3- amaliy mashg‘ulot MULTIMEDIALI UZATISH TIZIMLARIDA ELEMENTLARNING ISHONCHLILIGINI HISOBLASH 3.1. Mashg‘ulotning maqsadi Telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini asosiy parametrlarini o‘rganish, multimediali uzatish tizimlarini ishonchliligini, telekommunikatsiya tarmoqlarida axborotlarni uzatish va qabul qilish traktlarini ishonchliligini xisoblash. 3.2. Topshiriq 3.2.1. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv materiallarining: ma’ruzalar matnini, [3] adabiyotning 9-bo‘limini, o‘rganish va keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur. 3.2.2. O‘zingizga tegishli variant bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajaring. 4.1-jadvalda variant bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar keltirilgan. 3.2.3. Berilgan boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslangan holda quyidagilar aniqlansin: - berilgan optik magistral trassa uzunligi uchun uzatish tizimi va to‘lqin uzunligi tanlansin; - tanlangan to‘lqin uzunligiga bog‘liq holda seksiya va regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi aniqlansin; - berilgan trassa uzunligi uchun (seksiya va regeneratsiyalash uchastkasi uzunligiga bog‘liq holda) optik regeneratolar va multipleksorlar soni aniqlansin; - OR, multipleksorlarning va kabelning jadalligini aniqlagan holda butun magistralning rad etish jadalligi aniqlansin; - butun magistral trassasi uchun rad etishlar orasidagi o‘rtacha ishlash vaqti T0 aniqlansin; - liniya trakti qurilmalarining T0 ga bog‘liq bo‘lgan holdagi butun magistralning tayyorlik koeffitsienti Kt aniqlansin; - aniqlangan natijalarga asoslangan holda uzatish tizimining liniya traktini rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t) hisoblansin va rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t)ning vaqtga bog‘lanish grafigi chizilsin. Hisoblangan natijalar (To gacha) 3.2-jadvalga kiritilsin; - xisoblangan natijalar bo‘yicha liniya trakt tuzilishi keltirilsin. 3.3. Nazorat savollari 1. Multimediali uzatish tizimini asosiy elementlarini ayting? 2. Qaysi optik uzatish tizimini tanladingiz va ular qanday xususiyatlarga ega? 3. Optik uzatish tizimlarida seksiya va regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi nimaga bog‘liq holda aniqlanadi? 4. Optik tolali uzatish tizimlarining tayyorlik koeffitsienti deganda nimani tushunasiz? 5. Optik kabelning rad etish jadalligi qanday aniqlanadi? 6. Optik multipleksorlarning rad etish jadalligi qanday aniqlanadi? 3.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash Multimediali uzatish tizimi va uning liniya trakti qurilmalari o‘rganildi, liniya traktini tashkil etuvchi qurilmalarning ishonchlilik parametrlarini hisoblagan holda uning rad etmasdan ishlash ehtimolligi aniqlandi. 3.5. Foydalaniladigan adabiyotlar 1. В.В. Величко, Е.А. Субботин, В.П. Шувалов, А.Ф. Ярославцев. Телекоммуникационные системы и сети. Том 3. Мультисервисные сети. - Москва, Горячая линия – Телеком. 2005. 592 с. 2. Б.С. Гольдштейн, Н.А. Соколов, Г.Г. Яновский. Сети связи: Учебник для ВУЗов. СПб.: БХВ – Петербург, 2010. 400 с. 3. Isayev R.I., Atametov R.K., Radjapova R.N. Telekommunikatsiya uzatish tizimlari. - «Fan va texnologiya», 2011. — 520 bet. 3.6. Nazariy qism Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi Ishonchlilik nazariyasi bilan telekommunikatsiya tizimi, murakkab dinamik tizimdan, ya’ni aniq funksional o‘zaro aloqa asosida ishlab chiqarish vazifalarini bajarish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiluvchi texnik qurilmalar yoki elementlar majmuidan tashkil topgan. Ishonchlilik nazariyasida ob’ekt asosiy tushuncha bo‘lib, loyihalash, sinov va foydalanish davrida aniq maqsadli buyum hisoblanadi. Ob’ektlarga ko‘p kanalli uzatish tizimi, ularning apparaturasi va uskunasi, qurilmalari, tugunlari, bloklari va elementlari kiradi. 2 Tizim – bu elementlar majmuidan iborat bo‘lgan ob’ektdir. “Tizim” va “element” tushunchalari esa nisbiy hisoblanadi. Ob’ekt, bir xil tadqiqotlarda tizim bo‘lib hisoblanadi, agar katta masshtabdagi ob’ekt o‘rganilayotgan bo‘lsa unda element sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Tizim ishonchliligi deb, normativ-texnik hujjatlarda (NTX) belgilangan chegaralarda kanallar va traktlarning parametrlarini vaqt bo‘yicha saqlagan holda abonentlar o‘rtasida, belgilangan foydalanish sharoitlarida axborot uzatilishini ta’minlaydigan xususiyatiga aytiladi. Ishonchlilik, tizim va uning elementlaridan texnik foydalanishni barcha tomonlama qamrab oladi va ularning samarali ishlashini belgilaydi. Element ishonchliligi, element uchun belgilangan barcha parametrlarni vaqt bo‘yicha saqlagan holda, axborotni uzatishda belgilangan funksiyalarni, jumladan, foydalanish va berilgan ishlash muddati davri davomida elementlarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradigan xususiyatidir. Tizim ishonchliligi va uning elementlari kompleks xususiyat bo‘lib hisoblanadi va foydalanish sharoitlariga hamda vazifasiga ko‘ra, buzilmasdan ishlash, saqlanuvchanlik, ta’mirga yaroqlilik va ko‘pga chidamlilik bilan tavsiflanadi. Ishonchlilik nazariyasida ko‘rib chiqiladigan barcha tizimlar qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan turlarga bo‘linadi. Qayta tiklanadigan tizimlarda buzilishlar yuzaga kelgandan keyin buzilgan elementlar almashtiriladi va tizim ishini davom etdiradi. Qayta tiklanmaydigan tizimlarda buzilishlar yuzaga kelgandan keyin buzilgan elementlarni almashtirish amalga oshmaydi. Multimediali uzatish tizimining talab qilingan ishonchlilik ko‘rsatkichlari hisoblari Barcha tizimlarning ishonchliligi uni tashkil etgan elementlarning ishonchliligi orqali aniqlanadi. Multimediali aloqa tarmog‘ining ishonchliligini aniqlash uchun, xar bir satxni va uning komponentlarini ishonchliligini aniqlash zarur. Tarmoqning ishonchliligi xizmat ko‘rsatish sifati (QoS-quality of service) parametrlari bo‘yicha talab etilgan ishonchlilikka teng bo‘lishi yoki kichik bo‘lishi kerak. HMAT ≤ NTALAB. (QoS) Turli segmentlarni birlashtiruvchi oxirgi punktda kommutator, kiritishchiqarish multipleksor yoki turli telekommunikatsion texnologiyalar tarmoqlarini birlashtirishda tarmoqlararo o‘zgartirgich (shlyuz) vazifasini bajaruvchi maxsus uskunalar o‘rnatilishi mumkin. Tugun punkti (node point) yoki tarmoq tuguni (node) bu ikki va undan ortiq aloka liniyalari birlashgan punkt. Tarmoq tugunida bir vaqtda yoki xar xil vaqtda turli vazifalar amalga oshiriladi, ulardan asosiysi kommutatsiya, 3 konsentratsiya, multipleksorlash va marshrutizatsiyalashdir. Kommutatsiya (switching) - marshrutizatsiya sxemasiga muvofiq tarmoqda axborot oqimlarini taqsimlashda tugunda birlashadigan liniyalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish jarayoni. Kommutatsiya operativ (aloqa seansi mobaynida) va uzoq muddatli (krossli), ya’ni tugunda birlashadigan liniyalarni krosslash yo‘li bilan amalga oshiriladigan bo‘ladi. Konsentratsiya (concentration) - liniyaning samarali yuklanishini ta’minlash maqsadida, quvvatli chiqish oqimiga erishish uchun bir necha kirish axborot oqimlarini birlashtirishdir. Multipleksorlash (multiptxing) - liniyaning o‘tkazish qobiliyati resursini ma’lum qismini axborot oqimining xar biriga berish yo‘li bilan bitta liniyadan bir nechta axborot oqimlarini uzatishni ta’minlab beradi. Bu o‘rnatilgan taqsimlash uzatilayotgan axborot yo‘qligida ham saqlanib qoladi, ya’ni bu yerda konsentratsiya vazifasi mavjud emas. Marshrutizatsiya (routing) - adres axborot va marshrutlar trassasi jadvali asosida tarmoqning ikki punkti o‘rtasida yo‘l qidirish jarayoni. Berilgan magistral uzunligiga bog‘liq holda zona ichkarisi birlamchi tarmoqlarining hisoblari keltiriladi. Barcha ma’lumotlar quyidagi formulalar orqali kerakli parametrlarni hisoblashga olib keladi. Liniyaviy kabel inshoatlari va apparaturalar, shuningdek odatdagi va optimal qayta tiklanish strategiyasining turib qolish koeffitsientini aniqlaymiz. Berilgan statistika bo‘yicha tashqi shikastlanishlar tufayli kabeldagi rad etishlarning o‘rtacha soni (zichligi), 1 yilda 100 km ga M1 = 0,34 ni tashkil etadi. Unda optik kabelning L uzunligi uchun 1 soatdagi rad etishlar jadalligi quyidagicha aniqlanadi: ок М1L , 1/s 8760 *100 (3.1) Optik regenerator, multipleksor va kabelning rad etish jadalligi quyidagi munosabatlar orqali aniqlanadi: оr 1 Т 0.оr , оk 1 Т 0.оk , tix 1 Т 0.tix . (3.2) (4.5)ni aniqlagan holda butun magistralning rad etish jadalligi aniqlansin. mag.tr оr tix оk 1/s (3.3) Butun magistral trassa uchun rad etishlar orasidagi o‘rtacha ishlash vaqti T0 quyidagicha aniqlanadi: 4 T0.mag 1 0.mag.tr , soat (3.4) Aniqlangan natijalarga asoslangan holda uzatish tizimining liniya traktini rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t) quyidagi munosabat orqali aniqlanadi: . (3.5) Shuningdek rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t)ning vaqtga bog‘lanish grafigi tuziladi. Hisoblangan natijalar (To gacha) 5.2-jadvalga kiritilsin. 5