Uploaded by Journal Scientific

5-7

advertisement
5
ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O‘RNI 7-SON
KONFLIKT . KONFLIKT TURLARI VA ULARNING ADABIYOTDAGI
O`RNI
Termiz davlat universiteti O`zbek filologiyasi
fakulteti 2- bosqich talabasi
Abdumurodova Muattar
Ilmiy rahbar : Termiz davlat universiteti
filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori , katta o`qituvchi
Xurriyat Muxiddinovna Xudoymurodova
Anotatsiya : Ushbu maqolada konflikt , uning turlari , qo`llanish o`rni va
xususiyatlari ko`rib chiqildi . Bir nechta asarlardan qisman misollar keltirildi .
Kalit so`zlar : konflikt , konflikt turlari , kolliziya , xarakterlararo konflikt , ichki
konflikt , sujet
Badiiy adabiyot san`atning bir turi hisoblamib , voqelikni so`z yordamida
obrazli aks ettirishdir . Baddiy adabiyot avvalo og`zaki shaklda bo`lgan so`ng
yozma shaklga o`tgan . Adabiyot so`z orqali inson his tuyg`ularini keng aks ettirish
imkoniyatiga ega, shuning uchun xam u san`atning bir turi sifatida belgilanadi.
Badiiy adabiyot mazmunini tashkil etadigan , bir biri bilan o`zaro bog`liqlikda
kechadigan , qahramonlar o`rtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi esa
sujet hisoblanadi. Sujet unsurlari sifatida ekspozitsiya, kompozitsiya, tugun
,voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim, konflikt kabilar namoyon bo`ladi.
Adabiyotshunos olim Izzat Sultonning tabiri bilan aytganda “konflikt- sujetning
o`zagi” dir. Konflikt bu adabiyotda va san`atda – badiiy asar mohiyatida yotgan
ziddiyat personajlarning o`zaro to`qnashishi, ixtilofidir. Konflikt epik asarlarga
nisbatan qo`llaniladi , lirik asarlarda esa kolluziya, kechinma, fikr oqimi tarzida
namoyon bo`ladi. Shu o`rinda kolluziya atamasiga to`xtab o`tadigan bo`lsak XIX
asr adabiyotshunosligida konflikt o`rnida kolluziya atmasi qo`llangan .Detektiv
romanlarda ham konflikt kolluziya atamasi bilan namoyon bo`ladi. Konflikt haqida
Dilmurod Quronov ham quyidagicha to`xtalgan “ Sujet bilan konflikt o`rtasida
ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi :bir tomondan , sujet konfliktni umumlashtirib
24-son
https://academicsresearch.com/index.php/Konferensiya
15.02.2022
6
ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O‘RNI 7-SON
namoyon qiladi , ikkinchi tomondan , konflikt sujetni harakatga keltiruvchi asosiy
kuch sanaladi . Ko`rinadiki , sujet va konflikt badiiy asarda uyg`unlashadi , biri
ikkinchisini taqozo etadi . “ Komfliktning mohiyati esa zamon , makon bilan bog`liq
. Shunday komfliktlar bo`ladiki davr va zamon o`tishi bilan ular ham barxam topadi
.
Yaxshilik
va yomonlik , saxiylik va baxllik , vafolilik va vafosizlik kabi
tuyg`ularda esa har bir davr ruhiyati , ma`naviyati , talab va extiyojlaridan kelib
chiqib talqin qilinadi . Komfliktni uch turi mavjud :
1. Xarakterlararo komflikt
2. Qahramon va muhit komflikti
3. Ichki (psixologik) komflkt
Komfliktning ushbu turlari badiiy asarda aralash holda , o`zaro aloqada keladi , biri
ikkinchisiga o`tadi , biri ikkinchisini keltirib chiqaradi . Xarakterlararo komflikt
turiga
Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar “ asaridagi Zaynab va uning opasi
Xushro`ybibini keltirishimiz mumkin va shu qatorda Shukur Xolmirzayevning “ O`n
sakkizga kirmagan kim bor “ asaridagi o`gay aka-uka xisoblangan Tilov va Jamshir
obrazlarini xam olishimiz mumkin. Qaxramon va muhit komfliktini Qodiriyning “
O`tgan kunlar “ asaridagi Yusufbek hoji obrazi orqali ko`rishimiz mumkin , ya`ni u
xalqqa kop soliq solishni , xalqga ko`p jabr qilishni xohlamasada u ishlagan muhit
shuni taqazo etadi . Cho`lponning “ Kecha va kunduz” romanida ham jiddiy ota va
oqko`ngil , lekin erining jiddiyligi uchun yetarlicha erkin bo`la olmagan ona qo`lida
tarbiya topgan Zebi va u yashaydigan Akbarali mingboshining sershovqin , fitnaga
to`la, kundoshlarning bir birini ko`raolmasligi tufayli yuzaga kelgan notinch uyi
o`rtasida muhit va qahramon konflikti yuzaga keladi . Ichgi konfliktga ushbu
asardagi MIryoqub epaqani poezdda ketayotgan vaqtida jadid bilan suxbatidan
keyin o`z xayolida sudiya , javobgar hamda qoralovchi bo`lib o`zini sud qilish
jarayonida yaqqol ko`rinib turadi .
Badiiy
asardagi
qaxramonlarni
harakatga
keltiradigan
va
ziddiyatli
to`qnashuvlarni yuzaga keltirasigan sujet tarkibidagi tur konflikt hisoblanadi .
Dunyoda ham har bir narsaning zidi bo`ladi . Shuningdek yomon insonlar bo`lmasa
yaxshi insonlarning ham qadri qolmaydi. Har bir narsa zidi bilan yaratilgan .
24-son
https://academicsresearch.com/index.php/Konferensiya
15.02.2022
7
ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O‘RNI 7-SON
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Quronov . D . “ Adabiyot nazariyasi asoslari “ . Toshkent : Akademiknashr ,
2018 . 176-b
2. Sultonov . I . “Adabiyot nazariyasi “ . Toshkent : “ O`qituvchi “ nashriyoti
, 1986
3. Abdulla Qodiriy . “ O`tkan kunlar “ . Toshkent : “ O`qituvchi “ nashriyoti ,
1980
4. Xolmirzayev . Sh . “ O`n sakkizga kirmagan kim bor “ . Toshkent :
“Yozuvchi “ nashriyoti . 1999
5. Cho`lpon . “ Kecha va kunduz “ . Toshkent : “ Sharq “ nashriyot matbaa
konsernining taxririyati
6. www . wikipediya . uz
24-son
https://academicsresearch.com/index.php/Konferensiya
15.02.2022
Download