Uploaded by nurmatovelbek426

bobournoma 1

advertisement
Mavzu: Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari. Markaziy Osiyo
tariхiga oid muhim manba
Reja:
I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot.
1.1 «Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari.
1.2 «Boburnoma» ning ilmiy - ma’rifiy va adabiy qiymmati.
II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim
manba
2.1
2.2
Movarounnahrda olib borgan urushlari.
Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi.
1
Mundarija
Kirish ……………………………………………………………………..…3
I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot……..….7
1.1
Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot……….…..9
«Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari…………….14
1.2
«Boburnoma»
ning
ilmiy
-
ma’rifiy
va
adabiy
qiymmati…………………………………………………………………...…….21
II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim
manba....................................................................................................................23
2.1 Boburning siyosiy faoliyati……………………...……………………...23
2.2 Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi………..29
2
Kirish.
Uzoq o’tmishda ijtimoiy hayotning ko’p sohalarida muhim rol o’ynagan yirik
siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U o’z davrida iste’dodli
lashkarboshi va davlat arbobi, talantli shoir va adib, san’at, adabiyot hamda fanning
qadrini biladigan atoqli olim bo’lgan. Uning musiqa, harbiy ish haqida yozgan
risolalari bizgacha yetib kelmagan bo’lsa ham, biroq uning bos hqa qator asarlari
ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan g’arb tarixchilarini qizio’tirib
kelgani kabi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron tarixini tekshiruvchi
sharo’shunos olimlar uchun ham ko’pdan buyon ilmiy tayanch manbalaridan biri
bo’lib kelmoqda.
Boburning lirik devonlari, «Boburnoma»si, aruzga doir risolasi, Hatti
Boburiy, "Harb ishi", "Musiqiy ilmi" va boshqa asarlari o’zbek adabiy tili, adabiyoti
va ilm-fanning ravnaq topishiga bebaho hissa qo’shdi.
«Boburnoma» oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga:
Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—1524) va Hindiston
(1524— 1530)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi
— temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—1494) xususida
hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻtirishi (1494-yil iyun), ammo Temuriylar
davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15asr 90- yillari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu
jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab,
Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504)
haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt
etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning
harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar
(Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib
(1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra
boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli
sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (qarang Panipat janglari), Shim. Hindistonni
3
bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan
iborat.
Maqsad va vazifalari: «Boburnoma»da keltirilgan barcha maʼlumotlar,
xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim.
Afgʻonistonning 15-asr 80—90- yillari va 16-asr 1choragidagi siyosiy ahvoliga
doyr xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan
tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida
hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton
Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulqatvori, tabiati
xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiy
tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya,
tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va boshqalarga oid
aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar,
ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi
lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha kattakichik jang manzaralari mahorat
bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari,
qamal holatlari, qurolyarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda
asarda koʻplab harbiymaʼmuriy istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa,
axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur,
rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va boshqalar) ham uchraydi.
Shuningdek, «Boburnoma»da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va
boshqa haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr,
Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari,
qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari,
anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy
tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon,
Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy
tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq xoʻjaligi, daryo va suv
havzalari, choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va
oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi.
4
Xususan 15—16-asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk)
qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul qabilalarining urfodatlari,
harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli
boʻlib, ular oʻzbek, qozoq, qirgʻiz va boshqa turkiyzabon xalqlar etnik tarixini
oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. «Boburnoma» da Fargʻona,
Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va
uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa
joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi
yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan.
Mavzuning dolzarbligi: «Boburnoma»da Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy,
Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul
Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli Gʻijjakiy,
Husayn Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi koʻplab sanʼatkorlar tavsif etilib,
ularning ijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi. Jumladan, Alisher Navoiy haqida
shunday deyiladi: "Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr
aytibturlar,— hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas".
«Boburnoma» 15-asr oʻzbek badiiy nasrining yorqin namunasi sifatida sof
badiiy lavhalar, jonli tasvirlar, anʼanaviy lirik chekinishlarga boy. Nasriy matn
ichida keltirilgan xalq maqolmatallari, iboralari, ibratli oʻgitlar, sheʼriy parchalar
uning badiiyligini yanada oshiradi, oʻziga xos joziba bagʻishlaydi.
«Boburnoma» 16-asrdan boshlab hozirgigacha dunyoning koʻp tillari —
ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va boshqa tillariga bir
necha martalab tarjima qilindi, sharhizohlar bilan nashr etildi. Angliya, Amerika,
Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Turkiya, Yaponiya kabi
oʻnlab mamlakat olimlarining ilmiy tadkiqotlarida " Boburnoma "ning insoniyat
yaratgan oʻlmas obidalar qatorida alohida oʻrinda turishi taʼkidlanadi.
«Boburnoma»ningjahonga mashhur boʻlishida, asosan ingliz sharqshunoslarining
xizmati katta boʻldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi toʻliq nashrini
5
(ingliz tilida) 1826-yilda J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa
mazkur nashr asosida 2-marta (1878, 1909) uning qisqartirilgan nashrlarini chop
ettirdi. 1921-yilda ingliz sharqshunosi A. Beverij «Boburnoma»ni mustaqil suratda
asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning oʻzida «Boburnoma»
tarjimalari 9-marta nashr etildi.
Keyingi yillarda «Boburnoma»ning professor V. Takston tomonidan AQShda
(Kembrij shahri, Garvard universiteti, 1993) hamda ikki jild hajmda, mukammal
soʻzlik, koʻrsatkich va sharhizohlar bilan Yaponiyada (Kioto, 1995—96)
ilmiytanqidiy matni nashr etildi.
6
I-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot.
Boburning lirik asarlari asosan uning devoniga jamlangan. Shoirning
o’zbekcha devonining ikki qo’lyozma nusxasi borligi ma’lum. Bulardan biri
Parijda, ikkinchisi Hindistonda saqlanadi. Boburning lirik merosini shu ikki
qo’lyozma nusxa va «Boburnoma» dagi she’rlar tashkil etadi. Mana shular asosida
Boburning bir necha bor nashr qilindi. Boburning she’rlarini 1910 yilda i ngliz
Sharo’shunosi Denison Ross to’plab ingliz tiliga tarjima qilib, nashr etdi. Shoirning
ba’zi she’rlari 1931 yil Istambulda chiqqan "Milliy tatabbu’lar" majmuasiga ham
kiritilgan. Boburning she’rlari o’tmishda ingliz, frantsuz, va boshqa Yevropa
tillariga ham tarjima qilingan edi. Keyin 60-70 yil ichida Bobur she’rlari qaytaqayta nashr qilindi, xrestomatiyalarga, turli to’plamlarga kiritildi va bir necha marta
tanlangan asarlar tarzida bosilib chiqdi.
Bobur devoni lirik turning har xil janrda yozilgan she’rlarni, jumladan, g’azal,
ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, fard va boshqalarni o’z ichiga oladi. Unda oddiy
g’azallar bilan bir qatorda g’azali musajja’ (markaziy ruknlari qofiyadosh bo’lgan
g’azal), qit’a g’azal (birinchi bayti qofiyasiz bo’lgan g’azal), g’azali husni matla’
(matla’dagi keyingi baytning har ikkala misrasi matla’ga qofiyadosh bo’lgan
g’azal), qo’shaloq vaznli va qofiyali, ruboiy tarona (to’rtala misrasi qofiyadosh
bo’lgan ruboiy), oddiy tuyuqdan tashqari, qo’shal oq tajnisli tuyuq, tajnisiz tuyuq
hamda tajnisli qit’a, tajnislit fard, qofiyali fard va qofiyasiz fard shakllarini ham
ko’ramiz. Fazal, ruboiy va tuyuq Bobur lirikasining eng xarakterli janrlaridir.
Bobur aruzning hafif, ruboiy, rajaz, ramal, sare’, tavil, mutaqorib, mujtass,
muzore’, munsareh va hazaj bahrlaridan hamda bu bahrlarning 25 turdagi ichki
xillaridan foydalanadi.
Bobur devoni asosan uning o’zbek tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Biroq
shu bilan birga, unda fors-tojik tilida yozilgan bir necha she’r ham bor. Bobur o’z
ona tiliga bo’lgan muhabbatini bir she’rida shunday ifodalagan edi:
Erur turk oshiq, kosh bilsam forsiy qoni,
Desam holimni bilsa, forsiydan dilbarim oni.
7
Bobur fors-tojik adabiy tilini ham mukammal bilar edi. Bunga shoirning forstojik tilidagi she’rlari yaqqol misol bo’la oladi. Bobur Lutfiy, Alisher Navoiy, Umar
Hayyom, Hofiz singari ustoz san’atkorlarning bir qator an’analarini davom ettirdi
va rivojlantirdi, ularning g’azallariga nazira va muxammaslar bog’ladi.
Bobur lirik asarlarining mavzu ko’lami keng va xilma-xildir. Bobur umuman
voqealikni, xususan ijtimoiy fikrni, ijtimoiy hayotni kengroq qamrab olishga
harakat qiladi va bu sohada ko’pgina yutuqlami qo’lga kiritadi. Kishilaming
ma’naviy qiyofasi, din, tasavvuf, hokimiyat va marifat masalalari, yor va unga
bo’lgan muhabbat, vatan haqidagi o’ylar, unga intilish, zamondan norozilik,
hayotni sevish Bobur lirikasining mavzulari hisoblanadi. Murakkab va ziddiyatli
hayot va kurash yo’lini bosib o’tgan Boburning o’zi bu lirikaning markaziy
qahramonidir.
Bobur lirikasi til va uslubi jihatidan nihoyatda sodda va ravondir. U jo’sh qin
va musiqiy misralarida hayotiy, original obrazlar yaratadi, xalq tili va uning og’zaki
ijodi boyliklaridan unumli va o’rinli foydalanib, she’rlarining tilini boy va rangbarang qilishga erishadi.
Bobur hayot, sevgi va shodlik kuychisidir. U odamlarni hayotni qadrlashga va
sevishga, rostgo’y to’g’ri bo’lishga, o’z shaxsiy manfaati ketidangina quvmaslikka,
halol, sof ko’ngil bo’lishga, umuman ruhiy boylikka ega bo’lishga, mazlum va
muhtojlarni oyog’ osti qilmaslikka, maqsadga zo’r berib intilishga, qat’iyat bilan
qanday bo’lmasin unga erishishga chaqiradi. Shoir bir she’rida shunday deydi:
Davlatg’a yetib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o’zungni asru tutma...1
1.
Zahiriddin Muhammad Bobur. I –II jildlar, 1965-66.
8
1.1 Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot.
U dunyoni, hayotni, hayot quvonchlarini, inson tirikligini, uning
xursandchiligini, bahor va uning xursandchiligini, bahor va uning latofatini sevadi:
Yoz bo’ldiyu bo’ldi yana jannat kibi yozi,
Xush ul kishikim aysh ila utgay qishu yozi.
SHoir lirikasida bunga ko’plab xarakterli misollar keltirish mumkin,
jumladan:
Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati,
SHe’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati.
Yoz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor,
Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa bordur davlati.
Ishq dardin chekib har kimki topsa vasli yor,
Ul zamon bo’lg’ay unut, yuz yilki hijron shiddati.
Shoir "yoz fasli" bilan bodaning kayfiyatini, "yor vasli" bilan "ishq dardi" ni,
"do’stlarning suhbati" bilan "she’r bahsini" kuylaydi. U dilkash, bama’ni va
xushchaqchaq majlislarni, do’stlar suhbatini istaydi va ta’rif qiladi.
Boburdagi bu kayfiyat o’zining chuqur falsafiy asoslariga ega, zotan hayotni
qattiq sevuvchi va shu bilan birga uning zavq - shavqini tark etishni istamaydigan,
umrning insonga berilgan ne’mat ekanligini idrok etadigan uning mohiyatini
anglagan inson albatta uning qadriga yetishga da’vat etgan:
<< Fofil o’lma, ey soqiy, gul chog’in g’animat tut,
Vaqti aysh erur bog’iy, ol chog’ir, ketur, bot tut.
Bu nasihatim angla, ne bilur kishi yongla,
Ne bo’lur ekin tongla, sen bugun g’animat tut.>>2
Boburning bunday erkin fikrlari o’z davrida favqulodda ahamiyatga ega edi
va ular Bobur adabiy merosi uchun katta ijtimoiy mohiyat, yorqinlik,
mazmundorlik, joziba baxsh etadi.
2.
Zahiriddin Muhammad Bobur. I –II jildlar, 1965-66.
9
Bobur she’riyati ilm-ma’rifatni, axloq-odob kabi masalalarni ham qamrab
oladi. Shoir ilmning o’z-o’zidan bunyod bo’lmasligini ta’kidlar ekan, kishi faqat
havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo’lishi mumkin deydi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak,
Men tolibi ilmu tolibi ilm yo’q,
Men borman ilm tolibi, ilm kerak.
Yaxshi xulq - atvorga ega bo’lishi, kishilarga yaxshilik qilishi eng ezgu xislat
va olijanob fazilatdir:
Xalqingni rost etgil har sorig’aki borsang,
"Ahsanta" deb bori el, gar yaxshi ot chiqarsang...
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo’q.
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.
Boburning ko’pgina she’rlarining mazmunini vatan ishtiyoqi, g’urbat
hasratlari, sog’inch kayfiyati tashkil etadi. Bu bevosita shoirning murakkab hayoti
va kurash yo’li, shodiyona alamli sarguzashtlari bilan bog’liq. Bobur temuriylar
saltanatini saqlab qolish, Movarounnahrda yirik va mustahkam davlat qurishga
intildi. Biroq bu orzulari amalga oshmadi3. U vatanini tashlab ketdi. Undan olisda
ko’plab mashaqqatlarni boshidan kechirib yashadi. Bularning hammasi shoir
qalbidan qog’ozga ko’chdi, she’rga aylandi:
Ko’ngli tilagan murodga yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki muyassar o’lmasa olamda,
Boshni olib bir sorig’a ketsa kishi,deydi shoir. Yana shunisi e’tiborliki, bunday kayfiyatdagi ba’zi she’rlar shoir
biografiyasi haqida kam ma’lumot beradi, ya’ni biografik asosning shoir
she’riyatidagi o’rnini ko’rsatib turadi.
3.
Jamolov S. Bobumomaning badiiy qimmati haqida. o’z FAN, T.,1961.
10
Beqaydmenu xarobi sim ermasmen,
Ham mol yiqishtirur laim ermasmen.
Qobulda istiqomat qildi Bobur dersiz,
Andog’ demangizlarki, muqim ermasmen.
Boburning vataniga qaytish orzusi ushalmadi. U yurtidan uzoqda qolib ketdi,
davlati va saltanati uni umr bo’yi chet elga bog’lab qo’ydi. Binobarin, u:
Keldim bu sari o’z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo’o’tur, degan edi.
Bobur she’rlari orasida o’zining vatanidan olisga ketib qolishini "xatolig’" deb
baholagan pushaymonlig’ kayfiyati ham uchraydi:
Tole’ yo’qki, jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishnikim ayladim, xatolig’ bo’ldi. o’z yerni qo’yib
Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.
Demak, Bobur o’z vatanini ishtiyoq bilan sevadi, g’urbatdan hasrat va
nadomat chekadi, bu kayfiyatini, holatini o’z she’rlarida - g’azal va ruboiylarida
mahorat bilan ifodalaydi.
“Bobur lirikasidagi ishq mavzusi juda keng qamrovli. U oddiy insonning
insonga bo’lgan muhabbatidan, insonning ilohga bo’lgan muhabbati darajasiga
ko’tarilgan. Bu esa Bobur she’riyatidagi so’fiyona mayllarni namoyish qiladi.
Bobur oshiqni zohidga, ishqni zuhdu - taqvoga qarama - qarshi qo’yar ekan, bir
jihatdan Navoiy singari shoirlarning an’analarini davom ettirib, tarkidunyochilikni
oqlamasa, ikkinchi tomondan tasavvuf ta’limotidan bizga ma’lum bo’lgan zohidlar
va oshiqlar (so’fiylar) o’rtasidagi kelishmovchiliklarni ko’rsatib beradi”4:
Zohido do’zax o’tidin meni ne qo’rqutasen,
Hajr o’ti qoshinda ko’rmasmen ani uchqunga.
4.
Jamolov S. Bobumomaning badiiy qimmati haqida. o’z FAN, T.,1961.
11
Yoki: Tiyradur zuhd damidin ko’ngul,
Ishq o’ti birla yorutmog’ kerak...
...Zuhd ketti, esa karam qildi,
Ishq keldi-yu muhtaram qildi.
Xullas, Bobur lirikasining mavzu doirasi rang-barang bo’lib, u o’zbek klassik
she’riyatining ravnaq topishiga, ijtimoiy - falsafiy fikrlar taraqqiysiga katta hissa
qo’shdi.
Bobur - yetuk san’atkor shoir. U Lutfiy, Navoiy singari buyuk so’z
san’atkorlaridan ta’lim olib, ularning an’analarini davom ettirib rivojlantirgan
shoirdir. SHoir she’riyatning badiiy soddaligi uchun kurashdi. SHoir yaratgan
timsollar samimiyligi va tabiiyligi bilan kitobxonni hayratga soladi. SHoir badiiy
sodda, ravon, musiqiy, tili boy va rangdor she’rlar yaratdi. Uning she’rlarida o’y va
fikr, his va tuyg’u, tasvir va tavsif, so’z va musiqiylik bir-biri bilan uzviy bog’lanib
ketadi; Insonning xilma-xil ichki kechinmalari, shodligi va qayg’usi, orzu va
armon, tolei va taqdiri o’ziga xos badiiy bo’yo qlar bilan tasvirlanadi, jonli obraz
va portretlar yaratadi, tabiat manzaralari va turli lavhalarni rassom kabi chizib
beradi. U har bir she’ridagi mazmunni, kayfiyatni e’tiborga olgan h olda unga
muvofiq shakl vazn qo’llaydi, ichki qofiyalardagi, so’z o’yinlaridan, intonatsiya va
ovush tovlanishlaridan ustalik bilan foydalanadi. Masalan, janrning:
"Ko’nglumni chu ul pari olibtur,
Devona bo’lurg’a ne qolibtur".
Yoki: "Sabo ul gul haramig’a guzar qil,
Mening holimdin ul gulga xabar qil" - kabi
misralari nihoyatda sodda, ravon va musiqiydir.
Bobur lirikasi shoirning yuragi, his tuyg’ulari, o’y va orzusi, sukuti va
hayajonning kitobidir. Mohir shoir bularning barchasini lirik she’rlarida favqulodda
sodda usul bilan nihoyatda ravon va ravshan, tabiiy va haroratli qilib tasvirlaydi.
Lirik qahramon - Bobur timsolida biz maqlub va xomush, alamli va hasratli,
umidsiz va istiqbolsiz shaxs bilan g’olib va mag’rur, shod va quvnoq, umidli va
12
istiqbolli Bobur timsolini ham ko’ramiz. Xuddi shu kabi ma’shuqa timsoli ham goh
bevafo, sitamkor goh eng mehribon, vafodor, go’zal yor sifatida gavdalanadi.
Lirik she’rlarida shoir faqat siyosiy faoliyati zaminida vujudga kelgan
kayfiyatlari bilan emas, balki oshiq, ma’rifatparvar va murabbiy bir inson sifatidagi
fikr - tuyg’ulari bilan ham mujassamlashadi.
Boburning san’atkorlik mahorati badiiy san’at va tasvir vositalarini qo’llashda
ham namoyon bo’ladi. U o’xshatish, tazod, laf va nashr, parallelizm, mubolag’a va
boshqa turdagi usul va badiiy til vositalari orqali mavzuni, obrazni, holat va histuyg’uni mukammalroq yoritishga erishadi. (Ushbu badiiy san’at va tasvir
vositalariga o’qituvchi Bobur g’azallaridan misollar keltirgan holda tushuntiradi).
Xullas, Bobur lirikasi rang-barang janrlardan tashkil topgan. Uning mavzu
doirasi keng. Sharq she’riyati an’analarini davom ettirgan shoir mavjud she’riy
san’atlar va tasvir vositalari deya mahorat bilan foydalanib, o’z san’atkorligini,
o’zbek she’riyatida o’ziga xos hodisa ekanligini namoyish qildi.
5.
Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma», Yulduzcha, 1990.
13
1.2 «Boburnoma» ning yaratilish tarixi. Uning nusxalari va tarjimalari.
Zahiriddin Muhammad Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng
yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi,
etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va adabiy
tilning yorqin namunasi bo’lgan «Boburnoma» asaridir.
Asarning asli nomi "Boburiya" bo’lsa - da, uni "Voqeanoma", "Tuzuku
Boburiy", "Voqeoti Boburiy" deb atadilar, keyinchalik asar «Boburnoma» degan
nom bilan mashhur bo’lib ketdi.
«Boburnoma» memuarlar (esdaliklar) to’plamidir. Bu tarixiy - badiiy asar
1494 -1529 yillardagi voqealarni, Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va
Hindistonda ro’y bergan va ko’pida Boburning o’zi ishtirok etgan o’zaro feodal
urushlarni o’z ichiga oladi. Aftidan, Bobur siyosiy faoliyatining dastlabki yillaridan
boshlab voqealrni xotira sifatida qayd etib borgan, keyinchalik bu qaydlar
«Boburnoma» ning yaratilishiga asos bo’lgan. Boburning «Boburnoma» ni qachon
yozishga kirishgani ma’lum emas. Biroq asarning ayrim o’rinlari uning ko’proq
qismi Hindistonda yozilgani yoki qayta tahrir qilinganini ko’rsatadi. Masalan, adib
909 (1503-1504) yilgi Afg’oniston voqealarini bayon qilar ekan Ibrohim Lo’diy
ustidan qozongan g’alabasini eslaydi. Bu esa Boburning 909 yil voqealarini
Hindistonda yozganini yoki avvalgi yozganlarini tahrir qilganini ko’rsatadi. Bobur
bu asarini umrining oxirlarida, 1529-1530 yillarda yozib tugatadi.
Boburning o’z so’zi va uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" dagi
ma’lumotlariga ko’ra, «Boburnoma» dastlab "Voqeanoma" deb atalgan.
«Boburnoma» dagi bir ruboiysida shoir shunday degan edi:
Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum,
Har kim bu "Vaqoe" ni o’qur, bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum.
«Boburnoma» ni ko’chirgan bir kotib uni "Boburiya" deb nomlaydi. Demak,
«Boburnoma» asari o’z davrida yuqorida aytib o’tganimizdek bir qancha nomlar
14
bilan atalgan ekan.
«Boburnoma» ning o’ndan ziyod qo’lyozma nusxalari ma’lum. Asarning
Boburning hayot davridayoq ko’chirilgan ikki nusxasi haqida ma’lumotlar bo’lsa da, ularning qaerda saqlanayotgani ma’lum emas. «Boburnoma» ning XVII XVIII
asrlarda ko’chirilgan
nusxalari
Leningrad,
Kalbkutta,
Agra,
Haydarobod, Manchestr, London, Edinburg va boshqa joylarda saqlanadi.
«Boburnoma» 1857 yilda Qozonda turkshunos rus olimi N.Ilbminskiy
tomonidan nashr etiladi. 1905 yil ingliz olimasi A.Beverij xonim «Boburnoma»
ning Haydarobodda topilgan qo’lyozmasining faksimiliesini nashr ettiradi. Asar
Turkiyada ham nashr ettirilgan. Asardan parchalar bir necha xrestomatiyalarda
nashr ettirildi. 1948-49 yillarda ikki kitob holida, 1965-66 yillarda uch tomlik
tarkibida, 1990 yilda alohida kitob holida chop etildi. «Boburnoma» asari bilan
SHarq va G’arb olimlari alohida qiziqishgan. Uni eng kamyob va nodir asarlardan
hisoblagan ko’pgina G’arb olimlari tadqiq etib o’rganganlar, tarjima qilganlar.
Jumladan, G’arb tarixchi olimlardan Elfinston Boburning bu asari haqida shunday
yozadi: "Bu memuarlarda buyuk turk podshosining hayoti batafsil tasvirlangan,
uning shaxsiy his - tuyg’ulari har qanday mubolag’adan, pardadan holi. Uning
uslubi oddiy va mardona, shuningdek, jonli va obrazli. o’z zamondoshlarining
biografiyalarini, ularning qiyofalarini, urf-odatlarini, qiliqlarini oynadek ravshan
tasvirlaydi. Bu jihatdan u («Boburnoma») Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir
namunasidir..."
«Boburnoma» bir necha tillarga tarjima qilingan. Akbarshoh davrida (1586).
«Boburnoma» fors tiliga tarjima qilinib, unga miniatyuralar ishlangan. Bu
tarjimaning nusxalari ko’p. Asar 1705 yilda Vitsen tomonidan golland tiliga tarjima
qilinib, Amsterdamda bosiladi. Djon Leyden bilan V.Erskin «Boburnoma» ning
o’zbekcha va forscha nusxalarini solishtirib, uni ingliz tiliga tarjima qilishga va
1926 yilda Londonda nashr ettirishgan. A.Keyzer «Boburnoma» ning inglizcha
tarjimasi asosida uni qisqartirilgan holda nemis tiliga tarjima qilinadi va bu tarjima
1828 yilda Leyptsigda bosiladi. Frantsuz olimi Pave de Kurteyl ь tarjima qiladi. Bu
tarjima 1871 yilda Parijda nashr etiladi. «Boburnoma» ni rus olimlaridan dastlab
15
N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, V.Vyatkinlar tarjima qilgan bo’lsalar, u keyinchalik
M.Salbe tomonidan rus tiliga to’la tarjima qilindi va ikki marta nashr etildi.
O’zbek adabiyotshunoslari tomonidan «Boburnoma» ning ko’p jihatlari tadqiq
etilgan. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar A.Fitrat, H.Yoqubov, Ya.Fulomov,
V.Zohidov, I.Sulton, M.SHayxzoda, F.Sulaymonova, A.Qayumov, H.Hasanov,
N.Mallaev,
S.Hasanov,
X.Nazarova,
P.Qodirov,
R.Nabiev,
X.Qosimov,
F.Salomov, S.Jamolov, N.Komilov, A.Abdug’ofurov, I.Haqqulov, H.Qudratullaev,
tarixchi olimlardan S.Azimjonova va boshqalarni nomi bilan bog’liq.
«Boburnoma» tarixiy manba sifatida alohida qimmatga ega. Unda XV asrning
oxiridan XVI asrning 30 - yillariga qadar ro’y bergan tarixiy voqealar aks ettiriladi.
Asar 1494 yil voqeasi tasviri bilan, Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning
Farg’onaga hujumi, Umarshayx Mirzoning halok bo’lishi va 12 yoshga qadam
qo’ygan Boburning taxtga chiqishi bilan boshlanadi. Asarda voqealar doirasi
kengayib, chuqurlashib, murakkablashib boradi. Muallif Movarounnahrdagi,
keyinroq Xuroson, Afg’oniston va Hindistonda voqealarni bayon qiladi.
Faktik materiallarning ko’pligi, boyligi, aniqligi va to’laligi, tarixiy
voqealarning asosan ob’ektiv, beg’araz va rostgo’ylik bilan bayon etilishi,
xronologik izchillik, ifodaning soddaligi va ravonligi «Boburnoma» ning tarixiy
manba sifatidagi afzalliklarini tashkil etadi. SHu jihatdan qaraganda «Boburnoma»
o’tmishning ko’pgina tarix kitoblari va memuarlaridan ustun t uradi. «Boburnoma»
da tarixiy voqealar asosan ob’ektiv bayon etiladi. «Boburnoma» sodda uslub, ravon,
shirali va boy til bilan yozilgan, jonli manzaralar, portret va xarakterlar, original
badiiy til vositalari bilan badiiiylashtirilgan asardir. Aynan mana shu afzal jihatlari
bilan «Boburnoma» uzoq zamonlardan buyon tarixchilarning va boshqa
olimlarning diqqat - e’tiborini o’ziga jalb etib, yuksak baholanib kelmoqda.
«Boburnoma» XV-XVI asr tarixiy hodisalari bilan tanishish va ularni
umumlashtirish, SHarq feodal jamiyatining xususiyatlarini belgilash va yoritishda
juda ko’p xarakterli faktlar, ma’lumotlar beradi.
«Boburnoma» o’zbek adabiyoti tarixida badiiy prozaning eng birinchi yirik
namunasi hisoblanadi. Bu asar adabiyotimizda prozaning rivojlanishiga uzoq vaqt
16
ijobiy ta’sir etib keldi.
Dadil aytish mumkinki, bu asarda badiiy prozaning deyarli ma’lum darajada
barcha elemaentlari bor. Muallif o’z asarining ko’p qismlarini xuddi ana shu planda
yozadi, o’z boshidan kechirgan va ko’rganlarini, o’zining atrofidagi yoki tarixiy
aloqador bo’lgan odamlarni, bu odamlar nima qilgan bo’lsalar - ularning barchasini
tasvirlaydi. Mazkur asarda muallifning juda chuqur bilimi, badiiy salohiyati va
mahorati namoyon bo’ladi.
«Boburnoma» da qahramonlarning harakatlar bilan voqealik uzviy va
chambarchas bog’lanib ketadi. Muhimi shundaki, bu voqealarning barchasida
Boburning hayoti va faoliyati, uning harbiy yurishlari yetakchilik qiladi. Ular
o’quvchiga shunday yetkazib beriladiki, asarning ba’zi joylari badiiy umumlashma
darajasiga ko’tariladi.
«Boburnoma» ning syujeti juda murakkabdir. Bobur syujetni rivojlantirishda
Sharq adabiyotida keng tarqalgan bayon ichiga bayon kiritish usulini qo’llaydi.
Mazkur usul turli mavzularni qamrab olishga, konfliktning kuchayishiga va
asarning serqirra bo’lishiga imkoniyat beradi.
Muhimi shundan iboratki, Bobur ko’pincha badiiy umumlashma va voqealikni
realistik aks ettirish orqali yuksak mahoratga erishadi. Bu jihatdan «Boburnoma»
da bayon qilingan 1502- 1503 yil voqealarini o’z ichiga olgan bobning (ikkinchi
yarmida yolg’iz qolgan Boburning dushmanlar ta’qib qilar ekan, u barcha xavfxatarni bilgani, tushungani holda uzoq vaqt katta masofani ajal bilan yonma-yon
bosib o’tganligi) tasviri ajralib turadi.
Muallif epizodik hodisalarni aks ettirganda ham shu usulni qo’llaydi.
Voqealarni tasvirlagan adib ularning ko’pida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi,
voqealar Boburning o’z obrazi orqali bir-biri bilan ulanadi, o’ziga xos syujet
chizig’ini yaratadi. SHuning uchun ham «Boburnoma» juda yengil o’g’iladi,
kitobxonni o’ziga maftun etadi. Rus SHaro’shunos olimi, akademik V.V.Bartolbd
«Boburnoma» ni "turkcha proza" ning eng yaxshi asarlaridan biri, deb baholagan
edi.
6. Qudratullaev H. Boburnoma" ning tarixiy - adabiy va uslubiy tahlil. Avtoreferat. T., 1998.
17
Bobur biror tarixiy voqeani hikoya qilishga kirishar ekan, ko’pincha, avval
voqeaning o’rnini batafsil tasvirlaydi, voqeada ishtirok etuvchi kishilarning aftbasharasidan tortib fe’l - atvori va hatti - harakatiga qadar ta’riflaydi, so’ng
voqeaning bayoniga kirishadi. Ba’zan voqea davomida chekinish qilib, joy yoki
manzarani tasvirlaydi. Kitobxonning ko’z o’ngida XV - XVI asrlardagi
Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston va Hindiston o’lkalari, ulardagi shahar va
qishloqlarning manzarasi, topografiyasi, ob-havosi, o’simliklar dunyosi, aholisi,
urf-odatlari namoyon bo’ladi.
Bobur peyzaj ustasidir. Mana bir misol. Bobur va uning odamlari o’z
yo’llarida duch kelgan va ular kechib o’tishlari lozim bo’lgan daryoning kengligini,
ulug’vorligini va sekin oqishini muallif quyidagiga qisqa va obrazli qilib ifodalaydi:
"Farib ulug’ suv nazarga keldi. Ul yuzdagi dashtlar xud aslo ko’rinmaydur. Suv
osmon bila payvast ko’rinadur, ul yuzdagi tog’lar va pushtalar netavrkim,
Serobning ul yuzidagi tog’ va pushtalar muallaq ko’rinur..." «Boburnoma» muallifi
bunday o’rinlarda iste’dodli adib va shoir sifatidagina emas, balki bilimdon va
kuzatuvchan bir olim, geograf, tabiatshunos, etnograf, tilshunos, san’atshunos
sifatida gavdalanadi. U ayrim kichik detallarga ham katta e’tibor beradi, realistik
lavhalar yaratadi va hassos rassom sifatida tabiatning xilma-xil manzaralarini
chizadi. Andijon, Marg’ilon, O’sh, Xo’jand, Qobul, Fazna, Hirot va boshqa
shaharlar tasviri xuddi shunday manzaralardir. Joylar tasviri «Boburnoma» da
tarixiy voqealarni, kishilarning sarguzashti, hayoti va faoliyatini bayon etishda bir
ekspozitsiya vazifasini bajaradi. Masalan, 1494 yil voqealarni, Umarshayx
Mirzoning halokati va o’zining taxtga chiqib amakisining qo’shinini chekinishga
majbur etganini so’zlashdan avval Farg’ona viloyati va uning yetti shahrini
tasvirlaydi.
Bobur tabiat manzaralari bir-biridan farq qiluvchi va o’ziga xos bo’lgan
viloyat va o’lkalarda bo’ldi. U turli joylarni tasvirlar ekan, mana shu tabiat
manzaralariga ham katta e’tibor beradi, ularning nozik nuo’talarini topa oladi va
xuddi bir rassomday jonli polotnolar, peyzajlar chizadi. «Boburnoma» ning tarixiy
manba sifatida baholashga birinchi asos - tarixiy voqealar bayoni bo’lsa, ikkinchi
18
asos asarda tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlarining ifoda
etilishidir. «Boburnoma» da bir necha yuz tarixiy shaxslar haqida ma’lumot
beriladi. Ular shohlar, viloyat hokimlari, amir - amaldorlar, askarlar, ilm - fan,
san’at va adabiyot ahllari, dehqonlar, hunarmandlar va boshqa kasb egalaridir. Adib
ularni tasvirlayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil
so’zlaydi, ikkinchi birlari haqida qisqacha ma’lumot beradi, ba’zilarini biror
munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. Voqealar rivojida muhim o’rin tutgan
Umarshayx mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy
shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl shamoyili, nasl - nasabi, ma’naviy qiyofasi, xislati, xulq-atvori, kishilarga
munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarini ham tasvirlaydi, xilma - xil
badiiy portretlar, xarakterlar yaratadi. Bunday personajlar bevosita tarixiy roman
yoki qissalardagi qahramonlarga o’xshab ketadi. Bobur ularning ta’rifi va tavsifini
bir joyga to’plab, mujassamlashtirib beradi, bu bilan kitobxonni tarixiy shaxs bilan
tanishtiradi, shundan keyin voqealar bayonini davom ettiradi.
«Boburnoma» da ilm - fan, san’at va adabiyot ahllariga ham katta o’rin
berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy,
Mir Husayn Muammoiy, SHayxim Suhayliy, Yusuf Badeiy, Ahmad Hojibek
Behzod, Sulton Ali, Xoja Abdullo Marvoriy, SHoh Muzaffar, Fulom SHodiy,
Husayn Udiy kabi qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni
mao’taydi, asarlardan namunalar keltiradi, ba’zan hayoti, faoliyati va shaxsiy
sifatlari haqida qiziqarli faktlarni keltiradi. «Boburnoma» bu kishilarning hayoti va
faoliyatini o’rganishda, ularning madaniy hayotdagi o’rnini belgilashda juda
ahamiyatlidir.
«Boburnoma»ning bosh qahramoni - Bobur. U juda murakkab shaxs - siyosiy
arbob, lashkarboshi, olim, shoir va donishmand. Tabiiyki, barcha badiiy asarda
inson, uning hayoti, turmush tarzi va xarakteri o’z ifodasini topadi. Mumtoz nasriy
asarlar ham bundan xoli emas. Odamlar orasidagi munosabat eng avvalo hissiyot,
hayajon, ruhiy o’zgarishlarsiz vujudga kelmaydi. Bu holatlar ning badiiy, tarixiy,
sarguzasht, voqeaiy - ilmiy sarguzasht asarlarida g’ay darajada yoritilganini
19
o’rganish adib uslubi, bayon tarzini belgilashga yordam beradi.
«Boburnoma» da muallifning psixologik holati tasviri alohida o’rin tutadi.
Boburning birinchi marta may ichishga rag’bat etgani jiddiy ruhiy kechinmalar
orqali o’tganligi bunga bir dalil. Vaqti kelib Bobur o’zida "chog’irga mayl paydo"
bo’lganligini sezgan. Muallifning inkor qilib bo’lmas sabablar, xolis dalillar
keltirib, may ichuvchilar davrasiga qo’shilishi uchun ruhan va ma’nan tayyorligini
zikr etadi, o’zini tinchitadi. Biroq yana bir monelik sezadi: Boburni bilgan barcha
kishilar uning azaldan ichkilik ichmasligidan boxabar bo’lganliklari tufayli uni
qistamas edilar. Uning o’zi esa jur’at etib, ichishga mayli borligini ochiq bildira
olmasligini shunchalik aniq, hayotiy tasvirilaganki, ehtimol bu holatni bundanda
mazmunliroq yoritib bo’lmas:
"... so’ngralar yigitlik havasidan va nafs
taqozosidinkim, chog’irga mayl paydo bo’ldi, taklif qilur kishi yo’q erdi, balki
chog’irga maylini bilur kishi yo’q erdi. Ko’nglum agarchi moyil edi, qilmag’on
amrni o’zluk bila qilmoq mushkul edi".
____________________________________________________________
7. Zohidov V. Zahiriddin Muhammad Bobur. "O’zbek adabiyoti tarixidan" kitobida, T., 1961.
20
1.3 «Boburnoma» ning ilmiy - ma’rifiy va adabiy qiymmati.
Bugungi kunda mumtoz adabiyotimiz orqali yuksak ma’naviy jihatlarni yosh
avlodga yetkazish borasida ko’p so’z yuritmoqchimiz. Boburning yuqoridagi
andishasi temuriyzodalar axloqi, insoniy qadr - qiymatga ehtiromi, atrofdagilar fikr
- mulohazasi bilan hisoblashish, jamiyatning qonun - qoidalari barcha uchun, hatto
shoh Bobur uchun ham birdek amal qilishining yorqin dalili emasmiq! Bobur
qanchalik ichishga mayli bo’lmasin, yoshi kattalar, davradoshlarning hohish - istagi
bo’lmagan ekan, u o’zini tiyadi, o’z irodasini ishga soladi, ichmaydi. Xuddi shu
xislat davrimiz yoshlari uchun, ularni may va boshqa sarxush etuvchi moddalarni
iste’mol qilishdan bosh tortish uchun yuksak ibrat va ma’naviy sabo q vazifasini
o’taydi.
«Boburnoma» ning bosh qahramoni Bobur timsoli, uning faoliyati, ruhiy ma’naviy olami haqida o’rnak bo’ladigan darajadagi juda ko’plab ma’lumotlarni
olish mumkin.
«Boburnoma» qomusiy asardir. Unda tarixiy voqealar bilan birga, tabiiyot,
geografiya, topografiya, adabiyotshunoslik, etnografiyaga va fanning boshqa
sohalariga doir juda qimmatli fakt va ma’lumotlar berilgan. Bobur tog’ va daralar,
ko’l va daryolar, xilma - xil o’simlik va hayvonlar, joylarning yer osti boyliklari,
xalqlarning urf - odati, tili, san’ati va adabiyoti, ayrim so’zlarning etimologiyasi va
boshqa masalalar bilan qiziqadi, bulaming barchasini erinmay kuzatadi, o’rganadi,
turli kasbdagi kishilardan, keksalardan ma’lumot to’playdi. Movarounnahr,
Xuroson, Afg’oniston va Hindiston faqat siyosiy tarixi bilangina emas, balki tabiati,
ilm - fani, san’at - adabiyoti va boshqa jihatlari bilangina emas, balki tabiati, ilm fani, san’at - adabiyoti va boshqa jihatlari bilan «Boburnoma» da birmuncha to’la
va mukammal tasvirlanadi.
«Boburnoma» da shu darajada ko’p turli - tuman ma’lumotlar borki, fanning
deyarli barcha sohalaridagi mutaxasisslar bu asardan bah ramand bo’la oladilar.
Shular bilan bir qatorda «Boburnoma» o’zbek adabiy tilining juda muhim
yodgorliklardan biridir. Bu asar orqali biz XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi o’zbek
adabiy tili va hamda uning o’sha davrdagi asosiy shevalardagi bo’lagan Andijon
21
shevasi haqida keng va mukammal tasavvurga ega bo’lamiz.
«Boburnoma» da nosir Boburning san’atkorlik mahorati ham sezilib turadi.
Asarda romantik tuyg’u, yuksak badiiy vositalar - tashbeh, istiora, majoz,
mubolag’a, badiiy san’atlari orqali voqea - hodisalarni tasvirlash uning jozibador
va go’zal bo’lishini ta’minlaydi.
Nasrda nazm qanchalik an’ana bo’lmasin, har bir adib bu masalaga o’z
o’lchovi, uslubi, tasviri bilan yondashgan. Masalan, «Boburnoma» da muallif o’z
fikrini nasrda bayon etadi, boshqacha aytganda, shoir Boburdan ko’ra nosir Bobur
yaqqolroq ko’ringan.
«Boburnoma» voqeaviy - ilmiy - saprguzasht asar bo’lganligi bois muallif
o’zining yuksak romantik tuyg’ularini ifodalash uchun gohida shoirona tuyg’uga
beriladi, realistik tasvirlariga ko’tarinkilik baxsh etish niyatida she’rga murojaat
etadi. «Boburnoma» ning ana shu qismlari, ayniqsa, juda ravon o’g’iladi,
o’quvchini muallif hikoya qilgan voqea - hodisalarga hamroh qiladi. Xullas, Bobur
o’zining lirikasi bilan ham, «Boburnoma» asari bilan ham o’zbek adabiyoti
taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Boburning «Boburnoma» sidan ilhomlangan qizi
Gulbadanbegim fors - tojik tilida "Humoyunnoma" asarini yaratdi.
«Boburnoma» Navoiy nasriy asarlaridan so’ng turkiy tildagi nodir badiiy,
ilmiy nasr xazinasi bo’lganligi bois bugungi kunda ham va hech qachon o’zining
ilmiy - adabiy - ma’rifiy qimmatini yo’qotmaydi.
8.
Qudratullaev O’. "Boburnoma" ning tarixiy – adabiy va uslubiy tahlili. Avtoreferat. T., 1998.
22
II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim
manba.
Uzoq o’tmishda ijtimoiy hayotning ko’p sohalarida muhim rol o’ynagan yirik
siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U o’z davrida iste’dodli
lashkarboshi va davlat arbobi, talantli shoir va adib, san’at, adabiyot hamda fanning
qadrini biladigan atoqli olim bo’lgan. Uning musiqa, harbiy ish haqida yozgan
risolalari bizgacha yetib kelmagan bo’lsa ham, biroq uning bos hqa qator asarlari
ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan g’arb tarixchilarini qizio’tirib
kelgani kabi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron tarixini tekshiruvchi
sharo’shunos olimlar uchun ham ko’pdan buyon ilmiy tayanch manbalaridan biri
bo’lib kelmoqda.
Boburning lirik devonlari, «Boburnoma»si, aruzga doir risolasi, Hatti
Boburiy, "Harb ishi", "Musiqiy ilmi" va boshqa asarlari o’zbek adabiy tili, adabiyoti
va ilm-fanning ravnaq topishiga bebaho hissa qo’shdi.
2.1 Boburning siyosiy faoliyati
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Farg’ona viloyatining
poytaxti Andijon shahrida tug’ildi. Uning otasi Umarshayx Mirzo temuriylardan
bo’lib, Farg’ona ulusiga hukmronlik qilar edi. Bu davrda Movarounnahrda
temuriylarning bir mahallar ma’lum darajada markazlashgan davlati parchalanib,
mayda feodal davlatlarga bo’linib ketgan edi. Ular o’rtasidagi nizolar, taxt uchun
olib borilayotgan to’xtovsiz kurashlar mamlakat xalqlarning io’tisodiy va madaniy
imkoniyatlarini izdan chiqargan edi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo ana
shunday - toj-taxt uchun kurash keskinlashgan davrda hokimlik qildi va bu
kurashlarda faol ishtirok etdi.
Bobur yuqori saviyali muallim va murabbiylar qo’lida bilim oldi, tarbiyalandi.
U juda tez orada xat-savodini chiqarib, ilm-fan, adabiyot va tarix bilan shug’ullana
boshlaydi. SHuningdek, u ko’p vaqtini harbiy mashqlar va ov bilan shug’ullanishga
sarf etdi. o’z qobiliyati bilan kattalarni hayratda qoldirar edi.
1494 yil Andijon hokimi, Boburning otasi Umarshayx mirzo tasodifan halok
bo’ladi va uning o’rniga taxtning vorisi, 12 yoshlik o’g’li Zahiriddin Muhammad
23
Bobur taxtga chiqadi. Bu voqealar bayoni «Boburnoma» asarida batafsil bayon
qilingan.
Bobur mamlakatni avval shayx Mazidbek, uning vafotidan keyin Boboquli
Bobo Alibek ("bek atka" lar) hamda tadbirli onasi Nigorxonimning rahbarligi va
ko’magida boshqaradi. Ularning ko’magida qo’shinni qayta tuzib, shaharlar va
qo’rg’onlarni mustaxkamlaydi, dushmanning hujumini mohirlik bilan qaytarib, uni
chekinishga majbur qiladi. Otasi tirikligi davrida (1494 yilda) Samarqand hokimi
Sulton Ahmad Mirzo (Umarshayx mirzoning o’z akasi) va Toshkent hokimi
Mahmudxon (Umarshayxning qaynog’asi va Sulton Ahmadning kuyovi) boshlagan
urushni bartaraf qilishga muvaffaq bo’ladi, dushmanni chekinishga majbur qiladi.
Bu Boburning birinchi va eng katta g’alabasi edi.
XV asrning oxirida Movarounnahr va Xurosonda feodal tarqoqlik hukm surar,
har bir bek o’z ixtiyoriga ish tutishga harakat qilardi. SHayboniyxonning tarixchisi
Muhammad Solihning ta’biricha, hamma bir-biridan qo’rqar, o’zicha shohlik talab
qilib, mamlakatda ig’vo urug’ini sochardilar. Movarounnahr tuproqida ayj olgan
o’zaro janglarda Bobur Mirzo ham qatnashishga majbur edi. Xalq ommasi og’ir
ahvolda qolgan edi.
Sulton Mahmud Mirzo vafotidan so’ng, 1495 yil yanvarb oyida uning ikkinchi
o’g’li Boysung’ur Mirzoni Samarqand taxtiga o’tqizadilar. 1496 yil Boysung’ur
Mirzoga qarshi Samarqandda tarxonlar isyoni boshlanadi. Bundan xabar topgan
Bobur Mirzo ham Samarqand taxtiga da’vogar bo’lib, 17 iyunda o’z qo’shini bilan
SHavdar tumaniga yetib kelib Samarqand qamaliga kirishadi. Ayni shu payt Sulton
Mas’ud Mirzo Samarqandning ikkinchi tarafidan, Sulton Ali Mirzo esa uchinchi
tarafdan qamal qiladilar.
Qish yaqinlashib qolgani uchun mazkur shahzodalar Samarqandni qamaldan
o’shatib, o’z yurtlariga qaytib ketadilar.
Bobur Samarqandni 1498 yilda, 15 yoshida bir necha urinishlardan keyin
qo’lga kiritadi. Biroq Samarqandning ichki vaziyati Bobur kutganicha bo’lib
chiqmadi. O’zaro urushlar va soliqlar natijasida shahar qashshoq bir ahvolga kelib
qolgan edi. Buning ustiga Andijonda Uzun Hasanning saltanatga qarshi isyon
24
ko’targan xabari keladi. Yuz bergan siyosiy va io’tisodiy tanglikni mushohada
qilgan Bobur Mirzo, qanday bo’lmasin Andijonni saqlab qolish payiga tushadi.
Mazkur sabablarga ko’ra, Bobur Mirzo Samarqandda 100 kun hukmronlik qilgach,
uni taqdirning irodasiga havola qilib, tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi.
Bobur Mirzo Samarqanddan chiqib, Xo’jandga yetganda, Andijonning
qo’ldan ketganligi haqida xabar oladi. Bu paytda Samarqandni esa Sulton Ali Mirzo
egallagan edi. Bobur Mirzo ikki yil davomida Samarqand bilan Andijon orasida
sargardon bo’lsada, biroq har ikki shahardan aqalli birortasini ham qo’lga kiritishga
muvaffaq bo’lolmadi.
Ikki yil o’tgandan keyingina Bobur Andijonni qo’lga kiritdi, yangidan
Samarqandni olish niyatida qo’shin tortib keldi. Bu paytda Movarounnahrning
markaziy viloyatlarini qo’lga kiritish niyatida yurgan SHayboniyxon Samarqandga
yaqinlashib qolgan edi. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoning roziligi bilan
Samarqand SHayboniyxon qo’liga o’tadi.
1500 yilda Bobur Mirzo Samarqand shahriga to’satdan bostirib kirib,
Shayboniyxonning asosiy kuchini qirib tashlaydi. Bu paytda SHayboniyxon
Konigulda edi. Samarqandni esa uning amirlaridan biri boshqarayotgan edi.
SHunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtiga ikkinchi marta chiqadi.
Lekin bu safar ham Bobur Mirzo Samarqandda uzoq turolmaydi. CHunki
shaharda vayronalik va ochlik hukmronlik hukm surardi. Ana shunday vaziyatda
Bobur shaharni qamal qilgan Shayboniyxonning sulh tuzish haqidagi taklifini qabul
qiladi. Bu voqea to’g’risida Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarida bayon
etilgan.
Samarqanddan chiqib ketgan, viloyatidan, navkarlarning ko’pidan ajralgan
Bobur Toshkentda ko’p alam - iztirob chekadi. Bobur tog’asi Mahmudxonning
yordami bilan Andijonni yana qo’lga kiritmoqchi bo’ladi. Biroq bu ham huzuriga
keladi va Shayboniyxonga qarshi birga kurashishga da’vat etadi natijasiz chiqadi.
Mahmudxon yengilib, Shayboniyxonga asir tushadi. SHayboniyxon Toshkentni
ham qo’lga oladi. Bobur Mo’g’ulistonning shimoli - SHarqiy tomoniga qarab
qochadi. Birmuncha vaqtdan keyin Farg’ona vodiysiga qaytib keladi. Biroq
25
Movarounnahrda yirik va mustahkam hokimiyat vujudga keltirishga ko’zi
yetmagach, 1504 yilda 300 dan ortiq yigiti bilan Afg’onistonga qarab yo’l oladi.
Bobur Mirzo Qobul tomon yurib, 1504 yil sentyabrb oyida Qobulni Zunnun
Arg’unning o’g’li Muhammad Muqimdan tortib oladi. SHunday qilib, Qobul va
uning atrofi Bobur Mirzo tasarrufiga o’tadi.
1505
yilda Husayn Boyqaro barcha o’g’illari qatori Bobur Mirzoni ham
Hirotga chaqirtiradi. Bu yig’ilishdan maqsad - SHayboniyxonga qarshi ittifoq tuzib,
urushga tayyorgarlik ko’rish edi. Bobur Mirzo bu kengashga albatta borajagini
aytib, Sayid Afzalni jo’natadi.
1506
yil 5 may kuni Sulton Husayn Boyqaro SHayboniyxon ustiga qo’shin
tortib, Bobo Ilohiy mavze’iga yetganda vafot etadi. Bobur Mirzo fotiha zarurati
bilan Hirotga boradi va Sulton Husayn Boyqaroning o’g’illari bilan uchrashib,
ularning o’zaro ichki nizo va xusumatlarini sezadi hamda bu shahzodalar bilan
ittifoq tuzib, SHayboniyxonga qarshi kurashib bo’lmasligiga aqli yetib, noumid
bo’lib qaytib keladi. Qobulga yaqinlasharkan, amakivachchasi Mirzoxon Qobulda
isyon ko’tarib, o’zini shoh deb e’lon qilgan i haqida xabar keladi. Bobur Mirzo ko’p
qiyinchiliklardan so’ng Qobulni qo’lga oladi.
1507
yilda Shayboniyxon Hirot bilan butun Xurosonni zabt etgach,
Qandahorga yurishga jazm qiladi. Uni egallab olgach, ukasi Nosir Mirzoni hokim
qilib tayinlaydi va o’zi Qobulga qaytib keladi. SHayboniyxon Bobur Mirzoni
Qandahorda deb gumon qilib o’z qo’shini bilan kelib, shaharni qamal qiladi. Nosir
Mirzo shaharda turolmay, Qobulga qochib keladi.
Bu xabarni eshitgan Bobur Mirzo SHayboniyxon bilan uchrashishdan ko’ra,
harholda ko’zdan nariroq turishga qaror qiladi. o’zining bek va amirlarini yig’ib,
o’z fikrini izhor qiladi. Bobur Mirzoning fikricha, mavjud vaziyat taqozosiga ko’ra,
SHayboniyxon
ko’zidan
yiroo’roq
turish
maqsadida
Badaxshonga
yoki
Hindistonga yurmoqlik lozim edi.
1507
yil sentyabrda Bobur Hindiston safariga yo’l oladi. Ammo
SHayboniyxon Qandahorni ololmay, sulh tuzib, orqaga qaytgani haqidagi xabarni
eshitgach Qobulga qaytib keladi.
26
Nosir Mirzoga Fazna viloyatini va Abdurazzoq Mirzoga Nanginahor,
Mindaravur, Darayi Nur Kiz va Nurgul hokimligini in’om qiladi.
1508
yil mart oyida Bobur Mirzoning katta o’g’li Humoyun Mirzo tug’iladi.
SHu munosabat bilan Bobur Mirzo o’zini bundan buyon Bobur podshoh deb
atashlarini buyuradi.
1510 yil Shayboniyxonning o’limidan so’ng, Bobur Eron shohi Ismoil Safaviy
bilan harbiy bitim tuzib, Samarqandni qo’lga kiritadi va bitimga muvofiq shoh
Ismoil nomiga xutba o’qittiradi. Bundan norozi bo’lgan xalq ommasi (Ismoil shia
mazhabiga mansub edi) ruhoniylar ta’siri ostida Bobur podshohga nisbatan
dushmanlik kayfiyatida bo’ladilar. SHunga qaramay, Bobur podshoh Samarqandga
sakkiz oy hukmronlik qiladi.
Bu asnoda Shayboniylardan Ubaydullaxon besh ming qo’shin bilan Buxoroga
yurish boshlaydi. 1512 yil 28 aprelda Xayrobod va Qorako’l o’rtasidagi Qo’shmalik
yonida hal qiluvchi jang bo’ladi. Bu jangda Ubaydullaxon qo’shini kutilmaganda
Bobur podshoh qo’shinini tor-mor keltiradi. Bobur podshoh tezlik bilan
Samarqandga qaytib keladi va o’z yaqinlari va askarlarini olib, Hisor orqali
Qobulga ketadi. U endilikda Movarounnahrga hukmronlik qilish xayolini boshidan
butunlay chiqarib tashlaydi va taqdirga tan berib, yana Hindiston tomon yurish
masalasini kun tartibga qo’yadi.
Bobur podshoh Qobuldan Hindistonga besh marta yurish qiladi. Beshinchi
yurishda, ya’ni 1526 yil 21 aprelda tarixda mashhur jang - Panipat jangi bo’ladi. Bu
jang Dehli hukmdori Sulton Ibrohim ibn Sulton Iskandar ibn Baxlul Lo’diy bilan
bo’lib o’tadi. Tarixchilarning ma’lumotlarga qaraganda, Sulton Ibrohim
Lo’diyning yuz mingga yaqin askar va mingtaga yaqin jangari fillari bo’lgan. Bobur
podshohning esa ja’mi o’n - o’n ikki ming askari bo’lgan. Gulbadanbegim
"Humoyunnoma" asarida ushbu voqealarni ancha batafsil bayon qiladi. Ibrohim
Lo’diy ustidan qozonilgan g’alabadan so’ng 27 aprelda Dehlida Bobur podshoh
nomiga xutba o’g’iladi. Boburning bu g’alabasidan keyin ba’zi hind va afg’on
feodallari ittifoq tuzib, Chitora hokimi Rano Sango rahbarligida Boburga qarshi
bosh ko’tardilar. Bu dahshatli jang ham Bobur g’alabasi bilan yakunlandi. Bu
27
g’alaba bilan Bobur Hindistonda uzil - kesil o’z hokimiyatini o’rnatgan edi. U yirik
bir davlat - imperiya vujudga keltirgan edi. Bu imperiyani yevropaliklar "Buyuk
mo’g’ul imperiyasi" deb nomlay boshladilar, chunki ular temuriylarni Chingizxon
avlodlari deb hisoblar edilar.
Bobur umrining oxirigacha Hindistonda qoldi. Uning ayrim beklari va askar
boshliqlari Afg’onistonga qaytib ketgan edilar.
Bobur vatanni qo’msaydi, yor - do’stlarini sog’inadi. U Afg’oniston va
Movarounnahrdagi do’stlari, yor - birodarlari bilan muttasil aloqada bo’lib turadi,
ularga o’zining yangi asarlarini va sovg’a - salomlarini yuboradi. Lekin u umrining
oxiriga qadar vataniga qaytish orzusidan ayrila olmaydi.
Bobur asos solgan davlat Hindistonning ijtimoiy - siyosiy va io’tisodiy madaniy taraqqiyotida g’oyat katta progressiv rolb o’ynadi. Katta va
markazlashgan davlatning vujudga kelishi Hindistonning taraqqiyoti uchun ancha
keng imkoniyat tug’dirdi. Bobur Hindistonning xo’jalik hayotiga, madaniyati va
obodonchiligiga katta e’tibor berdi. U arig’ va kanallar ochtirdi, turli binolar
qurdirdi. U Hindistondagi xilma-xil qabila va xalqlarning urf - odat va rasm qoidalariga qarab ish ko’ra boshladi. Atrofiga olim va fozil kishilarni to’pladi.
O’ind olimlaridan SHayxorani o’ziga vazir va maslahatchi qilib tayinladi. Mashhur
tarixchi Xondamir va boshqa ayrim shoirlar, fozillar Husayn Boyqaroning
vafotidan keyin Boburning dargohiga bordilar. Uning saroyida ko’pgina shoirlar va
olimlar to’plandi. Bobur atrofidagi beklar va fozil kishilar bilan kengashib ish
ko’rar edi. o’g’illariga ham shuni maslahat berardi.
Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada o’zi obod qilgan Zarafshon chorbog’ida
vafot etdi. Boburning vasiyatiga muvofiq, chevarasi SHohjaxon uning xokini
Qobulga qo’ydirib, maqbara qurdirdi.
Bobur asos solgan davlat Hindistonning Angliya tomonidan bosib olinishiga
qadar davom etdi. Boburning vorislari - boburiy podsholar Hindistonning siyosiy
hokimiyatini mustahkamlash, xo’jaligi va madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy
rolb o’ynadilar. Ular mahalliy xalqlar bilan tobora yaqinlashib, chatishib ketdilar.
Hindistonning xo’jaligi va madaniyati ayniqsa mashhur podsho, Boburning
28
nabirasi Akbar davrida (1556-1605) tez o’sib rivojlandi. Bobur va boburiylar
davrida Hindistonda turkiy tildagi adabiyot ham vujudga keladi, Bayramxon (XVI
asr) kabi shoirlar yetishadi.
Javoharlal Neru o’zining "Hindistonning kashf etilishi" nomli asarida Boburga
baho berib, shunday yozadi: "Bobur dilbar shaxs, uyg’onish davriga xos hukmdor,
dovyurak, serg’ayrat va epchil inson, u hayot nafosatidan, lazzatidan lazzatlana
bilgan... Bobur Hindistonga kelishi bilan u yerda yangi davr va yangi saltanat
boshlandi. Mamlakat qudrati va shuhrati oshib, boburiylar saltanatining shuhrati
butun Osiyo va Yevropa bo’ylab tarqaldi".
2.2 Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi.
Zahiriddin Muhammad Bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir
lashkarboshigina bo’lib qolmay, buyuk shoir, adib, tarixchi va olimdir. Boburning
merosi xilma - xildir. U ham shoir, ham yozuvchi bo’lgan, u musiqa ilmi, she’riy
uslub hamda harbiy san’at haqida ilmiy risolalar yozgan. Ammo uning bu asarlari
hozirgacha topilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan. Uning «Boburnoma» dan
tashqari "She’rlar devoni" bo’lib, mazkur devon Boburning Lutfiy va Navoiydan
qolishmaydigan darajada yetuk bir lirik shoir ekaniga dalildir. Bobur o’zining
"Mubayyin" nomli asarida soliq solish tartiblari, ekin maydonlarini tayinlash,
qanday yerlardan qaysi hajmda soliq olishni shariat mezoni bilan o’lchab, chiroyli
nazmiy asar yaratgan. Bobur ushbu asarini o’g’li Humoyun Mirzoga atab yozgan,
deb taxmin qilish mumkin. CHunki asarda u Humoyun, Komron Mirzolarning
nomlarini tilga olib, ularga tilak bildiradi. Bundan tashqari, Bobur Xo’ja Ahrorni
ng tasavvufga oid "Volidiya" nomli asarini nazmga solib, eski o’zbek tiliga tarjima
qilgan. Shuningdek, Bobur aruz ilmiga mansub bo’lgan "Muxtasar" nomli qimmatli
asarning ham muallifidir.
Bobur alifbe masalalari bilan ham shug’ullangan. U alohida xat tu ri "Hatti
Boburiy" ning ixtirochisidir. Bobur ijodi nihoyatda serqirra. Garchi umri quvg’inlik
va musofirlik tashvishlari bilan o’tgan bo’lsa - da, u tahorat, tayammum bilan o’zini
pok tutib, musulmonlik farzu sunnatini ado etgan. Buning ustiga kelajak avlodlar
uchun da’vatnoma deb aytish mumkin bo’lgan "Kitobu - s - salot" - "Namoz Kitobi"
29
ni yozib qoldirgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur ismining lug’aviy ma’nosi - "Yo’lbars" dir.
Uning jismi ismiga monand bo’lib, yo’lbarsdek kuchli, dovyurak, abjir va epch il
bo’lgan.
Boburning eng yirik va ajoyib asari, uni butun dunyoga tanitgan, Yevropa
Sharo’shunoslari tomonidan Yuliy Tsezarning kommentariyalari bilan bir qatorga
qo’yilgan kitobi "Bobumoma" dir. «Boburnoma» tarixiy - badiiy asardir.
«Boburnoma» tarixiy manba bo’lishi bilan birga, o’zbek prozasining qimmatli
yodgorligidir. Shu bilan birga, «Boburnoma» geografiya, etnografiya, tibbiyot, xalq
meditsinasi va boshqa ilmiy sohalar bo’yicha ma’lumot beruvchi asardir. U o’zbek
adabiy tilining muhim yodgorligidir.
Boburning faoliyati va adabiy merosini o’rganishda turli soha olimlari tarixchilar, filologlar, geograflar va boshqalar katta natijalarga erishdilar. Fanda
boburshunoslik deb aytish mumkin bo’lgan maxsus soha vujudga keldi. Bobur
faoliyatini o’rganish bo’yicha Yevropa sharo’shunoslaridan Vitsen, Djon Leyden,
V.Erskin, R.M.Kalenot, Pave de Kurteyl, Denison Ross, A.Beverij xonim, Len
Pulb, E.Xolden, V.X.Moremend va boshqalar, rus olimlaridan N.I.Ilbminskiy,
V.V.Vyatkin, A.Samaylovich, V.Bartolbd hamda afg’on va hind olimlari olib
borgan tadqiqotlarni alohida ta’kidlab o’tish mumkin. o’zbek olimlaridan
H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, S.Aliev, A.Qayumov, S.Jamolov,
H.Hasanov, I.Haqqulov, H.Qudratullaev va boshqalar samarali xizmat qildilar.
Bobur haqidagi tadqiqotlar chop etildi, Bobur asarlarining lug’atlari tuzildi, Bobur
asarlarining qayta-qayta chop etilishga erishildi.
9.
Gulbadanbegim "Humoyunnoma", T., 1998. 9.Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. T., 1996 .
30
Xulosa.
Bobur lirik asarlarining mavzu ko’lami keng va xilma-xildir. Bobur umuman
voqealikni, xususan ijtimoiy fikrni, ijtimoiy hayotni kengroq qamrab olishga
harakat qiladi va bu sohada ko’pgina yutuqlami qo’lga kiritadi. Kishilaming
ma’naviy qiyofasi, din, tasavvuf, hokimiyat va marifat masalalari, yor va unga
bo’lgan muhabbat, vatan haqidagi o’ylar, unga intilish, zamondan norozilik,
hayotni sevish Bobur lirikasining mavzulari hisoblanadi. Murakkab va ziddiyatli
hayot va kurash yo’lini bosib o’tgan Boburning o’zi bu lirikaning markaziy
qahramonidir.
Bobur lirikasidagi ishq mavzusi juda keng qamrovli. U oddiy insonning
insonga bo’lgan muhabbatidan, insonning ilohga bo’lgan muhabbati darajasiga
ko’tarilgan. Bu esa Bobur she’riyatidagi so’fiyona mayllarni namoyish qiladi.
Bobur oshiqni zohidga, ishqni zuhdu - taqvoga qarama - qarshi qo’yar ekan, bir
jihatdan Navoiy singari shoirlarning an’analarini davom ettirib, tarkidunyochilikni
oqlamasa, ikkinchi tomondan tasavvuf ta’limotidan bizga ma’lum bo’lgan
zohidlar va oshiqlar (so’fiylar) o’rtasidagi kelishmovchiliklarni ko’rsatib beradi.
«Boburnoma» ning syujeti juda murakkabdir. Bobur syujetni rivojlantirishda
Sharq adabiyotida keng tarqalgan bayon ichiga bayon kiritish usulini qo’llaydi.
Mazkur usul turli mavzularni qamrab olishga, konfliktning kuchayishiga va
asarning serqirra bo’lishiga imkoniyat beradi.
Muhimi shundan iboratki, Bobur ko’pincha badiiy umumlashma va
voqealikni realistik aks ettirish orqali yuksak mahoratga erishadi.
Bobur tabiat manzaralari bir-biridan farq qiluvchi va o’ziga xos bo’lgan
viloyat va o’lkalarda bo’ldi. U turli joylarni tasvirlar ekan, mana shu tabiat
manzaralariga ham katta e’tibor beradi, ularning nozik nuo’talarini topa oladi va
xuddi bir rassomday jonli polotnolar, peyzajlar chizadi. «Boburnoma» ning tarixiy
manba sifatida baholashga birinchi asos - tarixiy voqealar bayoni bo’lsa, ikkinchi
asos asarda tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlarining ifoda
etilishidir. «Boburnoma» da bir necha yuz tarixiy shaxslar haqida ma’lumot
beriladi. Ular shohlar, viloyat hokimlari, amir - amaldorlar, askarlar, ilm - fan,
31
san’at va adabiyot ahllari, dehqonlar, hunarmandlar va boshqa kasb egalaridir. Adib
ularni tasvirlayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil
so’zlaydi, ikkinchi birlari haqida qisqacha ma’lumot beradi, ba’zilarini biror
munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. Voqealar rivojida muhim o’rin tutgan
Umarshayx mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy
shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl shamoyili, nasl - nasabi, ma’naviy qiyofasi, xislati, xulq-atvori, kishilarga
munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarini ham tasvirlaydi, xilma - xil
badiiy portretlar, xarakterlar yaratadi. Bunday personajlar bevosita tarixiy roman
yoki qissalardagi qahramonlarga o’xshab ketadi. Bobur ularning ta’rifi va tavsifini
bir joyga to’plab, mujassamlashtirib beradi, bu bilan kitobxonni tarixiy shaxs bilan
tanishtiradi, shundan keyin voqealar bayonini davom ettiradi.
32
Adabiyotlar:
10.
"Bobumoma". O’z FAN, T., 1960.
11.
Zahiriddin Muhammad Bobur. Asarlar, uch jildlik. 1965 - 66.
12.
Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma», Yulduzcha, 1990.
13.
Jamolov S. Bobumomaning badiiy qimmati haqida. o’z FAN, T.,1961.
14.
Zohidov V. Zahiriddin Muhammad Bobur. "O’zbek adabiyoti tarixidan" kitobida,
T., 1961.
15.
Mallaev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitoBoburnoma T.,
1976.
16.
Qudratullaev H. Boburnoma" ning tarixiy - adabiy va uslubiy tahlil.
Avtoreferat. T., 1998.
17.
Gulbadanbegim "Humoyunnoma", T., 1998.
18.
Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. T., 1996.
19.
Bobur. Tanlangan asarlar. o’z FAN, 1958.
20.
Zahiriddin Muhammad Bobur. I –II jildlar, 1965-66.
21.
Zahiriddin Muhammad Bobur. Mahrami asror topmadim. T., 1993.
22.
Mallaev N. O’zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob, 1976.
23.
AzimjonovaS. Indiyskiy divan Babura. 1966.
24.
Zohidov V. O’zbek adabiyoti tarixi. 1961.
25.
Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. M., 1982.
26.
Qayumov A. Bobur lirikasining g’oyaviy – badiiy xususiyatlari.
"O’zbek tili va adabiyoti". 1958 №2.
27.
Qudratullaev O’. "Boburnoma" ning tarixiy – adabiy va uslubiy tahlili.
Avtoreferat. T., 1998.
28.
Gulbadanbegim "Humoyunnoma", T., 1998. 9.Zahiriddin Muhammad
Bobur va uning avlodlari. T., 1996.
33
Download