Uploaded by Doniyor Bekchanov

Buyuk Ipak yóli 2

advertisement
Buyuk
Ipak yo‘li
Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G‘arb xalqlari
o‘rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari
taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur
bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi.
Bu yo‘l miloddan avvalgi II asrda vujudga kelgan
va «Buyuk meridianal yo‘l» deb atalgan.
Bu yo‘lga «Ipak yo‘li» degan nom 1877-yilda
nemis geografi F.Rixtgofen tomonidan berilgan.
Eng qadimgi yo‘llardan biri miloddan avvalgi
3–2- mingyillikda vujudga kelgan «La’l yo‘li»dir. U
Pomir tog‘laridan boshlanib Eron, Old Osiyo va Misr
orqali o’tgan.
Buyuk Ipak yo’li 12 ming kilometrgacha uzunlikda
bo’lgan.
U Sariq dengizdan boshlanib, Sharqiy Turkiston,
O’rta Osiyo, Eron, Mesopatamiya orqali O’rtayer
dengizi sohillarigacha borgan.
Bu yo’lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand,
Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha
qadimiy shaharlar joylashgan.
Xitoydan guruch keltirilgan, O’rta Osiyo
viloyatlaridan Xitoyga uzum, yong’oq, anor va
boshqa dehqonchilik mahsulotlari tashilgan.
Chjan Syan yurgan yo‘l bo‘ylab miloddan avvalgi II–I
asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G’arbiy
Osiyo bilan bog’lovchi jaxon ahamiyatiga ega Buyuk
Ipak yo‘li deb ataluvchi karvon yo‘li o‘tadigan bo‘ldi.
Buyuk Ipak yo‘lining
tarixi Sharq va G‘arb
xalqlarining
keng miqyosdagi
madaniy aloqalari
va savdo ayirboshlashi
tarixidir.
O’rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo‘li tufayli
Sharq va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti va
madaniyati bilan oshno bo‘lganlar.
Buyuk Ipak yo‘li Sharq va G‘arb mamlakatlari
xalqlarini o’zaro madaniy aloqalaridan
bahramand bo‘lish imkonini berdi.
O’rta Osiyo bu yo’lning asosiy yo’nalishlari kesib
o’tadigan markazida joylashgan. Bu yerga turli
mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va
musiqachilar tashrif buyurar edilar.
Buyuk Ipak yo’li sharofati bilan O’rta Osiyo
xalqlaqri G‘arb va Sharqning iqtisodiy va
madaniy yutuqlari bilan tanishdilar.
Savol va topshiriqlar
1. Jahonning ko‘plab mamlakatlarini bog‘lab turuvchi karvon
yo‘llari tarmog‘ini birinchi bo‘lib kim «Ipak yo‘li» deb atadi?
2. Buyuk Ipak yo’lining uzunligi qancha?
3. O’zbekistonning qaysi shaharlari Buyuk Ipak yo‘lida
joylashgan
4. Yozuvsiz xaritada Buyuk Ipak yo’lining O’zbekiston
hududidagi tarmoqlarini belgilang.
5. Savdogarlar Buyuk Ipak yo’li bo’ylab qaysi mamlakatlardan
nimalarni keltirishgan?
6. Buyuk Ipak yo’li jahon mamlakatlari va ayniqsa, O’rta Osiyo
tarixida qanday ahamiyat kasb etgan?
Download