O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI 5210203 – AMALIY PSIXOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI “UMUMIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN “DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA” MAVZUSIDAGI Bajaruvchi: 2-bosqich talabasi Farhodova Aziza Ilmiy rahbar: Kafedra dotsenti O.R.Avezov Kurs ishi psixologiya kafedrasida bajarildi. Kafedra mudiri A.M.Nazarov Kurs ishi himoya qilingan sana ___________ Kurs ishi bahosi ____________ Komissiya raisi: _________________________ A’zolari: _________________________ _________________________ _________________________ Buxoro 2022 1 REJA: KIRISH: I BOB DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA VA DIQQATNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI 1.1. DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA 1.2. DIQQATNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI II-BOB DIQQAT JARAYONLARI, DIQQATNING XUSUSIYATLARI 2.1. DIQQAT TURLARI VA IXTIYORSIZ DIQQAT, IXTIYORIY DIQQAT 2.2. DIQQATNING XUSUSIYATLARINI O’RGANISH 2 KIRISH Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P.I.Ivanov). P.I.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob’yekti bo’la oladi. Ushbu kurs ishida biz “Diqqat haqida tushuncha” mavzusini tadqiq etar ekanmiz avvalo buning metadologik asosini tuzishimiz zarur. Kurs ishining obyekti: Diqqat va uning xususiyatlarini o’rganish uchun shaxs. Kurs ishining predmeti: Diqqatning ko’lami barqarorligi, hajmini o’lchashdagi ilmiy-tadqiqot metodlari. Kurs ishining maqsadi: Diqqatning barcha xususiyatlarini o’rganib uni rivojlantirish usullarini targ’ib qilish Kurs ishining vazifasi: Talabalarga diqqat haqida umumiy tushuncha berish va diqqatni rivojlantiruvchi metodlar bilan tanishtirish. Kurs ishining ilmiyligi va ahamiyati: Diqqatning xarakterli xusususiyatlarini tadqiq qilish, diqqatning buzilish jarayonlarini tahlil qilish 3 I BOB DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA VA DIQQATNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI 1.1. DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko‘p narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yakkol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada karatishiga bog’likdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to‘la aks ettiriladi. Ongning biror-bir predmet, hodisa yoki faoliyatiga qaratilishi hamda to‘planishi diqqat deyiladi. Agar inson diqqat-e’tiborini o‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga qarata olmas ekan, unda hech bir psixik jarayon maqsadga yo‘naltirilgan va unumli bo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir predmetga qarab tursak ham uni ko‘rmasligimiz mumkin yoki u narsa ko‘zimizga g‘ira-shira ko‘rinib qolishi mumkin. O‘z fikrlari bilan band odam yaqin atrofdagilar gaplarini mutlaqo eshitmaydi. Agar diqqatimiz biror-bir narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz og‘riqni sezmasligimiz mumkin. Agar shu narsaga, predmetga butun diqqat-e’tibor bilan qaralsa, shu predmetning miridan-sirigacha bilib olishimiz mumkin. Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasida to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Bironbir predmetga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda, bu predmet ongimizning markazidan o‘rin egallaydi, boshqa barcha narsalar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilinadi. Bunda diqqatimizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: kitob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan taralayotgan kuy e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi futbol sharhi uning diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mimikada, tashqi qiyofada, xatti-harakatda ifodalanadi. Ammo, ba’zi paytda o‘quvchi diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini tinglayotganga o‘xshaydi, lekin uning fikri-xayoli sinfda yuz berayotgan voqea4 hodisalardan ancha olislarda daydib yuradi.Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning barcha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (masalan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoliyatni ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, bunday degan edi: “ Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi”. Haqiqatdan ham, diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi. Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning yolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, masalan, ko‘z qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar yuzaga keladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga qarab odam ayni chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yoki qaratmayot ganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz biron narsaga jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakatlar to‘xtalib organizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda ham o‘zgarish ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan susayib, ba’zan chuqurlashib turadi. Shaxsning ayni chog’dagi psixik faoliyati, ya’ni ehtiyojlarining yig’indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko‘p tashqi qo‘zg’ovchilar ta’sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo‘zg’alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo‘zg’atuvchilarning o‘zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma’lum ob’ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi. 5 Diqqat psixik faoliyatning yo‘naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lgan obyekt ustida to‘planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo‘naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, obyektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O‘quvchi maktabda o‘qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o‘tirganda, u mana shu eshitib o‘tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo‘zg’algan, shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. O‘quvchining biron boshqa narsaga chalg’imasdan o‘quv materialining mazmuniga zehn qo‘yib o‘tirishida uning psixik faoliyatining yo‘nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo‘naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo‘llab-quvvatlash tushuniladi. O‘quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo‘ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo‘naltirilishi bilan birga uning to‘planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatning bir joyga to‘planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi – ko‘pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko‘rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to‘planishi kuchli bo‘lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o‘zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida o‘qish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to‘planishi juda kuchli bo`ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o‘tirgan o‘quvchi ba’zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to‘planishi kuchli bo‘ladi. Diqqatning buzilishi. Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik bu diqqatning kеrak bo‘lganida boshqa obyеktga tеz ko‘chmasligidir. Parishonxotirlik holatida odamning ongi muayyan yo‘nalishga 6 ega bo‘lmaydi, balki bir predmetdan boshqasiga ko‘chib turadi, ya’ni tarqoq bo‘ladi. Pari shonxotirlikni 2 xil ma’noda qo‘llash mumkin: 1. Diqqat umumiy barqarorlikning natijasidir. Ixtiyoriy diqqatning sustligi, noto‘g‘ri tarbiya (bolani erkalatib yuborish, jazolanmasdan qolishi va h.k.) shakli bo‘lishi mumkin. Bu kichik yoshdagi bolalarga xos bo‘lib nerv sistemasining zaif lashuvi yoki qattiq toliqish, qoniqib uxlamaslik va shu kabilar natijasidir. Katta yoshdagi kishilarda ham parishonxo tirlikning bu xili yuz be rishi mumkin. Qunt bilan ishlashga odatlanmagan odamda ham bu xildagi parishonxotirlik paydo bo‘ladi. 2. Kishi diqqati biron narsa bilan band bo‘lib boshqa narsani sezmagan paytda sodir bo‘ladigan parishonxotirlik. Bu ko‘proq yozuv chilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi o‘z fikriga astoydil bеrilganligi sababli atrofidagi narsalarni, hatto yonidagi odam unga murojaat qilayotganini ham sеzmaydi. Ta’lim jarayonini puxta uyushtirish bolalar diqqatini shakllantirish ning muhim shartidir. Diqqat ta’limning muvaffaqiyatli shartlaridan biri bo‘lgani uchun ham uni shakllantirish shu jarayonning o‘zida yuz bera di. Bolalar diqqatining jalb etilishi tarbiyachi nutqining xususiyatlariga, uning aniqligi, ifodaliligi, sur’ati, intonatsiyasi va boshqalarga bog‘liqdir. Ovozning me’yordagi baland-pastligi, mashg‘ulot davomida mazmunga qarab o‘zgarib turishi diqqatning bir narsaga qaratilishiga yordam beradi. Baland ovoz tinglovchilarni zo‘riqtirgani kabi o‘ta ohista nutq ham bolalarni toliqtiradi.Diqqatni jalb etishda ko‘rgazmali va texnik vositalarni qo‘llash (rasmlar, tabiiy va mum nusxalar, jadvallar, texnika vositalari, slayd-shou va h.k.) katta ahamiyat kasb etadi. Bir xildagi ijodiy bo‘lmagan ish diqqatning to‘planishini susaytiradi, barqarorligini pasaytiradi. Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish, zarur shart-sharoitlar mavjudligi barqaror diqqatni saqlaydi, sinchkovlik va ziy raklik odatlarini hosil qiladi. Jonli, jadal suratli mashg‘ulotlar diqqatni yaxshiroq safarbar etadi. Haddan ziyod tez sur’at chog‘ida, shoshish 7 oqibatida «diqqatning noto‘g‘ri jalb etilishi» sodir bo‘ladi, sekin sur’atlar bolani chalg‘itadi. Bolalar diqqatini barqaror saqlashda tarbiyachining izchil va muntazam talabchanligi muhim rol o‘ynaydi.Diqqatni ma’lum obyektga yo‘naltirishda ko‘rishga nisbatan eshitish qiyinchilik tug‘diradi. Bolalar diqqatining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim shartidir. Masalan, diqqatni yetarli darajada obyektga to‘play olmaslik aqliy faoliyatning yetarli emasligiga, o‘qish faoliyatida ko‘nikma, malakalarning shakllanmaganligiga bola irodasi ning kuchsizligi sabab bo‘ladi. Tashqi belgilar – yuz ko‘rinishining o‘zgacha ifodasi, ni gohning qaratilganligi, gavdaning biroz oldinga intilganligi, peshona salgina tirishgan, lablar birbiriga yopishganligiga qarab bola diqqatining yo‘nalganlik va to‘planganligini aniq lash mumkin. Bolaning mashg‘ulotga nis batan loqaydligini ham tashqi ko‘rinishiga qarab ahiqlash mumkin. Ba’zan bola tarbiyachi nazarida chalg‘igan bo‘lib tuyilsa ham, lekin savollarga erkin javob berishi mumkin. 1.2. DIQQATNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI 8 Diqqatning fiziologik asoslarini tushuntirib berishda buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning olib borgan ilmiy kashfiyotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy nerv faoliyatining alohida reaksiyalari bo’lmish orientir reflekslar to’g’risidagi I.P.Pavlov ilgari surgan ilmiy taxmin (gipoteza) psixologiya fani uchun muhim hissa bo’lib qo’shildi, chunki “bu nima” refleksisiz diqqatning tabiatini ochish mutlaqo mumkin bo’lmas edi. I.P.Pavlovning “bu nima” refleksi haqidagi g’oyasi ixtiyorsiz diqqatning g’ayri tabiiy (reflektiv) xususiyatini ochib berish uchun xizmat qildi. I.P.Pavlovning fikricha, biz paydo bo’layotgan siymoga nigohimizni qaratamiz, eshitilgan tovushga quloq solamiz, dimoqimizga urilgan hidni zo’r berib yutamiz. Lekin ushbu mulohazalar refleks mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berish imkoniyatiga ega emas, vaholanki uning negizini asoslash uchun bir talay omillarni keltirish zarur. Ye.N.Sokolov, A.R.Luriya, P.Ya.Galperin, Ye.I.Boyko va boshqalarning hozirgi zamon ma’lumotlariga suyanib mulohaza yuritilganda, I.P.Pavlovning orientir reflekslari juda murakkab jarayondir. Aslini olib qaraganda, orientir kompleksiga tashqi xatti-sharakatlar, ko’zlarning va boshning qo’zqatuvchi tomonga burilishi, muayyan analizatorlarning sezuvchanligi, modda almashinuvi, nafas olish, yurak urish va qon aylanish sharakati, teri-galvanik reaksiyalari, vegetativ nerv tizimsi xususiyati va miyaning elektr faolligi o’zgarishi kabi son-sanoqsiz jarayonlar kiradi. I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning ta’limotlariga binoan diqqatning holatlari, sifatlari, xususiyatlari, birinchidan, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zaro birgalikdagi harakati bilan, ikkinchidan, miya strukturasida hukm suruvchi qo’zg’aluvchanlik bilan uyg’unlikka egadir. I.P.Pavlovning taxminiga ko’ra, vaqtning har bir lahzasida miya qobig’ida qo’zg’alish uchun ancha qulay (senzitiv) va maqbul sharoitga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi u yoki bu qism hukm suradi. Alohida ajratib ko’rsatiladigan mazkur qism nerv 9 jarayonlarining induksiyasi qonuniyatiga binoan vujudga keladi. Bosh miya qobiqining biron bir qismida to’plangan (markazlashgan) nerv jarayonlari induksiya qonuniga muvofiq boshqa uchastkalarni tormozlanishga olib keladi. qo’zg’alishning eng optimal markazida yangi shartli reflekslar vujudga keladi, differensiallash esa muvaffaqiyatli amalga oshadi. qo’zg’alishning optimal o’chog’i o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Bu holatni chuqurroq dalillash uchun I.P.Pavlovning ushbu fikrini keltirib o’tish joizdir: “Agar bosh suyak kosasi orqali ko’rish mumkin bo’lganda edi va agar eng optimal qo’zqaladigan katta yarim sharlar o’rni yoritilganda bormi, bu holda biz fikrlaydigan ongli odamda uning katta yarim sharlari bo’ylab doimo o’zgarib turadigan, shakli va kattaligi g’alati ko’rinishga ega bo’lgan hamda yarim sharlarning qolgan barcha bo’shlig’ida ko’proq yoki ozroq darajadagi soya bilan o’ralgan och rangli dog’ning u yoqdan bu yoqqa qay tarzda ko’chib yurishini ko’rgan bo’lardik”. I.P.Pavlov ta’kidlab o’tgan och rangli “dog‘” optimal qo’zg’alish o’chog’i markaziga mos keladi, uning harakati to’g’risidagi fikr esa diqqatning intensivligini ta'minlashning fiziologik omili hisoblanadi. I.P.Pavlovning qo’zqalish markazining bosh miya po’sti bo’ylab harakat qilish yuzasidan ilgari surgan g’oyalari, gipotezalari va bashoratlari keyinchalik N.M.Livanovning eksperimental tadqiqotlari materiallari bilan to’la isbotlandi. Diqqatning fiziologik asosini tushunib yetishda A.A.Uxtomskiyning ilmiy ishlari katta ashamiyatga egadir. Muallif diqqatning fiziologik mexanizmlari to’g’risida tadqiqot o’tkazib dominanta prinsipini kashf qiladi. A.A.Uxtomskiyning nuqtai nazaricha, miya po’stida qo’zg’alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi hukm suradi. Olimning dominantaga baho berishga ko’ra, u yuksak darajadagi qo’zg’alish markazi konstellyasiyasi (muayyan holati) dir. Dominantaning hukmronlik xususiyati bundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi vujudga kelayotgan markazlarining faoliyatini cheklash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki zaif qo’zg’atuvchilarni o’ziga tortadi va ana shu yo’l bilan ularning hisobiga kuchayadi, 10 muayyan darajada ustunlikka erishadi. A.A.Uxtomskiyning fikricha, dominanta qo’zg’alishning barqaror markazidir. Shuning uchun dominanta tushunchasi diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini ilmiy jihatdan dalillash uchun xizmat qilishi turgan gap. A.A.Uxtomskiyning ta'rifiga binoan, dominanta- bu bir davrning o’zida ana shu markazda yuz beradigan reaksiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir hukmron qo’zqalish o’chog’idir. Uning fikricha, dominantalar vujudga kelgan paytda bosh qo’zg’alish o’choqlari, ya’ni “subdominantalari” nisbatan kuchsiz qo’zqalish o’choqlari mutlaqo yo’qolib ketmaydi, balki ular o’zaro qo’shilib, dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Mazkur qo’zg’alish o’choqlarining o’zaro kurashishi natijasida subdominanta dominantaga aylanishi yoki oldingi dominanta esa subdominanta bilan o’rin almashishi mumkin hukmron qo’zg’alish o’chog’i hisoblangan dominanta diqqatining muayyan obyektga yo’naltirishi, to’planishi, mustashkamlanishi, barqarorlashning fiziologik asosidir. Diqqatning fiziologik asoslari. Miya po‘stlog‘ida diqqatning ko‘chib yurishi xuddi katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi ikki jarayon qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonini eslatadi. Agar odamning diqqati biron-bir narsaga qaratilsa, demak bu ham unda, miya po‘slog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelganidan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa uchastkalari tormozlangan holatda bo‘ladi. Shu sababli odam ishga qattiq berilib ketganda boshqa narsani payqamasligi mumkin. I.P.Pavlov aytganidek, katta yarimsharlarning optimal qo‘zg‘alish sodir bo‘lib turgan uchastkasida yangi shartli bog‘lanishlar osonlik bilan yuzaga keladi. Ayni chog‘da miyadagi boshqa uchastkalarning faoliyati esa odamning odatda ongsiz, avtomatlashgan deb ataluvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Diqqatning paydo bo‘lishida oriyentirovka refleksi katta rol o‘ynaydi. Bu refleks organizmning tevarak-atrofdagi har qanday o‘zgarishiga tug‘ma reaksiyadan iboratdir. Bu refleks odamlarda ham, hayvonlarda ham bor. Xona ichidagi eshitilayotgan tovushga odam ham, mushuk ham qaraydi. Dars paytida sinf eshigining taqillashi. Bu refleksni Pavlov obrazli qilib «Bu nima?» deb ataydi. 11 Diqqatning fiziologik asosi hisoblanmish oriyentirovka refleksining paydo bo‘lishiga retikular formatsiya, analizatorlar (sezgi organlari) shart-sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, har daqiqada organizmda turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarga nisbatan oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuzaga kelgan qo‘zg‘alish kuchli bo‘ladi. Demak, oriyentirovka refleksi ayni chog‘da kuchli (ya’ni optimal) qo‘zg‘alish manbaini keltiradi. Bosh miya yarimsharlarining po‘stida yuzaga keladigan kuchli, ya’ni optimal qo‘zg‘alish manbai uzoqroq saqlanib turadigan, mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Optimal qo‘zg‘alish manbai hosil bo‘lganda induksiya qonuniga ko‘ra, bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanish vujudga keladi. Natijada optimal qo‘zg‘alish manbaining roli yana ham ortib ketadi. Ana shu nuqtayi nazardan akademik I.P.Pavlov diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish manbai tashkil qiladi, deb juda to‘g‘ri aytgan. «Miya yarimsharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida,– deydi I.P. Pavlov, – yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo‘ladi. Shunday qilib, optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joyni ayni chog‘da bosh miya yarimsharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo‘ladi. Miya yarimsharlarining sust qo‘zg‘algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir». A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kеlayotgan hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshadi. Odatda dominanta subdominantaga, subdominanta esa dominantaga o‘tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko‘chib turishining nеrv-fiziologik mеxanizmini tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, I.P.Pavlov bilan A.A.Uxtomskiy ta’limotlari bir-biriga qaramaqarshi emas, balki mazmun jihatidan o‘xshashdir. Demak, oriyentirovka yoki 12 tekshirish refleksi miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida optimal qo‘zg‘alishni yuzaga keltiruvchi omillardan biridir. Oriyentirovka refleksi esa odam uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni odamning ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narsalar ning ta’siri tufayli yuzaga keladi. Bu refleksini yuzaga keltirishda bevosita qo‘zg‘atuvchilardan tashqari so‘zning, nutqning ham roli g‘oyat kattadir. Bolalarning diqqati katta odamlar tomonidan aytilgan so‘zlar orqali jalb qilinadi. Demak, optimal qo‘zg‘alish manbaini so‘zlar orqali ta’sir etib ham yuzaga keltirish mumkin. 13 I-BOB XULOSA Shunday qilib, diqqatning fiziologik asoslari to‘g’risida mulohaza yuritilganda fan olamida ikkita ta'limotning mohiyatiga to’xtaladi. Ushbu ta’limotlarning birinchisi (I.P.Pavlov qalamiga mansub) diqqatning fiziologik asosi qo’zqalish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobiqining ayrim uchastkalarida to’planishi natijasida optimal qo’zg’alish o’chog’ining hosil bo’lishi va ayni vaqtda manfiy induksiya qonuniga binoan miya qobiqidagi boshqa nerv markazlarining ma’lum darajadagi tormozlanishidir. Ikkinchisi esa A.A.Uxtomskiyning dominanta nazariyasining talqinidan iboratdir. Chunki dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo’zg’aluvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan qo’zg’alish markazidir. Dominanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo’ladi. U markaziy nerv tizimsiga kelgan har qanday qo’zg’alish, impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o’z faoliyatini yana kuchaytiradi. Hozirgi zamon psixofiziologiya fanida miyaning spesifik bo’lmagan tizimiga oid turli tuzilishidagi diqqat holatlarining retikulyar formatsiya, talamuz, gipotalamuz va gippokamplarga aloqasi haqida anatomik, fiziologik va klinik ma’lumotlar mavjuddir. Ular to‘g’risidagi mulohazalar keyingi sahifalarda beriladi. 14 II-BOB DIQQAT JARAYONLARI, DIQQATNING XUSUSIYATLARI 2.1. DIQQAT TURLARI VA IXTIYORSIZ DIQQAT, IXTIYORIY DIQQAT Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo’linadi: 1. Ixtiyorsiz diqqat; 2. Ixtiyoriy diqqat; 3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo’linadi. Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo’ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo’naltirishi va to’planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo’lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o’z – o’ziga jalb eta oladi. Odam o’ziga ta’sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e’lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz ko’zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma’lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo’nalishi va to’planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo’lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo’yamiz. Masalan: maktab o’quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba’zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o’rinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog’lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo’lamiz. Bunda qozg’atuvchining absolyut kuchidan ko’ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o’ynaydi. 15 Qo’zg’atuvchining to’xtatib ta’sir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga doim ta’sir qilib turuvchi yorug’likka qaraganda ma’lum vaqt oralig’ida yonib uchib turuvchi yorug’lik diqqatimizni o’ziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek qo’zg’atuvchining to‘xtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: o’quvchi bir xil shovqinda dars tayyorlayotgan bo’lsa (ventilyator shovqinida), shovkinni payqamaydi, agar shovqin to’xtasa u darhol sezadi. Qo’zg’atuvchining tashqi xarakterimizga bog’liq bo’lgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz mumkin. Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tug’diruvchan mana shu toifadagi sabablar bilan hisoblashmog’i lozim. O’qituvchi o’quvchilar diqqatini jalb qilish uchun ba’zan kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin bunday usullar maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal qilib bermaydi. Bu usuldan so`ng va ular bilan birga o’quvchilar diqqatini jalb qilishning boshqa usullaridan foydalanmog’i lozim. Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi qo’zg’atuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo’lgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: qornimiz och paytida biror mazali hid beixtiyor diqqatimizni o’ziga jalb etadi. Agar qornimiz to’q bo’lsa, bu hidni payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda jozibadorlik kiradi. Agar o’qituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni tug’diruvchi tasavvurlarni almashtirib tursa, o’quvchilarning diqqatlari susaymaydi. Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin. Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta’siri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning ta’siri, hamda ko’pincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bo’lgan malaka va odatlarning ta’siri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yo’nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bo’lgan qiziqishlarning ta’siri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa bizga bevosita qiziqarli bo’lsa, diqqatimizni beixtiyor o’ziga jalb qiladi. Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun qiziqtirishning ta’siri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish 16 vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik bog’lab olib borishimiz kerak. O’quv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va tizimlilik bilan qo`shilib doimiy qiziqish hamda uzluksiz diqqatni ta`minlaydi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan shuning bilan farq qiladiki, u narsalarga qabul qilingan qarorlar ta`siri va ongli suratda ko’zlangan maqsadlarimiz asosida qaratiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o’ziga shunchaki jalb qilib olsa, ixtiyoriy diqqatda biz ixtiyorimizni qaratish uchun esa o’z oldimizga qo’yamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni to’plash uchun kurashib va har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab, diqqatimizni ongli suratda biror ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning o’ziga xos xususiyati mana shu maqsad ko’zlashda, irodaviy zo’r berishda namoyon bo’ladi. Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo’lishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shug’ullanishga qaror qabul qilar ekanmiz, diqqatimizni hatto ayni chog’da biz uchun qiziqarli bo’lmagan, lekin shug’ullanishimiz lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qiladi. Mehnat maqsadga muvofiq faoliyatdir. Maqsad ko’zlash esa o’z tarkibiga diqqatni yo’naltirishni ham oladi. Ixtiyoriy diqqat xuddi ixtiyorsiz diqqat kabi odamni qiziqishlari bilan mustahkam bog’liqdir. Ixtiyoriy diqqatda qiziqishlar, asosan bevositalik xarakteriga ega bo’ladi. Bunday qiziqishlar maqsad, ya’ni faoliyat natijalari bilan bog’liq bo’lgan qiziqishlardir. Ixtiyoriy diqqatdan tashqari diqqatning yana bitta to;rini qayd qilib o’tish lozim, u ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan bo’lib, lekin irodaviy zo’r berishni talab qilmaydi. Masalan: bir o’quvchi matematikadan qiyin misol yechishga kirishdi, lekin uni yecha olmadi. U o’zicha eshikka qaraydi, uni-buni eshitadi, beixtiyor nimalarnidir yozadi. Birdan misol yechishning yo’lini tushuna boshlab misolni yechadi. O’quvchining ixtiyoriy diqqati muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatga aylanadi. 17 Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko’zlangan maqsadlar bilan bog’liq bo’ladi va ongli qiziqishlar qo’llab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o’xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo’r berish deyarli bo’lmaydi. Shuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi. Diqqatning turlari. Ixtiyorsiz diqqat paydo bo‘lishida odam ko‘pincha faqat irodaviy zo‘r berish u yoqda tursin, biron-bir narsani ko‘rishini, eshitishini va shu kabilarni o‘ziga oldindan maqsad qilib qo‘ymaydi. Shuning uchun bu diqqat maqsadsiz diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz diqqatni sodir qiluvchi sabablar kuchli qo‘zg‘atuvchilardir. Qo‘zg‘atuvchining nisbiy kuchi katta ahamiyatga ega. Masalan: kuchli momaqaldiroq, o‘q ovozi, tundagi shitirlash. Odamning ichki holati ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Masalan: yoqimli taom hidi uxlab yotgan odamni ham uyg‘otib yuboradi.Ixtiyoriy diqqatamalda biron-bir narsani idrok qilish yoki ish bajarish maqsadi, niyati paydo bo‘lishi tufayli maydonga keladi. Masalan: biron-bir ishni bajarishga qiynalsak ham, shuni bajarishga intilamiz. Ixtiyoriy diqqat mehnat mashaqqatlari natijasida paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt davom etadigan diqqat turi bo‘lib, u zo‘r bеrishni, ya’ni irodaviy kuch sarf qilishni talab etadi. Ana shu jihatdan olganda ixtiyoriy diqqat bog‘cha yoshidagi bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqatning nеrv-fiziologik asosida miya yarimsharla rining po‘stida vujudga kеladigan optimal qo‘zg‘alish manbai bilan ikkinchi signallar sistеmasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kеlishida nutqning roli g‘oyat kattadir. Chunki ko‘pchilik hollarda, xoh ta’lim jarayonida bo‘lsin, xoh mеhnat jarayonida bo‘lsin nutq orqali turli vazifalar qo‘yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tеz charchaydi, chunki ix tiyoriy diqqat odamga 18 hamma vaqt iroda kuchini sarf lashni talab etadi. Shu sababli odam tеz charchaydi. Ana shu jihatdan olganda, ta’lim va mеhnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqtivaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o‘tib turishi yaxshi natija bеradi. Masalan, qiziqarli rangli ko‘rgazmalar tashkil etish va hokazo.Ixtiyoriydan so‘nggi diqqatodamda ma’lum irodaviy zo‘r berishdan so‘ng paydo bo‘ladi, ammo bunda odam go‘yo ishga «kirishib» ketadi, ishga diqqatini yengillik bilan to‘play boshlaydi. Bu diqqatning ixtiyorsiz diqqatdan farqi, bunda odamning anglangan maqsadi bo‘ladi, shu tufayli diqqat bir nuqtaga to‘planadi, ammo ixtiyoriydan so‘nggi diqqat, ixtiyoriy diqqat emas, diqqatning bu turi odamning maxsus irodaviy zo‘r berishlarini talab etmaydi. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat avval ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo‘lishi munosabati bilan faoliyatning ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichini puxta tashkil etishi shart. O‘quv ishi boshida o‘quvchi ko‘p hollarda ixtiyoriy diqqatni ishga soladi. Keyin o‘quvchi ishga qiziqib qoladi, ya’ni uning diqqati chalg‘iyvermaydi, u qunt bilan shug‘ullana boshlaydi. 19 2.2. DIQQATNING XUSUSIYATLARINI O’RGANISH Diqqatning o’ziga xos xususiyatlariga uning kuchi va barqarorligi, bo’linishi, ko’lami, parishonxotirlik, taqsimlanishi kabilar kiradi. Dastavval diqqatning barqarorligidan iborat bo’lgan tomonini ajratib ko’rsatish kerak. Biz ma’lum vaqt oralig’idagi diqqat to’lqini haqida gapirishimiz mumkinmi? Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritmlar bilan cheklashga intilganlar. Ular diqqatni tebranishi deb, atalishi xususiyatini diqqatning biologik ritmiga kiritganlar. Diqqatning tebranish xususiyati, odatda bilinar- bilinmas qo’zg’atuvchilar orqali o’rganiladi. Masalan: soatning chiqillashiga quloq soladigan bo’lsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bo’lishiga qaramay, bu ovoz ba’zan payqaladi, ba’zan esa payqalmay qoladi. Bir - biriga yaqin bo’lgan yorug’lik farqini ajratishda xuddi shunday hodisa ro’y beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo’lishicha, diqqat tebranishining davomiyligi unchalik katta bo’lmay 1,5sekunddan 2,6 sekundgacha etadi. Bu hol diqqat tebranishining asosini biologik jarayonlari tashqil etishini ko’rsatuvchi bir dalil bo’ladi. Diqqatimizni uzoq vaqt davomida biror harakatsiz o’zgarmas obyekt ustida to’plashga imkoniyatimiz bo’lmasa ham, to’qnash keladigan obyektning o’zgarishi va harakatchanligi bilan bo’lgan qandaydir bir faoliyatni bajarish ustida diqqatimizni uzoq vaqt saqlay olmaymiz. Masalan: koptok o’ynagan paytda shunday qilib barcha diqqat biror obyekt ustida uzoq vaqt davomida to’xtab turolmasa ham, lekin diqqat uzoq vaqt davomida bitta faoliyatning o’zida to’planib turishi mumkin. Ma’lum bo’lishicha, 40 minutlik ish davomida diqqatning qandaydir jiddiy tebranishi ro’y bermagan. Demak, o’quvchilar butun dars davomida to’xtovsiz ishlashlari mumkin. Albatta, o’quvchilar bunday uzluksiz ishlash bilan charchaydi. Bu yoshda o’quvchilarga uzoq muddat davom etadigan ish buyurish yaramaydi. Bolalarning yoshiga qarab ish qiyin bo’lsa ham ularga dam berib, bir ish turidan ikkinchi turiga o’tkazib turish kerak. Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning jadalligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Diqqat harakat bilan qo’shilib va o’zaro bir-biri bilan chirmashib, obyekt bilan 20 mustahkam aloqa yuzaga keltiradi. Diqqatning bo’linishi psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning o’zida ikkita yoki undan ham ko’p ish harakat bajariladi. Diqqat haqiqatdan ham bo’linishi mumkinmi? O’tgan asrning oxirida o’tkazilgan ayrim tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ayni biror vaqtning o’zida bajariladigan ikkita ish, masalan: yod olingan biror she’rni o’qish va shu bilan bir vaqtda qog’ozga katta bo’lmagan sonlarni qo’yish mumkin. Bu har ikkala ishni bajarish uchun qancha vaqt ketsa, ularni har birini alohida - alohida bajarish uchun shuncha vaqt ketadi. O’z diqqatini bo’la olish bir qator kasblar uchun, masalan: o’quvchilar, haydovchi, pedagoglar va boshqalar uchun katta ahamiyatga egadir. O’qituvchi darsda o’quv materialini bayon etar ekan, o’zining fikrini o’zi kuzatib borishi, gapirayotgan gaplarini o’zi eshitishi va shuning bilan birga, o’quvchilar uni qanday eshitayotganlarini uchun sinfni kuzatib borishi kerak. Diqqatning muhim tomoni uning bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyatga tez o’tish qobiliyatidir. Diqqatning ko’chirilishiga ba’zan ayni bir vaqtning o’zida idrok qilinadigan ikkita o’zaro farqlanadigan kuzatuvchini aks ettirishga murojaat qilishga to’g’ri keladi, bir - biridan farq qiluvchi ikkita qo’zg’atuvchining ta’sirini ayni bir vaqtning o’zida darhol bilib bo’lmaydi. Notiqqa qarab turganingda uni eshitish ancha yengil bo’ladi. Bu yerda eshitish va ko’rish qo’zg’atuvchilari bir birini kuchaytiradi. Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonini tashkil etadi. Parishonxotirlik deganda ko’pincha ishga nihoyat darajada berilib ketish tushuniladi. Shunday paytda odam atrofidagi narsalarni mutlaqo payqamay qo’yadi. Bolalarda parishonxotirlik tez - tez uchrab turadi. Bolalarning shaxsini uning irodaviy sifatlarini uzoq vaqt tarbiyalash yo’li bilan bunday parishonxotirlikka kurash olib borishi zarur. Parishonxotirlikdan tashqari diqqatning boshqacha turidagi buzilishlari ham uchrab turadi. Ongning kasallik tufayli torayishi, diqqatning ko’lamining cheklanishiga, diqqat doirasining torayishi kiradi. Ayrim ruhiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron obyekt ustida to’xtab qolishi holatlarini kuzatish mumkin. Bola 21 hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos bo’ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo’zg’atuvchilardan, ularning keskin o’zgartirishlaridan ta’sirlanadi. Masalan: To’satdan paydo bo’ladigan qattiq ovozlardan harakatning o’zgarishidan va boshqa narsalardan ta’sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga to’lgandan so’ng yoki ikki yoshga qadam qo’ygan davrda paydo bo’la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta - sekin o’rgatadilar. Bolalar o’z diqqatini ulardan talab qilinayotgan harakatlariga o’zlarining bevosita moyillaridan voz kechishlariga to’g’ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go’daklik shakli bo’lsa ham onglilik namoyon bo’ladi. Bolani ozodalikka, tartiblikka, ma’lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga o’rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog’cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o’yin katta ahamiyatga egadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati juda berqaror bo’ladi. Mashq qilish usuli bilan o’z diqqatini to’plash qobiliyati asta - sekin rivojlanadi. O’quv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tartiblash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashg’ulotlarini intizomlashtiruvchi ta’siri, dars davomida sinfda o’tirish, o’quvchilarning so’zlarini eshitish zaruriyati, chalg’imaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi. Har turli ta`lim ishlari maktabdagi o’quv mashg’uloti ustida ongning yo’nalganligi va to’planganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko’pincha kuchli bo’ladi. Shuning uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo’ladi. Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo’la boshlaydi. Shuning uchun pedagog o’qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o’quvchi uzoq vaqt diqqatli bo’lishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib qolsa, u zarur vazifani bajarishdan chalg’ib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni 22 o’rganayotgan o’quvchi kino yoki biror o’qigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o’tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o’tiradilar. O’zi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat bilan o’tirgan o’quvchilar boshqa darslarda o’qituvchilarning ancha tashvishga solib qo’yishlari mumkin. O’quvchilarning o’quv predmetiga munosabati, o’nga diqqat bilan qarashi ko’p jihatdan darsda o’quvchining o’quv materialini jonli, emotsional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to’liq va chuqur o’qita bilishga bog’liq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda o’quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, o’qitishning mazmunini jiddiy o’ylab ko’rilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi. Bu shart - sharoitlarga rioya qilinsa o’smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba’zi impulsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay o’z diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va to’xtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U o’zi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo’lsa, o’zini bu ishga majbur eta oladi. Masalan: Hamma predmetlardan beriladigan vazifalar. O’smirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham o’zgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab o’quvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, o’smir esa o’zining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o’qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlash mumkin. Diqqat turlicha sifat ko‘rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko‘rinishlari diqqatning sifati yoki xususiyati deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, ko‘lami, ko‘chirilishi, taqsimlanishi, to‘planishi (konsentratsiyasi) uning asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Diqqatning xususiyatlari turli odamlarda turlicha darajada ko‘zga tashlanadi. Diqqatning kuchi va barqarorligi dеb, odam o‘z diqqatini biron narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki, diqqatni ma’lum muddat davomida biron narsaga 23 muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qarata olmaydigan odam ishlay ham olmaydi, o‘qiy ham olmaydi va hatto o‘ynay ham olmaydi. Diqqatning barqarorligi bu unchamuncha ta’sirlarga chalg‘imaslikdir. Diqqatning kuchli va barqaror bo‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari biz uchun qanchalik ahamiyat ga ega ekanligiga, ikkinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatimizga, uchinchidan, nеrv sistemasining ayrim xususiyatlariga bog‘liqdir. Bularning hammasi obyеktiv, ya’ni bizning irodamiz bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi, albatta subyеktiv, ya’ni odamning ayni chog‘dagi holati bilan ham bog‘liq. Masalan, ayni chog‘da bеtob bo‘lib turgan odamning yoki boshiga bir og‘ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo‘la olmaydi. Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyati bilan ham bog‘liqdir. Diqqatning harakatchanlik xususiyatlaridan biri uning o‘zgaruvchanligi (fluktuatsiyasi, tebranishi)dir. Diqqat tеbranishi deganda diqqatning jadallik darajasi, vaqtivaqti bilan qisqa muddatga kuchayib yoki sustlashib ketishi tushuniladi. Agar juda kuchsiz, zo‘rg‘a eshitiladigan ovozga quloq soladigan bo‘lsak, masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak, diqqatimiz jаlangan bo‘lishiga qaramay, bu ovoz goh baland, goh past eshitiladi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan yorug‘lik farqini ajratishda ham xuddi shunday hodisa yuz bеradi. Diqqatning bunday tеbranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, diqqat tеbranishining davomiyligi 2–3 sеkunddan oshmaydi (ko‘pi bilan 12 sekundga teng bo‘ladi). Diqqatning o‘zgarib turishi ikkilanuvchi tasvir deb atalgan tasvirlarni idrok qilishda ko‘rinadi. Agar bir necha daqiqa davomida kesik piramidaning tasviriga tikilib qaralsa, uning ustki tomoni goh oldinga chiqqandek, goh orqaga ketgandek bo‘lib ko‘rinadi. Agar diqqatimiz qaratilgan narsa qiziqarli va yangi, mazmundor bo‘lsa shu narsaga diqqatni ancha vaqt qaratib turish mumkin bo‘ladi. Bolalarni hayvonot bog‘iga olib borganda yoki juda qiziqarli ertak o‘qib bеrayotganda ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi. Bundan tashqari, diqqatimiz qaratilgan narsa bilan faol munosabatda bo‘layotganimizda ham diqqatimiz kuchli va barqaror bo‘ladi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni idrok 24 qilish bilangina chеklanmay, bu o‘yinchoqlar bilan faol harakatda bo‘lsalar (masalan, kubiklardan biron narsa yasash yoki mashinalarni qo‘l bilan yurgizish kabi) ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi. Diqqatning ko‘lami. Odamlar o‘z diqqatlarining ko‘lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko‘lami kеng bo‘lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko‘lami torroq bo‘ladi. Diqqatning ko‘lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar miqdori bilan bеlgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratiladigan narsalarning qanchasini ongimizga sig‘dira oli shimiz diqqatning ko‘lamini tashkil etadi. Diqqatning ko‘lamini tajriba yo‘li bilan aniqlash qiyin emas. Buning uchun diqqatining ko‘lami aniqlanayotgan odamga ayni bir vaqtning o‘zida bir nеcha o‘zaro bog‘lanmagan harf lar, raqamlar va turli gеomеtrik shakllar ko‘rsatiladi. Bunda odam ko‘rsatilayotgan narsalardan qanchasini birdaniga idrok eta olsa, ya’ni diqqat doirasiga sig‘dira olsa uning diqqati shunchalik kеng bo‘ladi. Bu asbob yordamida diqqat ko‘lami aniqlanayotgan odamga ayni bir vaqtning o‘zida idrok ettiriladigan narsalar juda tеz, ya’ni daqiqaning o‘ndan, yigirmadan… ellikdan bir bo‘lagi mobaynida ko‘rsatiladi. Bunda odam diqqati doirasiga qancha narsani sig‘dira olsa, ana shunga qarab diqqatning kеng yoki torligi aniqlanadi. O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, katta yoshli odamlar o‘z diqqat doirasiga ayni bir vaqtda uchtadan oltitagacha bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalarni – harflar, raqamlar, shakllar va hokazolarni sig‘dira oladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati ning ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan juda tor bo‘ladi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtda o‘z diqqat doiralariga 2–3 tadan ortiq narsani sig‘dira olmaydilar. Diqqat ko‘lamining kеng bo‘lishi odamning turmush tajribasi va mashq qilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Diqqat ko‘lamining kеng bo‘lishi odam idrok qilayotgan narsalarni atroflicha va chuqur aks ettirilishida hamda bilish jarayonining sifatli bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Diqqatning ko‘chuvchanligi. Ongli ravishda diqqatni yangi obyektga qaratish diqqatning ko‘chirilishi deyiladi. Diqqatning ko‘chuvchanligi diqqatning bo‘linuvchanligi bilan bog‘liq xususiyatdir. Diqqatning ko‘chuvchanlik xususiyati juda ko‘p faoliyat turlari uchun zarur 25 bo‘lgan xususiyatdir. Masalan, hikoya o‘qib bеrish mashg‘ulotida bolalar o‘z diqqatlarini hikoyani eshi tishdan surat ko‘rishga, undan so‘ng yana eshitishga bеmalol ko‘chira olish lari kеrak. O‘quvchilar o‘z diqqatlarini bir darsdan boshqa bir darsga ko‘chira olishlari kеrak. Diqqat hamma vaqt ham bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyat turiga osonlik bilan ko‘chavеrmaydi. Ba’zan qiyinchiliklarga duch kеladi. Albatta bunday sabablardan biri diqqatning ko‘chirilishi lozim bo‘lgan narsalar yoki harakatlar o‘rtasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligidir. Agarda diqqatimiz ko‘chirilishi lozim bo‘lgan narsalar o‘rtasida ma’lum jihatdan mazmunli bog‘lanish bo‘lsa, diqqatimiz osonlik bilan ko‘chadi. Odamning qiziqish va ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga diqqat yеngillik bilan ko‘chadi. Masalan, bolalar o‘zlari yaxshi ko‘rgan bir o‘yindan boshqa bir shunga o‘xshash o‘yinga tеz kirishib ketadilar, ya’ni diqqatlarini yеngillik bilan ko‘chira oladilar. Diqqatning taqsimlanishi. Odamning diqqati ayni bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki uchta narsaga birdaniga qaratilishi mumkin. Dеmak, diqqatning taqsimlanishi dеganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizning ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir nеcha narsaga qaratilgan bo‘lsa, bu taqsimlangan diqqat dеb yuritiladi. Diqqatning ayni bir chog‘da ikki yoki uch narsaga qaratilishi, ya’ni bir nеcha narsalarga bo‘linishi amaliy jihatdan mumkin emas. Shu ning uchun diqqatning bo‘linishi, ya’ni ayni bir vaqtda ikki yoki uch narsaga bir daniga qaratilishi o‘z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan boshqa bir narsaga nihoyatda tеzlik bilan ko‘chishidan iboratdir. Diqqatning bo‘linishi talab qilingan paytda diqqatimiz bir narsadan ikkinchi narsaga shu qadar tеzlik bilan ko‘chadiki, buni biz payqay olmaymiz. Natijada diqqatimiz ayni bir vaqtning o‘zida bir nеcha narsalarga birdaniga qaratilayotgandеk, ya’ni taqsimlanayotgandеk bo‘lib ko‘rinadi. Diqqatning bu xususiyati hayotda juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon kompyuterlashtirilgan texnika davri diqqatning taqsimlash xususiyatini talab qiladi. Bu xususiyat barcha ilmiy xodimlar hamda pеdagoglar uchun ham juda zarurdir. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashg‘ulot yoki suhbat o‘tkazayotgan paytda diqqatini bir qancha narsalarga, ya’ni 26 bolalarning quloq solib o‘tirishlariga, o‘zi bayon qilayotgan fikriga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashg‘ulot paytida guruhni boshqara oladi. Diqqatning to‘planishi. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo‘lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to‘plangan bo‘ladi, buni konsеntratsiyalashgan(to‘plangan) diqqat dеb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko‘rib o‘tgan asosiy xususiyatlari odamning barcha faoliyatlari uchun juda zarur xususiyatdir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli-tuman o‘zgarishlarga tеz moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug‘ma ravishda, ya’ni irsiy yo‘l bilan bеrilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog‘idan boshlab turli faoliyatlar – o‘yin, o‘qish va mеhnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi. Ana shuni nazarda tutib tarbiyachilar turli-tuman mashg‘ulot va o‘yin jarayonlarida bolalar diqqatini har tomonlama hamda sistеmali ravishda rivojlantirib borishlari kеrak. Bolalarning yoshlari ulg’aygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi o’sa boradi. Bu xususiyatlari o’yin, mehnat va o’qish jarayonlarida o’sadi. O’qish jarayoni uchun diqqatning ma`lum darajada kuchli va barqaror bo’lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o’sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o’sishi katta yordam beradi. Bola hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo’ladi. Shuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qo’zg’atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, ta’sirli bo’ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, obyektning tashqi tomonlariga ko’proq qiziqa boshlaydi. Endi bola biror predmetga ko’proq qarashi, uni og’ziga solishi mumkin. Yaltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi. Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bo’la boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o’yin katta ahamiyatga egadir. Agar bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bo’lmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bo’lmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda o’quv jarayoni muhim ahamiyatga ega, ya’ni darsda qanday o’tirish, maktab 27 topshiriqlari, o’qituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol’ o’ynaydi. Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz bo’ladi. Maktab yoshidagi bolalar o’z diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi o’yin davomida faqat epizodik tarzda sodir bo’ladi. O’quv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rivojlanishiga jiddiy talablar qo’yadi. Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining o’sib borishidir. quyi sinf o’quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. Shuning uchun o’qituvchi o’quvchilar diqqatini tarbiyalashda o’quv materialining mumkin qadar qiziqarli ko’rgazmalar, xilma - xil bo’lishiga harakat qilishi kerak, o’quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg’ulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan o’ylab ko’rishi lozim. O’quv faoliyatini to’g’ri tashkil etish boshlang’ich sinflardagidek shakllanib, o’smirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. O’smirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, ko’p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo’shqin g’ayrat, istak uyg’onadi. Bu bir tomondan, diqqatning to’planishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, yengil chalg’ish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali o’smir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo’naltirish va unda tutib turish imkonini beradi. 28 II-BOB XULOSA Ta’lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulg’ayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning ta’siri ostida o’sib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan ko’rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to’planishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o’ziga jalb qiladigan qo’zg’atuvchilarning taassurotini yengishga to’g’ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo’lishga va jamiyatda yashash qoidalariga o’rgatadilar. Bolarning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. 5 yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning o’z tashabbusi bilan ham o’sa boshlaydi. Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o’sa boshlaydi. O’qish jarayonining o’zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to’planishi va barqarorligining o’sishiga yordam beradi. 29 YAKUNIY XULOSA Diqqat inson psixikasining alohida xususiyatidir. U mustaqil ravishda mavjud emas - fikrlash, idrok, xotira, harakatdan tashqarida. Siz shunchaki diqqatli bo’lolmaysiz - faqat biron bir ishni bajarib, diqqatli bo’lishingiz mumkin. Shuning uchun diqqat ongning ma’lum bir ishni bajarishga tanlangan yo’nalishi deb ataladi. Kognitiv jarayonlardan (idrok, xotira, fikrlash va boshqalar) farqli o’laroq, diqqat o’zining maxsus mazmuniga ega emas; u xuddi shu jarayonlar doirasida o’zini namoyon qiladi va ulardan ajralmasdir. Diqqat psixik jarayonlarning dinamikasini xarakterlaydi. Diqqatning namoyon bo’lish shakllari xilma-xildir. U sezgi organlarining ishiga (ko’rish, eshitish va boshqalar e’tibor), yodlash, fikrlash va harakat faoliyati jarayonlariga yo’naltirilishi mumkin. Diqqatning uch turi borligi umumiy qabul qilingan: ixtiyoriy, ixtiyoriy va ixtiyordan keyingi. Diqqat muammosi psixologiyaning eng qiyin muammolaridan biridir. Ushbu muammoni o’rganish tarixida turli davrlar bo’lgan. Diqqat bir qator mualliflar tomonidan hissiy hodisa (vizual, eshitish, taktil e’tibor) sifatida talqin qilinadi. Faqat turli axborotlarni qabul qilish va qayta ishlashning tanlab oqimiga yordam beruvchi omil sifatida. Diqqat - bu ongning yo’nalishi va konsentratsiyasi, bu shaxsning hissiy, intellektual yoki motor faolligi darajasining oshishini ko’rsatadi. 30 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Darmashov “Diqqat psixologiyasi” 2. Dobrinin N.F. Diqqatning yangi tadqiqotlari haqida. - "Psixologiya masalalari", 1973 yil, 3-son. 3. Dobrinin N.F. Diqqatning selektivligi va dinamikasi haqida. "Psixologiya masalalari", 1975 yil, 2-son. 4. Luriya A.R. "Diqqat va xotira" 5. Muxina V.S. Bolalar psixologiyasi: Proc. talabalar uchun ped. in-tov / Ed. L.A. Venger. - M.: Ma'rifat. 1985. - 272 b. 6. Muxina V.S. Olti yoshli bola maktabda. - M., 1986 yil 7. Nemov R.S. Psixologiya. Proc. talabalar uchun ped. darslik muassasalar. 3 ta kitobda. 1-kitob. M.: Ma'rifat, 1995. - 576 b. 8. Psixologiya. Lug'at / Umumiy ostida. ed. A.V. Petrovskiy. - M.: Politizdat, 1990. - 494 b. 9. Bola rivojlanishi // Ed. Zaporojets A.V. - M., 1976 yil. 10.Rotenberg V.S. "Miya. Ta'lim. Salomatlik" M. - Ma'rifat, 1990 y 11.Rutman E.M. "Psixofiziologiyada qo'zg'atilgan potentsiallar" M. 1979 yil 12.Fress P., Piaget J. Eksperimental psixologiya: - 6-son - M., 1978 13.Chomskaya "Miya va faollashtirish" M 1980 yil 14.Xomskiy "Neyropsixologiya" M 1995 yil 15.Xomskaya E.D. Miya va faollashuv. Moskva davlat universiteti nashriyoti, 1972 yil. 16.Umumiy psixologiyada o'quvchi: fikrlash psixologiyasi. - M. 1981 yil. 17.Shtern V. Erta bolalik psixologiyasi. - Petrograd, 1922 yil 18.Diqqatni eksperimental o'rganish. - "V.I.Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika institutining ilmiy yozuvlari", 1970 yil, 381-son. 19.Nurkova V.V., Berezanskaya N.B. "Umumiy psixologiya" FP M.V nomidagi Moskva davlat universiteti. Lomonosov 2013 yil 31 Buxoro davlat unversiteti pedagogika fakulteti amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Farhodova Azizaning “Diqqat haqida tushuncha” mavzusidagi kurs ishiga TAQRIZ Mazkur kurs ishi mavzu va rejalarga mos yozilgan bo‘lib,mundarija asosida berilgan barcha dolzarb masalalar atroflicha yoritilgan. Talaba tomonidan mavzuni ochib berishda keng qamrovli tushunchalardan foydalanilgan. G‘arb olimlarning olib borgan tadqiqot ishlari va amaliy tajribalari haqida atroflicha ma‘lumotlar berib o‘tilgan. Psixologiyada diqqqat tushunchasining mohiyati to’laqonli yoritib berilgan. Bundan tashqari diqqat turlari, xususiyatlari diqqatning bilish jarayoni sifatidagi alohida mavjei haqida batafsil ma’lumot berilgan.Diqqatning har bir xususiyatlari ilmiy tavsiflangan va misollar orqali tushuntirib o’tilgan. Hozirgi zamonaviy psixologiyaning turli soha va yo‘nalishlari bilan bog‘liqlikda metodlarni o‘rganish va bu metdodlarning qo‘llanilish samarasi va kamchiliklari to‘g‘ridida ham aniq ma’lumotlar berilgan.Mavzu bo‘yicha tuzilgan rejalar ham to‘liq yoritilgan bo‘lib, ilmiy manbalar asosida atroflicha ochib berishga harakat qilingan. Olimlarning olib borgan amaliy tajribalari va tadqiqot ishlari haqida ham keng qamrovli ma’lumotlardan foydalanilgan. Mening fikrimcha mazkur kurs ishi himoya talablariga to‘liq mos keladi va keyinchalik yanada kengaytirilib qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitilgan holda ilmiy izlanishlarni davom ettirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Taqrizchi O.R.Avezov 32