Загрузил BEKUZBEK9515

22.33-guruh talabasi Hasanboyeva Mubinaxonning Umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti

реклама
22.33-guruh talabasi Hasanboyeva
Mubinaxonning Umumiy psixologiya
fanidan tayyorlagan
MAVZU:Qobiliyat va uning rivojlanishi
Reja:
1.Qobiliyat tushunchasiga ta’rif.
2.Qobiliyatni shakllantirish shartlari.
3.Qobiliyat turlari.
QOBILIYAT-- insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat
bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Qobiliyat
shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi.
Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan
inom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan Qobiliyat
aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning
egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday Qobiliyat turi
shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan
boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga
oladi. Shuning uchun Qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini
emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu
faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat
beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim.
Barcha Qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni
fahmlash, obʼyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish
koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va
hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va
rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy
manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir
faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda,
moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda q. ichki
imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik,
mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobiliyat
umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak
aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi.
Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi
mumkin. Qobiliyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn
nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish,
Qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik
alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida
yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali
rivojlantirish yoʻllari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik
(qarang Daho) namoyon boʻladi. Qobilyatlar aslida tug'ma bo'ladi.
Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, konikma,
malakalarini egallash shu xususiyatlarga bogliq boladi. Lekin, bu
xususiyatlarning ozi bu bilim va konikmalarga taalluqli bolmaydi. Malaka,
konikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat
tarzida namoyon boladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bolib, biror bir
ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon boladigan musiqaga
qobiliyati uning musiqachi bolishi uchun imkoniyatlar, maxsus talim berilishi,
qatiylik, salomatligining yaxshi bolishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa
kopgina sharoitlar bolishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq
sonib ketishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon boladi. Shuning uchun ham faqat ana shu
qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bolmagan faoliyatlardagina namoyon
boladi. oquvchida ham zaruriy konikma va malaka tizimi hamda mustahkam
bilimlar tarkib topish uslublari yoqligiga asoslanib, jiddiy tekshirib korilsa,
shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yoq, deb xulosa chiqarish pedagogning
jiddiy psixologik xatosi boladi.
Masalan, Albert Eynshteyn orta maktabda uncha yaxshi oqimaydigan oquvchi
hisoblangan va uning kelajakda genial bolishidan hech narsa dalolat bermas edi.
Qobiliyat bilim va malakalarning ozida korinmaydi, balki ularni egallash tizimida
namoyon boladi yani, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim
bolgan bilim va konikmalarni ozlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik
tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon boladi.
Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bolishi bilan aql sifatlari xotira
xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qoyib
bolmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga
qoyish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning
yigindisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar tasiri bilan tarkib
topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb
hisoblashiga asos boladi.
Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat bilim
olish uchun zaruriy shart-sharoit bolib, shuning bilan birga u malum darajada
bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni ozlashtirish,
shuningdek, kasbiy konikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat
mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq turadigan
tushunchalar konikma va malakadir
Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. qamda ular qobiliyat bilan
birgalikda mahoratga erishishni taminlaydilarki, buning natijasida mehnatda
katta yutuqlar qolga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson kop narsaga
erisha olmaydi. qobiliyat konikmada royobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining konikma va malakalari kop qirrali va
mukammallashgan boladi. Shuning bilan birga konikma va malalakalar
yetishmagan qobiliyatni bir muncha toldirish yoki undagi kamchilikni tugatish
mumkin. Konikmalarni umumlashmasi moxirlik deb ataladi. Moxirlik bu endi
qobiliyatning ozginasidir. Demak, qobiliyat konikma va malakalarning paydo
bolishi jarayonida shakllanadi.
Har qanday qobiliyat ham murakkab bolib, u kishiga turli-tuman talablar
qoyadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi
faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun oz qobiliyatliligini
korsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bolsa, shaxs
mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb ba?olanadi. Har
bir qobiliyatning oziga xos tuzilishi mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va
yetakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq
qilish lozim.
Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish
konikmasidir. Bu individual narsaning oziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun
boshlangich materialni kora bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi
xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi.
Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat
talablariga muvofiq ravishda oziga xos tuzilishda boladi), emosionallik, ya'ni
his tuyguga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi) va
shunga oxshashlar.
Amaliy faoliyatning ba'zi korinishlarida shaxsning irodasi oldingi oringa chiqadi. qobiliyat
tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning
bosqichlarida turlicha bolishi mumkin. Demak, tuzilish ham barqaror, ham ozgaruvchandir.
Qobiliyatlarning miqdor va sifat tavsifi
Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning
asosida tafovutlanadigan xislatlar fazilatlar yotadi. Shuning uchun har bir shaxsda bir xil
natija bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar oz qobiliyatlari boyicha bir-birlaridan
muayyan darajada farq qiladilar, binobarin ular ortasidagi farqlar sifat va miqdor jiqatidan
bolishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik
xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatlarining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini
anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qoyiladigan talablarni shaxs tomonidan
qay yosinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa
odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechoglik tez, yengil, puxta foydalana olishini
namoyish qiladi.
Oquvchining qobiliyatlari nimaga namoyon bolishini va binobarin oquvchi shaxsini qanday
individual psixologik xususiyatlari faoliyatni qay darajada bajarish qobiliyatiga ega ekanligi,
ya'ni oquvchining boshqalarga nisbatan malaka va bilimlarni qanchalik tez, yengil va
mustahkam egallab olishini bilish pedagog uchun muhimdir
Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga har turli yollar
bilan borishga imkon beruvchi "ozgaruvchan miqdor" toplami sifatida, faoliyat
muvaffaqiyatini ta'minlovchi inson psixologik xususiyatlarining yigindisi sifatida
koriladi. Bir xususiyatlarni ornini ikkinchi bir xususiyatlar bilan bosishning keng
imkoniyatlari mavjud, buni odam ozida chindan qat'iylik bilan ishlash orqali
rivojlantirishi mumkin. Pedagog va psixolog Skolovinskiy kor-kar
Olga Skoroxodovada faqat ilmiy xodimlik qobiliyatini emas, balki adabiy qobiliyat
bilan, boshqarish yordami bilan toldirish xususiyati har bir odam oldida kasb
tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi.
Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohasida
(pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan "ozini topa oladi" va qanday
qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob berish
imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni olchash muammosi
bilan koproq chet el psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va boshqalar
shugullanganlar. Ular kattalarda kobiliyatni olchash usuli sifatida aqliy iste'dod
testlaridan foydalanganlar. Bolaning aqliy iste'dod koeffisenti
I Q aqliy yoshi
Bolaning haqiqiy yoshi
Bu usul odamning aqliy qobiliyatlar egasi ekanligini emas, balki odamda
qobiliyatlar bilan aralashtirib bolmaydigan biror bir xildagi ma'lumotlar,
konikma va malakalar borligini namoyon qiladi.
L.S.Vigotskiy bu usulni tanqid qilib, ozining kelajak taraqqiyot zonasini
belgilash "metodi" deb ataladigan usulini taklif qildi. Qobiliyatlar odamning
faoliyatidan tashqarida mavjud bolmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa
ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon boladi.
Qobiliyatlar tasnifi
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi:
1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bolib, idrok qilish
xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik
jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bolish
jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan
hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2.Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bolib, ijtimoiy hayot
va taraqqiyotni ta'minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar oz navbatida umumiy
va xususiy qobiliyatlarga bolinadi.
3.Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta'minlovchi
aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qol harakatlarini aniqligi va
boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir
faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning
bolinishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga
bolgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi.
Jumladan, umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni
ta'minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq
bunday tushuncha tor va notogridir, chunki intellektual taraqqiyot faqat
ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat
faoliyatning hamma turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta'sir qiladi, deb
hisoblovchi psixologlar
topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat
universal ahamiyatga ega bolgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar
haqida gapirib otirishning hojati yoq.
Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan
oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yigindisi
ta'sirini kozda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy
yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi
faoliyat bolib ajralib turadi. Bu faoliyat tugma spesifik zehn nishonalariga mos
tushishi mumkin.
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko’p
qirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko’rsatib berdi. Ana shu tadqiqot
ma’lumotlaridan foydalani, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o’rin
egallaydigan qator komponentlar /tarkibiy qismlar/ ni ajratib ko’rsatish
mumkin:
Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o’quv materialini aniq va ravshan
tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqsh uyg’otib, ularda
mustaqil faol fikrlashni uyg’ota biladigan qobiliyatlardir.Didaktik qobiliyatga ega
bo’lgan o’qituvchi zarurat tug’ilganda qiyin o’quv materialini – osonroq,
murakkabrog’ini soddaroq, tushunish qiyin bo’lganini tushunarliroq qilib
o’quvchilarga moslashtirib bora oladi.O’qituvchining manna shu xislatlarini bilib
olgan o’quvchilar odatda: «O’qituvchining eng muxim tomoni ham uning
hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishidada. Bunday
o’qituvchining qo’lida maza qilib o’qiging keladi»; «Unisi esa hyech narsaga
yaramaydigan o’qituvchi, hyecham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «O’quv
materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek,
zerikarli va noaniq – mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o’qituvchilarni
yoqtirmaymiz»-deydilar.
Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot,
tarix va boshqa shu kabi fanlarga xos qobiliyatlardir.Qobiliyatli o’qituvchi o’z
fanini faqat kurs hajmidagi emas balki atroflicha keng, chuo’ur bilib, bu
soxada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib,
o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga kata qiziqish bilan qaraydi
hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko’pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o’qituvchi o’z Fani buyicha
yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib xayratda qoldirish,
o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har
tomonlama mazmunli, keng erudisiyali /bilimdon/ odam bo’lmog’i lozim.
Bunday o’qituvchilar haqida o’quvchilar «Maxmud aka xudi professorning
o’ziginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta soxasi bormikin deb tez-tez uylab
turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan
o’quvchilar o’z o’qituvchisi haqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha
bilimi yo’q» deb butunlay teskarisini aytsalar juda alam qiladi.
Perseptiv qobiliyatlar – bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki
dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining
vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini tushuna
bilishdan iborat qobiliyatlardir.Qobiliyatli o’qituvchi bolalarning har qanday
mayda-chuyda xatti-harakatlarida, erkin ifodalanadigan ayrim holatlarida
hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o’zgarishlarni
sezdirmasdan ilib oladi. Ana shunday hollarda o’quvchilar: «Muhabbat opa
kimningdir kayfiyatida o’zgarishlar bo’lsa yoki kimdir dars tayyorlamasdan
kelgan bo’lsa ko’ziga qaraboq bilib oladi», «Bizning o’qituvchimiz xech
qayoqqa qaramasa ham, hamma narsani ko’rib turadi» deydilar.
Nutq qobiliyati – kishining o’z to’yg’u-xislarini nutq yordamida, shu bilan
birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab
berish qobiliyatidir. Bu o’qituvchilik kasbiga muxim qobiliyatlardandir.
Chunki o’qituvchidan o’quvchilarga axborot asosan ikkinchi signal tizimi –
nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi
xususiyatlari nazarda tutiladi.
Tashkilotchilik qobiliyati – bu birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtira
bilish, bunday jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o’zining shaxsiy ishini
to’g’ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
O’quvchilar o’z o’qituvchilari haqida turlicha fikrda bo’ladilar. Jumladan, ayrim
o’quvchilar: «…Biz Azim akani juda yaxshi ko’ramiz. Ular sinfimizda bir
pasning ichida , juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib,
barchamizni o’zining po’xtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan
hayratda qoldiradilar» desalar, ayrim o’quvchilar: «Sobir akamlar bizning
ixlosimizni qaytarib, xafsalamizni bir pul qiladilr. Ular ko’p ishga urinadilaru,
ammo birortasini ham oxriga yetkazmaydi…» deydilar. Ba’zan ayrim
o’quvchilarning o’z o’qituvchisi haqida: «…Nodira opalar biz bilan xudi ona
tovuqdek ovora bo’ladilar. Agar biz shuxlik qila boshlasak, ular o’zlarini
kurmaslikka, payqamaslikka soladilar. Ajoyib ayol edi-yu, ammo uning
darsida hyech kim hyech narsa qilmas edi-da…» degan fikrlarini ham eshitish
mumkin.
O’qituvchining o’z ishini tashkil qila bilishi bhdeganda uning o’z ishini to’g’ri
rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda
vaqtga nisbatan o’ziga xos sezuvchanlik – ishni vaqt buyicha to’g’ri
taqsimlab, mo’ljallangan vaqtdan to’g’ri foydalana olish ko’nikmasi paydo
bo’ladi.
Dars dasomida, albatta, ko’p hollarda vaqtni bexuda yo’qotish ham mumkin.
Lekin bu yo’qolgan vaqt dars rejasini tuzatish zaruriyati tug’ilgan xollarda
bo’lishi mumkin. Tajribali o’qituvchilar vaqtni seza bilishni o’rganish uchun dars
rejasi yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilab olib borishni tavsiya
etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalar davomida
mabodo ko’zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun
qanday qo’shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt qolgan taqdirda qanday
materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.
Avtoritar qobiliyati – bu o’quvchilarga bevosita emosional-irodaviy ta’sir
etib, ularda obru orttira bilishdan iborat qobiliyatlardir.
Avtoritar qobiliyat o’qituvchining rostguyligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta
bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy
xislatlarga, shu bilan birga o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his
etishi, uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira
olganligiga ishonch kabi xislatlariga ham bog’liqdir.
O’quvchilar /ayniqsa o’qil bolalar, o’spirinlar – buni alohida ta’kidlab o’tish
kerak/ talab qilishni biladigan, o’quvchilarni majbur qilmagan va do’q-pupisa
qilmagan, shu bilan birga bexuda rasmiyatchilikka yo’l qo’ymagan holda o’z
aytganini qildira oladigan o’qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Shu munosabat
bilan o’quvchilarning o’qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltiramiz:
Kommunikativlik qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga,
o’quvchilarga yoshdoshish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan
pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga
pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o’rganishda psixolog I.V.Straxov benixoya katta
hissa qo’shgan. Uning fikricha bunda muximi o’quvchilarga ta’sir etishning
eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo’llashda maqsadga
muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni
hisobga olish, o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning
imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri – har qanday pedagogik ta’sirga
nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni his eta bilishdan iboratdir. Farosatli
o’qituvchi bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual
psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. «U biz bilan hayron qolarli
darajada ajoyib yaqin do’stlarcha yaxshi munosabatda bo’ladi»; «Bizning tarix
o’qituvchimizning kuchli tomoni – o’qituvchining o’quvchilar oldida
xushomadguylik qilishidir
Pedagogik xayol – kishining o’quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan
loyixalashtirishda qz ish harakatlarining natijasini oldindan kura bilishda
namoyon bo’ladigan maxsus qobiliyatidir. Bu qobiliyat o’qituvchi ma’lum
o’quvchidan
kelgusida
Kim
chiqishini
ko’z
oldiga
keltirishida,
tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarning o’sib rivojlanishini oldindan
ko’ra bilishida namoyon bo’ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning
kuchiga, o’quvchiga bo’lgan ishonch bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham
o’quvchilar ayrim o’qituvchilar to’g’risida «Axmad akamlar, chamasi
ichimizdagi eng yaramaslariga ham ishonchlarini yo’qotmasdilar, shuning
uchun ham biz ularni hurmat qilardik» degan fikrlarni izxor qiladilar.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bu qobiliyat bir vaqtning o’zida
diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida
g’oyat muxim axamiyatga egadir.
Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat-e’tiborini o’quv materialining
qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib
qanday ochib berishga yoki o’quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan bir
vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni kuzatibyu, ularning toliqqantoliqmaganligiga,
e’tiborli
yoki
e’tiborsizligiga,
darsni
tushinishtushunishmasligiga e’tibor berib, o’quvchining intizomini kuzatadi hamda,
oqibat natijada o’zining shaxsiy-xulq atvoriga /yurish-turishga, o’zini tutishiga
mimika va pontamimikasiga/ e’tibor beradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Скачать