Uploaded by otabek.937507778

4 Laboratorya PJN

advertisement
Тошкент давлат транспорт университети
Laboratorya mashg’uloti №3
Avtomatik payvandlash uskunasini MZ1250
ishlash prinsipini o‘rganish.
Тoшкент - 2022
Avtomatik va yarim avtomatik payvandlash
 Avtomatik payvandlash uchun uskunalar ishining prinsipi elektrod simni
uzatish va payvandlash apparatini avtomatik ravishda siljitishdan iborat .
 Yarim avtomatik payvandlash uchun esa faqat elektrod simni uzatish
avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Avtomat traktor yoki o‘zi yurar avtomatik boshchasi, boshqaruv
apparaturasi va o‘zgaruvchan yoki doimiy tok manbaidan tashkil
topgan. Elektrod simni mexanizatsiyalashtirilgan uzatmasi
traktorning bir uskunasi hisoblangan uzatuvchi mexanizm
tomonidan amalga oshiriladi. Kassetadan simni aylantirib oluvchi va
uni kontakt qism yordamida elektr yoy zonasiga uzatuvchi
mexanizm roliklari, kamaytiruvchi reduktor orqali elektr dvigateldan
aylantiriladi.
Avtomatik payvandlash uskunasi

Traktorning barcha uskunalari, ya’ni uzatuvchi mexanizmi, elektr simi bo‘lgan kassetasi,
boshqaruv pulti va o‘lchov asboblari, to‘g‘rilash moslamalari va ximoya gaz baloni, o‘ziyurar
aravachaga (koretkaga) joylashtirilgan. Aravachani harakatga keltirish, kamaytiruvchi reduktor orqali
elektr dvigateldan amalga oshiriladi. Traktor bevosita payvandlovchi mahsulot yoki yo‘naltiruvchisi
bo‘lgan qo‘shimcha moslama orqali harakatlanishi mumkin.
4.1-rasm

Metallarni flyus qatlami ostida payvandlash Bu usulda qalinligi
2-100 mm gacha bo‘lgan po‘latlar, Cu, Al, Ti va ularning
qotishmalarini payvandlashda keng foydalaniladi. Bunda elektr yoy,
suqlanayotgan metall flyus qatlami ostida bo‘lgani sababli metall
vanna havo gazlari (N2, O2 va boshqalar)ning zararli ta’siridan
saqlanadi hamda yoy barqaror yonadi. Metall vannadagi temit
oksididan temir qaytarilib va legirlangan sifatli choklar hosil
qilinadi. Aynqsa jarayonning uzluksiz katta tezlikda kechishi ish
unumini keskin oshiradi. 4.2- rasmda metallarni flyus qatlami ostida
metall elektrod simlar bilan yoy yordamida uchma-uch avtomatik
payvandlab chok hosil qilish sxemasi keltirilgan. Sxemadan
ko‘rinadiki, elektr yoy va elektrod sim 1 bilan asosiy metall 7
orasida yonib, u ajratayotgan issiqlikda elektrod sim uchi hamda
asosiy metall va flyusning bir qismi suyuqlanadi.
Yoyning yonish joyida erigan flyus bilan payvandlash
vannasi orasida metall, flyus bug‘i va gaz bilan
to‘lgan zona qosil bo‘ladi. Yoy esa vertikal holatdan
payvandlash yo‘nalishiga teskari tomonga bir oz
og‘adi. Ajralayotgan suyuq shlak metalldan engilligi
sababli uning sirtiga ko‘tariladi. Shlakning issiqlikni
yomon o‘tkazishi, flyus qatlami ostida bulishi va chok
metllining sekin sovishi natijasida metall vanna unda
erigan gaz va metallmas qo‘shimchalardan deyarli
tozalanadi.

Payvandlashda chok sirtidagi suyuqlanmagan flyusning bir qismi esa
pinevmatik qurilma yordamida bunkerga surila boradi. CHok payvandlab
bo‘lingach, uning sirtidagi shlak qatlami osongina ajratiladi. (4.1-rasm).
Payvandlashda elektrod simni yoyga uzatish va uni chok bo‘ylab yurg’izish
uzatish mexanizmi bilan avtomatikaviy holda bajariladi. Elektr toki esa
elektrod-simga tok uzatgich orqali yuboriladi. Metallarni avtomatikaviy
payvandlash tubandagi ikki xil avtomatlarda olib boriladi. 1. Payvandlash
kallaklari (golovkalari) bilan; 2. Payvandlash traktorlari bilan. Payvandlash
kallaklari qo‘zg‘almas bo‘lib, payvandlashda payvandlanadigan buyum
ilgarilama yoki aylanma harakatlantiriladi. 4.2-rasmda payvandlash traktorining
umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Avtomatik payvandlashning dastaki usulda
payvandlashdan quyidagi avzalliklari bor: 1. Tok kuchining ancha kattaligi
(300-2000A) va prosessning uzluksiz olib borilishi sababli ish unumining
ortiqligi (10-25 marta). 2. Qoplamasiz elektrod-simlar ishlatilishi. 3. Vannaning
flyus qatlamida himoyalanishi, metallning intensiv qaytarilishi, suyuq shlag
hisobiga legirlanishi va chokning sekin sovib borishi hisobiga sifatining ortishi.
4.2-rasm
Metallarni flyus qatlami ostida payvandlash
Jarayon nimadan iborat?
Elektr yoy flyus qatlami ostida yopiq
bo’shliqda yonadi. Ustidan yoy erigan shlak
qatlami bilan, tagidan payvand vanna bilan
chegaralanadi..
4.3-rasm
Bu usulning afzalliklari nima?
Flyus ostida payvandlash yuqorii unumli
(4-5 marta dastakiga nisbatan yuqori),
jarayon oson avtomatlashtiriladi, chok sifati
juda yuqori bo’ladi.
Payvand zona atrof muhitdan
yohpiq bo’lgani uchun chok yaxshi
ximoyalanadi, flyus suyuq metallni
sachrab ketmasligini ta’minlaydi,
chok sekin soviydi, ichki zo’riqishlar
kam bo’ladi.
2. Flyus оstidа yoy bilаn eritib qоplаsh.

Bаjаrilish usuligа ko‘rа аvtоmаtik yoki yarim аvtоmаtik,
ishlаtilаdigаn simlаr sоnigа ko‘rа esа bir elеktrоdli vа ko‘p
elеktrоdli bo‘lishi mumkin. Flyus оstidа eritib qоplаsh uchun
ishlаtilаdigаn simlаr kоnstruksiyasi bo‘yichа yalаng vа kukun
to‘ldirilgаn, shаkligа ko‘rа dоirаviy hamda tаsmаsimоn bo‘lаdi
(4.4 - rаsm).
4.4-rаsm. Flyus оstidа yoy
bilаn eritib qоplаsh:
а – elеktrоd tаsmа;
b – ko‘p elеktrоdli.

Metallarni flyus qatlami ostida yarim avtomatikaviy usulda payvandlash Bu
usuldan qisqa, uzlukli va istalgan shaklli sifatli choklar bostirishda foydalaniladi.
Bu usulning yuqoridagi tanishilgan avtomatik payvandlash usulidan farqi
shundaki, bunda payvandlash elektrod-simini payvandchi qo‘lida zaruriy erga
suradi. Yarim avtomatik payvandlashda shlang tipidagi apparatlardan
foydalaniladi. 4.5-rasmda bunday apparatning umumiy ko‘rinishi keltirilgan.
ETIBORIZ UCHUN RAXMAT
Download