Uploaded by Yashin Sharifov

3-amaliy mashg‘ulot

advertisement
3- amaliy mashg‘ulot
MULTIMEDIALI UZATISH TIZIMLARIDA ELEMENTLARNING
ISHONCHLILIGINI HISOBLASH
3.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini asosiy parametrlarini
o‘rganish, multimediali uzatish tizimlarini ishonchliligini, telekommunikatsiya
tarmoqlarida axborotlarni uzatish va qabul qilish traktlarini ishonchliligini
xisoblash.
3.2. Topshiriq
3.2.1. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv
materiallarining: ma’ruzalar matnini, [3] adabiyotning 9-bo‘limini, o‘rganish va
keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur.
3.2.2. O‘zingizga tegishli variant bo‘yicha berilgan topshiriqlarni
bajaring. 4.1-jadvalda variant bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar keltirilgan.
3.2.3. Berilgan boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslangan holda quyidagilar
aniqlansin:
- berilgan optik magistral trassa uzunligi uchun uzatish tizimi va to‘lqin
uzunligi tanlansin;
- tanlangan to‘lqin uzunligiga bog‘liq holda seksiya va regeneratsiyalash
uchastkasi uzunligi aniqlansin;
- berilgan trassa uzunligi uchun (seksiya va regeneratsiyalash uchastkasi
uzunligiga bog‘liq holda) optik regeneratolar va multipleksorlar soni aniqlansin;
- OR, multipleksorlarning va kabelning jadalligini aniqlagan holda butun
magistralning rad etish jadalligi aniqlansin;
- butun magistral trassasi uchun rad etishlar orasidagi o‘rtacha ishlash
vaqti T0 aniqlansin;
- liniya trakti qurilmalarining T0 ga bog‘liq bo‘lgan holdagi butun
magistralning tayyorlik koeffitsienti Kt aniqlansin;
- aniqlangan natijalarga asoslangan holda uzatish tizimining liniya traktini
rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t) hisoblansin va rad etmasdan ishlash
ehtimolligi P(t)ning vaqtga bog‘lanish grafigi chizilsin. Hisoblangan natijalar
(To gacha) 3.2-jadvalga kiritilsin;
- xisoblangan natijalar bo‘yicha liniya trakt tuzilishi keltirilsin.
3.3. Nazorat savollari
1. Multimediali uzatish tizimini asosiy elementlarini ayting?
2. Qaysi optik uzatish tizimini tanladingiz va ular qanday xususiyatlarga
ega?
3. Optik uzatish tizimlarida seksiya va regeneratsiyalash uchastkasi
uzunligi nimaga bog‘liq holda aniqlanadi?
4. Optik tolali uzatish tizimlarining tayyorlik koeffitsienti deganda
nimani tushunasiz?
5. Optik kabelning rad etish jadalligi qanday aniqlanadi?
6. Optik multipleksorlarning rad etish jadalligi qanday aniqlanadi?
3.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash
Multimediali uzatish tizimi va uning liniya trakti qurilmalari o‘rganildi,
liniya traktini tashkil etuvchi qurilmalarning ishonchlilik parametrlarini
hisoblagan holda uning rad etmasdan ishlash ehtimolligi aniqlandi.
3.5. Foydalaniladigan adabiyotlar
1. В.В. Величко, Е.А. Субботин, В.П. Шувалов, А.Ф. Ярославцев.
Телекоммуникационные системы и сети. Том 3. Мультисервисные
сети. - Москва, Горячая линия – Телеком. 2005. 592 с.
2. Б.С. Гольдштейн, Н.А. Соколов, Г.Г. Яновский. Сети связи: Учебник
для ВУЗов. СПб.: БХВ – Петербург, 2010. 400 с.
3. Isayev R.I., Atametov R.K., Radjapova R.N. Telekommunikatsiya uzatish
tizimlari. - «Fan va texnologiya», 2011. — 520 bet.
3.6. Nazariy qism
Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi
Ishonchlilik nazariyasi bilan telekommunikatsiya tizimi, murakkab dinamik
tizimdan, ya’ni aniq funksional o‘zaro aloqa asosida ishlab chiqarish vazifalarini
bajarish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiluvchi texnik qurilmalar yoki elementlar
majmuidan tashkil topgan.
Ishonchlilik nazariyasida ob’ekt asosiy tushuncha bo‘lib, loyihalash, sinov
va foydalanish davrida aniq maqsadli buyum hisoblanadi. Ob’ektlarga ko‘p kanalli
uzatish tizimi, ularning apparaturasi va uskunasi, qurilmalari, tugunlari, bloklari va
elementlari kiradi.
2
Tizim – bu elementlar majmuidan iborat bo‘lgan ob’ektdir. “Tizim” va
“element” tushunchalari esa nisbiy hisoblanadi. Ob’ekt, bir xil tadqiqotlarda tizim
bo‘lib hisoblanadi, agar katta masshtabdagi ob’ekt o‘rganilayotgan bo‘lsa unda
element sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tizim ishonchliligi deb, normativ-texnik hujjatlarda (NTX) belgilangan
chegaralarda kanallar va traktlarning parametrlarini vaqt bo‘yicha saqlagan holda
abonentlar o‘rtasida, belgilangan foydalanish sharoitlarida axborot uzatilishini
ta’minlaydigan xususiyatiga aytiladi. Ishonchlilik, tizim va uning elementlaridan
texnik foydalanishni barcha tomonlama qamrab oladi va ularning samarali
ishlashini belgilaydi.
Element ishonchliligi, element uchun belgilangan barcha parametrlarni vaqt
bo‘yicha saqlagan holda, axborotni uzatishda belgilangan funksiyalarni, jumladan,
foydalanish va berilgan ishlash muddati davri davomida elementlarga xizmat
ko‘rsatishni amalga oshiradigan xususiyatidir.
Tizim ishonchliligi va uning elementlari kompleks xususiyat bo‘lib
hisoblanadi va foydalanish sharoitlariga hamda vazifasiga ko‘ra, buzilmasdan
ishlash, saqlanuvchanlik, ta’mirga yaroqlilik va ko‘pga chidamlilik bilan
tavsiflanadi.
Ishonchlilik nazariyasida ko‘rib chiqiladigan barcha tizimlar qayta
tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan turlarga bo‘linadi. Qayta tiklanadigan
tizimlarda buzilishlar yuzaga kelgandan keyin buzilgan elementlar almashtiriladi
va tizim ishini davom etdiradi. Qayta tiklanmaydigan tizimlarda buzilishlar yuzaga
kelgandan keyin buzilgan elementlarni almashtirish amalga oshmaydi.
Multimediali uzatish tizimining talab qilingan ishonchlilik
ko‘rsatkichlari hisoblari
Barcha tizimlarning ishonchliligi uni tashkil etgan elementlarning
ishonchliligi orqali aniqlanadi. Multimediali aloqa tarmog‘ining ishonchliligini
aniqlash uchun, xar bir satxni va uning komponentlarini ishonchliligini aniqlash
zarur. Tarmoqning ishonchliligi xizmat ko‘rsatish sifati (QoS-quality of service)
parametrlari bo‘yicha talab etilgan ishonchlilikka teng bo‘lishi yoki kichik
bo‘lishi kerak.
HMAT ≤ NTALAB. (QoS)
Turli segmentlarni birlashtiruvchi oxirgi punktda kommutator, kiritishchiqarish multipleksor yoki turli telekommunikatsion texnologiyalar tarmoqlarini
birlashtirishda tarmoqlararo o‘zgartirgich (shlyuz) vazifasini bajaruvchi maxsus
uskunalar o‘rnatilishi mumkin.
Tugun punkti (node point) yoki tarmoq tuguni (node) bu ikki va undan
ortiq aloka liniyalari birlashgan punkt. Tarmoq tugunida bir vaqtda yoki xar xil
vaqtda turli vazifalar amalga oshiriladi, ulardan asosiysi kommutatsiya,
3
konsentratsiya, multipleksorlash va marshrutizatsiyalashdir.
Kommutatsiya (switching) - marshrutizatsiya sxemasiga muvofiq tarmoqda
axborot oqimlarini taqsimlashda tugunda birlashadigan liniyalar o‘rtasida aloqa
o‘rnatish jarayoni. Kommutatsiya operativ (aloqa seansi mobaynida) va uzoq
muddatli (krossli), ya’ni tugunda birlashadigan liniyalarni krosslash yo‘li bilan
amalga oshiriladigan bo‘ladi.
Konsentratsiya (concentration) - liniyaning samarali yuklanishini
ta’minlash maqsadida, quvvatli chiqish oqimiga erishish uchun bir necha kirish
axborot oqimlarini birlashtirishdir.
Multipleksorlash (multiptxing) - liniyaning o‘tkazish qobiliyati resursini
ma’lum qismini axborot oqimining xar biriga berish yo‘li bilan bitta liniyadan bir
nechta axborot oqimlarini uzatishni ta’minlab beradi. Bu o‘rnatilgan taqsimlash
uzatilayotgan axborot yo‘qligida ham saqlanib qoladi, ya’ni bu yerda
konsentratsiya vazifasi mavjud emas.
Marshrutizatsiya (routing) - adres axborot va marshrutlar trassasi jadvali
asosida tarmoqning ikki punkti o‘rtasida yo‘l qidirish jarayoni.
Berilgan magistral uzunligiga bog‘liq holda zona ichkarisi birlamchi
tarmoqlarining hisoblari keltiriladi. Barcha ma’lumotlar quyidagi formulalar
orqali kerakli parametrlarni hisoblashga olib keladi.
Liniyaviy kabel inshoatlari va apparaturalar, shuningdek odatdagi va optimal
qayta tiklanish strategiyasining turib qolish koeffitsientini aniqlaymiz. Berilgan
statistika bo‘yicha tashqi shikastlanishlar tufayli kabeldagi rad etishlarning
o‘rtacha soni (zichligi), 1 yilda 100 km ga M1 = 0,34 ni tashkil etadi. Unda optik
kabelning L uzunligi uchun 1 soatdagi rad etishlar jadalligi quyidagicha
aniqlanadi:
ок 
М1L
, 1/s
8760 *100
(3.1)
Optik regenerator, multipleksor va kabelning rad etish jadalligi quyidagi
munosabatlar orqali aniqlanadi:
 оr 
1
Т 0.оr
,
 оk 
1
Т 0.оk
,
tix 
1
Т 0.tix
.
(3.2)
(4.5)ni aniqlagan holda butun magistralning rad etish jadalligi aniqlansin.
mag.tr  оr  tix  оk 1/s
(3.3)
Butun magistral trassa uchun rad etishlar orasidagi o‘rtacha ishlash vaqti T0
quyidagicha aniqlanadi:
4
T0.mag 
1
0.mag.tr
, soat
(3.4)
Aniqlangan natijalarga asoslangan holda uzatish tizimining liniya traktini
rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t) quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
.
(3.5)
Shuningdek rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t)ning vaqtga bog‘lanish
grafigi tuziladi. Hisoblangan natijalar (To gacha) 5.2-jadvalga kiritilsin.
5
Download