Загрузил saminjonovmuslim

Dilorom To'xtayeva Inson huquqlari

Реклама
INSON HUQUQLARI VA MANFAATLARI QONUN
HIMOYASIDA.
D. To'xtayeva ADU Pedagogika fakulteti talabasi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi - insoniyat taraqqiyotining eng ezgu
maqsadlari va demokratik qadriyatlar timsoli bo'lgan g'oyat muhim hujjatdir. Bosh
assambleya Birlashgan Millatlar xalqlari insonning asosiy huquqlariga, shaxsning
qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqliligiga hamda yanada kengroq
erkinlikda
ijtimoiy
taraqqiyot
va
turmush
sharoitlarini
yaxshilashga
ko'maklashishga ahd qilganliklarini e'tiborga olib 1948- yil 10- dekabrda 217
ko'rsatmasi bilan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini" qabul qildi.
Mazkur inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha
davlatlar bajarishga intilishi lozim bo'lgan vazifa sifatida e'lon qilar ekan, bundan
muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu
Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma'rifat va ta'lim yo'li bilan bu huquq va
erkinliklarning hurmat qilinishiga ko'maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar
tadbirlar orqali ham uning bajarilishi ta'minlanishiga davlatlar xalqlari o'rtasida
do'stlik aloqalarini o'rnatishga intilishlari zarur. Mazkur deklaratsiyani qabul qilish
orqali dunyodagi barcha xalqlar, millat va ularning huquqlarini kafolatlash hamda
himoya qilish kabi umumbashariy qadriyatlar bo'lgan millatlararo totuvlik go'yasi
ilgari surildi. Millatlararo totuvlik muayyan jamiyatda yashab yagona maqsad
yo'lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillari ahilligining ma'naviy asosini
mustahkamlaydi. Shu hududdagi tinchlik va barqarorlik hamda taraqqiyotning
kafolati bo'lib xizmat qiladi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 2moddasida har bir inson irqi, tanasining ranggi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa
e'tiqodlaridan, millati yoki ijtimoiy kelib chiqishi, tabaqasi yoki boshqa holatidan
qat'iy nazar barcha huquq va barcha erkinliklarga ega bo'lishi zarurligi belgilab
qo'yilgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini
himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Istiqlolga erishgandan so'ng,
O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro hujjatlardan biri "
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" edi. Demokratik, huquqiy davlatdan
kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lini tanlagan O'zbekiston inson huquqlari
va manfaatlarini jamiyat rivojlantirish va davlat qurilishining butun ichki va tashqi
siyosatining eng ustuvor yo'nalishi etib belgiladi. Inson huquqlari sohasida
uzluksiz ta'lm va ma'rifiy ishlar tizimi shakllanib kelmoqda. Xususan, huquq
himoyasi mavzusida barcha maktab, litsey, kollej va oliy ta'lim muassasalarida
inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari o'rganilmoqda. O'zbekiston
inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini to'la to'kis bajarib kelmoqda.
2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor
yo'nalishi
bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga
oshirish doirasida mamlakatning xalqaro munosabatlarining to'la huquqli subyekti
sifatidagi o'rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar
qatoridan o'rin olish O'zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin
qo'shnichilik
muhitini
yaratish
bo'yicha
izchil
chora-
tadbirlar
amalga
oshirilmoqda. O'tgan yil mamlakatimizda "Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari " yili deb e'lon qilingan edi. Bu borada odamlarning talab va istaklarini
ro'yobga chiqarish, huquq va manfaatlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor
yo'nalishiga
aylandi.
Joylarda
tashkil
etilgan
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining xalq qabulxonalari aholining huquq va qonuniy manfaatlarini
ta'minlashga hali- hanuz xizmat qilmoqda. Shuningdek, internet tarmog'ida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi ochildi. Bu esa,
fuqarolarning o'z konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishi to'g'risidagi
murojaatlari xolisona va har tomonlama ko'rib chiqishini ta'minlaydi, ular bo'yicha
qonun hujjatlariga muvofiq chora- tadbirlar ko'radi. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev
1-
navbatda
O'zbekistonning
inson
huquqlari
bo'yicha
yondashuvlarining asosiy nuqtasini, ya'ni inson huquqlarini har tomonlama himoya
qilish O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli tarkibiy islohotlarning
ustuvor yo'nalishi ekanligini alohida qayd etadi. O'zbekistonning asosiy maqsadi
ham demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishdan iborat.
Deklaratsiya O'zbekiston Respoublikasida inson huquqlarini himoya qilish
borasida jahon andozalariga mos huquqiy tizim ishlab chiqish uchun tamal toshi
vazifasini bajardi. Shu kungacha Respublikada inson huquqlarini himoya qilishga
oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi va ular xalqaro me'yorlar va andozlarga
muvofiqlashtirilgan. Eng muhimi, qabul qilingan qarorlar va amaliy harakatlar
natijasida xalqning davlatga bo'lgan ishonchi ortmoqda. Odamlar davlatga emas,
davlat odamlarga xizmat qilishi ta'minlanmoqda.
Скачать