Uploaded by Мурадова М

иктисодиёт назарияси test1(1)

advertisement
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN TEST
++++
Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida olingan bozorlar muammosi tadqiq qilinsa,
bunday tahlil:
====
mikroiqtisodiy;
====
Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan tashqi savdo barcha boyliklarning
manbai deb hisoblanadi?
====
merkantilizm;
====
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va
tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?
====
monetarizm;
====
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?
====
iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini
o‘rganish;
====
Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi?
====
ehtiyojlarning yuksalish qonuni;
====
Iqtisodiy jarayonlarini ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab
chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi?
====
induksiya;
====
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?
====
yer, ishchi kuchi, kapital, va tadbirkorlik layoqati;
====
Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat?
====
nisbatan cheklangan yoki kamyob;
====
Iqtisodiyot nazariyasi fanlarning qanday guruhiga kiradi?
====
ijtimoiy fanlar;
====
Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega?
====
ob’ektiv;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:
====
cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkinligi
muammosi;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi?
====
Matematik
====
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari aniq iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda ulardagi
o‘zgarishlarni alohida ajratib, ayni vaqtda o‘zaro bir – biriga ta’sirida o‘rganadi?
====
analiz va sintez
====
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasini aniqlang:
====
ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi;
====
Insonlarning iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’molchilarga etkazib berish va
iste’mol qilishga qaratilgan, bir – biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyat qanday
nomlanadi?
====
iqtisodiy faoliyat;
====
Ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘xtovsiz takrorlanib turishi nimani
anglatadi?
====
takror ishlab chiqarish;
====
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy hodisa hisoblanadi?
====
inqiroz;
====
Iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi muqarrar takrorlanib turadigan, doimo mavjud
bo‘ladigan to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki teskari ichki sabab – oqibat bog‘liqliklar va aloqadorliklar
qanday qonunning mohiyatini anglatadi:
====
iqtisodiy qonun;
====
Qaysi iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi?
====
umumiy iqtisodiy qonunlar;
====
Mantiqiy tahlil orqali hodisa va jarayonlarning uncha muhim bo‘lmagan belgilarini e’tibordan
chetda qoldirib, eng asosiy belgilarini ajratib olish yo‘li bilan ularning mohiyatini ochib berish
qaysi usul orqali amalga oshiriladi?
====
ilmiy abstraksiya.
====
Aholi ehtiyojlarining qondirilish darajasi qanday aniqlanadi?
====
aholining haqiqiy iste’moli darajasi va ehtiyojlari taqqoslanadi;
====
Alohida kishilar, korxonalar va davlat ehtiyojlarining umumiy xususiyatlari nimadan iborat?
====
cheksiz va chegarasiz;
====
Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni nimani anglatadi?
====
jamiyat ijtimoiy–iqtisodiy ehtiyoji miqdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishin;
====
Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang:
====
bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
====
Kishilar hayot kechirishining birlamchi sharti – hayotiy zarur vositalar (oziq–ovqat, kiyim–
kechak, turar–joy) va zebu–ziynat buyumlariga (mebel, avtomobil, xolodilnik, televizor, dala
hovli) bo‘lgan ehtiyoj qanday nomlanadi:
====
moddiy ehtiyoj;
====
Haqiqiy iste’mol (Ih)ning, umumiy ehtiyoj (Eu)ga bo‘lgan nisbati qanday ko‘rsatkichni
ifodalaydi?
====
ehtiyojning qondirilish darajasi;
====
Ishlab chiqarish omillari egasi: yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik hisobiga mos ravishda
yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi ketma-ketlik shaklida oladi?
====
yer rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda;
====
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu...
====
ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbati;
====
Iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasida moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar
yaratiladi?
====
ishlab chiqarishda;
====
Bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatlarda ayirboshlanishi qanday nomlanadi?
====
barter (maxsulot) ayirboshlash
====
Tovar(xizmat)lar pul vositasida oldi-sotdi yo‘li bilan ayirboshlanishi qanday nomlanadi?
====
tovar ayirboshlash;
====
Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita iste’mol qilinganda qanday iste’mol
ro‘y beradi?
====
shaxsiy iste’mol;
====
Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni uning jismoniy va aqliy qobiliyati qanday nomlanadi?
====
ishchi kuchi;
====
Yalpi ichki maxsulot, sof milliy maxsulot va milliy daromad ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning
qaysi darajadagi natijasini ifodalaydi?
====
makro darajadagi;
====
Vaqt birligida ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori yoki maxsulot birligini ishlab chiqarishga
ketgan vaqt qanday ko‘rsatgichni ifodalaydi?
====
mehnat unumdorligini;
====
Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan echilar ekan, bunday
iqtisodiyot:
====
aralash iqtisodiyot
====
Jamiyat iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'ra:
====
an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o'tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol
jamiyati
====
Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor
mexanizmi ta’minlanadi?
====
bozor iqtisodiyoti;
====
Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?
====
faqat bozor iqtisodiyotiga;
====
Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniqlang:
====
poliiqtisodiyot.
====
Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga
solinadigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?
====
bozor iqtisodiyoti;
====
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ...
====
davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish shakllariga aylantirish;
====
Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik mavqeini ta’minlaydi?
====
mulkni tasarruf qilish;
====
Shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan fuqarolar mulki qanday nom bilan
ataladi?
====
shaxsiy mulk;
====
Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq?
====
qiymat o‘lchovi;
====
Natural xo‘jalik bu?
====
bozorda sotish uchun emas, balki xo‘jalikning o‘z xodimlari va ishlab chiqaruvchilarning iste’moli
uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalik;
====
Mahsulotning bozor uchun, ayriboshlash orqali boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadini
ko‘zlab ishlab chiqarilishi ijtimoiy xo‘jalikning qanday shaklini tashkil qiladi?
====
tovar xo‘jaligi;
====
Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri :
====
iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash;
====
Bozor iqtisodiyotining qaysi sub’ekti iqtisodiy resurslarni etkazib beruvchisi va pirovard
mahsulotlarning asosiy iste’molchisi hisoblanadi?
====
uy xo‘jaliklari;
====
Quyidagilardan qaysi biri bozor mexanizmining tarkibiy qismini xarakterlaydi?
====
narx, raqobat, talab va taklif;
====
Bozor iqtisodiyotida bozor, ishlab chiqarish kimning izmiga bo‘ysunadi?
====
iste’molchilarning;
====
Bozor iqtisodiyotining salbiy tomoni nimada namoyon bo‘ladi?
====
pul daromadlarining notekis taqsimlanishida;
====
Birlamchi va ikkilamchi bozor tushunchasi qaysi bozorga xos?
====
qimmatli qog‘ozlar bozoriga;
====
Sof iqtisodiy ma’noda «bozor» tushunchasi nimani anglatadi?
====
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning
tovarlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va
infrastruk turaviy tuzilmalar tizimini;
====
Bozorning hududiy qamrov darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang?
====
jahon bozori;
====
Quydagilardan qaysi biri moliya bozorning tarkibiga kirmaydi ?
====
intellektual tovarlar bozori;
====
Ish bilan ta’minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi kasbga tayyorlash qaysi muassasa
tomonidan amalga oshiriladi?
====
Mehnat birjasi;
====
Quydagilardan qaysi biri bozor infratuzilmasining ayirboshlashga xizmat ko‘rsatuvchi
muassasasi hisoblanadi?
====
tijorat do‘konlari;
====
Bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ulardan hech biri bozor baholariga
o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasa, hamda bozorga kirish uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmasa bu
qanday bozorni xarakterlaydi?
====
sof raqobatli bozor;
====
Davlat monopoliyalarga qarshi faoliyatni qanday maqsadda amalga oshiradi?
====
tadbirkorlik va erkin raqobatni himoya qilish maqsadida;
====
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishning qaysi usuli raqobat, narx, talab va taklif nisbatiga
asoslanadi?
====
bozor mexanizmi;
====
Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasdan, bir me’yorda takrorlanib turishi qanday takror ishlab
chiqarishni bildiradi?
====
Oddiy
====
Real ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping:
====
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori;
====
Iste’mol tovar (xizmat) lari narxi 50 % ga tushib, nominal ish haqi 50 % ga oshsa, real ish haqi
darajasi qanday o‘zgaradi?
====
real ish haqi 3,0 marta ortadi;
====
Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ishning hajmiga qarab belgilanadigan
ish haqi qanday nomlanadi?
====
ishbay;
====
Ish haqi mahsulot birligi uchun belgilangan yagona rassenka bo‘yicha to‘lab borilsa ishbay ish
haqining qanday turi qo‘llanilgan bo‘ladi?
====
oddiy ishbay;
====
Ishlab chiqarishning me’yorlashtirilgan hajmi uchun qat’iy belgilangan va undan ortiqchasiga
o‘sib boruvchi rassenka asosida ish haqi to‘lab borilsa ishbay ish haqining qanday turi
qo‘llanilgan bo‘ladi?
====
ishbay progressiv;
====
Mamlakat hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va kasb turlari, hodimlar toifasi
hamda aniq xizmat vazifasini bajaruvchilar bo‘yicha ish haqi darajasini tabaqalashtirish qanday
amalga oshiriladi?
====
ta’rif tizimi yordamida;
====
Unumli va shaxsiy iste’mol uchun sotib olingan tovar va xizmatlarning bozor qiymati – bu:
====
pirovard mahsulot;
====
Iqtisodiy islohotlar nima?
====
iqtisodiyotda bozor munosabatlarini hakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
====
Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday vazifa amalga oshirildi?
====
kichik xususiylashtirish amalga oshirildi;
====
Oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi
zamon madaniy jixatdan rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish qaysi mamlakatlarga tegishli?
====
rivojlangan mamlakatlarga;
====
Respublikada narxlar qaysi davrdan boshlab erkinlashtirila boshladi?
====
1992 yildan;
====
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini kengaytirish g'oyasini kim ilgari surgan?
====
Dj.M.Keyns
====
Ishlab chiqaruvchilar tayyorlagan mahsulotlariga ko‘zda tutilgan muddatdan nisbatan avvalroq
yuqori narx belgilashga majbur bo‘lishdi, u holda ...
====
talab qisqaradi;
====
Agar tovarning narxi 1 % ga tushishi unga bo‘lgan talabni 2 % ga ortishiga olib kelsa, u holda
talab:
====
egiluvchan;
====
Iqtisodiy hayotda shunday holat yuz berish mumkinki, ayrim tovarlarga narxlar o‘sishi bilan
ularga bo‘lgan talab kamaymasdan balki ortib, boradi. Bu holat qanday nomlanadi?
====
Giffen samarasi;
====
Talab hajmining uning miqdorini belgilovchi omillarga bog‘liqligi qanday nomlanadi?
====
talab egiluvchanligi;
====
Tabiiy monopoliyaga ... misol bo‘la oladi.
====
Toshkent metropoliteni
====
Oligopoliya – bu:
====
bir necha yirik raqobatdosh firmalar
====
Raqobatning qaysi shaklida ishlab chiqaruvchilar bozor narxlarini to‘liq nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi?
====
sof monopoliya;
====
Narx vositasida raqobat usuliga kiradi:
====
narxlardan chegirma qilish
====
Quyidagilardan qaysi biri iste’molchilar o‘rtasidagi raqobatni tavsiflaydi?
====
ko‘proq naflilikka ega bo‘lish.
====
Mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi mavjud bo‘lib, bozorga kirish uchun to‘siqlar katta
ya’ni taqiqlash bilan barobar bo‘lgan raqobat shaklini ko‘rsating?
====
monopoliya
====
Narx yordamida raqobatlashishning qaysi turida milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarni tashqi
bozorga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxdan ham past bo‘lgan narxlarda
chiqaradi?
====
demping narxlarni qo‘llash
====
Iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik xususiyatlarga ko‘ra raqobatni qo‘llash mumkin
bo‘lmagan yoki qo‘llanish qiyin bo‘lgan sohalar qanday nomlanadi?
====
tabiiy monopoliyalar;
====
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlar qanday nom bilan
ataladi?
====
dotatsion narx
====
Narxlar oralig‘idagi farqlarning puldagi miqdoriy ifodasi qanday nom bilan ataladi?
====
narx diapozoni
====
“Narx tovar qiymatining puldagi ifodasi” degan qarash qaysi oqimga tegishli?
====
klassik (A. Smit, D. Rikardo, J.S. Mill);
====
Qaysi nazariyada xarajatlar nisbatidagi farq aynan olingan mamlakatda qaysi tovarlarni ishlab
chiqarish, qaysilarini ayirboshlash orqali chetdan olish lozimligi asoslanadi?
====
D. Rikardoning ,,Nisbiy ustunlik” nazariyasi;
====
O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan qaysi maqsadga
iqtisodiyotni mutanosib va barqaror rivojlantirish asosida erishib boriladi?
====
aholi turmush farovonligini o‘stirib borish.
====
Ehtiyojlarni yuksalish qonuni qanday qonunlar toifasiga kiradi?
====
umumiqtisodiy;
====
Sof monopoliya nima?
====
Ishlab chiqaruvchi yagona
====
Monopsoniya nima?
====
Iste'molchi yagona
====
Quyidagilardan qaysi biri mehnat resurslari tarkibiga kirmaydi?
====
Balog‘at yoshiga etmagan va pensiya yoshidagi ishlamaydiganlar.
====
Mehnat resurslari miqdoriga ta’sir qiluvchi omillarni toping?
====
aholining tabiiy o‘sishi va ishchi kuchi migratsiyasi;
====
Oligopoliya nima?
====
Ishlab chiqaruvchi bir nechta
====
Aholining yuqori daromad oluvchi qismi uchun mo‘ljallangan narx nima?
====
nufuzli narx;
====
Moliya bozori ob’ekti nima?
====
pul va qimmatli qog‘ozlar
====
Tovarnlari katta hajmda sotishda … da sotiladi.
====
ulgurji narx;
====
Yangi bozorlarga suqulib kirish narxi nima deb ataladi?
====
demping narx;
====
Davlat buydjeti hisobidan tushirilgan narx?
====
dotatsion narx
====
Noelastik talab qanday tovarlarda namoyon bo’ladi?
====
non, tuz, kartoshka
====
Agar davlat muvozanat narxdan past bo’lgan narxni belgilab undan yuqori narxda tovarlarni
sotishni ta’qiqlasa qanday xolat yuz beradi?
====
taqchillik
====
Reklamadan qanday korxonalar kam foydalanadi?
====
monopol korxonalar
====
Dunyo neft bozori raqobatlashuv darajasiga ko’ra qanday bozor turiga misol bo’ladi?
====
oligopoliya
====
O’zbekistonda qanday korxonalar monopol hisoblanadi?
====
ma’lum tovarning 35 foizini, oziq-ovqat sohasi 20 foiz mahsulotni ishlab chiqarsa
====
Ikkita ishlab charuvchi mavjud bozor nima deb ataladi?
====
duopoliya
====
O’zbekistonda mobil xizmatlar bozori raqobatlashuv darajasiga ko’ra qanday bozor turiga
misol bo’la oladi?
====
oligopoliya
====
Yer taklifining o’ziga xos xususiyati nimadan iborat?
====
mutloq cheklangan
====
Giffen tovarlariga misol keltiring
====
non, kartoshka
====
Tovarlarni donalab sotishda qanday narx qo'llaniladi?
====
chakana narx;
====
Uyali aloqa kompaniyalari foydalanadigan narx qanday nomlanadi?
====
tarif narx;
====
Kelushuv-shartnomalarda ko'llaniladigan narx ….
====
shartnoma narx;
====
Davlat buyurtmasida … dan foydalaniladi
====
harid narx;
====
Ma'muriy tarzda belgilanadigan narx qaysi?
====
qat'iy belgilangan narx;
====
Talab va taklif ta'sirida shakllangan narx?
====
erkin narx;
====
Klassik iqtisodiy maktab vakillarini belgilang.
====
A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey
====
Monetarizm iqtisodiy maktabi vakillarini belgilang.
====
M.Fridman, I.Fisher
====
Marjinalizm iqtisodiy maktabi vakillarini toping.
====
K.Menger, L.Valras, S.Jevons
====
Keynschilik iqtisodiy maktabi vakillarini belgilang.
====
Dj.M.Keyns, P.Samuelson
====
Merkantilizm iqtisodiy maktab vakillarini belgilang.
====
T.Man, Dj.Lo, Dj.B.Kolber
====
Institutsionalizm iqtisodiy maktabi vakillarini belgilang.
====
T.Veblen, Dj.Kommonos, U.Mitchel
====
Fiziokratizm iqtisodiy maktabi vakillarini toping.
====
F.Kene, A.R.J.Tyurgo
====
Korinmas ko'l nazariyasi asoschisi kim?
====
A.Smit
====
Iqtisodiy jadval kim tomonidan yaratilgan?
====
F.Kene
====
Ishlab chiqarishning 3 omili nazariyasi asoschisi kim?
====
Dj.B.Sey
====
Pulning oldi-sotdi jarayonida ishlatilishi qaysi vazifasida namooyn bo'ladi?
====
muomala vositasi vazifasi
====
Barcha tovarlarning narxi pulda o'lchanishi pulning ... ga kiradi
====
qiymat o'lchov vositasi vazifasi
====
Soliqlar va boshqa to'lovlarni amalga oshirishda pulning ... dan foydalanikadi
====
to'lov vositasi vazifasi
====
Jamg'armalarni amalga oshrish pulning ... ga kiradi
====
jamg'arma vositasi vazifasi
====
AQSh dollari va Evroittifoq evrosi pulning ... ni bajaradi
====
jahon puli vazifasi
====
Ishlab chiqarishning qanday turlari mavjud?
====
moddiy va nomoddiy
====
Ayirboshlashning qanday turlari mavjud?
====
barter va Tovar
====
Taqsimlashning qanday shakllari mavjud?
====
tovarlar va daromadlar
====
Talab hajmiga ta'sir qiluvchi asosiy omil nima?
====
narx
====
Taklif hajmiga ta'sir qiluvchi asosiy omil nima?
====
narx
====
Muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik-…dir
====
so'nggi qo'shilgan naflilik
====
So‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi
====
umumiy naflilik
====
Daromadlarning oshishi byudjet chizig'ini … suradi
====
o'ngga
====
Toindustrial jamiyatning asosiy belgilari
====
aholining asosan qishloq xo’jaligi bilan bandligi, qo’l mehnatining ustuvorligi, mehnat taqsimotining
juda sayozligi, natural xo’jalik hukmronligi
====
Oddiy kooperatsiya
====
bu bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoki bir xil ishni bajaruvchilar mehnatining oddiy shaklda (bir
joyda) uyushtirilishi
====
Industrial jamiyatning asosiy belgilari
====
ishlab chiqarishning mashinalarga asoslanganligi, sanoat, fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi,
shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq ko’payishi
====
Postindustrial (yuqori darajada industrlashgan) jamiyatning asosiy belgilari
====
xizmat ko’rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanganligi, aholining asosiy qismi (60–70%) ning
xizmat ko’rsatish sohalarida bandligi, fanning bevosita ishlab chiqarish jarayoniga kirib borishi,
iqtisodiyotning hamma sohalarida axborot va hisoblash texnikasini keng qo’llanilishi
====
Mulkchilik munosabatlari
====
bu mulkka egalik qilish, undan foidalanish va uni tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlardir
====
Mulkdan foydalanish
====
bu mol - mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanishidir. Bundan
daromad olish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadi ko’zda tutiladi
====
Amortizatsiya ajratmalarining foizdagi ifodasi qanday ko‘rsatkich?
====
amortizatsiya normasi;
====
Amortizatsiya ajratmasi mablag‘laridan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
====
asosiy kapitalni qayta tiklash va kapital ta’mirlash;
====
Tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi uzluksiz takrorlanib, qaytadan yangilanib turishi
qanday jarayonni bildiradi?
====
doraviy aylanish;
====
Tadbirkorlik kapitalining ta’rifini toping:
====
foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy,
moliyaviy va mehnat resurslari hamda yaratilgan tovarlar;
====
Boshqarish prinsiplaridan qaysi biri xodimlarni harakatga keltirishni ta’minlaydi?
====
idora qilish;
====
Sotilgan aksiyalar summasi va aksionerlik jamiyatiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori
o‘ratisidagi farqdan qanday daromad shakllanadi?
====
ta’sischilik foydasi;
====
Aksionerlik jamiyatidan foiz shaklida daromad olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘oz qanday
nomlanadi?
====
aksiya;
====
Aksiyaning nominal qiymati nima?
====
aksiyada ifodalangan pul summasi;
====
Korxonaning mulkchilik shakli bo‘yicha turkumlangan turini toping:
====
davlat korxonasi;
====
Korxonaning ishlab chiqarishning to‘planuv darajasi bo‘yicha turkumlangan shaklini aniqlang:
====
kichik korxona;
====
Ishlab chiqarish shaxsiy mulkka asoslanib, o‘zi yoki oila a’zolari mehnati orqali amalga
oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati qanday nomlanadi?
====
shaxsiy tadbirkorlik;
====
Quyidagi sanab o‘tilganlardan qaysi biri xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlik faoliyatiga mos
emas?
====
kapital omiliga jamoa egalik qiladi;
====
Quyidagi sanab o‘tilganlardan qaysi biri yakka tartibdagi mehnat faoliyatiga asoslangan
individual tadbirkorlikka to‘g‘ri kelmaydi?
====
yollangan xodimlarga ish haqi to‘laydi.
====
Asosiy kapital eskirishining qaysi turi unga amortizatsiya hisoblash orqali qiymatini ko‘chirish
uchun asos hisoblanadi?
====
foydalanish natijasida jismoniy eskirish;
====
Quyidagilardan qaysi biri asosiy kapitalning tarkibini aks ettirmaydi?
====
hududiy tarkibi;
====
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorliginingifoda etuchi asosiy ko‘rsatkichini toping?
====
foyda normasi;
====
Maxsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan vaqt qanday ko‘rsatgichni ifoda etadi?
====
mehnat unumdorligini;
====
Quyidagi ko‘rsatkichlardan qaysi biri kapital birligi xisobiga ishlab chiqarilgan maxsulot
miqdorini ifodalaydi?
====
kapital unumdorligini;
====
Ekin yoki ekin turlari xosildorligi qanday ko‘rsatgichda aniqlanadi?
====
yerning unumdorligi;
====
Quyidagi ko‘rsatkichlardan qaysi biri orqali maxsulot ishlab chiqarishga ketgan moddiy
xarajatlar ulushini topish mumkin?
====
maxsulotning material sig‘imi;
====
Pul agregatlari, bu...
====
likvidlik darajasi turlicha bo‘lgan barcha pul turlarining muayyan nisbatlardagi yaxlit massasi;
====
Firmaning doimiy xarajatlari bu –
====
firma mahsulot ishlab chiqarmasa ham sarflanadigan xarajatlar;
====
Firmaning o‘zgaruvchi xarajatlari bu –
====
mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘liq xarajatlar;
====
Me’yoriy xarajatlar bu –
====
qo‘shimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan qo‘shimcha xarajatlar;
====
Firmaning umumiy (yalpi) xarajatlari (TC) bu –
====
doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi;
====
Iqtisodiy foydaning o‘sishi raqobatli bozorda nimaga olib keladi?
====
tarmoqqa yangi firmalar kirib kelishiga;
====
Uzoq muddatli davrda …
====
hamma xarajatlar o‘zgaruvchan bo‘ladi;
====
Quyidagilardan qaysi biri qisqa davrda o‘zgaruvchi xarajatlar hisoblanadi?
====
Xom ashyo va material xarajatlari;
====
Quyidagi sarf-xarajatlardan qaysi biri mahsulotning moddiy-buyum shaklini belgilab beradi.
====
Xom ashyo va materiallar;
====
Quyidagilardan qaysi biri korxona uchun ichki xarajat hisoblanadi?
====
bino va inshootlar amortizatsiyasi;
====
Korxonaning sof foydasi 50 ming so‘m, ishlab chiqarish xarajatlari 200 ming so‘m bo‘lganda,
foyda normasi qanday miqdorni tashkil qiladi?
====
25%;
====
Ishlab chiqarish jarayoniga resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish natijasida yuzaga
keladigan sarf – xarajatlar qanday nomlanadi?
====
ishlab chiqarish xarajatlari;
====
Iqtisodiy xarajatlarning resurslar jalb qilinish manbaiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang?
====
tashqi xarajatlar;
====
Umumiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati xarajatlarning qaysi
turini tavsiflaydi?
====
o‘rtacha umumiy xarajatlar;
====
Doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati xarajatlarning qanday
turini tavsiflaydi?
====
o‘rtacha doimiy xarajatlar;
====
O‘zgaruvchi xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati orqali aniqlangan turi
qanday nomlanadi?
====
o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar;
====
“O‘rtacha xarajat” tushunchasining ta’rifini toping?
====
mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilingan xarajat;
====
Mahsulot (xizmat) sotishdan olingan pul tushumlari va qilingan sarf–xarajatlar o‘rtasidagi farq
qanday ko‘rsatkich?
====
umumiy yoki yalpi foyda;
====
Foydaning ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizdagi ifodasi qanday ko‘rsatkich?
====
foyda normasi;
====
Foyda miqdorini belgilab beruvchi asosiy omillarni toping?
====
ishlab chiqarish xarajatlari, sotiladigan mahsulot miqdori,bozor narxlari;
====
Iste’mol tovar (xizmat) lari narxi 150 % ga tushib, nominal ish haqi 150 % ga oshsa, real ish haqi
darajasi qanday o‘zgaradi?
====
real ish haqi 3,0 marta ortadi;
====
Quyidagi omillardan qaysi biri real ish haqi darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi?
====
tovarlar bozordagi raqobat;
====
Resurslar bozorida ish haqi nimani ifoda etadi?
====
ishchi kuchi narxini;
====
Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ishning hajmiga qarab belgilanadigan
ish haqi qanday nomlanadi?
====
Ishbay ish xaqi;
====
Quyidagilardan qaysi birida vaqtbay ish haqi qo‘llanilmaydi?
====
mehnatning natijalarini aniq hisoblash mumkin bo‘lgan sohalarda.
====
Davlatning mehnat munosabatlariga ta’sir ko‘rsatish usullaridan qaysi biri ishchi kuchi
bozorining har qanday turida ish haqi darajasini bevosita tartibga solib turishga qaratiladi.
====
ish haqining eng kam darajasini o‘rnatishi va o‘zgartirish;
====
Kasaba uyushmalarning ish haqini oshirishga qaratilgan chora–tadbirlaridan qaysi biri ishchi
kuchi taklifini qisqartirishga olib keladi?
====
pensiyaga o‘z vaqtida chiqishni qo‘llab – quvvatlash;
====
Mehnat tushunchasining to‘g‘ri ta’rifini toping:
====
kishilarning maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyati
====
Yer taklifi ...
====
mutloq noegiluvchan;
====
Yer rentasi miqdoran ortadi (boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda), agar:
====
yerga talab ortsa;
====
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabning ortishi boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda,
====
yer rentasi miqdorini ko‘paytiradi;
====
Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va iste’molchilarga nisbatan joylanishidagi farqtufayli
vujudga keladigan renta
====
differensial renta- I;
====
Ijara haqi qachon yer rentasiga teng bo‘ladi?
====
yer uchastkalarida ijara shartnomasi tuzilgunga qadar asosiykapital mavjud bo‘lmasa;
====
Yer rentasi darajasini belgilab beruvchi asosiy omilni aniqlang
====
yerning unumdorligi;
====
Download