Uploaded by Ma'murjon Mamatumarov (Mamatumarov_7128)

O

advertisement
O'lchash ishlarini bajarishning me'yoriy sharoiti qilib,
DS 9249 va DS 8,050 - kO'rsatmalariga binoan 200S lOS,
xonadagi havo bosimi 101325 Pa, havoning nisbiy namligi
58+ 65%, yoritilganlik 50+ 60 lyuks (sharoitga bog'liq) qilib
belgilangan va faoliyat ko'rsatuvchi tegishli maxsus kiyimda
bo'lishi qabul qilingan. O'lchanishi lozim bo'lgan ko'rsatkich
yoki parametrning absolut (mutloq) qiymatini aniqlash mumkin
emas. Chunki o'lchashlar natijasi xatoliklardan xoli emas.
Shuning uchun ham bir xil sharoitda, bir parametrni takror
takror o'lchash, o'zaro kichkina qiymatda bo'lsa ham farq
qiluvchi har xil ko'rsatkichlarni beradi. Olchashdagi xatolik
deb, Δ O'lch. olchashlar natijasi XJ ni haqiqiy berilgan qiymat
laridan farqi Xhaq. ga aytiladi.
Δ o'lch. =
X J - X haq.
Bir kattalikni takroran bir necha bora o'lchash natijasida
olingan qiymatlarga asoslanib, ularning o'rtacha arifmetik
qiymati e hisoblab topiladi va uni o'lchashlar natijasida
olinishi kerak bo'lgan haqiqiy
Xhaq. qiymatga tenglashtirib
qaraladi, ya'ni quyidagi tenglik qabul qilinadi:
X haq. = 󠆚Ө
Lekin takroran o'lchab olingan ko'rsatkichlarga asoslanib,
natijalarni matematik qayta ishlab mahsulot yoki uning biror
bir parametri to'g'risida to'liq ma'lumot olish mum kin bo'lsa
ham bu yetarli emas ekan. Chunki zamonaviy talablar bo'yicha
ishlab chiqarilishi lozim bolgan mahsulot aniqligi uchun, o'lchashlar
natijalarini faqatgina matematik qayta ishlash orqali baholash
yetarli bo'lmaydi. Shuning uchun ham fanga matematik qayta
ishlash natijasini cr (amalda bu qiymat o'lchamIarning tarqalish
amplitudasiga bog'liqligi ma'lum) korinishidagi o'rtacha
matematik xatoligini e'tiborga olgan holdagi qiymatin~ hisoblab
topib, uni ishlatish yaxshi natijalarga olib kelar ekan.
Albatta har bir o'lchash asbobi yordamida, o'lchash ishlarini
bajarish uchun qabul qilingan va inobatga olinishi shart bo'lgan,
ruxsat etilgan xatoliklar mavjud. Bu xatoliklar o'lchash ishlari
qaysi sohaga tegishli bo'lsa, o'sha soha uchun o'rinlidir. Masalan:
suyuqlikni qaynash haroratining aniqIigini o'lchash uchun,
suyuqlikning kimyoviy tarkibini aniqlashdagi, suyuqIik solingan
idish materialining kimyoviy tarkibini bir xilligini ta'min
lashdagi, idishni yasash davrida uning butun yuzasi bo'ylab
devorining qalinligini bir me'yorda saqlashdagi, idishni qizdirish
vaqtida issiqlikni bir me'yorda taqsimlashdagi, o'lchov vositasi
uchun ruxsat etilgan, o'lchash ishini bajarishdagi va o'lchash
natijalarini ishlashdagi, xona harorati va namligining hamda
havo bosimi me'yoridagi va suyuqlikni qaynash haroratini
belgilashdagi ruxsat etilgan yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan
xatoliklar xato hisoblanmaydi. Yoki korxonaning moliyaviy
YO'nalishdagi faoliyatining me'yorini aniqlash uchun pul
mablag'i oqimining aylanishi mobaynidagi, moliyaviy hisobot
taqdim qilish muddatidagi, me'yoriy hujjatdagi, tushumlarni
taqsimlashdagi, jon boshiga ajratiladigan chiqimlardagi ruxsat
etilgan yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatoliklar xato
hisoblanmaydi. Chunki miqdori hisobga olinib o'lchash ishlari
bajarilgan xatolik chegara hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan mulohazalarga asoslanib, o'lchashdagi
xatolik bu - belgilangan ko'rsatkich bilan o'lchash natijasida
olingan ko'rsatkich orasidagi farq deb xulosa qilish mumkin.
8 Ushbu mulohazalardan kelib chiqib o'lchashlarda e'tiborga
olinadigan ruxsat etilgan va ruxsat etilmaydigan xatoliklar
guruhlari borligini kiritish qiyin emas. Har bir o'lchov asbobini
ishlab chiqaruvchi korxona, asbobda yoki uning hujjatlarida
o'lchov asbobi yo'l qo'yadigan xatolikni belgilab qo'yishi zarur
deb qabul qilingan. Demak, ruxsat etilmagan xatoliklar, bu yo'l
qo'yilishi mumkin bo'lmagan xatoliklardir.
Mutaxassislar, mahsulotning va detaIning haqiqiy geo
metrik va boshqa parametrlarining o'lchamlarini berilgan ya'ni
mahsulotda yoki texnik talablarda ko'rsatilgan kattaliklarga
yaqinlashish darajasini o'lchash aniqligi deb atashadi. Amalda:
mahsulotning, detaIning va uzelning me'yorlashgan (bu geometrik yoki boshqa parametrlar qiymatlarining belgilangan
chetga chiqilardan og'ishi) va haqiqiy aniqliklarini (bu
ruxsat etilgan xatoliklarni hisobga olgandagi chetga chiqishlar
yig'indisi) farqlash talab etiladi.
Yuqoridagi mulohazalar asosida o'lchashlarda yuz beradigan
xatoliklarni quyidagi sinflarga bo'lib qarash qabul qilingan:
1) doimiy takrorlanadigan xatoliklar;
2) to'satdan yuz beruvchi xatoliklar;
3) qo'pol xatoliklar.
Doimiy takrorlanadigan xatoliklar deb - qayta o'lchashda
takrorlanadigan va biror qonuniyat asosida o'zgarib
takrorlanadigan xatoliklarga aytiladi. Bu xatoliklar o'lchashlar
xatoligini yoki ko'paytiradi yoki o'sha kattalikka kamaytirishi
mumkin. Masalan: uzunlikni o'lchash asbobini, o'lchashdan
oldingi sozlash vaqtida 1 mkm ga xatolik biIan sozlasak, o'lchash
natijasi shu kattalikda xato natija bilan chiqadi yoki bo'lmasa,
bir ko'rsatkichni ko'p martalab takror o'lchashda o'nlik, yuzlik
qiymatlarni har xii yaxlitlashda ham xatolik yuz berib oxirgi
natijaviy ko'rsatkichga ta'sir qiladi.
Doimiy takrorlanadigan xatoliklarni ular ko'zga tash
lanib qolsa, tuzatish mumkin. Masalan: o'lchov asbobini qayta
sozlash, soat millarini aniq vaqtga qarab sozlash va h. k. lar.
To'satdan yuz beruvchi xatoliklar - o'lchashlar davomida
yuz bergan va yozilgan xato ko'rsatkichlarni qayta-qayta
e'tiborga olinishi kuzatuvchining xohishisiz, unga bog'liq
bo'lmagan hodisalar tufayli yuz beradigan xatoliklardir. To'satdan
yuz beruvchi xatoliklar juda ko'plab sabablar tufayli yuzaga
keladi: kuzatishlar sharoitining doimo bir xii bo'lmasligi tufayli;
9 o'lchov vositalari detallari oraisdagi ortiqcha bo'shliqlar sababli;
o'lchov asbobi doimo bir xilda natijani ko'rsatmasligi tufayli;
obyektning parametri o'lchanadigan joyni o'lchov asbobiga
nisbatan noto'g'ri joylashib qolishi va hakozo. To'satdan yuz
beruvchi xatoliklarni oldindan aytib berish qiyin. Mutaxas
sislarning fikricha ko'p hollarda to'satdan yuz beruvchi
xatoliklarning musbat va manfiy ko'rsatkichlari bir-birini kom
pensatsiyalaydi va ularni ehtimollik nazariyasi qonuniyatlari
asosida yechimini topish zarur. Ammo ko 'p hollarda - amalda
to'satdan yuz beruvchi xatoliklar kO'rsatkichlarining o'rtacha
arifmetik qiymatini e'tiborga olgan holda o'lchashlar natijalarini
qayta ishlash aniq xulosalarga olib kelishi isbotlanganligi
to'g'risida ham mulohazalar bor.
Qo'pol xatoliklar - atayin, bilib turib qilinadigan harakatlar
tufayli yo'l qo'yiladigan xatoliklar. Masalan, mutaxassis
bo'lmagan shaxs yordamida o'lchash yoki hisoblash ishlarini
bajarish, o'lchash ishlari bajarilish jarayonidagi sharoit va
shartlarni buzib, kuzatishlarni o'tkazish hamda hisobotlar
tayyorlash, o'lchashlar natijalarini taxminan qaytnomaga
kiritish, me'yoriy hujjatlar talablariga rioya qilmasdan o'lchov
asboblaridan foydalanish va boshqalar.
Download