Uploaded by QIROL VAXWEbek

1-mustaqil ishga nazariy savollar

advertisement
1-mustaqil ish uchun nazariy savollar
1. Haqiqiy sonlar deb nimaga aytiladi?
2. Chegaralangan to‘plamga ta’rif bering.
3. To‘plamning aniq quyi va aniq yuqori chegarasini ayting.
4. Haqiqiy sonlar ustida qanday amallar o‘rnatilgan
5. Sonlar ketma-ketligiga ta’rif bering.
6. Ketma-ketlikning yuqoridan chegaralanganligini ayting.
7. Ketma-ketlikning yuqoridan chegaralanmaganligini ayting.
8. Ketma-ketlikning quyidan chegaralanganligini ayting.
9. Ketma-ketlikning quyidan chegaralanmaganligini ayting.
10. Sonli ketma-ketlikni chegaralanganligini ayting.
11. Nuqtaning atrofiga ta’rif bering.
12. Sonli ketma- ketlikka ta’rif bering.
13. Yaqinlashuvchi ketma-ketlik deb nimaga aytiladi?
14. Uzoqlashuvchi ketma-ketlik deb nimaga aytiladi?
15. Sonli ketma- ketlik limitining Geyniy ta’rifini ayting.
16. Sonli ketma- ketlik limitining Koshi ta’rifini ayting.
17. Yaqinlashuvchi ketma-ketlik xossalarini ayting.
18. Yaqinlashuvchi ketma-ketliklar ustida arifmetik amallarni ayting.
19. Cheksiz katta va cheksiz kichik ketma-ketliklarga ta’rif bering.
20. Monoton ketma-ketlikka ta’rif bering.
21. O‘suvchi ketma-ketlik qachon yaqinlashuvchi bo‘ladi?
22. Kamayuvchi ketma-ketlik qachon yaqinlashuvchi bo‘ladi?
23. Qanday segmentlar (kesmalar) ichma-ich joylashgan deyiladi?
24. Ichma-ich joylashgan segmentlar prinsipini ayting.
25. Qismiy ketma-ketlik ta’rifini ayting.
26. Ketma-ketlikning yuqori va quyi limitini ayting.
27. Ketma –ketlik yaqinlashishining Koshi kriterisini ayting.
28. Bolsano-Veyyershtrass teoremasini ayting (qismiy ketma-ketlik xaqidagi)
29. Funksiyaga ta’rif bering.
30. Funksiya qanday usullarda beriladi?
31. Juft , toq funksiyaga ta’rif bering.
32. Qanday funksiya chegaralangan deyiladi?
33. Qachon berilgan funksiyaga teskari funksiya mavjud?
34. Funksiyani limitiga ta’rif bering.
35. Limitga ega funksiyaning xossalarini ayting.
36. Funksiyaning bir tomonlama limitlarini ta’riflang.
37. Ajoyib limitlarni yozing.
38. Cheksiz kichik va cheksiz katta funksiyalar.
39. Qachon funksiya biror nuqtada uzluksiz deyiladi?
40. Funksiyaning bir tomonlama uzluksizligini ayting.
41. Qachon funksiya bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan uzulish nuqtasiga ega
bo‘ladi?
42. Funksiyaning 1 tur uzulish nuqtasini ta’riflang.
43. Funksiyaning 2 tur uzulish nuqtasini ta’riflang.
44. Uzluksiz funksiyaning lokal xossalarini ayting.
45. Monoton funksiyaning uzluksizligi xaqidagi teoremani ayting.
46. Monoton funksiya qachon uzluksiz bo‘ladi?
47. Kesmada uzluksiz funksiyaning kesmaga tegishli nuqtada nolga teng
bo‘lishligi xaqidagi teoremani (Bolsano-Koshining 1- teoremasi) ayting.
48. Kesmada uzluksiz funksiya uchun Bolsano-Koshining 2- teoremasini ayting.
49. Kesmada uzluksiz funksiya uchun Veyyershtrassning 1- teoremasini ayting.
50. Kesmada uzluksiz funksiya uchun Veyyershtrassning 2- teoremasini ayting.
51. Tekis uzluksizlik ta’rifini ayting.
52. Kantor teoremasini ayting.
Download