Mavzu: Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O’rta Osiyo allomalari ilmiy me’rosining o’rni. Reja: 1. Abu ali Ibn Sino. 2.Abu Rayhon Beruniy. Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā alBalkhī; arabcha: — )أبو علي الحسین بن عبدهللا بن سیناoʻrta osiyolik buyuk qomusiy olim[5], boshqa manbalarda esa, buxorolik fors[6] olim, tabib va faylasuf. 980-yilning 18iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur. Davlat ishlari bilan band boʻlishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. „Tib qonunlari“ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — „Kitob ash-shifo“ ni ham shu yerda yozishga kirishadi. „Tib qonunlari“ ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi. Ibn Sino Hamadonda 1023-yil gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga koʻra, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. „Kitob ashshifo“ ning qismlari, fors tilidagi „Donishnoma“ va 20 jildli „Insofadolat kitobi“ shular jumlasidan. Zamondoshlari Ibn Sinoni „Shayx ar-Rais“ )„donishmandlar sardori, allomalar raisi“); „Sharaf al-mulk“ )„Oʻlka, mamlakatning obroʻsi, sharafi“), „Hujjat al-haqq“ )„Rostlikka dalil“); „Hakim al-vazir“ )„Donishmand, tadbirkor vazir“) deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u oʻz davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan. Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana „Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va tanbihlar“), „Hikmat almashriqiyn“ („Sharqchilar falsafasi“), „Kitob alishorat filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning ishoralari“), fors tilida yozilgan „Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda „Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad (4sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 13-dekabr, 1048, Gʻazna) — Xorazmlik qomusiy olim. Xorazmlik ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U oʻzining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Masʼudiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp vaqtini turli kuzatishlar bilan oʻtkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT