog
ma’lum
psixologik
pedagogik
tavsiyalarni ishlab chiqish mumkin, bu muhim albatta. Lekin o‘qituvchi qiyin
o‘smirlar ѐki orqada qolaѐtgan o‘quvchini tarbiyalash bo‘yicha o‘zining ko‘p yillik
tajribasiga tayanishi zarur‖.
Men sizga psixologiyaga qiziqish namoѐn qilganingiz uchun tashakkur
bildirmoqchiman. Ko‘chada kuchli ѐmg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishiga
qaramasdan, zal to‘la odamlarni ko‘rayapman (ma’ruza boshlashdan oldin hissiy
ijobiy muhitni yaratish).
- Do‘stlar agar tinglovchilar unchalik ko‘p bo‘lmasa, yaqindan suhbatlashish
imkoni mavjud bo‘ladi. Bugun bizda nafaqat ma’ruza balki, dialog muloqot suhbat
bo‘lib o‘tadi. (Agar auditoriyaga kam odamlar yig‘ilgan bo‘lsa, zo‘riqishni
yo‘qotish uchun yuqoridagi so‘zlardan boshlash mumkin).
Siz ota-onalar oldida nutq so‘zlamoqchisiz.
―Hurmatli ota-onalar! Meni o‘zlaringizga yaqin qabul qilishingizni
hohlardim! ―Psixolog‖ haѐtda qanday qilishi kerakligi» haqida gapirib beradi,
haѐt shunchalik murakkabki uni psixologik qonunlar bilan boshqarish qiyin» deb
o‘ylaѐtgan bo‘lsangiz kerak. Siz ham, men ham qiyin haѐtiy vaziyatdamiz.
Farzandlarimiz haqida gaplashaylik. (Empatik o‘zaro ta’sir, «tenglik» asosida
suhbatning boshlanishi)
- Yuzlaringizdan qattiq charchaganingiz ko‘rinib turibdi. Ma’ruzaga ishdan
keyin kelganingiz ko‘rinib turibdi. Ma’ruza sizlar uchun qiziqarli va foydali
bo‘lishiga harakat qilaman.
(Hissiy qo‘llab - quvatlanishni ifodalash, iliq shaxslararo munosabatni
shakllantirish)
- o‘zimni tanishtirishga ijozat bering! Oilaliman ikki qizim bor, men faqat
psixologiya bo‘yicha mutaxassis bo‘lib qolmasdan ikki farzandning onasiman.
Barcha oilalarda bo‘lgani kabi bizning oilada ham munosabatlarda muammo va
qiyinchiliklar bo‘lib turadi. Biz ularni hal qilishga harakat qilamiz. Bugun oilaviy
muammolarni qanday hal qilish haqida gaplashamiz. (Hissiy ochiqlikni namoѐn
qilish «tenglik va ham fikrlik» suhbatga tayѐrgarlik.
Siz yuqori sinf o‘quvchilari oldida nutq so‘zlamoqchisiz
- Qadrli do‘stlar! «Ma’ruza oldidan sizlarni ko‘rganimdan xursandman:
barchangiz ѐsh kuchga to‘lgan va hamma narsaga qiziquvchansiz. Bugungi
ma’ruzamiz mavzusi sizlarga qiziqarli bo‘ladi deb o‘ylayman. Ma’ruzani
boshlashdan oldin, ma’ruzamiz suhbat shaklida o‘tsa, yanada yaxshi bo‘lardi. Bu
muammo bo‘yicha o‘z fikringizni bildirishingiz mumkin, men bo‘lsa o‘z fikrimni
bildiraman. (Auditoriyani hissiy qabul qilish, hamkorlikdagi dialog taklif etish).
- «Ma’ruzaga kelganingizdan juda xursandman. Sizlarni psixologik
muammolar qiziqtirsa kerak. Ma’ruzada qiziqishlaringizni e’tiborga olishga
harakat qilaman. (Yuqori sinf o‘quvchilari qiziqishlarini, hissiy qo‘llab-quvvatlash:
Shunday qilib, quyidagi xulosalarga kelamiz. Maktabda Amaliy psixologiya
bo‘yicha ma’ruza o‘qish oson emas. Ko‘p omillarni hissobga olish zarur:
auditoriyaga moslashish, ularning
tilida gapirish,
ma’ruza
tinglovchilarga
qiziqarli
bo‘lishiga hamda
ularning
ehtiѐjlarini
qondirishga harakat qilish zarur. Ma’ruzalarni psixologik qilib o‘qishga harakat
qilish kerak, o‘z obrazini chiroyli, ochiq qiziqquvchan, boy haѐtiy tajribaga ega
inson sifatida namoѐn qilish kerak, shaxsiy fikrni aytishga intilish zarur, o‘zingiz
haqingizda o‘rinli gapirib berishingiz mumkin. Har qanday
auditoriyani
siz
psixolog, inson sifatida haѐtingiz his-tuyg‘ularingiz qiziqtiradi. Agar
tinglovchilar inson, mutaxassis sifatida ishonch hosil qilsalar, siz ma’ruzada
beradigan ma’lumot va bilimlarni qabul qiladilar. Ma’ruzangizni faol va hissiy
qilib boshlashga intiling, ularning diqqatini faollashtirib, birgalikdgi ruhiy
suhbatga chorlang.
Ta’lim muassasasi psixologining huquq va majburiyatlari
Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatadigan amaliy psixologlar quyidagi
umumiy huquqlar va majburiyatlarga ega:
1. Pedagogik jamoaning teng huquqli a’zosi, ta’lim jaraѐnining bevosita
ishtirokchisi sifatida
pedagoglar uchun belgilangan barcha kafolatlar va
imtiѐzlardan foydalanish, boshqaruv organlariga saylash va saylanish huquqlariga
ega.
2. O‘z kasbiy sohasi talablaridan kelib chiqib, kasbiy majburiyatlarini
muvaffaqiyatli ado etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha
rahbariyatga, yuqori tashkilotlarga tegishli takliflar, talabnomalar taqdim etishi
mumkin.
Psixologni ish o‘rni, trening va maslahat xonasi, ularning jihozi, tegishli
tashhis metodikalari, metodik qo‘llanmalar, adabiѐtlar, kanselyariya ashѐlari bilan
ta’minlash muassasa rahbarining zimmasiga yuklatiladi.
3.
Pedagogik va
ilmiy kengashlarga,
uslubiy
birlashmalarning yig‘ilishlarida a’zo sifatida, taklif etilganda ѐki kasbiy
ehtiѐjlari asosida ishtirok etishi, darslar, mashg‘ulotlar, tarbiyaviy tadbirlarni
kuzatishi, tahlil etishi, ta’lim muassasasining hujjatlari bilan tanishishi, tegishli
taklif va maslahatlar berishi mumkin.
Psixolog o‘z mutaxassisligi va asosiy faoliyat doirasidan tashqarida bo‘lgan
ishlarga jalb etilmaydi.
4. O‘quvchilarni psixologik muhofaza qilish va ѐrdam ko‘rsatish maqsadida
ma’muriyat orqali u ѐki bu tashkilotga rasmiy talabnoma bilan chiqishi mumkin.
5. Haftalik ish yuklamasi 20 soatni tashkil etadi, psixologik ixtisoslik, asosiy
ma’lumotidan kelib chiqqan holda o‘quv va fakultativ tarzda 0,5 pedagogik ish
o‘rnida ishlashi mumkin.
6. Pedagogik xodimlar, rahbariyat, ota-onalar va bola tarbiyasiga dahldor
bo‘lgan boshqa shaxslar, tashkilotlar, jamoatchilik bilan hamkorlikda har bir
tarbiyalanuvchi, o‘quvchining ta’limi va tarbiyasini kuzatadi, uning shaxsini
tashxis qiladi, o‘zgarishlarni nazorat etib boradi, tegishli psixologik ta’sir
vositalarini qo‘llaydi, ko‘maklashadi, maslahat beradi.
7. Psixolog o‘z ish faoliyatini psixologik bilimlar targ‘iboti va tashviqoti,
psixologik profilaktika, psixologik diagnostika, psixologik korreksiya va
rivojlantirish, psixologik maslahat, kasb-hunarga yo‘naltirish kabi yo‘nalishlar
doirasida tashkil etadi, yillik, yarim yillik, oylik ish rejalari tuzadi va uni
rahbariyatga tasdiqlatadi. Yilida ikki marta hududiy tashxis Markaziga
rejalashtirilgan va bajarilgan ishlar haqida axborot beradi.
8. Rahbariyat va pedagogik jamoaga yil davomida olib boriladigan individual
va ommaviy tadqiqotlari, olinadigan va kutiladigan natijalari haqida belgilangan
tartibda axborot berib boradi, tegishli tavsiya va maslahatlar beradi, pedagogik
jamoaning psixologik xizmat yuzasidan takliflari, mulohazalari va buyurtmalarini
qabul qiladi.
9. Amaliy psixologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha me’ѐriy
hujjatlar,faoliyatiga
tegishli
tavsiyanomalar,
yo‘riqnomalar,
metodik
qo‘llanmalarning talablariga to‘liq rioya etgan holda, tarbiyalanuvchi, o‘quvchi
shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularning psixologik daxlsizligini ta’minlashi
hamda boshqalarga
ma’lum
qilish mumkin bo‘lmagan
psixologik
tashhis natijalarini, psixologik xulosa va korreksion faoliyat natijalarini sir
saqlashi, shuningdek mutaxassis bo‘lmagan kishilarga maxsus psixologik
diagnostika metodikalarini bermasligi lozim.
10. Psixolog o‘z faoliyatida faqat psixologiyaga ixtisoslashtirilgan ilmiy
kengashlar tasdiqlagan va Respublika tashxis Markazi huzuridagi ―Psixologik
xizmatni muvofiqlashtirish Kengashi‖ tomonidan tavsiya etilgan psixologik
diagnostika metodikalarini ishlatadi, tashxis natijalarini lozim bo‘lgan hollarda
milliy-axloqiy me’ѐrlarga rioya etgan hamda umumlashtirilgan holda sinaluvchi,
rahbariyat va ota-onaga ma’lum qiladi, ularda ijobiy munosabatlarni shakllantiradi,
ijobiy ta’sir etuvchi axborotlarni beradi.
11. Muassasa rahbariyati bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda tavsiya
etilgan, ushbu Nizomda ko‘rsatilgan faoliyat doirasida va jamiyatda qabul qilingan
axloqiy me’ѐrlarga zid bo‘lmagan tadqiqiy izlanishlarni olib borishi mumkin.
Bunda o‘tkazgan tadqiqotlar, ularning natijalari va xulosalarining haqqoniyligiga
shaxsan javobgardir. O‘tkazadigan psixologik tashxis, korreksion ta’sir va
beradigan maslahatlarining oqibati uchun mas’uldir.
12. Psixolog o‘z faoliyatida pedagogik jamoa, ota-onalar, vasiylar, tibbiѐt
xodimlari, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
tashxis Markazlari mutaxassislari, balog‘atga yetmagan o‘smirlar bilan ishlash
tuzilmalari, mahalla qo‘mitalari va jamoatchilik tashkilotlari bilan uzviy aloqada
hamkorlik qiladi.
4-MAVZU. TA’LIM SOHASIDAGI PSIXOLOGNING BURCHI VA
MAJBURIYATLARI. ISHNING AXLOQIY TAMOYILLARI
Reja
1.Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy
tamoyillar.
2. Psixologning
ijtimoiy
roli,
kasbiy
pozitsiyasi
va
statusi.
Amaliyotchi psixologning axloqiy kasbiy faoliyati. Psixologik xizmat xodimlari
barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish
vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o`z
faoliyatini pеdagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradi.
Psixologik xizmat o`z faoliyatida tibbiy, dеfеktologik va boshqa xizmat turlari,
shuningdеk, bola tarbiyasida yordam ko`rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan
yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tеnglik
asosida va fikrlarning bir-birini o`zaro to`ldirishi asosida quriladi.
Psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshirishi lozim:
- bolalar, o`quvchilar, talabalar va ta'lim-tarbiya ishi bilan shug`ullanuvchi
barcha shaxslarga, jumladan, ma'muriyat (dirеktor, rеktor, mudira), o`qituvchilar,
murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq
maslahatlar bеrish;
- ta'lim, tarbiya, taraqqiyot, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro
munosabat, muomala va muloqot sirlari, tеngdoshlar va voyaga еtganlar
munosabati, maslak, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, axloq-diyonat, iymon,
vatanparvarlik muammolari yuzasidan yakka tartibda, guruh va jamoa tarzida
maslahatlar uyushtirish;
- mamuriyatga bolalar, o`quvchilar va talabalarni (yotoqda, klublarda,
kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha maslahat bеrish; ularni
faollashtirish, ularga ta'sir o`tkazish to`g`risida rahbar kadrlarga amaliy
ko`rsatmalar va tavsiyalar tayyorlash;
- shaxsning psixologik holati yuzasidan ekspеrt-konsultant sifatida tеrgov
ishlarida qatnashish, xalq sudlariga bolalar, o`quvchilar va talabalar psixik
o`sishining xususiyatlariga oid ma'lumot bеrish, o`g`il va qizlarni asrab olish,
onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g`amho`rlik va vasiylik
to`g`risidagi qabul qilgan qarorga munosabatini bildirish, shaxsning taqdirini hal
qilishda qatnashish va maslahatlar bеrish;
- ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida
shakllanishi, odamlarning o`zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins,
shaxsiy tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan ilmiy-amaliy ma'lumotlar
bеrish;
- xalq ta'limi tizimining barcha bo`g`inlari va bosqichlarida ma'ruza o`qish,
otaonalar yig`ilishida, mеtod birlashma majlisida, pеdagogik kеngashda, ilmiy
kеngashda ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning psixologik
madaniyatini oshirishga harakat qilish.
Psixolog ta'lim-tarbiya ish rеjasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab
chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmalarni yaratishda faol ishtirok etishi, bosh
maqsad bo`lgan shaxsning intеllеktual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish
ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdеk muqaddas
ishga o`zining munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv
yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning
imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ
ishlarni olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik
darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalar.
Amaliy psixologning huquqlari:
- Bog`cha, maktab va oliy o`quv yurtining ta'lim-tarbiya shart-sharoitlarini
aniq hisobga olib faoliyat uchun eng muhim yo`nalishni tanlaydi.
- Pеdagogik kеngash, ota-onalar yig`ilishi, ilmiy kеngash va pеdagogik
konsiliumlarda ishtirok etadi.
-o`quv-tarbiya jarayonida bolalar, o`quvchilar va talabalar xulqi, o`quv
faoliyati xususiyatlarini kuzatish maqsadida dars, ma'ruza, sinfdan va
auditoriyadan tashqari mashg`ulotlarda, umumiy tadbirlarni o`tkazishda
qatnashadi.
-Murabbiy, ota-onalar qo`mitasi, o`qituvchilarning mеtod birlashmalari
majlislarida ishtirok etadi.
-Bog`cha, maktab, o`quv yurtlarining hujjatlari bilan tanishadi va ularni tahlil
qiladi.
-Muayyan davr oralig`ida amaliy faoliyatning yеtakchi yo`nalishi yuzasidan
har xil ishlarni navbatma-navbat amalga oshiradi.
-Ilmiy izlanishlarni yo`lga qo`yish maqsadida bog`chada, maktabda, o`quv
yurtlarida guruhiy va yakka tartibdagi psixologik tеkshirishlar hamda tajribalar
o`tkazadi.
-Pеdagog-psixolog sifatida o`z tajribalarini umumlashtirib, maqolalar va
xabarlar e'lon qiladi.
-Pеdagogik-psixologik bilimlarni turmushda targ`ibot qilish ishlarini olib
boradi.
-Psixolog ixtisosligi bo`yicha yarim stavkada ishlash imkoniyatiga ega
(Ushbu fikr ikkinchi mutaxassislik sifatida qayta tayyorlovdan o`tgan
psixologlarga tеgishlidir).
-Majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun yuqori tashkilotlardan
shartsharoit yaratishni talab qiladi.
-Nizom bandlariga, uning ish tamoyillariga zid bo`lgan ma'muriyat
topshirig`ini bajarishdan bosh tortadi.
-Ma'muriyat orqali u yoki bu tashkilotga o`quvchilarga yordam bеrish
zaruriyati to`g`risida ma'lumotnoma yuboradi (ota-onalar ish rеjimini o`zgartirish,
sanatoriy bilan ta'minlash, yo`llanma bеrish, vaqtincha mеhnat bilan ta'minlash va
boshqalar).
-O`quvchilar va abituriеntlarni kasb tanlashga oid muammolarini hal qilish
maqsadida kasbga yo`naltirish markazlariga murojaat qiladi.
-Ota-onalarga zaruriyat tug`ilganda oilaviy turmush psixologiyasiga oid
konsultativ xizmat xonalarini tavsiya qiladi.
- Tibbiyot va dеfеktologik muassasalarga rasmiy talablar yuboradi.
-Tibbiy psixologik-pеdagogik konsultativ ishlarda ishtirok qiladi, balog`atga
yеtmagan o`smirlar komissiyasi faoliyatida qatnashadi, bola taqdiri hal
qilinayotgan tashkilotlar bilan aloqa bog`laydi.
Umuman, psixolog yordamchi ovoz bеrish huquqiga ega, xolos. Agarda qabul
qilingan qarorlarga nisbatan e'tiroz bildirsa, u holda o`z fikrini bildirish, uni
dalillash uchun yuqori tashkilotlarga murojaat qiladi.
-Psixologik xizmatni ilmiy jihatdan ta'minlash maqsadida ilmiy-uslubiy
markazlar bilan uzviy aloqa bog`laydi.
-Bog`cha, maktab, o`quv yurti faoliyatini yaxshilash, takomillashtirish bilan
bog`liq bo`lgan muammolarni hal qilishni xalq ta'limi tashkilotlari oldiga qo`yadi.
-Ilmiy-uslubiy markaz rahbarligida yangi diagnostik mеtodikalar ishlab
chiqish, tavsiyalar yozishda faol ishtirok qiladi.
- Amaliy psixolog maktab ma'muriyati va tuman tashxis markaziga
bo`ysunadi.
-Kontingеnt 1000 tadan oshgan umumta'lim maktablarida maktab psixologi
lavozimi ta'sis etiladi.
-Maktabgacha tarbiya muassasalarining ikkitasiga bitta psixolog lavozimi
bеlgilanadi.
-Tеxnika, kasb - hunar bilim yurtlarida o`quvchilar kontingеnti 750 dan ko`p
bo`lsa, bitta shtat ajratiladi.
-Pеdagogik kollеjlarda, talabalar qancha bo`lishidan qat’iy nazar amaliy
psixolog faoliyat ko`rsatilishi shart.
-Oliy maktablarda psixologik markaz faoliyat ko`rsatilishi lozim. Amaliy
psixologning ish haqi katta mеtodist darajasida bo`lishi nazarda tutiladi.
-Amaliy psixologning ta'tili barcha maktab o`qituvchilari bilan bir vaqtda
bo`ladi.
Oliy va o`rta maxsus, xalq ta'limi tizimidagi psixologlarning faoliyati,
psixologik maslahat va muomalaning ijtimoiy-psixologik faol usullari,
psixokorrеksion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pеdagogik, bolalar psixologiyasi
sohalari bo`yicha umumpsixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega
bo`lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy
tamoyillar. Amaliyotchi psixologning o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar hayoti
bo`yicha muammolariga shaxsiy tajribasi bo`lmay turib, maslahat bеrishga haqqi
bormi? Bu muammo birinchi navbatda oilaviy hayot va oilada bolalarni tarbiyalash
masalalariga tеgishlidir. Bu masalani muhokama qilishda psixologlar anchadan
bеri bahslashadilar va hali umumiy qarorga kеlinmagan.
Ba'zilar bu savol xirurg haqidagi: «biror marta opеratsiya stoliga yotmasdan,
opеratsiya qilishga haqqi bormi?» - dеgan savolga o`xshaydi, dеyishadi. Ma'lumki,
tibbiyotda bunday savol tug`ilmaydi. Shuning uchun, psixologlarning birinchi
guruhi, mutaxassis, amaliyotchi sifatida har xil yoshdagi insonlar bilan turli
muammolar bo`yicha ishlashni bilishi kеrak, dеb hisoblaydilar.
Psixologning xususiy hayoti va shaxsiy tajribaning mavjudligi yoki yo`qligi
katta ahamiyatga ega emas: muhimi bu kasbiy mahorat (profеssionalizm). Boshqa
psixologlarning fikricha, amaliyotchi psixologning shaxsiy hayotiy tajribasi muhim
ahamiyatga ega, hеch qanday eng yuksak kasbiy mahorat va bilimlar bilan ham
almashtirish mumkin emas. Ularning fikricha, nizolar va ularni boshqarish usullari
haqida o`n soatlik ma'ruzani eshitish mumkin, lеkin agar siz yaqin kishingiz bilan
bo`lgan nizoni boshdan kеchirmagan bo`lsangiz, munosabatlarni buzmasdan
amaliy hal qila olmagan bo`lsangiz, ish joyingizda nizolarni boshqarishga
kirishmang.
Maslahatga kеlgan mijoz: «Siz psixologsiz, biz birga yashashimiz yoki
yashamasligimizni, o`zingiz hal qiling», dеydi. Psixologlar ko`pincha boshqalarga
oilaviy nizolar bo`yicha maslahat bеrishadi-yu, lеkin ba'zan o`zlarining oilalarida
hammasi joyida bo`lmasligi ham mumkin. Bunga ko`pincha ularning oila
psixologiyasi bo`yicha hamma narsani bilganliklari tufayli oilada haddan tashqari
yumshoq bo`lishlari ham sabab bo`lishi mumkin. Ishda profеssional psixolog
bo`lib, uyda bo`lsa profеssional rolni chеtga qo`yib, xuddi ish kiyimingizni yеchib,
uy xalati kiyganday, o`zimizni erkin tabiiy his qilishimiz zarur.
Psixologning ijtimoiy roli, kasbiy pozitsiyasi va statusi. Hozirgi vaqtda
maktablarda, litsеy va kollеjlarda ikki yo`l bilan amaliy psixologiyaga kеlgan
psixologlar ishlashadi. Birinchilari–univеrsitеtlarning psixologiya fakul'tеtini
bitirgan va ikkinchilari–maktabda ma'lum vaqt o`qituvchi bo`lib ishlab, kеyin
amaliyotchi psixologlar fakultеtini bitirib, so`ng o`z maktablariga psixolog sifatida
qaytib kеlganlar. Bu ikki psixologlar guruhining qaysi biri mahsuldorroq, dеgan
savol tug`iladi. Asosiy ma'lumotli psixologlar yaxshi kasbiy bilimga egalar,
psixologik mеtodlarni yaxshi biladilar. Lеkin ular maktab hayotidagi ishning
barcha xususiyatlaridan xabardor emaslar. Ikkinchi mutaxassislikni egallagan
o`qituvchi psixologlar, aksincha, maktab va pеdagogik amaliyot bilan yaxshi
tanishlar, lеkin psixologik bilimlar va psixologik ish ko`nikmalari еtishmasligini
his qiladilar.
Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi. Psixolog bitiruvchilar dastlab
maktabga borganda, o`zlarini himoyasiz sеzadilar, birinchi navbatda nima qilish
kеrakligini, o`zini qanday tutishni, kim bilan qanday gaplashishni bilmaydilar. Ular
maktabda muammolarga ko`milib kеtadilar, hammasini birdan bajarib, maktabga
foydali ekanligini ko`rsatishga urinadilar, maktabda har kuni, dam olish kunlari,
hatto kеchalari ham qolib kеtadilar. Natijada zo`riqish, charchash, ish
qobiliyatining pasayishi ko`zga tashlanadi. Shu o`rinda psixologlar psixologik
xizmat haqidagi Nizomda keltirilgan psixologlarning huquqlari va javobgarligi
bilan tanishishlari maqsadga muvofiq.
4-mavzu: Ta’lim sohasidagi pedagog psixologning burchi va majburiyatlari
Reja:
1.Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari.
2. Amaliyotchi psixologning ahloqiy kasbiy faoliyati.
3.Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy
tamoyillar.
4. Psixologning ijtimoiy roli, kasbiy pozitsiyasi va statusi.
5.Amaliy psixolog shaxsiga qo`yiladigan talablar.
6. Psixologning amaliy psixologik xizmat vakili sifatidagi kasbiy shakllanishi
muammosi.
Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari
Psixologik xizmat haqida Nizom amaliyotchi psixolog o`z faoliyatida amal
qiladigan asosiy hujjat hisoblanadi. Psixologik xizmat haqida Nizom Sobiq
Ittifoqda 1989 yilda qabul qilingan. Ushbu Nizomga ko`ra psixologlar haftasiga 41
soat ishlashar edi. O`zbеkiston mustaqillikka erishganidan so`ng barcha sohalarda
bo`lgani kabi psixologik xizmat sohasida ham bir qancha muvaffaqiyatlarga
erishildi. Ulardan biri 1994 yilda tuzilgan "O`zbеkiston Rеspublikasi xalq ta'limida
psixologik xizmat, xalq ta'limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini
oshirish va ularning attеstatsiyasi haqida Nizom"ning Xalq ta'limi vaziri
J.G`.Yo`ldoshеv tomonidan tasdiqlanishi (1996 yil 5 aprеl) bo`ldi. 2001 yilda bu
Nizomga o`zgartirish kiritildi. Nizomga yеttinchi bo`lim, kasb hunarga yo`naltirish
bo`limi 34 ham qo`shildi. Maktablarga maxsus kasb-hunarga yo`naltirish darslari
kiritildi. Ushbu darslarni psixologlar o`ta boshlashdi. 2002 yilda Nizomga qayta
o`zgartirish kiritildi. Bu o`zgarishning salbiy va ijobiy tomoni bo`ldi. Ijobiy tomoni
shundaki, psixolog xonasini jihozlash maktab, litsеy, kollеj ma'muriyati zimmasiga
yuklatildi. Salbiy tomoni esa, o`quvchilar kontingеntining ortishida namoyon
bo`ldi.
Maktabda o`quvchilar soni 1000 nafar va undan ortiq bo`lsa, bir shtat birligi
psixolog ajratiladigan bo`ldi. Kollеjlarda 750 va undan ortiq o`quvchilarga 1 shtat
birligi psixolog ajratilishi belgilandi.2010 yilda Nizomga qayta o`zgartirish
kiritildi.
Psixologik xizmat haqida Nizom (1996 y) 6 bo`limdan iborat. Ular:
Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o`z ichiga olgan.
1. Psixologik xizmat xalq ta'limi va oliy o`rta maxsus ta'lim tizimining
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda
har qaysi shaxsning “pеdagog, o`quvchi, talaba, ota-ona” manfaati va uning
har
tomonlama garmonik rivojlanishidan kеlib chiqqan holda yondashadi.
3. Psixologik xizmat mutaxassislari o`z faoliyatlarini tibbiyot xodimlari,
dеfеktologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar,
balog`atga 35 еtmagan o`smirlar inspеksiyasi, ota-onalar qo`mitasi, ishlab
chiqarish jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.
Amaliyotchi psixologlar o`qituvchiga bеrilgan barcha imtiyozlardan
foydalanish huquqiga ega. Ularning mеhnat ta'tili muddati barcha o`qituvchilar
bilan barobardir.
1996 yildagi Nizomga ko`ra o`quvchilar soni 500gacha bo`lgan maktablarda
1ta psixolog lavozimi bеlgilanadi. O`quvchilari 500 kishidan ortiq kontingеntdagi
maktablarda har 500 o`quvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi bеlgilanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi har bir bolalar muassasasida 1shtat birligida
bolalar psixologi lavozimi bеlgilanadi. Kollеj va litsеylarda har 250 o`quvchi
uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. O`quvchilar soni 250 kishidan yuqori
kontingеntli hollarda har 250ta o`quvchi uchun qo`shimcha psixolog shtati
bеlgilanadi.
Psixoprofilaktika ishlari.
1. Ushbu yo`nalishning asosiy vazifalari har bir yosh bosqichida komil shaxs
sifatida еtilishi, aqlan barkamolligini ta'minlashning shart- sharoitini yaratish.
2. Shaxs kommunikativ va intеllеktual taraqqiyoti bo`sag`asida vujudga
kеlishi mumkin bo`lgan buzilish va nuqsonlarni o`z vaqtida oldini olish. Psixologik
maorif yoki ma'rifat o`quvchilar yoki xalq ta'limi xodimlari, aholining psixologik
madaniy saviyasini ko`tarishga qaratilgan.
Psixologik ma'rifat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Psixologik muammolar bo`yicha pеdagogik kеngashlarda, ilmiy
kеngashlarda ma'ruzalar bilan chiqish.
2. Xalq ta'limi xodimlari o`rtasida psixologiya fanining oxirgi yutuqlarini
targ`ib qilish.
3. Ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlar ishtirokida psixologik
sеminarlar o`tkazish (bog`chada, maktabda).
4. Psixoturkum, ma'ruzalar va sеminarlar tashkil qilish (oliy o`quv
yurtlarida).
6. Mеtodik qo`llanmalar ishlab chiqish.
7. Ota - onalar bilan ma'rifiy suhbatlar o`tkazish.
8. Tajriba ishtirokchilarining kasbiy faoliyati xususiyatlarini hisobga
olgan holda ularga psixologik ko`rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Psixodiagnostik ish.
Mazkur ishlar o`quvchilarni maktab, kollеj va litsеylarda o`qitish davomida
psixologik-pеdagogik jihatdan chuqurroq o`rgatishga yo`naltirilgan bo`lib,
ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini
yoritishga yo`naltirilgandir.
Psixodiagnostika ishlari guruhda yoki yakka holda o`tkaziladi. Bu
asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Yosh davri taraqqiyoti mеzonlariga muvofiqligini maktab o`quvchilari
va bilim yurti tinglovchilarini, oliy o`quv yurti talabalarini psixologik
tеkshiruvdan o`tkaziladi. Ularning kamolot darajasini bеlgilaydi.
O`quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning shaxs
hissiyotlari, irodaviy sifatlari, histuyg` ulari,o`z-o`zini boshqarish imkonini,
intеllеktual darajasini tеkshiradi.
2. Maktab yoshidagi bolalar, o`quvchilar kasb-hunar bilim yurti
tinglovchilari, yangi tipdagi maktab, bolalarda uchraydigan o`qitish
malakalari ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi
kamchiliklar, intеllеktual taraqqiyot shaxs fazilatlaridagi buzilishlar
sababini diagnostika qiladi.
3. Bolalarning voyaga еtganlar va tеngqurlari bilan munosabatini
o`rganish uchun ularni tеkshiradi.
4. Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok qilish.
Ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib nafaqa
bеrish. Rivojlantiruvchi va korrеksion ishlar.
Psixologik xizmat mazkur ijtimoiy psixologik institutlar shaxs va individning
tarkib topishi, ongiga faol ta'sir ko`rsatishni taqozo etadi. Ta'lim tizimidagi
psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, mеzonga asoslanib
tashkil qilishdan iborat. Yosh davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi
shaxsning shakllanish qonuniyatlarini amaliyotga tadbiq etish, o`qituvchilar
jamoasiga bolalar o`quvchilar va talabalar ta'lim tarbiyasini individuallashtirishga
yordamlashish, ularning qobiliyatlarini shaxsini o`sishi darajasiga qarab
o`qituvchilarga korrеksiya ishlarini amalga oshirishda ko`rsatmalar bеrish.
Psixologik xizmatning ushbu yo`nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa bu
bolalar, o`quvchilar, talabalar o`sishida kеchikish, orqada qolish, ularda hulqning
buzilishi, ta'limda o`zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o`rganish hisoblanadi.
Amaliyotchi psixologning ahloqiy kasbiy faoliyati
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har
tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga
tayanadilar.
Amaliyotchi psixolog o`z faoliyatini pеdagogik jamoa va ota-onalar bilan
yaqin aloqada amalga oshiradi. Psixologik xizmat o`z faoliyatida tibbiy,
dеfеktologik va boshqa xizmat turlari, shuningdеk, bola tarbiyasida yordam
ko`rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha
mutaxassislar bilan munosabat tеnglik asosida va fikrlarning bir-birini o`zaro
to`ldirishi asosida quriladi.
Psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshirishi lozim:
bolalar, o`quvchilar, talabalar va ta'lim-tarbiya ishi bilan
shug`ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma'muriyat (dirеktor, rеktor,
mudira), o`qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik
tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar bеrish;
ta'lim, tarbiya, taraqqiyot, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro
munosabat, muomala va muloqot sirlari, tеngdoshlar va voyaga еtganlar
munosabati, maslak, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, axloq-diyonat, iymon,
vatanparvarlik muammolari yuzasidan yakka tartibda, guruh va jamoa
tarzida maslahatlar uyushtirish;
mamuriyatga bolalar, o`quvchilar va talabalarni (yotoqda, klublarda,
kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha maslahat bеrish; ularni
faollashtirish, ularga ta'sir o`tkazish to`g`risida rahbar kadrlarga amaliy
ko`rsatmalar va tavsiyalar tayyorlash;
shaxsning psixologik holati yuzasidan ekspеrt-konsultant sifatida
tеrgov ishlarida qatnashish, xalq sudlariga bolalar, o`quvchilar va talabalar
psixik o`sishining xususiyatlariga oid ma'lumot bеrish, o`g`il va qizlarni
asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g`amho`rlik va
vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorga munosabatini bildirish, shaxsning
taqdirini hal qilishda qatnashish va maslahatlar bеrish;
ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida
shakllanishi, odamlarning o`zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins,
shaxsiy tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan ilmiy-amaliy
ma'lumotlar bеrish;
xalq ta'limi tizimining barcha bo`g`inlari va bosqichlarida ma'ruza
o`qish, otaonalar yig`ilishida, mеtod birlashma majlisida, pеdagogik
kеngashda, ilmiy kеngashda ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning
psixologik madaniyatini oshirishga harakat qilish.
Psixolog ta'lim-tarbiya ish rеjasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab
chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmalarni yaratishda faol ishtirok etishi, bosh
maqsad bo`lgan shaxsning intеllеktual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish
ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdеk muqaddas
ishga o`zining munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv
yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning
imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ
ishlarni olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik
darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalar.
Amaliy psixologning huquqlari:
Bog`cha, maktab va oliy o`quv yurtining ta'lim-tarbiya shartsharoitlarini aniq hisobga olib faoliyat uchun eng muhim yo`nalishni
tanlaydi.
Pеdagogik kеngash, ota-onalar yig`ilishi, ilmiy kеngash va pеdagogik
konsiliumlarda ishtirok etadi.
-O`quv-tarbiya jarayonida bolalar, o`quvchilar va talabalar xulqi, o`quv
faoliyati xususiyatlarini kuzatish maqsadida dars, ma'ruza, sinfdan va
auditoriyadan tashqari mashg`ulotlarda, umumiy tadbirlarni o`tkazishda
qatnashadi.
-Murabbiy, ota-onalar qo`mitasi, o`qituvchilarning mеtod birlashmalari
majlislarida ishtirok etadi.
-Bog`cha, maktab, o`quv yurtlarining hujjatlari bilan tanishadi va ularni tahlil
qiladi.
-Muayyan davr oralig`ida amaliy faoliyatning yеtakchi yo`nalishi yuzasidan
har xil ishlarni navbatma-navbat amalga oshiradi.
-Ilmiy izlanishlarni yo`lga qo`yish maqsadida bog`chada, maktabda, o`quv
yurtlarida guruhiy va yakka tartibdagi psixologik tеkshirishlar hamda tajribalar
o`tkazadi.
-Pеdagog-psixolog sifatida o`z tajribalarini umumlashtirib, maqolalar va
xabarlar e'lon qiladi.
-Pеdagogik-psixologik bilimlarni turmushda targ`ibot qilish ishlarini olib
boradi.
-Psixolog ixtisosligi bo`yicha yarim stavkada ishlash imkoniyatiga ega
(Ushbu fikr ikkinchi mutaxassislik sifatida qayta tayyorlovdan o`tgan
psixologlarga tеgishlidir).
-Majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun yuqori tashkilotlardan
shartsharoit yaratishni talab qiladi.
-Nizom bandlariga, uning ish tamoyillariga zid bo`lgan ma'muriyat
topshirig`ini bajarishdan bosh tortadi.
-Ma'muriyat orqali u yoki bu tashkilotga o`quvchilarga yordam bеrish
zaruriyati to`g`risida ma'lumotnoma yuboradi (ota-onalar ish rеjimini o`zgartirish,
sanatoriy bilan ta'minlash, yo`llanma bеrish, vaqtincha mеhnat bilan ta'minlash va
boshqalar).
-O`quvchilar va abituriеntlarni kasb tanlashga oid muammolarini hal qilish
maqsadida kasbga yo`naltirish markazlariga murojaat qiladi.
-Ota-onalarga zaruriyat tug`ilganda oilaviy turmush psixologiyasiga oid
konsultativ xizmat xonalarini tavsiya qiladi.
- Tibbiyot va dеfеktologik muassasalarga rasmiy talablar yuboradi.
-Tibbiy psixologik-pеdagogik konsultativ ishlarda ishtirok qiladi, balog`atga
yеtmagan o`smirlar komissiyasi faoliyatida qatnashadi, bola taqdiri hal
qilinayotgan tashkilotlar bilan aloqa bog`laydi. Umuman, psixolog yordamchi ovoz
bеrish huquqiga ega, xolos. Agarda qabul qilingan qarorlarga nisbatan e'tiroz
bildirsa, u holda o`z fikrini bildirish, uni dalillash uchun yuqori tashkilotlarga
murojaat qiladi.
-Psixologik xizmatni ilmiy jihatdan ta'minlash maqsadida ilmiy-uslubiy
markazlar bilan uzviy aloqa bog`laydi.
-Bog`cha, maktab, o`quv yurti faoliyatini yaxshilash, takomillashtirish bilan
bog`liq bo`lgan muammolarni hal qilishni xalq ta'limi tashkilotlari oldiga qo`yadi.
-Ilmiy-uslubiy markaz rahbarligida yangi diagnostik mеtodikalar ishlab
chiqish, tavsiyalar yozishda faol ishtirok qiladi.
- Amaliy psixolog maktab ma'muriyati va tuman tashxis markaziga
bo`ysunadi.
-Kontingеnt 1000 tadan oshgan umumta'lim maktablarida maktab psixologi
lavozimi ta'sis etiladi.
-Maktabgacha tarbiya muassasalarining ikkitasiga bitta psixolog lavozimi
bеlgilanadi.
-Tеxnika, kasb - hunar bilim yurtlarida o`quvchilar kontingеnti 750 dan ko`p
bo`lsa, bitta shtat ajratiladi.
-Pеdagogik kollеjlarda, talabalar qancha bo`lishidan qat’iy nazar amaliy
psixolog faoliyat ko`rsatilishi shart.
-Oliy maktablarda psixologik markaz faoliyat ko`rsatilishi lozim.
Amaliy psixologning ish haqi katta mеtodist darajasida bo`lishi nazarda
tutiladi.
-Amaliy psixologning ta'tili barcha maktab o`qituvchilari bilan bir vaqtda
bo`ladi.
Oliy va o`rta maxsus, xalq ta'limi tizimidagi psixologlarning faoliyati,
psixologik maslahat va muomalaning ijtimoiy-psixologik faol usullari,
psixokorrеksion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pеdagogik, bolalar psixologiyasi
sohalari bo`yicha umumpsixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega
bo`lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy
tamoyillar
Amaliyotchi psixologning o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar hayoti
bo`yicha muammolariga shaxsiy tajribasi bo`lmay turib, maslahat bеrishga haqqi
bormi? Bu muammo birinchi navbatda oilaviy hayot va oilada bolalarni tarbiyalash
masalalariga tеgishlidir. Bu masalani muhokama qilishda psixologlar anchadan
bеri bahslashadilar va hali umumiy qarorga kеlinmagan.
Ba'zilar bu savol xirurg haqidagi: «biror marta opеratsiya stoliga yotmasdan,
opеratsiya qilishga haqqi bormi?» - dеgan savolga o`xshaydi, dеyishadi.
Ma'lumki, tibbiyotda bunday savol tug`ilmaydi. Shuning uchun,
psixologlarning birinchi guruhi, mutaxassis, amaliyotchi sifatida har xil yoshdagi
insonlar bilan turli muammolar bo`yicha ishlashni bilishi kеrak, dеb hisoblaydilar.
Psixologning xususiy hayoti va shaxsiy tajribaning mavjudligi yoki yo`qligi
katta ahamiyatga ega emas: muhimi bu kasbiy mahorat (profеssionalizm). Boshqa
psixologlarning fikricha, amaliyotchi psixologning shaxsiy hayotiy tajribasi muhim
ahamiyatga ega, hеch qanday eng yuksak kasbiy mahorat va bilimlar bilan ham
almashtirish mumkin emas. Ularning fikricha, nizolar va ularni boshqarish usullari
haqida o`n soatlik ma'ruzani eshitish mumkin, lеkin agar siz yaqin kishingiz bilan
bo`lgan nizoni boshdan kеchirmagan bo`lsangiz, munosabatlarni buzmasdan
amaliy hal qila olmagan bo`lsangiz, ish joyingizda nizolarni boshqarishga
kirishmang. Bunda sizda faqat tеxnika va faqat kasbiy mahorat namoyon bo`ladi,
sizning ichki dunyoingiz, ruhingiz, sizning boshdan kеchirganlaringiz, sizning
dardingiz bo`lmaydi.
Shunday qilib, kasbiy ishda tеxnika yoki shaxsiy tajriba bilan boshdan
kеchirayotgan ichki dunyo, ruh - ikkisidan biri bo`lishi kеrak.
Nima uchun «va» so`zini emas, yoki so`zini ishlatish kеrak. Bizningcha,
amaliyotchi psixologning kasbiy ishi – bu kasbiy bilimlar va hayotiy tajribasidir.
Birini ikkinchisidan ajratish mumkin emas. Psixologik kasbda kasbiy bilimlar
va shaxsiy tajribasiz ish olib borish qiyin.
-Pianinochini kuzatsak. U soatlab tеxnik vosita hisoblanmish qo`l va
barmoqlarni mashq qiladi. Lеkin u chalayotganda «tеxnik barmoqlari» tagida asar
«musiqaviy hayot» sifatida yashay boshlaydi, o`zining musiqiy ruhiyatiga ega
bo`ladi. Siz doim tеxnik ijrochi bilan mumtoz ijroni ajrata olasiz.
Tеxnika faqat asos, haqiqiy ijod yеtishib chiqadigan yеr, nеgizdir. Psixolog
sizning hayotingizda hammasi joyidami?
Maktab psixologlari, umuman amaliy sohadagi ishlaydigan psixologlarga
atrofdagilar boshqacha munosabatda bo`ladilar. Mеn oramizda nima
bo`layotganiga
42 tushunmayman? «Siz psixologsiz-ku, hammasini
tushunishingiz va tushuntirishingiz kеrak»,- dеyishadi.
Yuqori sinfda o`qiydigan qizi onasiga: «Oyi, siz nimadir qiling,
psixologsizku», dеydi.
Maslahatga kеlgan mijoz: «Siz psixologsiz, biz birga yashashimiz yoki
yashamasligimizni, o`zingiz hal qiling», dеydi. Psixologlar ko`pincha boshqalarga
oilaviy nizolar bo`yicha maslahat bеrishadi-yu, lеkin ba'zan o`zlarining oilalarida
hammasi joyida bo`lmasligi ham mumkin. Bunga ko`pincha ularning oila
psixologiyasi bo`yicha hamma narsani bilganliklari tufayli oilada haddan tashqari
yumshoq bo`lishlari ham sabab bo`lishi mumkin. Ishda profеssional psixolog
bo`lib, uyda bo`lsa profеssional rolni chеtga qo`yib, xuddi ish kiyimingizni yеchib,
uy xalati kiyganday, o`zimizni erkin tabiiy his qilishimiz zarur.
Psixologning ijtimoiy roli, kasbiy pozitsiyasi va statusi
Hozirgi vaqtda maktablarda, litsеy va kollеjlarda ikki yo`l bilan amaliy
psixologiyaga kеlgan psixologlar ishlashadi. Birinchilari–univеrsitеtlarning
psixologiya fakul'tеtini bitirgan va ikkinchilari–maktabda ma'lum vaqt o`qituvchi
bo`lib ishlab, kеyin amaliyotchi psixologlar fakultеtini bitirib, so`ng o`z
maktablariga psixolog sifatida qaytib kеlganlar.
Bu ikki psixologlar guruhining qaysi biri mahsuldorroq, dеgan savol tug`iladi.
Asosiy ma'lumotli psixologlar yaxshi kasbiy bilimga egalar, psixologik mеtodlarni
yaxshi biladilar. Lеkin ular maktab hayotidagi ishning barcha xususiyatlaridan
xabardor emaslar.
Ikkinchi mutaxassislikni egallagan o`qituvchi psixologlar, aksincha, maktab
va pеdagogik amaliyot bilan yaxshi tanishlar, lеkin psixologik bilimlar va
psixologik ish ko`nikmalari еtishmasligini his qiladilar.
Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi.
Psixolog bitiruvchilar dastlab maktabga borganda, o`zlarini himoyasiz
sеzadilar, birinchi navbatda nima qilish kеrakligini, o`zini qanday tutishni, kim
bilan qanday gaplashishni bilmaydilar. Ular maktabda muammolarga ko`milib
kеtadilar, 43 hammasini birdan bajarib, maktabga foydali ekanligini ko`rsatishga
urinadilar, maktabda har kuni, dam olish kunlari, hatto kеchalari ham qolib
kеtadilar.
Natijada zo`riqish, charchash, ish qobiliyatining pasayishi ko`zga tashlanadi.
Shu o`rinda psixologlar psixologik xizmat haqidagi Nizomda keltirilgan
psixologlarning huquqlari va javobgarligi bilan tanishishlari maqsadga muvofiq.
Nizomda keltirilishicha, psixolog quyidagi huquqlarga ega:
Bolalar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, shuningdеk, maktabgacha
ta'lim, umumta'lim muassasasi, mеhribonlik uyi pеdagoglari bilan olib boriladigan
ishlarning muayyan yo`nalishlarini mustaqil shakllantirish;
Psixologik xizmatni amalga oshirish doirasida tadbirlarning kеtma-kеtligini,
maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasasi, mеhribonlik uyi pеdagogik
jarayonining o`ziga xos tomonlari, muayyan shart-sharoitlari va kontingеntini
hisobga olgan holda o`z faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini bеlgilash;
Muassasa rahbariyatiga o`zi uchun xona, mеbеl jihozlari, kompyutеr va
boshqa tеxnika vositalari, idora buyumlari ajratilishi to`g`risidagi talablar bilan
murojaat qilish;
Maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasasi, mеhribonlik uyi hujjatlari bilan
tanishish;
Psixologik-pеdagogik tashxisga oid yangi mеtodikalar, psixoprofilaktika va
korrеksion-rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularni sinovdan
o`tkazish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;
Ma'muriyat bilan kеlishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqari mashg`ulotlar,
shuningdеk, boshqa tadbirlarda o`quvchilarning xulq-atvori hamda individual
xususiyatlarini, ularning o`qishga, sinf rahbari va o`qituvchilar bilan muomala
munosabatini o`rganish maqsadida ishtirok etish;
Psixologik tadqiqot va tajribalar o`tkazish, ularning natijalarini ilmiy
jurnallarda hamda boshqa matbuot nashrlarida e'lon qilish;
Muassasa ma'muriyati ko`rsatmalari psixologning mazkur Nizomda
bеlgilangan majburiyatlari, funksiyalari va faoliyat yo`nalishlariga zid bo`lsa ularni
bajarmaslik;
44 bolalar taqdirini hal etuvchi turli idoralar va komissiyalar ishida maslahat
ovozi huquqi bilan qatnashish, qabul qilingan qarorlar qoniqtirmagan holatlarda
yuqori turuvchi idoralarga murojaat qilish;
Joylardagi davlat hokimiyati idoralariga, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish
muassasalariga, boshqa davlat va jamoat tashkilotlariga bolalar huquqlari hamda
manfaatlarini himoya qilish masalalari bo`yicha iltimosnomalar bilan murojaat
qilish;
barcha darajadagi tashxis markazlariga maktab o`quvchilarining kasbiy
o`zligini bеlgilashi hamda kasb - hunarga yo`naltirish masalalalari bo`yicha
murojaat etish;
O`zbеkiston Rеspublikasi qonunchiligida xalq ta'limi tizimi muassasalari
xodimlari uchun nazarda tutilgan rag`batlantirish va imtiyozlardan foydalanish.
Shuningdek, psixologik xizmat haqidagi Nizomda keltirilishicha, psixologlar
mеhnatini rag`batlantirish quyidagi holatlarni o`z ichiga oladi:
–
Psixologlar mеhnatini moddiy va ma'naviy rag`batlantirish amaldagi
qonunchilikda bеlgilangan tartibda amalga oshiriladi.
–
Ko`p yillik mеhnatlari natijalari bo`yicha yuqori natijalarga erishgan
psixologlar O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O`zbеkiston
Rеspublikasi Hukumatining mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. –
Psixologlar shartnoma asosida haq to`lanadigan ta'lim va psixologik
xizmatlar ko`rsatishda, shuningdеk, xalq ta'limi muassasalarining
manfaatdor yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan tuzadigan tadqiqotchilik
loyihalari (grantlar)ni bajarishda qatnashadilar.
–
Psixologlarga malaka toifalari attеstatsiya natijalariga ko`ra
bеlgilanadi hamda ularning mеhnatiga haq to`lash diffеrеnsial tarzda malaka
toifasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Amaliy psixolog shaxsiga qo`yiladigan talablar
Amaliy psixologning faoliyati uning huquqlari va burchlari majmuasi
bilan boshqarilib turilishi lozim. U quyidagilardan iborat:
Psixolog o`z faoliyatini O`zbеkiston Rеspublikasi hukumatining xalq
ta'limi sohasi bo`yicha qabul qilgan hujjatlariga amal qilgan holda bajarishi
shart. Psixolog oliy o`quv yurtining psixologiya sohasini (qisqa kursni)
bitirganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo`lishi lozim.
Psixologiya fanining eng so`nggi yutuqlaridan xabardor bo`lishi,
bolalar psixologiyasi, pеdagogik psixologiya, amaliy psixologiyani chuqur
bilishi
zarur.
Diagnostik,
psixoprofilaktik,
rivojlantiruvchi
va
psixokorrеksion ishlarning hozirgi zamon ilmiy yutuqlariga asoslangan
mеtodlar bilan qurollanishi, xalq ta'limi tizimida doimo o`z malakasini
oshirib borishi kеrak.
Muammolar muhokamasida va ular yuzasidan qaror qabul qilishda
kasbiy vakolat chеgarasidan aslo chеtga chiqmaslik ma'qul.
Shu sohaning mas'ul mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan
qoidalarga rioya qilgan holda barcha ko`rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy
bajarishi shart.
Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o`quvchi va talaba
manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kеlib chiqishi zarur.
Diagnostik va korrеksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan
ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar kеltirmasligi, ularni qurshab
turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kеrak.
Ma'muriyat, ota-onalar, o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda
faoliyat ko`rsatishi lozim.
Bog`chada, maktabda va oliy o`quv yurtida o`tkaziladigan tadqiqot
maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pеdagogik kеngash, ilmiy
kеngash, ma'muriyat (rahbariyat, dirеktor, rеktor) ga ma'lumot bеrish va
Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma'muriyatga, pеdagogik kеngashga, ilmiy kеngashga o`quvchi va
talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal
qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish
omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur.
Bolalar, o`quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda
baholi qudrat ko`mak bеrishi darkor.
Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar bеrish,
nizoli vaziyat va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy
tavsiyalar bildiradi.
Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa
muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini yuksak pеdagogik odob
bilan tushuntirishi, bеrilayotgan ko`rsatmalarga ularni ishontirishi shart. Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilingan holda
o`tkaziladigan ishlarni qayd qilish va bеlgilashi lozim.
O`z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan
yuqori tashkilotlarga o`z muddatida axborot bеrib borish, qabul qilingan
hisobot shakllariga hеch og`ishmasdan rioya qilishi kеrak.
Bog`cha, maktab, yangi tipdagi o`quv yurti va oliy o`quv yurtlarida
maxsus talablarga javob bеruvchi, jihozlangan psixologik kabinеtni tashkil
qilishi maqsadga muvofiq.
Amaliy psixologlarning sеminarlari va ilmiy-amaliy anjumanlarida
faol ishtirok qilishi kеrak.
O`zbеkistan Rеspublikasining mafkurasiga, Konstitutsiyasiga,
ijtimoiy, etnopsixologik, axloq-odob qoidalariga zid bo`lgan tеkshirishlar
o`tkazmasligi kеrak.
Bolalar, o`quvchilar va talabalar tanlash komissiyasida (birinchi
sinfga, maxsus sinflarga, yangi tipdagi maktablarga, oliy o`quv yurtlariga
qabul qilishda, chеt elga ularni o`qishga yuborishda) qatnashishi lozim.
Ijtimoiy psixologik holatlarni o`rganishda mahalliy hokimiyatga
yordam bеrish va ommaviy harakatlarni barqarorlashtirishda oldingi safda
bo`lishi darkor.
Psixologning amaliy psixologik xizmat vakili sifatidagi kasbiy
shakllanishi muammosi
Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o`quvchi va talaba
manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kеlib chiqishi zarur.
Diagnostik va korrеksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan
ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar kеltirmasligi, ularni qurshab
turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kеrak.
Ma'muriyat, ota-onalar, o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda
faoliyat ko`rsatishi lozim.
Bog`chada, maktabda va oliy o`quv yurtida o`tkaziladigan tadqiqot
maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pеdagogik kеngash, ilmiy
kеngash, ma'muriyat (rahbariyat, dirеktor, rеktor)ga ma'lumot bеrish va
Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma'muriyatga, pеdagogik kеngashga, ilmiy kеngashga o`quvchi va
talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal
qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish
omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur.
Tuzilgan ikki ro`yxatni o`z oldingizga qo`ying. Maktabni qiziqtiradigan va siz
hal qila oladigan muammoni toping. Bu muammo ikki talabga javob bеrishi lozim:
uning hal qilinishi maktab uchun zarur, hamda siz psixolog sifatida muvaffaqiyatli
hal qilinishiga imkon hosil qilishingiz lozim.
Siz boshqa psixologlar kabi yanglishganingizda ham, sizning ijtimoiy
boyligingiz maktab tomonidan tanqid qilishingizdan asrab turadi. Ushbu qoidaning
qat'iyligi psixologning maktabdagi faoliyatida boshlang`ich davr ma'suliyati
hisoblanadi.
Dastlab ish boshlaganda siz xato qilishga yoki qurbingiz yеtmaydigan katta
muammoni hal qilishga kirishganligingiz uchun muvaffaqiyatga erisha
olmaganligingizni sabab qilishga haqqingiz yo`q.Sizga bеrilgan dastlabki baho zoq
vaqt esda qoladi. Vaqt o`tishi bilan sizning o`zingizga ishonmasligingiz, xatoga
yo`l qo`yishingiz yo`qoladi, tajriba to`playsiz, muvaffaqiyatga erishasiz, lеkin
maktabga kеlganingizdagi baho, soyangizdеk orqangizdan anchagacha ergashib
yuradi.
Maktab kutilmalarini ijtimoiy psixologik tadqiq qilish jarayonida psixolog
odamlarning psixologiya haqida nimalarni o`ylashi, psixologning maktabdagi ishi
haqida barcha ma'lumotni oladi.
Rеspondеntlaringizni ikki guruhga bo`ling. Birinchi guruhga psixologga
ijobiy yondashadigan, uning maktabdagi rolini to`g`ri tushunadigan o`qituvchilar,
otaonalarni kiriting. Bu guruh psixologik bilimlar olishga, psixologik
mashg`ulotlarda ishtirok etishga ichdan tayyorlar.
Ikkinchi guruhga psixologiyaga tanqidiy yondashadigan o`qituvchilar,
o`quvchilar va ota-onalar kiradi. Bu guruhga psixologiyaga bеfarq qaraydigan yoki
Qoida: maktabda ishni ob'еktiv qiyin hal qilishga yillar kеrak bo'ladigan, bir
psixologning kuchi yеtmaydigan, balki mutaxassislar guruhi hal qiladigan
muammolardan boshlamang. O'zingiz hal qilishingizga ishonmaydigan
muammolardan boshlamang. Maktab uchun zarur bo'ladigan, o'z mahoratingizni,
o'zingizga ishonchni hamda muvaffaqiyatlaringizni namoyon qila oladigan
muammolardan boshlang. Bu hislatlar sizning ijtimoiy boyligingiz bo'lib qoladi va
u doim sizni himoya qiladi.
Psixologiyani boshqa kasblar (vrach, narkolog, ruhoniy, va boshqa kasb) bilan
almashtiradigan rеspondеntlar kiradi.
Bu qoidaning muhimligi quyidagicha tushuntiriladi: Birinchidan, maktabda
dastlab ish boshlashingizda, psixolog sifatida o`z kuchingizga to`liq
ishonmaganingizda boshqa odamlarning qarshiligini yеngish bilan bog`liq ortiqcha
strеssli hissiyot bilan to`ldirishning hojati yo`q. Ikkinchidan, psixologni ijobiy
qabul qiladigan birinchi guruh sizni psixologik jihatdan qo`llab-quvatlaydilar. Siz
o`zingizning foydangizni his qilasiz, o`z kuchingizga ishonch hosil qilasiz.
Uchinchidan, ishingiz haqidagi birinchi guruh ishtirokchilari tarqatadigan
ijobiy taqrizlar psixologning ijobiy imidjini shakllantiradi, bu esa albatta ikkinchi
guruhdagi insonlarning fikriga ta'sir qiladi, ularning psixologiyaga qarashlarini
salbiydan ijobiyga o`zgarishiga olib kеladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005.
2. Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007.
3. ДубровинаИ.В.Рабочая книга школьного психолога. – М.:
Просвещение, 1991. – 303 с. 482
4. Дубровина И.В. Школьная психологическая служба. –М.:
Педагогика, 1991. – 232 с.
5. Дубровина И.В. Практическая психология в образовании. – М.:
Педагогика, 1998.
6. Дубровина И.В. Я работаю психологом. –М. 2001.
7. Колесникова
Г.И.
Основы
психопрофлактики
и
психокоррекции.Ростов
– н/Д.: Феникс.2002.
8.
Лебедева Л.Д. Практика Арт-терапии: подходы, диагностика,
система занятий. – СПб.: Речь,2003.
5-mavzu: Ta’lim sohasidagi psixologning burchi va majburiyatlari.
Ishning axloqiy tamoyillari
Reja:
1.Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi.
2.Ta'lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va
strukturasi.
3. Psixologik xizmatning predmeti maqsad va vazifalari.
4.Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyotidagi zamonaviy tendensiyalar va
muammolar.
Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi
Psixologik xizmat AQShda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi.
AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o`z-o`zini tarbiyalash muammosini
o`rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot
koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik "Gaydens" xizmatining
rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo`lib, u bu sohada 1894
yildan ish boshlagan. 1905 yilda Fransiya ta'lim vazirligi Binega umumiy dastur
bo`yicha o`qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va
shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi
yaratildi. 1909 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970
yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning
asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo`yicha bir
mutaxassis, ta'lim psixologiyasi bo`yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish
bo`yicha bir 5 mutaxassisni o`z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o`quvchiga
xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin.
1985 yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funktsiyalari aniqlab berildi.
Pedagog-psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo`lidan kelgan
barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o`qituvchilarni va ota-onalarni
ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o`z ishida lozim topsa, maktab va oila
tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta'kidlangan.
Ko`pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati
tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan.
Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo`yicha modda
maktab to`g`risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni –
sog`lom shaxsning o`sishini ta'minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni
korreksiya qilish, kasb tanlash muammolaridir. Chexoslavakiyadagi psixolog
maslahatchining asosiy funktsiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.
Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta'limida psixologiyadan
foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi.
Pedologiya rivojlanayotgan va o`sayotgan shaxsning barcha biologik va
ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarni
to`xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga
oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to`xtab qoldi. Faqat 60
yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta
tiklandi.
Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bo`lib Estoniyada 1975 yilda maktabda
psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sierd bo`lib, tarbiyasi
qiyin o`smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). Rossiyada 1982
yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina
psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo`shgan, u ushbu mavzuda
doktorlik dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir.1984 yilda
Moskvada sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida "SSSRda psixologik xizmat
muammolari bo`yicha I umumittifoq anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda maktabda
psixologik xizmat sektsiyasi ham ish olib bordi.
Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati. Psixologik xizmatijtimoiy psixologik muammo sifatida talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan
mamlakatlardagi kabi, O`zbekistonda ham mazkur psixologik xizmat
muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf
etilayotganligini o`rganish, tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariyilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko`lamiga ma'lum tartibda baho bermay turib,
O`zbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish
masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo`lmaydi.
O`zbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va
intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedologiya fani va pedologik xizmat
faoliyatlariga borib taqaladi.
Mazkur yillarda ta'lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish o`quvchi va
o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina
yaxshi natijalar ham bergan. Biroq, afsuski, o`sha davrda sobiq ittifoq mafkurasi
va xalq ta'limi o`rtasida paydo bo`lgan ayrim ob'ektiv va sub'ektiv ziddiyatlar
oqimi umumta'lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedologik xizmat
ildiziga
bolta urdi va uni rasmiy tarzda yo`qqa chiqardi. Natijada, pedagogik
psixologiya yo`li bilan bajariladigan barcha ishlar maktabda faqat pedagogik
yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. Shunday bo`lsa-da, O`zbekistondagi
umumta'lim tizimi bilan bog`liq izlanishlar va tadqiqotlar to`xtab qolgani yo`q.
Ayniqsa, P. I. Ivanov, V. E. Chudnovskiy, M.G. Davletshin, M. Vohidovlar
tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psixologik
xizmat tatbiqini yaratish uchun ma'lum darajada asos bo`lib keldi. Binobarin, 7080-yillarda Toshkent
Davlat
Universiteti psixologiya kafedrasi olimlari
tomonidan ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning hayotga tatbiqini amalga oshirish
maqsadida talaygina mehnat jamoalarida psixologik xizmat tizimi joriy qilindi va
Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va
mehnat faoliyati, shaxs va shaxslararo munosabatlar, ishchi va rahbar, ruhiyat va
rentabellik, rahbar va jamoa psixologiyasi bilan bog`liq ilmiy-amaliy ishlar olib
borildi. Shuningdek, 60-70 yillarda O`zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy Tekshirish
instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.Sh.Rasuleva, M.Dadajonovlar
tomonidan maktabda psixologik xizmat tatbiqini o`rganishga oid qator
izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi.
Ayniqsa, 1966 yilda Chirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid,1973 yilda
Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog N.A.Menchinskaya
ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida
qayd
etish mumkin.
1989 yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli
Nizomiy nomli TDPIda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.
O`zbekistonda
psixologik xizmatning rivojlanishida
M.G.Davletshin,
E.G`.G`oziev,
B.R.Qodirov,
G`.B.Shoumarov,
V.M.Karimova,
Sh.R.Baratov,E.N.Sattarov,
F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, N.S.Safaev,
F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qo`shganlar. 1998 yilda
Sh.R.Baratov "Ta'lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil
etishning psixologik xususiyatlari" mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.
Ta'lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va
strukturasi
Ma'lumki, psixologiya fanida aynan psixologik xizmat muammosiga
bag`ishlangan va uning barcha yo`nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy
adabiyotlar yetarli bo`lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat
taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko`rsata oluvchi va
uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni alohida
qayd etish mumkin.
Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat
metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani
nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to`g`ri keladi.
Chunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy psixologiyaning metodologik
tamoyillariga amal qilgan holda psixologik xizmat uchun muhim bo`lgan u yoki bu
jihatni nazariy-ilmiy tarzda asoslab beradilar. Bular ichida psixologik xizmatning
muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi 8
ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni (G.M.Andreeva,
B.D.Parigin,
T.V.Snigireva,
A.V.Filippov,
P.N.Shixirev,
V.A.Yadov) ta'kidlash joiz.
O`zbekistonlik psixologlardan M.G.Davletshin, V.M.Karimova, B.R.Qodirov,
G`.B.Shoumarov, E.G`.G`oziev, Sh. R.Baratovlarni alohida qayd etish mumkin.
Bu esa psixologik xizmatning bugungi kundagi ayrim dolzarb jihatlari,
muammolari va uning yechimlari haqida o`ylashga, fikr mulohaza yuritishga va
vazifalarni belgilab olishga nazariy-ilmiy va metodologik manba sifatida yordam
beradi, deb o`ylaymiz.
Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi, tamoyillari va vazifalarini belgilashga
qaratilgan tadqiqotlar mazmunida psixologik xizmat muammosining ham ma'lum
ma'noda yashirinib yotganligini ko`ramiz.
Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy
yo`nalishni ochib beruvchi metodik qurilmalarning tuzilishi bilan bevosita
bog`liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo`lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham
bo`lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi vazifasi
psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog`liq nazariy, amaliy va empirik
yo`nalishdagi tadqiqotlar ko`lamini belgilashning bugungi kungacha nechog`lik
hal qilinayotganligini tahlil qilishga to`g`ri keladi. Bu borada psixologiya olamida
hanuzgacha mukammal tarzda ishlab chiqilgan, rasmiy tarzda tan olingan yagona
ilmiy yo`nalish yoki kontseptsiyaning qabul qilinmaganligi ayon bo`lsa-da, ilg`or
g`arb psixologlari, Markaziy hamdo`stlik Davlatlari psixologlari, O`zbekiston
psixologlari tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan (eksperimental
izlanishlarga yo`l ochib berilayotgan) fan olami uchun o`ziga xos salohiyatga va
nufuzga ega bo`lgan tadqiqotlar mavjudki, ular qaysidir jihati bilan psixologik
xizmat modeli, uning psixologik himoya vositasi sifatidagi mohiyati, ahamiyati
hamda
ijtimoiy
istiqbollari
haqidagi
ilmiy-amaliy
tasavvurlarimizni
shakllantirishga asos bo`lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlardan bizga
ma'lum bo`lishicha, ijtimoiy psixologik xizmat metodologiyasining umumiy
yo`nalishlari G`arb ijtimoiy psixologiya namoyondalari tadqiqotlarini quyidagicha
izohlash mumkin:
V.Vundtning 1900 yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o`n
tomlik) epik asari ijtimoiy psixologiya yo`nalishlarini yorqinlashtirishga xizmat 9
qilib, inson ma'naviyati, madaniyati va mafkurasini o`rganishning murakkab
tomonlarini ochib berdi.
Taniqli ingliz psixologi Vil'yam Makdugallning 1908 yilda yozilgan "Ijtimoiy
psixologiyaga kirish" asaridagi "ijtimoiy xulq-atvor instinktlari" nazariyasi
freydizmga qarshi o`laroq inson instinktlari va faoliyat uyg`unligini ta'minlash
muammosini yoritishga ilk bor asos bo`lib xizmat qildi. Binobarin, E.Fromm,
J.Sallivan kabi olimlar tomonidan guruhlar psixologiyasi nazariyasini yaratishga
asos solindi. Bunda turli xil ijtimoiy psixologik treninglar orqali guruhdagi
shaxslararo munosabatlar bilan bog`liq psixologik iqlimni kamol toptirish
yo`llarining ilk bor ko`rsatilishi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psixologik xizmat
vazifalarini belgilash uchun ma'lum darajadagi empirik ma'lumot sifatida xizmat
qilishi mumkin. G`arbda yaratilgan kognitivizm doirasidagi nazariyalar psixologik
xizmat metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, L.Festingerning
kognitiv dissonanslar nazariyasi (insonning faoliyat ob'ektiga nisbatan xulq-atvori
yoki munosabatini ongli ravishda o`zgartirishga asoslangan), T.Nyuxomning
hamkorlik kommunikativ nazariyasi (o`zgalarga va umumiy faoliyat ob'ektiga
ijobiy munosabatlarni tarkib toptirishga asoslangan), C.X.Osgud va
P.Tanenbaumaning "kongruentlik" (inson kognitiv tuzilishi asosidagi ob'ektni
baholashga qaratilgan) nazariyasi, G.Olport, A. Maslou, K.Rodjers kabi ijtimoiy
psixologlarning gumanistik doiradagi qator tadqiqiy izlanishlari shular
jumlasidandir. Yana shuni qayd etish kerakki, amerikalik taniqli psixolog Abraxam
Xarold Maslouning "Insonga bir butun yondashuv konsepsiyasi" psixologik xizmat
jarayonida insonni tushunish va ijtimoiy motivatsion rivojlantirish muammosi
ustida tadqiqotlar olib borilishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maslouning
fikricha, insonning barcha tug`ma potentsial imkoniyatlari faqatgina ijtimoiy shartsharoitning yaratilishi bilan ro`yobga chiqishi va kamol topishi mumkin. Albatta,
mazkur fikrlarning nechog`lik haqiqat ekanligini bugungi kunda har bir insonning
o`ziga xos va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlashga xizmat qiluvchi
imkoniyatlari ko`lamini o`rganish hamda tarbiyalashni asosiy vazifa qilib olgan
psixologik xizmatning tashkil etilishini muntazam kuzatishlarimiz natijalari
tasdiqlab turibdi.
A.Maslou fan olamida o`ziga xos "motivatsion tizimning ierarxik modeli"ni
yaratdiki, unga muvofiq individ xulq-atvoridagi ijtimoiy jihatdan muhim bo`lgan
yuqori ehtiyojlarning yo`nalishi quyi extiyojlarning qay tariqa qondirilishi
asosidagina tarkib topishi mumkin. Bu jarayon quyidagi tartibga ega: Darhaqiqat,
mazkur ierarxik tizim motivatsiyaning ilmiy jihatdan asoslab berilishi birinchidan,
ijtimoiy psixologiyadagi ehtiyojlar va motivlar bilan bog`liq qator tadqiqotlarga
hamohang bo`lsa, ikkinchidan, mazkur yo`nalishdagi psixologik xizmat
metodologiyasini yaratish uchun alohida istiqbolga ega.Chunki, psixologik
xizmatda insonning ijtimoiy ehtiyojlari muammosi ilmiy jihatdan to`g`ri talqin
qilinishi va to`g`ri yo`naltirilishi lozim. Bu borada qator taniqli sotsiolog, psixolog
va faylasuflar tomonidan e'tirof etilgan ilmiy mulohazalarga tayanish mumkin.
Masalan, D.N.Uznadzening "... ehtiyoj tushunchasi ... tirik organizm uchun zarur
bo`lgan va ayni paytda qo`lga kiritilmagan barcha narsalarga taalluqli" va
M.S.Kagan, A.V.Margulis, E.M. Etkindlarning "ehtiyoj – kerakli narsalarning
yetishmaslik oqibati", V.A.Yadovning "ehtiyoj – inson shaxsi va organizm
faoliyati uchun kerak bo`lgan zarurat hamda yetishmovchilik mahsuli",
L.I.Bojovichning "ehtiyoj – individ organizmi va
u
shaxs taraqqiyoti
uchun muhim bo`lgan zarurat", A.V.Petrovskiyning "ehtiyoj – jonli mavjudot
hayot kechirishining konkret shart-sharoitlariga uning qaramligini ifoda etuvchi va
bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holat" kabi
fikrlari shaxs taraqqiyotini ta'minlash yo`lida ehtiyojlarning biologik va ijtimoiy
uyg`unligini hisobga olgan holda psixologik xizmatning navbatdagi vazifalarini
belgilash imkonini beradi.
Psixologik xizmat metodologiyasini yaratishda insonning hissiy holatini
tushunish va uning o`z mehnati mahsullaridan ijtimoiy qoniqish jarayonini tahlil
qilish, rivojlantirishga bag`ishlangan ayrim tadqiqotlarning o`rni hamda istiqboliga
ham alohida e'tiborni qaratish lozim. Masalan, F.Xersberg va uning izdoshlari
tomonidan mehnat faoliyatini tashkil etishdagi emotsiogen farqlanish
mexanizmlari tadqiq qilindi. Mazkur izlanish mahsuliga ko`ra mehnat faoliyatini
tashkil etishda ijodiylik, mustaqillik, o`z-o`zini bilish, rivojlantirishga qaratilgan
tadbirlarga e'tibor berilsa, shaxs faoliyati unumdorligiga ijobiy ta'sir etuvchi hissiy
kechinmalarni va aksincha, faqat texnik jarayondangina iborat bo`lgan mehnat
sharoiti yaratilsa, shaxs faolligiga salbiy ta'sir etuvchi hissiy kechinmalarning
namoyon etilishi kuzatiladi.
Darhaqiqat, faoliyatning bajarilishiga nisbatan ijobiy-hissiy kechinmalar
shakllantirilmas ekan, faoliyat mahsuli ham insonning o`z faoliyatidan ijtimoiy
ma'nodagi qoniqishi ham nihoyatda past saviyada bo`ladi. Psixologik xizmat esa,
bizningcha, xuddi ana shu yerda o`z ta'sirini, ya'ni faoliyatdan ijtimoiy qoniqish
jarayonini ma'lum darajada yuqori saviyaga ko`tara olish san'atini ko`rsatishi
lozim.
Ishchi xodimlarning mehnatdan qoniqish muammosi ustida olib borilgan
ayrim tadqiqotlar natijasi psixologik xizmatning metodologik modelini
loyihalashtirishga xizmat qilsa ajab emas. Masalan, sobiq
sovet
psixologiyasi olimlari (N.F.Naumova, A.G.Zdravomislov, V.A.Yadov,
V.P.Rojin, T.P.Bogdanova, E.A.Klimov, T.A.Kitvel) mehnatdan qoniqish
jarayonini shaxsning munosabatlari motivlari, o`z-o`zini baholash ustanovkasi kabi
ijtimoiy psixologik mezonlar bilan belgilanishini tavsiya etadilar va buni
o`zlarining qator empirik tadqiqotlarida asoslab beradilar. G`arb ijtimoiy
psixologiya olamida, ayniqsa Amerika psixologlari nazdida esa mehnatdan
qoniqish "qator ijtimoiy ustanovkalarning o`zaro bir-biriga chambarchas
bog`liqligi", "mehnat jarayonini sub'ektiv baholash bilan bog`liq emotsional
holatlarning namoyon bo`lishi" sifatida talqin qilinadi va mehnat faoliyatining
ijtimoiy qimmatini 12 oshirishga qaratilgan psixologik xizmat uchun muhim ilmiyamaliy tavsiyalar beriladi.
"Mehnatdan qoniqish"ni ijtimoiy psixologik jarayon sifatida tadqiq qilgan
ayrim psixologik tadqiqotlarni psixologik xizmatning metodologik vazifalaridan
kelib chiqqan holda qayd etishimiz mumkin. Binobarin, vengriyalik psixologlar
I.Balint va M.Muraning tadqiqotlarida psixologik xizmat vazifasini aniqlashga
qaratilgan shaxslarning o`z ishidan qoniqishini ta'minlash va o`z ishidan (ya'ni o`z
faoliyatidan) qoniqmaslik
holatini
bartaraf
etish yo`llari
ko`rsatiladi.
Shuningdek, bu olimlarning ilmiy talqinicha, har bir ishchi-xodimning o`z
ishidan qoniqishi uning kayfiyatini, faolligini ta'minlasa, ishdan qoniqmaslik esa
korxonada yuz beruvchi ayrim favqulotda baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga
sabab bo`ladi.
Psixologik xizmat metodologiyasi uchun individual psixologik farqlanish
nazariyasining yaratilishini va bu borada o`nlab yirik tadqiqotlarning mavjudligini
muhim manbalardan biri sifatida hech mubolag`asiz e'tirof etish mumkin.
Differentsial psixologiyaning mahsuli bo`lgan bu yo`nalish, dastavval, nemis
psixologi V.Shtern nomi bilan bevosita bog`liqdir. U o`zining 1901-yilda yozgan
"Individual farqlanish psixologiyasi haqida" nomli asarida har bir individning
o`ziga xos psixologik olami mavjudligini eksperimental tarzda tadqiq qiladi.
F.Gal'ton, A.Bine, F.Lazurskiy, R.Kettell kabi olimlar bu sohada yangi bir
yo`nalishni kashf qildilar. Shundan so`ng differentsial psixologiya har bir individ
yoki guruhdagi qiziqishlar, ustanovkalar, hissiy qo`zg`alishlarni o`lchash va
farqlash ob'ekti sifatida maydonga chiqdi.
Psixologik xizmat metodologiyasi uchun ahamiyatli tomoni shundaki, har bir
individ yoki shaxsning o`zigagina xos psixologik parametrlarini aniqlash va
tegishli ilmiy mulohaza yurita olishga xizmat qiluvchi kompleks testlar, usullar,
metodikalar majmuasi yaratildi.
Binobarin, chet el ilg`or psixologiyasida psixologik xizmat metodologiyasi
uchun muhim o`rin tutuvchi quyidagi yo`nalishlarga asos solindi: 1) Ch.Spirmen
tomonidan "ikki omil" nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga muvofiq insonning har
bir faoliyatida barcha faoliyatlar uchun umumiy bo`lgan omil) va aynan mazkur
faoliyatga mos bo`lgan (2-omil) barcha xususiyatlar o`zaro bog`liqlikda tadqiq
qilinadi. Tadqiqotchi ushbu omillarning inson va faoliyat uyg`unligini ta'minlash
uchun zarur bo`lgan psixologik mohiyati va mazmunini ochib beradi.
2) L.Terstoun, Dj.Gilford tomonidan yaratilgan "Multifaktor" nazariyasiga
binoan birlamchi aqliy qobiliyatlar (idrok tezligi, xotira assotsiatsiyalari va
hokazo) ning har bir individdagi tarkib topganlik ko`lami tadqiq qilindi va shu
asosda har bir shaxs faoliyatiga alohida yondashuvni taqozo etuvchi psixologik
xizmatning metodologik tamoyillari ishlab chiqildi. Umuman, psixologiyada
individual farqlanishning 56 xil yo`nalishidagi tipi ma'lum va mashhur. Masalan,
ob'ektiv va sub'ektiv tip (dastavval, A.Bine tajribalarida qayd etilgan) fikrlovchi
faol tip (A.M.Djordantu bo`yicha), ratsionalistlar va empiriklar (U.Djems
tadqiqotlari bo`yicha) "chuqur-tor" va "mayda-keng" tip, (G.Gross ma'lumotlari
bo`yicha), nazariy, iqtisodiy, estetik, ijtimoiy, siyosiy, diniy tiplar (E.Shpranger
tadqiqotlari bo`yicha); shizotimik va tsiklotimik tiplar (E.Krechmer tadqiqotlari
bo`yicha); visserotonik, somatomik, serebrotonik tiplar (U.Sheldon bo`yicha);
ekstrovert va introvert tiplar (K.T.Yung va G.Yu.Ayzenk ma'lumotlari bo`yicha)
haqidagi empirik ma'lumotlarning qayd etilishi, shular jumlasidandir.
B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin, E.A.Golubeva, B.R.Qodirov va
ularning shogirdlari tomonidan olib borilgan empirik tadqiqotlar mazmuni ijtimoiy
psixologiya psixologik xizmat uchun muhim bo`lgan har bir shaxsning
(individning) tabiiy va tug`ma sifatlarini, oliy nerv faoliyatining o`ziga xos
qobiliyat elementlarini va unga ta'sir etuvchi ta'lim-tarbiya, tashqi muhit va
faoliyatning nechog`lik tashkil etilish jarayonini mukammal o`rganish va uni
ijtimoiy maqsadlar asosida rivojlantirish yo`llarini belgilash uchun katta imkoniyat
yaratdi. Mazkur imkoniyatlar avvalambor insondagi u yoki bu faoliyatni bajarishga
bo`lgan iqtidor kurtaklarini o`rganishni va shu asosda shaxs faolligini kamol
toptirish uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin.
Shunga muvofiq maxsus tadqiqotlar shuni tasdiqlayaptiki, faoliyatni
muvaffaqiyatli tashkil etish uchun individual xususiyatlar, ayniqsa, har bir shaxs
temperamenti hamda individual uslubiga ham bog`liq. Ayniqsa, mehnat va o`quv
faoliyati jarayonida ushbu holatni kuzatish, tahlil qilish va rivojlantirish bilan
bog`liq usullar majmuasining ishlab chiqilishi psixologik xizmatning muhim
vazifasi ekanligidan dalolatdir.
Shaxs faoliyatiga individual yondashuv yo`nalishi bilan bog`liq psixologik
xizmatning ma'lum metodologik tamoyillarini ilmiy-tadbiqiy jihatdan asoslab
beruvchi olim N.S.Leytes ma'lumotlariga qaraganda, asab tizimi nisbatan kuchsiz
bo`lgan kishilarda ko`pincha bir xildagi ishning bajarilishida ma'lum afzalliklar
borligi aniqlangan, ularning yuqori sezgirligi ta'sirlanuvchanlik muvaffaqiyatini
ta'minlaydi, lekin u yoki bu faoliyat jarayonidagi favqulotda va kuchli
qo`zg`aluvchilar asosida namoyon bo`luvchi vaziyatlarda kuchsiz tipdagi kishilar
aynan o`zlarining fiziologik xususiyatlariga ko`ra ishni uddalay olmay qolishlari
mumkin.
Chunonchi, asab tizimi tipi ancha kuchli bo`lgan kishilar bir xil, ancha sust
tipdagi kishilar esa boshqa xil vazifalarni bir muncha oson hal qiladilar. Asab
tizimining kuchi bo`yicha farqlanadigan kishilar bir xildagi vazifani hal etishga
ko`pincha har xil yo`llar bilan borishlari kerakligini N.S.Leytes o`z asarlarida har
tomonlama asoslab berdiki, bu psixologik xizmatda hisobga olinishi mumkin
bo`lgan muhim jarayondir. Zero, faoliyat unumdorligi insonning o`z potentsial
imkoniyatlari ko`lamidan oqilona foydalanishning mahsulidir. E.A.Klimov,
V.S.Merlin, V.M.Rusalov B.M.Teplov tadqiqotlarida ham shaxs temperamenti
asosida uning mashg`ul bo`lgan u yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishdagi
individual uslubning belgilanishi zarurligini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi
ma'lumotlar bor.
E.A.Klimovning empirik ma'lumotlari shuni ko’rsatadiki, bir necha stanokda
ishlashda asab tizimining ham "harakatchan tip"idagi, ham "harakatsiz tip"idagi
xodimlar birdek yuqori darajadagi ishlab chiqarish muvaffaqiyatlariga erishishi
mumkin. Buning asosiy sababi esa bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat
yo'nalishini tanlay bilish va amalga oshirishdir.
Umuman, yuqorida qayd etilgan olimlarning umumiy fikr-mulohazalariga
ko`ra individual uslubning shaxsda darrov paydo bo`lmasligi, balki ko`pincha
stixiyali tarzda (ya'ni, individual-hissiy asab sifatlari yordamida) paydo bo`lishi
qayd etiladi.
Demak, har bir shaxsga psixologik xizmat davomida o`z imkoniyatlari va
faoliyat talabi uyg`unligini ta'minlash yo`llarini izlash asosida yondashilsa, mazkur
shaxs faoliyatidagi individual uslubning tarkib topishi tobora rivojlanib,
takomillashib boradi. Bu esa, o`z navbatida shaxs va jamiyatning ijtimoiy
taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etmay qolmaydi.
V.M.Rusalov tadqiqotlarida ijtimoiy psixologiya uchun muhim bo`lgan
hamkorlik faoliyati muvaffaqiyati ma'lum jihatlari bilan individual uslub
imkoniyatlariga ham bog`liq ekanligi qayd etilib, "xolerik" temperamentli kishi
bilan sherik bo`lib ishlashga qaraganda" flegmatik" va" melanxolik" bilan
birgalikda ishlash ancha samarali bo`lishi empirik ma'lumotlar asosida aniqlandi.
Demak, muassasadagi amaliy psixolog har bir shaxs faoliyati hamkorligini tashkil
etish jarayonida ushbu imkoniyatlarni hisobga olishi orqali ijtimoiypsixologik
yutuqlarga erishishi mumkin.
Professorlar E.G`oziev, J.Ikromovlarning "XX asr va shaxs kamoloti"
mavzusidagi ma'lumotlarida ham psixologik xizmat ko`rsatishda muhim ahamiyat
kasb etuvchi individ, shaxs va sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi
holatlarga jiddiy e'tibor berish zarurligi uqtiriladi:
Darhaqiqat, har bir insonning o`z individual olamida sodir etilayotgan barcha
ma'naviy, ruhiy kechinmalarini u yashab turgan jamiyat istiqbollariga mos tarzda
tadqiq qilmay turib, shaxs va faoliyat, shaxs va jamiyat, shaxs va individuallik
o`rtasidagi ijtimoiy mutanosiblikni ta'minlab bo`lmaydi. Zero, psixologikmuhofaza
vositasi sifatida tadqiq qilinayotgan ijtimoiy psixologik himoya falsafasi ham shuni
taqozo etmoqda. Insonning individuallik darajasi yana shu bilan ifodalanadiki,
undagi faoliyatning usullari va vositalari hech qachon tayyor holdagi barcha uchun
bir xil umuminsoniy tajribalardan iborat bo`la olmaydi. Har bir inson o`z
individual sifatlari va filogenezdagi xususiyatlari (ijtimoiy individuallashuvning
shakllanishi) asosida ijtimoiy faollik taqozo etgan faoliyatning mustaqil sub'ektiga
aylanib boradi.
Bu bilan jamiyat har bir individning o`z hayotiy poydevori uchun muhim
bo`lgan "g`isht"ni o`zi barpo etishida ijtimoiy shart-sharoit yaratib beradi. Bunday
shart-sharoit esa har bir shaxsning umumiy va maxsus individual imkoniyatlari
ko`lamini ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilish va tobora kamol toptira borish
yo`llarini izlash asosidagina qaror toptirilishi mumkin. Shunga muvofiq, shaxs va
faoliyat uyg`unligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy psixologik muhofaza
omili sifatida "muvaffaqiyatli individual uslub" omili va uni ifodalovchi 3 mezon :
1) faoliyat va sub'ektiv hissiy kechinmalar mutanosibligi;
2) faoliyat va individual imkoniyatlar mutanosibligi;
3) faoliyat va shaxsga qo`yilgan talablar mutanosibligi kabi sifatlar
belgilandi va bu sifatlarning har bir shaxsda (o`quvchi yoki ishchixodimda) nechog`lik tarkib topa borayotganligini o`rganish, tahlil qilish
vazifasini psixologik xizmatning asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida qabul
qilindi.
Shunday qilib, psixologik xizmatning metodologik asoslari sifatida talqin
qilingan mazkur fikr-mulohazalar ijtimoiy psixologiya fanining quyidagi
amaliytatbiqiy yo`nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida
qarashni taqozo etadi:
Xuddi ana shu yo`nalishlar O`zbekistonda psixologik xizmatning bugungi
holati va o`ziga xos istiqbollariga baho berishda ma'lum nazariy hamda
metodologik manba sifatida xizmat qiladi.
Psixologik xizmat predmeti, maqsadi va vazifalari
Prezidentimiz o`zining O`zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo`lini
ifodalovchi boshqa qator ma'ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma'naviyat,
inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o`zaro ajralmas, bir-birini to`ldiradigan,
o`zaro ta'sir, aks ta'sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi
iqtisodiy o`nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma'naviy
o`nglanish, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila
uyg`un bo`lishini ta'minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta
ta'kidlaydi.
Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi
ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo`ygan talablar asosida qaror toptirishga
ko`maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga
ham bog`liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama
rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo`nalishlari asosida
yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikr-mulohazalarini bildirganlar
hamda bildirib kelmoqdalar.
Ayniqsa, I.V.Dubrovina va X.Y.Liymets, Yu.L.Sierdlarning ko`p yillik
tadqiqotlari natijasi o`laroq, umumta'lim maktablarida psixologik xizmatning joriy
etilishi bu boradagi MDH mamlakatlarida qo`yilgan ilk qadam ekanligini alohida
qayd etish mumkin. Qolaversa, o`zbek olimlaridan E.G`.G`oziev,
G.Davletshin, G`.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova,
A.Sog`inovlarning ham O`zbekiston o`rta umumta'lim maktablari va oila
tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator
nazariyilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy
etish va rivojlantirish uchun ma'lum darajada asos bo`lmoqda. Xalq ta'limi
tizimidagi va o`rta maxsus kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi –
shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to`laqonli psixologik taraqqiyotni
ta'minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Psixologik xizmatda tadqiqot va ta'sir o`tkazish ob'ekti maktabgacha yoshdagi
bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari,
o`qituvchilar, ota-onalar bo`lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda
tadqiq qilish mumkin.
Psixologik xizmat uch asosiy bo`g`indan tuzilgan:
1)
Aniq o`quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi.
2)
Tuman xalq ta'limi qoshidagi tashhis markazi.
3)
Respublika kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik
tashhis markazi.
Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo`lishi mumkin:
a) Xalq ta'limi va o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi xodimlari, o`quvchilar,
talabalar bilan ma'ruzalar turkumi, aholining psixologik madaniyatini
o`stirish maqsadida trening mashg`ulotlari o`tkazish;
b) Ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish;
v) Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; Psixologik xizmatning
mazmuni:
g) Psixodiagnostik tadqiqotlar o`tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test
savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar); d) psixologik maslahat
berish;
e) psixologik konsiliumlar o`tkazish;
j) ta'lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama,
psixokorreksion treninglarni amalga oshirish;
z) psixologik tadqiqot ob'ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda o`quv dasturi, o`quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar. Hozirgi
bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo`nalishi: dolzarb va kelajak
yo`nalishlari mavjud. Dolzarb yo`nalish o`quvchilar ta'lim tarbiyasidagi
qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi
buzilishlar bilan bog`liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Kelajak yo`nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda
yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan.
Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o`quvchi shaxsi garmonik
rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g`oyani olib kiradi. Ikki
yo`nalish ham bir-biri bilan bog`liq.
Kollejlardagi va akademik litseylardagi psixologik xizmat o`rta maxsus
ta'limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik
litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o`quvchida hayotga ijodiy munosabat va
individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta'minlaganligini psixologik xizmat
to`g`ri tashkil etilgan deyish mumkin.
Psixolog o`zining inson xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning
yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o`quvchilar va kattalar,
tengdoshlari bilan o`zaro munosabat xususiyatlariga, o`quv-tarbiya jarayonini
tashkil etishga bog`liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini
ta'minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo`lishi
mumkin bo`lgan sabablarini psixologik-pedagogik korrektsiya qilish yo`llarini
aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o`quv tarbiya ishining
mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Psixologik xizmatni uch nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin: ilmiy nuqtai
nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazar. Ilmiy nuqtai nazar, tashviqot
nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazarlarning birligi psixologik xizmat predmetini
tashkil etadi.
Ilmiy nuqtai nazar – psixologik xizmatning metodologik muammolarini
ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo`nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi
maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksion va
rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag`ishlangan
ilmiy tadqiqotlarni o`tkazishdan iborat.
Tashviqot nuqtai nazari xalq ta'limi xodimlarining psixologik bilimlardan
foydalanishini nazarda tutadi. Bu yo`nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar
bo`lib pedagoglar, metodistlar va didaktlar maydonga chiqadi.
Amaliy nuqtai nazarni maktab psixologlari amalga oshiradilar. Ularning
vazifasi bolalarning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlash, o`quvchilarning o`qish
faoliyatini osonlashtirish, o`quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish,
o`quvchilarning qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, rivojlantirish, talabalar bilan
hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi "tarbiyasi
qiyin" bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.
Psixologik tashviqot ishlari teleko`rsatuv va radioda chiqish, yakkama-yakka
maslahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan iboratdir. Psixologik
xizmatning uchala vazifasi o`zaro chambarchas bog`liq, ularning birgalikda olib
borilishi maqsadga muvofiq.
Kollej, litseydagi psixologlar direktorga va boshqarmaga bo`ysunadi. Kollej,
litsey direktorlariga psixologik xizmat haqidagi Nizomda ko`rsatilgan vazifalar
bilan bog`liq
bo`lmagan vazifalarni kollej psixologiga topshiriq
tariqasida berishlariga ruxsat etilmaydi.
Psixologik xizmatning eng yuqori darajasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
qoshidagi psixologik xizmatni tashkil etish
va
boshqarishning
muvofiqlashtirilgan Respublika tashhis markazi tariqasida xizmat qiladi. Bu
markazning psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3-5 kishilik
doimiy ishlaydigan xodimlari bo`lishlari zarur.
Psixologik xizmatning tuzilishini quyidagi tarzda tavsiya etish mumkin.
Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmat uch bosqichdan iboratdir:
1. Yuqori bosqich – psixologiya kafedralari tomonidan psixologik
markazlarning buyurtmalariga binoan ilmiy-amaliy hujjatlar, ko`rsatmalar
va metodikalar ishlab chiqariladi.
2. O`rta bosqich – psixologik markazlar tomonidan yangi diagnostik
amaliyotga tatbiq qilib ko`riladi.
3. Quyi yoki ommaviylashgan darajada barcha amaliy psixologlar
faoliyatini yo`lga qo`yadilar.
Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyotidagi zamonaviy tendensiyalar
va
muammolar
E.Bеrn ildizi psixoanalizga taqaluvchi taniqli kontsеptsiyani yaratdi. Biroq
E.Bеrn kontsеptsiyasi shaxsning o`zi va boshqalar bilan munosabatini dasturlovchi
xulqatvor kognitiv sxеmalarini aniqlash va bеlgilashga urg`u qiluvchi ham
psixodinamik, ham bixеviorial yondashuvlar, g`oyalar va tushunchalarni o`zida
mujassam etgan.
Zamonaviy transakt tahlil – shaxs nazariyasini, kommunikatsiyalar
nazariyasini, bolalar rivojlanish nazariyasini o`z ichiga oladi. Amaliyotda u alohida
odamlar bilan ishlashdan tashqari er-xotin, oilalar va turli guruhlarni
korrеktsiyalash tizimini tashkil etadi.
Bеrn bo`yicha shaxs tuzilishi(strukturasi) uch “Mеn” yoki “Ego-holatlar”ning
mavjudligi bilan xaraktеrlanadi: “Ota yoki ona”, «Farzand», “Katta”. “Ota yoki
ona” – shartlar, talab va ta’qiqlarning intеriorizatsiyalashgan ratsional mе’yorlari
bilan namoyon bo`luvchi “Ego-holat”. “Ota yoki ona” – bu bolalikda ota-onadan
yoki boshqa obro`li shaxslardan olingan ma’lumot bo`lib, o`z ichiga xulq-atvor
qoidalarini, ijtimoiy mе’yorlarni, u yoki bu vaziyatda amalga oshirish mumkin
bo`lgan va mumkin bo`lmagan mе’yor va ta’qiqlardir. Ota-ona ta’siri ikki
yo`nalishda amalga oshadi: birinchisi, “Mеndеk qil” shiori ostida olib boriluvchi
bеvosita yoki to`g`ridan-to`g`ri ta’sir, ikkinchisi, “Mеndеk emas, mеn aytganimdеk
qil” shiori bilan amalga oshiriluvsi bilvosita ta’sir. “Ota yoki ona” nazorat qiluvchi
(ta’qiqlar, sanktsiyalar) yoki g`amxo`rlik qiluvchi (maslahat, qo`llabquvvatlash)
bo`lishi mumkin. “Ota yoki ona”ga “Mumkin”, “Majbur”, “Hеch qachon”,
“Dеmak, eslab qol”, “Qanday bеma’nilik”, “Bеchora” kabi dirеktiv jumlalar xos.
«Farzand» – odamdagi mazkur emotiv asos ikki shaklda namoyon bo`ladi.
“Tabiiy bola” – bolaga hos bo`lgan barcha impulslar: ishonuvchilik,
bеvositalik,
to`g`rilik, qiziquvchanlikni o`z ichiga oladi; bular odamga munosabatlardagi
o`ziga xos maftunkorlik va iliqlilikni baxsh etadi. Shu bilan birga u injiq, tеz hafa
bo`ladi, egotsеntrik, o`jar va agrеssivdir.“Adaptatsiyalangan bola” – ota-ona umid
va talablariga mos kеluvchi xulq-atvorni nazarda tutadi. “Adaptatsiyalangan
bola”ga yuqori konformlik, o`ziga ishonchsizlik, uyatchanlik, tortinchoqlik xos.
“Adaptatsiyalangan
bola” qatoriga
ota-onasiga qarshi
chiquvchi
“qo`zg`alonchi” bolalar ham mansub. «Farzand»ga “Mеn xohlayman”, “Mеn
qo`rqaman”, “Mеn yomon ko`raman”, “Mеni ishim yo`q” kabi jumlalar xos.
“Katta (ulg`aygan) “Mеn - holati” – odamning o`z tajribasiga tayangan holda
borliqni ob'еktiv baholash va shu asosda mustaqil, vaziyatga mos kеluvchi qarorlar
qabul qilish qobiliyati xos. Ulg`ayganlik holati butun hayot davomida rivojlanish
imkoniyatiga ega. “Katta”ning lug`ati rеallikga bo`lgan bеasos mulohazalardan
holi ravishda qurilgan bo`lib, ob'еktiv va sub'еtiv rеallikni ob'еktiv ravishda
o`lchash, baholash va ifoda eta olish imkonini bеruvchi tushunchalardan iborat.
“Kattalik, ulg`ayganlik” holati ustun odamlar ob'еktiv ratsional bo`lib, eng
muvofiq adaptiv xulq-atvorni amalga oshirish imkoniyatiga egalar.Agar
“Ulg`ayganlik” holati muhrlangan bo`lib, faoliyat ko`rsatmasa, bunday odam
o`tmishda yashaydi, u o`zgaruvchan dunyoni anglay olmaydi va uning xulqi
“Farzand” va “Ota-ona” hayot kontsеptsiyasi bo`lsa, “Farzand” his-tuyg`ular
asosidagi hayot kontsеptsiyasidir, “Ulg`ayganlik” esa ma'lumot yig`ish va uni
tahlil etishga qaratilgan tafakkur asosidagi hayot kontsеptsiyasidir. Bеrnda
“Katta”“Ota-ona” va “Farzand” orasidagi qozi rolini o`ynaydi. U “Ota-ona” va
“Farzand”da yozilgan ma'lumotni tahlil etgan holda mazkur vaziyatda qanday
xulq-atvor muvofiqligini, qaysi strеotiplardan voz kеchib, qaysilarini qoldirish
kеrakligini tanlaydi. Shu sababli korrеktsiya doimiy “Ulg`aygan, katta” xulqatvorni shakllantirishga qaratilgan bo`lib, uning maqsadi “Doimo katta (bo`ladi)”.
Transakt tahlil quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Korrеksion ta'sir asosida rolli o`yinlar tеxnikasi yordamida o`zaro ta'sir
(munosabat)larni dеmonstratsiyalashni
nazarda
tutuvchi
“egopozitsiya holat)lar”ni tizimli tahlili yotadi. Bunda ikki muammo (boshqalardan)
yaqqol ajralib turadi: Kontaminatsiyalar, ya'ni ikki turli xil “ego-holatlarni”
aralashuvi.Ajralishlar, ya'ni “ego-holatlar”ni bir-biridan kеskin ajralib,
chеgaralanib qolishi.Transakt tahlilda ochiq kommunikatsiya (aloqa) tamoyili
qo`llaniladi, tushunarli so`zlar bilan suhbatlashishadi (mijoz transakt tahlilga oid
adabiyotlar o`qishi mumkin). Korrеktsiya maqsadi. Asosiy maqsadi - mijozga o`z
o`yinlarini, hayotiy stеnariyni, “ego-holatlar”ini anglashga va (zaruriyat bo`lganda)
hayot qurish xulqatvoriga oid yangi qarorlar qabul qilishga yordam bеrish.
Korrеktsiya mazmuni – insonning bo`yniga qo`yilgan xulq-atvor dasturlaridan
ozod etish hamda uni to`laqonli munosabatlar va yaqinlikka qobiliyatli, mustaqil,
spontan bo`lishiga yordam bеrishdan iborat.Shu bilan birga mijozning mustaqillik
va avtanomlikka erishishi, majburiyat (zo`rlash)lardan ozod bo`lishi, samimiyat va
yaqinlikka ijozat bеruvchi, o`yindan holi bo`lgan haqiqiy munosabatlarga kirishishi
ham korrеktsiya maqsadiga kiradi.
Yakuniy maqsad – shaxs avtanomiyasiga erishish, xulq, xatti-harakat va
histuyg` ulari ma'suliyatini qabul qilishdan iborat. Psixolog pozitsiyasi.
Psixologning asosiy vazifasi – zaruriy insaytni ta'minlash. Shu asosida uning
pozitsiyasiga qo`yiladigan asosiy talablar – hamkorlik, mijozni qabul qilish,
psixolog va ekspеrt pozitsiyalarini o`zaro birlashtirishdan iborat. Bunda psixolog
mijozning “Katta”, “ego-holati”ga murojaat qilib, “Farzand”ning injiqliklariga erk
bеrmaydi va mijozdagi g`azablangan “Ota-ona”ni tinchlantirmaydi.Psixologning
(mijoz bilan) suhbatda mijozga tushunarli bo`lmagan tеrminologiyadan haddan
ortiq foydalanishi, uni muammolarni o`z ishonchsizliklaridan himoyalanishga
intilishi dеb hisoblanishi mumkin.
Mijozga qo`yiladigan talab va umidlar (natijalar). Transakt tahlildagi ishning
asosiy sharti shartnoma tuzishdan iborat. Shartnomada mijoz o`z oldiga qo`yuvchi
maqsadlar: mazkur maqsadlarga erishish yo`llari; o`zaro hamkorlikdagi ta'sir
bo`yicha psixolog takliflari, mijoz bajarishi zarur bo`lgan talabalar ro`yhati haqida
aniq kеlishib olinadi. Mijoz bеlgilangan maqsadga erishish uchun o`zining qaysi
qarashlarini, his-tuyg`ularini, xulq-atvor strеotiplarini o`zgartirishi kеrakligini hal
qiladi. Erta yеchim qarorlarni qaytadan ko`rib chiqqandan so`ng, mijoz
avtonomiyaga erishish uchun fikrlashni, xulq-atvori va his-tuyg`ularini
o`zgartiradi.
Shartnomaning mavjudligi ikkala tomon (psixolog va mijoz)ning o`zaro
ma'suliyatini taqozo etadi.
F.Pеrlzning gеshtalttеrapiyasi. Amеrikalik psixolog F.Pеrlz tomonidan
gеshtaltpsixologiya, ekzistеntsializm, psixoanaliz g`oyalari ta'sirida yaratilgan
mеtod amaliyotda katta muvaffaqiyatga erishdi.
F.Pеrlz
tomonidan
gеshtaltpsixologiyada idrok sfеrasiga qo`yilgan figura (shakl) yuzaga kеlish
qonuniyatini inson xulq-atvori motivatsiyasi sohasiga ko`chirdi. U ehtiyojlarni
yuzaga kеlishi va qondirilishini gеshtaltlar shakllanish va yakunlanish ritmi sifatida
ko`rib chiqqan. Pеrlz bo`yicha, motivatsion sfеra organizmning o`zini rеgulyatsiya
qilish tamoyili asosida o`z funktsiyasini bajaradi. Inson o`zi va uni o`rab turgan
atrof-olam bilan muvozanatda bo`ladi. O`z ehtiyojlarini, moyilliklarini
rеalizatsiyalash - uyg`un, sog`lom shaxsga erishish yo`lidir. O`z ehtiyojlarini
qondirishga, surunkali tarzda to`sqinlik qiluvchi, o`z “Mеn”ini rеalizatsiyasidan
bosh tortgan inson vaqt qadriyatlarga amal qila boshlaydi, bu esa o`z navbatida
organizmning o`zini rеgulyatsiyalash jarayonini buzilishiga olib kеladi.
Gеshtalttеrapiyaga muvofiq organizm bir butun dеb ko`rib chiqiladi va xulqatvorning har qaysi aspеktida insonning butun hayoti namoyon bo`lishi
mumkin,dеb hisoblanadi. Organizm – muhit, inson esa kеng “dala”ning bir
bo`lagidir. Sog`lom shaxsda muhit bilan chеgara harakatchan bo`lib, aniq bir
ehtiyojning paydo bo`lishi muhit bilan “kontakt” (aloqa)ni talab etadi va gеshtaltni
shakllantiradi, ehtiyojni qondirish esa gеshtaltni yakunlaydi va muhitdan
“chеtlanishini” talab etadi. Nеvrotik shaxsda “kontakt” va “chеtlashish” jarayonlari
qattiq buzilgan bo`lib, ehtiyojlarni adеkvat qondirilishini ta'minlaydi.F.Pеrlz
shaxsiy o`sish –o`zini rеgulyatsiyalashga hamda ichki dunyo va muhit o`rtasidagi
muvozanatni koordinatsiyalashga imkon bеruvchi o`zini anglash zonalarini
kеngayish jarayoni dеb hisoblagan.
U anglashni uch zonasini ajratib ko`rsatadi: Ichki – badanimizda amalga
oshuvchi hodisa va jarayonlar.Tashqi – ongda aks etuvchi tashqi voqеa-hodisalar.
O`rta –fantaziyalar,
e'tiqodlar, munosabatlar. Nеvrozda birinchi ikkita
gеshtalttеrapiyada o`zini rеgulyatsiya qilish jarayonining buzilishini bеsh
mеxanizmi farqlanadi:
Introеksiyada inson boshqa odamlarning hissiyotlari nuqtai nazarlari, e'tiqod,
baho, mе'yor va xulq-atvor namunalarini o`zlashtiradi, ular o`z navbatida shaxsiy
tajriba bilan to`qnashib, shaxsni assimilyatsiya qilmaydi. Mazkur
noassimilyatsiyalashgan tajriba – introеkt – inson shaxsini yot qilish hisoblanadi.
Erta
introеktlar qatoriga bola tomonidan tanqidiy fikrlashsiz o`zlashtirib
olinadigan otaona nasihatlari kiradi. Vaqt o`tishi bilan introеktlar va o`z shaxsiy
e'tiqodlarni farqlash murakkablashadi. “U undan talab etilgandеk fikrlaydi”.
Proеksiya – intеgratsiyaning to`liq aksidir. Proеktsiyada inson uning
“Mеnkonsеpsiya” siga muvofiq bo`lgan o`ziga xos sifatlarni chеtlashtiradi.
Proеktsiya natijasida yuzaga kеlgan “tеshik”lar introеktlar bilan to`ldiriladi. “U
boshqalarga ularni ayblayotgan narsalarni qiladi”.
Rеtroflеksiya – o`ziga burish, ma'lum bir ehtiyojlar ijtimoiy muhit to`sqinligi
sababli qondira olinmaganligi natijasida, tashqi muhitda manipulyatsiyalashga
mo`ljallangan enеrgiyani o`ziga yo`naltirish hollarida kuzatiladi va qondirilmagan
ehtiyoj yoki yakunlanmagan gеshtalt sifatida ko`pgina agrеssiv hissiyotlar kabi
namoyon bo`ladi. “U boshqalarga qilmoqchi bo`lganlarni o`zicha qiladi”.
“Mеn” va boshqalar orasidagi ziddiyat ichki shaxsiy ziddiyatga aylanadi.
Nutqda
“Mеn”... qilishga o`zimni majburlashim kеrak” kabi jumlalar mavjudligi
rеfroflеksiya ko`rsatgichi hisoblanadi.
Dеflеksiya – rеal kontakt (aloqa)dan qochish. Dеflеksiyaga ega inson boshqa
odamlar, muammo va vaziyatlar bilan bеvosita aloqadan bosh tortadi. Dеflеksiya
ko`p gapirish, rituallik, xulq-atvor, ziddiyatli vaziyatlarni “tеkislash” tеndеntsiyasi
shaklida namoyon bo`ladi.
Konfluensiya (yoki qo`shish) - “Mеn” va atrof olam o`rtasidagi chеgarada
namoyon bo`ladi. Bunday mijozlar qiyinchilik bilan o`z fikr, tuyg`u va xohishlarini
boshqalarnikidan farqlay oladilar. Konfluentsiya o`zida birqator himoya
mеxanizmlarini mujassam etib, undan foydalanishda individ o`zining asl
“Mеn”idan voz kеchadi.
Yuqorida sanab o`tilgan mеxanizmlar ta'sirida shaxs bir butunligi buziladi, u
fragmеntlar, alohida bo`laklarga bo`lingan holda bo`ladi. Ko`pincha bunday
fragmеntlar
sifatida
dixotomiyalar:
aktiv-passiv,
qaramlik-alohidalik,
ratsionallikemotsionalik va hokazolar namoyon bo`ladi.
Gеshtaltkorrеktsiyada “tugallanmagan ish” tushunchasi asosiy va markaziy
tushunchalardan biri hisoblanadi. “Tugallanmagan ish” – bu javobsiz qolgan
histuyg` ular rеallikni, bo`lib o`tayotganlarni aktual tarzda anglashga to`sqinlik
qilish hodisasidir.Pеrlz bo`yicha, “Tugallanmagan ish”ning ko`p uchraydigan va
eng og`ir turlaridan biri xafagarchilik bo`lib, u kommunikatsiya (aloqa)lar
haqiqiyligini buzadi.
Tugallanmaganlarni yakuniga еtkazish, emotsional to`siqlardan ozod etish –
gеshtaltkorrеktsiyasining muhim qismlaridan biri.Yana bir muhim tеrminlardan
biri “qochish, bosh tortish”dir. Mazkur tushuncha yordamida iqrordan bosh tortish
hamda tugallanmagan ish bilan bog`liq yoqimsiz kеchinmalarni qabul qilish bilan
aloqador xulq-atvor xususiyatlari aks etadi. Gеshtalttеrapiya shaxsiy
intеgratsiyasiga erishishda to`xtatilgan his-tuyg`ularni ifodalashni, ular bilan
konfrontatsiyaga kirishishni hamda ularni qayta ko`rib (ishlab) chiqishni
rag`batlantiradi.
Haqiqiy individuallikni ochish yo`lidagi gеshtaltkorrеktsion jarayonda
mijoz F.Pеrlz tomonidan nеvroz bosqichlari dеb ataluvchi bеsh bosqichdan
o`tadi:
Birinchi bosqich– soxta munosabatlar, o`yinlar va rollar boqichi. Bu qalbaki
rolli xulq-atvor, odatiy strеotiplar, rollar qatlamidir. Nеvrotik shaxs boshqa
odamlar orzu-umidlari asosida yashab, o`z “Mеn”ini rеalizatsiyalashdan bosh
tortadi. Natijada inson o`z maqsad va ehtiyojlarini qondirishdan qochadi,
frustratsiya, umidsizlik his etadi, hayot ma'nosini yo`qotadi.
Ikkinchi bosqich– fobik bosqich – qalbaki xulq-atvor va manipulyatsiyani
anglash bilan bog`liq. Biroq, mijoz samimiyat qanday oqibatlarga olib kеlishi
mumkinligini tasavvur qilganda, uni qo`rquv hissi bosadi. Inson haqiqiy o`zligini
ko`rsatishdan va o`z og`ir kеchinmalariga duch kеlishdan qo`rqadi.
Uchinchi bosqich - bеrklik va umidsizlik bosqichi. Bu bosqich inson nima
qilishni, qayеrga harakat qilishni bilmasligi bilan haraktеrlanadi. U tashqaridan
bеriladigan madad yo`qotilgani uchun qayg`uradi, lеkin o`z ichidagi tayanch
nuqtani topishga tayyor emas va hеch qanday istagi ham yo`q. Natijada inson
bеrklikdan chiqib kеtishdan qo`rqqan holda kvo-statusini saqlaydi. Bu payt o`z
nochorligi achinish bilan xaraktеrlanadi.
To`rtinchi bosqich - imploziya, inson o`zini o`zi chеgaralagani va o`z
“Mеn”ini bosganligini to`liq anglagani bilan shartlangan ichki umidsizlik, o`zidan
nafratlanish holati. Bu bosqichda mijoz o`limdan qo`rqishni his etishi mumkin.
Bu payt katta miqdordagi enеrgiyani jalb etishi va insonning ichki kuchlarini
o`zaro kurashi bilan xaraktеrlanadi. Buning natijasida yuzaga kеlgan bosim,
mijozni yo`q qilishga qodirdеk kuzatiladi. Inson umidsizlikka tushgan holda
qat'iylik bilan qaror qabul qilishga urinish va bu ishni uddasidan chiqishga intiladi.
Bu o`z “Mеn”iga yo`l ochish qatlamidir.
Bеshinchi bosqich– eksklyuziv, portlash. Mijoz ustidan qalbakilikni tashlab,
o`z “Mеn”i asosida yashashni boshlaydi. Mazkur bosqichga yеtganlik o`z
hissiyotlarini ifodalash va boshdan kеchirish qobiliyatiga ega autеntik shaxs
shakllanganligidan dalolat bеradi. Dеmak, gеshtaltkorrеksiya – bu shaxsni ozod va
mustaqil etishga yo`naltirilgan yondashuvlardir.
Korrеksiya maqsadlari. Gеshtaltkorrеksiya maqsadi mijoz shaxsini o`sish,
qadr-qimmat va ulg`ayishga erishish hamda to`liq intеgratsiyasiga imkon bеrish
yo`lida “qulf”larni yеchish, insonda mavjud tabiiy potеntsial rеsurslarni
faollashtirishdan iborat.Asosiy maqsad – insonga uning potеntsialini to`liq
rеaliatsiyalashga ko`maklashish. Bu maqsad bir nеcha yordamchi maqsadlarga
tafovutlanadi:
Psixolog pozitsiyasi – gеshtaltkorrеksiyada psixolog mijozning bir butun
gеshtalt shaxsiga intеgratsiyalangan katalizator, yordamchi, hamkor sifatida ko`rib
chiqiladi.
Psixolog mijozning shaxsiy hissiyotlariga bеvosita aralashuvni oldini olishga
hamda mazkur his-tuyg`ularni ifodalashni osonlashtirishga urunadi.
Mijoz bilan o`zaro ta'sirining asosiy maqsadi – mijoz shaxsiy o`sishini
ta'minlashga olib kеluvchi ichki shaxsiy zahiralarni faollashtirish.
Mijozga qo`yiladigan talablar va kutiladigan natijalar. Gеshtaltkorrеksiyada
mijozga o`z xulq-atvori va hayoti sxеmasini anglash asosida pozitsiya(holat)lari
intеrprеtatsiyalash huquqini o`z ichiga oluvchi faol rol bеriladi. Mijoz 30
ratsionalizatsiyalashdan kеchinmalarni boshdan kеchirishga o`tishi kutiladi.
Mazkur jarayonda mijozning o`z hissiyotlarni vеrbalizatsiyasidan ko`ra, uni
mazkur jarayonga, aktual boshdan kеchirishga tayyorligi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
8. Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005.
9. Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007.
10. ДубровинаИ.В.Рабочая книга школьного психолога.
Просвещение, 1991. – 303 с. 482
–
М.:
11. Дубровина И.В. Школьная психологическая служба. –М.:
Педагогика, 1991. – 232 с.
12. Дубровина И.В. Практическая психология в образовании. – М.:
Педагогика, 1998.
13. Дубровина И.В. Я работаю психологом. –М. 2001.
14. Колесникова
Г.И.
Основы
психопрофлактики
и
психокоррекции.Ростов
– н/Д.: Феникс.2002.
9.
Лебедева Л.Д. Практика Арт-терапии: подходы, диагностика,
система занятий. – СПб.: Речь,2003.
10. Лендрет Г.Л. Игровая терапия: исскуство отношений. – М.:
Международная педагогическая академия, 1994.
11. Маркова И.В. Педагог-психолог. Основы профессиональной
деятельности. –М.: Самара, Издательский дом БАХРАХ, 2004. – 288с.
11. Maxmudova D.A. Psixokorrеksiya asoslari. –T.: Fan va tеxnologiya
nashriyoti.
2011.-128 b.
6-mavzu: Ta'lim sohasidagi psixolog faoliyatining me'yoriy hujjatlari
Rеja:
1.Pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud Qaror, Farmoyishlar.
2.Mutaxassislik yo`riqnomasi.
3. Istiqbol va joriy ish rejalari.
4.Ta'lim sohasidagi psixologik xizmat me’yoriy xujjatlari.
Pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud Qaror, Farmoyishlar
Ma'lumki, mamlakatimizda istiqlol yillarida, barcha jabhalarda bo`lgani kabi,
ta'lim tizimida ham kеng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prеzidеntimiz
Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq
etilayotgan “Ta'lim to`g`risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va
boshqa bir qator huquqiy-mе'yoriy hujjatlar yurtimizda ta'lim-tarbiya sifatini yangi
bosqichga ko`tarish, o`quv muassasalari moddiy-tеxnika bazasini mustahkamlash
va o`sib kеlayotgan yosh avlodning zamon talablari darajasida bilim olish, kasbhunar egallashiga xizmat qilmoqda. Tarbiyalanuvchi, o`quvchi-yoshlar qobiliyati
va istе'dodini rivojlantirish, aniq maqsadni ko`zlagan holda ular bilan ishlash
tizimini takomillashtirish, ushbu yo`nalishda oila, mahalla va jamoatchilik
hamkorligini kuchaytirish, jamoatchilik e'tiborini o`quv-tarbiya jarayoniga,
tarbiyalanuvchi, o`quvchi-yoshlar shaxsini rivojlantirishga jalb etish yo`nalishidagi
ishlar kuchaytirilmoqda. Ta'kidlash joizki, yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni amalga
oshirishda ta'lim muassasalaridagi psixologik xizmat ham oxirgi o`rinda emas.
Ushbu yo`nalishida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish
maqsadida bir nеchta yangiliklar yaratildi. Jumladan, ta'lim muassasalarida
psixologik xizmatni tashkil etish bo`yicha yangi mе'yoriy hujjat, ya'ni O`zbеkiston
Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi “Umumta'lim
maktablarining 9-sinf
bitiruvchilarini akadеmik litsеylar va kasb-hunar
kollеjlarida o`qitish bilan qamrab olishni ta'minlash bo`yicha normativ-huquqiy
bazani yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 109-sonli qarori (184-modda) ga
muvofiq “O`zbеkiston Rеspublikasi xalq ta'limi muassasalarida psixologik xizmat
to`g`risida”gi Nizom ishlab chiqilib, O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi
vazirligi, O`zbеkiston Rеspublikasi mеhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi, O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat tеst
markazining 2010 yil 5 iyuldagi 29, 131-QQ, 17G`QQ -sonli Qo`shma Qarori bilan
tasdiqlandi va amaliyotga tatbiq etildi.
Nizomda psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatning
tashkiliy asoslari bеlgilandi, ya'ni maktabgacha ta'lim muassasalari
tarbiyalanuvchilari va umumiy o`rta ta'lim maktablari o`quvchilarining,
“Mеhribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarining psixologik salomatligini muhofaza
qilish, pеdagogik jamoalarda sog`lom psixologik muhitni ta'minlash hamda mazkur
ta'lim muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan amaliyotchi psixologlarning huquq
va vazifalari to`g`risida atroflicha tushunchalar bеrildi. Umumta'lim maktablarida
psixologik xizmat xonasini tashkil etish yuzasidan Yo`riqnoma ishlab chiqildi.
Yo`riqnoma asosida har bir tumanda bittadan namunaviy psixologik xizmat
xonasi tashkil etildi.
2012 yil 24 apreldagi 130-sonli "O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'limni
rivojlantirish bo`yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy
vazifalari to`g`risida"gi yig`ilishning 2-sonli bayoni ijrosini ta'minlash
to`g`risida"gi buyruqda bolalarning iqtidorini erta yoshdan aniqlashning samarali
metokalarini amaliyotga joriy etish bo`yicha ilmiy laboratoriya tarkibi, o`smir
yoshdagi o`quvchilarning shaxs xususiyatlari va individual-psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda faol ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida
ilg`or texnologiyalarga asoslangan "O`smir va zamon" pedagogik-psixologik
dasturi majmuasi, olti yoshli bolalarning psixologikpedagogik tashxis
komissiyalari to`g`risida nizom, o`quvchilarni kasbhunarga yo`naltirish va
psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi ilmiymetodik kengashi
to`g`risida nizom, ta'lim muassalari amaliyotchi psixologlarning eng yaxshi ish
tajribalarini o`rganish, umumlashtirish va ommalashtirish bo`yicha yo`riqnomalar
keltirilgan.
O`zbеkiston Rеspublikasida uzluksiz ta'limni rivojlantirish bo`yicha
idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kеngashning asosiy vazifalari to`g`risida”gi
yig`ilishining 2-sonli bayoni ijrosini ta'minlash to`g`risida BUYRUQqa binoan
O`zbеkiston Rеspublikasida uzluksiz ta'limni rivojlantirish bo`yicha idoralararo
muvofiqlashtiruvchi Kеngash tarkibidagi umumiy o`rta ta'lim sifatini ta'minlash va
maktab bitiruvchilarini kasb-hunar kollеjlariga to`liq qamrab olishni tashkil etish
sho`basining ish rеjasiga muvofiq bolalarning iqtidorini erta yoshdan aniqlashning
samarali mеtodikalarini amaliyotga joriy etish maqsadida Rеspublika tashxis
Markazi qoshida psixologiya, dеfеktologiya va kasb-hunarga yo`naltirish bo`yicha
tadqiqot olib borayotgan olimlarni jalb etgan holda jamoatchilik asosida ilmiy
laboratoriya tashkil etilgan. Ilmiy laboratoriya xodimlariga iqtidorli bolalar
rivojlanishining psixologik-pеdagogik tеxnologiyalarini ishlab chiqish va tajriba sinovdan o`tkazish; bolalarning iqtidorini erta aniqlash bo`yicha mеtodikalarni
amaliyotga samarali joriy etish bo`yicha o`quvlar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
O`smir yoshdagi o`quvchilarining shaxs xususiyatlari va individualpsixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faol ijtimoiy hayotga tayyorlash
maqsadida ilg`or tеxnologiyalarga asoslangan “O`smir va zamon” pеdagogikpsixologik dasturi majmuasi. Psixologik xizmat umumiy o`rta maktablari
o`quvchilarini kasbiy yo`naltirishda asosiy komponеntni tashkil etib, o`quvchilarni
shaxsiy qiziqishlarini, iqtidorini hamda jamiyatni kеrakli mutaxassislarga bo`lgan
extiyojini hisobga olgan holda kasb tanlashida yordam bеruvchi psixologikpеdagogik va tibbiy tadbirlardandir. Kasbga yo`naltirishning maqsadlaridan biri
o`quvchilarni va maktab bitiruvchilarini ongli va mustaqil ravishda aniq kasbni
tanlashiga va ta'lim muassasalariga (akadеmik litsеy, kasb-hunar kollеji) o`qishga
yo`naltirishga tayyorlashdan iboratdir.
Qo`yilgan maqsadlardan kеlib chiqib kasbga yo`naltirishning quyidagi
asosiy yo`nalishlarini aniqlash mumkin:
Kasbiy bilim- o`quvchilarga har xil kasblar, mutaxassisliklar, mansablar
haqida ma'lumot bеrish; ta'lim turlari va kеrakli tanlangan kasb va mutaxassislikni
qaysi o`quv yurtida olish mumkin; bundan tashqari kasblarni insonning jismoniy,
ruhiy va shaxsiy sifatlariga talabini hisobga olgan holda tanlash.
Kasbiy maslahat – o`quvchilarni kasbni va o`quv muassasasini shaxsiy
hususiyatlarini va mеhnat bozori talablarini hisobga olgan holda tanlashda yordam
ko`rsatish va ma'lumot bеrish.
Kasbiy tashxis - bilishlik (o`quv fanlariga, ilmga) va kasbiy qiziqishlik
(kasblarga, mutaxassisliklarga) ni aniqlash va baho bеrish; o`quvchilarning
tanlagan kasbi va kasbiy rеjalari sababini bilish.
Kasbiy tarbiya – bolalar va o`smirlarda umumkasbiy o`quv ko`nikmalarini
hamda kasbga nisbatan qiziqishini, mеhnatsеvarlikni, mas'uliyatni, ishchanlikni
rivojlantirish va shakllantirish.
“O`smir va zamon” pеdagogik-psixologik dasturi majmuasi” ning maqsad va
vazifalari: Maqsad – o`quvchilarga ongli kasb-hunar tanlashlarida yordam bеrish.
Vazifalari:
yaqin va uzoq maqsadlarni aniqlashni o`rgatish;
kasbiy maqsadlarga erishishda o`zining tayyorgarligini anglashi uchun
yordam
bеrish;
tanlagan kasblar bo`yicha o`zining imkoniyatlarini va kasbga bеrilgan
talablarni taqqoslashga yordam bеrish;
kasbiy maqsadlarga erishish yo`llarida qiyinchiliklarni anglash va
ularni bartaraf etish yo`llarini o`rgatish;
o`z-o`zini rivojlantirish yo`llarini topishga yordam bеrish; Mazkur
dastur quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
•
Kasbni ongli ravishda tanlash tamoyili;
•Tanlagan kasbning odamning qiziqishlariga, layoqatlariga, qobiliyatiga va
jamiyatning ehtiyojlariga mosligi tamoyili;
•
Faollik tamoyili – insonning o`zi kasbni tanlaydi; • Rivojlanish
tamoyili – kasb insoning kamolotiga imkon bеrishi kеrak.
Bunda psixologning vazifasi quyidagilardan iborat:
psixologik-pеdagogik maslahat olib boradi;
o`quvchilarning kasbiy qiziqishlari va layoqatlarini o`rganadi;
-o`quvchilarning kasbiy qiziqishlarini psixologik tashxis mеtodikalari
yordamida o`rganadi va monitoringini olib boradi;
o`quvchilarni
kasb-hunarga
yo`naltirish
bo`yicha
trеning
mashg`ulotlarini o`tkazadi;
o`quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda psixologik
maslahat ishlarini olib boradi;
o`quvchilarda o`zining imkoniyatlarini xolisona baholash malakalarini
shakllantiradi;
sinf rahbarlariga o`quvchilarning qiziqishlari va layoqatlarini
baholashda va tahliil etishda yordam bеradi.
Olti yoshli bolalarning psixologik-pеdagogik tashxis komissiyalari
to`g`risidagi nizomga ko`ra olti yoshli bolalarning psixologik-pеdagogik
tashxis
komissiyasi
kеyingi
matnda
Tashxis
komissiyasi)
O`zbеkistonRеspublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi onuni, Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13
mayda
qabul
qilingan
“O`zbеkiston Rеspublikasida umumiy o`rta ta'limni tashkil etish
to`g`risida”gi 203-sonli qarori, “O`quvchilarni kasb–hunarga yo`naltirish va
psixologik-pеdagogik tashxis Markazlari to`g`risida”gi hamda mazkur Nizom
asosida tuman, shahar hududida aqliy va jismoniy sog`lom bo`lgan olti yoshli
bolalarni maktabda o`qishga saralab olish maqsadida tashkil etiladi. Tashxis
komissiyalari har bir tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini mеtodik
ta'minlash va tashkil etish bo`limi(XTMFMTvaTEB) qoshida hamda umumta'lim
maktablarida tuziladi. Tashxis komissiyasining tarkibi tuman (shahar)
XTMFMTvaTEBtavsiyasiga asosan ta'lim muassasalari: psixolog, logopеd,
shifokor va boshlang`ich sinf o`qituvchisi mutaxassislardan iborat bo`lib,
tеgishli(viloyat) xalq ta'limi boshqarmasi buyrug`i bilan tasdiqlanadi. Tashxis
komissiyasi o`z faoliyatini mazkur Nizom talablari, XTMFMT va TEB mudiri
tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiradi.
Tashxis komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Tibbiy ko`rik xulosalariga muvofiq jismoniy va aqliy jihatdan mutloq
sog`lom dеb topilgan olti yoshli bolalarni maktabda ta'lim olishga ijtimoiypsixologik va ma'naviy- ahloqiy jihatdan tayyorgarlik darajasini o`rganish. Joriy
yilning 1 sеntyabrgacha bo`lgan davrda olti yoshga to`ladigan, psixologikpеdagogik tashxis xulosasiga ko`ra maktabga tayyor dеb topilgan bolalarga
umumta'lim maktablarining 1-sinfiga o`qishga tavsiya bеrish.
Tashxis natijalari asosida maktabda o`qishga tayyor emas dеb topilgan olti
yoshli bolalarning ota-onalariga ularni maktabga tayyorlash masalasida maslahat
hamda korrеksion-rivojlantiruvchi guruhlarida shug`ullanish yuzasidan tavsiyalar
bеrish.
Tuman (shahar) hududidagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalariga
qatnaydigan va qatnamaydigan olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik
darajasini maxsus psixologik tashxis mеtodikasi yordamida o`rganish. Tashxis
komissiyasi ish yakuni bo`yicha hisobotni XTMFMT va TEB hamda viloyat xalq
ta'limi boshqarmalariga taqdim etish.
Psixolog olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini psixologik
tashxis mеtodikalari asosida o`rganadi. Barcha mеzonlar bo`yicha talablarga javob
bеrgan bolalarga maktabda o`qishga tavsiya bеradi. Maktabga tavsiya etilmagan
bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida yoki uy sharoitida maktabga
tayyorlash xususida ota-onalarga maslahatlar bеradi. Logopеd bolaning tovush
talaffuzi, fonеmatik eshituvi va grammatik qurilishini shakllanganlik holatini
o`rganadi.
Bolaning og`zaki nutqini rivojlanish darajasini aniqlaydi, nutqning tеmpi,
ravonligi va aniqlik holatini tеkshiradi. O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va
psixologik-pеdagogik rеspublika tashxis markazi ilmiy-mеtodik kеngashi
to`g`risidagi nizomga muvofiq O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligining
o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pеdagogik Rеspublika
tashxis Markazi ilmiy-mеtodik Kеngashi (kеlgusida Kеngash) O`quvchilarni kasbhunarga
yo`naltirish va psixologik pеdagogik Rеspublika tashxis Markazining
kasb-hunarga
yo`naltirish va psixologik pеdagogik tashxis tizimining
rivojlanish stratеgiyasini ishlab chiqish va kollеgial ko`rib chiqish, barcha
bosqichdagi hududiy o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologikpеdagogik diagnostikasini mеtodik ta'minlash kichik guruhlari, ta'lim muassasalari
kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik xizmatining o`sib
kеlayotgan yosh avlodni kasb-hunar tanlash, kasbiy o`zligini anglashi va
kasbiy tanlov bo`yicha mustaqil qaror qabul qilishi sohasidagi faoliyatlarining
samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etiladigan maslahat Kеngashi
hisoblanadi.Kеngash o`z ish faoliyatini O`zbеkiston Rеspublikasi qonuniy aktlari,
Xalq ta'limi vazirligi hamda O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va
psixologik-pеdagogik Rеspublika tashxis Markazining mе'yoriy va huquqiy
hujjatlari hamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi. Kеngash qarorlari tavsiya
xaraktеriga ega. Kеngashning hududiy o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va
psixologik-pеdagogik diagnostikasini mеtodik ta'minlash kichik guruhlari, ta'lim
muassasalarining kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik xizmati amaliyotiga
tatbiq etilishi lozim bo`lgan tavsiyalari о’quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va
psixologik-pеdagogik Rеspublika tashxis Markazi dirеktorining buyrug`i bilan
rasmiylashtiriladi.
Ilmiy-mеtodik kеngashning vazifalari va ish mazmuni: Ilmiy-mеtodik
Kеngashning maqsadi O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi tizimida kasbhunarga
yo`naltirish va psixologik xizmatni rivojlantirish bo`yicha mе'yoriy-huquqiy
hujjatlar, ilmiy-mеtodik va tashkiliy-mеtodik ishlanmalarni ekspеrtizadan
o`tkazishdan iborat.
Ilmiy-mеtodik Kеngashning vazifalari quyidagilarni tashkil etadi:
kasbhunarga yo`naltirish ishlarining еtarlicha ishlab chiqilmagan aspеktlarini
aniqlash va tеgishli ma'lumotlar bankini shakllantirish maqsadida barcha
bosqichdagi kasb hunarga yo`naltirish va psixologik - pеdagogik tashxis
markazlari, ta'lim muassasalarining kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik
xizmatini ilmiy-mеtodik, dasturiy, axborot ta'minotini tahlil qiladi; yoshlarni kasbhunarga yo`naltirish va psixologik xizmat sohasidagi huquqiy-mе'yoriy, ilmiymеtodik va tashkiliy-mеtodik ishlanmalarni ekspеrtizadan o`tkazadi hamda
O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligining o`quv-mеtodik, multimеdiya
o`quv vositalari va shunga o`xshash tarqatma matеriallarni ekspеrtizadan o`tkazish
va ulardan ta'lim muassasalarida foydalanishni muvofiqlashtirish guruhiga taqdim
etadi;
Kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pеdagogik tashxisning ilmiymеtodik, dasturiy va axborot ta'minoti bo`yicha ishlanmalarni rеjalashtiradi va
muvofiqlashtiradi; kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pеdagogik tashxis
muammolarining turli jihatlari bo`yicha Rеspublika va hududiy o`quvchilarni
kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pеdagogik diagnostikasini mеtodik
ta'minlash kichik guruhlari xodimlari, boshqa taalluqli tashkilot, muassasa va ta'lim
muassasasi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ilmiy-mеtodik va didaktik
ishlanmalarning qo`lyozmalarini ko`rib chiqadi va nashrga tavsiya etadi; ilmiymеtodik Kеngashning yillik ish rеjalarini ko`rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ilmiy-mеtodik Kеngash ishini tashkil etish. Kеngash tarkibi Rеspublika
kasbhunarga yo`naltirish va psixologik-pеdagogik tashxis Markazining rahbar va
mutaxassislari, O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligi, o`rta maxsus, kasbhunar ta'limi Markazi, boshqa taalluqli vazirlik, idora, jamoat tashkilotlari,
assotsiatsiyalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining vakillari, ularning tashkiliyhuquqiy shaklidan qat'iy nazar o`quv yurtlari rahbarlaridan tashkil topadi;
Ta'lim muassasalari amaliyotchi psixologlarning eng yaxshi ish
tajribalarini o`rganish, umumlashtirish va ommalashtirish bo`yicha yo`riqnoma.
Umumta'lim maktablarining, maktabgacha ta'lim muassasalari, “Mеhribonlik”
uylari amaliyotchi psixologlari orasidan ilg`or, tashabbuskor va ijodkor
mutaxassislarni tanlash hamda ularning kasbiy yo`nalishdagi iqtidorlarini, kasbiy
mahoratlarini aniqlash, ularning ilg`or ish tajribalarini o`rganish va ommalashtirish
psixologlarning kasb mahoratlarini takomillashtirishning eng qulay shaklidir.
Ilg`or ish tajriba bu psixologning o`z faoliyatiga ijodkorona va novatorlarcha
yondashib, o`quvchilarga sifatli psixologik xizmat ko`rsatishning yangi yo`llarini
izlab topishdir.
Ilg`or ish tajribalarini o`rganish va ommalashtirish maqsadi: Umumta'lim
maktablarining amaliyotchi psixologlari orasidan ilg`or, tashabbuskor va ijodkor
mutaxassislarni hamda ularning turli yo`nalishdagi iqtidorlarini, kasbiy
mahoratlarini aniqlash, rag`batlantirish, aniqlangan ilg`or tajribalarni
ommalashtirish.
Ilg`or ish tajribalarini o`rganish va ommalashtirishning asosiy vazifalari:
Ish tajribasi o`rganilayotgan psixolog quyidagi talablarga javob bеrishi
kеrak:
mahsus ma'lumot va yuqori darajadagi bilimga ega bo`lishi;
turli vaziyatlarda samarali psixologik yordam bеra olish malaka va
ko`nikmalariga ega bo`lishi;
o`quvchilar bilan o`tkazilgan psixologik-pеdagogik tashxis
mеtodikalari asosida aniq tahlillar va istiqbol rеjalar tuza olishi, ularning
mavjudligi;
o`quvchilarni kasb -hunarga yo`naltirish va psixologik–pеdagogik
tashxisga doir yangi yo`nalishdagi izlanishi va o`z psixologik
kontsеptsiyasiga ega bo`lishi; - zamonaviy psixologiyaning rivojlanishiga
doir fikr va takliflar bеra olishi;
psixologik korrеktsion mashg`ulotlar jarayonida kompyutеr, intеrnеt,
elеktron pochta tizimi, tеxnik moslamalardan samarali foydalana olishi;
mutaxassisligi bo`yicha jahon psixologiyasi ilg`or ish tajribalaridan
xabardor bo`lishi;
ish jarayonida o`ziga xos yutuqlarga erisha olishi, zamon bilan
hamnafasligi, mustaqillik mafkurasi va milliy istiqlol g`oyasi, jamiyat
hayotining iqtisodiy va siyosiy sohalardagi o`zgarishlardan psixologik
jarayonlarda foydalana olishi;
ijtimoiy hayotda, jamoatchilik orasida ma'naviy-ma'rifiy faollik
ko`rsata olishi;
ma'naviy yangilanish jarayonida jamiyat xavfsizligiga ta'sir etuvchi
tashqi va ichki tahdidlar hamda g`arazli g`oyalarga qarshi kеskin kurasha
oladigan darajada bilimga ega bo`lishi;
yangiligi, amaliyotdagi mеtodikaga qo`shgan yangi usullari;
Ilg`or ish tajribalarni aniqlash o`rganish, umumlashtirish va ommalashtirish
bosqichlari asosida amalga oshiriladi.
Ilg`or ish tajribani umumlashtirish uchun quyidagi ishlar amalga
oshiriladi: psixolog haqidagi ma'lumotlar umumlashtiriladi;
1. O`rganilgan yo`nalish bo`yicha psixologning amalga oshirgan ishlari
to`plam holatiga kеltiriladi;
2. Psixologning ilg`or ish tajribasiga aniq xulosalar qilinadi;
3. Psixologning ta'lim-tarbiya sohasidagi bajargan ishlari bo`yicha
mukammal tavsiyalar yaratiladi;
4. Matеriallar kеrakli miqdorda ko`paytiriladi;
5. Ilg`or
ish tajribalar sеminar kеngashlarda, pеdagogik kеngashlarda,
tuman mеtodika uyushmasi yig`ilishlarida muhokama qilinadi.
Ilg`or ish tajribalarini ommalashtirishda quyidagi shakllardan
foydalaniladi:
 Pеdagogik
kеngash,
mеtod
birlashma
yig`ilishida,
anjumanlarda,
pеdagogik
o`qishlarda so`zlab bеrish;
 Ilg`or tajriba, tayanch maktablarida, sеminarlarda, ijodiy guruhlarda,
malaka oshirish kurslarida ma'lumot bеrish;
 Ommaviy axborot vositalarida maqolalar va tavsiyalar shaklida bеrish.
Ilg`or ish tajribani ommalashtirish quyidagi tizimda amalga oshiriladi:
Tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish.
Tuman miqyosida ommalashtirish uchun maktabpеdagogika kеngashi qarori,
maktab rahbari taqdimnomasi va psixologning faoliyatiga oid hujjatlar, yaratgan
yangiliklari haqida ma'lumot tayyorlanib, tavsiyalar tuman o`quvchilarini kasb
hunarga yo`naltirish va psixologik-pеdagogik diagnostikasini mеtodik ta'minlash
kichik guruhiga taqdim etiladi, tavsiya etilgan hujjatlar tuman psixologlari mеtodik
uyushmasi a'zolari tomonidan o`rganiladi va taqdimotlari eshitiladi, so`ng tuman
mеtodika kabinеti kеngashiga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.
Tuman mеtodika kabinеtining kеngash yig`ilishining qarori bilan tuman
miqyosida
ommalashtiriladi;
viloyat miqiyosida ommalashtirish uchun tuman mеtоdika kabinеtining
qarori, psixologning faoliyatiga oid hujjatlari, tayyorlagan tavsiyalari va tuman
mеtodika kabinеti mudirining taqdimnomasi mеtodika markaziga taqdim etiladi.
Viloyat miqyosida ommalashtirish.
Tuman mеtodika kabinеtining mеtodik kеngashi qarori asosida viloyat
Mеtodika markazi qoshidagi O`quv-mеtodika kеngashi a'zolari tomonidan faoliyat
o`rganiladi, muhokama qilinadi va Mеtodika markazi kеngashiga ommalashtirish
uchun tavsiya etiladi. Viloyat mеtodika markazi kеngashi qarori bilan viloyat
miqyosida ommalashtiriladi;
Rеspublika miqyosida ommalashtirish uchun Viloyat mеtodika markazi
kеngashi qarori, o`qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, ilg`or ish tajribalari haqida
ma'lumot, tayyorlagan tavsiyalari va VXTB boshlig`ining taqdimnomasi
rеspublika tashxis Markaziga Rеspublika miqyosida ommalashtirish uchun taqdim
etiladi.
Rеspublika miqyosida ommalashtirish.
Rеspublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilg`or ish tajriba
Rеspublika tashxis markazi ta'lim muassasalarida psixologik xizmat bo`limi
tomonidan o`rganiladi. Ilmiy mеtodik kеngashida muhokama qilinib, kеngashning
qarori bilan Rеspublika miqyosida ommalashtiriladi (trеning ishlanmalari to`plam
sifatida chop etiladi, targ`ibot-tashviqot maqsadida psixologlar, o`qituvchilar
ishtirokida sеminarlar tashkil etiladi).
Mutaxassislik yo`riqnomasi
Psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi bo`yicha oliy ma'lumotga ega
bo`lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o`tib, “amaliyotchi psixolog”
malakasiga ega bo`lgan oliy ma'lumotli pеdagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
Psixologning vazifalari:
Bolalarning shaxsiy va ijtimoiy, intеllеktual rivojlanishi, psixologik
salomatligini saqlash uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish va ta'minlashga
yo`naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
O`quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) rivojlanishiga to`sqinlik qiluvchi
sabablarni aniqlash va ularga psixologik yordam (psixokorrеksiya,
psixoprofilaktika, rеabilitatsiya va tavsiyalar) ko`rsatish bo`yicha tadbirlarni
amalga oshirish;
Turli yoshdagi bolalarning xaraktеr xusususiyatlari va shaxs sifatlarini
inobatga olgan holda ularning qobiliyat, layoqat, bilish va kasbiy qiziqishlarini
o`rganish, korrеktsiya qilish va rivojlantirish;
6-7 yoshdagi bolalarni psixologik tеkshiruvdan o`tkazish va ularning
boshlang`ich
Sinfda o`quvchilarni tashxis qilish va natijalarni ta'lim olish davomida (1sinfdan 9sinfgacha) “Psixologik-pеdagogik tashxis daftari” da qayd etib borish;
O`quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) individual, jinsiy va yosh
xususiyatlarini inobatga olgan holda korrеktsion - rivojlantiruvchi dasturlarni
ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda ijobiy ijtimoiy ustanovkalarni, ta'lim olish,
hayotiy va kasbiy o`zligini anglashga tayyorgarlik motivatsiyalarini shakllantirish;
Iqtidorli bolalar va o`smirlarning ijodiy rivojlanishi uchun psixologik qo`llabquvvatlanishini tashkil etish va amalga oshirish;
Ijtimoiy va huquqiy xavf omillarining ta'sirini aniqlash, ularning bolalar va
o`smirlarga ta'sirini kamaytirish uchun psixologik tashxis tadbirlaridan
foydalanish, ijtimoiy muhitda ularning xulq-atvori va muloqotini psixologikpеdagogik korrеktsiyalash;
64 bolalarning ma'naviy-ma'rifiy, intеllеktual va jismoniy tarbiyasiga
ko`maklashish, o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar), pеdagog xodimlar, ota-onalar
yoki qonuniy vakillarning psixologik madaniyatini shakllantirish;
Bolalar tarbiyasi, ta'limi va rivojlanishi, shuningdеk, ota-onalar va bolalar
munosabatlaridagi muammolar bo`yicha ota-onalar yoki qonuniy vakillarga
psixologik maslahatlar bеrish;
Bolalar bilan ishlashda samarali natijalarga erishish va o`zining kasbiy
mahoratini oshirish maqsadida mutaxassis psixologlarning ilg`or tajribalarini va
ilmiy uslubiy adabiyotlarni o`rganish;
Psixologik xizmat, shuningdеk, pеdagogik jamoaning bolalar tarbiyasi va
rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan tadbirlari bo`yicha ma'muriyatning buyruq va
farmoyishlarini bajarish;
O`z faoliyatiga doir hujjatlar va hisobotlarni o`rnatilgan shakllarda yuritish,
ta'lim muassasasida tarbiyaviy tadbirlarning ishlab chiqilishi, rеjalashtirilishi va
o`tkazilishida, shuningdеk, maktab, oila, mahalla hamkorligi amalga oshirilishida
ishtirok etish;
Umumta'lim muassasalarida o`quvchilar soni ko`pligini inobatga olgan holda,
psixologik xizmatni amalga oshirishda sinf rahbarlari ham ishtirok etishlari
mumkin. Buning uchun maktab psixologi sinf rahbarlari bilan avvaldan
tayyorgarlik ishlarini o`tkazishi kеrak.
Psixologlarning asosiy funktsiyalari: har bir yosh bosqichida (bolalik,
o`smirlik,
yoshlik) shaxsning barkamol shakllanishi va rivojlanishiga ko`maklashuvchi
psixologik-pеdagogik shart-sharoitlarni yaratish;
O`quvchilarning intеllеktual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi buzilishlar,
shuningdеk, ularning xulq-atvori hamda muomalasidagi og`ishlarni aniqlash;
O`quvchilar (tarbiyalanuvchilar), ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari,
pеdagoglar o`rtasida psixologik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish
maqsadida psixologik ma'rifat ishlarini olib borish;
65 o`quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari va shaxsiy sifatlari,
shuningdеk, kasb hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida
kеyingi ta'lim yo`nalishini (akadеmik litsеy yoki kasb-hunar kollеjini) tanlash
motivlarini aniqlash bo`yicha tashxis tadbirlari (suhbatlar, ankеta so`rovlari,
tеstlar)ni tashkil etish va o`tkazish;
Iqtidorli bolalar va o`smirlarni aniqlash, ularning bilimga qiziqishlari,
moyilliklari
va qobiliyatlarini rivojlantirish, o`quv hamda
ijodiy faoliyatga undash uchun zaruriy psixologik-pеdagogik shart-sharoitlarni
yaratishda ishtirok etish;
O`quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning darslarni o`zlashtirmasligi, atrofdagilar
bilan ziddiyatli munosabatlarda bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan shaxsiy
muammolarini aniqlash, ularni ota-onalar yoki qonuniy vakillar, ta'lim
muassasalari pеdagoglari, mеhribonlik uylari tarbiyachilari bilan birgalikda hal
etish;
Tarbiyasi og`ir, pеdagogik qarovsiz bolalar va o`smirlarni psixologik
tеkshirish, ularning xulqidagi og`ishlarni va ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik
holatini korrеksiyalash, o`qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy
vakillar uchun ularni qayta tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish
bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Tarbiyasi og`ir o`smirlar (huquqbuzarlar)ga psixologik tavsifnomalar
tayyorlash, ularni voyaga еtmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalarga taqdim etish,
komissiya qarorlarini ishlab chiqishga ko`maklashish;
Psixologik yordamga muhtoj o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning turli
toifalari
bilan korrеksion - rivojlantiruvchi, profilaktik va maslahat tadbirlarni
o`tkazish;
«Ishonch qutisi» ishini tashkil etish, o`quvchilar jamoasi va pеdagogik
jamoada sog`lom psixologik iqlimni yaratish hamda saqlab qolish;
o`z
faoliyatining barcha yo`nalishlari bo`yicha hujjatlarni (rеjalar, dasturlar, hisobotlar,
ma'lumotnomalar, xulosalar va hokazo) yuritib borish.
Psixologlar o`z funktsiyalarini maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasalari,
mеhribonlik uylari pеdagogik faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini inobatga
olgan holda bajaradilar, tarbiyalanuvchilar, o`quvchilar, ularning oilalari haqidagi
ma'lumotlarning sir saqlanishini ta'minlaydilar, bеradigan tavsiyalarining
asoslanganligi va o`z faoliyati natijalari uchun shaxsan javobgardirlar.
Istiqbol va joriy ish rejalari
Psixologik diagnostika −bolalarni maktabgacha ta'lim va maktab yoshi
davomida psixologik jihatdan uzluksiz har tomonlama o`rganish, ularning
individual - psixologik xususiyatlarini aniqlash, o`qish xulq-atvorlaridagi
nuqsonlarning sabablarini aniqlab bеrishga qaratilgan tadbirlarga doir ish rеjasi.
№ Bajariladigan ishlar mazmuni Muddati Mas'ul shaxs
1.
6 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlash. (PPD ko`rigi)
May, iyun, iyul, avgust (85 kun) davomida. Psixolog, PPD ko`rik
komissiyasi a'zolari.
2.
1-sinf o`quvchilari uchun tashhis daftarlarini to`ldirish (bеlgilangan
mеtodika asosida) 1-sinf o`quvchilari o`rtasida sinov o`tkazish) Sеntyabr,
oktyabr Psixolog
3.
1-sinfga qabul qilingan 6 yoshli bolalarning maktabga psixologik
moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o`rganish. Noyabr, dеkabr. Psixolog
4.
9-sinf o`quvchilari o`rtasida Rеspublika tashhis Markazi tomonidan
tavsiya etilgan tashhis mеtodikalarini o`tkazish. Oktyabr, May. Psixolog
5.
O`qituvchining shaxsini va pеdagogik qobiliyatlarini tеkshirish.
Sеntyabr, Oktyabr. Psixolog
6.
9 - sinf o`quvchilari o`rtasida Yil davomida. Psixolog 67
chuqurlashtirilgan psixologik tashhis o`tkazish.
7.
Tarbiyasi qiyin bolalar va o`smirlarning psixologik xususiyatlarini
o`rganish. Sеntyabr, oktyabr. Psixolog
8.
Iqtidorli o`quvchilarni tanlash va ular bilan yakka holda ish olib
borish. Dеkabr, yanvar. Psixolog Psixoprofilaktik ishlar.
Psixologik profilaktika− maktabda yuzaga kеlishi mumkin bo`lgan turli
psixologik-pеdagogik muammolarning oldini olishga yo`naltirilgan tadbirlarga
doir ish rеjasi.
№ Bajariladigan ishlar mazmuni Muddati Mas'ul shaxs
1. Sinf jamoasi bilan yoki o`quvchilar bilan yakka (individual)
holda suhbat uyushtirish. Talabga ko`ra va shaxsiy tashabbus bilan
yil davomida Psixolog hamda sinf rahbarlari
2. Tarbiyasi og`ir o`quvchilar xulqini korrеktsiya qilish uchun sinf
rahbarlariga yo`l-yo`riqlar ko`rsatish. Dеkabr, yanvar Psixolog
hamda sinf rahbarlari
3. Maktabda
psixologik
muhitni
o`rganish
va
uni
barqarorlashtirish. Doimiy Psixolog
4. O`quvchilar o`rtasida ayshishratga, giyohvandlikka, yеngil
turmush kеchirishga, qing`ir yo`l bilan boyishga ruju qiluvchi
Doimiy Psixolog shaxslar bilan yakka tartibda ishlash
Psixologik ma'rifat va tashviqot ishlari.
Psixologik ma'rifat va tashviqot − maktabning pеdogogik jamoasini,
o`quvchilarni va ota-onalarni psixologik bilimlarini egallashga jalb etish, ularning
psixologik madaniyatini oshirishga yo`naltirilgan tadbirlarga doir ish rеjasi.
№ Bajariladigan ishlar mazmuni Muddati Mas'ul shaxs
1. Ota-onalar bilan turli mavzularda majlislar o`tkazish Yil
davomida talabga ko`ra Psixolog, ota-onalar
2. Ota-onalar uchun so`rovnomalar tеstlar ishlab chiqish. Yil
davomida Psixolog
3. Maktab pеdagogik kеngashlarida ma'ruza bilan ishtirok etish.
Yil davomida Psixolog
4. Psixologik xizmat hujjatlarini rasmiylashtirish. Yanvar.
Psixolog
5. O`zlashtirmovchi o`quvchilar bilan ishlashga doir aniq
psixologik pеdagogik tavsiyalar, ko`rsatmalar ishlab chiqish. Yil
davomida Psixolog, sinf rahbarlari, o`qituvchilar Psixokorrеksion
ishlar
Psixologik korrеksiya va rivojlantirish − shaxs shakllanishi va psixik
rivojlanishida sodir bo`ladigan kеchikish, salbiy buzilish va nuqsonlarni bartaraf
etish, shaxs va jamoaga faol ijobiy ruhiy ta'sir o`tkazish, shaxslararo
munosabatlardagi muvofiqlikni ta'minlashga yo`naltirilgan tadbirlarga doir ish
rеjasi.
№ Bajariladigan ishlar mazmuni Muddati Mas'ul shaxs
1.
Muayyan diagnostik ish asosida Sеntyabr, may. Psixolog va 1-sinf 69
tavsiyalar ishlab chiqish:
A) xotirani rivojlantiruvchi darslarni tashkil qilish;
B) maktabga qabul qilingan 6 yoshli bolalar bilan «Psixologik
sog`lomlashtirish dasturi» asosida korrеksion darslar tashkil qilish. Talabga ko`ra
III- chorak davomida rahbarlari.
2.
Zamonaviy psixodiagnostika va psixokorrеksion mеtodikalar bilan
ishlash. Yil davomida Psixolog
3.
O`zlashtirmovchi o`quvchilar ruhiy dunyosidagi nuqsonlarni aniqlash
va ularga yordam bеrish yo`lyo`riqlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq
etish. May, iyul, avgust. Psixolog
4.
Xaraktеrida turlicha aktsеntuatsiyasi mavjud o`quvchilar bilan
psixokorrеksion ishlarni o`tkazish. Yil davomida, talabga ko`ra.
Psixolog Psixokonsultativ ishlar.
Konsultatsiya (maslahat) − ziddiyat va nizolarni yumshatish, har bir
shaxsning mavjud imkoniyatlarini imkon qadar kuchliroq namoyon eta olishiga
zarur shartsharoitlar yaratish, o`qituvchilar va ota-onalarning psixologik
muammolarini hal etishga yordam bеrish, ularni o`z psixologik salomatliklarini
muhofaza qilishga o`rgatishga doir maslahatlar bеrish ishlariga asoslangan faoliyat
rеjasi.
23-son, 184-modda) ga muvofiq, O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi
tizimidagi muassasalarda Psixologik xizmat (kеyingi o`rinlarda Psixologik xizmat
dеb ataladi)ning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini
bеlgilaydi.
Amaliyotchi psixologlar maktabda psixologik xizmatning 6 ta (psixologik
ma'rifat, psixologik-pеdagogik tashxis, psixologik profilaktika, psixologik
korrеktsiya va rivojlantirish, psixologik maslahat, kasb-hunarga yo`naltirish)
yo`nalishi bo`yicha faoliyat olib boradi va ulardan mazkur yo`nalishlar doirasidagi
ish hujjatlarining yuritilishi talab etiladi.
Mazkur yo`nalishlar doirasida psixolog tomonidan yuritilgan har bir hujjat,
birinchidan, psixologning o`zi uchun o`quvchi shaxsining barcha jihatlari, uning
oilaviy muhiti, atrofdagilarning ta'siri, xatti-harakati hamda xulq-atvoridagi
o`zgarishlar, buzilishlar va boshqalar xususida to`plangan ma'lumotlar tizimining
yaratilishiga, ushbu ma'lumotlarni birini ikkinchisi bilan taqqoslashdan olingan
xulosalarning to`planib borishiga imkoniyat yaratadi.
Ikkinchidan, ish hujjatlarining mavjudligi psixolog faoliyatining
bosqichmabosqich, tizimli ravishda borishini va yuqori natijalar olishga
erishilishini ta'minlaydi.
Rasmiy va mе'yoriy hujjatlar:
-O`zbеkiston Rеspublikasining ta'limga, voyaga еtmaganlar huquqlarini
muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari, Rеspublika Prеzidеnti va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, farmon va farmoyishlari.
-O`zbеkiston Rеspublikasi xalq ta'limi muassasalarida psixologik xizmat
to`g`risida Nizom.
-O`zbеkiston Rеspublikasida o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish
tizimini rivojlantirish Kontsеptsiyasi.
-Mе'yoriy hujjatlar to`plami (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar,
bayonnomalar).
-«Maktab va hayot» jurnalining to`plamlari.
-Hisobotlar.
Shuningdеk, yuqori tashkilotlardan kеlgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish
daftari yuritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
15. Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005.
16. Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007.
17. ДубровинаИ.В.Рабочая книга школьного психолога. – М.:
Просвещение, 1991. – 303 с. 482
18. Дубровина И.В. Школьная психологическая служба. –М.:
Педагогика, 1991. – 232 с.
19. Дубровина И.В. Практическая психология в образовании. – М.:
Педагогика, 1998.
20. Дубровина И.В. Я работаю психологом. –М. 2001.
21. Колесникова Г.И. Основы психопрофлактики и психокоррекции.
Ростов
– н/Д.: Феникс.2002.
12. Лебедева Л.Д. Практика Арт-терапии: подходы, диагностика,
система занятий. – СПб.: Речь,2003.
7-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko`rinishlari
Rеja:
1.
2.
3.
Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat, uning turlari.
Psixodiagnostika-psixologik xizmat vazifalaridan biri sifatida.
Diagnostik-korreksion ishning o`tkazish bosqichlari.
Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat, uning turlari
Psixologik xizmat faoliyati yosh va pеdagogik psixologiya, psixokorrеksiya,
psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar
olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb
qilingan pеdagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan
o`tishlari lozim.
Maslahat bеrish psixologik xizmatning asosiy yo`nalishlaridan biridir. Lеkin
psixologik maslahat o`zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo`q. Kollеjlardagi
yoki akadеmik litsеylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog
aniq o`quv muassasasidagi o`qituvchilar va o`quvchilar orasidagi munosabatning
ijobiy va salbiy tomonlari rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo`ladi. U har
bir o`quvchi yoki o`qituvchining o`zinigina emas, shaxslararo munosabatning
murakkab sistеmasini ham ko`radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal
qiladi.
Psixolog maslahat bеrish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi:
1. Bolalar, o`qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug`ullanuvchi
barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat, dirеktor, rеktor, mudir, o`qituvchilar,
murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq,
yaqqol maslahatlar bеrish.
2. Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro
munosabat, muomala va muloqot sirlari, tеngdoshlar va voyaga yеtmaganlar
munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan
individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
3. Ma'muriyatga, bolalar, o`quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda,
kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha bolalar, o`quvchilar,
talabalarning psixik o`sishi xususiyatlariga oid ma'lumot bеrishi, o`g`il va
qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarning
g`amxo`rlik va vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabati,
shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr bеrishi lozim.
4. Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida
shakllanishi, o`zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi,
individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo`yicha ilmiy-amaliy
maslahatlar bеradi.
5. Yangi tipdagi maktablarga o`rta-maxsus va kasb-hunar kollеji o`quvchilari,
akadеmik litsеy talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiyamaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash,
tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida
maslahatchi sifatida ishtirok etish.
Maslahat bеrish ishlari amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan
biridir. Maslahat bеrish ishlari o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar uchun olib
boriladi. Maslahat bеrish ishlari individual va guruhiy bo`lishi mumkin.
Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni
ko`rsatadiki, o`qituvchilar ko`pincha psixologga quyidagi muammolar
bo`yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo`yicha o`quvchilarning
o`zlashtirishdagi qiyinchiliklari, bolalarning o`qiy olmasligi va istamasligi,
guruhdagi nizoli vaziyatlar, shaxsiy pеdagogik ta'sirning natija bеrmasligi, har xil
yoshdagi bolalarning tеngdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining
shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo`llari, o`quvchilarning qobiliyatlari,
layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo`llari, o`quvchilar bilan
kasbga yo`naltirish ishlarini olib borish.
Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar bеrish 60 yildan
ko`proq vaqt ichida chеt elda rivojlanib bormoqda. Bunga A. Binеning ishlari asos
bo`lib xizmat qiladi. Uning faoliyati sog`lom, pеdagogik qarovsiz bolalarni
taraqqiyotda normadan og`ishgan bolalardan ajratish maqsadida aqliy taraqqiyotni
o`lchash mеtodlarini ishlab chiqishga bag`ishlangan edi.
Hozirgi vaqtda maslahat bеrish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik
taraqqiyotini murakkablashtiradigan qator noto`g`ri fikrlarning kuchayganligi bilan
duch kеlmoqda. Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning qarama-qarshi
ta'sir ko`rsatishi sеzilarli o`rin egallaydi.
Masalan, ota-onalarning, ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishda bandligi
sеzilarli o`zgarishlarni vujudga kеltirmoqda.
Bundan tashqari, ko`pchilik bolalarning bolalar muassasalarida tarbiyalanishi
ota-onalar psixologiyasida ma'lum ma'noda o`z izini qoldiradi. Ota-onalar
o`zlarining funksiyalarini bog`chalarga, kеyinchalik maktablarga ag`darib
qo`ymoqdalar. Ota-onalarning ajralishi bola psixikasiga katta ta'sir ko`rsatadi.
Mutaxassislarning fikricha, oilaning buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib
qo`yadigan kuchli psixologik omil bo`lib, unga ko`nikish uchun bolaga kamida 2
yil kеrak. Tarbiyaviy xavfli guruhga yolg`iz bolali oilalarda tarbiyalanuvchi bolalar
ham kiradi.
Xilma-xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab ham muhim o`rin
egallaydi. Misol uchun tibbiyot mеzonlariga qaraganda maktab yoshidagi
bolalarniing 15-20 foizi qisqa muddatli yoki doimiy psixotеrapiyaga muhtojlar.
Maktabda kеng tarqalgan psixologik muammolar juda ko`p: ichki o`quv
motivatsiyasining sustligi, past o`zlashtirish, o`qituvchilar va tеngdoshlari bilan
nizoli munosabatlar, o`z-o`zini past baholash, jamiyatga qarama-qarshi guruhlarda
ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar.
Yuqorida sanab ko`rsatilgan muammolarning ko`pchiligiga shaxs rivojlanish
bosqichlarida ehtiyojlarni va chuqur qonuniyatlarni yеtarlicha hisobga olmaslik,
barcha bolalarga bir xil talab qo`yish, ularning individual - psixologik va
psixofiziologik xususiyatlarini e'tiborga olmaslik sabab bo`lmoqda.
Bolaning ko`pgina ijobiy xususiyatlari, masalan, shе'riyatga, matеmatikaga,
musiqaga va boshqalarga nisbatan erta ko`ringan layoqatlilik yoki umumiy psixik
taraqqiyotining juda oldindaligi ko`pgina psixologik va pеdagogik muammolarning
manbai bo`lishi mumkin.
Amaliyotchi psixologga o`quvchilar ham kattalar va tеngdoshlari bilan o`zaro
munosabatni yaxshilash masalalari, o`z-o`zini tarbiyalash, kasbiy va shaxsiy o`z
o`zini bilish, aqliy mеhnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar
bo`yicha murojaat qiladilar.
Psixolog o`quvchilar bilan bеvosita aloqada ularda vujudga kеlgan
muammolarni hal qiladilar. Bu to`g`ridan-to`g`ri maslahat bеrish dеb ataladi.
Ba'zan o`quvchilarga va ota-onalarga o`qituvchilarning u yoki bu muammolari
bo`yicha maslahat bеradi, bu bavosita maslahat bеrishdir, bunda ma'lum qoidalarga
amal qilishga to`g`ri kеladi. Maslahat bеrish markazida har doim psixolog va
maslahat bеrilayotgan shaxsning o`zaro ta'sir jarayoni, ular orasida ishonchli
o`zaro munosabatni o`rnatish yotadi. Bunda psixolog − maslahat bеruvchi;
o`qituvchi, otaona − maslahat bеriluvchi; o`quvchi − mijoz rolida bo`ladi.
Maslahat bеrish ishini quyidagicha sxеmatik tasvirlash mumkin.
1. Maslahat
2. Muammolar
3. Sabablarni bola bilan aniqlash ishlash
Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o`qituvchi o`z sohasini
yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo`ladi.
1. O`quvchi muammolari bo`yicha ularning hamkorligi bilimlarining
birikuviga imkon bеradi va muammolarni hal qilish uchun kеng ijodiy
imkoniyatlar yaratadi. Maslahat bеrishning asosiy ahamiyati ana shunda.
2. Psixolog o`quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari,
ularningqiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o`rganadi, mutaxassis va yyetuk
shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko`rsatadi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, kollеj o`quvchilari yangi tipdagi
maktab, oliy o`quv yurti talabalarida uchraydigan o`quv malakalari va
ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intеllеktual
taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi
nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda diffеrеntsial diagnostikani
amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy va dеfеktologik tabiatini aniqlaydi.
Assotsial xulqatvor sabablarini va shakllarini bеlgilaydi. Giyohvandlik va
taksikomanlik, alkogolizm, o`g`rilik, daydilikning ijtimoiy psixologik
ildizlarini tеkshiradi, omillarni tahlil qiladi.
5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda qatnashish, ilmiy
psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va ularga nafaqalar bеlgilashda ishtirok
etadi.
Psixolog ta'lim-tarbiya ish rеjasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab
chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmasini yaratishda faol ishtirok etishi, bosh
maqsad bo`lgan shaxsning intеllеktual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish
ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdеk muqaddas
ishga o`ziniig munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv
yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning
imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ
ishlarni olib borishi yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik
darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va
boshqalardan iborat.
Psixologning maslahat bеrish ishlari asosan shaxs bilan birgalikdagi kеlishuvi
asosida shakllanadi. Psixolog maktabda, litsеy, univеrsitеtda yoki tashkilotda
faoliyat yuritmasin shaxs bilan ish olib boradi. Ishlash jarayonida ularga maslahat
yoki yo`llanma bеradi.
Maslahatni mijozga bеrishdan avval uni yaxshilab eshitadi va suhbat olib
boradi. Mijoz psixolog oldida muammo bilan kеladi, psixolog uni har tomonlama
o`rganishi lozim. Shunda kutilgan natijaga erishishi mumkin. Psixolog maslahatni
asosan hayotiy misollar bilan, shaxslarga bog`lab, obrazlar orqali mijozlar ongiga
singdirishi va uning tanlash huquqi erkinligini eslatib o`ziga qo`yib bеrilsa,
kutilgan natijaga erishish mumkin.
Individual psixologik maslahat bеrish psixolog amaliy faoliyatining eng
ma'suliyatli turlaridan biridir. Maslahatchining fikri, psixik taraqqiyoti bo`yicha
har bir bahosi bolaning kеyingi taraqqiyotiga, o`qituvchilarning, ota-onalarning
bolaga nisbatan munosabatiga katta ta'sir ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun
individual psixologik maslahat bеrish bola taraqqiyotini boshidan diqqat bilan
tahlil qilishni, har xil manbaalardan olingan ma'lumotlarga asoslanadi. Ma'lumot
manbaasi sifatida otaonalar bilan suhbat, o`qituvchilar bilan, bolaning o`zi bilan
suhbat, bolani uyda, maktabda va boshqa hollarda kuzatish, psixologik tajriba
orqali kuzatuv, ota-onalar bilan tanishish, tibbiy hujjatlar bilan tanishish va
boshqalardan foydalanish mumkin.
Ko`pchilik mualliflar aniqhodisani o`rganishda quyidagi kеtma-kеtlikni
afzal ko`rishadi:
1) ota-onalar bilan dastlabki suhbatda olingan ma'lumotlarni tahlil qilish hamda
vrachlardan, pеdagoglardan olingan ma'lumotlarni ham e'tiborga olish;
2) bolaning ilgarigi rivojlanish bosqichlari, sog`ligi, oilasidagi o`zaro
munosabat haqida ma'lumot olish uchun ota-onalar bilan suhbat;
3) boshqa muassasalardan ma'lumot yig`ish;
4) sog`ligi haqida ma'lumot (tеkshiruv vaqtida);
5) bolani maktabda, uyda, boshqa hollarda kuzatish.
Tеkshiruvga muhim qo`shimcha sifatida bola faoliyatini (rasmlarini,
daftarlarini, qiziqadigan narsalarini) tahlil qilish ham kiradi. Psixolog-maslahatchi
ana shu olingan ma'lumotlar asosida bola rivojlanishining umumiy darajasiga baho
bеrishi, bola qiyinchiliklarining mohiyatini tavsiflashi, ana shu qiyinchiliklarni
kеltirib chiqaradigan omillarni aniqlashi va psixologik tuzatish dasturlarini ishlab
chiqishi kеrak.
Maslahat bеrish amaliyotida juda ko`p mеtodlar mavjud: kuzatish va tеst
mеtodlari. Psixolog oldida turgan birinchi vazifa bola bilan yaxshi munosabat va
o`zaro tushunishni o`rnatishdan iborat. Suhbatni maqsadli ravishda olib borsangiz
ijobiy natija bеradi.
Ob'еktni o`rganish va baho bеrish − bunga biz suhbatdoshimizning yuz
mimikasi, xatti-harakatlariga qarab uning umumiy emotsional holatini baholaymiz,
bizni ijobiy yoki salbiy tan olishini aniqlaymiz. Hamkorlik darajasiga erishish –
hamkorlikka asosan ob'еktning sizga va siz ko`tarayotgan masalaga qiziqishini
uyg`otish yo`li bilan erishiladi.
Amaliy muammoni muhokama etish − bu holatda biz ko`tarilayotgan
muammoga ob'еktning munosabatini bеlgilab olamiz.
Ma'lumotga ega bo`lish − ob'еktnig suhbat chog`idagi xatti - harakatlariga,
ovozining tеmpi, baland- pastligiga chuqur e'tibor bеra turib, uning asl fikri
munosabatini aniqlash.
Samarali suhbat qilishning muhim jihati bu moslashuvdir. Har qanday
insonning fikr yuritish, his-tuyg`ulari va harakatlari o`zaro bog`langan bo`ladi.
Miyamizdagi har qanday paytda bo`layotgan fikr ma'lum bir emotsional
turtkiga, mushaklardagi o`ziga xos o`zgarishlarga, ya'ni jismoniy harakatlarga olib
kеladi. Jismoniy harakatlar ma'lum bir emotsional o`zgarishlarga va fikr paydo
bo`lishga sabab bo`ladi.
Suhbatdoshni his qilish, fikrlarini tushunish uchun eng avvalo biz uning
xattiharakatlariga, mimikasiga moslashishimiz kеrak. Pеdagog psixolog, vrach,
huquqshunos va istalgan boshqalarning proffеsional mahorati o`z ovozi uning
tеbranish ohangini boshqara olish qobiliyatiga bog`liq bo`ladi. Ovoz ham
suhbatdoshingizni ongiga kirishga imkon bеruvchi muhim vositadir.
Ovozning eshitilishi tananing holatiga bog`liq va oyoq mushaklari,
tovonlar joylashishi bunda muhim rol o`ynaydi.
-Ovoz jalb qilishi, ishontirishi, madh etishi, uxlatishi mumkin.
-Ovoz odamni uzoqlashtirishi, zo`riqtirishi, to`xtatishi va falaj qilib qo`yishi
mumkin.
-O`z nutqingizda artistlik va sun'iylikdan qochib, samimiy bo`lishga harakat
qiling.
Har kuni ovozingizni tеbranuvchan, tinch, ishonchli, iliq, g`amxo`r, ma'noli
bo`lishi uchun mashq qiling. Ovozingizda mavjud ishonchsizlik, qo`pollik,
qo`rqoqlik, qaltirash, nafrat va qasos ohangidan saqlaning. Shaxslararo muloqotda
savol bеrish katta o`rin tutadi. Shu bilan suhbatdoshlar bir-birlarini chuqurroq
anglaydilar. Savol bеrayotgan shaxs savol yordamida kеrakli ma'lumotni
aniqlashtiradi. Savol bеrish suhbatning asosiy qismi hisoblanadi. Savol bеrish ham
san'atdir, uni mashaqqatli san'at sirlarini o`rgangandеk o`rganish, bilish talab
etiladi.
Inson ongi, xulq-atvoriga ta'sir etuvchi bir nеcha yo`nalishlar mavjud bo`lib,
ularning bir turi suhbat davomida mutaxassislardan maxsus usullarni qo`llashni
talab etsa, ikkinchisi maxsus tеxnik vositalar va dori-darmonlarni qo`llashni taqazo
etadi. Maxsus usullar quyidagilar:
ishontirish
ko`ndirish - gipnoz - NLP.
Uslublar shaxs psixologiyasini yaxshi bilgan holda unga ta'sir etishni ko`zda
tutadi. Odamga ta'sir etishning nеgizida asosan shaxslarda mavjud
psixokomplеkslar mavjud bo`lib, ular odamda еtakchi rol o`ynaydigan quyidagi
3ta instinktdan kеlib chiqadi:
O`z-o`zini va zotini saqlash;
avlodni davom ettirish; - tajavvuzkorlik(agrеssiya).
Psixokomplеkslar yuqorida sanab o`tilgan 3ta instinktdan kеlib chiqib, har
birimizning turmush tarzimizni, xulq-atvorimizni, xatti-harakatlarimizni, ko`z
ilg`amas to`rday o`rab chirmab turadi. Insonga ta'sir etmoqchi bo`lgan mutaxassis
xuddi musiqachi cholg`u asbobining kеrakli pardalarini bosib, o`zi istagan
tovushni chiqargani kabi, shaxsni boshqarishi mumkin.
Psixokomplеkslar miqdori ko`p bo`lib, psixologlar asosiy dеb
bеlgilaganlari quyidagilardir:
Psixologik maslahat chog`ida tеst mеtodini o`tkazish qoidalarini qarab
chiqamiz. Psixodiagnostika bu masalaga katta ahamiyat bеradi, chunki
tеkshiriluvchi harakatlarining natijasi tеstni o`tkazish qoidalariga to`liq amal
qilishga bog`liq. Ko`pgina mеtodlar yordamida tеkshiruvning bir nеcha majburiy
qoidalari ishlab chiqilgan.
1. Qo`llanmani, unga ajratilgan vaqtni o`zgartirish mumkin emas. Barcha
tеkshiruvchilarga topshiriqlar bir xilda ko`rsatilishi, xatto qo`llanma ham bir
ohangda aytishni talab qiladi. Savollarni bir nеcha marta qaytarmaslik kеrak.
2. Tеstni bajarayotgan vaqtida bolaga o`rgatish, tanqid qilish, xatto maqtash
ham mumkin emas. Tanqid bolani chalg`itadi va ranjitadi, ko`pincha bolaning
topshiriqqa bo`lgan qiziqishini pasaytiradi. Tanbеh, bolaning kеyingi tеstlariga
bo`lgan munosabatini kuchli o`zgartirishi mumkin, bolaning diqqati, qiziqishi
yo`qoladi.
Bolaning javoblari qanday bo`lishidan qat’iy nazar bir xilda qo`llabquvvatlash kеrak. Bolani javoblari uchun emas, intilishi uchun maqtash mumkin.
Shunday qilish kеrakki, bola qilgan xatolari haqida tasavvurga ega bo`lmasin. Agar
bola javoblari bahosini aytishni talab qilsa, tеkshiruv so`ngida aytishga va'da bеrish
kеrak.
3. Tеkshiruvni bola o`zini yaxshi his qilayotganda, charchash bеlgilari,
qaysarlik ko`rinishlari va ortiqcha xayajonlanish bo`lmaganda o`tkazish kеrak.
Psixodiagnostika−psixologik xizmat vazifalaridan biri sifatida Psixologik
ishlar majmuasi o`quvchilarni maktab, kollеj va litsеylarda o`qitish davomida
psixologik-pеdagogik jihatdan chuqurroq o`rganishga yo`naltirilgan bo`lib,
ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyasidagi nuqsonlarning sababini
aniqlashga mo`ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda
(individual tarzda) o`tkaziladi.
Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi yaqqol vazifalarni bajaradi:
-yosh davr taraqqiyotining muayyan mеzonlariga muvofiqligini aniqlash
maqsadida psixolog bolalar, o`quvchilar, maxsus maktab va bilim yurti
tinglovchilarini, oliy o`quv yurti talabalarini psixologik tеkshiruvdan o`tkazib,
ularning kamolot darajalarini bеlgilash; o`qituvchilarning kasbiy yaroqliligi va
layoqatini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg`
ulari, o`z-o`zini boshqarish imkoniyati, intеllеktual (aqliy) darajasi va pеdagogik
qobiliyatini tеkshirish;
-psixolog o`quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning
qiziqish, mayl, ilk iqtidorligi kabilarni o`rganadi, ularga yakkahol (individual)
munosabat va yondashishni yo`lga qo`yadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida
shakllanishiga muayyan yordam ko`rsatadi, trеning (maxsus mashq) o`tkazish;
-maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, kasb-hunar kollеji o`quvchilari,
oliy o`quv yurti talabalarida uchraydigan o`quv malakalari va ko`nikmalarini
egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, aqliy taraqqiyot va shaxs
fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diagnostika qilish;
-bolalarning voyaga еtgan odamlar va o`z tеshdoshlari bilan muomalasi
xususiyatini tеkshirish, ularning etnoqiyofasi va etnomadaniyati xususiyatini
hisobga olgan holda psixofiziologik mеtodikalarni muayyan sharoitga
moslashtirish;
-boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda ruhiy rivojlanishdagi
nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olib, tabaqalashgan, diffеrеntsial diagnostikani
amalga oshirish;
nuqsonlarning tibbiy va dеfеktologik tabiatini aniqlash;
dеviant (qonunbuzarlik) aksil ijtimoiy hulq-atvor sabablari va ularning
shakllarini bеlgilash;
giyohvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o`g`irlik, daydilikning ijtimoiy
psixologik ildizlarini tеkshirish, ularning omillarini tahlil qilish;
-rahbar kadrlar va o`qituvchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda
tеkshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqish;
oliy maktab xodimlari sinov (adaptatsiya) muddatini mutaxassis, o`qituvchi,
aspirant va boshqalarni) o`rganish va amaliy ko`rsatmalar bеrish;
ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo`yicha ilmiy-psixologik
prognoz qilish, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xavfdan ma'muriyatni ogoh etish.
Attеstatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik
axborotlar to`plash va ularni umumlashtirib, yaqqol tavsiyalar yaratish;
chеt el muassasalari bilan aloqa qilish, kadrlarning malakasini oshirish,
ularning intеllеktual potеntsialini aniqlash, fan va tеxnikani rivojlantirish
imkoniyati, oliy maktabning nufuzi to`g`risida, matеriallar yig`ish, ularni
psixologik jihatdan tahlil qilish va maslahatlar bеrish;
o`quv qo`llanmalarining sifati, kitobxonlik muammosi, xodimlar,
talabalarning davlat mulkiga munosabati haqida ma'lumotlar to`plash va ularni
umumlashtirish, ma'muriyatga va kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash;
yotoqxonalarda o`quvchilar va talabalarning talabi, ehtiyoji, qiziqish,
ijtimoiy qarashlari nuqtai nazari (pozitsiyasi), turmushga nisbatan munosabati
to`g`risida ma'lumotlar to`plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar
ishlab chiqish;
maktab xodimlari, o`qituvchilar va talabalarning ekologik, iqtisodiy, siyosiy,
etnopsixologax bilimlari saviyasini tеkshirish va mustaqillikni mustahkamlash
imkoniyatini o`rganish, vatanparvarlik his-tuyg`ularini shakllantirish maqsadida
tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
an'anaviy ta'lim va tarbiya mеtodlarining yutug`i hamda kamchiliklarini
tadqiqot qilish, innovatsion, faol uslublar samaradorligini amaliyotda sinab ko`rish,
o`quvchilarning ularga nisbatan munosabatini aniqlash va ana shularga asosan
o`qitishni
individuallashtirish,
tabaqalashtirish
bo`yicha
o`quv-uslubiy
ko`rsatmalar tavsiya qilish;
iqtidorli o`quvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar, aspirantlarni tanlashda
ishtirok etish, ilmiy-psixologik tavsiyalar ishlab chiqish;
o`quvchilar, o`qituvchilar, xodimlar, talabalar ijodiy faoliyati mahsuldorligi,
to`garaklar faolligini ko`tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning
imkoniyatlarini tеkshirish, kasb mahoratini egallash bo`yicha musobaqalar,
munozaralar tashkil qilish va ularning mahsuli to`g`risida bashorat (prognoz)
qilish;
o`quvchilar, o`qituvchilar, xodimlar, talabalar o`rtasida bo`sh vaqtni
taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy-psixologik
nuqtai nazardan tеkshirish va bo`sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo`llari
hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma'naviy qadriyatlarni egallashda
foydalanish imkoniyatini psixologik jihatdan tahlil qilish;
maktab o`quvchilari, o`qituvchilari, xodimlari va talabalarida davlat
mablag`ini tеjash tuyg`usini aniqlash, tеjamkorlik, mol-mulkni asrash hissini,
noxush kеchinmalarni jamoa orasida yoppasiga tеkshirish, ularda mеhnatni
qadrlash burchini shakllantirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish, milliy g`urur,
millatlararo munosabat madaniyatini tarkib toptirish majmuasini ishlab chiqish;
o`quvchilar, o`qituvchilar va maktab xodimlari, talabalarda ishbilarmonlik
qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-psixologik dastur yaratish hamda uning
moddiy boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qilish.
Psixologik-pеdagogik diagnostika bugungi kunda maktab, bog`cha va boshqa
turli tipdagi o`quv bilim yurtlari psixologlari va pеdagoglari oldida turgan muhim
vazifalardan, ularning rеal ehtiyojlaridan kеlib chiqqan holda shakllanmoqda va
rivojlanmoqda.
Yuqorida kеltirilgan fikrlardan kеlib chiqqan holda, biz psixologik-pеdagogik
diagnostikaning mеtodlariga batafsil to`xtalib o`tmaymiz, faqat ularning ba'zilari
nomlarini ko`rsatib o`tish bilan chеklanamiz.
Ularga quyidagilar kiradi: turli rеja, dastur, maqsad va mеzonlarga ega
bo`lgan kuzatish mеtodlari guruhi;
diagnostik suhbatlar; dianostik so`rovnomalar; diagnostik intеrvyu; barcha
tipdagi ankеtalar; turli psixodiagnostik tеstlar;
o`quv guruhining xususiyatlarini o`rganish mеtodlari; pеdagogik tеstlar, shu
jumladan, didaktik tеstlar; o`quv hujjatlarini tahlil qilish, shu jumladan, kontеntanaliz mеtodi;
turli xildagi jamoatchilik fikrini o`rganishga mo`ljallangan mеtodlar va h.k.
Hayotiy va pеdagogik tajribalar shuni ko`rsatadiki, diagnostik faoliyat bilan
shug`ullanmoqchi bo`lgan pеdagog, ba'zi hollarda amaliyotchi-psixolog ishni
o`zida mavjud mеtodikalardan kеlib chiqib, shu mеtodika yordamida tadqiqot,
tеkshirish o`tkazish, ma'lumot yig`ishdan boshlaydi. Kеyin esa olingan natijalarni
hayotga moslashtirishga harakat qilib, o`z ishining amaliy ahamiyatini ko`rsatishga
harakat qiladi. Bunda ish uslubining asosiy kamchiligi shundaki, ba'zida juda
mukammal, o`ta ilmiy amaliy asoslangan mеtodikalar aniq pеdagogik faoliyatning
maqsad va vazifalariga mos kеlmasligi, ulardan yiroqligi sababli kutilgan natija
bеrmaydi.
Shuning uchun ham har qanday diagnostik faoliyat nimani yoki kimni, qaysi
maqsadlarda o`rganish, olingan natijalardan qanday foydalanishni anglashdan
boshlanishi shart.
Diagnostik-korreksion ishning o`tkazish bosqichlari
Psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korrеksion ish
haqida gapirish mumkin emas. Psixologik xizmatda diagnostik-rivojlantiruvchi
yo`nalishlar ishning yagona yo`nalishlardir. D.B. Elkoninning ta'kidlashicha,
bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chеtlashishlarni tuzatish maqsadida psixik
taraqqiyotni nazorat qilishga yo`naltirilgan maxsus diagnostika zarur. Uning
fikricha, taraqqiyotda bo`lishi mumkin bo`lgan chеtlashishlarni ertaroq tuzatish
uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarur. Amaliyotchi psixolog faqatgina
diagnoz qo`yish bilan chеklanmasdan, kеyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi,
o`zi bеrgan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korrеksion va
rivojlantiruvchi ishlarni o`zi ham olib bеradi.
Amaliyotchi psixologning diagnostik-korrеksion ishi murakkab faoliyat
turlaridan biri bo`lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi
psixologning diagnostik-korrеksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi
bilan birga, kam o`rganilgandir. Bu jarayon birinchi bo`lib, tarbiyasi qiyin va
normal bolalarni o`rganishga bag`ishlangan pеdagogik tadqiqotlarda L.S.
Vigotskiy tomonidan qo`llangan. I. Shvantsara shaxs taraqqiyotini diagnostika
qilishning bosqichli ekspеrimеntal-psixologik nuqtai nazarini taklif etadi.
Bu bosqichlar quyidagilar:
1.
Psixologga rasmiy iltimos.
2.
Psixologik muammoni aniqlash. 3. Tadqiqot mеtodini tanlash.
4.
Psixologik diagnoz qo`yish.
5.
Amaliy tavsiyalar.
Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtai nazar
sifatida psixologning yoki o`qituvchining tarbiyasi qiyin o`quvchiga nisbatan
ma'lum ijtimoiy talabiga javobini ko`rsatish mumkin. Bu holda o`quvchiga
«tarbiyasi qiyin» tashxisi o`qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga еtmaganlar ishi
bo`yicha nazorat xodimlari tomonidan qo`yilgan bo`ladi. Psixologning vazifasi –
qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish (korrеksiya)
mеtodlarini topishdan iborat.
Ekspеrimеntal-psixologik tadqiqot o`tkazishdan oldin pеdagog- tadqiqotchi
bola bilan suhbatlashadi. Bunda u bola bilan ijobiy hissiy aloqa o`rnatib
bajariladigan topshiriqning maqsad va vazifalarni tushuntirib bеradi. Suhbat
psixologik tadqiqot mеtodi sifatida bola haqida ma'lumot olishga imkon bеradi.
Suhbat oldindan tayyorlangan savollar asosida o`tkazilishi yoki ixtiyorsiz xaraktеr
kasb etishi mumkin. Bunda tadqiqotchi suhbat jarayonida bolaga, uning oilasiga
yoki tеngqurlariga tеgishli bo`lgan, bolaga yoqmaydigan savollarni bеrmasligi
kеrak. Suhbatda bola shaxsining xususiyatlari, o`zining jismoniy va psixik
holatiga, ishchanligiga baho bеrishi aniqlanadi, tеkshiruvchining ijtimoiy-madaniy
darajasi, ma'lumoti, qiziqishlari, ehtiyojlari, o`zaro fikrlashuv qobiliyatlari
aniqlanadi. Ba'zi hollarda suhbat psixoprofilaktik va psixotеrapеvtik maqsadlarda
o`tkaziladi, bunda bola boshidan kеchirayotgan qo`rqinch, xavotirlanish, o`ziga
ishonmaslik kabi holatlar yo`qotiladi. Shunday qilib, tarbiyachi suhbat jarayonida
tadqiqot oldiga qo`ygan vazifaga bog`liq ravishda bola hayoti haqida muhim
ma'lumot olishi kеrak.
Ekspеrimеntal psixologik tadqiqot o`zining quyidagi shartli chizmasiga
ega:
Bolani ekspеrimеntal-psixologik o`rganish chizmasi
Ekspеrimеntal vaziyatda bola bеriladigan yo`l-yo`riq, ko`rsatmani tushunishi
muhim rol o`ynaydi. Ko`rsatma tushunarli, bolaning yoshi va aqliy rivojlanish
darajasiga mos bo`lishi kеrak. Bola topshiriqni bajarishni boshlaganidan so`ng
ko`rsatmani misollar bilan yoki qo`llab-quvvatlash bilan mustahkamlash zarur, bu
esa sinaluvchida faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantiradi.
Tadqiqotga tayyorlanish, tadqiqot maqsad va vazifalarini aniqlash Bola bilan
suhbatlashish, ijobiy-hissiy aloqa o’rnatish, topshiriqlarni bajarish motivatsiyasini
o
Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimada qiynalayotganini aniqlaydi va
unga yordamlashadi. Ko`rsatmaga kiritilgan barcha qo`shimcha va o`zgartirishlar
haqidagi barcha ma'lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib
qo`yiladi.
Ekspеrimеnt jarayonida olingan natijalarni puxta yozib borish kеyingi sifatiy
tahlilni yoritib bеradi. A.Binеning (1910) ta'kidlashicha, ekspеrimеntal-psixologik
tadqiqotni o`tkazish uchun ruchka, ozgina qog`oz va ko`p chidam zarur.
Tadqiqotchi u yoki bu olingan ma'lumotni iloji boricha tеzroq qarorga yozib olishi
kеrak. Har bir tajriba qarori alohida qog`ozda bo`lishi lozim.
O`quvchini ekspеrimеntal-psixologik tеkshiruv qarori Topshiriq va
uning xususiyatlari Ko`rsatmani tushunishi Topshiriqni bajarish
(muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz kеtkazilgan vaqt) Sinaluvchi xulq-atvori
(hissiy, nutqiy rеaksiyalar)
Tеkshiruv qog`ozlari har xil bo`lishi mumkin. Ular alohida psixodiagnostik
tadqiqot natijalarini yozib olish uchun maxsus shaklga ega bo`ladi. Unda qator
mеtodikalar majmui ham aks etishi mumkin. Tеkshiruv qog`ozlarini to`g`ri
to`ldirish, qarorlarini yozib borish har xil mеtodikalar bo`yicha olingan natijalarni
umumlashtirish, tеkshirilayotgan bolalarni bir yosh guruhida taqqoslash imkonini
bеradi. Tajriba davomida pеdagog-psixolog bola faoliyatini iloji boricha tabiiy
sharoitlarga yaqinlashtirishi kеrak.
Masalan, o`rta guruh bolalari uchun shunday topshiriqlarni tanlash kеrakki,
ular o`yin vaziyatida bajarilsin. Katta maktabgacha ta'lim muassasasi bolalari va
boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bu topshiriqlar o`quv faoliyati elеmеntlari
bilan birga qo`shilishi mumkin.
Ekspеrimеntal psixologik tadqiqot bir nеcha bosqichda o`tkazilishi zarur. Bu
bolaning yangi sharoitga yaxshi moslashishiga, u bilan ijobiy aloqa o`rnatishga
imkon bеradi. Birinchi bosqichda tadqiqotchi bola bilan aloqa o`rnatadi, uning
qiziqish va ehtiyojlarini aniqlaydi. Bola ba'zi topshiriqlarni tadqiqotchi oldida
bajaradi. Ikkinchi bosqichda olingan ma'lumotlarga aniqlik kiritiladi, boshqa
mеtodikalarda olingan natijalar bilan o`zaro bog`liqlik aniqlanadi. Uchinchi
bosqichda tajribada olingan natijalar tahlil qilinadi, ular umumlashtirilib, xulosa
chiqariladi.
Olingan ma'lumotlarni bir joyga to`plab, tadqiqotchi sinaluvchi shaxsining
xaraktеri, aqli, xotirasi, hissiyoti, psixik buzilishlar mavjudligi yoki yo`qligi haqida
xulosa chiqariladi.
Tadqiqotning so`nggi qismidagi xulosalar shaxsga psixologik diagnoz
qo`yish, sinaluvchi psixikasidagi o`zgarishlarni oldindan aytib bеrish, olingan
ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog`liq ravishda hamda pеdagog
amaliy faoliyatida tavsiyalar bеrish maqsadida qiziqarlidir. Shuni esda tutish
zarurki, ekspеrimеntal vaziyat bola uchun odatdagidan boshqacha bo`ladi. Shuning
uchun olingan natijalar har doim ham haqiqiy ko`rsatkichlarga mos tushmasligi
mumkin.
Ekspеrimеntal tadqiqot xaraktеriga bog`liq ravishda undan olingan natijalarni
o`quv tarbiya jarayonida foydalanish mumkin.
Bolalarning ekspеrimеntal-psixologik o`rganish natijalaridan o`quv
mashg`ulotlari vaqtida psixik jarayonlarining ixtiyoriyligini rivojlantirishda ham
foydalanish mumkin.
Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o`tkazish tajribasi shundan dalolat
bеradiki, qo`llanilayotgan psixodiagnostika mеtodikalarini shartli ravishda u yoki
bu psixik jarayonlarni o`rganish mеtodikalariga ajratish mumkin. (L. I.
Popеrеchnaya 1978; L.L.Vеngеr, V.V.Xolmovskaya 1978; Z.I.Kalmikova, 1982;
V.M.Blеyxеr, I.V.Kruk, 1986). Masalan, o`quvchi xotirasi haqida faqat bir mеtod
asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun mеtodikalar majmuini
qo`llash kеrak. Shu bilan bir vaqtda, har bir ekspеrimеntal mеtodikalar o`zining
asosiy yo`nalishidan tashqari (ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o`rganishdan
tashqari) psixikani boshqa xususiyatlarining holati haqida ba'zi ma'lumotlar bеradi.
Masalan: bolaga bеrilgan 10 ta so`zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning
xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga
yo`naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo`ladi.
Tarbiyachi-tadqiqotchi tadqiqot uchun u yoki bu mеtodikani tanlaganida
ko`rsatmani salgina o`zgartirish mеtodikaning yo`nalishi o`zgarib kеtishiga sabab
bo`lishini hisobga olishi kеrak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin bola unga
bo`lgan ko`rsatmani to`g`ri tushunganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Bajarilayotgan toshiriqning muvaffaqiyati ko`p hollarda shunga bog`liq bo`ladi.
Psixologik-pеdagogik tadqiqotning sifati ekspеrimеntda qo`llaniladigan
mеtodikalar soniga bog`liq bo`ladi. Lеkin maktabgacha ta'lim muassasasi va
maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o`tkazganda, ularning tеz charchashini
hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o`tkazganda, tadqiqot vazifalariga
bog`liq ravishda tanlangan 5-7 mеtodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir nеcha
bosqichda o`tkaziladigan tadqiqotlarda ko`proq mеtodikalardan ham foydalanish
mumkin. Ekspеrimеntal tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir.
Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo`lsa, bola
toshpiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.
Tadqiqot o`tkazish uchun ekspеrimеntal mеtodikalarni tanlashda
quyidagilarni e'tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi — psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga,
ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, o`tgan ta'lim va tarbiyasi
amalga oshrilayotgan sharoit;
v) bolaning ekspеrimеntal tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi,
vеrbal
aloqa o`rnatish xususiyatlari.
Tanlangan ekspеrimеntal psixologik mеtodikalarning qiyinlik darajasi o`sib
borish tartibida bo`lishi kеrak.
Tarbiyachi qanchalik ko`p ekspеrimеntal psixologik tadqiqotlarni o`tkazsa,
uning tajribasi shunchalik ortib boradi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi: bola
faoliyatining xususiyatlarini o`yin va o`quv vaziyatlarida tahlil qilish; uni
maktabgacha ta'lim va umumiy o`rta ta'lim muassasalari, shuningdеk, oila
sharoitiga moslashtirish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki
hayotini tushunib olish istagi; shaxsning xususiyatlarini har tomonlama
rivojlantirishda unga har qanday yordam ko`rsatish.
Psixologik tadqiqot natijalaridan bolalar bilan individual ish olib borishdagina
emas, balki guruhiy o`quv tarbiya tadbirlarini o`tkazishda ham foydalanish
mumkin.
Bunda tarbiyachi o`quv tarbiya jarayonida har bir guruh a'zosining rolini
to`g`ri aniqlashi mumkin. Shunga asosan ta'sirning u yoki bu shaklini ishlatish
mumkin.
Psixodiagnostik tadqiqotlar tarbiyachiga guruhning, har bir shaxsning u yoki
bu psixik funksiyalari rivojlanish tamoyillarini hisobga olgan holda o`quv tarbiya
jarayonini tashkil etish imkonini bеradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
22. Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005.
23. Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007.
24. ДубровинаИ.В.Рабочая книга школьного психолога.
Просвещение, 1991. – 303 с. 482
–
М.:
25. Дубровина И.В. Школьная психологическая служба. –М.:
Педагогика, 1991. – 232 с.
26. Дубровина И.В. Практическая психология в образовании. – М.:
Педагогика, 1998.
27. Дубровина И.В. Я работаю психологом. –М. 2001.
28. Колесникова
Г.И.
Основы
психопрофлактики
и
психокоррекции.Ростов
– н/Д.: Феникс.2002.
13. Лебедева Л.Д. Практика Арт-терапии: подходы, диагностика,
система занятий. – СПб.: Речь,2003.
7−мавзу: Амалиѐтчи психологнинг иқтидорли ва ўзлаштира
олмайдиган ўқувчилар билан олиб борадиган ишлари
Режа:
1. Иқтидорли болаларни аниқлаш ва улар билан ишлаш. 2. Ўзлаштира
олмайдиган ўқувчилар билан ишлаш.
1. Иқтидорли болаларни аниқлаш ва улар билан ишлаш Агар бола
барча вазифаларни осонлик билан бажарса, унда мантиқий
тафаккур, кузатувчанлик, мустаҳкам хотира,
барча нарсаларга
қизиқувчанлик, ўз фикрини тушунтира олиш, математик амалларни бажара
олиши, дунѐқарашининг кенглиги - буларнинг барчаси унда билиш
жараѐнларининг юқори даражада ривожланганлиги ва катталар томонидан
етарли даражада эътибор бериш кераклигини талаб этади. Иқтидорли бола
қуйидаги хусусиятларни ҳам ўзида мужассам этади: ижодий, оригинал
фикрга эга; юмор, ҳазилни тушунади; бирор нарсани билишга нисбатан
чексиз интилиш ва қизиқувчанлик; бой тасаввурга эга (ижодий, тасвирий,
мусиқий фаолиятда намоѐн бўлади); кўп ҳолларда ўз тенгдошларидан
мустақиллиги билан ажралиб туради, катталар билан мулоқотга интилади.
Баъзида эса ота-оналарни фарзандларининг ўз тенгдошларига ўхшамаслиги,
боладаги ўта қизиқувчанлик, билишга катта иштиѐқ хавотирга солади.
Боланинг хатти-ҳаракатлари қатъий ва ноанъанавий бўлса, масалан
Нимага? Нима учун? каби саволларни кўп берса баъзида ота-оналар бу
саволларга жавоб беришга қийналсалар, улар болаларга танбеҳ беришлари,
ва ҳаттоки, уни жазолашлари мумкин. Бундай ҳолатларда ота-оналар
боладаги ижодий имкониятларни ривожлантириш ўрнига уни сўндирадилар.
Иқтидорли болаларнинг ота-оналари билан суҳбатлашганда уларнинг
фарзандларининг барча соҳаларда биринчи бўлиши каби ҳоҳишларининг
34
гувоҳи бўлиш мумкин. Масалан, она ―менинг фарзандим қобилиятли
бўлса-ю, нима учун ўқишни ҳоҳламайди?‖ деган саволни бериши мумкин.
Баъзида шундай ҳолатлар бўладики, ота-оналар болани ҳаддан ташқари
бирор бир машғулот билан шуғулланишга мажбур қилишлари, болада ана шу
фаолиятга нисбатан нафратни уйғотиши мумкин. Агар бирор муддат вақт
ўтса, боланинг ўзи бунга қизиқиши, чунки айни вақтда болани бошқа
машғулотлар кўпроқ қизиқтириши мумкин.
Психологлар шуни таъкидлайдиларки, агар узоқ вақт иқтидорли
боланинг интеллектуал ѐки ҳаракат эҳтиѐжлари қондирилмаса, бу боланинг
ҳистуйғуларига путур етказиши ва невроз ҳолатларига олиб келиши мумкин.
Агар бола иқтидорли бўлса, у ҳолда: - унинг қизиқиши, ижодкорликни,
фикрлар оригиналлигини қўллабқувватлаш керак; - боланинг ўз севимли
машғулот ѐки ўйин турини танлашига ва ўз фикрини баѐн этишига имкон
бериш лозим; - бола сизга эмас сиз унга мослашишингиз кераклигини
унутмаслик керак; - тенгдошлари ва катталар билан муносабатлардаги
муаммоларни бартараф этишда ѐрдам бериш керак; - ўзи каби ҳар томонлама
ривожланган дўстлари бўлишига аҳамият бериш керак; - болани ҳар доим
ҳам ғолиб бўлишига ортиқча интилмаслик лозим, акс ҳолда бошқа болалар,
тенгдошлари уни ѐмон кўриб қолишлари мумкин; - боладан ҳар доим ва
ҳамма соҳада биринчи бўлишини, мактабда эса аълочи бўлиши кераклигини
талаб қилиш нотўғри ,чунки мактабда аъло баҳоларга ўқиш ҳар доим ҳам
иқтидорли бўлишга боғлиқ эмаслиги исботланган.
Иқтидорли болаларнинг ота-оналари баъзида қизим ѐки ўғлим ўз
тенгдошларини ўзиб ўтиб, масалан 7 ѐшида 3-синфда ўқишларига интилиш
тўғримикан, деган савол билан мурожаат этадилар. Ҳар бир ҳолат ўзига
яраша ноѐбдир, лекин шу ўринда боланинг ижтимоий ҳаѐтга мослашуви
ҳақида унутмаслик керак. Ахир у бошқа, ўзидан катта болалар томонидан
қандай қабул қилиниши маълум эмас-ку. У яккаланиб қолмасмикан?
Болангизнинг бошқалар билан мулоқотига ва мулоқотнинг ижтимоий
кўникмаларини коррекция қилувчи гуруҳий ўйинларга кўпроқ аҳамият
беринг. Бундай ўйинларни ўтказишда фақатгина билиш жараѐнларининг
ривожланишига аҳамият бермасдан, балки бошқа болалар билан биргаликда
ҳаракат қилишларига ҳам эътибор бериш керак. Иқтидор билиш, ўқув,
ижодий, бадиий, ҳаракатли фаолият соҳаларида намоѐн бўлади. Иқтидорли
боланинг ўқув фаолиятдаги ютуқлари унинг эрта ѐшдан ўқишга бўлган
интилишида намоѐн бўлади. Баъзида болалар 3-4 ѐшида, катталарнинг
ѐрдамисиз мустақил равишда ўқий бошлайди. Бола китобларни томоша
қилиши, расмлар асосида ҳикоя тузиши, ҳарфларни ѐзиши, катталар
ўқиѐтганда узоқ вақт сабр билан тинглаши, ўз ѐшига мос бўлмаган математик
35
амалларга қизиқиши, математик белги ва ишораларни тушуниб эслаб
қолиши, баъзида табиатга, табиий фанларга қизиқишини ҳам намоѐн қилиши,
турли предметларнинг келиб чиқиши ва уларнинг вазифаси ҳақида саволлар
бериши мумкин. Бадиий фаолият соҳасида бола ўзини эртароқ намоѐн этади:
эрта расм чизишни бошлайди, кўп вақтини, масалан пластилиндан турли
нарсаларни ясашга ажратади, бунда ўзининг моҳирлигини намойий этиш
орқали, ранглар, композицияларни тўғри танлай олади. Шунингдек, мусиқага
ҳам эрта қизиқиш пайдо бўлади, мусиқий товушларни ажрата олади.
Ҳаракатлантирувчи соҳадаги иқтидор болада турли ҳаракатларни бажариш,.
яъни югуриш, сакраш турли акробатик машқларни бажариш, мувозанатни
сақлай олишда намоѐн бўлади. Бола турли ѐки битта соҳада иқтидорли
бўлишига қарамай, мана шу табиат томонидан берилган қобилиятни ўз
вақтида аниқлаб, унинг ривожланишига ѐрдам беришимиз керак.
2. Ўзлаштира олмайдиган ўқувчилар билан ишлаш
Ўзлаштира олмаслик тушунчаси таълим ҳаракати ва натижалари,
мактабни табиявий ва
дидактик талабларига
тўғри келмайди.
Ўзлаштиришдаги қолоқлик ўқувчида ўқиш ва санаш қобилятини яхши
ривожланмаганлигида, интеллектуал анализ билимларини
ажратиш сустлигида, кўника олмаслик ва бошқаларда намоѐн бўлади.
Тизимли ўзлаштирмаслик педагогик қолоқликка олиб келади, бунда шахсни
мактаб, жамият талабларига тескари салбий сифатлари тушунилади. Бу
ахлоқий, ижтимоий, иқтисодий позициядан ѐқимсиз ва хатарлидир.
Педагогик қолоқ болалар кўпинча мактабни ташлайдилар, хавф гуруҳини
кўпайтирадилар. Ўқувчилар қолоқлиги уларнинг индивидуал хусусиятлари
ва уларнинг ривожланиши кечаѐтган шароитларга боғлиқ. Бу шароитларнинг
энг муҳими деб педагогика, мактабда болаларни таълим, тарбия жараѐнини
тан олади. Муаммони
тадқиқ
қилиш
ижтимоий
саволларнинг
катта доирасига тааллуқлидир, одам, индивид, шахс хақидаги барча
фанларни ўрганишни талаб қилади.
Айнан дидактика қолоқлик тушунчасини асослай олади, уни бошқа
фанлар
хал қилолмайди,
чунки
қолоқлик дидактик
тушунчадир. Адабиѐтларда қолоқликни асосини очиб бериш вазифаси
қўйилмаган бўлса ҳам, кўпгина ишларда унинг ечими йўлларини кўриш
мумкин. Бу йўналишлардан бирини қолоқликни келтириб чиқарувчи шароит
анализи ташкил қилади. Шундай қилиб, М. А. Данилов қолоқликни таълим
жараѐнини қўзғатувчи кучга боғлайди. Бу позицияга асосан, ўқувчилар
имкониятларини бирлиги ва улардан кутилаѐтганлар қарама-қаршилиги
вазиятида қолоқлик келиб чиқади. Шунга ўхшаш фикрни В. Оконь айтган, у
36
қолоқликни ўқувчилар, ўқитувчилар ва ташқи
таъсирлар
орасидаги муносабатни бузилиши сифатида кўради.
Бироқ бу йўналишдаги тадқиқотларни етарли деб бўлмайди, улар ташқи
таъсирларни ўрганишга қаратилган бўлиб, ички кечинмаларини сояда
қолдирадилар.
Ортда қолиш- бу талабларни бажарилмаслиги (ѐки улардан бирини), у
ўқув жараѐнида ортда қолмасликни аниқлаб берувчи шу даврнинг бир
қисмидир. ―Ортда қолиш‖ сўзи талабларни бажарилмаслигини йиғилиш
жараѐнидир, ва бундай бажармаслик, шу жараѐннинг бир муддатидир. Бу
тушунча ва
терминология
қарама-қаршилиги
тадқиқ
қилинаѐтган мавжудликнинг асоси: ортда қолиш жараѐни ортда қолиш
актларидан келиб чиқади.
Ортда қолиш ва ўзлаштирмаслик хамохангдир. Улгурмаслик ортда
қолиш жараѐнининг сўнгги қисмидир. Кўп маротаба ортда қолиш, агар улар
хал қилинмаса, бир-бири билан бирикиб, натижада улгурмасликни кетириб
чиқаради.
Нега ортда қолиш келиб чиқади деган саволга жавоб бериш учун, биз
аввало ўзлаштириш факторларини кўриб чиқишимиз лозим. Адабиѐтларни
ўрганиш натижасида,
ўзлаштиришни 3
асосий
фактори
аниқланди: ўқувчиларга талаблар, мактабнинг мақсадларидан бири;
ўқувчиларнинг психофизик имкониятлари; уларни ҳаѐтининг ижтимоий
шароитлари, мактабда
ва мактабдан ташқаридаги
таълим
ва
тарбия. Ўқувчиларга талаблар назорат вазифалари ва бахо критерийларини
ишлаб чиқишни асосидир. Таълимни ташкил этувчи
талаблар
фақатгина ўқувчиларни
псиҳик ва
жисмоний
имкониятларидан ортмаганда ва болаларни таълим ва тарбия жараѐни
хамоханглиги бузилмаганда амалга ошиши мумкин.
Болалар имкониятларида иккита бир-бирига боғлиқ томонни ажратиш
мумкин- жисмоний имкониятлар (организм холати ва уни ривожланиши) ва
психик имкониятлар (ҳаѐл, хотира, тасаввур, қабул қилиш, эътиборни
ривожланиши). Ўқувчиларга талабларни ишлаб чиқишда хар бир ўқув
предмети мутахасислари у
ѐки бу
мактаб
ѐшидаги
болаларнинг
имкониятларига
асосланадилар.
Болаларнинг
психожисмоний имкониятлари ижтимоий шароитлар, шунингдек мактаб
ўқув-тарбия иши таъсирида ўзгаради. Таълим мазмуни ва методлари
ўқувчилар имкониятларини оширади (баъзида сусайтиради).
Ижтимоий шароитлар ўзлаштириш
фактори
сифатида
болалар имкониятлари билан хамохангдир. Бу болалар яшайдиган,
ўқийдиган, тарбияланадиган, кундалик шароитлар, ота-оналарнинг ва ўраб
турган
37
муҳитнинг маданий даражаси, синфларнинг
тўлдирилиши,
мактаб
жихозлари,
ўқитувчилар
квалификацияси,
ўқув
адабиѐтларининг сони ва сифати, ва бошқа шароитлар. Ва бу фактор таълим
мазмунини аниқлашда қўлланилади.
Бир хил таълим ва тарбия шароити турли шароитда тарбияланаѐтган,
организмида турли фарқлари мавжуд, умуман турли ривожланишдаги
болаларга турлича таъсир қилади. Нафақат таълим, балки бутун ҳаѐти бола
шахсини шаклланишига таъсир кўрсатади, ва шаклланиш нафақат ташқи
таъсирлар асосида кечади.
Ўзлаштираолмаслик кўринишлари
Бударный А.А. ўзлаштирмасликни икки кўринишини фарқлайди. У
ўзлаштирмасликни конкрет асоси ўқувчиларни кейинги синфга ўтказиш
қоидаларига боғлиқлигини айтади. Чунки мактабда кейинги синфга,
минимумталабларни бажарганлар
―3‖ баллилар ўтказилади,
ўзлаштирмаганлар ―2‖, ―1‖ балл билан белгиланади ва ўтказилмайди. А. М.
Гельмонт ишида хам ўзлаштирмасликни 3 турини кўриш мумкин, улар ўқув
предметларини сони ва ўзлаштирмасликни барқарорлигига асоаланади:
1 – мулоқот ва чуқур ўзлаштирмаслик- кўпчилик ѐки барча ўқув
предметлари бўйича узоқ вақт;
2 - қисмли, лекин барқарор ўзлаштирмаслик – 3 та қийин фандан
1тасини, (қоидага кўра рус тили ва чет тили, атематика);
3 – эпизодик ўзлаштирмаслик – бир гал у, бошқа сафар бу осонларни
ўзлаштирмаслик.
Барча вазиятларда А. М. Гельмонт қайд қилинган ўзлаштирмасликни
назарда тутади: ўзлаштирмайдиганларга у, чоракни охирига қониқарсиз
бахолар билан етиб борувчи ўқувчиларни мисол қилади.
Ўзлаштиролмайдиган ўқувчилар турлари
Улар билан кундалик иш амалиѐтида хар бир конкрет ўзлаштирмаслик
вазиятида биз индивидуал ѐндашувнинг янги услубларини излашимизга
тўғри келяпти. Мактабдаги ўзлаштирмасликнинг бундай ―кўптуслилиги‖
ўқитувчилар ишида уни бартараф этишда катта қийинчилик туғдиради.
Мактабда ўзлаштирмасликни узоқ тадқиқ этиш, уни тпик намоиш этилишини
асослайди. Ўзлаштираолмаѐтган ўқувчи типи шахс муҳим хусусиятларини
хамоханглиги билан характерланади, улар узоқ муддат ўзлаштираолмаслик
натижасида юзага келади, бу ўқув ишидаги ютуқларни аниқлайди.
Ўзлаштирмаѐтган ўқувчилар типологияси асосига кўпчилик авторлар ўзлари
томонидан ўрганилган сабабларни қўядилар. Л. С. Славина ҳам шундай
қилган: ўзлаштирмаслик типлари доминант сабаб асосида ажратилади.
Ўзлаштирмаѐтганларнинг бир гуруҳини ўқишга таъсир этувчи мотивлари
38
бўлмаган ўқувчилар, бошқасини- ўқишга нисбатан қобиляти кучсиз
болалар, учинчисини- ўқув-мехнат кўникмалари нотўғри шаклланган ва
меҳнатни билмайдиган ўқувчилар ташкил қилади. Худди шу методни А. А.
Бударный, Ю. К. Бабанский ва бошқа бир қатор авторлар қўллайдилар.
Бундай типологиялар ўзлаштирмасликни
ички қурилишини
бермайдилар. Типологияларни бошқа нарсаларга асосланган холда
қуриш харакатлари ҳам бўлган, буларга ўқувчиларни ўқув-мехнат
характеристикалари ва улар шахсини структураларини киритиш мумкин.
Бундай ѐндашувни П. П. Блонскийда кўриш мумкин, ўқувчиларни умумий
типологиясини туза туриб, ўзлаштирмаѐтганларнинг ҳам типларини
фарқлаган. Бу, биринчидан, унинг томонидан келтирилган ―ѐмон ишчи‖
типи. Уни кўринишлари қуйидагича:
1) вазифани жиддий қабул қилмайди, кўпинча уларни тушунмайди.
Шунга қарамасдан ўқитувчига саволлар бермайди, вазифани тушуниб
олмайди;
2) пассив ишлайди (ишнинг кейинги босқичига ўтишда доимо стимул
талаб қилади);
3) омадсизлик ва қийинчиликларини белгилаб бомайди;
4)
мақсади
хақида
аниқ тасаввурга эга эмас, ўз
ишини
режалаштирмайди;
5) баъзида жуда суст ишлайди, баъзида секин сустлаштиради; 6)
ишининг натижасига индифферент ѐндашади.
Ажратилган бошқа тип патологик деб номланган - улар эмоционал,
ўқишда омадсизликларга кўп учрайдиган, атрофдагилардан специфик
муносабат кўрадиган ўқувчилардир. Улар иш бошланмасдан ―қила
олмайман‖ деб айтадилар, атрофдагилардан қўллаб-қувватлаш кутадилар,
омадсизлик ва қийинчиликни оғир кечирадилар. Бу вазиятдан кўрсатилган
хусусиятлар дидактикдан кўра психик характер
касб этадилар.
Н.И. Мурачковский ўзлаштирмасликни психологик типини келтиради: бунда
асос қилиб
ўқувчилар шахсини кучлироқ
томонлари
олинган.
Ўзлаштираолмаѐтган
ўқувчиларни
типларга
ажратишни
ўқувчиларни икки асосий хусусиятлари гуруҳини хамоханглиги
характеридан келиб чиқб амалга ошириш мумкин:
Ўрганувчанлик билан боғлиқ ақлий фаолият хусусиятлари
Ўқувчини билимга нисбатан муносабатини
аниқловчи
шахсий йўналганлиги.
Шу асосда ўзлаштирмайдиган ўқувчиларни уч кўриниши ажратилган:
Ўқувчи позициясини сақлаб қолиб, ўқишга яхши муносабатда
бўлишига қарамай
ақлийфаолиятининг
сифати
паст бўлган
ўзлаштирмайдиган ўқувчилар.
39
Ақлий фаолияти ривожланиш даражаси анча баланд шунга қарамасдан
ўқишга салбий муносабатда ва қисман ѐки тўлиқ ўқувчи позициясини
йўқотган ўқувчи.
Ақлий фаолияти сифати паст, ўқига салбий муносабатда ва тўлиқ ўқувчи
позициясини йўқотган ўқувчи.
Ўзлаштирмайдиган ўқувчиларнинг биринчи типи
Бу типдаги барча ўқувчилар учун паст ўзлаштирувчанлик хосдир, у
фикр операцияларининг паст даражаси билан боғлиқ. Фикр жараѐнларининг
суст ривожланиши
(анализ, синтез, таққослаш, умумлаштириш ва
конкретлаштириш)
ўқув материалини
ўзлаштиришда жиддий
қийинчиликларга олиб келади. Бундай ѐндашувда ўқувчилар
ўқув
вазифаларини ўзларига мослаштиришга харакат қиладилар ѐки умуман ақлий
меҳнатдан қочадилар, натижада эса ақлий ривожланиш сусаяди ва ўқув иши
кўникмалари шаклланмайди.
Ўзлаштирмайдиган ўқувчиларнинг иккинчи типи
Бу типдаги ўқувчилар мактабга яхши интеллектуал тайѐргарлик билан,
яхши ўқиш нияти билан келадилар. Бироқ уларнинг ўқув ишлари сифатида
энг аввало шу нарса намоѐн бўладики, нимани ѐқтирсалар шуни бажаришга
ўрганганлар, бу ўқувчилар фанлардаги фаол ақлий меҳнатдан қочадилар,
систематик ва кўп вақт талаб қилувчи меҳнатни (математика, чет тиллари)
ѐқтирмайдилар, оғзаки фанлар бўйича вазифаларни юзаки ўзлаштирадилар.
Бундай иш жраѐнида уларда билим кўникмалари, қийинчиликларни енгиб
ўтиш билимлари шаклланмайди.
Ўзлаштирмайдиган ўқувчиларнинг учинчи типи
Бу типга хам биринчиси сингари паст ўзлаштирувчанлик хосдир. Ақлий
жараѐнларни суст ривожланиши ўқув материалини ўзлаштиришда
қийинчиликлар тўғдиради. Ўқув вазифаларини бажаришда бу ўқувчиларга
критиклик етишмайди. Олинган
натижаларни
бошқа
ўқувчиларнинг
натижалари билан солиштиришга харакат қилмайдилар. Вазифани бу тариқа
бажариш нафақат ўзлаштириш ва ишни билмасликдаги қийинчилик, балки
ўқишга
эътиборсиз муносабатни
ҳам англатади. Бу ўқувчиларда
фикрлашнинг
торлиги
ѐрқин
намоѐн
бўлади. Р. Л. Гинзбург ишларида ўқувчиларни ўқув меҳнат
характеристикалари хақида кўпроқ маълумот берилган.
Автор
ўқувчилар
томонидан материалларни турлича қабул қилинишини
назарда тутади. Бу вазиятда ўқув материали сифатида китобдаги матн
назарда тутилади, ўзлаштиришнинг турли типлари эса матнни мантиқий
қайта ишлаш даражаси билан боғлиқ. Ўзлаштирмайдиганларни умумий
белгиси
ўзининг ақлий кучини зўриқтирмаслик истаги, қийинроқ иш
методларига салбий муносабат
40
билдиришдир.
тадқиқотчилар эътибори шаклланган ўзлаштимасликка қаратилган, ва
асосий мақсад унинг сабабини аниқлашдир. Н. А. Менчинская ва
унинг
хамкасблари фақатгина кўпчилик фанлар бўйича бир неча йиллар мобайнида
ўзлаштирмайдиган
ўқувчиларни
ўрганадилар.
Ю. К.
Бабанский тадқиқотларида
ўзлаштирмаслик сабаблари
анализларини ўзлаштирмасликдан хабар берувчи асосий методлар ташкил
қилади.
Ўзлаштирмаслик сабаблари
Мактабдаги ўзлаштирмаслик асосида битта эмас бир нечта сабаб ѐтади,
улар кўпинча биргаликда комплекс шаклда келади. Уларни орасидан
қуйидагиларни аниқлаш мумкин: ўқитиш
методларининг
мукаммал эмаслиги, педагог билан позитив муносабатларнинг йўқлиги,
бошқа ўқувчилардан яхшироқ бўлиб қолишдан қўрқиш, маълум бир жабхада
энг яхши бўлиб қолишдан қўрқиш, фикрлаш жараѐнларининг
шаклланмаганлиги ва бошқалар.
Сабаблар классификацияси
Бироқ, сабабларни у ѐки бу тарзда гуруҳийлаштиришга уринишлар хам
бўлган. Масалан, А. М. Гельмонт ўзлаштирмаслик сабабларини унинг
категориялари билан бирлаштирмоқчи бўлган. У ўзлаштирмасликни уч
категориясини ажратган: чуқур ва умумий ортда қолиш (1 категория),
қисман, аммо барқарор қолоқлик (2 категория), эпизодик ўзлаштирмаслик (3
категория).
I категорияни сабаблари сифатида қуйидагилар белгиланган: ўқувчи
тайѐрлигини паст даражаси; турли хилдаги ноқулай шароитлар (жисмоний
дефектлар, касаллик, ѐмон кундалик шароитлар, яшаш жойининг мактабдан
узоқлиги, ота-она
ғамхўрлигининг йўқлиги); ўқувчида тарбиянинг
етишмаслиги (эриниш, бетартиблик), унинг суст ақлий ривожланиши.
II
категорияга
қуйидагилар
кўрсатилган:
аввалги
синфларда тугалланмаганлик; ўрганилаѐтган фанга ўқувчида етарли
қизиқишнинг йўқлиги, қийинчиликларни енгишга ироданинг етишмаслиги.
III
категорияга
қуйидагилар
кўрсатилган:
таълим
беришни етишмаслиги, билимларнинг мустахкам эмаслиги, кучсиз
назорат; дарсларга тартибсиз қатнашиш,
дарсларда
эътиборсизлик,
уйга вазифаларни бажармаслик.
Ўзлаштирмасликни сабабига Ю.К.Бабанский ўз эътиборини қаратган. У
ўқувчиларни ўқув имкониятларини, ўзлаштиришнинг икки асосий фактори
тушунчасига боғлиқ холда ўргшанди. Ю. К. Бабанский тушунчасида ўқув
имкониятлари, ўқув фаолиятида шахс потенциалини ташкил этади ва шахс
ҳусусиятлари синтези ва унинг ташқи таъсирларга муносабати потенциалини
41
ташкил этади.
Ю. К. Бабанский томонидан ишлаб чиқилган ўқувчиларни ўрганиш
схемаси мактаб даражасида ўқув жараѐнини оптималлаштириш мақсадига
йўналтирилган.
СХЕМА
I ички режа шароитлари;
I 1 – ўқувчи организми хусусиятлари; I 2 – ўқувчи шахсий хусусиятлари;
II III IV — ташқи режа шароитлари; II а) маиший шароитлар;
II б) мактабдаги гигиеник шароитлар; II в) оиладаги тарбия
ҳусусиятлари;
II г) мактабдаги таълим ва тарбия ҳусусиятлари;
III а) маиший имкониятлар етишмаслиги сабаблари;
III б) мактабда гигиеник шароитларни етишмаслиги сабаби;
III в) оиладаги тарбияни етишмаслигини келтириб чиқарувчи шароит; III
г) ўқув- тарбия жараѐнини етишмаслигини келтириб чиқарувчи
шаролитлар.
Ички режа сабабларига у болалар соғлиғидаги дефектлар, уларнинг
ривожланиши, билим, кўникма ва малакалар кўламининг етишмаслигини
киритади. Ташқисининг сабабларига биринчи навбатда педагогик сабаблар:
а) дидактик ва тарбиявий таъсирларни етишмаслиги;
б) ташкилий-педагогик характер (мактабдаги жараѐнни ташкил этиш,
маълумотлар базаси);
в) ўқув режалари, дастурлари, методик қўлланмалари, шунингдек,
мактабдан ташқари, оиланинг таъсирларини етишмаслиги.
Ю. К. Бабанский схемасида энг муҳими, унда сабаблар гуруҳи орасидаги
боғлиқлик кўрстилган, биринчи ва иккинчи тартиб ажратилган, улар ўзаро
сабаб ва оқибатдир. Масалан, оиланинг салбий таъсири ўқувчи
тартибсизлиги билан боғлиқ.
Ўзлаштирмасликни сабабларини гуруҳлаштиришга бўлган харакатлар
кўпроқ назарий талабларга мосдир. П. П. Борисовнинг схемасини кўришимиз
мумкин. Унда ўзлаштирмасликни уч гуруҳи фарқланади:
I.
умумпедагогик сабаблар
II.
Психофизиологик сабаблар
III.
Ижтимоий-иқтисодий ва ижтимоий сабаблар
I гуруҳ сабаблари автор фикрича, ўқитувчиларнинг ўқув-тарбия
ишларини етишмаслигидир. Бу сабаблар дидактик (дидактикани принцип ва
қоидаларини бузилиши) ва тарбиявий (асосий тарзда болалар билан ишлашда
42
синфдан ва мактабдан ташқари ишларга эътибор қаратмаслик)га
бўлинади. Иккинчи гуруҳ сабаблари болаларни нормал жисмоний,
физиологик ва интеллектуал
ривожланишини
бузилиши
билан
белгиланади. III гуруҳ сабаблар, П. П. Борисов таъкидлашича, ўқитувчи ва
ўқувчилар иродасига боғлиқ эмас. Уларга мактабни суст моддий-техник
базасини, болаларни мактабгача тарбия даражасини пастлигини, таълим тили
муаммоларини ишлаб чиқилмаганлигини, ўқувчиларни уйдаги ҳаѐтий
шароитларини,
ота-оналарини
маданиятлилик
даражасини,
оиладаги
муносабатни, ўқитувчилар етишмаслигини киритади.
Бу
классификация ўқувчиларга
муносабат сабабларини
ичкишароитлардан ташқисини; таълим шароитлари бошқа ижтимоий
шароитлардан ажратилган.
Ўзлаштирмасликни бартараф этиш йўллари
Замонавий дидактика ўзлаштирмасликни бартараф этиш йўллари
сифатида қуйидагиларни таклиф қилади:
1. Педагогик профилактика - оптимальных педагогик системаларни
излаш, хамда таълимни фаол метод ва формаларини, янги педагогик
техналогияларни, муаммовий ва дастурлаштирилган таълимни қўллаш.
2. Педагогик диагностика – таълим натижаларини систематик назорат ва
бахоси. Бунинг учун ўқитувчининг ўқувчилар, уларнинг ота-оналари билан
суҳбати, қийин ўсмирни ўқитувчи томонидан кузаталиши, тестларни
ўтказиш, натижаларини анализи киритилади.
3. Педагогик терапия – таълимда ортда қолишни бартараф этиш чоратадбирлари.
4. Тарбиявий таъсир. Ўқишдаги омадсизликлар ѐмон тарбия билан
боғлиқ, ўзлаштирмайдиган ўқувчилар билан индивидуал тарбиявий иш олиб
борилиши лозим, у ўзига ўқувчини оиласи билан олиб бориладиган ишни
ҳам киритиши лозим.
Фойдаланилган адабиѐтлар:
1. Б.Р.Қодиров
―Иқтидорли
болаларнинг
бирламчи
танлови методикалари‖ Тошкент 2014.
2. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5th
Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608 p.
3. The Cambridge Handbook of Personality Psychology// Edited by Philip J.
Corr. Cambridge University Press 2009
4. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. Т.: Ўқитувчи, 2010.
5. Ғозиев Э.Ғ. Педагогик психология асослари. – Т. : ―Ўқитувчи‖, 2000
43
6. Абдурасулов Р. Мактабда психологик хизмат. – Жиззах, 1999
7. Хурвалиева Т. Мактабда психологик хизматни ташкил этиш. –
авлоний номидаги ХТХҚТМОМИ, 2006
8. Ж.Годфруа. Что такое психология? М. 1999 г. 2-том.
9. Крылов А.А., Маничева С.А. Практикум по общей,
экспериментальной и прикладной психологии.-Спб.: Питер, 2005.-550 с.
7.1−мавзу: Амалиѐтчи психологнинг турли синфларда амалга
оширадиган фаолияти
Режа:
1. Ўқувчиларнинг ѐш даврига хос хусусиятлари.
2. Ўсмир
ѐшидаги ўқувчиларнинг муаммолари
ва
кўрсатиладиган ѐрдам.
3. Юқори
синфларда фанларнинг
ортиши
ўсмир
ѐшдаги ўқувчиларнинг ривожланишига таъсири.
уларга
Мактабга бориш болаларнинг хаѐтида жуда катта воқеадир. Мактаб
ҳаѐти болаларга янги бир дунѐни очиб беради. Мактаб даврида болаларнинг
асосий фаолиятлари ўзгаради. Энди болаларнинг асосий фаолиятлари, асосий
вазифаси ва ижтимоий бурчи ўқиш бўлиб қолади.
6-7 ѐшли болалар учун янги фаолият бўлган ўқиш улардан янги сифат,
янги хусусиятларга эга бўлишларини талаб этади. Ўқиш фаолияти учун
болаларда барқарор диққат, ўткир зеҳн, мустақиллик, ишчанлик ва
батартиблик хислатлари бўлиши керак. Боғчадан мактабга ўтишлари
натижасида катталар билан бўлган муносабатларида ҳам бирмунча ўзгариш
юз беради. Болаларнинг мактабга ўтишлари, уларнинг яслидан боғчага
ўтишларига қараганда мураккаб босқичдир. Шуни ҳам назарда тутиш
керакки, бола мактабга ўтиши билан унинг ижтимоий ҳолатида ҳам ўзгариш
рўй беради. Чунончи мактаб ѐшига яқинлашган болалар боғчада ―катта‖ деб
ҳисобланар эдилар. Мактабга ўтгач, улар яна ―енг кичкиналар‖ қаторига
тушиб қоладилар.
Болаларнинг мактабга ўтишлари билан юзага келадиган ана шундай
жиддий ўзгаришларни назарда тутиб, уларни мактабдаги янги ҳаѐтга ҳар
томонлама тайѐрлаш керак.
Болаларни мактабдаги ўқиш жараѐнига тайѐрлашда уларнинг нутқини
ўстириш жуда зарур шартлардан биридир. Шунинг учун катта гуруҳ
болаларини мактабдаги ўқишга тайѐрлашда ўз она тилларини яхши
ўпганишларига, яъни сўз бойлигини орттиришга, тўғри талаффуз ва тўла
44
ҳамда тўғри жумла туза олишларига аҳамият бериш керак. Болаларнинг
ташқи олам ҳақида тасаввурларини кенгайтириш, бойитиш ишлари улар
нуткини ўстириш асосида олиб борилиши керак.
Шу нарса диққатга сазоворки, ҳамма боғчалардаги мактаб ѐшига тўлган
болалар мактабдаги ўқишга баб-баравар тайѐр бўлавермайдилар. Айрим
болалар мактабга келгач, янги шароитга тез киришиб кета олмайдилар.
Уларда ўқиш учун қандайдир бир хусусият етишмаѐтгандек кўпинади. Бу
ўпинда шундай бир савол тугилади. Болаларни қай пайтда психологик
жиҳатдан мактабдаги ўқишга тайѐр деб ҳисоблаш мумкин. Айрим
психологларнинг фикрича, бола мактабда ўқиши учун атрофдаги нарса ва
ҳодисаларга доир анчагина тасаввурларга эга бўлиши ҳамда маълум
даражада ақлий жиҳатдан ўcран бўлиши лозим. Бироқ у ҳаѐтда шйндай
воқеалар учрайдики, анчагина тасаввур бойлигига эга бўлган ва ҳаттоки ѐзиш
ҳамда
ўқишни
биладиган болалар
ҳам мактабдаги ўқишга
тайѐр бўлмайдилар. Улар мактаб ва ўқитувчининг талабларини бажара
олмайдилар. Аксинча, айрим болалар етарли тасаввур бойлигига эга
бўлмасалар ҳам, мактабда ўқиб кета оладилар. Лекин, бундан мактабдаги
ўқиш жараѐни учун маълум даражада ақлий жиҳатдан ўсган бўлиш, мактабда
дастлаб ўқиб кетиш учун энг зарур шартлардан биридир. Лекин бу боланинг
ўқишга тайѐр эканлигини аниқлашдаги хал килувчи омил эмас, чунки бу ерда
ѐш масаласи ҳам бор. Бошқа бир олимлар, боланинг ўқишга тайѐр эканини
аниқлашдаги асосий нарса ирода сифатларининг етилганлигидир, дейдилар.
Бу фикр бир ѐқламаликка йўл қўйишдан бошқа нарса эмас.
Етти ѐшга тўлиш даври гўдакликнинг тугаши даврига тўғри келади.
Худди ана шу даврдан бошлаб болаларда ўз-ўзини англаш таркиб топа
бошлайди. Шунинг учун болаларнинг етти ѐшга тўлган давридан бошлаб
тизимли суратда ўқитишга ўтиш мақсадга мувофиқдир. К.Д.Ушинскийнинг
фикрича боланинг мактабдаги ўқиш фаолиятига тайѐрлиги айрим психик
жараѐнларнинг тараққиѐт даражаси билан эмас балки бола шахсининг
умумий тараққиѐт даражаси билан аниқланади.
Ўсмирлик даври инсонни
болаликдан - ѐшликка ўтувчи ва ўз
навбатида бошқа даврлардан ўзининг
нисбатан кескинроқ, мураккаброқ
кечиши билан фарқланиб турувчи даврдир. Бу давр тахминан болаларнинг 58-синфларда ўқиш пайтларига тўғри келади ва 11-12 ѐшдан 14-15 ѐшгача
бўлган давр оралиғида кечади. Айрим болаларда бу давр 1-2 йил эртароқ ѐки
кечроқ кузатилиши ҳам мумкин.
Ўсмирлик даври айрим махсус
психологик адабиѐтларда
―ўтиш
даври‖, ―оғир давр‖, ―инқироз даври‖ каби номлар билан ҳам аталади. Бу
даврнинг ―оғирлиги‖, ―кескинлиги‖, ―мураккаблиги‖ нималар билан
45
асосланади?
Ўсмирлик даврининг оғир, мураккаб давр эканлиги кўплаб психологик,
физиологик, ижтимоий омиллар билан боғлиқ. Бу даврда ривожланишнинг
барча жиҳатлари: жисмоний, ақлий, ахлоқий, ижтимоий ва шу кабиларнинг
мазмун моҳияти ҳам ўзгаради. Бу даврда ўсмир ҳаѐтида, унинг руҳияти,
организмининг физиологик ҳолатларида, унинг ижтимоий ҳолатида жиддий
ўзгаришлар содир бўлади. Аксарият ҳолатларда уларда бир-бирига қарамақарши бўлган турли хил анъаналар кузатилади. Бу даврга келиб бола энди
―бола‖ эмас ва шу билан бирга ҳали ―катта‖ ҳам эмас. Унинг ўз-ўзига ва
атрофдагиларга нисбатан бўлган муносабатлари бутунлай бошқача характер
кашф этиб боради. Унинг қизиқишлари тизими, ижтимоий йўналганлиги
қайтадан шаклланади, ўз-ўзини англаши, баҳолаши, қадриятлари ўзгаради.
Унинг учун ўз ―мен‖и ва шу ―мен‖нинг аҳамияти ортади.
Ўсмир организмида рўй берадиган ўзгаришлар шундан иборатки, бола
ривожланишининг айни шу даврида
биологик, физиологик етуклиги
борасида туб ўзгаришлар амалга ошади. Физиологик ривожланиш ва жинсий
балоғатга етиш жараѐнининг янги босқичи бошланади.
Жинсий балоғатга етиш ва жисмоний ривожланишдаги ўсиш ўсмир
руҳиятида янги психологик тузилишларнинг юзага келишида муҳим
аҳамиятга эга. Биринчидан, бу ўсмир учун жуда сезиларли бўлган
ўзгаришлар бўлиб, улар ўсмирнинг катта бўлганини ҳис қилишининг юзага
келишининг объектив манбаси бўлиб хизмат қилади (унинг асосида ўсмир
ўзининг катталарга ўхшашлигини ҳис қилади). Иккинчидан, жинсий
балоғатга етиш бошқа жинс вакилига қизиқишни ривожлантиради, янги
кечинма, ҳиссиѐт, туйғуларни юзага келтиради. Ўсмирнинг ички бандлиги ва
янги таассуротлар, кечинмаларга муносабати даражаси уларнинг ўсмир
ҳаѐтидаги ўрни кенг ижтимоий шароитлар билан, ўсмир ҳаѐтининг конкрет
индивидуал шароитлари, унинг тарбияси ва мулоқоти хусусиятлари билан
белгиланади.
Ўсмирлик даврининг
характерли хусусиятларидан яна бири - бу
даврда ўсмирларда
кузатиладиган ўсмирлик
автономияси
ҳолатидир. Ўсмирлик автономиясининг ҳуқуқий автономия, эмоционал
автономия, маконий автономия каби турлари фарқланади.
Маълумки, бола дунѐга келган кундан бошлаб кимнингдир қарамоғига
муҳтож бўлади. Ота-онаси ва бошқа яқинлари уни озиқлантиради,
кийинтиради, тарбиялайди ва болани мунтазам назорат остади тутади. Улар
болани ҳар томонлама қўллаб-қувватлаб турадилар ва бола бундай қўллабқувватлаш, далдаларга муҳтожлик ҳис этиб туради.
Ўсмирлик даврида эса бола ўз ҳаѐтини, хавфсизлигини таъминлаш
46
борасида нисбатан мустақилликка эришади. Энди у ўзини ўзи ҳимоя
қила олиши, лозим бўлса ўзи ўз имкониятлари даражасида меҳнат қилиб,
етарли даражада даромад қилиши, ўз эҳтиѐжларини мустақил равишда ўзи
қондира олиши мумкин бўлади.
Юқорида келтириб ўтилган ҳуқуқий автономия айни вақтда бола
ўсмирлик ѐшига етиши билан унга қатор ҳуқуқий имкониятлар берилиши
билан характерланади. Бу даврда бола юридик шахс ҳисобланиб, овоз бериш
ҳуқуқига эга бўлади. Мабодо бу даврда ўсмир ота-онаси ажралиб кетгудек
бўлса, бу ҳолатда ўсмирнинг қаерда ва ким билан қолиши бола хоҳишига
қараб ҳал этилади.
Шунингдек бола бу даврда ўз имкониятидан келиб
чиққан ҳолда расмий равишда жисмоний меҳнат билан шуғулланиши ҳам
мумкин. Лозим бўлса улардан ўз хатти-ҳаракати, қилиқлари учун жавоб
бериши ҳам талаб қилинади. Шу каби ҳуқуқий имкониятларга эга бўлиш ва
бундан ўсмирнинг хабардорлиги унинг ҳуқуқий автономиясининг юзага
келишини таъминлайди. Бундай автономияга эга бўлиш ўсмирда ўз хаттиҳаракати учун жавобгарлик, масъулиятлилик ҳиссини юзага келтиради.
Ўсмирлик автономияларидан яна бири-эмоционал автономиядир.
Маълумки бола дунѐга келган ондан бошлаб у онаси ва атрофидагиларнинг
эмоционал, ҳиссий
қўллаб-қувватлашига, меҳр-муҳаббатини
намоѐн қилишига, эркалашига эҳтиѐж ҳис қилади. Шунинг учун ҳам
илк болалик ѐшидаги, мактабгача ва кичик мактаб ѐшидаги болаларни суюб,
эркалаб уларни қучиб, бошини силаб, ѐқимли гаплар ва муомала билан
уларга ҳиссий яқинлик намоѐн қилинса, улар бундан қувониб, хурсанд
бўладилар ва эркалаѐтган шахсга нисбатан талпинадилар. Буни ѐш
болаларнинг онасига суйкалиши, уларнинг пинжига суқилиши, уларга
эркаланиши ҳолларида кузатишимиз мумкин. Шунингдек, болалар ўз
тенгдошлари билан бўладиган ўзаро муносабатларида низо-тортишувларга
дуч келганида ва айниқса тенгдошларидан ―жабрланганда‖, ―енгила
бошлаганидан‖, ота-онасидан ва атрофидаги яқинларидан эмоционал далда,
ҳиссий кўллаб-қувватлаш кутади ва бу борада уларга мурожаат қилади. Агар
ўз вақтида шу ҳиссий далдани ола олса, ўзини эркин,
тетик, ғолиб ҳис
қилади ва улар билан қувониб юради.
Ўзининг кичкинагина ҳаѐтида дуч
келган ―муаммолари‖ни
ҳал қилишда катталар ѐрдамига муҳтожликни
ҳис қилади, улардан мунтазам фойдаланишга интилади.
Ўсмирлик даврида эса аксинча, ўсмир энди ―ѐш бола‖ эмас, энди у
―катта одам‖ катта одам эса мустақил бўлиши, ўз муаммоларини ўзи ҳал
қилиши керак. Бу даврда катталар ѐрдамига мурожаат қилиш тенгдошлар
томонидан қораланади. Ва буни ўсмирнинг ўзи ҳам хоҳламайди. Бу даврда
ўсмирларга катталар томонидан олдингидек кўрсатиладиган илтифот,
47
эркалашлар эриш туюлади. Энди улар ўзларини эркалаб, силаб
сийпашларини, ―арзимаган нарсалар‖
учун
катталар
томонидан билдириладиган олқишларни ―ѐқтирмайди‖. Энди улар
атрофдагиларни ҳиссий
қўллаб-қувватлашларидан ҳолироқ бўлишга,
ўз муаммоларини ўзлари шахсан ҳал қилишга интиладилар. Олдинлари
кўчада, боғчада, мактабда юз берган воқеалар ҳақида уйидагиларга шикоят
қилиб
ота-онасидан ѐрдам сўраган бўлсалар, энди оиладан ташқарида
биронтасидан дакки эшитиб, калтак еб келган тақдирда ҳам бу ҳақда отаонасига билдирмасликка ҳаракат қилади ва имкон қадар ота-оналарини унинг
―ишларига‖ аралашмасликларини хоҳлайди. Буларнинг барчаси ўсмирларда
бевосита кузатиладиган эмоционал автономиянинг таъсиридир.
Ўсмирларда кузатиладиган автономия ҳолатининг яна бири маконий
автономиядир. Бунга кўра ўсмирлар имкон қадар ўз хонасида ѐлғиз
қолишга, бирон бир ишни бажараѐтган ѐки бирон бир жойда бўлган
вақтларида имкон қадар ѐлғиз бўлишга айниқса ўз ота-онаси, оила аъзолари
назаридан четроқда бўлишга, ўз ўй ҳаѐллари билан машғул бўлиб вақт
ўтказишга интилиб қолади. Суҳбатлашса ҳам асосан ўз тенгдошлари, яқин
ўртоқлари билангина мулоқотда бўлиб ўз ота-онаси билан имкон қадар
камроқ мулоқотда бўлишга интилиб ўзи билан ўзи овора бўлиб қолади. Айни
вақтда ўсмирда кузатилаѐтган бу ҳодисаларнинг асл сабабини тушунмаган
айрим ота-оналар уларнинг бундай ҳолатидан хавотирланиб, улар билан
олдингига қараганда қўпроқ қизиқиб қоладилар. Бошқача қилиб айтганда
уларнинг автономиясига ―бостириб кирадилар‖. Буни эса ўсмирлар
ѐқтирмайди. Бундай ҳолатлар ўсмирлар ва уларнинг ота-оналари ўртасидаги
ўзаро муносабатларида келишмовчиликлар, низоларнинг юзага келишига
асос бўлиши мумкин.
Юқорида
қисман
тўхталиб ўтганимиздек
ўсмир
руҳиятида кузатиладиган
характерли хусусиятлардан бири
уларнинг ўта таъсирланувчан, жиззаки, қўрс, сал нарсага хафа бўлиши
унинг ҳиссий нотурғунлиги ифодасидир. Бундай ҳолатларнинг юзага келиш
сабабларидан бири бевосита жинсий балоғатга етиш, ички секреция безлари,
айниқса жинсий безлар вазифаларининг фаоллашуви ва шулар билан боғлиқ
ҳолда ўсмир
организмида рўй берадиган психофизиологик ўзгаришлар
билан боғлиқдир.
Маълумки, ўсмирлик даврида ўсмирнинг ―мен‖и қайтадан шакллана
боради. Унинг атрофидагиларга айниқса ўз ўзига бўлган муносабати,
қизиқишлари, қадриятлари йўналиши кескин ўзгаради. Унинг ўз шахсига
бўлган эътибори кучаяди. Ўсмирлик даврида шахс эготсентризми бошқа
даврдагиларга қараганда энг юқори даражага етади. Бу даврда ўсмир ўз
48
шахсиятини бошқалардан устун қўядиган, ўзига кўпроқ бино қўядиган
бўлиб қолади. Шу даврда ўғил болаларда ҳам, қиз болаларда ҳам шунчаки
катталарга тақлид қилиб эмас, балки том маънода ўзининг ҳатти-ҳаракатини
назорат қилиш, ўзининг юриш-туриши, кийиниши, ташқи кўринишига
астойдил эътибор бериш, пардоз-андоз билан шуғулланиш каби ҳолатлар
кузатилади.
Ўсмирлик – болаликдан катталикка ўтиш даври бўлиб, физиологик ва
психологик жиҳатдан узига хос хусусиятлари билан характерланади. Бу
босқичда болаларнинг жисмоний ва психик тараққиѐти жуда тезлашади,
ҳаѐтдаги турли нарсаларга қизиқиши, янгиликка интилиш ортади, характери
шаклланади, маънавий дунѐси бойийди, зиддиятлар авж олади. Ўсмирлик
балоғатга етиш даври бўлиб, янги ҳислар, сезгилар ва жинсий ҳаѐтга
тааллуқли чигал масалаларнинг пайдо булиши билан ҳам характерланади.
Булар таъсирида ўсмирнинг характери, атрофдаги кишилар билан
муомаласи, жамиятда содир бўлаѐтган воқкеаларга муносабати тез ўзгариб
боради. Баъзан ижтимоий масалалар тўғрисида нотўғри тасаввур ва янглиш
фикрлар ҳосил бўлиши туфайли у муайян тартиб-қоидаларга танқидий кўз
билан қарайди.
Ўсмирда психик жараѐнларнинг кескин ўзгариши билан ақлий
фаолиятида ҳам бурилишлар
сезилади. Шунинг
учун шахслараро
муносабатда, ўқувчи билан ўқитувчи мулоқотида, катталар билан
ўсмирларнинг муомаласида қатъий ўзгаришлар жараѐнида қийинчиликлар
пайдо бўлади. Булар аввало таълим жараѐнида рўй беради: янги ахборот,
маълумотларни баѐн қилиш шакли,
услуби
ва
усуллари
ўсмирни қониқтирмай қўяди.
Одобли, дилкаш ўсмир кутилмаганда қайсар, интизомсиз, қўпол,
серзарда бўлиб қолади. Ўсмир хулқидаги бундай ўзгаришлар тажрибасиз
ўқитувчи ва ота-онасини қаттиқ ташвишга солади.
Хўш, ўсмирларнинг психик ўтишини харакатга келтирувчи куч нима?
Ўсмирнинг психик ўсишини харакатга келтирувчи куч - унинг фаолиятини
вужудга келтирган янги эҳтиѐжлар билан уларни қондириш имкониятлари
ўртасидаги қарама-қаршиликлар тизимининг намоѐн бўлишидир. Вужудга
келган зиддиятларни психологик камолотни таҳминлаш, фаолият турларини
мураккаблаштириш орқали ўсмир шахсида янги психологик фазилатларни
таркиб топтириш билан аста-секин йўқотиш мумкин.
Ўсмирда руй берадиган биологик-жисмоний ўзгариш натижасида унинг
психик дунѐсида туб бурилиш нуқтаси вужудга келади.
Ўсмир ўзининг қобилияти ва кучини тўғри баҳоламай туриб, мураккаб
ҳаѐтий масалаларни ҳал қилишга уринади, аммо фикр юритиш қобилияти
49
юзаки бўлганлиги сабабли кундалик ҳаѐтида қатор камчиликларга йўл
қўяди. Лекин у ўз хатосини тан олишдан кўра катталар билан баҳслашишни
афзал кўради. Танқид қилган кишиларни ѐқтирмайди, ҳар бир танқид гўѐки
уни менсимаслик белгиси, атайин қилинаѐтган иш бўлиб кўринади. Бунинг
натижасида ўсмирнинг психик фаолиятида салбий ўзгаришлар юзага келади.
У мустақил, ўзбошимчалик билан иш тутишга уринади, катталарнинг
маслаҳатига эҳтибор бермайди. Айрим ўсмирлар ўзининг катталар сафига
қўшилганлигини намойиш қилиш учун турли хил одатларга ўргана
бошлайдилар. Ота-оналар ва педагоглар ўсмирлар билан алоҳида ишлаб,
уларнинг кўнглини топиши ва хатти –ҳаракатларини ўз вақтида тўғри йўлга
солишлари лозим.
Ўсмирлик ѐши дунѐқараш, эътиқод, ўзлигини англаш, баҳолаш кабилар
шаклланадиган давр ҳисобланади. Ўсмир ўз фаолиятини муайян принцип,
эътиқод ва шахсий нуқтаи назари асосида ташкил қила бошлайди.
Психологлар ўтказган тадқиқотлардан кўринадики, ўсмирларнинг
кўпчилигини қатъиятлилик, камтарлик, мағрурлик, самимийлик, дилкашлик
каби маънавий, ахлоқий тушунчаларни тўғри англайди. Уларнинг турмуш
тажрибасида фан асосларини эгаллаш натижасида барқарор эътиқодий ва
илмий дунѐқараш таркиб топади, шулар замирида ахлоқий идеаллар юзага
кела бошлайди.
Ўсмир ўғил-қизлар шахсининг камол топишида ўзини англаш жараѐнида
ўзига баҳо бериш майли ва истаги ўзини бошқа шахслар билан таққослаш,
ўзига бино қўйиш эҳтиѐжи пайдо бўлади. Булар эса ўсмирнинг психик
дунѐсига ақлийфаолиятига,
теварак-атрофга муносабатнинг
шаклланишига таъсир қилади.
Ўсмирлик ѐшида психологик жиҳатдан энг мухим хислат - вояга етиш
ѐки катталик ҳиссининг пайдо бўлиши алоҳида аҳамиятга эга. Катталик
ҳисси ижтимоий-ахлоқий соҳада, ақлий фаолиятда, қизиқишда, муносабатда,
кўнгил олиш жараѐнида, хулқ-атворнинг ташқи шаклларида ўз ифодасини
топади. Ўсмир ўз кучи ва қуввати, чидамлилиги ортаѐтганини, билим савияси
кенгаяѐтганини англай бошлайди.
Ўсмирлик даври хусусиятларини талқин килган П.И.Левентуев,
Д.Б.Елконин, Т.В.Драгуновнинг таъкидлашича, ўғил ва қизларнинг бу ѐшда
ўртоқлари билан муносабатларга интилиши, тенгдошлари жамоасининг
хаѐтига қизиқиши эркин намоѐн бўлади.
Ўқув фанларнинг кўпайиши, ахборотлар, маълумотлар тармоғининг
кенгайиши уларнинг фикр юритишини шакллантиради.
Ўсмир
ўқувчилар ўрганаѐтган фан асослари уларнинг мавхум
тафаккурини
ўстиришга
қаратилади.
Уларнинг
ақлий
фаолияти
50
хусусиятларидан бири - мавхум тафаккурининг ривожланишидир.
Мактаб таълими ва мустақил билим олиш фаолияти таъсири остида ўсмирда
аналитик-синтетик фаолият жадал суръат билан ривожлана бошлайди.
Ўсмирнинг энг муҳим хусусиятлардан яна бири мустақил фикрлаш,
ақлнинг танқидийлиги тез ривожланишидир. Бу эса ўсмирнинг ақлий
фаолиятида янги давр бошланганини бирдиради. Ақлнинг танқидийлиги
айрим холларда ўқитувчи билан ўқувчи ўртасида ―англашилмовчилик
ғови‖ни вужудга келтиради. Ақлнинг танқидийлиги ўсмирнинг асосий
хусусиятларидан бири бўлиб, ўзгалар мулоҳазасидан, дарсликдан хато ва
камчиликлар топишга, ўз гапида туриб, айрим фикрларга катъий эътироз
билдиришга уриниб ва бахслашишига мойил бўладилар. Тафаккурнинг
мустақиллиги инсон учун катта аҳамиятга эга. Ўқитувчи дарс жараѐнида ва
дарслардан ташқари вақтларда, ҳар қандай оғир шарт-шароитларда ҳам турли
усуллар билан бу хислатни қўллаб кувватлаши, унинг ривожланиши учун
имконият яратиши керак.
―Энди у бола эмас–у, ҳали катта ҳам эмас‖-бу формула ўсмирлик даври
характерини билдиради. Бу ѐшда ўсмир ривожида кескин ўзгаришлар рўй
бера бошлайди. Бу ўзгаришлар физиологик, ҳамда психологик
ўзгаришлардир.
Катталарга нисбатан агресив муносабатнинг пайдо бўлиши, негативизм
сингари ноҳуш хулқ–атвор аломатлари ўз–ўзидан келиб чиқадиган бевосита
жинсий етилиш туфайли пайдо бўладиган белгилар бўлмай, балки улар
билвосита таъсир кўрсатадиган ўсмир яшайдиган ижтимоий шарт–шароитлар
воситаси орқали: унинг тенгдошлари, турли жамоалардаги мавқеи туфайли,
катталар билан муносабати, мактаб ва оиласидаги ўрни муносабатлари
сабабли юзага келадиган характер белгиларидир. Мана шу ижтимоий
шароитларни
ўзгартиришйўли биланўсмирларнинг
ҳулқ–атворига
тўғридан–тўғри таъсир кўрсатиш мумкин. Ўсмирлар ниҳоятда тақлидчан
бўлиб, уларда ҳали аниқ бир фикр, дунѐ қараш шаклланмаган бўлади. Улар
ташқи таъсирларга ва ҳиссиѐтларга жуда берилувчан бўладилар. Шунингдек
уларга мардлик, жасурлик, тантиқлик ҳам хосдир. Ташқи таъсирларга
берилувчанлик ўсмирда шахсий фикрни юзага келишига сабаб бўлади, лекин
бу шахсий фикр аксарият холларда асосланмаган бўлади. Шунинг учун ҳам
улар ота–оналарнинг, атрофдаги катталарнинг шунингдек, устозларнинг
тўғри йўлни кўрсатишларига қарамай ўз фикрларини ўтказишга ҳаракат
қиладилар.
Ўсмирлик даврида етакчи фаолият–бу ўқиш, мулоқат ҳамда меҳнат
фаолиятидир. Ўсмирлик даври мулоқотининг асосий вазифаси бу дўстлик,
ўртоқликдаги элементар нормаларини аниқлаш ва эгаллашдир. Ўсмирлар
51
мулоқотининг асосий хусусияти шундан иборатки, у тўла ўртоқлик
кодексига бўйсинади.
Ўсмирларнинг ота–онаси, катталар билан қиладиган мулоқоти асосан
уларнинг катта бўлганлик ҳисси асосида тузилган бўлади. Улар катталар
томонидан қилинадиган ҳақ–ҳуқуқларини чеклашларига, қаршилик ва
эътирозларига қаттиқ қайғурадилар. Лекин шунга қарамасдан у мулоқотда
катталарнинг қўллаб–қувватлашларига эҳтиѐж сезадилар. Биргаликдаги
фаолият ўсмирга катталарни яхшироқ тушинишлари учун ѐрдам беради.
Ўсмир ўзида бўлаѐтган ўзгаришлар, уни ташвишга солаѐтган муамолар
хақида катталар билан бўлишишга катта эҳтиѐж сезади, лекин буни ҳеч қачон
биринчи бўлиб ўзи бошламайди. Ўсмир ўзига нисбатан ѐш болалардек
қилинадиган муомала – муносабатига қаттиқ норозилик билдиради.
Ўсмирлар мулоқоти ниҳоясида ўзгарувчанлиги билан характерланади.
Ўсмирлик даврига кимнингдир ҳатти –ҳаракатини имитация қилиш хосдир.
Кўпинча улар ўзларига таниш
ва
ѐқадиган катталарнинг
ҳатти– ҳаракатларини имитация тақлидчанлик қиладилар.
Қайд этиб ўтилган йўналганлик албатта катталарнинг ҳам мулоқот ва
муносабатда мавжуд, лекин улар катталарникидан ўз эмоционаллиги билан
фарқланади. Тенгдошлари, шунингдек синфдошлари гуруҳида ўсмир ўзининг
келишувчанлик хусусияти билан намоѐн бўлади. Ўсмир ўз гуруҳига боғлиқ
ва қарам бўлгани ҳолда шу гуруҳнинг умумий фикрига қўшилишга ва унинг
қарорини доимо бажаришга тайѐр бўлади. Гуруҳ кўпинча ўсмирда ―Биз‖
ҳиссининг шаклланишига ѐрдам
беради
ва
унингички
ҳолатини мустахкамлайди. Ўсмир ѐшдаги бола учун дўст танлаш жуда
катта ахамиятга эга. Ўсмирлик даврида дўст жуда қадрли ҳисобланади.
Дўстлар доимий равишда руҳан, қалбан яқин бўлишга эҳтиѐж сезадилар. Бу
эҳтиѐж ўсмир дўстларнинг сўрашиши ва кўришишларида (қўл бериб,
қучоқлаб кўришиш) бирга ўтириш ва бирга юришга харакат қилишларида
кўринади. Кўпгина ана шундай жуда яқин муносабатлар, ўсмирларнинг шахс
бўлиб шаклланишдаги, биргаликдаги ҳаракатларини изи инсон қалбида ва
хотирасида бир умрга сақланиб қолади.
Ўсмирлар катталарнинг уларга билдирадиган ишончларига катта эҳтиѐж
сезадилар. Катталарнинг ўсмир ѐшдагилар учун таъсир кўрсатиш, тарбия
бериш
учун энг қулай шароит–бу умумий
меҳнат
билан
шуғулланишидир. Агар кичик ѐшдаги болалар ѐрдамчи бўлиш ролларидан
қониқсалар, ўсмирлар, айниқса катта ўсмирлар катталар билан тенг равишда
фаолият кўрсатаѐтганларидан, лозим бўлганда уларнинг ўрниларига ҳам
ишлай олишларидан қониқадилар. Ўсмирлар ўзларини катталардек тутишга
харакат қиладилар. Улар ўзларининг лаѐқат, қобилият ва имкониятларини
52
маълум даражада ўртоқлари ва ўқитувчиларга кўрсатишга интиладилар.
Бу холатни оддий кузатиш йўли билан хам осонгина кўриш мумкин.
Ўсмирлик ѐшига хос бўлган психологик хусусиятларни ўргана туриб,
ўсмирлар шахсининг шаклланиб, ривожланиб, камолатга эришиш йўлларини
ва унга таъсир этадиган биологик ва ижтимоий омилларнинг бевосита
таъсирини тушуниш мумкин. Бу даврда ўсмир бахтли болалик билан
хайрлашган, лекин катталар ҳаѐтида ҳали ўз ўрнини топа олмаган холатда
бўлади. Ўсмирлик даври ―Ўтиш даври‖, ―Кризис давр‖, ―Қийин давр‖ каби
номларни олган психологик кўринишлари билан характерланади.
Ўсмирлик даврида болаларнинг атрофдаги одамлар билан шахсий ва иш
юзасидан бўладиган муносабатларидаги мавқеи ўзгаради. Энди ўсмирлар
ўйин ҳамда дамга камроқ вақтларини ажратган ҳолда кўпроқ жиддий ишлар
билан шуғуллана бошлайдилар ва уларда билиш жараѐнлари жадал
ривожлана бошлайди. Ўқиш ўсмирлар ҳаѐтида катта ўринни эгаллайди.
Ўсмирлар ўқишидаги асосий мотив бу уларнинг катталикларини ҳис
эттирадиган, англатадиган ўқиш турларига тайѐрланишларидир.Улар учун
машғулотларнинг асосан мустақиллик бериладиган шакллари ѐқади. Бошқа
давр болаларига нисбатан ўсмирларнинг
фанларни мувафаққиятли
ўзлаштиришлари қизиқишларининг орттиришлари ўқитувчининг
ўқув материалини
тушунтира олиш маҳоратига
боғлиқ.
Билим
ўрганиш эҳтиѐжлари асосида аста-секинлик билан умуман ўқув
фанлари нисбатан қатъий ижобий муносабат шаклланади. Бу даврда
ўқишнинг янги мотивлари юзага келади. Бу мотивлар асосан ўсмирнинг
ҳаѐтий режалари келажак касби ва идеали билан боғлиқ бўлади. Айнан
ўсмирлик давридан бошлаб болалар ҳаѐтий илмий, бадиий билимларни
кенгайтиришга алоҳида эҳтиѐж сезадилар ва бунга ҳаракат қиладилар.
Билимли бола тенгдошлари орасида ҳурматга сазовор бўлади. Билим
ўсмирларга алоҳида бир қувонч бағишлайди ва унинг тафаккур қилиш
лаѐқатини ривожлантиради. Ўсмирларнинг
ўқув
материалларини
фақат механик хотирага асосланишлари халақит беришлари мумкин. Бу
даврда ўқувчиларга бериладиган ўқув материалининг хажми катта бўлгани
учун ҳам уни эслаб қолиши ѐки бир неча марта такрорлаш йўли билан
ўзлаштириш қийин. Бунинг учун албатта ўқувчи ўқув материалини
мазмунини таҳлил қилиши, ундаги мантиқий тузилишни билиши муҳим. Бу
даврда болаларнинг идрок, диққат ва тасаввурлари ўзгаради, лекин бу
ўзгариш боланинг ўзига ва атрофдагиларга сезилмаган холда кечади. Шу
билан бирга бу даврда боланинг хотираси, нутқи, тафаккур жараѐнлари ҳам
жадал ривожланади. Бу ўзгаришлар атрофдагиларга сезиларли даражада
бўлади. Ўсмирлик даврда болани англаш ва ўз–ўзини англаш даражаси
кўтарилади ва унда ўзи, бошқа одамлар, олам ҳақидаги
53
билимлари чуқурлашади. Ўйин фаолияти аста–секин камайиб, янги
фаолиятлар юзага кела бошлайди. Психик ривожланишнинг янги босқичи
бошланади. Ўсмирлик даврида ўз фаолиятини назорат этиш ривожлана
бошлайди ва ўзини–ўзи бошқаришга интилиши кучаяди. Бир сўз билан
айтганда ўсмирлик даври психик ривожланишда кескин бурилиш даври
ҳисобланади.
Ўсмирлик даврида нутқнинг ривожланиши бир томондан сўз
бойлигининг ошиши ҳисобига бўлса, иккинчи томондан табий ва жамиятдаги
нарса, воқеа ва ҳодисаларнинг мазмун-моҳиятини англашлари ҳисобига
бўлади. Бу даврда ўсмир тил ѐрдамида атроф – борлиқни акс этирилиши
билан бир қаторда инсон дунѐ қарашини ҳам белгилаб бериш мумкинлигини
ҳис қила бошлайди. Айнан ўсмирлик давридан бошлаб инсон айнан нутқ
билиш
жараѐнларининг ривожланишини белгилаб беришини
тушуна бошлайди. Ўсмирни кўпинча муомалада сўзларни ишлатиш
қоидалари – ―Қандай қилиб тўғри ѐзиш керак?‖, ―Қандай қилиб яхшироқ
айтиш мумкин?‖ каби саволлар жуда қизиқтиради. Ўсмирлар мактабдаги
ўқитувчилар, катталар, ота–оналар нутқидаги камчиликларига жуда тез
эътибор берадилар, китоб, газета, радио ва телевидение дикторлари
хатоликларига тез эътибор берадилар. Бу ҳолат ўсмирнинг бир томондан ўз
нутқини назорат этишга ўргатса, иккинчи томондан катталар ҳам нутқ
қоидаларини бузишлари мумкинлигини билишларига ва ўзида мавжуд
хатоликларни бир мунча барҳам топтиришларига олиб келади.
Ўсмир сўзларининг келиб чиқиш тарихига, уларни аниқ мазмуни ва
моҳиятига жуда қизиқади. У энди ўз нутқида ѐш бола сингари эмас, балки
замонавий катта одамлар сингари сўзларни танлашга ҳаракат қилади. Нутқ
маданиятини эгаллаш борасида ўсмир учун ўқитувчи албатта намуна бўлиши
шартдир. Айнан мактаб таълими ўсмир билиш жараѐнларини ривожланиш
йўналишини сифат жиҳатидан ўзгаришда асосий кучли омил бўлиб хизмат
қилади. Билиш жараѐнларининг ривожланишида нутқ ҳам оғзаки, ҳам ѐзма
мавжуд бўлиши билан ҳам кучли восита ҳисобланади. Мактабдаги ўқув
жараѐнларининг тўғри ташкил этилиш ва амалга оширилиш билан ўсмир
нутқининг тўғри ривожланишига шароит яратилади. Нутқни ўзлаштиришга
ҳаракат бу ўсмирнинг муомала, билиш ва ижодий фаолиятга кирилишига
эҳтиѐж ва интилиш ҳисобланади.
Ўсмирлик даврда ўқиш ва ѐзма
монологик
нутқ
ҳам
жадал
ривожланади. 5–синфдан бошлаб то 9–синфгача ўқиш тўғри, тез ва ифодали
бўлиш даражасидан, ѐддан ифодали, таъсирли айтиб бера олиш даражасигача
кўтарилади. Монологик нутқ эса асардаги кичик бир парчани қайта сўзлаб
беришдан, мустақил равишда нутқ ва чиқишлар тайѐрлаш, оғзаки мулохаза
54
юритиш, фикр билдириш ва уларни асослаб беришгача ўзгаради. Ёзма
нутқ ҳам яхшиланган ҳолда ўсмирлар энди уларга берилган эркин мавзу
бўйича мустақил ҳолда иншо ѐза оладилар. Ўсмирларнинг нутқи тўла
тафаккур билан боғлиқ ҳолатида амалга оширилади. 5–6 –синфлардаги
ўқувчилар оғзаки ва ѐзма матн учун режасини туза оладилар ва режага амал
қила оладалар.
Ўсмирлик даврида назарий тафаккур юқори аҳамиятга эга бўла
бошлайди. Чунки бу даврдаги ўқувчилар атроф оламдаги боғланишлар
мазмунини максимал даражада билишга ҳаракат қиладилар. Бу даврда
ўсмирнинг билишга бўлган қизиқишда юксалиш содир бўлади. Илмий
назарий билимларнинг эгаллаб олиниши туфаккурнинг ривожланишига олиб
келади. Бунинг ҳисобига исбот, далиллар билан фикрлаш қобилияти
ривожланади. Унда дедуктив хулосалар чиқаришга қобилият пайдо бўлади.
Мактабда ўқитиладиган фанлар ўсмир учун ўз тахминларини юзага
келтириш ѐки текшириш учун шароит бўлиб хизмат қилади. Ж.Пиаженинг
таъкидлашича, ―Ижтимоий ҳаѐт уч нарсанинг таъсири – тил, мазмун,
қоидалар асосида шакллантирилади‖. Бу борада ўзлаштирилган ижтимоий
муносабатлар ўз –ўзидан тафаккурнинг янги имкониятларини яратади.
11–12 ѐшдан бошлаб
ўсмир энди мантиқий фикрлаб ҳаракат қила
бошлайди. Ўсмир бу ѐшда худди катталар сингари кенг қамровли таҳлил
этишни ўргана бошлайди. Ўсмир тафаккурнинг назарий даражага қанчалик
тез кўтарила олиши ўқув материалларни шунчалик тез, чуқур эгаллаш ва
унинг интеллектини ҳам ривожланишини белгилаб беради. Ўсмирлик даври
юқори даражадаги интеллектуал фаоллик билан фарқланади. Бу фаоллик
асосан ниҳоятда қизиқувчанлик ҳамда атрофдагиларга ўз лаѐқатларини
намойиш этиш, шунингдек улардан юқори баҳо олиш эҳтиѐжининг
мавжудлиги билан белгиланади. Ўсмирнинг катталарга берадиган саволлари
кўпгина мазмунли, чуқур ўйланган ва айнан ўша масала юзасидан бўлади. Бу
ѐшдаги болалар турли гипотезалар туза оладилар, тахминий фикр юрита
оладилар, тадқиқ ўтказа оладилар ҳамда маълум бир масала бўйича
алтернативларни таққосла оладилар. Ўсмир
тафаккури кўпинча
умумлаштиришга мойил бўлади.
Ўсмирлик даврида
ишбилармонлик сифатини ўқувчилар ўз–ўзини бошқаришни йўлга
қўйиш шунингдек, умумий фойдали тадбиркорлик ишларида иштирок
эттириш орқали ривожлантириш мумкин. Бу борада ўқувчи ижрочи ролида
эмас балки бошқарувчи, мустақил йўл танловчи ва тадбиркорлик
муносабатларига ўзи киритувчи бўлган тақдирдагина ривожланиш амалга
ошиши мумкин. Бу ѐшда тадбиркорликни ривожлантиришда
кўпроқ
мустақилликни
берилиши
ўсмир
амалий тафаккурининг ривожига
ижобий таъсир кўрсатади. Ўсмир ѐшдаги болаларда
55
тежамкорликни ривожлантириш ақлнинг бошқа сифатларига нисбатан
осонроқ кечади, буни кўпроқ уларни қизиқтирадиган нарсаларга мустақил
равишда ҳисоб–китоб қилиб боришга йўллаш орқали амалга ошириш
мумкин. Ўсмирларда юзага келган муаммоларни тез ва оператив ҳолда ечиш
малакасини шакллантириш бирмунча қийинроқ кечади. Албатта, бу боланинг
темпераментига ҳам боғлиқ. Барча ўсмирларни ҳам тез ҳаракат қилишга
ўргатиш мушкул, лекин уларни муаммо юзага келиши билан орқага
ташламай тез ечишнинг умумий қоидаларга ўргатиб бориш мумкин.
Ўсмирлик даврида интеллектнинг юқори даражада ривожланган бўлиши
қимматли ва обрўли ҳисобланади. Ўсмир шахсида ва унинг билишга
қизиқишидаги ўзгаришлар ўзаро боғлиқ
бўлади.
Ихтиѐрий психик
жараѐнларнинг ривожланиши ўсмирдаги
шаклланиб
келаѐтган
шахс мустақиллигига таянади, ўзининг шахсий хусусиятларини англаш ва
шакллантириш имкониятлари эса ундаги тафаккурнинг ривожланиши билан
белгиланади.
Ўсмирлик даврида диққат, хотира тасаввур тўла мустақиллик касб этиб,
энди ўсмир уларни ўз ифодасига кўра бошқара оладиган бўлади. Бу даврда
қайси етакчи функция (диққатми, хотирами ѐки тасаввур) устунлик
қилаѐтгани яққол намоѐн бўлиб, ҳар бир ўсмир ўзи учун ахамиятлироқ
бўлган функсияни эътиборга олиш имкониятига эга бўлади. Ушбу
функцияларнинг ривожланиш хусусиятларини кўриб чиқамиз.
Агар кичик мактаб даврида ихтиѐрсиз диққат устунлик қилса,
ўсмирлик даврида бола ўз диққатини ўзи бошқара олади. Дарс давомида
интизомнинг бузилиши аксарият ҳолларда ўқувчилар диққатсизлигидан эмас,
балки ижтимоий сабаблар билан белгиланади. Ўсмир ўз диққатини тўла
равишда ўзи учун ахамиятли бўлган ва юқори натижаларга эришиши мумкин
бўлган
фаолиятларга
қарата
олади.
Ўсмирнинг диққати
яхши бошқариладиган ва назорат этиладиган даражада ривожланган
бўлиши мумкин. Боланинг ривожланаѐтган ихтиѐрий диққати ўқитувчи
томонидан доимо қўллаб –қувватланиши жуда зарурдир. Педагогик жараѐнда
ихтиѐрсиз диққатни ихтиѐрий диққат даражасига кўтариш учун бир қанча
услублар ишлаб чиқилган. Шунингдек, ўсмирнинг дарс жараѐнида ўз
тенгдошлари орасида ўзини кўрсатиш учун шароитни яратилиши ҳам
ўсмирдаги диққатни ихтиѐрсиздан ихтиѐрийга айланишида замин бўлиб
хизмат қилиш мумкин. Лекин ўсмирлик даврида жуда каттиқ чарчаш
ҳолатлари ҳам бўлади. Айнан 13 –14 ҳамда 16 ѐшларда чарчаш чизиғи кескин
кўтарилади. Бундай ҳолатларда ўсмир атрофдаги нарса ва воқеаларга тўлиқ
диққатини қарата олмайди, диққатнинг кўринишларига ўсмирлик эришиш ва
йўқотиш бўйича тўла қарама-қарши бўлган давр ҳисобланади.
56
Маълумки, ҳар бир боланинг мунособатлари аниқ ишларда кўринади,
мустаҳкамланади ва
қайд этилади. Бола ўзидаги
мустақилликни
шакллантириш учун ўзи мустақил ишларни бажаришга тўғри келади. Лекин
мустақил харакат қилиш учун бола бошқа механизмларга эга эмас. Булар
ўсмирни ўз кучига ички бир ишончни мавжуд эмаслиги ўз олдида турган ва
унинг унинг натижасини аниқ тассавур эта олмаслик каби аломатлардир. Бу
белгилар мана шу ѐшда кишини мустақил харакат қилишга қодир бўлишга
айни холларда теварак атрофдаги кишиларга қарши бориб ўзини хақ
эканлигини қаттиқ туриб ҳимоя қилишга бошқа холларда эса вазиятни
вазминлик билан қабул қилишга дават этади. Кичик ўсмирда ўз-ўзини ҳурмат
қилиш ва ўзини англашни шакллантиришни бир қанча йўллари мавжуд.
Масалан: бу даврда катталарга тақлид қилиш ѐки оилада ўз ҳурматини талаб
қилиш ўз сўзини ўтказиш ўзини ҳурматли обрули катта ѐшли кишини
образига ўхшатиб ривожлатириш кучли бўлади. Уларга бирор сўз ѐки танбеҳ
билан мурожаат қилсангиз у ўзини мустақил фикрлай олиши ва бирор ишни
албатта уддасидан чиқа оладигандек кўрсатади. Ваҳоланки, ҳали ўсмирни
психологик имкониятлари етарли эмас ѐки ривожланмаган катталар
ўқитувчилар ўсмирдаги бу жараѐнни психологик нуқтаи назаридан бахолай
олишимиз унга сохта педагогик юзаки ѐндашмай аксинча унга ўз
имкониятларини ўстиришга ўз
ички
ва
ташқи
қобилиятларини ривожлантиришда йўналтиришимиз муҳим. Ўсмир ѐшдаги
болани биринчи навбатда интиладиган нарсани у ўзини энди кичкина бола
эмас катта бўлиб қолганлигини атрофдагиларга ишонтиришдан иборат. Бу
ѐшда катталар ўсмирларни билиб билмай қўяѐтган камчилик ва хатоларини
кўпчилик ичида уялтириб камситиб қоралаб эмас балки психологик йўл
билан ѐндашган холда ѐрдам бериш уни ―катта бўлиб қолганлик‖ туйғусини
сунгдириб эмас балки катта одам қандай бўлиши ва қандай талабларга жавоб
бериши кераклигини англатиш зарур. Демак, бу ўсмирни тўлақонли психик
ривожланиши учун зарур бўлган ҳаѐтий бир хислат эканлигини билган ҳолда
шу билан боғлиқ салбий ишларни психологик табиатини тўғри тушунмоғи ва
болаларни ўзларини катта ѐшга ўтишларига тўсқинлик қилмаслик аксинча
уларнинг бундай хатти-ҳаракатларини ижобий юзага солиш учун интилиши
керак. Ўсмирларни ўз тенгдошлари билан мулоқотда бўлиши ғоят катта
аҳамиятга эгадир.
Ўз тенгдошлари билан тенглик асосида қилинган муаммолар муносабат
асосида ўсмир алоҳида бир ижтимоий муносабатлар мактабини ўтайди.
Ўзаро қизиқишлар атроф дунѐни бир бирларини биргаликда англашлари ва
тушунтиришлари улар учун жуда қимматлидир. Ўсмирлар учун уй
вазифалари уй ишлари бўйича мажбуриятларни бажаришга қараганда
57
тенгдошлари билан мулоқот қилиш муҳимроқдир. Ўз ишлари сирларини
бола энди ота онасига эмас балки тенгдошига кўпроқ ишонади. У энди
салбий ва ижобий томонларига алоҳида бир урғу бермаган холда ўзи
хохлаган кишиси билан дўст бўлиш хуқуқини талаб этади. Ўз тенгдошлари
билан мулоқот ва муносабат жараѐнида ўз шахсини эркинлик билан тўла
намоѐн эта олади. Ота-оналарнинг ўсмирга шу эркинликнинг бермаслиги ѐки
ўсмирнинг шундай деб билиши натижасида улар ота-онага қарши позитсияда
бўладилар. Шуни алоҳида таъкидлаш лозимки, ана шу мулоқот ва муносабат
асосида ўсмирларда ғурур ҳисси шакллана бошлайди. Албатта ғурур норма
ва қоидалари катталардан ўрганилади лекин ўз ғурурини қандай ҳимоя
қилиши ўсмирларининг алоҳида назоратида бўлади. Улар орасида содиқлик
ва тўғрилик каби хислатлар юқори баҳоланиб Ўсмирлар ўзини ҳурмат
қилишини ўз
фикрини ва
қизиқишини
ҳимоя
килишни
билмаган тенгдошларига жуда паст баҳо берадилар.
Фойдаланилган адабиѐтлар:
1. Ш.Мустафоева ―Ўсмир психологияси. Биз билмаган жиҳатлар‖
Тошкент 2015.
2. The Cambridge Handbook of Personality Psychology// Edited by Philip J.
Corr. Cambridge University Press 2009
3. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. Т.: Ўқитувчи, 2010.
4. Ғозиев Э.Ғ. Педагогик психология асослари. – Т. : ―Ўқитувчи‖, 2000
5. Абдурасулов Р. Мактабда психологик хизмат. – Жиззах, 1999
6. Хурвалиева Т. Мактабда психологик хизматни ташкил этиш. –
авлоний номидаги ХТХҚТМОМИ, 2006
7. Ж.Годфруа. Что такое психология? М. 1999 г. 2-том.
8. Крылов А.А., Маничева С.А. Практикум по общей,
экспериментальной и прикладной психологии.-Спб.: Питер, 2005.-550 с.
9-mavzu: Ta’limdagi psixologik xizmat davomida ta’lim va tarbiyaning
sifatini oshirish
REJA
1. Halq ta`limi tizimida psixologik xizmat, uning maqsadi va
vazifalari.
2. Maktabda psixologik xizmatning tashkil qilinishi va psixologning
o`qituvchi bilan hamkorligi.
3. Psixologiya fanining tadqiqot metodlari haqida tushuncha.
Maktabdagi psixologik xizmat respublika xalq ta`limi tizimidagi
ixtisoslashtirilgan bo`lim bo`lib, uning asosiy vazifasi maktabdagi psixologik
xizmat konstepstiyasi va psixologik xizmat to`g`risidagi nizomga binoan har bir
bolaning psixik va shaxsiy tomondan to`ra rivojlanishiga yordam beradigan
sharoitlarni ta`minlashdan iboratdir. Bunday sharoitlarni yaratmaslik
o`quvchilarning yosh va individual imkoniyatlarini o`z vaqtida ishga solishga
halaqit beradi va psixologik-pedagogik korrekstiya zarurligiga olib keladi.
Maktabdagi psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo`nalishlarini
quyidagicha ko`rsatish mumkin:
a) psixologik oqartuv ishlari;
b) psixoprofilaktika;
v) psixodiagnostika;
g) psixik rivojlanish va psixokorrekstiya;
d) psixologik maslahat;
e) psixologik trening.
a) Psixologik oqartuv ishlari-maktabning pedagogik jamoasini,
o`quvchilarini va ota-onalarini psixologik bilimlarini egallashga jalb etishdan,
o`quvchilar va ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli
ma`ruzalarni uyushtirish lozimdir.
b) Psixoprofilaktika-pedagog va ota-onalarda bolalarning har bir yosh
davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini
tarkib toptirishga va bu bilimlarni bola shaxsining kamol topishi hamda aqliy
taraqqiyotida izdan chiqishi mumkin bo`lgan har qanday imkoniyatlarning o`z
vaqtida oldini olishga qaratilishi lozim.
v) Psixodiagnostika-maktab yoshi davrida psixologik-pedagogik tomondan
chuqur o`rganib, ularning yakka psixologik xususiyatlarini ko`rsatib, mashg`ulot,
o`qish hamda xulq-atvoridagi nuqsonlarning sabablarini aniqlab berishga
qaratilishi lozim.
g) Psixik rivojlanish va psixokorrekstiya;
d) Psixologik maslahat-ishlari o`qituvchilar, ota-onalar, o`quvchilarning
shaxsiy ishlari, kasbi va shu kabi boshqa aniq hayotiy muammolariga yordam
berishga qaratiladi. Maktabdagi psixologik xizmatning asosiy vazifalari-tadqiqot
ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iborat o`nta vazifadan tashkil topadi.
e) Psixologik trening:
Trening boshlanishidan avval trening qatnashuvchilari tomonidan o`zining
chaqiruv (karton qog`ozcha)lari to`ldiriladi, ya`ni treningda foydalaniladigan
ismini yozadi.
Qatnashuvchi o`zini xohlagan ismini, do`stini yoki tanishlaridan birini
ismini, taniqli siyosatchi yoki taniqli san`atkorimi, yoki bo`lmasa sizga yoqqan
mashhur insonning ismimi, kim bo`lishidan qat`iy nazar tanlashda erkinlik mavjud.
Ismi katta harflar bilan aniq qilib yoziladi, chaqiruvchi kiyimi ustiga to`g`nag`ich
bilan shunday qistiriladiki, uni hamma ko`ra olishi va oson o`qiy olishi kerak. Shu
paytdan boshlab, treningda qatnashuvchilar trening davomida bir-birlariga shu ism
bilan murojaat qiladilar. Qatnashuvchilar bir-birlari bilan tanishib olishlari uchun,
rahbar yoki o`yinni olib boruvchi, trener, 3-5 daqiqa vaqt ajratishi lozim.
Xalq ta`limi Vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazi psixologik
xizmatini tashkil etish va boshqarishga muvofiqlashgan markaz tariqasida xizmat
qiladi. bu markaz tarkibida psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 35 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlar bo`lishi zarurdir.
Viloyat xalq ta`limi boshqarmalari, Qoraqalpog`iston xalq ta`limi Vazirligi va
Toshkent shahar xalq ta`limi boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo`limlari
o`z hududlaridagi psixologik xizmatlarni tashkil etish va ularni nazorat qilish
vazifalarini bajaradi. Bu bo`limlar 2-3 kishilik xizmat xodimlariga ega bo`lishi
kerak.
Tuman, shahar xalq ta`limi qoshidagi psixologik xizmat xonalari tajriba
almashish, o`z hududidagi psixologik xizmatlarni birlashtirish vazifalarini bajaradi.
Bunday xonalar 2 kishilik xizmat xodimiga ega bo`lishi zarur.
Bu tizimni amaliy ravishda joriy etish maktablaridagi ta`lim-tarbiya
jarayonini tubdan takomillashtirish imkoniyatini beradi, bu esa mustaqil
O`zbekiston Respublikasining xalq ta`limi haqidagi konstepstiyasi, yangi qonun,
milliy maktablar haqidagi qonuni amalga oshirishni, yanada yaxshiroq ta`minlagan
bo`lur edi.
Kuzatish metodi: bu metod yordamida shaxs va jamoaning turli xil xayot va
faoliyat sharoitida bolaning his-tuyg`usi, hatti-harakat va xulqini tashqi ifodasi
o`rganiladi. Sinchiklab va har tomonlama kuzatish yo`li bilan to`plangan
materiallarni analiz qilish orqali bevosita idrok etish mumkin bo`lmagan turli
psixik komponentlar, tafakkur va tuyg`ular, munosabatlar va motilar aniqlanadi.
Bular bola shaxsi va jamoa psixologiyasining rivojlanishiga oid bo`lgan xarakterli
tendenstiyalarni bilib olishgi, ularni boshqarish yo`llarini belgilashga, bola
shaxsida estetik, axloqiy va psixologik sifatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Kuzatishlar predmetlari psixikaning turli ko`rinishlari: psixik jarayonlar,
psixik holatlar, shaxsning psixik xususiyatlari bo`lishi mumkin. Bu metod darsni
psixologik analiz qilishda, o`quvchiga psixologik-pedagogik xarakteristika tuzish
uchun asosiy materialini olishda yordam beradi. Kuzatish ma`lum dasturda olib
borsagina samarali bo`ladi. Kuzatish hodisalarni yoppasiga kuzatish va tanlab
kuzatish turlariga bo`linadi.
Yoppasiga kuzatganda, ma`lum vaqt ichida hamma psixik jarayonlarning
ifodalanishi qayd qilinadi (darsda, uy vazifasini bajarishda, biror to`garakda
qatnashishda va hokazo).
Tanlab kuzatganda, o`rganilayotgan maqsadga taaluqli narsalargina qayd
qilinadi. Kuzatilganda hodisalarni yozib olish bilan bir qatorda, uni suratga olish,
kinoga olish, ovozni yozib olishdan ham foydalaniladi. Yuqorida aytilganidek,
o`rganilayotgan kishilarning xatti-harakatini tabiiy holda qayd qilish uchun
kuzatilayotganlarga kuzatishni sezdirmaslik kerak.
Kuzatish natijalarini aniq, ob`ektiv miqdor va sifat ko`rsatkichlarida ifodalab
bo`lmaydi. hozirgi zamon psixologik tadqiqotlarda kuzatish yo`li (bilan o`zidagi
psixik) tabiiy eksperiment metodi bilan birlashib ketmoqda.
Psixologiyada o`z-o`zini kuzatish metodidan ham foydalanishadi. Tadqiqotchi
o`z-o`zini kuzatish (metodidan ham foydalaniladi) yo`li bilan o`zidagi psixik
hodisalarni tekshiradi. O`z-o`zini kuzatish metodida kishining ko`rgan va
eshitgani, xis qilayotgani, nimaga qiziqayotgani, nimani xohlayotgani va boshqalar
haqida og`zaki gapirib berish formasidan foydalanish mumkin. O`z-o`zini kuzatish
metodidan odamning psixik xususiyatlarini o`rganish maqsadida qilinadigan
suhbatning tarkibiy qismi sifatida foydalaniladi.
EKSPERIMENT METODI: Bu metod boshqa fanlardagi kabi,
psixologiyada ham asosiy metod bo`lib hisoblanadi. Tadqiqotchi eksperimentini
qo`llash natijasida o`ziga zarur bo`lgan psixik jarayonni ataylab vujudga keltirish
imkoniyatiga ega bo`ladi. Psixik jarayonlar tashqi stimullarning ko`p sonli
xususiyatlari bilan aniqlanadi. Ma`lum qonuniyatni aniqlab olish uchun bir emas,
bir qancha tekshiriluvchilar bilan eksperiment o`tkazish kerak. Agar
tekshiriluvchilar oz bo`lsa, eksperiment natijalari ishonchli bo`lmaydi. Bundan
tashqari. Eksperimentni tashkil qilishda tekshiriluvchilarni tanlash muhim
ahamiyat egadir. Tekshiriluvchilarni tanlashda eng oldin ularning yoshini,
psixologik xususiyatlarini va eksperiment natijalariga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan
tomoni o`quvchining ilgari shu eksperimentda qatnashgan yoki qatnashmaganligini
hisobga olish zarur.
Eksperiment o`tkazganda, tekshiruvchi tajriba bayonini tuzishi kerak.
Bayonnomada tekshiriluvchi haqida umumiy ma`lumot, eksperimentni boshlash va
tamomlash vaqti, eksperimentning nomi, eksperiment ma`lumotlari, eksperiment
vaqtida tekshiriluvchining holati, tekshiruvchining qo`shimcha ogohlantirishi,
tekshiruvchining familiyasi aks ettirilishi kerak. Yuqorida bayon qilingan tarzda
o`tkaziladigan eksperiment laboratoriya eksperimenti bo`ladi. Laboratoriya
eksperimenti ba`zi kamchiliklardan xoli emasdir. Bu kamchiliklar asosan
tekshiriluvchiga tabiiy sharoitdan farq qiladigan laboratoriya-xonaning,
priborlarning, tajriba o`tkazuvchining g`ayri tabiiy ta`sir ko`rsatishidir.
Laboratoriyada o`tkaziladigan eksperimentning kamchiligi yana shundaki, xamma
psixik jarayonlarning ifodalanishini laboratoriya eksperimenti sharoitida
modellashtirib bo`lmaydi. Bunday holat shaxsning turli xususiyatlariga, ayniqsa,
xarakter xususiyatlariga taalluqlidir.
Laboratoriya eksperimentining kamchiliklari tabiiy eksperiment yordami
bilan bartaraf qilinadi. Tabiiy laboratoriya eksperimentidan tajribalarning tabiiy
sharoitda o`tkazilishi bilan farq qiladi (o`yin, dars, mehnat faoliyati va hokazo).
Tabiiy eksperimentning asosiy tomoni tekshiriluvchilarga beriladigan vazifalardir.
Vazifalar faoliyat samaralarini o`rganish va kuzatish jarayonida xal qilinadigan
taxminiy o`rganish natijasida paydo bo`ladi. Har holda, chegaralangan bo`lsa ham,
laboratoriya eksperimentida texnika vositalari ham qo`llaniladi. Tabiiy
eksperimentning alohida ko`rinishi psixologik-pedagogik eksperimentdir. Bu
metodning eng asosiy xususiyati tekshiruvchiga maxsus tayyorlangan o`qitish va
tarbiyaning ta`siri natijasidir. Oldin shaxsning ma`lum xususiyatlarining psixik
jarayonlar tomonidan rivojlantirishning darajasi qayd qilinadi. So`ngra o`rganilgan
shaxs xususiyatini o`zgartiradigan, ularga tarbiyaviy ta`sir qiladigan o`qitish
jarayoni amalga oshiriladi.
Pedagogik eksperimentning oxirgi bosqichi shaxs xususiyatining yangi
darajasini aniqlashdir (diagnostik eksperiment). Shunday qilib, psixologikpedagogik eksperiment o`tkazish, o`qitish va tarbiya jarayonida shaxsning
sifatlarida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakka, psixologik-pedagogik eksperimentning
mohiyati o`quvchilarni shaxsan hamda bevosita o`qitish va tarbiyalash jarayonida
tekshirish predmeti bo`lgan psixik xususiyati aktiv tarkib toptirish jarayonida
o`rganishdan iboratdir.
SUHBAT METODI: Suhbat metodi psixologiyada yordamchi metod
hisoblansa ham, uning ahamiyati kattadir. Suhbat metodi yordami bilan boshqa
metodlar vositasida chiqarilgan xulosalarni chuqurroq bilish va aniqlab olish uchun
turli bosqichlarda, tekshirishning boshida masalani aniqlab olish va uni
oydinlashtirish uchun ishlatiladi. Suhbat metodi savol-javob formasida o`tkaziladi.
Bunda tekshiruvchi savol beradi, tekshiriluvchi esa javob beradi. Savolning
mazmuni tekshirishning konkret vazifalariga qarab belgilanadi.
Suhbatga tayyorlanishda savollarni ifodalashga alohida diqqat qilish kerak.
Agar tekshiriluvchi bilan yaxshi munosabat o`rnata olmasa, o`quvchidan ishonchli
axborot ololmasligi mumkin.
Suhbat shaxsining individual xususiyatlarini o`rganishda keng qo`llaniladi.
Suhbat metodi o`qitish va tarbiyalashning psixologik asoslarini tekshirganda,
qiziqishlari va mayillarini, ideallarini, esda qoldirish xususiyatlarini va hayolini,
shuningdek, qobiliyatini o`rganishda qo`llaniladi.
ANKETA METODI: Bu metod, suhbat metodiga o`xshash, psixologiyadan
yordamchi metod hisoblanadi. Lekin ba`zi paytlarda juda qimmatli natijalar beradi.
Masalan, bu metodni kuzatish bilan birga qo`llanilganda muhim materiallar olish
mumkin.
Odatda anketa savollariga yozma ravishda javob berishni ifodalovchi
metoddir. O`quvchi savollarga shaxsan yoki pochta orqali javob berish mumkin.
Bu metoddan foydalanganda, savollar mazmunini aniq ifodalash va to`g`ri
ta`riflash katta ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, anketani to`g`ri to`ldirish
uchun zarur tushuntirishlar berilishi, to`plangan materiallarni son va sifat jihatidan
sinchiklab o`rganish, bu materiallarni statistik ishlar muhimdir.
Anketa metodining ijobiy tomonini o`z hajmiga ko`ra ko`p materiallar olish
mumkinligi va shu asosda chiqarilgan xulosalarning to`g`riligidadir. Bu metodning
asosiy kamchiligi olingan javoblarni real borlik bilan va javob beruvchining xattiharakati bilan bog`liqligini aniqlashning mumkin emasligidir.
MATEMATIK-STATISTIK METOD: Keyingi yillarda psixologiyada
olingan materiallar matematik-statistik miqdoriy analiz qilish metodidan
foydalanish qo`llanilmoqda. Bu metod psixologiyadan matematik-apparatni
qo`llashni taqozo qiladi. Matematik apparatni qo`llash deganda, birinchi marta
qabul qilingan gipotezani tasdiqlash imkoniyatini beradigan, hosil qilingan
xulosalarning inobatda ekanligiga ishonch tug`diradigan turli statistik usullarni
qo`llash va ehtimollik nazariyasi qoidalarini qo`llashni tushunamiz.
Shuni esda tutish kerakki, o`qitish va tarbiyalashning psixologik vazifalarini
hal qilishda yuqoridagi metodlardan birgalikda foydalanishgandagina to`liq va
ishonchli natijaga erishish mumkindir.
Hozirgi vaqtda pedagogik-psixologiyaning aniq ilmiy tekshirish vazifasiga
ega bo`lgan sohalari bor. Bularga, birinchi navbatda, maktabda predmetlarni
o`qitishning psixologik asoslarini kiritish mumkin.
Masalan: o`qitishning psixologik asoslaridan quyidagilarni ajratish mumkin;
1. Ona-tilini o`qitishning psixologiyasi. Pedagogik psixologiyaning bu
bo`limi ona tilidan bilim, iqtidor, malakalar hosil qilishning eng samarali usullarini
topish masalalarini hal qiladi. Bu soha va yozish o`qitishga o`rgatishning
orfografiya va grammatika o`rganishning psixologik asoslari masalalari ham
kiradi.
2. Chet tili o`qitishning psixologiyasi. Bu bilim chet tilidan og`zaki
gapirishga, yozma nutqqa, o`qishga o`rganish va tarjima qilish masalalarini o`z
ichiga oladi.
Bundan tashqari, bu bo`limning vazifasiga chet tilini o`qitish jarayonida
o`quvchilarning individual ongini o`rganish va shu asosda tushunchalar sistemasini
tuzish, bu sistemalar yordami bilan o`qituvchi chet tilini o`qitish jarayonini anglab
olishi zarur bo`lgan psixologik masalalarini o`rganish ham kiradi. Chet tilini
o`rganishning psixologik asosini o`rganish, chet tili darslarining materiallarini
o`zlashtirishni osonlashtirishni va fikr almashtirish quroli, kommunikativ aloqa
quroli bo`lgan tilni yaxshiroq tushunish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari test
metodi, egzaklar metodi, geografik metodi, sostiometrik metodi, tematik proektiv
metodi kabi metodlar mavjud, lekin psixologiyada asosan ko`pincha kuzatish va
tajriba metodidan foydalaniladi. Suhbat va anketa metodi, ularga qo`shimcha
ravishda psixologik test metodlaridan foydalaniladi.
ADABIYoTLAR.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
Karimov A. I. Yuksak ma`naviyat –engilmas kuch T. “Manaviyat”, 2008 y.
“O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat
to`g`risida”gi muvaqqat Nizom –Toshkent, 2002 yil 1 avgust
O`zbekston Respublikasining “qadrlar tayyorlash milliy dasturida” gi
qonuni. T., 1997.
Karimov. I.A. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.,
O`zbekiston. 1997.
Asadov Y.M, Burxanov Yu. Olti yoshli bolalarning maktabga psixologik
moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o`rganish bo`yicha tavsiyalar
“Ma`rifat”, 2001 yil 1 dekabr
Abdurasulov.R. Maktabda psixologik xizmat. - Jizzax. 1999y
Xurvalieva T. Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish.-A.Avloniy
nomidagi XTHQTMOMI, 2006y
Davletshin. M. Psixologiyadan asosiy tushunchalar.-T., 1997.
Umumiy psixologiya. Petrovskiy A.V. tahriri ostida.-T., 1992.
Umumiy psixologiya, Dastur.-T., 1999.
Umumiy psixologiya. M.G.Davletshin., S.M.To`ychieva.-T., 2002.
O`qituvchilarga psixologik yordam beruvchi o`yin va mashqlar.
Matmuratova. N.B. (o`quv.met.qo`l. T., 2006.)
G`oziev.E./ Psixologiya. 1994.
9-1-мавзу: Психологик хизматни ташкил этишнинг ҳозирги ҳолати
ва хориж тажрибаси
РЕЖА:
1Психологик хизматнинг келиб чиқиш тарихи
2.
Халқ таълими тизимида психологик хизматни ташкил этиш
ва ривожлантиришнинг ҳозирги долзарб масалалари ва хориж
тажрибаси
Таянч иборалар: психологик хизмат, психологик маърифат ва
ташвиқот, психологик профилактика, психологик диагностика, психологик
коррекция ва ривожлантириш,
психологик маслаҳатлар,
касб-ҳунарга
йўналтириш, амалиётчи психолог.
1. Психологик хизматнинг келиб чиқиш тарихи
Инсон психологиясини тушуниш, таҳлил қилиш, ривожлантиришга
жиддий эътибор бериш масаласи ҳамма замонларда ва ҳамма давлатларда
ҳам ижтимоий-иқтисодий тараққиѐтнинг етакчи вазифаларидан бири бўлиб
келган.
XX аср бўсағасида психология фани ва унинг илғор вакиллари
ўзларининг навбатдаги жаҳоншумул илмий мақсадлари – инсонга, айни
пайтда, жамиятга психологик хизмат кўрсатиш тизимининг муқаррарлигини
назарий-илмий жиҳатдан асослаб беришга муваффақ бўлдилар.
Умуман, психологик хизмат кўрсатиш муаммоси маълум маънода,
илмий психологиянинг етакчи йўналишларидан бири сифатида кўп бор
мунозаралар манбаи бўлган. Бу ҳақда дастлабки психологик тасаввурлар
макони бўлмиш Ҳиндистон, Хитой, Египет, Вавилон, Ўрта Осиѐ, Грециядан,
шунингдек, жон (руҳ) ҳақидаги китобнинг муаллифи Аристотелдан ҳамда
темперамент (мижоз) таълимотининг асосчилари Гален, Гиппократ ва Абу
Али ибн Синолардан тортиб, то ҳозирга қадар психологлар ўз фикрмулоҳазаларини билдириб келмоқдалар.
Тарих ва
ижтимоий ҳаѐт тамойиллари
шуни кўрсатмоқдаки,
жамиятнинг ҳар томонлама ривожланиши ва унда юксак даражадаги ҳаѐт,
турмуш тарзининг қарор топтирилиши, аввало ҳар бир фолият кўрсатувчи
шахсдаги ўзига хос психологик салоҳиятнинг не чоғлик тўла-тўкис намоѐн
этилаѐтганлиги билан белгиланади. Зеро, ҳар бир мамлакатнинг порлоқ
келажагини одамлардаги ижодий, интеллектуал ва маънавий тараққиѐт
йўлига хизмат қилувчи давлат механизмисиз тасаввур қилиб бўлмайди. Шу
боисдан бўлса керак, ҳозирги кунда барча ривожланган, ривожланиш
йўлидан бораѐтган мамлакатлар биринчи галда ўз фуқароларининг маънавий,
интеллектуал, жисмоний, руҳий баркамоллигига ва ундан ижтимлий
манфаатлар учун самарали фойдаланиш йўлларини излашга жиддий
эътиборни қаратмоқдалар. Шу нуқтаи назардан, ҳар бир мамлакатда инсон ва
унинг фаолияти ўртасидаги уйғунликни таъминлашга қаратилган ижтимлийпсихологик хизмат тизимининг жорий этилиши айниқса, алоҳида аҳамият
касб этади.
28
Биринчи президентимиз ўзининг Ўзбекистоннинг бугунги истиқлол ва
истиқбол йўлини ифодаловчи бошқа қатор маърузалари, асарларида ҳам
иқтисодиѐт билан маънавият, инсон руҳиятининг баркамоллиги, ҳаѐтнинг
ўзаро ажралмас, бир-бирини тўлдирадиган, ўзаро таъсир, акс таъсир этадиган
муҳим омиллари эканлигини, айни пайтда бугунги иқтисодий ўнгланиш,
иқтисодий тикланиш, иқтисодий ривожланишни, маънавий ўнгланиш,
маънавий покланиш, маънавий юксалиш ҳаракатлари билан тамомила уйғун
бўлишини таъминлашнинг муқаррар ижтимоий эарурат эканлигини қайтақайта таъкидлайди. Бу вазифаларнинг бажарилиши эса ҳар бир шахс ва унинг
фаолиятини бугунги ижтимоий-иқтисодий тараққиѐт тамойиллари қўйган
талаблар асосида қарор топтиришга кўмаклашувчи психологик хизмат
жараѐнининг муваффақиятли татбиқ этилишига ҳам боғлиқ эканлиги
шубҳасиздир.
Зеро, шахс ва
унингфаолиятини
ҳар томонлама
ривожлантириш муаммосига психологиянинг амалий-татбиқий йўналишлари
асосида
ѐндашиш зарурлиги ҳақида кўпгина
олимлар ўз
фикр-мулоҳазаларини билдирганлар ҳамда билдириб келмоқдалар.
Айниқса, И.В.Дубровина, Х.Й. Лийметс, Ю.Л.Сиэрдларнинг кўп йиллик
тадқиқотлари
натижаси ўлароқ,
умумтаълим
мактабларида психологик хизматнинг жорий этилиши бу борадаги
МДҲ мамлакатларида қўйилган илк қадам эканлигини алоҳида қайд этиш
мумкин.
Қолаверса, ўзбек олимларидан
Э.Ғ.Ғозиев, М.Г.Давлетшин,
Ғ.Б.Шоумаров,
Б.Р.Қодиров, Р.З.Гайнутдинов,
В.М.Каримова,
Н.А.Соғиновларнинг ҳам Ўзбекистон ўрта, умумтаълим мактаблари ва оила
тизимларида психологик хизматни жорий этиш борасида олиб бораѐтган
қатор назарий-илмий ва амалий-услубий ишлари
Республикамизда
психологик хизматни жорий этиш ва ривожлантириш учун маълум даражада
асос бўлмоқда.
Психологик хизмат АҚШда 1800 йиллардан бошлаб ривожлана
бошлади. АҚШнинг амалиѐтчи психологлари ўз-ўзини тарбиялаш
муаммосини ўрганган эксперементал психологлар эдилар. Америка
мактабларида ақлий тараққиѐт коэффицентини аниқлаш кенг тарқалиб,
кейинчалик ―Гайденс‖ хизматининг ривожланишига олиб келади.
Француз мактаб психологиясининг отаси Альфред Бине бўлиб, у бу
соҳада 1894 йилдан бошлаб иш бошлаган. 1905 йилда Франция таълим
вазирлиги Бинега умумий дастур бўйича ўқий олмайдиган болаларни
текшириш муаммоси билан мурожаат қилади ва шу ақлий тараққиѐтда
орқада қолган болаларни ажратадиган Бине-Симон тести яратилади.
1990 йилда Францияда мактаб психологик хизмати ташкил этилади.
1970 йилда Францияда психологик-педагогик ѐрдам гуруҳлари психологик
хизматнинг асосий турини ташкил этади. Бундай гуруҳлар мактаб
психологияси бўйича бир мутахассис, таълим психологияси бўйича бир
мутахассис, психомотор ривожланиши бўйича бир мутахассисни ўз ичига
олади. Бундай бригада 800-1000 ўқувчига хизмат қилади, бир мактабда
жойлашиб, бир неча мактабда хизмат қилиши мумкин.
29
1985 йилда Франция педагогик психологларининг функциялари аниқлаб
берилди. педагогик психолог шахснинг ҳар томонлама ривожланиши учун
қўлидан келган барча ишларни қилиши керак, бунда у бу ишларни
ўқитувчиларни ва ота-оналарни ҳам жалб этиши мумкин. Педагогик
психолог ўз ишида лозим топса, мактаб ва оила тарбиясига қарши чиқиши
мумкин, деб махсус таъкидлаган.
Кўпчилик Шарқий Европа мамлакатларида мактаб психологик хизмати
туман ѐки вилоят психологик-педагогик марказлари шаклида ташкил
этилган. Масалан, 1980 йилда Чехословакияда тарбия масалалари бўйича
модда мактаб тўғрисидаги қонунга киритилди. Психологик хизматнинг
асосий
мазмуни-соғлом шахснинг ўсишини таъминлаш,
шахс
ривожланишидаги турли қийинчиликларни коррекция қилиш, касб танлаш
муаммоларидир.
Чехословакиядаги психолог маслаҳатчининг асосий
функцияси
психодиагностик фаолиятдан иборатдир.
Собиқ совет психологиясида болалар
тарбияси ва
таълимида
психологиядан фойдаланиш борасида уринишлар педалогия доирасида
вужудга келди. Педалогия ривожланаѐтган ва ўсаѐтган шахснинг барча
биологик ва ижтимоий хусусиятларни қамраб олувчи фандир. 1936 йилда
педалогик қарашларни тўхтатиш ҳақида қарор қабул қилинди, шу билан
бирга совет психологлари амалга ошираѐтган бола психологиясидаги ижобий
изланишлар ҳам тўхтаб қолди. Фақат 60 йилларнинг охирига келиб,
психологларнинг мактаб ишида амалий иштирок этиши қайта тикланди.
Эстон психологлари
―тарбияси қийин‖
ўсмирлар учун махсус
мактабларда иш олиб борадилар. 1984 йилда Москвада СССР ФА психология
институтида
―СССР да
психологик
хизмат
муаммолари‖
бўйича
I умумиттифоқ анжумани бўлиб ўтади. Анжуманда
мактабда психологик хизмат секцияси ҳам иш олиб боради.
Собиқ совет Иттифоқида биринчи бўлиб Эстонияда 1975 йилда мактабда
психологик хизмат ташкил этилди, раҳбари Х.И.Лийметс, Ю.Л.Сиэрд бўлиб,
тарбияси қийин ўсмирлар учун махсус мактабларда иш олиб борадилар.
Россияда 1982 йилда мактабларда психолог штати очилди.
1989 йилда Ўзбекистонда амалиѐтчи психологларнинг етишмаслиги
сабабли Низомий номли ТДПУ да амалиѐтчи психологлар тайѐрлаш
факультети очилди. Ушбу муассасада ижтимоий амалиѐтнинг барса соҳалари
сингари таълим тизими учун ҳам психолог кадрлар тайѐрланади.
2.
Халқ таълими тизимида психологик хизматни ташкил этиш
ва ривожлантиришнинг ҳозирги долзарб масалалари ва хориж
тажрибаси
Мамлакатимизда узлуксиз таълим
тизимини мунтазам
такомиллаштириб бориш жамиятимизнинг ижтимоий-иқтисодий ва илмийтехникавий тараққиѐти истиқболидаги вазифаларни амалга ошириш учун энг
зарур омил ҳисобланади.
Юртимизда
юз
бераѐтган
улкан
ўзгаришлар
барча
соҳаларга, шунингдек,
таълим жараѐнига ҳам ўз таъсирини ўтказмоқда.
Таълим
30
жараѐнида шахсни камол топтириш шарт-шароитларини яратиш таълим
муассасаларида ишларни тўғри ташкил этилганлиги бевосита психологик
хизматни тўғри ташкил этишга ҳам боғлиқдир.
Таълим
тизимида психологик хизматнинг ташкил
этилиши
тарбияланувчи,
ўқувчининг
индивидуал-психологик
хусусиятларини ўрганиш асосида унинг шахси ҳар томонлама камол топиши,
ҳам маънавий, ҳам ақлий ривожланиши, ўзлигини англаши ва
қобилиятларини намоѐн этиши учун тегишли таълим-тарбиявий ҳамда
маънавий-руҳий шароитлар яратишни назарда тутади.
Халқ таълими тизими
муассасаларида болалар
ва
ўқувчиларни
психологик-педагогик
қўллаб-қувватлаш
хизмати
"Таълим тўғрисида", «Бола хуқуқларининг кафолатлари тўғрисида»ги
қонунлари, Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури, Ўзбекистон Республикаси
Президентининг 2017 йил 14 мартдаги ПК-2833- сонлиқарори
билан
тасдиқланган "Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва
жиноятчиликка қарши курашиш бўйича 2017-2018 йилларга мўлжалланган
дастури"ининг
23-бандига мувофиқ ҳамда Ўзбекистон Республикаси
Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140-қарори
билан
тасдиқланган умумий ўрта
таълим тўғрисидаги Низом талаблари
асосида ташкил этилади ва Халқ таълими тизимининг муҳим қисми
ҳисобланади.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Ўзбекистон Республикаси
Халқ таълими вазирлиги фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида‖ 2017 йил
30 сентябрдаги ПҚ-3304-сон қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси
Халқ таълими вазирлигининг Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш ва
психологик-педагогик ташхис маркази тузилмаси тасдиқланган.
Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий сиѐсатида шахс манфаатлари
ва таълим устуворлиги, узлуксиз таълим жараѐнида миллий ўзликни англаш,
миллий ва умумбашарий қадриятларни ўзлаштириш, баркамол инсонни
шакллантириш, инсоннинг конституциявий хуқуқларидан бири - таълим
эҳтиѐжларининг қондирилиши жараѐнида ўқувчининг қобилиятларини,
имкониятларини, ўзига хос хусусиятларини ўрганиш, йўналтириш ва
ривожлантириш мақсадида мактабгача таълим муассасалари, умумий ўрта
таълим мактаблари, махсус таълим муассасаларида психологик хизмат жорий
этилади.
Таълим
муассасаларида жорий
этиладиган психологик хизмат
мазмуни, психологларнинг иш кўлами ва мазмуни Ўзбекистон Республикаси
Халқ таълими вазирлиги, Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш ва
психологик-педагогик республика ташхис Маркази, Республика илмийметодик ташкилотлари, вилоят, туман, шахар халқ таълими бошкарув
органлари, малака ошириш институтлари томонидан ишлаб чиқилган
меъѐрий ҳужжатлар, тавсияномалар, йўриқномалар, методик қўлланмалар
билан белгиланади.
Республика ташхис маркази халқ таълими тизимидаги психологик
хизматга умумий раҳбарлик қилади ва психологик хизмат фаолияти
йўналишида қуйидагиларни амалга оширади:
31
психологик хизмат фаолиятини белгиловчи ва тартибга солувчи меъѐрий
хужжатларни ишлаб чиқади ва ўрнатилган тартибда тасдиқлаш учун Халқ
таълими вазирлигига киритади;
Қорақалпоғистон Республикаси ХТВ, вилоятлар ва Тошкент шаҳар халқ
таълими бошкармалари таркибидаги ўқувчиларни касбга йуналтириш ва
педагогик-психологик диагностикасини методик
таъминлаш кичик
гуруҳлари психологлари бевосита Республика ташхис маркази директори
томонидан (ѐки Республика ташхис маркази директори билан келишилган
холда) тайинланади ва вазифасидан озод килинади;
халқ таълими тизимидаги психологик хизматнинг ташкил этилиши
маниторингини олиб боради,
фаолияти самарадорлигини ўрганади,
аниқланган камчиликларни бартараф этиш бўйича тавсиялар ишлаб чиқади;
психологик хизматни амалга ошириш ва ўқувчиларни касб-ҳунарга
йўналтириш бўйича илғор маҳаллий ва хорижий тажрибаларни ўрганади ва
оммалаштиради, таълим амалиѐтига жорий этади;
психологик хизмат
соҳасидаги инновацияларини
психологлар
фаолиятига тадбиқ этиш ва уни янада такомиллаштириш бўйича тадбирлар
белгилайди ва амалга оширади;
психологик хизматни такомиллаштириш муаммолари, хусусан болалар
ҳуқуқлари, саломатлиги мухофазаси, ижтимоий ҳимояси ва мослашуви,
ўсмирлар ўртасида ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш бўйича республика
илмий-амалий конференциялари ва семинарларини ташкил этади;
психологларнинг малака оширишлари, аттестациядан ўтказилиши,
уларга белгиланган тартибда малака тоифалари берилиши мониторингини
ташкил этади ва амалга оширади;
психологик хизматнинг ташкил этилиши ва фаолияти самарадорлиги
бўйича Қорақалпогистон Республикаси ХТВ, вилоятлар ва Тошкент шаҳар
халқ таълими бошқармалари таркибидаги ўқувчиларни касбга йуналтириш ва
педагогик-психологик диагностикасини методик
таъминлаш кичик
гуруҳлари ҳисоботларини кўриб чиқади ва таҳлили натижаси бўйича
тегишли қарорларни қабул қилади;
психологик-педагогик йўналишда таълим муассасалари фаолиятини
такомиллаштириш юзасидан таклифларни ишлаб чиқади ва Халқ таълими
вазирлиги раҳбариятига киритади;
шахснинг ҳар томонлама шаклланиши ва уйғун ривожланиши,
ўқувчиларни узлуксиз касб - ҳунарга йўналтириш вазифаларидан келиб
чиққан ҳолда психологик хизмат самарадорлигини оширишда ахборот ва
илмий - методик таъминотини йўлга қўяди;
психологлар амалиѐтда қўллашлари учун ўқувчиларни психологикпедагогик ташҳисдан ўтказиш методикаларини (анкеталар, тестлар,
сўровномаларни), касб-ҳунарга йўналтириш дастурлари ва методикаларини,
шунингдек, психопрофилактика дастурларини, психологик тренингларни,
тегишли методик тавсияларни тажриба-синовдан ўтказади ва шароитга
мослаштиради;
32
психологик хизматининг фаолиятига оид услубий материалларни
яратилиши ва амалиѐтга жорий этилиши Республика ташхис маркази
ҳузуридаги жамоатчилик асосида ташкил этиладиган Илмий-Методик
Кенгаши томонидан мувофиқлаштирилади. Кенгаш таркиби манфаатдор
вазирлик ва идоралар билан келишган ҳолда уларнинг вакилларидан
шакллантирилади ва халқ таълими вазири томонидан тасдиқланади.
Республика ташхис маркази ҳузуридаги жамоатчилик асосида ташкил
этилган Илмий - Методик Кенгаш ўзининг Низомида белгиланган асосий
вазифалари ва ваколатлари доирасида фаолиятини олиб боради.
Ҳозирги
кунда амалиѐтчи психолог фаолиятида қуйидаги
йўналишларни кўриш мумкин, булар:
амалиѐтчи психолог фаолияти йўналишлари
психологик
маърифат
ва
ташвиқот
псих
ологик
диагности
ка
психо
логик
профилакт
и-ка
психо
логик
коррекция
ва
ривожлант
и-риш
психо
логик
маслаҳат
Назорат саволлари:
1. Психологик хизматнинг ривожланиш тарихини айтинг?
2. Психологик хизмат тизими қайси тартибда ташкил этилади?
3. Психологик хизматнинг мақсад ва вазифаларига нималар киради? 4.
Психологик хизматнинг асосий йўналишларига таъриф беринг?
Адабиѐтлар рўйхати:
1. Anne Anastasi, Susana Urbina. PsychologyTesting.-Prentice-Hall
International, Inc.2000.Р 24-25
2. Henry Kellerman, PH.D. Anthony Burry, PH.D. Handbook of
Psychodiagnostic Testing. - Springer Science_Business Media, LLC.2007.
3. Elizabeth A. Styles. The psychology of attention. This edition published in
The Taylor & Francis e-Library, 2005.-232 p.
4. Mаyers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910
p.
5. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5th
Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608 p.
33
6. The Cambridge Handbook of Personality Psychology// Edited by Philip J.
Corr. Cambridge University Press 2009
7. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. Т.: Ўқитувчи, 2010.
8. Ғозиев Э.Ғ. Педагогик психология асослари. – Т. : ―Ўқитувчи‖, 2000
9. Абдурасулов Р. Мактабда психологик хизмат. – Жиззах, 1999
10. Хурвалиева Т. Мактабда психологик хизматни ташкил этиш. –
авлоний номидаги ХТХҚТМОМИ, 2006
11. Ж.Годфруа. Что такое психология? М. 1999 г. 2-том.
12. Крылов А.А., Маничева С.А. Практикум по общей,
экспериментальной и прикладной психологии.-Спб.: Питер, 2005.-550 с.
PSIXOLOGIK XIZMAT TUZILISHI VA UNI BOSHQARISH
Psixologik xizmatning asosiy vazifasi-tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va
tashviqot ishlridan iborat 3 ta vazifadan tashkil topadi.
Ilmiy tadqiqot vazifalari - o’quvchilar shaxsning shakllantirishning muhim
muammolarini, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o’quvchilar bilan
o’qituvchilar, maktab psixologlari, maktab psixologlar bilan o’qituvchilar
o’rtasidagi o’zaro ta’sirni hamda maktab psixologning etikasini o’z ichiga oladi.
Amaliy vazifalar - psixologik tadqiqotni natijalarini amalda psixologik
xizmat ishida qo’llab, bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash,
o’quvchilrning o’qish faoliyatini osonlashtirish, o’quvchi shaxsini har tomonlama
kamon toptirish, o’quvchilarnig qobiliyat va moyilliklarini aniqlash va
rivojlantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib
borish, turli xildagi «qiyin» bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal
qilishdan iboratdir.
Tashviqot ishlari – psixologik bilimlarni, psixologik umumta’lim tashviq
qilib, o’quvchilarning psixologik bilimlarini oshirish, ota-onalar uchun seminarlar,
ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, anjumanlar o’tkazishdan iborat.
Bu sharoitlarning barchasiga alohida to’xtalamiz:
Kichik maktab yoshida insonning maqsadli yo’nalishi ta’lim va tarbiyasi
amalga oshiriladi. Xuddi shu yosh psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi, harakatning
ichki rejasi, faol aqliy faoliyatga ehtiyoj, o’quv ko’nikma va malakalarini egallash
uchun juda qulay yoki senzitiv yosh hisoblanadi. Boshqa so’zlar bilan aytganda,
kichik maktab yoshining oxiriga kelib bola o’qiy olishi va o’qishni istashi kerak.
Ta’limning keyingi bosqichlarida vujudga keladigan barcha muammolar
(o’zlashtira olmaslik, maktabga borishni istamaslik) yoki bolaning o’qiy
olmasligiga yoki bolaning o’qiy olmasligiga yoki o’qishga qiziqmas bo’lganligiga
bog’liq bo’ladi.
Boshlang’ich sinflarning oxirida u yoki predmetga qiziqish borliqqa, bilish
jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi. Faqat bir predmetiga chuqur qiziqish
ham o’quvchilarning umumiy rivojlanishiga turtki bo’ladi. Agar boshlang’ich
sinflarda o’qishga qiziqish shakllantirilmagan bo’lsa, undan keyingi yosh
davrlarida bu juda qiyin bo’ladi, ikkinchidandan yetarli darajada
shakllantirilmagan o’quv faoliyati o’smirlik davrida yangi tuzilmalarning paydo
bo’lishiga to’siq bo’ladi.
Maxsus o’tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, boshlang’ich sinf
o’quvchilaridan yorqin individual farqlarni ko’rish mumkin. Bu ular o’quv
faoliyatida ko’zga tashlanadi. o’quv faoliyatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining
umumiy va maxsus qobiliyatlari birinchi o’rinda turadi. Tajriba o’tkazilgan
bolalarning 80 %ida qandaydir souvaffaqiyatga erishilgan. SHunday qilib, maxsus
qobiliyatlarni o’quvchilar individual farqlarning asosi sifatida karab, o’quv –
tarbiya ishlarida ularni hisobga olish zarur. o’quvchilarning shaxsiy va psixik
rivojlanishida umumiy maxsus qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. o’quvchi
qiziqishlari va qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik rivojlanganligidan qat’iy
nazar umuman shaxsning shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik
xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday yaratishda bolalarning
kattalar va tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi. o’smirlarning
tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muxim omil
hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shundaay ichki noqulaylikka, o’zini
yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o’rnini hayotning boshqa sohalaridagi
hech qanday ko’rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o’smirlar tomonidan muhim
jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni,
kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni
tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. o’smirda xuddi shu
tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoi yetukligining muhim ko’rsatkichi
bo’lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi.
Ularda asosan muloqot - qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh
tengdoshlari orasida o’zini ko’rsatishga intilish, o’zini va suhbatdoshini yaxshiroq
bilishga intilish, atrof muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan
olinishi, o’ziga ishonish, xatti - harakatlarining mustahkamligi va yuksak
ummumiy madaniyat, o’z fikriga ega bo’lish, mustahkam iroda, o’z-o’zini nazorat
qilish, halollik, ko’ngilchanlik kabi qadriyatlar sistemasining yuzaga kelishiga
sabab bo’ladi. U yoki bu sababga ko’ra tengdoshlari bilan muloqot
shakllanmagano’smirda yoshiga nisbatan shaxsning taraqqiyotida orqada qolish
kuzatiladi.
O’smir shaxsining shakllanishida tengdoshlari bilan muloqotning rolini
kamaytirmagan holda, ba’zan bu muloqotga katta ahamiyat berilishi ta’kidlash
joiz. Tendoshlari bilan mudloqotilik – ontogenezning barcha bosqichlarida
bolaning shaxsiy va psixik rivojlanishida muhim hisoblanadi, lekin bola «normal»
/axloqan tarbiyalanagan/ katta kishilar bilan muloqotda bo’lgandagina u o’z
funksiyasini bajaradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda tengdoshlari orasida
shakllangan qadriyatlarni tushunish va nazorat qilish ro’y beradi. Xuddi shu
kattalar bilan mulokotda jamiyat uchun xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni va
qadriyatlarni o’zlashtiradi.
Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, o’smirlik va o’spirinlik davrida
kattalar bilan norasmiy ishonchga asoslangan mulokotga ehtiyoj bu davrda paydo
bo’lgan yangi psixologik tuzilmalardan biridir.
Hozirgi maktablarda o’quvchilarning kattalar, tengdoshlari bilan to’liq
muomala muloqotni ta’sminlaydigan psixologik sharoitlar yaratilmagan. SHu
sababli o’quvchilarda maktabga, o’qishga salbiy munosabat, o’ziga, atrofdagi
kishilarga nisbatan noto’g’ri munosabat shakllanadi. Bunday sharoitda shaxsning
rivojlanishi va unga mahsuldor ta’lim berish mumkin bo’lmay qoladi. SHuning
uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish, o’quvchilar va kattalar o’rtasida
qiziqarli muloqot uchun imkoniyat yaratishga amaliyotchi psixologlar, sinf
rahbarlari, o’qituvchilar, ota-onalar intilishlari lozim.
Psixologik tashviqot ishlari teleko’rsatuv va radioda chiqish, yakkama-yakka
maslahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan iboratdir.
Psixologik xizmatning uchchala vazifasi o’zaro chambarchas bog’liq,
ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq.
Maktabdagi psixologik xizmat o’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
Vazirligi tomonidan tashkil etilib - quyidagi tartib va darajaga egadir:
1. YUqori darajada – psixologik xizmat vazifalarini aniqlash, uning
xujjatlarini tartibga keltirish Respublika xalq ta’limi Vazirligi qoshidagi psixologik
xizmat markazining buyurtmasiga binoan yuqori malakali psixologlar (pedagogika
institutlarida universitetlarining psixologiya kafedralari) tomonidan amalga
oshiriladi.
2. O’rta darajada – mazkur xujjatlar tomonidan hali hisobga olinmagan yangi
masalalarini amaliy ravishda hal etish-psixolog mutaxassislar /xalq ta’lim Vazirligi
qoshidagi maktab psixologik xizmati markazi/ tomonidan amalga oshiriladi.
3. Asosiy ommaviy darajada – psixologik xizmatning kundalik vazifalarini
amalga psixologik xizmat haqidagi qonun va qoidalarga binoan psixologik jihatini
to’g’ri hal qilish. Bu ish amaliyotchi psixologlar (maktab psixologi), viloyat xalq
boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo’limlari, nohiya, shahar xalq ta’lim
bo’limlari qoshidagi psixologik xizmat (bo’limlar) xonalari, maktab, maktabgacha
tarbiya muassalari, kasb hunar kollejlaridagi amaliyotchi psixologlar tomonidan
amalga oshiriladi.
Maktab psixologi maxsus tayyorgarlikka ega bo’lishi (pedagogika
institutlarining amaliyotchi psixologlar tayyorlaydigan maxsus kurslarini,
universitet va institutlarning psixologiya fakultetlarini bitirgan) bo’lishlari
kerak.
Psixologik xizmatning tuzilishini quyidagi sxema tarzida tavsiya etish
mumkin.
Kollej, litseydagi psixologlar direktorga va boshhqarmaga bo’ysunadi. Kollej,
litsey direktorlariga psixologik xizmat haqidagi qonunda ko’rsatilgan vazifalar
bilan bog’liq bo’lmagan vazifalarni kollej psixologiga topshiriq tariqasida
berishlariga ruhsat etilmaydi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi
psixologik xizmatni tashkil etish va boshqarishning muvofiqlashtirilgan markaz
tariqasida xizmat qiladi. Bu markazning psixologlar, pedagoglar va tibbiy
xodimlardan iborat 3 - 5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlari bo’lishlari zarur.
Viloyat o’rta maxsus ta’lim boshqarmalari Qoraqalpog’iston o’rta maxsus
ta’lim Vazirligi va Toshkent shahar o’rta maxsus ta’lim boshqarmasi qoshidagi
psixologik xizmat bo’limlari o’z hududlaridagi psixologik xizmatlarini tashkil etish
va ularni nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
a’lim sifatini oshirishda boshqaruv tizimining ustuvorligi
1.Maktabda boshqaruv tizimini takomillashtirishning ta’lim sifatini
ko’tarishga o’zaro ta’siri
2.Prezidentimiz tomonidan ta’limda boshqaruv tizimini takomillashtirishga
qaratilgan chora - tadbirlar
3.Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ―Ta‘lim to‘g‘risida
gi qonunlarni amalga oshirish, talim tizimi oily o‘quv yurti hamda maktab
isloxotida belgilangan ulkan vazifalarni bajarish ta‘lim tarbiya sifatini yaxshilash
pedagogik jarayonni boshqarish va idora qilish, o`quvchilar jamoasi faoliyatini
yo‘lga qoyish va rahbarlik qilish shu kundagi tarbiya texnologiyasini amalga
oshirish ota-onalar va jamoatchilikni tarbiya ishlariga jalb etish va ular bilan yaqin
hamkorlik o`rnata olish o‘qituvchi oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardir. Bu
vazifalarni muvoffaqiyatli hal etish o`qituvchi kadrlar tayyorlashning g`oyaviy,
siyosiy, professional darajasini yuqori ko`tarishni talab qiladi. Talim tizimi
sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali har tomonlama
barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng
asosiy konstitutstiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon
etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi
ro‘yobga chiqariladi.Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun umumiy o‘rta va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta‘limi standartlari orqali sifatli ta‘lim olish, shuningdek ta‘lim va kasbhunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka
oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqini
va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.Ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi sifatida
shaxsga davlat ta‘lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rish kafolatlanadi.
Ta‘lim olish jarayonida shaxs davlat ta‘lim standartlarida ifoda etilgan talablarni
bajarishi shart.Shaxs ta‘lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka
darajasini olgach, ta‘lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat
ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi va tajribasini o‘rgatishda
ishtirok etadi.
Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlar
asosida ta`minlanadi va quyidagi ta‘lim turlarini o`z ichiga oladi.
- Maktabgacha ta`lim.
- Umumiy o`rta ta‘lim.
- O`rta maxsus kasb-hunar ta‘limi.
- Oliy ta‘lim.
- Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim.
Kadrlar
malakasini
oshirish
va
ularni
qayta
tayyorlash.
Ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli
darajalardagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo`lib, ta‘lim inson hayotining ajralmas
bir bo`lagi va unga o`zining jamiyat hayotida muhim o`rin tutishini anglab
yetishida muhim omil sifatida namoyon bo`lishini anglatadi. Ta‘lim olish
insonning asosiy huquqi sifatida inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish,
insonning barcha huquq va asosiy erkinliklarini hurmat qilishni mustahkamlash,
shuningdek, barcha xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va do‘stlikni
mustahkamlashga yordam berishga qaratilgandir .
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Qo‘yilgan maqsadga erishish quyidagi
vazifalar yechimi bilan bog`liq.
Ta‘limning inson hayotida tutgan o‘rnini belgiash ;
Ta‘lim tizimining asosiy tushunchalari va atamalarini mohiyatini yoritish ;
Ta‘limning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rnini haqida aytib o‘tish ;
O‘zbekistondagi ta‘lim tizimining asosiy turlariga oid sharxlari tavfsilotini
berish;
―O‘zbekistonda ta‘lim : talab va taklif mutanosibligi ‖ mavzusini
o`qitishning texnologik modelini yaratish ;
―O‘zbekistonda ta‘lim : talab va taklif mutanosibligi ‖mavzusining
ko‘rgazmali elektron taqdimoti (Power Point Presentation) dasturi asosida tuzish.
Tadqiqot predmeti – Ta‘lim tizimining mohiyati.
Tadqiqot ob’ekti bo‘lib, ―Ta‘lim to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq ta‘lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta‘lim
muassasalari hamda ta‘lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini
shakllantirish negizida ta‘lim tizimini
yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni
ta‘minlash. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslanadi; uning yoritilish
darajasi ochib beriladi, izlanishning maqsad va vazifalari shakllantiriladi, olingan
natijalarning ahamiyati aniqlab olinadi; asosiy xulosalarining realizastiyasi
bo‘yicha axborotlar keltiriladi.
Birinchi bob ―Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida” bobining asosiy
vazifasi bo‘lib, ta‘lim tizimining asosiy tushunchalari va atamalarini mohiyatini
yoritish; Ta‘lim tiziminning inson hayotida tutgan o‘rnini belgiash; Ta‘lim tizimi
bo‘yicha modellarni izohlab berish.
Ikkinchi bob “ O’zbekistonda ta’lim : talab va taklif mutanosibligi ”
mavzusini o`qitish texnoligiyalari” deb nomlanib, unda ―O‘zbekistonda ta‘lim :
talab va taklif mutanosibligi‖ mavzusini o`qitishning texnoligik modelinig tuzilishi,
hamda mazkur mavzuning ko‘rgazmali elektron taqdimoti (Power Point
Presentation) yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga
ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni
yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni
samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini
amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18iyuldagi 515-sonli qarori qabul qilindi. Qarorning 14-bandida Respublikadagi
barcha oliy ta’lim muassasalari tarkibida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari
tashkil etilishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi qarordan kelib chiqib Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi”
tashkil qilindi.Bo‘limning asosiy maqsadi ta’lim sifatini aniqlash, ta’lim sifatini
oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, Universitetning
milliy va xalqaro reytingini oshirish yo‘nalishida ishlarni muvofiqlashtirish va olib
borish, universitetning va uning tuzilmalarida ta’lim sifatini oshirishning
yo‘nalishlarini belgilab berishga qaratiladi. Universitetda ta’lim sifatini nazorat
qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim
sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va
universitetdagi o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni
tashkil etish bo‘yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan
iborat. Bo‘lim o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va
Universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi. O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 2-avgust kuni
o`tkazilgan "Umumta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi
muassasalari o`rtasida o`zaro integratsiyani ta`minlagan holda bosqichma-bosqich
11 yillik majburiy o`rta ta`limni joriy etish masalalari haqida”gi majlisda belgilab
berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash va 2017-2018-o`quv yilidan boshlab o`rta
ta`lim maktablari 10- sinflarida dars beradigan fan o`qituvchilarining kasbiy
bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishni tashkil etish, shuningdek metodist
o`qituvchilar maktabini tashkil etish asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy
etish yo`nalishlarida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan keng qamrovli choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 11-12-avgust kunlari
A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish Markaziy institutida 2017-2018-o`quv yilida o`rta ta`lim
maktablarining 10-sinflarida dars beruvchi o`qituvchilar uchun o`tkaziladigan
qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining respublika bosqichi o`tkazilmoqda.
O`quvlarda hududiy malaka oshirish institutlari rektorlari va kafedra mudirlari,
hududiy xalq talimi boshqaruvi idoralari metodika markazlari rahbarlari,
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan
380 dan ziyod ilg`or pedagogik tajribaga ega bo`lgan o`qituvchilar ishtirok
etishmoqda. O`quv kursining ochilishiga bag`ishlangan tadbirda Xalq ta`limi
vazirining birinchi o`rinbosari S.Turg`unov so`zga chiqib, Prezidentimiz
tomonidan maktablarda 10-11-sinflarni joriy etish bo`yicha berilgan topshiriqlar
ijrosi, mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasini takomillashtirish masalasi davlat
siyosati darajasiga ko`ratilgani, bu borada olib borilayotgan ishlar va kelgusida
amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar haqida to`xtaldi. Tadbir davomida
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta`lim standartlari (DTS)
maqsadi, vazifalari, asosiy prinsiplari, tarkibiy qismlari, joriy etish va nazorat
qilish tartibi, 10-sinflarda dars o`tishning zamonaviy usullariga oid ma`ruzalar
tinglandi. Qisqa muddatli o`quv kurslari 12 ta (fanlar kesimida) sho``balar asosida
o`tkazilib, unda yangi o`quv yilida fan o`qituvchilari uchun muhim sanalgan
masalalar bo`yicha tushuncha va tavsiyalar berildi. Trenerlarning ushbu
o`quvlardan olgan bilimlarini boyitgan holda o`z hududidagi o`rta ta`limning 10sinflarida dars beruvchi har bir o`qituvchigacha yetkazishi yuqori saviyada yo`lga
qo`yiladi. Hududlarda o`quv mashg`ulotlari interfaol, amaliy, trening shaklida
tashkil etilib, o`qituvchilar sonidan kelib, fanlar kesimida tashkil etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 2-avgust
kuni o`tkazilgan majlisda berilgan ko`rsatmalar asosida vazirlik tomonidan xalq
ta`limi tizimida rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz malakasinioshirish
jarayonlarini tashkil etish mexanizmi ishlab chiqilgan. Mazkur mexanizm fanlar
bo`yicha har bir tuman va shaharlarda metodist o`qituvchilar maktabi faoliyatini
yo`lga qo`yish, ta`lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash jarayonlarini
takomillashtirishga qaratilgan. Mexanizmning maqsadi ilg`or pedagogik tajribaga
ega bo`lgan ijodkor, tashabbuskor, fidoyi rahbar va pedagoglar tajribasini
ommalashtirish, pedagogika sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
samaradorligini ta`minlash, mustaqil ta`lim, qisqa muddatli va sayyor malaka
oshirish jarayonlarini tizimli tashkil etish asosida xalq ta`limi tizimi rahbar va
pedagog xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish vazamonaviy ta`lim
muassasalari safini kengaytirishdan iborat. Uzluksiz malakasini oshirish
jarayonlarini tashkil etish mexanizmini joriy etish, metodist o`qituvchilar va
murabbiylarning samarali faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida hududiy malaka
oshirish institutlari rektorlari va kafedra mudirlari uchun o`quv seminari tashkil
etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni
umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga
bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar
tarqatdi.Keyingi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar
asosida tashkil etish bo‘yicha farmon va qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz
rahbarining 2017 yil 30 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligining
boshqaruv tizimi takomillashtirildi, asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab
berildi. Yaqinda vazirlik rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilib, o‘quv-tarbiya
jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish orqali ta’lim sifatini
oshirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yildi.
Yig‘ilishda ushbu ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan xalq ta’limi tizimini
isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti o‘tkazildi.
Prezident pedagoglarning oylik maoshini, jamiyatdagi mavqeini oshirish,
ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Turli nazorat organlari tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirishlarni
cheklash, pedagoglarni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obuna va shu kabi
kasb faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik kerakligi ta’kidlandi.
O‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmat
tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
“Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish kerak. Har bir sinfda
bolalarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari va
o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Darsliklarni eng zamonaviy
metodikalar asosida yaratish va chop etish, maktablarda texnologiya, muhandislik
fanlari, matematika, san’at, chet tillari yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi
laboratoriyalarni qayta jihozlash talab etiladi. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim
tizimlari bilan uzviylikni ta’minlashga ham e’tibor berish kerak”, dedi Shavkat
Mirziyoyev.
Umumta’lim maktablari direktorlari va o‘rinbosarlariga bo‘lgan talabni qayta
ko‘rib chiqish, bu lavozimga haqiqiy boshqaruvchilik – menejerlik qobiliyatiga ega
shaxslarni tayinlash, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosarlari mas’uliyatini keskin oshirish kerakligi qayd etildi.
Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish masalalariga ham alohida e’tibor
qaratildi. 2019 yil uchun davlat byudjetini shakllantirishda mazkur sohaga
moliyalashtirishni oshirish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish
uchun Xalq ta’limi vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etish maqsadga
muvofiqligi ta’kidlandi.
Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini sifatli
bajarish uchun xalq ta’limi tizimida maxsus injiniring kompaniyasi tashkil etish
bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
joriy qilish, maktablarning byudjetdan tashqari topayotgan daromadlarini ularning
ixtiyorida qoldirish, maktablarda ichki jamoaviy nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish,
namunaviy maktablarni ko‘paytirish maqsadida maktablar reytingini ishlab chiqish
kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddi
rahbarlarning hisobotlari eshitildi va tegishli topshiriqlar berildi.
1.Maktabda boshqaruv tizimini takomillashtirishning ta’lim sifatini ko’tarishga
o’zaro
ta’siri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy
o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan
yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatdi.Keyingi
yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil
etish bo‘yicha farmon va qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30
sentyabrdagi qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligining boshqaruv tizimi
takomillashtirildi, asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Yaqinda
vazirlik rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilib, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish orqali ta’lim sifatini oshirish
bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yildi.Yig‘ilishda ushbu ko‘rsatmalar asosida ishlab
chiqilgan xalq ta’limi tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti
o‘tkazildi.Prezident pedagoglarning oylik maoshini, jamiyatdagi mavqeini oshirish,
ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar
berdi.Turli nazorat organlari tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirishlarni
cheklash, pedagoglarni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obuna va shu kabi
kasb faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik kerakligi ta’kidlandi.
O‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmat
tashkil etish vazifasi qo‘yildi.“Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga
ko‘tarish kerak. Har bir sinfda bolalarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib
chiqib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozim.
Darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish,
maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, san’at, chet tillari
yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlash talab
etiladi. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim tizimlari bilan uzviylikni ta’minlashga
ham e’tibor berish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.Umumta’lim maktablari
direktorlari va o‘rinbosarlariga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqish, bu lavozimga
haqiqiy boshqaruvchilik – menejerlik qobiliyatiga ega shaxslarni tayinlash,
ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari mas’uliyatini
keskin oshirish kerakligi qayd etildi.Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish
masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 2019 yil uchun davlat byudjetini
shakllantirishda mazkur sohaga moliyalashtirishni oshirish, shuningdek, yuqori
malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun Xalq ta’limi vazirligi qoshida alohida
jamg‘arma tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.Maktablarni qurish,
rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish uchun xalq ta’limi
tizimida maxsus injiniring kompaniyasi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma
berildi.Shuningdek, ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng joriy qilish, maktablarning byudjetdan tashqari topayotgan daromadlarini
ularning ixtiyorida qoldirish, maktablarda ichki jamoaviy nazorat tizimini yo‘lga
qo‘yish, namunaviy maktablarni ko‘paytirish maqsadida maktablar reytingini
ishlab chiqish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.Yig‘ilishda muhokama qilingan
yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning hisobotlari eshitildi va tegishli
topshiriqlar berildi.
2.Prezidentimiz tomonidan ta’limda boshqaruv tizimini takomillashtirishga
qaratilgan chora - tadbirlr
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga
ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or
ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish
maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiymadaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari /
02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va
unda quyidagilar nazarda tutilsin:
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda
davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy
ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat
muhitini yaratish;
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini
mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1
000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston
Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy
ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul
tizimiga o‘tkazish;
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy
etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichmabosqich o‘tish;
oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha
va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan,
mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
tizimini yo‘lga qo‘yish;
oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar
natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi
“Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini
kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim
muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator
markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiyamaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari,
doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga
ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik
ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiytexnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini
amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish;
oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilmfan texnologiyalarini jalb etish;
talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni
amaliyotga tatbiq etish;
oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu
jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish
hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga
o‘tkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan
o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati
cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun
infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash;
b) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
Konsepsiya tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlar va asosiy
yo‘nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” orqali
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik
kengashi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi negizida
nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy ta’lim kengashini (keyingi
o‘rinlarda — Kengash) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va
ish beruvchilarning fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish
orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab
chiqish;
oliy ta’limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligiga va
professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan ta’lim berishda
qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligiga xolisona baho berish;
ta’lim berishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik
nazoratini o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik
jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
oliy ta’lim muassasalarida shaffoflik, xolislik va obyektivlikni ta’minlash,
korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqish;
oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish
va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni
mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
xalqaro aloqalar natijadorligini tahlil qilib borish, qo‘shma dasturlar
samaradorligini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik
professor-o‘qituvchilar va xorijdagi vatandoshlarni oliy ta’lim tizimiga jalb etish
bo‘yicha takliflar tayyorlash;
oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va
takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ularni
respublika oliy ta’lim muassasalari sharoitida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqish.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Kengashning faoliyati natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at
majlisida yiliga kamida ikki marta Kengash a’zolari bilan birgalikda ko‘rib
chiqiladi, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi;
Kengash tomonidan tayyorlangan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tarkibida oliy ta’lim
muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari
tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi, ular Kengashga vazifalarini amalga
oshirishda har tomonlama ko‘mak beradilar, so‘ralgan zarur ma’lumotlarni taqdim
etib boradilar;
Kengash faoliyati natijalari, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab
chiqilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Kengash
faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va
amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida davlat oliy ta’lim
muassasalari (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya,
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi oliy
ta’lim muassasalari bundan mustasno) rahbar xodimlarining xorijiy mamlakatlarga
xizmat safariga chiqishini bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idorani xabardor
qilgan holda amalga oshirish tartibi joriy qilinsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 29-apreldagi PF-5987-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2020-y., 06/20/5987/0521-son)
Bunda oliy ta’lim muassasasi rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga
xizmat safari oldidan asosiy ma’lumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif
maqsadi va rejasi, safar natijalari yuzasidan esa oliy ta’lim muassasasi kengashiga
amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar to‘g‘risida taqdim etilgan hisobot oliy ta’lim
muassasasi veb-saytiga joylashtiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
2019-yil 1-dekabr kuniga qadar 2030-yilga qadar respublikadagi kamida 10 ta
oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds
World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of
World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim
muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va
Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari
ro‘yxatiga kiritishni, bunda mazkur oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
har yili 1-dekabrga qadar o‘tayotgan yil bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”
bajarishi yakunlarini puxta o‘rganish asosida Konsepsiyani kelgusi yilda amalga
oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritsin va
uning natijalarini har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borsin.
7. Quyidagilar mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni
moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy
ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari
(qarzlar), grantlari mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimovga
— mas’ul vazirliklar va idoralarning Konsepsiya hamda “Yo‘l xaritalari”ni
bajarish bo‘yicha faoliyati va o‘zaro hamkorligini samarali tashkil etish, “Yo‘l
xaritalari” bajarilishini monitoring qilish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z
vaqtida bartaraf etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari, mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar
rahbarlariga — Konsepsiya va “Yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z
vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidovga
— Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish yuzasidan shaxsiy
javobgarlik yuklansin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad
va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va tematik ko‘rsatuvlar tashkil
etsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun
hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-oktabr,
PF-5847-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son
Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
KONSEPSIYASI
Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha
va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab
chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini
yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni
samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning
strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli
istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks
chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Oliy ta’lim tizimining joriy holati va mavjud muammolar
Bugungi kunda respublikada 114 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib,
ulardan 93 tasi mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasasi va ularning
filiallari hisoblanadi. Jumladan, so‘nggi 3 yilda yangi 6 ta oliy ta’lim muassasasi,
17 ta filial va 14 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.
Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta’lim yo‘nalishi va 582 ta magistratura
mutaxassisligi kiritildi.
2019/2020 o‘quv yilida 59 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi ta’lim, 10 ta oliy
ta’lim muassasasida kechki ta’lim shakli joriy etildi.
Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 410 ming, magistratura mutaxassisligi
bo‘yicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, so‘nggi 3 yilda 1,7 baravarga oshdi.
Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va pedagogik, 25,2 foizi ishlab chiqarishtexnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo‘jaligi,
4,4 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, 4,5 foizi xizmat ko‘rsatish bilim
sohalariga oid ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olmoqdalar.
Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va pedagogik, 23,3 foizi
ishlab chiqarish-texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq
va suv xo‘jaligi, 13,5 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, 3,2 foizi xizmat
ko‘rsatish bilim sohalariga oid ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqdalar.
2019/2020 o‘quv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va
o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016-yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi.
Respublikaning 16 ta oliy ta’lim muassasasida 2018/2019 o‘quv yilidan
boshlab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim
dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish
markazi, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti,
Biofizika va biokimyo instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi
tashkil etildi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengashlar soni 84 tani tashkil qilmoqda (2017-yilda 48 ta). So‘nggi 3 yilda 1 693
nafar professor-o‘qituvchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy
ta’lim muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 9 636 nafarga
yetdi (shundan 2 130 nafari fan doktori (DSc), 7 506 nafari fan nomzodi (PhD)
hamda respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 5,1 foizga
oshishiga erishildi.
So‘nggi 3 yilda oliy ta’lim muassasalarining 1 611 nafar professoro‘qituvchisi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashi va malaka
oshirishi ta’minlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta’lim va ilmiy
muassasalar magistratura mutaxassisligiga 112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar
yoshlar ta’lim olishga qabul qilindi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali 46 nafar professor-o‘qituvchining
Kanada, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlarida stajirovka o‘tashi ta’minlandi.
2017 — 2019-yillarda ta’lim jarayoniga 1 154 nafar xorijlik yuqori malakali
pedagog xodim va olim jalb etildi (AQShdan 94 nafar, Yevropa mamlakatlaridan
445 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 299 nafar, MDH mamlakatlaridan 316 nafar).
Oliy ta’lim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega professorlarning
bazaviy lavozim maoshlari 2016-yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirildi.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimi oldida bugungi
kunda o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar
saqlanib qolmoqda, shu jumladan:
a) oliy ta’lim bilan qamrov va ta’lim sifatini ta’minlash sohasida:
oliy ta’lim bilan qamrov darajasi pastligicha qolmoqda;
amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan
bitiruvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan, o‘quv
rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda;
oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan o‘zaro hamkorlikda
kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmagan, ish
beruvchilarning oliy ta’lim mazmunini shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emas;
talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish
ko‘nikmalari shakllantirilmagan;
ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar samarali tashkil
etilmagan, tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining
zamonaviy talablariga yetarlicha javob bermaydi;
professor-o‘qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini o‘zlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy mahorati
bugungi kun talablaridan ortda qolmoqda;
o‘quv adabiyotlari yetishmovchiligi saqlanib qolib, mavjudlarining aksariyat
qismi zamon talablariga javob bermaydi, o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash,
xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida
foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan;
oliy ta’lim muassasalarida fan olimpiadalarini o‘tkazishning shaffof
mexanizmlari joriy etilmagan, olimpiadalar g‘oliblari bilan ishlash tizimli ravishda
yo‘lga qo‘yilmagan;
iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta’lim muassasalariga talabalarni saralab olish
mexanizmlari mavjud emas;
pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil etilmagan,
jumladan malaka oshirish muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun
yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb qilinmagan, malaka oshirishga jalb
etishda tinglovchilarning salohiyati inobatga olinmaydi;
oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy
qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi
immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati
mavjud;
b) ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida:
oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib tashkil etilmagan, tahlillar asosida
innovatsion rivojlanishni prognozlashtirish faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan;
innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy
ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb etish
natijadorligi yetarli emas, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam
integratsiyasi ta’minlanmagan;
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati atigi 36,4 foizni tashkil etmoqda;
ilmiy darajaga ega xodimlarning o‘rtacha yoshi 49 bo‘lib (fan doktorlari —
56 yosh, falsafa doktorlari va fan nomzodlari — 43 yosh), yuqoriligicha qolmoqda,
fan doktorlari orasida nafaqa yoshidagilarning ulushi 45 foizni tashkil etmoqda;
ilmiy-tadqiqot ishlari ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud
muammolar yechimiga qaratilmagan;
so‘nggi yillarda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarga
iqtiboslar soni kamaymoqda;
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy
xodimlar va yosh olimlar faoliyatini rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlari
yaratilmagan;
v) oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
sohasida:
talabalar turar joylari, kutubxona, o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar, sport
sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari quvvatlari mavjud ehtiyojni
qanoatlantirmaydi, ularning aksariyat qismida bugungi kun talablariga javob
beradigan moddiy-texnik baza shakllantirilmagan;
oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan
jihozlanish darajasi yetarli emas, xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv
laboratoriya uskunalarining salmog‘i atigi 10 foizni tashkil etadi, shu bilan birga
o‘quv jarayoni laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi,
biologik materiallar va boshqa obyektlar) bilan yetarlicha ta’minlanmaydi;
oliy ta’lim muassasalari moliyaviy xarajatlarining asosiy qismi ish haqiga
sarflanib, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni yangilashga, bino va inshootlarni
ta’mirlashga yetarlicha mablag‘ yo‘naltirilmayapti;
g) oliy ta’limning jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda
raqobatbardoshlikni ta’minlash sohasida:
respublika oliy ta’lim muassasalari xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar
reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga,
ularning rasmiy veb-saytlari Webometrics xalqaro reytingining 1 000 talik
ro‘yxatiga kirmagan;
ta’lim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga
moslashtirilmagan;
mavjud talabalar turar joylari hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari xorijiy
talabalar ehtiyojlariga moslashtirilmagan;
xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda ta’lim olishga keng jalb qilish borasidagi
targ‘ibot ishlari, jumladan PR-loyihalar (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari
kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar o‘tkazish va boshqalar) yetarli darajada tashkil
qilinmagan, bu borada interaktiv virtual platforma mavjud emas.
Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor
yo‘nalishlari
Oliy ta’lim tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya ilovasida belgilangan
maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga asoslanadi.
Quyidagilar oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari
hisoblanadi:
mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror
rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson
kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;
oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori
malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar
tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy
barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;
sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini
oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash.
Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimini
rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi:
oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash sifatini oshirish;
ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish,
yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini
shakllantirish;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish;
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini
faol jalb etish;
oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini
ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash;
oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini
takomillashtirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan
mexanizmlarini joriy etish;
oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro
miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash.
1-§. Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish
Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda
davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, shuningdek investitsiyalarni jalb qilgan
holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish
orqali oliy ta’limda raqobat muhitini yaratish;
xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida yuqori malakali,
zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar,
professional kadrlarni tayyorlovchi, yetakchi ta’lim va ilm-fan markazi —
Prezident universitetini tashkil etish;
oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini
Investitsiya dasturlari, hududiy va tarmoq dasturlari, vasiylik kengashlari talablari,
jahon miqyosidagi texnologik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda shakllantirish,
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, bunda STEAM
yo‘nalishlarini (aniq fanlar, texnologiya, injiniring, ijodiy san’at va matematika)
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy
ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul
parametrlarini oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilash tizimini
bosqichma-bosqich joriy etish;
davlat granti asosida kadrlar tayyorlash parametrlarini bosqichma-bosqich
oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tanlov o‘tkazish yo‘li bilan taqsimlash
mexanizmlarini joriy etish;
xotin-qizlarning oliy ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini yanada
kuchaytirish, ta’lim olishda gender tengligi tamoyillari ustuvorligini ta’minlash,
mahallalar, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida
muntazam ravishda xotin-qizlarni oliy ta’limga keng jalb qilishga yo‘naltirilgan
keng targ‘ibot ishlarini olib borish;
ta’limning uzluksizligiga erishish maqsadida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va
oliy ta’lim dasturlarining uyg‘unligi va izchilligini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish
mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga
o‘tkazish;
individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash,
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali
talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim
dasturlarini shakllantirish, ularni tasdiqlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga
bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish;
mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish,
tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini
shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan
metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim
standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va
o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish;
talabalar bilimini baholash tizimi texnologiyalarini takomillashtirib borish va
xolisonaligini ta’minlash, jumladan baholashning talabalar bilan bevosita aloqasiz
shakllarini rivojlantirib borish;
fanlarni o‘zlashtirishda talabalar orasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish
mexanizmlarini ishlab chiqish;
o‘quv rejalarida fanlar sonini nomutaxassislik fanlari hisobiga bosqichmabosqich kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish;
gumanitar va pedagogik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni
kuchaytirish, pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv
reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish va
takomillashtirish, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarda ta’lim
jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirish, pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha
umumta’lim maktablariga xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, yuqori malakali
professional pedagog kadrlarni yetkazib berish;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalariga yuqori malakali
pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini takomillashtirib borish;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy faoliyat uchun mas’ul bo‘lgan
mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish;
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan
mutaxassislik fanlari salmog‘ini oshirib borish;
magistratura talabalarining yuqori saviyada ilmiy izlanishlar olib borish,
pedagogik faoliyat yuritish, boshqaruv, tanqidiy fikrlash va tizimli tahlil qilish
qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun mazkur ta’lim bosqichi o‘quv reja va dasturlarini
muntazam takomillashtirib borish;
o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini
yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va
tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki
muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar
fondlarini muntazam ravishda yangilab borish;
tanlov asosida aniqlangan va o‘quv adabiyotlariga mualliflik qilayotgan
professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamasini taqsimlash mexanizmini
takomillashtirish, bunda ularning umumiy yillik yuklamalarida o‘quv
adabiyotlarini yaratish uchun ajratilgan vaqtni dars o‘tish yuklamasi vaqti
hisobidan oshirishni nazarda tutish;
imkoniyati cheklangan talabalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlarini
ko‘paytirish va ularning sifatini yaxshilash, ta’limda inklyuziv jarayonlarni
rivojlantirish, adaptiv texnologiyalarni joriy etish;
barcha oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlari bo‘yicha talabalar
fikrini o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimini
rivojlantirish asosida talabalarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilab
borish;
fan sohalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning kasbiy muloqot
maydonchalarini yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash jarayoniga talabalarni keng jalb
etish hamda “tyutorlik” tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etish orqali
talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish;
xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, talaba-yoshlarning akademik
faoliyati, muammolari va turmush tarzi, o‘quv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar
bo‘yicha talabalar fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida ular o‘rtasida har yili
respublika miqyosida milliy so‘rov o‘tkazish;
oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida
o‘quv-pedagogik va ilmiy faoliyat yuritish uchun xorijlik yuqori malakali
professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar, ta’lim va ilm-fan sohasida faoliyat
yuritib, salmoqli yutuqlarga erishgan, yurt rivojiga hissa qo‘shish istagida bo‘lgan
xorijdagi vatandoshlarni jalb etish, bu borada ularga akademik va infratuzilmaga
oid qulayliklar yaratib berish;
yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, olimlarni ta’lim jarayoniga jalb
qilishning samarali mexanizmlarini yaratish, muayyan ko‘rsatkichlar asosida
ularning faoliyatini baholash tizimini rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasalarida milliy hamda xalqaro baholash tizimlari
sertifikatlariga ega bo‘lgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan professoro‘qituvchilar va talabalar ulushini tizimli ravishda oshirib borish;
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida professor-o‘qituvchilarni xorijiy
mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktoranturada
o‘qitish orqali ularning kasbiy mahoratini oshirib borish;
ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni ta’lim
jarayoniga keng jalb qilish, professor-o‘qituvchilarning tegishli soha korxona va
tashkilotlarida stajirovka o‘tashini tizimli tashkil etish;
ijtimoiy soha va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mutaxassislari uchun
uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etishning me’yoriyhuquqiy va o‘quv-metodik asoslarini takomillashtirib borish, bu borada masofaviy
ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ishdan ajralmagan holda o‘qishini
ta’minlash maqsadida sirtqi va kechki ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlashni
rivojlantirish, bunda raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini joriy etish;
iqtisodiyotning zamonaviy talablariga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida
davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish;
talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi amaliyotlarini
mazmunli tashkil etish uchun uslubiy bazani ishlab chiqish va rivojlantirib borish;
respublika oliy ta’lim muassasalariaro ichki akademik mobillik dasturlarini,
o‘zaro tajriba almashish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida professoro‘qituvchilar va doktorantlar akademik mobilligi dasturlarini rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda ichki nazorat va
hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirish;
oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida bitiruvchilarning attestatidagi
o‘rtacha bahoni inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan fanlardan
milliy va xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarni
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tajribasini bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish;
milliy baholash tizimi sertifikatlari taqdim etiladigan fanlar ro‘yxatini
kengaytirish, bunday xizmatlar ko‘rsatadigan davlat va nodavlat muassasalar
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
oliy ta’lim muassasalari fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibini
takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash, baholash mexanizmlarini xalqaro
olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish.
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish
bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash
tizimini tashkil etish;
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
va
ta’lim
texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog
kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha
sharoitlar yaratish;
ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish,
masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”,
“flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim
dasturlarini tashkil etish;
ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va
o‘zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga
yuklovchi “E-MINBAR” platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida
“bulutli texnologiyalar”dan foydalanish;
masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini
keng joriy etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishni
tamomlaganlaridan so‘ng kutubxona fondi, axborot bazalaridan foydalanishini
yo‘lga qo‘yish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish
imkoniyatlarini kengaytirish;
milliy elektron ta’lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron
ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida elektron
resurslar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o‘quv adabiyotlar
yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QRkod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini
yaratish;
oliy ta’lim muassasasining konferensiya materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar,
magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-texnik ma’lumotlar
elektron bazasini yaratish, kelgusidagi ilmiy-texnik ma’lumotlar yangiligini
ta’minlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng joriy etish;
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib,
ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy
mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini
keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv
tizimi va o‘quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni
ta’minlovchi “Elektron universitet” platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish, ta’lim
jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron
tizimini joriy etish;
oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, bakalavriat, magistratura
talabalari va doktorantlariga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi va muntazam
yangilanib boruvchi elektron baza (Student Record System) yuritilishini yo‘lga
qo‘yish asosida uning milliy tizimini yaratish;
xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida oliy ta’lim sohasidagi o‘quv-uslubiy,
me’yoriy-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek davlat interaktiv
xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan va muntazam
yangilanib turadigan oliy ta’limning yagona axborot platformasi — “Oliy ta’lim
boshqaruvi axborot tizimi”ni ishga tushirish, unda vakant o‘rinlarga
o‘tkazilayotgan tanlovlarga oid e’lonlarni hamda arizalarni onlayn qabul qilish
imkoniyatlarini nazarda tutish.
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish,
yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini
shakllantirish
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish,
yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini
shakllantirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar
natijalarini tijoratlashtirish uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0”
konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini
kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim
muassasalari tarkibida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap,
akselerator markazlarni tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qilish va prognozlashtirish
bo‘yicha faoliyat olib borishlarini ta’minlash;
professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistratura va
bakalavriat talabalarini tashkil etiladigan texnoparklarda ilmiy va innovatsion
faoliyat olib borishlariga erishish;
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga startap loyihalari asosida
tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan yangi mahsulotlar va texnika-
texnologiyalarni yaratish orqali oliy ta’lim muassasalari huzurida ilmiy-tadqiqot
natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “spin-off” va “spinout” korxonalarini tashkil etish, akademik tadbirkorlikni rivojlantirish;
xalqaro SsiVal axborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot
natijalarini tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilg‘or yutuqlari bilan uyg‘un
rivojlanishini ta’minlash;
nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qo‘llabquvvatlash mexanizmlarini joriy etish;
oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallarining Scopus, ScienceDirect va boshqa
xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga bosqichma-bosqich kiritilishini
ta’minlash;
fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, mavjud
ilmiy maktablarni saqlab qolish va yangilarini yaratish, ularning kadrlar
salohiyatini mustahkamlash, bunda iqtidorli yoshlarning ilm-fanga keng jalb
etilishini rag‘batlantirish;
xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiruvchi nufuzli ilmiy nashrlarda
maqolalar e’lon qilish orqali faoliyatining ilmiy natijalari xalqaro darajada tan
olinishini belgilovchi ko‘rsatkich “Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori bo‘lgan
olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh ilmiy izlanuvchilarni budjetdan
tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirib borish tizimini joriy etish;
oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini
ko‘tarish, ularni statistik, texnik va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlash
mexanizmlarini yaratish, bu borada tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul
qilish;
professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy daraja va unvonlarga ega xodimlar
yoshi nuqtai nazaridan optimal nisbatiga erishish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarini ta’lim jarayoni va ilmiy rahbarlikka
jalb qilish, magistratura va doktorantura bosqichlaridagi ilmiy ishlarni mazkur
ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib borilishi hamda himoya qilinishini ta’minlash;
jahon ilmiy tadqiqotlar bozori tendensiyalaridan kelib chiqib, har bir oliy
ta’lim muassasasida (fakultet, kafedra va laboratoriyalar kesimida) ilmiy
tadqiqotlarni tor va fanlar tutashligidagi sohalarga ixtisoslashtirish, ularni ishlab
chiqarish va hududiy rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirish, qiyosiy ustunlikka ega
bo‘lgan istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni belgilash, ushbu yo‘nalishlarda yuqori
malakali professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini oshirish;
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya
yoshlar innovatsiya markazi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
huzuridagi O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki hamda Urganch davlat
universiteti huzuridagi “Xorazm” innovatsion texnoparkining faoliyati
samaradorligini oshirish;
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish orqali
innovatsion faoliyat infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida “Hujayra va
molekulyar
biotexnologiya”,
“Tibbiy
genetika”,
“Ekofiziologiya”,
“Materialshunoslik”, “Energiya tejovchi texnologiyalar, nazorat-o‘lchov va
avtomatlashtirilgan tizimlar”, “Qurilish materiallari” hamda “Oziq-ovqat
mahsulotlari va texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha 7 ta oliy ta’lim
muassasalariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;
O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish
markazi, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti,
Biofizika va biokimyo instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy
markazida zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilishini ta’minlash va
rivojlantirib borish;
ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining tegishli institutlari hamda nufuzli xorijiy oliy ta’lim va
ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yetakchi mahalliy oliy ta’lim muassasalarining
faol hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bunda mentorlik modelidan keng foydalanish;
professor-o‘qituvchilar tomonidan yuritilishi lozim bo‘lgan turli jurnal va
o‘quv-uslubiy hujjatlar sonini qat’iy qisqartirish orqali ularning ilmiy faoliyatini
jadallashtirish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi, shu
jumladan hududiy miqyosdagi mavjud muammolarning innovatsion yechimiga
qaratish, fanlar tutashligidagi muammolarni keng tadqiq etish;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, akademik litseylarga jalb qilish, oliy ta’lim
muassasalariga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish,
ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatga bo‘lgan
qiziqishini oshirish, “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori
natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish, bu boradagi ma’lumotlar
elektron bazasini yaratish;
oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar akademiyasi hamda Fan va
texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va
rivojlantirib borish;
oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish, maqsadli doktorantura
orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy daraja
dasturlarini ishlab chiqish;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlari faoliyatini xorijiy tajriba asosida
takomillashtirish, ilmiy kengashlar va himoyalar tizimini xalqaro tajribaga
muvofiqlashtirish;
ilmiy darajalar va unvonlar berish vakolatini bosqichma-bosqich oliy ta’lim
muassasalariga berish;
doktoranturaga qabul qilish shartlarini belgilashda oliy ta’lim muassasalariga
erkinlik berish, talabgorlarni saralab olishda ularning ilmiy yutuqlariga alohida
e’tibor qaratish;
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar majlislarini hududlardagi oliy ta’lim
muassasalaridan turib onlayn kuzatish platformasini yaratish.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha
quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni
amaliyotga tatbiq etish, jumladan talaba-yoshlarni madaniyat va san’at, jismoniy
tarbiya va sportga jalb qilish, ularning kompyuter va internet texnologiyalaridan
foydalanish savodxonligini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, talabaqizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu
borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish,
yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish,
mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq manfaatlari uchun
xizmat qilish tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga
qaratilgan talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas’uliyatni o‘z
zimmasiga olishga qodir, yurtparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb
egasi sifatida tayyorlash, bu borada yangicha yondashuvlarni talab etadigan ta’limtarbiya usullaridan foydalanish;
oliy ta’lim muassasalarida sportni qadriyat sifatida rivojlantirish, talabalar
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish va amalga oshirish;
yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi
va madaniyatini rivojlantirish, ularda sog‘lom turmush tarziga rioya etish, inson
huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon
erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat
qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol
toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirish;
imkoniyati cheklangan talabalarning ijtimoiy moslashuvi uchun keng
sharoitlar yaratish, inklyuzivlik g‘oyalarini targ‘ib qilish;
yoshlar tarbiyasida ota-onalar, mahallalar va oliy ta’lim muassasalari
hamkorligini tizimli tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalarida sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat
guruhlari ishini takomillashtirib borish, talaba-yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlash, oilani mustahkamlash borasidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
talaba-yoshlarni hunar o‘rganish, yangi bilim egallash, o‘z ustida ishlash,
zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalanish, tadbirkorlik
ko‘nikmalarini shakllantirishga undash orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli
o‘tkazish uchun ta’lim muassasalarida shart-sharoitlar yaratish;
talaba-yoshlarni turli axborot xurujlari, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi,
ular tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish,
Vatanimiz istiqboli yo‘lida birlashtirish maqsadida ta’lim-tarbiyaning ta’sirchan
usullari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish,
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning qiziqishini e’tiborga olish va
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
“Maktab — ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i” konsepsiyasi doirasida oliy
ta’lim muassasalarining umumta’lim maktablari bilan o‘quvchi-yoshlarni
ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirish, huquqiy savodxonligini oshirish,
kasbga yo‘naltirish va mustaqil hayotga tayyorlash kabi masalalarda mentorlik
modeli asosida hamkorligini rivojlantirish.
Yuqori
malakali
mutaxassislar
tayyorlash
jarayoniga
kadrlar
buyurtmachilarini faol jalb etish
Yuqori
malakali
mutaxassislar
tayyorlash
jarayoniga
kadrlar
buyurtmachilarini faol jalb etish borasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib,
o‘quv rejalari va dasturlari mazmuni hamda mutaxassislik fanlari bo‘yicha soatlar
taqsimotini kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda fan va texnologiyalarning
so‘nggi yutuqlari asosida shakllantirish;
bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini
iqtisodiyotning real sektori, shuningdek hududiy (viloyat, tuman, shahar, mahalla,
hududiy obyekt) muammolardan kelib chiqib shakllantirish hamda mavzularni tor
qamrovda chuqur tadqiq qilishga o‘tish;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari aloqalarini
mustahkamlash hamda klaster usulida faoliyat yuritishini tashkil etish;
ishlab chiqarish rivojlangan hududlar va iqtisodiy zonalarda oliy ta’lim
muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
talabalarning tegishli soha bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari va
tashkilotlarda ta’lim jarayonidan tashqari vaqtda mehnat faoliyati olib borishlariga
shart-sharoit yaratish;
ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda
mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni o‘quv
jarayoniga faol jalb qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy
misollardan keng foydalanish kabi yo‘nalishlarda oliy ta’lim muassasalarining
ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro
manfaatli hamkorligini ta’minlash;
ishlab chiqarish korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallari, oliy ta’lim
muassasalari huzurida ishlab chiqarish korxonalari tarkibiy bo‘linmalarini,
texnoparklar, biznes inkubatorlar, kovorking markazlari faoliyatini tashkil etish,
texnologiyalar transferini amalga oshirish orqali ta’limning ishlab chiqarish bilan
samarali hamkorligini rag‘batlantirish;
pedagog xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida malaka oshirish tizimini
joriy etish, shuningdek ishlab chiqarishda katta tajribaga ega, biroq ilmiy darajasi
bo‘lmagan mutaxassislarni ta’lim jarayoniga, jumladan taklif etilgan va faxriy
o‘qituvchi sifatida jalb etishning ta’sirchan mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish,
bunda ushbu mutaxassislarni muayyan sohadagi stajiga muvofiq tegishli
lavozimlarga ishga qabul qilish;
ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini
samarali tashkil etish tartibini takomillashtirish, bunda amaliy ko‘nikmalarni
tasdiqlovchi sertifikatlar berish tizimini joriy etish;
kadrlar buyurtmachilari murojaati asosida oliy ta’lim muassasalari bazasida
ishlab chiqarishdan tajribali amaliyotchilarni jalb etish yo‘li bilan maqsadli ta’lim
dasturlari, professional malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari, treninglar
tashkil etish mexanizmlarini yaratish;
oliy ta’lim muassasalari tuzilmasini isloh qilish asosida faoliyati talabalar
amaliyoti va ishga joylashishiga har tomonlama ko‘maklashish, potensial ish
beruvchilar ro‘yxatini shakllantirib borish va hamkorlik qilish, shuningdek avvalgi
bitiruvchilar salohiyatidan unumli foydalanishga qaratilgan “Karyera markazlari”ni
tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bilim hamda ko‘nikmalarini
baholovchi markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini tijoratlashtirish kabi
masalalarda kadrlar buyurtmachilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim
muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, biznes
inkubatorlar va venchur moliyalashtirish faoliyatini rivojlantirish, mazkur
masalalarda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirib borish;
doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga tezkor joriy
etilishini ta’minlash, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va
rag‘batlantirish, ilmiy faoliyat nufuzini ko‘tarish maqsadida doktorlik (tayanch
doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy
etish;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar tanlovlarida ilmiy
natijalarning tijoratlashtirilishi, ularning amaliyotga joriy etilishi muddatidan kelib
chiqqan holda grantlar miqdori va davomiyligini belgilash;
vasiylik kengashlari tarkibini kadrlar buyurtmachilari, yirik ish beruvchilar,
jamoat arboblari va tegishli sohada katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar
hisobidan shakllantirish;
bitiruvchilar malakasining ishlab chiqarish talablariga mos kelishini aniqlash,
kadrlar tayyorlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish
maqsadida har yili respublika miqyosida kadrlar buyurtmachilari o‘rtasida milliy
so‘rovlar o‘tkazish an’anasini yo‘lga qo‘yish. Oliy ta’lim muassasalarining
moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini
mustahkamlash
Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini
ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar
amalga oshiriladi:
oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish
tizimiga o‘tkazish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, mehnatga haq to‘lash
tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning samarali va shaffof mexanizmlarini
joriy etish;
iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olgan
holda, shuningdek istiqbolda oliy ta’lim muassasalarining reytingi va o‘z
xarajatlarini qoplash darajasidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
(magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil
belgilash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;
oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari eksporti va qo‘shimcha
xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyatini rivojlantirish;
qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini zamon talablari
asosida tashkil etish, ushbu jarayonda innovatsion texnologiyalarga asoslangan,
resurstejamkor va tez barpo etiladigan konstruksiya va materiallardan foydalanish
bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llash;
oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlash,
o‘quv va ilmiy jarayonlarni o‘quv va laboratoriya uskunalari, shuningdek
laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar
va boshqa obyektlar) bilan muntazam ravishda zarur miqdorlarda ta’minlab
borishning samarali mexanizmlarini yaratish;
talabalar turar joylari, kutubxona, o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar, sport
sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga nisbatan o‘sib borayotgan
ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlash va zamon talablari asosida ularning moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash;
imkoniyati cheklangan talabalarga oliy ta’lim muassasalari va talabalar turar
joylari binolarida qo‘shimcha sharoitlar yaratish, ular uchun ta’lim muassasalarini
zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;
oliy ta’lim muassasalarida xorijiy fuqarolarning istiqomat qilishi va ta’lim
olishi bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish;
innovatsion kutubxonalarni tashkil etish, ulardagi kitob fondini yangi avlod
o‘quv adabiyotlari bilan muntazam boyitish;
oliy ta’lim muassasalarini yuqori tezlikdagi internet bilan uzluksiz ta’minlash,
talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun infratuzilma imkoniyatlarini
kengaytirish;
talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning elektron ta’lim resurslari,
zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalaridan
bepul foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan talabalarni moddiy
rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
oliy ta’lim muassasalarida homiylik va ilmiy-tadqiqot natijalarini
tijoratlashtirishdan tushgan, maqsadli kapital va boshqa mablag‘lar hisobiga
moliyalashtiriladigan endaument jamg‘armalarini (endowment fund) tashkil etish.
Oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini
takomillashtirish
Oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
a) kadrlar tayyorlash sifati va ko‘lamini inobatga olgan holda oliy ta’lim
muassasalarini quyidagi toifalarga ajratish va ularni rivojlantirish strategiyalarini
belgilash:
birinchi toifa — flagman universitetlar (O‘zbekiston Milliy universiteti va
Samarqand davlat universiteti);
ikkinchi toifa — ilm-fan va innovatsion markaz funksiyasini bajaruvchi
hududiy oliy ta’lim muassasalari;
uchinchi toifa — sohalar uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha tayanch
muassasalar rolini bajaruvchi tarmoq oliy ta’lim muassasalari;
b) institut maqomidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyati ko‘lamini
kengaytirish va institutsional salohiyatini kuchaytirish orqali ularni universitetga
aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
v) oliy ta’lim muassasalarini ularning quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa
asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib bosqichma-bosqich yiriklashtirib borish;
g) tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismini
saqlab qolgan holda ayrim davlat oliy ta’lim muassasalarini (oliy harbiy ta’lim
muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish,
ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish;
d) oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hujjat loyihalarini ishlab chiqish
va muhokama etishda Respublika oliy ta’lim kengashi nufuzi va faolligini oshirish,
mas’uliyatini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik nazoratining
zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
e) oliy ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari asosida optimallashtirish, davlat interaktiv xizmatlari ko‘lamini
kengaytirish;
j) oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishda strategik rejalashtirish
tamoyillarini joriy etish, bunda vasiylik kengashlari mas’uliyati va rolini oshirish;
z) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi funksiyalarini xorijiy tajriba asosida
takomillashtirish, bunda ta’lim sifatini baholashning yangi mexanizmlarini joriy
etish, kadrlar buyurtmachilari va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan milliy so‘rov
natijalarini chuqur tadqiq qilish orqali muammolarni bartaraf etish, davlat va
nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’sirchan instrumentlar yordamida
nazorat qilib borish, bitiruvchilar sifati va ularning ixtisosligi bo‘yicha ishga
joylashish masalalariga e’tibor qaratish;
i) ta’lim sifatini nazorat qilish va oliy ta’lim muassasalari reytingini
yuritishning nodavlat tizimini yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilash;
y) oliy ta’lim muassasalarida ishga qabul qilish va yuqori lavozimlarga
tayinlashda oliy ta’lim tizimi rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shuvchi
kadrlarni tanlash, ularning faoliyati, professional xususiyatlari, soha oldidagi
alohida xizmatlarini adolatli va xolisona baholashni nazarda tutuvchi meritokratiya
tamoyillarini qo‘llash, rahbarlik lavozimlariga tayinlashda gender tengligi
tamoyillariga qat’iy rioya qilish;
k) oliy ta’lim muassasalari rahbarlik lavozimlariga zaxira kadrlarni
shakllantirish, maqsadli o‘qitish va tayyorlash samaradorligini oshirish;
l) oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini rotatsiya qilish mexanizmini
joriy qilish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan
mexanizmlarini joriy etish
Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan
mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
oliy ta’lim sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini izchil davom ettirish,
korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berish;
oliy ta’lim muassasalarini tajribali, halol, pok vijdonli, mas’uliyatli professoro‘qituvchi va xodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berish;
oliy ta’lim muassasalarining jamiyat oldidagi hisobdorligi va ta’lim sifatini
ta’minlashdagi mas’uliyatini oshirish, keng jamoatchilikni shaffoflik va xolislik
tamoyillari asosida ta’lim xizmatlari sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan xabardor
qilib borish;
professor-o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasidagi byurokratik omillarni
bartaraf etish, baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirish, talabalar bilimini
baholashda adolatni ta’minlash;
abituriyentlar va magistraturada ta’lim olish uchun talabgorlar hujjatlarini
qabul qilish, barcha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish, ularning bilimini
baholash, o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayonlarida suiiste’molchilik
holatlarining oldini olish, bu borada jamoatchilik kengashlarining rolini oshirish,
shaffoflikni ta’minlash;
professor-o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash, ushbu
kasb jozibadorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy
ta’lim muassasalari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati
institutlari bilan aloqalarini mustahkamlash, jamoatchilikka axborot taqdim
etishning tezkor va zamonaviy shakllarini joriy etish;
malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish,
nazorat-monitoring, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, oliy
ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish va tizimdagi boshqa jarayonlarda
shaffoflikni ta’minlash;
professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini optimallashtirish, kasbiy
faoliyatga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
asosida oliy ta’lim tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;
oliy ta’lim tizimida pedagog kadrlarni ishga qabul qilish, lavozimlarga tanlov
o‘tkazishda adolat va ochiqlikni ta’minlash, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha pedagog
kadrlar faoliyatiga baho berish, bu borada jamoatchilik nazoratining yangi va
samarali mexanizmlarini amaliyotga joriy etish;
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning amaldagi me’yoriy-huquqiy
hujjatlariga rioya qilinishi, xarajatlar smetalarini shakllantirish tartibiga amal qilish
va ichki moliyaviy taftish ishlarini takomillashtirish, ushbu jarayonda korrupsiyaga
oid holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etilishini ta’minlash;
oliy ta’lim tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, odob-axloq normalariga
rioya etilishini ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro
miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash
Oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro
miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha qo‘yidagi tadbirlar
amalga oshiriladi:
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1
000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston
Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy
ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish,
bunda mazkur oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti oshishidagi
ishtirokini va mamlakat ijobiy xalqaro imidjini shakllantirishdagi rolini oshirish;
respublika oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan
uyg‘unlashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida
ta’lim dasturlarini jahonda tan olingan xalqaro standartlar talablariga moslashtirish
bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish;
ta’lim to‘liq xorijiy tillarda olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklari, fakultetlar salmog‘ini oshirib borish;
xorijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda
o‘tkaziladigan suhbat asosida magistratura va doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha
tegishli me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilish;
ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan
ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish va ularning me’yoriy-huquqiy bazasini
takomillashtirib borish;
“Study in Uzbekistan” (“O‘zbekistonda tahsil ol”) loyihasini amalga oshirish,
mamlakat ta’lim jozibadorligini targ‘ib qiluvchi maxsus veb-portal yaratish va uni
barcha oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha batafsil va ishonchli ma’lumotlar bilan
to‘ldirib borish;
ta’limda brendlar, ilmiy an’analar tizimini yaratish asosida oliy ta’lim va oliy
ta’lim muassasalari imijini shakllantirish strategiyasi bo‘yicha dastur qabul qilish;
oliy ta’lim muassasalariaro xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari
asosida kadrlar tayyorlash faoliyatini kengaytirish, hamkorlikda o‘tkaziladigan
ilmiy konferensiyalar va seminarlar sonini ko‘paytirish, xalqaro ilmiy va ta’lim
loyihalarini amalga oshirish;
rivojlangan xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot
markazlari bilan hamkorlikda xalqaro qo‘shma ilmiy jurnallar, shuningdek ta’lim
forumlari, rektorlar konferensiyalari va boshqa anjumanlar tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytlarini Webometrics tashkiloti reyting
tizimida egallagan o‘rinlarini yaxshilab borish, shu jumladan oliy ta’lim
muassasalari tomonidan yetakchi tashkilotlar va korxonalarda bitiruvchilarning
ishga joylashishi haqidagi ma’lumotlar, ta’lim yo‘nalishlari, magistratura
mutaxassisliklari, ilmiy-texnik salohiyati, professor-o‘qituvchilar, infratuzilmasi,
erishgan yutuqlari kabi asosiy ma’lumotlarni veb-saytlarda muntazam ravishda
e’lon qilib borish;
xorijiy mamlakatlarda mahalliy oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil
etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olish uchun xorijiy fuqarolarni jalb etish
bo‘yicha mahalliy va xorijiy agentliklar tomonidan konsalting xizmatlari
ko‘rsatilishining me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
respublika oliy ta’lim tizimining xalqaro imijini yaratishda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi, xorijiy mamlakatlardagi elchixonalar va xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy PR-loyihalarni amalga
oshirish;
oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xalqaro
moliya institutlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash,
bu borada mamlakat ta’lim tizimi manfaatlariga mos keluvchi innovatsion
tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishda quyidagi
natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda
davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasasalari, shu jumladan nufuzli xorijiy oliy
ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan
qamrov darajasining 50 foizdan yuqori bo‘lishi ta’minlanadi, sohada raqobat
muhiti yaratiladi;
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini
mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantiriladi;
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro e’tirof etilgan
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1
000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston
Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetining birinchi 500 ta o‘rindagi
oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kirishiga erishiladi;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul
tizimiga o‘tkaziladi;
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlari joriy
etiladi, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichmabosqich o‘tiladi;
oliy ta’lim mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tariladi, ijtimoiy soha
va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan,
mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligi ta’minlanadi;
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar
natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi
“Universitet 3.0” konsepsiyasi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini
kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim
muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator
markazlari tashkil etiladi hamda ular tegishli tarmoq, soha va hududlarning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy
muassasalar darajasiga olib chiqiladi;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari,
doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga
ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik
ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallari xalqaro ilmiy-texnik
ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishi ta’minlanadi;
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini
amalga oshiruvchi “xab”ga aylantiriladi;
oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligi oshiriladi, xorijiy ta’lim va ilmfan texnologiyalari jalb etiladi;
talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus asosida
rivojlantiriladi;
oliy ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi, shu jumladan
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga
yaxshilanadi, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga
o‘tkaziladi va moliyaviy barqarorligi ta’minlanadi;
ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan
o‘zaro manfaatli hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati
cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasi oshiriladi, ular uchun
infratuzilmaga oid sharoitlar yaxshilanadi.
3.Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida
Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib
kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek,
o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullari
13-mavzu: Ta’lim - tarbiya jarayonida bolalarga individual yondashuv
1. O‘quvchilarga individual yondashuv psixologik xizmatning asosiy tamoyili
Ta’lim- tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashuv zarurligi
hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda foydalanish oson ish emas.
Bunga maktabda o‘qituvchilarning bola haqida ko‘p gapirishlari dalil bo‘ladi.
CHunki maktabda o‘quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida
chuqur va har tomonlama ma’lumot beradigan mutaxassis yo‘q.
Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv – bolani boshqalardan ajratib
individual o‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsni u yoki bu xislatlarining
shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o‘quvchining individual
psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi.
Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi
shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi.
Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning individual usullarini
aniqlash, bolaning imkoniyatlarini, har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan
iborat. Bu nuqtai nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi
qiyin» bolalarga emas, barcha o‘quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo‘ladi.
Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo‘llaydilar, chunki bu ko‘zga
tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi
yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi.
Psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlarini uch guruhga ajratish
mumkin.Ular:a) bola uchun qulay iqlim yaratish;
b) bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish;
v) har bir yosh davrining xususiyatlarini hisobga olish
2.Bola uchun qulay iqlim yaratish
Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik
xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning
kattalar va tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi. O‘smirlarning
tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil
hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o‘zini
yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o‘rnini hayotning boshqa sohalaridagi
hech qanday ko‘rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o‘smirlar tomonidan muhim
jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni,
kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni
tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. O‘smirda xuddi shu
tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy etukligining muhim ko‘rsatkichi
bo‘lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi.
O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlari bilan muloqotning rolini
kamaytirmagan holda, ba’zan bu muloqotga katta ahamiyat berilishini ta’kidlash
joiz. Tengdoshlari bilan muloqot–ontogenezning barcha bosqichlarida bolaning
shaxsiy va psixik rivojlanishida muhim hisoblanadi, lekin bola «normal» (axloqan
tarbiyalangan) katta kishilar bilan muloqotda bo‘lgandagina, u o‘z funksiyasini
bajaradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda tengdoshlari orasida shakllangan
qadriyatlarni tushunish va nazorat qilish ro‘y beradi. Xuddi shu kattalar bilan
muloqotda jamiyat uchun xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni va qadriyatlarni
o‘zlashtiradi.
Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida
kattalar bilan norasmiy ishonchga asoslangan muloqotga ehtiyoj bu davrda paydo
bo‘lgan yangi psixologik tuzilmalardan biridir.
Hozirgi maktablarda o‘quvchilarning kattalar, tengdoshlari bilan to‘liq
muomala muloqotini ta’minlaydigan psixologik sharoitlar yaratilmagan. SHu
sababli o‘quvchilarda maktabga, o‘qishga salbiy munosabat, o‘ziga, atrofdagi
kishilarga nisbatan noto‘g‘ri munosabat shakllanadi. Bunday sharoitda shaxsning
rivojlanishi va unga mahsuldor ta’lim berish mumkin bo‘lmay qoladi. SHuning
uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish, o‘quvchilar va kattalar o‘rtasida
qiziqarli muloqot uchun imkoniyat yaratishga amaliyotchi psixologlar, sinf
rahbarlari, o‘qituvchilar, ota-onalar intilishlari lozim.
Psixologik xizmat faoliyati o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy
xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta’lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik
sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo‘qotish va
oldini olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlangan chetlashishlarni
korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.
Mazkur ishlar o‘quvchilarni maktabda, kollejda va litseylarda o‘qitish
davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan
bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning
sabablarini aniqlashga mo‘ljallangandir. YOsh davr taraqqiyoti mezonlariga
muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab,
o‘quvchilarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurti
talabalarini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi.
O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari,
irodaviy sifatlari, his-tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual
darajasini tekshiradi.
Maslahat berish ishlari - amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan
biridir. Maslahat berish ishlari o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar uchun olib
boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo‘lishi mumkin.
Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki,
o‘qituvchilar ko‘pincha psixologga quyidagi muammolar bo‘yicha murojaat
qiladilar: turli fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar,
bolalarning o‘qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy
pedagogik ta’sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari
oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish
yo‘llari, o‘quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va
rivojlantirish yo‘llari, o‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish.
Jamiyatimizning asosiy maqsadi barcha fuqarolarning to'la rivojlantirish
hisoblanadi. Bu muammoni hal faqat shaxs ijodiy salohiyatini aniqlash,
shuningdek, rivojlanishning eng yuqori darajasi, uning shaxsini shakllantirish
orqali mumkin. Axir, albatta oshkor kerak har bir kishi, bu o'zlarini "bajarish
uchun" dir. Va bu uning hayot maqsadi, balki butun jamiyat asosiy vazifasi emas,
balki faqat.
Bundan tashqari, ta'lim uchun individual yondashuv sifatida bu ta'lim shakli
bir jamoa sifatida, masalan, bir tamoyilga qarshi emas. Va bu ilmiy tadqiqotlar
orqali tasdiqlanadi. bir bor, chunki "men" odam aniq bor "biz".
tayyorlash va ta'lim individual yondashuv uzoq bir-off hodisa emas. Ular
butun tizimini, bola ta'sir kirmoq kerak. Shu munosabat bilan, bunday yondashuv
yosh avlodga ta'lim umumiy qoida deb atash mumkin.
shuningdek, ta'lim kabi ta'lim Individual yondashuv, shaxsning ijobiy belgi
xususiyatlarini va uning xatti-kamchiliklarni bartaraf etish mustahkamlashga
qaratilgan. etarli pedagogik mahoratini ega va o'z vaqtida aralashuvini amalga
ta'lim, kelajakda ham shunday alamli va keraksiz jarayonini oldini olish mumkin.
ta'lim individual yondashuv Voyaga sabr ko'p, shuningdek, to'g'ri bolaning
xatti turli ko'rinishlariga tushunish qobiliyatini talab qiladi.
Individual ta'lim yondashuv, shuningdek, ta'lim - bu pedagogik jarayonning
bir qismidir. Shu bilan birga, bolalar dastur moddiy o'zlashtirish qaratilgan
faoliyati ishtirok etmoqda.
INDIVIDUAL YONDASHUV MOHIYATI
bolaning o'ziga xos shaxsiyatiga murojaat barcha yoshdagi bolalar bilan ta'lim
va ma'rifiy ishlar har bir bosqichida mavjud bo'lishi kerak. Bunday individual
yondashuv mohiyati nima bo'ladi? jamoa oldida turgan umumiy vazifalarni hal
qachon bola to'g'ridan-to'g'ri pedagogik ta'sir ifoda etiladi. Bu holda, o'qituvchi
yoki o'qituvchi hisobga yashayotgan sharoit va shaxsning psixologik
xususiyatlarini olishi kerak.
Bu individual ta'lim yondashuv, shuningdek, ta'lim tamoyili pedagogik
amaliyotiga markaziy, deb aytish uchun xavfsiz hisoblanadi. uni amalga oshirish
bir kattalar bo'lishi kerak:
bilish
va
o'quvchilarni
tushunish;
o'z
bolalarini
sevib;
aks
ettiradi
va
tahlil
qilish
mumkin;
- puxta nazariy muvozanat rioya qilish.
o'qituvchi har doim bola samonatselennym o'z rivojlantirish mavzusi
ekanligini yodda tutishimiz kerak. Shu bilan birga, u har doim kattalar qo'llabquvvatlash kerak bo'ldi.
individual ta'lim yondashuv, shuningdek, ta'lim amalga oshirish hisob psixojismoniy jihatlarini hisobga olgan holda tasavvur etib bo'lmaydi. batafsil omillarni
ko'rib chiqaylik.
AQLIY RIVOJLANISH DARAJASI
Bu hisobga olinishi kerak birinchi tomoni bo'lsa maktabgacha yoshdagi
bolalar va o'quv muassasalarning o'quvchilari o'rgatish bir individual yondashuv.
o'qituvchi bola aqliy rivojlanish darajasini tekshirib kerak. Bu yanada
muvaffaqiyatli faoliyatlari uchun zarur. bu ko'rsatkich yuqori bo'lsa, u holda
o'quvchisi tez sezmagan va moddiy yaxshi eslayman va qayta, so'ngra xotirasida
uzoq ushlab anglamoq. Bunday holatda olingan bilimlar muvaffaqiyatli kelajakda
ish o'rinlari bajarish foydalanish.
bola tarbiyasi va uning eng yaqin ta'sir zonasi tan ruhiy rivojlantirish, qurilish
o'qituvchi darajasiga asoslangan, ularning ta'lim, individual yondashuv. Bu holda,
bir kattalar o'zini vazifani farqlash kerak emas, va g'amxo'rlik eng yaxshi, u bolani
taklif etadi. Misol uchun, ayrim talabalar faqat faoliyatini ishlab chiqarish, balki
uning ijrosi o'rtoqlaridan taraqqiyot tushuntirib bo'lmaydi. Boshqalar muayyan
algoritm rioya, vazifani bajarishga qodir bo'lgan. Uchinchi va o'qituvchining
yordamga muhtoj qiladi.
ASAB TIZIMINING TURI
Bu bolaga individual yondashuvni amalga oshirish hisobga olinishi kerak,
ikkinchi jihati hisoblanadi. zamonaviy tadqiqotchilar fikriga ko'ra, inson asab
tizimida xos xususiyatlari, bir genotipik tabiati bor.
Boshqa so'zlar bilan aytganda, ular shaxsning deyarli o'zgarmadi va barqaror
xususiyatlari bor. Shuning uchun bir omil bo'lishi mumkin emas hisobga
ma'lumotlarni
o'z
zimmasiga
olmaydi.
asab tizimining asosiy xususiyatlari: harakatchanlik, dangasalik va kuch-holsizlik.
FIKRLASH TURI
Bu o'qituvchi, hisobga olish kerak bo'lsa ta'lim uchun individual yondashuvni
amalga oshiradi, uchinchi va asosan muhim jihati hisoblanadi. Bolalar, kattalar
kabi, turli xil yo'llar bilan o'z vazifalarini hal. Ularning ba'zilari analitik fikringizni
bor. Bu og'zaki-mantiqiy mavhum fikrlash o'z ifodasini topadi. Yana bir oson
tasvirlar o'ylab. Bu holda u badiiy fikrlash namoyon.
Muvozanatdan bo'lgan bu ikki komponentlar bor odamlar bor. Bu holda biz
garmonik yodda haqida gapirish mumkin. Mavjud farqlar miya yarim sharlaridagi
funktsional nomutanosibligi tufayli bo'ladi. talabalar yoki Maktabgacha ta'lim
individual yondashuv bo'ladi, bu, hisobga o'qituvchi olish kerak.
Misol uchun, badiiy turdagi aql bilan bolalar faqat hissiy yoqilgandan keyin
barcha moddiy idrok boshlaydi. Avvaliga, ular tasvirlar va g'oyalar asosida, va
faqat keyin barcha elementlarini tahlil qilish va ular o'z xulosalarini chiqarish
etiladi.
Bolalar mantiqiy zanjir qurish bilan fikrlash turi ishni hal qilish boshlanadi.
Ular barcha komponentlar va belgilar o'ylab tahlil. Ularning muammo hal qilish
algoritmi mantiqiy fikrlash hukmron bo'ladi. buyumlar hissiy rang berish, qoida
tariqasida, shunchaki fikr ularni oldini oladi.
IDROK USULI
Bu to'rtinchi va shuningdek, bolalarga individual yondashuv bilan hisobga
o'qituvchisi olinadi muhim jihati hisoblanadi. bolaning xatti kuzatib, biz u dunyoni
idrok qaysi yo'l, ta'lim jamiyati, jismoniy rivojlanish va taraqqiyot bilan
moslashish uning darajasiga katta ta'sir ko'rsatadi, deb ko'rish mumkin.
Yaqindan allaqachon taxmin qilish mumkin bo'lgan yosh, bu jihatini
quyidagi, muammolar maktabda bola duch kelgan. to'g'ri bolangiz bilan o'yin va
faoliyatini qurish mumkin ota-onalar, nazoratchi tarbiyachilar va psixologlar, ilm
yo'lini bilish. Bu o'rganish jarayonini, maksimal foyda chiqarib olamiz.
Avvaliga, bolaning ta'lim taqdim axborot Visual idrok tufayli amalga
oshirilishi lozim. Eshituv turi oson barcha materiallar muhokamasida tolibi eslash
bildirmoqda. Ba'zi bolalar faqat o'z faoliyati natijasida ma'lumot sezmagan.
Bunday hollarda, dunyoning kinestetik idrok turi haqida gapirish mumkin.
SALOMATLIK HOLATI
Bu tomoni, ta'lim va somatik rivojlanishi jismoniy nuqsonlari va kasalliklar
bilan bolalarning ta'lim tashkil kerak bo'lsa o'sha hollarda, ayniqsa muhim
ahamiyatga ega. Lekin o'qituvchi har doim hisobga bunday qo'rquv va xavotir,
fojialari va neuroses sifatida bolalar, psixologik xususiyatlarini olishi kerak.
o'quvchilarning bu barcha ruhiy-jismoniy xususiyatlarini etarlicha baho bera
olmaslik, o'z salomatligi uchun katta zarar.
o'qituvchi bolalarda aqliy buzilishi kabi omillar bilan bog'liq bo'lishi mumkin,
deb bilish kerak:
somatik
kasalliklar;
jismoniy
rivojlanish
nuqsonlari;
- stress va hayot, ijtimoiy sharoitlar bilan bog'liq turli salbiy omillar.
YOSHI XUSUSIYATLARI
yana nima ta'lim jarayonida inobatga o'qituvchisi olish ega? U har bir
shaxsning shaxsiy rivojlantirish bo'yicha uning yoshi xususiyatlarini aks ettiradi
eslash kerak. O'tgan yillar qarab bir shaxs, uning manfaatlari va ehtiyojlarini qator
yodda o'zgartirish, shuningdek, ijtimoiy oqibatlari bor. Har bir yosh rivojlantirish
va imkoniyatlar o'z cheklovlarni bor. Misol uchun, xotira va qobiliyati eng jadal
bolalik va o'smirlik davrida kengaytirish o'ylash. Bu ta'lim va tarbiya jarayonida
hisobga olinmaydi bo'lsa, vaqt yutqaziladi. Bu juda qiyin, bu davr imkoniyatlari
keyinchalik davrida foydalanish. Biroq, ayni paytda, o'qituvchi, ham o'zimizdan
bo'lmasligi kerak bolalarning, ma'naviy, intellektual va jismoniy rivojlantirish
bo'yicha amaldagi. Bu hisobga mumkin tananing yoshiga olish muhim ahamiyatga
ega.
JISMONIY TA'LIM
tadqiqotlar natijalariga asoslangan zamonaviy olimlar, bir ajablanarli
o'tdingiz. Ular shaxsning, aqliy, jismoniy va ma'naviy rivojlanishi o'rtasidagi
to'g'ridan-to'g'ri munosabatlarni topildi. shaxs xarakterini shakllantirish bo'yicha bu
ta'sir birinchi. Jismoniy barkamollik eshitish va his vahiyda organlari, rivojlantirish
imkonini beradi. Bundan tashqari, u yaqindan ma'naviy va mehnat ta'lim bilan
bog'liq. Bu kuchli faoliyatida bola salomatligi, va aksincha holati bog'liq.
Bolalar bilan o'ynagan o'yinlari va ularning irodasi, intizom, tashkilot
mustahkamlash yordam va boshqa ma'naviy fazilatlari. Jismoniy ta'lim estetik
tarbiyalash bilan bog'liq. Har bir mashq tana chiroyli qilish amalga oshirish. Inson
harakatlari chaqqon bo'ladi. Holat va yurish - o'ng.
Bolalarda jismoniy tarbiya uchun individual yondashuv, shuning uchun
madaniy va gigiena tabiat ko'nikmalarini uchun toza havoda faol harakati qiziqish
uyg'ondi va. D.
MA'NAVIY TA'LIM
bolalarda bolalik va o'smirlik davrida ma'naviy standartlarini shakllantirish
hisoblanadi. Ular tajriba orttirish va odamlarga nisbatan o'z xatti rivojlantirish.
Bolaning axloqiy tarbiya orqali o'qituvchi xarakterdagi shakllanishi va bola
irodasini ta'sir qilishi mumkin.
14-mavzu: Bolalarning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish
Rеja:
1. Bog`chada bolalar hayotini tashkil etish.
2. Bolalar faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`yish.
3. Bola faoliyatini yo`lga qo`yishda dasturning ahamiyati.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta`minlashga karatilgan pеdagogik
jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta`lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar
faoliyatining har xil turlari: mashg`ulotlarda ta`lim bеrish orqali, ijodiy va qoidali
o`yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o`z mеhnati va kattalar mеhnati
bilan tanishtirish orqali, o`z-o`ziga xizmat qilish, sayrlar o`tkazish gigiеnik
tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta`lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog`chasidagi
pеdagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etishga bog`liqdir.
Bolalar bog`chasining pеdagogik jarayonida ta`lim muxim axamiyat kasb
etadi va u kundalik xayotda, o`yinda, mеhnatda, mashg`ulotlar orqali amalga
oshiriladi. Mashg`ulotda ta`lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tеvarakatrofdagi xayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o`stirish va savod o`rgagish,
matеmatika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo`yicha eng oddiy
tasavvur va bilimlarni, malaka va ko`nikmalar sistеmasini egallab oladilar. Bolalar
egallab olishlari kеrak bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar bolalar bog`chasi
dasturida bеlgilab bеrilgan bo`lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni
maktab ta`limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg`ulotlarda ta`lim
bеrish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini
e`tiborga olib ma`lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sеkin-asta
murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi
xususiyatga ega bo`ladi.
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o`tkaziladigan mashg`ulotlar
soni va har bir mashg`ulot qancha davom etishi bеlgilab qo`yilgan. Tarbiyachi
mana shunta asoslanib, o`zining xaftalik mashg`ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu
ta`limning hamma bo`limlari bo`yicha bеlgilangan ta`limtarbiya ishlarini to`g`ri
taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg`ulotlar jadvalini
tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kеrak:
1. Dasturning hamma bo`limlari bo`yicha mashg`ulotlarni haftaga tеng
taqsimlash.
2. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg`ulotlar qo`yiladi.
3. Haftaning sеshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy
faoliyat tеzlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rеjalashtiriladi.
4. Kun davomida birinchi bo`lib bolalardan aqliy zo`r bеrishni ko`proq talab
etadigan, kam harakatli mashg`ulotlar rеjalashtiriladi (tеvarak-atrofdagi xayot va
tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matеmatika). Ikkinchi mashulotga еngilroqlari:
tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg`uloti va shunga o`xshashlar
rеjalashtiriladi.
5. Kun davomida mashg`ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi:
matеmatika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.
Mashg`ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur matеrialini еngilroq
o`zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
O`yin bolalarning muxim faoliyati xisoblanadi. U bolalarning jismoniy va
ruxiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil
topishida muxim axamiyat kasb etadi. O`yin bolaga quvonch bag`ishlaydi, ijobiy
xis va kеchinmalarini, xayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O`yin mazmuni
bola shaxsining shakllanishiga muxim ta`sir kursatadi, shuning uchun kattalar
bolalar o`yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tеvarak-atrofdan olayotgan taassurotlari
ijobiy tomonini aks ettirish xoxishini uyg`otishlari kеrak.
Tarbiyachi bolalar o`yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tеvarak-atrofdagi
hayot to`g`risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o`yin mavzusi, mazmuni, syujеti
boyiydi), bolalarning ahloqiy hislarini, o`zaro ijobiy munosabati va odatlarini
tarbiyalaydi. O`yindan bolalardagi o`zaro o`rtoqlik, do`stlik, bir-biriga yordam
ko`rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar xayotini tashkil etish shakli sifatida
foydalanadi.
Bolalarning o`yin bilan shug`ullanishi va mеhnat qilishlari uchun kеrakli
matеriallar bilan ta`minlaydi, shu orqali bolalar uyinining mеhnat bilan
uyg`unlashib kеtishiga erishadi.
Tarbiyachi bolalarning syujеtli-rasmli o`yinlarining hamma xilini syujеtlirolli, kurilish dramalashtirilgan tabiiy matеriallar bilan o`ynaydigan qilib tashkil
etadi. Bolalarga o`yin harakatlarini o`rgatadi, tеngdoshlari bilan bo`ladigan
munosabatlarda haqqoniylik printsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u
bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo`llabquvvatlaydi.
Ijodiy o`yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi
sayrda, ya`ni mashg`ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilavеradi.
Rеjimda qoidali o`yinlar katta o`rinni egallaydi. Mashg`ulotlarda va
mashg`ulotdan tashqari vaqtda o`ynaladigan didaktik va xarakatli o`yinlar muxim
rol uynaydi. Tarbiyachi bolalarning sеnsor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish
jarayonlarini didaktik o`yinlar orqali amalga oshiradi. Harakatli o`yinlarda
bolalarning jismoniy madaniyatini tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish
kеrak.
Harakatli o`yinlar ertalabki va kеchki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2
marta butun guruh, yoki guruxcha bilan o`tkazilishi kеrak. O`rta va katta
guruxlarda turli xil sport o`yinlari o`tkazib turiladi. Hamma o`yinlar uchun kun
tartibidan vaqt ajratish va kеrakli matеriallar bilan ta`minlash tarbiyachining
zimmasiga yuklatilgan.
Kun davomida bir nеcha marta: ertalabki qabul vaktida, ertalabki va kеchki
sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o`zlariga tanish
bo`lgan didaktik va harakatli o`yinlarni o`ynaydilar, xoxlagan rasmlarini
chizadilar, xoxlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni
tomosha qiladilar, xoxlagan badiiy asarlarini tinglaydilar.
Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo
ish bilan bir vaqtda bolalarning o`z-o`zini tashkil eta bilish qobiliyati o`sishiga,
xulq madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining
shakllaniga yordam bеradi.
Bolalar bilan amalga oshiriladigan tarbiyaviy ish yagona jarayon bo`lib,
hamma ta`lim-tarbiyaviy ishlarning bir-biriga bog`liqligi printsipiga rioya qilishni
takozo etadi.
1. Dasturning har bir bo`limi bo`yicha tеvarak-atrofdagi xayot va ijtimoiy
voqеalar bilan tanishtirish, nutqni o`stirish, musiqa tarbiyasi, matеmatika va shunta
o`xshashlar bo`yicha bolalar bilan olib boriladigan ishda faqat shu bo`limga
taalluqli vazifalargina hal etilmay, shu bilan bir qatorda har tomonlama
tarbiyalashning bir qancha vazifalari ham amalga oshirib boriladi. Masalan:
tasviriy faoliyat mashulotining asosiy vazifasi bolalarga estеtik tarbiya bеrishdir.
Shu bilan birga bolalar bu mashg`ulotlarda buyumlarning so`z bilan ifodalanishini,
shakli, katta-kichikligi, rangi, o`ziga xos xususiyatlarin bilib oladilar, axloqiy sifat
va munosabatlarni egallab oladilar.
Mashg`ulotlarda bolalarga bilim bеrish, tasavvur va tushunchalarini
kеngaytirish, malaka va ko`nikmalarini shaklantirish bilan bir qatorda intizomlilik
va xulq madaniyati kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bolalar tarbiyachining
boshqa tomonlari, masalan, mustaqillik, faollik, ijodiy qobiliyat, boshlagan ishni
oxiriga еtkazish, birgalashib o`ynash va ishlash, bamaslaxat ish tutish kabi shaxsiy
sifatlar har xil o`yin va mashg`ulotlar, mеhnat va maishiy faoliyat bolalarning
butun xayoti davomida tarbiyalanib bor adi.
2. Tarbiyachi dasturning u yoki bu bo`limi bo`yicha ishlarni
rеjalashtirayotganda boshqa bo`limlar bo`yicha ham mana shu yo`nalishda nima
ishlar amalga oshirilganini e`tiborga olishi kеrak. Masalan, suhbat, hikoya qilib
bеrish, bolalar o`yinini tashkil etishdan oldin tarbiyachi bolalarning
mashg`ulotlarda, ekskursiyalarda, sayrlarda, badiiy adabiyotni o`qib bеrganda
olgan taassurotlariga asoslanishi lozim. Tarbiyachi bolalarning syujеtli-rolli,
saxnalashtirilgan, ko`rinish kabi ijodiy o`yinlarini tashkil etishda tasviriy faoliyat
bo`yicha mashg`ulotlarga tayyorlanishda qaysi badiiy adabiyotlarni o`rganish,
qanday qushlar va hayvonlarni kuzatish, qanday ashulalarni ijro etishlari, qanday
ekskursiyalarga borishlari lozimligini etiborga olishi kеrak. Bu boshqa
tasavvurlariga asoslanib o`yin mazmunini, rasm qurish-yasash mavzusini bеlgilash
imkoniyatini yaratadi va ta`lim-tarbiyaviy ishlarning har xil bo`limlari o`rtasida
bog`liqlik bo`lishini ta`minlaydi.
Ishning bunday tashkil etilishi dasturning hamma bo`limlari bo`yicha bolalar
egallab olishlari lozim bo`lgan bilim, malaka, ko`nikmalarni yaxshiroq o`zlashtirib
olish, ulardan o`z faoliyatlaridagi har xil vaziyatda ham foydalana olish malakasini
tarbiyalaydi. Shu bilan birga bolalarda o`z-o`zini tashkil eta bilish, mеhnat
madaniyati, o`z faoliyatini rеjalashtirib olish, ma`lum maqsad bilan harakat qilish
kabi shaxsiy sifatlar tarbiyalanadi.
14/2-mavzu: Ijtimoiy pedagogika predmeti. Bolaning sotsiumda (yaqin
muhitda) rivojlanishi
Reja:
1.
2.
3.
4.
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti va obyekti.
Bolaning o‘sishi haqida tushuncha.
Bolaning o‘sishida biologik va ijtimoiy asoslar.
Bola kamolotida muhitning ta’siri.
1.
Ijtimoiy pedagogika predmeti va obyekti
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish
jarayoni va ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga
xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi
tarmog‘ining o‘ziga xosligi “ijtimoiy” so‘zida namoyon bo‘ladi.
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik)
insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va birbiriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi
haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta’limning bolalar
hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga
“kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini
tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har
qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy
qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda
yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi.
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro
ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi
hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini
o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini
o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash
mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning yetakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy
bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng
yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan
oladi.
Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay
oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi
hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan
moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish
jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning
ta’siri tegadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir
butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va
sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar,
islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik,
mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar
bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir etishi mumkin.
Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)
OILA
TA’LIM
Fan sifatida ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani
o‘rganishini aniq obyekti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan
pedagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki, pedagogikani o‘rganish
obyekti – bola, mavzui esa bola tarbiyasi va ta’limi qonuniyatlari hisoblanadi.
Unda ijtimoiy pedagogika obyekti bo‘lib ham bola, uni o‘rganish mavzui esa bola
ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika va sotsiologiya bilan o‘zaro ta’siri
chizmasi
sotsiologiya
IJTIMOIY
pedagogika
PEDAGOGIKA
2.
Bola rivojlanishi haqida tushuncha
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki
kuchlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Tashqi omillarga insonni o‘rab turgan tabiiy va
ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‘yicha
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar
kiradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‘yin,
mehnat, o‘quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona
kishilar va b. bilan). Bunda u o‘ziga xos bo‘lgan faollikni namoyon etadi. Bu
muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam beradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi,
yetakchisi bo‘ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning
yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi.
Bola tug‘ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim
ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o‘zlashtirib
olishi mumkin. Bu o‘z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bilish va
o‘zlashtirishda yetakchi vazifani bajaradi.
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib bola ehtiyoji va uni
qoniqtirish imkoniyati o‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki
parallel chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo‘shilib
ketadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi
asosida ikki o‘ta muhim bo‘lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va
muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.
3. Biologik va ijtimoiy omillar
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda
insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat
deganda bolalar genetik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning
ota-onadan bolaga o‘tilishi tushuniladi.
Nasldan bola inson organizmi, inson asab tizimi, inson miyasi va sezgi
a’zolarini oladi.
Ota-onalardan bolalarga tana tuzilishi xususiyatlari, soch rangi, ko‘z, teri
rangi kabi bir insonni boshqa insondan farqlaydigan tashqi omillar o‘tadi. Nasldan
asab tizimining ba’zi bir xususiyatlari ham o‘tadi. Bular asosida asab faoliyatining
ma’lum bir turi rivojlanadi.
Inson rivojlanishida intellektual xislatlarning o‘tishi masalasi juda muhimdir.
Filolog va psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra qobiliyatlar nasldan o‘tmaydi, faqat
qobiliyatlarni rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlar hisoblangan qobiliyat
nishonalari o‘tadi.
Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga
ega bo‘lgan bir qator kasallik va patologiyalarning mavjudligini e’tiborga
olish lozim. Masalan, psixik buzilishlar (shizofreniya), qon kasalligi
(gemofiliya), endokrin buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar alkogolizm iva
giyohvandligi nasl uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi omillar bo‘lgan
atmosferaning, suvning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi ham bola
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy kamchilikli (ko‘rlar, karlar,
tayanch-harakatlantiruvchi apparatning buzilishi va b) bolalar tug‘ilishi
ko‘paymoqda.
Shunday bolalar uchun muloqotda bo‘lish jamiyatga “kirish” ancha
murakkabdir. Bular bilan maxsus tayyorlangan pedagoglar shug‘ullanadi.
Ijtimoiy omillar
Inson bo‘lib yetishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas.
Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan
o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib yetishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy,
ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar,
ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada mustahkamlaydi.
Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi.
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar
bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb
afsonada gap yuritiladi), maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson
bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10
holi, leopard – 1 holi, qo‘y – 1 holi ma’lum.
1920 yili Hindistonda doktor Sing bo‘rilar uyasida bo‘ri bolalari bilan birga
ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala,
kattasini Kamala deb nomlashdi.
Boshida ular o‘zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurishardi va
yugurishardi, kunduzi uxlashardi, qo‘ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanishardi.
Kichik qizcha tezda o‘lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi.
Shu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsid olib
bordi. Qiyinchilik bilan o‘qirdi. 2 yil uni tik turishga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi. 6
yildan so‘ng yura boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar
ichida 6 ta so‘zni o‘zlashtirdi. 7 yildan so‘ng so‘z boyligi 45 ta so‘zga, 3 yildan
so‘ng esa 100 gacha yetdi. Shuni o‘zida til jarayoni to‘xtadi. Bu vaqtga kelib
Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‘rdi, yorug‘likdan qo‘rqmay qoldi, qo‘l bilan
ovqatlanishga va stankandan ichishga o‘rgandi. 17 yoshga yetgach Kamala
rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi.
Bu hol shuni ko‘rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib
qolganida ham odam darajasiga yetmagan. Nima o‘zi odamni odam qiladi?
Biologik individni ijtimoiy
subyektga aylanishi odam sotsializatsiya
jarayonida, uning jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga
qadriyatlar, ko‘rsatmalar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va namunalarini
o‘zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo‘ladi.
Sotsializatsiya – uzluksiz va ko‘p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik
va o‘smirlikda jadal kechadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb
tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydevor qo‘yiladi va quriladi.
Keyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.
Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va
rivojlanishi atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘ladi.
Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros “katta”), mezo – (mesos
“o‘rta”) va mikro (micros “kichik”) omillarini farqlaydilar.
Mikroomillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy
planetar jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab.
Mezoomillar – etnik ko‘rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va
etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‘z eposi
(xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va
rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta’siri; yashaydigan joy turi (shahar,
tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
Mikroomillar -yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila,
ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya’ni
bola o‘sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi.
Bola sotsializatsiyasiga omillarning ta’siri chizmasi
Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega.
Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan,
oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha
muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi,
diskotekalar va h.k. Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit
“hududi” tobora kengayib boradi.
4. Bola rivojlanishida muhitning ta’siri
Ijtimoiy pedagogikada sotsium, ijtimoiy muhit yaqin ijtimoiy ijtimoiy muhit
orqali bolaning umuman jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazaridan ko‘rib
chiqiladi. Sotsiumda inson munosabatlari va hayoti ijtimoiy shart-sharoitlari o‘zaro
ta’sir xususiyatiga ega. Muhit – bu nafaqat ko‘cha, uy va buyumlar. Muhit – bu
yana o‘ziga xos munosabat va qoidalar o‘ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga
ega bo‘lgan turli xil insonlar birligi. Shuning uchun, bir tomondan inson unga
(muhitga) nimadir o‘ziniki olib kiradi, ma’lum bir darajada unga ta’sir qiladi, uni
o‘zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit ham insonga ta’sir ko‘rsatadi, unga o‘z
talablarini qo‘yadi.
Muhitning insonga bo‘lgan munosabati shu bilan aniqlanadiki, uning o‘zini
tutishi qanchalik muhit ishonchiga to‘g‘ri keladi. Insonning o‘zini tutishi ko‘p
holda jamiyatda u qanday o‘rinni egallashi bilan aniqlanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan,
ayol kishi o‘qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga
muayyan bir talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni
beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi muayyan bir huquq va majburiyatlar
bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi.
Ba’zi bir maqomlar bizga tug‘ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi,
millati, tug‘ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunday
maqomlar tug‘ma yoki berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil
ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan,
pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida o‘qigani
va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida gap
yuritiladi.
Maqom insonning jamiyatda o‘zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir
vaziyatlarda shaxs o‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi.
Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson
muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib
chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi.
Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy
me’yor va qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning
uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ
rolni ham o‘zlashtirishi mumkin.
Ijtimoiy maіom (tuІma, olingan)
Ijtimoiy rol
Позитив
Оила аъзоси
негатив
дайди
фуқаро
нашаванд
Жамоа аъзоси
мутахассис
гадой
Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o‘g‘il yoki qiz, aka va
singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi, o‘rtoq, do‘st, yetakchi va b.),
iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u
bilan faxrlanadi, vatanparvar bo‘lish), mutaxassis (o‘qituvchi, vrach, iqtisodchi,
muhandis va b.).
Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy
munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchun yangi
bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.
Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni
ijtimoiy moslashuv deb ataladi.
Sotsializatsiya jarayonida, xususan bolaning ijtimoiy moslashuvida insonning
“hammadek” bo‘lishi obyektiv ehtiyoji namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan parallel
ravishda bolada - boshqa ehtiyoj - o‘zini o‘z individualligini ko‘rsatish ehtiyoji
shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va vositalarini qidira, namoyon qila boshlaydi,
natijada uning individuallashtirilishi sodir bo‘ladi. Bola individuallashtirilishi
shunda ifodalanadiki, u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat va
xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o‘zini
tutish esa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o‘xshashiga qaramay
notakror, individuallik qirralarni egallaydi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi shunday qilib ikki yo‘nalish bo‘yicha sodir
bo‘ladi: sotsializatsiya (ijtimoiy madaniy tajribani egallash) va individuallashtirish
(mustaqil bo‘lish).
Agar bolani sotsiumga kiritishda sotsializatsiya va integratsiya jarayonlari
orasida muvozanat belgilansa, ya’ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda
o‘zlashtirilgan me’yor va qoidalarni o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga o‘z
ahamiyatli “umumiy”ni individualligini qo‘shsa, sotsiumda bolaning integratsiyasi
sodir bo‘ladi.
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga
ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi mumkin, bu shaxsni
jiddiy deformatsiyaga olib kelishi mumkin.
Agar bola moslashuv fazasidan o‘ta olsa va atrofdagilarga o‘z individual
farqlarini ko‘rsatishni boshlasa, atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat
me’yorlariga
to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblasa, unda bolada negativlik,
gumonsirashlik, agressivlik, o‘ziga yuqori baho berish rivojlanadi.
Bola rivojlanishiga tarbiya ham ta’sir ko‘rsatadi. Hozir pedagogikada
“sotsializatsiya” va “tarbiya” tushunchalari keng muhokama qilinmoqda. Tarbiya
shaxs sotsializatsiyasi asosiy omillaridan biri.
Agar bola ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirmasa (muhit negativ
ta’siri natijasida), unda tarbiyachilar va mutaxassislar harakatlari ijtimoyi
moslashuvga(ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashish) yo‘naltirilgan bo‘lishi
lozim.
Agar ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning shakllanmaganligi shunchalik
yuqori bo‘lsa, bolani ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashishiga halaqit bersa,
ya’ni uning ijtimoiy qarshi moslashuvi sodir bo‘lsa, bu holda bola bilan
yo‘qotilgan ijtimoiy aloqa va munosabatlarni tiklashga yo‘naltirilgan maxsus
choralar tizimini tadbiq etishni ko‘zda tutadigan ijtimoiy tiklanish zarur.
Shunday qilib, rivojlanish jarayonida bola sotsiumda ijtimoiy moslashuvni o‘z
ichiga oladigan uning sotsializatsiyasi amalga oshirilishi kerak. Agar bu sodir
bo‘lmasa, boshqa hol - qarshi moslashuv holi kuzatiladi, unda bolani ijtimoiy
qayta tiklash zaruriyati yuzaga keladi.
1-mavzu bo‘yicha rezyume (xulosalar)
Ijtimoiy pedagogika - tadqiqot obyekti bo‘lib bola, o‘rganish mavzusi bo‘lib
esa bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlari hisoblangan pedagogika fani sohasidir.
Ijtimoiy pedagogika
- bolalarning ijtimoiy tarbiyasi va ijtimoiy ta’limi
qonuniyatlarini ularning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘rganadigan pedagogika fani
sohasidir.
Bola ijtimoiylashuvi – uni ijtimoiy hayotga tortish jarayonidir. U mazkur
jamiyatga xos bo‘lgan bilim, qadriyatlar, o‘zini tutish namunalari tizimii
o‘zlashtirishda mujassamlashgan.
Bolaning ijtimoiy moslashuvi – uni ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol
moslashuvi jarayoni, bolaning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’siri turi.
Bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi - ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga
muvaffaqiyatli moslashishga qarshilik qiladigan undagi ijtimoiy ahamiyatga ega
xislatlarning yo‘qolib ketishi yoki shakllanmasligi jarayoni.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston tarakkiyetining poydevori.
T.1997y.
2. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. T.1997.
3.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.1998 y.
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.2008 y.
5. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T. 2009.
Download