Uploaded by Doston Ubaydullayev

Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

advertisement
O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
MUHAMMADOLIM MUHAMMADSIDDIQOV
MUSULMON MAMLAKATLARI VA
ZAMONAVIY XALQARO
MUNOSABATLAR
O‘QUV QO‘LLANMA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
tomonidan 5A121101- Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy
jarayonlar magistratura mitaxassisligi bo‘yicha ta‘lim oluvchi talabalar
uchun asosiy o‘quv-qo‘llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
Toshkent–2019
УЎК 327 (5)
КБК 66.4 (5)
М - 96
Muhammadsiddiqov M.M. Musulmon mamlakatlari va zamonaviy xalqaro
munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Qaqnus media, 2019. – 226 b.
O‘quv
qo‘llanmada
musulmon
mamlakatlarining
xalqaro
munosabatlardagi o‘rnini keng va atroflicha o‘rganadi. Shuningdek, O‘quv
qo‘llanmada xalqaro munosabatlar tizimida mavjud muammolar, ularga
nisbatan yangicha yondashuvlar yoritib berilgan.
O‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
belgilab berilgan talablar asosida tayyorlandi.
O‘quv qo‘llanma xalqaro munosabatlar, jahon siyosati
yo‘nalishlarida hamda xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy
jarayonlar mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar, bu borada
faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va umuman mazkur masala bilan
qiziquvchilarga mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
Z.I. MUNAVVAROV, siyosiy fanlar doktori, professor
N.O‘. TO‘LAGANOVA, siyosiy fanlar doktori, professor
D.B. SAYFULLAYEV, tarix fanlari bo‘icha falsafa doktori, PhD
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta‘lim vazirligining 2019-yil 2-noyabrdagi 1023-sonli buyrug‘iga
asosan 5A121101- Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
magistratura mitaxassisligi bo‘yicha ta‘lim oluvchi talabalar uchun asosiy
o‘quv-qo‘llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
(Ro‘yxat raqami 1023-007)
ISBN 978-9943-6125-4-9
© Muhammadsidiqov M.M., 2019.
© O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2019.
2
ANNOTASIYA
“Musulmon mamlakatlari va zamonaviy xalqaro munosabatlar” fani
bo‘yicha tuzilgan mazkur o‘quv qo‘llanma magistratura bosqichi
talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda islom omilining hozirgi zamon
jahon siyosatidagi o‘rni va ahamiyatini hamda zamonaviy musulmon
jamiyatlarning hayoti va u yerdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yoritilgan.
O‘quv qo‘llanma talaba magistrantlarga Afrika va Osiyo mamlakatlarida
sodir bo‘layotgan zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va diniy-siyosiy jarayonlarni
to‘g‘ri tahlil etishga yordam beradi.
АННОТАЦИЯ
Данное учебное пособие по предмету “Мусульманские страны и
современные международные отношения” предназначен для
студентов-магистрантов и направлен на раскрытие роли и значения
исламского фактора в мировой политике, его влияния на жизнь
современных исламских обществ и социально-политические
процессы этих стран. Учебное пособие поможет магистрантам
правильно ориентироваться в современных социально-политических
и религизно-политических процессах, происходящих в афроазиатском регионе современного мусульманского мира.
ANNOTATION
This tutorial textbook on the subject of "The Muslim countries and modern
international relation" is prepared for master’s students and aims to
disclose the role and importance of the Islamic factor in world politics and
its impact on the lives of contemporary Islamic societies and sociopolitical processes in these countries. This textbook will help
undergraduates to orient in the contemporary socio-political and religions
and political processes taking place in the African and Asian regions of the
modern Muslim world.
3
MUNDARIJA
1-BOB.
1.1.
1.2.
1.3.
2-BOB.
2.1.
2.2.
3-BOB.
3.1.
3.2.
3.3.
4-BOB.
4.1.
4.2.
4.3.
5-BOB.
5.1.
5.2.
6-BOB.
6.1.
6.1.
KIRISH
O‘QUV KURSINING PREDMET VA VAZIFALARI
O‘quv kursiga kirish
Xalqaro munosabatlar tushunchasi va mezonlari
Musulmon mamlakatlarining siyosiy xaritasi
YAQIN SHARQ MAMLAKATLARI VA ZAMONAVIY
XALQARO MUNOSABATLAR
Yaqin Sharq mintaqasining geosiyosiy va geostrategik
ahamiyati
Yaqin Sharqda kechayotgan siyosiy jarayonlarning mohiyati
G’ARBIY
OSIYO
MUSULMON
MAMLAKATLARINING ZAMONAVIY XALQARO
MUNOSABATLARDAGI O‘RNI
Saudiya Arabistoni Podshohligi va zamonaviy xalqaro
munosabatlar
Eron Islom Respublikasi zamonaviy xalqaro munosabatlar
tizimida
Turkiya tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustivor
yo‘nalishlari
JANUBIY
VA
JANUBIY
SHARQIY
OSIYO
MAMLAKATLARI JAHON SIYOSATIDA
Afg’oniston tashqi siyosatining xususiyatlari va asosiy
yo’nalishlari
Pokiston zamonaviy xalqaro munosabatlarda
Indoneziya zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida
AFRIKA
MUSULMON
MAMLAKATLARIDA
KECHAYOTGAN
SIYOSIY JARAYONLARNING
MOHIYATI
Afrika qit’asining geostrategik o‘rni
Afrika qit’asidagi mojarolarning genezisi va ular bilan
bog’liq muammolar
MUSULMON MAMLAKATLARINING XALQARO
TASHKILOTLARDAGI O‘RNI
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)
ISESCO tashkilotining musulmon mamlakatlari madaniy
aloqalarini rivojlantirishdagi o‘rni
GLOSSARIY
4
5
7
7
12
18
36
36
40
49
49
80
99
131
139
166
173
173
179
192
192
196
201
KIRISH
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi o‘ziga xos o‘tish davriga
duch kelgan, shu bilan birga uning tizim sifatida tarkibi va ko‘lami
kengayib bormoqda. Bir tomonda davlatlar o‘rtasidagi aloqalar, xalqaro
geosiyosiy muvozanatning o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligi, yangi
jahon tartibotining to‘liq shakllanmaganligi, bir vaqtda ikki muqobil
globallashuv va integratsion jarayonlarning avj olishi bir qator muammolar
va qurolli nizolarni yuzaga keltirsa, ikkinchi tomonda davlatlararo harbiy
mustahkamlanish yuz berayotgan davrda hozirgi zamon xalqaro
munosabatlarining asosiy vazifasi yuzaga kelgan davlatlar o‘rtasidagi
nizolar, qurolli to‘qnashuvlar va boshqa global muammolarni hal etish
yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib qoldi. Bu yo‘lda an’anaviy
aktorlar o‘rtasidagi munosabatlarning qanday boshqarilishi, davlatlar va
noan’anaviy sub’ektlar aloqalarini kuchaytirishga urinishlar kelgusi
xalqaro munosabatlar tizimining qay shaklda rivojlanishi uchun juda
muhim hisoblanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev takidlab o‘tganidek,
“…biz mavjud rivojlanish suratlari bilan o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak
maqsadlarga erisha olmaymiz. Bugun zamon o‘zgarmoqda, uning talabi,
oldimizga qo‘yayotgan vazifalari tobora ortib bormoqda.”1 Shundan kelib
chiqib, aytish mumkinki bugungi kunda rivojlangan davlatlar tajribasini
o‘rganish va uni ijobiy, yutuqli tomonlarini O‘zbekiston amaliyotida
qo‘llash muhim vazifalardan biri bo‘ladi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi, shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasida yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy jarayonlar arab mamlakatlarining doimiy diqqat-markazida bo‘lib
kelmoqda. Respublikamizning ilmiy-texnika va intellektual salohiyatining
yuqoriligi, mineral xom ashyo va mehnat resurslariga ega ekani, Yevropa
va Osiyoni tutashtiruvchi “Buyuk ipak yo‘li”ning markaziy xalqasida
joylashgani, ajdodlarimizning islom dini va jahon tsivilizatsiyasi
taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalari arab mamlakatlarining siyosiy va
ilmiy doiralari uchun katta qiziqish uyg‘otadi.
O‘zbekiston Respublikasining o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi
musulmon davlatlari bilan o‘zaro munosabatlar tizimida yangi davrni
boshlab berdi. Bu esa barcha musulmon davlatlari bilan ko‘p tomonlama
1
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2017 yil 14 yanvar. -Toshkent.: O’zbekiston, 2017.
5
manfaatdorlik asosidagi aloqalarni rivojlantirishga keng imkoniyatlar
yaratdi.
Musulmon mamlakatlari xalqaro munosabatlari tizimi o‘ziga xos
o‘tish davriga duch kelgan, shu bilan birga uning tizim sifatida tarkibi va
ko‘lami kengayib bormoqda. Bir tomondan davlatlar o‘rtasidagi aloqalar,
xalqaro geosiyosiy muvozanatning o‘zgaruvchan xarakteriga ega ekanligi,
yangi jahon tartibotining to‘liq shakllanmaganligi, bir vaqtda ikki muqobil
globallashuv va mintaqaviy integratsiya jarayonining avj olishi bir qator
muammolar va turli qurolli nizolarni yuzaga keltirsa, ikkinchi tomondan,
davlatlararo harbiy mustahkamlanish yuz berayotgan davrda hozirgi
zamon xalqaro munosabatlarning asosiy vazifasi yuzaga kelgan davlatlar
o‘rtasidagi nizolar, qurolli to‘qnashuvlar va boshqa global muammolarni
hal etish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib qoldi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha ijtimoiy islohotlarning
negizida asosiy bosh g‘oya qilib yurt tinchligi va xalq farovonligi maqsad
qilib olingan ekan, shubhasiz xalqaro maydondagi tajribalarni o‘rganish va
tegishli xulosalar chiqarish orqali bu maqsadlarga osonroq va jadallik bilan
erishish mumkin.
“Musulmon mamlakatlari va zamonaviy xalqaro munosabatlar”
kursida aynan musulmon mamlakatlarining zamonaviy xalqaro
munosabatlardagi o‘rni va mazkur davlatlarda yuz berayotgan ijtimoiysiyosiy jarayonlarni keng va atroflicha yoritishni maqsad qiladi.
Ushbu o‘quv kursning maqsadlaridan yana biri talabalarda mazkur
fanning oliy o‘quv yurtlarida zamonaviy talablar asosida o‘qitish
ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
Qo‘llanmada musulmon mamlakatlari tashqi siyosatining ustuvor
yo‘nalishlari hamda mazkur davlatlarda kechayotgan siyosiy – ijtimoiy va
iqtisodiy jarayonlar borasidagi turli zamonaviy qarashlar e’tiborga olingan.
Talabalar o‘quv kursi mavzulari bo‘yicha tahliliy materiallar bilan
tanishtiriladi. Ular o‘qish jarayonida zamonaviy siyosiy jarayonlar
tendentsiyalari va bugungi kundagi ijtimoiy muammolarni tahlil etishda
ko‘nikmalar hosil qiladilar. Natijada talabalarda yuz berayotgan siyosiy
hodisalarni muhokama etishda faollik va bashorat qilish mahorati oshib
boradi. O‘quv mashg‘ulotlari ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarning
ketma ket ravishda olib borilishi shaklida amalga oshiriladi.
6
1-BOB. O‘QUV KURSINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Darsning o’quv maqsadi:
 talabalar musulmon mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish;
 talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda
amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish;
 talabalarga musulmon davlatlarining tashqi siyosati, ijtimoiysiyosiy jarayonlari borasidagi to‘la ma’lumotlarni etkazish hamda ushbu
jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini singdirish.
Tayanch tushuncha va iboralar: tashqi siyosat, xalqaro nizolar,
muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish vositasi. Xalqaro to‘qnashuv,
doktrina, kontseptsiya, geoiqtisodiy manfaatlar, geosiyosat, Katta Yaqin
Sharq tushunchasi, xalqaro xavfsizlik, milliy xavfsizlik strategiyasi.
1.1.O‘quv kursiga kirish
Bir qarashda, “xalqaro munosabatlar” tushunchasining mazmuni aniq
va ravshandek bo‘lib tuyulishi mumkin: bu – “davlatlar va davlatlar
tizimlari o‘rtasidagi, jahon maydonida ish ko‘rayotgan asosiy sinflar, asosiy
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchlar, tashkilotlar va ijtimoiy harakatlar
o‘rtasidagi, ya’ni so‘zning keng ma’nosidagi xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy,
siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar yig‘indisi”.
Xalqaro munosabatlar tushunchasini izchilroq, ya’ni “davlatlar va
nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi, turli davlatlarning partiyalari,
kompaniyalari va fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlar” sifatida ta’riflashga
urinish ham masalaga kam oydinlik kiritadi. Mohiyat e’tibori bilan u ham
xalqaro munosabatlar yig‘indisini mazkur munosabatlar ishtirokchilarining
o‘zaro aloqalari bilan bog‘laydi. Bunday ta’riflarning eng katta kamchiligi
shundaki, ular xalqaro munosabatlarning butun rang-barangligini oxiroqibat davlatlarning o‘zaro aloqasi bilan bog‘laydi.
Xalqaro munosabatlarning “kishilik hamjamiyatini shakllantiruvchi
integratsion aloqalar yig‘indisi” sifatidagi ta’rifida davlatlararo o‘zaro
aloqalar doirasidan chetga chiqishga urinish kuzatiladi. Xalqaro
munosabatlarning mazkur talqini ularning ishtirokchilari (yoki aktorlari)
to‘g‘risidagi masalani ochiq qoldirish orqali ularni davlatlararo
munosabatlar bilan bog‘lash illatini chetlab o‘tish imkonini beradi. Ushbu
ta’rifning afzalligi yana shu bilan belgilanadiki, unda xalqaro
munosabatlarning
tadrijiy
rivojlanish
jarayonidagi
asosiy
tendentsiyalardan biri ifodalangan. Biroq, shunga qaramay, bu ta’rif
haddan tashqari keng bo‘lib, ayni hol ichki ijtimoiy va xalqaro
7
munosabatlar o‘rtasidagi chegarani o‘chiradi. Xalqaro munosabatlarning
ishtirokchilariga emas, balki ularning bir-biri bilan o‘zaro aloqasiga urg‘u
berish orqali u mohiyat e’tibori bilan mazkur ishtirokchilarni go‘yoki
“nazardan qochiradi”. Holbuki, xalqaro munosabatlarning asosiy va
ikkinchi darajali, qonuniy va tasodifiy ishtirokchilarini to‘g‘ri
tushunmasdan, xuddi shuningdek ularning o‘rtasidagi ierarxiyani qayd
etmasdan yoki, boshqacha qilib aytganda, asosiy va ikkinchi darajali
ishtirokchilarni ajratmasdan xalqaro munosabatlarning xususiyatini
aniqlash qiyin.
Umuman olganda, ta’riflarga haddan tashqari katta e’tiroz bildirish
ham to‘g‘ri bo‘lmaydi: ta’riflanayotgan ob’ektning mazmunini to‘liq
yoritishga biron-bir ta’rif qodir emas. Uning vazifasi faqat mazkur ob’ekt
haqida umumiy tasavvur hosil qilish uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Shu bois xalqaro munosabatlarni tahlil qilayotganda tadqiqotchilar
“mukammal” ta’rif berishga emas, balki ularning mohiyati va xususiyatini
tushunish imkonini beruvchi asosiy mezonlarni qayd etishga harakat
qiladi.
Aksariyat tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar xususiyatining eng
muhim elementlari sifatida ularning ishtirokchilarini qayd etadi. Masalan,
taniqli frantsuz sotsiologi R.Aron fikriga ko‘ra, “xalqaro munosabatlar –
bu siyosiy birliklar o‘rtasidagi munosabatlar, shu ma’nodaki, mazkur
tushuncha yunon polislarini, Rim va Misr imperiyalarini, Yevropa
monarxiyalari, burjua respublikalari yoki xalq demokratiyalarini o‘z ichiga
oladi... Xalqaro munosabatlarning mazmuni asosan davlatlar o‘rtasidagi
munosabatlar bilan belgilanadi: chunonchi, davlatlararo shartnomalar
xalqaro munosabatlarga shak-shubhasiz misol bo‘ladi”1. O‘z navbatida,
davlatlararo munosabatlar ramziy personajlar – diplomat va askarning
o‘ziga xos xatti-harakatlarida ifodalanadi. “Faqat ikki kishi o‘zi mansub
bo‘lgan birlik a’zolari sifatidagina emas, balki uning vakillari sifatida ham
ish ko‘radi: elchi o‘z vazifalarini bajarayotganda o‘zini vakil qilgan
siyosiy birlik manfaatlarini ifoda etadi; askar jang maydonida o‘zini
urushga solgan siyosiy birlik nomidan o‘ziga o‘xshashlarni o‘ldiradi”.
Boshqacha qilib aytganda, xalqaro munosabatlar urush va tinchlikning
muqobilini o‘zida ifodalaydi. Xalqaro munosabatlarning xususiyati shu
bilan belgilanadiki, ular ham urush, ham tinchlik ehtimolini nazarda tutadi
va shu bois xavf elementini o‘z ichiga oladi.
Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlarning xususiyati haqidagi o‘z
tasavvuriga oydinlik kiritish maqsadida R.Aron ularni sport bilan
1
Aron R.. Paix et guerre entre les nations. – P., 1984. – Р. 17.
8
solishtiradi. “Futbol bilan taqqoslaganda, tashqi siyosat yanada
nomuayyan tus oladi, – deb yozadi u. – Bu erda ish ko‘ruvchi shaxslarning
maqsadi gol urishdek aniq va ravshan emas. Diplomatik o‘yin qoidalari
mufassal belgilanmagan va istalgan o‘yinchi ularni bunda o‘zi uchun naf
ko‘rgan paytda buzadi. Hakam yo‘q va hatto ishtirok etuvchi shaxslarning
muayyan yig‘indisi (BMT) hakamlikka da’vogar bo‘lsa ham milliy
ishtirok etuvchi shaxslar xolislik darajasi bahsli bo‘lgan mazkur kollektiv
hakamning qarorlariga bo‘ysunmaydi. Agar millatlar raqobati amalda
biron-bir sport turini eslatsa, u ko‘pincha qoidasiz kurash – ketch shaklshamoyilini kasb etadi...”1. Shu bois xalqaro munosabatlar – bu
jamiyatning “ilk fuqarolik” yoki “tabiiy” (Gobbs ta’biri bilan aytganda,
“hammaning hammaga qarshi urushi”) holatidir, degan xulosaga keladi
R.Aron. Xalqaro munosabatlar sohasida “suverenitetlar plyuralizmi” hukm
suradi, shu bois bu erda majburlash va zo‘rlik ishlatishga monopoliya yo‘q
va xalqaro munosabatlarning har bir ishtirokchisi o‘z xatti-harakatlarida
boshqa ishtirokchilarning taxmin qilish mushkul bo‘lgan xattiharakatlaridan kelib chiqishga majbur.
Shunga o‘xshash fikrlarni boshqa ko‘pgina tadqiqotchilar ham ilgari
suradi. Ular xalqaro munosabatlar ularning ishtirokchilari o‘rtasida
murosai madora, yuridik yoki axloqiy me’yorlar bilan kafolatlanuvchi
umume’tirof etilgan qoidalar yo‘qligi, markaziy hokimiyat mavjud
emasligi, stixiyali jarayonlar va sub’ektiv omillar rolining kattaligi,
tavakkalchilik va mavhumlik omilining kuchliligi bilan tavsiflanishini
ta’kidlaydi.
Ammo R.Aronning davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa xalqaro
munosabatlarning asosiy mazmunini tashkil etadi, degan fikriga hamma
ham qo‘shilavermaydi. Masalan, amerikalik tadqiqotchi D.Kaporazo
fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda xalqaro munosabatlarning asosiy sub’ektlari
davlatlar emas, balki sinflar, ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar va siyosiy
kuchlardir. Xalqaro munosabatlar nazariyasi bixevioristik maktabining
namoyandasi D.Singer xalqaro munosabatlarning barcha ishtirokchilari
(individdan tortib global hamjamiyatgacha) xulq-atvorini ularning jahon
maydonidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash haqida o‘ylamasdan
o‘rganishni taklif qiladi.
Umuman olganda, keltirilgan nuqtai nazarlar rang-barangligida
xalqaro munosabatlarni tadqiq etishda ikki mezondan birini ustun qo‘yish
yoki ularning ikkalasini ham birlashtirishga urinishlar kuzatiladi. Bir holda
bu ishtirokchilar xususiyati, boshqa holda esa – xalqaro munosabatlarning
1
Aron R. Paix et guerre entre les nations. – P., 1984. – Р. 22.
9
alohida tabiati. Ko‘rib turganimizdek, ularning har biri har xil xulosalarga
olib kelishi mumkin. Har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Bir yondashuv doirasida xalqaro munosabatlarni oxir-oqibat davlatlar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bilan yoki, aksincha, faqat nodavlat
ishtirokchilarining faoliyati bilan bog‘lash imkoniyati mavjudki, bu ham,
bizningcha, to‘g‘ri emas.
Ikkinchi yondashuv ham qarama-qarshi xulosalarga kelish uchun
imkoniyat yaratadi. Chunonchi, xalqaro munosabatlar tabiatini faqat
“tabiiy”, “ilk fuqarolik” holati sifatida tushunish ularning ijtimoiylashuvi
jarayonlarini inobatga olmaydi, mazkur holatdan chiqilayotgani va jahonda
yangi tartib o‘rnatilayotganidan dalolat beruvchi omillarni e’tibordan
yiroqlashtiradi. Boshqa tomondan, faqat mazkur tendentsiyadangina kelib
chiqish jahonning yaxlitligi va o‘zaro aloqadorligi, iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy va boshqa sohalarda turli davlatlar va xalqlarning hamkorligi
hamda xalqaro integratsiya jarayonlari kuchayib borayotganiga qaramay,
xalqaro munosabatlar hali-hanuz qarama-qarshi manfaatlar, raqobat, hatto
bir-biriga qarshi kurashish va kuch ishlatish sohasi bo‘lib qolayotganini
inobatga olmaydigan yanglish xulosa chiqarilishiga olib kelishi mumkin.
To‘g‘ri, bu “jungli”, “hammaning hammaga qarshi urushi” emas, lekin uni
yagona qonunlarga va barcha a’zolari tomonidan e’tirof etiladigan
qadriyatlar va me’yorlarga muvofiq yashovchi yagona hamjamiyat deb
aytish ham mushkul. Bu jahon hamjamiyatining shakllanish jarayoni hali
muqarrar tus olmagan, tartibga solish elementlari va “suverenitetlar
plyuralizmi”, o‘zaro manfaatlar asosida hamkorlikni kengaytirish va kuch
ishlatish vositalarini takomillashtirish yonma-yon mavjud bo‘lgan, dam
bir-birini muvozanatga soladigan, dam yana to‘qnashadigan oraliq holat,
desak, bizningcha, to‘g‘ri bo‘ladi.
Bularning barchasi xalqaro munosabatlarning xususiyatini aniqlash
uchun yuqorida ko‘rsatilgan mezonlar nari borsa etarli emasligidan, ularni
almashtirish yoki hech bo‘lmasa yana bir mezon bilan to‘ldirish
zarurligidan darak beradi. Mazkur mezonni taklif qilgan frantsuz
tadqiqotchisi M.Merl uni “lokallashtirish mezoni” deb nomlagan. Ushbu
mezonga muvofiq, xalqaro munosabatlar xususiyati “chegarani kesib
o‘tuvchi yoki chegarani kesib o‘tishni nazarda tutuvchi bitimlar yoki
oqimlar yig‘indisi”1 sifatida tavsiflanadi. Jahon muayyan chegaraga ega
bo‘lgan o‘z hududlari ustidan suverenitetni saqlab qoluvchi davlatlarga
bo‘linishidan kelib chiqqanda, mazkur talqin ham xalqaro
munosabatlarning rivojlanish jarayonidagi har bir bosqichning
1
Merle М. Sociologie des relations intemationales. – P., 1974. – Р. 137.
10
xususiyatlarini inobatga olish, ham ularni davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalar bilan bog‘lamaslik imkonini beradi. Xalqaro munosabatlarning
turli tasniflari ham u bilan mos keladi. Bu xususda ilmiy adabiyotlarda
ilgari surilgan fikrlarni umumlashtirib, xalqaro munosabatlarning turli
tiplari, turlari, darajalari va holatlari to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin.
Chunonchi, yaqin vaqtgacha sobiq Ittifoq va Sharqiy Yevropada nashr
etilgan ilmiy adabiyotlarda xalqaro munosabatlar sinfiy mezonga muvofiq
hukmronlik va tobelik munosabatlari, hamkorlik va o‘zaro yordam
munosabatlari hamda oraliq munosabatlarga bo‘linar edi. Tegishli
ravishda, birinchi turdagi munosabatlarga feodal va kapitalistik
munosabatlar, ikkinchi turdagi munosabatlarga – sotsialistik mamlakatlar
o‘rtasidagi munosabatlar, uchinchi turdagi munosabatlarga esa –
mustamlakachilik qaramligidan xalos bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlar
o‘rtasidagi munosabatlar kiritilar edi.
Amalda mavjud manzara mazkur sun’iy sxema bilan mos kelmagani
bois, ayrim mualliflar sinfiy yondashuv chegarasidan chetga chiqmasdan
sxemaning o‘zini murakkablashtirishga harakat qilgan. Masalan, polyak
olimi Yu.Kukulka bir turdagi xalqaro munosabatlarning uch turini va
oraliq xalqaro munosabatlarning uch turini ajratgan. Amalda xalqaro hayot
mazkur tipologiya bilan mos kelmagan, zero u sotsialistik mamlakatlar
o‘rtasida jiddiy ziddiyatlar va hatto qurolli mojarolar mavjudligini
inobatga olmagan, ayni vaqtda kapitalistik davlatlar o‘rtasida haqiqiy
(ammo ziddiyatlarni ham istisno etmaydigan) hamkorlik munosabatlari
mavjudligini rad etgan. XX asr 90-yillarining boshida Sharqiy Yevropada
yuz bergan, jahon sotsialistik tizimining yo‘qolishiga olib kelgan voqealar
aksariyat mutaxassislarni xalqaro munosabatlarni tasniflashda sinfiy
mezondan butunlay voz kechish va “umumtsivilizatsion” mezonga o‘tishga
majbur etdi. Xususan, adabiyotlarda xalqaro munosabatlarning ikki tipini –
kuchlar muvozanatiga asoslangan munosabatlar va manfaatlar muvozanatiga
asoslangan munosabatlarni farqlash taklif qilindi. Ammo bir qator
mualliflarning “yangi siyosiy tafakkur”ga bo‘lgan qiziqishini aks ettiruvchi
bu yondashuv fanda biron-bir jiddiy iz qoldirmadi va u shak-shubhasiz rad
etilganidan so‘ng qayta tiklanmadi.
Xalqaro munosabatlarni turlarga ajratish yo ijtimoiy hayot sohalari
nuqtai nazaridan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy
munosabatlar), yo o‘zaro aloqa qiluvchi ishtirokchilar nuqtai nazaridan
(davlatlararo munosabatlar) amalga oshiriladi.
U yoki bu turdagi xalqaro munosabatlarning rivojlanish va faollik
darajasiga qarab, ularning turli darajalari farqlanadi. Ammo xalqaro
11
munosabatlarning darajalarini geosiyosiy mezonga muvofiq aniqlash
ayniqsa keng tarqalgan: shu nuqtai nazardan xalqaro munosabatlarning
global, mintaqaviy va submintaqaviy darajalari farqlanadi.
Nihoyat, keskinlik darajasi nuqtai nazaridan, xalqaro munosabatlarning turli holatlari to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin: masalan,
barqarorlik va beqarorlik holatlari; o‘zaro ishonch va dushmanlik,
hamkorlik va konflikt, urush va tinchlik holatlari va sh.k.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib xalqaro munosabatlarni
jamiyat doirasidagi o‘zaro aloqalar va hududiy tuzilmalar chegarasidan
chetga chiqadigan ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida ta’riflash
mumkin.
1.2. “Xalqaro munosabatlar” tushunchasi va mezonlari
“Xalqaro munosabatlar” atamasini ilk marotaba ingliz mutafakkiri
Jeremi Bentam (1748-1832) kiritgan. Uzoq yillar davomida xalqaro
munosabatlar deyilganda faqat davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
tushunib kelindi. Tadqiqot ob’ektining kengayib borishi, bu fan
to’g’risidagi tasavvurlarning o’zgarishi bilan xalqaro munosabatlarga
beriladigan tariflar ham o’zgarib bordi. Chunki hozirgi paytda xalqaro
munosabatlarni o’rganuvchi fanlar orasida: falsafa, siyosatshunoslik,
sotsiologiya, iqtisodiyot nazariyasi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar,
xalqaro munosabatlar nazariyasi, xalqaro munosabatlar tarixi, xalqaro
huquq, geosiyosat va boshqalarni alohida ta’kidlash mumkin.
Xalqaro munosabatlar deyilganda, davlatlar va davlatlar guruhi
o’rtasidagi, jahon doirasida holat yurituvchi ijtimoiy sinflar, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy kuchlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar hamda tashkilotlar
o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik, mafkuraviy, harbiy va boshqa
o’zaro aloqalar tizimi tushuniladi. Xalqaro munosabatlarning soni ularga
individual
qo’shilish munosabati bilan kengayib boradi. Xalqaro
munosabatlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarini – iqtisodiyot va
maorifdan tortib, fan va madaniyatga qadar o’z ichiga qamrab oladi. Biroq,
bu birinchi galda siyosiy munosabatlardan iborat, ya’ni bu – davlatlarning
tashqi siyosiy faoliyatlarini ro’yobga chiqarishi va jahonda yuz berayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning xalqaro-siyosiy
o’lchovlari demakdir.
Xalqaro munosabatlarni o’rganishdagi yondoshuvlar xalqaro tizimlar
tipologiyasida ham turlicha qarashlarni keltirib chiqaradi. Masalan,
geografik-hududiy jihatdan umumplanetar va uning hududiy tarkibiykomponentlari ajratiladi (keyingisining tarkibiy elementlari sifatida
subregional podsistemalar yuzaga chiqadi).
12
F.Brayar va M.Jalililar fikricha, planetar (global) xalqaro hayotda
ham aks etadi va bu SSSR va AQSH o’rtasidagi qurolli poyga davrida
yaqqol namoyon bo’lgan va yangi mustaqil xalqaro aktorlar (sobiq
kolonial davlatlar) paydo bo’lishi bilan yangi qirralarni kasb etdi. Natijada
1990 yillargacha planetar xalqaro tizim ikkita asosiy konflikt chizig’i, bir
tarafdan G’arb va SHarqni (mafkuraviy, siyosiy, harbiy, strategik qaramaqarshiliklar), ikkinchi tomondan esa SHimol va Janubni (iqtisodiy
rivojlangan va iqtisodiy qoloq davlatlarga) ajratuvchi chegaralar
mavjudligi bilan xarakterlanadi. O.YAng izidan borib, F.Brayer va
F.M.Jaliliy ham xalqaro tizim bir butunligiga qaramay mummolardan xoli
emasligi, qator xalqaro aloqalar ta’siri global miqyosda sezilmasligini
izohlashadi. F.Brayer va Jaliliy planetar sistemaga taalluqli bo’lmagan
holda Evropa, Panamerika, Osiyo kabi podsistemalarga xos bo’lgan
hususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga harakat
qilishadi.
Mintaqaviy yondoshuvning asosiy kamchiligi shundaki, unda u yoki
bu mintaqani tadqiqot ob’ekti sifatida ajratish uchun aniq mezonlarning
mavjud emasligidir. Bu kamchilik o’sha mintaqada sodir bo’layotgan
xalqaro siyosiy jarayonlarni tushuntirishda salbiy holatlarga olib kelishi
mumkin. Adabiyotlarda mustaqil funksional tizim sifatida ko’pincha
xalqaro (davlatlararo) munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik
va boshqa turlari o’rganiladi.
Xalqaro munosabatlarni o’rganishda tizimli yondoshuvning o’ziga
xosligi eng avvalo, tadqiqod ob’ektining hususiyatlaridan kelib chiqadi.
Birinchi umumiy xususiyat. Xalqaro munosabatlar ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi. Shunday ekan, xalqaro tizim bu- ijtimoiy
tizimdir. Shu sababli ham ular murakkab o’zgaruvchan tizim sifatida
o’rganilishi kerak. Bundan tashqari ijtimoiy va xalqaro tizimlar o’zaro
zaif bog’langan hisoblanadi. Boshqacha aytganda, “hamisha ham birbiridan farq qiladigan ikkita ob’ekt o’rtasidagi chegarani aniqlangani kabi,
o’rganilayotgan kompleks va uning tashqi muhit chegarasini aniq chizib
bo’lmaydi” Fizik yoki biologik tizimlardan farqli ravishda, xalqaro
tizimlarning makon chegaralari eng avvlo, nisbiy xarakterga ega. Bu
nisbiylikni absolyutlashtirib, xalqaro tizimlar “ko’p odamlar va ko’p
munosabatlar mavjud joylarda bo’la olmaydi”, deb qarash yaramaydi yoki
“hamisha kuzatuvchi tomonidan qalbakilashtiriladi” deb ta’riflash mumkin
emas. Bunday fikrlar qismangina to’g’ri, xolos. Masalan, EES yoki OAE
tizimlari bir-biridan muhit munosabatlariga ko’ra farqlanadi:
13
1) avtonom, chunki elementlari o’rtasidagi muhit bilan
munosabatlarga ko’ra muhim rol o’ynaydi;
2) o’tkazuvchan hususiyatga ega, chunki uning uchun muhit bilan
aloqalar elementlari o’rtasidagi munosabatlardan ko’ra muhimroqdir. Bu
esa EES va OAE shunchaki reallikda mavjudgina emas, balki nisbiy bo’lsa
ham, o’z chegaralariga ega. Qaysidir ma’noda bu boshqa regional
tuzilmalarga ham taalluqlidir. Albatta, bu yondoshuvni davlatlararo
hamkorlikka, (masalan, iqtisodiy, siyosiy hamkorlikka) yoki an’anaviy va
yangi xalqaro aktorlar munosabatlari tizimiga tadbiq etib bo’lmaydi.
Biroq, keyingi holatlarda ham xalqaro tizimlar faqatgina nazariy ob’ektlar
emas, balkim real mavjud bo’lgan ijtimoiy jamoalarning o’zaro aloqalari
yig’indisidir. Bu ijtimoiy
jamoalar o’rtasidagi aloqalar tizimli
yondoshuvning ma’lum bir hususiyatlarni ochishga yordam beradi.
Bunday norasmiy tizimlar biror-bir moddiy tizim , masalan, biror biologik
organizmdan farqli o’laroq , aniq farqlanadigan o’zaro bog’liqlikka ega
bo’lmaydi. F.Braerning norasmiy xalqaro tizimlarni yagona bir butunlik
sifatida “fenomenologik” jihatdan ham namoyon bo’ladi, faqtgina bu
nisbiy xarakterga egaligini ta’kidlaydi va shuning uchun ham nazariy
tadqiqod yo’li bilan aniqlash keraklini taklif qiladi.
Ikkinchi umumiy o’ziga xoslik shundaki, xalqaro tizimlarning asosiy
elementlari ijtimoiy guruhlar, jamoalarning va alohida individlardan
tashkil topadi, demakki, xalqaro tizim bu- o’z hatti-harakatlarini erkin,
ongli va maqsadli tarzda amalga oshiruvchi odamlarning o’zaro aloqalari
tizimidir. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro tizimni belgilovchi omillar
S.Fridlender va R.Koenlar ta’kidlaganidek, tanlash, asoslash va anglash
fenomenlari (hodisalari) bilan bog’liqdir.
Xalqaro munosabatlarning uchinchi o’ziga xosligi shuki, ular eng
avvalo, markazda davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni tashkil qiluvchi
siyosiy munosabatlar hisoblanadi. Shuning uchun ham global xalqaro
tizimning yadrosi davlatlararo munosabatlar tizimi hisoblanadi. Endi
xalqaro munosabatlarning xususiy o’ziga xosliklariga e’tiborni qaratsak,
ularning eng asosiysi shundaki, ularda yuqori hokimiyat mavjud
bo’lmaydi, “suverenitetlar plyuralizmi” mavjud bo’ladi., tashqi va ichki
markazlashuv zaif bo’lishi bilan farqlanadi. Boshqacha aytganda xalqaro
tizimlar – bu ijtimoiy tizimning elementlari o’rtasidagi o’zaro
integratsiyaning zaifligi, shuningdek, bu elementlarning ancha avtanomligi
bilan farqlanuvchi o’ziga xos turidir. Albatta, avtonomlik darajasiga
absolyutlashtirib qarash yaramaydi: xalqaro munosabatlar nafaqat
manfaatlar o’rtasidagi konfliktlar, aktorlarning bir-biriga bog’liqligi bilan
14
ham xarakterlanadi. Shu vaqtning ichida integratsiyalashgan jamiyat
(jamiyat ichidagi munosabatlar) ba’zan unga xalqaro munosabatlarga xos
bo’lgan anarxiya belgilarni beruvchi konfliktlardan ham xoli emas.
Xalqaro munosabatlar spetsifikasi va xalqaro tizimning o’ziga
xosliklari to’g’risidagi tushunchalar har-xildir. Shuning uchun tadqiqod
yondoshuvlari ham farq qiladi. An’anaviy- tarixiy, tarixiy- ijtimoiy,
evristik, aralash va empirik yondoshuvlar mavjud. Shuni aytib o’tish
kerakki, bunday tasniflar faqatgina nisbiy xarakterga ega bo’lib, u yoki bu
muallifning yondoshuv va tadqiqod usulini o’zida aks etdiradi.
U yoki bu tarixiy davrga taalluqli davlatlar o’rtasidagi diplomatik
munosbatlarni ifodalashda an’anaviy-tarixiy yondoshuv “xalqaro tizim
tushunchasi” ishlatiladi. masalan, XVI asrdagi Evropa tizimi (1648 yildagi
Vestfaliya prinsiplariga asoslangan ); XIX asrda Evropa davlatlarining
siyosiy muvozanat tizimi (“millatlarning Evropa konserti”); 1945-90
yillardagi davlarlararo global bipolyar tizim. Bunday “panoramali
Yondoshuvning kamchiligi shundaki, ular xalqaro (to’g’rirog’i,
davlatlararo ) tizimning faoliyat qonuniyatlarni izlashga emas, balki
munosabatlarning bosh aktorlari – buyuk derjavalar o’rtasidagi aloqalarni
tasvirlash bilangina chegaralandi. Tizimli yondoshuvda esa xalqaro tizim
xarakteri va uning bosh elementlari –xalqaro aktorlar hatti-harakatlari
o’rtasida qonuniy aloqalar mavjudligiga asosiy e’tiborni qaratadi.
Yuqorida sanalgan barcha yondoshuvlar aynan shu yondoshuvga
asoslanadi.
Tarixiy-ijtimoiy yondoshuvning asoschilaridan biri R.Eron xalqaro
munosabatlarni o’rganishda o’z tadqiqotlarining asosiy yo’nalishi sifatida
abstrakt modellarni yaratishdan qochib, tarixiy tajribani asos qilib oladi.
Grek polislari, 17 asrdagi Evropa monarxiyalari, 19 asrdagi Evropa
davlatlari va unga zamondosh sistemalarni o’rganar ekan Aron, ulardan
bir-biriga o’xshash jihatlarni axtaradi va bu bilan umumiy qonuniyatlar
yaratishga urinadi. “Xalqaro tizimni an’anaviy tarzda o’rganish,
diplomatik hodisalarni oldindan ko’ra bilish yoki hukmdorlarga biror bir
tizimga taalluqli harakatlar chizig’ini chizib bera olmasligini” tushunib
R.Aron baribir tizimli yondoshuv xalqaro munosabatlarda mavjud ijtimoiy
determinizm hodisasini ochishga ko’proq yordam beradi deb hisobladi.
SHuning uchun ham olim xalqaro munosabatlarni tadqiq qilishda tizimli
yondoshuvdan foydalanishda lozim deb bildi.
Arondan farqli ravishda amerikalik tadqiqotchi M.Kaplan nazariy
xulosalar uchun faqatgina tarixiy ma’lumotlarning o’zi etarli emas deb
hisoblaydi.
15
Tizim va tizimli analizning umumiy nazariyalaridan kelib chiqib, u
xalqaro reallikni yaxshiroq anglashga yordam beradigan abstrakt nazariy
modellarni taklif etdi. M.Kaplanning fikricha, mavhum xalqaro tizimlarni
tahlil qilish, shu tizimning o’zi mavjud bo’lishi yoki boshqa tizimga
aylanishi mumkin bo’lgan shart-sharoitlarni o’rganishni maqsad qilib
qo’yadi. M.Kaplan u yoki bu tizim qanday gullab yashnaydi, faoliyat
yuritadi va qaysi sabablarga ko’ra inqirozga yuz tutadi degan savollarni
o’z oldiga qo’yadi. Natijada u har bir tizimga taalluqli bo’lgan beshta
qonuniyatni ajratadi: tizimning umumiy qoidalari; tizimning shakllanish
qoidalari; aktorlar tasniflanishi; qobiliyati va axborot almashinuvi qoidasi.
Ulardan yuqoridagi uchtasini asosiy deb sanaydi. Umumiy qoidalar hattiharakatlari individual xohishlari va maqsadlarigagina emas, balki
tizimning xarakteriga bog’liq bo’lgan faktorlar o’rtasidagi munosabatlarni
belgilaydi. “Shakllanish qoidasi” esa tizimning o’zgaruvchanlik
qonuniyatini ifoda etadi. Tizimning umummiy nazariyasi uning
gomeostatik xarakteriga, muhit o’zgarishiga moslashuvchanligiga, shu
bilan birga o’zini saqlab qolish qobiliyatiga urg’u beradi. Har qanday tizim
o’zining moslashuvchanlik va shakllanishida o’ziga xos qoidalariga ega.
Aktorlarni tasniflash qoidasi ular o’rtasida mavjud bo’lgan va ularning
hatti-harakatlariga ta’sir ko’rsatadigan strukturaga, ya’ni ierarxiyani
o’zida mujassam etadi.
M.Kaplan xalqaro tizimni o’rganishdagi mavhum yondoshuvlari
uchun juda ko’p tanqid ostiga olingan. Shunday bo’lsa ham, bu yondoshuv
muhim metodologik xarakterga ega bo’lib, u J. Untengerga xalqaro
munosabatlarni evristik jihatdan tasniflashga yordam berdi. Amerikalik
olim R.Rouskrans tarixiy- sotsiologik va evristik yondoshuvlarning
bog’liqlik jihatlarini o’rganishga harakat qilib ko’rdi. Aniq tarixiy
vaziyatlar tadqiqotiga asoslanib u 9 ta izchil xalqaro tizimni davriy
jihatdan ajratadi:
- 1740-1789 yillar;
- 1789-1814 yillar;
- 1814-1822 yillar;
- 1822-1848 yillar;
- 1848-1871 yillar;
- 1871-1888 yillar;
- 1888-1918 yillar;
- 1918-1945 yillar;
- 1945-1960 yillar.
16
Keyin u bu sistemalarning har birini ularning barqarorligi yoki
beqarorligiga ta’sir qiluvchi omil sifatida o’rganishga kirishdi.
Shuningdek, J.Frinkel ham tizimlar xarakteristikasi va ularning
strukturalari o’ziga xosligiga asoslanib, xalqaro munosabatlar tarixiy
evolyusiyasini o’rganishga harakat qildi. Biroq u xalqaro tizimlarni izchil
guruhlarga ajratmadi,chunki xalqaro munosabatlarni tizimli o’rganishning
zamonaviy shart-sharoitlari bu tasnifni etarlicha aniq ko’rsata olmaydi deb
hisoblaydi. Xuddi shunday, tadqiqotni ingliz olimi Eluard ham olib bordi
va xalqaro tizimlarning ettita tarixiy guruhini ajratadi:
Qadimgi Xitoy tizimi ;
Qadimgi grek davlatlari tizimi;
Evropa sulolalari davri ;
Diniy hukmronlik davri ;
Davlatlar suveriniteti rejimining paydo bo’lishi va gullab yashnashi
davri;
Milliylik davri;
Mafkuralar hukmronligi davri;
Bu tizimlarni tahlil qilishda Eluard xalqaro munosabatlar tizimi
tomonidan
foydalanilgan
ideologiya,
motivatsiya
vositalari
stratsifikatsiyasi, struktura, rollar va instrumentlardan foydalangan.
B.Koranining
fikricha,
yuqorida
tasvirlangan
kompleks
yondoshuvning bir qancha afzallliklari bor:
u Kaplanning yondoshuviga qaraganda ancha aniq va ravshan;
tarixchilar, siyosatchilar va sotsiologlar tomonidan to’plangan boy
tajriba materiallarga asoslanadi;
nihoyat xalqaro tizimni mustaqil o’rganishda va nazariy xulosalar
chiqarishda qulayligi hamda oddiyligi bilan farqlanadi.
B.Korani ta’kidlaganidek afzalliklar M. Kaplan rahbarlik qiladigan
mutaxassislar maktabining ham e’tiboriga tushdi va ular ham o’z
tadqiqotlarida bu yondoshuvdan foydalana boshladilar.
Nihoyat real amalda mavjud bo’lgan ma’lum geografik hududlarni
qamrab oluvchi xalqar munosabatlarning o’zaro aloqasini o’rganadigan
empirik yondoshuvga to’xtalamiz. An’anaviy-tarixiy yondoshuvdan farqli
tomoni shundaki, u biror bir hududdagi xalqaro siyosiy vaziyatni bu erdagi
sistemalar
o’rtasidagi
bog’liqlikdan
kelib
chiqib
baholaydi:
umummintaqaviy kuchlar muvozanati, ijtimoiy-madaniy holat, mintaqaviy
xalqaro tashkilotlar kabi omillarning aktorlar hatti-harakatiga ta’sir
darajasini ochib beradi. Bu yondoshuv xalqaro aktorlarning hattiharakatlarini izohlovchi qonuniyatlar izlashdan iboratdir.
17
Har xil nazariy maktablar va yo’nalishlar vakillari o’rtasidagi
kelishmovchiliklar boshqa o’zaro qarama-qarshiliklari kam bo’lgan
yondoshuvlarni ishlab chiqish jarayonida kelib chiqadi. Bu
yondoshuvlarning barchasi (an’anaviy-tarixiy yondoshuvdan tashqari)
xalqaro tizim faoliyati qonuniyatlaridan kelib chiqadi (garchi tizimlarning
xarakteri va ularning faoliyat qonuniyatlari har xil tushunilsa ham);
Ko’pchilik davlatlarning hatti-harakatlari yirik davlatlar o’rtasidagi
munosabatlarga bog’liq tarzda nisbiy ekanligini tan oladi; barcha xalqaro
tizimlar uchun umumiy belgi ularning oligopolistik xarakteridir (kuchli
davlatlar va ular o’rtasidagi munosabatlar dominantligi); xalqaro tizimning
har xil ko’rinishlari va tasniflash omillari mavjudligini e’tirof etishadi.
1.3. Musulmon mamlakatlarining siyosiy xaritasi
Sharq mamlakatlari deganda ko’plab tadqiqotchilar turli
yondashuvlarga tayangan holda har xil talqinlarni taqdim etishadi.
Xususan, ba’zi tadqiqotchilar faqat Osiyo qit’asi mamlakatlarini Sharq
mamlakatlari deya e’tirof etishsa, ba’zilari Osiyodan tashqari butunligicha
Afrika qit’asi davlatlarini ham Sharq dunyosiga qo’shishadi. Hattoki,
Rossiya davlatini ham Sharq mamlakati sifatida talqin etadigan
tadqiqotchilar ham yo’q emas. Sharq dunyosi haqida gap ketar ekan,
avvalo, unga qaysi mamlakat va xalqlar mansubligi masalasiga oydinlik
kiritmoq lozim.
Sharq mamlakatlari "Kunchiqar mamlakat" Yaponiya davlatidan
boshlanib, Mag’rib ("kun botar") mamlakati Marokash (Marokko)da
nihoyasiga yetadigan ulkan geografik maydonda joylashgan. Ta’kidlash
o’rinliki, Osiyo qit’asidagi barcha mamlakatlar (Rossiya Federatsiyasi
bundan mustasno), shuningdek, Afrika qit’asining shimolida joylashgan
Misr, Liviya, Tunis, Jazoir hamda Marokash davlatlari Sharq mamlakatlari
sifatida e’tirof etilgan.
Sharq mamlakatlarining aksariyati Osiyo qit’asiga to’g’ri kelishini
yuqorida zikr etgan edik. Osiyo - jahondagi eng yirik qit’a hisoblanib,
uning maydoni 43,4 mln km2 (jahon quruqlik yuzasining 29,2 %)ni,
aholisi soni esa 4,4 mlrd kishiga yaqin (jahon aholisining 60,5% ni tashkil
etadi). Zamonaviy Osiyo siyosiy xaritasida 47 ta mustaqil davlat mavjud.
Bu davlatlarning 13 tasi monarxiya boshqaruv shakliga, 7 tasi federativ
ma’muriy-hududiy tuzilishga ega. Qit’a hududi 5 ta subregionga – Janubig’arbiy, Janubiy, Sharqiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyoga
ajratiladi. Mazkur subregionlarni madaniy-tarixiy mintaqalar sifatida ham
18
ko’rish mumkin. Ularni ajratishda tarixiy, etnik, diniy omillar bilan bir
qatorda, tabiiy belgilarga ham e’tibor qaratilgan.
Janubi-g’arbiy Osiyo subregioni. Aholi soniga ko’ra Turkiya,
Eron, Afg’oniston, Iroq, Saudiya Arabistoni davlatlari yetakchilik qiladi.
Umumiy aholining 60% qishloqlarda istiqomat qiladi.
Subregionda, asosan, neft (Fors ko’rfazi davlatlari, Turkiya,
Ozarbayjon, Armaniston) mashinasozlik (Turkiya, Eron, Gruziya,
Ozarbayjon, Armaniston), metallurgiya (Turkiya, Eron, BAA) va kimyo
sanoatlari (Eron, Turkiya, Ozarbayjon) rivojlanmoqda. Yengil va oziqovqat sanoati Janubi-g’arbiy Osiyoning barcha davlatlarida rivojlangan.
Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i dehqonchilik hisoblanadi. Asosan,
sug’orma dehqonchilik rivojlangan, iste’mol uchun bug’doy, makajo’xori,
arpa yetishtiriladi. O’rta dengizbo’yi davlatlarida sabza-votchilik,
mevachilik, uzumchilik rivojlangan bo’lib, ular bilan bir qatorda zaytun
yetishtirish katta o’rin egallaydi va aynan mazkur dehqonchilik turi
bo’yicha mintaqa jahonda yetakchilik qiladi. Turkiyada paxtachilik,
tamaki, sitrus meva, donchilik, Eronda xurmo, sitrus mevalari, qand
lavlagi, paxta, Iroq, Suriya va Isroilda paxta, tamaki va xurmo yetishtirish
rivojlangan. Chorvachilikda Turkiya angor echkilar boqishga, Arabiston
yarimoroli davlatlari tuyachilikka, Eron va Afg’onistonda qorako’lchilikka
ixtisoslashgan. Xizmat ko’rsatish sohalari orasida transport va turizm katta
salmoqqa ega.
Markaziy Osiyo subregioni. Markaziy Osiyo siyosiy-geografik
subregioni Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashgan. 1991-yildan
buyon mustaqil davlatlar sifatida rivojlanayotgan 5 ta sobiq ittifoqdosh
respublika - Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
O’zbekistonni birlashtiradi. Sanab o’tilgan davlatlar iqtisodiy-geografik
o’rnining umumiy jihati shundan iboratki, birortasida ham Dunyo
okeaniga bevosita chiqish imkoniyati yo’q, ya’ni beshtasining barchasi
ichki kontinental mamlakatlar hisoblanadi. Jumladan, Qozog’iston
Respublikasi dunyodagi jami 44 ta bunday geografik joylashuvga ega
davlatlardan maydoni bo’yicha eng yirigi hisoblanadi. Subregionning o’rta
qismida joylashgan
O’zbekiston Respublikasi geografik o’rnining o’ziga xosligi esa,
nafaqat o’zi, balki biror bir qo’shni mamlakati ham dengizga tutash
emasligidir. Bunday geografik xususiyat jahon mamlakatlari ichida,
respublikamizdan tashqari, faqatgina G’arbiy Yevropadagi “mitti”
davlatlaridan biri – Lixtenshteyn knyazligiga xos, hududi kattaroq
19
davlatlardan esa hech qaysi birida geografik joylashuvining bunday jihati
mavjud emas.
Qozog’iston bilan Turkmaniston Respublikalari Kaspiy dengiziga
tutash bo’lib, bu holat ikkala davlatning iqtisodiy-geografik o’rni,
transport-geografi k imkoniyatlari va tabiiy-resurs salohiyatiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Bundan farqli o’laroq, transport-geografik sharoiti ancha
murakkab bo’lgan Tyanshan va Pomir baland tog’lari hududida joylashgan
Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalarining iqtisodiy-geografik o’rni,
subregiondagi boshqa davlatlarning joylashuviga nisbatan birmuncha
noqulay hisoblanadi.
Markaziy Osiyo subregioni iqtisodiy-geografik o’rnining ijobiy tarafi
uning tranzitligi, ya’ni Yevropa va Osiyo turli qismlarining quruqlik
transporti tizimlarini bog’lay olish imkoniyatlarida o’z aksini topadi. Bu
holat tarixda Buyuk Ipak yo’li hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari
hududidan o’tganligida namoyon bo’lgan. Hozirgi davrda ham subregion
mamlakatlarining iqtisodiy-geografik imkoniyatlari shu jihatdan yuqori
baholanishi asosli. Markaziy Osiyoning geosiyosiy o’rni o’ziga xos bo’lib,
Yevrosiyodagi asosiy geosiyosiy kuch markazlari – Xitoy, Rossiya,
Eronga tutashligi va ushbu bevosita qo’shnilaridan tashqari, AQSH,
Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Pokiston kabi
geosiyosiy “o’yinchi”larning tashqi manfaatlari kesishgan hududda
joylashganligi bilan tavsifl anadi. Shuningdek, harbiy mojarolar
tugamayotgan Afg’oniston bilan chegaradoshligi hamda boshqa real va
ehtimoliy harbiy-siyosiy ziddiyat zonalariga yaqin joylashganligi,
Markaziy Osiyo geosiyosiy o’rnining salbiy tomonlarini belgilaydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy maydoni 4 mln km2 ga, jami
aholisi esa 2017-yil 1-yanvar holatiga 70,5 mln kishiga teng. Subregion
davlatlari hududi kattaligi va aholisi soni jihatidan bir-biridan ancha farq
qiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining hududiy va demografik salohiyati
orasidagi tafovutlariga tabiiy sharoit va resurslarining xususiyatlari katta
ta’sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyo davlatlari Yevrosiyo va Hind-Avstraliya
litosfera plitalarining chegarasi bo’ylab o’tgan Alp-Himolay burmali
mintaqaga yaqin joylashgan. Shu bois, mintaqaning janubi-sharqiy va
markaziy qismlari seysmik jihatdan xavfli hisoblanadi. Kuchli zilzilalar
sodir bo’lishi, ayniqsa, Tojikiston va Qirg’iziston hududlari uchun xos
holat. Mintaqaning g’arbiy va shimoliy qismlari asosan platformali
tektonik tuzilishiga ega. Yer yuzasi tuzilishiga ko’ra, subregion janubisharqida joylashgan Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalari tog’li,
Qozog’iston, O’zbekiston va Turkmaniston esa asosan, tekis lik keng
20
tarqalgan mamlakatlar hisoblanadi. Lekin, bu uchta davlat hududida ham
baland tog’ tizmalari bo’lib, maydonlarining 10–20 foizini egallaydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari ulkan mineral-resurs salohiyatiga ega. Neft
zaxiralari bo’yicha Qozog’iston va Turkmaniston, tabiiy gaz zaxiralari
jihatidan Turkmaniston, O’zbekiston va Qozog’iston alohida ajralib turadi,
toshko’mirga Qozog’iston, qo’ng’ir ko’mirga esa O’zbekiston boy
hisoblanadi. Neft-gaz zaxiralari, asosan, Kaspiy bo’yi pasttekisligi,
Qoraqum va Qizilqum cho’llari, Ustyurt platosi hamda tog’ oralig’idagi
botiqlarda, toshko’mirning eng katta zaxiralari esa Qozog’iston past
tog’laridagi Qarag’anda va Ekibastuz ko’mir havzalarida joylashgan.
Temir, marganes va xrom kabi qora metallarning rudalariga Qozog’iston
boy. Turli rangli, jumladan qimmatbaho va nodir metallarning yirik
konlari esa, Turkmanistondan tashqari, subregionning barcha davlatlarida
mavjud. Jumladan, O’zbekiston oltin, uran, kadmiy, mis, molibden,
Qozog’iston uran, volfram, molibden, qo’rg’oshin, rux, Qirg’iziston oltin,
simob, surma, Tojikiston kumush, uran zaxiralari bo’yicha alohida ajralib
turadi.
Turli mineral tuzlarning ulkan zaxiralariga esa Turkmaniston,
O’zbekiston va Qozog’iston ega. Markaziy Osiyo davlatlari iqlimining
umumiy xususiyatlari mo’tadil va subtropik iqlim jihatlarining
turkumlanishi, keskin kontinentalligi va qurg’oqchilligida o’z ifodasini
topadi. Shu tufayli Markaziy Osiyo davlatlari hududi asosan cho’l,
chalacho’l va dasht tabiat zonalaridan iborat. Markaziy Osiyo sharoitida
qishloq xo’jaligi rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan omil – suv
resurslari – subregion hududi bo’yicha juda notekis taqsimlangan.
Subregiondagi barcha yirik daryolar – Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Ili,
Irtish va boshqalar transchegaraviy (ikki va undan ortiq davlat hududidan
oqadigan) bo’lib, Tyanshan, Jung’oriya Olotovi hamda Pomir tog’laridan,
ya’ni Tojikiston, Qirg’iziston va Xitoy hududidan boshlanadi. Shuning
uchun Tojikiston bilan Qirg’iziston suv va gidroenergetika resurslariga
boy, Qozog’iston, O’zbekiston va, ayniqsa, Turkmanistonning ko’p
hududlari esa ularga taqchildir.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining aholisi suv va yer resurslari
omillari (gidrografi k tarmoqlar va relyef)ga bog’liq holda notekis
joylashib, asosan, sug’orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan daryo vodiy
va deltalari, tog’ oralig’idagi botiqlarda mujassamlangan. Bunday yerlar
eng ko’p O’zbekiston hududida bo’lganligi bois, respublikamiz aholi soni
jihatidan subregionda yetakchi o’rin egallaydi. Aholi zichligi
ko’rsatkichlari bo’yicha Markaziy Osiyoda, 1.01.2017-yil holatiga,
21
O’zbekiston (71,5 kishiG’km2) va Tojikiston (61,3 kishiG’km2) yetakchi,
Qozog’iston (6,6 kishiG’km2) esa eng oxirgi o’rinda turadi. Jahon
mamlakatlari orasida ham, Qozog’iston aholisi eng siyrak joylashgan
davlatlar safiga kiradi (o’rtacha aholi zichligi bo’yicha dunyoda 184o’rin).
Markaziy Osiyo davlatlari, BMT tomonidan qabul qilingan jahon
mamlakatlarining tasnifi nuqtayi nazaridan, o’tish iqtisodiyotidagi
davlatlar toifasiga mansub. Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy
YIM hajmi 2016-yil yakunlari bo’yicha, Xalqaro valyuta fondi (XVF)
ma’lumotlariga ko’ra, 800 mlrd AQSH dollariga teng. Beshta mamlakat
ichida YIM hajmi bo’yicha birinchi o’rin Qozog’iston, ikkinchi
O’zbekiston, uchinchi Turkmaniston, to’rtinchi Tojikiston va beshinchi
o’rinda Qirg’iziston turadi. Subregion bo’yicha umumiy ishlab chiqarish
hajmining 56,4 % Qozog’istonga, 25,8 % esa O’zbekistonga to’g’ri kelsa,
Turkmaniston,Tojikiston va Qirg’iziston ulushlari, mos ravishda, 11,8, 3,3
va 2,7 % ga teng.
Janubiy Osiyo subregioni. Janubiy Osiyo subregionining umumiy
maydoni 4,5 mln km² ni tashkil etadi. Mintaqada 2 mlrdga yaqin aholi
istiqomat qiladi. Mazkur subregion tarkibiga Hindiston yarimoroli, HindGang tekisligi, Shri-Lanka, Maldiv, Andaman, Nikobar hamda Lakkadiv
orollari kiradi. Uning hududida 7 ta davlat joylashgan. Mintaqa davlatlari
orasida bitta monarxiya davlat tuzumiga ega bo’lgan Butan Qirolligi bilan
6 ta respublika mavjud. Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko’ra esa Hindiston
va Pokiston federativ, qolganlari unitar davlatlar hisoblanadi.
Janubiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o’rni quyidagicha: bu
subregion Yer shari quruqlik maydoning 3,1 % ni egallaydi; dunyo
aholisining 25,4 % ushbu mintaqa aholisidan tarkib topadi; dunyo bo’yicha
YMM ning 9 % dan ortig’i shu subregion hissasiga to’g’ri keladi. Dunyo
okeaniga bevosita chiqish imkoniyatining mavjudligi, Hind okeani havzasi
qirg’oqbo’yi hududlarining markazida joylashganligi, uning hududida
qadimiy tarixiy mar kazlarning mavjudligi, mintaqa geografi k o’rnining
o’ziga xos jihatlari hisoblanadi.
Janubiy Osiyoni shimolda Himolay tog’ tizmasi va Qoraqurum o’rab
turadi. Shimoli-sharqda u o’rmonlar bilan qoplangan Assam-Birma
tog’lari, shimoli-g’arbda esa Hindukush va Eron tog’liklari orqali
chegaralanadi. Mintaqa shimoldan janubga qarab dunyodagi eng baland
tog’ Himolaydan ekvatorda joylashgan Maldiv orollariga tomon pasayib
boradi.
22
Mazkur mintaqaga musson tipli iqlim xos bo’lib, yil davomida obhavoning keskin o’zgarishi bilan ajralib turadi. Bu yerda aniq ifodalangan
ikki iqlimiy mavsum (nam yoz va quruq qish mavsumlari) ajratiladi.
Mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishida tabiiy resurslar, ayniqsa, mineral
resurslar katta ahamiyatga ega. Bu yerda yoqilg’i-energetika resurslaridan
boshlab (ko’mir, tabiiy gaz, tarkibida radioaktiv toriy mavjud bo’lgan
monatsitli qumlar) qimmatbaho metall hamda toshlar mavjud (oltin,
zumrad, olmos). Subregion jahonda qora metall rudalar (temir, marganes,
xrom) zaxirasiga ko’ra ajralib turadi. So’nggi yillarda mintaqaning dengiz
shelf zonasida neft va gaz qazib olish rivojlanmoqda.
Suv resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Hind, Gang,
Brahmaputra eng yirik daryolari hisoblanadi. Subregionda yuqori
unumdorlikka ega bo’lgan allyuvial tuproqlar, qora tuproq xususiyatli gilli
tuproq lar – regurlar keng tarqalgan. Janubiy Osiyoning barcha
davlatlarida milliy, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillari bilan
bog’liq holda, aholining tabiiy o’sish sur’atlari yuqori.
Janubiy Osiyoda 1 mln dan ortiq 33 ta etnos istiqomat qilib, mintaqa
aholisining 98% ularning hissasiga to’g’ri keladi. Asosan, hinduizm
(Hindiston, Nepal), islom (Pokiston, Bangladesh, Maldiv), buddizm
(Butan, Shri-Lanka) dinlari tarqalgan.
Ma’lumki, Janubiy Osiyo qadimiy sug’orma dehqonchilik
markazlaridan biri sifatida jahonning aholisi eng zich joylashgan
areallardan biridir. Bu yerda o’rtacha zichlik 355 kishiG’km2 dan ortiq
bo’lib, o’rtacha jahon ko’rsatkichidan 6,7 marta ortiqdir. Tekislik
hududlari, yirik daryo vodiylari (ayniqsa, Gang daryosi vodiysi) hamda
dengizbo’yi hududlarida aholining yuqori zichlik ko’rsatkichlari qayd
qilinadi. Janubiy Osiyo dunyoning eng kam urbanizatsiyalashgan
mintaqalaridan biri hisoblanadi (46%). Bu holat mintaqa davlatlarining
past ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti sabablidir. Shu bilan bir qatorda
mintaqaning ko’plab davlatlarida soxta urbanizatsiya jarayoni ham tez
sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
Janubiy Osiyo iqtisodiyoida rivojlanish darajasiga ko’ra, Osiyoning
boshqa subregionlariga nisbatan past ko’rsatkichlar qayd etadi. Butan va
Nepal agrar, Maldiv agrar-industrial, Bangladesh, Pokiston, Hindiston
hamda Shri-Lanka industrial-agrar davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyo
davlatlari jahon iqtisodiyotida asosan konchilik (Hindiston, Nepal, Butan),
qora va rangli metallurgiya (Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka), kimyo
(Hindiston, Pokiston), yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari (barcha
davlatlarda) rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo’jaligi
23
mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik sohasi ustun hisoblanadi. Janubiy
Osiyo jahondagi donli ekinlar (ayniqsa, sholi) yetishtiruvchi yirik mintaqa
sifatida tanilgan. Bundan tashqari, bu yerda jut (Hindiston, Bangladesh),
tabiiy kauchuk, kokos (Shri-Lanka), shakarqamish, paxta, yeryong’oq ham
yetishtiriladi. Hindiston va Shri-Lanka jahon choy hosilining 40% ni
yetishtirib, uning eksporti bo’yicha yetakchi o’rinlarni egallaydi.
Shuningdek, subregion turli xil ziravorlar yetishtirish bo’yicha ham
jahonda peshqadamlik qiladi. Chorvachilikda qoramolchilik, qo’y va
echkichilik, baliqchilik kabi tarmoqlari rivojlangan. Shu bilan birga,
mintaqa davlatlarida xizmat ko’rsatish tarmoqlaridan turizm, tibbiyot,
transport xizmatlar ko’rsatish katta o’rniga ega.
Janubi-sharqiy Osiyo subregioni. Janubi-sharqiy Osiyo subregioni
tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi
Gvineyaning g’arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln km2 bo’lib,
umumiy quruqlik maydonining 3% ni egallaydi. Aholisi soni 630 mlnga
yaqin. Ya’ni bu subregionda jahon aholisining 8,5% dan ko’prog’i
istiqomat qiladi. Geografik joylashuvi jihatidan Vyetnam, Kambodja,
Laos, Myanma, Tailand va Malayziya yarimorol, Bruney, Indoneziya,
Singapur, Filippin va Sharqiy Timor esa orol davlatlar hisoblanadi. Bu
yerda maydon kattaligi, aholi soni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga
ko’ra bir-biridan farq qiluvchi 11 ta davlat joylashgan. Ular orasida faqat
Laos quruqlik ichkarisida joylashgan davlat bo’lganligi sababli to’g’ridan
to’g’ri dengizga chiqa olmaydi.
Davlatlarning 4 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Ma’muriyhududiy tuzilishiga ko’ra, Malayziya va Myanma davlatlari federativ
davlatlar hisoblanadi. Hind va Tinch okeanlari oralig’ida joylashganligi;
mintaqa davlatlari iqtisodiyoti rivojida ikki yirik sivilizatsiya – Xitoy va
Hindiston ta’sirining kuchli ekanligi; buyuk geografik kashfiyotlar davrida
rivojlanishni boshlagan xalqaro savdo va dengiz yo’llari ustida
joylashganligi mintaqa geografik o’rnining asosiy xususiyatlari
hisoblanadi.
Subregion relyefi da tog’li va tekislik hududlar salmog’i deyarli teng.
Mintaqada yirik tekislik hududlari mavjud emas. Asosan, subekvatorial va
ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan bo’lib, iqlim xususiyatlari bu
yerda doimiy yashil tropik o’rmonlarning mavjud bo’lishiga sababchi
bo’lgan. Mintaqaning 42% hududi o’rmonlar bilan qoplangan. Suv
resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Mekong, Iravadi, Chao-Praya,
Xongxa daryolari eng asosiy chuchuk suv manbalari hisoblanadi.
24
Mintaqaning yirik daryolari, asosan, yarim orol davlatlar hududidan oqib
o’tadi.
Dunyo okeani biologik resurslari ham davlatlar iqtisodiyotida katta
ahamiyatga ega. Ular aholi tomonidan iste’molda keng foydalaniladi.
Malay arxipelagining ba’zi orollarida tabiiy dur yetishtiriladi. Mintaqa
tabiiy resurslari orasida mineral resurslar muhim iqtisodiy ahamiyatga ega.
Myanma hududidan to Indoneziyagacha cho’zilgan qalay-volfram belbog’i
o’tgani sabab barcha yarimorol davlatlari hamda Indoneziya hududidan
katta miqdorda qalay rudalariga qazib olinadi.
Subregion qalayning umumiy zaxiralari bo’yicha jahonda birinchi
o’rinni egallaydi. Surma zaxiralari bo’yicha Janubi-sharqiy Osiyo qit’ada
birinchi, jahonda esa ikkinchi o’rinni egallaydi. Bundan tashqari, ushbu
hududdan neft (Indoneziya, Malayziya, Bruney), toshko’mir (Vyetnam,
Indoneziya), uran rudalari (Indoneziya, Filippin), oltin (Myanma,
Vyetnam, Filippin), volfram (Myanma, Tailand), boksit (Indoneziya,
Filippin, Malayziya) kabi mineral resurslar ham qazib olinadi.
Janubi-sharqiy Osiyoning deyarli barcha davlatlarida aholining tabiiy
ko’payish darajasi yuqori. Bunga birinchi navbatda milliy, diniy omillar
katta ta’sir ko’rsatadi. Indoneziya, Filippin, Vyetnam mintaqaning aholi
soni ko’p bo’lgan davlatlari hisoblanadi. Janubi-sharqiy Osiyo hududida
200 dan ortiq xalqlar yashaydi. Ular orasida malayliklar, laolar, tayliklar,
vyetnamliklar, semanglar, birmaliklar, filippinliklar, yavaliklar, xitoylar
katta salmoqa ega.
Indoneziya, Malayziya, Bruneyda islom diniga e’tiqod qiluvchilar
oldingi o’rinda turadi. Tailand, Laos, Kambodja, Myanma hamda
Vyetnamda buddizm, Singapurda esa konfusiylik dini keng tarqalgan.
Ayrim davlatlarda katoliklarning salmog’i katta (Filippin, Sharqiy Timor).
Subregionda o’rtacha zichlik 1 km-2ga 140 kishini tashkil etadi.
Kichik hududli davlatlarda bu ko’rsatkich ancha yuqori (masalan,
Singapurda o’rtacha zichlik 1 km2 ga 8000 kishidan oshadi).
Urbanizatsiya darajasi 50% atrofida. Industrlashgan hududlarda bu
ko’rsatkich yuqori (Singapurda 100%), qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida
katta salmoqqa ega davlatlarda esa past (Sharqiy Timor 30% atrofi da).
Jakarta, Bangkok, Manila mintaqaning eng yirik shaharlari bo’lib
hisoblanadi. Mintaqa davlatlari tarixiy rivoj lanishida Xitoy va
Hindistonning ta’siri katta bo’lsada, ushbu davlatlarning aksariyat qismi
o’z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’lini belgilashda yapon modeliga
murojaat qilishgan. Natijada Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari ichida
Singapur, Tailand, Malayziya kabi yangi sanoatlashgan davlatlar (so’nggi
25
yillarda ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarda ijobiy o’zgarishlar yuz
berayotgan rivojlanayotgan davlatlar guruhi) soni ortib bormoqda. Bundan
tashqari, bu yerda Bruney kabi neft eksport qiluvchi davlat, Sharqiy
Timor, Laos kabi iqtisodiyoti past darajada rivojlangan davlatlar ham
mavjud.
Subregionda konchilik (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida),
yoqilg’i-energetika (Indoneziya, Malayziya, Bruney va b.), rangli
metallurgiya (Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vyetnam va b.),
mashinasozlik (Indoneziya, Singapur, Malayziya va b.), kimyo
(Indoneziya, Malayziya, Singapur, Vyetnam va b.), yengil va oziq-ovqat
(deyarli mintaqaning barcha davlatlarida) sanoatlari tarmoqlari
rivojlangan. Qishloq xo’jaligida dehqonchilik ustun soha bo’lib, sholi
asosiy ekin turi hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarida turli
ziravorlar,
choy, kofe, kopra, geveya (tabiiy kauchuk olish uchun) kabilar ham
yetishtiriladi. Chorvachilikda baliqchilik rivojlangan. Geografik o’rin
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari
uchun asosiy transport turlari suv va avtomobil transporti hisoblanadi.
Shimoliy Afrika (Mag’rib) subregioni. Zamonaviy Mag’rib o’z
ichiga 5 ta arab davlatlari – Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokashni o’z
ichiga oladi. Shu bilan birga mintaqa dunyoning madaniy, siyosiy va
iqtisodiy hayotida muhim o ‘rinni egallaydi. Bu bilan Mag’rib qulay
geografik o’ringa ega.
Shimoliy Afrikada joylashgan arab mamlakatlari Atlantika okeani,
O’rta dengiz va Qizil dengizga tutash, Yevropadan Osiyo va
Avstraliyaga boradigan muhim dengiz yo’li yaqinida joylashgan. Bu
mamlakatlar qadimdan O’rta dengiz orqali Yevropa bilan va JanubiG’arbiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalari qilib kelgan, bu esa
shaharlar dengiz sohilida paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib kelgan.
Shimoliy Afrikadagi arab mamlakatlari Janubi-G’arbiy Osiyodagi arab
mamlakatlariga bevosita yaqin turadi.
Shimoliy Afrikada joylashgan mamlakatlar aholisi tabiiy o’sish
hisobiga tez ko’payib bormoqda. Bunga tibbiy xizmatning
yaxshilanishi, tug’ilish katta bo’lgani bilan bir qatorda o’limning
kamaygani sabab bo’ldi. Bu esa aholining yosh tarkibiga ham ta ‘sir
ko’rsatadi, keksalar esa juda kam. Shimoliy Afrika aholisi, aksari, arab
tilida gaplashadi, arab tili somiy-xomiy tillar oilasiga kiradi va bu
mamlakatlarda davlat tili hisoblanadi.
26
Marokash, Tunis, Liviya, Misr, Mavritaniya, Sudan, Jazoir,
Jibuti, Somali arab mamlakatlaridir. Dini islom. Millioner shaharlar
Qohira, Aleksandriya, Tunis, Al-Jazoir, Kasablanka. Ko’pincha dengiz
sohillarida aholi zich yashaydi. Bu yerlarda yirik shaharlar, sanoat va
hunarmandchilik korxonolari joylashgan. Daryo vodiylarida ham aholi
zich yashaydi, chunki daryo vodiylarida qishloq xo’jaligi va transport
uchun sharoit qulay. Nil vodiysida aholi eng zich yashaydi.
SHarq mamlakatlarining siyosiy subregionlarga bo’linishi.
Shimoliy Afrika (Mag’rib) subregioni - Misr, Liviya, Tunis, Jazoir,
Marokash.
Janubi-g’arbiy Osiyo subregioni – Suriya, Iroq, Livan, Isroil,
Iordaniya, Falastin muxtoriyati, SAP, Yaman, O’mon, BAA, Qatar,
Baxrayn, Kuvayt.
G’arbiy Osiyo subregioni – Turkiya, Afg’oniston, Eron.
Kavkazorti subregioni – Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston.
Janubiy Osiyo subregioni – Hindiston, Pokiston, Nepal, Butan,
Bangladesh, Shri-Lanka, Maldiv orollari.
Sharqiy Osiyo subregioni – Mo’g’iliston, Shimoliy Koreya, Janubiy
Koreya, Yaponiya, Xitoy, Tayvan.
Janubi-sharqiy Osiyo subregioni – Myanma, Laos, Vetnam, Tailand,
Malayziya, Kambodja, Bruney, Singapur, Indoneziya, Filippin.
Markaziy Osiyo subregioni – O’zbekiston, Qozog’iston,
Turkmaniston, Qirg’iziston, Tojikiston.
Arab dunyosi - o’zi mavjud bo’lgan qariyb bir yarim ming yil
davomida bir necha marotaba o’zgarishlarga yuz tutgan tushuncha.
Qachonlardir G’arbda Fransiya janubiga qadar, sharqda esa O’rta Osiyo va
Sinszyan (Uyg’uriston)gacha yetib borgan holda o’zining hozirgi
sarhadlaridan ancha yiroq-yiroqlargacha yastanib yotgan bir makon edi.
Shunday bo’lsa-da, bugungi kunda ham arab mamlakatlari Atlantika
okeanidan Hind okeaniga qadar yastangan holda ancha salmoqli hududni
egallaydi (qariyb 15,0 million kvadrat kilometr). Arab davlatlari ligasi
mavjud bo’lib (1945-yil martdan), ittifoq tarkibiga 19 arab mamlakatlari
qatorida hozircha davlat maqomiga ega bo’lmagan Falastin muxtoriyati
(avtonomiyasi), aholisi arab bo’lmagan, lekin davlat tili sifatida arab
tilidan istifoda etuvchi Jibuti va Somali mamlakatlari ham kiradi.
Hozir jahonda arab mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy
va madaniy roli kundan-kun tobora ortib bormoqda, bu narsa, tabiiyki,
arab dunyosi, uning tarixi va madaniyati, hayoti va o’ziga xos
xususiyatlariga doimiy va uzluksiz ravishda ortib borayotgan qiziqishni
27
ham oziqlantirib turadi. Ana shunday o’ziga xos xususiyatlardan biri Yer
sharining mazkur qismi aholisining hamma vaqt milliy-etnik va diniy
jihatdan rang-barang bo’lib kelganligidir. Ana shu narsa bu mintaqada
yashab kelgan xalqlar tarixiy taraqqiyoti o’ta murakkabligi manbai
bo’lgani holda, turli-tuman mojarolar va to’qnashuvlar sarchashmasi bo’lib
keldi. Mazkur mojarolar va to’qnashuvlardan ko’pchiligi azal-azaldan
butun madaniy dunyoni larzaga solib kelgan, turli kontinentlar
chorrahasida joylashganligi o’ziyoq go’yoki O’rtayer dengizi va Hind
okeani o’rtasida, Yevropa, Afrika va Osiyo o’rtasida vositachi roliga
mahkum etilgan mintaqa sarhadidan chetga chiqib ketgandi.
Aynan shu yerda, Yaqin Sharqda va Shimoliy Afrikada bashariyat
tarixida eng qadimiy sivilizatsiya (tamaddun)lardan biri kurtak ochib tomir
yoygandi. Aynan shu yerda ularning madaniyat va ma’naviy hayotning
barcha yangidan-yangi shakllarini dunyoga keltiruvchi yuz-yuzma kelishi,
sermahsul kontaktlari va o’zaro bir-biriga ta’siri an’anaviy maydoni
joylashgan. Aynan ana shu mintaqada asosiy jahon dinlari, xususan,
xristianlik (nasroniylik) va islom (musulmonlik) vujudga kelgani va
keyinchalik esa ana shu yerdan keng tarqalgani ham tasodifiy bir hol
emaski, bu narsa o’z-o’zidan ana shu dinlarning yuz millionlab
ixlosmandlari va izdoshlarini ularning Falastinda, Arabistonda, Livan va
Iroqda joylashgan markazlariga e’tiborini jalb etib turibdi. Ommaviy
ziyoratchilik (hojilik), muqaddas osori atiqalar va «muqaddas qadamjolar»
borasidagi mojarolar hali ilk o’rta asrlar davridayoq mazkur mintaqani
porox to’la bir qaznoqqa aylantirib qo’ygan edi. Bu yerda ro’y bergan
diniy, etnik va ijtimoiy-siyosiy qutqularning portlashi ko’p hollarda nainki
Sharqda, qolaversa, balki uning sarhadlaridan yiroq-yiroqlarda ham keskin
mojarolar va uzoqqa cho’zilgan urushlar uchun bahonalar shodasi bo’lib
xizmat qilgan edi.
Biz yashab turgan zamona mintaqadagi avvalgi ziddiyatlarga barham
bermasdan (har holda keskin tarzda) ularga yangi-yangilarini qo’shib
qo’ydi. Bu, eng avvalo, iqtisodiy xarakterdagi ziddiyatlardir. Birgina
Yaqin Sharqning arab mamlakatlarida 1980-yillar boshlariga kelib isbotlab
berilgan, ishlab chiqarishning rekord darajada kam xarajatlari bilan qazib
olinadigan butun jahon neft zaxiralarining uchdan ikki qismi joylashgan.
Arab nefti hisobidan G’arbiy Yevropa va Yaponiyaning suyuq yoqilg’iga
bo’lgan ehtiyojlarini 60 %ga qondirilsa, Amerika Qo’shma Shtatlariga
nisbatan bu ko’rsakich 25 %ni tashkil etadi. Ana shu hol muqaddam,
mustamlakachilik davrida, neft konsessiyalariga monopol ega qilish ustida
imperialist davlatlararo ayovsiz va keskin raqobatni keltirib chiqargan edi.
28
Neft qazib oluvchi davlatlarning mustaqil taraqqiyot davrida esa neft narxi
o’sishi va neft ishlab chiqaruvchilarning suveren siyosati tufayli yangiyangi ziddiyatlar vujudga keldiki, jahon tarixida ilk marotaba 1973-1981yillarda taraqqiy etgan kapitalistik mamlakatlardan o’zlarining sobiq
mustamlakalari — koloniyalariga pul mablag’lari oqimi neokolonistik
ekspluatatsiyadan olinadigan foyda hajmidan ko’proq ekanligi ma’lum
bo’lib qoldi.
Shu narsa ravshanki, jahon xo’jaligining eng rivojlangan markazlari
u yoki bu darajada ana shu neft rentasining bir qismini, shu jumladan,
G’arb banklarida saqlanayotgan «neftdollar»ni Amerika Qo’shma Shtatlari
va G’arbiy Yevropa iqtisodiyotlariga moliyalashtirish yo’li bilan o’zlariga
qaytarib oldilar. Shunga qaramasdan, yangicha vaziyat vujudga kelib, unda
G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari 1980-yillar boshlariga
kelganda neft narxini muntazam ravishda pasaytirish (shu jumladan, neft
iste’mol qilishni qisqartirish va energiya tejovchi tarmoqlarni
rivojlantirishga mo’ljal olish bilan), rivojlanayotgan (shu jumladan, neft
qazuvchi) mamlakatlar doimiy ortib borayotgan tashqi qarziga nisbatan
talonchilarga xos foizlarni oshirib borish, ana shu mamlakatlarda
iste’molda «import»ni rag’batlantirish va hokazo yo’llar bilan o’z
foydasiga o’zgartirishga erishdi.
Shunday bo’lsa-da, garchand birmuncha pasaygan bo’lsa hamki,
jahon iqtisodiyotida umumiyligicha neft (va endilikda qazib olinishiga
qo’shimcha e’tibor berilayotgan gaz) ahamiyati saqlanib qolmoqda.
Shuningdek, ayni mahalda neft va gaz bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy,
moliyaviy, texnologik va boshqacha ziddiyatlarning butun rang-barangligi
ham saqlanib qolmoqda. Bu esa, masalan, arab mamlakatlaridagi, shu
jumladan, neft va gaz qazib olmaydigan mamlakatlardagi ijtimoiy
taraqqiyot va mehnat migratsiyasi xarakterini belgilovchi omillarga,
ularning industrilizatsiya (sanoatlashuv) va urbanizatsiya (shaharlashuv)si
sur’atlari va yo’nalishlariga, madaniyat va ta’limga xarajatlar taqsimlanishi
darajasiga, bandlik va ijtimoiy ehtiyojlarga sarf-xarajatlar darajasiga jiddiy
ta’sir etmasligining iloji ham yo’q. Ijtimoiy o’zgarishlar tezligi ham,
pirovardida siyosiy o’zgarishlarni ham belgilab beruvchi ijtimoiy aloqalar
va munosabatlar evolyusiyasi ham ana shularning hammasiga bog’liq
bo’ladi.
Garchand, albatta, atigi birgina Saudiya Arabistoni jahon neft
zaxiralarining chorak qismiga bo’lsa-da, neft zaxiralar hajmi bo’yicha
AQShdan 11 baravar ustun bo’lsa-da, har holda, faqat iqtisodiy
omillargina arablarga qiziqishimizni belgilab bermaydi. Bashariyat, eng
29
avvalo, ilm-fan va madaniyat, adabiyot va san’at, musiqa va she’riyat,
tibbiyot va me’morchilik, falsafa va tarixnavislik, dehqonchilik va
pazandachilik, irrigatsiya va maishiy komfort sohasida erishilgan ajoyib va
betakror yutuqlar uchun arablardan minnatdor bo’lmog’i lozim. Jahon
sivilizatsiyani bu qadar boyitgan va boshqa xalqlar, shu jumdan, Yevropa
xalqlari va (Markaziy Osiyo xalqlari) ma’naviy taraqqiyoti va
madaniyatiga bunchalik kuchli ta’sir o’tkazgan boshqa bir xalq esa
kamdan-kam uchraydi.
Arab tili (yaqin-yaqinlargacha uni «Sharq lotini» deb ham atashgan)
ilm-fan, din va yurispridensiya tili sifatida barcha musulmon
mamlakatlarda, arab dunyosi sarhadidan yiroq-yiroqlarda, Somalidan
Dog’istonga qadar, Senegaldan to Sharqiy Turkistonga qadar o’z
ahamiyatini saqlab kelayotir. Arablar orasida vujudga kelgan islom dini
tobora yangi tarafdorlarni o’ziga jalb etgan holda biz yashab turgan
kunlarda ham o’z ta’sirini kengaytirib bormoqda. 1990-yillarda islom
diniga e’tiqod qiluvchilar soni 1 milliard 200 million kishini tashkil
etgandi. Ulardan taxminan beshdan bir qismini (1994 yil ma’lumotlariga
qaraganda, 240 million kishi) arab mamlakatlari aholisiga mansub bo’lib,
ularning soni o’tgan yarim asr mobaynida taxminan uch baravar ortdi.
Arab dunyosidagi etno-milliylik masalalari.
Arab davlatlari ligasi a’zosi bo’lgan mamlakatlar aholisi orasida
nafaqat arablar va musulmonlar yashaydi. Arab mamlakatlaridan deyarli
har birida arab bo’lmaganlar va musulmon bo’lmaganlar soni salmoqlidir,
bu narsa esa arab dunyosining yuqorida eslatib o’tilgan tarixan
shakllangan etno-konfessial xilma-xilligi oqibatidir. Misrda, turli hisobkitoblarga qaraganda, taxminan 80 million aholidan 7-11 %ini xristian
qibtlar, Suriya, Iordaniya va Falastinda turli konfessiyadagi xristianlar
kamida 10-12 %ni, Livanda (turli ma’lumotlarga ko’ra) - 30 dan 44
%gachani, Sudanda qariyb 4 % xristian va 20 % animistlarni (janubida)
tashkil etadi. Ayni mahalda Sudanda aholining 3G’1 qismi islomga e’tiqod
qilmaydigan va turli nilot tillarida so’zlashuvchi negroidlar, Iroqda esa 20
%dan ko’proqini kurdlar va 5 %dan ko’proqini assiriyaliklar, armanlar,
turklar, turkmanlar, Suriya va Livanda qariyb 10 %ini greklar, kurdlar,
armanlar, cherkaslar, turklar va turkmanlar, Iordaniyada esa 3 %dan
ziyodini cherkaslar, chechenlar, armanlar, turklar va boshqalar tashkil
etadi. Al-Mag’rib (Mag’rib)da, ya’ni arab dunyosi G’arbida Marokash
aholisining qariyb 40 %ini, Jazoirda esa 20 %dan ortig’i, Liviyada 2 %ini
va Tunisda 1%ini tashkil etuvchi barbarlar asosiy arab bo’lmagan etnos
sanaladi.
30
Arab dunyosidagi etno-milliy masala murakkab ekanligi ana shu
raqamlar bilangina cheklanib qolmaydi. Aksariyat ko’pchilik hollarda arab
bo’lmagan etnoslar (musulmon bo’lmagan konfessiyalar) vakillari arab
tilida so’zlashadi, arab madaniyati bilan yaxshi tanish va ijtimoiy,
ma’naviy va maishiy jihatdan ko’pincha arablarga yaqin turadi. Jazoir va
Marokashning ko’plab barbarlar zullisonayn, ya’ni o’z ona tilida ham, arab
tilida ham so’zlashadi. So’zlashuv tili arab va barbar dialektlarining ajoyib
va g’aroyib aralashmasini o’zida ifoda etuvchi viloyatlar ham mavjud
(Jazoirdagi Kichik yoki Baboriya Qobiliyasi). Arab davlatlari ligasiga
kiruvchi va arab mamlakati hisoblanuvchi Mavritaniyada esa, masalan,
garchand, aholisining 25 %dan ziyodini niger-kongolez tillarida
so’zlashuvchi afrikaliklar, aholi asosini esa (75 %ini) mavrlar, ya’ni
«hasaniyya» deb nomlangan alohida arab dialektida so’zlashuvchi, ammo
kundalik turmushda barbar qabilalarining qadimgi turmush tarzidan juda
ko’p narsalarni saqlab kelayotgan arab-barbarlar tashkil etadi.
Arab dunyosi uchun xos bo’lgan siyosiylashtirish (politizatsiya)
etno-konfessial sohada ham o’z asoratini qoldirmoqda. Natijada esa asrlar
davomidav tinch-totuv yashab kelgan milliy va diniy jamoatlar keyingi
100-150 yil mobaynida ko’pincha yovlashib qolmoq, tez-tez urishib
turmoqda yoki nihoyatdla tarang munosabatlarda bo’lib kelmoqda.
Iroqdagi arab-kurd va sunniy-shi’a qarama-qarshiligi, Livandagi xristianmusulmon ziddiyatlari, Sudandagi adog’i ko’rinmas shimol va janub
kurashi, ammo, asosiysi Falastindagi uzoqqa cho’zilib ketgan fojianing
tabiati ana shunda. Buning oqibati esa Falastin arablari katta qismining
jonajon zaminidan haydab yuborilishi, boshqa arab mamlakatlari
hududidla yashab turishga (jumladan, maxsus lagerlarda) qochoqlarga
aylantirilishi bo’lib, ona yurtdan tashqarida ular (ayniqsa, Livan va
Iordaniyada) ko’pincha keskin ijtimoiy-siyosiy va harbiy to’qnashuvlar
markaziga tushib qolmoqdalar. Bu hol (yovlashayotgan tomonlar
tashqaridan ta’sir o’tkazish ham) umumiyligicha Yaqin Sharq mojarosini
tinch yo’l bilan tartibga solishga, shu jumladan, bir necha marotaba
mo’ljallangan, ammo alaloqibat barbod bo’layotgan Isroil va Falastin
avtonomiyasi o’rtasidagi bitimga qattiq xalaqit bermoqda.
Arab mamlakatlari aholisi tarkibiga shuningdek tabiiy ravishda
ijtimoiy va siyosiy vaziyatga ta’sir o’tkazuvchi iqtisodiy migratsiya ham
o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. XX-XXI asrlar chegarasida birgina Afrika arab
mamlakatlaridan 12 milliondan ko’proq kishi o’z mamlakati sarhadidan
tashqarida mehnat migrantlar sifatida mehnat qildi. Bunda ulardan qariyb 3
million kishi Yevropada, taxminan 5 million kishi Fors ko’rfazi
31
mamlakatlarida, 4 millionga yaqini esa AQSh va boshqa taraqqiy etgan
mamlakatlarda bo’lgan. Ko’p hollarda ishsizlik tufayli dunyoga kelgan
migratsiya (1990-yillarda jo’shqin demografik o’sish sharoitida Misrda
faol aholining 16-19 %ini, Marokashda 21-25 %ni va Jazoirda 26-30 %ni
tashkil etgan) hayotning ko’plab jihatlariga ta’sir o’tkazdi. Misrlik
migrantlarga bu narsa mamlakatning iqtisodiy holatini yaxshilashga
salmoqli imkoniyatlar yaratib bergan 180-250 milliard AQSh dollari
miqdorida valyuta rexervi tashkil etishga imkon berdi. Yevropada mehnat
qilayotgan 600 ming tunislik (mamlakat aholisining 7 %i) o’z o’tkazmalari
bilan (XX asr oxiriga kelib qariyb 900 million AQSh dollari) davlatning
tashqi savdo balansi defisitini jiddiy kamaytirishga erishdilar. Boz ustiga,
sir emaski, arab migrantlari Fransiya, Ispaniya va Italiyada mehnat qilish
davrida ko’pincha oila tuzadilar. Bu narsa ular vatanga qaytib kelganidan
keyin aralash nikohlardan tug’ilgan bolalar hisobigina ikki madaniyat
sohibi bo’lgan, tug’ilganidanoq ikki tilli bo’lgan, ayniqsa, Arab Mag’ribi
mamlakatida ko’p sonli bo’lgan shaxslar ulushi ortib borishiga maydon
hozirlaydi. Turkiyadan (jumladan, kurdlar), Ekvotarial Afrika va Sharqiy
Yevropadan (ayniqsa, Albaniya, Gresiya, O’rtaer dengizi orollarida)
Liviyaga migrantlarning doimiy oqib kelishi ham ana shu yo’nalishda
amal va xizmat qilmoqda.
Arabiston neft qazuvchi mamlakatlari aholisi etno-konfessial jihatdan
yanada rang-barangdir. Bu yerda, falastinliklar, suriyaliklar,
iordaniyaliklar va boshqa arab davlatlariga mansub kishilardan tashqari,
hamma joyda Hindiston, Eron, Pokiston, Indoneziya, Koreya, Yaponiya va
Afrika mamlakatlaridan kelgan migrantlar ulushi nihoyatda yuqori
darajadir. Kuvaytda muhojirlar aholining 60 %ini, Qatarda 70 %ini,
Bahraynda 30 %ini, Ummonda esa 10 %ini tashkil etadi, Birlashgan Arab
Amirliklarida 1,2 million aholidan 850 mingini, ya’ni 70 %ini, Saudiya
Arabistonida 16 million aholidan qariyb 2 millionni, ya’ni 13 %ga yaqini
muhojirlardir. Yaman bo’yicha aniq-raso ma’lumotlar yo’q, shunday
bo’lsa-da, Fors ko’rfazi mamlakatlari va Malayziyada ana shu
mamlakatdan migrantlar ulushi salmoq bo’lib, bu ham etno-milliy
aralashib ketishga imkoniyat tug’diradi. Arab mamlakatlariga kelgindi
mingrantlar orasida 22 millatga mansub shaxslar uchrashini aytib o’tish
ham kifoya qiladi.
Ayni mahalda arablar Amerika Qo’shma Shtatlari va G’arbiy
Yevropaga ko’chib o’rnashgan musulmon muhojirlar orasida ham
peshqadamlik qiladilar, bu mamlakatlarda ular tegishlicha 2,5 million va
15,0 millionni tashkil etadi. Bu — o’ziga xos xuusiyatlariga,
32
muammolariga, moslashish qiyinchiliklariga, o’zlari nafaqat tantanavor
vitrinalar va peshtaxtalar orqali ko’rib G’arb dunyosini spesifik idrok etish
tarziga ega bo’lgan ulkan diasporadir. Muhojir arablar go’yoki Sharq va
G’arb avangardiga o’xshaydi. Aynan G’arb arablarning muammolari va
umumiyligicha butun Sharqning muammolarini tushunishi va anglashiga
ana shu avangard tinchlik elchisi yoki «beshinchi koloniya» vakili bo’lishi
ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkda ro’y
bergan fojiadan keyin asosan «islom terrorchiligi» va butunjahon
sivilizatsiya markazlariga «Sharqdan bo’ladigan tahdid» to’g’risida so’z
yuritish odat bo’lib qoldi. Buning uchun esa asoslar mavjud. Ammo har
qanday mojaroda hamisha ikkala taraf mavjud bo’ladi. Ulardan har
birining xulq-atvori juda ko’p hollarda raqibning yurish turishiga bog’liq
bo’lishi ham ma’lum.
G’arb va Sharqning, mazkur holda esa, Arab Sharqi va AmerikaEvropa g’arbi bir-biriga qarshi turishining oddiy bo’lmagan, afsuski, o’ta
chigallashib ketgan masalalarini tushunib yetish uchun esa tarixga, arablar
va g’arblik kishilar o’rtasida asrlar davomida nafrat va ishonmaslik
urug’ini sochib kelgan harbiy-siyosiy qarshi turish va diniy murosasizlik
an’analariga murojaat qilmoq kerak. Shuning barobarida o’zaro bir-biriga
ta’lim berish va o’zaro bir-birini boyitish davrlari haqida,
sividizatsiyalararo, millatlararo va shunchaki insoniy aloqalar xususida,
g’arb ham, butun jahon haligacha arablardan qarzdor va minnatdor
bo’ladigan hamma narsa to’g’risida bir eslab ko’rish va tarakkur qilmoq
joiz.
Arab davlatlari ligasi tashkiloti.
1945 yilda arab davlatlari siyosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtirish,
ular mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy hamda
madaniy aloqa sohalarida hamkorligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan
mintaqaviy tashkilot. Arab davlatlari uyushmasi u.ga Yaqin Sharq va
Shim. Afrikaning mustaqil arab mamlakatlari uyushgan. Arab davlatlari
uyushmasi u. tashkilotchilari — Misr, Suriya, Iroq, Iordaniya, Livan,
Saudiya Arabistoni va Yaman Respublikasidir. Keyinroq Arab davlatlari
uyushmasiga Jazoir, Bahrayn, Jibuti, Kuvayt, Liviya, Mavritaniya,
Marokash, Qatar, Somali, Sudan, Tunis, Birlashgan Arab Amirliklari,
Yaman Xalq Demokratik Respublikasi, shuningdek Falastin Ozodlik Tashkiloti a’zo bo’ldi. Arab davlatlari uyushmasi u.ning rahbar organi —
Kengash (Majlis) hisoblanadi, uning tarkibiga har a’zo mamlakatdan bitta
vakil kiritiladi. Kengash o’z majlislarini bir yilda ikki marta o’tkazadi.
Hamma a’zo-lar uchun majburiy qarorlar faqat yakdil ovoz bilan qabul
33
qilinadi. Ko’pchilik ovoz bilan qabul qilingan qarorlar bularni qo’llabquvvatlab ovoz bergan mamla-katlar uchungina majburiydir. Kengash
huzurida bir necha doimiy ishchi qo’mita va qator ixtisoslashgan
tashkilotlar tuzilgan, ular iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalari bilan
shug’ullanadi, umumiy loyiha va dasturlar ustida ishlaydi. Arab davlatlari
uyushmasi u. Kotibiyatini Bosh kotib boshqaradi. Arab davlatlari
uyushmasi u- boshqaruv idorasi Qohira (Misr)da joylashgan. Arab
davlatlari uyushmasi u. BMT huzuridagi kuzatuvchi tashkilot mavqeiga
ega. 1960-70 yillarda Arab davlatlari uyushmasi u. a’zolarining soni
ko’paydi, ular iqtisodiy qudrati mustahkamlanib, umumiqtisodiy va
siyosiy manfaatlari kuchaydi. Shu tu-fayli Arab davlatlari uyushmasi u.
doirasida arab davlatlari hamkorligi kengaydi. Uyushmaning umu-marab
bozori, Arab Taraqqiyot banki, arablararo o’quv yurtlari, Narkotiklarga
qarshi kurash olib boruvchi arab byurosi va "Arab press" axborot byurosini
tuzish bo’yicha dasturlar ishlab chiqildi.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1. Jahon xaritasida musulmon mamlakatlarining siyosiy-geografik
holatini tavsiflab bering.
2. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda musulmon mamlakatlarining
rolini aytib bering.
3. Bugungi kunda zamonaviy xalqaro munosabatlardagi holat qanday?
4. Nima sababdan etakchi davlatlar ko‘plab Sharq mamlakatlariga
iqtisodiy yordam ko‘rsatadi?
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Siyosiy xarita yordamida musulmon mamlakatlarini siyosiy, iqtisodiy
– ijtimoiy va geografik holatini gapirib bering ?
2. Globalizatsiya jarayonining ijobiy va salbiy jihatlarini sanab o‘ting?
3. Musulmon mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy
ahvolini internet tizimlari orqali mustaqil o‘rganish.
4. “Musulmon mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlar” mavzusida nutq
tayyorlash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Muxammadsidiqov M.M. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent, Barkamol fayz media, 2017, - 292 b.
2. Muhammadsidiqov M.M. Sharq mamlakatlari xalqaro
munosabatlari. O’quv qo’llanma. – Toshkent, ToshDShI, 2017, - 240 b.
34
3. Mуҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб
мамлакатларидаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар. Ўқув қўлланма. –
Тошкент, ТошДШИ, 2013. – 160 б.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning
mintaqaviy jihatlari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, ToshDSHI, 2013. – 176
b.
2. Каримова Н.Э. Международные отношения стран Востока.
Учебное пособие. – Ташкент, 2017. – 204 с.
3. Каримова Н., Пьянова Е., Азимов К. Особенности развития стран
Дальнего Востока. Учебное пособие. – Ташкент, 2009. – 234 с.
4. Шарапов А.А. Осиё-Тинч океани минтақаси давлатлари ва
Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Монография. – Тошкент,
2014. – 216 б.
5. Fawcett Louise. International Relations of the Middle East, UK,
Oxford University Press, 2016.
6. The Asia-Pacific Power Balance. London: Chatham House, 2015.
80 p.
7. Beeson M. Institutions of the Asia Pacific. London-New York:
Routledge, 2009. 147 p.
35
2-BOB. YAQIN SHARQ MAMLAKATLARI VA ZAMONAVIY
XALQARO MUNOSABATLAR I
Darsning maqsadi:

talabalarning Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasi davlatlaridagi
siyosiy jarayonlar borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish;

talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda
amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish;

talabalarga Yaqin Sharq mintaqasi davlatlarining xalqaro
munosabatlar tizimidagi o‘rni borasidagi to‘la ma’lumotlarni yetkazish
hamda ushbu jarayonlarning o‘ziga xos jihatlari bilan ularni tanishtirib
borish.

talabalarda davlatni har tomonlama rivojlantirish jarayonida
o‘ta muhim, o‘ziga xos rol o‘ynovchi tashqi siyosat va uning maqsadlarini
amalga oshirishda muhim omil hisoblangan xalqaro muzokaralar bo‘yicha
nazariy bilim va amaliy mahoratni shakllantirish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Fors ko‘rfazi, Yaqin Sharq,
Xormuz bo‘g‘ozi, FKADHK, “jahoniy davlat”, “mintaqaviy davlat”,
“odatdagi davlatlar”, “Qaynoq nuqta”, Arab-Isroil mojarosi.
2.1. Yaqin Sharq mintaqasining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati
Bugungi kunda ko‘pchilik davlatlar tashqi siyosiy strategiyalarida
energetik resurslar xavfsizligi, energetika infrastrukturasini rivojlantirish
va umumiy energetika tizimini shakllantirish masalalari asosiy geosiyosiy
omillar sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, Fors ko‘rfazi mintaqasi
xavfsizligida energetik xavfsizlikka nisbatan yangicha yondashuvlarning
yuzaga kelishi natijasida mintaqa davlatlari siyosatida an’anaviy
ustuvorlikka ega bo‘lgan neft-gaz siyosatiga nisbatan munosabat yanada
markazlashtirilmoqda.
Yaqin Sharq - Osiyo, Afrika va Yevropaning kesishgan mintaqasida
joylashgan. Bundan tashqari geosiyosiy ahamiyati jihatidan Yaqin Sharq,
Kavkaz va Markaziy Osiyo bilan birgalikda chegaradosh sifatida qaralib,
geostrategik va geosiyosiy imperializmda, shu jumladan, AQSh
gegemonlik loyihasida juda muhim o‘rin egallaydi.
Yaqin Sharq mintaqasi jahonning muhim transport koridori
hisoblanadi. Aynan shu yerda Atlantika va Hind okeanini bir biriga
bog‘laydigan muhim geostrategik ahamiyatga ega bo‘lgan Suvaysh kanali
joylashgan hamda shu mintaqa davlatlari qulay dengiz yo‘llariga chiqish
36
imkoniyatiga ega, bu xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi rolini oshirish va
ishtirokini kengaytirishda zaruriy omillardan biridir.
Yaqin Sharq dunyo aholisining deyarli yarmi e’tiqod qiladigan uch
eng yirik jahon dinlari: Islom, Yahudiy va Xristian dinlarining kelib
chiqish markazi hisoblanadi.
Yaqin Sharq jahon neft zaxirasining 61,7 foiziga va tabiiy gaz
zaxirasining 40,6 foiziga egalik qiladi. Mintaqadagi ikki davlatda esa
dunyo neft zaxirasining 35 foizi jamlangan: Saudiya Arabistonida 26 foiz,
Eronda 9 foiz. AQSh Energetika Departamenti tahliliga ko‘ra, jahonda
energetika mahsulotiga bo‘lgan talab 1993- va 2015-yil oralig‘ida 50
foizga ortdi. Bu esa mintaqa davlatlarining jahon iqtisodiyotida va
siyosatida ta’siri oshishiga olib kelmoqda. Xususan, bir qator manbalarga
ko‘ra 2003 -yilgacha faqatgina Saudiya Arabistoni tomonidan AQShga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan investisiya miqdori 4000 mlrd. dollar atrofida
bo‘lgan. Lekin, shu bilan bir qatorda mazkur energetika zaxiralari
mintaqaga nisbatan yirik davlatlarning qiziqishi va ta’sirini ortishiga va
bevosita mintaqa davlatlari ichki ishlariga aralashishga sabab bo‘lmoqda.
Bu mintaqadagi neft tarixi 1914-1918 yillar “Buyuk urush” nomi
bilan mashhur bo‘lgan urush davomida Britaniya Harbiy dengiz floti
tuzish bilan bog‘liq. Britaniya imperiyasi bu yerda harbiy kemalar uchun
energiya zaxiralari qazib olishni maqsad qilgan. Shundan buyon Yaqin
Sharqning katta energetika zahiralari doimo sobiq va hozirgi yetakchi
davlatlarni: Fransiya, B.Britaniya, AQSh va Sobiq Sovet Ittifoqini jalb etib
kelgan. Neft qazib olish boshlanishi sababli mintaqada diniy nizolar va
boy resurslar hamda unumdor yerlar uchun kurash boshlandi.
Bundan tashqari, Arab dunyosi jahon siyosiy va iqtisodiy
barqarorligini ta’minlashdagi rolini yaqqol namoyish etadi. Arab dunyosi
mamlakatlari yakdilligining dunyo miqyosidagi siyosiy va iqtisodiy
ahamiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u jahon neft bozoridagi vaziyatga
hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishga qodirdir. Birinchi marta bu 1973-1974
yillarda “energetik tanglik” davrida namoyish etildi. Oktabr urushi (1973)
chog‘ida G‘arb mamlakatlari Isroilni qo‘llab-quvvatlaganiga javoban
OPEK mamlakatlari jahon bozoriga neft yetkazib berishni to‘xtatib
qo‘ydilar. Bundan ko‘rinadiki, arab olamining siyosiy va iqtisodiy ta’sir
ko‘rsatish imkoniyati hozirgi kunda bir qator yirik davlatlarning milliy
manfaatlari ijrosidagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy davrda hech bir davlat mustaqil
o‘z energetik ehtiyojlari va imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmaydi.
Ayniqsa, jahon siyosatida energiya taqchilligi va xavfsizligi masalalari
37
global muammo sifatida ko‘rilayotgan bir davrda mintaqalar va
davlatlarning bir-biriga energetik bog‘liqlik darajasi yanada ortdi 1. Shu
bois hozirgi vaqtda energetika siyosati bir qator davlatlarning, xususan,
jahonning yirik davlatlari tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday fenomen bir qancha omillar
bilan tushuntirilishi mumkin. Jumladan, jahon energetika bozori
sub’ektlarining o‘z energetik xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoji,
energetika sohasidagi samarali biznes manfaatlari, neft-gaz xom ashyosini
qazib olish, qayta ishlash, transportirovka qilish va boshqalar. Shuni
ta’kidlash joizki, zamonaviy dunyoda energetika jahon iqtisodiyotining
dinamik rivojidagi eng asosiy unsur bo‘lishi bilan birga, umumiy xalqaro
munosabatlar tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi birlamchi omillardan biri sifatida
yuzaga chiqdi. Bundan tashqari, dunyo miqyosida energetik bog‘liqlik va
energiyaning birlamchi manbalari iste’moli hajmi oshib borayotganligi
mintaqada xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar ko‘lamining kengayishi
xavfini tug‘diradi. Shuning uchun “Arabiston oltiligi” davlatlari oldida
mintaqaviy energetik xavfsizlikni ta’minlash masalasi har qachongidanda
dolzarbdir.
Arabiston oltiligi davlatlarining ulkan energetik imkoniyatlari
jahonning yirik davlatlari e’tiborini tortmasdan qolmaydi. Ayniqsa global
energetik iste’mol darajasining kun sayin oshib borayotganligi, neft va gaz
zahiralarining esa tobora kamayib borishi, bundan tashqari, muqobil
energiya manbalarini yaratish harakatlari unchalik ham kutilgan natija
bermayotganligi energetik raqobatning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Ma’lumki, jahon energetik ehtiyojlarning asosiy qismi neft va gazga boy
mintaqalar hisobiga qondirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda FKADHK davlatlarining siyosiy va iqtisodiy
xavfsizligiga eng katta tahdid Eronning yadroviy dasturi borasidagi
siyosatidir. Jahon hamjamiyatining Eronga nisbatan keskin siyosiy va
iqtisodiy bosimlari Kengash davlatlarining jiddiy xavotiriga sabab
bo‘lmoqda. Bundan tashqari Iroqdagi vaziyatning to‘liq izga
solinmaganligi Kengash davlatlarining istiqbolli iqtisodiy loyihalari
amaliyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, Iroqda jahon neft
zahiralarining 11foiz joylashgan. Bu ko‘rsatkich mintaqaviy energetik
loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tobora diniy nizolarning avj olayotganligi, sunniy va shia mazhabi
o‘rtasidagi doimiy raqobat muhiti, natijada mintaqaga nisbatan butun bir
1
Гладкий Ю.Н, Чистобаев А.И.Регионоведение: - М.: Гардарики, 2003. – C. 56.
38
terrorizm o‘chog‘i sifatida qaralishi, islom dini va madaniyatiga nisbatan
radikal qarashlarning kuchayishi neft va gaz sohasiga xorijiy
investisiyalarning jalb qilinishi va istiqbolli bozorlarni egallashga o‘z
ta’sirini ko‘rsatmoqda. Qudratli davlatlarning mintaqadagi siyosati
bevosita neft va gaz resurslarini qo‘lga kiritish bilan bog‘liq ekanligi
bugungi kunda hech kimga sir emas. Bu borada Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimovning quyidagi mulohazalari muhim ahamiyatga ega:
“...kimda-kim neft va gaz zaxiralariga hukmronlik qilsa, dunyoga hukmron
bo‘lishi mumkin degan qarashlar kuchayib bormoqda. Va aksincha –
kimdaki shunday resurslar bo‘lmasa, neft-gaz, umuman, uglevodorod xom
ashyosiga ega boshqa davlatlarga nisbatan turli harakatlar ham sodir
bo‘layapti. Chunki qudratli davlatlar yaxshi biladiki, mana shunday boylik
kimning qo‘lida bo‘lsa, u boshqalarni o‘z ta’siriga olishning kaliti, vositasi
bo‘lib xizmat qiladi”.
- Jahon miqyosida energetik iste’mol darajasining oshib
borayotganligi, xususan, Osiyo segmenti ulushining ortishi mintaqada
keskin siyosiy raqobat muhitini yanada keskinlashtirishi mumkin.
Energoresurslar iste’moli dunyo miqyosida 2030 yilgacha 60 foiz ga
oshishi bashorat qilinmoqda. Bu jarayon ham bevosita Eron bilan bog‘liq.
Bugungi kunda Xitoy, Hindiston, Pokiston, Yaponiya kabi davlatlarning
energetik ehtiyojlari kundan kunga ortib bormoqda. Bu davlatlar
mintaqadagi energetik raqobatda ishtirok etishdan va manfaatli tashqi
energetik siyosatdan manfaatdordir. Jumladan, Eron gazining Xitoygacha
tortilishi, Eron-Pokiston-Hindiston quvuri borasidagi munozaralar
Kengash davlatlari tashqi energetik siyosatida alohida e’tirofga sabab
bo‘lmoqda. Chunki, Eron FKADHK davlatlarining asosiy energetik
raqobatchisiga aylanishi mumkin.
Fors ko‘rfazi xavfsizligi, FKADHK davlatlari energetik xavfsizligi
masalalari Kengash davlatlari tashqi siyosatida asosiy ustuvor yo‘nalish
hisoblanadi. Jahon miqyosida neft va gazga bo‘lgan talabning oshishi va
ko‘pchilik davlatlarning taraqqiyoti ushbu resurslarga bog‘liq ekanligi
jahon siyosatida va umuman zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida
FKADHK davlatlari roli oshib borayotganligini ko‘rsatadi. Bundan
tashqari, 1970-yillarning boshida Misr prezidenti Anvar Sadatning neft va
siyosatning bir xil ma’no kasb etishini ta’kidlaganligi bugungi kunda ham
o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. Neftdan siyosiy bosim sifatida foydalanish va
energetik resurslarning siyosiylashtirilishi tendentsiyalari bugungi kunda
ham kuzatilmoqda.
39
Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, Yaqin Sharq mintaqasi jahon
hamjamiyatida o‘zining geografik joylashuvi, tabiiy resurslarga boyligi,
qulay geoiqtisodiy sharoitlarga egaligi va uch yirik dinning kelib chiqish
markazi ekanligi bilan muhim o‘rin egallab kelmoqda. Mazkur omillar bir
tomondan mintaqa davlatlarining xalqaro maydonda iqtisodiy, siyosiy va
madaniy jihatdan rolining oshishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan
mintaqaning dunyoda yirik davlatlar manfaatlari to‘qnashuv markaziga
aylanib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
2.2. Yaqin Sharqda kechayotgan siyosiy jarayonlarning mohiyati
Yaqin Sharqda strategik muvozanatning shakllanishida davlatlararo
munosabatlar bir qator mutaxassislar tomonidan o’rganilgan. Xususan,
Rossiyalik ekspert L.E.Popova tahlilicha, Yaqin Sharqda davlatlar
o’rtasidagi munosabatlarning murakkabligiga tarixiy, siyosiy, diniy,
ijtimoiy, etnik, geografik va iqtisodiy xususiyatlarga ega omillar ta’sir
o’tkazadi va vaziyatni murrakkablashtirmoqda:
1. Tarixiy omil bo’lib, bevosita Yaqin Sharqning mustamlakachilik
tarixiga
bog’liq.
Buning
natijasida
Usmoniylar
imperiyasi
parachalanganidan keyin va mandat ostida bir qator davlatlarning
mustqallikka erishishi natijasida bir qator jiddiy hududiy muammolar
yuzaga keldi. Kurdlar masalasi, Falastin davlatini tashkil etish masalasi va
boshqalar;
2. Mintaqa davlari o’rtasidagi mintaqaviy yetakchilik uchun kurash.
Yaqin Sharqda bir qator davlatlar o’rtasida jiddiy ravishda yetakchlik
uchun raqobat yuz bermoqda. Turli davrlarda turli davlatlar o’rtasida yuz
berganligini kuzatish mumkin. Da’vogar diniy davlatlar (Saudiya
Arabistoni, Eron), dunyoviy davlatlar (Suriya, Isroil, Misr, Turkiya);
3. Yetakchi davlatlarning geosiyosiy manfaatlari va ularning
mintaqaviy jarayonlarga ta’siri. “Sovuq urush” davrida Yaqin Sharq ikki
lagerga ajralib qolgandi, undan keyingi davrda AQShning mintaqadagi
ustunligi kuzatildi, natijada mintaqada muvozanat buzilishiga,
beqarorlikka, xalqaro terrorizmning kuchayishiga va boshqalarga olib
keldi;
4. Yaqin Sharqda shia va sunniylar o’rtasidagi qarama-qarshilikning
mavjudligi;
5. Mintaqada transchegaraviy daryolar va suv resurslarining
taqsimoti yuzasidan murakkab vazaiyatning shakllanishi: Iordan daryosi
bo’yicha Suriya va Isroil o’rtasida, Suriya va Turkiya o’rtasida Dajla va
Furot daryolari bo’yicha;
40
6. Demografik vaziyat. Mintaqada bolalar o‘limi yuqori bo’lib, u
aholining davlatlarga qarab 20-40 foizga tashkil etadi. Shuningdek,
yoshlarning aholining katta qismini tashkil etishi turli tahdidlardan
ularning himoyalanganlik muammosini vujudga keltiradi;
7. Mintaqaning turli davlatlarida terroristik tashkilotlarning faolligi
va ularga nisbatan yordam ko’rsatilayotganligi. Bugungi kunda ular
Yaman, Suriya, Iroq va Liviyada hukumatga qarshi jiddiy kurash olib
borishmoqda.
Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda bugungi kunda Yaqin
Sharqda ro’y berayotgan siyosiy voqeliklar va kuchlar konfigurasiyasidagi
tez-tez o’zgarishlar mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda va
mintaqaning istiqbolini bashorat etish bir qadar murakkabliklarga sabab
bo’lmoqda. Shu bois mintaqada geostrategik muvozanatning
ta’minlanishida quyidagi asosiy tendensiyalarni hisobga olish zarur:
- “Arab bahori”ning ta’siri mintqada to’liq bartaraf etilmaganligi:
Sinay yarim orolidagi beqarorliklar, Yaman va Suriya inqirozi, turli
radikal kuchlarning faoliyati saqlanib qolishi; ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar;
- Yaqin Sharqda din omilining davlatlar ichki va tashqi siyosatiga
ta’sirining kuchli ekanligi. Namoyon bo’lish shakllari – a) diniy va
dunyoviy (sekulyar) boshqaruv o’rtasidagi kurash Misr, ma’lum ma’noda
Suriya; b) islom dinidagi sunniy va shia oqimlari o’rtasidagi diniymafkuraviy raqobat o’rtasidagi kurash, Eron-Saudiya Arabistoni
munosabati; s) diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning faollashuvi
va ularni chetdan qo’llab quvvatlash – IShID, “Jabhat an-Nusra”, “Axror
ash-Shom”, XAMAS, Xizbulloh va boshq.
“Arab bahori”dan keyingi eng muhim amaliy natijalardan biri islom
rolining va diniy harakatlarning avj olganligini kuzatishimiz mumkin.
Bunda ikki holat ko’zga tashlanadi:
birinchidan, Misrdagi singari diniy ekstremistik tashkilotlar va
hukumat qo’shinlari o’rtasidagi kurash emas, aksincha diniy va dunyoviy
boshqaruv tarafdorlari o’rtasida kurash yuz berdi. Bir qator G’arb va milliy
ekspertlar tomonidan inqilobiy chiqishlarda diniy tashkilotlarning faol
ishtiroki kutilgan bo’lsa-da, lekin asosiy qarshilik kuchlari sifatida yosh
misrlik sekularlar chiqishdi. Chiqishlarning kulminatsion nuqtasi 2013 yil
Tahrir maydonidagi mashhur juma namozi vaqtida sodir bo’lib, bunda
duoni amalga oshirayotgan musulmonlarni politsiyadan qibtiy xristianlar
himoya qilgan bo’lsa, xristianlarning yakshanba kunidagi duosini amalga
oshirayotganlarida esa ularni musulmonlar himoya qilishgan. 2013 yil 3
41
iyulda M.Mursi prezidentlik lavozimidan chetlashtirilib, namoyishni
bostirishda qurolli kuchlarni qo’llaganlikda ayblanib qamoqqa olindi.
Natijada Misrning islomiy-boshqaruv shaklidagi hukumatiga qarshi
millionlab norozilarning namoyishlari oqibatida ro’y bergan so’nggi
harbiy davlat to’ntarishi dunyoviy (sekulyar) konstitusionalizmni saqlab
qolish imkonini berdi.
Ikkinchidan, islom dinining ikki oqimi sunniylar va shialar o’rtasida
kurash kuchaydi, ya’ni Saudiya Arabistoni Podshohligi va Eron hamda
ular tarafdorlari o’rtasidagi de-fakto kurash. 1979 yilgi Erondagi
inqilobdan keyin Fors ko’rfazi davlatlariga nisbatan “shia ekspansiyasi”
xavfi vujudga keldi. Tabiiyki, Saudiya Arabistoni tomnidan bunga
muntazam to’sqinlik qilib kelinadi. Yaqin Sharqda shialar uchta davlat
aholisining katta qismini tashkil etadi: Eron (80foiz), Iroq (60foiz) va
Baxrayn (taxmanan 60foiz) shuningdek, Livan, Saudiya Arabistoni,
Yaman, BAAda yirik shialar jamiyatlari mavjud. Shialar Yaqin Sharq
davlatlaridan Eron, Iroq va Bahrayn aholisining ko’pchilik qismini tashkil
etadi. Eronda (80foiz), Iroqda (60foiz) va Baxraynda (60foiz), bundan
tashqari Livan, Yaman, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab
Amirliklarida ham shialar ko’pchilikni tashkil qiladi.
Rossiyalik sharqshunos tadqiqotchi Boris Dolgov tahliliga ko’ra,
Fors ko’rfazi arab monarxiyalari Liviya va Suriyada turli diniy radikal
harakatlarni qo’llab-quvvatlamoqda. Taxminan Suriyada Saudiya
Arabistoni 40 mingga yaqin muxolifat va radikal kuchlarni Pokiston
lagerlari orqali tayyorlagani ayrim manbalarda keltiriladi.
Yaqin Sharqdagi terroristik tashkilotlardan biri “Iroq va Shom islom
davlat” (IShID)dir. 2006 yil oktyabrda Iroqda Al-Qoida terroristik
guruhining bo’linmalaridan hisoblangan "Islomiy davlat" nomli guruh
vujudga keldi. "Islomiy davlat" guruhi bilan Suriyada "Jabhatun-Nusra"
ekstremistik guruhi bilan qo’shilib, (IShID) terroristik guruhi tashkil etadi.
Abu Bakr Bag’dodiy “xalifa” deb e’lon qilinadi.
2006 yil dekabrida Al-Qoida guruhining rahbari Ayman al-Zavohiriy
tomonidan bu ikki guruhning birlashishlari bekor qilinishi haqida buyruq
beriladi. Ammo Abu bakr Bag’dodiy ushbu jarayonni davom ettirib IShID
guruhini, ya’ni Iroq va Shom islomiy davlatini tashkil etdi. Bu guruh
tashkil etilgandan so’ng Suriya va Iroq mamlakatlarida terroristik
amaliyotlarni amalga oshirishni, qon to’kish, qotilliklar, aholi yashaydigan
uy-joylarni vayronalarga va xarobalarga aylantirishni o’z oldiga maqsad
qilib oldi. Hozirda ushbu fojeali va qo’rqinchli amaliyotlarni vahshiylarcha
amalga oshirishdi.
42
IShID qurollangan terroristik guruh bo’lib, bu guruh salafiylik
jihodi, ya’ni ekstremistik g’oyalar va qarashlar bilan yo’g’rilgandir. IShID
guruhi asoschilarining maqsadlari "Islomiy xalifalik va shariat ijrosi"
nomini qaytadan tiklashdir. Ushbu maqsadlariga yetishlari uchun o’zlariga
Iroq va Suriya yurtlarini tanlab olib, ushbu mamlakatni terroristik amaliyot
o’tkazadigan maydonga aylantirishdi.
Bugungi kunda ba’zilar ularning tahdidi tufayli, ayrimlar esa turli
aldovlar sababidan ularning so’zlariga ishonib, ularning faoliyatlarini
qo’llab-quvvatlamoqdalar. Xususan yoshlarimizni ularning g’arazli
g’oyalaridan asramog’imiz va ularning kirdikorlarini fosh qilishimiz
muhim ishlardan hisoblanadi. Hozirda IShID poytaxti Raqqa shahri
hisoblangan davlat sifat tuzilmani tashkil etib, keng ko’lamli harbiy va
mafkuraviy kurashni amalga oshirmoqda. Hozirda tashkilot 7-8 million
aholi yashaydigan hudud ustidan nazorat o’rnatgan.
- Qurolli nizolarning davom etayotganligi va qochoqlar muammosi–
Yaman va Suriyadagi inqirozlar;
Yamanda Eron tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan xusiylar
(“Ansor Alloh”) guruhi 2014-2015 yillarda asta sekin Yaman o’z ta’sir
doiralarini kengaytirishga erishdilar. 2015 yil 21 mart kuni Xusiylarning
Oliy inqilobiy kengashi Yamanda hukumat ag’darilganini e’lon qildi.
Xusiylarning bunday harakatiga qarshi Saudiya Arabistoni chegara tomon
o’z qo’shinlarini joylashtirdi. Xusiylar yetakchisi Muhammad al-Xuti
Saudiya Arabistoni tomonidan amalga oshiriladigan har qarday
agressiyaga javob qaytarish bilan ogohlantiridi.
2015 yil 25 mart kuni Yaman prezidenti Abd Rabbux Mansur Xodi
Saudiya Arabistonidan mamlakatga qo’shin olib kirishini so’rab murojaat
qildi. Jami o’nta davlatdan iborat koalisiya tashkil etildi. Saudiya
Arabistoni 100 ta harbiy samolyot va 150 ming qo’shin ajratgan bo’lsa,
Birlashgan Arab Amirliklari (30 ta ), Kuvayt (15 ta), Baxrayn (15 ta),
Qatar (10 ta), Iordaniya (6 ta harbiy samalyot) ajratdi. Misr va Pokiston
ham koalisiyaga jalb etildi. Shuningdek Marokash, Iordaniya, Sudan
samolyotlari ham harbiy operasiyalarda ishtirok etgan. Harbiy operasiya
“Decisive Storm” deb nomlandi. 2016 yil 11 apreldan boshlab, tinchlik
sulxi amal qilinmoqda.
- Mintaqada tashqi kuchlarning faollashuvi, an’anaviy aktor sifatida
AQShning mavjudligi, Suriya masalasida Rossiyaning aralashuvi va
Xitoyning ilk bora 2016 yil martdan Suriya bo’yicha maxsus vakilining
joriy etilishi, Britaniya va Fransiyaning turli tashabbuslari (Liviya, Suriya
bo’yicha).
43
AQShlik siyosatshunos G.Kissenjer e’tiroficha, tashqi kuchlar
bugungi kunda Yaqin Sharq mintaqasi o’z strategiyalarini yoki “Sovuq
urush” davridagidek, yoki undan keyingi davrdagidek aniq shakllantirib
olishlari kerak. Sovuq urush davomida mintaqa yetakchi kuchlarning
to’g’ridan-to’g’ri musobaqasi bo’ladigan yagona mintaqa emas edi.
NATO-Varshava o’rtasidagi kelishmovchiliklar, Korea va Vetnam
urushlari, ikkinchi alyans dunyo tinchligiga xavf tug’diruvchi markazlar
edi. 1990 yillardan keyin Rossiya, Xitoy, Amerika Qo’shma Shtatlari va
ko’plab Yevropa xalqlari Yaqin Sharqqa nisbatan zero-sum prinsipi
asosida yondashishdi.
Yaqin Sharq mintaqasi AQSh tashqi siyosati strategik ahamiyat kasb
etuvchi mintaqalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda AQShning
demokratlashtirish va xalqaro terrorizmga qarshi kurash siyosatining
aksariyat qismi mazkur mintaqada amalga oshirilayotganini kuzatishimiz
mumkin. Buning geografik va strategik jihatdan Yaqin Sharq chegarasini
aniqlab olish dolzarb sanaladi. AQShning mintaqadagi manfaatlari
shakllanishi Ikkinchi jahon urushidan so’ng faollasha boshlaydi va
mintaqada bir qator geoiqtisodiy va geosiyosiy manfaatlar majmuasi
mavjud bo’lib, ularni ta’minlash maqsadida bir qator strategiyalarni
amalga oshirib kelayotganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek,
AQShning Yaqin Sharqning asosiy ta’sir zonasi sifatida baholashi bir
tomondan Yaqin Sharq mintaqasining geosiyosiy holati, uning
geostrategik jihatlariga ham bog’liqdir.
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so’ng AQShning Yaqin Sharqdagi
siyosatining
faollashganini,
demokratlashtirish
jarayonlarini
jadallashtirishga intilishi sezilarli davrajada oshganligini kuzatish mumkin.
Bu o’rinda AQSh tashqi siyosatida asosiy jihat sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin:
Birinchidan, Yaqin Sharqdagi milliy manfaatlarni ta’minlashni
yanada kuchaytirish;
Ikkinchidan, arab-musulmon olamiga demokratiyani olib kirish,
demokratik institutlarning shakllantirishga ko’maklashish;
Uchinchidan, Isroil xavfsizligini ta’minlash, xavfsizlik tizimini qayta
ko’rib chiqish. Asosan Eron va Iroq doirasida;
To’rtinchidan, mintaqada ommaviy qirg’in qurollarining yoyilishiga
yo’l qo’ymaslik va terrorizmga qarshi kurashish;
Beshinchidan, Isroil-Falastin masalasini tinchlik muzokaralar yo’li
bilan hal etishga urinish.
44
Bundan tashqari, taniqli siyosatshunos Genri Kissenjer fikriga ko’ra,
butun Yaqin Sharqda Amerkacha mehanizm ta’siri quydagicha 3 ta asosda
ko’riladi: 1) hududiy kuchlar muvozanatini tutib turish, 2) neftni muayyan
tartibda yetkazib berishni ta’minlash, 3) amerikaga tahdid solayotgan
musulmon guruhlarni tor - mor etish.
AQSh Yaqin Sharqda bevosita eng yaqin Ittifoqdoshlari Buyuk
Britaniya va Fransiya bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. So’nggi
tendensiyalar shuni ko’rsatadiki, bir qator masalalarda tomonlarning
o’zaro qarashlari mos tushmoqda. Masalan, Yaman masalasi AQSh va
Yevropadagi hamkorlari Saudiya Arabistonini qo’llab-quvvatlashdi.
Shuningdek, IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi koalisiyaga 2014 yilda
kuzda qo’shilgan bo’lsa, Fransiyaning qo’shilishi 2015 yil kuzga to’g’ri
keladi. Bundan tashqari 2016 yil 13 aprelda Suriyada parlament saylovlari
o’tkazildi va bu AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan haqiqiy
emas deb topilib, saylovlar faqat Suriyaning yangi konstitusiyasi qabul
qilingandan keyingina o’tkazilishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Bundan tashqari 2016 yil 29 fevralda NATO va Kuvayt o’rtasida
amirlik hududidan tashkilotning qo’shinlari va texnikalarini tranzit qilish
borasida shartnoma imzolandi. Mazkur Shartnoma arab monarxiyalari
ichida birinchi hisoblanadi. 2016 yil 6 martda esa Fransiya va Misr O’rta
Yer dengizida Ramzes-2016» harbiy o’quv mashg’ulotlarini boshlashdi.
Yaqin Sharqning Rossiya tashqi siyosatidagi ahamiyati, mintaqadagi
manfaatlari va olib borayotgan siyosatini umulashtirgan holda, AQSh
Xeritej Jamg’armasi (The Heritage Foundation)ning taniqli eksperti
A.Koen ta’kidlaganidek, Rossiyaning Yaqin Sharq siyosati borasi
quydagicha xulosa qilish mumkin:
Birinchidan, Yaqin Sharq monarxiyalari va Erondagi islom dini
yetakchilarini qabul qilishi bilan Rossiyaning G’arbning xalqaro siyosiy
vaziyatidan ajralishini ko’rsatadi. Shuningdek, G’arbning Yaqin Sharqdagi
demokratiya va inson huquqlari borasidagi yondashuvlarini rad etdi;
Ikkinchidan, Rossiyaning Yaqin Sharqda, avvalo, Britaniya va
so’ngra AQSh mavjudligiga qarshilik qiluvchi Sobiq Ittifoq modelidan
bormoqda;
Uchinchidan, Rossiya rahbarlari mamlakatda musulmon diniga
e’tiqod qiluvchi aholi orasida tug’ilish nisbatining ortishi va aksincha
slavyan xristianlari soni kamayib borishidan havotirda. Ularning Yaqin
Sharq davlatlari tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga yo’l qo’ymaslik
Kremlning Yaqin Sharq siyosati kun tartibidan muhim o’rin olgan deyish
mumkin;
45
To’rtinchidan, OPEKdan tashqari Rossiya eng yirik gaz va neft
ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlat hisoblanadi. Jahon energiya
bozorida narxlarning muvozanatini barqarorlashtirishda mintaqa davlatlari
bilan OPEK doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga
ega.
Beshinchidan, Yaqin Sharq nizolarga boy hudud bo’lib, bu Rossiya
uchun qurol bozori geografiyasini va eksport hajmini yanada oshirishga
xizmat qilishi mumkin. Rossiya qurol va yadroviy reaktorlarini
Germaniyaning XIX asrda temir yo’l qurishi loyihasi singari Yaqin
Sharqdagi ta’sir etish vositalaridan biriga aylanishi tarofdoridir deb xulosa
qilish mumkin.
Aytish mumkinki, Yaqin Sharqda strategik muvozanatning
shakllanishi mintaqaning geosiyosiy holati, mintaqa davlatlarining o’z
xavfsizlik muhitlarini qay darajada anglay olishlari hamda mintaqa
doirasidagi va tashqarisidagi yetakchi davlatlar bilan qanday siyosat olib
borishlariga bog’liq. Agar mintaqa davlatlari orasida nizolarga qarshi
birgalikda kurashish uchun mufoviqlashtirish markazlari mavjud bo’lmasa,
mintaqada to’liq tinchlikni ta’minlab bo’lmaydi.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1. Jahon xaritasida Arab davlatlarining siyosiy-geografik holatini
tavsiflab bering?
2. Arab davlatlari tashqi siyosat konsepsiyasi asosiy o’lchamlari
tushunchasiga ta’rif bering?
3. Fors Ko’rfazi arab davlatlari xavfsizlik tizimi masalalari haqida
aytib bering?
4. Saudiya Arabistoni Podshohligi AQSh va Yevropa davlatlari bilan
munosabatlari nimadan iborat?
5. Bugungi kunda AQShning Iroqdagi harbiy amaliyotlariga SAP va
boshqa arab davlatlarining munosabatlari qanday?
6. FKADH davlatlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tavsif
bering.
7. Fors Ko’rfazi Arab davlatlari hamkorlik kengashidan “Fors
Ko’rfazi arab davlatlari Ittifoqi”ga aylanish istiqbollari haqida ma’lumot
bering.
8. Saudiya Arabistonidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga umumiy
tavsif bering.
9. Yamanning FKADHKga a’zoligi muammolari nimadan iborat?
10. “Hozirgi davrda SAP” mavzusida prezentatsiya tayyorlash.
46
11. “FKADHK davlatlarida islom omili” mavzusini muhokama etish.
12. Eron Islom Respublikasining FKADHK davlatlari bilan o’zaro
munosabatlari haqida ma’lumot bering.
13. Fors ko’rfazi davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga tavsif
bering.
14. BAAning jahon hamjamiyatidagi o’rniga baho bering.
15. Zamonaviy bosqichda Saudiya Arabistoni – Eron munosabatlari
qanday?
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Zamonaviy bosqichda Yaqin Sharq davlatlarida yuz berayotgan
rivojlanish jarayonlariga tavsif bering.
2. “FKADHK - Yevropa Ittifoqi davlatlari munosabatlari”
mavzusida nutq tayyorlash.
3. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatida Yaqin Sharq davlatlari
to’g’risida ma’lumotlar to’plash.
4. SAP tashqi siyosatida Yaqin Sharq muammosini yoritib bering.
5. Qatar tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari.
6. Quvaytning ADLdagi siyosati.
7. “Yaqin Sharq davlatlari va jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi”
mavzusida doklad tayyorlang.
8. Qirol Salmon bin Abdulaziz davrida SAPdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
9. XXI asrda Arab Davlatlari Ligasi: yutuq va muammolari
mavzusida prezentatsiya tayyorlash.
10. AQSh tashqi siyosatida Yaqin Sharq davlatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Kathy Pain. Changing Urban and Regional Relations in a
Globalizing World. – USA, 2014. – 248p.
2.TimoBehr., JuhaJokela. Regionalism and global governance: the
emerging agenda. –Notre Europe, 2011. – 67 p.
3.Rouben Azizian, Carleton Cramer. Regionalism, security and
cooperation in Oceania. – USA: APCSS, 2015. – 172 p.
4. Каримов Ф. Яқин Шарқдаги этносиёсий муаммолар ва
минтақавий хавфсизлик масалалари // Монография. – “Sharq”
нашриёти; ТошДШИ, 2016.
Qo‘shimcha adabiyotlar
47
1. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy Xalqaro munosabatlarning
mintaqaviy jihatlari (O’quv qo’llanma) - T: ToshDShI, 2013. – 182 b.
2. Муҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб
мамлакатларида ижтимоий-сиёсий жараёнлар (Ўқув қўлланма) - Т:
ТошДШИ, 2013. – 160 б.
3. Muhammadsidiqov M.M. Sharq mamlakatlari xalqaro
munosabatlari (O‘quv qo‘llanma) – T: ToshDSHI, 2017. – 240 b.
4. Muhammadsidiqov M.M. Xalqaro mintaqashunoslik (O‘quv
qo‘llanma) – T.: Barkamol fayz media, 2017, 292 b.
48
3-BOB. G’ARBIY OSIYO MUSULMON
MAMLAKATLARINING ZAMONAVIY XALQARO
MUNOSABATLARDAGI O‘RNI
Darsning maqsadi:

talabalar jahon mamlakatlaridagi xususan FKADHK
davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borasida tasavvur hosil
qilishlariga ko‘maklashish;

talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda
amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish;

talabalarga Yaqin Sharq, Fors ko‘rfazi davlatlarida ijtimoiysiyosiy jarayonlar borasidagi to‘la ma’lumotlarni etkazish hamda ushbu
jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Fors ko‘rfazi, Yaqin Sharq,
Xormuz bo‘g‘ozi, FKADHK, Saudlar uyi, Fahd ibn Abdulaziz, Yo‘l
xaritasi, Majlis ash-Sho‘ro, Ikki xaramu sharif xodimi, Ar-Riyod.
3.1. Saudiya Arabistoni Podshohligi va zamonaviy xalqaro
munosabatlar
So’nggi yillarda jahonda yuz berayotgan voqealar dunyoning
geosiyosiy strukturasi va taraqqiyot yo’nalishini tubdan o’zgartirmoqdi,
jahon siyosatiga asta-sekin yangi suveren davlatlar kirib kelishi natijasida
davlatlararo munosabatlar, o’zaro siyosat va diplomatiya maydoni tubdan
boshqa mohiyat va mazmun kasb etmoqda.
Jahon mamlakatlarini ulkan va kichik davlatlarga ajratish bugungi
kunda keng tarqalgan. Ko’pchilik hollarda ular “jahoniy davlat”,
“mintaqaviy davlat” hamda “odatdagi davlatlar” deb ataladi.
Harbiy-siyosiy ta’siri mintaqaviylik darajasi bilan o’lchanadigan
mamlakatlar jumlasiga Saudiya Arabistoni Podshohligini ham kiritish
mumkin. Chunki, SAPning siyosiy ta’siri mintaqaviylik bilan chegaralanib
qolmay, balki Fors ko’rfazi, Qizil dengiz va Yaqin Sharq mintaqalaridagi
hamda arab va musulmon dunyosidagi vaziyatlarga ham o’z ta’sirini
o’tkaza olishi bilan ajralib turadi.
Xalqaro munosabatlarda yuz berayotgan keskin o’zgarishlar jahon
siyosiy xaritasida muhim “qaynoq nuqta”lardan biri bo’lib hisoblangan
ushbu mintaqada ko’plab sohalarda markaziy o’rinlardan birini egallab
kelayotgan Saudiya Arabistoni Podshohligi jahon siyosati va iqtisodiyotida
sodir bo’layotgan hozirgi sharoitda umumjahon tinchligi va xavfsizligini
ta’minlash, yalpi qirg’in keltiruvchi qurollarni ta’qiqlash va bartaraf etish,
49
atrof-muhitni muhofaza etish, xalqaro terrorizm va narkotik moddalar
kontrabandasiga qarshi kurashish kabi ko’plab global muammolarga
nisbatan o’zining munosabatini belgilagan. Bu borada “Saudiya Arabistoni
rahbariyati mazkur dolzarb muammolarga nisbatan jahon siyosiy
qarashlari va jamoatchilikning fikrlarini inobatga olgan holda tahlil etib,
Saudiya Arabistonining arab dunyosi va musulmon olamidagi mavqelariga
mos keladigan va ularning ham manfaatlarini o’rganib chiqqan holda o’z
munosabatini bildirmoqda, - deb yozadi arab tadqiqotchisi Z.M. al-Anziy.
Hukumatning asosiy Qonunida SAPning suveren Arab Islom davlati
ekanligi, davlat dini - islom, konstitutsiya esa - Qur’oni Karim va uning
Rasuli Sunnati» ekanligi e’lon qilingan. Davlatning hozirgi atributlari bayroq va emblemasi hamda boshqaruvning monarxiya shakli saqlab
qolingan. Mamlakatni Podshohlikning asoschisi Podshoh ibn Saudning
o’g’illari va nabiralari boshqaradilar. Ularning “eng munosibi” muqaddas
Qur’on aqidalari va payg’ambar vasiyatlariga muvofiq ravishda qasamyod
qiladi. Voris shahzoda Qirol tomonidan saylanadi va mazkur vazifadan
podshoh dekreti bilan ozod etiladi. U Podshoh topshiriqlarini bajaradi,
uning o’limidan so’ng esa qasamyod qabul qilgunga qadar qirolning
vazifalarini ado etadi.
O’tgan asrning 90-yillarida Qirol Fahd G’arbning demokratik
jamiyat qurish tazyiqini mamlakatda xalq jamoatchiligining siyosiy
jarayonlarda ishtirok etishini ta’minlaydigan tashkilot tuzish haqida fikr
yuritdi. U oshkora tarzda G’arb uslubidan voz kechdi. U demokratik
parlament tuzumidan ham voz kechdi. U islomiy ta’limotga asoslangan
Shura – sho’ra tuzdi. 1994 yilda tashkil topgan “Majlis ash-Sho’ro”ga
ishbilarmonlar, texnik xodimlar, diplomatlar, jurnalistlar, islomiy olimlar,
harbiylardan iborat 60 kishi a’zolikka saylandi. Majlis ash-Sho’ro
mamlakatning ichki va tashqi siyosati borasida o’z taklif va mulohazalarini
bera boshladi. Saudiya Arabistoni siyosiy jarayoni uch xil darajada olib
boriladi: qirol oilasi siyosati, milliy siyosat, byurokratik siyosat. Ularning
hammasi alohida biroq, bir biri bilan chambarchas bog’liqdir.
Qirol oilasi siyosati – qirollikning rasmiy siyosiy hukumati
siyosatidir. Bu siyosatsiz, uning qo’llab-quvvatlashisiz hech bir qirol
hokimiyatni saqlab qololmaydi. Milliy siyosat – qirol siyosatidan tashqari
vazirliklarning siyosatidir. Qirol vazirlarni tayinlaydi. Hozirda Qirol
oilasining yosh avlodi yirik hukumat lavozimlarini egallay boshlagan.
Ularning ko’pi G’arbda ta’lim olganligi sababli ularning siyosatida
G’arbning ta’siri seziladi.
50
Qirol Abdul Aziz davridan buyon hukmron oila Saudiya Arabistoni
jamiyatini institutlashtirilgan, byurokratlashtirilgan hukumatga aylantirdi.
Saudiya Arabistonining tashqi va milliy xavfsizlik siyosati uch asosiy
maqsadga suyanadi: mamlakatning ichki va tashqi hayoti jabhalarini islom
dini ta’limoti asosida boshqarish; mamlakatning hududiy xavfsizligi va
iqtisodiy boyligini himoya qilish; mamlakat hukmron tuzumini saqlash.
Saudiya Arabistoni tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari bu boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, Podshohlik suverenitetini va
hududlari yaxlitligini himoya etish, Podshohlikning Fors ko’rfazi, arab
dunyosi va musulmon olamidagi mavqeini mustahkamlash, sanoati
rivojlangan etakchi davlatlar bilan munosabatlarini yanada rivojlantirishga
qaratilgan. Saudiya Arabistoni tashqi siyosatining asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat:
- boshqa davlatlarning ichki siyosatiga aralashmaslik va
Podshohlikning ichki siyosatiga boshqa davlatlarning aralashuviga yo’l
qo’ymaslik;
- SAPning jahon hamjamiyati orasidagi mavqeini oshirish;
- davlatning iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanishiga jiddiy
ahamiyat berish, Saudlar uyi obro’si va rolini oshirish;
- arab mamlakatlari va musulmon olami manfaatlarini ko’zlagan
holda siyosat yuritish;
- musulmon davlatlari bilan birdamlikni mustahkamlash;
- islom tarixi davomidagi Podshohlikning o’rnini inobatga olgan
holda uning musulmon olamidagi etakchilik rolini saqlab qolish;
- mintaqada tinchlik va barqarorlik qaror topishi yo’lidagi faoliyatini
rivojlantirish;
- neft qazib oluvchi va uni iste’mol qiluvchi davlatlar manfaatlarini
inobatga olib, odilona neft siyosatini olib borish;
- Fors ko’rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi faoliyatini yanada
kengaytirish va uning rivojlanishi yo’lida ish olib borish.
Saudiylar boshqaruvi asosida “adolat, kengash va tenglik” yotadi.
Yana asosiy Qonunda shunday deyiladi: “Mamlakatning er ostidagi,
quruqlikdagi va milliy hududiy suvlaridagi barcha boyliklar qonunga ko’ra
davlatga tegishlidir... Davlat xususiy mulkning erkinligi va daxlsizligini
ta’minlaydi... Zakot yig’ilishi va mustahiqlarga sarf qilinishi lozim”.
Xuddi shu Qonun rus olimi A. Vasilev tomonidan ham ta’riflanadi va
qo’shimcha quyidagicha izohlanadi: “...Davlat islomni himoya qilish,
shariatni hayotga joriy etishni o’z zimmasiga oladi va shariatga rioya
qilgan holda inson huquqlarini shariatga muvofiq ta’minlaydi, arab millati
51
va musulmon ummasining birdamlikka va so’z birligiga bo’lgan
umidlarining amalga oshishiga ko’mak beradi”.
Musulmon bo’lmagan barcha mamlakatlar bilan munosabatlarini
Saudiya Arabistoni ikki tomonlama manfaatlarni hisobga olgan holda
o’rnatadi. Bu haqida Qirol Fahd: “…biz tanglik vaziyatlarini hal qilish
bilan bog’liq barcha masalalar bo’yicha chuqur o’ylangan, vazmin
siyosatni amalga oshiramiz”, - deb bayonot bergan edi.
Saudiya Arabistonining sobiq Qiroli Fahd bin Abdulaziz SAPning
tashqi va ichki siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab shunday
ta’kidlagan edi: “Podshohlikning tashqi va ichki faoliyati birinchi navbatda
davlatni to’la va kompleks ravishda rivojlantirishga qaratilgan. Baxtimizga
tamoyillarimiz vaqtlar davomida o’zgarmas poydevorga asoslangandir.
Podshohlik do’st mamlakatlarga doimo barcha yordamlarni ko’rsatishga
harakat qiladi”.
Fors ko’rfazida Eron, sobiq Sovet Ittifoqi va G’arb hukmron
mavqeiga qarshi kurashda jumladan, Qirol Fahd shunday degan edi: “biz
biror arab va musulmon davlatiga o’z ta’sirimizni o’tkazmoqchi emasmiz.
Bizning musulmon dunyosiga yo’lboshchi bo’lish orzuimiz yo’q. Ammo,
biz islom va musulmon dunyosining rivoji va barqarorligi yo’lida siyosat
yuritamiz. Islom dinining markazi bo’lish Saudiya Arabistoni zimmasiga
uni himoya qilish va rivojlantirish mas’uliyatini yuklaydi. Shuningdek,
Qirol Fahd: “Saudiya Arabistoni arab va musulmon dunyosining
huquqlarini himoya qiladi va ular bilan hamkorlikni qo’llaydi. O’zaro
hamkorlik xalqlar orasidagi do’stlik va o’zaro aloqalarni mustahkamlab,
islomni rivojlantiradi”– degan edi. Saudiya Arabistonining jahon iqtisodiy
rivoji xususida marhum Qirol Fahd shunday deydi: “Saudiya Arabistoni
jahon iqtisodiy tizimining rivojida muhim o’rin tutadi. U do’st davlatlar
bilan hamkorlik qilishga tayyor”.
Islom dinining o’chog’i bo’lgan Saudiya Arabistoni arab va
musulmon davlatlari manfaatlarini himoya qilishni o’zining burchi deb
bildi. U hech qanday harbiy to’qnashuvda rasman ishtirok etmagan
bo’lsada, u bu to’qnashuvning moddiy jihatlarini o’z bo’yniga oldi (EronIroq urushi, Afg’oniston, Livan).
Saudiya Arabistonida siyosiy o’zgarishlar qilish uchun tazyiq doimo
mavjud edi. Monarxiyadagi davlat boshqaruv uslubini o’zgartirish,
reformalar o’tkazish 1962 yilda “ozod shahzodalar”, 1980-1990 yillarda
islomiy radikallar tomonidan talab etildi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyot natijalari asosida o’zining mavqeini tez saqlab qoldi. Siyosiy
islohotlarga birinchi qadam Quvayt inqirozidan keyin 1992 yilda birinchi
52
marta Qirol Fahd tomonidan “Majlis ash-Sho’roning tashkil etish qarori
edi. Bu kengash 1993 yil 29 dekabrda rasman e’lon qilinib, uning 60 a’zosi
Podshoh tomonidan to’rt yil muddatga tayinlandi. 1992 yil avgustda
Vazirlar Mahkamasining faoliyati xususida qaror chiqdi.
Saudiya Arabistoni o’zining resurslari va obro’-e’tiborini
Afg’onistondagi qurolli muxolifatchilarni moliyaviy, moddiy va siyosiy
jihatdan qo’llab-quvvatlashga sarf qildi, jamoatchilik fikri va islom
davlatlari etakchilarini Qobuldagi sovetparast rejimga va sovet
interventsiyasiga qarshi safarbar etdi. Ar-Riyod Janubiy Yamandagi
muxolifatni hamda eritreyaliklarning Addis-Abebaga qarshi qurolli
kurashini qo’llab-quvvatladi.
Eron bilan raqobat qilayotgan ba’schilar boshchiligidagi Iroq
ta’sirining o’sishi, Fors ko’rfazi mintaqasida gegemonlik uchun kurash
Saudiya Arabistonining tashqi xavf-xatar tuyg’usini yanada kuchaytirdi.
1979 yilda Eron shohining taxtdan qulashi mintaqadagi ahvolni
Efiopiya va Afg’onistondagi inqilobiy va avtoritar hukmdorlarning
marksistik mashqlaridan ko’ra ko’proq beqarorlashtirib yubordi. Tehron va
Qum tomonidan ko’tarib chiqilgan “chirigan amerikaparast rejimlarni
ag’darib tashlash” haqidagi shiorlar va chaqiriqlar faqat shia jamoalari
mavjud bo’lgan Fors ko’rfazining sharqiy mintaqalaridagina emas, balki
Saudiya Arabistoni aholisining dinga berilgan, konservativ, G’arbga qarshi
kayfiyatdagi keng qatlamlari orasida ham aks-sado berdi.
1980 yil sentyabr oyida Iroq va Eron o’rtasida urush boshlanganda
Saudiya Arabistoni Bag’dodni qo’llab-quvvatladi. Ar-Riyod tashqi
siyosatining kelajakdagi bir necha yilga mo’ljallangan asosiy vazifasi Iroqning g’alaba qilishiga va o’zining nizoga aralashib qolishiga yo’l
qo’ymaslikdan iborat bo’ldi.
Umumarab maydonidagi o’z ta’sirini namoyish qilib, 1981 yilda
SAP Livandagi tanglik vaqtida vositachilardan biri bo’ldi. Podshohlikning
sa’y-harakatlari keyingi yillarda ham davom etdi. U Falastin muammosini
va Arab-Isroil nizolarini hal etishga bo’lgan urinishlarini faollashtirdi.
1981 yil 7 avgustda sakkiz banddan iborat “Fahd rejasi” ilgari surildi.
XX asrning 80-yillarida mintaqada yuzaga kelgan vaziyatni tahlil
qilib, SAP rahbariyati mamlakatning asosiy ittifoqchisi AQSh bo’lib
qolayotganligi haqidagi fikrga qat’iy ishonch hosil qildi. Ikki davlat
siyosiy hukmron doiralari o’rtasidagi uchrashuvlarda AQShdan boshqa
hech qaysi davlat Podshohlikka xavf solayotgan so’l radikal va tashqi
fundamentalistik tahdidlarni bartaraf eta olmasligi ta’kidlandi va bu hol
tajribada ham o’z isbotini topdi. SAP va Vashington o’rtasidagi sheriklik
53
mustahkamlandi. Harbiy soha, AQShdan qurol sotib olish ustuvor
yo’nalish bo’lib qoldi. Ana shuni hisobga olganda Yaqin Sharqdagi
"beshinchi urush" - 1982 yilda Isroil Livanga bostirib kirib, Bayrutni
qamal qilgan chog’da Saudiya Arabistoni rahbariyatining, garchi u Isroilni
qoralagan bo’lsa ham, lekin AQShga tazyiq o’tkazish va o’z navbatida u
Isroilga ta’sir ko’rsatishi uchun amaliy choralar ko’rmaganligi o’z izohini
topgandek bo’ladi.
1982 yil sentyabrida Fesda bo’lib o’tgan arablarning oliy darajadagi
konferentsiyasida Podshoh Fahd Yaqin Sharq tangligini tinchlik yo’li bilan
hal etish bo’yicha arablarning birlashtirilgan, amalda uning avvalgi
loyihasiga asoslangan rejasini ishlab chiqishda ishtirok etdi.
Saudiya Arabistonining iqtisodiy imkoniyatlari mintaqaviy yirik
kuch rolini o’ynashiga imkoniyat yaratdi. Biroq, SAPning harbiy mudofaa
masalasi doimo muammolar tug’dirgan. Kichik aholi, rivojlanmagan va
nozik ichki siyosiy muvozanat Saudiya Arabistoni harbiy ojizligining
asosiy sababchisidir. Bu ojizlik SAPning doimo tashqi siyosiy va harbiy
kuchlar, mafkuralar ta’siriga nishon qildi. Sobiq Sovet Ittifoqi yirik planda,
mintaqaviy kuchlar - Isroil, Nosir davrida Misr, Yaman, Iroq, inqilobiy
Eron Saudiya Arabistoni uchun ochiq muammo edi. Bu ta’sirlar vaqt
o’tishi bilan o’z kuchini yo’qotgan, yangilari paydo bo’lgan bo’lsada,
SAPning ojiz mudofaa tizimi muammosi saqlanib qolaverdi. Bu ojizlikni
yo’qotish Podshohlikning AQSh va G’arb davlatlari bilan mustahkam
aloqalarida o’z echimini topdi. Mamlakat mudofaasi to’liq G’arb
vositalari, texnologiyasi bilan ta’minlandi, G’arb mutaxassislari,
maslahatchilari SAP harbiy strukturasini tashkil etilishida markaziy rolni
o’ynadi.
1980 yillar boshidan AQSh Saudiya Arabistoniga tezkor harbiy kuch
sifatida Fors ko’rfaziga o’rnashdi va 1983 yil yanvardan boshlab
AQShning Fors ko’rfazi bosh qo’mondonligi joylashdi. Marokash, Misr,
Turkiya, Keniya, Ummon va Bahrayndagi harbiy bazalar AQShning Fors
ko’rfazi va Yaqin Sharqdagi mavjudligini ta’minladi.
SAP ham o’z navbatida harbiy ojizligini asta-sekin bartaraf etish
uchun eng zamonaviy qurol-aslahalar sotib olmoqda. Harbiy ojizlikda
davom etsada, uning harbiy xarajatlari jahon miqyosida eng katta
ko’rsatkichni tashkil etadi. Ikkinchi besh yillik reja (1975-1980)ga ko’ra
mamlakat bu sohaga 78, 157 mln. Saudiya riali sarfladi. Biroq, sotib
olinayotgan qurollardan foydalanish uchun Saudiya Arabistoni aholisi
ozdir. Hozirgi kunda mamlakat AQSh va Buyuk Britaniyadan harbiy
qurollar sotib olishda davom etmoqda.
54
FKADHKni tashkil topishida va uning faoliyatida SAP markaziy
o’rin tutsada, u 1980-1990 yillardagi harbiy ziddiyatlar davrida kengashga
a’zo davlatlarni himoya qilishga ojizligi ma’lum bo’ldi. Fors ko’rfazidagi
vaziyatlar keskinlashgan sari SAPni harbiy xarajatlari miqdori ham oshib
bordi. 4 besh yillik reja (1985-1990 yillar) ga ko’ra mamlakat 312, 500
mln. rial (umumiy davlat xarajati 1,000,000 mln. rial). 5-yillik reja (19901995) ko’ra 225, 500 mln. rial (umumiy 753, 000 mln. rial)ni tashkil etdi.
SAP harbiy sanoatni rivojlanishi bo’yicha Eron va Iroqdan keyin 3 o’rinda
turadi. Hozir Iroq sanoati yo’q qilindi. Biroq, SAP harbiy qudratining
oshishiga doimo Isroil tomonidan qarshilik ko’rsatilgan.
1990-91 yillardagi Fors ko’rfazi muammosi SAP uchun qimmatga
tushdi. SAP etkazib berilgan qurol aslahalarning pulini to’lashga ojizlik
qilib qoldi. Natijada, Podshohlik tashqi qarz muammosini boshdan
kechirdi. SAP AQSh mudofaa departamenti va Amerika mudofaa
kompaniyalaridan milliardlab dollar qarz oldi. 1990 yilga qadar SAP
o’zining Arab dunyosidagi mavqei sababli AQSh bilan yaqindan
hamkorlik qilmadi. Masalan, 1987-88 yil iyulida AQShning Fors
ko’rfazidagi amaliyotlarida SAP hududidan foydalanishga ruxsat
berilmadi. 1990 yilda SAP G’arbning Fors ko’rfazi inqiroziga kirib
kelishiga (aralashishiga) sababchi bo’ldi. SAP doimo G’arb davlatlari
manfaatlarini e’tirof etgan.
Saudiya Arabistoni uzoq yillar davomida Falastin kurashini moddiy
va ma’naviy darajada qo’llab, uning manfaatlarini turli tashkilotlar
doirasida himoya qilib keldi. Ammo, 2001 yil 11 sentyabrda AQShda va
2003 yil Ar-Riyod shahrida amalga oshirilgan terroristik harakatlardan
keyin Podshohlikning Falastinga moddiy yordami miqdori keskin
kamaydi. Siyosiy kuzatuvchilar bunga asosiy sabab yuqoridagi
voqealardan keyin Saudiya Arabistoni hukumatining mamlakat xayriya
tashkilotlari moliyaviy faoliyatini qattiq nazoratga olganligini ta’kidlab
o’tdilar.
Yuqoridagiga qaramasdan, Falastin muammosi Saudiya Arabistoni
hukumati tashqi siyosatida muhim o’rin egallaganligini e’tiborga olgan
holda, uning atrofida bo’lib o’tayotgan voqealarni doimo o’z diqqatmarkazida ushlab turadi. Ta’kidlash joizki, Saudiya Arabistoni Falastin
muammosini o’zining mintaqadagi manfaatini himoya qilishdagi asosiy
qurol deb tushunib, ushbu mojaroni Isroil foydasiga hal qilinishi
Podshohlikning ichki barqarorligi va milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid
soladi, deb hisoblaydi.
55
Saudiya Arabistonining sobiq podshohi Abdulloh ibn Abdulaziz
tomonidan Falastin-Isroil muammosini hal etishga qaratilgan “Saudiya
tashabbusi” deb nom olgan “yo’l xaritasi” tinchlik rejasi 2002 yilning
fevral oyida e’lon qilingan bo’lib, uni mazkur yilning mart oyida Bayrutda
bo’lib o’tgan sammitda umumarab mavqei darajasiga ko’tarilgan. Mazkur
tinchlik loyihasiga binoan, Isroil 1967 yilning 4 iyuniga qadar bo’lgan
hududlarga qaytgan holda arab davlatlari uni to’la e’tirof etishlari belgilab
qo’yilgan. Umuman olganda, arab mamlakatlari Isroil-Falastin mojarosiga
chek qo’yishga mo’ljallangan “yo’l xaritasi” loyihasini qo’llabquvvatlagan bo’lsalarda, siyosiy kuzatuvchilar ular o’rtasida ushbu masala
bo’yicha hamjihatlik mavjud emasligi va ularning aksariyati mazkur
loyihaning kelajagiga katta ishonchsizlik bilan qarab kelayotganliklarini
ta’kidlab kelmoqdalar. Jumladan, arab mamlakatlaridan Misr, Saudiya
Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn va Qatar davlatlari rasman ushbu loyihani
qo’llab-quvvatlashlarini e’lon qilgan bo’lsalar, Suriya va Livan mazkur
loyiha faqat Falastin muammosini hal qilishga yo’naltirilganligini va u
Yaqin Sharq mojarosini to’laligicha bartaraf qila olmasligini ta’kidlab
o’tdilar.
Saudiya Arabistonining diniy kuch markazi sifatidagi yuksalishi XX
asrning 70-yillariga to’g’ri keladi. O’tgan asrning 80-yillarining birinchi
yarmida islom inqilobidan so’ng Eronning kuchayib ketgan faolligi va
Eron-Iroq, Livan, afg’on mojarolarining keskinlashib borishi munosabati
bilan kuchlar nisbatining o’zgarishi oqibatida Ar-Riyodning musulmon
dunyosidagi ta’siri bir muncha zaiflashdi. Ar-Riyodning din umumiyligi
asosida birdamlikka da’vat etishi kutilgan natijalarni keltirmadi. Yaqin
Sharq mintaqasi va musulmon olamidagi siyosiy va mafkuraviy
kelishmovchilik his-hayajonli da’vatlarning o’zi bilangina bartaraf etilishi
mumkin emasligi ayon bo’lib qoldi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi ko’rfaz neft monarxiyalari oldida
turgan tahdidlar siyosiy jarayonlar davomida turli ko’rinishga kiradi.
O’tgan asrning 70-yillarida bu tahdid Isroil davlatining Yaqin Sharqdagi
ta’sirini kuchayishi bo’lsa, 80-yillarda Eron Islom inqilobi va bu inqilob
g’oyalarining mintaqa davlatlariga tez tarqalishi xavfi edi. 1990 yillarda
mazkur tahdidlarning o’rnini Isroilning reaktsion tashqi siyosati egalladi.
XX asrning 80-yillarida Saudiya Arabistoni arab va musulmon
dunyosining tashqi siyosatida muhim o’rin tutdi. U Fors ko’rfazi
davlatlari, xususan neft monarxiyalarining tashqi siyosatida etakchi rol
o’ynadi. Saudiya Arabistonining Arab-Isroil muammosidagi mavqei,
umumiy Arab dunyosining mavqeiga ta’sir etar edi. Biroq, 1990-91
56
yillardagi Fors ko’rfazi hodisalari Saudiya Arabistonining Arab va islom
himoyachisi mavqeini juda yuqori baholaydi. A.H. al-Suviyg’
Afg’oniston, Livan, Falastin, Qomar orollari, Jibuti va Quvaytdagi
muammolar Saudiya Arabistoni tashqi siyosatida muhim o’rin egallashini
ta’kidlaydi. Bundan tashqari Podshohlik Suriya-Livan, Jazoir-Marokash,
Misr-Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari-Eron, Iroq-Quvayt, SuriyaIordaniya munosabatlarida ijobiy yutuqlarga erishishda ham muhim rolni
o’ynaydi.
Ko’plab
siyosatshunoslar
Saudiya
Arabistonining
Islom
Konferentsiyasi Tashkiloti (Hozirda Islom Hamkorlik tashkiloti)ni
tuzishdagi rolini yuqori baholaydilar. Mazkur mamlakat ko’plab
musulmon davlatlariga moddiy yordam ko’rsatgan Islom Robitasi
Tashkilotining (Robita al-alam al-islamiya) asoschisi sifatida obro’ topgan.
XX asrning 90-yillari boshidagi siyosiy voqealar davomida esa,
Saudiya Arabistonining asosiy mafkurasi bo’lgan islom tamoyillari
tarafdorlari mamlakat hududiga davlat suvereniteti va Fors ko’rfazi
xavfsizligini ta’minlash uchun taklif etilgan amerika va ingliz harbiy
kuchlarini kiritmaslikni qattiq talab qildi. Ana o’sha paytga kelib, diniy
guruhlar nafaqat ushbu mamlakat, balki mintaqaning boshqa davlatlari
siyosatida muhim o’rin egallaganligi ayon bo’ldi.
Saudiya Arabistoni hozirda jahon siyosiy-iqtisodiy maydonida ancha
katta ta’sirga egadir. Saudiya Arabistoni umumjahon neft zaxiralarining
qariyb uchdan bir qismiga egalik qilib, jahon bo’yicha neftning eng yirik
qazib oluvchisi va eksporteri hisoblanadi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 1999-2003 yillarda Saudiya
Arabistonining yalpi ichki mahsulot hajmi 140,9 mlrd. AQSh dollaridan
210 mlrd. dollargacha oshdi. Mamlakatning asosiy daromad manbai neft
bo’lib (95 foiz), uni qazib olish darajasi hozirda kuniga 10 mln. barreldan
ortmoqda. Saudiya Arabistonining Qirol oilasi o’z mol-mulkining mutlaq
hajmi bo’yicha AQSh, Yaponiya va Yevropaning eng boy moliyaviy
magnatlaridan ham o’tib ketgan.
“Sovuq urush” tamom bo’lgandan keyingi qurolli nizolardan biri Fors ko’rfazidagi urush - faqat Iroqning Quvaytni bosib olganligi
uchungina emas, balki Saudiya Arabistonining hududlariga ham tahdid
uyg’otganligi tufayli yuzaga kelgan edi.
G’arb va Sharq tsivilizatsiyalari o’rtasidagi munosabatlarda
murakkabliklarning ortib borishi, musulmon mamlakatlarida diniy
hissiyotlarning kuchayishi ularda yuz berayotgan ko’plab ijtimoiy-siyosiy
57
nizolarga ham, elatlararo va davlatlar o’rtasidagi to’qnashuvlarga ham
diniy tus berilmoqda.
AQSh Kongressi diniy erkinliklarni tazyiq etuvchi davlatlarga qarshi
AQSh Prezidentining vakolatini kuchaytirishi qarorini qabul qildi.
Vashington hukumati diniy targ’ibotlar olib borgani uchun qamalgan
xorijlik fuqarolarni ozod etishni Ar-Riyoddan talab qildi. Arab davlatlari
bu borada AQShni qo’lladi. 1997 yilda Saudiya Arabistoni Bosh
vazirining ikkinchi o’rinbosari Shayx Sulton bin Abdul Aziz Ol Saud
Saudiya Arabistoni hukumati xorijiy diniy targ’ibotlarga qarshi emas
degan edi. Vatikanga safari davomida Amnisti Interneshnal (Amnesty
international) Saudiya Arabistonining diniy tazyiq bo’yicha ilk o’rinlarni
egallashini ta’kidladi. Biroq, Saudiya Arabistonining islom dini beshigi
bo’lgani uchun boshqa dinlar targ’ibotiga qarshiligi uning rasmiy
siyosatidir.
Siyosatshunos olimlar va Fors ko’rfazi mamlakatlarining siyosiy
yo’lboshchilari “Arabiston oltiligi”ning tashqi siyosiy strategiyasini to’liq
aniqlashga muvaffaq bo’lganlar. Biroq arab milliy jurnallarida bu
to’g’ridagi bahslar hamon to’xtagani yo’q. Ular, birinchidan, dunyoda yuz
bergan ulkan global o’zgarishlar tufayli, ikkinchidan, isroilliklar bilan
falastinliklar o’rtasidagi qarama-qarshilikning murosasizligi, uning
mintaqa davlatlari milliy xavfsizligiga ta’sirining kuchayib borishi bilan
bog’liq.
Ular "milliy xavfsizlik sohasidagi siyosat" va uning tashkil etuvchisi
bo’lgan tashqi siyosat, iqtisodiy va harbiy siyosat doirasida tegishli tarzda
qo’llaniladi. Bularning hammasini faqat arab, islom dunyosida emas, balki
butun xalqaro maydonda alohida o’rin egallovchi Saudiya Arabistoni
misolida kuzatish mumkin. AQShlik siyosatshunos Jeriko Anders
Podshohlikni asosli ravishda arablarning muammolari hal etiladigan, ular
o’rtasidagi
qarama-qarshiliklar
bartaraf
qilinadigan,
yordam
ko’rsatiladigan katta uy deb hisoblaydi.
Saudiya Arabistoni Podshohligi (SAP) Uchinchi dunyo davlatlariga
yordam ko’rsatuvchi mamlakatlar orasida birinchi o’rinni egallaydi.
Umuman, boshqa mamlakatlarga yordam ko’rsatish bo’yicha u AQShdan
keyingi ikkinchi o’rinda turadi.
SAPning mintaqaviy va dunyo geosiyosatiga ko’rsatadigan ulkan
ta’siri ham ana shundan kelib chiqadi. Podshohlik milliy xavfsizlikni
mustahkamlar ekan, u davlat tuzilmasini takomillashtirishga katta
ahamiyat beradi. Chunki ichki barqarorlikni ta’minlamay turib, davlat
xavfsizligini kafolatlash mumkin emas. Hozirda esa SAPda diniy
58
fundamentalizm va ekstremizm, terroristik xurujlar avj olib, mamlakat
xavfsizligi, barqaror taraqqiyotiga xavf tug’dirmoqda.
SAP ijtimoiy ta’minot tizimini qo’llab-quvvatlaydi va xayr-saxovatni
rag’batlantiradi. U islom dinini va uning ikki muqaddas joyini, jamiyat va
fuqaroni himoya qilish uchun Qurolli Kuchlarni yaratadi. Davlat o’z
hududida istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarning hamda mamlakat
hududida yashovchi boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlash
mamlakat ichki siyosatining ustuvor yo’nalishi qilib belgilagan.
Saudiya Arabistonining tashqi siyosiy yo’nalishlari 80-90-yillarda
ishlab chiqilgan tamoyillarga asoslangan siyosatning davom ettirilishidan,
Podshohlikning faqat xavfsizligigagina emas, balki mavjud bo’lishiga xavf
solgan tahdidlardan kelib chiqqan xulosalarga bo’lgan reaktsiyasidan
iborat edi. Bu yo’nalish bir vaqtning o’zida bir nechta bir-biri bilan bog’liq
bo’lgan mintaqaviy muammolar (Arabiston yarim oroli, Fors ko’rfazi,
Qizil dengiz); Arab-Isroil nizolarida o’z roliga urg’u bergan holda
umumarab darajasida; umumislom va dunyo miqyosidagi darajalarda olib
borildi.
Yaqin Sharq mojarosini hal etish yarim asrdan buyon xalqaro
munosabatlarning asosiy muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Mazkur
mojaro arab davlatlari va Isroil o’rtasidagi ziddiyatning eng murakkab va
chigal nuqtalaridan biri.
Bundan tashqari geosiyosiy omil ham alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Chunki, Yaqin Sharq mintaqasi jahon miqyosida o’zining
energetika resurslarining ulkan zaxiralariga ega bo’lgan hamda yirik
davlatlar strategik manfaatlari kesishgan hudud hisoblanadi.
Ma’lumki, AQSh doimo Isroilni qo’llab kelmoqda. Vashington TelAvivni hamma jabhalarda, boringki BMT doirasida ham qo’llab keladi.
Yevropa davlatlari va Rossiya arab davlatlarini qo’llab-quvvatlash orqali
o’zlarini avvalgi mavqeini qayta tiklashga intilishmokda, hamda Isroil
tomonidan bosib olingan erlar qaytarilib, mustaqil Falastin davlati tashkil
etilishi natijasida Yaqin Sharq muammosi o’z echimini topishi tarafdori
bo’lib kelmoqda.
Uchinchi dunyoning ko’plab mamlakatlari, birinchi navbatda, arab
va musulmon davlatlari, ular o’rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklarga
qaramasdan Falastin manfaatlarini qo’llab-quvvatlashda yakdildir. Ushbu
fikr oxirgi yillar BMTda Falastin muammosi hamda Yaqin Sharqda
siyosiy va harbiy inqiroz bo’yicha ovoz berish jarayonida o’z isbotini
topdi. Masalan, BMTning ko’plab a’zo davlatlari Quddusda yangi yahudiy
59
turar joylarining qurilishini qoralash bilan birga Falastinning BMTdagi
vakili maqomini yanada oshirish taklifini qo’llab-quvvatlashdi.
Arab-Isroil mojarosi harbiy jihatdan qudratli davlatlarning (AQSh va
NATO davlatlari hamda SSSR va Varshava shartnomasi davlatlari)
aralashuvidan so’ng, mintaqaviylikdan xalqaro darajaga ko’tarildi. Bu
mojarolarda keskinlik avjiga chiqqanda umumjahon xalqaro
munosabatlarida bir necha bor global jahon urushi boshlanib ketish xavfi
yuzaga keldi (1956y, 1967y). 70-yillarda bu mojaroni hal qilishda arab
davlatlari NATO davlatlariga qarshi neft xom ashyosini siyosiy ta’sir
kuchi sifatida ishlatib, ularga bosim o’tkazmoqchi bo’ldilar. Ayni paytda
neftning yuqori bahosi tufayli arab dunyosida moliyaviy jihatdan o’zini
tiklab olgan davlatlar bilan radikal rejimdagi davlatlar o’rtasida farq
kattalashib bordi. 1979 yilda Kemp Devidda (AQSh) Misrning Isroil bilan
sulh tuzishi Arab davlatlarining birligiga putur etkazdi. Asosiy Arab-Isroil
mojarolari endi Misr va Isroil o’rtasida emas, balki Isroil va Livan hamda
Suriya davlatlarida faoliyat ko’rsatuvchi turli ekstremistik va terroristik
siyosiy-harbiy guruhlar o’rtasida davom etdi.
Bu vaqt orasida Saudiya rahbariyati umumarab maydonida o’z
ta’sirini namoyish qilishni davom ettirdi. 1981 yilda Saudiya Arabistoni
Livandagi tanglik paytida vositachilardan biri bo’ldi. Ar-Riyod Falastin
muammosi va Arab-Isroil nizosini hal etish borasidagi harakatlarini
yanada faollashtirdi. 1981 yil 7 avgustda o’sha vaqtdagi valiahd shahzoda
bo’lgan Fahdning sakkiz banddan iborat rejasi ilgari surildi. Unda birinchi
marotaba Isroil davlatining mavjud bo’lish huquqi e’tirof etildi. Fahd rejasi
ko’pchilik arablar tomonidan to’liq ma’qullanmadi, Isroil ushbu rejani rad
qildi, ammo shunga qaramay bu reja ko’plab arab davlatlari uchun tashqi
siyosatda vositachilik borasida tayyorlangan ilk hujjat bo’lib qoldi.
Fors ko’rfazi mamlakatlari uchun Arab-Isroil mojarosini hal etish
muammosi bir nechta miqyoslarga egadir.
Isroilning hududiy jihatdan arablarga chegaradoshligi va u nazorat
qilayotgan arab hududlaridagi yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlar
mazkur guruh mamlakatlari uchun katta xavf tug’diradi, o’zining arab va
islom dini markazi sifatidagi nufuzi sababidan qo’shni arab mamlakatlari
tarafini olib Saudiya Arabistoni ham harbiy nizolarga bevosita aralashib
qolishi ehtimolini rad etib bo’lmaydi.
1999 yilning 17 mayida Isroilda hukumat uchun saylovlar bo’lib
o’tdi. Ko’plab arab davlatlari kabi Fors ko’rfazi mamlakatlari ham Isroil
Bosh Vaziri Ya.Barakning (hozirda sobiq) hukumati Arab-Isroil nizolarida
samarali natijalarga erishishiga ishonishgan edi. Biroq, Ya.Barakning
60
Yaqin Sharq mojarolari xususida to’xtalib, “Ierusalim yahudiylarga
qarashli” degan fikri avvalo Eron, so’ng Fors ko’rfazi davlatlari tomonidan
tanqid qilindi.
1999 yil 19 mayda Falastin Ozodlik Tashkiloti Falastin davlati
mustaqilligini 1999 yil oxirigacha e’lon qilinishini ta’kidlagan edi.
Fors ko’rfazi davlatlari Falastin muammosini tezroq hal etish
borasida quyidagi talablarni ilgari surmoqdalar:
Birinchidan, Falastin aholisining 20 foizdan ko’prog’i Fors ko’rfazi
davlatlarida yashab, qochoqlikni boshidan kechirmoqda;
Ikkinchidan, falastinliklarning neft konlari, aholisi, turar joylar,
xorijiy davlatlar vakolatxonalariga, terroristik akt uyushtirishi xavfining
mavjudligi;
Uchinchidan, Fors ko’rfazi davlatlari Falastin muammosini hal
etishda ishtirok etish orqali o’zlarining arab va musulmon dunyosi hamda
xalqaro hamjamiyatdagi obro’larini oshirishga intilishlari.
2001 yilda Arab-Isroil munosabatlarining keskinlashuvi va ikki
tomon o’rtasida qurolli to’qnashuvlarning kelib chiqishi Fors ko’rfazi
mintaqasida va Arabiston yarim orolida ichki vaziyatni beqarorlashtirgani
rost.
Arab-Isroil ziddiyatlari va diniy ekstremizmning avj olishi Fors
ko’rfazi davlatlarida xavf tug’dirishi tabiiy, shuning uchun, ular chora
ko’rishga majbur.
Yaqin Sharq muammosini hal etish Saudiya Arabistoni va Fors
ko’rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo bo’lgan boshqa
mamlakatlar birdamlikni mustahkamlashlari zarur. Buning ustiga Al-Aqso
masjidi joylashgan Sharqiy Quddus hamda bosib olingan arab hududlarini
qaytarib olish ham doimo diqqat markazda.
Fors ko’rfazi mamlakatlarining Yaqin Sharq muammosini hal
etishdagi qat’iy yo’li Arab Davlatlari Ligasining rasmiy hujjatlarida
asoslab berilgan.
Unda, Isroil qo’shinlarini 1967 yilda bosib olgan barcha hududlarni
qaytarib berish, bu erlardan isroilliklarni chiqib ketishi, barcha dinlarga
ularning muqaddas joylarini erkin ziyorat etish, Falastin xalqining o’zo’zini boshqarish va poytaxti Quddus bo’lgan o’z davlatini tuzish talablari
turibdi. Fors ko’rfazi mamlakatlari urush holatidagi davlatlarga doim har
tomonlama yordam ko’rsatib kelayapti.
Ko’rfazdagi siyosiy mo’’tadilligi hamda Vashington ta’sirida arablar
uchun Tel-Aviv bilan ikki tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yishda
harakatlar qilish uchun shart-sharoitlar yaratdi. AQSh diplomatiyasi ham
61
qo’llab-quvvatladi. 1994 yil sentyabr oyida Fors ko’rfazi arab
davlatlarining hamkorlik kengashi davlatlarining tashqi ishlar vazirlari
Isroilga nisbatan e’lon qilingan bayonotida ta’qiqlashni ko’zda tutuvchi
qator moddalarni bekor qilish haqida qaror qabul qildi.
Qirol Faysal 1962 yilda Saudiya Arabistoni tomonidan ta’sis etilgan
Islom Olami Uyushmasi orqali va 1964 yilda Uyushmaning Somalida
o’tkazilgan ikkinchi oliy uchrashuvlari doirasida hamda 1963-64 yillardagi
haj mavsumlari davomida bir necha musulmon davlatlarining rahbarlarini
butun jahon musulmonlarining muammolarini muhokama etish maqsadida
oliy darajada islom anjumani o’tkazish taklifini bildirdi. Ammo, Saudiya
Arabistonining ushbu taklifi arab olamida ikki qutbda bo’lgan
munosabatlar turlicha bo’lganligi va ba’zi arab mamlakatlari o’rtasidagi
o’zaro nizolar va Yaman muammosi ham keskin holatni boshdan
kechirayotgan bir paytga to’g’ri kelganligi natijasida musulmon
mamlakatlaridan Eron va Somali islom uchrashuvi o’tkazilishini qo’llabquvvatlagan bo’lsalar, Iordaniya, Sudan, Pokiston, Marokash, Gana va
Niger davlatlari islom birdamligi fikrini qo’llab-quvvatlashlarini, ammo
oliy islom konferentsiyasi o’tkazish fikriga qo’shilmasliklarini ma’lum
qildilar. Misr, Jazoir, Iroq va Suriya esa konferentsiya o’tkazilishiga qarshi
ekanliklarini bildirdilar.
1967 yil iyun oyidagi Arab-Isroil urushi natijasida arablarning
mag’lubiyati va 1969 yilda ba’zi yahudiy mutaassiblari tomonidan AlAqso masjidiga qilingan tajovuzdan so’ng qator musulmon
mamlakatlarining arboblari, doimiy faoliyat yuritadigan tashkilot tuzish
taklifi bilan chiqdilar. Ushbu taklif Saudiya Arabistoni tomonidan qo’llabquvvatlandi va qo’lidan kelgan barcha ishni qildi. 1969 yili Marokashda va
Makkada umummusulmon Islom Konferentsiyasi Tashkiloti ta’sis
etilganligi e’lon qilindi. Saudiya Arabistoni ushbu tashkilotni qo’llabquvvatlab unga moddiy yordam berishga qaror qildi.
Podshoh Faysalning qayd etishicha islomning uch dushmani
mavjud–kommunizm, sionizm va mustamlakachilik. Sharqiy Quddus va
arab davlatlarining erlari, Isroil tomonidan bosib olinganligi, vaziyatni
chigallashtirayapti. Bunday vaziyatni faqat islom birdamligini kuchaytirish
bilangina to’g’rilash mumkin. Musulmonlar uchun og’ir bo’lgan vaqtda,
Podshoh Faysal islom davlatlari rahbarlari-prezidentlari va Podshohlari
o’zaro bir-birlarini tushunishi, birdamligi hamda kelishib ish ko’rishlik
nazarda tutilayapdi. Shularni nazarga olib Podshoh Faysal qator islom
davlatlariga rasmiy tashriflar qildi. Natijada ularning ko’pchiligi Saudiya
Arabistoni Podshohligi taklifini to’liq qo’llab-quvvatladi.
62
1969 yildagi isroilliklarning Al-Aqsodagi yong’inidan keyin Saudiya
Arabistonining majlis tuzish haqidagi harakati yana jonlandi. 14 ta islom
mamlakatlari buni qo’llab-quvvatladilar. Shundan so’ng 1969 yili
Qohirada ushbu mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi
bo’lib o’tdi. Shunday qilib, 1969 yil 22-25 sentyabr kunlari Rabotda 25
musulmon mamlakatlari ishtirokida konferentsiya bo’lib, unda quyidagi
hujjatlar qabul qilindi:
birinchidan, “Islom Konferentsiyasi” tashkilotini tuzish, uning asosiy
vazifasi va maqsadlarini aniqlash – unda muqaddas joylarni himoya qilish,
islom birdamligini mustahkamlash, musulmonlarni o’z sha’ni,
mustaqilligi, milliy huquqlarini himoya qilish, irqiy kamsitish va
mustamlakachilikka barham, berishdan iborat.
ikkinchidan, Islom konferentsiyasi tashkilotiga a’zo bo’lgan
mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va milliy hamkorlikni
mustahkamlashdan iborat.
Saudiya Arabistoni – dunyodagi islomiy harakatlarning bosh
homiyasi hisoblanadi. Shuning uchun, nochor islom mamlakatlariga
yordam berish va ularni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga ko’maklashadi.
Qator muassasalar borki ularda Saudiya Arabistoni Podshohligini ta’siri
juda katta. Bunday tashkilotlarga, Saudiya rivojlanish Fondi, Islom
Rivojlanish Banki, Arab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Fondi, Arab Moliya
Fondi, (OPEK) xalqaro rivojlanish Fondi, Afrikada iqtisodiy rivojlanish
Arab Fondi, Afrika rivojlanish Banki, Afrika rivojlanish Fondi, xalqaro
qishloq xo’jaligi rivojlanish Fondi, Xalqaro moliya Fondi, Xalqaro qurilish
Banki, Xalqaro rivojlanish Qo’mitasi, Xalqaro investitsiyalash
Assotsiatsiyasi, Xalqaro ishlab chiqaruvchilar agentligi, Arab ishlab
chiqaruvchilar agentligi, BMT qoshidagi rivojlanish qo’mitalariga yordam
berish bo’yicha Arab ko’rfazi mamlakatlari dasturi, Arab va Afrika
davlatlariga texnikaviy xamkorlik qilish Fondi, Afrika Kongressi
Tashkiloti tarkibida markazlar fondlari, Afrikada traxomaga qarshi
kurashish dasturi, Afrikada qurg’oqchilikka qarshi kurashish dasturi va
boshqalar.
Shunday bo’lishiga qaramasdan Arab-Isroil muammosi hamon
dolzarbligicha qolmoqda.
Yaqin Sharqda Isroilning yadro quroliga qarshi ba’zi arab
davlatlarida kimyoviy qurol ishlab chiqarishga harakat qildi. Ammo
MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi) tomoni arab davlatlarini bu
yo’ldan qaytarishga urinmoqda. 1968 yili Isroil xalqaro qurollanishning
oldini olish shartnomasini imzolashdan bosh tortdi. Lekin 1995 yil aprel
63
oyida shunday bitim Isroilning ishtirokisiz AQShning ta’qibi bilan arab
davlatlari tomonidan imzolandi. Shunda ham AQSh Isroilning qurollanish
strategik maqsadlarini davlat xavfsizligini ta’minlashdan iborat deb
hisobladi. Buning ustiga 1981 yil 31 noyabrida AQSh va Isroil o’rtasida
“AQSh va Isroil o’rtasida strategik hamkorlik memorandumi” imzolangan.
Shartnomaga binoan, AQSh Isroilning havo mudofaa tizimini
mustahkamlovchi "raketa hujumlaridan himoya qilish" loyihasini ishlab
chiqdi. Bu loyihaga AQShning “Ballistik raketalaridan himoya qilish
tashkiloti” tomonidan 2 mlrd. AQSh dollari sarflandi.
Arab davlatlarining bir-biriga nisbatan harbiy va strategik
majburiyati Arab Davlatlari Ligasining 1980 yilda imzolangan 2-Artikl Hamkorlikdagi Mudofaa Shartnomasida o’z aksini topgan. Shartnomada
“biror arab davlatiga tajovuz boshqa barcha mamlakatlarga tahdid sifatida
qaraladi. Shuning uchun boshqa arab davlatlariga qurolli tajovuzga
uchragan davlat mudofaasini ta’minlashga yordam ko’rsatishi shart” deb
belgilandi. Mazkur shartnoma barcha Arab davlatlari tomonidan
imzolangan bo’lsada, amalda u o’z tasdig’ini topmadi. 90-yillarda Fors
ko’rfazida yuz bergan siyosiy tanglik davrida Fors ko’rfazi arab davlatlari
hamkorlik kengashi davlatlari AQShdan mudofaa yordamini so’rashga
majbur bo’ldi.
Fors ko’rfazidagi o’tgan asrning 90-yillaridagi harbiy operatsiyalarga
qadar Saudiya Arabistoni hech bir harbiy to’qnashuvda bevosita ishtirok
etmagan bo’lsa ham, biroq uning harbiy xarajatlari mutlaq holda yalpi
ichki mahsulot miqdoriga nisbatan olganda Yaqin Sharq davlatlari ichida
eng yuqori o’rinlardan birini egallaydi.
1951, 1980, 1988 va 1990 yillarda AQSh va Saudiya Arabistoni
Podshohligi o’rtasida o’zaro yordam va mudofaa haqidagi qator bitimlar
imzolandi. AQSh Saudiya Arabistonining Dahron shahrida harbiy havo
kuchlari bazasini tashkil etdi va undan turib Fors ko’rfazi mintaqasini
nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Vashington va Ar-Riyod o’rtasida
mudofaa sohasidagi hamkorlik aloqalari Isroil davlati tomonidan qattiq
tanqidga olindi.
Ammo, sharqshunos olim Ch.Davisning fikricha, AQShning Yaqin
Sharqdagi siyosatida u Isroilning himoyachisi bo’lib qolaveradi.
Isroilning siyosiy doiralari AQShning Arab-Isroil muammolarida
Falastin manfaatlari masalasida Ar-Riyodning ta’siri borligini qayd
etmoqda. Shuning uchun Isroil AQSh - Saudiya Arabistoni aloqalariga
sovuqlik solishga harakat qilmoqda.
64
XX asrning 80-yillarida sovuq urush siyosati Yaqin Sharq
davlatlarida qurollanish poygasini avj oldirib yubordi. Xuddi shu davrda
mintaqa davlatlarining harbiy xarajatlari 615 mlrd. AQSh dollariga etdi.
Bundan tashqari Yaqin Sharq davlatlari bu borada ularni qo’llabquvvatlagan mamlakatlarga 2 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag’
sarfladi. Yaqin Sharq xavfsizligini ta’minlashda Arab-Isroil mojarolari
nafaqat mintaqaviy muammoga balki umumjahon xavfsizligiga tahdid
solmoqda. Falastin muammosi Arab-Isroil ziddiyatlarining asosini tashkil
etib, mazkur majoro qariyb yarim asrdan buyon dunyoni tashvishga solib
kelmoqda.
Vashington Yaqin Sharq va Fors ko’rfazi mintaqasida har jihatdan
muhim mavqega ega bo’lgan Saudiya Arabistoni bilan iliq munosabatlar
olib borishga harakat qilayapti. Ushbu mamlakatlar o’rtasida turli
sohalarda samarali hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Aloqalar orasida
eng asosiysi – harbiy soha bo’lib, Ar-Riyod AQShdan zamonaviy qurollar
sotib olish bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga ega. Shunga qaramasdan
Yaqin Sharqda yuz bergan ziddiyatlar, qurolli to’qnashuvlarning
to’xtamayotganligi Vashington va Ar-Riyod o’rasidagi munosabatlarda
o’zini ta’sirini ko’rsatmoqda. Ikki mamlakat o’rtasidagi diplomatik
munosabatlar yaxshi bo’lishiga qaramasdan AQShning Isroilga yordami
Ar-Riyod hukmron doiralariga yoqmayapti. Saudiya Arabistoni bu borada
ya’ni Isroil masalasida AQShga tazyiq o’tkazishga ojizlik qilayapti.
Ammo AQShning Saudiya Arabistoni bilan hamkorligi joyida. Isroil
davlati bundan norozi. AQSh Saudiya Arabistoni va Misr Arab
Respublikasiga zamonaviy mudofaa qurollarini etkazib berishda davom
etayapdi.
Saudiya Arabistoni Falastin muammosini o’z tashqi siyosatining
asosiy qaynoq nuqtasi deb hisoblab, uning atrofidagi voqealarga befarq
qarab turaolmaydi. Shuning uchun, Saudiya Arabistoni Falastin
mojarosiga o’zining hayot-mamot masalasi deb qaraydi. Agar ushbu
mojaro Isroil foydasiga hal bo’lsa Podshohlikning milliy xavfsizligiga
jiddiy tahdid solishi tabiiy. Chunki o’z foydasiga Isroil-Falastin
muammosini hal qilganidan keyin AQShning ko’magida mintaqadagi eng
asosiy dushmanlari - Saudiya Arabistoni va Eronga o’z hujumini boshlashi
mumkin.
Shu bilan bir qatorda, Saudiya Arabistoni rasman “yo’l xaritasi” deb
nomlangan loyihani qo’llab-quvvatlagan bo’lsada, unda Falastin
manfaatlari etarlicha inobatga olinmagan deb hisoblaydi va ushbu
muammo bo’yicha 2002 yilda e’lon qilingan Saudiya Arabistoni
65
tashabbusini ilgari surayapdi. “Saudiya tashabbusi” deb nom olgan mazkur
loyiha 2002 yilning fevral oyida Valiahd Abdulloh tomonidan e’lon
qilingan bo’lib, uni 2002 yilning mart oyida Bayrutda bo’lib o’tgan
sammitda umumarab mavqei darajasiga ko’tarildi.
So’nggi yillarda Saudiya Arabistoni o’zining ichki va tashqi
siyosatida muammolar bo’lishiga qaramasdan, arab davlatlari ichida
Falastin muammosiga nisbatan qat’iy mavqei egallaganligi bilan ajralib
turdi. Jumladan, 2003 yilning 2-3 iyun kunlari Misrda AQSh va arab
davlatlari ishtirokida Falastin masalasi bo’yicha bo’lib o’tgan sammitda
Vashington va Ar-Riyod o’rtasida jiddiy kelishmovchilik borligi ma’lum
bo’lib qoldi. Falastin-Isroil mojarosini hal qilishni ko’zda tutgan “yo’l
xaritasi” loyihasini tatbiq qilishga bag’ishlangan sammitda AQSh Yakuniy
bayonotga “Arab davlatlari Isroil bilan o’z munosabatlarini darhol
yaxshilashga harakat qiladilar”, degan bandni kiritishni talab qilgan. O’z
navbatida, SAP Qiroli Abdulloh yakuniy bayonotga mazkur bandni
kiritishga qarshi o’z noroziligini bildirgan holda, yig’ilishni tark etishini
ma’lum qilgan. Faqat AQSh Prezidenti Bushning shaxsan aralashuvi va
yuqorida zikr etilgan bandning yakuniy bayonotdan chiqarilib tashlanishi
sammitni muqarrar inqirozdan saqlab qolgandi. Shunga qaramasdan,
Vashington bilan Ar-Riyod ushbu masala bo’yicha bir to’xtamga
kelolmayaptilar.
“AQShning Arab-Isroil nizolaridagi vositachiligi Samara bermayapti,
buning asosiy sababi Vashington doimo Isroilni harbiy jihatdan quvvatlab
turishidir», deb yozadi tadqiqotchi Mark O Relli. AQSh Isroilga yiliga 3
mlrd. dollar miqdorida moddiy yordam ko’rsatib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni alohida qayd etish joizki
Saudiya Arabistonining Falastin muammosi bo’yicha masalasi
dolzarbligicha qolaveradi. Chunki Falastin Saudiya Arabistoniga qo’shni
hududdir.
Fors ko’rfazi arab davlatlari Hamkorlik Kengashi mamlakatlari jahon
siyosati va iqtisodining ana shunday muhim bug’inlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur mintaqa – dunyoning rivojlangan mamlakatlari harbiy-siyosiy,
tashqi iqtisodiy hamda moliyaviy faoliyatining eng asosiy markazlaridan
biridir. Neft ishlab chiqaruvchi etakchi mamlakatlar (BAA, Kuvayt,
Saudiya Arabistoni) o’z ixtiyorida dunyo neft zahirasining 45 foiz ini
jamlagan, hamda bu mahsulot bilan jahon bozorini 17foiz miqdorda
ta’minlaydi. Fors ko’rfazi hududi, shuningdek, keyingi o’n yillikda jahon
energetika tizimida ahamiyati keskin oshgan dunyodagi eng asosiy gaz
manbalaridan biri hisoblanadi.
66
Ko’rfaz davlatlarining taraqqiyoti dunyoning strategik muhim
mintaqasida joylashganligi bilan belgilangan. Ayni paytda, Yaqin va O’rta
Sharqdagi beqarorlik, Iroq hamda neft tranziti amalga oshiriladigan asosiy
transport kommunikatsiyalari atrofidagi vaziyat, ularni asosiy mintaqaviy
xavfsizlik muammolarini hal qilish jarayonida faol ishtirok etishga majbur
qiladi. Fors ko’rfazi arab davlatlari Hamkorlik Kengashi mamlakatlarining
xavfsizlik muammolariga (mintaqaviy ziddiyatlar, beqarorlik, Yaqin Sharq
mojarosi, yalpi qirg’in qurollarining tarqatilishi, xalqaro terrorizm, diniy
ekstremizm va hokazolarda) yondashuvi BMTning qoidalariga hamda
ko’ptomonlamalik siyosatiga amal qilishga asoslanadi.
Fors ko’rfazi arab davlatlari Hamkorlik Kengashi mamlakatlari Islom
Hamkorlik Tashkilotining faol a’zolari sifatida uning boshqa
mamlakatlariga iqtisodiy hamda texnik yordam ko’rsatish, shuningdek,
islom dunyosidagi vaziyatning yaxshilanishida muhim rol o’ynaydi.
Mazkur davlatlar rahbarlari nuqtai nazaridan quyidagilar, ya’ni: tabiat
boyliklarining musulmon davlatlari o’rtasida notekis taqsimlanganligi,
iqtisodning monokultura va monoxomashyoga tayanishi, ijtimoiy
rivojlanish uchun mablag’larning etishmasligi; malakali ishchi
kuchlarining va kasbga tayyorlash markazlarining etishmasligi; texnika
fanlari va zamonaviy texnologiyalar sohasida orqada qolganlik, “aql
sohiblarining” musulmon mamlakatlaridan ilmiy-texnik jihatdan yaxshiroq
rivojlangan mamlakatlarga ketib qolishi; ilg’or ishlab chiqarish
texnologiyalaridan foydalanmaslik, iqtisodni rejalashtirish masalalarida
muvofiqlashtirishning hamda iqtisodiy, savdo va moliya siyosatida puxta
strategik rivojlanish ishlanmalarining yo’qligi katta muammolar sarasiga
kiradi.
Arab davlatlarining umummusulmon va mintaqaviy tashkilotlarni
(Islom Hamkorlik tashkiloti, Islom Olami uyushmasi, Arab Davlatlari
Ligasi) moliyalashtiradigan muhim markazlar sifatidagi roli ham
oshmoqda. Saudiya Arabistoni eng yirik xalqaro tashkilotlar, shu
jumladan, MBRR hamda Xalqaro Valyuta Fondiga to’lanadigan badal
hajmi bo’yicha dunyoning birinchi yigirma davlati qatoriga kiradi. Bu
unga xorijda faol investitsiya faoliyati olib borishga imkon beradi. Saudiya
Arabistoni tashqi iqtisodiy yordam kanali arablarniki bo’lmagan
mintaqaviy fondlari va tashkilotlari imkoniyatlaridan ham foydalanmoqda.
Bunga Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va boshqalarni misol qilsa
bo’ladi. Biroq bunda pragmatizm qoidalariga, ikki tomonlama siyosatning
transparentligiga hamda iqtisodiy munosabatlarning mafkuradan xoli
qilinishiga tayanish muhim. Qayd etish kerakki, Saudiya Arabistonining
67
ichki va tashqi siyosatida siyosiy mulohaza pragmatizmi tobora ko’proq
namoyon bo’lmoqda. Bunda arab-musulmon dunyosidagi ma’lum
kuchlarning islomni shior qilib olib qalloblik qilish xavfini anglab etish o’z
rolini o’ynamoqda. Shu munosabat bilan arab davlatlarining o’z iqtisodiy
va siyosiy-diplomatik imkoniyatlarini milliy va mintaqaviy xavfsizlikni
mustahkamlash, o’z atrofida “qo’shni qardosh davlatlar” xalqasini
yaratish, shuningdek, boshqa davlatlar bilan o’zaro foydali hamkorlikni
shakllantirish uchun yo’llanishi zarurligini anglashlari kuchaydi.
Saudiya Arabistoni tashqi siyosatining shakllanishida energetika
sohasidagi barqarorlikning ahamiyati. Bugungi kunga kelib barcha
davlatlarda energetika xavfsizligi masalasi paydo bo’lmoqda. Bu
energetika resurslariga talabning oshib borishi, resurslarning esa tugab
borayotganligi hammani tashvishga solmoqda. Shuning uchun ham
energetik resurlarga boy davlatlar xalqaro maydonda muhim rol
o’ynamoqda. Ular o’z energetik xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashqi
siyosatda o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilmoqda.
Bizga ma’lumki, Yaqin Sharq davlatlari juda ulkan tabiiy resurlarga
boy hisoblanadi. Bu davlatlar asosan neft eksport qiluvchi davlatlar
hisoblanadi. Bunday ulkan tabiiy zaxiralarga ega davlatlardan biri Saudiya
Arabistoni bo’lib SAP yetakchi neft ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatida
katta o’rinni egallab kelmoqda. Saudiya Arabistoni resurslardan oqilona
boshqarish orqali global iqtisodiyotning beqaror davrida ham global neft
bozorini barqarorlashtirishdagi harakatlari bilan taminlashga muvaffaq
bo’ldi. Xalqaro valyuta jamg’armasining Saudiya Arabistoniga tashrif
byurishining so’ngi natijalariga ko’ra, iqtisodiy yordam tufayli uning
import va ishchilarning oylik maoshi oshib borayotganligi hamda
iqtisodiyotning boshqa sohalarida ta’sir ko’rsatayotganligini e’tirof etdi.
Saudiya Arabistonining iqtisodiy faoliyati kuchayib ijobiy tomonga
rivojlanib bormoqda.
Shunga qaramay mamlakatning o’sishi 2014-yilda 7.1 foiz ni tashkil
qilgan bo’lsa, 2015-yilda 6foiz ga tushib qoldi. Davlat iqtisodining asosini
neft sohasi tashkil qilishi hamda muhim geosiyosiy o’rni, kelajakda neft
bozoridagi keskin vaziyatlar davlatni xavf ostiga qo’yadi.
2015 yil o’rtalariga kelib neft narxi ikki barobar pasayib ketgandan
so’ng keragidan ortiqcha neft ishlab chiqarishni qisqartirishni ta’minlash
maqsadida OPEKka a’zo bo’lmagan neft ishlab chiqaruvchilarni, xususan,
Rossiyani a’zolikka undash masalasi ko’tarildi. Lekin bu davlatlar taklifni
rad etdi va OPEK ularga neft yetkazib berishni kamaytirdi. Jazoir Bosh
Vaziri Abdulmalik Sellal gaz eksport qiluvchi davlatlarning Tehrondagi
68
sammitidagi nutqida neft bozoridagi o’yinlarni nazorat qilishga chaqirdi. U
yana agar neft bozori nazorat qilinmasa, narxlarni kuchli o’zgarishiga
guvoh bo’lishimiz mumkin deya qo’shimcha qildi.
Saudiya Arabistoni “neft asrining so’nishi” ga tayyorgarlik
ko’rmoqda. Bu haqida shaxzoda Muhammad bin Salmon 2016 yil 1-aprel
kuni Bloomberg nashriga bergan interviyusida aytib o’tdi. Qirollik oilasi
vakili mamlakat 2 trillion dollar qiymatga ega suveren jamg’arma tashkil
etishni rejalashtirganini ma’lum qildi. Ushbu pullar neftga bo’lgan
tobelikdan xalos bo’lishga sarflanadi. Saudi ARAMCO davlat neft
kompaniyasi 2017- yilda birjaga chiqishi mumkin. Hukumat bozorda
korxonaning besh foizigacha bo’lgan aksiyalarini tadbiq etishni
rejalashtirgan. 1-aprel ma’lumotlariga ko’ra, Brent markasidagi neftning
bir barreli uchun 39,65 dollarlik qiymatida savdo qilinmoqda. Ishlab
chiqarishni barqarorlashtirish maqsadida neftchilar 2016-yil yanvariga doir
neft qazib chiqarishni to’xtatib qo’yishni rejalashtirishmoqda.
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) doirasida neft qazib
olish hajmlari tez sur’atlarda o’smoqda. Tashkilot hisobotida aytilishicha,
o’sish asosan Saudiya Arabistoni hamda Iroqqa to’g’ri kelmoqda.
Tashkilot doirasida neft qazib olishning umumiy hajmi kuniga 283
ming barrelga oshib, 31.38 million barrelni tashkil etmoqda. Tashkilotning
neft qazib olishga kvotalari iyun yakunlari bo’yicha 30 million barrelga
oshirilgan. Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmi 230.9 ming barrelga
o’sib, kuniga 10.564 million barrelni tashkil etmoqda. Mamlakatning
OPEK dagi ulushi 33 foiz dan 33.4 foiz ga oshdi.
2016-yil 14-mart kuni OPEK davlatlari Venadagi dekabr yig’ilishida
Saudiya Arabistonini e’tiborsiz qoldirib, iqtisodiy zaif blok a’zolari
Nigeriya va Venesuella kabi a’zolar neft narxini keskin pasayib ketishini
qisqartirishga kelishishdi. Saudiya Arabistoni esa neftni hozirgi darajada
ishlab chiqarishni davom ettirishni talab qildi. Ikki oy davomida Brend
neft narxining bir barreli 40 dollardan 27 dollarga tushib ketdi. Shundan
so’ng Saudiya Arabistoni neft narxini barqaror global narxda muzlatishga
rozi bo’ldi. Ammo neft bozorini nazorat qilish harakatlari noto’g’ri
hisoblashi natijasida neft narxi 30 dollarga tushib ketdi. Natijada bu neft
taqchilligiga olib kelishi mumkin.
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr interviyusida,
“mintaqadagi neft narxining izdan chiqishi hamda iqtisodiy ittifoqchilar
Yaman, Suriya, Misrdagi izchillik bilan davom etayotgan urushga befarq
qarab turmaydi” – deb aytdi. “Bizning tashqi siyosat milliy xavfsizlik
manfaatlariga asoslangan”, - al-Jubayr qirollikning poytaxti Ar-Riyod
69
shahrida Tashqi ishlar bosh qarorgohida ma’lum qildi. U yana Saudiya
Arabistoni tashqi siyosatni neft narxiga qarab belgilamaydi. Mana shu o’n
yillikda brent neft narxining eng past ko’rsatkichga erishdi. Saudiya
Arabistoni byudjet kamomadi o’tgan yilda neft narxining keskin tushib
ketgani sababli taxminan 98 mlrd. AQSh dollariga yetib, qirollik energetik
subsidiyalar va qurilish loyihalarini qisqartirishini ma’lum qildi. Bundan
tashqari, uning ulkan davlat neft kompaniyalari obligatsiya va aksiyalarini
sotishni muhokama qildi. Saudiya Arabistonining mintaqaviy raqibi
Eronning jahon bozoriga qaytishi qo’shimcha global neft bilan ta’minlash
uchun qo’shildi.
Erondagi sanktsiyalar yadroviy shartnoma shartlariga rozilik
bildirgandagina olib tashlanishi mumkin deb ta’kidladi al-Jubayr. Bundan
tashqari u neft ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun bozorda yetarli joy
borligini aytib o’tdi.
Ikki OPEK a’zolari o’rtasidagi ziddiyatlar Suriyadagi urushni
to’xtatish sa’y-harakatlarini yo’qqa chiqarmoqda. Bu yerda Saudiya
Arabistoni Prezident Bashar al-Assad hukumatiga qarshi chiqqan asosan
sunniy harbiy guruhlar harakatini qo’llab-quvvatlamoqda, Eron esa bunga
qarshilik ko’rsatmoqda.
Saudiya Arabistoni eng ko’p neft eksport qiladigan mamlakat sifatida
neft narxi keskin pasayib ketgan holatida ham boshqa eksportyorlarga
qaraganda ko’proq neft eksport qildi.
Tarixan qaraydigan bo’lsak, neft import qiluvchi mamlakatlar Yaqin
Sharqqa har doim ta’sir o’tkazib kelgan. AQShning Afg’oniston va
Iroqdagi harakatlari davomida neft tushib ketgandi. 2007– 2008- yildagi
iqtisodiy inqiroz ham neft narxining pasayib ketishiga olib keldi. Ammo
hozirgi kundagi inqiroz neft ishlab chiqaruvchi davlatlar o’rtasidagi bozor
raqobatini kuchaytirmoqda. Bundan tashqari Yaqin Sharqdagi
tartibsizliklar neft narxining pasayishiga sabab bo’lmoqda. 2014-yildagi
neft narxining ko’rsatkichi tarixiy cho’qqisiga erishgandan 60 foizga
tushib ketdi. 2016-yil yanvaridagi neftning bir oylik o’sishini ko’radigan
bo’lsak, AQSh neft jamg’armasi 16 foizga, Conoco Phillips (COP) 11
foizga, Anadorka Petroleum (APC) 28 foizga, Pioner Natural Resources
(PXD) 7 foizga tushib ketdi. Bu 2014-yildagi narx holatidan 50 foiz tushib
ketganini ko’rsatadi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi neft eksport qiluvchi davlatlar
AQShning slantsli neft narxini belgilashda kelishmovchilik kelib
chiqmoqda. AQSh slantsli neft ishlab chiquvchilarning bozordagi
ulushining ortib borishi qirollikni tashvishlantirmoqda. Slants neft ishlab
70
chiqaruvchi davlatlar neft narxini belgilashda iqtisodiy tushkunlik kelib
chiqmoqda, Saudiya Arabistoni ularni neft bozoridan butunlay tozalab
tashlashga muvaffaq bo’lolmadi. Qirollik iqtisodi neftga bog’liq
bo’lganligi sababli, AQSh slants neft ishlab chiqaruvchilarni bozordan
siqib chiqarishga qurbi yetmaydi. Slantsli neft er yuzida keng tarqalgan
bo’lib, Osiyo va Yevropa davlatlari neftga bo’lgan qaramlikni kamaytirish
maqsadida ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirmoqda. Slantsli
neftni import qilishga nisbatan qazib olish qimmatroq bo’lsa ham, xom
neftga nisbatan import uchun strategik afzalliklarga ega.
Saudiya Arabistonida neft zaxiralarining taxminan 15.7 foizi borligi
isbotlangan. Olib borilgan statistik tadqiqotlarga ko’ra Eron va Iroqda neft
zaxiralari mos ravishda 9.3 foiz va 8.8 foizini ko’rsatadi. Saudiya
Arabistoni bir barrel neftni qazib olish uchun 9.9 AQSh dollari sarflaydi.
Bu kapital xarajatlar va operatsion xarajatlar uchun mos ravishda 4.5 va
5.4 AQSh dollarini tashkil etadi. Quvaytda bir barrel neft qazib olish
uchun boshqa davlatlarga nisbatan eng past ko’rsatkich ya’ni 8.5 dollar
sarflaydi. Quvayt Saudiya Arabistonining eng yaqin ittifoqchilaridan biri
hisoblanadi.
Boshqa tomondan, Eron bir barrel neft qazib olish uchun 12.6 dollar
sarflasa, Rossiya esa 17.3 dollar sarflaydi. Bu Saudiya Arabistoni uchun
Rossiya va Eronni raqib sifatida solishtirganda, neft narxining 30 dollarga
tushib ketishi yuqori foyda beradi. Rossiyada dunyo neft zaxirasining 6.1
foizi joylashgan.
Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqarishni kamaytirgani haqida xabar
bergani yo’q. Bu Saudiya Arabistoni neft narxi past bo’lganda ham neft
bozorida ko’proq neft ishlab chiqarishni rejalashtirishga qaratgan. Bu
qirollikka ikkita afzallikni beradi. Birinchisi, neftdan foyda olish bilan
birga energetika sohasidagi ishlab chiqishdagi to’siqlarga yangi
texnologiyalar ta’sir qilishi mumkin. Ikkinchi afzallik esa neft narxining
pasayib ketishi uning yaqin raqiblari Rossiya va Eronning iqtisodiy
barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin. Saudiya Arabistoni daromadining 85
foizdan ko’prog’i neft eksportidan keladi.
AQShning o’zi xom neft importiyori sifatida neft eksport qiluvchilar
uchun kichik ta’sir ko’rsatadi. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi OPEK
davlatlari o’rtasidagi neft narxini belgilashdagi kurashi va AQShning
slantsli neft ishlab chiqishi xalqaro neft narxiga ta’sir qiladi. Brent
neftning narxi 2014-yil o’rtalarida 4 barobar tushib ketdi.
Suriya va Yaman Yaqin Sharqning ichki nizolarining tayanch
nuqtasiga aylanib qolgan. Eron va Rossiya boshqa tomondan, Saudiya
71
Arabistoni boshchiligidagi Arab ittifoqiga qarshi ikki tomon vakil sifatida
turadi. Eronga nisbatan sanksiyalarning qo’llanilishi Saudiya
Arabistonining dunyo neft bozoridagi ayniqsa, Yevropa va Osiyodagi
ulushi ortib ketdi. Rossiya Saudiya Arabistonining Osiyo va Yevropadagi
asosiy raqibi hisoblanadi.
Arab dunyosi jahon energetika resurslarining 70 foizdan ko’prog’ini
nazorat qiladi. Neftning asosiy eksportchilarini birlashtiruvchi OPEK
tashkilotining asosini aynan arab davlatlari tashkil etadi. OPEK
(Organization of the Petroleum Exporting Countries) – 1960 yil sentyabrda
Bog’dod Konfrensiyasida neftga eksport kvotalari va narxlarini
muvofiqlashtirish orqali jahon neft bozoridagi vaziyatni tartibga solish
maqsadida tuzilgan. Hozir bu tashkilotga Jazoir, Indoneziya, Eron, Iroq,
Quvayt, Liviya, Nigeriya, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA va Venesuela
a’zo. Bu davlatlarda jahon neft zaxiralarining 2G’3 qismi joylashgan.
2004-yilda neft narxlarini oshib ketishi natijasida OPEKka a’zo
mamlakatlarning umumiy daromadi 338 mlrd. AQSh dollarini tashkil
etgan.
Jahonda tekshirilgan neft zaxiralari 1250 mlrd. barrelni tashkil etadi.
Shundan 565 mlrd barrel neft Fors ko’rfazi davlatlari hisobiga to’g’ri
keladi. Bu dunyo neft zaxirasining 63 foizini tashkil etadi, Saudiya
Arabistonining o’zida jahon neft zaxirasining to’rdan bir qismi ya’ni 263
mlrd. barrel neft mavjud. OPEK siyosatini asosan Saudiya Arabistoni
belgilaydi.
Energetika sohasiga ixtisoslashgan Oil Price internet nashrining
yozishicha, Saudiya Arabistonining neft qazib olish darajasini muzlatish
bo’yicha Dohada bo’lib o’tgan muzokaralarda o’zini g’alati tutishini
izohlash mushkul. Ekspertlar OPEK mamalakatlari va Rossiya, neft qazib
olishni muzlatish xususida biron bir jiddiy kelishuvga erishilishini shubha
ostiga qo’ygan bo’lsalarda, muzokara qatnashchilari ramziy bo’lsada
qandaydir bitimsiz tarqalishmaydi, deb hisoblashgandi.
Saudiya Arabistonining Eronsiz, hech qanday bitimni imzolamaslikni
ta’kidlaganini, quruq tahdiddan boshqa narsa emas, deb baholashgandi.
Bundan tashqari maqolada neft narxining hozirgi darajada pasayib
ketishiga yo’l qo’ygan OPEK tashkiloti o’ziga bo’lgan ishonchni yana bir
marta suiiste’mol qilishga haqqi yo’q edi, ammo, bu hol yana bir karra yuz
berganligi izohlangan. So’ngi lahzada Saudiya Arabistoni o’z fikrida
qat’iy turib, Eronsiz hech qanday bitimni imzolamasligini ta’kidladi.
Albatta, Tehronga nisbatan sanksiyalar yaqindagina bekor qilingan, shu
bois mamlakat neft qazib olishni kuniga 4 million barrelga yetkazishni
72
maqsad qilganini tushinish mumkin. Shu jihatdan Saudiya Arabistoni
siyosatini izohlab bo’lmaydi.
“Saudiya Arabistonining kelishuvni chippakka chiqargani, Eron bilan
ziddiyati, uning neft siyosatiga naqadar jiddiy ta’sir ko’rsatayotganining
isbotidir”, deydi AQSh Kolumbiya Universiteti global energetika siyosati
markazi direktori Jeyson Bordoff.
Yana bir taxminga ko’ra, Dohada qanday siyosat maqbulligi borasida
Saudiya Arabistoni rahbariyatining o’zida yakdil fikrning mavjud
bo’lmaganligidir. Xususan, Eronsiz hech qanday kelishuvni imzolamaslik
tarafdori ikkinchi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va
muzokaralar arafasida Ar-Riyodning bitimni imzolashini ta’kidlagan neft
vaziri Ali al-Naimiy o’rtasida aniq xulosa bo’lmagan. So’ngi lahzalarda
esa, Saudiya Arabistoni neft vaziri fikridan qaytishga majbur bo’ldi.
2015 yil 18 aprel kuni Doha muzokaralari omadsiz yakunlangach,
jahon bozorida neft narxi keskin pasayib ketdi. OPEK a’zolari esa, kelgusi
safar iyun oyida Venada uchrashadi. Agar ular kelishuvga erisha olishsa,
unga tashkilotga a’zo bo’lmagan Rossiya kabi davlatlar ham qo’shilishi
mumkin bo’ladi.
Malumotlarga qaraganda, 2002-2006-yillarda Fors ko’rfazi arab
davlatlari neft eksportidan 1.5 trln. AQSh dollari foyda ko’rishgan bo’lib,
bu o’tgan oxirgi besh yillikka nisbatan ikki marta ko’p ko’rsatkich
hisoblanadi. “Goldman Sachs” ekspertlari guruhining bashoratiga ko’ra
neft eksportidan tushadigan daromad 2030-yilga borib 5.1 trln. AQSh
dollarini tashkil etadi. 2010-yilda neft eksportidan BAA 17 mlrd. AQSh
dollari, Saudiya Arabistoni esa 51 mlrd. AQSh dollari foyda ko’rgan.
Arab davlatlarining bunday ulkan energetik salohiyatga ega bo’lishi
dunyoning yirik davlatlarini e’tiborini tortmasdan qo’ymaydi. Ayniqsa,
global energetik resurslar iste’moliga kundalik ehtiyojning oshib
borayotganligi, neft va gaz zaxiralarining tobora kamayib borishi, bundan
tashqari, muqobil energiya manbalarini yaratish harakatlari kutilgan
natijani bermayotganligi energetik raqobatning kuchayishiga sabab
bo’lmoqda. Ma’lumki, jahon energetik ehtiyojlarning asosiy qismi arab
davlatlari hisobiga qondirilmoqda. Shuning uchun ham bu hudud yirik
davlatlarning jahon neft-gaz sub’ektlarining asosiy kurash maydoni bo’lib
qolmoqda. Shu bois bu mintaqada siyosiy tanglik, bir qancha tarixiy
nizolarni hal etilishi va barqarorlikni ta’minlashning iloji bo’lmayapti.
Fors ko’rfazi davlatlari Yaqin Sharqda nisbatan barqaror davlat
hisoblansada, lekin umumiy xavfsizlikni taminlashda bir qancha
muammolarga duch kelmoqda. Bu davlatlar o’rtasidagi siyosiy, diniy,
73
hududiy nizolar arab davlatlari iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiyotiga bir
to’siq bo’lib xizmat qilmoqda.
Bizga ma’lumki, energetika resurslari cheklangan bu esa har bir
davlatning energetika xavfsizligiga bo’lgan talabni oshiradi. Energetik
bog’liqlikning kuchayib borishi alohida bir davlatning o’z milliy energetik
xavfsizligini mustaqil ta’minlash imkoniyati cheklanganligini anglatadi.
Shu bois arab davlatlarining geoenergetik manfaatlari bevosita Eron va
Iroq kabi davlatlarning mintaqada tutgan o’rniga ham bog’liq. Chunki,
Eron Islom Respublikasining mintaqadagi siyosiy – mafkuraviy o’rni va
yuqori energetik salohiyati mintaqa davlatlari tashqi siyosiy faoliyatiga o’z
ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi.
Fors ko’rfazi davlatlari energetik xavfsizligiga nisbatan zamonaviy
tahdidlar sifatida ikki asosiy omilga e’tibor berish lozim. Birinchidan, Fors
ko’rfazi davlatlari energetik xavfsizligiga nisbatan ichki tahdidlarning
mavjudligi. Ikkinchidan bu mintaqaga nisbatan yirik davlatlarning
geosiyosiy manfaatlari to’qnashuvi omili hisoblanadi. Bu omillar
hozirgacha davom etib kelyapti va mintaqada beqarorlikni keltirib
chiqarmoqda.
Bugungi kunda Fors ko’rfazi mintaqasi energetik xavfsizligiga ta’sir
ko’rsatuvchi bir qancha ichki tahdidlar mavjud. Bulardan biri Eronning
yadroviy dasturi hisoblanadi. Jahon hamjamiyatining Eronga nisbatan
keskin siyosiy va iqtisodiy bosimlari arab davlatlarini jiddiy xavotirga
solmoqda. Bundan tashqari Iroqdagi siyosiy vaziyatning beqarorligi va
buni izga solinmaganligi Yaqin Sharq taraqqiyotiga salbiy ta’sir
ko’rsatmoqda. Bizga ma’lumki Iroqda jahon neft zaxiralarining 11 foizi
joylashgan. Bu ko’rsatkich mintaqaviy energetik lohiyalarni amalga
oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Bu mintaqada diniy nizolarning avj olayotganligi, sunniy va shia
mazhabi o’rasidagi doimiy raqobat, mintaqaga butun bir terrorizm
o’chog’i sifatida qaralishi, islom dini va g’oyalariga radikal qarashlarning
kuchayishi ham salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Bundan tashqari neft va gaz
sohasiga xorijiy investitsiyalarning kiritilishi va ichki bozorlarga kirib
borishi, iqtisodiy muhim nuqtalarning egallanishi salbiy holatdir.
Bugungi kunda neft narxining keskin pasayib ketishi natijasida
OPEK davlatlari katta ziyon ko’rmoqdalar. Shu boisdan mintaqa davlatlari
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va eksport hajmini kamaytirish
borasidagi yondashuvlaridagi ixtilof eng dolzarb masalaga aylanib
qolmoqda. Neft narxining past qiymati Saudiya Arabistoni iqtisodiga katta
zarar keltirdi. Qirollik hukumati budjet defitsitini qoplash uchun 24-27
74
mlrd. AQSh dollarilik davlat obligatsiyalarini sotuvga qo’ydi. Qirollik
hukumati bunday holatning yuzaga kelishiga qisman o’zi ham aybdor.
Saudiya Arabistoni neft narxini pasaytirib va neft qazib olish hajmini
oshirib, AQShning slantsli neft inqilobiga zarba bermoqchi bo’lgan. Biroq
neft “haddan ziyod” pastlab ketdi. Eronga nisbatan sanktsiyalarning bekor
qilinishi esa neft bozoridagi og’ir vaziyatni yanada murakkablashtirdi.
Saudiya Arabistoni hukumati neftdan mamlakatning asosiy daromad
manbai va energiyani ta’minlashning resursi sifatida voz kechmoqda.
Saudiya Arabistoni o’z e’tiborini qayta tiklanuvchi energiya manbalariga
qaratmoqchi. Bu haqida Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimiy
ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi. Saudiya
Arabistoni bir necha bor o’z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va neft
eksportidan bog’liqlikni kamaytirish bo’yicha katta ko’lamli rejalarini
e’lon qilgan.
Fors ko’rfazi mintaqasi xavfsizligiga, xususan energetik xavfsizligiga
ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar ham mavjud va bularga quyidagilarni
kiritish mumkin:
Birinchidan, jahonda energetik resurslarning tugab borayotganligi va
energetik ehtiyojlarning qondirilishi asosan Fors ko’rfazi davlatlari
hisobiga to’g’ri kelayotganligi tahdidlar darajasini yanada oshirmoqda.
Ushbu mintaqa ulkan tabiiy resurslarga boyligi sababli dunyoning qudratli
davlatlari markazida turadi va hozirgi kunda ham nizolar, ichki
kelishmovchiliklar hamda ziddiyatlar avj olgan siyosiy beqaror hudud
hisoblanadi. Qudratli davlatlarning asosiy maqsadi mintaqadagi neft va
gaz resurslarini egallash ekanligi hech kimga sir emas. Bu borada birinchi
Prezidentimiz I.Karimovning quyidagi mulohazalarini keltirish o’rinlidir.
“…kimda kim neft va gaz zaxiralariga egalik qilsa, dunyoga hukmronlik
qilishi mumkin degan qarashlar ko’payib bormoqda. Va aksincha –
kimdaki shunday resurslar bo’lmasa, neft-gaz, uglevodorod xom ashyosiga
ega boshqa davlatlarga nisbatan turli harakatlar ham sodir bo’lyapti.
Chunki qudratli davlatlar yaxshi biladiki, mana shunday boylik kimning
qo’lida bo’lsa, u boshqalarni o’z ta’siriga olishning kaliti, vositasi bo’lib
xizmat qiladi”.
Fors ko’rfazi davlatlari xavfsizligi xususan energetik xavfsizlik
masalasi arab davlatlari tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lib
qolmoqda. Dunyoda neft va gaz resurslarining kamayib borayotganligi va
unga bo’lgan ehtiyojning oshishi Fors ko’rfazi davlatlarini ehtiyotkorona
tashqi siyosat olib borishga va energetik resurslardan oqilona
foydalanishga majbur qilmoqda. Bugungi kunda energetik resurslarga
75
bog’liqlik Fors ko’rfazi davlatlarini jahon siyosati va xalqaro
munosabatlarda o’ziga xos o’ringa egaligini ko’rsatmoqda. Bu
mintaqadagi uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan ichki
kelishmovchiliklar, diniy nizolarning avj olishi, islom dini va
madaniyatiga radikal qarashlarning mavjudligi va boshqa nizolar arab
davlatlari taraqqiyoti va rivojiga jiddiy to’siq bo’lib kelmoqda. Neftdan
siyosiy bosim sifatida foydalanish va energetik resurslarning
siyosiylashtirilishi tendensiyalari hozirda ham mavjud.
Saudiya Arabistoni tashqi siyosatida “yetakchi davlatlarning”
o’rni. Saudiya Arabistoni yetakchi davlatlardan biri AQSh bilan faol
tashqi siyosat olib boradi. Saudiya Arabistoni bilan AQSh munosabatlari
barqaror bo’lib, kelajakdagi asosiy manfaatlarni davom ettirgan holda
amalga oshiradi. Asosan, Saudiya Arabistoni yetakchiligi neft tranzitida,
global neft narxining pasayishi, Saudiya byudjetining pasayishi, tajavuzkor
terroristik harakatlar, oqilona tashqi siyosat, Saudiya – Eron ziddiyatlarini
muhokama qilishda ko’zga tashlanadi. AQSh – Saudiya xavfsizlik
hamkorligi va Saudiya Arabistonining global energiya bilan ta’minlashni
davom ettirish uchun AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarni amalga
oshirgan holda, Eronning yadroviy dasturi, Suriya, Iroq va Yamandagi
mojarolar, 2015 – 2016 yilning asosiy voqealari bilan bog’liq.
Obama ma’muriyati rasmiylari muhim mintaqaviy sherik sifatida
Saudiya hukumatiga murojaat qildi va AQSh qurol sotish va tegishli
xavfsizlik hamkorlik dasturlari, Kongress nazorati bilan davom etmoqda.
2010- yil oktyabrdan boshlab, AQSh 100 milliard dollardan ortiq qiymatga
ega bo’lgan qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar, harbiy kemalar, raketa
mudofaa tizimlari, raketalar, bomba, zirhli transport vositalari va tegishli
uskunalar va xizmatlar Saudiya Arabistoniga taklif qilgan edi. 2015 yil
martdan boshlab, AQSh Saudiyaning Yamandagi harbiy harakatlarni
amalga oshirish uchun AQSh qurol-yarog’ yetkazib berishi, logistik
yordam berish va undan oqilona foydalangan. Kongressning ayrim a’zolari
AQSh siyosatining ustuvor yo’nalishlari uchun ekstremizmga qanchalik
qarshi kurashish uchun Saudiya rahbarlarining sadoqatiga shubha bildirdi.
Shunday bo’lsada, Saudiya Arabistoni terrorizmga qarshi o’z munosabatini
bildirib, Saudiya harbiy kuchlari 2014 yildan beri Suriyadagi Islomiy
davlat harakatlariga qarshi ba’zi koalitsiya hujumlarida ishtirok etdi.
Hozirgi AQSh siyosati, mintaqaviy masalalar bo’yicha Saudiya
rahbarlari bilan muvofiqlashtirish va ularni ichki iqtisodiy va xavfsizlik
muammolarga yordam berishga intiladi. Ayni vaqtda AQSh
tashabbuskorlari Saudiya rahbarlarining qarorlari barqarorlikni ta’minlash
76
muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqda. AQSh – Saudiyaning
birgalikda xavfsizlik muammolarini ta’minlash munosabatlarini belgilab
beradi va Yaqin Sharq mintaqasidagi doimiy nizo va raqobatlar Saudiya
Arabistoni ichki va tashqi siyosatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Eron bilan
bog’liq keskin ziddiyatlar ta’siriga qarshi Saudiya rahbarlarining "Yaman,
Misr, Suriya, Livan, Iroq, Eronga nisbatan tahdidlar Saudiya Arabistoni
xavfsizlik manfaatlariga ta’sir qilishi mumkin. AQSh - Saudiya o’rtasida
davom etayotgan sheriklik, qurol sotish taklifi va xavfsizlik majburiyatlari
doirasi hamda boshqa shartlarini ko’rib chiqishda AQSh Kongressi bu
o’zgarishlarni ko’rib chiqishi mumkin.
Amerika Qo’shma Shtatlari Saudiyaning barqarorligi va kelajakdagi
rivoji bilan Saudiya Arabistoni o’rtasidagi hamkorlik Qirollik bilan
Kongress o’rtasidagi manfaatlar doimiy sub’ektlaridir. Xususan, Saudiya
Arabistoni rahbariyati global o’tish davrida neft narxining Saudiya
Arabistoni byudjetiga bosim, agressiv terrorchilik, Saudiya-Eron
ziddiyatlarini muhokamaga qo’yish Saudiya Arabistonining tashqi
siyosatda yanada talabchan bo’lishini talab qiladi. Saudiyaning energiya
etkazib berishdagi global mavjudligi, AQSh-Saudiya o’n yillar davomida
rasmiy ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash davomida
xavfsizlik va hamkorlik masalalari Suriya, Iroq, Eron, Eron yadroviy
dasturi va mojarolar AQShni tashvishga solmoqda. Yamanda davom
etayotgan harbiy harakatlar Amerika Qo’shma Shtatlari va Saudiya
Arabistoni jamoatchiligi e’tiborini qaratmoqda.
Ikki davlat orasidagi ishonchsizlik kayfiyatining boshlanishining
birinchi bosqichi 2001-yil 11-sentyabr voqealari bilan boshlangan. NyuYorkdagi Jahon Savdo markazi binolariga urilgan samolyotlar bortidagi
terroristlarning asosiy qismi Saudiya Arabistoni fuqarolari bo’lgani hamda
Usama ben-Ladenning qirol oilasi bilan aloqalari, Saudiya Arabistonining
islomiy radikalizmni moliyalashtiruvchi davlat ekanligi borasidagi
gumonlarga asos borligini ko’rsatib berdi.
Arab bahori davomida Saudiya Arabistonining ittifoqchisi bo’lmish
Husni Muborakning AQSh tashabbusi bilan hukumatdan ag’darilishi
ushbu ishonchsizlik kayfiyatini yangi bosqichga olib chiqqan. Keyinchalik
esa Suriyadagi fuqarolar urushi davomida AQShning Rus diplomatiyasi
qarshisida chekinishi va Suriyaga intervensiya uyushtirmagani
Saudiyaliklar tomonidan xiyonat belgisi sifatida qarshi olindi. Hozirda
Saudiya Arabistoni boshqa yadro kuchiga ega mamlakatlar bilan aloqalarni
kuchaytirishga yoki har holda AQSHga ogohlantirish belgisi sifatida ular
bilan yaqinlashishga harakat qilmoqda. Shunday harakatlaridan biri 201477
yil boshida Saudiya Arabistonining Livan armiyasini Fransuz qurolyarog’lari bilan zamonaviylashtirish uchun ajratgan 3 millard AQSh
dollari miqdoridagi "beg’araz" yordamidir. AQSh va Saudiya Arabistoni
o’rtasida yangidan umumiy manfaatdorlik Ukrainada siyosiy inqirozning
boshlanishi bilan paydo bo’ldi. Rossiya Saudiya Arabistoni uchun Suriya
masalasida halaqit berishdan tashqari, u Saudiya Arabistonining birinchi
raqamli dushmani Eronning eng asosiy qo’llab quvvatlovchi sherigi
hamdir. Hozirda G’arb mamlakatlari Qrimning Rossiyaga qo’shib
olinganidan beri, Rossiyaga qarshi turli iqtisodiy va diplomatik
sanksiyalarni qo’llash yo’llarini qidirishmoqda. Hozirgacha amalda
qo’llanilgan sanksiyalar Rossiyaning o’z pozitsiyalaridan chekinishi uchun
yetarli bo’lmadi. Aynan Ravdat-Xurayim vohasida bo’lib o’tgan
uchrashuvidan ko’zlangan maqsad ham Rossiyaning energetik
imkoniyatlarini cheklash uchun bir harakat bo’lishi mumkin. Agar AQSh
Saudiya Arabistonini va boshqa Fors ko’rfazidagi Arab mamlakatlarini
neft va gaz bahosini pasaytirishga hamda uni G’arb mamlakatlariga
yetkazilishini ko’paytirishga ko’ndira olsa, bu Rossiyaning iqtisodiga katta
putur yetkazishi mumkin. Lekin AQSh Saudiya Arabistonini bunga
ko’ndirish uchun ko’p harakatlarni amalga oshirishi lozim bo’ladi, ayniqsa
Suriya va Eron masalalarida.
Rossiyaning tashqi siyosatini bayon qilish uchun eng yaxshi yo’l
barqaror emas, u tashqi siyosatda Rossiyaning global yondashuvlardan
kelib chiqib amalga oshiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, Rossiyaning xattiharakatlardan uning tashqi siyosati Fors ko’rfazi mintaqasiga mos
kelmasligini ko’rishimiz mumkin.
2015- yil bahorida Abu Dabi shahrida Xalqaro Mudofa
ko’rgazmasida (IDEX) Rossiya va Fors ko’rfazi davlatlari BAA harbiy va
dengiz qurol- yarog’lari, samolyotlarga qarshi raketalar tizimini ortiqcha
yetkazib berish kabi bir necha shartnomalar imzolandi. Rossiya,
shuningdek, savdo, ta’lim va qurol tizimlarini texnik uzoq muddatli
choralarni taklif qildi. 2015- yilda Rossiyaga Saudiya Arabistoni 10
milliard AQSh dollari hajmida investitsiya kiritgan edi. Sankt-Peterburg
xalqaro iqtisodiy forumi (SPIEF) iyun oyida so’nggi to’rt-besh yil ichida,
bunday tinch atom elektr va energiya ishlab chiqarish kabi masalalar
bo’yicha olti shartnomalar (Saudiya Arabistoni, Rossiya ko’magida 16
yadro reaktorlarini qurish rejalashtirmoqda) imzolamoqchi. Bundan
tashqari, Rossiya prezidenti V.Putin salohiyati harbiy hamkorlikni
muhokama qilish uchun Saudiya Arabistoni o’rinbosari valiahd shahzoda
va Mudofa vaziri Muhammad bin Salmon al Saud bilan uchrashdi.
78
Saudiya Arabistoni neft va mineral resurslar vaziri Ali bin Ibrohim al
Naimi va Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak uchrashib, Saudiya
Arabistoni Podshohligi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida neft hamkorlik
shartnomasini amalga oshirish hamda barqarorlashtirish va bozorni
takomillashtirish ikki xalqaro neft bozorida manfaati uchun ijro etuvchi
dastur imzolandi.
Fors ko’rfazi davlatlari bilan Rossiya iqtisodiy aloqalar rivojlanmay
qolgandi. Biroq, yaqinda, Moskva va Fors ko’rfazi davlatlari, ham aniq
ikki tomonlama savdo va investitsiyalarni yanada yuksaltirish va
rivojlantirishga qiziqish ko’rsatdi. Misol uchun, 2015- yil 25 – 30 -mayda,
Rossiya Savdo palatasi, har ikki tomon yaxshi munosabatda ekanligini
ko’rsatib, Jidda investitsiya ko’rgazmasida "Russian Road Show" tashkil
etildi. 2015 yilda qirol Salmon o’rinbosari qirolning o’g’li Valiahd,
qirollikning mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon boshchiligidagi
yuqori darajali Saudiya Arabistoni delegatsiyasi, Sankt-Peterburg shahrida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan va bir qator
bitimlar va memorandumlar imzolandi, tinch yadroviy hamkorlik,
infratuzilma rivojlanishi va investitsiyalar, shu jumladan. 2015- yilning 11avgust kuni bu shartnomalar Saudiya tashqi ishlar vaziri Adel AlJubeirning Rossiyaga tashrifi chog’ida tasdiqlagan.
Ko’rfazi bilan iqtisodiy munosabatlarni past darajasi qisman yaqinga
qadar Yaqin Sharq mintaqasi Rossiya ishbilarmon doiralari uchun kam
qiziqtirgan odatda, deb aslida bilan izohlash mumkin. Ikkinchisi, asosmy
e’tibor Yevropa va Sharqiy Osiyo bozorlari tomon qaratilgan edi. Bundan
tashqari, Fors ko’rfazi hatto Yaqin Sharq davlatlari ichida rus tovarlari
uchun ustuvor bozor sifatida ko’rilmagan edi. Binobarin, 2015 yilga kelib,
Rossiya-Saudiya savdo aylanmasi 5,5 milliard dollar yoki Rus-turk savdo
hajmi 31 milliard dollar, Fors ko’rfazi a’zolari o’rtasidagi tovar
ayirboshlash hajmi 3,5 milliard dollarni tashkil etadi.
Xitoy hozirgi kunda iqtisodi bo’yicha dunyodagi yetakchi
davlatlardan biri hisoblanadi. Lekin, bu davlatda tabiiy resurslar tanqisligi
bois bu mahsulotlarni Yaqin Sharq davlatlaridan oladi. Ayniqsa, Saudiya
Arabistoni bilan iqtisodiy munosabatlari rivojlanib bormoqda. 1975 yilga
kelib Saudiya Arabistoni bilan Xitoy o’rtasida ikki tomonlama
munosabatlar o’rnatiladi, shuningdek, 1990-yilda bu mamlakat bilan
rasmiy munosabatlar 1985 yildan buyon ish boshladi. 1949 yildan buyon.
Saudiyaliklar Tayvan bilan diplomatik munosabatlari asosida ular Paul
Mazoyer neft ta’minotining asosiy sababi hisoblanadi. Bu iqtisodiyot,
savdo, sarmoya va texnologik mehnat uyushmasi hisoblanadi. 1992 va
79
1996 yilda ikki davlat o’rtasida Paul Mazoyer davlat granti investitsiya va
himoya qilish shartnomasi imzolandi: Xitoy sovuq urushdan so’ng faol
tashqi siyosati, Xitoy-Saudiya munosabatlar samarali hisoblanadi. 1997
yilda mamlakatlar o’rtasidagi axborot almashish, o’zaro do’stlik
birlashmalari, axborot agentliklari, neft hamkorlik shartnomasi 1999 yilda
imzolanadi. 2002- yilda madaniyat va bitimlar bilan bog’liq ta’lim
imzolangan. Xitoy -Saudiya Arabistoni aloqalari ayniqsa neftga talab ortib
borayotganligi bilan rivojlanib bormoqda.
Ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmi 1990 yilda 290 million dollardan
2008-yilda 42 milliard dollarga ortib, tijorat aloqalari yanada rivojlandi.
Xitoy Saudiya Arabistoniga kiyim, elektron mahsulotlar hamda boshqa
mahsulotlar yetkazib beradi.
2010 yilda Xitoy bilan diplomatik aloqalar yilligi va 2015 yilda ikki
tomonlama savdo aylanmasi 60 mlrd. AQSh dollarni tashkil etadi.
Saudiya-Xitoy munosabatlari neft bilan bog’liq hamda bunga
ko’proq urg’u beriladi. Saudiya Arabistoni Xitoyni eng ko’p neft bilan
ta’minlaydigan va dunyodagi eng katta hamkori hisoblanadi. Saudiya
Arabistoni, albatta, Xitoyning eng katta neft yetkazib beruvchisiga aylandi.
Saudiya Arabistoni yaqin o’n yil ichida Xitoyning neft yetkazib beruvchisi
sifatidagi o’rnini saqlab qoladi.
Xitoyda so’nggi ikki yil davomida energetika bo’lgan talab keskin
o’sdi uning iqtisodiyotida bu yaqqol ko’zga tashlandi. Xalqaro energiya
agentligi hisob-kitoblariga ko’ra, Amerika Qo’shma Shtatlarida slanets
inqilobi sifatida 2035-yilda Yaqin Sharqdan Xitoyga import hajmi
taxminan ikki barobarga oshadi. Saudiya importni kamaytirish uchun ichki
ishlab chiqarish ko’paytirib olib, Osiyo bozorlariga eksportni yanada
ko’paytiradi. AQSh Saudiya xomashyosi uchun muhim bozor bo’lishda
davom etmoqda. Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa Osiyo
mamlakatlariga Saudiya xom neft eksporti qaryb 70 foizini tashkil etadi.
3.2. Eron Islom Respublikasi zamonaviy xalqaro munosabatlar
tizimida
Bugungi kunda Yaqin Sharq mintaqasida yuz berayotgan jarayonlar
jahonda jiddiy geosiyosiy o’zgarishlarga olib kelmoqda. 2015-yil 14iyulda Venada “oltilik” xalqaro vositachi davlatlar (AQSh, Rossiya, Xitoy,
Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya) va Eron tomoni bilan uzoq yillik
muzokaralarning yakunlanishi va Eron yadro dasturi bo’yicha kelishuvga
erishilgandan so’ng xalqaro maydonda yangi “eski o’yinchi” – Eron Islom
Respublikasi paydo bo’lib, bu davlat istiqbolda jahonning ko’plab
80
rivojlangan davlatlarning jiddiy raqobatchisiga aylanib, mintaqaviy va
xalqaro munosabatlar tizimiga sezilarli o’zgarishlar olib kirishi mumkin.
Inqilobdan keyingi ilk yillarda Eron Islom Respublikasining asosiy
tashqi siyosiy mo’ljaliga aylangan – “Na G’arb na Sharq”, “Amerikaga
o’lim, Isroilga o’lim, Sovet ittifoqiga o’lim!”, “Islom inqilobi eksporti”
kabi shiorlar shakllangan. Ta’kidlash joizki, bu shiorlar qanchalik xayoliy
bo’lishiga qaramay, ular muayyan davr mobaynida Eron tashqi siyosiy
yo’li shakllanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Ehtimol Eron bugungi kunda
ham bu merosdan batamom qutulgani yo’q. Shu bilan birga, ma’lumki,
bunday siyosat yuritishning salbiy oqibatlari tez orada namoyon bo’ldi.
Shunday qilib “Islom inqilobi eksporti” g’oyasi Iroq bilan bo’lgan qonli
urushda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, o’z kuchiga tayangan holda
siyosatni amalga oshirishga urinish esa valyuta-moliyaviy inqirozga va
ijtimoiy tanglikka olib keldi. Bu holat Eron hukumatini boshqa davlatlar
bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni tiklash bo’yicha shoshilinch
qarorlar qabul qilishga majbur etdi. Xuddi shu vaqtda muvaffaqiyasizlikka
uchragan siyosatni faol yoyuvchisi hisoblangan Islom inqilobi posbonlari
korpusi bugungi kunda Eron Islom Respublikasi zamonaviy qurolli
kuchlarining ajralmas va imtiyozli qismi hisoblanadi, “Xizbulloh” harakati
esa Eronning o’zida birmuncha o’z o’rnini yo’qotgan bo’lsa-da, bir qator
musulmon davlatlarda, xususan, avvalo Livanda muvaffaqiyatli faoliyat
yuritayotgan bo’lib, Eron rahbariyati tomonidan keng qo’llabquvvatlanadi.
Shunday qilib, Islom inqilobi g’alabasining dastlabki yillarida jiddiy
ta’sir ko’rsatishni boshlagan, muayyan bosqichda esa hatto Eron tashqi
siyosati shakllanishida hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishni boshlagan norasmiy
markaz Sharqning mayda tadbirkor va ishbilarmonlari manfaatlari
shakllanishi muhiti bo’lgan “bozor” bo’lgan. 1979-yil dekabrida Eronda
o’tkazilgan butunxalq referendumida yangi konstitutsiya ma’qullangan
bo’lib, Xumayniy ta’biriga ko’ra u “yuz foiz Islomga mos kelishi lozim”
edi. Darhaqiqat, konstitutsiyaning barcha bo’limlari orqali Eron Islom
Respublikasi tashqi va ichki siyosatining barcha yo’nalishlari og’ishmay
Islom aqidalariga muvofiq kelishi lozimligi to’g’risida fikr mavjud.
Konstitutsiya 4-moddasi “Konstitutsiyaning boshqa moddalari hamda
qonun va qarorlarga nisbatan ustuvor hisoblanuvchi” sifatida baholanib,
unga ko’ra, “barcha fuqarolik, jinoiy, moliyaviy, ma’muriy, madaniy,
harbiy, siyosiy va boshqa qonun va qarorlar Islom normalariga asoslanishi
lozim”. Shuning uchun, Eron Islom Respublikasining asosiy tashqi siyosiy
vazifasi sifatida “davlat tashqi siyosati Islom mezonlari asosida ishlab
81
chiqish, barcha musulmonlar bilan birodarona ittifoq o’rnatish va
dunyoning barcha mazlumlariga beg’araz yordam ko’rsatish” belgilab
qo’yilgan1.
Eron Konstitutsiyasi matni shak-shubhasiz, uning qabul qilinishi
davrida davlat ichki tuzilishi va jamiyat hayotining barcha jabhalarini
islomlashtirish muammolari davlat diniy rahbariyatini tashqi siyosat
muammolariga qaraganda ko’proq tashvishga solganligidan guvohlik
beradi. Bu holatga hech bo’lmaganda yangi konstitutsiyaning 177
moddasidan faqat 4 ta modda (152-155-moddalar) tashqi siyosatga
bag’ishlanganligi dalolat beradi. Shu bilan birga asosiy davlat
hokimiyatining tarmoqlari va o’sha vaqt tuzilayotgan davlat
institutlarining tashqi siyosiy vakolatlari noaniq belgilangan. Tabiiyki,
mazkur holat keyinchalik ko’plab ta’sir markazlarining tashqi siyosatga
faol aralashuviga hamda davlat oldida turgan tashqi siyosiy vazifalarni o’z
nuqtai-nazaridan talqin etilishiga sabab bo’ldi. Bugungi kunda
konstitutsiyaga ko’ra, davlat tashqi siyosatining ishlab chiqish va amalga
oshirish vakolati Prezident, Parlament va Tashqi Ishlar Vazirligiga
berilgan bo’lsa-da, bu jarayonda quyidagi sub’ektlar ham faol ishtirok
etishadi: Maqsadga muvofiqlikni aniqlash kengashi, Milliy xavfsizlik oliy
kengashi, Madaniy inqilob oliy kengashi, Islom fondlari, Islom inqilobi
posbonlari korpusi bosh rahbariyati va boshqa ba’zi nohukumat
tashkilotlar. Bu borada rossiyalik eronshunos olim N.Mamedovaning
quyidagi fikriga qo’shilish mumkin: “…Respublika hokimiyat
tuzilmalarining bizga namoyish etadigan Eron rasmiy siyosati, ayniqsa
xorijiy davlatlar bilan o’zaro munosabatlarida, o’zining Islom tuzilmalari
siymosida faoliyat ko’rsatuvchi Islom rejimining amalga oshirayotgan
xatti-harakatlari bilan muvofiq kelmasligi mumkin. Bu ziddiyatga eng
yorqin misol sifatida Eronning Islom tashkilotlariga bo’lgan, avvalo
“Xizbulloh”ga munosabatida namoyon bo’ladi. Mazkur tashkilot bilan
rasmiy aloqalar faqat siyosiy darajada amalga oshirilsa, harbiy-iqtisodiy
aloqalarning mavjudligi to’g’risida esa faqat Islom tuzilmalari bilan
bog’liq holda taxmin qilamiz”.
Eron Islom Respublikasining siyosiy hayotida tashqi siyosiy
masalalar bo’yicha shug’ullanuvchi hokimiyatning turli vakillari, jumladan
boshqaruvchi ruhoniyat orasida ham ziddiyatli pozitsiyalar ochiq-oydin
kuzatiladi. Zamonaviy eronshunoslikda Eron isteblishmentini EIR rahbari
1
3-modda, 16-band. Eron Islom Respublikasi Konstituttsiyasi. Fors tilidan Muhammadjon Qodirov
tarjimasi.
[Elektron
manba]–
Toshkent
–
2010.–
Kirish
usuli:http://tashkenT.:icro.ir/uploads/228_156_alhoda2010.pdf;
82
S.A.Xomeyniy, sobiq prezidentlar M.Ahmadinajot, X.Rafsanjoniy va
M.Xotamiylar bilan gavdalantiriluvchi konservatorlar, radikallar,
pragmatiklar va islohotchilarga bo’lish barqaror o’rnashib qoldi.
Haqiqatdan ham, bu eron liderlarining tashqi siyosiy bayonotlari birbiridan ahamiyatli ravishda farq qilib, ko’p hollarda bir-biriga zid ham
kelgan. Shunday qilib, M.Ahmadinajotning tashqi siyosat borasidagi quruq
dabdabali nutqlari M.Xotamiyning prezidentlik chog’larida ilgari surilgan
tamaddunlar muloqoti konsepsiyasiga, X.Rafsanjoniyning AQSh bilan
munosabatlarni normallashtirish masalasini umumxalq referendumiga
ko’tarib chiqishlar bilan ixtilofli jaranglar edi. Ammo bu o’zaro qaramaqarshiliklarni bo’rttirib yubormaslik, uning ustiga hozirgi rahbariyat
orasida Islom rejimiga dissidentlarni izlamaslik lozim. Nazarimda, bu
kelishmovchiliklarning mohiyati sunniylikdan farqli o’laroq, islom
ta’limotini faol sharhlash imkoniyatini beruvchi shialik ta’limotidan kelib
chiqadi, bundan tashqari, barcha shialarning obro’li odamlari esa “ijtihod”
qilishga, ya’ni o’zgaruvchi voqelikka muvofiq ravishda Qur’on va barcha
islom qonunlarini izohlash borasida rasmiy huquqqa ega. Shuning uchun
Eronning o’zida diniy liderlarning bu kabi ixtilofli mulohaza va fikrlari bu
mamlakatda mavjud urf-odatlar kontekstida qabul qilinadi va zinhor islom
rejimining yemirilishidan guvohlik bermaydi. O’z vaqtida, inqilob
yetakchisi oyatulloh R.Xumayniy mavjud muammo va uning rejimga xavfi
borasida to’xtalib o’tib, quyidagilarni yozgan edi: “yetakchi musulmon
dinshunoslarining kitoblarida davlat rejimi, madaniyat, siyosat, iqtisodiyot
va din masalalari bo’yicha ko’plab ixtiloflar mavjud. Ular hattoki yagona
fikr (ijmo) ga ega bo’lish lozim bo’lgan masalalar borasida ham mubohasa
qilishlarini ko’ramiz, eshitamiz. Ilgari bu tortishuvlar nazariy izlanishlar
doirasidan chiqmas edi…Islom inqilobi tufayli esa dinshunoslar va
mo’’tabar din odamlarining mulohazalari tele va radioko’rsatuvlarda,
gazeta sahifalarida hozirdir. Bir narsa mutlaqo aniqki, agar kimsalar yoki
guruhlar orasida qarashlar borasida farq mavjud bo’lsa, bunga, zohiran
ilohiyotga oid muammo ko’rinishida, asl zamirida esa yashiringan sof
siyosiy sabablar mavjud bo’ladi”. Shunday qilib, Eron rahbariyati
a’zolarining manfaatlari va pozitsiyalari bir-biriga to’qnash kelayotgandek
qanchalik tuyulmasin, Eron yuqori hokimiyatida Islom rejimiga qandaydir
muxolifatni izlash unumsiz ishdir.
Shu bilan birga Eronda tashqi siyosiy qarorlarni qabul qilishda
shaxsning roliga ortiqcha baho berib yuborish juda qiyin. An’analarga
ko’ra, Eronning oliy ruhoniyat vakillari “marja at-taqlid” nafaqat islom
normalarini sharhlashga, balki dindorlar – mazkur mo’’tabar hokimiyatga
83
ergashuvchilar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan fatvolarni chiqarish
huquqiga ham egadir. Islom respublikasida davlat boshqaruvining asosiy
prinsipi sifatida Viloyat al-Faqih (‫ )والية الفقيه‬prinsipini kiritgan holda,
oyatulloh Xumayniy markaziy hokimiyatni to’laligicha minba’d
ko’rsatmalari barcha eronliklar tomonidan e’tirozsiz va muhokamasiz
bajarilishi majburiy bo’lgan diniy hokimiyat qo’lida to’pladi.
Ma’lumki, Islom inqilobining g’alabasidan so’ng, Eron tashqi
siyosati jiddiy o’zgarishlarga yuz tutdi. Quyida zamonaviy bosqichda Eron
tashqi siyosatining asosiy mazmuni keltirilgan:
1. Davlat mustaqilligining saqlanishini ta’minlash va jahonning
“etakchi” davlatlariga tobelikni inkor etish;
2. Barcha musulmonlarning huquqlarini himoya qilish va butun
jahondagi mazlum xalqlarga beg’araz yordam ko’rsatish;
3. Islom inqilobini eksport qilish printsipi;
4. Falastin xalqining kurashini qo’llab-quvvatlash;
5. Tinch o’zaro mavjud bo’lish va sulhparvarlik;
Ushbu printsiplar Eron Islom Respublikasi Konstitutsiyasining
ko’pgina qismlariga kiritilgan. Eron konstitutsiyasida turmushning turli
jabhalarida – iqtisodiy, madaniy, siyosiy va harbiy hamda boshqa shu kabi
sohalarda qaramlikni inkor etishga qattiq urg’u beriladi. Shunday qilib,
Eronning asosiy qonuni rivojlangan davlatlar tomonidan Eron manfaatlari
va resurslari ustidan ta’sir o’rnatilishiga olib keladigan har qanday
usullarni qo’llashni taqiqlaydi. Misol tariqasida konstitutsiyaning 153moddasini keltirish mumkin bo’lib, unga ko’ra tabiiy va iqtisodiy
resurslar, madaniyat, armiya va davlatning boshqa hayotiy jabhalari
ustidan xorijiy hukmronlikning o’rnatilishiga olib keladigan har qanday
shartnomaning tuzilishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, Eron tashqi siyosati
konstitutsiyaning 154-moddasiga muvofiq boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik printsipini yoqlagan holda butun jahonda mazlum
xalqlarning adolatli kurashini qo’llab-quvvatlaydi. Shu o’rinda ta’kidlash
lozimki, islom rejimining tashqi siyosiy kontseptsiyalari va Eronning
amaliy tashqi siyosati so’nggi yillarda sifatli o’zgarishlarga uchramoqda.
“G’arb ham emas, Sharq ham emas, faqat Islom”, “Islom inqilobining
eksporti” kontseptsiyalari tashqi siyosatni yuritishda ochiqlik yo’lini
tutishga almashdi.
Eronning zamonaviy tashqi siyosiy doktrinasi mustaqil yo’l tutish va
mamlakatni nafaqat mintaqaviy etakchi davlatga balki jahon siyosatining
faol sub’ektiga aylantirishni nazarda tutadi. Yadro dasturi bo’yicha
kelishuvning imzolanganligidan so’ng, Eron tashqi siyosatida Yevropa
84
davlatlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish asosiy yo’nalishlardan biriga
aylanib, Shoh tuzumi davrida Eron tomoni mazkur taraf bilan faol savdoiqtisodiy hamkorlik olib borgan bo’lib, va, hatto kiritilgan sanktsiyalarga
qaramay, bu aloqalar butunlay to’xtatilmagan edi. Jumladan, Yevropa
Ittifoqining xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili
F.Mogerini “Eron bilan kelishuv – Islom davlati uchun halokat” nomli
maqolasida Yevropaliklar qadimdan Eron bilan madaniy va iqtisodiy
sohalarda hamkorlik qilish an’anasiga ega bo’lganligini, shuningdek,
EIning manfaatlari faqat biznes bilan bog’liq bo’lmay, balki xavfsizlik
sohasida siyosiy muloqot va hamkorlikni ham qamrab olishini qayd etadi.
Yadro kelishuviga erishilgandan so’ng Eron tomonidan amalga oshirilgan
birinchi qadamlardan biri Buyuk Britaniya bilan diplomatik
munosabatlarning qayta tiklash bo’ldi. Bundan ilgari, Eron uchun
Oyatulloh Ali Xomenei ifodalaganidek, Birlashgan Qirollik – “asosiy
dushman va yovuzlik manbasi” tariqasidagi tasavvur odamlar ongida
o’rnashgan edi. Ma’lumki, ko’plab eronliklar AQSh Buyuk Britaniyaning
Eronga nisbatan yuritayotgan siyosatida vosita ekanligiga ishonadilar.
Eron G’arb yo’nalishida tashqi siyosiy yo’lini hozirda Yaqin Sharq
mintaqasida yuz berayotgan voqealar rivojini hisobga olgan holda amalga
oshirmoqda. Birinchidan, Eron harbiylari ko’plab marotaba AQSh, Buyuk
Britaniya va Isroilni terroristik tashkilot hisoblangan Islom davlatini
yaratishda va uni qo’llab-quvvatlashda ayblab, ularni “guruhning
homiylari” deb atagan. Eron rahbariyatining fikriga qaraganda, ularning
maqsadi Iroq, Suriya, Liviya va keyinchalik Erondagi neft konlari ustidan
boshqaruvni egallashdir. Bundan tashqari, AQShning IShIDga nisbatan
xatti-harakatlari amerika elitasi tomonidan ilgari suriluvchi va AQShning
manfaatlari yo’lida Yaqin Sharq mintaqasining turli kuchlari o’rtasida
“kuchlar muvozanati” ni o’rnatish strategiyasi asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, so’nggi vaqtlarda Iroq Kurdistoni hukumati va AQSh
o’rtasida aloqalarning faollashuvi kuzatilmoqda. Ehtimol kurdlar
o’zlarining mustaqil davlatiga ega bo’lish borasidagi ko’p yillik orzusiga
yetishda AQShning yordamiga samimiy ishonib unga tayanadilar. Shu
vaqtning o’zida Eron, Turkiya, Suriya va Iroq davlatlari “kurd masalasi”ga
bevosita daxldor davlatlar hisoblanib AQSh Prezidenti Ronald Reyganning
“kurdlar Amerika istalgan vaqtda yondirishi mumkin bo’lgan gugurtdir”
ta’birini va uning manfaatlarini yaxshi anglaydilar. Ehtimol aynan ushbu
masala atrofidagi mushkul vaziyatni tushunib yetish Turkiya prezidenti
Rajab Erdog’anning 2015-yil aprelda Eronga tashrif buyurishiga sabab
bo’ldi. Turk prezidenti uchun mazkur tashrif oson emas edi, negaki u
85
bundan ilgariroq Eronni Yaqin Sharqda yetakchilik qilishga
intilayotganlikda ayblab, Eron harbiy qismlarini Suriya, Iroq va Yamandan
olib chiqib ketishini talab qilayotgan edi. Shunday bo’lsa ham umumiy
“kurd muammosi”ni hal etish uchun birlashish zaruratini anglash turk
tomonini Eronga tashrif buyurishiga, Eron tomonini esa Turkiya
prezidentini rozilik bilan qabul qilishida muhim omil bo’ldi.
Bundan tashqari, so’nggi paytlarda Eronning Rossiya bilan
aloqalarining faollashuvi kuzatilib, o’zaro hamkorlikning kengayishidan
har ikki tomon ham manfaatdordir. Bir tomondan, ular qo’shni davlatlar
hisoblanib, ularning hamkorligi tegishli umumiy chegara hisoblangan
Kaspiyni himoyalanishini ta’minlaydi. Boshqa tomondan esa, o’zaro
madad ularga Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Kavkazda o’zlarining
strategik pozitsiyalarini saqlashga imkon beradi. Buning isboti sifatida
2015-yil avgustida Moskvada Eron va Rossiyaning tashqi siyosiy
muassasalari rahbarlarining uchrashuvi davomida bergan bayonotlari
xizmat qilishi mumkin. Unda ikki davlatning Yaqin Sharq mintaqasida
vaziyatni barqarorlashtirishga nisbatan yondashuvlarining yaqinligi e’tirof
etilib, bu holat Iroq, Suriya va Yamandagi konfliktlarni hal qilishga
ko’maklashish
maqsadidagi
tomonlarning
urinishlarini
muvofiqlashtirishga, hamda “Islom davlati”dan tarqalayotgan terroristik
tahdid va boshqa ekstremistik guruhlarga qarshi birgalikdagi kurashni
kuchaytirishga imkon berishi ta’kidlandi. Eron-Rossiya harbiy-texnik
hamkorligi o’zaro munosabatlarda alohida ahamiyat kasb etib, so’nggi
paytlarda faol rivojlanib bormoqda. Bu hamkorlikning istiqbollari
tomonlarning faqat o’z munosabatlarini yangi sifatli darajaga ko’tarish
bilan bog’liq ichki intilishlari bilan belgilanmaydi. Yuqorida
ta’kidlanganidek, Moskva va Tehronni mustahkam harbiy-siyosiy
aloqalarga ega bo’lishga va harbiy-texnikaviy sohada hamkorlikni
rivojlantirishga undaydigan bir qator global va mintaqaviy omillar mavjud.
Ukraina krizisi sababli Moskva Tehronga zamonaviy harbiy tizimlarni
sotishda bundan buyon G’arbning va ba’zi Yaqin Sharq davlatlarining
fikr-mulohazalarini kamroq hisobga oladigan bo’ldi. Kaspiyning ikki yirik
davlati o’zaro o’xshash G’arbning bosimida qolganligi sababli, yuzaga
kelgan holat ikki davlatni yevroatlantik blok tomonidan kelayotgan
mazkur bosimni bartaraf qilish maqsadida birgalikda harakat qilishga
majbur etmoqda.
Eronning yana bir muhim hamkorlaridan biri Xitoydir. Bu ikki
davlatning o’zaro munosabatlari pragmatizmga asoslangan. Xitoy
AQShning Eronga nisbatan siyosatini amerikaliklarning o’z ustunligini
86
ta’minlash va Eronning boy uglevodorod resurslari ustidan boshqaruvni
qo’lga kiritishga ochiq-oydin intilishidir deb hisoblaydi. Xitoyning neft
importiga bog’liqligi 50 foizdan ortiq bo’lib, boz ustiga neftning 11 foiz
dan 14 foizgacha qismi Erondan tashib keltiriladi. Xitoy tomoni yadro
kelishuvi imzolanganligidan so’ng, Eron neft bozoridan Xitoy
kompaniyalarini siqib chiqarishga qodir bo’lgan hamda Xitoyning
energetika xavfsizligiga tahdid bo’lishi mumkin bo’lgan yangi jiddiy
raqobatchilar paydo bo’lganligini anglagan holda Xitoy Eron bilan
munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga qaror qildi. Xitoy rahbari Si
Tszinpin 2016-yil yanvarda Tehronga tashrif buyurdi va uchrashuv
davomida tomonlar o’rtasida turli sohalarni qamrab oluvchi 17 ta
shartnoma imzolanib, keyingi 10 yil davomida o’zaro tovar aylanmasini
600 mlrd. AQSh dollarga yetkazish maqsadi qo’yildi. Bundan tashqari,
Xitoy rahbari ikki davlat ham o’zaro manfaatli sohalarda, jumladan
energetika sohasida bir-birini qo’llab-quvvatlashni davom ettirishlarini
ta’kidladi. Shunday qilib, Eron rahbariyati Xitoyni o’zining tashqi siyosiy
strategik hamkorlari qatorida hisoblab, bu davlat eronliklarni avvalo,
nafaqat Eron iqtisodiyoti va mudofaa qobiliyatini mustahkamlanishiga
ko’mak ko’rsatuvchi, balki xalqaro maydonda Eron manfaatlarini himoya
qilishga qodir bo’lgan, o’zining Osiyodagi siyosatining muhim tarkibiy
qismi sifatida jalb etadi.
Eron - Fors ko’rfazi arab davlatlari. Umuman olganda Eron va
“oltilik” davlatlar o’rtasida yadro kelishuvining imzolanishini Fors
ko’rfazi davlatlari ijobiy qabul qilishdi deyish mumkin. Shu vaqtning
o’zida Saudiya Arabistoni AQShning Eronga nisbatan siyosiy
munosabatining o’zgarishidan tashvishlanishini namoyish etdi. 2015-yil
sentyabrda Saudiya Arabistoni qiroli AQShga tashrif buyurdi. Uchrashuv
davomida prezident B.Obama va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin
Abdul Aziz Suriya va Yamandagi vaziyat bo’yicha o’zaro fikr almashib,
hamda Tehronning mintaqadagi beqarorlik faoliyatiga qarshi choralar
ko’rishni muhokama etdilar. Siyosiy sharhlovchi, diplomatik va strategik
tadqiqotlar bo’yicha Parij markazining muxbir-a’zosi A.Mextiyev:
Saudiya Arabistoni qirolining Vashingtonga tashrifi rossiyalik
mutaxassislarning Ar-Riyod G’arbning Eron bilan “yadro kelishuvi”ni
Vashingtonning xoinligi sifatida qabul qilganligi taxminini voqelikka
to’g’ri kelmasligini ko’rsatadi. Qirol Salmon va Barak Obamaning
muhokamalari yakunlanishi bo’yicha xulosalovchi bayonotda Saudiya
Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adil al-Jubayr quyidagilarni qayd etib o’tdi:
“Amerika tomoni bizni kelishuv shartlari Eronga yadro quroliga ega
87
bo’lishga imkon bermasligini va o’rnatilgan nazorat mexanizmlari
samarali ekanligiga va’da berishdi. Shuningdek, kelishuv Eron shartlarni
bajarishdan bosh tortgan holatda tez javob sanktsiyalar qo’llashni nazarda
tutishi ham ma’lum etildi. Saudiya Arabistoni ikki oydan ortiq muddat
davomida o’z ittifoqchilari bilan olib borgan maslahatlardan so’ng, bu
va’dalardan qoniqqanligini e’lon qiladi”. Amerikalik mutaxassis,
Jeymstaun fondining Vashington tahliliy markazining rahbari G.Hovard
Vashington va Ar-Riyod o’rtasida Eron bo’yicha murosasiga quyidagicha
baho berdi: “Saudiya Arabistoni Yamanga bomba yog’dirmoqda, va AQSh
bunda Saudiya Arabistonining harbiy-havo kuchlariga homiylik qilmoqda.
Aftidan, Vashington Yamanda bo’layotgan voqealarga ko’z yumish
evaziga, saudiyaliklarning Eronning G’arb bilan kelishuvini so’zsiz
qo’llab-quvvatlashiga erishadi”.
Eronning O’mon, Qatar, Bahrayn bilan aloqalari ko’proq
muvaffaqiyatliroq kechmoqda. Savdo aylanmasi oshmoqda, manfaatli
savdo va iqtisodiy shartnomalar imzolanmoqda, turistlar qatnovi ortib
bormoqda. Eron ishchilarining katta qismi shu davlatlarda joylashgan. Bu
davlatlarning hukumatlari Eron bilan munosabatlarni kengaytirish va uni
arab hamjamiyatiga qo’shishni yoqlaydilar. Shunga qaramay, yaqin
davrgacha faol ravishda “eron inqilobi”ni arab davlatlarga eksport qilishni
yoqlab kelgan Eronning tashqi siyosati borasida arablarda muayyan
xavfsirash mavjud. Fors ko’rfazining aksar davlatlari Saudiya
Arabistonining ta’siri ostida bo’lganligi sababli bu mintaqa davlatlarida
Eron bilan begonalarcha munosabatlar saqlanib qolmoqda.
Arab dunyosida Suriya va Livan davlatlari Eronning asosiy
ittifoqdoshlari sifatida qolishda davom etmoqdalar. Suriya davlati butun
Eron-Iroq urushi davomida Eronni qo’llab kelgan yagona davlat edi.
Suriya uchun Eron ko’rsatayotgan moliyaviy yordam, va uning Livandagi
pozitsiyalarini himoyalash bo’yicha iqtisodiy va harbiy yordami muhimdir.
Eronning - Markaziy Osiyo va Kavkaz respublikalari bilan
munosabatlari. Markaziy Osiyo mintaqasi Eron tashqi siyosatining muhim
yo’nalishlaridan biri bo’lib qolishni davom etmoqda. Amalda bo’lgan
sanksiyalarga qaramay, Eron so’nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari
bilan aloqalarini mustahkamlashga muvaffaq bo’ldi.
Jumladan, Eron va Qozog’iston ko’p marotaba do’stona va yaxshi
qo’shnichilik munosabatlarini rivojlantirishdan manfaatdorligi va
o’zlarining siyosiy intilishlarini tasdiqlagan edilar. Tomonlar mintaqaviy
va xalqaro tashkilotlar doirasida birgalikda yaqindan harakat qilishadi. Ikki
davlat o’rtasida har yili tovar aylanmasining o’sishi kuzatiladi (2012-yilda
88
678,9 mln. AQSh dollari, 2013-yilda 620,5 mln. AQSh dollari, 2014-yilda
987,1 mln. AQSh dollari). Shu vaqtning o’zida Qozog’iston bu
munosabatlar o’zining Vashington, YEI va Turkiya bilan muloqotiga ta’sir
etishini hisobga olgan holda Eronga nisbatan muvozanatli siyosat yuritadi.
Aynan shuning uchun Ostona ShHTga a’zo bo’lish reglamentini
o’zgartirishning tashabbuskori bo’lib chiqdi va uning natijasida xalqaro
sanksiyalar ostida bo’lgan davlatlar tashkilot a’zoligiga kira olmasligi
to’g’risida band kiritildi. Ko’pgina mutaxassislar bu taklifni Tehronni
ShHTning to’liq a’zoligiga kirishi uchun yo’lini yopib turuvchi ko’tarma
g’ovga aylanganligini ta’kidlashdi. Shu tariqa Qozog’iston G’arbning
mintaqada “Eronni tiyib turish” siyosatini yoqlashini namoyish etib,
ehtiyotkorlik va sabot bilan bu masalada AQSh va YEI manfaatlarining
vositachisi bo’lib chiqmoqda.
Eron va Tojikiston, shubhasiz, mushtarak tarixiy-madaniy qadriyatlar
va savdo-iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni hisobga olgan holda o’zaro
yaqinlashishdan manfaatdordirlar. Tehron Tojikistonni forszabon
dunyoning bir qismi sifatida qabul qilganligi bois bu munosabatlarga
alohida ahamiyat beradi. Eron Dushanbe bilan barcha sohalarda, jumladan,
iqtisodiy sohada munosabatlarni kengaytirishga intiladi. Tojikistonda 150
dan ortiq Eron firmalari faoliyat ko’rsatadi, 2014-yil yakuniga ko’ra esa
ikki davlat o’rtasida savdo aylanmasi 228 mln. AQSh dollarini tashkil etib,
bu Tojikiston savdo aylanmasi umumiy hajmining 4,3 foizini tashkil etadi.
Eron Tojikistonga fuqarolik urushidan so’ng davlatni tiklashda yordam
ko’rsatdi. Bundan tashqari, Eron tomoni 2008-yilda Forszabon ittifoqining
iqtisodiy kengashini tuzish to’g’risidagi imzolangan kelishuv asosida
Eron-Tojikiston-Afg’oniston ittifoqini rivojlantirish bo’yicha ishlar olib
bormoqda. Shu bilan birga Rossiya va AQShning avj olib borayotgan
faoliyati va ta’siri sababli, ham Tojikiston ham Afg’oniston bu davlatlarga
bog’liqlik asosida siyosat yuritadilar. Bu vaziyat “uchlar ittifoqi”
faoliyatini faol bosqichga o’tishiga yo’l qo’ymaydigan omil hisoblanadi.
Eron va Turkmaniston munosabatlarini haqli ravishda eng faol deb
atash mumkin. Bu ko’p jihatdan ikki davlatni umumiy chegaralar
birlashtirishi, ko’p asrli tarixiy va konfessional yaqinligi bilan bog’liq.
Eron shimolida e’tiborli darajada turkman millatiga mansub ko’p
aholisining joylashganligi mustahkam yaxshi qo’shnichilik poydevori
sifatida xizmat qiladi. Ikki davlatning munosabatlari o’zaro manfaatlar
asosida ham barpo etilgan. Tovar aylanmasi 1992-yildagi 52 ming
dollardan 2014-yildagi 3,7 mlrd. AQSh dollariga yetdi. Turkmanistonda
Eron ko’magida yuzlab sanoat ob’ektlari amalga oshirilgan yoki amalga
89
oshirish bosqichida bo’lib, ular milliy iqtisodiyot uchun muhim ustuvor
ahamiyat kasb etadi.
2015-yil Qirg’iziston Respublikasi prezidenti O.Atambaevning shu
yil sentabrda Eronga tashrifi, hamda Eron prezidenti H.Ruhoniyning 2016yil dekabrda Bishkekka uyushtirgan javob tashrifi ikki davlat o’rtasidagi
munosabatlarning do’stona ekanligini tasdiqladi. Bundan ilgariroq, dekabr
oyining boshida Eron elchisi Ali Mujtob Ruzbahoniy Qirg’iziston sanoat,
energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish qo’mitasi raisi
Duyshanbek Ziloliyev bilan uchrashuv davomida ikki tomonlama
munosabatlar yetarlicha rivojlanmaganligini va o’zaro savdo aylanmasi
bor yo’g’i 30 mln. dollarni tashkil etishini ta’kidlab o’tdi. Qirg’iziston
prezidentining Tehronga tashrifi davomida eronlik hamkasbi e’tiborli
bayonot berdi: “Bugungi kunda Qirg’iziston mustaqil siyosat yuritish
yo’lidan bormoqda. Biz sizlar amerikaliklarning Manasdagi aviabazasini
yopganligingizni guvohi bo’ldik. Bu holat bugungi kunda xalqaro va
mintaqaviy masalalarda pozitsiyalarimiz va g’oyalarimiz yaqinligidan
dalolat beradi. Va bizlar bu jabhada o’z munosabatlarimizni
rivojlantirishimiz mumkin. Shuningdek, bizlar zo’ravonlik va terrorizmga
qarshi kurash sohalarida yaqindan hamkorlik qilishimiz lozim”. Bundan
tashqari, tomonlar savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa
sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo’lidan borishda
davom ettirishlarini izhor etdilar.
Ma’lumki, O’zbekiston 1990-yillarda Eronga nisbatan sanksiyalar
joriy etilishini yoqlab chiqqan edi. Keyinchalik Muhammad Hotamiy
prezidentlikka kelganidan so’ng munosabatlarda tiklanish kuzatildi. Oxirgi
yillarda O’zbekiston va Eron o’rtasida iqtisodiy aloqalar ancha yaxshi
rivojlanib bormoqda. Ushbu munosabatlar mahsuliga e’tibor qaratsak, u
holda 2014-yil natijalariga ko’ra, o’zaro tovar ayirboshlash ko’rsatkichlari
374,9 mln. AQSh dollari, shu jumladan eksport – 317,8 mln. AQSh
dollari, import – 57 mln. AQSh dollarini tashklil etganini ko’rishimiz
mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston va Eron munosabatlarining
shartnoma-huquqiy asosini 59 dan ortiq imzolangan hujjatlar tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o’rtasida savdoiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo qo’shma
komissiya tashkil etilgan bo’lib, 2015-yilning iyun oyida Toshkent
shahrida uning 11-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Hozirgi kunda O’zbekistonda
Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 116 dan ortiq korxona faoliyat
ko’rsatmoqda. Shulardan 19 tasi to’liq Eron sarmoyasi asosida ish olib
bormoqda. O’zbekiston va Eron munosabatlarida transport va transport
90
kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlik muhim o’rin tutadi.
Mamlakatimiz o’z mahsulotlarini Eronning Bandar-Abbos va Chobahor
portlari orqali Hind okeaniga chiqaradi. Eron esa O’zbekiston hududi
orqali Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlariga tovar yetkazib beradi.
2017-yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligida O’zbekiston-Eron vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining
beshinchi raundi bo’lib o’tdi. Unda Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar
vaziri o’rinbosari Ibrohim Rahimpur rahbarligidagi delegatsiya ishtirok
etdi. Uchrashuvda iqtisodiyot, savdo, transport va tranzit kabi sohalardagi
aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O’zbekiston –
Turkmaniston – Eron – O’mon mintaqalararo transport koridorini ishga
tushirish o’zaro hamkorlik rivojida alohida ahamiyat kasb etishi qayd
etildi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari Eron Janubiy Kavkaz
davlatlari – Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya davlatlari bilan yaqin
munosabatlarga ega. Bugungi kunda Eron-Ozarbayjon munosabatlari
yuqori darajada sanaladi. Ikkala davlat ham xalqaro tashkilotlar doirasida
chambarchas hamkorlik qiladi. Rasmiy darajada ikki davlatning
munosabatlari “birodarona” deb ataladi. Eron yadro dasturi bo’yicha
kelishuvga erishilgandan so’ng ozar tomoni Eron bilan munosabatlarni
faollashtirib, neft-gaz sohasida bir qator takliflar bilan chiqdi. Gruziya
bilan munosabatlarga Eron o’zining siyosiy rejalarini amalga oshirish,
shuningdek, o’zining geostrategik va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish
mumkin bo’lgan mamlakat sifatida jiddiy ahamiyat beradi. 2015-yil
iyulida Eron Ozarbayjon va Gruziya fuqarolariga viza tartibini bekor
qilgan bo’lib, bu Eronning mazkur davlatlar bilan ikkitomonlama
yaqinlashuviga intilishidan guvohlik beradi. Eron va Armaniston o’rtasida
munosabatlar deyarli ittifoqchilik darajasidadir. Doimiy ravishda oliy
darajadagi tashriflar amalga oshirilar, madaniy aloqalar rivojlanar va shu
bilan birga ikki qo’shni mamlakat o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning
darajasi uncha katta emasdir.
Shunday qilib, “oltilik” xalqaro vositachi davlatlarning Eron tomoni
bilan yadro dasturi bo’yicha bitimga kelishi Eronga nafaqat mintaqada
balki jahonda o’z mavqeini mustahkamlashga imkon bergan bo’lsa-da,
ba’zi davlatlarning hanuz yetarlicha ishonchiga sazovor bo’lishga
muvaffaq bo’lmadi. Bu ko’p jihatdan Eron to’g’risida shakllangan salbiy
tasavvurlar bilan bog’liqdir. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, islom
rejimining tashqi siyosiy konsepsiyalari va Eronning amaliy tashqi siyosati
so’nggi yillarda sifatli o’zgarishlarga uchramoqda. “G’arb ham emas,
91
Sharq ham emas, balki Islom”, “Islom inqilobining eksporti”
konsepsiyalari tashqi siyosatni yuritishda ochiqlik yo’lini tutishga
almashmoqda. Hozirgi davrda Eronning Yaqin Sharq mintaqasidagi tashqi
siyosatida Islom davlatining Yaqin Sharqdagi faoliyati va kurd omili
muhim ahamiyat kasb etadi. Eron tomoni mazkur ikki omillarni AQSh va
Buyuk Britaniya mintaqada o’zlarining manfaatlariga erishish maqsadida
o’ziga nisbatan bosim o’tkazishda foydalanishi mumkin deb hisoblaydi.
Yadro kelishuvi imzolanganidan so’ng, Yevropa davlatlari bilan aloqalarni
yaxshilash va qo’shni mamlakatlar (Ozarbayjon, Afg’oniston, Iroq,
Turkiya, Pokiston, Turkmaniston) bilan munosabatlarni yanada
mustahkamlash Eron tashqi siyosatida muhim yo’nalishlaridan biri
hisoblanadi. Shuningdek, Eron tashqi siyosiy yo’lida Xitoy va Rossiya
alohida muhim ahamiyat kasb etib, bu davlatlar bilan munosabatlar borgan
sari strategik xarakterni kasb etmoqda. Eron tomonining ba’zi Yaqin Sharq
davlatlari (Falastin, Yaman, Suriya, Bahrayn), Markaziy Osiyo hamda
Kavkaz davlatlariga nisbatan pozitsiyasi ilgarigidek, o’zgarishsiz qolishda
davom etib, bu mintaqa davlatlarida o’z ta’sirini mustahkamlash
maqsadida yaxshi va puxta rejalashtirilgan siyosiy muloqotdan vosita
sifatida foydalanadi.
Hozirgi davrda Eron – Turkiya munosabatlari. O’z mintaqasining
yirik davlatlari sifatida Turkiya va Eron ko’pgina sohalarda samarali
hamkorlik qilish uchun ulkan imkoniyatlarga egadir. Ammo, ichki siyosiy
tuzum hamda tashqi siyosatda tutilgan yo’llardagi tafovutlar bilan bir
qatorda, mintaqaviy ta’sirga ega bo’lish borasida o’zaro raqobat EronTurkiya munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga EronTurkiya munosabatlari rivojiga Suriyadagi holat hamda kurd masalasi
jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda.
2002-yilda Turkiyada hokimiyatga “Adolat va taraqqiyot”
partiyasining kelishi ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarga yangicha
ma’no kasb etgan edi. Eronga Turkiyaning islomiy partiyasi ma’qul keladi,
qolaversa ikki davlat uchun umumiy bo’lgan xavfsizlikka tahdid va
xatarlarning yuzaga kelishi munosabatlarning yaxshilanishiga yordam
berdi. 2003-yil yanvarida Vashingtonning Bag’dodga qarshi qaratilgan
harbiy aksiyasiga tayyorgarlik avjiga chiqqan paytida Anqara mintaqada
Iroq muammosini siyosiy vositalar bilan hal qilishga qaratilgan
diplomatiyani faol amalga oshirishni boshlab yubordi. Bu diplomatiya
muhitiga Suriya, Iordaniya, Misr, Saudiya Arabistoni, Iroq, hamda Eron
kirar edi. Iroq muammosini birgalikda hal qilishga qaratilgan tashqi ishlar
vazirlari darajasida bir qator uchrashuvlar tashkil etildi. Vashington Iroq
92
qo’shinlarining bu formatdagi aloqalariga yetarli darajada ahamiyat
bermadi, u yerda esa eng faol o’q Anqara-Tehron bo’lgan bo’lib, keyingi
ikki yil davomida Anqara-Tehron-Damashq uchburchagiga aylandi. Eron
va Turkiyaning xavfsizlik masalalari bo’yicha hamkorligi asta-sekin
kuchayib borar edi. 2004-yil iyulda Turkiya Bosh vazirining Tehronga
qilgan safarida ikki tomon hamkorlik to’g’risida kelishuvni imzolab, unda
Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) ga terroristik tashkilot sifatida ta’rif
beriladi. Shu davrdan boshlab ikki davlat chegaralarni himoyalash
borasida hamkorlikni boshlashdi.
Turkiya-Eron muloqoti garchi bir qator muammolarga ega bo’lgan
bo’lsa ham, ammo o’sib borayotgan ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy
aloqalar va energetika sohasidagi hamkorligi bilan ham mustahkamlanib
borar edi. 2007-yilda ikki davlat o’rtasida savdo hajmi 4,5 mlrd. AQSh
dollarini tashkil etdi. 2007-yilda Eronda 40 dan ortiq turk firmalari faoliyat
olib borgan bo’lib, shu bilan birga turk investorlari uchun Eron bozorining
jozibadorligi oshib borishni davom etar edi. Eron Turkiyaga tabiiy gaz
yetkazib berish bo’yicha Rossiyadan so’ng ikkinchi o’rinda turadi.
Ikkitomonlama aloqalardagi keyingi qadam 2007-yilda Eron va
turkman gazini Yevropaga Eron va Turkiya hududi orqali o’tkazish
masalasiga bag’ishlangan “Maqsadlar to’g’risida memorandum” ning
imzolanishi bo’ldi. Tomonlar tabiiy gazni tashish bo’yicha turk-eron
korxonasini tuzishga kelishib olishdi.
2009-yil Eron-Turkiya munosabatlari uchun yanada sermazmum
bo’lib, u ikki davlat munosabatlari chuqurlashuvi nuqtai-nazaridan muhim
davrga aylandi. 2009-yil yanvarda Turkiya Bosh vaziri T.Erdog’an
Bryusselda agar Eron “Nabukko” gaz quvuri loyihasida ishtirok etmasa u
haqida gapirishning o’zi behuda deb fikr bildirdi.
Eron Isroil yuritayotgan siyosatga qat’iy qarshi va hatto bu
davlatning mavjudligi uni qoniqtirmaydi. Turkiya esa ham Falastin ham
Isroil bilan munosabatlarni yuritib, xalqaro huquqqa muvofiq holda
mo’’tadil siyosat olib borishga harakat qiladi. Turkiya va Eron
davlatlarining Falastin muammosiga yondashuvidagi bo’linish bu ikki
davlatning AQShga bo’lgan turlicha munosabati bilan izohlanadi. Erondan
farqli ravishda, Turkiya AQSh bilan yaqin munosabatda bo’lib, tez-tez
AQSh va mintaqa davlatlari, jumladan AQSh va Eron o’rtasidagi
munosabatlarda rasmiy va norasmiy vositachi vazifasini bajaradi.
Eron-Turkiya munosabatlari nafaqat G’arbda balki Yaqin Sharqda
ham kuzatib boriladi va tahlil etiladi. Bunga misol sifatida 2010-yilda
Misrning nufuzli haftalik “Al-Ahrom” jurnalining mulohazasini keltirish
93
mumkin. Unda jumladan bunday deyiladi: “Arab dunyosi Turkiyaning
o’sib borayotgan mintaqaviy ta’siriga guvoh bo’lmoqda. U AQSh va
Isroilning strategik hamkoridan nisbatan mustaqilroq siyosiy platformaga
siljidi. Muvaffaqiyatli arab raqobatining yo’qligi tufayli Turkiya va Eron
Yaqin Sharq kelajagiga tadrijiy va har tomonlama nazar solish asosida
shakllantirish tashabbusini o’z zimmalariga oldilar. Ushbu kelajakni
ko’rish ikki davlatning nuqtai-nazarlari tafovuti darajasida bir-biridan farq
qiladi”. 2010-yilda Turkiya-Eron munosabatlarida Eron yadro dasturi
muhim masala sifatida qolishni davom etib, bu borada Turkiya butun davr
mobaynida o’zgarmas fikriga asosan yo’l tutishni davom etdi. Turk
pozitsiyasi asosida kuch ishlatish imkoniyatini rad etgan holda oliy turk
rahbariyati tomonidan doimo yoqlab kelingan muammoni diplomatik yo’l
bilan hal etish printsipi yotar edi. 2010-yilda Tehronda Eron, Turkiya va
Braziliya TIV rahbarlari tomonidan uch yoqlama shartnomaning
imzolanishi Eron muammosini hal etishga qaratilgan muhim urinish
bo’ldi. Shartnoma Turkiya hududida kam boyitilgan Eron uranini yuqori
boyitilganiga almashtirishni nazarda tutar edi. Turkiyaga saqlash uchun
1200 kg kam boyitilgan (3,5 foizgacha) uranni topshirish va Eron
tomonidan yiliga Tehron tadqiqotlar reaktori uchun zarur bo’lgan 120 kg.
yuqori boyitilgan (20 foizgacha) uranni qabul qilishga kelishib olingan edi.
Ammo haqiqiy voqealar rivoji Tehron uch yoqlama shartnomasi asosan
muammoni hal etish borasida siljish yuz bermaganligini va faqat ikki
natijaga olib kelganini namoyish etdi. Shartnoma Eronga yangi
sanktsiyalarni qo’llash muhokama etilayotgan davrda paydo bo’lgani
sababli Eron birmuncha vaqtdan yutdi, Turkiya esa keskin global
muammoni hal etishda o’zining tinchlikparvar imidjini mustahkamlab oldi.
Turkiya BMT XKda o’zining vaqtinchalik a’zoligidan foydalangan holda
2010-yil iyunda Eronga xalqaro sanksiyalarni kiritishga qarshi ovoz berdi.
Garchi bu ovoz hech narsani hal qilmagan bo’lsa-da, u Tehron bilan
munosabatlarni mustahkamlash yo’lida ijobiy rol o’ynadi.
2011-yilda boshlangan “arab bahori” voqealari Yaqin Sharq statuskvosida jiddiy o’zgarishlarga olib keldi hamda Turkiya va Eron o’rtasida
raqobat ob’ektiga aylandi. Eron “arab bahori”ning dastlabki oylarida xalq
ommasi chiqishlarini “islomiy uyg’onish” deb baholadi va yuz berayotgan
voqealarni qo’llab-quvvatladi. Ammo g’alayonlar Suriyada boshlanganda,
Eron rahbariyati butunlay qarama-qarshi pozitsiyani namoyish etdi, negaki
Eronni qo’llab-quvvatlovchi Suriyadagi mavjud siyosiy rejimning
o’zgarishi Tehron geosiyosiy manfaatlariga putur yetkazishi mumkin edi.
Islom inqilobining ma’naviy lideri oyatulloh A.Xomenei “arab bahori
94
AQSh, Isroil va arab davlatlari tomonidan tashkil etilgan va ularning
manfaatlariga xizmat qiladi, shuning uchun Eron Suriya tomonda bo’ladi”
deb fikr bildirdi. O’zining strategik hamkorini saqlab qolish maqsadida
Eron Suriyaga yordam ko’rsatishni boshladi. Turkiya esa Suriya
rahbariyatini tanqid qilishdan boshlab, Damashqdagi rejimning
o’zgarishiga umid bog’lagan holda hukumatga qarshi kuchlarni qo’llabquvvatladi.
2013-yil avgustda Eronda yangi prezident Hasan Ruhoniyning
hokimiyatga kelishidan so’ng turk-eron munosabatlari va ikki tomonlama
hamkorlikda ma’lum iliqlik yuz bergani kuzatildi. 2014-yanvarda Eronga
Turkiya Bosh vaziri T.Erdog’anning tashrifini “turk-eron munosabatlarida
so’nggi ikki yil davomida kuzatilgan keskinlikni yengib o’tish uchun qulay
imkoniyat sifatida baholash mumkin”. Tashrif davomida 10 yildan ortiq
davr mobaynida muzokaralari olib borilgan savdo hamkorligi to’g’risida
turk-eron savdo shartnomasi imzolandi. Kelishuv Turkiyaga Erondan
import qilinadigan qishloq xo’jalik mahsulotlariga, va Eronga Turkiyadan
import qilinadigan sanoat tovarlari savdosida imtiyozlar berib, bu sohada
zarur bo’lgan tartibga solish mexanizmini nazarda tutadi. Erdog’an Eronni
o’zining ikkinchi uyi deb atab 2015-yilga qadar davlatlar o’rtasida tovar
aylanmasi 30 mlrd. AQSh dollariga yetishiga umid bog’lashini ma’lum
qildi. 2014-yil iyunida prezident Ruhoniy katta delegatsiya bilan Anqaraga
tashrif buyurdi va bu voqea Eron davlat rahbarining so’nggi 18 yil ichidagi
birinchi tashrifga aylandi. Muzokaralar davlatlar aloqalarni rivojlantirishni
mo’ljallayotganini namoyish etdi. Shu bilan bir qatorda ular mintaqada yuz
berayotgan geosiyosiy jarayonlarga turlicha munosabatda edilar.
Muzokaralar natijasida tomonlar strategik hamkorlikning oliy darajadagi
mexanizmini yaratishga kelishib olishdi. Jami 10 ta shartnoma imzolanib
asosan, iqtisodiyot, energetika, turizm va ekologiya sohalarini qamrab olar
edi. Shunday qilib, o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, Turkiya va Eron iqtisod
va energetika sohalarida hamkorlikning kengayishidan o’zaro
manfaatdordirlar. Eron esa G’arb kiritgan sanktsiyalar ziyonini shu tariqa
to’ldirishga intiladi.
Ikkala davlat uchun ham separatizm va terrorizm dolzarb muammo
hisoblanadi. Anqarada bu masalada hamkorlik qilish bo’yicha kelishuvga
erishildi va terrorizmning barcha shakllari bilan kurashda birgalikda
harakat qilish zaruriyati qayd etilgan edi. Harvard universiteti olimi, Eron
tashqi siyosati bo’yicha mutaxassisi va kelib chiqishiga ko’ra eron
millatiga mansub doktor Majid Rafizoda Eron tashqi siyosatida
Turkiyaning o’rnini quyidagicha baholaydi. “Mintaqada geosiyosat va
95
kuchlar muvozanati masalasi ko’tarilgan paytlarda Eron etakchilari Fors
ko’rfazining arab davlatlarini ittifoqdosh emas, balki ko’proq o’zining
raqibi deb bilishadi. Va bu holat Eron etakchilarini Turkiyani mintaqadagi
asosiy va muhim strategik, geosiyosiy va iqtisodiy ittifoqchi sifatida qabul
qilishga majbur etuvchi asosiy sabablardan biridir”. Amerikalik
tadqiqotchi eronlik liderlar Turkiya bilan savdo qilish orqali AQSh va
xalqaro sanksiyalarning ta’sirini kamaytirishga muvaffaq bo’lganini ham
qayd etadi. 2015-yil 2-aprelda Lozannada Eronning yadro dasturi bo’yicha
muzokaralar yakunlandi. “Milliyet” nomli turk gazetasi ilgari Eron
o’zining yadroviy majburiyatlari haqida ochiq gapirishni xohlamaganligini
qayd qiladi. Bu safar esa Erondagi barcha yadroviy qurilmalar qat’iy va
doimiy xalqaro nazorat ostida bo’lishi haqida gap bormoqda. Ammo
Eronga va imzolangan shartnomaga ishonchsizlik bildirishni davom
etayotganlar ham bor. Birinchi navbatda, Isroil, Saudiya Arabistoni va
Fors ko’rfazi davlatlari shartnomaga “sovuq” nazar tashlamoqdalar. Bu
kabi ishonchsizlik va shubhalar AQSh kongressida ham mavjud. Eron
yadro dasturi bo’yicha kelishuvga erishish Yamanda urush boshlanishining
sabablaridan biri bo’ldi deb ta’kidlash mumkin.
Venada 2015-yil iyulda Eron va “oltilik” o’rtasida yadro dasturi
bo’yicha kelishuvning imzolanishi butun jahonda, jumladan Turkiyada
ham mamnuniyat hissini yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Va birinchi
navbatda, kelishuv Turkiyaning ishbilarmonlar doiralarida katta umid va
rejalarni tug’dirdi. Turk-Eron savdo-sotiq kengashining raisi R.Eser
sanktsiyalarni olib tashlash ikki yil ichida tovar aylanmasini 30 mlrd.
AQSh dollarigacha ko’tarish imkonini berishini ma’lum qildi. Yaqin Sharq
strategik tadqiqotlar markazi mutaxassisi A.Keskinning fikricha, “Turkiya
va Eron Yaqin Sharqda qarama-qarshi geosiyosiy kurash holatidadir. Va
bu kurash butun Yaqin Sharqni, jumladan, Suriya, Iroq va Yamanni ham
o’z ichiga oladi. Eron Turkiyaning diplomatik va siyosiy tashabbuslarini
o’ziga nisbatan qarshi qaratilgan faoliyat deb baholaydi va shu sababdan
mintaqada turk ta’sirini va imkoniyatlarini cheklashga harakat qiladi.
“Arab bahori” esa ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda keskin o’zgarish
yasagan nuqta bo’lib, ularni bir-biriga zid qo’ydi.
Anqara va Tehron Yaqin Sharqni yangidan shakllantirishda yetakchi
rolni qo’lga kiritish maqsadida Suriyadagi vaziyatni hal etish borasida
xalqaro tashabbuslarni ishlab chiqishda faol ishtirok eta boshladilar. Agar
Turkiyada “Suriya do’stlari guruhi”ning qurultoylari bo’lib o’tgan bo’lsa,
Eron 2013-yil mayida 40 dan ortiq davlat ishtirokida Suriya bo’yicha
xalqaro konferensiyani o’tkazdi. Tehron konferensiyasiga Turkiya,
96
shuningdek, Prezident Bashar Asadning Yaqin Sharqdagi yana boshqa ikki
dushmani - Saudiya Arabistoni va Qatar taklif etilmadi. Turkiya Damashq
bilan urush olib borayotgan Erkin suriya armiyasiga o’z hududida bazalar
tuzishga ruxsat etib, front ortida esa razvedka ma’lumotlarini yetkazish
orqali ularga ko’maklashdi. O’sha vaqtning o’zida Eron qurolli
kuchlarining otryadlari hukumat kuchlari tomonda Suriyadagi qurolli
to’qnashuvlarda ishtirok etishar edi. Tehron Iroqdan tranzit hudud sifatida
foydalanib Damashqqa qurol-yarog’ va texnika yetkazib berish bilan
yordam ko’rsatdi.
Shunday qilib, Eron va Turkiya Suriya muammosi bo’yicha o’z
pozitsiyalarida umumiy bo’lgan jihatlarni topish va belgilashga urinib
ko’rdilar va bu holat tomonlarning o’zaro mintaqaviy ziddiyatlarini
“tamadduniy izda” saqlab qolishga va Suriyadagi krizis holatining Turkiya
va Eron o’rtasidagi ikkitomonlama munosabatlariga salbiy ta’sir etishini
oldini olishga intilishlaridan guvohlik beradi.
Aytish mumkinki, Suriya krizisida Turkiya va Eron kurashayotgan
boshqa-boshqa tomonlarni qo’llab-quvvatlashda davom etishlari shakshubhasiz bo’lib, ular muammoni hal etishda o’zlarining mintaqaviy
manfaatlarini eng ko’p darajada amalga oshirishga imkon beruvchi
natijaga intiladilar. Shu sababdan, Suriyadagi vaziyat Anqara va
Tehronning Yaqin Sharqdagi mintaqaviy raqobati rivojining harakati va
o’zgarishini belgilovchi omil sifatida eron-turk munosabatlarida o’z
ahamiyatini saqlab qoladi.
Ma’lumki, Eronning yadro quroli uchun xomashyo hisoblangan uran
qazib olish va uni boyitishni tiklashini ma’lum qilgani AQSh va Eron
munosabatlarini yomonlashtirdi. Bundan tashqari, 2019 yilning may oyida
Fors ko’rfazining BAA hududiy suvlarida turgan 4ta tanker noma’lum
tomonning hujumiga uchradi. Bu voqealardan bir necha kun avval AQSh
Eronning savdo kemalariga hujum qilishidan ogohlantirgandi. Bu voqealar
AQSh Eron bilan yadro kelishuvidan chiqishi ortidan sodir bo’ldi.
Iroqlik harbiylar 2019 yilning 19 may kuni ko’rfaz tomondan Iroq
hududiga raketalar uchib kelganini ma’lum qilishdi. Raketalar
Bag’doddagi AQSh elchixonasi yonidagi bo’sh erga borib tushgan. Bu
raketalar nima maqsadda otilganini tushunish qiyin emas.
Eron ayni damda juda qiyin iqtisodiy holatga tushib qolgan.
Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning aytishicha, bugun Eron 1980yillardagi Iroq bilan urushdagidan ham yomonroq holatda.
97
«Urush vaqtida bizda hozirgi kabi neftni sotish, eksport yoki import
uchun muammo yo’q edi. Faqat qurol-yaroq sotib olishda qiynalganmiz,
xolos», deydi Ruhoniy hozirgi holat yomonroq ekaniga ishora qilib.
O’tgan yili Donald Tramp ikki mamlakat o’rtasidagi kelishuvdan bir
tomonlama chiqib ketganidan so’ng Eronga nisbatan sanktsiyalar
ko’paydi. Sanktsiyalarning eng asosiysi Eron neftiga qaratilgan va bu
xomashyo savdosi mamlakat iqtisodiyotining katta qismini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, AQShning yirik korxonalariga Eron bilan to’g’ridanto’g’ri aloqa qilish taqiqlangan. Dunyoning boshqa davlatlaridagi AQSh
bilan aloqasi yaxshi bo’lgan yirik korxonalar ham o’z-o’zidan Eron bilan
savdo aloqalaridan voz kechgan.
Xalqaro valyuta fondi Eronning 2019 yilgi YaIMi 6 foizga tushishini
prognoz qilgan. Biroq bu ko’rsatkich sanktsiyalar keskinlashishidan avval
qayd etilgan va yangi ko’rsatkichlar ancha past bo’lishi taxmin
qilinmoqda. Chunki, yaqinda sanktsiyalardagi istisnolar ham olib
tashlandi. Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Turkiya kabi
ishlab chiqarishi Eron neftiga bog’liq bo’lgan davlatlar sanktsiyalardagi
«istisno» bandiga ko’ra Erondan neft olishi mumkin edi. Ammo Eron endi
bu davlatlarga ham «qora oltin» sota olmaydi.
AQShning yana ikki harakati Eron siyosatchilari, xususan
oyatullohning «asabini qitiqladi». Davlat departamenti Eron islom inqilobi
soqchilarini, ya’ni mamlakatning eng qudratli qo’shinlarini terroristik
tashkilotlar ro’yxatiga kiritdi. O’zining asosiy armiya qo’shinlariga
nisbatan bu munosabatni Eron tomoni turgan gapki haqorat deb qabul
qildi. Bundan tashqari, Eron AQShning Hurmuz bo’g’ozini yopib
qo’yishga urinayotganidan darg’azab bo’lmoqda. Axir bu neft savdosi
uchun mintaqadagi eng katta yo’lak hisoblanadi. Butun dunyodagi neft
xomashyosining naq 20 foizi aynan mana shu bo’g’oz orqali o’tadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Eronga qarshi urush qanday
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yozdi.
«Eron biz bilan urushmoqchi bo’lsa, bu ular uchun yakun bo’ladi.
AQShga tahdid qilish yaxshilikka olib kelmaydi», dedi Tramp urush
bo’lsa, AQSh Eronni kunpayakun qilajagiga ishora qilib.
Bu ikki davlat bir-birini har xil chiqishlar orqali qo’rqitishni xush
ko’rishadi.
AQSh Eronning terrorizmga homiylik qilayotgani va bu davlatdagi
yadro quroli insoniyat uchun xavfli ekanini aytib, turli sanktsiyalar qo’llab
kelsa, forslar AQShning agressorligini iddao qilishadi. Boshqa frontlarda
98
davom etayotgan urush qurolli to’qnashuvga aylanishini kutish
mumkinmi? Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
Tramp Eronning yadro quroli ishlab chiqarishiga yo’l qo’ymasligini
aytdi. Shu bilan birga, AQSh etakchisi Eron bilan urush holati yuzaga
kelishi mumkinligini istisno qildi.
«Men urush kovlaydiganlardan emasman. Urush bo’lishi
xohlamayman, chunki u iqtisodga katta zarar keltiradi. Bundan tashqari,
urushda odamlar o’ladi va bu eng yomoni», dedi Tramp Fox News
kanaliga intervyu berar ekan.
Ammo uning harakatlari vaziyatni yumshatishga xizmat
qilmayotgani ham bor gap. Masalan, AQSh Fors ko’rfazidagi harbiy
kemalar sonini oshirgani yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi aniq.
Shu o’rinda Eron ham urushni xohlamaydi. Mamlakat tashqi ishlar
vaziri bu borada Eronning pozitsiyasini kiborlik bilan e’lon qilingan
bayonotida ma’lum qildi: «Urush bo’lmaydi, chunki biz buni
xohlamaymiz. Mintaqada biz bilan ziddiyatga borishga jazm qiladiganlar
yo’q».
Xullas, Eron va AQSh o’rtasidagi munosabatlar borgan sari
taranglashmoqda. Bu esa shundog’am uzoq yillardan buyon siyosiy
barqarorlikdan mosuvo bo’layotgan Yaqin Sharq uchun yaxshilik olib
kelmasligi aniq...
3.3. Turkiya tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va ustivor
yo‘nalishlari
Turkiya bugungi kunda jahon miqyosida ta’siri va obro’si ortib
bormoqda, buni uning iqtisodiy salohiyati va faol tashqi siyosati bilan
izohlash mumkin. SHu bilan birga Turkiya tashqi siyosati ikki asosiy oqim
vakillarining qarashlari to’qnash kelganligini kuzatish mumkin:
kamolchilar va yangi usmoniylar vakilllari.
Har bir davlat tashqi siyosati muayyan g’oyalar va qarashlar ta’siri
ostida bo’ladi. Mamlakat
rahbariyati bu g’oyalarni tanlab oladi,
“ulashadi”, yoyadi. So’ngi paytlargacha panturkchilik, kemalchilik,
neosmanizm kabi g’oyalar kuchli doktrina bo’lib kelgan. Garchi
zamonaviy tashqi siyosiy doktrina ularning hech biri bilan bog’liq
bo’lmasada, o’sha g’oyalar milliy tashqi siyosatning shakllanishiga
ma’lum bir ta’sirini o’takazadi. Keng ma’noda panturkchilik – bu shunday
bir mafkura bo’lib, barcha turkiy davlatlarning birlashishini birinchi
o’ringa qo’yadi va bu g’oyani turkiy davlatlar konfederatsiyani tuzilishi
bilan amalga oshirishini nazarda tutadi. Panturkchilik bundan 100 yil oldin
99
Turkiyadan tashqarida panslavizm g’oyasiga qarshi turish maqsadida
paydo bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan Turkiyaga kelib, bu yerda yangicha
ko’rinish va ma’nosiga ega bo’ldi.
A.B. Burashkinovaning takidlashicha “panturkchilik o’zligini saqlab
qolish uchun bilashishga intilgan kichik turkiy etnik guruhlarning
himoyaviy mafkurasidan qayta shakllanib borgan. Natijada Usmoniylar
imperiyasini unitar bir millatli turkiy davlatga aylantirishga urinayotgan
ko’p sonli millat va uning elitasining qo’lidagi g’oyaviy quroli bo’lib
qoldi”1. Ilk marta panturkizm g’oyalari Yosh turklarning “Birlik va
taraqqiyot” partiyasi dasturida o’z siyosiy ifodasini topgan. Hozirgi kunda
panturkizm – neopanturkizmning Turkiyadagi namoyondasi ultra o’ng
konservativ PND partiyasi va uning harbiy qanoti (“Kulrang bo’rilar”).
Panturkchilik tarafdorlari doimo parlamentga kira olgan bo’lsa ham, ushbu
g’oya Turkiya tashqi siyosatini belgilamagan.
Neopanturkizm ko’p jihatdan neosmanizm bilan o’xshashdir.
Neosmanizm – bu Turkiyaning sobiq mustamlaka mamlakatlariga o’z
ta’sirini qayta tiklashini targ’ib etuvchi doktrina. Ular kelib chiqishi,
geografiyasi, strategik maqsadlarida farqlanadi. Panturkchilik –
neopanturkizm chetdan kirib kelgan bo’lsa, neousmoniylik chinakam
turkiy g’oyadir.
Neopanturkizm ko’proq mustamlaka hududlarini (Bolqon yarim oroli,
Qrim, Kipr, Rodos, Kavkaz, Levant, Iroq, Eronning bir qismi, Jazoir,
Liviya, Misr) qaytarib olish, hamma turkiy xalqlar davlatlarini
(Ozarbayjon, Markaziy Osiyo davlatlari (Tojikistondan boshqa), Rossiya
tarkibidagi turkiy xalqlar, Xitoydagi Uyg’uriston) birlashtirishga
yo’naltirilgan g’oyadir2. Panturkchilik Turkiyani etnik qarindosh davlat va
xalqlarni birlashtiruvchisi bo’lishini, unga yangi geosiyosiy hududdagi
mintaqaviy “yetakchi davlat” (derjava) unvoni berilishini ilgari suradi.
Neusmoniylikning asosiy strategik maqsadi bu Turkiyani shunchaki
mintaqaviy yetakchi davlatga aylantirish emas, balki millatlar va
davlatlararo boshqaruv tizimining markazlaridan biri bo’lishiga
erishishdir.
Neousmoniylikda usmoniy va islomiy merosga e’tibor qaratiladi.
Biroq bunda Yaqin Sharq va Bolqondagi turk mustamlakachiligini qayta
tiklash, hamda islom huquq tizimini kiritish nazarda tutilmayapti.
Neousmoniylik – o’z uyidagi antiklerikalizmning mo’’tadil shakli va
1
Бурашникова А.Б. Неопантюркизм и неоосманизм во внешней политике Турции // Известия Саратовского
университета. Новые серии. Серия «История. Международные отношения». –2013. –№ 2. –С.66.
2
Добаев И.П. Исламский радикализм: генезис, эволюция, практика. –Ростов-на-Дону: СНК ВШ, 2003. –С. 143.
100
tashqi faoliyatda aktiv xatti-harakatlar demakdir. Bunda asosan, “yumshoq
kuch” usuli bilan, ya’ni iqtisodiy, madaniy, diplomatik, siyosiy ta’sir qilish
orqali faoliyat olib boriladi.
Neousmoniylik doktrinasi kurdlar masalasini hal qilishda
madaniyatlar xilma – xilligi musulmon birdamligi kabi omillardan
foydalanadi. Turklar va kurdlar assimilyatsiya qilmoqchi bo’lgan
Kamolchilardan farqli o’laroq ular birlashtiruvchi omil sifatida islomga
urg’u beradi. Usmoniylar davrida bo’lgani kabi islom turklar va kurdlar
umumiy bayroq sifatida qaraladi. Neousmoniylik doktrinasi Turkiya
buyukligiga qaratilgan. Bu doktrina tarafdorlari nazarida Turkiya
geografik, strategik va madaniy jihatdan Usmoniylar yoki Vizantiya kabi
mintaqaviy yetakchi davlatdir.
Komolchilik nuqtai nazaridan (Yangi) Neousmoniylikning
da’vogarona tashqi siyosiy maqsadlari reallikdan uzoqdir. (Yangi)
Neousmoniylikda Kurdlarga madaniy huquq berish va islomning siyosiy
rolini kuchaytirish dunyoviy, respublikaviy me’yorlardan uzoqlashish
bo’lib, xatarlidir. Kamolchilik uchun (Yangi)Neousmoniylik fikrlash tarzi
Turkiya milliy manfaatlariga ziddir. U Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoga
nisbatan panturkizm va islomning faollashuvini ma’qullamaydi. Zeroki,
ular haqiqiy milliy tashqi siyosat tamoyillariga ziddir. Bundan kelib
chiqadiki, kamolchilik uchun mavjud tashqi siyosat pozitsiyalarini saqlab
qolish muhimroqdir, xususan, mintaqada separatistik kurdlar harakatini
cheklash.
Davlat hokimiyati “Adolat va taraqqiyot partiyasi”ga o’tgandan so’ng,
panturkchilik, neousmoniylik, kamolchilik butunlay o’rnini globalizm
doktrinasiga bo’shatib berdi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu
dotrinani yangi usmoniylik bilan almashtirib yuboradilar, chunki ularning
o’xshash jihatlari ko’p.
Bugun Turkiya globalizmining yirik tarafdori sobiq Tashqi ishlar
vaziri Axmad Dovutog’lu o’z asarlarida globalizm doktrinasini asoslab
bergan: “Muqobil paradigmalar - 1993”, “Svilizatsion o’zgarish va
musulmon dunyosi - 1994”, “Strategik qudrat - 2001 ”, “Global inqiroz 2002”1.
Dovutog’luning eskicha geosiyosiy shakllangan tashqi siyosiy
qarashlari XX 90 – yillari oxiri 2000 – yillar boshida jiddiy o’zgarishlarga
duchor bo’ldi. U Turkiya o’zining tarixi va geografik joylashuvi uni global
1
Davuto lu A. Alternative Paradigms: The impact of Islamic and estern eltanschauungs on Political Theory.
Lanham: University Press of America, 1994; Davuto lu A. Civilizational Trans formation and the Muslim orld.
Kuala Lumpur: Mahir Publications, 1994; Davuto lu A. Stratejik Derinlik: T rkiye’nin Uluslararas Konumu. stanbul:
K re Yay nlar , 2001; Davuto lu A. K resel Bunal m: 11 Eyl l Konu malar . stanbul: K re Yay nlar , 2002.
101
yetakchi davlatlardan biriga aylantiradigan ulkan strategik potensialga ega
deb, ta’kidlaydi. A. Dovutog’luning fikricha, bo’lg’usi markaziy yetakchi
davlat bo’ladigan Turkiya Bolqon va O’rta Sharqqa o’z ta’sirini
o’tkazuvchi davlatga aylanishi bilan cheklanib qolmasligi kerak. U
dunyoning bir necha mintaqalarida yetakchi davlatga aylanishi uchun
intilishi shart. A. Dovutog’luning fikricha, Turkiya bu Bolqon, O’rta
Sharq, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Kaspiy, O’rta Yer, Qora dengizlar va
Fors Ko’rfazi mamlakatidir. U mintaqalarning barchasiga ta’sir o’tkazishi
mumkin. Va shundan kelib chiqqan holda global aktor bo’lishga haqlidir.
U Turkiyaning islom va G’arb o’rtasidagi ko’prik deb qaralishiga qarshi
chiqadi, chunki bu uning global ahamiyatini kamaytiradi.
Turkiya o’zining tarixiy va jug’rofiy o’rnidan kelib chiqib, o’ta faol
tashqi siyosat olib borishi kerak. Bunga erishish uchun Turkiya “Soft
power” siyosatidan foydalanishi kerak. Bunday kuchni unga mintaqalar
bilan tarixiy –madaniy aloqalari, demokratik institutlar, gullab –
yashnayotgan bozor iqtisodiyoti beradi. Turkiya o’zining jamiyat va
siyosat ustidan harbiy hukmronlikning uzoq tarixi meros qilib qoldirgan
militaristik imidjidan voz kechishi kerak. Buning o’rniga u nizolarni hal
qilish va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik qilishga yo’nalishi kerak.
A. Dovutog’luning fikricha, Turkiya o’zining global strategik
maqsadlariga yetishish uchun ikki shartni amalga oshirishi kerak1:
1) uning ichki siyosati bilan;
2) uning qo’shnilari bilan munosabatlariga bog’liqdir.
Turkiya ichki siyosati kurt masalasini hal etish kerak va Turkiya
jamiyatining islomiy va dunyoviy elementlarning tobora o’sib borayotgan
qarama-qarshiligini bartaraf etish kerak. A. Dovutog’lu bu nizolarni liberal
prinsiplar asosida hal etishni taklif etadi. Turkiya kurt muammosini hal
qilsa, jamiyatning turli qatlamlari o’rtasida kelishuvga erishsa (dunyoviy
va diniy) o’z global imkoniyatlariga erishadi. 30 ming yildan beri davom
etib kelayotgan va odamni boshiga yetgan kurd masalasi jamiyatni
parokandalikka olib keldi va Turkiya byutjeti uchun og’ir yuk bo’lib,
mamlakatning Sharqiy va Janubiy Sharqiy hududlari iqtisodiy
rivojlanishiga to’sqinlik qildi. Tashqi siyosatda Dovutog’luning
hisoblashicha, Turkiya o’zining qo’shnilari bilan mavjud bo’lgan
muammolarini hal qilishi kerak. Turkiya yetakchi davlatga aylanishi uchun
an’anaviy xavfsirashlardan forig’ bo’lishi kerak va o’zining barcha
qo’shnilari bilan iliq munosabat o’rnatishi kerak. Dovud o’g’lu ta’kidlagan
ediki Turkiya tinchlikni o’rnatish yo’nlishini rivojlantirib, mintaqaviy va
1
Davuto lu A. Stratejik Derinlik: T rkiye’nin Uluslararas Konumu. – stanbul: K re Yay nlar , 2001. –Р.34-37.
102
xalqaro muammolarni hal qilishda ko’maklashib, global aktor
majburiyatlarini o’z zimmasiga oldi.
Turkiya nizoli hududlarga harbiy yordam jo’natib qolmasdan,
gumanitar yordam ham jo’natishi va shu orqali transmilliy boshqaruv
tizimiga mamlakatlarni integratsiyasiga ko’maklashishi kerak. Turkiya
ichki ishlar hisobiga ko’ra 2005-2006-yil ko’rsatilgan moliyaviy va
gumanitar yordam 250 million dollardan oshib ketgan. Shu paytda Turkiya
BMTga 12 million dollar ajratgan. Umumjahon Oziq-Ovqat tashkiloti
Turkiyani G’arbiy Afrikada ocharchilik bilan kurashish bo’yicha eng katta
donar deb topdi. Shu yilning aprelida 1,8 millon dollar berdi. Nigeriya 600
ming, Mali 300 ming, Mavritaniya 300 ming, Burkina-Faso 200 ming,
Siyerra-Leone 200 ming va Gvineya 200 ming. 2006-2009-yillarda TIKA
kanallari bo’yicha 700 million dollar halqaro yordam ajratilgan. Hozirgi
Turkiya Tashqi siyosat doktrinasi yana bir tarkibiy qismi global tartibotdir.
Dovutog’lu global tartibot tizimini ilgari surib, uning 3ta tayanchini
takidlaydi1: Iqtisod, Siyosat, Madaniyat. Uning so’zlariga qaraganda,
bugungi global muammolarni hal qilish uchun ikki tomonlama
mexanizmlar yetishmaydi. Buning sababi shuki, asosiy e’tibor davlarga
beriladi, global tartibotga emas. BMT tizimi zamonaviy xavf xatarlarni
oldini olishga qodir emas. Dovutog’lu xalqaro moliyaviy iqtisod tizimni
isloh etishni aytib o’tgan. Madaniy sohada Dovutog’lu S.Hantingtonning
“Tamaddunlar to’qnashuvi” nazariyasidan voz kechish vaqti yetib keldi.
Keng miqyosdagi madaniy qayta tiklanish insoniyat o’zaro hamkorligi va
munosabatlarining yangi shakllari ulkan imkoniyatlar paydo bo’lishi deb
qaraladi. O’zaro aloqalar madaniyatlar rivojlanishiga yangi turki bo’ladi.
Va chinakam global madaniyat vujudga kelishiga ko’maklashadi. Bunga
misol qilib Dovutog’lu 108 mamlakatni o’z ichiga oluvchi Turkiya va
Ispaniya boshchilik qiladigan BMT Svilizatsiyalar Alyansini keltiradi2.
A.Dovutog’lu Turkiya tashqi siyosatining oltita prinsipini aniqlab
bergan:
Birinchisi, erkinlik va xavfsizlik o’rtasidagi muvozanatni aniqlash
(Arab bahori). Qolgan prinsiplar “Qo’shnilar bilan masalalar nol” nomli
1
Davuto lu A. Global Governance. –Ankara: Republic of Turkey Ministry of Foreign Affairs Center for Strategic
Research, 2012. –P.11.
2
UN Alliance of Civilizations (UNAOC). The UN Alliance of Civilizations: Building Intercultural Dialogue through
Shared Initiatives. New York: UNAOC, 2012; UN Alliance of Civilizations (UNAOC). Achieving the Goals of the UN
Alliance of Civilizations Through Shared Initiatives. New York: UNAOC, 2012; Boulaich K., Dosenrode S. The
Alliance of Civilizations: The Spanish Approach to Bridging the Divide Between Islam and the West // Clash or
Cooperation of Civilizations?: Overlapping Integration and Identities / Ed. by W. Zank. –Farnham: Ashgate, 2009. –P.
65-82.
103
asarida keltirilgan. 5- 6 – xalqaro forumlardan samarali foydalanish va
Turkiyaning yangi qiyofasini yaratish.
Bularning barchasi Turkiya tashqi siyosati rivojlanishiga qaratilgan.
Boshqacha qilib aytganda, Respublika o’zining mafkuraviy modelini ilgari
suradi va u islomiylik va dunyoviylikni ratsional (oqilona) likka
asoslanadi. Turkiya tashqi siyosatini belgilovchi asosiy hujjat “Yashirin
Qizil Kitob” yoki maxfiy konstitutsiya hisoblanadi. Unda respublika
asosiy dushman va tahdidlari yozib qo’yiladi.
“Kitob”ning yangi varianti har besh yilda Turkiya Milliy Kengashi
yig’ilishida qabul qilinadi. Turkiyaning sobiq prezidenti A.Gul so’zlariga
qaraganda oldingilaridan farqli o’laroq mazkur versiyada muayyan bir
fuqarolar guruhi milliy xavfsizlikka tahdid qilishi ko’rsatilgan.
Ajablanarlisi shuki, Turkiya xavfsizligiga tahdid soluvchi Rossiya,
Gretsiya, Eron, Iroq chiqarib tashlangan. Rasmiy Moskva yirik hamkor
sifatida qaraladi.
SHu bilan birga Turkiyaning mintaqaviy siyosatida Yaqin Sharq o’rni
katta mavqega ega bo’lib, mintaqa nisbatan siyosati faollashib
borayotganini kuzatish mumkin. Yaqin Sharq tomon Turkiyaning qisqa
muddatli tashqi siyosat ustiga barpo etilgan uch geosiyosiy darajalari bor.
Bu qatlamlarning har biri qo’llab-quvvatlovchi yoki zararli ham bo’lishi
mumkin.
Birinchidan, Kurd masalaning geosiyosat bu o’zgarishlar jarayonida
Anqaraning muvaffaqiyati uchun katta ahamiyat kasb etadi. Buning
o’rniga, Turkiya mintaqaviy darajada Kurd muammosida asosiy o’rinni
egallagan. Erdoganning Diyarbakir yig’ilishda Kurdiston terminidan
foydalanishi Turkiya siyosatida ta’qiq so’z hisoblanadi. Aniq bo’lishi
uchun, Turkiyaning manfaatlari kurdlar bilan o’xshash jihatlari bor.
Boshqacha qilib aytganda, mintaqadagi kurdlar demokratik va iqtisodiy
imkoniyati Turkiya uchun foyda hisoblanadi. Bu, ehtimol, ikki guruh
o’rtasida hamkorlikni olib keladi. Bu rivojlanish Iroq bilan aloqalarda
sezilarli ta’sir qiladi. Bag’dod va Anqara o’rtasidagi yaqinlikning dastlabki
signallari Ahmet Davut o’g’luning Iroq poytaxtiga va Karbalo muqaddas
shahariga so’nggi tashrifi bilan bog’liq. Bu tashrif umuman Yaqin
Sharqda, xususan, Iroqda sunniylar va Shia o’rtasida dushmanlik
munosabatlarini yumshatish uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega edi.
Ikkinchidan, Erdog’an hukumatining strategik moslashtirish siyosati
to’rt mintaqaviy aktorlar -Turkiya, Eron, Misr va Saudiya Arabistonibirgalikda bir butun sifatida mintaqaning kelajak xavfsizligini
shakllantirishi mumkin bo’lgan ijobiy muhitni yaratishdan iborat.
104
Uchinchidan, Turkiya mintaqadagi barcha aktorlarning tinch
mavjudligini saqlab qolish uchun mintaqaviy konvertatsiya xavfsizligini
birinchi o’ringa chiqardi. Shu maqsadda, Erdog’an hukumati tashqi
siyosati metodologiyasi sifatida Turkiyaning strategik moslashuvchan
yordamida mintaqaviy aktorlar orasida strategik nizolar bartaraf etishga
e’tibor qaratiladi. Ankaradagi ma’lumotlarga qaraganda, bunday
yondashuv faqat yuzma-yuz inqiroz barcha viloyat aktorlar manfaatlarini
inobatga e’tiborga olishni talab etadi.
Aytish mumkinki, Turkiyaning tashqi siyosat mafkurasining 10 yillik
rivojlanishi mamlakatning tashqi ta’sirini kuchaytirishga urunish sifatida
ko’riladi. Turkiya mafkurasining elementlari: adolatli dunyo tartibotini
yaratish, panturkizmga murojaat qilish, mintaqalararo samarali
diplomatiya olib borishni ustuvor deb, hisoblaydi. Turkiya tashqi siyosiy
mafkurasi o’zining mavjud pozitsiyasini saqlab qolishga emas, balki
xalqaro tizimni qayta qurishga qartilgan.
O’zbekiston va Turkiya munosabatlariga to’xtaladigan bo’lsak,
Turkiya Respublikasi, 1991 yil 16 dekabrda O’zbekiston Respublikasi
mustaqilligini tan olgan va Toshkent shahrida o’z elchixonasini ochgan ilk
davlat hisoblanadi. O’zaro aloqalarning huquqiy asosini yaratish va yana
ham mustahkamlash maqsadida 90 dan ziyod ikki tomonlama bitim,
shartnoma va bayonnomalar imzolangan bo’lib, oliy darajada ko’p
marotaba o’zaro tashriflar amalga oshirilgan1. 2014 yil iyulda Turkiya
sobiq tashqi ishlar vaziri A.Dovuto’g’lu O’zbekistonga tashrif buyurdi.
Turkiya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’ratasidagi
o’zaro hamkorlik imkoniyatlari kengaymoqda, ikki tomonlama
hamkorlikni katta salohiyatga istiqbolli har bir sohada yanada rivojlantirish
ko’zlanmoqda. O’zbekiston, tarixiy va madaniy merosi, strategik
joylashuvi, tabiiy boyliklari va Markaziy Osiyo aholisining yarmini tashkil
etgan 30 milliondan ortiq aholisi bilan mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni
ta’minlashda juda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turkiya,
Yevroosiyoning barqarorligi va farovonligi nuqtai nazaridan O’zbekiston
bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini har sohada rivojlantirishga har doim
katta ahamiyat bergan va bermoqda.
2013 yilda mamlakatlar o’rtasida tovar aylanmasi 1 milliard 347
million AQSH dollarini tashkil etdi va bu 2012 yilga nisbatan 10,5 foiz
ko’pdir. O’zbekistonda Turkiya sarmoyasi ishtirokida 485 korxona faoliyat
yuritmoqda. Turkiya tashqi ishlar mahkamasi rahbariga ko’ra, tomonlar
1
Туркия – Ўзбекистон: дўстлик, ҳамкорлик йўлидаги муносабатлар // http://sharh.uz/siyosat/item/332-turkiya-vauzbekiston-dustlik-hamkorlik-yulidagi-munosabatlar - 31 Октябрь 2013
105
hamkorlikning birinchi bosqichida o’zaro savdo aylanmasini 3,5 milliard
dollarga, keyingi bosqichida esa 5 milliard dollarga yetkazishga kelishib
olgan.
O’zbekiston tomonining ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yili o’zaro savdo
aylanmasi hajmi 40 foizga o’sib, 2 milliard 172 million AQSh dollarini
tashkil etdi. Mamlakatga 75 mingga yaqin Turkiya fuqarolari tashrif
buyurdi, bu esa o’tgan yilga qaraganda deyarli ikki baravar ko’pdir. Bu
kabi ijobiy o’zgarish o’zaro munosabatlarning boshqa sohalarida ham
kuzatilmoqda.
Turizm sohasida o’ziga xos brendga aylangan mamlakatimizga tashrif
buyurgan O’zbekistonlik sayyohlar sonining ham bunday o’sishlarga
parallel ravishda jadal ortishi va ikki mamlakat orasidagi ko’p tomonlama
aloqalarning rivojlanishi eng katta istagimizdir.
O’zbekiston biznes safarlari hamda turizm maqsadidagi safarlar
uchun ahamiyatli bir joziba markazi hisoblanadi. Mamlakatimizda
O’zbekistonga bu jihatdan katta qiziqish bor.
2018 yilda Turkiya musulmon davlatlardan O’zbekistonga tashrif
buyuruvchi sayyohlar soni bo’yicha etakchiga aylandi. 2018 yilda
musulmon davlatlardan O’zbekistonga keluvchi sayyohlar soni oshganini
kuzatmoqdamiz, jumladan Malayziyadan (66 foizga o’sgan) va
Indoneziyadan (88 foiz).
2018 yilda musulmon davlatlardan O’zbekistonga kelgan sayyohlar
soni bo’yicha Turkiya (41299), Pokiston (5568), Malayziya (2768), Eron
(2658), Indoneziya (1589) va BAA (1580) etakchilik qilgan. Bu davlatlar
fuqarolari O’zbekistonga turizmning boshqa turlari bilan bir qatorda
ziyorat turizmi yo’nalishida tashrif buyurmoqdalar.
Turk qurilish kompaniyalari O’zbekistonda 1991-2012 yillar
mobaynida taxminan 2 milliard AQSH dollari miqdorida qurilish ishlarini
amalga oshirdilar. Bugungi kunda “Çal k Enerji” firmasi 2009 yilda
boshlangan Navoiy issiqlik elektr stansiyasidagi ishlarni tugallab,
topshirish arafasida turibdi. “DAL Teknik Makine” firmasi esa yaqinda
Jizzax sement zavodini qurish ishini o’z zimmasiga oldi.
O’zbekistonda kiritilgan Turkiya investisiyalari jami miqdori 1
milliard AQSH dollaridan ortiq bo’lib, Turkiya sarmoyasi ishtirokida 579
korxona va 84 ta firma vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur
korxonalar asosan yengil sanoat, oziq-ovqat, mehmonxona xo’jaligi,
qurilish materiallari va plastik, farmasevtika hamda xizmat ko’rsatish
sohalarida faoliyat olib bormoqda. Tekstil sohasida faoliyat ko’rsatayotgan
korxonalarimizning bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotiga yiliga 300
106
million AQSH dollari atrofida eksport ulushini qo’shganligi va 50 000
kishini ish bilan ta’minlagan. Bu ikki davlat munosabatlarining ijobiy
tomonga o’zgarishi ko’rsatadi.
2018 yilning 30 aprel kuni Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’anning
O’zbekistonga tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasida o’zaro
munosabatlarni yanada mustahkamlash borasida 25 ta hujjat imzolandi.
O’zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga
erishdilar.
Turkiya va Yaqin Sharq davlatlari. Turkiya Yaqin Sharq
mintaqasidagi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan va harbiy salohiyatli davlat
sanaladi. Shu bois Turkiya mintaqa davlatlari bilan o’zaro aloqalariga katta
e’tibor qaratgan. 2011 yil boshlarida Tunis bilan boshlangan “Arab bahori”
Turkiyaning yangi Yaqin Sharq siyosatida muhim ahamiyat kasb etdi.
Bir tomondan, Turkiyaga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lgan Arab
aholisi uzoq muddatli rejimlarning o’zgarishiga urinishardi. Boshqa
tomondan, bu g’alayonlar Turkiya bilan yaxshi aloqalar o’rnatgan siyosiy
rejimlarga putur yetkazdi.
Shu jihatdan Turkiyaning oxirgi o’n yil ichida davom ettirgan Yaqin
Sharqdagi siyosatining umumiy istiqboli Turkiyaning mintaqadagi to’rtta
davlatlar bloklari oid munosabatlari belgilanadi1:
1. Isroil;
2. Eron;
3. Eronning ta’sir zonasi ichida bo’lgan mamlakatlar (Iroq, Suriya va
Livan);
4. mintaqada Eron hukmronligini kuchayishiga qarshi turgan Arab
davlatlari (Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va
Bahrayndan tashqari).
Eron. Bugungi kunda Yaqin Sharqda nisbatan Turkiya va Eron
mintaqaviy yetakchilikka intilishmoqda. Bu holatni ikki davlatning
strategiyalarida o’z aksini topganligini ko’rishimiz mumkin. Masalan,
Turkiyaning 2023 yilgacha mo’ljallangan rivojlanish strategiyasi,
Eronning esa 2025 yilgacha mo’ljallangan rivojlanish strategiyasini
olishimiz mumkin. Bunday strategiyalardan maqsad mintaqaviy
manfaatlarni inobatga olishi yoki bo’lmasa jahon siyosati konyukturasida
aniq rivojlanishga ega bo’lishi kerak. Bu esa Eron Turkiya tashqi
siyosatida muhim o’ringa ega.
1
Taspinar Ö. Turkey’s Middle East Policies Between Neo-Ottomanism and Kemalism // Carnegie Middle East Center.
–№ 10. –2008. –Р.14-15.
107
SHu bilan birga Eron-Turkiya munosabatlarini ijobiy tomonga
o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ham mavjud:
Birinchidan, hozirgi kunda Turkiyaning mintaqaviy siyosatida Yaqin
Sharq va Shimoliy Afrikaga Usmoniylarning ta’sir zonasi sifatida muhim
ahamiyatga ega.
Ikkinchidan, Eron uchun nisbatan tashqi siyosatda Afg’on-Pokiston,
shuningdek Fors ko’rfazi vektori muhim hisoblanadi.
1926 yil 22 aprelda Eron va Turkiya o’rtasida birinchi "do’stlik
shartnomasi" Tehronda imzolangan. Asosiy tamoyillari, bir-biriga nisbatan
do’stlik, betaraflikni va hujum qilmaslikdan iborat edi. Shartnoma,
shuningdek, tinchlik va xavfsizlikni buzishga u yoki bu hukumat
tomonidan harakat sodir etilganda ikki mamlakat hududidaga guruhlarga
birgalikda harakat qilishni o’z ichiga olardi. Bu siyosat bilvosita har ikki
mamlakatning ham Kurdlar bilan mavjud bo’lgan ichki muammolariga
qaratilgan edi.
1996 yildan boshlab, Turkiya Eronning Pars gaz kon, suv omborlari
qurilishi va shimoliy bir neftni qayta ishlash zavodi bitimlari bo’yicha bir
qator muhim memorandumlar imzoladi.
Turkiyaning Eronga eksport salohiyati 2002-2009 yillar o’rtasida
yetti barobarga o’sdi. Yaqin Sharqdan Turkiyaga kelgan sayyohlarning
ko’pchiligi eronliklar edi. Ular musulmon jamiyati sifatida iqtisodiy olg’a
siljishlarni amalga oshira boshlashdi. SHuningdek, Eron Turkiyaning eng
yirik energiya ta’minotchisiga aylandi. Ular o’rtasidagi tovar ayirboshlash
hajmi yildan yilga oshib bormoqda. 2011 yilda 15 mlrd. AQSh dollarini
tashkil etgan. Eron Turkiyaning savdo sheriklari orasida o’ntalikka kiradi.
Turkiya eksportida Eron 7-o’rinda turadi, Turkiya esa 5-o’rinni egallaydi.
Ular orasidagi eng ko’p ayirboshlanadigan tovarlarga energetika resurslari
kiradi. Eron Rossiyadan keyingi Turkiyaga tabiiy gaz eksport qilish
bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. Turkiya bugungi kunda 30 foiz neftini
Erondan oladi. Turkiyaning neft importini taxminan 44 foizi va uning
tabiiy gaz importini 19 foizi Eron hissasiga to’g’ri keladi.
Eron Birinchi Vitsa prezidenti Muhammadrizo Raximiyning Eronga
tashrifi davomida o’zaro savdo hajmini yiligi 30 mlrd. AQSh dollariga
yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Bosh vazir Erdog’an 2014 yil yanvar oyida Tehronga rasmiy tashrif
buyurdi, bunga javoban Eron prezidenti Ruhoniyning 2014 yil iyunida
Anqaraga tashrifi ikki mamlakat rahbarlari iqtisodiy aloqalarni
rag’batlantirish va yangi ikki tomonlama iqtisodiy shartnomalarni
108
imzolashga qaratdi. 2015 yil 5 aprelda Turkiya Prezidenti T.R.Erdog’an
Eronga tashrif buyurdi.
Ikki davlat arab dunyosida manfaatlarini himoya qilishda bir-birlarini
o’zaro tushunmaslik holati kuzatilmoqda.
Birinchidan, Anqara va Tehron o’rtasidagi munosabatlardagi eng
og’riqli nuqtasi bu Suriya masalasi hisoblanadi1. Eron uchun Suriyadagi
shiyalardan tashkil topgan hukumat Isroilga qarshi chiqish uchun eng
yaxshi hamkor hisoblanadi. Eron hisobicha, agarda Bashar Asad
hukumatdan ketadigan bo’lsa davlatda yanada tartibsizlik, ya’ni
konfessional va milliy konfliktlarning keltirib chiqishi natijasida Turkiya,
Iroq va Eronning o’ziga ta’sir etishidan xavfsiraydi. Turk hukumati esa
aksincha Suriyada tinchlikning ta’minlanishi Prezident Bashar Asadning
ketishi bilan izohlashmoqda.
Ikkinchidan, bu ikki davlat o’rtasidagi yana bir tafovut shundan
iboratki, Turkiya tashqi siyosatida G’arb vektorining ustivor ekanligi.
Turkiya NATOning a’zosi hisoblanib, Eron esa bu blokning kengayishiga,
ayniqsa Kavkaz tomon kengayishiga qarshi hisoblanadi. 2011 yil
sentyabrda NATO raketalarining Turkiya hududiga mudofaa maqsadlarida
joylashtirilishi Eron bilan munosabatlarga salbiy ta’sir ko’rsatgan2.
Uchinchidan, Turkiyaning Eron tomonidan qo’llab quvvatlanayotgan
xusiylarga qarshi Suadiya Arabistoni rahbarligidagi koalisiyaning yoqlab
chiqishi3.
Isroil. Isroil-Turkiya aloqalari Isroil va Turkiya o’rtasidagi ikki
tomonlama munosabatlar bilan bog’liq. Isroil-Turkiya munosabatlari 1949
yil mart oyida o’rnatilgan. Turkiya Isroil davlatini tan olgan ko’pchilik
musulmon mamlakatlari ichida birinchisi edi. 1952-yilda diplomatik
munosabatlar o’rnatildi. 1952 yilda Turkiyaning bu harakatlari G’arb
bilan yaqinlashishga va Yaqin Sharqda yahudiy jamoalari bilan yaxshi
munosabatlarni yo’lga qo’yishi yangi Arab davlatlar bilan yomon
munosabatlarni o’rnatishiga olib keldi. Isroil uchun Turkiya bilan yaxshi
munosabatlar o’rnatish Arab yoki Arab bo’lmagan davlatlar, yashirin va
ochiq bitimlarni amalga oshirish siyosatiga to’g’ri kelardi. Turkiya ushbu
strategiyaning eng muhim va umumiy komponenti edi va Anqara Isroil
eng muhim diplomatik missiyalaridan biri bo’lib qolmoqda.
1
Do an Ertu rul A Test for Turkey’s Foreign Policy: The Syria Crisis // www.tesev.org.tr
Jones,
Dorian.
"Turkey
And
Iran:
The
End
Of
The
Affair."//
http://www.rferl.org/content/turkey_iran_end_of_the_affair/24364900.html - 19 October 2011
3
Sam Wilkin and Jonny Hogg Turkey's Erdogan to visit Iran, despite tensions over Saudi strikes in Yemen //
http://www.haaretz.com/news/middle-east/1.650545 - Apr. 5, 2015
2
109
Munosabatlar 1990 oltin davrga ko’tarilib, buni bir necha holatda
kuzatish mumkin:
- Turkiya Oslo jarayonida Isroil va falastinliklar o’rtasidagi yechimni
rag’batlantirish harakati sifatida ko’rindi;
- Suriya bilan muammoli munosabatlarida Isroil bilan manfaatlar
uyg’unligiga erisha oldi;
- Turkiya Isroil qurollaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi;
- Arman diasporasiga qarshi AQSHdagi saylovlarda yaxudiy lobbisi
hokimiyatga yaqinlashdi va Turkiya tarafini olishdi.
Isroil sayyohlari Turkiyaga dam olish joyi sifatida oqib keldi. Neft
narxi ham Yaqin Sharqdagi o’sishda eng tub qismga yetdi. Turkiya 1992
yilda o’z diplomatik vakilini elchilar darajasiga ko’tardi. U 1996 yilda
Isroil bilan Turkiyaning keng tog’li hududlaridan havo mashqlar uchun
foydalanishda Isroilga ruxsat berishni nazarda tutuvchi harbiy hamkorlikni
imzoladi. Ma’lumot almashish va aksilterror hamkorliklari o’sdi. Turkiya
shuningdek, Amerika, YI, Isroilning Amerika M-60 tanklar va F-4
jangovar samolyotlar va uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlar bilan
zamonaviylashtirilgan harbiy texnologiyasi bilan qiziqdi1.
Ma’lumki, Turkiya-isroil o’rtasida birinchi harbiy sohada hamkorlik
qilish bo’yicha shartnoma 1996 yil 23 fevraldan imzolangan. Tarixda
birinchi marta turk-isroil tomonlarining harbiy sohada hamkorlik qilishi
edi. Bu hamkorlik birgalikda harbiy mashg’ulotlarni tashkillashtirish,
bundan tashqari quruqlikda, dengizda, havoda harbiy kuchlarini
birgalikdagi mashg’ulotlarini o’tkazish, harbiy-strategik guruhlarini tashkil
etib tadqiqot olib borish, turk harbiy samalyotlarini Isroil osmonida,
Isroilniki esa Turkiya osmonlarida uchishi, ayniqsa, terrorchilik
haraktlariga bo’lgan hujumlardan himoyalanish va oldini bo’yicha chora
tadbirlarni ko’rish kabi masalalar nazarda tutilgan edi. Bundan tashqari bu
hujjatga ko’ra, Isroil Turkiyaga uning Eron, Suriya va Iroq bilan bo’lgan
chegaralarida kurd isiyochilarining kirib kelmasligi uchun Turkiya
chegaralarini mustahkamlashga yordam berishi ko’zda tutilgan.
Ikki tomonlama harbiy-strategik hamkorlikning eng ahamiyatli jihati
shundan iborat bo’ldiki, turk-isroil tadqiqotchilari tahdidlarni o’rganish
natijalarini umumlashtirgan holda “Tahdidlar konsepsiyasi – 2000” deb
nomlanagan xujjat chop etishdi. Bunda asosiy e’tibor Yaqin Sharqdagi
vaziyatlar haqida bo’lib, Suriya va Erondagi vaziyatlarni o’z ichiga olgan.
Ushbu davlatlarga doir kuzatuv va ma’lumotlarini almashish bu tadqiqot
1
Inbar E. Israeli-Turkish Tensions and Beyond. / Begin-Sadat Centre for Strategic Studies. Turkish Policy Quarterly. –
№6. –2009. –Р.45-47.
110
ishining eng cho’qqisi bo’ldi. Bundan tashqari ikki davlat o’rtasidagi
tahliliy markazlarning hamkorligi juda yaxshi edi. Bu tahliliy markazlar
asosan mintaqa, hudud havfsizligi, tashqi siyosat kabi masalalar bilan
shug’ullanish bo’yicha yetakchi o’rinlarda turuvchi markazlar hisoblanadi.
Ularni safiga Begin Sadat strategik Tadqiqot Markazini (The Begin –
Sadat Center for Strategic Studies - BESA), AQShda joylashgan Milliy
Xavfsizlik Muammolarini tadqiq etuvchi Yahudiy Instituti va Anqaradagi
Yevroosiyo strategik tadqiqot institutlarini kiritishimiz mumkin.
Ikki davlat harbiy sohalar yuzasidan hamkorlik aloqlarini o’rnatishi
butun arab dunyosini havotirga solib qo’ydi. Biroq har bir arab davlatining
havotiri Anqara va Tel-Aviv o’qining shakllanishi bilan bog’liq edi.
Turkiya va Isroil o’rtasidagi imzolangan harbiy strategik shartnoma,
birinchi bo’lib, Suriyaga qaratilgan edi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik
natijasida 1998 yilgi Suriyadagi inqirozda yaqqol namoyon bo’ldi. O’sha
paytda Suriya prezidenti Xofiz Asad ikki frontga qarshi bora olmasligini
bilib, Turkiya talablarini bajarishga majbur bo’ldi. Unga ko’ra, Xofiz Asad
o’z qo’shinlarini chegaradan uzoqda ushlab turishi va kurdlar yetakchisi
Abdulla Odjalonni tutib berish va uning tashkiloti (Kurdiston ishchilar
partiyasi)ni yopish kerak edi1. Suriya Turkiya tomonidan qo’yilgan ushbu
talablarni bajardi. Bu inqiroz shundan dalolat berdiki, Suriya harbiy
qo’shinlari ikki tomondan, ya’ni Turkiya va Isroil tomonidan bo’lgan
bosimlarga bardosh bera olmaydi, natijada Turk qo’shinlari keyinchalik
ham shunday bo’ladi degan tushunchalar paydo bo’ldi.
Turkiya Isroilning eng yaxshi 10 savdo hamkorlaridan biri sifatida,
2012 yildan keyin (taxminan uchun 3,9 milliard AQSh dollari) va birinchi
marta 2013 yilda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 5 mlrd. AQSh
dollarini tashkil etib, Isroil Turkiya tovarlari uchun muhim import bozori
bo’lib qolmoqda. Savdo o’sishi 2014 yilning dastlabki olti oyida barqaror
edi. Biroq, tijorat aloqalari davlatniki emas, xususiy sektorga tegishli edi.
Eng muhimi, aloqalar
2008-2009 yil
G’azo urushi2 tufayli
yomonlashdi. Bosh Vazir Erdog’anning o’zi bir necha marta Isroilnning
2008 yil dekabrda G’azoga qilgan hujumidan so’ng Isroilning Falastinga
nisbatan siyosatiga qarshi turdi. U 2009 yil yanvar oyida Isroil
harakatlarini ayblab Bryusselga qisqa tashrif buyurdi, keyin, bir necha kun
o’tgach, Davosda Jahon iqtisodiy Forumida, prezident Shimon Peresni
qattiq tanqid qildi.
1
Makovsky A., Eisenstadt M. Turkish-Syrian Relations: A Crisis Delayed? // WINEP, Policywatch. –N.345. 14
October 1998 // www.whashingtoninstitute.org
2
Inbar E. Israeli-Turkish Tensions and Beyond. / Begin-Sadat Centre for Strategic Studies. Turkish Policy Quarterly. –
№6. –2009. –Р.45-47.
111
2009 yil oktabr oyida, Kichik Osiyo Eagle harbiy mashqlarida Isroilni
ishtirok etishini Turkiya tomonidan ta’qiqlanishi natijasida Isroil Bosh
vaziri Benyamin Netanyahu, Isroil va Suriya o’rtasida "Turkiya halol
vositachi bo’lolmaydi" deb ta’kidlab, vositachi sifatida Turkiyaga e’tiroz
bildirdi. Isroil Mudofaa vaziri Ehud Barak kelishmovchilik o’z vaqtida
o’tib ketishini bashorat qildi. 2010 yil 31 mayda Turkiya va Isroil o’rtasida
keng ko’lamdagi munosabatlarning buzilishi yuz berdi. Bunga sabab,
gumanitar yordam Fondi faollari tomonidan “Erkinlik Flotiliyasi”ning
tuzilishi bo’ldi. Bu guruh G’azo sektoriga qo’yilgan embargoga e’tibor
qaramasdan, G’azo sektoriga gumanitar yordam olib borishdi. Bundan
tashqari Isroil dengiz harbiylari gumanitar yordam ortilgan kemani
nazoratga olish uchun operatsiyalarini amalga oshirdi. Isroil qurolli
kuchlari Turkiyaning gumanitar yuk ortilgan “Moviy Marmar” kemasini
qo’lga olish natijasida to’qqizta Turkiya fuqarosi halok bo’ldi va 31 tasi
esa og’ir jarohatlandi. Bunday voqealardan so’ng xalqaro tekshiruv
ishlarini olib borish tadbirini tashkil etish maqsadida Turkiya BMT
Xavfsizlik Kengashiga murojaat etdi. 2011 yil sentyabrida BMT Bosh
Assambleyasida, AQSh prezidenti Barak Obama Isroil bilan inqirozni
bartaraf etishni uchun Erdog’andan so’radi.
SHu bilan birga Turkiya Isroildan ikki tomonlama munosabatlarning
tiklanishi uchun quyidagi uchta talabni ilgari surdi1:
1. Turkiyadan oshkora tarzda kechirim so’rash;
2. Halok bo’lgan to’qqizta fuqaro oilasi uchun kompensatsiya to’lash;
3. G’azo sektoriga qo’yilgan embargoni olib tashlash.
2010 yil 30 sentabrda Turkiya milliy xavfsizlik Kengashi birinchi
marta “Qizil ro’yxat” davlati nomini Isroilga nisbatan qo’llab, tashqi
tarafdan katta xavf soluvchi kuch sifatida e’tirof etdi. Bu ro’yxatga tushish
Isroil uchun Turkiya tarafidan o’tkaziladigan turli moliyaviy tenderlarda
qatnashish imkoniyatini cheklaydi, shuningdek, harbiy sohadagi
tenderlarda ham. Bundan tashqari hujjatda keltirilishicha, Isroil bu
mintaqada “qurollanish poygasi” hatti-harakatini olib borayotganligini
keltirib o’tilgan2.
2011 yil 1 sentabrda Isroil Turkiya tomonidan talab qilingan
shartlarning qaysi birini bajarish yuzasidan qaror chiqdi. Unga ko’ra, uchta
talabdan faqatgina bittasi ya’ni kompensatsiya to’lash sharti bajarilishini
to’g’ri deb topishdi.
1
Şahin M. Turkey-Israel relations: The unwilling alliance collapsed. // http://www.todayszaman.com/news-257337turkey-israel-relations-the-unwilling-alliance-collapsed.html
2
Turkish document defines Israel as 'central threat'. / The Jerusalem Post. October 30, 2010.
112
Turkiya Isroilning “Moviy Marmara” yuzasidan qabul qilingan
qaroriga nisbatan o’z noroziligini bildirdi va javob qaytaruvchi choralar
ko’rishini bildirdi1:
1. Turk-Isroil munosabatlarida ikkinchi kotib darajasiga tushirdi.
Hamma rasmiy, bu darajadan yuqori bo’lgan, ayniqsa elchilar chaqirib
olish;
2. Isroil va Turkiya o’rtasida qanday harbiy kelishuvlar imzolangan
bo’lsa hammasini to’xtatish;
3. Sharqiy O’rtayer Dengizi tomonidan navigatsiya va kemalar
harakatini himoylanish yuzasidan ehtiyotkorlik choralarini ko’rish;
4. Isroil tomonidan G’azo sektoriga qo’yilgan embargoni olib tashlash
bo’yicha talabini davom ettirdi;
5. Og’ir jarohatlangan turk fuqarolari uchun o’z huquqlarini talab
qilgan holda Isroildan kompensatsiya va kechirim so’rashni talab qildi.
2013 yilning mart oyida, Isroil normal munosabatlar uchun yo’l ochib,
reyd uchun uzr so’radi. Biroq, AQSh-vositachiligiga qaramay, 2013 yil
davomida murosaga erishishda hech qanday o’sish kuzatilmadi. 2015 yilga
kelib ikki tomonlama munosabatlarda barqarorlik holati mavjud bo’lsada,
Isroilning Falastinliklarga nisbatan munosabati bois buzilish ehtimoliy
mavjud.
Saudiya Arabistoni. Saudiya Arabistoni va Turkiya munosabatlari
haqida so’z borganda, ularning ko’p masala yuzasidan fikrlarining mos
kelishini ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa bu boshqa davlatlarga nisbatan
siyosatida namoyon bo’ladi. Masalan, ularning Falastin, mintaqaviy
xavfsizlik, terrorizm kabi masalalar kiradi. Ularning bu sohadagi ishlari
Yaqin Sharqda va Arabiston yarim orolida tinchlik va xavfsizlikni
ta’minlashga qaratilgan. Turkiya va Saudiya Arabistoni o’zlarining yaqin
qo’shnilari bilan yaqin aloqada bo’lishni istaydilar. Chunki mintaqadagi
xavfsizlikni ta’minlash, terrorchilik harakatlarini oldini olish ular uchun
muhim hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni va Turkiya o’rtasida 2003 yil 1 oktyabrda ArRiyodda iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan ikki davlat
Ishchi Kengashi tuzildi. 2004 yilda faoliyatni boshladi.
2006 yilda Qirol Abdullohning tashrifi ko’p yillar ichida bir Saudiya
Arabiston monarxi ichidan birinchisi bo’ldi. Muzokaralarda ikki tomon
o’rtasidagi savdo munosabatlari keng muhokama qilindi2. 2015 yil 1
1
Şahin M. Turkey-Israel relations: The unwilling alliance collapsed. // http://www.todayszaman.com/news-257337turkey-israel-relations-the-unwilling-alliance-collapsed.html
2
King Abdullah Visits Turkey for Better Commercial Ties // http://www.todayszaman.com/economy_king-abdullahvisits-turkey-for-better-commercial-ties_31373.html - March 27, 2006
113
martda Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdog’an Saudiya Arabistoniga
tashrif buyurdi. Tomonlar Yaqin Sharqdagi bir qator masalarda (Liviya,
Suriya, Iroq, Yaman) umumiy qarashga ega ekanliklarini ta’kidlashdi.
SHuningdek, Turkiya 2013 yilgi Prezident Mursiyning hokimiyatdan
chetlatilishini “davlat to’ntarishi” deya baholab, Misr bilan munosabatlari
yomonlashgan edi. 2013 yil noyabrda ikki davlat bir birlari elchilariga
persona-non-grata e’lon qilgan. Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin
Abdulaziz al Saud shu masalada vositachilikni taklif etdi. Bundan tashqari
Turkiya 2015 yil 16 mayda e’lon qilingan Misrning sobiq prezidenti
Muhammad Mursiyga chiqarilgan o’lim hukmini bekor qilish uchun
xalqaro huquq mexanizmlarini ishga soladi. Bu haqda prezidentning
matbuot kotibi Ibrohim Qalin bayonot berdi. Ibrohim Qalinning so’zlariga
ko’ra, ayni paytda Turkiya Saudiya Arabistoni va Qatar bilan
konsultatsiyalar o’tkazib, hukmni bekor qilishga intilmoqda. Yaqinda bu
ishga jahon hamjamiyatining, birinchi navbatda, BMT inson huquqlari
bo’yicha komissiyasining e’tiborini tortish rejalashtirilmoqda.
Xulosa qilib, aytganda Turkiyaning Yaqin Sharq davlatlari bilan
o’zaro munosabatlari quyidagi xususiyatga ega:
Birinchidan, xavfsizlik, iqtisodiy va energetik manfaatlarini
ta’minlash;
Ikkinchidan, Eron borasida Yaqin Sharq arab davlatlari o’rtasida
vositachilik vazifasini bajarish;
Uchinchidan, Isroil bilan munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, bu
Isroilning Turkiya manfaatlarini hisobga olish darajasidan kelib chiqib
amalga oshiradi.
Turkiyaning Yaqin Sharqdagi manfaatlari. Bugungi kunda Turkiya
iqtisodiyoti va sanoat ishlab chiqarish hajmi jadallik bilan rivojlanib
bormoqda. Ushba jarayon ayniqsa hoqimiyat tepasiga 2002 yilda “Adolat
va Taraqqiyot partiyasi” kelganidan so’ng amalga oshirilgan islohotlar
natijasi sanaladi. Turkiya o’zining iqtisodiy salohiyati bilan jahondagi
yigirmatalik davlatlar qatoriga qo’shildi. Turkiya yalpi ichki mahsuloti
(YaIM) 2002 yilda 232.3 mlrd. AQSH dollaridan 2010 yilda 735 mlrd.
dollarga yetdi. 2014 yilda 861 mlrd.ga yetdi. Iqtisodiy salohiyatiga ko’ra
jahonda 17 o’rinni egallaydi1. R.T.Erdog’on tomonidan e’lon qilingan
mamlakat eksport strategiyasiga ko’ra Turkiya eksport xajmi 2023 yilda
500 milliard dollarni tashkil etadi.
1
"Gross Domestic Product 2013, Nominal. (Last revised on 22 September 2014.)" (PDF). The World Bank: World
Development Indicators Database. Retrieved 2014-11-27. –Р.67-68.
114
Turkiya uchun, Yaqin Sharq Turkiya bozorlarini diversifikatsiya qilish
nuqtai-nazaridan ahamiyati oshib borayotga mintaqalardan biri
hisoblanadi. 2002-2010 yillar davomida, Turkiyaning jami eksport
ko`rsatkichlarida Yaqin Sharq ulushi 6 foizdan 16 foizga oshdi hamda
Yaqin Sharq bilan umumiy savdo hajmi 3.9 mlrd. dollardan 23.6 mlrd.
dollarga yetdi. Turkiya Yaqin Sharq bilan jami savdoda savdo balansini
saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi va bu davrda uning eksporti 2,2 milliard
dollardan 18 milliard dollarga ko’tarildi.
Turkiya iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyati Yaqin Sharq va
Shimoliy Afrika, shu jumladan, SaudiyaArabistoni, Eron, Misr va Isroil
umumiy ishlab chiqarish hajmining yarmiga teng1. “Adolat va taraqqiyot
partiyasi” ma’muriyati davrida qo`shni mamlakatlar orasida ustunlikka
erishishga imkon beruvchi eng muhim vosita sifatida iqtisodiy jihatdan
o`zaro bog`liqlikni bartaraf etdi. Shuningdek, mamlakatning tashqi siyosati
va strategik qarashlarini boshqarishda muhim rol o`ynovchi xususiy sektor
firmalariga jiddiy e`tibor qaratdi. Shu bilan bir qatorda yanada keng erkin
savdo maydonini yaratish harakatlari amalga oshirildi, bu esa konfliktdan
ko`ra hamkorlikning yangi va ijobiy ko`rinishini kasb etdi. Yetakchi turk
akademiklaridan biri ta`kidlaganidek, qo’shni davlatlar bilan sobiq tashqi
ishlari vaziri A.Davutog’luning "nol muammolar" strategiyasi oddiygina
qilib mamlakatning tashqi savdo siyosatini anglatadi. Turkiya mintaqada
asosiy eksport yetakchi davlat bo`lishni xohlaydi va mintaqada tashqi
savdoning barqaror o`sishini o`zining umumiy iqtisodiy ulushi nuqtai
nazaridan qaraydi. “Adolat va taraqqiyot partiyasi” mintaqaviy savdoga
doimiy va barqaror iqtisodiy rivojlanish, ayniqsa islom mamalakatlari
bilan munosabatlarni kuchaytirishning asosiy omili sifatida baho beradi.
Ba’zi iqtisodiy tashabbuslar “Adolat va taraqqiyot partiyasi” hukumatining
mamlakat ichidagi tarafdorlarini taqdirlashni maqsad qilgan. Turkiyaning
jami eksporti 1996-2009 yillarda to’rt barobar oshdi, 2009 yilga kelib
Islom Hamkorlik Tashkilotining 57 ta a`zo mamlakatlariga eksporti yetti
karra ortdi va umumiy eksport hajmining 28 foizini tashkil etdi. Shu bilan
birga, “Adolat va taraqqiyot partiyasi” hukumat tepasiga kelguniga qadar
Yaqin Sharq va musulmon mamlakatlarini qo`llab-quvvatlovchi yo`nalish
yaxshi tashkil etilgan edi.
Oxiri o`n yillikda Turkiyaning Yevropadan ko`ra Yaqin Sharq
mamlakatlari bilan savdo munosabatlari nisbatan tezlashdi va savdo
1
The orld Bank`s report on the “Middle East and Northern Africa Region 2008 Economoc Development and
Prospects” showed total MENA gross domestic product in 2007 as $ 1,593 billion; Turkey`s the same year was about $
800 billion.
115
ko`rsatkichi neft narxlarining ko`tarilishi va tushishi bilan o`zgarib turadi.
1988 yilda ushbu mintaqaga Turkiya eksportining hajmi 22 foizni tashkil
etgan bo`lsa, 1988 yilda neft narxlarining tushishi munosabati bilan
Turkiyaning eksporti 10 foizga kamaydi, 2008 yilda esa 19 foizga qaytib
ko’tarildi. Turkiya tashqi savdo siyosatida Yaqin Sharq serdaromad, foyda
keltiruvchi yo`nalish hisoblanadi.
2009 yilda Turkiyaning dunyo bilan uning umumiy savdoda
kamomadi bo`lgan holda, Yaqin Sharq bilan savdo aylanmasi 8 milliard
AQSH dollarini tashkil etgan edi. Iroq Turkiyaning savdodagi eng yirik
tarixiy hamkorlaridan biri bo’lib kelgan. U Quvayt istilosidan keyin falaj
qiluvchi sanksiyalar tizimi barham topganidan so`ng 2003 va 2009 yillarda
ikki mamlakat o`rtasidagi umumiy savdo hajmi 900 million dollardan 6
milliard dollarga yetdi.
2009 yil sentyabr holatiga ko`ra 500 ta turk kompaniyalari tomonidan
Iroqqa investitsiya kiritildi va Turkiya xorijiy investorlarning o`ntaligidan
joy oldi. Turk pudratchilari yo’llar, ko’priklar qurilishi va boshqa
infratuzilma loyihalarini amalga oshirishmoqda. Shimoliy roqdagi
iste’mol tovarlari bozorida 80 foizdan ortiq turk kompaniyalari hukmron
mavqega ega.
Anqara mintaqani elektr energiyasi bilan ta`minlaydi va 2010 yilning
mart oyiga qadar 48 ta savdo va rivojlanish protokollaridan iborat yangi
kelishuvlar imzolangan.
Suriya bilan 2011 yil fuqarolar urushi boshlangunga qadar savdo
aloqalari yaxshi bo’lgan. Suriya bilan 1999 yildan beri rivojlanib
kelayotgan iqtisodiy aloqalar yangi siyosiy do’stlik aloqalari bilan
mustahkamlandi. Ikki tomon 2010 yil mart oyigacha savdo, ishlab
chiqarish, taraqqiyot va madaniy aloqalar shuningdek, Hatay provinsiyasi
hamda Dajla va Frot daryolari bilan bog`liq uzoq muddatli bahslarni hal
qilish bo’yicha 51 ta protokol imzolangan edi. 2009 yilda ikki tomonlama
tovar ayirboshlash hajmi 1,7 milliard dollar bo`lib, Turkiyaning jami savdo
hajmining 1 foizidan kamrog’ni tashkil etadi. O’sha davrda Turkiyaning
Suriyaga eksporti to’rt barobarga oshdi va eksport hajmi 2009 yilda qariyb
30 foizga ko`paydi. Ba’zi Suriya rasmiylari to’lovlar balansining
Turkiyaning foydasiga o`ynayotganligidan va shimoliy Suriyaning
ayniqsa, Damashqqa erkin bog`langan infratuzilma, xizmatlar va hatto
alohida shaxslarning Turkiya ta`siriga tushib qolishidan tashvishdaligi
ta’kidlangandi. Al Jazira telekanali asosan Turkiya tarafida bo`lib, 2010
yilning fevral oyida Suriya savdogarlarining bir qismi bosim o`tkazilishi
haqida ma`lum qilgan. Turkiya hamma narsa haqida –muammolarni hal
116
qilish, ko’p tomonlama iqtisodiy hamkorlik, o’zaro bog`liqlik g’oyasini
Yaqin Sharqda ilgari suradi. Yagona muammo Arab davlatlarining asosiy
manfaatdorligidir. Boisi Turkiya mintaqaning boshqa davlatlariga
qaraganda sanoat va malakali ishchilarga ega.
Turk rasmiylarining ta`kidlashicha, Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan
bojxona ittifoqiga chegaralarni ochganida huddi shunday raqobatli
chaqiriqqa duch kelgan edi, lekin bu narsa oqibatda mamlakatga ijobiy
ta`sir qildi. Banklarining Damashqda joylashuvi bilan bog`liqlikda Turkiya
nafaqat yangi qonunchilikni qo`llab-quvvatlayapti, balki o`n yillar oldin
boshlangan iqtisodiyotning davlat nazoratidan liberallashtirilishi
jarayonida Suriyaga yordam bermoqda. Damashqda bu narsa Suriya uchun
ham ijobiy ahamiyatga ega, deb hisoblashadi. Chunki ular uchun yanada
kuchliroq Yevropa to`g`onlaridan ko`ra Turkiya raqobatining ochilishi
nisbatan afzalroq hisoblanadi. Suriya hukumatining iqtisodiy
maslahatchilaridan birining ma`lum qilishicha, turk banklarining kirib
kelishi natijasida Suriya investisiyalar kirib kelishi va texnologiyalarni
jo`natish hisobidan foydan ko`radi. Va bu savdo kamomadining o`rnini
qoplaydi. So`nggi paytda Turkiyaning Yaqin Sharqdagi savdosi nisbatan
o`sgan bo`lishiga qaramay, umumiy manfaatlar bilan mutanosib ravishda
munosabatlarni saqlab qolish uning uchun muhim ahamiyatga ega. Hatto
Usmonli Turk Imperiyasi ham iqtisodiy jihatdan har doim Yaqin Sharqdan
manfaatdor bo`lgan.
Biroq, Turkiyaning Yaqin Sharqdagi iqtisodiy siyosatidagi
muammolardan biri Yevropa ittifoqning iqtisodiy hamkor sifatida bugungi
kunda ham saqlanib qolishidir. Yevropa Ittifoqi bilan savdo munosabatlari
uzoq vaqtdan beri Turkiyaning umumiy savdo hajmining yarmini tashkil
etib keladi. Bu Turkiyaning Rossiya va Eron bilan munosabatlarda ko`p
jihatdan energiyaga bo`lgan qaramlikning oldini oldi. Eng muhimi, 2008
yilda Turkiyaga kirib kelgan xorijiy investitsiyalarning 9G’10 qismi
Yevropa Ittifoqi hissasiga to`g`ri keladi. Modomiki Yaqin Sharqdagi
200.000 turk ishchilari va aholisini Yevropadagi 4 million turk aholisi
bilan taqqoslab bo`lmaydi. 2009 yilda Yevropaga kelgan turklar Yaqin
Sharq va Shimoliy Afrikadan kelganlar 27 million muxojirning bor yo`gi
1G’10 qismiga teng.
Turkiyaning
Yaqin
Sharqdagi
istiqodiy
munosabatlarni
kengaytirishdagi muhim yo’nalishlaridan biri viza rejimini yengillashtirish
va transport infrastrukturasini rivojlantirish bo’ldi. Bu yo’lda Turkiyaning
birinchi qadami xususiy sayohatni osonlashtirish bo`ldi:
117
- 2009 yilning oxirida, Suriya, Livan, Iordaniya va Liviyaga nisbatan
viza tizimi olib tashlandi. Bu narsa Yaqin Sharq mamlakatlaridan
(Isroildan tashqari) keluvchi sayyohlar oqimining 2008 yilda 16 foiz, 2009
yilda 22 foizga oshirdi.
- 2010 yilning fevral oyida 70 million dollar investitsiya kiritilgach
Turkiya, Suriya va Iroq o’rtasida temir yo’l liniyasi qayta ochildi.
- Yaqin kelajakda Suriyaning shimoliy qismida joylashgan Xalaf
shahri va Turkiyaning janubi-Sharqiy savdo markazi Gaziantep o’rtasida
tezyurar poyezd yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu loyiha Suriya
va Iordaniya tomonidan taklif qilingan hamda Iordaniya va Saudiya
Arabistoni o’rtasida rejalashtirilgan - Usmonli turk imperiyasining eski
Hijoz temir yo`l liniyasiga moslashtirildi.
- 2009 yildan beri shimoliy Iroqni ta`minlagani kabi Suriyani ham
elektrenergiyasi
bilan
ta`minlamoqda.
Turkiyaning
Frot-Dajla
daryolaridagi to`g`on tizimi qo’shimcha sug’orish strategiyasiga imkon
beradi.
Turkiya taraqqiyot yordamini oluvchi mamlakatdan donor
mamlakatga aylandi. Bu narsa kasalxonalar, qizlar maktabi, yo’l
qurilishini o`z ichiga oluvchi Afg’onistonga nisbatan qilinayotgan amaliy
yordamda yaqqol ko`zga tashlanadi. Shuningdek, 750 nafar Falastin
politsiyasi xodimlari ta’lim olish uchun Turkiyaga olib kelindi. FalastinIsroil chegarasida mavjud nizolar sharoitida sanoat maydoniga asos
solindi. Falastin-Isroil-Turkiya iqtisodiy hududi, kasalxona, maktab hamda
G`arbiy Qirg`oqda Jenin yaqinida ikkala tomonga ham qulayliklar
beruvchi “tinchlik lager”ini tashkil etish rejalashtirilgan. Turk kelishuvi
uzoqqa cho`zilishi kutilyapti, chunki u ko`pqirralidir.
Bu 2010 yildagi Iroq, Suriya, Iordaniya va Livan hukumat
rahbarlarining yillik uchrashuvlaridan iborat "Oliy darajali strategik
hamkorlik Kengashi" singari davlatlarning yuqori darajadagi hamkorligini
o’z ichiga oladi. Turkiya huddi shunday kelishuvni Liviya bilan ham
imzoladi. Bu mintaqaning siyosiy qarama-qarshilikdan uzoqlashib
iqtisodiy hamkorlik tomon yaqinlashuvining bir qismi hisoblanadi.
Iroq va Suriyadagi beqarorlik bois Turkiyaning Misr va Suriya bilan
savdo xajmi 2014 yilga kelib qisqardi, Suriyadagi urush boshlanganidan
buyon 69 foizga savdo hajmi tushib ketgan. 2013 yil Misrda hokimiyat
almashunivi natijasida Turkiya Misr bilan 2014 yil aprel oyida muddati
tugagan o’zaro savdo ayriboshlash to’g’risidagi shartnomani cho’zishni
xoxlamadi. Ammo, Iroq turk tovarlari uchun Yaqin Sharqdagi ikkinchi
118
yirik bozorga aylandi. Eron birinchi o’rinda bo’lib, yillik savdo xajmi 2011
yilda 15 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
Turkiya Yaqin Sharq davlatlarining neft va gaz eksporti uchun tranzit
sifatida katta ahamiyatga ega edi. Turkiya iste’mol qilayotgan neftning 93
foizini va gazning 97 foizini tashqaridan import hisobiga ta’minlaydi1.
Bugungi kunda Turkiyaning Yaqin Sharqdagi energetik siyosatida
ikki davlat muhim o’rin tutadi:
1. Eron
2. Iroq (Iroq shimolida tashkil topgan bugungi kundagi Kurdiston
mintaqaviy xukumati).
Ta’kidlash joizki, hozirda Iroq hududi de fakto tarzda uch qismga
ajralib qolgan. Markaziy Bag’dod, ISHID ishg’ol qilgan hududlar va
Kurdiston (Kurdiston mintaqaviy hukumati).
Turkiya 2013 yildan poytaxti Erbil bo’lgan Kurdiston mintaqaviy
hukumatiga nisbatan o’z yondoshuvini energetika omili bois va ISHIDga
qarshi kurash sababli o’zgartirdi. Bu rasmiy Bag’dodning keskin tanqidiga
uchrab, davlat suverinitetining poypol qilish deya baholanmoqda2.
2012 yilda Turkiya Energiya vaziri Taner Yildiz boshchiligidagi katta
turk delegatsiyasi ishtirokida Kurdiston mintaqaviy xukumati poytaxti
Yerbil shahridagi energiya anjumani bo`lib o`tdi. Unda Turk hukumatining
ishtiroki Bag’dod noroziliga sabab bo’lgan.
2013 yilning iyun oyida, Havrami Turkiyaga Kurdiston
muxtoriyatidan neft quvuri o`tkazilishini hamda Turkiyaning Genel
Energy kompaniyasi 2014 yildan ushbu quvur orqali neft eksport qilishni
boshlashi haqida ma`lum qildi. Shu bilan birga turkiyaga gaz eksporti
2016 yildan boshlanadi. Bundan tashqari mazkur neft quviri Bog’dod
nazoratidagi Fish Khaburga yetkazilib, Kirkuk-Jeyhan neft quvuriga
ulanishi loyihalashtirilgan. Bu Iroq shimolida tashkil topgan Kurdiston
muxtoriyati bilan aloqalarning neft omili sababli mustahkamlanishini
bildiradi.
2013 yilning may oyida, bosh vazir Erdog’anning ta`kidlashicha, turk
davlat kompaniyasi va Exxon Mobil shimoliy Iroqda Kurdiston
muxtoriyati bilan neft burg’ulashda hamkorlik qiladi. 2013 iyun oyida
Kurdiston muhtoriyati ma`lum qilingan Turkiya neft quvuri rejasini
amalga oshirishni e`lon qilgan. Keyingi bir necha yil ichida ikkinchi neft
quvuri konstruksiyasi va tabiiy gaz quvuri loyihalarini amalga oshirish
1
Belgin M. Energy and Turkey’s Foreign Policy: State Strategy, Regional Cooperation and Private Sector Involment //
Turkish Policy Quarterly. –N2. –2011. –P.84
2
Turkey's Kurdish client state // http://www.al-monitor.com/pulse/originals/2014/11/turkey-krg-client-state.html - Dec.
2, 2013
119
muhokama qilindi. Iroq hukumati rahbari al-Malikiy hukumati
konstitutsion masalalar va daromad bo’lishish bilan bog`liq bahslar
mavjud sharoitda Turkiya-Kurdiston muxtoriyati o`zaro munosabatlari
bilan Iroq suverenitetini poymol qilmoqda, deb ta`kidlamoqda.
Turkiyaning Exxon Mobil va Shevron bilan shimoliy Iroq neftini
o`zlashtirishdagi ishtiroki AQSHning Bag’doddagi say-harakatlarini
murakkablashtirishi mumkin. Shuningdek, uning boshqaruvi, etnik
yondashuvlarning yomonlashuvi, mazhablararo zo’ravonlik, Iroqning
birligi, demokratiya va konstitutsiya bilan bog`liq savollarni keltirib
chiqarishi mumkin. Turkiya 2013 yilda Iroqdagi Maliki hukumati bilan
yuqori darajada siyosiy aloqalarni yangilab, barqarorlikni qo’llabquvvatlashga qaratilgan harakatlarga tayyorligini ma`lum qildi. Yangi
Kurdiston muxtoriyati quvuri 2013 yil dekabr oyida Turkiyaning Seyhan
portiga neft haydashni boshladi. OAVning xabarlariga ko`ra, 2014 yilning
iyun oyida portdan bir qancha tankerlar jahon bozoriga chiqarildi.
Shu bois bugungi kunda Turkiya Iroq hududida tashkil topgan
Kurdiston mintaqaviy xukumati eng katta tashqi hamkori bo’lib, uning 85
foiz eksporti Anqara xissasiga to’g’ri keladi. 2013 yilgi ma’lumotlarga
ko’ra o’zaro savdo xajmi 7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi1. Hozirda
Iroqdagi vaziyat sababli kurd muxtoriyati Kirkuk atrofidagi yana ikki neft
konlarini qo’lga kiritishga intilmoqda. Kelgusida markaziy Bag’dod bilan
muammo daromadlar taqsimoti borasida kelib chiqishi mumkin 2.
Eron-Turkiya energetik hamkorligiga to’xtaladigan bo’lsak, 2014 yil
Eron Birinchi Visa prezidenti Muhammadrizo Raximiyning Eronga
tashrifi davomida o’zaro savdo xajmini yiligi 30 mlrd. AQSh dollariga
yetkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bu esa Suriya masalasida
qarashlar mos kelmasada, Eron va Turkiya o’rtasida iqtisodiy
munosabatlarda barqarorlikning saqlab qolinishini ko’rsatadi. Bugungi
kunda Turkiyaning neft importini taxminan 44 foizi va uning tabiiy gaz
importini 19 foizi Eron hissasiga to’g’ri keladi3.
Bundan tashqari so’nggi vaqtlarda Turkiyaning ISHID jangarilari
bilan hamkorlik qilayotganligi, ulardan noqonuniy tarzda Iroqdan neft
mahsulotlari sotib olayotganligi va ularni Suriyadagi neftni qayta ishlovchi
1
Turkey's Kurdish client state // http://www.al-monitor.com/pulse/originals/2014/11/turkey-krg-client-state.html - Dec.
2, 2013
2
Ta pinar Ö., Tol G. Turkey and the Kurds: From Predicament to Opportunity // US – Europe Analysis Series. Number
54 January 22, 2014. –Р.38-40.
3
Турция: новая роль в современном мире. – М.: ЦСА РАН, 2012. – 80 с.
120
zavodlarga yetkazishda ko’maklashayotganligi to’g’risida ma’lumotlar
uchrab turmoqda1.
Bundan tashqari Turkiya Isroil energetika eksportida ham muhim
o’ringa ega. Isroilning Levant tekisliklarida 450-480 mlrd.kub metr, Tamar
gaz konida 254 mlrd.kub metr gaz zaxiralari aniqlangan. Isroil va Kipr
2010 yil dekabrda dengiz chegaralari orasidan gaz quvurlarini o’tkazishga
kelishib olishdi. 2013 yil boshlarida Isroilning yirik Doran Energy
Company kompaniyasining 25 foiz aksiyasiga ega bo’lgan Turkiyaning
Zorlu Group kotserni Livant tekistliklaridagi gaz konlaridan Turkiyaning
janubiy sohillari bo’ylab Kiprga quvur yo’llarini o’tkazilishini ta’minladi.
U 600 km.ga teng bo’lib, Yevropaga yetgunicha 2 mlrd. AQSh dollari
miqdordagi qurilish xarajati ketadi.
Turkiyaning Yaqin Sharqda neft tranzit qiluvchi davlat sifatidagi
o’rniga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar:
Birinchidan, Turkiyaga tranzit koridoriga qarshi Xormuz bo’g’ozi va
Fors ko’rfazining o’rni kattaligi;
Ikkinchidan, Turkiya chegarasidagi beqarorlik holati, Suriya va
Iroqdagi vaziyat;
Uchinchidan, Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalarning mavjudligi,
Rossiyadagi nisbatan gaz narxining yuqoriligi (1000 kub metr uchun Eron
- 505 dollar, Rossiya- 400 dollar)2.
To’rtinchidan Rossiya omilining o’rni kattaligi. Turkiyaga jami
yetkazilayotgan gaz xajmining 58 foizi va neftning 12 foizi Rossiyaga
to’g’ri keladi3. Bugungi kunda Rossiya va Turkiya o’rtasida “Turk yo’li”
gaz quvuri 2017 yildan so’ng ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu
Turkiyaning tranzit sifatidagi rolini oshirsa, ikkinchidan mamlakatdagi
muqobil energiya manbasiga ega bo’ladi. Bu haqda Turkiyaning
Moskvadagi elchisi Umit Yardimga asoslanib, "Interfaks" xabar qilgan.
Elchining so’zlariga ko’ra, Turkiya va Rossiya hozircha loyihani boshlash
arafasida turibdi. SHuning uchun ushbu loyiha 2016 yoki 2017 yildan
qaysi birida ishga tushishini aniq aytib bo’lmaydi.
Aytish mumkinki, Turkiyaning Yaqin Sharq mintaqasidagi iqtisodiy
va energetik qiziqishi yildan yilga o’sib bormoqda. Bu holatni bir necha
omillar bilan izohlash mumkin:
1
US says working with Iraqi Kurdistan to stop ISIL oil smuggling // Today’s Zaman. –October 30, 2014. // http://
www.todayszaman.com/business_us-says-working-with-iraqi-kurdistan-to-stop-isil-oil-smuggling_363004.html
03.11.2014).
2
Y ld z: Iranian gas prices higher than int’l markets // Today’s Zaman. — March 12, 2014 // http://www.todayszaman.
com/business_yildiz-iranian-gas-prices-higher-than-intl-markets_341897. html - 03.11.2014.
3
Okumu
O.
Turkey
dependent
on
Russian
gas
via
Ukraine.//http://www.alмonitor.com/pulse/originals/2014/03/turkey-still-needs-russian-gas-via-ukraine.html# - 03.11.2014
121
Birinchidan, “Adolat va tarqqiyot partiyasi” hokimiyatga kelishi va
tashqi siyosatda Yaqin Sharqqa nisbatan kengroq siyosat olib borishga
qaratilgan strategiyalarning ishlab chiqilganligi;
Ikkinchidan, Turkiyaning iqtisodiy o’sishi va eksport xajmining
so’nggi yillardan ortishi va Yaqin Sharqning qulay bozor sifatidagi
o’rnining muhimligi;
Uchinchidan, Yaqin Sharqdagi, xususan, Turkiyaga chegaradosh
davlatlardagi inqirozlar va turk iste’mol mahsulotlariga nisbatan talabning
oshishi;
To’rtinchidan, Yaqin Sharq mintaqasiga nisbatan o’sayotgan turk
iqtisodiyoti uchun energetik ta’minotning muqobil manbasi sifatida
qarashning shakllanishi.
Yaqin Sharqda mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda Turkiyaning
o’rni. Bugungi kunda Yaqin Sharq jahonnnig nizolarga boy hududlaridan
hisoblanadi. Bugungi kunda Turkiyaning mintaqaviy siyosatida
manfaatlariga zid bo’lgan, mintaqaviy xavfsizligiga tahdid soladigan
asosiy muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ISHID va unga
qarshi kurash masalasi, Suriyagi fuqarolar inqirozini hal etish, mintaqadagi
suv va gumanitar muammolar, diniy nizolar, Isroil-Falastin nizosi
boshqalarni keltirish mumkin.
Turkiyaning “Katta Yaqin Sharq”da tinchlik va barqarorlikka nisbatan
yondoshuviga ham baho berish kerak. Yaqin Sharqdagi ahvol PSRning
hokimiyatda bo`lgan davrda butunlay tahlikali bo`lib qolmoqda. Holat
ayniqsa 2011-2012 yillarda “arab bahori” tufayli og`irlashdi. Turkiyaning
“arab bahori” hodisalarida maqsadlarini quyidagicha tushunish mumkin 1:
- Mojaroli hududda elitaning almashishi, hokimyat tepasiga islom
tipidagi Turkiya nazorati ostidagi hamda xatto yangi elitaning chuqur
islomlashuvi darajasigacha jarayonlarni boshqarish bo`yicha G`arbdan
vakolatlar olish imkoniyatiga ega bo`lgan yangi subyektlarning kelishi;
- Amerikaning eskirgan rejimlarni ularning boshqarilish darajasini
saqlagan hamda oshirgan holda almashtirilishi bo`yicha loyihalari orqali
“Katta Yaqin Sharq” xaritasining hududiy yaxlitligini saqlash va uni qayta
shakllantirish, va ayni shu orqali ushbu kontekstda AQShning mustaqil
o`ng qo`li rolini bajarish;
- O`zining shunchaki mintaqaviy davalat sifatida emas, balki
mintaqadan ustun turuvchi global xarakterdagi muammolarni hal etish
imkoniyatiga ega bo`lgan kuchli davlat sifatidagi rolini oshirish;
1
Turkey and the Middle East: Ambitions and constraints /Crisis Group // Europe Report. –N°203. –7 April 2010. –
P.23-25.
122
- AQShga real sodiqlikni va nisbiy suverenitet hamda hokimiyatdagi
elitaning saqlab qolinishi yo`lida uning siosati doirasida harakat qilishga
tayyorlikni namoyon etish;
- Mavjud kuch shakllarining barcha turlarini, xususan ular ichida eng
muhimi bo`lmish AQShda istiqomat qiluvchi F. Gyulen boshliq “Nur”
nomli islom tariqatini aks ettiruvchi diniy – ma’naviy (mafkuraviy) kuchni
qo`llay olish imkoniyatini oshirish;
- Falastin davlatini tan olish jarayonida yetakchilik pozitsiyasini
egallash uchun baza tayyorlash, shu bilan birga xalqaro munosabatlarning
maydalashuvi sharoitlarida boshqariladigan bosh-boshdoqlik – anarxiyani
kengaytirish;
- Hududiy yaxlitlikni mustahkamlash hamda “bahor”ning o`z
hududiga qadar kengayishining oldini olish;
- O`z fuqarolari manfaatlarini himoya qilish;
- Mojaroli hududlardan davlat mulkini olib chiqib ketish. AQSh “arab
bahori” davrida Turkiyaga amalda Suriya rejimini tiyib turish va Isroilga
bosim o`tkazish bo`yicha vakolat berdi. “Arab bahori” kontekstida Turkiya
faoliyati manbalari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- Turkiyaning Sharq va G`arbi, Shimol va Janubni va bir qator mikrohamda makro mintaqalarni birlashtirib turuvchi hududi;
- Ta’lim darajasi tez o`sib borayotgan yosh va umidli aholisi, bu o`z
navbatida mamlakatning xalqaro sahnada raqobatbardoshligini oshishiga
olib keladi;
- Yaxshi qurollangan, qattiq tashkil etilgan, son jihatdan NATOning
ikkinchi eng yirik armiyasi;
- AQSh bilan ittifoqchilik aloqalari;
- YIga cho`zilib ketgan integratsiya jarayoni
- O`z hududida energiya rishtalarining mavjudligi;
- Kuchli analitik kadrlar, umuman olganda oqilona tashkil etilgan
kadrlar siyosati;
- Ayni vaqtda G`arb uchun ham, Sharq uchun ham jozibador bo`lgan
o`z ichki va tashqi siyosatining mavjudligi;
- Samarali iqtisodiy model.
O`ziga ishonchning o`sishi bilan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi
boshqaruvidagi Turkiya o`zini bir qancha mintaqaviy mojarolarda
ko`makchi, o`rtakash va raqib tomonlarni yarashtiruvchi sifatida namoyon
etmoqda. Ushbu rol G`arb poytaxtlarida, Turkiya ichidagi omma fikrida va
mintaqaviy OAVda keng tan olindi hamda muhokama etildi. Yaqin Sharq
123
mintaqasini barqarorlashtirish bilan birga ushbu faollikdan asosiy sabab
mintaqaviy farovonlik va shu orqali Turkiya savdosini o`stirishdir.
“Adolat va taraqqiyot” partiyasi ushbu faollikni Iroqq qarshi AQSh
boshliq uyushtirilgan intervensiyadan so`ng ushbu mamlakat Sunniy
musulmonlarining uchrashuvlarini uyushtirish hamda mintaqada
AQShning yangi o`rtakashlik tartibiga boshqa mamlakatlarni ham
birlashtirishga intilish orqali boshladi. “Adolat va taraqqiyot” partiyasi
yetakchilari shu bilan birga AQSh va Eron, Suriya va Iroq, Isroil va
Falastin, HAMAS va Fath hamda Pokiston va Afg`onistondagi turli
taraflar o`rtasidagi bosimni kamaytirishga ham intildi. Har bir holatda,
Turkiyaning roli yanada sezilarli bo`lib bordi. Masalan Afg`oniston va
Pokiston o`rtasidagi uch tomonlama uchrashuvlar Istanbulda to`rt raund
darajasida tashkil etildi, avval ishonchni yaratish uchun yetakchilar
o`rtasida uchrashuv, keyinroq iqtisodiyot vazirlari, keyinroq harbiy va
xavfsizlik sohasidagi vazilar va nihoyat ushbu davlatlarning fundamental
diniy maktablarini qanday qilib zamonaviy yo`lga qo`yish muammosini
hal etish borasida uchrashuvlar bo`lib o`tdi.
Turkiya Yaqin Sharq mojarolarida barcha tomonlar bilan muzokara
olib borishi mumkin bo`lgan yagona davlatdir. 2009 yilda Doha sammiti
arafasida Livan tomoniga bosim o`tkaza olganini kuzatuvchilar yaxshi
baholagan. Turkiya, xatto bu uchrashuv Suriya va Saudiya
yetakchilarining xo`jako`rsinga amalga oshirgan tashrirfi bo`lishiga
qaramay, Damashqni Ar-Riyod va Bayrut bilan yaqinlashtirishda o`z
hissasi bor ekanligini iddao qiladi. Iroqda borbardimon seriyalaridan so`ng
Suriya va Iroq o`rtasidagi tahlikali vaziyatni kamaytirish bo`yicha to`rt
raundli uchrashuv hech bo`lmaganda ushbu davlatlarning pozitsiyasini
aniqlash imkonini berdi.
Liviya masalasida. Dastlab Turkiya Liviyada Kaddafiy ma’muriyatiga
qarshi BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlarini bekor qilish tashabbusi bilan
chiqdi. Erdog’an ma’muriyati bu yerdagi rejimga qarshi har qanday NATO
harbiy operatsiyani qo’llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Biroq, Turkiya bu
siyosatda yakkalanib qoldi va Beng’ozi qo’zg’oloni davrida Liviya
ma’muriyati Turkiyaga nisbatan o’z salbiy munosabatini bildirdi. Bu
rasmiy Anqara pozisiyasining o’zgarishiga olib keldi. Erdog’an agarda
turk qo’shinlarini to’g’ridan-to’g’ri harbiy amaliyotlarga jalb qilish
so’ralmaganda Qaddafiyni pastroq tushishga va NATO operatsiyalarida
ishtirok etish uchun kelishib olishga chaqirgan bo’lardi. Tripoli qulashi
bilan rejim barbod bo’lganda Axmad Dovutog’lu o’tish davri Milliy
Kengashiga 300 million AQSh dollari yordam berishga va’da berdi.
124
ISHIDga qarish kurash masalasida. 2013 yil aprel oyida Suriyada
IShIDning paydo bo`lishi Suriya shimolida kuchli ta’sirga ega bo`lgan
holda “Suriya urushi yo`nalishini o`zgartirib yubordi”. 2013 yil dekabr
oyiga qadar ushbu guruh Suriyaning 4 ta chegaraoldi shaharlari – Atmeh,
Al-Bob, Azoz va Jorablusni o’z nazoratiga oldi, bu orqali ular Turkiyaga
kirish va chiqish ustidan ham nazoratga ega bo’ldilar.
Ma’lumki, Iroq urushi davrida Al-Qoida shafeligida tashkil etilgan
ushbu guruh 2004 yil boshida o’zini “Jamoat al-Tahvid al-Jihod” deb
nomlangan, 2004 yil oktabr oyida esa uni Tanzim Qoidot al-Jihod fi Bilad
al-Rafidayn (ikki dayo mamlakatida qo’nim topgan Tashkilot)ga
o’zgartirdi, keyinroq u Iroqdagi Al-Qoida sifatida tanildi.
2006 yil yanvar oyida ushbu guruh bir qancha kichik guruhlar bilan
birlashdi va “Mujohidin Sho’ro” deb atala boshladi. 2006 yil oktabr oyida
u Davlat al-Iroq al-Islomi (Iroq Islom Davlati) nomini tanladi. 2013 yil
aprel oyiga kelib ushbu guruh “Iroq va Shom Islom Davlati” nomini
tanladi, bu esa o’z navbatida uning Suriya fuqarolar urushiga jalb
etilganini bildiradi1. Iroq va Shom islom davlatining siyosiy qurilishi
Afg’onistonda Tolibon hokimyaiti davrida o’rnatilgan siyosiy rejim bilan
bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Shu yo’sinda, ushbu front o’zini Al
Qoidaning Suriyadagi filiali sifatida ommaviy ravishda tan oldi. Ammo,
ushbu davlatdga (Shom) Suriya, Livan, Iordaniya hamda Iroqning bir
qismi kiradi va bu holat bir vaqtning o’zida AQSh, Turkiya, Isroil va Eron
uchun to’g’ridan-to’g’ri tahdid hisoblanadi.
2015 yil may oyida ISHID tomonidan Suriyadagi Palmira va Iroqdagi
Ramadi shaharlarining egallanishi Turkiya xavfsizligi uchun jiddiy tahdid
sifatida namoyon bo’ldi. 2015 yil 23 mayda Turkiya qurolli kuchlari
Suriya bilan chegaraga zirhli texnikasini joylashtirdi. CHunki chegarada
vaziyat keskinlashib, Turkiyaga qochoqlar kelishi ancha ko’paydi.
Turkiya ISHIDga qarshi bir qator strateiyalarni amalga oshirdi:
Birinchidan, ISHIDga qarshi kurashishda G’arb koalisiyasining
hamkori, biroq o’z hududidan AQSH xavo kuchlarining Iroq va Suriyadagi
bazalariga zarba berishi uchun foydalanishiga ruxsat bermadi;
Ikkinchidan, Turkiya Mudofaa vaziri Ismat Yilmaz Mosul shahriga
Iroq harbiylari uchun ko’maklashishga jo’nalishini bildirgan. Ular inqiroz
1
Иррегулярные конфликты. Ближний Восток. Террористические группировки «Исламское государство Ирака и
Леванта» и «Исламский фронт»: цели, задачи, формы и способы действий в Сирии и Ираке. — М.: АНО
ЦСОиП, 2014. – С.23.
125
holatida Iroq aholisini himoya qiladi, biroq to’g’ridan-to’g’ri urushga
kirmaydi1.
Iroq-Turkiya munosabatlari. Turkiyaning Iroqqa eksporti 2003 yilda
829 million dollardan 2010 yilda 6 milliard dollarga o’sdi. Saddam
hokimiyatining ag’darilishi Turkiyaga foydali edi. Anqara so’ngi oylarda
turk rasmiylari tomonidan 2012 yil boshlarida Iroqning sobiq vitseprezidenti T.al-Xoshimiyga boshpana berganligi sababli Iroq hukumati
Anqarani Iroqning ichki ishlariga aralashishda ayblaganidan so’ng
Bag’dodda Nuri al-Maliki hukumati bilan munosabatlarda paydo bo’lgan
bir qator o’tkir burchaklarni yo’q qilishning uddasidan chiqdi. O’z
vatanida osish orqali o`limga hukm etilgan Al-Xoshimiy Iroq Kurdistoni
orqali Turkiyaga qochgani e’tiborga sazovor. 2012 yil avgustida esa
Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu Iroqni ogohlantirishni
lozim topmay Iroq shimolidagi Kirkuk shahriga tashrif buyurgan edi. Bu
Iroq ma’muriyati noroziligiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari Turkiyaning
Iroq shimolidagi Kurdiston mintaqaviy hukumati bilan yaqin aloqalari ikki
davlat munosabatlarining sovushiga olib kelmoqda.
Kurdlar masalasi bo’yicha. Turkiya Respublikasida mavjud kurd
aholisining soni bilan bog`liq ishonarli statistikani topish anchayin
mushkul hisoblanadi. Bir qator xorijiy nashriyotlar taklif etayotgan
raqamlar ixtiloflidir: bu ma’umotlar 14 million turk kurdlarining
mavjudligini ko`rsatadi, bu raqam mamlakat aholisining 14 foizini tashkil
etadi. 3 milliondan 5 milliongacha bo’lgan kurdlar mamlakatning
markaziy qismlarida, 12 million nafar aholiga ega bo’lgan Istambul
shahrida esa 2 million kurd yashaydi.
2009 yilda “Adolat va tarqqiyot” partiyasi hukumati “Kurdlar
ochilishi” bo’yicha ommaviy debatni boshlab yubordi. Hukumat ushbu
sarlavhani “Demokratik ochilish” bilan o’zgartirdi, keyinchalik u “Miliy
birlashish va bag’rikenglik loyihasi”ga o’z o’rnini bo’shatib berdi. Ichki
Ishlar Vaziri Beshir Otolayning islohotlar jarayoni siyosiy partiyalari jalb
etish va o’zaro hamkorlikka undashda muvaffaqiyatsizlikka uchragan
bo’lsada, u hukumatga professional assotsiatsiyalar, NNTlar,
universitetlar, OAV hamda ijtimoiy intellegensiya bilan muloqot olib
borish imkoniyatini yaratdi. Shu orqali hukumat ushbu jarayonga hissa
qo’shish niyatida bo’lgan barcha tomonlar fikrlarini o’rganib chiqishga
intildi. Ushbu davr mobaynida Milliy Assambleya Kurd masalasi va uning
yechimiga bag’ishlangan ilk sessiyasini o’tkazdi, ayni damda hukumat
1
Zvi Bar'el. Saudis trying to woo Turkey into joining anti-Iran axis // http://www.haaretz.com/news/middleeast/1.645777 - Mar. 8, 2015
126
Iroq Kurdistonining Kemp Mahmur nomli joyida o’rnashgan Kurd
Ishchilar Partiyasi jangarilari vakillarining mamlakatga kirishi masalasini
hal etish bilan shug’ullandi. Umumiy 34 jangarining yetib kelishi Habur
chegara postida bayramning boshlanib ketishiga sabab bo’ldi, ammo
mamlakat bo’ylab norozilik namoyishlari boshlandi. 2013 yil 23 fevralda
Parvin Buldan va Altan Tandan iborat bo’lgan ikkinchi delegatsiya
A.Ojallanni ziyorat etish uchun qamoqxonaga tahsrif buyurdi 1. SHu
muammoni ijobiy hal etishga erishiga harakat qildi. 2015 yil 17-18 may
kunlari Turkiyada kurdlarning Xalq-demokratlar partiyasi ofislari
joylashgan binolarda portlashlar amalga oshirildi. Bu portlashlar Turkiya
janubidagi Mersin hamda Adana shaharlarida sodir etilgan. Bu holat Turk
hukumati va kurdlar masalasini yana chigallashtirib yuborish ehtimolini
oshirdi.
Isroil-Falastin nizosi masalasida. 2014 yil iyul Isroil-G’azo ixtilofi
paytida, Erdog’an muntazam ravishda Isroilni tanqid qilgan va Turkiya
ehtimol HAMAS nomidan xalqaro vositachilik sa’y-harakatlariga jalb
etilgan edi. 2006 yilda Isroilning Livanga qarshi harbiy harakatlaridan
so’ng Turkiya ham BMTning Livandagi vaqtinchalik qo’shinlarini qo’llabquvvatlashga yuklar va 1000 nafar xodim va muhandis jo’natishni
boshladi.
Eron yadrosi. 2010 yilning may oyida, Turkiya bosh vaziri Rejep
Tayyip Erdog’an o’z mamlakatiga Eron uranini kirgizish maqsadida
Eronga qo’shimcha sanktsiya oldini olish uchun Braziliya prezidenti Lula
da Silva bilan kelishilgan holda Tehronga rejadan tashqari safar qildi.
Shartnomadan so’ng, Erdog’anning Eronni qo’llab-quvvatlashi xalqaro
hamjamiyat uchun masalaga aylandi. "Aslida, hozir Eronda yadroviy
qurol yo’q, lekin bizning mintaqamizda joylashgan Isroil yadroviy qurol
ega. Turkiya ularning ikkalasi bir xil masofada joylashgan. Natijada
AQSH va Angliyaning Turkiyaga nisbatan bosimi ortishiga olib keldi2.
Kipr
masalasida.
Bu
jihatdan
Dovutog’lu
turk-grek
munosabatlarining yangi paradigmasi asoslarini aniqlab berdi:
1. Kelajak yo’lida tarixni birgalikda tushunish: Turkiya va
Gretsiyaning umumiy tarixiy merosi ushbu ikki mamlakat tarixining Sharq
yoki G’arb dunyosiga mansub ekanligini inkor etadi.
1
Ensaro lu Y. Turkey’s Kurdish Question and the Peace Process // Insight Turkey –Vol.15 – No.2. –2013. –Р.7-17.
Coming
war
against
Iran:
Increasing
Anglo-American
pressure
on
Turkey
http://www.globalresearch.ca/index.php?context=va&aid=9407 - 21 June 2011
2
127
//
2. Konfessiyalararo muloqot namunasi: Turkiya va Gretsiya
konfessiyalararo muloqot masalasida butun dunyoga o’rnak bo’lishi
mumkin.
3. “Qo’shnichilik”ni yangicha tushunish: Turkiyaning tashqi siyosiy
strategiyasidagi “qo’shnilar bilan nol muammolar” yo’nalishiga to’g’ri
keluvchi hamkorlikning maksimal darajasiga erishish.
4. Egey dengizida hal etilmagan muammolarning yechimini topish.
5. Yevropa Ittifoqi, O’rta Yer dengizi Ittifoqi hamda Qora Dengiz
iqtisodiy hamkorligi Tashkiloti doirasida 2000 yildan 2010 yilga qadar
Turkiya va Gretsiya o’rtasidagi Tovar aylanmasi hajmi 870 mln. AQSh
dollaridan 3 mlrd. AQSh dollariga qadar o’sdi.
Xulosa qilib aytganda, Turkiya bugungi kunda mintaqaviy
xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi vositalardan foydalanmoqda:
- vositachilik;
- yuzma-yuz muzokaralar;
-ikki tomonlama munosabatlar;
- ko’p tomonlama va xalqaro tashkilotlar orqali;
- G’arb koalisiyasini qo’llab-quvvatlash.
Biroq, Yaqin Sharqqa nisbatan tashqi yetakchi kuchlarning kuchli
ta’siri, mintaqa davlatlari o’rtasidagi raqobat muhiti Turkiyaning Yaqin
Sharqdagi barqarorlikni ta’minlashdagi siyosati samaradorligini va
imkoniyatini cheklamoqda.
Turkiya 2019 yil iyun oyi boshida Rossiyaning S-400 majmualari
bo’yicha yakuniy qaror qabul qilishi lozim. Buni Anqaradan Vashington
talab qilmoqda. Agar Turkiya S-400 o’rniga AQShning zenit-raketa
majmualarini sotib olmasa, unga qarshi sanktsiyalar kiritilishi mumkin.
Turkiya S-400 majmualarini sotib olishdan voz kechib, ular o’rniga
AQShning Patriot majmualarini sotib olishi lozim. Aks holda Anqara 5avloddagi F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqishi
kerak, u buyurtirgan 100 ta shunday samolyotdan mahrum bo’ladi, AQSh
tomonidan sanktsiyalar va NATO choralariga duch kelishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko’ra, bu AQSh davlat departamentining Turkiya
rahbariyatiga oxirgi taklifidir. “NATO davlatlari NATO tizimlariga mos
keluvchi harbiy texnikani xarid qilishi lozim. Rossiya tizimi esa bu
standartga mos kelmaydi. Biz Turkiya S-400’ni sotib olsa, real va juda
salbiy oqibatlarga duch kelishini ta’kidlab o’tamiz”, deb aytgan noma’lum
bo’lib qolishni istagan manba.
Rossiya va Turkiya S-400’ning 4 ta divizionini etkazish bo’yicha
kelishuvni 2017 yil oxirida imzolagan. NATO a’zosi bo’lgan Turkiyaning
128
S-400’ni sotib olishi AQShning keskin tanqidiga uchragan. Vashingtonda
bu holat Anqara bilan harbiy-texnika sohasida hamkorlik qilish
imkoniyatini tahdid ostiga qo’yishi ta’kidlab o’tilgan.
Turkiya F-35 samolyotlarini ishlab chiqarish dasturida ishtirok etib,
100 ta shunday samolyot buyurtirgan. Birinchi F-35 Turkiyaga 2018 yil
iyunda topshirilgan, biroq AQSh hududini tark etmagan.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1. Jahon xaritasida Yaqin Sharq davlatlarining siyosiy-geografik
holatini tavsiflab bering ?
2. Yaqin Sharq davlatlari tashqi siyosat kontseptsiyasi asosiy
o‘lchamlari tushunchasiga ta’rif bering ?
3. Fors Ko‘rfazi arab davlatlari xavfsizlik tizimi masalalari haqida
aytib bering ?
4. Saudiya Arabistoni Podshohligi AQSh va Yevropa davlatlari bilan
munosabatlari nimadan iborat ?
5. Bugungi kunda AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlariga
SAP va boshqa arab davlatlarining munosabatlari qanday?
6. Turkiyaning AQSh va Yevropa davlatlari bilan munosabatlari
nimadan iborat ?.
7. Fors Ko‘rfazi Arab davlatlari hamkorlik tashkilotidan “Fors
Ko‘rfazi arab davlatlari Ittifoqi”ga aylanish istiqbollari haqida ma’lumot
bering.
8. Eronning ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga umumiy tavsif bering.
9. Yamanning FKADHKga a’zoligi muammolari nimadan iborat?
10. “Hozirgi davrda SAP” mavzusida prezentatsiya tayyorlash.
11. “FKADHK davlatlarida islom omili” mavzusini muhokama etish.
12. Eron Islom Respublikasining FKADHK davlatlari bilan o‘zaro
munosabatlari haqida ma’lumot bering.
13. Fors ko‘rfazi davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga tavsif
bering.
14. BAAning jahon hamjamiyatidagi o‘rniga baho bering.
15. Zamonaviy bosqichda Saudiya Arabistoni – Eron munosabatlari
qanday?
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Siyosiy xarita yordamida Arab davlatlarini siyosiy, iqtisodiy –
ijtimoiy va geografik holatini gapirib bering?
129
2. Turkiyaning Yaqin Sharqdagi siyosatini xarita yordamida aytib
bering?
3. Arab mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy
ahvolini internet tizimlari orqali mustaqil o‘rganish.
4. Ummon Sultonligining xalqaro munosabatlardagi o‘rnini yoritib
bering.
5. Bahrayn tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tavsiflab bering.
6. Zamonaviy bosqichda Yaqin Sharq davlatlarida yuz berayotgan
rivojlanish jarayonlariga tavsif bering.
7. “FKADHK - Yevropa Ittifoqi davlatlari munosabatlari” mavzusida
nutq tayyorlash.
8. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatida Yaqin Sharq davlatlari
to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash.
9. SAP tashqi siyosatida Yaqin Sharq muamosini yoritib bering.
10. Qatar tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
11. “Yaqin Sharq davlatlari va jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroz”
mavzusida doklad tayyorlang.
12. Qirol Salmon bin Abdulaziz davrida SAPdagi ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1.Kathy Pain. Changing Urban and Regional Relations in a
Globalizing World. – USA, 2014. – 248p.
2.TimoBehr., JuhaJokela. Regionalism and global governance: the
emerging agenda. –Notre Europe, 2011. – 67 p.
3.Rouben Azizian, Carleton Cramer. Regionalism, security and
cooperation in Oceania. – USA: APCSS, 2015. – 172 p.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy Xalqaro munosabatlarning
mintaqaviy jihatlari (O’quv qo’llanma) - T: ToshDShI, 2013. – 182 b.
2.Муҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб
мамлакатларида ижтимоий-сиёсий жараёнлар (Ўқув қўлланма) - Т:
ТошДШИ, 2013. – 160 б.
3. Muhammadsidiqov M.M. Sharq mamlakatlari xalqaro
munosabatlari (O‘quv qo‘llanma) – T: ToshDSHI, 2017. – 240 b.
4. Muhammadsidiqov M.M. Xalqaro mintaqashunoslik (O‘quv
qo‘llanma) – T.: Barkamol fayz media, 2017. 292 b.
130
4-BOB. JANUBIY VA JANUBIY SHARQIY OSIYO
MAMLAKATLARI JAHON SIYOSATIDA
Darsning maqsadi:

talabalarni Pokiston va Afg’oniston Islom Respublikalarining
xalqaro munosabatlardagi o‘rni hamda ularning siyosiy jarayonlari
borasida tasavvur hosil qilishlari uchun ko‘maklashish;

talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda
amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish;

talabalarga Pokiston va Afg’oniston tashqi siyosati hamda
ijtimoiy-siyosiy jarayonlari borasidagi to‘la ma’lumotlarni etkazish hamda
ushbu jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini singdirish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Janubiy Osiyo, SAARK,
SENTO (CENTO - The Central Treaty Organization), SEATO (SEATO South-East Asia Treaty Organization) tashkilotlari, “Tolibon” harakati,
Pokiston Islom Respublikasi, Jammu, Kashmir, Muhammad Ali Jinna,
“Dyurand chizig‘i”, Belujiston, Pushtuniston.
4.1 Afg’oniston tashqi siyosatining xususiyatlari va asosiy
yo’nalishlari
Bugungi kunda Afg’oniston
islom dunyosi va G’arb bilan
ko’ptomonlama hamkorlik ko’prigini qurib, dadil tashqi siyosatni olib
o’tkazmoqda. Afg’oniston Islom Respublikasining tashqi siyosatining
ustuvor yo’nalishlari Afg’oniston Islom Respublikasi Konstitutsiyasining 7
va 8 moddalarida belgilab qo’yilgan asosiy ishonch, qadriyatlar va
maqsadlarga asoslangan bo’lib: Davlat o’z tashqi siyosatini mamlakatning
Mustaqilligi, milliy manfaatlari, hududiy yaxlitligi, shuningdek, yaqin
qo’shnichilik, o’zaro hurmat va huquqlar tengligi asoslarini saqlab qolgan
holda olib boradi (8 modda). Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Nizomi, xalqaro kelishuvlar, shuningdek Afg’oniston imzolagan
millatlararo shartnomalar va Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga
amal qilishi lozim...(7 modda) Tarixining ushbu muhim onida Afg’oniston
demokratlashuv va qayta tiklash jarayonini boshladi.
Afg’oniston va xalqaro hamjamiyat o’rtasidagi parallel shakllanib
kelayotgan sherikchilik oqibatida Afg’onistonning tashqi munosabatlari
jiddiy o’zgarishlarga duch keldi. Toliblar hukumatining qulashidan so’ng
afg’on hukumati faol siyosat olib borib, o’z munosabatlarini xalqaro
hamajamiyat bilan mustahkamlashga kirishdi. Afg’oniston nafaqat
Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Sub-qit’a mintaqalari o’rtasidagi ko’prik
131
bo’lib qolmasdan, balki islom dunyosi va plyuralistik demokrati oilasi
bilan ham yaqin munosabatlarni o’rnatish qarorini belgilab qo’ydi. Biroq,
Afgonistonning xalqaro sheriklari tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga
avvalgidek aminmiz. Afg’onistonning qo’shnilari mintaqadagi davlatlarni,
shuningdek bizning bevosita Afg’oniston uchun qo’shni bo’lgan eng
muhim davlatlar qatorida ekanligini hisoblaymiz. Bir necha o’n yillar
mobaynidagi urushlar va qon to’kilishlar oqibatida Afg’oniston qo’shnilari
bilan o’zining an’anaviy va muvozanatlashgan munosabatlarini yo’qotdi.
So’ngi og’ir yillarda Afg’oniston mustaqil va suveren xalq sifatida emas,
balki subdavlat sub’ekt sifatida ko’rib kelingan. “Tolibon”larning qulashi
paytidan boshlab hukumat bizning qo’shni mamlakatlar bilan
munosabatlar dinamikasini o’zgartirishga intildi. Afg’oniston qo’shnilari
bilan aloqalarda quyidagi ikki g’oyani ilgari suradi.
Birinchidan, Afg’oniston teng hamkor bo’lishi kerak;
ikkinchidan, Afg’oniston mintaqaviy hamkorlikning katalizatori bo’lishi
kerak.
Mintaqaviy hamkorlik: Ushbu o’zaro bog’liq bo’lgan dunyoda
Afg’oniston mintaqaviy hamkorlikni taranglikni yumshatish, nizolarni
echish va global mintaqaning raqobatbardosh bozorida muvafaqqiyatga
erishishni asosiy maqsad sifatida olg’a suradi. Alohida milliy davlat
hamkorlikning mintaqaviy mexanizmlarida faqatgina integratsiyalashuv
yo’li bilan gullab yashnashi mumkin. Yevropa Ittifoqi modeli ilhombahsh
va umidvor hisoblanadi. Afg’on hukumatining fikricha, YeI tajribasining
bizning mintaqada takrorlanishi lekin imkoni bo’lmagan katta vazifa
hisoblanadi. Bunda oldindan ko’ra bilish hissiyoti muhimdir. Keyin esa biz
ushbu hissiyotga erishish uchun jiddiy, doimiy tarafdorlik, rejalashtirish va
mintaqadagi barcha davlatlar harakati ustida ish olib bormoqda.
Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri “Markaziy Osiyo va Yaponiya o’rtasidagi
muloqot”i vazirlarining ikkinchi uchrashuvida,
Afg’oniston ushbu
yo’nalish bo’yicha bir necha qadam qo’ydi.
2002 yil dekabrida “Yaqin qo’shnichilik munosabatlarining Qobul
deklaratsiya”ni imzolandi. Unda Afg’oniston va uning qo’shnilari yana bir
bor o’zining hududlararo yaxlitlik printsiplariga asoslangan ikkitomonlama
kontruktiv i qo’llab quvvatlovchi munosabatlarga monandligini
tasdiqladilar. Shuningdek, o’zaro hurmat, do’stona munosabatlar,
hamkorlik va o’zaro ichki ishlarga aralashmaslikka kelishdilar. Undan
tashqari, Afg’oniston SAARK va CICAtashkilotlariga a’zo bo’ldi.
Islom dunyosi va Afg’oniston: Islom davlatlari bilan hamkorlikni
mustahkamlash Afg’oniston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlardan
132
biri hisoblanadi. Musulmon davlati sifatida, boshqa islom mamlakatlari
bilan bo’lgan munosabatlarini yanada muhim ahamiyat qaratib kelmoqda.
Afg’oniston Falastin ahlining o’z taqdirini o’zi belgilash uchun olib
borayotgan sabrli va barqaror harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi.
Falastinliklarning huquqlarini qo’llab-quvvatlagan holda, BMTning
Xavfsizlik Kengashi qaroriga muvofiq, qabul qilingan “Yo’l xaritasi”
Afg’onistonning rasmiy siyosatidan biri bo’lib qolmoqda. Afg’oniston
shuningdek Iroqning “Milliy birlik” hukumatini shakllanishini
ma’qullaydi. Ko’p yillardan buyon yo’qotishlardan so’ng Iroq xalqi to’liq
qo’llab-quvvatlashga loyiq. Afg’oniston Iroq yangi hukumatining tinchlik,
barqarorlik va milliy birdamligi uchun amalga oshirayotgan harakatlarini
to’la qo’llab.
Afg’oniston Islom hamkorlik tashkilotini tanglik, tadqiqot va ta’lim
yo’nalishlarida, ichki va davlatlararo nizolarni hal etishda, fanatizm va
islomofobiya kabi ko’pgina muammolarning yechimini topish uchun eng
yaxshi tashkilotlardan biri deb biladi.
Amerika Qo’shma Shtatlari va Afg’oniston: Afg’oniston urush va
to’qnashuvlarni bartaraf etish, shuningdek, demokratik va farovon millatga
aylantirishda muvafaqqiyatga erishish yo’lida Amerika Qo’shma
Shtatlarini asosiy strategik hamkori deb biladi. “Qo’shma Shtatlar va
Afg’oniston o’rtasidagi strategik sheriklik qo’shma deklaratsiyasi”ga
muvofiq, Amerika Qo’shma Shtatlari bilan munosabatlari ko’p qirralidir.
U o’zida xavfsizlik, taraqqiyot, fuqarolik jamiyati, ta’lim va mintaqaviy
sohalarda hamkorlik, shuningdek mintaqaviy va xalqaro muammolarni o’z
ichiga oladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Afg’on hukumati Birlashgan
Millatlar Tashkiloti tashkil etilgandan buyon xalqaro tinchlik, barqarorlik
va taraqqiyotga qo’shayotgan xissasini yuqori baholaydi. U BMTning
global ishlarda, ayniqsa, rivojlanish, atrof-muhit va xalqaro adolat
sohalarida yanada faol o’rin egallashi lozim deb hisoblaydi. Bunday rolni
o’zida mujassam etish uchun, BMT a’zo-davlatlari bir qancha tuzilmaviy
kamchiliklar, rivojlanayotgan mamlakatlarning BMTdagi ta’sirlik
tuzilmalaridagi to’liq namoyon etilmasligi hamda BMTdagi byurokratik
to’siqlarni bartaraf etish kerakligini lozim deb biladi. Shuningdek,
BMTning Afg’onistondagi maqsad va missiyasini to’liq qo’llab
quvvatlaydi.
YeI va NATO: Afg’oniston shuningdek Yevropa Ittifoqi va NATO
bilan munosabatlarga strategik ahamiyat qaratib, ularni eng sahiy va sodiq
do’stlaridan biri sifatida ko’radi. YeIning Afg’onistonga qaratilgan ijobiy
133
rolini to’liq anglab etgan holda, xususan, transmilliy adolat tomon
yo’naltirilgan say-harakatlarni ijobiy baholaydi. U NATOning
Afg’onistondagi kengayotgan missiyasini qo’llab-quvvatlab kelmoqda.
Chunki ular 2003 yil avgustida ISAF ustidan qo’mondonlikni o’z bo’yniga
oldilar. Bugungi kunda Afg’oniston NATO bilan mustahkam hamkorlikni
o’rnatishga intilmoqda.
Terrorizmga qarshi kurash: Terrorizm Afg’onistonning asosiy
muammosi hisoblanadi. Terrorizm ko’p qirrali hodisa bo’lib, atrof-muhit
bilan uzviy bog’liq. Afg’onistondan umumiy terrorizmga qarshi kurashda
o’z ittifoqchilari bilan hamkorlik qilib kelmoqda Afg’oniston to’liq
xalqaro huquq va normalar tamoyillaridan kelib chiqib, terrorizmdan
davlat boshqaruvi sifatida foydalanishni davom ettiruvchilarga qarshi
kurash olib bormoqda. U Xalqaro hamjamiyatni terrorizm tabiati, belgilari,
sabablari, manbalariga qarshi aniq va printsipial qarshi kurashish
kampaniyani davom ettirishga chaqiradi.
Giyohvandlikka qarshi kurash: Afg’onistonning giyohvandlik
ustidan nazorat qilish bo’yicha Milliy strategiyasida, giyohvandlikka
qarshi kurashish bo’yicha afg’on konstitutsiyasi va Afg’on qonunchiligi
bo’yicha, hukumat nomidan giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha
siyosatni ishlab chiqish, nazorat qilish va baholash bo’yicha olib
boriladigan say-harakatlarga giyohvandlikka qarshi kurashish vazirligi
muvofiqlashtirishga boshchilik qiladi. Agar u giyohvandlikka qarshi
ko’pqirrali kurashish strategiyasini amalga oshira olmasa, Afg’oniston
uchun katta tahdid solib turgan Giyohvandlik muammosini to’liq tan olgan
bo’ladi. Shuningdek, giyohvand moddalar “talabi” kuchayib borar ekan,
uning giyohvand moddalar ustidan muvafaqqiyatga erishishi uchun
xalqaro hamjamiyatning to’liq ishtiroki muhim ahamiyatga ega.
Afg’oniston uchun yana bir muhim masala bu “Shimol-Janub”
munosabatlari hisoblanadi. Globallashuv sharoitida xavfsizlik va
farovonlik bo’linmasdir. Global muammolarni bizning umumiy muammo
va majburiyatlarimiz deb bilishga ehtiyoj mavjud. Bu esa o’z navbatida
mavjud muammolarni echimini topish uchun “Shimol” va “Janub”
o’rtasida hamkorlik o’rnatish, shuningdek mustamlaka siyosati merosini
hal etishi lozim. Barqaror rivojlanish: Barqaror rivojlanish yo’llariga
erishish yana bir muhim masalalardan biri hisoblanadi. Afg’oniston butun
dunyo miqyosida va mamlakat ichidagi ijtimoiy adolatni o’rnatishda,
atrof-muhit himoyasiga yetarli e’tibor berilmasa barqaror rivojlanishga
erishib bo’lmaydi deb hisoblaydi. BMTning Ming yillik rivojlanish dasturi
mavjudligi tufayli xalqaro hamjamiyat o’zining majburiyatlarini, shu
134
jumladan kelgusi avlodlar uchun, yo’llar va imkoniyatlar bilan ta’minlash
mexanizmi mavjud.
Ommaviy qirg’in qurollari: Zamonaviy urush tabiatini hisobga
olgan holda, Afg’oniston ommaviy qirg’in qurollarining ko’p turlaridan
foydalanish xalqaro normalarga zid deb hisoblaydi. Afg’oniston Osiyo va
Yaqin Sharq mintaqalarini yadro qurollaridan holi bo’lishini qo’llabquvvatlaydi.
Afg’oniston tashqi siyosatida «Pushtun diplomatiyasi» Tarixan,
Qobulda pokistonlik pushtunlar bilan muloqot uchun turli xil moyillar
bo’lgan. 2014-yilda Afg’oniston milliy birlik hukumati tashkil etilgandan
boshlab, Qobul Afg’on-Pokiston ikkitomonlama munosabatlarini qayta
tiklash instrumenti sifatida “pushtun diplomatiyasi”dan foydalanib, rasmiy
mo’’tadil muzokaralarni qaytadan boshlash uchun sharoitlar yaratdi.
Afg’on hukumati shuningdek pokiston milliy va diniy partiyalari shaxslari
va vositachilari tomonidan afg’on tinchlik jarayonini mustahkamlashni
qo’llab-quvvatlaydi. Biroq “pushtun diplomatiyasi” mazkur hukumat
uchun yagona emas. Kobul pushtun kartasini Pokiston tashkil
yaratilishidan oldin beri o’ynab kelmoqda. XIX asrdagi Katta O’yin
davomida pushtun diplomatiyasining yaqqol ko’ringan sababi
ikkitomonlama aloqalarni yaxshilash bo’lmasdan, balki Britaniya
imperiyasiga bosim o’tkazish uchun, Britaniya nazorati ostidagi qabila
hududlarida pushtun inqiloblarini qo’llab-quvvatlab, yordam berilgan.
Ushbu siyosat doirasida afg’on etakchilari Vazir, Maqsud, Sherani va
ko’pgina qolgan pushtun qabilalari Afg’onistonda huquqiy mulk hujjatlari
bilan ta’minlab boshpana berdi. Kobul tomonidan aksilbritan
qo’zg’olonlarini qo’llab-quvvatlanishi pushtunlarning etnomillatchilik va
“Pushtunvali” kontsepsiyasi asosida shakllantirildi. Qobuldagi Pushtun
kartasi 1947 yilda Pokiston tashkil topgandan so’ng Qobul pokistonlik
pushtunlarning mustaqilligi huquqini himoya qilib, Pokiston xavfsizlik
organlari tomonidan buzilayotgan millatchi pushtunlarning huquq va
erkinliklari buzilishi bilan bog’liq tashvishni bildirdi.
Afg’oniston ayniqsa Ayyub Xon harbiy boshqaruvi davrida
pushtunlarning huquqlari to’g’risida ochiq fikr bildirib, nozo’ravon
pushtun etakchilari Xon Abdul G’affor Xon va Abdul Samad Xon
Axakzaylar kabilarning Pokiston hukumati tomonidan aynan siyosiy
qarashlari uchun muntazam hibsga olinishlarini: birinchi navbatda
Pushtuniston mustaqilligiga da’vat etish, keyinchalik uning avtonomiyasi
va suverenitetini tan olish. Qobulda Pushtun diplomatiyasiga erishish
uchun ikki maqsad ishlab chiqildi: birinchidan, Afg’oniston va Pokiston
135
o’rtasidagi chegaraning Dyurand chizig’ini tan olmaslikni qo’llabquvvatlash; ikkinchidan, “pushtuniston xvoni” (pan-pushtunizmni) targ’ib
etish. Birinchi maqsad avvalgidek Afg’oniston siyosati bo’lib qolib,
ikkinchisi esa asosan sovuq urush davridan beri kelayotgan tashqi siyosiy
doktrinasi bo’lib qolmoqda. Hozirda u afg’on siyosatida mavjud emas.
“Sovuq urushi” davridagi ushbu siyosat doirasida afg’on hukumati
millatchi-pushtunlarni qo’llab-quvvatladi (bir qancha Baluxlik millatchilar
bilan bir qatorda, Navob Xayr Baxsh Marri kabilar). Qobul ular uchun
boshpana, fuqarolik, mehroblar va hattoki kelinlar bilan ta’minladi
(masalan, Djuma Xon So’fiy sobiq afg’on vaziri Pulito Suliman Laiq
qiziga uylandi). Afg’onistonda panoh topganlarning eng mashhurlari:
Abdul G’affor Xon, Fotix-ul-Mulk Nang Yusufzay, Adjmal Xattak, Djuma
Xon Sufi va Ayyub Achakzaylar bo’lgan. Geostrategik manfaatlardan
tashqari, Qobul pushtun millatchilariga yordam ko’rsatib, xorijda pushtun
manfaatlari ilg’or bo’lishi kerak deb hisoblagan. Etnik jihatlari bilan bir
qatorda pushtunistonizm Afg’oniston tashqi siyosatida axloqiy jihatga ega
bo’lib, unga Pushtunvali rahbarlik qilgan. Hamid Karzay va pokistonlik
pushtun millatchilari Posttolib davrda Dyurand chizig’i ikki tomonining
ishonchsizligi va radikallashuvi tufayli Hamid Karzay Pokiston bilan
pushtun diplomatiyasini qayta tiriltirdi. H.Karzay ikkala tomondagi
pushtunlarni Loyya Jirg’a (katta majlis)ga yig’ilishga undashga harakat
qildi va o’z kelajagi uchun bir qarorga kelishga chorladi. Chunki, ham
Afg’onistondagi, ham Pokistondagi pushtunlar “terror bilan urush” va
“jihod” kabi hodisalar ta’siridagi odamlar edi. Pokiston bilan birga
o’tkazilgan bir necha uchrashuvlarda ko’pchilik kelishmovchiliklar va
qiyinchiliklardan so’ng, Vashington bosimi va qo’llab-quvvatlashi tufayli,
2007 yil 9-12 avgustida Afg’oniston va Pokistonning 90 mingdan ziyod
a’zolari Dunyo Loyi Jirg’asida qatnashdilar. 2008 yilda bo’lib o’tgan
dunyo jirg’asi jirgagay (kichik djirga)da toliblar bilan tinchlik
muzokaralarini olib borishga zamin yaratdi. 2007 yilgi Loyi Jirg’a 2009
yilda Afg’onistonda o’tkazilgan yana bir Loyi Jirg’a o’tkazishga imkon
yaratdi va ushbu majlisda afg’on tinchlik jarayoni uchun Oliy kengash
shakllantirish maslahati afg’on hukumatiga taqdim etildi. Karzay bir necha
marotaba pushtun millatchilarini Qobulga tashrif buyurishni taklif etib,
pushtun yerlaridagi ekstremizmni muhokama qilishga chorladi. Uning
hukumati pushtun millatchilari to’g’risida ko’pgina milliy va xalqaro
konferentsiyalar o’tkazib, ularda Xon Abdul G’affor, G’ani Xon va
Adjmal Xattak kabilar qatnashdilar. Bundan tashqari, Qobul hukumati
Afg’onistonga ko’pgina pushtun musiqachilari, dramaturglari, olimlari,
136
jurnalistlari, fuqarolik jamiyati vakillari va boshqa shaxslarni afg’on
yumshoq kuchini oshirish va insonlar o’rtasidagi aloqalarni kengaytirishga
chorladi. Biroq, umuman olganda AQSh harbiy mavjudligi va afg’on
toliblari bilan aloqalar tufayli pushtun diniy partiyalari Qobulga
kelmadilar. Ammo, Pokiston hatti harakatlariga qaraganda javob tariqasida
Pokiston prezidenti Doud Xonning faol siyosatiga Karzayning xulqi ta’sirli
bo’ldi. Karzayning pushtun diplomatiyasi o’ylangan natijalarni bermadi,
lekin pushtun millatchilari va partiyalari o’rtasida yumshoq kuchning
mustahkamlanishi uchun foydali bo’ldi1. Ushbu ko’rsatkichlar keyinchalik
Pokistonning afg’on siyosatiga qarshi bo’lib chiqishi mumkin edi. Biroq,
boshqa tomondan, ushbu siyosat ikkitomonlama Qobul va Islomobod
o’rtasidagi aloqalarni yaxshilamadi. Buning o’rniga u Pokistonni yanada
havotirga solib qo’ydi. Ashraf G’anining Pushtun diplomatiyasi Ashraf
G’ani, tarixchi va akademik sifatida, afg’on tarixining so’nggi ikki yuz
yilligini tanqidiy o’rganib chiqdi2. Sovuq urushidan keyingi davr va afg’on
fuqarolik urushlari paytida Bi-Bi-Si ning Pushto-Dariy intervyusida
Afg’onistonda tinchlik o’rnatishda Pokiston boshqa davlatlarga nisbatan
ko’proq ta’sir eta oladi deb ta’kidladi. Shuning uchun, G’ani prezident
bo’lgandan so’ng, Pokistonnig eng kuchli hokimiyati – Pokiston armiyasi
bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatishga harakat qildi. U afg’on diplomatik
protokolini buzib, Ravolpindidagi Bosh shtabga (GHQ) tashrif buyurdi va
Shuxad haykaliga gulchambar o’rnatib, fotiha tilovat qildi. Pokiston
armiyasi ishonchini qozonish uchun va ijobiy aloqalar o’rnatish uchun u
Hindistondagi og’ir zirxli qurollarni olib chiqib ketish masalasini to’xtatib
turdi va afg’on kursantlarini Pokistonga tayyorlashga yubordi. Shu
paytning o’zida (va hozirgacha ham) Pokiston uchun bo’lgan bunday
tashviqot siyosiy suiqasd bo’lib, afg’on etakchilari uchun katta
sarguzashtdir. G’ani bularning barchasini afg’on tinchlik jarayoniga
Pokiston yordam berishiga ishontirish uchun qilib, “Tolibon” harakatiga
ta’sir o’tkazib, Qobul bilan muzokaralar olib borishni boshlashga chaqirdi.
Bundan tashqari, uning salafi kabi, G’ani pushtun millatchilari va
Pokiston diniy partiyalarini Qobulga taklif qildi. Biroq, 2015 yil yanvarida
Qobulga faqat millatchi partiya vakillari bo’lgan (Maxmud Xon Achakzay,
Afrosiob Xattak va Oftob Axmad Xon Sherpao)lar tashrif buyuurishdi. U
erda ular G’ani, Karzay, milliy xavfsizlik bo’yicha bosh maslahatchi Xonif
1
How Hamid Karzai Continues to Rule Afghanistan From Beyond the (Political) Grave
http://thediplomat.com/2015/07/how-hamid-karzai-continues-to-rule-afghanistan-from-beyond-the-political-grave/
2
Ashraf Ghani and Pashtun Dilemma,
http://thediplomat.com/2015/01/ashraf-ghani-and-the-pashtun-dilemma/
137
Atmar, bosh direktor Abdulla Abdulla va boshqalar bilan uchrashishdi.
Yana bir bor, Pokiston diniy pushtun partiyalari Afg’onistonga kelishmadi.
G’anining axborot-tashviqot ishlariga javoban Pokiston birlamchi
“Tolibon”ni fevral oyi oxirida muzokaralar stoliga olib chiqadi deb va’da
bergan edi. 2015 yil mart oyida esa bu va’dani oqlay olmadi. Bu o’z
navbatida Qobul va Islomobod o’rtasida ishonchsizlik kuchayishiga olib
keldi, shuningdek, Pokiston o’zining qo’shnisi bilan to’g’ri munosabatlarni
o’rnatishning tarixiy imkoniyatidan yo’qotish arafasida bo’ldi 1. Ushbu
muhitda 2015 yil noyabr oyida Qobulda o’tkazilgan xalqaro
konferentsiyaga pushtun millatchilari etakchisi Afzal Xon Lali bilan
birgalikda, afg’on hukumatining taklifiga binoan Pokistondan 10 kishilik
delegatsiya taklif etildi. Afrosiob Xattak fikriga ko’ra, G’ani delegatsiyaga
“mintaqaviy qism va ikkitomonlama munosabatlarni yaxshilash uchun o’z
fikrlarini bildirishni” taklif qilib, “afg’on etakchilari fikriga ko’ra, pokiston
pushtun etakchilari va qabila oqsoqollari fikri tinchlikni o’rnatishga
yordam beradi” deb hisoblaydilar. Pushtun delegatsiyasi shuningdek
Pokiston bosh vaziri Novoz Sharifning maxsus taklifnomasini sotib olib,
2015 yil dekabr oyida Parijdagi iqlim o’zgarishi bo’yicha konferentsiya
yig’ilishida G’ani bilan birga uchrashishga chaqirdi. OAV ma’lumotlari va
mish-mishlarga ko’ra G’ani Sharif bilan birga uchrashishni rad etdi.
Pushtun millatchilar G’anini Pokiston bosh vaziri bilan Parijda
uchrashishga ko’ndirdilar. Ushbu muzokaralarda G’ani va Sharif to’rt
tomonlama muloqotni boshlashga kelishib, AQSh, Xitoy, Pokiston va
Afg’onistondan iborat ushbu guruhda Afg’onistonda tinchlik jarayoniga
amaliy ko’mak berish maqsadida chorladi. Ammo 2016 yilda to’rt
tomonlama guruh (QCG) say-harakatlari zoya ketib, ko’zlangan
maqsadlari bo’lmish G’ani va Qobul-Islomobod munosabatlarining
yomonlashuviga olib keldi, shu bilan birga Tormax va Chaman chegaralari
bo’ylab ziddiyatlargacha ham bordi. Bunga javoban afg’on hukumati
hozirgi paytda pushtun diplomatiyasining ikki tomonli yondashuvini
qo’llamoqda: ya’ni, faqatgina Qobul va Islomobod o’rtasidagi ziddiyatni
kamaytirish emas, balki pushtun diniy guruhlarining toliblar ongiga afg’on
hukumati bilan muzokaralarni olib borishni uqtirishga intildi.
Afg’onistonning Pokistondagi elchisi Omar Zaxilval ikki marotaba
Pokiston diniy etakchisi, “toliblar otasi” deb tanilgan Mavlono Sami-UlHaq bilan uchrashdi. Pokiston OAV tomonidan keltirilgan manbalarga
ko’ra, ushbu uchrashuvda afg’on elchisi “asosan ikkita masalani
1
Pashtun Diplomacy' in Afghan Foreign Policy
http://thediplomat.com/2017/03/pashtun-diplomacy-in-afghan-foreign-policy/
138
muhokama etdi”. U Mavlononing Afg’oniston va Pokiston o’rtasidagi
ziddiyatni qisqartirish va “Tolibonlar”ni muzokaralarga undashga o’z
ta’sirini o’tkazishda katta o’rin egallashini istadi. Manbaaga ko’ra,
“Mavlono Sami-Ul-Haq o’z vakilini siyosiy muzokaralarni qo’llabquvvatlash uchun o’z vakilini yubordi”. Keyinchalik Zaxilval G’ani va
Sami-Ul-Haq bilan birgalikda 30 daqiqalik telefon muloqotini o’tkazishga
erishdi. Afg’on prezidenti mavlononing afg’on tinchlik jarayonida muhim
rol o’ynashni so’radi. Chunki uning nafaqat “Tolibonlar”, balki ko’pchilik
afg’onlar ham “uni ustoz deb hisoblaydilar”. Bundan tashqari, 2016 yil
dekabr oyi oxirida Zaxilval pushtun siyosatchilari, diniy etakchilari, shu
bilan birga millatchilari bilan Islomobodda uchrashdilar. Ushbu
uchrashuvning yaqqol maqsadlaridan biri shuki, pushtunlarni Pokiston va
Afg’oniston o’rtasidagi uzulishni engib o’tishdagi rolni o’ynashga
chorlash edi. Rejaga binoan, avval afg’on delegatsiyasi Pokistonga tashrif
buyuradi; unga javoban asosan pushtunlardan tashkil topgan pokiston
delegatsiyasi Qobulga tashrif buyurib, Qobul va Islomobod o’rtasidagi
tanglikni kamaytirishga intiladi. G’ani millatchi va diniy pushtunlarni
nafaqat “Tolibon” harakatiga ta’sir o’tkazishga jalb qila qolmay,
shuningdek, ikkitomonlama aloqalarni tiklash chora tadbirlarini
mustahkamlashga chorladi. Uning niyati Pokistonga bosim yoki zug’m
o’tkazish emas, balki, munosabatlarni to’g’ri yo’lga solishdan iboratdir.
4.2. Pokiston zamonaviy xalqaro munosabatlarda
Bugungi kunda Pokiston Islom Respublikasining siyosati murakkab
balansli jarayonlar ta’siriga qaysidir ma’noda asoslangandir. Uning tarixiy,
diniy, me’ros bilan bog’liq va geografik joylashuvi yuqorida aytib o’tgan
murakkab muvozanatli tashqi siyosatning shakllanishiga sabab bo’ldi.
Siyosatning asosiy ob’ekti sifatida Pokistonning hududiy birligi va
xavfsizligini davlatning o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan davrdan
e’tiboran ta’minlash bo’ldi. Pokiston tashqi siyosiy faoliyatidagi dastlabki
va yangi davr 1947 yil uning mustaqillikni qo’lga kiritgan davrdan
e’tiboran boshlandi.
Janubiy Osiyoda joylashgan va SAARK tashkilotining etakchisi
sanalgan Pokiston, bugungi mintaqaviy va xalqaro siyosiy jarayonlarga
o’zining etarli darajadagi ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Agar geografik
jihatdan mamlakatning joylashuv hududiga e’tibor beradigan bo’lsak,
uning strategik muhim sanalgan mintaqada joylashganini ko’rishimiz
mumkin.
139
Birinchidan, janubiy tomondan Arab Dengizi va Ummon ko’rfazi
bilan tutashganligi nafaqat Pokistonning o’ziga, balki boshqa bir qancha
shimolroqda joylashgan qo’shni mamlakatlarga ham dengizga chiqish
imkonini beradi. Bu esa bugungi globalizatsiyalashuv jadallik bilan
rivojlanayotgan davrda muhim strategik ahamiyatni kasb etadi;
Ikkinchidan, ayni paytda jahondagi notinch va murakkab siyosiy
kurash borayotgan hududlarga chegaradosh bo’lganligi, ko’pgina yirik va
qudratli mamlakatlarning Pokiston bilan bo’lgan munosabatlarida o’ziga
xoslikni namoyon qilmoqda. Bu holatni birgina AQSh misolida olib
qaraydigan bo’lsak, Pokiston bir vaqtning o’zida AQShning Afg’oniston
va Eron bilan bog’liq strategik siyosatida geografik omili jihatidan muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Buning misoli sifatida 2001 yil 11 sentyabr
voqealaridan so’ng dastlabki uch yil mobaynida AQSh hukumati
tomonidan Pokiston harbiy holatini oshirish va yaxshilash uchun 4,2 mlrd.
AQSh dollari miqdorida harbiy yordam ko’rsatdi.
Uchinchidan, Pokistonning Janubiy Osiyoda harbiy jihatdan katta
kuchga ega mamlakat sanalishi va uning yadroviy qurolga egaligi albatta
nafaqat Janubiy Osiyo mamlakatlariga, balki boshqa mintaqa davlatlariga
ham ushbu mamlakat bilan ehtiyotkorona siyosat olib borishlari kerakligini
bildirib turadi.
Pokistonning yadroviy qurolga ega mamlakat sanalishi Janubiy
Osiyo mintaqasida uning Hindiston bilan birgalikda etakchi mamlakat
bo’lishiga sabab hamdir.
Yuqorida keltirib o’tilgan ayrim xususiyatlar Pokistonning jahon
siyosiy maydonida nechog’lik muhim aktor ekanligini etarli darajada
ko’rsatib turmoqda.
Barchamizga ma’lumki, bugungi kun zamonaviy xalqaro
munosabatlarida faol aktor sifatida ishtirok etayotgan har bir mamlakat
ushbu jarayonlardagi tashqi siyosiy faoliyatini o’ziga xos tamoyillar
asosida shakllantirishar ekan, birinchi navbatda ikki muhim omilni
hamisha asosiy faktor sifatida e’tiborga olishadi. Ular:
- mamlakat milliy-hududiy daxlsizligi;
- milliy davlat manfaatidir.
Ko’p mamlakatlardagi singari Pokiston tashqi siyosatida ham
xavfsizlikni ta’minlash borasidagi harakat bosh masalalardan sanaladi.
Buning eng asosiy sababi sifatida mamlakatning o’z mustaqilligini qo’lga
kiritgan yildan e’tiboran aynan qo’shni bo’lgan mamlakat, Hindiston bilan
hududiy masalalar bo’yicha kelisha olmasliklari bo’ldi.
140
Janubiy Osiyoda joylashgan bu ikki mamlakatning konfliktga
borishi, ularning Britaniya kolonnasidan ozod bo’lgan vaqtda Jammu va
Kashmir hududlariga egalik qilish bo’yicha murosaga kela olmasliklari
tufayli vujudga keldi. Aynan shu omil mintaqada beqaror va ziddiyatni
xavfsizlik tabiatining shakllanishiga sabab bo’ldi va hozirgi kungacha bu
nizo davom etib kelmoqda.
Pokiston Islom Respublikasi1 tashqi siyosatining shakllanishi va
nisbatan tartibga solinishi, professor Xasan-Askari Rizvining “Pokiston
tashqi siyosati: 1947-2004 yillarga nazar” nomli o’quv qo’llanmasida
keltirilishicha, ettita bosqichli davr mobaynida olib borildi. Ularga
quyidagilarni keltirish mumkin:
- 1947-53 yillar: Barcha mamlakatlarni etarlicha o’rganish va ular
bilan do’stona munosabatlarni shakllantirish;
- 1953-62 yillar: G’arb mamlakatlari bilan hamkorlik;
- 1962-71 yillar: Mamlakatni xalqaro maydonda iqtisodiy tranzit
hudud sifatida shakllantirish;
- 1972-79 yillar: Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va har xil
muammo va harbiy harakatlarga qo’shilmaslik siyosati;
- 1980-90 yillar: Afg’oniston muammosi va AQSh bilan hamkorlik;
- 1990-2001 yillar: Sovuq urushdan keyingi davr va Pokistonning
to’g’ri siyosiy pozitsiya tanlash holati;
- 2001 yildan keyingi davr: Pokiston va terrorizmga qarshi kurash.
Yuqorida keltirib o’tilgan Pokiston tashqi siyosiy faoliyatining
shakllanish davriga qisqacha to’xtalib, ularga sharh bersak.
Pokiston tashqi siyosiy faoliyati shakllanishining birinchi davrida,
ya’ni 1947-53 yillarda, mamlakat o’z tashqi siyosatidagi birinchi navbatda
qaratilgan yo’nalish, bu qo’shni va boshqa mintaqalarda joylashgan
davlatlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’ldi.
Pokiston davlatining asoschisi general Muhammad Ali Jinna AQSh
va Avstraliya aholisiga radio orqali Pokiston haqidagi o’zining ikki muhim
nutqini so’zladi. Shuningdek, 1947 yilning dekabr oyida Afg’oniston qiroli
bilan bo’ladigan maxsus uchrashuv arafasida, ko’plab mamlakatlar bilan
do’stona munosabatlarni o’rnatishga va rivojlantirishga kuchli istaklari
borligini bildirgan edi. Bu harakatlarining dastlabki natijalari Birma (1948
yil, yanvar), Frantsiya (1948 yil, yanvar), AQSh (1948 yil, fevral), Turkiya
(1948 yil, mart) va Afg’oniston (1948 yil, may) kabi davlatlar elchilarining
o’z ishonch yorliqlarini Pokiston hukumatiga taqdim etib o’z faoliyatlarini
boshlashlarida ko’rish mumkin edi.
1
Pokiston 1956 yilda yangi konstitutsiya ishlab chiqishi bilan birga “Islom Respublikasi” degan maqomni oldi.
141
Bundan tashqari Pokiston izchil ravishda xalqaro tashkilotlarga ham
a’zo bo’lib ko’pgina xalqaro paktlarni imzoladi. Jumladan, mamlakatning
G’arb mamlakatlari bilan yaqin munosabatlarini shakllantirishiga dastlabki
muhim bo’lgan qadam, bu Bog’dod Paktiga a’zo bo’lishi, SENTO
(CENTO - The Central Treaty Organization) va SEATO (SEATO - SouthEast Asia Treaty Organization) tashkilotlarining ham muhim a’zosi
sifatida o’z faoliyatini boshlashida bo’ldi.
Pokiston otasi sifatida tilga olinuvchi general Muhammad Jinna
o’sha paytda Pokiston tashqi siyosati haqida gapirar ekan quyidagilarni
bildirib o’tgan. ”Bizning tashqi siyosatimiz jahon millatlari bilan do’stona
va yaxshi munosabatlar asosidagi faoliyatga asoslangan. Biz davlat va
millatga qaratilgan har qanday agressiv munosabatlarni hurmat qilmaymiz.
Shunga ishonamizki, har doim ham milliy va ham xalqaro munosabatlarda
samimiylik va to’g’rilik printsiplari asosida o’z faoliyatimizni olib boramiz
va jahon xalqlari orasida rivojlanish va tinchlikni ta’minlash yo’lida har
qanday kontributsiyani ayamaymiz. Pokiston hech qachon jabr zulm
ko’rgan va qiynalgan jahon halqlarini va BMT nizomi printsiplarini
qo’llab-quvvatlashda hech bir kamchilikka yo’l qo’ymaydi”, - deya
ta’kidlagan edi.
Pokiston BMTning to’laqonli a’zosi sifatida 1947 yil 30 sentyabrda
o’z tashqi siyosiy faoliyatini yanada rivojlantirdi. Uning ko’pgina
tashkilotlar doirasida liderlik qilishi, ko’plab mamlakatlar bilan ikki
tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga sabab bo’ldi.
Tashqi siyosiy faoliyat shakllanish davrining ikkinchi bosqichida
(1953-62 yillar) Pokiston asosiy e’tiborini G’arb davlatlari bilan ko’p
tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratdi. Bu davrda Pokiston
ayniqsa AQSh bilan o’z munosabatlarini xavfsizlik, harbiy va iqtisodiy
jihatdan yanada mustahkamladi. Buning asosiy sababi sifatida, ushbu
vaqtda Pokiston milliy xavfsizligi borasida va mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlash jarayonida birinchi navbatda G’arb mamlakatlari ko’magiga
etarlicha muhtoj edi. Chunki mamlakat bu paytda shimolda Afg’oniston,
Janubiy Sharqda Hindiston bilan bog’liq muammolar ta’siri ostida edi.
Yuqoridagi holatning amalga oshishiga yana bir sabab, o’tgan
asrning 50-yillari boshida, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, 1952 yilda
jahon bozorida jut1 va paxta tolasi narxining keskin tushishi, Pokiston
tashqi savdo tizimiga ta’sir ko’rsatdi. Shuningdek 1952-1953 yillarda
mamlakatda bug’doy etishmovchiligining ham bo’lishi yuqorida ta’kidlab
o’tgan omillarning bo’lishiga sabab bo’ldi. Albatta bunday vaziyatlarda
1
Jut (en, jute) – Pokiston va Hindistonda etishtiriladigan kanop bo’lib, tolasidan mato to’qishda foydalaniladi.
142
birinchilardan bo’lib AQSh hukumatining Pokistonga katta miqdordagi
beg’araz yordamini ko’rsatishi, mamlakat tashqi siyosatida G’arbga
yo’naltirilgan vektorning shakllanishiga sabab bo’ldi.
Ushbu davrga xos yana bir muhim xususiyatni aytib o’tadigan
bo’lsak, bizga yaxshi ma’lumki, aynan 1950-1965 yillar Pokiston ichki va
tashqi siyosatida eng asosiy qaratilgan e’tibor mamlakat xavfsizligini
ta’minlash, shuningdek, Jammu va Kashmir hududlari ustida Hindiston
bilan bo’lgan urushlarda eng asosiysi mamlakat manfaatlarini harbiy yo’l
bilan bo’lsada himoyalashga qaratilgan. Pokistonning harbiy jihatdan biroz
Hindistondan orqada bo’lishi, uning kuchli tashqi siyosat yuritish orqali
mamlakatni qo’llab-quvvatlovchi tarafdorlarni ko’proq topishga undadi.
Bu davrga kelib asosan, AQSh va Xitoy davlatlari bilan harbiy
sohada qilingan hamkorlik va ushbu mamlakatlarning Pokistonga qilgan
kontributsiyalari, davlatning Hindiston bilan bo’lgan nizolarida juda katta
ahamiyatga ega bo’ldi. Birgina ushbu ko’makni AQSh misolda ko’rib
o’tadigan bo’lsak, quyidagi ma’lumotlarni keltirib o’tishimiz mumkin.
Pokiston AQSh hukumatidan deyarli 650 mln. AQSh dollari miqdorda
harbiy holatning barqarorligini ta’minlash va harbiy sohani rivojlantirish
uchun yordam olgan. Shuningdek, F-104, B-57, B-86 va C-130 harbiy va
yuk tashuvchi samolyotlar, harbiy kema va jihozlar, radar va elektron
asbob-uskunalar kabi bir qancha jihozlarni yordam sifatida oldi.
Demak, yuqoridagi jumlalardan ko’rinib turibdiki, Pokiston tashqi
siyosatida amalga oshirilgan aniq faoliyat, davlatga juda muhim
vaziyatlarda yaqin xalqaro hamkor mamlakatlarning kerakli yordamini
berishga va Pokiston xavfsizligini ma’lum darajada himoyalanishiga sabab
bo’ldi.
Pokiston tashqi siyosatida islom omili. 2001 yil 11 sentyabr
voqealaridan keyin Pokistondagi vaziyat keskin o’zgardi. Hukumatning
AQSh boshchiligidagi NATO alyansining Afg’onistonda faoliyat
yuritishini
qo’llab-quvvatlagandan
so’ng,
mamlakat
shimoliy
hududlaridagi terroristik guruhlar harakati ham keskin kuchayib ketdi.
Pokiston hukumati tomonidan Sovuq urush davrida Afg’onistonda AQSh
yordamida shakllantirilgan “Tolibon” harakatini ham o’z vaqtida qo’llabquvvatlagan. Mamlakatning Hindiston bilan Jammu va Kashmir masalalari
borasida bir necha yillik mojarosi, hududda davlatga qarashli bo’lmagan
Militant harakatini kuchayishiga sabab bo’ldi. 2001 yilgacha Pokiston
hukumati bilan murosada bo’lgan Militant harakati vakillarining NATO
tomonidan Afg’onistonda Tolibon hukumati va unga aloqador bo’lgan
guruhlarni, shu o’rinda Pokiston shimoliy sarhadlarini ham jangarilardan
143
tozalashga qaratilgan faoliyatning boshlanishi bir tomondan Militiant
harakati guruhlarining hukumat bilan kelishmovchilikga borishlariga sabab
bo’ldi va oqibatda Pokiston keyingi vaqtlarda terroristik faoliyatlar
kuchaygan mamlakatga aylandi.
Qisqacha qilib Pokistonda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan
terroristik tashkilotlar to’g’risida gapiradigan bo’lsak, 2008 yilning 16
yanvarida Xalqaro Tinchlik bo’yicha Karnegi Jamg’armasi tadqiqotchisi
Eshli Tellis Pokistonda faoliyatda bo’lgan terroristik va ekstremistik
guruhlarni quyidagi yo’nalishlarga bo’lgan:
•
Turli sektalarga aloqador guruhlar. (Sunni Sipoh – e- Shahaba
va Shia Tehrik - e-Jafriya);
•
Anti-Hind guruhlar. Mazkur guruhlar doimiy ravishda Pokiston
Ichki Razvedka Xizmati tomonidan qo’llab-quvvatlangan. (Lashkar -eToiba (LeT), Jish-e-Muhammad (JeM) va Harakat ul Mujohidin (HuM))
•
Afg’on Tolibonlari. Haqiqiy Tolibon harakati va uning
Qandahordagi rahbari Mulla Muhammad Umar Pokistonda faoliyat
yuritishga katta umid bog’laganlar;
•
Al-Qoida va uning tarafdorlari;
•
Pokistonlik “Tolibonlar”. Baytulloh Maqsud boshchiligidagi
Janubiy Vaziristondagi Maqsud guruhi, Mavlono Faqir Muhammad va
Mavlono Qazi Fazluloh rahbarlik qilayotgan Tehrik-e-Nafaz-e-Shariat-eMuhammadi (TSNM) guruhi va Mangal Box Afridi rahbarligidagi
Lashkar-e-Islomiya kabilarni aytish mumkin .
Bu kabi terroristik va ekstremistik guruhlarning Pokistonda
faoliyatda bo’lishi mamlakatning faqatgina ichki siyosiy muvozanatini
buzibgina qolmay, balki uning tashqi siyosatidagi faoliyatiga hamma
o’zining katta ta’sirini ko’rsatishi aniq. Shuning uchun ham Pokiston
hukumati iloji boricha G’arb va Sharq allianslari sifatida xalqaro
siyosatchilar tomonidan aytilayotgan NATO va ShHT doirasida teng
pozitsion munosabatlarni olib borishga harakat qilmoqda.
AQSh sobiq Davlat Bosh Kotibi Medlin Olbrayt ta’kidlaganidek:
“O’zining Yadro quroliga egaligi, terrorizm, jamiyati, korruptsiya, juda
sust iqtisodiy rivojlanishi, hukumat sohasidagi notinchligi, kritik
xususiyatga ega geostrategik joylashuvi bilan Pokiston Obama
hukumatining asosiy e’tiborida bo’lishi aniq”.
2008 yilning dekabr oyida NBS (NBC) muxbirlariga bergan
intervyusida Amerika Qo’shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Barak
Obama quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Biz Afg’onistondagi vaziyatni
Pokistondagi notinchlikni hal qilmay turib, bartaraf eta olmaymiz”. 2008
144
yilning noyabrida Mumbayda bo’lgan portlash natijasida Hindiston
hukumatining Pokiston militant harakatini bunda ayblashi va unga
nisbatan harakatni boshlashi rasmiy Dehli va Islomobod o’rtasidagi
munosabatlarning sovuqlashuviga sabab bo’lgan edi. Shuning uchun ham
yangi AQSh hukumati iloji boricha Janubiy Osiyo mintaqasida ham
tinchlikni o’rnatishga katta e’tiborini berishi aniq.
Umuman olganda, Pokiston tashqi siyosati bir necha yillar
mobaynida shakllana borib, mamlakat oldida turgan maqsadlarga erishish
jarayonida goh diplomatik gohida esa harbiy strategiyalarining amalga
oshirish bilan ta’minlashga harakat qilindi. Bunday yo’nalishda davlat
siyosatining
olib
borilishi,
professor
Hasan
Askari
Rizvi
ta’kidlaganidek:”…mintaqaviy va xalqaro vaziyat dinamikasiga qarab
belgilandi”.
Ayni paytda Pokiston milliy xavfsizligi, tinchligi va iqtisodiy
rivojlanishini inobatga olgan holda xalqaro munosabatlarning muhim
ishtirokchisi sanaladi. Ayniqsa diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi
kurashda ham. Shu sababli Pokiston tashqi siyosatini shakllantirishda va
to’g’ri olib borishda yuqorida keltirilib o’tilgan omillarni inobatga olgan
holda faoliyat yuritishni muhim deb hisoblaydi.
Pokiston Islom Respublikasi siyosiy partiyalari faoliyatini tahlil qilar
ekanmiz, ushbu siyosiy partiyalarning mamlakat va jamiyat hayotida
muhim ahamiyatga ega siyosiy institutlar sifatida o’rniga katta baho
bergan holda ularning Pokiston va dunyo hamjamiyati o’rtasidagi
munosabatlarning bevosita yoki bilvosita ishtirokchilari ekanliklarini,
mamlakatning nafaqat ichki siyosatini shakllantirilishida, balki davlatning
tashqi siyosat borasidagi faoliyatida ham juda faol ishtirok etib, ushbu
jarayonga o’z ta’sirini ko’rsata oladigan siyosiy kuch ekanligini
ko’rishimiz mumkin.
Zamonaviy bosqichda Hindiston-Pokiston munosabatlari. Janubiy
Osiyo geosiyosiy tuzilma sifatida bir necha mamlakatni o’z ichiga oladi.
Ulardan eng yiriklari Hindiston va Pokiston hisoblanadi. Ular o’rtasidagi
o’zaro aloqalar ushbu mintaqaning xalqaro aloqalarini belgilab beruvchi
omil sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Janubiy Osiyo mamlakatlari asosan qadimiy tarix va madaniyatga
ega, garchi mintaqada bu davrda yarim mustaqil mamlakatlar bo’lgan
bo’lsa ham, zamonaviy davlatchilik XX asr ikkinchi yarmidan boshlanadi.
Mintaqada sodir bo’lgan katta siyosiy voqea bu Hindiston va
Pokistonning mustaqillikka erishishidir.
145
1947 yilda Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi diniy dunyo
qarashlarga ko’ra bo’lindi. Bo’linish zo’ravonlik, qurolli to’qnashuvlar va
qochoqlarning ko’p sonligi bilan kechdi. Pokiston g’arbiy va sharqiy
qismlarga bo’linib qoldi. Kashmir mojarosi ham bo’linishning natijasi
bo’lib, uni hanuzgacha hal qilib bo’lmadi.
Janubiy Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi, ularning birbiri bilan bo’lgan aloqalarini yo’lga qo’yish va tartibga solish bilan bog’liq
bo’lgan muammolarni hal etish zarurligiga olib keldi. Ulardan biri
chegaralarni hal qilish masalasi edi. Mintaqada hududining kattaligi
bo’yicha etakchi bo’lgan va markazga joylashgan mamlakat Hindiston
bo’ldi. Shuning uchun chegaralar muammosi asosan Hindiston va qo’shni
davlatlar aloqalariga qaratildi.
Har doim ham muammolarni tinch yo’l bilan hal etishga muvaffaq
bo’linmadi. Misol uchun, Hindiston va Pokiston o’rtasida uch marotaba
keng ko’lamli harbiy harakatlar bo’lib o’tdi. Oxirgi urush (1971 yil)
Sharqiy Pokistonning ajralishi va mustaqil Bangladesh davlatining tashkil
topishi bilan tugadi.
Hindiston bilan Xitoyning chegara borasida hal etilmagan masalasi
1962 yil qurolli to’qnashuvga olib keldi. Ushbu vaziyatni hal qilishga
qaratilgan harakatlar faqat 1980 yillar oxirlariga kelib boshlandi.
Mustaqilligining birinchi kunlaridanoq Hindiston mintaqadagi
boshqa mamlakatlar bilan tezroq aloqalarni yo’lga qo’yishga intildi.
Tegishli shartnoma va bitimlar Butan (1949 yil), Nepal (1950 yil), ShriLanka (1954,1964 yillar), Hindistonga keyinroq qo’shib olingan Sikhim
knyazligi (1949 yil) bilan imzolandi.
Hindiston boshidanoq tinchlik, betaraflik va harbiy ittifoqlarga
qo’shilmaslik tarafdori ekanligini e’lon qildi.
Mustamlakachilikka qarshi kurash harakati Hindistonning tashqi
siyosatida muhim omil bo’lib qoldi. Misol uchun, Hindiston mandat bilan
idora qilinadigan hududlarni BMT vasiyligiga topshirish tashabbusi bilan
chiqdi. Hindiston JARdagi irqiy ayrimachilikka barham berilgunicha
Janubiy Afrikada irqchilik tuzumi dushmanlarini faol qo’llab-quvvatladi.
Hindiston Qo’shilmaslik harakatining faol ishtirokchisiga aylandi.
“Sovuq urush” davrida Hindiston SSSR bilan an’anaviy tarzda
do’stona aloqalarini tutib turdi. Mintaqadagi uning dushmani Pokiston esa
o’sha payt AQShdan qo’llab-quvvatlash va’dasini olishga harakat qildi.
Pokistondan farqli o’laroq, Hindiston oldindan dunyoviy demokratik
davlat sifatida chiqqan edi. 1950 yilda garchi Hindiston Britaniya millatlar
ittifoqi tarkibida bo’lsa ham, Konstitutsiya parlament respublikasi haq146
huquqlarini mamlakatga biriktirib qo’ydi. Mamlakat ichidagi dinlararo va
millatlararo qarama-qarshiliklar va Pokiston bilan qurolli to’qnashuvlarga
qaramasdan, Hindiston o’zining asosiy printsip (nuqtai nazar)larini saqlab
qolishga erishdi (1975-1977 yillarda favqulodda vaziyat kiritilgan paytdan
tashqari).
Pokiston boshidanoq diniy davlat sifatida tashkil topgan edi.
M.A.Jinna Musulmonlar ligasi peshvosi sifatida ikki millat g’oyasini
ishlab chiqib, uning asosida mustaqil musulmon “pok davlati”ni tuzishni
talab qildi. Amalda bir madaniyatli Pokiston turli madaniyatli
Hindistonning aksi sifatida namoyon bo’ldi.
Pokiston armiyaning siyosiy hayotdagi muhim roli bilan farqlanadi.
Pokistonning tashkil topishi va rivojlanish xususiyatlari, davlat
institutlarining zaifligi, Hindiston bilan harbiy to’qnashuvlar va qurolyarog’ni orttirishning hayotiy zarurligi armiya rahbarlarining vaqti-vaqti
bilan siyosiy jarayonlarga aralashishiga olib keldi. Misol uchun, 1956 yil
Pokistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi, so’ng hukumat
almashdi. 1958 yil esa harbiy to’ntarish natijasida hukumat tepasiga
general M.Ayub-xon keldi.
1962 yil qabul qilingan Konstitutsiya Ayub-xonga 1965 yilgi
prezidentlik saylovlarida ishtirok etish va g’alaba qozonishga imkon berdi.
1969 yil navbatdagi harbiy to’ntarish natijasida hukumat tepasiga general
A.M.Yahyo-xon keldi.
1971 yil Hindiston bilan urushdagi fojia Z.Bxutto boshchiligidagi
hukumatning tashkil topishi va uchinchi Konstitutsiyaning qabul
qilinishiga olib keldi. Biroq, 1977 yil yangi harbiy to’ntarish o’z
o’tmishdoshini qatl qilgan armiyaning navbatdagi rahbari Ziyo ul-Haqni
hokimiyat tepasiga olib keldi.
Nihoyat, 1999 yil armiyaga boshchilik qilgan P.Musharraf N.Sharif
o’rniga davlat boshqaruvini qo’lga oldi. Pokistonga yuklatilgan
“demokratlashtirish” stsenariylarning takrorlanishiga olib keldi. Prezident
P.Musharrafning Pokiston armiyasining bosh qo’mondonligidan bosh
tortishi, prezidentlik va parlament saylovlarining terroristik guruhlarning
faollashuvi va favqulodda holat sharoitida o’tkazilishi jarayonlarning
keyingi rivojini oddiy ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini
kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki
tatbiq etish) usuli bilan aytib berishga imkoniyat yaratadi.
Hindiston va Pokiston o’rtasidagi ziddiyat demokratik parlament
respublikasi va avtoritar (diktatura), harbiylashgan, beqaror hokimiyatning
qarama-qarshi turishini o’z ichiga oladi. Ammo Hindiston va Pokiston
147
aloqalarida eng muhimi 60 yildan beri davom etib kelayotgan hududiy
da’volar va ularning asosiylaridan biri bu – Kashmir muammosi bo’lib
kelmoqda.
“Sovuq urushning” tugashi bilan Hindiston va Pokiston o’rtasidagi
aloqalarda ko’p narsa o’zgarmadi. Ammo bu ikkala mamlakatning tashqi
siyosati vektorini boshqa bir shaklga o’tishiga olib keldi. Pokiston sezilarli
darajada AQShning moddiy yordamidan mahrum bo’ldi va doimiyga
aylanib ketadigan bo’hronga duch keldi. Vaziyat 1998 yil yadroviy qurol
sinoviga javoban kiritilgan sanktsiyadan so’ng og’irlashdi.
Pokiston Afg’onistondagi vaziyatning rivojiga bog’liq bo’lib qoldi.
Ko’p yillik fuqarolar urushi va pokiston-afg’on chegaralarining yomon
nazorat qilinishi, islom radikalizmi omili Pokiston uchun, xususan
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni yaxshilashga jiddiy
muammolar keltirib chiqardi. Shunda ham Pokiston yuzaga kelgan
vaziyatni o’zining foydasi yo’lida foydalanishga harakat qildi.
Afg’onistonda “Tolibon” harakatining o’rni ortib borgani sari
Pokiston toliblarning yaqin ittifoqchisi bo’lib qolishda davom etib, vaziyat
ustidagi nazoratini yo’qota boshladi. Pokiston manfaatlari ko’pincha
“Tolibon” harakati olib borgan siyosat bilan qarama-qarshilikka uchrardi.
Bu qarama-qarshiliklar Mozori-Sharifning bosib olinishi, Pokiston nuqtai
nazarida “haddan tashqari” terroristlarni tayyorlash lagerlarini
kengaytirish, “Tolibon” harakatining Pokiston va Afg’oniston o’rtasidagi
mavjud bo’lgan chegaralarni tan olmasligi bilan bog’liq. Shunga
qaramasdan, Pokiston “Tolibon” harakatini tan olgan uch davlatdan biri
bo’lib qolaverdi va to AQSh o’z hududida keng ko’lamli, javobgarligi “AlQoida” zimmasiga yuklatilgan terror bilan to’qnash kelmagunicha
toliblarga har tomonlama yordam berib turdi.
“Tolibon” harakati o’z faoliyatining boshidanoq Hindiston tomoniga
adovatda bo’ldi. Hindistonni nafaqat toliblarning radikalligi, balki bu
masala bo’yicha Pokistonning o’rni, shuningdek, Kashmirdagi
ekstremistik faoliyatlarga harakatning ehtimoliy aloqadorligi xavotirga
soldi. Natijada Hindiston AQSh va uning ittifoqchilarining Afg’oniston
hududida terrorizmga qarshi olib boradigan harbiy harakatlarini qat’iy
qo’llab-quvvatlovchi o’rinni egalladi.
Pokistonning terrorizmga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarni
qo’llab-quvvatlashi bu mamlakatga nafaqat sanktsiyalarning olinishi va
iqtisodiy yordam, balki AQShning NATOdan tashqari asosiy hamkori
maqomini olib keldi. AQSh doimo Pokistonni qo’llab-quvvatlaydi va “Al148
Qoida” bilan kurashda uning ulkan hissasi va muvaffaqiyatini ta’kidlab
o’tadi.
Pokiston Afg’onistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashishiga o’z
manfaatini bildirmoqda. Bunday vaziyat Pokistonga sobiq ittifoq
maydoniga chiqishga va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni
mustahkamlashga, shuningdek, 3 mln.ga yaqin qochoqni qaytishiga
imkoniyat yaratishi mumkin. Afg’onistondagi terrorizmga qarshi olib
borilayotgan harbiy harakatlar Afg’oniston orqali Janubiy Osiyoga
quvurlar qurish loyihalarining tiklanishiga olib keldi. Misol uchun, 2006
yil fevral oyida Turkmaniston, Afg’oniston va Pokiston quvur o’tkazish
bo’yicha bayonotga imzo chekishdi. Bu loyihaga Hindiston ham o’z
manfaatini bildirdi.
1990 yillarda Hindiston iqtisodiy islohotlarga kirishdi va bu bilan u
eng dinamik (jo’shqin) rivojlanayotgan dunyo mamlakatlaridan biriga
aylandi. Erishilgan yutuqlar bilan Hindiston mintaqada peshqadamga
aylandi. Hozirgi vaqtda Hindiston yadroviy quroldan tashqari Pokistondan
amaliy jihatdan ham barcha ko’rsatkichlar bo’yicha oshib ketmoqda.
1998 yil yadroviy qurol sinovi o’tkazilgandan so’ng Hindiston va
Pokiston o’rtasida strategik tutib turish tartibi haqidagi masala ko’tarildi.
Hindistonning mintaqadagi yana bir katta davlat Pokiston bilan
aloqalari haqida to’xtalar ekanmiz. Bu ikki qo’shni davlat o’rtasidagi
aloqalar juda yaxshi yo’lga qo’yilgan deya olmaymiz. Bu aloqalarning
tarixi bir necha urush va ko’plab to’qnashuvlardan iborat bo’lib, ularning
o’rtasida turuvchi eng katta muammo bu-Kashmir muammosidir. Ko’pgina
tadqiqotchilarning fikricha, Pokiston davlatining har tomonlama
rivojlanishiga uning qo’shni Hindiston bilan o’zaro munosabatlari salbiy
ta’sir etib kelgan. Bu ikki davlatlarning vujudga kelishidan boshlab
ularning munosabatlari keskin, ziddiyatli bo’lgan. Ularning o’rtasida
doimiy “sovuq urush” davom etib, aslida, ular uzluksiz qurollanish
poygasi olib borganlar, doimiy o’zaro tahdidlar va ularni kuch ishlatish
harakatiga aylanishi, harbiy yadro dasturlarini rivojlantirish, juda katta
harakatlar va mablag’lar evaziga o’z ommaviy qirg’in qurolini ishlab
chiqarishga harakat qilgan. Ularning savdo-iqtisodiy va ilmiy madaniy
aloqalari juda cheklangan va ko’pincha to’xtab qolgan. Shuni aytish
kerakki, Hindiston va Pokiston o’rtasidagi ziddiyat, ularni jahon
maydonida paydo bo’lishlari bilanoq boshlangan edi. Muhimi, bu
ziddiyatning nafaqat davomiyligi, balki uni yumshatishning va ijobiy hal
etishning mavjud emasligidir. Ziddiyat tashqi ta’sirda butunlay xoli bo’lib,
hatto, ikki dunyoviy tizimlar qarama – qarshiligi tugallanib, “sovuq urush”
149
tugagan bo’lsada, Hindiston-Pokiston munosabatlariga bu hech qanday
ta’sir etmadi.
Pokiston mustaqillikka erishgandan keyin Hindiston bilan uch marta
urushgan va mag’lubiyatga uchragan. Birinchi harbiy to’qnashuvlar
fuqarolik urushi tarzida bo’lib o’tgan va unda Pokiston mag’lubiyatga
uchragan va Kashmirning katta qismi Hindiston qo’lida qolgan. 1965 yilgi
Kashmirni o’z nazorati ostiga olish uchun bo’lgan Pokiston harakati
muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1971 yilda mart oyida sharqiy Pokistonda
boshlangan tartibsizliklar tang ahvolni keskinlashtirdi. Ichki mojaro
qurbonlar sonini yanada oshirdi. Qochoqlar Hindiston tomon yo’l olishdi,
ularning izidan Pokiston qo’shinlari suqulib kirdilar. Hindiston armiyasi
bilan to’qnashuv ikki davlat o’rtasidagi haqiqiy urushga olib keldi. Oldingi
urushlardan farqli o’laroq uchinchi urushda harbiy harakatlar Hindiston va
Pokistonning butun chegarasi bo’ylab, sharqda ham g’arbda ham olib
borildi. Harbiy harakatlar 1971 yil 3 dekabrdan 17 dekabrgacha davom
etdi. Natijada Hindiston yordami bilan Pokistonning sharqiy qismida
Bangladesh davlati paydo bo’ldi. 1998 yilda Kashmirda musulmonlar
qo’zg’alon boshlagan. Ularga yordam uchun Pokiston armiyasi kirgan va
bu navbatdagi urush holatini keltirib chiqargan.
Aytish mumkinki Hindiston va Pokiston aloqalari “sovuq urush”
ta’siri ostida rivojlandi. “Sovuq urush”ning tugashi va 2001 yil 11
sentyabrdan keyin vaziyatning rivoji keltirib chiqargan geosiyosiy
o’zgarishlarga qaramay Hindiston va Pokiston o’rtasidagi aloqalar
keskinligicha qolmoqda, bu keskinlikning sababi Kashmir muammosidir.
Hindistonni Janubiy va Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq hamda Markaziy
Osiyo mintaqasi davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash dasturi
Hindistonning tashqi siyosiy strategiyasida bugungi kunda asosiy
mavzulardan hisoblanib, shu maqsadda Pokiston bilan o’zaro
muammolarni hal qilish harakatlari ham faol olib borilmoqda.
Shu maqsadda 2004 yilning yanvar oyida Islomobodda mintaqaviy
hamkorlik bo’yicha Janubiy Osiyo Assotsiatsiyasi (SAARK) ning 12sammiti o’tkazilishi Hindiston Pokiston munosabatlarining ijobiy tarafga
siljishi uchun muhim asos bo’ldi. Mazkur sammit doirasidagi kengashlarda
ikki davlat o’rtasida Jammu hamda Kashmir muammosini hal qilish,
o’zaro aloqalarni barqarorlashtirish kabi masalalar muhokama qilinib,
Hindistonning Erondan olib kelayotgan gaz quvurlarini Pokiston hududi
orqali olib o’tish masalalari kelishib olindi.
150
Shuningdek, Pokiston Hindiston hamkorligi doirasini kengaytirish
maqsadida bir qator tashriflar amalga oshirilib, ikki davlat o’rtasida
quyidagilarga kelishildi:
- harbiy va yadro qurollari yuzasidan mutaxassislar darajasida
muzokaralar olib borish va raketa sinovlari to’g’risida ogohlantirish haqida
kelishuv loyihasini muhokama qilish;
- Munnabao-Xohrapor yo’nalishida temir yo’l qatnovini yo’lga
qo’yish bo’yicha ikki davlat temir yo’l idoralari o’rtasida muzokaralarni
tashkil qilish;
- Hindiston chegara xavfsizlik qo’mondonligi va Pokiston reynjerlari
o’rtasida yilida ikki marta uchrashuv o’tkazish (birinchi uchrashuv 2004
yil oktyabr oyida bo’lib o’tdi);
- Davlatlarning o’zaro savdo sohasidagi aloqalariga to’siq bo’luvchi
muammolarni hal qilish yuzasidan mitaxassislar komissiyasini tuzish;
- Sringar va Muzaffarobod viloyatlari o’rtasida avtobus qatnovini
yo’lga qo’yish;
- davlatlar o’rtasida turizm vizasi imkoniyatlarini kengaytirish
maqsadida zarur chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
- davlatlarning qator idoralari o’rtasida hamkorlik aloqalarini
o’rnatish va mutaxassislarning o’zaro tajriba almashishiga imkoniyatlar
yaratish.
Umuman olganda, 50 yildan ortiqroq vaqt mobaynida Hindistonning
Pokiston yo’nalishidagi tashqi siyosati markazida Jammu va Kashmir
muammosini hal qilishga qaratilgan harakatlar yotadi.
Ammo, davlatlarning ushbu muammolar yuzasidan o’z
manfaatlaridan kelib chiqqan holda ilgari surayotgan takliflarining
birortasi ham qabul qilinmayapti. Pokiston hukumati mojarolarni hal
qilishda qator takliflarni ilgari sursa, unga hind tomoni mazkur takliflar
Hindiston manfaatlariga nafaqat hududiy, balki suv resurslari ustidan
nazorat qilish masalalarida zid kelishini ta’kidlamoqda.
Bulardan ko’rinadiki, tomonlar ma’lum to’xtamga kelisha olmasdan
o’zaro qurollanish baxsiga kirishib, harbiy kuchlarini namoyish qilish,
raketalarni sinovdan o’tkazish va yadro quroli quvvatini kuchaytirish
holatlari bilan birga chegara hududlarida ziddiyatli jarayonlar va
qo’poruvchilik harakatlari sodir bo’lmoqda. Hindistonning Osiyo
mintaqasidagi tashqi siyosiy faoliyatlari majmuasida mintaqada va
bevosita davlat xavfsizligini ta’minlash harakatlari ham jadal olib
borilmoqda. Ayniqsa, mamlakatning shimoliy chegarasidagi hududlarda
xavfsizlikni ta’minlash va bu xususda Afg’oniston nobarqarorligini
151
bartaraf etish hamda mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tiklash
ishlaridan manfaatdor bo’lib, mazkur jarayonda Hindiston faol harakat olib
bormoqda.
O’z xavfsizligi nuqtai nazardan, Hindiston Afg’oniston bilan olib
borayotgan munosabatlari majmuasida ikkita omil ko’zga tashlandi.
Jumladan:
birinchidan, ikki davlatning ham o’zaro aloqalardan xavfsizlik
omiliga katta e’tibor qaratishi. Ya’ni, hozirda Afg’oniston o’zining
xavfsizligini ta’minlashda Hindiston bilan muzokaralar olib borishga
manfaatdorligini bildirmoqda. Bu bo’yicha Afg’onistonning sobiq
prezidenti H.Karzay hamda A.G’aniyning Hindistonga qilgan qator
tashriflari davomida “tolibon” kuchlari qoldiqlariga qarshi birgalikda
kurashish masalalari to’g’risida muzokaralar olib borildi;
ikkinchidan, hind-afg’on munosabatlarida ikki davlatning ham
kommunikatsiyasi va savdo iqtisodiy sohadagi hamkorlikdan
manfaatdorligining yuqoriligi. Xususan: Hindiston bevosita Eronning
Chox-Baxor bandargohiga chiqishi uchun Afg’oniston hududidan
foydalanishga bo’lgan harakati. Bu xususda Hindiston hukumati Eron
bandargohiga chiquvchi 230 km.li “Zaranj-Dilorom” avtomobil yo’lagi
qurilishi uchun 70 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratdi.
Shuningdek, Afg’onistonda barqarorlikni ta’minlash jarayonida
Hindiston Afg’onistonga 21,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi ajratgan
mablag’idan ham ko’rinadiki, Hindistonning mintaqaviy faoliyatida
Afg’oniston barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, Hindiston mintaqada Afg’oniston muammosini
hal qilishdan va hind-afg’on munosabatidan manfaatdor bo’lib,
quyidagilarga asoslanadi:

birinchidan, o’zining shimoliy chegaralarida xavfsizlikni
ta’minlash;

ikkinchidan, Afg’oniston orqali Markaziy Osiyo mintaqasi
bilan bog’lanish imkoniyatga ega bo’lish;

uchinchidan, o’zining mintaqadagi manfaatlari yo’lidagi
faoliyatlariga qulayliklar yaratish.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib aytish mimkinki, Hindistonning
Osiyo mintaqasida va umuman jahondagi faoliyatlari doirasida etakchi
davlatlar, ya’ni Xitoy, Rossiya, AQSh kabilar bilan har tomonlama
munosabatlarning mustahkamlanganligi va hamda ichki va xavfsizlik
sohasidagi manfaatlar yuzasidan Eron, Pokiston, Afg’oniston davlatlari
bilan olib borayotgan hamkorliklari uning tashqi siyosiy harakatlarida
152
qulayliklar yaratish bilan birga buyuk davlat maqomiga ega bo’lishida
keng imkoniyatlarni beradi. Shu orqali uning Markaziy Osiyodagi
faoliyatining uyg’unlashuviga ham olib keladi.
Umuman, Hindiston strategiyasi nafaqat Janubiy va Markaziy Osiyo
mintaqasida, balki jahonda o’zining keng qamrovliligi bilan dunyo
hamjamiyatining e’tiborini qaratmoqda. Shu bilan birga mamlakatdagi
jarayonlar Markaziy Osiyoda ham sezilarli ta’sir qilib, xavfsizlikni
ta’minlash, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarni amalga oshirish kabi sohalarda
sezilarli turtki bo’lmoqda.
Hindiston tashqi siyosatini belgilab beruvchi ma’lum bir huquqiy
normativ hujjat mavjud emas. Lekin tashqi siyosatning maqsad va
tamoyillari mustaqillika erishilgan paytda Hindiston Milliy Kongressi
tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda Javoharlal Neruning o’rni beqiyos
bo’lganligini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. Hindiston ma’lum bir huquqiy
hujjatda belgilanmagan tashqi siyosiy tamoyillari orqali bugungi kunda
etakchi davlatlar qatoridan o’rin egallashga erishdi. Tarixdan ma’lumki
Hindiston ikki yuz yil davomida Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lib
kelgan. Shuning uchun u erda haligacha Angliya ta’siri sezilib turadi. Shu
o’rinda tashqi siyosatda ham. Hindiston har doim o’zining siyosiy
qarashlaridan milliy manfaatlarni ustun qo’yishni uddalay olgan mamlakat
hisoblanadi. Balki shu tufaylidir Hindiston hozirgi kunda barcha sohalar
singari tashqi siyosatda ham o’ziga xos o’ringa ega mamlakat hisoblanadi.
Mintaqada sodir bo’lgan eng katta siyosiy voqea bu Hindiston va
Pokistonning mustaqillikka erishishidir. Mustaqillikning birinchi
kunlaridanoq Hindiston mintaqadagi boshqa mamlakatlar bilan tezroq
aloqalarni yo’lga qo’yishga intildi. Tegishli bitim va shartnomalar Butan
(1949 yil), Nepal (1950 yil), Shri-Lanka (1954, 1964 yillar), Hindistonga
keyinchalik qo’shib olingan Sikhim knyazligi bilan imzolandi. Hindiston
boshidanoq tinchlik, betaraflik va harbiy ittifoqlarga qo’shilmaslik
tarafdori ekanligini e’lon qildi. Hindiston mintaqadagi davlatlar bilan
chegaralar muammosini har doim ham tinch yo’l bilan hal etishga
muvaffaq bo’lmadi. Misol uchun, Hindiston va Pokiston o’rtasida uch
marotaba keng ko’lamli harbiy harakatlar bo’lib o’tdi. Oxirgi urush (1971
yil) Sharqiy Pokistonning ajralishi va mustaqil Bangladesh davlatining
tashkil topishi bilan tugadi.
Hozirgi davrda Pokiston-Afg’oniston munosabatlari. Pokiston va
Afg’oniston bir-biriga qo’shni bo’lgan musulmon mamlakatlaridir.
Pokiston mustaqil davlat bo’lgan vaqtdan boshlab ular o’rtasida murakkab
o’zaro munosabatlar vujudga kelmoqda. Ikki davlat munosabatlaridagi
153
asosiy muammo “Buyuk Pushtuniston” va “Dyurand chizig’i”
muammolaridir. Shuningdek, Pokiston Afg’onistondagi o’zaro ichki
nizolarda “Toliblar harakati”ni qo’llab-quvvatlab ularga harbiy, siyosiy va
iqtisodiy yordam berib kelmoqda.
Xususan, Pokiston Islom Respublikasi hamda Afg’oniston Islom
Respublikasi munosabatlarida Federal boshqaruvdagi qabilalar hududi
(FBQH) bilan bog’liq bo’lgan muammolar saqlanib turibdi. Mazkur
mamlakatlar tashqi siyosiy strategiyalarini ishlab chiqishda pushtunlar
masalasi doim kun tartibida birinchi o’rinda turgan.
Ta’kidlash kerakki, FBQH yashovchi 4 mln. aholining 90 foizni
pushtunlar tashkil etadi. Pushtunlarning umumiy soni 38 mln. kishini
tashkil etib, ulardan 12,5 mln. Afg’oniston hududida, 25 mln. Pokistonda
istiqomat qilishadi.
Ikki davlatda yashovchi pushtunlarni birlashtiruvchi yagona “Buyuk
Pushtuniston” davlatini qurishga intilishlar FBQHni notinch joyligicha
saqlanib qolishiga sabab bo’lmoqda.
Barcha pushtunlar ya’ni, Afg’on va Pokiston pushtunlarining
birlashishi, jangovor harakatlarni amalga oshirishga intilishi Pokiston
Islom Respublikasining yaxlitligiga real tahdid yaratishi mumkin.
XX asrning boshlarida Qobulda Pushtuniston davlatini tuzishga
bo’lgan intilishlar yuzaga kelib, “Pushtun ayirmachilik harakati” paydo
bo’lgan. Keyinchalik bu harakat Pokistonning Shimoliy-g’arbiy chegara
viloyati hamda Belujistonga kirib borgan va mahalliy hokimiyatga
muammolar tug’dira boshlagan.
Afg’onistonning shimoliy-sharqiy viloyatlaridan Pokistonning
Shimoliy-g’arbiy chegara viloyatiga qochoqlarning ommaviy chiqishi
birinchidan, pushtun aholisining ko’payishiga, ikkinchidan, uning
radikallashuviga yordam bermoqda. Bu esa mujohidlarning qurolli
shakllanishiga va lagerlarda tayyorlanishiga hamda ular siyosiy
faoliyatining faollashuviga olib kelmoqda. Bunday hatti - harakatlarning
barchasi mahalliy pushtun aholisini asta-sekin o’ziga tortib ketmoqda.
Rossiyalik siyosatshunos D.Vertoxurovning fikriga ko’ra,
mintaqadagi beqarorlikdagi bosh muammo pushtunlar milliy davlatchiligi
belgilanishining tugatilmaganligidir. Bu Buyuk Britaniya siyosatining
natijasi bo’lib hisoblanadi. Bu muammoni echishning uchta usulini
qo’llash mumkin.
Birinchi usul Afg’onistonni to’liq pushtun davlatiga aylantirish;
Ikkinchi usul “Dyurand chizig’i” yonida Afg’oniston-Pokiston
konfederatsiyasini yaratishdan iborat;
154
Uchinchi usul esa Afg’oniston-Pokiston chegarasidagi “Erkin
zona”da “Pushtuniston” rahbarlarini amalda sinab ko’rishdir. Muammoni
echishning ushbu usullari Afg’oniston va Pokistonni yuqori darajada
zaiflashtiradi va davlatlar hududining ma’lum bir qismining qo’ldan
chiqishiga olib keladi.
Ba’zi ekspertlar “Pushtun” muammosini echishning quyidagi ikki
usulini ko’rsatib o’tadilar:
Birinchisi, Afg’oniston va Pokiston hududida “Dyurand chizig’i”da
ikki pushtun avtonomiyasini tuzish;
Ikkinchisi, “Dyurand chizig’i”ni yo’qotish, pushtun xalqini
birlashtirish va hozirgi afg’on-pokiston chegarasida yangi mustaqil
Pushtuniston davlatini yaratish.
Pokiston va Afg’oniston o’rtasidagi asosiy muammolardan biri
“Dyurand chizig’i” muammosi bo’lib, ikki tomonlama munosabatlarning
yaxshilanishiga hamda mintaqa xavfsizligiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
Xususan, Pokiston va Afg’oniston davlatlari o’rtasidagi
munosabatlarni keskinlashishi ikki davlatni ajratib turuvchi 1,5 ming
km.lik chegara, ya’ni “Dyurand chizig’i”ning rasmiy Qobul tomonidan tan
olinmasligi bilan boshlangan. Bu chegara to’g’risidagi shartnomani
Qobulda Afg’onistonlik Abduraxmon va ingliz Hindistonining tashqi
ishlar bo’yicha kotibi M.Dyurandlar 1893 yil 12 noyabrda imzolaganlar.
Keyinchalik 1905, 1919, 1921 yillarda ingliz-afg’on shartnomasi bilan
tasdiqlangan.
Pokiston tomonining aytishicha, Pokiston va Afg’oniston o’rtasida
hech qanday chegara muammosi yo’q. Chegara 1921 yildagi kelishuv
bilan rasmiy ravishda tasdiqlangan. Pokiston hukumati Afg’oniston va
Pokiston o’rtasidagi “Dyurand chizig’i”ni xalqaro tan olingan chegara deb
hisoblaydi.
Shuningdek, Pokiston prezidentining Nyu-Yorkda AQSh sobiq
davlat kotibi K.Rays bilan uchrashuvida Afg’oniston bilan chegarasiga sim
o’rnatishini aytib o’tdi.
Afg’onistonning sobiq prezidenti H.Karzay esa uning bu taklifiga
qarshi chiqib, to’siq o’rnatish muammoni hal qilmasligini, balki Pokiston
hududida hukumatga qarshi chiqishlarning vujudga kelishiga sabab
bo’lishini ta’kidlab o’tdi. Chegara hududlarida bir-biriga yaqin qabilalar
yashaydi. Chegaraga to’siqning qo’yilishi nafaqat qabilalarni, balki
oilalarni ajratib tashlaydi.
155
Bundan tashqari Afg’oniston hukumati hamda BMT Pokistonni
“Toliblar harakati”ni qo’llab-quvvatlayotganlikda hamda jangarilarning
Afg’oniston hududiga kirishiga yordam berayotganlikda ayblamoqda.
Jumladan, Oxirgi vaqtda Islomobod va Qobul munosabatlari sezilarli
darajada yomonlashdi. Asosiysi shundaki, Pokistonning Afg’oniston bilan
chegaradosh bo’lgan qabilalar joylashgan hududida Toliblar tarkibiga
kiruvchi turli xalqaro terroristik tuzilmalar faollashishda va o’z bazalariga
ega bo’lishda davom etmoqdalar.
Pokiston Afg’oniston munosabatlari 2006 yilning oxirgi bir necha
oylarida keskinlashganini ko’rishimiz mumkin. Bu bevosita Afg’onPokiston chegaralariga “ko’chib kelgan qabila zona”laridagi beqaror
vaziyat bilan bog’liqdir. “Toliblar harakati”, shuningdek bir qator boshqa
terrorchilik yo’nalishidagi tashkilotlar kam nazoratdagi Islomobod
hududida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatga ega
bo’lmoqdalar.
Qobul ma’muriyati Pokistonni ommaviy ayblash bilan chiqmoqda,
ya’ni uning fikricha, Afg’oniston prezidenti H.Karzay pozitsiyasiga
shubha uyg’otib, Afg’oniston bilan munosabatlarida qo’poruvchilik
faoliyatlarini amalga oshirishga yo’l qo’yib bermoqda. Afg’oniston
hukumati “ko’chib kelgan qabilalar zonasi”dagi Toliblarni qo’llabquvvatlash kayfiyatidagi kuchlarni bartaraf etish yo’nalishidagi Islomobod
siyosatining natijalariga ochiqchasiga shubha bildirmoqda.
Shuningdek, 2006 yil Vashingtonda uch tomonlama Afg’onPokiston-AQSh uchrashuvi o’tkazilib, Loyi Jirg’a bilan hamkorlikda
chegara xavfsizligini ta’minlashga oid savollar bo’yicha kelishuvlar
imzolandi. Lekin bu amalga oshmadi. Chunki Afg’oniston tomonining
fikricha, buni amalga oshirish uchun nafaqat pushtun etakchilari, balki
boshqa qabila etakchilari ham, chegaradagi etnik guruh vakillari ham
ishtirok etishi zarur.
BMTning yuqori martabali namoyondalari ham borgan sari
ochiqchasiga Pokistonni afg’on hududiga o’tuvchi jangarilarga qarshi
kurash olib bormaganlikda, Pokiston maxsus xizmatini esa ularga yo’l
qo’yib berayotganlikda ayblamoqda. Shu bilan birgalikda ular Vaziriston
kelishuvini ham tanqid ostiga olib, buni ekstremistlarga “ochiq yon
bosish” deb atamoqda.
Ekspertlarning fikrlariga ko’ra, Pokiston parlamentining beshdan bir
qismini islom fundamentalistlari va mamlakat armiyasining yuqori
mansabdorlari tashkil etadi. Aynan ular “Toliblar harakati”ni
qo’llamoqdalar. Bundan tashqari, Pokiston aholisining ko’pchilik qismi
156
ham Toliblarga ko’mak bermoqda. Jamoatchilik fikri so’rovlari natijasiga
ko’ra, AQShning terrorizmga qarshi jangga kirishini Pokistonliklarning 30
foizi qo’llab-quvvatlagan.
AQSh, NATO va Afg’oniston vakillari esa “Toliblar harakati”ning
qarorgohi Pokistonning Kvetta shahrida joylashgan deb hisoblamoqdalar.
Pokiston prezidentining qayd etishicha, jangarilar chegarani kesib o’tib
harakat qilmoqda, ularning bazasi Afg’onistonda joylashgan ammo,
“Toliblar harakati” Pokistondan qo’llab-quvvatlanmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Pokistonning Shimoliy – g’arbiy chegara
provintsiyasida 20 mingta madrasa (diniy maktab) mavjud bo’lib, ular Fors
ko’rfazi musulmon mamlakatlari tomonidan moliyalashtirilmoqda. U erda
pushtun yoshlari Afg’oniston va Markaziy Osiyo mintaqasida ziddiyatlarni
vujudga keltirish va unda ishtirok etish uchun mafkuraviy va harbiy
jihatdan tayyorlanadi.
2007 yil 11 avgustda Qobulda prezident P.Musharraf Pokistonga
“Toliblar harakati”ni qo’llab-quvvatlaganini tan oldi. Shu paytgacha
Islomobod Toliblar harakatiga o’zining aloqadorligini qat’iy ravishda rad
etib kelayotgan edi.
Pokiston sobiq prezidenti P.Musharraf CNN telekanaliga bergan
intervyusida aytishicha, Afg’oniston maxsus xizmati Pokistonga qarshi
maxfiy operatsiya o’tkazgan. Avval Pokiston tashqi ishlar vaziri rasmiy
Qobulni Pokistonning Belujiston viloyatiga qurol yuborishda ayblagan edi.
Afg’oniston esa Pokistonni qurol va terroristlarni tarqatayotganlikda
ayblamoqda.
O’z o’rnida Pokiston tomoni Toliblarning qurolli faolligini
Afg’oniston Islom Respublikasining o’z mamlakatida tartib o’rnata
olmasligida deb, ayblamoqda. Shu bilan birgalikda Dehlini ham ayblab,
Hindiston va Afg’oniston o’z bosh elchixonalari orqali pushtun va beluj
qabilalarini Pokiston hukumatiga qarshi qo’ymoqda va qurollantirmoqda.
AQSh bir qancha vaqt Pokiston – Afg’oniston munosabatlarida faol
vositachi, biroq betaraf davlat sifatida rol o’ynab keldi. So’nggi vaqtlarda
esa AQSh ma’muriyati Afg’oniston hududiga kirib kelayotgan jangarilarga
nisbatan tegishli choralar ko’rishni Pokistondan talab qilmoqda.
Xususan, bu Pokistonga nisbatan nafaqat siyosiy diplomatik choralar,
balki harbiy kuch xarakteridagi choralarni ko’rish to’g’risidagi
ogohlantirishlarda o’z ifodasini topmoqda.
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Pokistonning “afg’on
siyosati” o’zgardi va Afg’onistondagi xalqaro antiterroristik
operatsiyalarda ishtirok eta boshladi. Pokiston va AQSh maxsus xizmatlari
157
“Al-qoida” a’zolarini topish va “Toliblar” harakatini oldini olish borasida
hamkorlik qila boshladilar.
2007 yil fevralda AQSh sobiq vitse prezidenti Dik Cheyni
Islomobodga keldi va P.Musharrafni Pokistonning Shimoliy – g’arbiy
chegara viloyatlaridagi ko’p sonli baza va lagerlarni yo’qotish hamda
radikal islomiylarga qarshi kurashni faollashtirishga chaqirdi.
Shundan so’ng 2007 yilning may oyida Pokistonning Shimoliy
Vaziriston viloyatidagi jangarilar lageri ushbu davlat armiyasi tomonidan
yo’q qilindi.
Bundan tashqari, Pokiston va Afg’oniston o’rtasida o’zaro kelishuv
hamda barqarorlikni ta’minlash masalalari ham ko’rib chiqilmoqda ammo
hozirgi paytgacha biror natijaga erishilganicha yo’q.
2006 yil 7 sentyabrda Pokiston prezidenti P.Musharrafning
Afg’onistonga tashrifi chog’ida aytishicha, mamlakatning Afg’oniston
bilan chegaradosh mintaqalarida xavfsizlikni ta’minlash uchun “Toliblar
harakati” va “Al-Qoida” guruhlariga hamda terroristik tashkilotlarga
qarshi kurashishda Pokiston tomoni choralarni yuqori darajada davom
ettiradi. Bu Pokiston va Afg’oniston manfaatlariga javob beradi.
2007 yilning aprel oyida esa Anqarada prezidentlar P.Musharraf va
H.Karzaylarning navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uning natijalariga
ko’ra, Turkiya ishtirokida uch tomonlama ishchi guruhi Afg’oniston Islom
Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o’rtasida ishonchni
mustahkamlash chora – tadbirlari bo’yicha kelishuvga erishildi va Anqara
deklaratsiyasi qabul qilinib, unga ko’ra ikki tomon har qanday
qo’poruvchilik va terroristik akt ko’rinishlarini yo’q qilish majburiyatini
olish holati qayd etildi.
2007 yil 9 avgustda esa Pokiston va Afg’oniston hududining katta
qismida yashovchi pushtun qabilalari Qobulda Oliy Kengash hisoblangan
Jirg’ada o’z ishini boshladi. Yig’ilishda Afg’oniston Islom Respublikasi
prezidenti Hamid Karzay va Pokiston bosh vaziri Shavkat Aziz,
shuningdek, 600 ga yaqin pushtun millatiga mansub obro’li shaxslar
ishtirok etdilar. Qabila boshlig’i va oqsaqollarni chaqirishdan maqsad
yarashtirish yo’llarini topish edi.
Bundan tashqari, Jirg’ada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan
bog’liq masalalar ham ko’rib chiqildi. Ma’lumotlarga qaraganda, Jirg’a
ishida xalqaro kuzatuvchilar ham ishtirok etgan. Ta’kidlash joizki,
ko’pchilik ishtirokchilar va kuzatuvchilar Jirg’aning amaliy natija
berishiga shubha bilan qarab, uning Pokiston – Afg’oniston
munosabatidagi tinchlikni bartaraf qilishiga ko’zi etmasligini bildirishdi.
158
Bu so’z o’z navbatida, Islomobod va Qobul o’rtasida keskinlik saqlanib
qolishini bildiradi.
“BBC” ma’lumotlariga qaraganda, Pokiston etakchisi ikki mamlakat
hukumatlari mintaqada ekstremizmga qarshi kurash olib borishi haqida o’z
fikrlarini aytib o’tdi. Bunga shubha yo’q, chunki Pokiston prezidentining
aytishicha, biz bu elementlar faoliyatini hududda yo’q qilishimiz kerak.
Toliblar Afg’oniston xalqining bir qismidir Qobul ularni tinch hayotga
qaytishga da’vat qilishi kerak.
Afg’onistonning sobiq Prezidenti Hamid Karzayning qayd etishicha,
Pokistonning “Toliblar harakati” va boshqa terroristik guruhlarga qarshi
kurashga so’z berishi Afg’oniston uchun katta va yaxshi ish bo’ladi. Bu
davlatlar o’zaro ishonchli munosabatlarni o’rnatishlari zarur.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirining sobiq o’rinbosari Kim
Xauellsning ta’kidlashicha, qachonki Pokiston Tolibon jangarilarini
qo’llab-quvvatlashdan o’zini tiysa va ularning lagerlarini o’z hududidan
yo’qotsa, Afg’onistonda tinchlik va xavfsizlik ta’minlanadi. Pokiston va
Afg’oniston “Toliblar harakati” va “Al-Qoida”ga qarshi kurashsa, ikki
davlat o’rtasida ishonchli qo’shnichilik munosabatlari faqat yaxshilanadi.
Pokistonning Afg’oniston bilan munosabatlarida ham bir qator
muammolar o’z echimini topmasdan kelmoqda. Bunday muammolarning
birinchisi pushtun muammosi bo’lib, ikki davlatning chegara hududida
“Buyuk Pushtuniston” davlatini tuzishga bo’lgan separatistik harakatlarni
amalga oshirishga harakat qilmoqdalar. Ularning separatistik harakati
mamlakatlarda ichki beqarorlikning vujudga kelishi va uning
rivojlanishiga hamda millatlar o’rtasida konfliktlarni keltirib chiqarishi
mumkin. Shuningdek, “Buyuk Pushtuniston” davlatining tuzilishi ikki
davlatni ham iqtisodiy ham siyosiy jihatdan kuchsizlanishiga hamda
Pokistonda boshqa millatlarning ham separatistik harakatlarining paydo
bo’lishiga va uning kuchayishiga olib keladi.
Hozirgi davrda Pokistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan
o’zaro munosabatlari. Bugungi kunda Pokistonning Markaziy Osiyo
davlatlariga nisbatan olib borayotgan tashqi siyosatining asosini iqtisodiy
yo’nalishda energetika, elektrenergiya, transport-kommunikatsiya, bank
sohasi hamda siyosiy yo’nalishda xavfsizlik va mudofaa sohasi tashkil
etadi.
So’ngi yillarda Pokiston Islom Respublikasi va Markaziy Osiyo
davlatlari o’rtasida xavfsizlik va mudofaa sohalarida siyosiy hamkorlik va
kelishuvlar sekin-asta mustahkamlanib bormoqda.
159
Xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlari afg’on muammosi, u bilan
bog’liq tinchlik va barqarorlik masalalarida, diniy ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurash, qurol va giyohvand moddalarni noqonuniy
tashib o’tish kabilarda Pokiston bilan munosabatlarni rivojlantirishdan
manfaatdor. Bu masalalarda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida
O’zbekiston va Qozog’iston Pokiston bilan aloqalari ancha quyuq
rivojlangan.
O’zbekiston o’zining diniy ekstremistik guruhlar, birinchi navbatda,
tolibonlar tor-mor qilinganidan so’ng, Pokistonning Vaziristonida pushtun
qabilalari orasida yashirinib yurgan Amir Usmon boshchiligidagi
Turkiston Islom Harakati (TIH) faoliyatidan tashvishda ekanligini bildirdi.
Pokiston O’zbekiston bilan 2001 yilda O’zbekiston Islom Harakati
a’zolarini tutish, qo’lga olish va berishda o’zbek hukumatiga yordam
ko’rsatish majburiyatini olgan holda bitim imzoladi.
Prezident P.Musharrafning 2005 yil 5-6 martdagi Toshkentga qilgan
safarida “xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish
to’g’risida”gi bitimni imzoladi hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash
masalalarini muhokama qildilar. Andijon voqealaridan so’ng Pokiston
O’zbekiston pozitsiyasini qo’llab – quvvatladi.
Pokistonning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlash
borasidagi hamkorligining ustivorlik kasb etayotgan omillaridan biri bu
iqtisodiy manfaatdorlik ekanligini ta’kidlash joiz. Bu so’nggi 5 yil
davomidagi iqtisodiy o’sishining ildamligi, energiya resurslar
iste’molining ortishi bilan bog’liq. Pokiston o’zining energetik
xavfsizligini ta’minlash borasida energiya resurslar bilan muntazam
ta’minlab turuvchi muqobil manbalarga muhtojdir.
2005 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, Pokistonda uglevodorod xom
ashyosi zahirasi 27 mlrd. barr.ni, tabiiy gaz zahiralari 282 trln. kub m.ni
tashkil etadi. 2005 – 2006 moliyaviy yilida neft xom ashyosi va neft
mahsulotlari importi 3033,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o’tgan yilga
qiyoslaganda 62foizga yuqoridir. Har yili energiya resurslar iste’moli 10
foizga o’smoqda.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, o’z konlaridan qazib
olingan qazilmalar hajmi Pokistonning energiya resurslarga bo’lgan
talabini qondirishga etmaydi. Shu bois kelajakda energiya resurslarning
katta qismini Pokiston chetdan olishga majbur bo’ladi. Bu holat Pokiston
hukumati iqtisodiy siyosatining asosiy negizi energetika jabhasida
Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish zarurligini
ko’rsatadi. Turkmaniston, Afg’oniston hukumati hamda AQSh Yaponiya
160
kabi qator nufuzli xalqaro donorlar tomonidan siyosiy qo’llabquvvatlanayotgan “Transafg’on gaz quvuri” qurilishiga Pokiston qiziqish
bilan qaramoqda. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun
maqsadli grantni Osiyo Rivojlanish Banki ajratdi. Hozirga kelib ushbu
loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tayyor hamda loyihadagi mamlakatlar
o’rtasida bitim tuzilgan (2007 yil dekabr). Biroq salohiyatli sarmoyadorlar
Afg’onistondagi notinchlik hamda Markaziy Osiyo va Kavkazdagi bir
necha yirik eksport quvur o’tkazgichlarning bir vaqtda ishga tushishi bilan
bog’liq geoiqtisodiy ahvol va yana mintaqadagi etakchi davlatlar bilan
raqobatning kuchayishi kabi sabablarga ko’ra, loyihaning amalga
oshishiga ishonchsizlik bilan qaramoqda.
Bir vaqtning o’zida Pokiston unga do’stona munosabatda bo’lgan
Xitoy hududi orqali Markaziy Osiyodagi energetika bozoriga yo’l qidirib
shimoliy-sharqiy yo’nalishda o’z faolligini oshirmoqda. Bu borada
Qoroqurum shossesi orqali transport aloqa o’rnatish Pokiston uchun
istiqbolli bo’lib ko’rinmoqda. Bugungi kunda Pokiston Islom
Respublikasining Markaziy Osiyo respublikalari bilan o’zaro hamkorlik
munosabatlari rivojlanib bormoqda.
Mavjud ma’lumotlar tahliliga ko’ra, tomonlar o’rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarda transport – kommunikatsiya sohasi, xususan, avtomobil
yo’llarini qurish va ishga tushirish borasidagi aloqalar asosiy o’rinni
egallaydi.
Mazkur sohadagi hamkorlik munosabatlari 1995-2007 yillarda
imzolangan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanadi:
1 «Qoroqurum shossesi orqali tranzit yuk tashish to’g’risida»gi
to’rttomonlama Bitim (Xitoy, Pokiston, Qozog’iston, Qirg’iziston
o’rtasida imzolangan);
2 «Xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida»gi Memorandum
(Qozog’iston va Pokiston o’rtasida imzolangan);
3
«Transport–kommunikatsiya
sohasida
o’zaro
kelishuv
to’g’risida»gi
Protokol (Tojikiston va Pokiston o’rtasida imzolangan);
4 «Karachi va Gvadar portlariga chiqish bo’yicha uch tomonlama
kelishuv»
(O’zbekiston, Pokiston va Afg’oniston o’rtasida imzolangan);
5 «Karachi–O’sh–Bishkek transport koridorini yaratish to’g’risida»gi
kelishuv va boshqalar.
161
Hozirgi kunda Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlarini o’zaro
bog’lovchi bir qator muqobil avtomobil transport yo’laklarini barpo
etishga oid loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qozog’iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
ma’lumotiga ko’ra, 2006 yilda Qoroqurum yo’nalishida “Pak Caspion
Trade Link” (Pokiston) transport kompaniyasi bilan hamkorlikda
“Islomobod-Qoshg’ar-Bishkek-Almati” avtomobil yo’li qurilib bitkazildi
va mazkur yo’nalishda avtomobil transporti qatnovi amalga oshirilmoqda.
Hozirda Pokiston va Tojikiston o’rtasida Vaxan darasi (Tojikiston)
orqali o’tadigan avtomobil yo’li qurilishi loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Mazkur yo’l “Dushanbe-Xorog-Ishkashim (Tojikiston) - Barogil dovoni
(Afg’oniston) – Gupis – Gilgit (Hindiston) – Karachi (Pokiston)”
yo’nalishida qurilishi rejalashtirilmoqda. Mutaxassislarning fikricha,
ushbu transport koridorining birgina “Barogil-Gilgit” qismini barpo etish
uchun 200 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag’ sarflanishi ko’zda
tutilgan.
Shuningdek, mazkur yo’lni Pokiston-Qirg’iziston hamkorligida
“Dushanbe-O’sh-Bishkek” yo’nalishida davom ettirish bo’yicha ham
loyihalar tayyorlanmoqda. Pokiston va Turkmaniston o’rtasida “KarachiKvetta
(Pokiston)-Qandahor-Hirot
(Afg’oniston)
Kushka
(Turkmaniston)” avtomagistralini qurish loyihasi yuzasidan tegishli choratadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, O’zbekiston ham “Termiz-Hirot-Qandahor
(Afg’oniston)-Karachi (Pokiston)” avtomobil yo’lini qayta qurishda
ishtirok etmoqda. Mazkur avtomobil yo’li Markaziy Osiyo davlatlari
tranzit yuklarining Pokiston portlariga olib chiqilishi uchun eng qisqa va
istiqbolli yo’l bo’lib hisoblanadi.
Umuman olganda, Pokiston bilan Markaziy Osiyo davlatlarini o’zaro
bog’lovchi transport–kommunikatsiya tizimini barpo etish, xususan, uning
tarkibiy qismi bo’lgan avtomobil yo’llarini qurish hamda modernizatsiya
qilish yuzasidan ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalar asosida
tegishli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bundan ko’zlangan maqsad esa o’zaro tovar va xom ashyolarni
eksport-import qilish va shu orqali Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari
iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlanishiga erishishdan iborat.
Bundan tashqari, Pokistonning Xitoy orqali temir yo’l aloqasini
o’rnatish rejasi mavjud. Qoroqurum shossesi bo’ylab Qoshg’ar temir
yo’lini qurib bitkazgandan so’ng, Pokiston Markaziy Osiyo bilan aloqa
qilishda ham avtomobil yo’li infratuzilmasidan ham Xitoy temir yo’lidan
162
foydalana oladi. Loyihaga to’sqinlik qiluvchi holat bu Pokiston va Xitoy
o’rtasidagi iqtisodiy raqobat bo’lib hisoblanadi.
Pokistonning bu hududdagi mamlakatlar bilan hamkorlik qilishining
asosiy jihati bu – elektroenergiya sotib olishdir.
Hozirda Pokistonning elektr energiyaga bo’lgan talabi 9 mlrd.
kVtG’s.da baholanib, turli ma’lumotlarga ko’ra, u har yili 6foizga oshib
bormoqda. Gidroresurslarga boy bo’lgan Tojikiston va Qirg’izistondan
afg’on hududi orqali elektr quvvat olib kelinishi rejalashtirilmoqda.
2006 yil fevralda Tojikiston, Afg’oniston va Eronning energetika
idoralari mavjud shartnomalar doirasida Afg’oniston orqali Tojikistondan
Eron va Pokistonga boruvchi yuqori voltli elektr o’tkazgich liniyasi
qurilishi haqida bitim tuzishdi. Tojikistondagi uchta GES (Rogun,
Sangtudin GES-1 va 2) ishga tushgandan so’ng Afg’onistonga yiliga 300
mVtG’s. va Pokistonga 1000 mVtG’s. elektr quvvati uzatilishi kutilmoqda.
2006 yil 8 mayda Islomobodda Pokiston, Afg’oniston, Tojikiston va
Qirg’iziston o’rtasida quvvati 1 ming mVt. va uzunligi 900 km. bo’lgan
elektr o’tkazgich liniyasi qurilishi to’g’risida to’rttomonlama shartnoma
tuzildi. Qobul va Jalolobod orqali o’tuvchi liniya qurilishining qiymati 700
mln. dollarni tashkil qiladi.
Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi boshqa
yo’nalishdagi iqtisodiy hamkorlik haqidagi ma’lumotlarga qaraganda,
cheklangan savdo-sotiq aloqalarining ko’rsatkichlari ancha kichikligi
seziladi.
Jumladan, Pokiston tomonining ma’lumotlariga ko’ra, 2003-2004
yillarda Pokistonning Qozog’istonga qilgan eksporti 9 mln. dollarni,
Qirg’izistonga 6,6 mln. dollarni, Tojikistonga 0,3 mln. dollarni,
Turkmanistonga 1,3 mln. dollarni tashkil qiladi.
Pokiston o’zbek paxtasining yirik xaridorlaridan biri hisoblanadi.
Avvallari o’zbek paxtasini Eron orqali sotib olar edi. 2005 yilning 29-30
dekabrida Toshkentda bo’lib o’tgan Pokiston-O’zbekiston hukumatlari
komissiyasi yig’ilishining yakuniga ko’ra, tomonlar o’zbek paxtasini
Pokiston tomonidan doimiy ravishda sotib olinishi haqidagi kelishuvga
erishishdi.
Bundan tashqari, Pokiston O’zbekiston uchun 5 mln. dollar
qiymatida Pokistondan tekstil sanoati uchun uskunalar sotib olishi uchun
kredit liniya ochishga rozi bo’ldi.
Pokiston Markaziy Osiyoga mashina uskunalari, farmokologiya
mahsulotlari, tibbiy jihozlar, sport trenajyorlari, tekstil, tayyor kiyim,
charm buyumlar va mevalarni sotishni mo’ljallamoqda. Pokiston hukumati
163
mintaqadagi mamlakatlarga telekommunikatsiya, temir yo’l transporti
sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlashga yordam berishini bildirdi.
Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida bank sohasida
hamkorlik qilishga asos solinmoqda.
Jumladan, 9 mlrd. AQSh dollardan ortiq faollarga ega bo’lgan
Pokistondagi eng yirik tijorat banki – Pokiston Milliy Banki (PMB)
Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va O’zbekistonda o’z filiallarini
ochdi. MDH hududidagi bank strukturalari faoliyati Olmotadagi Pokiston
Milliy Bankining mintaqaviy muassasasi tomonidan nazorat qilinadi.
2005 yilning 2 mayida Pokiston Milliy banki va O’zbekiston
Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o’rtasida memorandum
imzolandi. Bu hujjat Pokiston va O’zbekiston o’rtasida iqtisodiy aloqalarni
mustahkamlash hamda jahon moliya bozorida strategik sherikchilik va
barqaror hamkorlikni davom ettirishni ta’minlashga yo’naltirilgan.
Pokiston Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta’lim sohasida va kadrlar
tayyorlashda, xususan o’zining harbiy o’quv yurtlarida qurolli kuchlar
ofitserlari tayyorlashda o’z yordamini taklif qildi.
Markaziy Osiyo mintaqaviy siyosatiga Pokistonning qo’shilishida
muhim rolni Shanxay Hamkorlik Tashkiloti o’ynadi.
2005 yil 5 iyulda Ostona shahrida ShHT sammitida Pokistonga
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining kuzatuvchisi maqomi berildi. Bu
masalani prezident P.Musharraf 2005 yil 5-7 martda Toshkentda ko’targan
edi. Barcha Markaziy Osiyo davlatlari ichida bu masalada Pokiston
pozitsiyasini birgina O’zbekiston qo’llab – quvvatladi.
2006 yil aprel ma’lumotiga ko’ra, Pokistonning ShHT mamlakatlari
bilan umumiy savdo – sotig’i 2 mlrd. AQSh dollarni tashkil qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlariga esa, bor – yo’g’i 26 mln. to’g’ri keladi.
Pokiston fikricha, bu hamkorlikning real salohiyatiga mos tushmaydi.
Pokistonning manfaatlari ushbu tashkilot (ShHT)ning kun tartibi
hamda uning doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish
tendentsiyalariga mos tushadi. ShHT a’zolari davlat hukumatlari
boshliqlari kengashining 2006 yil 15 sentyabr Dushanbe shahridagi
beshinchi yig’ilishi yakuniga ko’ra, qisqa muddatda energiya resurslarni
ishlab chiqaruvchilar iste’molchilari va tranziterlarini birlashtiruvchi
“ShHT energetika klubi”ni shakllantirish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Bunda Pokiston kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqchi. ShHT doirasidagi
transport – energetika loyihalarni kreditlashga Xitoyning tayyorligini
hisobga olgan holda, Pokiston Gvadar porti bo’yicha transport – energetika
loyihalariga ShHT loyihasi maqomi berilishiga intilmoqda. Bu masalani
164
Pokiston rahbariyati 2006 yil 15 iyunda Shanxaydagi ShHT sammitida
hamda 2006 yil 17 iyunda Almati shahri yig’ilishi sammitida ko’tarib
chiqdi. ShHT bilan o’zaro munosabatlar darajasi G’arb va AQSh bilan
munosabatlarini kengaytirishga musulmon olamida Pokistonning nufuzi
ortishiga olib keladi.
Markaziy Osiyoning yangi davlatlarida savdo – sotiq o’sishi va
sanoat rivojlanishi oqibatida dengizga chiqish talabi paydo bo’ladi, bunday
imkoniyatni ularga Pokiston yaratib beradi. Yaqin portlar Pokiston
qirg’og’ida joylashgan bo’lib, Karachigacha ming mil keladi. Belujistonda
joylashgan Pasni va Gvadar ham shu masofada joylashgan.
Pokistonning Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan faol siyosatini
amalga oshirishga bir qator omillar sabab bo’lmoqda.
Jumladan,
moddiy-moliyaviy
qiyinchilik,
ichki
siyosiy
barqarorlikning yo’qligi, Hindiston bilan kelishmovchilikning davom
etishi va Afg’oniston bilan konfliktning o’sishi bu mintaqaga nisbatan faol
siyosat olib borishga halaqit bermoqda.
Shuningdek, Afg’onistondagi hozirgi inqirozli holat Pokiston va
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida to’g’ridan – to’g’ri aloqalarni
o’rnatishi yo’liga jiddiy to’siq bo’lib qolmoqda.
Bundan tashqari, Pokistonning Markaziy Osiyo yo’nalishiga nisbatan
tashqi siyosatini jahon hamjamiyati qo’llab-quvvatlamayapti. Bunday
sharoitda Pokiston Islom Respublikasi mafkuraviy tashviqot ishlarini
davom ettirishga harakat qilmoqda. Bu Pokiston uchun destruktiv omil
bo’lib hisoblanmoqda.
Pokiston Islom Respublikasining Markaziy Osiyoda tashqi siyosiy
faolligining muhim elementi afg’on yo’nalishi bo’lib, antihind liniyasi va
Toliblar harakatining roli bilan to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir.
Pokiston geosiyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda mintaqaga
o’zining ta’sirini o’tkazishning asosiy va kelajakdagi instrumenti sifatida
toliblardan foydalanishni davom ettiradi.
Shuningdek, Pokistonda Toliblarni tayyorlaydigan bir qancha
lagerlar mavjud bo’lib, Pokiston ularni qo’llab – quvvatlamoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarida islom – ekstremistik bosimining
kuchayishi va uning saqlanib qolishi Pokistonning Markaziy Osiyo
davlatlari bilan to’liq aloqalarning o’rnatilishiga to’sqinlik qilmoqda.
Bugungi kunda Pokistonda islom radikalizmi juda kuchaygan bo’lib, bu
Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligiga jiddiy xavf tug’dirishi mumkin.
Umuman olganda Pokistonning Markaziy Osiyoga nisbatan tashqi
siyosati ushbu mintaqadagi iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda
165
amalga oshirib kelinmoqda. Markaziy Osiyoda Pokiston tashqi
siyosatining asosini iqtisodiy yo’nalishda energetika, transportkommunikatsiya va bank sohasi tashkil etadi. Siyosiy yo’nalishda
xavfsizlikni ta’minlash hamda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda
hamkorlik qilish tashkil etadi. Harbiy yo’nalishda esa mudofaa sohasida
hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Pokiston va Markaziy Osiyo
mintaqasi
davlatlari
munosabatlarining
quyuq
rivojlanishiga
Afg’onistondagi beqarorlik, ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo
mintaqasi davlatlari xavfsizligiga tahdidi sabab bo’lmoqda.
Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan muhim hamkorlarimizdan biri
sanaluvchi Pokiston Islom Respublikasi O’zbekiston Respublikasi
mustaqilligini birinchilar qatorida 1991 yilning 20 dekabridayoq tan oldi.
Ikki davlat o’rtasidagi diplomatik aloqalar esa 1992 yilning 10 mayida
rasman o’rnatildi.
Bugungi kunda O’zbekiston hukumati mintaqadagi qo’shni davlatlar
bilan, xususan, Pokiston bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini izchil
yo’lga qo’yib kelmoqda.
4.3. Indoneziya zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Osiyo-Tinch okeani
mintaqasi davlatlari alohida o’rin egallaydi. Ayniqsa mintaqaning yirik
davlati hisoblangan Indoneziya Respublikasi bilan yo’lga qo’yilgan
hamkorlik munosabatlari o’zaro ishonch va hurmatga asoslangan. Yangi
XXI asrga Indoneziya XX asrning oxirida Janubi-Sharqiy Osiyoni qamrab
olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlari bilan kirib keldi. Mamlakatni
qamrab olgan iqtisodiy tanazzul o’z ortidan siyosiy inqirozni ham olib
keldi. Mamlakatni qisqa muddat davomida Xabibi (1998-1999 yil oktyabr)
va Abduraxmon Vohid (1999-2001 yil iyul) boshqardi, Megavati
Sukarnopuri ularga nisbatan uzoqroq (2001-2004 yil oktyabr) mamlakatni
idora etgan bo’lishiga qaramasdan, mamlakat oldida turgan murakkab
muammolarni hal eta olmadi.
XXI asrning boshlarida Indoneziya moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
oqibatlarining bartaraf etilishi, tashqi siyosatdagi o’zgarishlar, davlatning
jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi yo’lidagi harakatlarning
kuchayishi, iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarida faol qo’shilish ko’p
jihatdan mamlakatni 2004-2014 yillarda boshqargan prezident Susilo
Bambang Yudoyono nomi bilan bog’liqdir. U 2004 yilda Indoneziya
tarixida birinchi marta umumxalq saylovi asosida o’tkazilgan prezidentlik
166
saylovlari natijasida ma’muriyat tepasiga keldi (prezidenti oliy
qonunchilik organi – Xalq Konsultativ Kongressi tomonidan saylangan).
Indoneziya tashqi siyosatining yangi kontseptsiyasi S.B. Yudoyono
tomonidan 2005 yil may oyida e’lon qilindi va u «tashqi siyosatning
konstruktiv strategiyasi» degan nom bilan mashhur bo’ldi. Unda tashqi
siyosatni amalga oshirishning uchta asosiy yondoshuvi ilgari surildi: 1)
murakkab xalqaro muammolarni hal qilishda pozitiv yondoshish; 2)
oqilona xalqaro aloqalar; 3) ichki siyosiy va diplomatik muvaffaqiyatlarga
asoslanuvchi Indoneziyaning xalqaro maydonda munosib o’ringa ega
bo’lishi. Shunga muvofiq prezident Indoneziya tashqi siyosatiga doir
ayrim muhim yo’nalishlarni ko’rsatib o’tdi, unga ko’ra zamonaviy
o’zgaruvchan dunyoda uchta muqobil yo’l mavjud: o’zgarishlar ob’ekti
bo’lish, o’zgarishlarni kuzatib borish yoki o’zgarishlarni boshqarish.
Indoneziya nafaqat o’zgarishlarning oddiygina kuzatuvchisi bo’lib
qolmasdan, ma’lum bir vaziyatlarda xalqaro maydonda etakchilik
pozitsiyasini egallashi lozimligini ta’kidlagan S.B.Yudoyono o’z tashqi
siyosatining asosiy tamoyillarsi sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tdi:
– Indoneziyaning tashqi siyosatining asosiy tamoyillaridan biri bo’lib
kelayotgan «bebas dan aktif»–«mustaqil va faol» tashqi siyosat konstruktiv
yondoshishga asoslanishni lozim. Tashqi siyosatda konstruktiv fikrlash
raqibni do’stga, do’stni bo’lsa hamkorga aylantirishga yordam beradi.
– «bebas dan aktif»–mustaqil va faol tashqi siyosat ayni vaqtda harbiy
ittifoqlarga qo’shilmaslikni anglatadi. Indoneziya hech qachon boshqa
davlatlar bilan harbiy paktga kirmaydi va o’z hududida chet el harbiy
bazalarini joylashtirmaslik siyosatini davom ettiradi.
– mustaqil va faol tashqi siyosatda Indoneziya o’zaro aloqalarni qo’llabquvvatlaydi. Indoneziya qo’shni, qudratli va yangi qudratga erishayotgan
davlatlar, dunyo mintaqalari, xalqaro tashkilotlar va qator nodavlat xalqaro
tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli va hurmatga asoslangan aloqalarni
rivojlantirish tarafdori bo’lib qolaveradi.
–mustaqil va faol tashqi siyosat Indoneziya xalqaro obro’siga xizmat
qilishi kerak. Aholi soni bo’yicha jahonda to’rtinchi, islomga e’tiqod
qiluvchilar soni bo’yicha birinchi va demokratiyaning kattaligi bo’yicha
uchinchi o’rinni egallovchi (Indoneziya tomoni mamlakatni Hindiston va
AQShdan keyingi uchinchi yirik demokratik davlat deb hisoblaydi)
davlatdir. Indoneziya demokratiya, islom va zamonaviylik hamohang
ravishda rivojlanayotgan mamlakatlardan biridir.
– mustaqil va faol tashqi siyosat Indoneziyaning o’z milliy brendini –
oshkoralikni, mo’tadillikni, tolerantlikni, ishonchni aks ettirishi lozim.
167
Mazkur milliy brend Indoneziya baynalmilalligining ildizi bo’lishi kerak.
Shu yo’l orqali Indoneziyaning mustaqil va faol siyosati Indoneziya milliy
manfaatlarida va xalqaro maydonda muhim o’rin tutadi.
XXI asr boshlaridan Indoneziya tashqi siyosatida 1945 yilda ishlab
chiqilgan milliy mafkuraviy besh tamoyil - «Pancha shila» asosidagi tashqi
siyosatning ustuvor yo’nalishlari davom ettirildi. Rasmiy Jakarta uchun
o’z kuchi bilan mustaqillikni ta’minlash birinchi navbatdagi bosh vazifa
bo’lib qolaverdi. Ikkinchi tomondan biror bir davlat bilan juda yaqin
hamkorlikka kirishish va unga bog’liq bo’lib qolmaslik taktikasi davom
ettirilishi ilgari surildi. Shuning uchun bo’lsa kerak bu tashqi siyosat
tamoyili S.B.Yudoyono «Millionta do’st va birorta dushman yo’q»
(“million friends and zero enemy”) (yana bu «Mingta do’st – nolta
dushman» (“Thousand friend – zero enemies”) nomi bilan ham mashhur)
kontseptsiyasida ma’lum ma’noda o’z aksini topdi.
XXI asrda ham Indoneziya tashqi siyosati aloqalarni ikki tomonlama,
mintaviy ko’p tomonlama va xalqaro ko’p tomonlama munosabatlar
asosida rivojlantirish tarafdori bo’lib qolaverdi. Ayniqsa rasmiy Jakarta
tashqi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga faol harakat qilib
kelmoqda. Xususan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi
(ASEAN) davlatlari, ASEAN+3 (Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya),
Tinch okeani havzasida joylashgan qo’shni davlatlar, undan tashqari
Rossiya, AQSh, Hindiston va Evropa Ittifoqi davlatlari mamlakatning eng
asosiy hamkorlari sifatida qaralib kelmoqda. Shuningdek, jadallik bilan
rivojlanayotgan Markaziy Osiyo, hususan O’zbekiston bilan iqtisodiy
hamkorlikni yanada taraqqiy qildirish va yangi bosqichga ko’tarish
bo’yicha alohida harakatlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash kerakki,
keyingi yillarda Indoneziya iqtisodiyotida o’sish kuzatilsada, ammo bu
o’sish ko’p jihatdan chet el davlatlariga, birinchi navbatda AQShning pulkredit siyosatiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Bu esa iqtisodiy o’sish istalgan
paytda tashqi omillar tufayli yo’qqa chiqarilishini anglatadi.
Indoneziya ASEAN doirasidagi mintaqaviy hamkorlikka katta e’tibor
qaratib keladi. ASEAN Indoneziya tashqi siyosatida oltita asosiy
funktsiyani bajaradi: mamlakatning xalqaro obro’-e’tiborini saqlash;
mintaqaviy rivojlanishni saqlash; milliy havfsizlik yuzasidan bufer zona
vazifasini bajarish; nisbatan muxtor mintaqaviy tartiblarni ishlab chiqish;
xalqaro muzokaralar vositasi va Jakartaning xalqaro nufuzini oshirish.
2011 yilda Indoneziya tashkilotga raislik qilish vakolatini bajardi.
Indoneziyaning asosiy maqsadi XXI asrda ASEANni yangi pag’onaga
ko’tarish hisoblanadi. Xususan 2010 yil Xanoyda bo’lib o’tgan
168
ASEANning 17 sammitida a’zo davlatlar 2015 yilga ASEAN
Hamjamiyatini tuzish bo’yicha harakat dasturini ma’qullashdi.
XXI asrdan Indoneziya iqtisodiy integratsiya bo’yicha xalqaro
hamkorlikka ham katta e’tibor bermoqda. Ushbu jarayonda Indoneziya
yangi nisbatan barqaror bo’lgan moliyaviy-iqtisodiy tuzilma yaratishni
ilgari suradi. «G-20»(«20 lar guruhi»)ning a’zosiga sifatida (1999 yil)
Indoneziya ayniqsa 2010 yildan boshlab ushbu guruh mavqeini
kuchaytirishga intilmoqda. Xususan rasmiy Jakarta byudjet taqchilligi
mavjud davlatlarni ushbu guruhdan chiqarish va har bir mamlakatga zarur
bo’ladigan bo’lsa yordam berish kerakligini haqidagi takliflarni ko’tarib
chiqdi.
2004 yildagi siyosiy sohadagi islohotlardan so’ng Indoneziya butun
mintaqada demokratik qadriyatlarni kengaytirish tashabbusini ilgari
surishga kirishdi. 2008 yilda Indoneziya Bali Demokratik Forumi
hukumatlararo tashkilotini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Janubi-Sharqiy
Osiyoda demokratik kontseptsiyalar va qadriyatlar, siyosiy taraqqiyoti
dasturlarini ishlab chiqish mazkur Forumning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Har yili Indoneziyaning Bali orolida ushbu Forumning yig’ilishini
o’tkazish an’anaga aylandi.
XXI asrda ham Indoneziya xalqaro maydonda o’z o’rniga ega bo’lish
uchun faol harakat qilib kelmoqda. Chunonchi mamlakat 2006-2008
yillarda BMT Havfsizlik Kengashining doimiy bo’lmagan a’zosi sifatida
faoliyat olib bordi. Rasmiy Jakarta global muammolarning echimi borasida
BMTning rolini kuchaytirish va bunga erishish uchun mazkur organda
islohotlar o’tkazish tarafdorlaridan biri hisoblanadi.
Indoneziya Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasining geostrategik
jihatdan muhim qismida joylashgan. Shu boisdan bo’lsa kerak Indoneziya
doimiy ravishda dunyoning etakchi davlatlari manfaatlari to’qnash
keladigan makonlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa keyingi yillarda Xitoy va
AQShning mintaqadagi ta’siri uchun kurashlari ko’pincha Indoneziyaning
«yelkasiga» tushmoqdi. 2006 yil may oyidan boshlab Indoneziya Xitoy
bilan mudofaa va havfsizlik borasida doimiy muloqotlarni yo’lga qo’ydi.
Bunga ma’lum ma’noda AQShning o’zi ham sababchi. 1999 yilda Sharqiy
Timordagi voqealar sabab AQSh Jakartaga qurol etkazib berishga embargo
joriy qilgan edi. 2005 yilda embargo bekor qilindi. Mamlakat AQShdan
qurol-yarog’ sotib olishda davom etmoqda. Garchi ham Xitoy, ham AQSh
bilan mudofaa masalalarida hamkorlikni rivojlantirayotgan bo’lsada,
ammo Indoneziya bunda tashqi siyosat tamoyiliga sodiq qolgan holda ikki
169
davlatdan biri bilan yoki uchinchi bir davlat bilan «alohida» sherikka
aylanish siyosatidan o’zini uzoq tutish pozitsiyasida kelmoqda.
Indoneziya tashqi siyosatiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu
– islom diniga e’tiqod qiluvchilar mamlakat aholisining katta qismini
(87%) tashkil qilishidir. Shunga ko’ra xalqaro miqyosda yoki mamlakat
ichida islom diniga oid har qanday mazmundagi holatlar tezda mamlakat
bo’ylab aks-sado berishi mumkin. Keyingi yillarda Indoneziyada radikal
kayfiyatdagi islomiy kuchlar faollashib qoldi. Biroq davlat ularga qarshi
keskin kurashib kelmoqda va xalqaro terrorizmga qarshi kurashni ham
qo’llab-quvvatlaydi. 2007 yil 17 yanvarda Indoneziya ASEANning
terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Konventsiyasini imzoladi. Mamlakat
BMT HKning 1566-2004 rezolyutsiyasidagi barcha a’zo mamlakatlarni
terrorizmga qarshi kurashga chaqirig’ini qo’llab-quvvatlashligini ma’lum
qilgan.
Shu bilan bir qatorda Indoneziya xalqaro miqyosda ayrim global
muammolar borasida ham qat’iy yondoshuvlar asosida o’z pozitsiyasini
saqlab kelmoqda. Misol uchun Indoneziya global miqyosda iqlim
o’zgarishlarining oldini olishning tashabbuskorlaridan biridir (2007
yildan). 2009 yil 15 dekabrda Kopengagenda bo’lib o’tgan xalqaro iqlim
o’zgarishlariga bag’ishlangan konferentsiyada ishtirok etdi va Kopengagen
konferentsiyasi ishtirokchilari uchun Indoneziya tomonidan ishlab
chiqilgan beshta taklif va qarashlarni havola etdi.
Xalqaro munosabatlar tizimida Indoneziya XXI asrda ham ommaviy
qurollanishga qarshi bo’lib kolmoqda. 2010 yil may oyida Nyu-Yorkda
bo’lib o’tgan Yadro qurolni tarqatmaslik haqidagi Shartnoma
Konferentsiyasida Qo’shilmaslik Harakatidagi qurolsizlanish masalalari
bo’yicha muvofiqlashtiruvchisi sifatida ishtirok etdi. Indoneziyaning o’zi
2012 yilning fevralida «Barcha ko’rinishdagi yadro sinovlarini ta’qiqlash
haqidagi shartnoma»ni ratifikatsiya qildi.
2014 yil oktyabrda Indoneziyada navbatdagi prezidentlik saylovlari
natijasida mamlakat prezidentligiga Joko Vidodo keldi. Joko Vidodoning
tashqi siyosat borasida siyosati haqida xulosa chiqarishga hali erta. Bir
narsa aniqki, u o’z tashqi siyosatini mamlakat tarixida birinchi marta ayol
kishi – Retno Marsudiga ishonib topshirdi. Tashqi ishlar vaziri Retno
Marsudi diplomatik faoliyatining asosiy qismi Evropa davlatlari bilan
bog’liq bo’lganligini balki mamlakatning bundan keyingi tashqi siyosati
yo’nalishiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda XXI asrning boshlarida Indoneziya iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy inqirozlarni bartaraf etib, xalqaro munosabatlar tizimida
170
o’z o’rniga ega bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin olishga erishdi. Bunda
tashqi siyosat tamoyillariga sodiqlik va o’zgaruvchan xalqaro
munosabatlar tizimiga tezda moslashuv hal qiluvchi rol o’ynadi.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1. Pokiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini gapirib bering?
2. Janubiy Osiyo davlatlari xavfsizlik tizimi masalalari haqida aytib
bering ?
3. Janubiy Osiyo davlatlarining Rossiya va Xitoy bilan munosabatlari
qanday?
4.
Bugungi
kunda
AQShning
Afg‘onistondagi
harbiy
opperatsiyalariga mintaqa davlatlarining munosabatlari qanday?
5. Janubiy Osiyodagi Shri-Lanka, Bangladesh va Maldiv
davlatlarining xalqaro munosabatlariga tavsif bering.
6. Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlarining ijtimoiy-siyosiy
jarayonlariga tavsif bering.
7. Janubiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi SAARK haqida ma’lumot
bering.
8. Hozirgi davrda Hindiston – Pokiston munosabatlari qanday
holatda?
9. Zamonaviy bosqichda Kashmir muammosi va uning Janubiy
Osiyo xavfsizligiga ta’siri qanday ?
10. Hozirgi davrda Myanmadagi kofesssiyalararo ziddiyatlar
haqidama’lumot bering.
11. Indoneziyaning musulmon dunyosida tutgan o‘rni qanday?
12. Indoneziya – Malayziya munosabatlari.
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Janubiy Osiyo mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va
ijtimoiy ahvolini internet tizimlari orqali mustaqil o‘rganish.
2. Afg‘onistonning xalqaro munosabatlardagi o‘rnini yoritib bering.
3. Pokiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini nimalardan
iborat ?
4. Zamonaviy bosqichda Janubiy Osiyo davlatlarida yuz berayotgan
rivojlanish jarayonlariga tavsif bering.
5. “Janubiy Osiyo davlatlari - Xitoy munosabatlari” mavzusida
ma’ruza tayyorlash.
6. Rossiya tashqi siyosatida Janubiy Osiyo davlatlari to‘g‘risida
ma’lumotlar to‘plash.
171
7. Pokiston tashqi siyosatida Afg‘oniston muammosini yoritib
bering.
8. AQSh tashqi siyosatida Janubiy Osiyo davlatlari.
9. Zamonaviy bosqichda Janubiy Osiyo mamlakatlarida yuz
berayotgan rivojlanish jarayonlariga tavsif bering.
10. “Hindiston va Pokiston yadro qurollari muammosi” mavzusida
nutq tayyorlash.
11. Jammu va Kashmir muammosi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash.
12. Hindiston va Pokiston tashqi siyosatida Afg‘on muamosini
yoritib bering.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Mуҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб
мамлакатларидаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар. Ўқув қўлланма. –
Тошкент, 2013. – 160 б.
2. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning
mintaqaviy jihatlari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2013. – 176 b.
3. Каримова Н.Э. Международные отношения стран Востока.
Учебное пособие. – Ташкент, 2017. – 204 с.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Каримова Н., Пьянова Е., Азимов К. Особенности развития
стран Дальнего Востока. Учебное пособие. – Ташкент, 2009. – 234 с.
2. Шарапов А.А. Осиё-Тинч океани минтақаси давлатлари ва
Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Монография. – Тошкент,
2014. – 216 б.
3. Юлдашева Г.И. Халқаро муносабатларнинг методологик
аспектлари. –Т.:Математика ва ахборот технологиялар институти
босмахонаси, 2009. –215 б.
4. Fawcett Louise. International Relations of the Middle East, UK,
Oxford University Press, 2016.
5. The Asia-Pacific Power Balance. London: Chatham House, 2015.
80 p.
6. Beeson M. Institutions of the Asia Pacific. London-New York:
Routledge, 2009. 147 p.
7. Kouskouvelis I. “The Problem with Turkey’s ‘Zero Problems,’”
Middle East Quarterly, Winter 2013, pp. 47-56.
8. Yilmaz E. Turkey’s Kurdish Question and the Peace Process //
Insight Turkey Vol. 15 / No. 2 / 2013, pp. 7-17.
172
5-BOB. AFRIKA MUSULMON MAMLAKATLARIDA
KECHAYOTGAN SIYOSIY JARAYONLARNING MOHIYATI
Darsning maqsadi:

Talabalarda Afrika mintaqasining xususiyatlari to‘g‘risida
tushuncha shakllantirish;

Talabalarda Afrika mintaqasidagi siyosiy vaziyat yuzasidan
tushunchalarni shakllantirish;

Yoshlar orasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish;

talabalar Afrika davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
borasida tasavvur hosil qilishlariga ko’maklashish;

talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda
amaliyotda ularni qo’llashni o’rgatish;

talabalarga Afrika davlatlarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlari
borasidagi to’la ma’lumotlarni etkazish hamda ushbu jarayonlarning
o’ziga xos jihatlarini singdirish;

talabalarda davlatni har tomonlama rivojlantirish jarayonida
o’ta muhim, o’ziga xos rol o’ynovchi tashqi siyosat va uning maqsadlarini
amalga oshirishda muhim omil hisoblangan xalqaro muzokaralar bo’yicha
nazariy bilim va amaliy mahoratni shakllantirish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Afrika Ittifoqi, Afrika Birligi
Tashkiloti, xalqaro nizolar, hududiy mojarolar, NEPAD, Addis-Abeba,
Gambiya, Zair,Kod-d’Iuar, Niger, Ruanda, Serra-Leone, Durban.
5.1.
Afrika qit’asining geostrategik o‘rni
Hozirgi vaqtda, Afrika jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Mazkur “uyg‘onayotgan qit’a” oldida bir qator murakkab
geosiyosiy muammolar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari uzoq, ko‘p asrli
tarixga ega, masalan mustamlakachilik, ish savdosi va hakazo. Ayrimlari
yaqinda paydo bo‘ldi yoki kuchayib ketdi va bu jarayon nisbatan kichik
davrni o‘z ichiga oladi, chunki SSSRning parchalanib ketishi bilan jahon
geosiyosiy kuchlarining muvozanati o‘zgardi, bu esa shak-shubhasiz,
mazkur qit’adagi hayotning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy
sohalarida namoyon bo‘ldi. Afrika xalqlari nisbatan kechroq siyosiy
mustaqillikka erishishdi, biroq iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ularning
ko‘pchiligi hamon haqiqiy ijobiy o‘zgarishlarni his etishganlaricha yo‘q.
Afrika mamlakatlari mustamlakachilik zulmidan xalos bo‘lgach,
ularning ko‘pchiligida G‘arb, xususan AQShning ijtimoiy institutlari,
173
huquq etalonlari oriyentatsiyasi va vesternizatsiya (g‘arblashtirish)
konsepsiyasi qo‘llab-quvvatlanmadi. Biroq, bir vaqtning o‘zida Afrikaning
Yevroosiyoga, xususan Sovet Ittifoqiga bo‘lgan geosiyosiy moyillik
g‘oyasi ham keng taraqqiy etmadi.
Afrika - sayyoraning eng nizoli geosiyosiy nuqtasi degan nom
ayniqsa XX asrning so‘nggi choragida tobora mustahkamlandi. So‘nggi
o‘n yil mobaynida qit’ada 35 ta yirik qurolli nizolar sodir bo‘lganligi qayd
etilgan bo‘lib, ularda o‘n milliondan ortiq kishi vafot etgan, shulardan 90
foizini – shahar aholisi tashkil etadi. Jahondagi qochoqlar sonining qariyb
yarmi, (turli baholarga ko‘ra – 7 mln. kishidan 10 mln. kishigacha) hamda
ko‘chirilgan shaxslarning 60 foizi (qariyb 20 mln. kishi) aynan shu qit’ada
yashaydi. Jahon miqyosida, bolalar o‘limi ko‘rsatkichi qit’ada eng yuqori
ko‘rsatkich hisoblanadi: yiliga 8 mln. kishi1.
Bu turli konfliktogen, ya’ni ixtilofli omillar: etnik va qabilaviy
qarama-qarshiliklar, konfessional kelishmovchiliklar, ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy xarakterdagi ziddiyatlar va boshqalarning murakkab chigallashuvi
bilan izohlanadi. Ayniqsa G‘arbda, ba’zida Afrikaning rivojlanishini siyqa
chizmaga keltirgan va bu muammoni sezilarli darajada ko‘pgina ishlar
soddalashtiradi. Bu haqda S.Xantington shunday yozadi: “Siyosatga
massaning kirib kelishi keskinlikning yuzaga keltiradi, bu esa siyosiy
beqarorlik natijasida rivojlanish uchun xavf-xatar tug‘dirishi mumkin”.
Afrika geosiyosiy holatining tahlili mavjud bo‘lgan biror-bir chuqur
izlanmalar (ishlar) SSSR, Rossiya, G‘arb mamlakatlari, Afrikaning
o‘zidagi ilmiy adabiyotlarda deyarli mavjud emas. Geosiyosat va
siyosatshunoslikning alohida yo‘nalishlarini anglab yetishga bo‘lgan
intilishlar mavjud:

XX asrning oxirlarida Afrika mamlakatlarining ijtimoiysiyosiy rivojlanish yo‘llarini tanlash muammolarini o‘rganish;

qit’a hayotida diktatorlik tartibi va armiyaning roli;

diniy omilning ma’naviy-siyosiy roli;

madaniyat va jamiyat – an’anaviylik va zamonaviylik
sintezi;

XXI asrda Afrikaning geosiyosiy rivojlanish istiqbollari.
XX asrning 90-yillari boshida Namibiyada “Afrika mustaqilligining
30 yilligi: yakunlar va istiqbollar” nomli konferensiya o‘tkazilib, unda
umumlashtiruvchi xulosa sifatida 30 yillik mustaqillik qit’aga na
demokratiya, na taraqqiyot keltirgani, balki iqtisodiy va siyosiy tanglikni
1
Российские стратегические исследования. – М., 2002. - С. 118
174
yanada chuqurlashtirib yuborgani, ya’ni mazkur “orol” geosiyosiy jihatdan
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShga bog‘lanib qolgani aytib o‘tildi.
SSSR va sotsialistik lager mamlakatlari tugatilganidan so‘ng yuzaga
kelgan yangi geosiyosiy holat, jahon kuchlar balansidagi (muvozanat)
geosiyosiy bo‘linishga qo‘shimcha salbiy ta’sir qoldirdi.
Hozirgi zamon Afrika mamlakatlari turli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy yo‘nalishga ega. Shu bilan birga ijtimoiy yo‘naltirilganlik va
ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, asriy qoloqlikni
tugatish, o‘zining ijtimoiy suvereniteti, iqtisodiy mustaqilligi, ijtimoiy
jarayonlarini mustahkamlash, yer osti, inson va moliyaviy resurslariga
egalik qilish uchun kurash Afrika mamlakatlarining umumiy xarakterli
jihati hisoblanadi.
Afrika yuzlab yillar mobaynida fuqarolik urushlari va harbiy
nizolarga aylanib ketadigan etnik qarama-qarshiliklarni boshidan kechirib
kelmoqda.
Ulardan eng qirg‘inlisi 1994-yilda Ruandada boshlandi va qariyb ikki
yil davom etdi. Hokimiyat qo‘l ostida bo‘lgan, radikal kayfiyatdagi xutu
xalqi vakillaridan tashkil topgan hukumat tutsi “dushman” xalqining
ommaviy yo‘q qilinishini tashkil etgan holda, milliy masalani butunlay
“yopish”ga qaror qildi hamda 1 mln. dan ortiq kishini qirib tashladi 1.
“Buni faqat
irqchilarning fashistlar Germaniyasidagi yoki “qizil
kxmerlar”ning Kambodjadagi xatti-harakatlari bilan taqqoslash mumkin” deydi Rossiyalik siyosatshunos Nartov2.
2003-yilning iyul oyi o‘rtalaridan boshlab, olmos, temir rudasi,
kauchukka boy bo‘lgan G‘arbiy Afrika mamlakati hisoblangan Liberiyada
har kuni yuzlab kishilarning hayotiga zomin bo‘lgan fuqarolar urushi
boshlandi. Qo‘zg‘olonchilar va prezident qo‘shinlari o‘rtasidagi qaramaqarshiliklar mamlakat poytaxti – Monroviyada yuz berdi. Biroq, mahalliy
nizolar Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlari Angola, Efiopiya,
Sudan, Kongo, Nigeriya, Zimbabve, Somali, Mozambik, Serra-Leone,
Chadda hali-hanuz tinchiganicha yo‘q.
Chad Respublikasidagi fuqarolar urushi, qo‘shni Sudandagi kabi,
1960-yillardan boshlab qisqa tanaffuslar bilan davom etib kelmoqda.
Isyonchilar erkin ravishda bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib
yurishmoqda. Ikkala mamlakatdagi ko‘pgina qo‘zg‘olonchilarga qayerda
urush qilishning farqi yo‘q. Ular uchun ushbu hudud avlod1
Муҳаммадсидиқов М.М. Африка – геостратегик аҳамиятига молик қитъа // Шарқшунослик (ТошДШИ). –
2007. – № 2. – Б. 109.
2
Нартов Н.А., Нартов В.Н. Геополитика. – М.: ЮНИТИ-ДАНА: Единство, 2007. – С. 527.
175
ajdodlarinikidir. Ularga pul, suv, oziq-ovqat, mollar uchun yaylov, qishloq
xo‘jalik ekinlarini yetishtirish uchun yaroqli yer lozim. Bundan tashqari,
Chadning janubiy tumanlari va Sudanda neft topildi. Mamlakatga
keladigan valyuta tushumlarining ushbu yagona manbai so‘nggi vaqtda
keskinlikning qo‘shimcha omiliga aylandi.
Afrikada separatizmning asosiy o‘choqlari, aniqlangan neft zaxiralari
mavjud hududlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur energiya tashuvchisiga boy
bo‘lgan Eritreya Efiopiyadan ajralib chiqdi. Nigeriyada dengizga
quyiladigan joyda mahalliy qabilalar neft platformalariga hujumlar
uyushtirishmoqda va qora oltinni qazib olishdan olinadigan daromadning
nazoratini talab qilishmoqda.
Sanab o‘tilgan va boshqa ijtimoiy “yaralar” qurollanish va harbiy
nizolar borasidagi poygani keskinlashtirdi. Masalan, qit’a mamlakatlariga
yillik xorijiy yordam 11 milliard AQSh dollarini tashkil etsa, qurollanish
va harbiylarni saqlash xarajatlari esa 12 milliard AQSh dollaridan oshib
ketadi. Aslida, harbiy to‘qnashuvlar va hatto urushlar deyarli
to‘xtamayotgan Efiopiya, Angola, Zair milliy halokat chegarasida
turishibdi. Shunday qilib, Efiopiya va Eritreya bir-birlariga qarshilik
ko‘rsatayotgan bo‘lsalar, UNITA harbiy guruhi Angolada suv va havo
chegaralarini o‘z ichiga olgan holda, hududning sezilarli qismini nazorat
qilmoqda. Harbiy to‘qnashuvlar Mozambik, Sudan, Somali va boshqa
ba’zi mamlakatlarda sodir bo‘lmoqda. Milliy iqtisodiyotlarning zaifligi
to‘qnashuvlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Zairlik professor
Jorj Nzongola Ntalajaning so‘zlariga qaraganda, AQSh, Fransiya va
Belgiya Zair iqtisodiyoti tanazzulining aybdorlari bo‘lib, uning fikriga
ko‘ra, mazkur qudratli mamlakatlar ushbu mamlakatda “xalq
manfaatlariga qaraganda, faqat shaxsiy boyish to‘g‘risida ko‘proq
g‘amxo‘rlik qilgan boshqaruvchi qo‘g‘irchoq to‘dalarning manfaatlari
doirasida” harakat qilishgan1.
G‘arb mamlakatlarining “tinchlik o‘rnatuvchi” kuchlari fuqarolar
urushining avj olishiga o‘z “hissa”larini qo‘shishmoqda. Masalan, Chadda
“asosan qo‘zg‘olonlar bo‘yicha ogohlantiruvchi zarbalar beruvchi
jangovor texnika, vertolyotlar, samolyotlarga ega xorijiy legiondagi 1,5
mingga yaqin fransuz soldatlari” joylashgan.
Shu va boshqa sabablar tufayli, ko‘pgina amerikalik yetakchilar
Fransiya sobiq ichki ishlar vaziri N.Sarkozining Senegal, Mali va boshqa
mamlakatlarga bo‘lgan tashrifini xusumatli tarzda kutib olishdi. Parlament
deputatlari Malida uni “toza suvning ig‘vogari” sifatida baholab,
1
Смиридонова С. Крепнущий голос Франкфонии // Ж. Азия и Африка сегодня. – 2003. – №5. – С. 31
176
“tashrifning bekor qilinishi”ni talab qilishdi. Senegalning sobiq prezidenti
Abdulay Vad “Fransiyaning Afrika siyosati”ni qattiq tanqid ostiga oldi.
Shimoliy-Sharqiy Afrika mintaqasining geostrategik mavqei uning
xalqaro dengiz kommunikatsiyasini bog‘lab turgan Qizil dengiz sohillarida
joylashganligi bilan belgilanadi. Qizil dengiz Shimoldan Suvaysh va
Aqaba portlaridan Janubdagi Bab al-mandab bo‘g‘ozigacha cho‘ziladi1.
Bab al-mandab bo‘g‘ozi Qizil dengizning janubiy darvozasi va bu bo‘g‘oz
Qizil dengizning janubdagi eng tor nuqtasi hisoblanib, juda muhim
strategik mavqega ega. Mazkur bo‘g‘oz janubdan Adan ko‘rfazi bilan
so‘ngra Hind okeani bilan bog‘lanadi. Bab al-mandab – Qizil dengiz –
Suvaysh yo‘li Arabiston yarim oroli va Fors ko‘rfazi neftini G‘arbiy
Osiyo, G‘arbiy Yevropa va Amerika qit’asiga eksport qilish uchun xalqaro
dengiz qatnovini amalga oshiruvchi asosiy yo‘l hisoblanadi. Ana shu
vaziyat, mazkur mintaqaning strategik ahamiyatini belgilovchi omillardan
sanaladi. Har kuni ushbu bo‘g‘ozdan o‘nlab neft tankerlari va o‘nlab savdo
va harbiy kemalar qatnaydi. Shu bilan birga Qizil dengiz, Arab Mashrig‘i
va Mag‘ribini bog‘lab turuvchi eng qulay va qisqa dengiz yo‘lidir. Bab almandab bo‘g‘oziga kirib-chiqayotgan barcha kemalar Yaman, Jibuti va
Somali qirg‘oqlaridan albatta o‘tadi. Shuning uchun, bu mintaqaning
xalqaro ahamiyati ham katta.
Jahon mamlakatlarining ham kundalik faoliyatlarida, xalqaro savdosotiq, eksport-import ishlarini amalga oshiruvchi kemalari va harbiy
dengiz
kuchlarini
Suvaysh-Qizil
dengiz
yo‘nalishi
bo‘ylab
harakatlanishida mazkur dengiz va kanaldan unumli foydalanadilar. Ushbu
dengiz kommunikatsiya yo‘li Shimoliy-Sharqiy Afrika mintaqasidagi
Sudan, Jibuti, Eritreya va Efiopiya kabi davlatlar uchun yagona dengiz
yo‘li, shuningdek, MAR, Yaman Respublikasi va Isroil uchun muhim
dengiz yo‘li bo‘lib xizmat qiladi.
Albatta, ushbu mintaqalarda joylashgan orollar ham mazkur ikki
mintaqaga egalik qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun, Hozirgi
vaqtda Isroil davlati Eritreya orqali Qizil dengiz mintaqasidagi muhim
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xanish orollariga o‘z ta’sirini
o‘tkazishga intilmoqda.
Mintaqa xalqlari qadimdan savdo-sotiq bilan shug‘ullanganliklari
sababli bu mintaqa Osiyo bilan Yevropani bog‘lab turuvchi dengiz
transport yo‘liga aylandi.
1
The World Book Encyclopedia. Chicago, London, Sydney, Toronto. – United States of America, 1994. Vol. 16. – Р.
191.
177
XX asrning 50-yillaridan boshlab, Suvaysh kanali Fors ko‘rfazidan
Yevropa va Shimoliy Amerikaga neft transportirovkasi amalga
oshiriladigan dengiz kommunikatsiyasining asosiy qismlaridan
hisoblanadi.
Ma’lumki, Hozirgi vaqtda mintaqa xavfsizligini ta’minlash, mintaqa
davlatlari oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Ammo, buyuk
davlatlar neftga bo‘lgan o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, mintaqa
davlatlariga ta’sir ko‘rsatishning turli vositalaridan foydalanishga harakat
qiladilar. Shu sababli, buyuk davlatlar manfaatlarining neft tankerlari
harakatlanadigan hudud, ya’ni mintaqa xavfsizligiga bog‘liqligi natijasida
uning ahamiyati yana ham ortishi mumkin. Masalan, ikkinchi Fors ko‘rfazi
urushi paytida (1998-1999 yillar) neft eksport qiluvchi arab mamlakatlari
o‘z neftini himoya qilish, uning xavfsizligini ta’minlash hamda importer
davlatlarga yetkazib berishga qodir emasliklari namoyon bo‘ldi. O‘z
navbatida G‘arb mamlakatlari, ya’ni neft iste’molchilari uni himoya
etishga qodir ekanliklarini ko‘rsatdilar.
Mintaqaning strategik ahamiyati ko‘p jihatdan neft omiliga bog‘liq
bo‘lib, FKADHK mamlakatlarida ishlab chiqariladigan neftning ko‘p
qismi Fors ko‘rfazidan Xormuz bo‘g‘ozi orqali Ummon ko‘rfaziga va
undan Adan ko‘rfaziga, u yerdan Suvaysh kanali bilan O‘rta Yer dengizi
va Yevropaga yetib boradi. Shuning uchun, Qizil dengiz yo‘l xarajatlarini
arzon tushishi va vaqtdan yutish jihatidan juda muhim o‘rin tutadi.
Suvaysh dengiz yo‘li harbiy-strategik jihatdan katta ahamiyatga
egadir. 1990-1991-yillarda Quvaytni Iroq bosqinidan ozod etish
operatsiyalari davomida va keyinchalik, Afg‘onistondagi xalqaro terrorizm
bazalariga qarshi aksilterror kuchlarning mintaqaga olib kirilishi, hamda
2003-yilning boshida AQSh va Buyuk Britaniya boshchiligidagi
ittifoqdosh kuchlarning Iroqdagi Saddam Xusayn tuzumini ag‘darib
tashlash maqsadida olib borgan harbiy operatsiyalari davomida AQSh,
Yevropa va jahonning bir qancha mamlakatlaridan harbiy kuchlar, harbiy
texnika va turli uskunalar asosan Atlantika okeani – O‘rta Yer dengizi –
Suvaysh kanali orqali Hind okeani va Fors ko‘rfaziga olib o‘tildi. Harbiy
kuchlarni Iroqqa safarbar qilishda, urushdan so‘ng vaziyatni
barqarorlashtirish va tinchlik o‘rnatish hamda Suvaysh yo‘nalishi bo‘ylab
Fors ko‘rfazi sari Iroq xalqiga insonparvar yordam ko‘rsatish uchun
zaruriy ashyolar ortilgan kemalar harakatlanishini ta’minlash maqsadida,
Hozirgi vaqtda ham Qizil dengizdan keng foydalanilmoqda. Albatta
kemalar qatnovidan Shimoliy-Sharqiy Afrikada joylashgan barcha
davlatlar manfaatdordir.
178
Xulosa qilib aytganda, Afrika nizolari qit’ani beqaror vaziyatda
ushlab turibdi. Nizolar kelib chiqish omillari turli xil bo‘lib, bizning
fikrimizcha, asosiy dominant iqtisodiy-ijtimoiy qoloqlik ekanligi ma’lum
bo‘lmoqda. Qit’a davlatlarining past suratlarda rivojlanish jarayoni uzoq
vaqt saqlanib qolishi mumkin. Bu esa, qit’adagi vaziyatni yanada
uzoqroqqa suradi. Muammolarni global darajadagi ta’siri oshmasligi
uchun, nizolarni xalqaro miqyosda hal qilish lozim. Bu - dunyo yetakchi
davlatlarining bir maqsad yo‘lida birlashtirishga ham bog‘liqdir.
5.2. Afrika qit’asidagi mojarolarning genezisi va ular bilan bog’liq
muammolar
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi dunyoda tinchlikni,
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, insoniyatga bo‘ladigan har qanday
tahdid va chaqiriqlarga qarshi hamjihatlik asosida kurashishga
qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
Shu bois, Afrikadagi nizo va qarama-qarshiliklar nafaqat Afrika
qit’asini, balki dunyo xavfsizligini ta’minlashga o‘z ta’sirini
ko‘rsatayotganligi, butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb
muammolardan biridir.
Afrika nizolarining klassifikatsiyasini o‘rganish va tahlil qilish ancha
murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki, bu qit’ada insoniyat oldida turgan
barcha global muammolar o‘z ko‘rinishiga ega. Shuning uchun ularni
tashqi va ichki nizolarga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Tashqi nizolarga qit’adagi davlatlarning bir-biri bilan nizolari,
hududiy mojaro va bahslarini kiritishimiz mumkin.
Afrika qit’asida, XX asrning oxiri XXI asr boshlarida yuz bergan
voqealar va siyosiy jarayonlar nafaqat qit’adagi davlatlarni, balki butun
dunyo jamoatchiligi diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Afrika qit’asi yer yuzi maydonining 6 foizini tashkil
etib, Yevroosiyo qit’asidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Afrikaning
umumiy maydoni 29,2 mln km² bo‘lib, yer yuzidagi quruqlikning 20,4
foizini tashkil etadi1. Afrika qit’asi aholisi soni 1 milliardga yaqin bo‘lib,
qit’alar orasida yuqori o‘rinni egallaydi. Afrika qit’asida 55 ta davlat
mavjud va ulardan 5 ta tan olinmagan davlatlar va 5 ta tobe hududlar
(orollar) hisoblanadi.
Xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi bo‘lgan Afrika qit’asi turli
ko‘rinishdagi bir necha asr tarixga ega geosiyosiy muammolardan
1
Мухаммадсидиков М.М. Африка-конфликтная геополитическая сфера планеты // Международный научный
журнал. Наука. Образование. Техника. Кыргызско-Узбекский университет. Ош. Кыргызской Республика. –
2009. – № 2 (30). – С. 37-39.
179
masalan, mustamlakachilik, qulchilik va boshqalar mintaqadagi
barqarorlikni yo‘lga qo‘yish uchun asosiy tahdid solgan omillardan biri
sifatida namoyon bo‘lgan. SSSRning parchalanishi bilan dunyodagi
geosiyosiy kuchlar balansi bir muncha o‘zgarib, Afrika qit’sida ijtimoyiqtisodiy, siyosiy va ma’daniy sohalar o‘zgarishlarga uchradi.
Hozirgi vaqtda Afrika qit’asi olimlar tomonidan geosiyosiy nizolar
maydoni sifatida ta’kidlanmoqda. Chunki, so‘nggi 400 yil ichida qit’dagi
barqarorlik darajasi juda ham past ko‘rsatkichlarni namoyon etib, buni
qit’adagi 10 mlnga yaqin tinch aholining qirilib ketishiga olib kelgan 35 ta
katta harbiy nizolar bilan ta’kidlash mumkin. Dunyodagi qochoqlardan
taxminan 7 – 10 millioni qit’adagi aholi soniga to‘g‘ri keladi va qit’a
aholisining taxminan 60 foizini ko‘chib kelgan muhojirlar tashkil etadi.
Afrika qit’asining AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan,
transmilliy korporatsiyalar va xalqaro moliyaviy markazlardan siyosiy va
iqtisodiy tobelik darajasining yuqoriligi, doimo global ijtimoiy
muammolar: ochlik, qashshoqlik, savodsizlik, xalqlarning siyosiy va
umumiy ma’daniyatining pastligi, kuchli siyosiy va iqtisodiy inqiroz,
xalqlar va dinlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar kelib chiqishiga olib
kelmoqda.
Zamonaviy Afrika siyosiy planda asosan, avtoritar tuzumdagi
davlatlardan tashkil topgan. Avtoritar tuzumdagi davlatlarning paydo
bo‘lishiga asosiy sabab sifatida kapitalizm va sotsializm tizimlarining
qit’adagi ta’sirini kuchaytirish uchun olib borgan harakatlari tushuniladi.
O‘ttiz yil mobaynida bu ikki tizim uchun Afrika kurash maydoni bo‘lib
keldi. Bu tizimlar Afrika qit’asi davlatlaridagi diktatorlarni o‘z
manfaatlariga erishish yo‘lida moliyaviy tomondan ta’minlab kelgan.
Avtoritar tuzumdagi xalqlar diktatorlarga bo‘ysunib siyosat va
geosiyosatning subyekti emas balki, obyekti sifatida namoyon bo‘lganlar.
Aynan mana shu sabablar 1960-yildan so‘ng Afrikadagi beqarorlikni
yuzaga keltirdi va buning natijasida qit’ada 100 ga yaqin harbiy
to‘ntarishlar bo‘lib o‘tdi.
Afrika qit’asi geosiyosiy holatini o‘zgartiruvchi yana bir omil, bu
turli xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi. Afrikaning etnik tarkibi
– rang-barang xalqlar va qabilalar mozaikasiga o‘xshab ketadi. Qit’ada
taxminan 50 ta millat va elatlar, ming xil tilda so‘zlashuvchi 3 mingga
yaqin qabilalar istiqomat qiladilar.
Afrika davlatlarining ko‘pchiligi tabiiy geografik chegaralarga
bo‘linib, aniq demarkatsiya qilinmagan. Afrika qit’asi davlatlarining
chegaralaridan 44 foizi meridian va parallel bo‘yicha chegaralangan, 30
180
foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yoysimon shaklda belgilangan. Hududlarning
bunday tarzda bo‘linishi xalqlar o‘rtasidagi nizolar va urushlar asosi
hisoblanadi.
Afrika qit’asidagi barqarorlikning ta’minlanishi bugun nafaqat qit’a
davlatlari balki butun dunyo uchun asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi.
Xususan, Afrika qit’asidagi barqarorlikni ta’minlashda tahdid solayotgan
bir necha omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
- Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar;
- Fuqarolar urushi;
- Xavfsizlik darajasining pastligi va jinoyatchilikning yuqoriligi;
- Davlat chegarasidan yashirincha, boj to‘lamasdan mol o‘tkazish
(kontrabanda bilan shug‘ullanish);
- Ekologik jinoyatchilik;
- Noqonuniy qurollar savdosi bilan shug‘ullanish;
- Terrorizm;
- Qaroqchilik va neftni bunkerlash;
- Noqonuniy narkotik moddalari savdosi bilan shug‘ullanish.
Bu omillarning har biri qit’adagi davlatlarning o‘zaro nizolariga ham
olib kelmoqda. Omillarni tahlil qiladigan bo‘lsak, masalan, davlatlar
o‘rtasidagi o‘zaro nizolar asosan qabilalar orasidagi jangovor kuchlarga
asoslanadi. Bunday holatlarda ko‘pgina hukumatlar qabilalardagi ko‘ngilli
lashkarlarini
proksi
sifatida
jo‘natadilar
yoki
hukumatlar
qo‘zg‘alonchilarga
qarshi
kuchli
operatsiyalar
o‘tqazib,
qo‘zg‘alonchilarning harakatlarini kuch bilan bosib, fuqarolik bazalarini
hukumatlarni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydilar. Bunday holatlarga
Darfurdagi Janjavid va 1998-yildagi Efiopiya va Eritreya o‘rtasidagi
chegaraviy urushlar bilan misol qilishimiz mumkin.
“Afrikadagi fuqarolar urushi o‘zining shavqatsizligi bilan mashhur.
Shuningdek, ularning etnik, hududiy va diniy jihatlardan tashkiliy
ko‘rinishlarining murakkabligi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Fuqarolar
hukumatlar va nohukumatlardagi qo‘zg‘alonlar uchun qo‘llabquvvatlovchi kuch sifatida xizmat qiladi”1. Fuqarolar urushini olib
borishida har ikki tomon maqsadlari biri-biriga qarama-qarshi bo‘ladi.
Afrikadagi ko‘pgina fuqarolar urushining qo‘zg‘alonchilar uchun
manfaatini ko‘radigan bo‘lsak, ular asosan, tuzumlar aldov yoki
majburlash yo‘llari orqali erishgan boyliklar, mol-mulk va chorva
mollarini qaytarish uchun tuzumga qarshi chiqadilar. Hukumatlar esa
1
Mark Duffield, Development, Security and Unending War: Governing the World of Peoples. – London: Polity Press,
2007. – Р. 67.
181
fuqarolarga nisbatan “kollektiv jazolash” strategiyasini qo‘llash orqali
qo‘zg‘alon yetakchilarini o‘z vaxshiyliklari uchun javobgarlikka tortishga
urinadi.
Fuqarolar urushining tashkil etilishida albatta tashqi kuchlarni ham
hisobga olish lozim. Qit’aning resurslarga boy ekanligi tashqi kuchlarni
albatta o‘ziga jalb etadi. Masalan, tashqi kuchlar u yoki bu davlat o‘rtasida
nizolarni uyushtirish orqali faol ishtirokchilarni ta’sir darajasini pasaytirish
yo‘li bilan resurslarga ega bo‘lgan holatlari ham kuzatiladi.
Afrikada kontrabanda va odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi
uyushgan jinoyatchilikning bir necha ko‘rinishlari mavjud. BMTning
narkotik moddalari va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (YuNODK)ning
ma’lumotlariga ko‘ra, “Afrika davlatlari orasida Nigeriya, Gana va
Marokash kontrabanda va odam savdosi bilan shug‘ullanishda asosiy
generatorlar vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu davlatlar odam savdosi va
kontrabanda orqali yiliga taxminan 32 milliard AQSh dollari miqdorida
foyda ko‘radilar. Bunday holda Sharqiy va Janubiy Afrika tranzit yo‘li
vazifasini o‘tab, odam savdosi va kontrabanda opersiyalari Osiyoda
o‘tqazilayotganligi kuzatilmoqda”1. Shuningdek, Adan Ko‘rfazi Somali va
Yaman tranzit yo‘llari orqali yosh ayollar va erkaklar ya’ni ishchi
migrantlar odam savdosi qurbonlari bo‘ladilar. BMTning qochoqlar ishi
bilan
shug‘ullanuvchi
Yuqori
komissariyat
Boshqarmasining
ma’lumotlariga ko‘ra, “ushbu yo‘nalish bo‘yicha bir oy mobaynida 100 ga
yaqin odam noqonuniy migratsiya qilish orqali nobud bo‘ladi”2.
Afrikaning ko‘pgina davlatlari uchun o‘g‘rilik asosiy muammo
hisoblanadi. Boy fuqarolarga tajovuz qilish, ularning bolalarini o‘g‘irlash
ko‘plab uyushgan jinoyatchi guruhlar uchun odatiy hol hisoblanadi.
Janubiy Afrika, Nigeriya va Keniyada sindikatlar guruhi tashkil etilgan
bo‘lib, ular o‘zlarini maxsus odam o‘g‘irlaydigan guruh sifatida namoyish
etadi. Afrikadagi shunga o‘xshash guruhlardan Niger daryosi deltasidagi
MYeND va Saxiliyadagi AKIM Malining shimoliy qismlarida odam
o‘g‘irlash va odam savdosi bilan shug‘ullanadilar.
Noqonuniy qurol savdosining ko‘payganligi Afrikada fuqarolar
urushi va qabilalar o‘rtasidagi nizolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan
omillardan biri hisoblanadi. Afrikadagi noqonuniy qurol sotish va
noqonuniy qurollar sonining ortishi, sovuq urush davrida AQSh va Sobiq
1
UNODC, Trafficking in Persons: Global Patterns. – Vienna: UNODC, 2006. – P. 85.
Also see United States Department of State, Trafficking in Persons Report 2009 , Washington, DC, June 2009; and
UNODC, Organized Crime and Irregular Migration from Africa to Europe (Vienna: UNODC, July 2006).
2
Қаранг: Peter Woodward. The horn of Africa: State politics and international relations. – London-New York: Tauris
Academic Studies, 2007.
182
Sovet Ittifoqi tomonidan Afrikaga yo‘naltirilgan edi. Bu esa Hozirgi
vaqtda xalqaro embargoning buzilishiga sababchi bo‘layapti. BMTning
ma’lumotlariga ko‘ra, “dunyodagi noqonuniy qurollarning 100 millionga
yaqini Afrikada tarqatilib, bu dunyoning umumiy ko‘rsatkichlaridan 20
foizini tashkil etadi”1.
Noqonuniy qurollar savdosi uchinchi taraf tomonidan tashkil etilgan
chegara hududlaridagi urushlarda Afrika davlatlari hukumatlari ko‘pgina
hollarda yashirin tarzda qo‘zg‘alonchilar guruhlarini qurol bilan
ta’minlaydi. Bunday hollarda, ko‘pgina Afrika davlatlarining harbiylari
ikkinchi darajaga tushib qolishi holatlari ham kuzatilgan. “Hozirgi vaqtda
noqonuniy qurol savdosi bilan shug‘ullanuvchi Sharqiy Yevropalik Viktor
But Afrikadagi har xil guruhlarni qurollar bilan ta’minlaydi”2.
Qurollarning tarqalib ketishiga yana bir sabab bu Afrika hukumatlari
omborlaridan qurollar va o‘q-dorilarning hududiy bozorlarga tarqalib
ketishidir. Qurollar sonining ortib ketishi Afrika davlatlarida turli hil
tajovuzkor guruhlar, terroristik aktlar sodir etilishiga olib kelmoqda.
Afrika terrorizmga qarshi kurashishda qit’alar orasida faol harakat
qilmoqda. Hozirgi vaqtda terroristik guruhlar orasidan “AlQoida”(EAAQ), AKIM, “Al-Shabab”, “Salafiy jihodchilar va
targ‘ibotchilar guruhi” va boshqalar mavjud. Afrika musulmonlarining
fikriga ko‘ra “Al-Qoida” terroristik guruhi Afrika qit’asidagi xalqaro
kuchlarning musulmon davlatlari asosan, Somali va Sudandagi tinch
holatni ta’minlashi uchun qilinayotgan faoliyatiga qarshi harakatlar qilish,
neft qazib olinadigan ayniqsa, Nigeriyadagi neft qazib olinadigan
hududlarda beqarorlikni vujudga keltirish, bu bilan jahon iqtisodiga ta’sir
o‘tkazish va G‘arb bilan aloqalar o‘rnatayotgan hukumatlarga zarar
yetkazish kabilardan manfaatdor hisoblanadi. “Al-Qoida” Afrikadagi bir
necha islom jangovorlari guruhlari bilan aloqalari mavjud. Masalan,
AKIM guruhining yangi tarkibi hisoblangan Jazoir va Malining
shimolidagi harakatlar va Somalining janubiy qismidagi “Al-Shabab”
harakati shular jumlasidandir.
“Al-Qoida” harakati Janubiy Afrikada ko‘plab sayyohlar, hukumat
vakillari va boshqalarni asirga olganlar. Ularning evaziga katta miqdorda
pul yoki xorijdagi qamoqlardagi o‘zlarining odamlarini ozod qilishni talab
qilganlar. Shuningdek, bu harakat o‘z guruhdoshlari orasidan bir nechasini
o‘ldirishgan. Masalan, 1998 yil Nayrobidagi portlatishlarga aloqasi
1
African
Union,
"Small
Arms
and
Light
Weapons,"
available
at
<www.africaunion.org/root/au/AUC/Departments/PSC/Small_Arms.htm >.
2
Douglas Farah, Merchant of Death: Money, Guns, Planes and the Man Who Makes War Possible. – Hoboken, NJ:
John Wiley, 2007.
183
bo‘lgan Axmad Xalfan Jiylanini Pokistonda qo‘lga olishib o‘ldirishgani
yoki yana bir misol 2005 yil Londondagi portlatishlarga aloqasi bo‘lgan
Xorun Rashid Asvatni ham qatl etganlari buning yaqqol misolidir. AQSh
hukumatining ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Janubiy Afrikada ikkita
katta oila mavjud bo‘lib, aynan ular “Al-Qoida”ni moliyaviy tomondan
ta’minlab turadi degan taxminlar ham mavjud. Shuningdek, bu guruh
Janubiy Afrikadagi JCh-2010 ga oshkoralikka ega bo‘lish maqsadida
tajovuz qilgan degan gumonlar ham mavjud. Shimoliy va G‘arbiy
Afrikada AKIM asosiy terroristik tahdid hisoblanadi. AKIM harakati 2007
yilda “Salafiy jihodchilar va targ‘ibotchilar guruhi” “Al-Qoida” terroristik
guruhiga sodiqligi to‘g‘risida qasamyod qilganidan so‘ng tashkil etilgan
bo‘lib, shu yilning dekabr oyida Jazoirdagi BMT bo‘limlardan birida
portlash uyushtiriladi. AKIM ning asosiy maqsadi bu Mag‘rib va
Saxiliyaning viloyatlarida transmilliy ko‘chib o‘tish faoliyatini amalga
oshirishdir. Ya’ni, ushbu hududlarda dastlabki islom jangovorchilarini va
jamoatchiligini joylashtirish hamda Liviya islom jangovor guruhi,
Marokash islom jangovor guruhi, Tunis islom fronti, Mavritaniya
targ‘ibotchi va jihodchilar guruhi ham shular jumlasidandir. Hozirgi
vaqtda AKIM asosan o‘zining terroristik harakatlarini Saxiliya va
Mavritaniyada olib bormoqda. AKIMning asosiy batal’onlari Muxtar
Bilmuxtar va Abdul Xamid abu Zaid hisoblanadilar. G‘arbiy Afrikada
AKIMning Nigeriyadagi “Boko Haram” jangovorchilar guruhiga
qo‘shilishi mumkinligi to‘g‘risida xavfsirashlar mavjud.
Afrikadagi hududiy mojarolarni tahlil qilgan holda shuni aytish
mumkinki, mojarolar asosan xalqlar va qabilalar joylashuvining hududiy
jihatdan noto‘g‘ri taqsimlanganidan kelib chiqmoqda. Gap shundaki, 1885
yil Berlin Konferensiyasida buyuk mustamlakachi davlatlar Afrika
hududini bo‘lishib olgan edi. Natijada, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan mintaqa
va xalqlar birlashtirilgan, tarixan shakllanib kelgan umumiy davlat va
qirolliklar esa bir necha qismlarga bo‘lib tashlangan. XX asrning 60yillariga kelib, yosh mustaqil davlatlar oldida milliy birlikni tashkil qilish
va yaxlit hududga ega bo‘lish muammolari kelib chiqa boshladi1.
Hozirgi vaqtga kelib, bu hududiy mojarolar Afrikaning bir necha
davlatlari o‘rtasida, jumladan, Kamerun va Nigeriya, Chad va Liviya,
Efiopiya va Somali, Malaviy va Tanzaniya davlatlari o‘rtasida saqlanib
qolmoqda. Shuningdek, Qomar orollari davlati Mayotta orolini
Fransiyadan qaytarib olishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, Afrika
davlatlari o‘rtasida chegaralari demarkatsiya qilinmagan hududlar uchun
1
Актуальные проблемы межафриканских отношений. – М., 1983. – С. 178.
184
ham bahs va munozaralar mavjud. Ayniqsa, daryo bo‘ylab o‘tgan
chegaralar umuman belgilanmagan. Masalan, Benin-Niger, Kot-D’IvuarZair davlatlari orasida ikki va o‘ndan ortiq hududiy maydonlar qaysi
davlatga tegishliligi aniq belgilab qo‘yilmagan. Bu kabi hududiy mojaro va
bahslar o‘z yechimini topmayotganligi qit’aning boshqa mojarolari bilan
uyg‘unlashib ketmoqda.
Agar davlatlar o‘rtasidagi mojarolarni tashqi ziddiyatlarga kiritsak,
ichki ziddiyat va qarama-qarshiliklarga bir davlat doirasidagi fuqarolar
huquqini buzulishi, resurslar va hokimiyat uchun siyosiy lider va partiya,
turli xil siyosiy kuchlar, shuningdek, milliy, etnik va diniy birlashma va
guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni keltirish mumkin.
Afrikaning 29 davlatida 1989 yilgacha bir partiyali tizim bo‘lgan
bo‘lsa, 90-yillar boshida ko‘ppartiyali tizimga 45 davlat o‘tdi.
Ko‘ppartiyali tizimga o‘tish Afrikadagi nizolarni barqarorlashtirmadi,
chunki, partiyalar qabila va etnik mansublik asosida tashkil etilib, har bir
partiya hokimiyat uchun shavqatsiz kurashadigan siyosiy liderlar qo‘l
ostiga o‘tdi.
Nigeriyalik professor A.Adededji Afrika mojarolarining kelib chiqish
sabablarini o‘rganib “7 D’s” atamasini kiritadi. Unga ko‘ra yetti omil:
qurg‘oqchilik, cho‘llanish, demografiya, qaramlik, muvozanatsizlik,
beqarorlik va qarzdorlik1, mojarolarning sababidir. Darhaqiqat, oxirgi
paytlarda nizolar tabiiy resurslar uchun bo‘lib, Afrikaning ko‘pgina
davlatlarini xavf ostiga solmoqda. Ayniqsa, qurg‘oqchilik mintaqaviy
muammolarni keltirib chiqarishiga olib kelishi mumkin.
BMTning 1999-yil oxirlarida nashr qilingan rivojlanish dasturining
ma’ruzasida, Afrikada yaqin 25 yilda nizolar “eng qimmatbaho tovar”- suv
uchun bo‘lishini bosharot qilgan. Bu nizolar bir qancha davlatlar
hududidan o‘tadigan daryo va ko‘llar mintaqasida vujudga kelishi
mumkin. Ichimlik suvi yetishmasligi, har ikkinchi afrikalikni ichimlik
suvisiz yashashiga olib keladi. Natijada, “qaynoq nuqtalar”ni Niger, Volta,
Zambezi daryolari sari yetaklaydi.
Shuningdek, Pol Kole ham Afrika nizolarini “resurslar uchun urush”
deb nomlagan edi. Uning ta’kidlashicha, Afrikadagi deyarli barcha yuqori
darajadagi urushlar 1965-yildan boshlanib, siyosiy kurashdan ko‘ra,
iqtisodiy ochko‘zlikka asoslangan edi2.
1
2
Baynham S. Conflict in the 20 th centery. Afrika from 1945. – L.- NY-Toronto-Sydney, 1987. – Р. 45.
Қаранг: Collier P. Doing Well out of War. – Wash. World Bank. 2002.
185
Afrika davlatlarining katta qismi dunyo xo‘jaligidan chekkada
joylashganligi ham bu davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir
qilmoqda.
XXI asr boshlariga kelib, Tropik Afrikaning 51 foiz aholisi qashshoq
bo‘lib, dunyo kambag‘allarining 24,3foizini tashkil qildi1.
Tropik Afrika davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tiklashga
ta’sir o‘tkazayotgan yana bir omil, aholining demografik o‘sishidir.
Olimlarning fikricha, Afrikada demografik o‘sish darajasi har yili 22,5foizni tashkil etadi. Bu holat rivojlangan davlatlarda (dunyo YaIM
75foiz beradigan) 0,3foizni tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, Afrika
aholisining o‘sish surati juda sezilarlidir. Iqtisodiyotga nomutanosib
demografiyaning o‘sishi, mintaqada kambag‘al, och va bilimsiz aholini
ko‘payishiga, shuningdek, Shimol va Janub o‘rtasidagi farqning oshishiga
olib kelmoqda2. Bu holat qishloq aholisini shaharga migratsiyasini oshishi
va natijada kelgindi guruhlar bilan shaharliklar o‘rtasida qaramaqarshiliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Boshqa mintaqalarga qaraganda Afrikada separatizm juda avjiga
chiqqan bo‘lib, ular ma’lum etnikka mansub bo‘lgan guruhlar o‘rtasida
resurslar uchun talashishga qaratilgan. Bu holat afrikalik liderlarning
tushunishicha, davlatning hududiy yaxlitligini ta’minlashga ta’sir qilib,
ayirmachilar tomonidan o‘z o‘lkalarida monopoliyaga erishish va
resurslardan foydalanishda hukumat boshqaruvidan mustaqil bo‘lishga
intilmoqdalar. Bu kabi holatlar Senegal davlatining asosiy guruch
yetishtiradigan mintaqasi Kazamansda, Zairning mis moddasiga boy Shaba
o‘lkasida, Angolaning neft va olmosga boy hududlarida sodir bo‘lmoqda.
Shuningdek, 1967-yil Nigeriyaning neftga boy Biafroy mintaqasi
davlatdan ajralib chiqishga urunishi natijasida, fuqarolar va markaziy
hukumat qo‘shinlari o‘rtasida fojeali to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Bu kabi
nizolar Sudanning Darfur o‘lkasida ham ro‘y berib, neft uchun kurashga
asoslanmoqda.
Bundan tashqari, Afrikaning ba’zi davlatlarida etnik guruhlar
o‘rtasida hokimiyat uchun kurash ketmoqda. Masalan, Burundi va Ruanda
davlatlarida ikki millat: xutu va tutsi millatlari o‘rtasida qaramaqarshiliklar mavjud bo‘lib, bir necha bor bu ikki millat o‘rtasida qonli
to‘qnashuvlar yuz bergan.
1
World Bank. World Development Report 2000. – Wash. 2001. – P.24.
Абрамова И.А. Демографическая ситуация в странах Африки: новые тенденции. Конференция африканистов.
Безопасность Африки: внутрений и внешний аспекты. – М.: 2005. – С. 68.
2
186
1962-yil Ruanda o‘z mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng, hukumat
mamlakatning 85foiz aholisini tashkil qiladigan xutu millatidan tashkil
topadi. Bundan norozi bo‘lgan tutsilar hukumatga qarshi chiqadi. Natijada,
1990-yil hukumat tutsilarga qarshi repressiyani boshlab yuboradi va 1994yilda bu ochiqchasiga genotsidga aylanib 700-800 minga yaqin tutsi
o‘ldirib yuboriladi. Bu fuqarolar urushida Pol Kagamoy boshchiligidagi
ruandalik vatanparvarlar g‘alaba qozonib, amalda hukumatga tutsi millati
keladi.
Burundi davlatida ham xutu aholisi ko‘p bo‘lsada, mustaqillikni
e’lon qilganidan so‘ng, hukumat tutsilar qo‘liga o‘tadi. Bu holatdan
endilikda xutu millati norozi bo‘ladi. Mamlakat Prezidenti Pera Buyoya
harakati tufayli, 1993 yil xutu aholisidan qonunan saylangan Prezidentga
hukumatni topshirishi bilan qurolli to‘qnashuv to‘xtatiladi. Ammo bu bilan
etnik mojaro to‘xtab qolmadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, na tutsi va na xutu millatlari o‘zaro
tuzilgan “etnik shartnoma” qonun-qoidalariga amal qilishga harakat
qilmayapti. Chunki, tutsi aholisi ozchiligi evaziga demokratik saylovlar
natijasida hukumatga xutularni kelishi yoki hukumatni bo‘linishidan
qo‘rqayotgan bo‘lsa, xutular, bizning fikrimizcha, hukumat hozirgacha
tutsilar
qo‘lida
qolayotganligidan
va
xutularni
markazdan
uzoqlashtirayotganligidan xavfsiramoqda.
Nizolarning eng muhim omillaridan biri bu diniy qaramaqarshiliklardir. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Afrika aholisining
42foiz musulmonlar, 22foiz xristianlar, 36foiz mahalliy an’anaviy dinlarga
e’tiqod qiluvchilardir. Diniy qarama-qarshiliklarning kuchayishiga og‘ir
iqtisodiy vaziyat sabab bo‘lib, ko‘pgina davlatlarda hukumatga qarshi
diniy tashkilotlar tuzila boshladi. Masalan, Sudanda “Sudan xalq ozodlik
armiyasi” tuzilib, u davlatni shariat asosida boshqarishni talab qilib
chiqadi. Mamlakat Prezidenti Nimeyri 1983-yil davlat mafkurasi va
qonuni shariat asosida boshqarilishini e’lon qilishi ham vaziyatni
o‘zgartirmadi. Hozirgi vaqtda ham Sudan ichki xavfsizligini ta’minlashda
diniy qarama-qarshilik katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Chad va Efiopiyada fuqarolar urushi Sudan muammosiga
o‘xshashdir. Misol uchun, Efiopiya musulmonlar istiqomat qiladigan
Eritreya uchun 30 yil urush olib bordi. Lekin Eritreyaliklarning
qat’iyatliligi evaziga 1993-yil Eritreya o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
Xristian va musulmon din vakillarining to‘qnashuvi ayniqsa,
Nigeriyada avjiga chiqqan. 2000-yil fevral oyida Kadun viloyatida bu ikki
din vakillari o‘rtasida qonli to‘qnashuv bo‘lib, har ikki tomondan 400 ga
187
yaqin kishi halok bo‘ldi. 2006-yilda esa bu to‘qnashuv yanada alanga olib,
masjid-madrasalar va cherkovlarga o‘t qo‘yildi. Mamlakat Prezidenti
O.Obasanjo vaziyatni yumshatish uchun shariat asosida boshqarilishini
(ba’zi shtatlarda) ma’lum chegaralangan holda bo‘lishiga va’da berdi.
Ammo vaziyat hozirgacha ijobiy holatga o‘tgani yo‘q.
Umuman olganda, Nigeriyada nafaqat xristianlar va musulmonlar
bir-biriga qarshi kurashgan, balki bu kabi dinlarning boshqa oqimlari ham
o‘z dushmanlarini o‘zga din vakili sifatida ko‘rib, kurash olib borishgan.
Bu kabi Afrikadagi muammolar qit’aning xavfsizligini ta’minlashga
katta ta’sir qilib, bir davlatdagi mojaro boshqa davlatga o‘tib
ketayotganligini ko‘rsatadi. Masalan, Nigeriyadagi mojaro qo‘shni
hududlarga o‘tib ketgan. Shuningdek, Ruandadagi fuqarolar urushi
natijasida xutu qabilasi vakillari Kongo Demokratik Respublikasiga qocha
boshlaydi. Kongo davlatining hukumati bu qochoqlarga qarshi o‘z
harbiylarini yuborish orqali ularni o‘z hududlariga kirishini ta’qiqlab
qo‘yadi.
Bundan tashqari, ba’zi Afrika davlatlarida ham ichki, ham tashqi
muammolari mavjud. Masalan, Nigeriyada diniy qarama-qarshilik bo‘lsa,
tashqi mojarosi Kamerun bilan hududiy nizosi mavjud. Ichki qaramaqarshilikning kuchayishi Kamerun davlatining ham xavfsizligiga tahdid
bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, Afrika nizolari qit’a bo‘ylab yoyilishi, nafaqat
qit’ani balki, dunyo xavfsizligiga tahdiddir. Ko‘pgina ekspertlarning
fikricha, Tropik Afrikaning ko‘pgina davlatlaridagi bunday tartibsizlik va
qaloqlik, qashshoqlarning Shimoliy Afrikadagi davlatlarga ko‘chishi va u
yerdagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, Janub-Shimol (ya’ni rivojlangan davlatlar)
o‘rtasidagi nisbat keskin ortishi, Shimolning janubga o‘z ko‘magini
berishga majbur bo‘ladi.
Shuning uchun, BMT va AI tashkilotlari bu nizolarni oldini olishga
kirishmoqda. Albatta, bu tez bo‘ladigan jarayon emas, chunki, qit’adagi
davlatlarning manfaatlarini birlashtirish va har bir davlatning o‘z ichki
muammolarini xalqaro gumanitar yordamlar bilan hal etish lozim.
1. Qit’adagi mojarolarni bartaraf qilish masalasini bir yoki bir
necha davlatlar kuchi bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bu masala jahon
hamjamiyatining birlashgan kuchini talab qiladi. Davlat hokimiyatining
kuchsizlanishi hamda etnik ozchilikka nisbatan tazyiq, diniy murosasizlik,
resurslarni noto‘g‘ri taqsimlash va ijtimoiy adolatsizlik kabi mojarolarning
tub sabablarini yo‘qotish bo‘yicha jahon hamjamiyatining faol harakatini
188
jalb qilish kerak. Jahon hamjamiyati mojarolarning oldini olishni samarali
qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, mojarodan keyingi tiklanish jihatlariga
ko‘proq e’tibor qaratishi lozim.
2. Afrikaning xavfsizlik sohasidagi keskin vaziyatdan chiqib keta
olishi hamda buning natijasida siyosiy va ijtimoiy barqarorlikka erisha
olishi, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida va globalizatsiya jarayonida teng
huquqli ravishda ishtirok etishga ildam qadam qo‘ya olishi jahon
hamjamiyatining izchil urinishlariga bog‘liq.
3. Mojarolarning oldini olish hamda ularni hal qilishda mintaqaviy
tashkilotlar muhim rol o‘ynaydi. G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy
birlashmasi, Janubiy Afrika mamlakatlarining Afrika taraqqiyot
birlashmasi, hukumatlararo taraqqiyot tashkiloti Afrikadagi mojarolarni
hal qilishda faol ishtirok etadi, bular tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
operatsiyalarga muhim qo‘shimcha hisoblanadi.
Nazorat va topshiriq savollari:
1.Jahon xaritasida Afrika davlatlarining siyosiy-geografik holatini tavsiflab
bering ?
2.Arab Mag’ribi davlatlari tashqi siyosat kontseptsiyasi asosiy o’lchamlari
tushunchasiga ta’rif bering ?
3.Afrika Ittifoqi davlatlari xavfsizlik tizimi masalalari haqida aytib bering ?
4.Afrika davlatlarining AQSh va Yevropa davlatlari bilan munosabatlari
nimadan iborat deb o’ylaysiz ?
5.Bugungi kunda AQShning Afrikadagi siyosatiga Frantsiya va boshqa
Yevropa davlatlarining munosabatlari qanday?
6.Shimoliy Afrika davlatlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tavsif bering.
7.Afrika Birligi tashkilotidan Afrika Ittifoqiga aylanish istiqbollari haqida
ma’lumot bering.
8.Marokashdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga umumiy tavsif bering.
9.Marokashning Afrika Ittifoqiga a’zoligi muammolari nimadan iborat?
10.“Hozirgi davrda G’arbiy Saxro muammosi” mavzusida prezentatsiya
tayyorlash.
11.“Arab Mag’ribi davlatlarida islom omili” mavzusini muhokama etish.
12.Yevropa Ittifoqining AMT davlatlari munosabatlari haqida ma’lumot
bering.
13.Shimoli-sharqiy Afrika davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga tavsif
bering.
14.Liviyaning jahon hamjamiyatidagi o’rniga baho bering.
15.Zamonaviy bosqichda Marokash – Jazoir munosabatlari qanday?
189
Mustaqil ish savollari:
1.Siyosiy xarita yordamida Afrika davlatlarini siyosiy, iqtisodiy – ijtimoiy
va geografik holatini gapirib bering ?
2.Frantsiyaning Afrikadagi siyosatini xarita yordamida aytib bering ?
3.Afrika mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini
internet tizimlari orqali mustaqil o’rganish.
4.Nigeriyaning xalqaro munosabatlardagi o’rnini yoritib bering.
5.JAR tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini tavsiflab bering.
6.Zamonaviy bosqichda Shimoliy Afrika davlatlarida yuz berayotgan rivojlanish jarayonlariga tavsif bering.
7.“Afrika Ittifoqi - Yevropa munosabatlari” mavzusida ma’ruza tayyorlash.
8.Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatida Arab Mag’ribi davlatlari to’g’risida
ma’lumotlar to’plash.
9.Misr tashqi siyosatida Yaqin Sharq muamosini yoritib bering.
10.Jazoir tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari.
11. “Afrika davlatlari va jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi” mavzusida
ma’ruza tayyorlang.
12.“Rangli inqiloblar”dan so’ng Shimoliy Afrika davlatlarida ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar.
13.XXI asrda Afrika Ittifoqi: yutuq va muammolari mavzusida prezentatsiya
tayyorlash.
14.AQSh tashqi siyosatida Afrika davlatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1.Kathy Pain. Changing Urban and Regional Relations in a Globalizing
World. – USA, 2014. – 248p.
2.TimoBehr., JuhaJokela. Regionalism and global governance: the
emerging agenda. –Notre Europe, 2011. – 67 p.
3.Rouben Azizian, Carleton Cramer. Regionalism, security and
cooperation in Oceania. – USA: APCSS, 2015. – 172 p.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1.Барыгин И. Н. Международное регионоведение. - СПб.: Питер,2016.
– 384 c.
190
2.Муҳаммадсидиқов М.М. Замонавий Халқаро муносабатларнинг
минтақавий жиҳатлари (Ўқув қўлланма) - Т: ТошДШИ, 2013. – 182 б.
3.Муҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб мамлакатларида
ижтимоий-сиёсий жараёнлар (Ўқув қўлланма) - Т: ТошДШИ, 2013. –
160 б.
4. Muhammadsidiqov M.M. Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlari
(O‘quv qo‘llanma) – T: ToshDSHI, 2017. – 240 b.
191
6-BOB. MUSULMON MAMLAKATLARINING XALQARO
TASHKILOTLARDAGI O‘RNI
Darsning maqsadi:

talabalar jahon mamlakatlaridagi xususan musulmon
davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda madaniy aloqalar borasida
tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish;

talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda
amaliyotda ularni qo‘llashni o‘rgatish;

talabalarga ISESCO tashkiloti, Islom Hamkorlik tashkiloti, arab
davlatlarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borasidagi to‘la ma’lumotlarni
etkazish hamda ushbu jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib
berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: ISESCO,UNESCO, xalqaro
universitetlar ittifoqi, Yo‘l xaritasi, Islom konferensiyasi, Islom taraqqiyot
banki, Arab davlatlar ligasi, Islom robitasi uyushmasi.
6.1. Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)
IHT 1969 yilning 25 sentyabrida (1389 h. 12-Rajab) Marokashning
poytaxti Robotda o’tkazilgan Islom davlatlari rahbarlarining birinchi
yig’ilishida tashkil etildi.
Bunga 1969 yilning 21 avgustida Quddus shahridagi muborak Aqso
masjidiga qilingan yong’in sabab bo’ldi. Islom davlatlarining rahbarlari
birdamliklarining mustahkam ekanini bildirib, uchinchi harami sharifga
qilingan bunday harakatga o’z vaqtida barham berish chorasini ko’rish
uchun, Robot shahrida yig’ilish o’tkazishga imkon topdilar.
Bu voqeadan olti oy keyin Saudiya Arabisitonida IHTga a’zo
davlatlar tashqi ishlar vazirlarining anjumani bo’lib o’tdi. Unda a’zo
davlatlar rahbarlari tashkilot kotibiyatini saylashdi va qarorgohini Jidda
shahri deb belgilashdi. 2016 yildan beri IHT bosh kotibi Doktor Yusif ibn
Ahmad al-Usaymiyn. Tashkilot rasman ingliz, arab va frantsuz tillarida ish
olib boradi.
IHT dunyoda eng yirik Islom tashkiloti sanaladi. Dastlab IHTga Osiyo
va Afrikaning yigirma beshta davlati a’zo edi. Endilikda ikki milliardga
yaqin aholiga ega ellik etti davlat a’zodir. Mazkur tashkilotda Birlashgan
Millatlar Tashkiloti, Rossiya, Bosniya va Gertsegovina, Markaziy Afrika
Respublikasi kuzatuvchi maqomiga ega. 2011 yil 28 iyun kuni Ostona
shahrida o’tkazilgan tashqi ishlar vazirlarining 38-sessiyasida Islom
konferentsiyasi tashkiloti nomi Islom hamkorlik tashkilotiga o’zgartirildi.
192
Tashqi ishlar vazirlarining anjumani har yili muntazam o’tkaziladi.
Favqulodda holatlarda navbatdan tashqari yig’ilishga chaqiriladi. Bosh
kotibiyat IHTning ijrochi organi hisoblanadi. Kotibiyat rahbari tashqi
ishlar vazirlari kengashi tomonidan to’rt yil muddatga saylanadi. Bosh
kotib vakolati faqat bir muddatgagina cho’zdirilishi mumkin. IHT
rahbarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalar hamda axborot va ilm-fan
bo’yicha to’rtta o’rinbosari bor. Ulardan tashqari kotibiyatning texnik
ishini yurituvchi mahkama direktori ham mavjud.
IHT huzurida bir qator tashkilotlar ish olib boradi. Islom taraqqiyot
banki, Quddus jamg’armasi, Islom savdo-sotiq palatasi, Islom poytaxtlari
tashkiloti, Islom birdamlik qo’mitasi, Ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha
Islom tashkiloti shular jumlasidandir. Ularning faoliyatini bosh kotibiyat
muvofiqlashtiradi.
IHTning hozirgi nizomi 2008 yil 13-14 mart kunlari Dakarda
o’tkazilgan yig’inda qabul qilingan. Unga muvofiq tashkilotning asosiy
maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- A’zo davlatlar o’rtasida do’stlik va birdamlik rishtalarini
uyg’unlashtirish;
- Islom olamida yuzaga kelgan muammolarni hal etish;
- Davlatlar ichki qonunlariga hurmat bilan yondashish;
- Inson huquqlarini himoya qilish;
- A’zo davlatlarning iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga ko’maklashish;
- Islom dini haqida turli nohaq va nojo’ya ma’lumotlarni bartaraf
qilish;
- Turli sohalarda mamlakatlardagi institutlar bilan ilmiy izlanishlarni
tashkil qilish bilan shug’ullanadi.
Islom hamkorlik tashkiloti xalqaro tusdagi musulmon mamlakatlari
bosh tashkiloti hisoblanib, 2011- yilgacha Islom konferensiya tashkiloti
deb
nomlangan.
Islom
hamkorlik
tashkiloti
1969-yil
25sentyabrda Robot shahrida Musulmon mamlakatlari boshchiligidagi
konferentsiyada qabul qilingan bo’lib, ushbu tashkilotning asosiy maqsadi
musulmon mamlakatlarini ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada o’zaro
birlashtirish hisoblanadi. Quyidagi davlatlar kuzatuvchi maqomiga
ega: Bosniya va Gertsegovina, Markaziy Afrika respublikasi, Flippin va
Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlari kiradi.
Tashkilotning shtab kvartirasi, ya’ni Bosh qarorgohi Jidda shahrida
joylashgan. 2011- yil 28- iyundagi Ostona shahrida bo’lib o’tgan 38xalqaro
tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida Islom Konferentsiya
Tashkiloti Islom hamkorlik tashkilotiga o’zgartirildi.
193




Islom hamkorlik tashkiloti rasmiy shakldagi xalqaro musulmon
tashkiloti hisoblanib, ta’sir doirasi eng katta bo’lgan tashkilot hisoblanadi.
Hozirgi kunda ushbu tashkilotga deyarli bir yarim mlrd. aholini o’z ichiga
olgan 57 ta davlat a’zo hisoblanadi.
Dastlab tashkil qilingan paytda 25 ta davlat a’zo xisoblangan.
Tashkilotning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1) Musulmon mamlakatlari o’rtasida o’zaro
hamkorlikni
yo’lga
qo’yish;
2) Xalqaro maydonlardagi faoliyatini o’zaro hamkorlik asosida tashkil
qilish;
3) Tashkilotga a’zo davlatlarni rivojlanadigan mamlakatlar qatoriga
qo’shilishiga ko’maklashish.
Tashkilotni boshqarib turuvchi organlar quyidagilar hisoblanadi:
qirollik guruhlari;
davlat boshliqlari;
hukumat a’zolari;
tashqi ishlar vazirlari;
Qirolliklarning, davlat boshliqlarining hamda hukumat a’zolarining
uchrashuvlari bu – musulmon davlatlarining umumiy siyosiy masalalarini
belgilab beradi. Barcha muhim masalalarni o’z ichiga to’liq qamrab olgan
uchrashuvlar uch yilda bir marta o’tkaziladi. Tashqi ishlar vazirlarining
xalqaro konferentsiyasi har yili o’tkaziladi. Favqulotda muhim masalalar
ko’rib chiqish uchun yig’ilishga ehtiyoj bo’lsa, navbatdan tashqari
konferentsiyalar
tashkil
qilinadi. Bosh
kotib Islom
hamkorlik
tashkiloti ning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Bosh kotib xalqaro tashqi ishlar vazirliklarining umumiy yig’ilishida
tanlab olinadi. Bosh kotib 4 yil muddatga saylanadi. Bosh kotib vakolati
bir marta uzaytirishi mumkin.
Bosh kotibni 4 ta o’rinbosari bor:
1. Siyosiy masalalar bo’yicha;
2. Fan va texnologiyalar bo’yicha;
3. Iqtisodiy munosabatlar bo’yicha;
4. Ijtimoiy – madaniy va axborot masalalari bo’yicha.
O’rinbosarlar tarkibida maxsus bo’lim tashkil kilingan bulib, unda
kotiblarning hujjatlariga oid bo’lgan ishlar amalga oshiriladi.
Bosh kotib tarkibida bir nechta bo’limlar mavjud bo’lib ular quyidagi
sohalarga yunaltirilgan:
1. Ijtimoiy – iqtisodiy;
2. Fan va tehnika;
194
3. Osiyo davlatlariga taallukli masalalar;
4. Afrika davlatlariga tegishli masalalar;
5. Xalqaro tusdagi masalalar buyicha axborot berish;
6. Inson huquqlarini ximoya kilish;
7. Nodavlat tusdagi islomiy tashkilotlari masalalari.
Hozirgi kunda ushbu tashkilot modernizatsiyalash bosqichini amalga
oshirmoqda. Shunga bog’liq holda 2008- yil mart oyida Senegalning
Dekar shahrida Islom hamkorlik tashkiloti- ning navbatdagi Sammiti
bo’lib o’tdi. Va bu Sammitda tashkilotni yangi nizomi tasdiqlandi. Islom
hamkorlik tashkiloti-ning 38 navbatdagi yig’ilishi Ostona shahrida 2011
yilning 28-29 iyul kunlari bo’lib o’tdi. Hamda ushbu Sammitda Islom
Konferentsiya Tashkiloti Islom hamkorlik tashkilotiga o’zgartirildi. 38 –
sessiya 1-kunida xalqaro ishlar bo’yicha vazir Erjan Qozixon quyidagicha
so’zladi: «Tashkilotimizning yangi nomga o’zgarganligini, hamda uning
qabul qilingan yangi belgisini e’lon qilaman». Ushbu sessiyaning diqqatga
sazovor tomoni shundaki, yig’ilishda ishtirok etgan davlatlar navbatdagi
yig’ilishni amalga oshiradigan davlatlarni tanlab olishdi. Bu o’ringa Iroq
va Jibuti davlatlari da’vogarlik qilishdi. Va natijada 39- Sammit
navbatdagi yig’ilish Afrikada o’tadigan bo’ldi.
Islom hamkorlik tashkiloti qoshida bir nechta tashkilotlar mustaqil
faoliyat yuritadi. Bu tashkilotlar Bosh kotib tomonidan nazoratga olingan
bo’lib, o’tkazilgan konferentsiyalarda qabul qilingan qarorlar asosida
tashkil etilgan.
Ular:
1.Islom taraqqiyot banki;
2. Islom xabarlar agentligi;
3.Islom
radio
eshittirish
hamda
televidenie
xizmat
ko’rsatish tashkiloti;
4. Iqtisodiy-madaniy savollar bo’yicha islom komissiyasi; 5.
Proffesional ilg’or texnikaga oid o’qitish va izlanish bo’yicha islom
markazi
6. Fan va texnika rivojlanishidagi islom fondi;
7. Islom san’at va madaniyatini o’rganish bo’yicha markaz;
8. Savdo sanoat palatasi;
9. Islom markazlari poytaxtlari tashkiloti;
10. Statistika, iqtisodiyot hamda ijtimoiy izlanishlar bo’yicha
tashkilot;
11. Sahila hududida Afrika davlatlarining musulmonlar bilan
o’zaro hamkorlik komiteti;
195
12. Evazsiz qarz berish islom assotsiatsiyasi;
13. Islom savdo rivojlanish markazi;
14. Islom rivojlanish fondi;
15. Islom fan texnika ta’lim bo’yicha tashkiloti
Hozirgi kunda bu tashkilot tarkibida xalqaro islom adolat sudi
tashkil kilindi.
O’zbekiston ham 1996 yildan beri IHT a’zosidir.
Respublikamiz Tashkilotning barcha anjumanlarida faol ishtirok ishtirok
etib, o’zining munosib ulushini qo’shib kelmoqda.
6.2. ISESCO tashkilotining musulmon mamlakatlari madaniy
aloqalarini rivojlantirishdagi o‘rni
Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo’yicha islom tashkiloti
(ISESCO) – Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi mustaqil tashkilot.
1979 yilda ta’sis etilgan, uning Nizomi 1982 yil Fas shahri (Marokash)
Ta’sis Konferentsiyasida qabul qilingan. Mazkur Nizom 22 moddadan
iborat bo’lib, unga Bosh Konferentsiyaning maxsus (1986 yil, Rabot),
to’rtinchi (1991 yil, Rabot), beshinchi (1994 yil, Damashq), oltinchi (1997
yil, ar-Riyod) hamda to’qqizinchi (2006 yil, ISESCOning doimiy shtabkvartirasi, Rabot) va Bokudagi (2015 yil 26 noyabr) sessiyalarida
o’zgartirishlar kiritilgan. Hozirda Bosh qarorgohi Rabot (Marokash)da
joylashgan. Tashkilot bosh direktori 1991 yildan beri Doktor Abdulaziz
Usmon Atvayjiri (Saudiya Arabistoni).
ISESCO faoliyati quyidagilarga qaratilgan:
- ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida tashkilotga
a’zo mamlakatlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash va kuchaytirish,
mazkur sohalarni islom tsivilizatsiyasi yutuqlari va islom qadriyatlari
doirasida rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish;
- insonlar o’rtasida o’zaro tushunmovchilikni bartaraf qilish, dunyoda
tinchlik va barqarorlikka hissa qo’shish;
- islom va islom madaniyati haqidagi to’g’ri tasavvurlarni
shakllantirish, tsivilizatsiyalar, madaniyatlar va dinlararo muloqotni yo’lga
qo’yish, shu bilan birga, islom tsivilizatsiyasi nuqtai nazariga mos ravishda
inson huquqlari va erkinliklari bilan bog’liq adolat va tinchlik
qadriyatlarini targ’ibot qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish;
- tashkilotga a’zo davlatlarning ta’lim tizimlari o’rtasida aloqalarni
tashkil etish ishlarini amalga oshirish va h.k.
Tashkilotga 50 dan ziyod davlat a’zo bo’lgan. O’zbekiston 2018
yilda qo’shilgan va 2018 yil 3 aprelda uning Nizomini ratifikatsiya qilgan.
196
ISESCOning 2 ta mintaqaviy ofisi, 2 ta delegatsiyasi, 4 ta o’quv
markazlari va 3 ta audiovizual va multimediya mashg’ulotlari uchun
mintaqaviy ofislari mavjud.
Tashilot qoshida Musulmon olami universitetlari federatsiyasi (Islom
universitetlari jamiyati deb ham yuritiladi) faoliyat olib boradi. U ISESCO
doirasida faoliyat yurituvchi va musulmon davlatlaridagi universitet va
oliy talim muassasalari faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi tashkilot
hisoblanadi. Markazi Marokash davlatining Rabot shahrida bo’lgan
jamiyatga 1987 yil 1 dekabrda asos solingan. 2017 yilda Federatsiya 30
yilligi bo’lgan va Bosh kotibga tabrik xati ham yuborilgan.
Doktor Abdulloh Jasbi Federatsiya ijroiya qo’mitasi raisi, Doktor
Abdulaziz Atvayjiri esa Musulmon dunyosi universitetlari jamiyati bosh
kotibi vazifasini bajaradi.
Musulmon davlatlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni mustahkamlash,
talimning turli sohalari bo’yicha oliy talim muassasalari o’rtasida o’zaro
hamkorlikni tashkil qilish va muvofiqlashtirish, barcha sohalarda ilmiy
tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, erishilgan ilmiy yutuqlarni o’zaro
almashish va ularni Islom tsivilizatsiyasi va taraqqiyoti bilan bog’lash,
Islom tsivilizatsiyasiga hissa qo’shgan allomalarning azo davlatlarda
saqlanayotgan ilmiy-madaniy merosini o’rganish, ularni boshqa tillarga
tarjima qilish va keng jamoatchilikka tanishtirish kabi vazifalar ushbu
tashkilotning asosiy maqsadlaridandir.
Federatsiyaga 322 ta universitet a’zo bo’lgan. O’zbekiston xalqaro
islom akademiyasi ham a’zo (2017 yil).
Hozirda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshida “Islom
tsivilizatsiyasini o’rganish ISESCO” kafedrasi faoliyat yurtimoqda.
Bunday kafedralar soni dunyo bo’yicha 18 tani tashkil qiladi.
Tashkilot bosh direktori Abdulaziz at-Tuvayjriy 2017 yil 26 avgust
kuni Toshkentda maxsus kafedra ochilishida ishtirok etdi. Tashrifi
asnosida professor-o’qituvchi va talabalarga ma’ruza qildi va unda qadim
Movarounnahr diyorining islom ilmlari rivoji yo’lida qo’shgan hissalarini
yuqori baholadi.
ISESCO 2007 yilda Toshkentni Osiyo mamlakatlari ichichda Islom
madaniyati poytaxti, 2020 yilda esa Buxoroni Islom madaniyati poytaxti
deb e’lon qilgan.
Bundan
tashqari,
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev 2017 yilning 9-10 oktyabr kunlari Ostona shahrida
(Qozog’iston) o’tkazilgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va
197
texnologiyalar bo’yicha birinchi sammitida ishtirok etib, ma’ruza qildilar
va unda bir nechta takliflarni ilgari surdilar.
Jumladan, IHTning Fan va texnologiyalar bo’yicha doimiy
qo’mitaning sammitini har uch yilda tashkil qilish va ikkinchi sammitni
2020 yilda O’zbekistonda o’tkazish; Doimiy qo’mitaning a’zo davlatlar
hududida tashkil etilayotgan Yuqori samarali kompyuter markazining
bittasi O’zbekistonda tuzish; Musulmon olami yosh olimlari Markazini
tuzish; Yosh olimlarni rag’batlantirish bo’yicha IHTning maxsus
mukofotini ta’sis etish; Yosh matematiklar o’rtasida Al-Xorazmiy Xalqaro
olimpiada o’tkazish. Hozirgi kunda ISESCO tashkiloti doirasida dunyo
bo’yicha 18 ta ISESCO kafedrasi mavjud. Jumladan:
ISESCOga a’zo bo’lmagan davlatlarda:
- Rotterdam universiteti ISESCO kafedrasi – Niderlandiya qirolligi;
- Islom haqida noto’g’ri fikr qilinayotganini asoslash va muloqot qilish
sohasida mutaxassislarni tayyorlash ISESCO kafedrasi (Avitsenna
gumanitar instituti, Lill, Frantsiya);
- ISESCO kafedrasi G’ FUI (Rossiya islom universiteti, Qozon,
Tatariston)
- Arab tili va islom madaniyati ISESCO kafedrasi (Moskva Davlat
pedagogika universiteti, Rossiya);
- Karib bo’g’ozi va Lotin Amerikasida muloqot qilish bo’yicha
ISESCO kafedrasi (Buenos-Ayres, Argentina);
- Xalqaro birdamlik va madaniy xilma-xillik ISESCO kafedrasi
(Granada universiteti, Ispaniya);
A’zo davlatlarda:
- Boku davlat universiteti sharqshunoslik fakulteti ISESCO kafedrasi –
Azarbayjon Respublikasi;
- Qohira universiteti ISESCO kafedrasi – Misr Arab Respublikasi;
- Umm al-Quro ISESCO kafedrasi, Makka – Saudiya Arabistoni
Qirolligi;
- Qur’on yozuvi bo’yicha ISESCO kafedrasi G’ FUI , Niger islom
universiteti;
- Madaniy xilma-xillik bo’yicha ISESCO kafedrasi – Uganda islom
universiteti;
- ISESCO kafedrasi G’ Afrika xalqaro universiteti, Sudan
Respublikasi;
- ISESCO G’ UNESCO kafedrasi Afrika mintaqasi olima-ayollar
uchun (Fan va texnika Sudan universiteti, Sudan Respublikasi);
198
- ISESCOG’UNESCO kafedrasi Osiyo mintaqasi olima-ayollar uchun
(Lahor universiteti, Pokiston)
- Professor Abdulhodiy Butolib nomidagi islom tafakkuri ISESCO
kafedrasi (Sidi Muhammad ibn Abdulloh nomli universitet, Fas, Marokash
qirolligi);
- Dunyo madaniyati va muloqoti bo’yicha ISESCO kafedrasi (Qohira
universiteti, Misr Arab Respublikasi);
- Fan va innovatsiyalar, ayollar mavqei bo’yicha ISESCO kafedrasi
(Komor orollari universiteti, Komor orollari ittifoqi);
- Madaniyatlar Alyansi bo’yicha ISESCO kafedrasi (Qatar universiteti,
Qatar Davlati);
- Toshkent islom universiteti “Islom tsivilizatsiyasini o’rganish
ISESCO” kafedrasi.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1. ISESCO tashkilotining faoliyat yo‘nalishlarini gapirib bering?
2. Islom Hamkorlik tashkiloti haqida aytib bering?
3. Musulmon mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar qanday?
4. Bugungi kunda musulmon mamlakatlarining o‘zaro munosabatlari
qanday?
5. Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va
madaniy aloqalarga tavsif bering.
6. Janubiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi SAARK haqida ma’lumot
bering.
7. Hozirgi davrda Hindiston – Pokiston munosabatlari qanday
holatda?
8. Zamonaviy bosqichda Kashmir muammosini hal etishda xalqaro
tashkilotlarning ro‘li qanday ?
9. Hozirgi davrda Myanmadagi kofesssiyalararo ziddiyatlar
haqidama’lumot bering.
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Musulmon mamlakatlarining hozirgi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy
ahvolini internet tizimlari orqali mustaqil o‘rganish.
2. Falastinning xalqaro munosabatlardagi o‘rnini yoritib bering.
3. Albaniya tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini nimalardan
iborat ?
4. Zamonaviy bosqichda musulmondavlatlarida yuz berayotgan
rivojlanish jarayonlariga tavsif bering.
199
5. “Hindiston va Pokiston yadro qurollari muammosi” mavzusida
nutq tayyorlash.
6. Jammu va Kashmir muammosi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash.
7. Afg‘on muamosini yoritib bering.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Mуҳаммадсидиқов М.М. Хорижий Шарқ ва Ғарб
мамлакатларидаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар. Ўқув қўлланма. –
Тошкент, 2013. – 160 б.
2. Muhammadsidiqov M.M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning
mintaqaviy jihatlari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2013. – 176 b.
3. Каримова Н.Э. Международные отношения стран Востока.
Учебное пособие. – Ташкент, 2017. – 204 с.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Каримова Н., Пьянова Е., Азимов К. Особенности развития
стран Дальнего Востока. Учебное пособие. – Ташкент, 2009. – 234 с.
2. Шарапов А.А. Осиё-Тинч океани минтақаси давлатлари ва
Ўзбекистон Республикаси муносабатлари. Монография. – Тошкент,
2014. – 216 б.
3. Юлдашева Г.И. Халқаро муносабатларнинг методологик
аспектлари. –Т.:Математика ва ахборот технологиялар институти
босмахонаси, 2009. –215 б.
4. Fawcett Louise. International Relations of the Middle East, UK,
Oxford University Press, 2016.
5. The Asia-Pacific Power Balance. London: Chatham House, 2015.
80 p.
6. Beeson M. Institutions of the Asia Pacific. London-New York:
Routledge, 2009. 147 p.
200
GLOSSARIY
O‘zbek tilida
Rus tilida
BMТ
ООН
Ingliz tilida
UN
управление
management
буддизм
buddhism
Davlat
государство
state
davlat shakli
форма
form of state
boshqaruv
buddaviylik
dini
201
Ta’rif
Birlashgan Millatlar
Tashkiloti.
1945
yilda
tuzilgan.
dunyodagi 200 dan
ortiq davlatlar BMТ
a’zosi. 1992 yil 2
martda O‘zbekiston
ham unga a’zo
bo‘lib kirdi
turli
tizimlar
(biologik, ijtimoiy,
texnologik)
king
funktsiyasi. u shu
tizimlarning
muayyan tuzilishini
saqlab
turadi,
faoliyat,
taribni
ta’minlaydi,
dasturlar,
maqsadlarni amalga
oshiradi
dunyodagi eng ko‘p
tarqalgan dinlardan
bo‘lib, mil. avv. 6-5
asrlarda hindistonda
paydo bo‘ldi
butun
xalqqa,
kishilarning barcha
ijtimoiy birliklari,
partiyalar
va
harakatlar, ko‘ngilli
uyushma
va
ittifoqlarga xizmat
qilishi
majburiy
bo‘lgan organ
murakkab ijtimoiy
государства
davlatlar
o‘rtasidagi
raqobat
соперничество
между
государствами
demografik
resurslar
демографические demographic
ресурсы
resources
demokratik
rejim
демократический
режим
rivalry
between
states
democratic
regime
202
hodisa, u o‘zaro
bog‘langan
uch
unso‘rni o‘z ichiga
oladi:
boshqaruv
shakli,
davlat
qurilishi shakli va
davlat rejim shakli
bu obyektiv hodisa
bo‘lib, u suveren
davlatlarning
barchasi
uchun
xarakterlidir.
u
munosabatlar
va
manfaatlar
yig‘indisi sifatida
muayyan vositalar
orqali
yuzaga
keladi.
hokimiyatning
maxsus
resurslaridir.
bu
resurs
boshqa
resurslarni
ishlab
chiqaruvchi
universal,
ko‘p
funksiyali resursdir
inson huquqlari va
erkinliklari
ta’minlangan,
siyosiy
erkinliklardan
bemalol foydalana
oladigan rejimdir
demokratiya
демократия
dunyoqarash прогностическая
hosil
qilishфункция
funksiyasi
democracy
predictive
function
ekzogen
экзогенная
exogenous
elat
нация
nation
elita
элита
elite
203
xalq hokimiyati. Bu
xalq
tomonidan
idora etish bo‘lib,
oliy hokimiyat xalq
qo‘liga topshiriladi
va xalq uni yo
bevosita, yo erkin
saylovlar
yordamida
o‘zi
saylagan vakillari
(vakillik
demokratiyasi)
orqali
amalga
oshiradi.
siyosiy
voqelik
to‘g‘risida
aniq
tasavvurlarning
shakllanishiga
ko‘maklashadi.
tashqi sabab, turtki
natijasida vujudga
kelgan ta'sirlar
iqtisodiy aloqalarga,
til,
hudud,
madaniyat
mushtarakligiga,
o‘z-o‘zini
anglashga,
mushtarak
psihologiyaga ega
bo‘lgan va mazkur
belgilar millat bilan
qiyoslaganda
kamroq rivojlangan,
barqaror, kamsonli
birlik
fransuzcha «elite»
so‘zidan
kelib
chiqqan bo‘lib, u
endogen
эндогенный
etnik guruh
этническая
группа
etnografik
guruh
evolyuеsiya
federativ
davlat
этнографическая
группа
эволюция
федеративное
государство
eng
yaxshi,
tanlangan
degan
ma’noni bildiradi
ichki
sabablar
endogenous
natijasida vujudga,
kelgan ta'sirlar
ethnic group bir necha yuz yoki
ming
kishidan
iborat bo‘lgan, birbiri
bilan
zaif
bog‘langan birlik,
birlashuv
asosida
etnik belgilar yotadi
ethnographic millat yoki elatning
alohida
ajralib
group
qolgan,
til,
madaniyat,
turmushda o‘ziga
xosliklarni saqlagan
qismi
siyosiy jarayonlarni
evolution
asta-sekin,
bosqichma-bosqich
amalga oshirishdan
iborat
bo‘lib,
siyosiy
jarayonlarning eng
asosiy va nisbatan
keng
tarqalgan
shakli hisoblanadi.
davlat tuzilishining
federative
yuridik
jihatdan
state
belgilab qo‘yilgan
siyosiy
mustaqillikka ega
bo‘lgan
davlat
birlashmalaridan
tuzilgan, murakkab
(ittifoq) davlatdan
204
feodalizmda
avtokratiya
G‘arb
regionalizmi
Amerika
regionalizmi
Sharq
regionalizmi
iborat shakli
самодержавие в autocracy in avloddan-avlodga
meros
bo‘lib
феодализме
feodalism
o‘tadigan
yakka
shaxsning
hukmronligi
G‘arb
Западный
Western
regionalizmi. Har
регионализм
regionalism
qanday jamiyatda
shaxs manfaat va
huquqlarining
ustuvorligiga
asoslangan Yevropa
regionalizmi
muvaffaqiyatli
rivojlanmoqda.
Amerika
Американский
American
regionalizmi.
регионализм
regionalism
Amerika liberalizmi
G‘arb
liberal
qadriyatlaridan
foydalangan holda
yuqori
texnologiyalar
jo‘g‘rofik
periferiyasiga
aylandi.
Sharq
Восточный
Eastern
regionalizmi Xitoy
регионализм
regionalism
va boshqa Osiyo
davlvtlvri
Sharq
regionalizmidan
foydalanmoqda,
avtoritar
davlat
hokimiyati
bilan
bosqichma-bosqich
jahon
bozoriga
ochiq
bo‘lishga
asoslanadi.
205
hokimiyat
власть
huquqiy
davlat
правовое
государства
ijtimoiy
mobillik
социальная
мобилизация
ijtimoiy omil
социальный
фактор
ijtimoiy
qatlamlashuv
социальная
стратификация
inson
huquqlari
права человека
odamlarning
ehtiroslarini
jilovlashga
va
ularda
fuqarolik
fazilatlarini
tarbiyalashga qodir
bo‘lgan kuch
judicial state siyosiy
hokimiyatning
o‘ziga
xos
belgilarini,
funksiyalari
va
rivojlanish
tamoyillarini
ko‘zatib borishga,
ularning
salbiy
oqibatlari
va
qirralarini bartaraf
etishga majbur
shaxs, guruh yoki
social
mobilization qatlam mavqeining
o‘zgarishi
bilan
bog‘ligjarayonlar
social factory fuqarolik jamiyati
va plyuralizmning
mavjudligi
o‘zaro bog‘liq va
social
stratification pog‘onalashuv
asosida
tashkil
topgan, qatlamlar
birligidan
iborat
ijtimoiy tengsizlik
tizimi
o‘z
human rights shaxsga
ihtiyoriga
ko‘ra
faoliyat ko‘rsatish
(erkinliklar) yoki,
muayyan
imtnyozlarga
ega
government
206
bo‘lish (huquqlap)
imkoniyatini
beruvchi individ va
davlat o‘rtasidagi
munosabatlar
tamoyillari,
me'yorlaridir
odamlarning
o‘z
inson jamoasi человеческое
human
ehtiyojlarini
сообoщество
commnity
qondirishga bo‘lgan
talablari natijasida
vujudga kelgan
siyosiy
faoliyat
institutlar
институты
institutes
subyektlarining
siyosiy
faoliyat
mexanizmlari bilan
aloqadorlikda
amalga
oshuvchi
tadbirlarni qo‘llabquvvatlovchi, turtki
beruvchi, nazorat
institutsionall институционализ institutionaliz rasmiylashgan,
barcha e’tirof etgan
ashuv
ация
ation
qoidalar, qonunlar,
an’ana va maro
simlarga asoslangan
ijtimoiy
munosabatlarning
barqaror
na’munalarning
shakllanishi
bu
boshqaruv
iqtisodiy elita экономическая
economic
tizimida
o‘z
элита
elite
faoliyatini xususiy
mulk asosida olib
boruvchi,
boshqarayotgan
elitaning
bir
qismidir
207
iqtisodiy omil экономический
фактор
erkin
bozor
iqtisodiyotining
mavjudligi
ijtimoiy va xususiy
iqtisodiy
экономические
economic
ishlab chiqarish va
resurslar
ресурсы
resources
iste’mol
qilish
uchun zarur bo‘lgan
moddiy boyliklar,
ularning
umumiy
ekvivalenti sifatida
pullar,
texnika,
unumdor erlar, er
osti
qazilma
boyliklari
va
hokazolar kiradi
bu
o‘zlarining
jamiyat elitasi социальная элита social elite
tug‘ma
ruhiy
(psixologik)
xususiyatlari
sababli,
yuqori
fazilatni yoki o‘z
faoliyat sohalarida
yuqori darajadagi
qobiliyatni ko‘rsata
oladigan ma’lum bir
kishilar guruhi
moddiy
asosni
jamiyatning
политическая
political
siyosiy
организация
organization vujudga
tashkiloti
сообщества
of community keltiradigan
muayyan
tashkilotlar
va
muassasalar
majmui,
siyosiy
tizim
butun
binosining
poydevori,
uning
muayyan
vazifalarini amalga
oshiradigan
economic
factory
208
jen
kadrlar
partiyalari
kategoriya
kompromiss
жен
партии
персоналий
категория
компромисс
konfederatsiya конфедерация
ma’muriyboshqaruv tuzilmasi
insonni
sevish,
jen
insoniylik
parties
of xix asr o‘rtasida
evolyusiya
personnels
jarayonida elektoral
qo‘mitalar
va
parlament
guruhlaridan paydo
bo‘lgan.
ular
nisbatan kam sonli
ekanliklari,
a’zolikning
erkinligi
bilan
ajralib turadi va,
eng
avvalo,
professional
siyosatchilarga
hamda
partiyani
moddiy
jihatdan
qo‘llabquvvatlashga qodir
bo‘lgan
moliya
elitasiga suyanadi
narsa
va
category
hodisalarning eng
muhim
xususiyatlari
va
aloqalarini
aks
ettiruvchi
umumiy
tushunchalar
compromise o‘zaro yonbosishlar
natijasida erishilgan
bitim.
konfederation bu to‘la mustaqil
davlatlarning
ko‘ngilli ittifoqidir,
209
konflikt
конфликт
konflikt
участники
qatnashchilari конфликтов
konflikt
subyektlari
субъекты
конфликтов
konfliktlarning объекты
obyekti
конфликтов
Konsensus
(kelishuv)
консенсус
konservatizm консерватизм
davlatlar
ittifoqining shakli
bo‘lib, unda a’zo
davlatlar
o‘z
suverenitetini to‘liq
saqlab qoladi
u
yoki
bu
conflict
obyektning
bir
vaqtning
o‘zida
kamida ikki va
undan
ortiq
subyektlarning
maqsad
va
manfaatlarini to‘la
qondirmasligi
natijasida vujudga
keladigan ijtimoiy
vaziyatga aytiladi
participants bizularni qisqacha
tarzda
tomonlar
of conflicts
deymiz
subject
of tomonlar
tashkilotlar,
conflicts
partiyalar va hokazo
shunga
o‘xshash
siyosiy
tuzilmalardan iborat
bo‘lishi mumkin
object
of mavjud qadriyatlar,
moddiy
dunyo,
conflicts
hudud
va
hokazolardan
iboratdir
qaror ovoz berish
consensus
yo‘li bilan emas,
kelishuv yo‘li orqali
qabo‘l qilinadi.
conservatism davlat va jamiyat
hayotining tarixan
210
kontrelita
kuch
ishlatuvchi
resurslar
контрэлита
ресурсы
принуждения
latent bosqichi фаза латентного
legal
liberalizm
легальный
либерализм
lider
лидер
vujudga
kelgan
shakllarini, uning
oila, millat, din,
mulkchilikda
namoyon bo‘luvchi
qadriyatlarini
saqlab
qolishga
qaratilgan g‘oyaviy
— siyosiy ta'limot
va harakat
hukmron bo‘lmagan
contra elite
elita
qurol-yarog‘,
resources of bu
jismoniy
forcing
majburlovchi
muassasalar
va
buning
uchun
maxsus
tayyorlangan
kishilardir
phase
of konfliktlar yashirin
holatda
bo‘lgan
latent
bosqich
qonuniy
legal
shaxs erkinligi va
liberalism
boshqa fuqarolik va
siyosiy huquqlarini
e'tirof etuvchi va
davlat
faoliyati
sohalarini
cheklovchi ta'limot
va
ijtimoiy
—
siyosiy harakat.
yo‘l
ko‘rsatish
leader
xususiyatga
ega
inson boshqalarga
ta’sir eta olish,
muayyan
maqsadlarga
211
liderlik
madaniyaxborot
resurslari
лидерство
leadership
культурноculturalинформационные information
ресурсы
resources
majburlovchi обязательный
hokimiyat
правительство
compulsory
government
majburlovchi обязательные
resurslar
ресурсы
compulsory
resources
212
erishish
uchun
ularning birgalikda
faoliyatini tashkil
eta
olish
qobiliyatiga ega
bu
boshqaruvchanlik
maqomi, qarorlar
qabo‘l qilish bilan
bog‘liq
bo‘lgan
ijtimoiy pozitsiyadir
bilim va axborot
hamda ularni olish
va
tarqatish
vositalari: fan va
ta’lim muassasalari,
ommaviy axborot
vositalari
va
boshqalar
tashkil
etadi
majburlovchi
resurslarga
tayanadigan
va
majburiy
kuch
ishlatishni qo‘llash
yoki kuch ishlatish
bilan tahdid qilish
yordamida kishilar
ustidan
nazorat
qilishdir
bu
ma’muriy
jazolash
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
vositalardir.
bu
vositalardan,
odatda,
utilitar
resurs ish bermay
qolganda
foydalaniladi
manu
qonunlari
законы Ману
marginal
guruh
маргиналная
группа
Mazdak
ta’limoti
учение Маздака
me’yoriy
resurslar
нормативные
ресурсы
metodologik
funksiya
методологическа
я функция
mexanizmlar
механизмы
Manu’s laws
insonning to‘g‘ri,
imonli
hayot
kechirishini
belgilab beruvchi
diniy-falsafiy,
siyosiy, axloqiy va
huquqiy
qoidalarning
yig‘indisidan iborat
bo‘lgan manba
bir — birini istisno
marginal
qiluvchi qadriyatlar,
group
me'yorlar
ta'siridagi,
turli
ijtimoiy guruhlar,
tizimlar,
madaniyatlar
chegarasidagi
odamlar guruhi
barcha
mazdak’s
odamlarning teng
doctrine
huquqliligi
to‘g‘risidagi
ta’limot.
insonning
ichki
regulatory
dunyosi, qadriyatlar
resources
va
xulq-atvoriga
ta’sir ko‘rsatuvchi
vositalar
methodologic siyosatshunosliknin
g asosiy xulosalari
al function
alohida
olingan
ijtiomiy hodisalarni
o‘rganuvchi xususiy
siyosiy nazariyalar
uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi.
urfmechanisms an’analar,
odatlar,
qoidalar,
213
millat
нация
nation
Millatchilik
национализм
nationalism
milliy guruh
национальная
группа
national
group
milliy
munosabatlar
национальные
отношение
national
relationship
монархия
monarchy
Monarxiya
214
qonunlar
siyosiy
faoliyat
subyektlariga ta’sir
etish uslublari.
hudud,
iqtisodiy
aloqalar, til, ruhiy
o‘ziga
xoslik,
madaniyat va o‘z
o‘zini anglashning
umumiy jihatlariga
ko‘ra
ajralib
turuvchi
ijtimoiy
guruh
mafkura va siyosat
bo‘lib,
uning
asosida
milliy
mustaqillik
va
ustunlik
g‘oyasi,
boshqa
xalqlar
vakillariga
bepisandlik
bilan
qarash yotadi
mazkur mamlakat
(mintaqa)da
tub
aholi
bo‘lmagan
millat, xalq-elatning
bir qismi
milliy
etnik
rivojlanish
subyektlari;
millatlar — elatlar,
etnik guruhlar va
ularning
davlat
birlashmalari
o‘rtasidagi
munosabatlardir
bu
shunday
boshqaruv shakliki,
unda oliy hokimiyat
Monoteistik
mutlaq
monarxiya
монотеистик
абсолютная
монархия
nazariy bilish функция
funksiyasi
теоретических
знаний
neokonservati неоконсерватизм
zm
nomzodlarni фаза номинации
ilgari
surish,
ularni
olish
bosqichi
obyekt
объект
parlament
парламент
yakka bir shaxs
tomonidan amalga
oshiriladi
va,
odatda,
meros
bo‘lib o‘tadi
xudolikka
monotheistic yakka
asoslangan
diniy
qarash
boshqaruvning
absolute
shunday shakliki,
monarchy
unda oliy davlat
hokimiyati qonun
bo‘yicha
to‘laligicha
bitta
shaxsga bo‘ysunadi
siyosatshunoslik
theoretical
siyosat to‘g‘risida,
knowledge
uning jamiyatdagi
funtion
roli
to‘g‘risida
bilimlar hosil qiladi.
neoconservati mumtoz
konservatizm
va
sm
liberalizm
g‘oyalarini
uyg‘unlashtiruvchi
mafkura.
turli
tashkiliy,
nomination
siyosiy
axborotphase
yashviqiy
tadbirlarni
o‘z
ichiga
oluvchi
bosqich
subyektning bilish
object
va boshqa faoliyati
nimaga qaratilgan
bo‘lsa, ana shuni
anglatadi.
qonun chiqaruvchi
parliament
organ. o‘zbekiston
215
parlamentar
respublika
парламентская
республика
politeistik
политеистик
pragmatizm
прагматизм
prezidentlik
respublikasi
президентская
республика
qadriyat
значение
qonun
закон
parlamenti
ikki
palata: qonunchilik
palatasi va senatdan
iborat
parliamentar parlamentning roli
katta. u prezidentni,
y republic
ya’ni
davlat
boshlig‘ini saylaydi.
hukumat parlament
tomonidan tuziladi
va uning oldida
javob beradi
ko‘p
xudolikka
polytheistic
asoslangan
diniy
qarash
pragmatism (yun. ish, faoliyat),
faqat,
amaliy
foydali natijalarni
beruvchi
bilimnigina xaqiqiy,
deb
bilishga
asoslangan
yo‘nalish
prezident parlament
presidential
yo‘li bilan emas,
republic
balki maxsus tartib,
ya’ni
xalq
tomonidan
saylanadi
borliqdagi
narsa,
value
hodisalarning
jamiyat,
guruh
shaxs ehtiyojlariga
muvofiq
kelishi
yoki
kelmasligi
nuqtai
nazaridan
ahamiyati.
empirik va nazariy
law
jihatdan asoslangan
216
juda umumiy yoki
universal qaydlar
doirada
quyi
низкая
степень low
degree mahalliy
olib
darajadagi
политической
political elite faoliyat
boruvchi
elita
элиты
siyosatchilar tashkil
qiladi (rahbarlar va
mahalliy boshqaruv
organlari
deputatlari, regional
doiradagi
partiya
a’zolari)
liderlikni
ratsionalрациональное
rationalsaylashning tartibi,
oshqora
прозрачное
transparent
unga
muayyan
liderlik
лидерство
leadership
hokimlik
vakolatlarining
oqilligi, qonuniyligi
to‘g‘risidagi
tasavvurlarga
asoslanadi
hokimiyat tarkibini
reformatorlar реформаторы
reformers
keng
qamrovli
islohotlar vositasida
tubdan
o‘zgartirishga
intiladilar
siyosiy bilimlarni
regulyativ
функция
regulatory
egallash kishining
funksiya
регулирования
function
siyosiy
xattiharakatlariga
bevosita
ta’sir
ko‘rsatadi.
jamiyat
hayotini
revolyusiya
революция
revolution
tubdan va keskin
o‘zgartiradi va u
davlat to‘ntarilishi
sodir bo‘lishi bilan
bog‘liq
217
shaxslar
индивид
individuals
shovinizm
шовинизм
chauvinism
sinflar
классы
classes
siyosat
политика
politics
218
siyosiy
faoliyat
subyektlari
o‘ta
urishqoq
millatchilik bo‘lib,
bir
millatning
boshqasiga, odatda,
kichik
millatning
katta
millatga
bo‘ysunishini
bildiradi
daromad miqdori,
kasbinnig
nufo‘zliligi, bilimi,
hokimiyatga ta'siri
darajasiga
ko‘ra
belgilanuvchi,
ijtimoiy
maqomi
taxminan bir xil
bo‘lgan
odamlar
guruhi
an’anaviy ravishda
davlat va jamoat
ishlarini, odamlar,
ijtimoiy guruhlar,
xalqlar,
millatlar,
davlatlar o‘rtasidagi
munosabatlar bilan
bog‘liq
faoliyat
sohasi.
Sinflar,
ijtimoiy
guruhlar
o‘rtasidagi
hokimiyat
va
jamiyatni
boshqarishga
oid
munosabatlar,
faoliyat,
xattiharakat
va
kommunikatsion
aloqalarning ko‘p
qirrali olami.
siyosiy elita
политическая
элита
siyosiy inqiroz политический
кризис
siyosiy
konflikt
политический
конфликт
bu
hokimiyatga
erishgan,
jamiyat
hayotining
turli
sohalarida buyruq
beruvchi o‘rinlarni
egallagan odamlar
to‘dasi emas, balki
barcha
siyosiy
tizimlarda
bo‘ladigan,
mukammal tashkil
etilgan hamkorlik
asosidagi ijtimoiy
guruhlardir
political crisis qarama-qarshilik,
kelishmovchilik,
to‘qnashuv
va
ziddiyatlar
natijasida hokimiyat
stukturasini nazorat
qilishning
yo‘qolishidir
davlat, ijtimoiy va
political
etnik
guruhlar,
conflict
siyosiy partiyalar va
harakatlar, ma’lum
shaxslarning siyosiy
manfaatlari,
political elite
219
политическая
нация
political
nation
siyosiy
muloqot
политический
контакт
siyosiy
munosabatlar
политические
отношения
political
communicati
on
political
relationships
siyosiy omil
политический
фактор
political
factory
siyosiy rejim
политический
режим
political
regime
siyosiy millat
220
maqsadlari
va
qarashlarining
to‘qnashuvidan
iboratdir
siyosiy
tizimning
rivojlanishi, ustivor
qadriyatlar,
me'yorlariga
doir
yakdil
bo‘lgan
fuqarolar birligi
tegishli axborotning
tarqalishini o‘z ichiga oladi
siyosiy hokimiyatni
qo‘lga kiritish va
amalga
oshirish
bilan bog‘liq holda
jamiyatda
qaror
topadigan
munosabatlar
fuqarolar
siyosiy
madaniyatining
yuqori darajasi
davlatning alohida
shakli uchun xos
bo‘lgan
siyosiy
munosabatlar,
hokimiyat organlari
tomonidan
qo‘llanadigan usul
va vositalar, davlat
hokimiyati
va
jamiyatning qaror
topgan
munosabatlari,
mafkuraning
hukmron shakllari,
ijtimoiy va sinfiy
o‘zaro
политическая
система
political
system
sotsial
hokimiyat
социальная
правительство
social
government
sotsial
resurslar
социальние
ресурсы
social
resources
sotsialreformizm
социальный
реформизм
socialreformism
режим
regime
siyosiy tizim
tartibot
221
munosabatlar,
siyosiy madaniyat
va
tafakkur
turlarining majmui
diktatura
shakllaridan
siyosiy hokimiyatni
shakllantiruvchi va
amalga oshiruvchi
vositalari bo‘lgan
davlat,
davlat
tashkilotlari
va
munosabatlarning
yig‘indisidir
sotsial zinapoyadagi
o‘rinlarni
—
maqomlar,
lavozimlar,
imtiyozlarni
taqsimlash
qobiliyatini
anglatadi
sotsial
stratifikatsiyadagi
sotsial maqom yoki
rang,
o‘rinning
amalga oshirilishi
yoki
pasayishi
qobiliyatidir
evolyutsion
rivojlanish,
demokratik
sotsializm va unga
islohotlar
orqali
erishishga
yo‘nlagan ijtimoiy
— siyosiy ta'limot
va harakat
davlat
tuzumi,
tashqi siyosat внешняя
политика
tenglik
teokratik
monarxiyalar
равенство
теократическая
монархия
teokratiya
теократия
tiraniya
тирания
boshqaruv, usuli
foreign policy siyosatning
davlatlar va xalqlar
o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni
tartibga
soluvchi
turi tushuniladi.
har bir saylovchi, u
equality
kim
bo‘lishidan
qat’iy nazar bir
ovozga ekanligini
bildiradi
yakka hukmdor va
theocratic
kollegial
davlat
monarchy
rahbariyatining
mavjudligi; davlat
rahbari va boshqa
davlat hokimiyati
oliy organlarining
muayyan muddatga
saylab
qo‘yilishi;
davlat
hokimiyatining o‘z
irodasiga
ko‘ra
emas, balki xalq
xohishi
bo‘yicha
amalga oshirilishi;
qonun bilan ko‘zda
tutilgan
hollarda
davlat rahbarining
yuridik
javobgarlikka
tortilishi
ilohiy g‘oyaning va
theocracy
cherkov
g‘oyasining individ
va davlatdan ustun
turishidir
eng buyuk va eng
tyranny
222
Tizim
система
totalitar rejim тоталитарный
режим
unitar davlat
унитарианское
государство
veda bitiklari надписы веды
xristianlik
христианство
shavfqatsiz qullikka
asoslangan
hokimiyat
tizim ma’lum aloqa
system
tufayli birlashgan
elementlar
yig‘indisi
siyosiy terror va
totalitarian
qo‘rquvdan nafaqat
regime
haqiqiy
yoki
tasavvur
qilingan
dushmanlarni
qo‘rqitish va mahv
etish, balki ommani
boshqarishning
kundalik
odatiy
vositasi
sifatida
foydalaniladi
bu
ma’muriyunitarian
hududiy, qismlarga
state
bo‘lingan yaxlit, bir
butun
markazlashgan
davlat shaklidir
inscription of hindistonda siyosiy
g‘oyalarning asosiy
veda
manbai
bo‘lib
xizmat
qilgan
manba.
milodning
christianity
boshlarida
iso
payg‘ambar
tomonidan
asos
solingan
bo‘lib,
unga ko‘ra, xudo
yagonadir, ammo u
muqaddas
uchlik
(troitsa)da namoyon
bo‘ladi.
223
YEХHТ
ОБСЕ
модернизаци модернизация
я
хalqaro
konsorsium
Yaqin Sharq
международный
консорциум
Ближний Восток
Yevropa xavfsizlik
va
hamkorlik
tashkiloti.
O‘zbekiston 1992
yil fevral oyida bu
tashkilotga
a’zo
bo‘ldi
tizimi
modernizatio jamiyat
xususiyatlarining
n
o‘zgarishi jaryoni
sifatida uning eng
muhim sohalarining
qayta qurilishini va
murakkabrok,
ammo
moslashuvshan
turmush tarzining
shakllanishini
nazardatutadi
international mamlakatlararo
iqtisodiy aloqalarni
consortium
mustahkamlash,
birgalikdagi
tadbirlar
orqali
iqtisodiy
taraqqiyotni
ta’minlash, moddiytabiiy boyliklardan
oqilona
foydalanishni
yo‘lga
qo‘yish
maqsadida tuzilgan
xalqaro birlashma
Yaqin Sharq Middle East
Osiyo, Afrika va
Yevropaning
kesishgan
mintaqasida
joylashgan. Bundan
OSCE
224
tashqari geosiyosiy
ahamiyati jihatidan
Yaqin
Sharq,
Kavkaz
va
Markaziy
Osiyo
bilan
birgalikda
chegaradosh
sifatida
qaralib,
geostrategik
va
geosiyosiy
imperializmda, shu
jumladan
AQSh
gegomonlik
loyihasida
juda
muhim
o‘rin
egallaydi.
MUHAMMADOLIM MUHAMMADSIDDIQOV
Siyosiy fanlar doktori, dotsent
MUSULMON MAMLAKATLARI VA ZAMONAVIY
XALQARO MUNOSABATLAR
O‘quv qo‘llanma
225
226
Download