O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI “MA‘MUN-UNIVERSITETI” NTM “O‘ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN O‘QUV MATERIALLARI Xiva-2022 1-Mavzu: Kirish. O’zbеkiston tarixi fanining prеdmеti, maqsadi, vazifalari, manba va asoslari. Reja: 1.1. O‘zbekiston tarixi fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o‘rni. Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati. 1.2. O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslari va dolzarb masalalari. 1.3. O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirish. Jahon tarixini davrlashtirish to‘g‘risidagi nazariyalar. 1.4. Manbashunoslik va tarixshunoslik masalalari. 1.1. O‘zbekiston tarixi fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o‘rni Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati Tarix fani orqali insoniyatning paydo bo‘lishi, ibtidoiy jamiyatning rivojlanishi xususiyatlarini, moddiy va ma’naviy madaniyatning taraqqiyoti, sivilizatsiyaning vujudga kelishi, etnomadaniy jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlardagi davriy o‘zgarishlarning omillari va boshqa ko‘pdan-ko‘p voqea-hodisalarning sabablari hamda mazmun-mohiyati o‘rganiladi. O‘zbekiston tarixi jahon tarixining ajralmas qismidir. Bir umumiy geografik mintaqa – O‘rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan qo‘shni qabila va elatlarni bir-biriga yaqin bo‘lgan madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, o‘zaro aloqalar, umumiy madaniy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. O‘rta Osiyo jahon sivilizatsiyasi va insoniyat madaniyati tarixining maskanlaridan biridir. Tarixni o‘rganish nafaqat ilmiy, ma’rifiy, balki chuqur ma’naviyruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, har birimizda o‘zimiz tug‘ilgan va yashayotgan ona zamin bilan mustahkam aloqadorlik hissini rivojlantiradi. Vatan tushunchasi tarixiy xotira, tarixiy ong asosida shakllanadi. Oliy ta’lim tizimida «O‘zbekiston tarixi» fanini har tomonlama hamda chuqur o‘qitish maqsadida bir qator yangi avlod o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratilib, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar natijalari o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Mazkur darsliklarni sinovdan o‘tkazish jarayoni ularning ayrimlari «O‘zbekiston tarixi» fanini o‘rganish-o‘rgatishda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda. Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi va haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilash dolzarb ahamiyatga ega. zero, fanning o‘rganish predmeti va obyekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul. bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoy fanlaridan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqega ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda, ularning rivojiga katta ta’sir etadi. bu holat fanning o‘rganish vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, o‘zining diqqat e’tiborini o‘tmishga va zamonaviy jarayonlarga qaratadi, undan saboq berishga va xulosa chiqarishga xizmat qiladi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi, ular qachon va qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe bo‘lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, o‘tmish voqeliklarining muayyan sabab va oqibatlari, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi. O‘zbekiston tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi xususiyatlari va tanazzulining sabablari hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi bu esa kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi. O‘zbekiston tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning barcha tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani, mamlakatimizning hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti va jamiyatning asosiy xususiyatlarini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa mana shu makondagi turli voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqealar va hodisalarni xalq hamda tarixiy shaxslar faoliyatisiz tasavvur etish mushkul. Tarix fanining asosiy maqsadi – o‘tmish voqeliklarini anglash, ulardan tegishli saboqlar chiqarish, hushyorlik va ogohlikka, vayronkor g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag‘rikenglikka chaqiruvchi g‘oyalarni targ‘ib etishdir. Ezgulik va bunyodkorlikka intilgan o‘tmish ajdodlarimiz bilan bugungi avlod o‘rtasidagi bog‘liqlikni unutmasdan insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlash milliy taraqqiyotning asosiy kafolati hisoblanadi. Tarixning ibtidoiy bosqichi jarayonlari sivilizatsiya, davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligini, urbanizatsiya va madaniyat, turli-tuman o‘zaro aloqalar, muhim voqealar hisoblanishini, tarixning taraqqiyot bosqichida fan, texnika va madaniyat, axborotlar o‘zlashtira borishini hamda ularning jamiyat rivojiga bog‘liqligini va nihoyat, o‘zbek xalqiga mos bo‘lgan mustaqil taraqqiyot yo‘li tamoyillarini anglash ham O‘zbekiston tarixi fanining asosiy maqsadlari hisoblanadi. Har qanday fanda bo‘lgani kabi O‘zbekiston tarixi fanining vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: 1. Tarixni manbalar asosida o‘rganib, xolislik va haqqoniylik mezonlariga tayanib o‘qituvchi va talabalarga tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini yetkazish. 2. Fandagi dalillar va ularning umumlashmasiga asosiy e’tibor qaratib, qiyosiy tahlilni amalga oshirish. 3. zamon talablaridan kelib chiqib, imkoniyat darajasida fandagi innovatsiyalarni doimiy ravishda jalb etish. 4. Turli davrlardagi jamiyat taraqqiyotining turg‘unlik, inqiroz va taraqqiyot bosqichlari sabablarini ochib berish. 5. Fandagi ilmiy asoslangan yangi nazariyalarni tahlil va umumlashtirish uslubi asosida o‘quv jarayoniga joriy etish. 6. Tarixning harakatlanuvchi omillarini talabalarga ko‘rsatib berish. 7. Davlat va jamiyat taraqqiyotida mustaqillikni mustahkamlash hamda saqlash omili bo‘lgan komil insonni tarbiyalashda tarixning rolini asoslab berish. 8. Talabalar va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. 9. Yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni anglash, vijdon va umuminsoniy barkamollikni tarbiyalash. 10. Yosh avlodda vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatanga sadiqlikni rivojlantirish. 11. Talabalarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqod)ni tarbiyalash. 12. Yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona va farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida kamol toptirish. Elatlar va xalqlar, millatlar va davlatlarga taalluqli murakkab ijtimoiysiyosiy iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi. Har bir voqea va hodisa inson (yoki uning bir guruhi) xatti-harakati, uning ko‘zlagan ma’lum maqsadga intilishi jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish makoni – obyekti yurtimiz tarixi va madaniyatidir. Tarixiy obyektga nisbatan O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi. Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat va mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum hudud doirasidagi voqea va hodisalarn bir yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiymadaniy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston tarixi fani ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, insoniyat va tabiatning o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, arxeologiya, etnologiya, antropologiya, demografiya, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Ammo bu fanlarning hammasi ham, tabiat, jamiyat ham avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarixi fanlari ham tarix fanining o‘rganish obyekti va predmeti hisoblanadi. Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni, ayniqsa ularning tarixiy jihatlarini bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar. Tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rganish obyekti bitta, ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va jamiyatdir. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, tarix ularni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Tarix fani, ya’ni Vatan tarixi – millat va ona yurt kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi. Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni, o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. boshqacha aytganda, o‘tmish – tarixga qarab, kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. Insonning shaxsiy manfaat va ehtiyojlari, qolaversa, uning qobiliyati va iste’dodi, voqealarni teran idrok etishi tarix falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi barcha sa’yharakatlari va intilishlari ma’lum millat va jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat yoki xalqning umummadaniy-ma’naviy darajasi, aqlidroki va tafakkur maydonining salohiyatiga qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa, ana shu o‘ta murakkab, o‘ta ziddiyatli, shu bilan birga nihoyatda qudratli ruhiyat va faoliyat orqali xotiraga aylanadi. O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslari, usullari va dolzarb masalalari. Har qanday fan kabi O‘zbekiston tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va xalq manfaati yo‘lidagi nufuzini ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladi. Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviyma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun mas’ul bo‘lgan yuksak intellektual, ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi, ya’ni tarix fani rivojlanishida uslubiy ilmiy g‘oya va nazariyalarning tamoyillari tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi o‘ta muhim masala hisoblanadi. «Tarix» moziyni o‘rganish haqidagi fan bo‘lib, ilmiy atama sifatida ikki o‘zaro aloqadorlikdagi tushunchani ifodalaydi. birinchidan, tarix jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi fan. Uning mavzusi kishilik jamiyati o‘tmishining, turli-tuman sohalardagi taraqqiyoti va o‘zgarib borish jarayonini o‘rganishdan iboratdir. Ikkinchidan, tarix bu insoniyat to‘g‘risidagi fan bo‘lib, jamiyatning o‘tmishini tadqiqot yo‘li bilan aniqlab, o‘tmishda inson tomonidan yaratilgan, uning zakovati 1.2. natijalari bo‘lgan jarayonlarini tadqiq etish va bizgacha bo‘lgan davrni o‘rganib, kelajak avlodga yetkazadigan fandir. Tarixshunoslikdan ma’lumki, tarixiy jarayon tarix qonunlari bilan asoslanadi. Tarix fanining asosiy tayanch tushunchasini tarixiy asos va tarixiy manba, tarixiy makon va tarixiy zamon tashkil etadi. Tarix fanini o‘rganishdagi eng dolzarb muammo – tarixiy voqelik va tarixiy manbalar bo‘lib, mana shu ikki muammoga tom ma’noda ilmiy yondashish tarix fanining nazariyasi va metodologiyasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, har bir fanda bo‘lganidek, tarix, jumladan O‘zbekiston tarixi fanida ham o‘zining nazariyasi va metodologiyasi mavjud. nazariya – ilmiy bilimlar yig‘indisi va boshqa fanlar bilan mavjud bo‘lgan aloqadorlikni bilish jarayonidir. Tarixchi olimlar tarixning o‘rganish obyekti (ma’lum mavzu) hamda evolyutsiyasini, uning ma’no va mazmunini to‘g‘ri bilishi, tahlil qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)larning so‘zdagi aniq ifodasi bo‘lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarni ro‘yobga chiqishi – tarix haqqoniy yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dasturdir. Avvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, uning lug‘aviy ma’nosi yunoncha «metodos» va «logos» degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, metod, ya’ni uslub – tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya va ta’limot, logiya esa fan deganidir. Metodologiya, ya’ni uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o‘rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va mukammal g‘oyasi, nazariyasi va ta’limotlari majmuyidan iborat bir butun fandir. boshqa ma’noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari to‘g‘ri yetaklaydi, ya’ni tarix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Tarix fanini o‘qitish uslubiyati deganda bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va rivojlanishi, ularning natijalarini asoslash yo‘llarini amaliyotda mazkur fanga xos bo‘lgan ilmiy bilimlar mexanizmini samarali tatbiq etilishi tushuniladi. Tarix fani metodologiyasi deganda tarix fanlari doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilishi tamoyillariga, shakli va ilmiy jihatdan tarix fani doirasida qo‘llaniladigan ta’limotiga aytiladi. O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari o‘zida mazkur fanning qonuniyatlari va tamoyillarini, shu fanga xos bo‘lgan qat’iy tushunchalar majmuyi va bilish uslublarini o‘z ichiga oladi. Tarix fanining rivoji darajasini, uning nazariy-uslubiy holati belgilab beradi. bu holdagi uzviy va ikki tomonlama bog‘liqlik umumiy qonuniyatdir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyatni, mumtoz tarixshunoslik talablari va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga asoslangan holda O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga bo‘lish tavsiya etiladi: 1. O‘zbekiston tarixi fanining uslubiy, ilmiy-nazariy, g‘oyaviy va falsafiy asoslari. bunga quyidagilar kiradi: – din bilan dunyoviylik o‘rtasida mo‘tadil munosabat bo‘lishi va dunyoviylik aslo dahriylik emasligi; – tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq; – tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag‘rikenglik asosida yondashish; – tarixiy taraqqiyot asosini evolyutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq; – tarixga milliy mentalitet nuqtayi nazaridan o‘zgalar tarixiga hurmat ruhida murojaat etish; – tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika hamda sinergetika qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi; – tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g‘oyaviy muhofaza quroli ekanligi. O‘zbekiston tarixi fanining ilmiy-uslubiy tamoyillari. Ular quyidagilardan iborat: – ilmiy xolislik; – tarixiy-tahliliylik; – mantiqiy uzviylik; – vorislik va xronologik izchillik; – bag‘rikenglik va vatanparvarlik; – qiyoslash, kuzatish va umumlashtirish; – bahslashish, munozara yuritish va asoslab berish; – matematik hisoblash; – shakllash va modellashtirish; – alohidalikdan umumiylikka va umumiylikdan alohida (juz’iy)likka; – etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya, kabi ko‘plab yordamchi fanlarning yutuqlari hamda usullaridan ham keng foydalanish. Jahon tarixi din tarixi bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo‘lmaydi. Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham, mantiqqa ham zid bo‘ladi. Ma’lumki, sobiq sovet tarix fani din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qildi. biroq tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish ustuvor bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham u din bilan mo‘tadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i hozir eng asosiy zaruriyat bo‘lib turibdi. bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi bo‘lmagan terroristik guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to‘la yozilishiga imkon beradi. Tarixiy-tanqidiylik va qiyosiy tahlil tamoyili eng qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va hodisalarning nechog‘liq to‘g‘ri hamda noto‘g‘riligini aniqlashga, tarixni haqqoniy va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi. Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy qarashlar paydo bo‘ldi, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy asarlar chop etildi. 3. O‘zbekiston tarixi fanining dolzarb masalalari. O‘zbekiston tarixini o‘rganish hamda o‘qitish borasida bugungi kundagi ilmiy tadqiqotlarining ko‘lami nihoyatda keng va rang-barangdir. Chunonchi, davr taqozosi, zamonaviy shart-sharoit, talab va ehtiyojlardan kelib chiqib bugungi tarixiy izlanish va tadqiqotlar yangi asoslarda jadal rivojlanib bormoqda. Ushbu tadqiqotlarning natijasi o‘laroq, O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri ekanligi jahon jamiyatchiligi tomonidan tan olingan holda e’tirof etildi. Tarixning turli davrlariga oid innovatsiyalar va kashfiyotlar, dissertatsiyalar, ilmiy ishlanmalar, fundamental asarlar – monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari ko‘rinishida o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. Tarixiy muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning fidokorona mehnatlarini inkor etmagan holda, «O‘zbekiston tarixi» fanining dolzarb muammolari, yechimini kutayotgan mavzular, bahs-munozarali masalalar ham mavjud ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunga qadar olib borilgan tarixiy tadqiqotlar haqida ko‘p gapirish mumkin. Ammo, O‘zbekiston tarixining tarkibiy hamda yordamchi qismlari bo‘lgan arxeologiya, etnologiya, numizmatika va san’atshunoslik, tarixshunoslik, manbashunoslik va muzeyshunoslik, tarixiy demografiya, tarixiy geografiya, fan tarixi kabi sohalarda tadqiqotlarga muhtoj bo‘lgan mavzular, bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan muammolar ham talaygina. Shu o‘rinda fanning har qanday yo‘nalishida tadqiqotlar ko‘lami qanchalik kengaysa, muammoli masalalar ham shunchalik ko‘payishini ta’kidlash lozimdir. Darslik yaratish nuqtayi nazaridan barcha dolzarb muammolarni sanab o‘tishning imkoniyati yo‘q. Shunga qaramasdan, o‘quvchilar e’tibor berishlari kerak bo‘lgan ayrim masalalarga qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Mutaxassis talabalar, ya’ni tarix yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan respublika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilayotgan «O‘zbekiston tarixi» dasrligi hanuzgacha yaratilmagan. O‘zbekiston tarixi fanining tarkibiy qismlari bo‘lgan arxeologiya, numizmatika, muzeyshunoslik, san’atshunoslik, tarixshunoslik kabi fanlardan ham mutaxassis talabalar uchun tavsiya etiladigan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish O‘zbekiston tarixini o‘qitish samaradorligiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatish shubhasizdir. Yurtimiz tarixining davrlari, taraqqiyot bosqichlari va madaniy yuksalish jarayonlari rang-barangdir. Har bir muayyan tarixiy davr o‘z navbatida ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‘liq holda kechgan. Xususan, qadimgi davrdan boshlab yuz bergan ilk davlatchilik va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, ijtimoiy-siyosiy tizim va davlat boshqaruvi etnomadaniy va iqtisodiy aloqalar, migratsiya jarayonlari, ko‘chmanchi va o‘troq aholi o‘rtasidagi munosabatlar, moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanishi kabi ko‘plab jarayonlar bevosita bir-biri bilan bog‘liq holda bo‘lib o‘tgan. Ulardagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘ziga xoslikni ko‘rsatib berish ham fandagi muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston tarixi fanining qadimgi va o‘rta asrlar davri bo‘yicha – ilk davlatchilikning shakllari va turlari, boshqaruv shakllari, unvonlar va mansablar, etnogenez masalalari, turli davrlardagi migratsiya jarayonlari, o‘rta asrlar shaharlari va boshqa masalalar hali ko‘plab tadqiqotlar talab etadi. Masalaning yana bir e’tiborli tomoni shundaki, tarixning turli davrlari bo‘yicha mavjud bo‘lgan dolzarb muammolar yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilib, ularning natijalarini darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar orqali o‘quv jarayoniga joriy etish «O‘zbekiston tarixi» bo‘yicha ta’lim olayotgan mutaxassis talabalarning bu fanni yanada chuqurroq va terangroq o‘zlashtirishlari uchun katta imkoniyatlar yaratishi shubhasizdir. 1.3. O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirish. Jahon tarixini davrlashtirish to‘g‘risidagi nazariyalar O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, O‘zbekiston tarixi mintaqa va jahon tarixining ajralmas qismidir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, tarixiy etnografiya, epigrafika va numizmatikaga oid kashfiyotlar tufayli tarixni xolisona yoritishga xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar to‘plandi. Ular yurtimiz tarixining qadimgi bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiysiyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi. Yangi ilmiy ma’lumotlar eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab chiqarishda metalning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo-sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi va boshqa tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‘lanadi. Davrlashtirish – insoniyat tarixini o‘z xususiyatlarga ega, turli belgilarga ko‘ra, birbiridan ajralib turgan katta davrlarga bo‘lishdir. O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida bahs-munozaralar davom etmoqda. Mazkur mavzu turli yillarda tadqiqotchilar tomonidan ko‘rib chiqilgan (S.P.Tolstov, V.M.Masson, E.V.Rtveladze, A.A.Asqarov, R.X.Sulaymonov va boshq.). bu muammo yuzasidan, xususan, qadimgi davrlar va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirishga oid turli fikr-mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga jahon tarixshunosligida tarixiy davrlashtirish masalasiga doir to‘plangan tajriba, uning ijobiy va salbiy tomonlari deyarli tahlil qilinmadi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarida, tarixiy ildizlarni bilishga tabiiy intilishdan kelib chiqqan ayrim mualliflarning kitoblarida tarixni davrlashtirish orqali ta’riflash mezoni unutildi. Mustaqillik yillarida haqqoniy tarixni yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri tarixshunosligida ustunlik qilgan markscha nazariyaga tayangan jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy belgilarga ko‘ra, tarixni davrlashtirish masalasi qayta ko‘rib chiqildi. Ma’lumki, markscha g‘oyalariga asoslangan jahon tarixini tizimli anglash yondashuvi XIX-XX asrlar tarix fani taraqqiyotiga kuchli ta’sir qildi. Bu g‘oya turli xalqlarning bir хil, umumiy qonuniyatlar ta’siridagi tobora o‘sib boradigan rivojlanishi nazariyasidan kelib chiqqan. Insoniyat tarixi markscha qarashlarida yuksalgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning tadrijiy almashuvi sifatida bayon etildi. Mazkur g‘oya, ko‘p jihatdan Yevropa mamlakatlari tarixiga mos keladi. Misol uchun, quldorlik tuzumi Qadimgi Yunoniston va Rimda, feodalizm – Fransiyada, kapitalizm – Angliyada klassik tarzda namoyon bo‘ldi. biroq sovet davri tarixshunosligida, bu nazariya jahonning turli mintaqalarida o‘z xususiyatlariga va rivojlanish qonuniyatiga ega tarixiy jarayonlari inobatga olinmagan holda, boshqa mamlakatlar va xalqlar tarixiga nisbatan umumiy qonun tarzda qo‘llanildi. Ma’lumki, Yer yuzida hayot va insoniyatning vujudga kelishi haqidagi ilk tasavvurlar Qadimgi Sharq va Yunoniston asotirlarida o‘z aksini topdi. Yunon tarixchisi Gerodot (mil. avv. 484-yilda Kichik Osiyodagi Galikarnass shahrida tug‘ilgan, mil. avv. 431-425-yillar o‘rtasida vafot etgan) Qadimgi Sharq xalqlari va yunon-fors urushlari tarixini yoritib, ahamoniylar sulolasi podsholari (Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks) hukmronligi yillari sanasining izchiligida voqealarni bayon etgan. Muallif dunyoda mashhur tarixiy asarlardan biri «Tarix» kitobini yozishda, tarixiy, geografik va etnografiya materiallaridan keng foydalangan. Gerodot 10 yil davomida Old Osiyo, Misr, Ossuriya, bobil va Qora dengizning shimoliy sohillariga sayohat qilib ko‘pdan-ko‘p tarixiy ma’lumotlar to‘plagan. Yunon-rim tarixchilari va faylasuflari tarixiy voqealar va dalillarni tizimli bayon etish uslubini yaratdilar. Qadimgi Rim faylasufi va shoiri Lukretsiy Kar (mil. avv. 99-55) insoniyat tarixini ilk bor uch davrga ajratdi bular – tosh, mis va temir davrlaridir. XV-XVI asrlarda Italiyada «medium ayevum», ya’ni «o‘rta asrlar» atamasi paydo bo‘lib, XVII-XVIII asrlar tarixshunosligida «qadimgi dunyo», «o‘rta asrlar» va «yangi davr» tarixi tushunchalari o‘rin topdi. Mazkur davr tarixchilari qadimgi – antik davri tarixini madaniy yuksalish sifatida ta’rifladilar. Shuningdek tarixni «qadimgi dunyo», «o‘rta asrlar» va «yangi davr»ga ajratib o‘rganish, muayyan ma’noga ega emas, bu davrlashtirish tarixiy materiallarning farqlanishini aks ettiradi xolos, degan g‘oya ilgari surildi. XVIII asrda shotland olimi A.Fergyuson jahon tarixini «yovvoyilik», «varvarlik» va «sivilizatsiya» bosqichlariga ajratdi. Rimlik Lukretsiy Kar g‘oyasi izidan borgan daniyalik qadimshunos K.Y.Tomsen XIX asrning 30-yillarida turli yodgorliklarda topilgan arxeologik materiallarni tosh, bronza va temir davrlarga ajratib berdi. bu «uch asrlik» davrlashtirish tizimidan foydalangan shved olimi S.Nilson arxeologiya va etnografiya ma’lumotlarini qiyoslab, insoniyat tarixida «yovvoyi» bosqichi, nomadizm (ko‘chmanchi chorvachilik), ziroatchilik davri va sivilizatsiya bosqichi namoyon bo‘lgan deb o‘z nuqtayi nazarini bayon etgan. 1870-yillarda amerikalik etnograf olim L.G.Morgan asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy belgilarga asoslangan davrlashtirish tizimi taklif qilindi. L.Morgan insoniyat tarixidagi «yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya» davrlarini alohida bosqichlarga bo‘ladi: o‘zlashtiruvchi xo‘jaliklar – termachilik, ovchilik va baliqchilikning rivojlanishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar – dehqonchilik va chorvachilikning taraqqiy etishi, temirning kashf qilinishi – davrlashtirishning yuqori nuqtasi sifatida e’tirof etildi. Morgan ibtidoiy jamoa tuzumi asosini urug‘ tashkil etgan, u matriarxat va patriarxat davrlaridan iborat bo‘lgan, ibtidoiy jamiyat iqtisodiyoti jamoatchilik mulkchiligiga tayangan va bu holat (jamoatchilik tamoyillari) insonning ijtimoiy hayotini belgilab bergan degan fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashlagan. Tadqiqotchi urug‘chilik jamoasi davrida umumiy turmush tarzi, mehnat qurollari va xo‘jaligi hamda umumiy manfaatlar jihatdan odamlar guruhlarining birlashgani haqidagi qarashlarni birinchi bor fanga kiritgan. Shuningdek, u jamoatchilik va xususiy mulkchilik shakllarining nisbati masalasini ilgari surdi. XIX asrda insoniyat tarixini har tomonlama rivojlangan ijtimoiy va madaniy komplekslar (majmualar) – sivilizatsiyalar belgilab berishi to‘g‘risida konsepsiya shakllangan. Shuningdek, turli mintaqalardagi jamiyatlar taraqqiyotiga geografik muhitning ta’siri, tabiiy sharoitning xilma-xilligi tufayli inson madaniyati umumiy tarixiy qonuniyat asosida taraqqiy topmagani kabi g‘oyalar paydo bo‘ldi. Sovet davri tarixshunosligida umumjahon tarixiy jarayonlarning biryoqlama rivojlanishi tan olinib, madaniy-tarixiy konsepsiya, sivilizatsiya yondashuvidan foydalanishga markscha nazariya to‘siq bo‘lib turdi. Bu nazariya mazmunida ijtimoiy sinflarning vujudga kelishi, hukmron sinflarning manfaatlarini himoya qilish zaruriyati, qara ma-qarshi sinflar o‘rtasidagi doimiy ziddiyatlar va kurashlar haqidagi g‘oyalar katta o‘rin topgan edi. Bir necha yuz ming yillarni o‘z ichiga olgan eng qadimgi tarixni davrlashtirish haqida fanda yagona fikr yo‘q. Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishning notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi o‘zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi sababli, ayrim hududlarga tegishli sana va davrlashtirish bir-biridan farqlanadi. Mehnat qurollari va hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarishning rivojlanishi va ularning xomashyo hamda ishlab chiqarish texnikasi izchil o‘zgarishiga asoslangan qadimgi tarixning davrlarga bo‘linishi va sanasi tizimidan, ya’ni arxeologik davrlashtirishdan foydalanish keng qo‘llaniladi. Umumiy ko‘rinishda bular tosh davri (paleolit, mezolit, neolit), mis-tosh davri (eneolit), bronza asri va temir davridir. Arxeologik davrlashtirish Yer tarixining geologik davrlari bilan solishtirgan holda, pleystotsen – muzlik davri arafasi va muzlik davri, golotsen – muzlik chekinishidan so‘ng davrlar ajratilib, ular Qadimgi Sharqda mil. avv. IV mingyilikka qadar ibtidoiy jamiyat tarixiga to‘g‘ri keladi. XX asrda L.G.Morgan davrlashtirish tizimi tahrir qilingan bo‘lsa-da, uning ko‘p jihatlaridan foydalanildi. Ibtidoiy tarixining ilk bosqichi «ibtidoiy to‘da», ikkinchi bosqichi – «ibtidoiy urug‘ jamoasi» va so‘nggi bosqichi – «harbiy demokratiya» davri deb atash rasm bo‘ldi (S.P.Tolstov, M.O.Kosven, A.M.Xazanov va boshq.). O‘rta Osiyo qadimgi tarixini davrlashtirish shartli ravishda quyidagicha namoyon bo‘ladi: Tosh davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan zamon bo‘lib, moddiy manbalar va arxeologik yodgorliklar topilgan joylar nomiga qarab, alohida bosqichlar va madaniyatlarga bo‘linadi. Qadimgi tosh davri – paleolit tarixi bilan antropogenez – odamning paydo bo‘lishi va rivojlanishi muammosi bog‘lanadi. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo janubida ilk davlatchilik tuzumiga o‘tish bosqichi bronza davriga to‘g‘ri keladi. Mintaqaning boshqa hududlarida ilk shaharlar va davlatlarning vujudga kelishi turli davrlar bilan belgilanadi. Ularning o‘troq dehqonchilik vilochtlarida va dasht chorvadorlar madaniyati sharoitida shakllanishi turlicha omillarga asoslangan. Mazkur xususiyatni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o‘rganish va tarixni davrlashtirish jarayonida hisobga olish lozim. O‘rta Osiyo xalqlari ajdodlarining davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Asrlar davomida ular chet el bosqinchilari (ahamoniylar, yunonmakedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli mahalliy sulolalar davrida o‘lkamizda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘zgarib turdi. O‘rta Osiyo bronza davri tarixiga mansub yozma manbalar aniqlanmagan. «Avesto»da oila va jamoa, iqtisodiy va boshqaruv tizimiga oid, ya’ni kohin – «zaotara», jangchi – «ratayshtar», hunarmand – «xuti», ziroatchi – «vastryoshan» hamda uy egasi – «nmanopati», urug‘ jamoasi boshlig‘i – «vispati», zodagon – «azata», mulk – «gayta», uy-qo‘rg‘on – «maytana» kabi ijtimoiy qatlamlar va mulk egalarini belgilab beruvchi maxsus tushunchalar mavjud. Ulardan ilk davlatchilik tizimiga o‘tish va dastlabki davlatlarning rivojlanish tarixini o‘rganishda foydalanish mumkin. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxeologik davrlashtirish muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, qadimgi va o‘rta asrlar tarixni davrlashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy e’tibor qaratildi. Tarix fanida, Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan toki Sharqda ilk davlatchilik vujudga kelganigacha bo‘lgan davrni «Ibtidoiy jamiyat tarixi» deb atash rasm bo‘ldi. Milodiy 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar kechgan «Qadimgi dunyo tarixi» deb ataldi. Yangi madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy shakllar rivojini o‘z ichiga olgan olis jarayonlar tarixi turli-tuman arxeologik manbalar asosida o‘rganiladi. «Qadimgi dunyo tarixi» ibtidoiy urug‘chilik tuzumining yemirilishi natijasida quldorlik davlatlarning vujudga kelishi, o‘rta asrlar esa ularning o‘rnida feodal ishlab chiqarish usuliga asoslangan davlatchilikning tarixi sifatida tavsiflangan. Bunday yondashuv ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning shakllanishi, rivojlanishi, inqirozi, ya’ni tobora o‘sib almashuvi nazariyasiga asoslangan. Shu bois O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar (V-VIII) davri G‘arbiy Yevropada feodal jamiyati vujudga kelishi sabablari, uning xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarining ayrim jihatlari bilan qiyoslandi. O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini (mulkchilik, yer egaligi, mulkdorlar ahvoli, ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqalari) Yevropa ilk o‘rta asrlar jamiyati bilan qiyoslaganda quyidagi holatlar e’tiborga molik: – O‘rta Osiyoga nisbatan G‘arbiy Yevropada ilk o‘rta asrlar uzoq davr mobaynida rivojlangan (V asr oxiri – XI asr o‘rtalari); – G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari ilk o‘rta asrlarda taraqqiyot jihatdan O‘rta Osiyodan orqada qolgan, misol uchun, franklar jamiyatida xususiy – oilaviy yer egalligi VI asrda shakllana boshlagan; – O‘rta Osiyoga nisbatan ilk o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada shaharlar madaniyati rivojlanmagan (Fransiya, Angliya va Germaniyada dastlabki shaharlarning vujudga kelishi jarayoni X-XI asrda boshlanadi), xo‘jalik shakllari va hunarmandchilik natural ahamiyatga ega bo‘lib, savdo-sotiq va tovar-pul munosabatlari sust taraqqiy topgan, hunarmandchilik esa qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqmagan; – feodalizm klassik tarzda namoyon bo‘lgan Fransiyada VIII asr oxiridan boshlab hosildor yerlarning asosiy qismi (shuningdek, o‘tloqlar, o‘rmonlar, ko‘llar) qirol, cherkov va feodallar qo‘liga o‘tadi, dehqonlar ularga qaram bo‘lib, og‘ir majburiyatlarni bajarganlar. Shu bois, O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar jamiyati taraqqiyotida va Yevropa ilk o‘rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida o‘xshashliklar deyarli yo‘q. O‘rta Osiyoda tarixiy voqelik, jumladan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, yer va mulk egaligi ham mutlaq boshqa bo‘lgan, shu sababli, mintaqa o‘rta asrlar tarixiga Yevropa tarixiga oid formatsiyali yondashuvdan kelib chiqqan «feodalizm» va «feodal jamiyati» kabi atamalar mazmuni ko‘p jihatdan mos kelmaydi. O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston qadimgi davr va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirishda hanuz inkor etilmagan arxeologik davrlashtir ish va fanda e’tirof etilgan atamalar (paleolit, mezolit, neolit, bronza davri, ilk temir asri, antik davri, ilk o‘rta asrlar, rivojlangan o‘rta asrlar) hamda etnik va siyosiy, sulolaviy belgilarga asoslangan (ahamoniylar, salavkiylar, yunon-baqtriya, yuechjikushonlar, afrigiylar, eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, somoniylar, qoraxoniylar, anushteginiylar va h.k.) davrlashtirish tamoyillaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1.4. Manbashunoslik va tarixshunoslik masalalari. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda manbalarning o‘rni va ahamiyati muhim rol o‘ynaydi. Ular xalqimizning madaniy-tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus arxivlarda, kutubxona va muzeylarda avaylab, ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Xalq og‘zaki ijodi orqali avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tib kelayotgan tarixiy voqea va hodisalar bayoni, nomoddiy madaniyat asosida bizgacha yetib kelmoqda. Binobarin, aynan tarixiy manba va yodgorliklar orqaligina tarixni yoritish – tarixiy ma’lumotlarni va dalillarni olish, ularni qiyoslash va umumlashtirish, tarixiy-madaniy jarayonlar hamda voqea-hodisalarning sabablari va oqibatlarini, mazmun-mohiyatini tahlil qilish asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish imkoniyatlari kengayadi. Oddiyroq qilib aytganda, ma’lum manbalar va ularni umumlashtirmasdan turib haqqoniy tarixni yaratish mumkin emas. Tarixiy manbalarni umumiy tabiati, o‘tmishni o‘zida aks ettirishiga qarab quyidagi besh asosiy turkumga bo‘lish mumkin: 1. Moddiy yoki arxeologik manbalar. Ma’lumki, eng qadimgi davr tarixining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u yozma manbalar orqali yoritilmagan. Odamzodning uzoq o‘tmishidan darak beruvchi asosiy ma’lumotlar – moddiy (ashyoviy) manbalar bo‘lib, ularning barchasini odamlar yaratgan va ular inson hayoti hamda faoliyatida muhim o‘rin tutgan. Moddiy manbalarning ko‘pi yerostida arxeologik yodgorliklarning madaniy qatlamlarida saqlanadi va ular arxeologik qazuv ishlari orqali topib tekshiriladi. Moddiy ashyoviy manbalarga insonning turmush tarzi, moddiy madaniyati va ishlab chiqrish bilan bog‘langan topilmalar, ya’ni tosh, suyak, metaldan ishlangan mehnat hamda jang qurollari, qo‘lda va charxda yasalgan sopol idishlar, kulolchilik buyumlari – urchuq boshi, sopol chiroq hamda qadimiy zeb-ziynatlar, san’at buyumlari, tanga pullar va boshqa topilmalar kiradi. Moddiy manbalar yozuvsiz zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Ular arxeologik yodgorliklar – odamlar yashagan joylar, eng qadimgi g‘or-makonlar, qadimiy manzilgohlar, qishloq va shahar xarobalari, qoyatosh suratlari, hunarmandchilik ustaxonalari, istehkomlar, ibodatxonalar, qadimgi sug‘orish inshootlari, ishlab chiqarish uchun xomashyo qazib olingan konlar o‘rganilishi natijasida topiladi. 2. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turi bo‘lib, ular insonning ijtimoiy faoliyati, o‘zaro munosabatlari natijasi o‘laroq yaratilgan va o‘sha zamonlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘zida aks ettirgan manba sifatida O‘zbekiston tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Ularga epigrafik yodgorliklar, ya’ni, tosh, metall, suyak, yog‘och, charm va sopolga bitilgan yozuvlar, «Avesto», mixxat yozuvlar, qadimgi va o‘rta asrlar mualliflarining asarlari pergament va qog‘ozlardagi qo‘lyozmalar, o‘rta asrlar binolari va qabr toshlaridagi yozuvlar kiradi. Yozma manbalar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: 1) Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar va boshq.), moliyaviy hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar. 2) Tarixiy, geokosmografik hamda bibliografik asarlar. Tarixiy manbalarni o‘rganishning o‘zi tarix fanining maxsus sohasi bo‘lib, mazkur fanning rivojlanishi va tarix yozilishida katta ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‘rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy usullarga tayanadi. Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lib, manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga ularni turkumlarga ajratadi. Tarixiy manbalarni aniqlash va saralash, ularning ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish va yaratilish tarixi, shart-sharoitini o‘rganish kabi sohalarga bo‘linadi. Manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarni o‘zida aks ettirgan bo‘lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati va tarixiy ekanligi yuqori bo‘lib, o‘tmish haqiqatining yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi. 3. Еtnografik manbalar. Еtnografiya so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, etnos – xalq, grapho – yozaman, xalq haqidagi ma’lumotlar, xalqshunoslik degan ma’noni bildiradi. Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar, masalan, xalq, qabila va urug‘ nomlari, inson qo‘li, aql-zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlarning, naqsh va bezaklaring, kishilar ongida, shuningdek og‘zaki adabiyotda saqlanib qolgan ma’lumotlar (an’analar, urf-odatlar), kishilarning turmush tarzi etnografik manba hisoblanadi. 4. lingvistik manbalar. Lotincha «lingua» – til so‘zidan olingan. Tilimizdagi, uning leksik tarkibida uzoq o‘tmishdan qolgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy atamalar: chokar (ilk o‘rta asrlarda katta yer egasinining mol-u jonini qo‘riqlab, uni ichki va tashqi yovlardan muhofaza qilgan), kashovarz (qishloq jamoalarining oddiy mehnatkash a’zosi), kadivar (katta yer egalariga qaram bo‘lib qolgan qishloqning ziroatkor aholisi); vag‘nze (ibodatxona tasarrufudagi yerlar) va boshq.; joy, xalq, qabila va urug‘ nomlari: do‘rmon, qo‘ng‘irot, mang‘it, jaloir, qatag‘on, ming, chig‘atoy va boshqalar ko‘p uchraydi. Shu va shunga o‘xshash terminlar shubhasiz qimmatli tarixiy material bo‘lib, uzoq o‘tmishdagi ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini o‘rganishda yordam beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika fani o‘rganadi. 5. Xalq og‘zaki adabiyoti. Og‘zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi sohalaridan bo‘lib, uning ildizi qadim zamonlarga borib taqaladi. Og‘zaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Kaykovus, Jamshid va Siyovush, To‘maris va Shiroq haqidagi qissalar shular jumlasidandir. «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, marosim qo‘shiqlari, matal va topishmoqlarning o‘z davri ijtimoiy munosabatlari tarixini o‘rganishdagi o‘rni beqiyosdir. Yozma adabiyotdan avval paydo bo‘lgan bu xalq durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turmushi, ma’naviy qiyofasi, urf-odati, shu davrda hukm surgan ijtimoiy munosabatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Minglab yillar davomida yaratilgan ushbu tarixni o‘qitish va o‘rganishda yordamchi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Chunonchi, O‘zbekiston tarixini o‘rganishda tarix fanining paleografiya, epigrafika, numizmatika, geraldika, sfragistika, diplomatika, xronologiya, metrologiya kabi yordamchi fanlari qo‘lga kiritgan yutuqlarga tayaniladi. Paleografiya (yunon. palaios – qadimgi, grapho – yozaman; qadimiy yozuv) qadimiy qo‘lyozma asarlarning qog‘ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi. Epigrafika (yunon. Еpi – ustida, tepasida, grapho – yozaman; biron narsa, buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog‘och va boshqa qattiq buyumlar ustiga o‘yib yozilgan qadimgi bitiklarni o‘rganadi. Numizmatika (yunon. numisma – pul) qadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi. Geraldika (lotin. herald – gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turlituman nishon va belgilarni o‘rganadi. Sfragistika (yunon. sphragis – muhr) qadimiy muhrlar va ularning yozuvlari hamda tasvirlarini o‘rganadi. Diplomatika (yunon. diploma – ikki buklangan qog‘oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni o‘rganadi va tahlil qiladi. Xronologiya (yunon. xronos – vaqt, logos – tushuncha, bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasidagi va mamlakatlarda amalda bo‘lgan yil hisobi va taqvimini o‘rganuvchi fan. Metrologiya (yunon. metron – o‘lchov, logos – tushuncha, bilim; O‘lchovlar haqida tushuncha) o‘tmishda turli mamlakatlar va xalqlar orasida amalda bo‘lgan masofa, og‘irlik va sath o‘lchov birliklarini o‘rganadi. Mavjud o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning aksariyatida yoritilayotgan mavzuning tarixshunosligi berilmaydi. Mutaxassis talabalar uchun yaratilayotgan darsliklarda qisqacha, ekskurs tarzida ma’lum davr, mavzu va muammo bo‘yicha tarixshunoslik yoritib berilsa, kelajakda tadqiqot ishlarini olib borishi mumkin bo‘lgan iqtidorli yoshlarimiz uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Shuningdek, tarixshunoslikdan boxabar bo‘lish – yosh olimlarning istiqbolli va dolzarb mavzularni tanlashi uchun katta ahamiyat kasb etadi. «O‘zbekiston tarixi» fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari yaratishda tarixiy geografiya va toponimika masalalariga ham alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Maktab va o‘rta maxsus ta’lim uchun yaratilgan ayrim darsliklarda xaritalar berilgan bo‘lsa-da, oliy ta’lim adabiyotlarida bu narsa deyarli yo‘q hisobi. Tarixiy geografiya va toponimika bilan bog‘lik bo‘lgan – tog‘lar, daryolar, ko‘llar, dasht hududlari, tekisliklar, voha va vodiylar, qadimgi makonlarning joylashuvi, hududlarning chegaralari, joy nomlari hamda ularning mazmun-mohiyati, kelib chiqishi kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha ma’lumotlar olish talabalar bilimining yanada chuqurlashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, geografik nomlar, ularning ma’lum xalqlar va elatlar yashaydigan xudularda paydo bo‘lganligi, bu jarayon tabiiy-geografik shartsharoit, xo‘jalik shakli, turmush tarzi, urf-odat va an’analar bilan bog‘liq bo‘lganligi bois ham soha mutaxassislari tor yo‘nalishli tadqiqotilarda tarixiy geografiya va toponimikani chetlab o‘tolmaydilar. Tarixni o‘rganishda lozim bo‘lgan yana bir muhim jihat – madaniy meros va ma’naviyat masalasidir. O‘z tarixini chuqur anglagan, o‘rgangan va bilgan xalq yoki millat hech qachon o‘zligini yo‘qotmasligi barchaga ayon. Istiqlol yillarida xalqimizning qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari va bayramlari, og‘zaki ijodi an’analarini qayta tiklash va targ‘ib etishga zamin yaratildi. Tarixiy-madaniy merosni o‘rganish yoshlarimizda tarixiy ongning rivojlanishiga, o‘z ajdodlarining qanday bunyodkor bo‘lganligini, xalqimiz madaniyatning jahon sivilizatsiyada tutgan o‘rnini anglab yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston hududlarida sodir bo‘lgan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, turli davrlarda yuz bergan madaniy yuksalish va inqiroz holatlari, bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashlari, ezgulik va bunyodkorlikka intilishi, bu yurtda buyuk allomalar faoliyati O‘zbekistonning o‘ziga xos serqirra va rang-barang tarixidan dalolat beradi. Aynan shuning uchun ham bu tarix eng qadimgi davrlardan boshlab minglab yillar davomida ajdodlarimiz va xalqimiz tarixi sifatida o‘rganilib, o‘ziga xos tarixshunoslik yo‘nalishiga ega. Umuman olganda, «tarixshunoslik» atamasi quyidagi ma’noda muhim masalalarni o‘rganishda qo‘llanishi mumkin: 1. Mamlakatlar, tarixiy-madaniy viloyatlar, elatlar, xalqlar, sulolalar tarixi tarixshunosligi. 2. Ma’lum bir tarixiy davr tarixshunosligi (masalan: tosh davri, bronza va temir asri, o‘rta asrlar). 3. Tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, tarixshunosligi, alohida ilmiy maummolar, mavzularning o‘rganilishi tarixi (tarixiy sivilizatsiyalar va shaharlar, etnogenez masalalari, madaniy aloqalar va qadimgi yo‘llar, diplomatiya va xalqaro munosabatlar, me’morchilik va tasviriy san’at, yozuv madaniyati va boshq.). O‘rta Osiyoning qadimgi hamda o‘rta asrlar tarixi va madaniyatiga oid quyidagi manbalar mavjud: 1. «Avesto», qadimgi fors bitiklari, yunon-rim tarixchilari va geograflarning O‘rta Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlari (Gekatey, Gerodot, Ktesiy, Diodor, Strabon, Kvint Kursiy Ruf, Arrian, Pompey Trog, Pliniy, Tatsit va boshq.). 2. Antik davri xorazm yozuv namunalari va hujjatlari, baqtriya-yunon, baqtriyakushon va sug‘d yozuvlari hamda tangalardagi yozuvlar. 3. Ilk o‘rta asrlar mualliflarining xabarlari (vizantiyalik Prisk Paniyskiy, Prokopiy Kesariyskiy, Menandr Protektor, Stefan Vizantiysikiy, Suriya hujjatlari, arman va xitoy manbalari, xorazm yozuvlari, sug‘d yozuvlari va boshq.). 4. O‘rta Osiyo rivojlangan o‘rta asrlar davri tarixiga doir asarlar (Tabariy, Firdavsiy, narshaxiy, beruniy, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istaxriy, balazuriy, Ibn Fadlon, bayhaqiy, Ibn Xurdodbeh va boshq.). 5. Movarounnahrda mo‘g‘ullar hukmronligi davri haqida ma’lumotlar beruvchi manbalar (Shahobiddin nasaviy, Juvayniy, Rashididdin, Jalol al-Qarshiy, Hamidulloh Qazviniy va boshq.). Bugungi kunga kelib tarixshunoslik va manbashunoslik maxsus fanlar sifatida to‘la shakllandi. Tayanch so‘zlar: Ijtimoiy fanlar, voqea-hodisalar, inson va tabiat, o‘tmish tajribasi, ilmiynazariy asoslar, usullar, fan tamoyillari, davrlashtirish, tarixiy manbalar, yozma manbalar, moddiy manbalar, etnografik ma’lumotlar, lingivistik ma’lumotlar, arxiv manbalari, manbashunoslik, tarixiy geografiya, toponimika, madaniy meros, bunyodkorlik, ezgulikka intilish, bag‘rikenglik. Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekiston tarixi fanining ahamiyatiga baho bering. 2. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti va obyekti haqida ma’lumot bering. 3. O‘zbekiston tarixi fanining usullari va tamoyillari haqida fikr yuriting. 4. O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi hamda vazifalari xususida so‘zlab bering. 5. Tarixni davrlashtirishda, asosan, nimalarga e’tibor berish lozim? 6. Tarix fanining metodologiyasi deganda nimani tushunasiz? 7. O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi manbalar haqida ma’lumot bering. 8. Tarixni o‘rganishdagi manbalarning turkumlari, ularning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab bering. 9. Tarixni o‘rganishdagi yordamchi fanlar haqida qanday fikr bildirasiz? 10. Tarixni o‘rganishning ahamiyati to‘g‘risida gapirib bering. 1-mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar: 1. Asqarov A. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. – Toshkent: Universitet, 2007. 2. Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. – Toshkent: O’zbekiston, 2015. 3. Isomiddinov M., Mirsoatova S. «Farg‘ona odami» va antropogenez jarayoni // Vodiynoma. – Toshkent, 2016. №1 4. Rasulov A., Isoqboyev A. Tarix fanining ilmiy tadqiqot asoslari va uslubiyoti. – namangan, 2008. 5. Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullayev E.V. Qadimgi O‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar. – Toshkent: Adolat. 2001. 6. Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. – Toshkent: Universitet, 2004. 7. Sagdullayev A., Aminov b., Mavlonov O‘., norqulov n. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – Toshkent: Akademiya, 2000. – 271 b. 8. Toshpo‘latov T., G‘afforov Y. Tarix o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Turon-Iqbol, 2010. 9. Xolboyev S. Milliy mustaqillik va taraqqiyotning o‘zbek modeli. – Toshkent: O’zbekiston, 2015. 10. Eshov b. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari. // O‘zbekiston tarixi fanidagi innovatsiyalar. – Toshkent: noshir, 2012. 11. Eshov b.J., Odilov A.A. O‘zbekiston tarixi. I jild. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2014. 12. Алимова Д.А. О некоторых современных проблемах в изучении истории Узбекистана. // O‘zbekistonda tarix fani: yutuqlar va rivojlanish muammolari. I qism. – Toshkent, 2006. – b.6-13. 13. Новая история Центральной Азии. Переоценка истории, современные проблемы и подходы // Материалы международной научной регионалной конференции. – Ташкент, 2004. 14. Перщиц А.И., Монгайт А.Л. Алексеев В.П. История первобытного общества. – М.: Высшая школа, 1968. 15. Ртвеладзе Э.В.. Сагдуллаев А.С. Современные мифы о далеком прошлом народов Центральной Азии. Издание 2-е, дополненное. – Ташкент, 2007. 2-mavzu. O’zbеkiston tarixining eng qadimgi davri Reja: 2.1. Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Antropogenez jarayoni. 2.2. Paleolit – qadimgi tosh davri tarixi. 2.3. Mezolit, neolit va eneolit davri tarixi. 2.4. Ibtidoiy e’tiqodlar va tasviriy san’at. 2.1. Insoniyatning dastlabki ajdodlari. Antropogenez jarayoni. Hozirgi davr tarixshunosligida olimlarning bir guruhi odamzodning dastlabki vatani Afrika degan fikrni ilgari sursa, boshqalari – Yevropa va Osiyo deydilar. Insoniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi masalasi bir necha avlod tadqiqotchilari tomonidan o‘rganilib turli nazariyalar yuzaga kelgan. Antropogenez eng qadimgi davr tarixini o‘rganishda muhim va dolzarb muammo hisoblanadi. Turli davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo‘lishi haqida ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Yunon faylasuflari mil. avv. VI-V asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb tavsiflashga uringanlar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar insonni mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan, degan fikrni ilgari surdilar. Odamni xudo yaratganligi yoki odam boshqa koinotdan kelib Yerga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham bor. Geologik tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, osmoniy jism Yer bundan besh milliard yil ilgari paydo bo‘lib, unda dastlab hech qanday hayot bo‘lmagan. Yer tarixi geologik jihatdan arxey, paleozoy, mezozoy va kaynazoy eralariga bo‘linadi. Arxey erasi oxirlarida Yerda oddiy mavjudotlar, paleozoyda esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, mezozoyda sudralib yuruvchi jonzotlar va nihoyat kaynazoyda sut emizuvchi hayvonlar paydo bo‘ladi. Kaynazoy erasining to‘rtlamchi davri bundan 3 mln yil ilgari boshlanib, bu davrda odamzodning dastlabki ajdodlari paydo bo‘ladi. Fanda odamning paydo bo‘lishi masalasi arxeologik va antropologik ma’lumotlar bo‘yicha o‘rganiladi. Avvalambor, insoniyat paydo bo‘lishining Qadimgi Sharq va Yunoniston asotirlari ma’lum va ilohiyot bilan bog‘liq bo‘lgan nazariyalar mavjud. Yakka xudolikni targ‘ib etgan barcha diniy ta’limotlarda insonning paydo bo‘lishi yoki yaratilishi ilohiyot bilan bog‘lanadi. Xususan, «bibliya» ta’limotiga ko‘ra, odam xudo tomonidan tuproqdan yaratilgan. Muqaddas Qur’oni Karimda esa odamning loydan yaratilib, Allohning irodasi bilan unga jon ato etilgani ta’kidlanadi. Insoniyatning ilk vakillari sifatida «bibliya»da Adam va Yeva, Qur’oni Karimda Odam Ato va Momo Havo nomlari keltiriladi. Hozirgi kunda odam paydo bo‘lishi haqidagi diniy va dunyoviy ta’limotlar bir-biridan ajralgan holda, mustaqil rivojlanmoqda. Jahon miqyosida ikkala ta’limotning ham tarafdorlari ko‘p. Dunyoviy fanlar, xususan, antropologiya, arxeologiya, tarix fani antropogenez jarayonini ilm-fan sohalarida erishilgan natijalarning dalillariga asoslanib o‘rganadi. Tarix fanida insoniyat tabiatning bir qismi bo‘lib, u yerdagi taraqqiyotning ma’lum bosqichida vujudga kelib uzluksiz izlanish va mehnat tufayli takomillashib borganligi haqidagi xulosalar ustunlik qiladi. Fanda odamning paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayoni antropogenez (yunoncha antropos – odam, genesis – kelib chiqish, rivojlanish) deb ataladi. Ilmiy adabiyotlarda antropogenez jarayoni quyidagi bosqichlarga bo‘lib o‘rganiladi: 1. Odamning ibtidoiy ajdodlari. 2. Eng qadimgi odamlar. 3. Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlar. XIX asrning ikkinchi yarmida insonning kelib chiqish masalasi bilan bog‘liq evolyutsiya (rivojlanish, takomillashish) nazariyasi vujudga keldi. Shu tariqa tabiatshunoslik ta’sirida etnologiya fanida evolyutsiya maktabi paydo bo‘ldi. Mazkur oqim yo‘nalishdagi ustunlik qilgan ta’limotga ko‘ra, organik – jonli olam singari, inson, jamiyat va madaniyat quyi shakllaridan yuqori, yuksalgan shakllariga sari bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlangan. Yevropa tabiatshunoslari bu jarayonda mehnatning roli yuksak bo‘lganligini ta’kidladilar. bunda ibtidoiy odamning mehnat faoliyati asosida jismoniy va aqliy o‘zgarishiga urg‘u berilgan edi. Antropologiya fanida ilk qazilma va zamonaviy qiyofadagi odamlar oilasi «hominidae» – «gominiylar» deb ataladi. XX asrda olimlar ibtidoiy odamlarning ilk ajdodlarini 1925-yilda Janubiy Afrikada R. Dart tomonidan topilgan «australopitekus», ya’ni «janubiy maymun» deb atalgan qazilma odam bilan bog‘ladilar. U bundan 6-5 million yil ilgari shakllangan. Avstralopitek tik turib yurgan bo‘lsa ham, biroq zamonaviy qiyofadagi odamdning eng qadimgi ajdodlaridan ancha farqlangan. Shu bois, ayrim antropologlar uni inson ajdodi bo‘lishidan shubhalanadi, boshqalari esa avstralopitekdan antropogenez jarayoni boshlangan deb hisoblaydi. Taxminan bundan 2 mln yil avval ancha takomillashgan gominiylar vujudga keladi. Ularning qazilma skelet suyaklari va tosh qurollari efiopiya hududida hamda Tanzaniyadagi Olduvay darasida (Sharqiy Afrika) topilgan («zinjantrop»). Bu ibtidoiy odamlar paleoantropologiya fanida lotincha maxsus atama bilan «Homo» ya’ni «odam», ularning dastlabki turlari «Homo habilis» – «ishbilarmon odam» va keyingi bosqich vakillarini «Homo erectus» – «tik yuruvchi odam» deb atash rasm bo‘ldi. «Homo erectus» zamonaviy odamga ancha o‘xshab, gavdasi baquvvatroq bo‘lgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, u turli tosh qurollarini yasash ko‘nikmalariga ega bo‘lib, olovni bilib olgan va uni kashf etgan. Sharqiy Afrika iqlimi u paytlarda ancha salqin edi. Olov ibtidoiy to‘da uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sovuq kunlarda odamlarning tanalarini isitgan va yirtqich hayvonlardan himoyalanishda vosita bo‘lgan. «Homo erectus» odamlari uzoq masofalarda ko‘chib yurib, keng mintaqalarni, jumladan Osiyo hududlarini o‘zlashtirgan. Osiyoda qazilma odamlar qoldiqlari Indoneziyadagi Yava orolidan XIX asrning oxirlarida topilgan bo‘lib, fanda ularni «pitekantrop» («maymun-odam») deb atash rasm bo‘lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln – 700-600 ming yil ilgari (E.Dyubua) yashagani aniqlangan. Shuningdek, 1927-yilda Xitoy hududlaridan topilgan (D.blek) qadimgi odam qoldiqlari («sinantrop» – «xitoy odami») bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg va Vengriyaning budapesht shahri yaqinidan ham topilgan. Zinjantrop, pitekantrop va sinatroplar gominiylar rivojlanishining ilk paleolit davri bosqichlarida yashaganlar. bu turdagi eng qadimgi odamlar gavdalarini tik tutib yurganlar va toshdan turli mehnat qurollari yasab, ulardan foydalana bilganlar. Qurol yasay bilishi, o‘simlik ildizlari va mevalarni iste’mol qilishda shu qurollardan foydalanishi, shuningdek, ayrim hayvonlarni ovlashi ilk odamlarni hayvonot olamidan ajratib turgan. Ibtidoiy odamlarning makonlaridan qo‘pol tosh qurollar va hayvonlar suyaklari topilgan. O‘rta paleolit odamning qazilma qoldiqlari Germaniyaning neandertal vodiysidan topilganligi sababli fanda u «neandertal odami» deb nomlash rasm bo‘lgan. neandertal qiyofadagi odamlarning suyak qoldiqlari bugungi kunga qadar Afrika, O‘rtayer dengizi qirgoqlari, O‘rta Osiyo, yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari hududlaridan, Qora dengiz bo‘ylaridan, Shimoliy Yevropa hamda Osiyo yerlaridan ko‘plab topilgan. bu qiyofadagi odamlar jismoniy jihatdan nisbatan ancha baquvvat bo‘lib, o‘rtacha 20-25-yil umr ko‘rgan. Ular toshdan xilma-xil qurollar yasab, yirik hayvonlar ovlash ko‘nikmalariga ega bo‘lganlar. Neandertalning tashqi qiyofasida, ibtidoiy belgilar saqlanib, shuningdek, u zamonaviy qiyofadagi odamga ancha yaqinlashib qolgan edi. Fransiyaning Tordoni viloyatidagi so‘nggi paleolit davriga oid Kromanon g‘orida qadimgi odam qabrning o‘rganilishi tufayli bu yerda baland bo‘yli (180 sm), miya kosasi hajmi zamonaviy insonga o‘xshash odam dafn etilganligi aniqlangan. Olimlar g‘ordan topilgan odam skelet suyaklari qoldiqlari asosida uning tashqi qiyofasini tikladilar. Kromanon g‘orida topilgan odam «kromanon odami», ya’ni Homo sapiens (aql-idrokli odam) deb ataldi. zamonaviy odam dastlabki vakillarining suyak qoldiqlari bugungi kunda Yer yuzining yuzdan ziyod makonlaridan ochib o‘rganilgan. Kromanon odami zamonasiga kelib insonning biologik va jismoniy qiyofasi hozirgi zamon odamidan farq qilmaydigan darajada edi. Kromanonlar davrida urug‘chilik jamoasi vujudga keladi. Yuqorida odamning paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalasiga qisqa ta’rif berildi. Mazkur mavzu o‘ta bahsli muammodir. XX asrning 70-yillariga qadar antropogenezning biryoqlama nazariyasi tan olingan edi (Homo erectus – neandertal – Homo sapiens, ilk zamonaviy odam). bugungi kunga kelib, odamning rivojlanishi jarayonidagi to‘rtta yo‘nalishi to‘g‘risida quyidagi g‘oyalar ilgari surildi: 1) Yevropa neandertallari; 2) Afrika xomo sapienslari; 3) Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo xomo sapienslari; 4) Sibir-Oltoy xomosapienslari. Olis o‘tmish zamonlarda ular umumiy ildizga ega bo‘lgan, keyinchalik bu odamlar bir darahtning turli shoxlariga o‘xshab ajralgan va davr o‘tishi bilan yana birlashib, yaqinlashgan deb hisoblandi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, neandertallar va ilk zamonaviy odamlar bir davrda, turli hududlarda istiqomat qilganlar. Ular biologik jihatdan aralashib (qorishib) borganlar va o‘zaro aloqalarini davom ettirib, ko‘nikmalar va bilim-tajriba, tosh qurollar yasash usullari hamda tosh qurollar bilan almashib turganlar. Qiyosiy o‘rganish uchun misol keltiradigan bo‘lsak, o‘tgan asrning 30-yillari boshlarida Falastinda «Echki g‘ori» degan o‘rta paleolit g‘or-makonida tosh qurollari bilan birga ibtidoiy odamlarning skelet suyaklari aniqlangan. Antropologik belgilarga ko‘ra, «falastin odamining» tashqi qiyofasi Yevropa neandertallaridan farq qilgan (peshonasi kengroq, miya kosasi balandroq, yuzining tuzilishi zamonaviy odamga yaqinroq bo‘lgan). Shu bois neandertal va zamonaviy qiyofadagi eng qadimgi odamning qo‘shilishi, qorishib ketishi haqidagi g‘oya vujudga keldi. Shuningdek, zamonaviy ko‘rinishdagi odamning ildizlari juda qadimgi davrlarga borib taqalishi, uning neandertallar bilan bir zamonda rivojlanishi degan g‘oyalar ilgari surildi. Ammo sovet davri tarixshunosligida bu g‘oyalar rad etildi, shu davr qarashlariga ko‘ra, antropologik ko‘rinishdagi neandertal odami doimo bir xil bo‘lmagan, u tadrijiy rivojlanib, ancha o‘zgargan. Bu nazariyaning davomi shundaki, o‘rta tosh asridagi tinimsiz mehnat va tabiy muhitni bilishga intilish jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida, neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana borganlar. Ular jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib, zamonaviy qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga etdi, deb taxmin qilindi. Odamning paydo bo‘lishi Yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo‘lib, u dastlab toshdan oddiy to‘qmoq yasagan bo‘lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz izlanishlar natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi. biroq ta’kidlash lozimki, insoniyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalalarini o‘rganishda talabalar turli nazariyalarga e’tibor berishlari lozim. Toshkent viloyatidagi Obirahmat g‘or-makonida yangi arxeologik tadqiqotlar tufayli, hozirdan taxminan 50 ming yil avval yashagan qadimgi odamning suyak qoldiqlari aniqlandi. Topilgan odam bosh suyagi va tishlari kromanon odamining neandertal odami bilan omuxtalashganligidan guvohlik beradi. bu topilma, Falastinda «Echki g‘ori»dagi paleoantropologik ashyolar singari hozirgi qiyofadagi odamlarning ajdodlari bilan neandertalning chatishganligiga dalolatdir. Shuningdek, Obirahmat odami qoldiqlarining topilishi natijasida, O‘zbekiston hududi ilk zamonaviy odam – Homo sapiens shakllangan hudud hisoblanadi. Antropogenez jarayonida mehnatning inson turmush tarzidagi o‘zgartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid manbalar tasdiqlaydi. Ularga ko‘ra, turli davrlarga oid moddiy madaniyatning yangi asoslarda rivojlanishidan, mehnat qurollarning o‘zgarishi darak beradi. Inson o‘zini o‘rab olgan muhitni hamda tabiatda sodir bo‘lgan hodisalarni bilish oqibatida, uning dunyoqarashi, ilk e’tiqodlari va ma’anaviy madaniyati rivoj topgan. zero, zamonaviy odamning ham jismoniy va aqlliy rivojlanishini mehnatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 2.2. Paleolit – qadimgi tosh davri tarixi Paleolit (yunoncha, palaios – qadimgi, litos – tosh) – insoniyat tarixining eng qadimgi davri bo‘lib, uning boshlanish sanasi jahon tarixida taxminan bundan 3-2 mln yil ilgarigi davr bilan belgilanadi. Insoniyat minglab yillar davomida toshga ishlov berish texnikasini takomillashtirib va rivrojlantirib borgan, turmush tarzi hamda yashash sharoitini yaxshilashga harakat qilgan. Paleolit davri arexologik nuqtayi nazaridan uch bosqichga: ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichlarga bo‘linib o‘rganiladi. Ular arxeologik davrlashtirishga mansub bo‘lib, ibtidoiy jamiyatdagi qurollar yasash xom-ashyosiga va uni ishlash texnikasi o‘zgarishini belgilariga ko‘ra ajratilgani ma’lum. Ilk paleolitning dastlabki davrida Janubiy va Markaziy Yevropada iqlim subtropik, Janubiy Osiyo va Afrikada tropik bo‘lib, bu hududlarda issiqsevar hayvonlar keng tarqalgan. Misol uchun, Yevropada fillar, begemotlar va yovvoyi otlar, Osiyoda yovvoyi ho‘kizlar, karkidonlar, otlar va zebralar paydo bo‘lgan va issiqsevar o‘simliklar keng tarqalgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda bu jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog‘lab kelar edilar. Ammo so‘nggi yillarda O‘zbekiston arxeologlari tomonidan olib borilgan ko‘pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi. O‘zbekistonning paleolit davri yodgorliklari o‘rganishda qadimshunos olimlarning xizmatlari katta (A.P.Okladnikov, O‘.Islomov, M.R.Qosimov, T.Mirsoatov, R.X.Sulaymonov, E.b.bijanov va boshq.). Ularning tadqiqotlari tufayli, qadimgi tosh davriga oid muhim makonlar aniqlandi, ko‘pdan-ko‘p arxeologik kashfiyotlar jahon miqyosida tan olindi. Farg‘ona vodiysidagi So‘x daryosi vohasida Haydarkon qishlog‘I chekkasida Selungur g‘orida ilk paleolit davriga oid madaniy qatlamdan tosh parchalari va siniqlaridan yasalgan qirg‘ichlar, tishsimon qurollar, qo‘l cho‘qmorlari, tosh bo‘laklari topilgan. Shuningdek, g‘or-makonidan yovvoyi hayvonlarga tegishli bo‘lgan 5 mingdan ortiq suyak qoldiqlari aniqlangan. Selengur qurollarining yoshi 1 mln yildan ziyodroq, deb taxmin qilinadi. Topilmalarning orasidan eng ahamiyatlisi ibtidoiy odamning bosh suyagi parchasi, tishlari va yelka suyagi bo‘lagidir. Arxeologiya fanida «Farg‘ona odami» – «Fergantrop» deb shartli ravishda nomlangan bu qazilma odam qoldiqlari, O‘rta Osiyo, insoniyatning eng qadimgi ajdodlari rivojlangan o‘choqlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Biroq O‘rta Osiyoda ilk paleolit davri odamning butunlay saqlangan bosh suyagi topilmagan, shu sababli mintaqadagi bu davr ibtidoiy odamning antropologik tuzilishi haqida aniq bir narsa deyish mushkul. Ko‘lbuloq makonidan (Toshkent vil.) ko‘p qatlamli yodgorlik ochilgan bo‘lib, uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit davriga oid chopper, nukleus va qirg‘ichlardan iborat tosh qurollar topilgan. Ko‘lbuloqda istiqlol yillarda o‘zbekistonlik arxeologlarning chet ellik hamkasblari bilan qo‘shma ishlari natijasida paleolitning barcha bosqichlariga oid (ilk, o‘rta, so‘nggi paleolit) madaniy qatlamlaridan tosh qurollar aniqlandi. Ilk paleolit davri odamlari toshdan ishlangan sixchalar, chopqichlar, qo‘l cho‘qmorlari, tosh parchalari va siniqlaridan ishlangan qurolardan foydalanishgan. Qurollarning ko‘pchiligi tashqi ko‘rinishda qo‘pol va soddadir. Eng qadimgi tosh qurollar mintaqaning turli hududlarida Janubiy Tojikistondagi Qizqal’a, Janubiy Turkmanistonda Qoratangir, Qirg‘izistondagi On-Archa daryosi bo‘yida (norin tumani), Janubiy Qozog‘istonda Chimkent shahridan shimoldagi Kichik Qoratog‘ oldida bo‘riqazigan va Tanirqazigan makonlaridan topilgan. Bunday ko‘rinib turibdiki, ilk paleolit davri makonlari tog‘larda va tog‘ oldi hududlarida tarqalgan. Misol tariqasida, On-Archa makoni dengiz sathidan 2500 m balandlikda, Selengur g‘ori esa 2000 m balandlikda joylashgan. Ilk paleolit davri makonlaridan topilgan hayvon suyaklari va tosh qurollari ibtidoiy odamlar ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanib, tabiatda tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirib yashaganlar. O‘rta paleolit (muste madaniyati) – qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. bu davrga kelib (bundan 100-40 ming yil muqaddam) neandertal qiyofali odamlar keng hududlarga yoyiladilar hamda avvalgi davrga nisbatan tabiat bilan faolroq munosabatga kirishadilar. O‘rta paleolit davrida tabiiy sharoit o‘zgarib Yevropa, Osiyo va Amerikaning katta qismini ulkan muzliklar qoplaydi. natijada mamontlar, shimol bug‘ulari, ayiqlar, umuman sovuqsevar hayvonlar keng tarqaladi. Muzlikning siljishi oqibatida ob-havoning sovushi neandertal odamlarining tabiiy sharoitga moslashishiga turtki bo‘lgan edi. bunday moslashuv yashash zaruriyatining turli ko‘rinishlari – sovuqdan saqlanish, boshpana izlash, kiyim kiyish va olovni kashf etish kabilar bilan izohlanadi. bu davr odamlari o‘z faoliyatlari davomida dunyoni bilish, tabiat to‘grisida, undagi o‘zgarishlar va voqealarga munosabat borasida ma’lum dunyoqarashga ega bo‘lib, ibtidoiy bilimlar hamda fikrlash ko‘nikmalarini egallay boshlaydilar. O‘rta paleolit davrda tosh qurollar turlari va ularning vazifasi takomillashuvida anchagina o‘zgarishlar kuzatiladi. Hozirgi kunda o‘rta paleolit davri tosh qurollarining 60 dan ziyod turlari aniqlangan bo‘lib ular orasida o‘tkir uchli qurollar va tarashlagichlar keng tarqalgan. Bu davrga oid O‘zbekistondagi dastlabki yodgorlik Teshiktosh (Surxondaryo) g‘or makoni 1938-yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Keyinchalik O‘rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan o‘rta paleolit davriga oid ko‘plab makonlar aniqlandi va ularda tadqiqot ishlari olib borildi. Omonqo‘ton (Taxtaqoracha dovoni, Samarqand), Qo‘tirbuloq va zirabuloq (zarafshon vodiysi), Obirahmat (Toshkent viloyati), Ko‘lbuloqning yuqori qatlamlari (Toshkent viloyati), Qizilnur (Qizilqum), Xo‘jakent (Toshkent viloyati) kabi ko‘plab makonlar o‘rta paleolit davriga oiddir. Boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘or-makoni topilmalari dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. Tadqiqotlar natijasida g‘or-makondan beshta madaniy qatlamdan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Shuningdek, turli hayvonlar: qoplon, yovvoyi ot, eshak, quyon va turli qushlarning suyak qoldiqlari aniqlangan. Tosh qurollar orasida qirg‘ichlar alohida o‘rin egallab, ularning ba’zilari kesgich qurol vazifasida ishlatilgan bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, o‘tkir uchli cho‘qmorlar, tosh pichoqlar va sixchalar ham topilgan. Eng muhimi shundaki, Teshiktosh g‘or-makonining yuqori qatlamlaridan 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan. Bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. U dafn etilganda ibtidoiy dafn marosimlariga amal qilinib jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari qadab qo‘yilgan. Shuningdek, g‘or-makondan gulxan izlari va kul qoldiqlari topilib, gulxan o‘rni va atroflaridan tog‘ echkisi suyak qoldiqlari aniqlangan. Toshkent viloyatidagi Obirahmat makoni Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori oqimida joylashgan. Makondan mehnat qurollari, jumladan, nukleuslar, parrakchalar, o‘tkir uchli sixchalar, qirg‘ichlar va kesgichlar topilgan. Obirahmatdan bug‘u va tog‘ echkisi, jayron, arxar suyaklari aniqlangan. O‘rta paleolit davri hayvonot olami turli-tuman bo‘lib, neandertal odamlari tog‘ echkisi, bug‘u, qulon, yovvoyi ot hamda mayda hayvonlarini ovlaganlar. Ibtidoiy odamlar olovdan foydalanish va uni saqlash uslublarini bilib olganlar. Vaqt o‘tib, odamlar yog‘ochni yog‘ochga ishqalash, chaqmoqtoshlardan o‘t chiqarish, ya’ni olovni sun’iy hosil qilish yo‘llarini topganlar. Olov sovuqdan va yirtqich hayvonlardan saqlanish, go‘shtni pishirishga imkoniyat yaratgan. Zarafshon vohasidagi Qo‘tirbuloq makoni, Toshkent vohasining Xo‘jakent, Ko‘lbuloq makonlari, Farg‘ona vodiysidagi bo‘ribuloq, Tomchisuv yodgorliklari, zarafshon vohasidagi Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq makonlari ham o‘rta paleolit davriga oiddir. O‘rta paleolitning boshlariga kelib shimoldan ulkan muzlikning siljib kelishi natijasida iqlim tamoman o‘zgaradi. natijada ibtidoiy odamlar turmush tarzida katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Sovuq iqlim tufayli odamlar ko‘proq g‘orlarga joylasha boshlaydilar. Janubdagi kichik tuyoqli issiqsevar hayvonlar qirilib ketib shimol bug‘ulari, mamontlar, ulkan ayiqlar paydo bo‘ladi. Yirik hayvonlarning yoyilishi esa o‘z navbatida jamoa bo‘lib ovchilik qilishning vujudga kelishiga olib keldi. O‘rta paleolit davrida g‘or va ungurlarni o‘zlashtirish, gulxan atrofida to‘planish va nihoyat jamoa bo‘lib ov qilish uslublarining paydo bo‘lishi mintaqadagi qadimgi odamlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta paleolit davriga oid Uchtut shaxta-ustaxonasi topib tekshirilgan. bu yodgorlik chaqmoqtosh kovlab olish bilan bog‘liq bo‘lib, zarafshon vohasining o‘rta qismida joylashgan (navoiy viloyati). Shuningdek, Uchtutdan 1-2 km sharqda Ijond va Vaush kabi o‘rta paleolit makonlari aniqlangan. Ulardan hayvon suyaklari va turli xil tosh qurollar (nukleuslar, sixchalar, keskichlar) topilgan. So‘nggi paleolit davri mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. bu davrga oid Samarqand makoni (shaharning o‘zida), Xo‘jag‘or (Farg‘ona vodiysi), bo‘zsuv va Tuyabo‘g‘iz, Ko‘lbuloq (Toshkent viloyati), Takalisoy g‘or-makoni (Samarqand viloyati) yodgorliklari topib tekshirilgan. So‘nggi paleolit davriga kelib qadimgi odamlar O‘rta Osiyoning keng hududlariga tarqala boshlaydilar, ularning turmush tarzida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo‘ladi. Qurollarning turlari ko‘payadi. Ayniqsa, ovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan nayzasimon o‘tkir qurollar, turli pichoqlar, qirg‘ichlar va kesgichlar shular jumlasidandir. So‘nggi paleolit hayotdagi eng muhim xususiyati shundaki, bu davrda ibtidoiy to‘dadan urug‘chilik jamoasiga o‘tila boshlandi. So‘nggi paleolit davri odamlarning zamonaviy jismoniy qiyofasi shakllanishida, ibtidoiy to‘dadan urug‘ jamoasiga o‘tilishida, tosh qurollar tayyorlashda yangi yutuqlar qo‘lga kiritilishida muhim ahamiyat kasb etgan davrdir. bu davrga kelib mehnat qurollari yasash texnikasida, qadimgi odamlarning yashash sharoiti hamda turmush tarzida, ularning ijtimoiy munosabatlarida, fikrlash va dunyoqarashida, jismoniy qiyofasida keskin o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Bu davrdagi qurollar ilgarigi davr tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashadi. Ushbu davrning muhim xususiyatlaridan yana biri - suyakdan qurollar yasash edi. Misol tariqasida bu davr topilmalari orasida suyakdan yasalgan garpunlar va ignalar uchraydi. Xullas, so‘nggi paleolit davri makonlaridan aniqlangan topilmalar ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlardan dalolat beradi. Xo‘jalikdagi asosiy mashg‘ulot ovchilik va termachilik bo‘lib, erkaklar ovchilik bilan, ayollar esa termachilik bilan shug‘ullanganlar. bu davrda birgalikda yashagan va mehnat qilgan hamda umumiy mulk va oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo‘lgan qarindoshlar urug‘ jamoasi vujudga kelgan. Ilk urug‘ jamoalarida yoshi katta ayollarning mavqeyi ancha baland bo‘lganligi tufayli, jamoa a’zolari ayol kishi – ona tevaragida jipslashgan. Shu tariqa matriarxat urug‘ jamoasi paydo bo‘lgan. So‘nggi paleolit davriga kelib hozirgi zamon qiyofasidagi odamning shakllanishi bir vaqtning o‘zida jahon tarixida yevropoid, negroid va mongoloid irqlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan edi. Ular birbirlaridan tanasining rangi, soch va ko‘zlarining shakli hamda rangi, muskullar va bo‘ylarining uzun-kaltaligi, bosh suyagining shakli, yuz tuzilishi va boshqa belgilari bilan farqlangan. Irqlarning shakllanishida tabiiy sharoit ham muhim ahamiyat kasb etgan. negroidlar Afrikada, yevropoidlar Yevropada, mongoloidlar Osiyo hududlarida keng tarqalganlar. So‘nggi paleolit davriga kelib odamlar g‘orlardan chiqib yengil turarjoylar – chayla va yarim yerto‘lalarda yashay boshladilar. Ular endi faqat tog‘li hududlarda yashab qolmay vohalar bo‘ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko‘llar bo‘ylarida joylashadilar hamda qarindosh-urug‘chilik jamoalariga bo‘linadilar. Paleolit davri tarixiga oid quyidagi muhim xulosalarni chiqarish mumkin: 1. Ilk paleolit davri mehnat qurollari o‘zining soddaligi va qo‘polligi bilan keyingi davrlarning mehnat qurollaridan ancha farq qiladi. Makonlar suvga yaqin, yerlarda joylashgan. Eng qadimgi odamlar dastlab to‘da bo‘lib yashaganlar. Makonlarda topilgan hayvon suyaklari va tosh qurollarning xususiyatlari eng qadimgi odamlar ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanib, shu asosda hayot kechirganligini ko‘rsatadi. Shubhasiz, u paytda odamlarning aqliy va jismoniy rivojlanish darajasi ularga yakka-yakka yashash uchun hech qanday imkoniyatlar yaratib bermagan. Ularning oziq-ovqat zaxiralari chegaralangan edi, bundan tashqari, yakka yashagan, odamlar yirik yirtqich hayvonlarning hujumidan o‘z hayotlarini saqlay olmasdilar. Ochlik xavfi va ko‘p vaziyatlarda noma’lum tabiiy jarayonlar eng qadimgi odamlarni to‘da bo‘lib yashashga majbur qilgan. Olimlar fikriga ko‘ra, ilk paleolit davridagi iqlim issiq bo‘lganligi uchun odamlarning uy-joy va kiyimga ehtiyoji bo‘lmagan. 2. O‘lkamizda topib tekshirilgan o‘rta paleolit davri makonlari, asosan, g‘orlarda joylashadi. Demak, muzlik bosib kelishi bilan boshpana zarur bo‘lib qolib, odamlar tabiiy pana joylar – g‘orlarni egallashga harakat qilganlar. Muzlik davrida neandertal odamlari murakkab sinovlardan o‘tgan. Odamlarning asosiy mashg‘uloti ovchilik bo‘lib, bu jarayon ko‘p sonli va turli shakllardagi qurollarni ishlab chiqarishni talab etgan va eng qadimgi xo‘jalikning asosi bo‘lib xizmat qilgan. Odamlar asta-sekinlik bilan yirik hayvonlarni ham ov qilishni o‘rganib bordi, ular olovdan foydalanish va uni saqlashga harakat qildilar. Uzluksiz mehnat asosida inson aqliy va jismoniy jihatdan o‘zgarib bordi. 3. Olov – sovuqdan va yirtqich hayvonlardan saqlanish, ovqat pishirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Avvalo o‘tni egallash o‘rmondagi yong‘inlardan, tabiiy o‘tlardan foydalanishdan boshlangan. Bunday o‘tlarni o‘chirmasdan, uzoq vaqt davomida saqlab turish va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin bo‘lgan. Shu bilan birga, odamlar yog‘ochlarni ishqalash yo‘li bilan va chaqmoqtoshlardan o‘t chiqarish yo‘llarini topganlar. 4. Odamlar yirik hayvonlarga ov qilishi natijasida ovchilikning usullari ko‘payib borgan (hayvonlarni o‘rab olish, botqoqlikka haydash, jarga qulatish va boshqalar). Hayvonlarni ovlash jarayoni mehnatni maqsadli tashkil qilishni talab etgan. So‘nggi paleolitda qurollar yasashning yangi usullari vujudga kelgan. Qurollar tosh parrakchalardan yasalib, ko‘pincha nukleuslarning (nukleus – tosh o‘zak) yangi shakllari bilan bog‘lanadilar va qurollarning xili ko‘paya boshlaydi. 5. So‘nggi paleolit davrida zamonaviy qiyofali odam keng hududlarni o‘zlashtirdi. zamonaviy qiyofali odamning paydo bo‘lishi sabablaridan biri – jamoada yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohning man qilinishi bo‘lib, ushbu jarayon odamning jismoniy turini biologik jihatdan tez o‘zgarishiga olib kelgan. So‘nggi paleolit davrining muhim xususiyatlaridan biri, ibtidoiy to‘dadan urug‘ jamoasiga o‘tilishidir. Urug‘chilik tuzumining boshlang‘ich va asosiy shakli matriarxat – ona urug‘idan iborat bo‘lgan. Urug‘chilik tuzumi inson hayotidagi bir qator ijobiy o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga asos solgan. Manzilgohlar ov qilinadigan joylar bilan bog‘langan, bu joylarga qarindosh-urug‘lar ega bo‘lib, ular ovchilik bilan tirikchilik o‘tkazganlar, shuningdek baliqchilik rivoj topgan. 2.3. Mezolit, neolit va eneolit davri tarixi Tosh asrining keyingi rivojlanish bosqichi fanda mezolit (o‘rta tosh) davri O‘rta Osiyoda nisbiy tarzda mil. avv. 12-7-ming yilliklar bilan belgilangan. Mezolit – odamlarning Yer yuzi bo‘ylab keng tarqalish davri bo‘lib, ular dengiz, qo‘llar va daryo bo‘ylari hamda tog‘li hududlarda yoyilganlar. Kaspiy bo‘ylaridan Tyanshan – Pomirgacha, Markaziy Qozog‘istondan Kopetdog‘ etaklarigacha bo‘lgan hududlardan mezolit davri yodgorliklarining namunalari topib o‘rganilgan. Machay (Surxondaryo), Obishir (Farg‘ona vodiysi), bo‘zsuv, Qo‘shilish (Toshkent), Aydabol, Jayronquduq (Ustyurt), Sulton Uvays (Quyi Amudaryo o‘ng sohili yerlari) kabi O‘rta Osiyodagi 50 dan ziyod yodgorliklar shular jumlasidandir. Mezolitning ilk va so‘nggi bosqichlarini belgilashda tadqiqotchilar geografik shart-sharoit, toshni qayta ishlash texnikasi va odamlarning turmush tarzi hamda mashg‘ulotlariga asosiy e’tibor qaratadilar. Mezolit davriga kelib Yer yuzidagi ulkan muzlikning yana shimolga tomon siljishi natijasida iqlim barqarorlashib hozirgi davrdagiga ancha o‘xshab qolgan edi. buning natijasida O‘rta Osiyo hayvonot olami va o‘simliklar dunyosida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Paleolit davrining yirik hayvonlari yo‘qola borib ular o‘rniga kichik tuyoqli, tez yuguruvchan hayvonlar – jayron, sayg‘oq, bug‘ular, tog‘ echkisi, arslon, yo‘lbars, qoplon, quyon kabilar ko‘paya boradi. Shuningdek, janubga xos issiqsevar, yovvoyi boshoqli o‘simlik va daraxtlar ham tobora ko‘payib bordi. Tabiat va iqlimdagi bu o‘zgarishlar mezolit davri kishilarining hayotida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq qurollar tayyorlashni o‘zlashtira boshladilar. Xususan, janubiy o‘lkalarda, shuningdek, O‘rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda qurollar – mikrolitlar paydo bo‘lib ular uchun suyak va yog‘och dastachalardan qadama sifatida foydalanilgan. Undan tashqari bu davrda insoniyat o‘z tarixidagi dastlabki murakkab moslama – o‘q-yoyni kashf etdi. natijada chopqir, kichik tuyoqli hayvonlar va parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mazkur davrning eng katta yutuqlaridan yana biri Yaqin Sharq hududlarida yovvoyi hayvonlar – it, qo‘y, echki kabilarning qo‘lga o‘rgatilib, xonakilashtirilishi bo‘ldi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra mezolit davrida Old Osiyoning ba’zi viloyatlarida termachilikdan yovvoyi o‘simliklarni xonakilashtirishga hamda ovchilikdan chorvachilikka o‘tish boshlanadi. bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va tabiiy-geografik sharoit bilan bevosita bog‘liq edi. Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay (boysun) g‘or-makonidan ko‘plab suyak va tosh qurollar topilgan. Suyak qurollar bigiz, igna, so‘zan kabilardan iborat bo‘lsa, tosh qurollar – pichoqlar, arrasimon qurollar, kesgichlar, ushatgich toshlar, nayza va o‘q uchlari kabilardir. bu qurollarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lsa ham Yaqin Sharqdagi mezolit yodgorliklaridan topilgan tosh qurollarga o‘xshab ketadi. Machay makonidan odam bosh suyaklari, tishi, jag‘i va boshqa qismlari qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu topilmalarni o‘rganish tadqiqotchilarga O‘rta Osiyoning janubidagi mezolit davri kishilarining yevropoid irqiga mansub ekanligini aniqlash imkonini berdi. Machay g‘orida bo‘ri, tulki, bars, mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon kabi hayvonlarning ham suyak qoldiqlari topilgan. Machaylik mezolit davri odamlari olovdan keng foydalanganlar hamda hayvon va parranda go‘shtlarini olovda pishirib eganlar. Farg‘ona vodiysidan mezolit davriga oid Obishir g‘or-makonidan tosh qurollar, bigizlar, qirg‘ichlar, pichoq qadamalari topilgan. Shuningdek, topilmalar orasida yovvoyi hayvonlarning maydalangan va sindirilgan suyaklari, baliq tutishda ishlatiladigan qadoq toshlar ham bor. Topilgan ashyolarga asoslanib obishirliklar baliqchilik, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan deyishimiz mumkin. Markaziy Farg‘ona hududlaridan Sho‘rko‘l, Achchiqko‘l, Yangiqadam, bekobod, zambar, Toypoqko‘l kabi 80 ga yaqin mezolit davri yodgorliklari aniqlandi. Ularning ko‘pchiligi ko‘l yoqalaridan topilgan bo‘lib aftidan bu joylar mezolit davri kishilarining yashashlari uchun ko‘pgina qulayliklarga ega bo‘lgan. bu yerlardan topilgan ko‘pgina qurol va tosh buyumlar o‘zining nisbatan nozikligi, ixchamligi bilan paleolit davri qurollaridan ajralib turadi. Markaziy Farg‘onadagi mezolit davri qabilalari xo‘jalik hayotida ovchilik, termachilik hamda baliqchilik ustunlik qilib, qulay tabiiy-geografik sharoit mazkur hududlarda qadimgi odamlarning keng tarqalib yashashlari uchun imkoniyat yaratgan. Toshkentning g‘arbida, Qadimgi bo‘zsuv anhori sohilidan Qo‘shilish mezolit makoni o‘rganilgan. Ushbu makondan chaqmoqtoshdan ishlangan nukleuslar, mayda parrakchalar, uchrindilar, qirg‘ichlar, har xil shakldagi qurollar, tosh pichoqlar, silliqlangan tosh qurollar topilgan. Qo‘shilish makoni topilmalari mil. avv. XI-X ming yilliklariga oid bo‘lib, bu yerda yashagan qadimgi qabilalar ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar. Xullas, mil. avv. XI-X ming yilliklariga kelib Kaspiy bo‘ylaridan Pomir tog‘larigacha, Kopetdog‘ etaklaridan Markaziy Qozog‘istongacha bo‘lgan keng hududlarda mezolit davri qabilalari yoyiladilar. Ushbu hududlarning geografik sharoiti xilma-xil bo‘lib, mezolit davri makonlari pasttekisliklar, daryo va soy bo‘ylari hamda tog‘oldi hududlarida joylashgan. bu davr qabilalari va urug‘lari ovchilik, baliqchilik hamda termachilik bilan kun kechirganlar. Mezolit davrida ham urug‘ a’zolarining jamoa mehnati va o‘zaro yordamlari hayotning zaruriy sharti bo‘lgan. Kamon va o‘qlardan iborat yangi qurollarning xo‘jalikning yangi turlari vujudga keldi. Mil. avv.IX-VII ming yilliklar davomida Old Osiyoda ovchilikdan chorvachilikka va termachilikdan dehqonchilikka, xo‘jalikning ishlab chiqarish shakliga o‘tish boshlangan. bu jarayon tarixda bir vaqtda boshlanmagan va ba’zi joylarda ancha erta, boshqa joylarda biroz kech sodir bo‘lgan. Hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish qay tariqa boshlangan? Tarixchilar va etnograflarning aytishicha, ovda kamon ishlatilishi natijasida bevosita iste’moldan ancha oshiq o‘lja topish mumkin edi. Ovchilar yarador hayvonlarni yoki ularning bolalarini birdaniga o‘ldirmasdan, uylariga olib kelganlar. Ayrim hollarda bu hayvonlarni odamlar oziq-ovqat g‘amlab qo‘yish maqsadida boqishlari lozim bo‘lgan. Termachilik mashg‘ulotining rivojlanishi natijasida, inson o‘simliklar olami haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lgan (o‘simlik va daraxtlar o‘sishi qonuniyatlari, hosil qilishi, ularning foydaligi va zararligi, don va urug‘lar, mevalar, ildizlar haqida va boshqa ma’lumotlar). Mezolit davrida Qadimgi Sharqdagi issiqtalab yovvoyi boshoqli o‘simlik va daraxtlar ham tobora ko‘paya borgan. bu yerda dehqonchilik rivoj topishiga turli xil imkoniyatlar bo‘lgan. Old Osiyo va Ikki daryo – Dajla va Frot oralig‘ida yashovchi termachilar bug‘doy va arpa ekish tarixini boshlab berganlar. Shu hududlarda mil. avv. X-IX ming yilliklarda it va mushuk qo‘lga o‘rgatilgan. Ular eng qadimgi xonakilashtirilgan hayvonlar bo‘lib, it ovchilarga xizmat qilgan. O‘ta Osiyodan mezolit davri odamlari so‘nggi paleolit davriga nisbatan jadal rivojlanib, keyingi davrlar madaniyati rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib berganlar. O‘rta Osiyo neolit va eneolit davri madaniyatini o‘rganishga taniqli olimlar, yirik qadimshunos – mutaxassislar katta hissa qo‘shganlar (S.P.Tolstov, Y.G‘.G‘ulomov, V.M.Masson, O.K.berdiev, O‘.Islomov, V.I.Sarianidi, A.V.Vinogradov, M.Jo‘raqulov, n.Xolmatov, A.Isoqov va boshq.). Ularning sa’yharakatlari tufayli dasht-cho‘l va vohalarda qidiruv hamda qazishma arxeologik ishlar olib borilgan. bu tadqiqotlarning natijalari ilmiy maqolalar va monografilarda o‘z aksini topgan. Neolit davri moddiy madaniyati va xo‘jaligi. O‘rta Osiyoning janubida neolit davri mil. avv. VI ming yillikda boshlangan. Neolit tosh asrining so‘nggi bosqichi hisoblanadi. bu davrda odamlar turli tabiiy sharoitga moslasha boshlaganlar va shundan kelib chiqib, turli geografik hududlardagi tegishli uyjoylar, mehnat qurollari va xo‘jaliklar ham har xil shaklda rivojlanib borgan. O‘rta Osiyoning issiq iqlimli janubiy o‘lkalarida yashagan kishilar dehqonchilik, chorvachilik va uy hunarmandchiligi shakllari bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Shimoliy-sharqiy o‘lkalarda yashovchi aholi, (tog‘lar, tog‘oldi va dashtlar) tabiiy sharoiti tufayli, avvalgidek, asosan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik bilan shug‘ullanib, moddiy madaniyat jihatdan orqada qolib ketgan. bunga xo‘jaliklar va moddiy madaniyatning notekis rivojlanishi sabab bo‘lgan. Janubiy Turkmaniston aholisi 8-7 ming yil avval dehqonchilikning dastlabki shakllari bilan shug‘ullana boshlaganlar. bu hududlarda ilk neolitda o‘troq manzilgohlar va guvaladan qurilgan uylar paydo bo‘ladi (Joytun, Chag‘alli, Cho‘pontepa). Ulardan topilgan don qoldiqlari (arpa, bug‘doy), toshdan ishlangan o‘roqlar va yorg‘uchoqlar dehqonchilik kashf etilganligidan dalolat beradi. O‘rta Osiyoning boshqa viloyatlarida neolit davri qabilalari daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, qo‘l bo‘yilarida yashab, tabiiy imkoniyatidan kelib chiqqan holda, asosan ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar (Xorazmda Kaltaminor madaniyati, Janubiy Tojikistondagi Hisor madaniyati yoki Farg‘ona neolit davri madaniyatlari). neolit davrining eng katta yutuqlaridan biri – kulolchilikning paydo bo‘lishidir. Qadimgi Sharq tarixidan ma’lumki, eng qadimga idishlar mil. avv. VIII-VII ming yilliklarga oid bo‘lib, toshdan va yog‘ochdan yasalgan hamda novdadan to‘qilgan. Savatlar ba’zan loy bilan suvalgan va ana shunday savat tasodifan gulxanga tushib qolgan bo‘lishi mumkin. O‘tda savatning novdalari kuyib ketgan, suvalgan loy esa shu darajada qotib qolgan. Albatta, loy gulxanga boshqa vaziyatlarda ham tushib qolishi mumkin edi. Odamlar o‘tda kuygan loyning pishiqligani e’tiborga olib, loydan yasalgan va gulxanda kuydirilgan buyumlarning ro‘zg‘or uchun foydali amaliy ahamiyatini tushunib yetganlar. Shu asosda kulolchilik rivoj topgan. Neolit davri kishilari qay yo‘llar va uslublar orqali kulolchilikni kashf etmasinlar, ula o‘rgandilarki, bu o‘sha zamon uchun juda katta madaniy yutuq edi. Sopol idishlar ovqat tayyorlash va oziq-ovqatni saqlash uchun odamlarga yangi imkon yaratgan. Chorvador va dehqon, ovchi va baliqchilar ham sopol idishlardan keng foydalanganlar. neolitda vujudga kelgan kulolchilik, ayniqsa dehqonchilik va uy chorvachiligi taraqqiyoti uchun shart edi. Janubiy Turkmanistondagi neolit davri madaniyagi Joytun madaniyati deb ataladi (mil. avv. VI-V m.y.). Joytun makoni O‘rga Osiyo hududida eng mashhur dehqonchilik maskanidir. Uning xarobalari Ashxaboddan 25 km shimoldagi Qoraqum bilan kesilib chegaralangan yerlarda joylashadi. Joytun makonida yarim gektar maydonni egallagan 30 ta bir xonali qadimgi uy-joylarning qoldiqlari topib tekshirilgan. Ular guvaladan barpo etilgan. Uylarning har birida alohida o‘choqlar, supalar va tokchalar bor. Har bir uyda yakka 5-6 kishidan iborat oila yashagan. Joytun manzilgohida 30 ta uy-joy bo‘lib, uylarda taxminan 150-180 kishi yashashi mumkin bo‘lgan. Joytunliklar dehqonchilik hamda xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanib, echki va qo‘ylarni boqqanlar. Uylarning sathidagi loy suvog‘ida arpa va bug‘doy donlari saqlanib qolgan. Yodgorlikda topilgan qo‘lda tasma uslubida yasalgan sopol idishlar rangli naqshlar bilan bezatilgan. Idishlar har xil shakllardan iborat bo‘lib (xumcha, tuvaksimon, qozoncha, kosasimon, piyola), qadimgi dehqonlarning xo‘jalik hayoti va uy ro‘zg‘orida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Joytunda tosh boltalar, o‘roqlar, kamon o‘qlarining uchlari, munchoqlar, urchuqlar hamda loydan ishlangan va gulxanda pishirilgan odamlar va hayvonlarning haykalchalari topilgan. Neolit davrida kulolchilikdan tashqari, to‘qimachilik ham kashf etiladi, o‘zaro buyum va oziq-ovqat almashinuvi rivojlanadi, qadimgi jamoalarning moddiy va ma’naviy madaniyati jadal rivoj topadi. Xo‘jalikning ilg‘or ishlab chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi tarix fanida «neolit inqilobi» deb ataladi. Odam uzoq tarix davomida tabiatda mavjud bo‘lgan tayyor mahsulotdan foydalanib, xo‘jaliklarning ibtidoiy o‘zlashtiruvchi shakllarini rivojlantirgan. bu jarayon odamning aqliy va jismoniy taraqqiyoti, amaliy bilimlari, tajribasi va mashg‘ulotlari hamda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganligi bilan bevosiga bog‘liq bo‘lgan. neolit davriga kelib, inson o‘z mehnat faoliyati bilan tabiiy sharoitga faol ta’sir etib, ilg‘or unumdorlik xo‘jaligiga o‘ta boshlagan. Shu bilan birga eng qadimgi xo‘jalik mashg‘ulotlari (madaniyatlarning notekis rivojlanganligi tufayli) neolitda o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida (Xorazm vohasi, Farg‘ona vodiysi, Hisor tog‘lari) ovchilik va baliqchilik, qisman chorvachilik, shu davrda xo‘jalikning asosini tashkil etgan. Xorazm vohasida Kaltaminor madaniyatiga tegishli (mil. avv. V-IV ming yilliklar) yonbosh (Jonbos 4) yodgorligi diqqatga sazovordir. Makonda 290 kv metr hajmli turar joyning qoldig‘i topilgan. U kulba shaklida bo‘lib, yog‘och ustun, sinchlar bilan ko‘tarilgan. Kulba o‘rtasida katta markaziy o‘choq, uning atrofidan esa mayda o‘choqlar qoldiqlari topilgan. Еtnografik ma’lumotlar bilan solishtirilgan holda, Kaltaminor madaniyati manzilgohlari yirik jamoalar a’zolariga tegishli bo‘lganligi aniqlangan. Jonbos 4 kulbasida 100-120 kishi yashagan deb taxmin qilinadi. Kulba o‘rtasidagi katta markaziy o‘choq turli marosimlar paytida butun jamoa a’zolariga xizmat qilgan. Uning atrofida joylashgan mayda o‘choqlar esa ayrim oilalarga tegishli bo‘lgan. Kaltaminor madaniyati makonlaridan sopol idishlar, tosh qirg‘ichlar, nukleuslar, nayza va o‘qlarning uchlari va boshqa tosh qurollar topilgan. Neolit davri yodgorliklari buxoro vohasi va Qizilqumda ham topib tekshirilgan. Darvozaqir I makonidan chaylasimon uy-joy qoldigi, bir nechta uchoq, tosh qurollar va sopol idish parchalari topilgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, zarafshon etaklaridagi neolit davri makonlaridan topilgan tosh qurollari orasida silliqlangan bolta va ponalar, pichoqlar, qirg‘ichlar, o‘q va nayza uchlari bor. Neolit davrida qadimgi qabilalar O‘rta Osiyo hududlarini keng miqyosda o‘zlashtiradilar. bu davrda mintaqa hududlarida ziroatchilar bilan birga ovchilar va baliqchilar ham yashaganligi bizga ma’lum. Xullas, neolit davri yodgorliklari O‘rta Osiyo qadimgi tarixining dolzarb masalalarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu davr mehnat vositalarida o‘zgarish yuz berib, xususan, tosh, suyak va yog‘ochga ishlov berishning an’anaviy uslublari yuksaklikka erishgan. Ayniqsa, toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologiyalar kashf etilgan, mikrolit qurollar yanada takomillashgan. Hozirgi O‘zbekiston hududlarida mezolitning oxiri va neolit davrida janubiy-g‘arbiy Ustyurt va Qizilqumning ichki hududlari, zarafshon va Amudaryo etaklari ovchilar va baliqchilar jamoalari tomonidan keng o‘zlashtirilgan edi. Soha mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, neolit davrida aynan qulay ekologik muhit va tabiiy iqlim sharoiti yangi hududlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Shu tariqa, jamoalar turli tabiiy-geografik sharoitga bu jarayon turli neolit madaniyatlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan edi. Eneolit davri. Еneolit – mis-tosh davridir. Mil. avv. IV ming yillikka qadar odamlar faqat toshdan, yog‘ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Mis metallurgiyasining kashf etilishi, misdan ishlangan qurollar va buyumlardan foydalanish insoniyat tarixida yana bir taraqqiyot bosqich bo‘lib, kishilik madaniyatining yangi asoslarda rivojini tezlashtirishga imkon bergan. Eneolit davriga o‘tish ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada yuksalganligini ko‘rsatadi. Misdan ishlangan qurollar tosh qurollarga nisbatan ancha takomillashgan bo‘lsa-da, lekin og‘ir qurollar yasash uchun mis yaroqsiz bo‘lgan. Shu sababdan, eneolit davri qabilalari tosh qurollardan ham keng foydalanganlar. Mis va tosh qurollarning birgalikda ishlatilishi qadimgi xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Qadimgi Sharqda ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar va hunarmandchilikning rivojlanishi asosida katta, sersuv daryolar vodiylarida shahar-davlatlar paydo bo‘ldi. bu yerda qulay tabiiy sharoitdan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ham ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotining umumiy rivojini tezlashtirishga imkon bergan. Qabilalarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo‘lmagan. neolit davri qabilalari orasida vujudga kelgan iqtisodiy va madaniy notekislik eneolit zamonida ancha kuchaydi. Mazkur davrda Yevropa va Osiyo aholisi xilma-xil xo‘jalik turlari bilan ajralib turgan. Shu asosda ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etgan. Ovchilik va baliqchilik asosida rivojlangan jamiyatlar iqtisodiy va madaniy jihatdan orqada qolgan. Ularning ijtimoiy munosabatlarida tosh davri tuzumiga xos xususiyatlar saqlangan. biroq Qadimgi Sharq shahar-davlatlari chegaralarida yashovchi dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan qabilalar ham (Kavkazorti, O‘rta Osiyoning janubi) qadimgi urug‘chilik tuzumining ko‘pgina xususiyatlarini saqlab qolganlar. Mazkur viloyatlarda dehqonchilik xo‘jaligi ortiqcha mahsulotni keng darajada yaratilishiga asos bo‘lmagan. Urug‘, qabilaviy tuzum xususiyatlari saqlanib qolgan holda, jamoalar oziq-ovqat mahsulotini umumiy mulkka aylantirib, mahsulotlar baravar taqsimlangan edi. Iste’mol vositalarining baravarligi, mehnat unumdorligining pastligi va xo‘jalik ishlarini butun urug‘ a’zolari tomonidan birgalikda amalga oshirilishi an’analari – ibtidoiy tuzumning asosiy belgilaridir. Eneolit davri qabilalarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo‘lmagani tufayli arxeologik ma’lumotlar O‘rta Osiyo aholisining iqtisodiy-madaniy jihatdan notekis rivojlanganidan dalolat beradi, Shuning uchun ham mintaqaning turli viloyatlarida neolit bilan eneolit xronologik jihatdan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Turkmanistonning janubida mis-tosh davrining boshlanishi mil. avv. IV ming yillikka mansub bo‘lgan bo‘lsa, xuddi o‘sha zamonda O‘rta Osiyoning shimoliy dasht va sharqiy tog‘liq viloyatlarida qadimiy qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug‘ullanganlar. Bu ikki davr (neolit va eneolit) madaniy-xo‘jalik darajalari jihatdan birbiridan farq qilgan. Madaniy-xo‘jalik turlari qadimgi mashg‘ulotlar, turar joy, uyro‘zg‘or buyumlari, ishlab chiqarish qurollari asosida o‘rganiladi. Metalning kashf etilishi va xo‘jalikda mis qurollarning joriy qilinishi bir necha asrlar davomida sodir bo‘lgan. Odamlar o‘z mehnat qurollarini yasash uchun har xil toshlar qidirish jarayonida tabiiy misga duch kelishgan. Dastlabki mehnat qurollari yerdan sof holda topilgan misdan yasalgan. Kuchli olovda mis rudasini suyuqlikka aylantirish metalchilikning rivojlaninshga sabab bo‘lgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning viloyatlarida ochiq mis konlari, ular atrofida metall eritish qo‘ralari topildi. Misdan harbiy qurollar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va zeb-ziynatlar ham tayyorlangan. Ammo mis yumshoq metall sifatida, qabilalarning xo‘jalik hayotida toshdan ishlangan qurollarni siqib chiqarolmagan, hatto butun ilk metall asri davomida tosh qurollardan keng foydalanilgan. Shuning uchun ham bu davr mis-tosh davri deb ataladi. O‘rta Osiyo eneolit davrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlari moddiy topilmalar asosida o‘rganiladi. bu hududning janub qismida Joytun madaniyatining an’analari yangi asosda ancha yuksak darajada rivoj topib, yangi madaniy-tarixiy jarayonlar bilan bog‘lanadi. Ilk va rivojlangan mis-tosh davrida qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanadi. Yangi xo‘jalik turlari – dehqonchilik va uy chorvachiligi avvalgidek O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbida qulay geografik sharoitda rivojlanishi tufayli, bu yerdagi qabilalarning madaniy-xo‘jalik va ishlab chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Quyi zarafshon va quyi Amudaryo havzalarida yashovchi qabilalar ziroatchilikka o‘tmaganlar. O‘rta Osiyoning sharqiy qismidaga tog‘lik tumanlar aholisi xo‘jaligida ovchilik ustunlik qilar edi. O‘rta Osiyoning shimoliy va sharqiy viloyatlarida Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub madaniy-xo‘jalik an’analari taraqqiy etgan. Dasht va tog‘ makonlaridan topilgan xilma-xil moddiy manbalarni o‘rganish natijalari (sopol idishlar, tosh qurollar, hayvon va qushlar suyaklari) qabilalarning iqtisodiy hayotida ovchilik va baliqchilik tirikchilikning asosiy manbayi bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga dasht qabilalari tarixida chorvachilikning ilk bosqichi boshlangan. Aholining asosiy qismi daryolarning irmoqlari sohilida va kullar atrofida yashagan. Tabiiy boyliklar eneolit davri odamlari uchun hayot manbayi edi. Kopetdog‘ atrofidagi yerlar o‘zining tabiati va iqlimi jihatidan (yerlari quruq va issiq iqlimli) dehqonchilik uchun qulay edi. Eng qadimgi sug‘orish tarmoqlari shunday sharoitga ega bo‘lgan soylar etaklarida vujudga kelgan. Tog‘ daryolari bo‘ylarida yashovchi qabilalar qadimdan arpa, beda va boshqa ekinlarni sug‘orishda, asosan soy suvlaridan foydalanganlar. Janubiy Turkmanistonda eneolit davriga oid 32 ta qadimgi makon ma’lum. Ularning asosiy qismi Ashxabodga yaqin joyda va Geoksur vohasidan topib tekshirilgan. Geoksur vohasi 8 ta qadimgi manzilgohdan iborat bo‘lib, eneolit davrida o‘troq dehqonchilik tumaniga aylangan edi. Qadimiy vohaning aholisi 4000-5000 kishidan iborat bo‘lgan. Geoksurtepa I atrofidagi qadimgi sug‘orish maydonlari 50-75 gektar bo‘lib, kanallarning uzunligi o‘rtacha 3 km ni tashkil etgan. Qabilalarning hayotida chorvachilik ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Makonlardan yovvoyi qushlar va hayvonlar suyaklari topilgan. Ovchilik dehqonchilik qabilalari hayotida saqlangan bo‘lsa ham, lekin xo‘jalik turi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lmagan. Eneolit davri madaniyatini yaratgan qadimgi dehqonlar atrofi devorlar bilan o‘ralgan manzilgohlarda, xom g‘ishtdan qurilgan uylarda yashaganlar. Uy-joylar dumaloq va to‘rtburchak shaklda bo‘lgan. Uylarning devorlari somonli qorishma bilan suvalgan. Dastlab eshiklar uchun yog‘och ishlatilmay, ular hayvon terilari bilan to‘silgan, so‘nggi eneolit davrida yog‘och eshiklar paydo bo‘lgan. ba’zi manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Qurilish uslublari ancha rivojlangan. Uylar ichida to‘rtburchakli yoki halqa shaklidagi o‘choqlar o‘rnatilgan. Turar joylar yonida don saqlash uchun xo‘jalik xonalari va maxsus molxonalar qurilgan. Aholi ko‘proq mayda chorva – qo‘yechkilarni boqqanlar. Janubiy Turkmaniston eneolit davri sopol buyumlari qadimgi hunarmandchilik kasbini o‘rganishda g‘oyat qimmatli moddiy manba hisoblandi. Sopol idishlar rangdor bo‘lib, naqshlar ichida geometrik chiziqlar va hayvon yoki qush rasmlari uchraydi. Sopol buyumlar har xil shakllarda yasalgan, ko‘pchilik sopol idishlarning tagi yassi. Don saqlash uchun xumsimon idishlar ishlatilgan. Ular bilan birga tovoqsimon, piyola va kosasimon mayda idishlar ham bo‘lgan. Sopol buyumlarning qizil, qora va sariq rangli naqshlari mineral buyoqlar bilan ishlangan. Moddiy topilmalar orasida mis pichoqlar va ignalar, toshdan yasalgan o‘roq va pichoq qadamlari, qirg‘ichlar, nayza va o‘q paykonlari, yorg‘uchoqlar va boshqa qurollar uchraydi. Eneolit davri qadimgi jamiyatning ijtimoiy, xo‘jalik va madaniy rivojlaninshda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. So‘nggi eneolit ona urug‘i – matriarxat tuzumidan patriarxat – ota urug‘iga o‘tuvchi davr bo‘lib hisoblanadi, lekin ota urug‘i hukmronligi faqat bronza asrida o‘rnatilib, qadimgi qabilalar orasida keng yoyildi. Arxeologik qazishmalar natijasida topgan manbalar e’tiqod va diniy qarashlardan ham dalolat beradi. Еneolit davri ibodatxonalarida rangli devor naqshlari topilgan. Inshootlar o‘rtasidagi markaziy o‘choq diniy marosimlar o‘tkazishga xizmat qilgan. bu o‘tga sig‘inishning dastlabki shakllari bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Chunki odamlar ibodatxonadagi markaziy o‘choqni ovqat pishirish uchun emas, balki tabiiy kuchlarga sig‘inish maqsadida ishlatganlar. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalar orasida olovdan tashqari quyoshga, yerga, suvga, hosildorlik bilan bog‘liq jarayonlarga sig‘inish keng tarqalgan. Ibodatxonalar eneolit davri ijtimoiy hayotining diniy markazlari hisoblangan. Loydan ishlangan hayvon haykalchalari va rangli sopol idishlardagi hayvon rasmlari totemizm (hayvonlarga sig‘inish) shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan. Metal buyumlarning ishlab chiqarilishi va mehnat qurollari yasash uslubi o‘zgarishi bilan odamlar mis konlarini qidirishga majbur bo‘lganlar. Ilk mis-tosh davrida mis juda qimmatli, noyob ashyo bo‘lib, sof mis faqat ayrim joylarda uchragan. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalarning uzoq hududlarga tarqalishi yangi yerlarni o‘zlashtirishdan tashqari, tabiiy qazilma boyliklar, mis konlarini izlash zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan. bu masalada, yuqori zarafshonning Panjikent shahridan 15 km g‘arbda topilgan Sarazm manzilgohi muhim yodgorlikdir. Sarazm manzilgohiga mil. avv. IV ming yillikning oxirlarida asos solingan. Qadimgi inshootlar ko‘p xonali uylardan iborat bo‘lib, uylarkichik oilalarga mo‘ljallanib, 2-3 xonali qilib qurilgan. Ular uy-joy va ro‘zg‘or-xo‘jalik vazifasini bajargan. Turar joyga moslangan xonalardan dumaloq shaklda ishlangan o‘choqlar topilgan. Zarafshon vohasining yuqori qismida dehqonchilik madaniyati yoyilishiga Janubiy Turkmanistonning Geoksur turidagi aholisi sabab bo‘lgan. Shuningdek, Sarazm moddiy topilmalari orasida Janubiy Afg‘oniston va Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri qabilalari o‘rtasidagi keng madaniy va iqtisodiy aloqalar va shu davrga oid qabilalar migratsiyalaridan, ya’ni bir joydan ikkinchisiga ko‘chishlaridan dalolat beradi. Shahrisabz atrofida topilgan, mil. avv. IV ming yillikning oxirlari – III ming yillikka oid misdan ishlangan xanjar va bolta aynan mazkur migratsiyalar yo‘nalishini ko‘rsatib beradi. Sarazm madaniyati bronza davrida ham rivojlandi. O‘rta Osiyodagi eneolit davri jamiyati neolit zamoni jamiyatidan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiyoti darajasi yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi. Еneolit davri aholisining eng katta ishlab chiqarish yutug‘i, bu sun’iy sug‘orish – irrigatsiyaning rivoj topishidir. Boshqa bir madaniy yangiliklardan biri – so‘nggi mis-tosh davri qurilishida me’moriy rejalashtirishga amal qilinishidir. Ko‘chalar, maydonlar va katta jamoa binolari tartib bilan qurilgan. Binokorlikda xom g‘isht ishlatila boshlangan. Qabilalar mahsulotlari umumiy mulkka aylantirilgan bo‘lib, jamoadagi ayrim oilalarning o‘rtasida baravar taqsimlanar edi. Uy jamoasining a’zolari umumiy turar joyda yashaganlar, birgalashib mehnat qilganlar, qurollar, ro‘zg‘or buyumlari va xo‘jalik mahsulotlari umumiy bo‘lgan. Eneolit davri tarixiy-madaniy munosabatlarini o‘rganishda O‘rta Osiyo, Eron va Mesopotamiya aholisining madaniy aloqalariga e’tibor berish lozim. O‘rta Osiyo janubidagi mis-tosh davri me’morchiligida va tasviriy san’atida Qadimgi Sharq shahar-davlatlarining madaniy ta’sirini ko‘rish mumkin. Tashqi savdo va ayirboshlash asosida O‘rta Osiyo janubida misdan ishlangan idishlar, qurollar va zeb-ziynatlar ko‘payib borgan. O‘rta Osiyo janubiy hududlarida quyidagi yangi tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri bilan bog‘liqdir: 1. Xo‘jalikning boshqa shakllariga nisbatan dehqonchilikning ustunlik qilishi, sun’iy sug‘orishning vujudga kelishi; 2. Toshdan ishlangan qurollar mavjud bo‘lgan holda mis qurollarning paydo bo‘lishi; 3. Katta-katta jamoalarning uy-joylari, me’morchilikda rejaga amal qilinishi; 4. Kulolchilikning muhim yutug‘i – xumdonlarning paydo bo‘lishi; 5. O‘troq xo‘jaligining rivojlanishi, yirik manzilgohlarning vujudga kelishi, jamoa birlashmalarining katta uylari va qurilishda xom g‘ishtdan foydalanilishi; 6. Turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug‘i tuzumiga (matriarxatga) xos ayol haykalchalarining yasalishi; 7. Rangdor sopol buyumlar, ya’ni turli tasvirlar ishlangan spool buyumlarning mavjudligi. 2.4. Ibtidoiy e’tiqodlar va tasviriy san’at Mehnat qurollarini yasash, ovchilik va yovvoyi mevalarni terib olish, tabiat hodisalarini kuzatish hamda hayvonlar hayoti va odatlarini o‘rganish jarayonlari eng qadimgi odamlarning fikrlash va so‘zlash qobiliyatini o‘zgartirib bordi. bu o‘zaro ta’sir asosida rivojlanib, ayniqsa avloddan-avdlodga o‘tish jarayonida bilim, tajriba va ko‘nikmalarni oshirishda fikrlash qobiliyati, tafakkur ancha taraqqiy topgan. O‘rta paleolit davrida odamlar marhumdan qo‘rqqanlari tufayli, unga mehribonlik qilish, jasadni yirtqich hayvonlardan saqlash va ehtimol, o‘likdan xalos bo‘lmoq zaruriyati sabablarga ko‘ra marhumlarni yerga ko‘mish marosimi vujudga kelgan. bu jarayon ibtidoiy odamlarning aqliy jihatdan rivojlanganligidan dalolat beradi. neandertal odamlar dafn etilgan qabrlar (Teshiktosh g‘ori, Fransiyadagi Le Muste g‘ori va boshq.) arxeologiya fanida ma’lum eng qadimgi qabrlardir. Ular sayoz qazilgan bo‘lib, g‘or-makonlarning chetida joylashgan. Jasadlar yonboshlab, bukchaytirilgan holda, uyquga botgan odam sifatida ko‘milgan. Qabrlar ichiga tosh qurollar qo‘yilgan. Jumladan, Teshiktosh g‘oridagi neandertal bolaning jasadi kiyik shohlari bilan o‘ralgan. O‘rta Osiyoda paleolit davri e’tiqodlariga doir ma’lumotlar ko‘p emas. Shu boisdan, adabiyotlarda ko‘pincha so‘nggi paleolitda vujudga kelgan totemizm (urug‘ jamoalari a’zolarining ma’lum hayvon zoti, qushlar va o‘simliklar bilan qalin aloqadorligiga ishonish), animism (insonni o‘rab turgan muhitda jonlar, ruhlarning mavjudligiga ishonish), fetishizm (omad va farovonlik keltiruvchi yoxud balo-qazoni bartaraf etuvchi, «yomon ko‘zdan» saqlovchi narsa tumor, munchoq, hayvon shoxi, tishi va h.k. ga ishonish hamda magiya (sehrgarlikka e’tiqod qilish) haqida gapiriladi. bu e’tiqodlar inson tabiat hodisalarini tushunib yetmaganidan kelib chiqqan. Taraqqiyot jihatdan orqada qolgan qabilalar va elatlar hayotini, urf-odatlari va diniy qarashlarini hamda zamonaviy xalqlar madaniyatida ibtidoiy etiqodlar izlarini tadqiq etish natijasida turli davrlarda rivojlangan e’tiqodlarning mazmun mohiyatini o‘rganish mumkin. So‘nggi paleolit davriga oid g‘orlar devorlaridagi rangli rasmlar (Altamir, Lasko, Kapova g‘ori) ibtidoiy e’tiqodlarning o‘rganishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, Yevroosiyo hududlarida bu zamonda mamont suyagidan hamda loydan yasalgan ma’buda-ayol haykalchalari tarqalgan. O‘zbekistonda qoyatosh rasmlarini o‘rganishda A.P.Okladnikov, A.R.Muhammadjonov, J.Kabirov, R.Ravshanov, X.botirov, M.Xo‘janazarov va boshqa olimlarning xizmatlari kattadir. XXI asrga qadar yurtimizda aniqlangan tasviriy san’at obidalari orasida mezolit davriga oid zarautsoy (zarautkamar) rasmlari eng qadimgi deb hisoblanardi. biroq, 2001-yili Kitob shahridan 25 km shimol-g‘arbda zarafshon tizimi yonbag‘irlarida o‘rganilgan Siypantosh rasmlari taxminan mezolit va neolit davrlariga oid (R.H.Sulaymonov) ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mineral bo‘yoq – oxra, jigar, qizil va oq rangdagi geometrik rasmlar (xalqa, xoch, romb va chiziqlar), quyoshning ramziy tasviri, yovvoyi buqa va ayol barmoqlari izlari, umuman Siypantosh rasmlari samoviy e’tiqodni o‘zida aks ettiradi degan taxminga asos bo‘ldi. Ko‘p jihatdan mazkur tasvirlar tushunarli emas, ammo ularning qadimiyligi shubha uyg‘otmaydi. Rasmlarning mazmuni va tasviriy uslubiga ko‘ra, ular mezolit davriga mansub bo‘lishi mumkin. Zarautkamar va undan biroz so‘ng paydo bo‘lgan Sarmishsoy, bironsoy, Ilonsoy va boshqa qoyatosh rasmlar ajdodlarimiz tasviriy san’ati va ma’naviy madaniyati tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Ularning mazmuni va manzaralar ma’nosi quyidagilarni o‘rganishda manba bo‘lib xizmat qiladi: – hayvon ovi qurollari va usullari; – qadimgi davr kishilarining xo‘jaligi, hayvonlarni xonakilashtirish va chorvachilikning paydo bo‘lishi; – insonning e’tiqodi va diniy qarashlari; – odamning san’at sohasidagi iste’dodi, tevarak dunyo va o‘z hayoti, turmush tarzi, mashg‘ulotini hamda hayvonot olamini ifodalashga intilish. O‘tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va tog‘li tumanlarda keng tarqalgan bu qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xildir. Ularning bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, boshqalari esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar – petrogliflardir. Qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi hayvonot olamining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, qopqon kabi qurollar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda odamlar tasviri, ov va yirtqich hayvonlar to‘qnashuvlari manzaralari tasvirlangan. Qoyatosh rasmlari o‘ziga xos an’analari, insonning estetik iste’dodi, go‘zalikka intilish g‘oyalarini aks ettiruvchi tasviriy san’at obidalari bo‘lib, O‘zbekistonda Ko‘xitang, zarafshon, nurota va Chotqol tog‘larida topib o‘rganilgan. Toshkent vohasi qoyatosh tasvirlari G‘arbiy Tyanshandagi (Tangritog‘) eng ko‘p tarqalgan qadimgi san’at turi hisoblanadi. bu hudud tasviriy san’at yodgorliklarga juda boy. Ular mavzularning turli-tumanligi, yuqori badiiy darajasi manzaralari bilan ajralib turadi. Toshkent vohasidagi petrogliflar O‘rta Osiyoda mashhur hisoblanadi. O‘ziga xos va betakror qoyatosh suratlariga Xo‘jakent, boshqizilsoy va Chotqol kabilar kiradi. Ushbu yodgorliklardagi qoyatosh rasmlarining xronologik sanasi eneolitbronza davridan antik davrgacha boradi. Mazkur suratlar mazmun va mavzu jihatdan ancha boy va rang-barangdir. Ular orasida ot va tuya, echki, tog‘ takasi va arxar hamda bo‘ri, tulki, qoplon kabi hayvonlar tasvirlari, shuningdek, ma’nosi hozirgacha noma’lum bo‘lgan turli shakl va belgilar saqlanib qolgan. Rasmlar orasida yakka holda, to‘da holda va raqsga tushayotgan holatda, biror-bir odatni ijro etayotgan holatdagi kishilarning tasvirlari ham uchraydi. Xullas, O‘zbekiston tog‘li hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlarini o‘rganish katta ilmiy ahamiyatga ega. Chunki ular ham boshqa moddiy manbalar qatori qadimgi ajdodlarimizning turmush tarzi, ijtimoiy hayoti, madaniyati va san’ati, diniy tasavvurlari haqidagi muhim manba hisoblanadi. Rasmlar urug‘chilik jamoalarining e’tiqodlari, hayotiy muhim mashg‘ulotlari, inson tevarak olamni shu yo‘sinda tasavvur etgani haqida dalolat berib, qimmatli tarixiy manba hisoblanadi. Mavzuni o‘rganish jarayonida talabalar quyidagi yakuniy xulosalarga e’tibor berishlari kerak: – mezolit davriga kelib O‘rta Osiyo urug‘chilik jamoalari turlicha tabiiy sharoitga moslashib joylashadilar (dengiz va ko‘llar bo‘ylari, tog‘lar va tog‘oldi hududlari, daryo vohalari); – tabiiy-geografik sharoit insonning mashg‘ulotlari, turmush tarsi va moddiy madaniyatiga ta’sir qilgan; – neolit davrida o‘z xususiyatlariga ega tabiiy-geografik sharoitda turlicha xo‘jalik-madaniy xillar (tiplar), ya’ni muayyan tevarak-atrof muhit bilan bog‘liq urug‘chilik jamoalariga xos xo‘jalik va madaniyat shakllanadi (misol uchun, o‘troq ziroatchilar va xonaki chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan jamoalar, ovchilar – baliqchilar, ovchilar – termachilar); – O‘rta Osiyo mintaqasida neolit davriga oid bunday xo‘jalik – madaniy tiplarning rivojlanishini Joytun, Kaltaminor, Hisor madaniyatlari misolida ko‘rish mumkin, eneolit davrida turlicha xo‘jalik madaniy xillar keng hududlarda yoyila boshlaydi; – Xo‘jalik-madaniy xillarning taraqqiy etishi hamda yangi etnomadaniy jarayonlarning vujudga kelishi natijasida, so‘nggi eneolit va bronza davriga kelib mintaqa hududlarida tarixiy-madaniy viloyatlarining rivojlanishi boshlanadi. Tarixiy-madaniy viloyat – xronologik jihatdan uzoq tarixiy davr mobaynida o‘zaro munosabatda bo‘lgan aholi tarixiy taqdirining birligi natijasida qabilalar va so‘ngra elatlar tomonidan yaratilgan muqarrar madaniyat umumiyligi bilan ajralib turgan hududdir; – insoniyat tarixining so‘nggi paleolit davrida eng qadimgi tasviriy san’at (haykaltaroshlik va rassomchilik) paydo bo‘lgan. Qoyatosh rasmlarida dastlab hayvonlarning suratlari va keyingi davrlarda (mezolit, neolit) ov manzaralari tasvirlangan; O‘rta Osiyo janubida dehqonchilik vujudga kelishi natijasida yer, suv va hosildorlik bilan bog‘liq e’tiqodlar shakllanadi, shuningdek, olovga sig‘inish odatlari yoyiladi, Kaltaminor madaniyatiga oid Jonbos 4 kulbasi o‘rtasidagi topilgan katta markaziy o‘choq ham bundan dalolat beradi; – mintaqa janubidagi eneolit davri ziroatchilari madaniyatiga oid sopol haykalchalari (ayollar va hayvonlar tasviri) hamda spool idishlarning sirtidagi qush, ilon, echki, qoplon va buqalar hamda quyosh ramzi tasvirlari hosildorlik e’tiqodi, Quyoshga sig‘inish va totemizmga doir odatlarning keng tarqalishidan guvohlik beradi. Natijada, navbatdagi tarixiy bosqich bronza davrida tabiiy kuchlar, olov va Quyoshga bag‘ishlab, maxsus yirik inshootlar – ibodatxonalar barpo etiladi. Tayanch so‘zlar: Antropogenez, turli qarashlar va yondashuvlar, koinot, Odam Ato va Momo Havo, Adam va Yeva, odamning ibtidoiy ajdodlari, hozirgi qiyofadagi odamlar, neandertal, sinantrop, zinjantrop, pitekantrop, kromanon, paleolit, Seleng‘ur, Ko‘lbuloq, Qizilolmasoy, tosh qurollar, Teshiktosh, Siypantosh, zarautsoy, Omonqo‘ton, Obirahmat, matriarxat, olovning kashf etilishi, mezolit, Machay, o‘q va yoy, ulkan muzlik, hayvonlarning qo‘lga o‘rgatilishi, neolit, kulolchilik, sopol idishlar, dehqonchilikka o‘tish, Joytun, Kaltaminor, Hisor, eneolit, mis qurollar. Savol va topshiriqlar 1. Insoniyatning dastlabki ajdodlari haqida nimalarni bilasiz? 2. Antropogenez jarayoni, mazkur mavzuga oid nazariyalar haqida gapirib bering. 3. Ilk paleolit davriga oid eng muhim tadqiqotlar haqida ma’lumot bering. 4. O‘rta paleolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda edi? 5. So‘nggi paleolit davri qaysi jihatlari bilan farqlanadi? 6. Mezolit davrining yutuqlari nimalardan iborat? 7. neolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari ifodalangan klaster tuzing. 8. Еneolit davri moddiy madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini tavsiflang. 9. Ibtidoiy e’tiqodlar shakllanishi xususida fikr yuriting. 10. Qadimgi tasviriy san’at namunalari haqida ma’lumot bering. 2-mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar: 1. Asqarov A. buxoroning ibtidoiy tarixidan lavhalar. – Toshkent: Fan, 1973. 2. Eshov b.J, Odilov A.A. O‘zbekiston tarixi. I jild. Eng qadimgi davrdan XIX asr o‘rtalarigacha. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2014. 3. Kabirov J. Sarmishsoyning qoya toshlaridagi rasmlar. – Toshkent: Fan, 1976. 4. Kabirov J., Sagdullayev A. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990. 5. Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. – Toshkent: Universitet, 2004. 6. Kohl Ph. Central Asia, Paleolithic beginnings to the Iron Age. – Paris. 1984. 7. Брей У., Трамп Д. Археологический словарь. / Пер. с англ. Г.А. Николаева. – M.: Прогресс, 1990. 8. Виноградов А. Древние охотники и рыболовы Среднеазиацкого Междуречя. – М., 1981. 9. Грот Оби-Рахмат Сб. статей. – Новосибирск: РАН, 2004. 10. Исламов У., Тимофеев В. Култура каменного века Центральной Азии. – Ташкент, 1986. 11. Исламов У.И., Крахмал К.А. Комплексные исследования древнепалеолитической пешерной стоянки Сел-Унгур // Раннепалеолитичес кие комплексы Евразии. – Новосибирск, 1992. 12. Кларк Дж.Д. Доисторическая Африка / Пер.с англ. Г.С.Киселева. – М.: Наука, 1977. 13. Массон В.М. Поселение Джейтун. – Л.: Наука, 1971. 14. Исламов У.И., Крахмал К.А. Палеоекология и следы древнейшего человека Центральной Азии. – Ташкент, 1995. 3-mavzu. O’zbеkiston davlatchiligining shakllanishi asoslari. Qadimgi Baqtriya. So’g’diyona. Qadimgi Xorazm. Sak-massagеtlar. Reja: 3.1. Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi. 3.2. boshqaruv tizimi va ilk davlatlar paydo bo‘lishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari. 3.3. Davlatchilik kelib chiqishiga doir nazariyalar. Davlat shakllari va boshqaruv tizimi. 3.4. Qadimgi Baqtriya. So’g’diyona. Qadimgi Xorazm. Sak-massagеtlar. 3.1. Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi O‘rta Osiyo o‘ziga xos tarixiy-geografik va tarixiy-madaniy hudud hisoblanib, ikkita yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryo tufayli bu hududlarda ko‘p asrlar davomida sivilizatsiya taraqqiy etib borgan. Mazkur hududda paydo bo‘lgan davlatlar qadimgi davrlarda va o‘rta asrlarda ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turgan. Qadimgi davrlarda Xorazm, Sug‘d, baqtriya viloyatlaridagi etnik, moddiy madaniyat, til va yozuv bir-biriga yaqin bo‘lgan. bu holat har bir viloyatning tarixiy-madaniy shakllari hamda madaniy taraqqiyot darajasi bilan izohlanadi. So‘nggi yillar tarixshunosligida O‘zbekiston tarixidagi qadimgi davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi ishlab chiqildi (E.V.Rtveladze). Ushbu davrlashtirish tarixiy hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan bo‘lib, mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmidan milodiy III-IV asrlargacha bo‘lgan quyidagi 6 ta davrga ajratiladi: Birinchi davr – mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi. bu davrda shimoliy baqtriya (Surxon vohasi)da davlatchilikning ilk ko‘rinishi shakllanib, uning tepasida oqsoqollar kengashi va saylanadigan hukmdor turgan bo‘lishi mumkin. bunday ko‘rinishdagi ilk davlatlar bu davrda baqtriya hududlarida shakllangan nisbatan yirik uyushmalar tarkibiga kirgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. nisbatan taraqqiy etgan iqtisod, jumladan, sug‘orma dehqonchilik, sopol va metall hunarmandchiligi, ichki va tashqi savdo munosabatlari bunday uyushmalarning davlatchilik xususiyatidan dalolat beradi. Ammo davlatchilikning muhim belgisi hisoblangan yozuvning bu hududlarda mavjudligi hozirga qadar to‘la isbotlanmagan. Ikkinchi davr – mil. avv. I ming yillik boshlari – mil. avv. 540-y. Bu davrda baqtriya, Sug‘d va Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlar shakllanadi. «Avesto» ma’lumotlariga tayanib, tadqiqotchilar ularni ijtimoiy toifalar tizimiga asoslangan siyosiy hokimiyat ko‘rinishidagi davlatlarning ilk shakli sifatida izohlaydilar. Bu davrda nisbatan hududiy yirik mulklar – Qadimgi baqtriya va qadimgi Sug‘d davlatlari, shuningdek, shimolda sak-massagetlarning qabilalar konfederatsiyalari tashkil topgan. Uchinchi davr – mil. avv. 540-330-yillar. Ahamoniylar bosqini tufayli O‘rta Osiyo viloyatlarining ular qadimgi Fors davlati tarkibida kirishi natijasida mahalliy davlatchilik taraqqiyotidagi uzilish davri. Ulkan Ahamoniylar saltanati satrapliklarga bo‘linib boshqarilgan hamda uchta O‘rta Osiyo satrapliklari – baqtriya, Sug‘d, Xorazm to‘laligicha yoki qisman hozirgi O‘zbekiston hududlariga to‘g‘ri keladi. Satrapliklar tarkibiga kirgan viloyatlarning hukmdorlari, xususan, Oksiart, Xorien, Sisimitr, Katan, Avstan singari baqtriya va Sug‘d zodagonlari nautaka, Ksenippa, Paretaka kabi o‘zlarining merosiy mulklarini ma’lum ma’noda mustaqil boshqarganlar. Sak qabilalarining ahamoniylarga qarshi uzoq kurashlari natijasida mil. avv. IV asrning boshlariga kelib Xorazmda mustaqil davlat tashkil topadi. To‘rtinchi davr – mil. avv. IV asrning oxiri – II asr ikkinchi yarmining boshi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan so‘ng Salavkiylar davlati davri va yunon-baqriya davlatining inqirozigacha bo‘lgan, o‘z xususiyati va shakliga ko‘ra ikki xil – Shimoliy baqtriya va qisman Sug‘dda ellinistik, qolgan hududlarda esa, xususan Xorazmda mahalliy davlatchilik an’analari rivojlanadi, O‘rta Sirdaryo havzasida Qang‘ va Farg‘ona vodiysida Davan davlati vujudga keladi. bu davrda paydo bo‘lgan Salavkiylar va Yunon-baqtriya davlatlarida davlatchilikning ellinistik siyosiy mezonlari o‘rnatilgan tarzda, ayrim yirik shaharlarda polis boshqaruvi mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘ining shimoliy va Sharqiy qismida – Xorazm, Sug‘d va Farg‘onada mahalliy davlatchilik tizimining rivojlanishi bo‘lib, tadqiqotchilar bu jarayon bosqichini shartli ravishda «xorazm-qang‘», deb ataydilar. Mil. avv. IV asrda Xorazm ahamoniylardan mustaqil bo‘lgan bo‘lsa, mil. avv. III-II asr bo‘sag‘asida Sug‘dda Antiox I va Yevtidem tangalariga taqlidan tangalar zarb etgan alohida mulklar shakllanadi. Shu davrda markaziy va shimoliy hududlarda Qang‘ davlati konfederatsiyasining ham shakllanish jarayoni bo‘lib o‘tadi. Beshinchi davr – mil. avv. II asrning ikkinchi yarmi – milodiy birinchi asr boshlari. Ko‘chmanchi qabilalar hujumi natijasida O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘ining barcha hududlarida davlatchilik mavjud bo‘lib, ko‘chmanchi davlatchilik an’analari mahalliy davlatchilik an’analari bilan aralashib ketadi. bu hududlarga kirib kelgan yuechji – toharlar Sug‘d va Shimoliy baqtriya hududlariga joylashib, beshta mulkdan iborat mustaqil davlat konfederatsiyasini tashkil etadilar. Bu davrda Qang‘ davlati konfederatsiyasiga Sug‘d va Choch mulklari ham kiradi. bu mulklar avval yunon-baqtriya tangalariga taqlid qilib tanga zarb etgan bo‘lsalar, keyinroq, mustaqil tanganlar zarb etadilar. Bu davrdagi barqaror davlatchilikning muhim belgilaridan biri – oromiy alifbosi asosidagi yozuvning keng yoyilishi hisoblanadi. Oltinchi davr – milodiy I asr boshi – III asr o‘rtalari. bu davrdagi eng muhim voqealardan biri qudratli Kushon davlatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi hisoblanadi. O‘zbekistonning janubi Kushon davlatining bir qismi edi. Aynan shu davrda Surxon vohasida shaharlarning gullab-yashnashi, aholi manzilgohlarining ko‘payishi, madaniy hayot, iqtisod, savdo-sotiqning taraqqiyoti kuzatiladi. Shuningdek bu davrda buxoro Sug‘dning janubi-g‘arbida («Girkod» sulolasi), Samarqand Sug‘dida («Kan» sulolasi), Janubiy Sug‘dda Kesh («Artat» sulolasi), Farg‘ona va Chochda mustaqil ichki va tashqi siyosat olib boruvchi mulk-davlatlar rivojlanadi. E.V.Rtveladzening fikricha, O‘zbekiston hududlaridagi qadimgi davlatchilik davri quyidagi muhim jihatlari bilan ajralib turadi: – tangalarda davlat ramzi bo‘lgan sulolaviy belgilarning mavjudligi; – yozuvning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi; – mustaqil tanga zarb etishning paydo bo‘lishi, tovar-pul munosabatlarining taraqqiy etishi; – davlatchilikning barcha funksiyalariga ega bo‘lgan alohida mulklarning shakllanishi; – bu mulklar o‘rtasida diplomatik munosabatlarning kengayishi; – davlatlar va xalqlarning ma’naviy boyishi, xalqaro aloqalari, mahsulot ayirboshlashiga keng yo‘l ochib bergan buyuk Ipak yo‘lining shakllanishi. So‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijasida, yuqorida ko‘rib chiqilgan ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishiga ayrim qo‘shimchalar kiritish mumkin. O‘rta Osiyo janubida davlatchilik tizimiga o‘tish davri mil. avv. III ming yillikning oxiri – mil. avv. II ming yillikning boshlari, ya’ni bronza davri bilan belgilanadi. Baqtriya va Sug‘d misolida hududiy jihatdan o‘rtamiyona davlat mil. avv. VII asrda vujudga keladi. 3.2. Boshqaruv tizimi va ilk davlatlar paydo bo‘lishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari Yuzlab ming yilliklarni o‘z ichiga olgan insoniyat tarixida dastlabki davlatlar va shaharlarning tashkil topishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, yozuvning kelib chiqishi nisbatan keyinroq yuzaga kelgan hodisalardir. Davlatchilik jahon tarixida milloddan avvalgi IV ming yillikning oxirlarida Sharqda vujudga kelgan bo‘lib, insoniyat tamaddudining so‘nggi 5 ming yili bilan bog‘lanadi. Urug‘chilik jamoalarida boshqaruvning ilk shakli ijtimoiy boshqaruv sifatida so‘nggi paleolit davrida vujudga kelgan. Jahon tarixi davrlashtirilishida bu bosqich inson hayotida qarindoshlarning alohida birlashuvi – urug‘i jamoasiga aylana borishi bilan bog‘lanib, ona urug‘i davri – matriarxat deb ataladi. Mezolit va neolit davrida O‘rta Osiyoning tog‘lar, dashtlar, ko‘l va dengiz bo‘ylarida joylashgan, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan aholining ijtimoiy hayotida matriarxat ya’ni yoshi katta ayollarning (katta ona) mavqeyi erkaklarnikiga nisbatan ancha baland edi. bu davr urug‘chilik jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojida qon-qarindoshlik tamoyilining muhimligi yuqorida ta’kidlandi. Matriarxatning xususiyati shundan iborat ediki, qarindoshlik ona tomonidan belgilanib, birinchi galda urug‘, oila ichida namoyon bo‘lgan (bolalarni tarbiyalash, oziq-ovqat mahsulotlarni taqsimlash, ovqat va kiyim-bosh tayyorlash, jamoadagi o‘zaro aloqalarni tartibga solish, ichki munosabatlarni nazorat qilish). Ammo mehnat qurollarini yasash, ovchilik va baliqchilik mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va amalga oshirishda erkaklarning ahamiyati katta bo‘lgan. Shu tariqa tashkiliy-boshqaruv faoliyat vujudga kelgan. bu borada e’tiqod marosimlarini amalga oshirish zaruriyati ham e’tiborga molik. Xo‘jalik shakllarini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni avloddan-avlodga o‘tkazish jarayoni o‘z tajriba va amaliy bilimlari bilan jamoada ajralib turgan mohir qurolsoz, baliqchi va ovchilarni saralanishiga olib kelgan. Urug‘chilik tizimida urf-odatlar va axloqiy xislatlar ustunlik qilib, huquqiy munosabatlar shakllanmagan. Ibtidoiy jamiyat tarixida ijtimoiy boshqaruv tamoyillari va vazifalari turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ular tashkil qilish, tartibga solish, nazorat, jamoatning ichki munosabatlarini boshqarib turish funksiyalari bilan bog‘langan edi. Shu tarzda ijtimoiy-iqtisodiy talablari, obro‘-e’tiboriga ega, o‘zlarining shaxsiy axloqiy xislatlari, amaliy bilimlari va tajribalarini bilan boshqalardan ajralib turgan shaxslarning saralanishiga olib kelgan. Urug‘ oqsoqoli va qabilalar yo‘lboshchilari jamoalar vakillari yig‘inida («Xalq yig‘ini») saylangan. Ibtidoiy jamiyat tarixida yo‘lboshchi rahbar ijtimoiy foydali faoliyati bilan band bo‘lib, urug‘-qabila odatlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat dastlab siyosiy davlat maqomi darajasiga yetmagan ijtimoiy tashkilot shaklini o‘zida ifoda etgan. Qadimgi davlatlar o‘z rivojlanish bosqichlarida, turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlarga ega bo‘lgan. Dastavval, ilk davlatlar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik va chorvachilik qayerda oldin rivoj topgan bo‘lsa, o‘sha yerda vujudga keldi. O‘zlashtiruvchi xo‘jalikka (ovchilik, baliqchilik) asoslangan biron-bir jamiyatda davlatlar paydo bo‘lmagan. Ibtidoiy tarixda (ilk urug‘chilik jamoasi davrida) aholining joylashuvi qonqarindoshlik aloqalari bilan belgilangan. U yoki bu hududda faqat bitta qonqarindosh urug‘ a’zolarigina yashagan. Xo‘jalik ishlab chiqaruvchi shakllarining taraqqiyoti aholi joylashuvi hududlarning kengayishiga, tashqi aloqalarning uzluksiz rivojlanishiga olib kelgan. Ishlab chiqarish zarurati va boshqa iqtisodiy omillar shuni taqozo etgan. Shu tarika aholining aralash joylashuvi jarayoni boshlangan. bunda bir hududda turli urug‘ namoyandalari yashaydigan bo‘lgan. Ana shunday qilib, jamiyatning yangi hududiy tashkiloti vujudga kelgan, o‘zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan katta oilalar paydo bo‘lgan. Bu jamoalar vakillari alohida uy-joylar, ekinzorlar va sug‘orish tarmoqlari bilan chegaralangan, ya’ni, to‘la o‘zlashtirilgan va muttasil xo‘jalik hamda ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanib kelingan voha-tumanlarda hayot kechirib, o‘z ichki va tashqi munosabatlarida kelib chiqadigan muammolarni hal qilishda birlashishga harakat qilganlar. O‘zbek xalqi, O‘rta Osiyo xalqlari va ularning ajdodlari tarixida ilk davlatchilikning vujudga kelishi masalasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilik tuzumiga bronza davridagi sug‘orma dehqonchilik rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik zamin yaratgan edi. Alohida ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyoda davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, Sharqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalar hamda migratsiyalar tashqi ta’sir jarayonlari bilan bog‘liq edi. Marg‘iyona-baqtriya hududidan topilgan yuqori sifatli oltin, kumush va bronza buyumlari, o‘ziga xos me’morchilik an’analari nafaqat tashqi savdo va o‘zaro aloqalarning rivojlanganligidan, shuningdek migratsiyalar natijasida sivilizatsiyaning yangi o‘choqlarining vujudga kelishidan dalolat beradi. Qadimgi Sharq davlat markazlari bilan etnomadaniy va iqtisodiy munosabatlar muammosi dolzarb mavzu bo‘lib, arxeologiya ma’lumotlari o‘zaro aloqalardagi mavjud texnologiya va iqtisodiy innovatsiya – yangiliklarning yoyilishi xususiyatlarini ochib beradi. Ilk davlatlarning hududiy asosini bir-biriga yaqin joylashgan qo‘shni dehqonchilik tumanlari tashkil etgan. Xo‘jalik yuritish maqsadida o‘zlashtirilgan hududlarda aholi zich joylashgan bo‘lib, ular qadimgi dehqonchilik tuman-vohalari deb atalgan. Ularning har birida hosildor yerlar va sug‘orish tizimidan tashqari uyqo‘rg‘onlar va manzilgohlar, ekin ekilmagan yerlar va yaylovlar mavjud bo‘lgan. Qadimgi dehqonchilik tumanlarining tuzilishi tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy muhit bilan bog‘liq edi. bir necha tumanlar viloyatni tashkil etgan. Yuqorida ko‘rsatilgan omillar bilan bog‘liq holda boshqaruvning hududiy funksiyalari ham vujudga kelgan. Ushbu funksiyalar ma’lum hududlarda joylashgan o‘troq ziroatchilar jamoalari, dehqonchilik voha-tuman va viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish va boshqarib turish zaruriyatidan kelib chiqqan. Shu tariqa ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlangan. Ikkinchi bosqich jamoaning o‘zini-o‘zi boshqaruv muassasalarining yo‘lboshchi hokimiyatiga to‘la bo‘ysundirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonda jamoa a’zolari o‘rtasidagi ichki va tashqi aloqalarning huquqiy tartibi yanada takomillashib boradi. bu holat esa davlat tizimidagi turli vazifalarning huquqiy tartibga solinishi va hokimiyatning huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishiga olib keladi. Ilk davlatchilik tizimida boshqaruv iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va hududiy funksiyalar bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan. Yuqoridagilardan xulosa tarzda ta’kidlash joizki, Qadimgi Sharqning ilk davlatlari («nomlar», shahar-davlatlar) tarixi dastlab jamiyatning qullar va quldorlarga bo‘linishidan boshlanmagan ekan. Jamiyatda qarama-qarshi sinflar paydo bo‘lib, ilk davlatlarning vujudga kelishiga asosiy sabab bo‘ldi degan xulosa, ya’ni davlat kelib chiqishiga oid sinfiy nazariya ko‘p jihatdan tahrirga muhtoj. Ushbu jarayonning muhim omillaridan biri sinfiy qarama-qarshilikka aloqasi bo‘lmagan jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar jihatidan bo‘linishi, jamoalar uning umumiy manfaatlarini amalga oshirish maqsadida birlashuvi zaruriyatidir. bu hol, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga bog‘liq bo‘lgan. Davlatchilik asoslari, siyosiy institutlar shakllangandan so‘ng jamiyatda chuqur mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish jarayonining boshlanishi namoyon bo‘lgan. Ilk davlatlarning ishlab chiqarish faoliyatida dastlab ozod jamoa a’zolarining mehnati muhim o‘rin tutadi. Aholi sonining o‘sishi hamda yangi aholi joylasha oladigan hududlarga, bo‘z yerlar va chorva uchun yaylov, ma’danlarga boy manbalarga ega bo‘lish ehtiyoji katta yo kichik urushlarga sabab bo‘lgan. Doimiy harbiy bosqinlar sharoitida ba’zi bir davlatlar tor-mor etilib, ba’zi birlari esa kuchayib borgan. Bosqinchilik urushlari natijasida asirlar va xonavayron jamoa a’zolari qullikka mahkum bo‘lganlar. Qullarning o‘sib borishi bilan ularning mehnatidan binokorlik, sun’iy sug‘orish inshootlarini barpo etish va ishlab chiqarish maqsadlarida keng foydalanilgan. Shu tarzda tarixda quldorchilik tuzumi Qadimgi Misr, Shumer-Akkad va Ossuriyadek o‘rtamiyona hududga ega davlatlarda (o‘rta podsholiklar) vujudga kelgan. Ularning iqtisodiy asosini yirik saroy, ibodatxonalar va katta oila jamoalarning xo‘jaliklari tashkil etgan. Jamiyatda boy-badavlat kishilar va ayrim to‘q oilalarning obro‘-e’tibori, ijtimoiy o‘rni baland bo‘lgan. Shuningdek, o‘rta hol va qashshoq aholi guruhlari hamda qullar mavjud edi. Qadimgi davlatlar rivojining bosqichlarida, o‘ziga xos xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlar mansub bo‘lgan. Shu boisdan davlatchilik tarixini davrlashtirish va qadimiy jamiyatlarga oid tarixiy voqealarni qiyosiy o‘rganish dolzarb vazifadir. O‘rta Osiyo hududlarida ham ilk davlatlar quldorlik davlatlar sifatida vujudga kelmagan. Davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalarning turli xilligini tan olib, mazkur mavzuga oid sinfiy nazariyadan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Arxeologik yer egali manbalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk temir davri baqtriya va Sug‘d jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oilalardan iborat xonadon jamoalari (katta oila vakillari) tashkil etgan. Uyqo‘rg‘onlar joylashuvining tashqi belgilariyoq, uy-jamoalari aftidan ancha yirik hududiy qo‘shni jamoalarni tashkil qilganidan dalolat beradi. boshqaruv tartibida uy egalari, shuningdek, ayrim voha-tumanlarini boshqaruvchilari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Alohida xonadonlar o‘rtasidagi qarindoshchilik munosabatlari kabi belgilar aftidan, ikkinchi darajali bo‘lib borgan. bu shunda ko‘rinadiki, har bir katta oila mumkin bo‘lgan qarindoshchilik aloqalariga qaramasdan, alohida xususiy mulkka, o‘z uy-joyiga, ishlab chiqarish qurollariga, shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorvalariga ega bo‘lishgan, bir so‘z bilan aytganda, ular o‘zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jalikni aks ettirganlar. Katta oilali jamoalar shakli jamoadagi ishlab chiqarish va xo‘jalik xarakteriga bog‘liq bo‘lib, ular jamoatning iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishiga olib keldi. Uy-qo‘rg‘on egalarining huquqlari ancha yuqori bo‘lib, ular oila va jamoadagi ish yurituvchilar sifatida an’anaviy qishloq xo‘jalik shakllarini rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish maqsadida turli munosabatlarni boshqarib turgan. bu ijtimoiy tuzumda ayrim guruhlar dehqonchilik xo’jaligi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shuningdek, tuzumda uy chorvachiligi, ixtisoslashgan hunarmandchilik, qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchilar, umuman, ishlab chiqaruvchilar bor edi. Undan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy tizimda rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish va nazorat qilish vazifalarni amalga oshirgan shaxslar ham mavjud bo‘lib, bu toifa kishilariga uy-qo‘rg‘on egalari, jamoa oqsoqollari, diniy arboblar, tuman va viloyat hokimlari kirgan. Ularning barchasi jamiyat hayoti va ishlab chiqarish tartibida tutgan o‘rni bilan boshqalardan farq qilgan. O‘zbekiston hududlarida davlatchilik dehqonchilikdan ixtisoslashgan hunarmandchilikning ajralib chiqishi tufayli ilk shahar markazlari asosida rivojlangan. Shahar markazlarining ahamiyati, ayniqsa harbiy to‘qnashuvlar paytida yanada oshib, ulardan tuman aholisi tomonidan boshpana va ijtimoiy mulkning asosini tashkil etuvchi chorva podalari uchun pana joy sifatida foydalanilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ilk temir davrida O‘zbekiston janubidagi jamoalarda «uy egasi», «qishloq oqsoqoli», «oqsoqollar kengashi», «voha-tuman hokimi» kabi mansablar mavjud edi. Ijtimoiy tuzumning bu pog‘onasi ilk davlatchilikning yuqori darajasi bo‘lib, u jamoalarning ijtimoiy hayotida o‘z obro‘e’tibori va ahamiyatini saqlab qoldi. Jamoa uchun tashkiliy boshqaruv keng ko‘lamdagi qurilish, sug‘orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish paytida zarur edi. Yo‘lboshchi hokimlarning boshqalardan ajralib turishiga qadimgi shaharlarning ichki qal’asida ularning alohida joylashgan saroy qo‘rg‘onlari mavjudligi ham guvohlik beradi. bu hokimiyat jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini boshqarib turgan. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo janubida (Marg‘iyona – baqtriya) ilk davlatchilik mil. avv. III ming yillikning oxirlari – II ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Ularning markazlari saroy va ibodatxonalarga ega ilk shaharlar bo‘lgan (Gonur, Dashtli). O‘zbekiston hududida ilk davlatchilik tizimiga o‘tish bronza davrida boshlanadi. Surxondaryodagi O‘lonbuloqsoy – Sherobod qadimiy ziroatchilik vohasi yodgorliklarning o‘rganilishi (Sopolli, Jarqo‘ton) dehqonchilik, me’morchilik va hunarmandchilikning yuksak taraqqiy darajasini ochib berdi. Jarqo‘tonda alohida joylashgan ibodatxona Qadimgi Sharqdagi sajdagohlar singari, e’tiqodga oid vazifasidan tashqari, ibodat – xo‘jalik majmuasi mohiyatiga ega bo‘lgan. bronza davrida ibodat marosimlarini tashkillashtiruvchi va ijro etuvchi maxsus ijtimoiy guruhlar – kohinlar paydo bo‘ladi. Qadimgi Sharqdagi ilk davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta’kidlash joizdir. Aynan shu boisdan ham O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanishi jarayoni Qadimgi Sharq davlatchiligi tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Misol tariqasida, Ikki daryo oralig‘i (Mesopotamiyada) saroy – ibodatxona – shahar tizimining rivojlanishi ma’lum. Mazkur tizim Gonur, Dashtli va Jarqo‘ton me’morchilik rejasida ham o‘z aksini topgan. Jarqo‘tonda hukmdor saroyi ham bunyod etilgan. Bronza davridayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va chorvachilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosini tashkil etgan. Sug‘orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik va chorvachilik rivoji natijasida qo‘shimcha mahsulot va xususiy mulk ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. Mil. avv. IX-VIII asrlarda dasht chorvador qabilalari hayotida ko‘chib yuradigan chorvachilik shakli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘chmanchilar qurol-yarog‘ni rivojlantirish, o‘q otish va suvoriy jang qilish sohasida katta yutuqlarga erishib, o‘troq dehqonchilik aholi uchun juda xavfli kuchga aylanadilar. Bu davrda suvoriy-jangchi va harbiy yo‘lboshchilarning mavqeyi oshadi. Shu tariqa «harbiy demokratiya» tamoyillariga asoslangan qo‘chmanchi qabilalarning dastlabki uyushmalari vujudga keladi. bunga o‘xshash uyushmaning markazi quyi va o‘rta Sirdaryo havzasi dashtlarida joylashgan. Mil. avv. VII-VI asrlarda Sharqiy Kaspiy bo‘yi, Janubiy va Sharqiy Orolbo‘yi oralig‘i hududlarida joylashgan sakmassaget qabilalarning harbiy uyushmasi paydo bo‘ladi. Mil. avv. VII-VI asr o‘rtalarida dehqonchilik voha-tumanlari asosida davlatchilik baqtriya, Sug‘d, Xorazm va Farg‘ona vodiysida rivojlanadi. Mil. avv. IX-VII asrlar tarixiga oid «Avesto»da yo‘lboshchilar va hukmdorlarning unvonlari belgilab berilgan – «kavi» (hukmdor, podsho), «sastar» (harbiy yo‘lboshchi), «zantupati» (qabila yo‘lboshchisi). baqtriya va Sug‘d davlatchilik shakli «daxiyusasti» (barcha viloyatlar hududiy birlashuvi)ga ancha yaqin bo‘lgan. O‘rta Osiyoda davlat uyushmalari sun’iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo havzasida (Surxon-Sherobod vohasida) Murg‘ob, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar – Misr (nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatishimiz mumkin. Dastlabki shahar markazlarining paydo bo‘lishi muammolari davlatchilik vujudga kelishi masalalari bilan uzviy bog‘liq mavzu hisoblanadi. Ilk yozma manbalar O‘rta Osiyo hududlarida davlatlar vujudga kelishi haqida nisbatan aniq ma’lumotlar bermaydi. bu o‘rinda arxeologik ma’lumotlarning ahamiyati beqiyosdir. Jamiyat hayotida metalning keng yoyilishi – dastlabki shaharlar va davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib ko‘plab bronza va ilk temir davri yodgorliklaridan ishlab chiqaruvchi xo‘jalik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollari topib o‘rganilgan. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Bronza davrida hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyat kasb etib, asosini ilk shaharlar tashkil etgan davlatchilikning shakllanishi uchun muhim omil bo‘lgan. Dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishida ilk shaharlardagi o‘zaro ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy-iqtisodiy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Shuningdek, davlatchilikning kelib chiqishida aholi madaniyati, e’tiqodlari va diniy qarashlarning umumiyligi muhim birlashtiruvchi vazifasini bajargan. So‘nggi bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va shimoliy hududlaridan aniqlangan topilmalardagi ko‘pgina o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan, qadimgi yo‘llarning taraqqiy etganligidan dalolat beradi. O‘zbekistonda eng qadimgi davlatlarning shakllanish jarayoni dehqonchilik va chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan hunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ilk temir davriga kelib o‘troq aholi sonining ko‘payishi, hosildor bo‘z yerlarning jadal o‘zlashtirilishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida aholi joylashish uchun hayotiy zarur hududlarini taqsimlanishiga olib keladi. Daryo vohalariga joylashib olgan ziroatchilar nafaqat ekin maydonlarini kengaytirib boradilar, shuningdek, ular o‘z podalarini boqish maqsadida atrofdagi yaylovlardan ham keng foydalanadilar. Ko‘chmanchi chorvadorlar dashtlar hamda o‘troq aholi hududlari chegaralarida (Sharqiy Kaspiybo‘yi va Orol dengizi oralig‘i, Sharqiy Orolbo‘yi, Quyi Amudaryo so‘l sohili yerlari, Quyi Sirdaryo, Pomir vohalari va boshq.) joylashadilar. 3.3. Davlatchilik kelib chiqishiga doir nazariyalar. Davlat shakllari va boshqaruv tizimi Antik va o‘rta asrlar davridan boshlab davlatning kelib chiqishi to‘g‘risida dastlabki qarashlar paydo bo‘lib, ular asosida turli nazariyalar ishlab chiqilgan. Ularning tarafdorlari o‘zlarining mafkuralari, yondashuvlari va dunyoqarashlariga asoslanib ma’lum nazariyalarini isbotlashga harakat qilganlar. Ushbu nazariyalarda abstraksiya (mavhum tasavvur), umumiy falsafiy usullar ustunlik qilib, muammoning tarixiy-huquqiy jihatlariga kam e’tibor qaratilgan. Mazkur masalani ko‘rib chiqqan olimlar (R.V.Rtveladze, A.X.Saidov, A.V.Abdullayev) quyidagi nazariyalarga ta’rif berdilar: Teologiya nazariyasi tarafdorlari: XIII asr, Foma Akvinskiy, XIX asr, Jozef Mestr, islom mafkurasi va katolik cherkovi. Bu nazariya davlatlar kelib chiqishini ilohiylik bilan bog‘laydi. Qadimgi davrdayoq Isroilda paydo bo‘lgan bu nazariya ilk davlatlarning diniy boshqaruv shakllarini (teokratik) qattiq turib himoya qiladi. Patriarxal nazariya dastlab Arastu asarlarida aoslanib, XIII asrda R.Filmer tomonidan rivojlantirildi. Uning tarafdorlari dastlabki davlat bevosita oiladan o‘sib chiqqan deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, davlat hokimiyati otaning oila a’zolari ustidan hokimligini belgilab beradi. Patremonial nazariya XIX asrda yashagan fransuz olimi A.Galler tomonidan ishlab chiqilgan. Nazariya tarafdorlari davlat yerga mulkchilik huquqidan kelib chiqqan (patrimomum) deb hisoblashadi. Ya’ni, hokimiyat, yerga egalik qilish huquqidan bevosita u yerda yashovchi odamlarga yoyiladi. Shartnomaviy nazariya. XVII-XVIII asrlarda keng yoyilgan bu nazariya tarafdorlari A.Gorsiy, J.Lokk, T.Gobs, J.Russo, D.Didro, Sh.Monteskye kabilar edi. Bu nazariyaga ko‘ra davlat – odamlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida odamlarning ongli ravishda birlashishidir. Odamlar shartnomaning kuchi bilan o‘z erkinligi, o‘z hokimiyatining bir qismini davlatga beradilar. Zo‘ravonlik (kuch ishlatish) nazariyasi. Uning tarafdorlari: E.Dyuring, L.Gumplovich, K.Kautskiy huquqsiz va himoyasiz qabilalarning kuchli va uyushgan qabilalar tomonidan bosib olinishi tufayli zo‘ravonlik yoki kuch ishlatish yo‘li bilan paydo bo‘lgan deb hisoblaydilar. Irrigatsiya nazariyasi. nemis olimi K.Vittfogel tomonidan ishlab chiqilgan. bu nazariyaga ko‘ra, davlatlarning paydo bo‘lishi, ularning birlamchi despotik shakllari sharqiy agrar viloyatlarda ulkan inshootlar qurilishi bilan bog‘lanadi. Psixologiya nazariyasi tarafdorlari: L.Petrajetskiy, Z.Freyd, G.Tard davlatning paydo bo‘linishi inson psixologiyasi, shaxsning jamoada yashashga ehtiyoji, obro‘li kishilarni izlash, buyruq berish va itoat istagi bilan izohlaydilar. Sinfiy nazariya. Tarafdorlari: K.Marks, F.Engels, V.Lenin, G.Plexanov. Bu nazariyaga ko‘ra, sinflar paydo bo‘lishi va ular o‘rtasida sinfiy kurash keskinlashuvining yakunidir. Davlat bir sinfning boshqa sinf ustidan hukmronlik qurolidir. Davlatchilik kelib chiqishi masalalariga oid markscha nazariyasi jamiyatda ijtimoiy o‘rni baland bo‘lgan boy-badavalt kishilar va aksincha qashshoq sinflarning paydo bo‘lishi g‘oyasi bilan bog‘langan. Ibtidoiy jamiyatning yemirilishi va ilk davlatchilikning vujudga kelishi masalasini o‘rganishda sovet davri tadqiqotlarida sinfiy nazariya uslubiy poydevor bo‘lgan. Shu sababli ham davlat xalqdan ajralgan holda sinfiy ezuvchi kuch sifatida ta’riflangan. Еkspluatatsiyaning ilk shakllarini quyidagi uch asosiy shakllariga ajralib o‘rganilgan: 1. Qulchilik. 2. Jamoadagi ichki ekspluatatsiya. 3. O‘lpon yig‘ib olish va ijtimoiy-iqtisodiy qaramlik. Davlat turlari va shakllari, boshqaruv tizimi O‘zbekiston qadimgi siyosiy tarixining dolzarb masalalaridan biri ilk davlatchilikning, shakllari va boshqaruv masalalari hisoblanadi. Bizga qadar yetib kelgan yozma manbalar ushbu muammolarga mumkin darajada aniqlik kiritsa-da, to‘liq ochib bera olmaydi. Arxeologik manbalar ham ushbu masalalar yuzasidan to‘lalilicha tasavvurga ega emas. Aynan shuning uchun ham davlatchilik tarixi yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan va olib borayotgan olimlar yozma va arxeologik manbalarni o‘zaro qiyosiy tahlil qilib, dunyo tarixidagi davlatchilik jarayonlari tarixi bilan solishtirgan holda, davlatning shakllari va boshqaruv masalalari bo‘yicha ilmiy xulosalar berishga harakat qiladilar. Bugungi kunga qadar olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalaridan ma’lumki, O‘zbekistonning qadimgi davri tarixi mobaynida davlat uyushmalarining turli shakllari mavjud bo‘lgan. Mahalliy shart-sharoitlar va asoslarda shakllanib astasekin taraqqiy etgan davlatlarga Xorazm, Qang‘, Davan davlatlari kiritilsa, harbiysiyosiy ta’sir va bosqinchilik tufayli paydo bo‘lgan davlatlarga Ahamoniylar, Salavkiylar, Yunon-baqtriya kabilar kiritiladi. E.V.Rtveladze qadimgi O‘zbekiston hududlaridagi ilk o‘rta asrlarga qadar bo‘lgan davlatlarning turlari va shakllarini quyidagilarga ajratadi: Davlatning birinchi turi – podsholik, boshqaruv shakli – mutlaq monarxiya. O‘zbekistonning qadimgi tarixida davlatlarning bunday turi va shakli ustuvor bo‘lgan bir necha davrini kuzatish mumkin. Avvalambor, mil. avv. 539-330-yilga qadar qadimgi O‘zbekistonning Farg‘ona va Chochdan tashqari deyarli barcha hududlari Ahamoniylar davlati tarkibida bo‘lgan. Xorazm, Sug‘d, baqtriya va saklar o‘lkasi ahomoniylar podsholari tomonidan tayinlanib quyilgan satraplar tomonidan boshqarilib, ularga ma’lum miqdorda boj to‘lab turganlar. Noiblar boshqaruvi tizimida ma’lum mustaqilikka ega bo‘lgan mutlaq monarxiya Salavkiylar va Yunon-baqtriya davlatlarida ham mavjud bo‘lgan. Mil. avv. IV asr oxirlaridan III asr o‘rtalariga qadar Shimoliy Baqtriya va Sug‘d ellinistik podsholik hisoblangan Salavkiylar davlati tarkibida edi. Mil. avv. III asrning o‘rtalaridan II asrning ikkinchi yarmiga qadar Shimoliy baqtriya va ma’lum davrda Sug‘d Yunon-baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan. bu davlatdagi podsholar hokimiyati doimo ham avloddan-avlodga o‘tmagan. Milodiy I-III asr o‘rtalarida mavjud bo‘lgan Kushon podsholigi ham aniq ko‘zga tashlanuvchi teokratik1 mutlaq monarxiya davlati edi. Davlatning birinchi podshosi Kujula Kadfiz davridan so‘ng yurtimizning janubiy hududlari bu davlat tarkibiga kirgan. bu davlat ham satrapliklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning boshqaruvi to‘laligicha kushon podsholari qo‘lida edi. Undan tashqari, Kushon podsholigida maxsus chegara viloyatlari bo‘lib, ularni harbiy boshliqlar boshqarganlar. O‘zbekistonning janubidagi Surxon vohasi ana shunday viloyatlardan biri bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilar Ahamoniylar inqiroziga qadar, ya’ni, mil. avv. IV asrning boshlarida paydo bo‘lgan Xorazm podsholigi ham mutlaq monarxiya davlati bo‘lganligini taxmin qiladilar. Milodiy I asrdan boshlab Xorazm podsholigida o‘z tangalarini zarb etishni yo‘lga qo‘ygan yangi sulola hokimiyatni qo‘lga oladi. Davlatning ikkinchi turi – konfederativ podsholik, boshqaruv shakli – cheklangan monarxiya. Davlatning bunday turiga Qang‘ va yuechji (Katta yuechji) davlatlari kiritiladi. bu konfederativ podsholiklar bir nechta mustaqil mulklardan iborat bo‘lib, o‘z tangalarini zarb etgan qabila yo‘lboshchilari yoki urug‘ boshliqlari tomonidan boshqarilgan. Qang‘ davlati hududlariga Buxoro va uning atroflari mulki, Buxoro Sug‘dining janubi-Sharqi va Samarqand Sug‘dining shimoli-g‘arbi mulklari, Janubiy Sug‘d mulki kirgan. Katta Yuechji podsholigi ham Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Dumi, Xitun kabi beshta mulkdan bo‘lib, ularni turli Yuechji urug‘lari vakillari boshqargan. Davlatlarning uchinchi turi – mulk, boshqaruv shakli – qabila yo‘lboshchilari va urug‘ boshliqlarining merosiy hokimiyati. Davlat uyushmalarining qadimgi turi bo‘lgan mulklar tarixiy-madaniy viloyatlar asosida shakllanadi. bu turdagi viloyat-mulklar «Avesto»da, yunon-rim ma’lumotlarida (Gerodot, Arrian va boshq.), qadimgi Xitoy yozma manbalarida eslatib o‘tiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, Yunon-baqtriya podsholigi inqirozidan keyin mil. avv. 128- yoki 126-yilda baqtriyaga kelgan Xitoy sayyohi Chjan Szyan, baqtriya ko‘plab kichik mustaqil mulklaridan iboratligini ta’kidlab, «bu yerdagi deyarli har bir shahar o‘z hukmdoriga ega»ligi haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, Xitoy manbalari G‘arbiy o‘lka (O‘rta Osiyo va Sharqiy Turkiston) hududlarida o‘zining ma’lum mustaqilligiga ega bo‘lib, tashqi siyosat olib borgan 55 ta mulk haqida ma’lumotlar beradi. Davlat uyushmasining bu an’anaviy turi aftidan mil. avv. II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlarida shakllana boshlaydi. bu tur saylanadigan yo‘lboshchilar va oqsoqollar kengashi boshqargan shunga o‘xshash mulklar rivojida, Ahamoniylar davrida ham saqlanib qolgan. 1 Teokratik – diniy yo‘lboshchi, ruhoniy qo‘lida bo‘lgan siyosiy hokimiyat hamda shu usulda idora qilingan davlat. Antik davri yozma manbalardagi Sisimitr, Xorien va Oksiart kabilarning mulklari shunga urg‘u beradi. Qadimgi davlatchilikning «o‘tish» davrlarida (mil. avv. II-I, milodiy III-IV asrlar) «davlat»ning bu turi alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, tarixiy-madaniy viloyatlar asosida yirik mulklar (buxoro, Kesh, Choch) ajralib turadi. Ilk o‘rta asrlar davrida mulk-davlatlar nisbatan taraqqiyotning yuqori darajasiga ko‘tarilib, bu an’analar o‘rta asrlarda ham davom etadi. 3.4. Qadimgi Baqtriya. So’g’diyona. Qadimgi Xorazm. Sak-massagеtlar. Turli ilk yozma manbalaridagi baxdi, baqtrish, baqtriyona, baqtriya, baxlika (hind manbalarida) yirik o‘lka va davlatning nomidir. Baqtriya – bahdi, baqtra daryosi (hozirgi balxob) nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchadir. Rim tarixchisi Kursiy Ruf shunday xabar qiladi: «baqtra daryosi nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Dastlabki bosqichda bu so‘z yagona vohaning nomi bo‘lib, keyingi davrlarda keng hududga tegishli baqtriya viloyati, baqtriya davlati (bir necha daryo vohalari va viloyatlari) ma’nosida ishlatilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, qadimgi viloyatlar va mamlakatlarning nomlari odatda daryo, qabila, xalq va markaziy shaharlar nomlaridan kelib chiqqan. O‘rta Osiyo xalqlarining tarixida daryolar muhim hayot manbayi vazifasini bajargan. Hozir ham O‘zbekistonning viloyatlari, asosan, daryo va shaharlar nomlari bilan belgilangan. Demak, baqtra va Baqtriya atamalari – geografik tushunchalardir. «Baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» atamalari qadimgi manbalarda tilga olinib, yagona xalqni yoki bir necha qarindosh qabilalarni birlashtirgan tushunchani anglatadi. Odatda baqtriyaliklar yunon yozma manbalarida bosqinchilarga (Ossuriya podshosi nin, Kir II, Makedoniyalik Aleksandrga qarshi) turgan xalq sifatida nazarda tutilgan. Baqtriya yerlari Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismini, Janubiy Tojikiston, Surxondaryo vohasini o‘z ichiga olgan. baqtriya hududida eng qadimgi odamlar tosh davridan boshlab yoyilgan. Bronza davrida baqtriya hududida davlatchilik tizimi vujudga kelgan. Mazkur davrga oid saroy, ibodatxonalar kabi katta me’morchilik inshootlari topilgan hamda yuksak binokorlik, hunarmandchilik va ziroatchilik madaniyati izlari aniqlanganligi bizga ma’lum. Mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib, baqtriya tuprog‘ida harbiy ahamiyatga ega siyosiy birlashma tashkil topgan. bu O‘rta Osiyo aholisining bir qismi ko‘chmanchi chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Siyosiy qarama-qarshiliklar avj olib turgan bu jarayonlarda qurollangan suvoriylar, jangchilarning mavqeyi baland bo‘lgan. Bu bosqichning tarixi va harbiy yo‘lboshchilarning siyosiy qurashlari «Avesto»da tasvirlangan. Mil. avv. 700-540-yillar Qadimgi baqtriya davlatining rivojlangan davri bo‘lib, uning hududiy chegaralari Hinduqush tizmasi, badaxshon va Hisor tizmasiga borib taqalgan (daryo vohalari – balxob, Qunduz, Panj, Vaxsh, Kofirnihon, Surxon). Baqtriya davlati O‘rta Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlar ichida eng yirigi bo‘lgan. Yozma manbalarning dalolat berishicha, Marg‘iyona Qadimgi baqtriya davlatining tarkibiga kirgan. bundan yozma manbalar dalolat beradi. Podsho Doro I ning Marg‘iyonadagi qo‘zg‘olonni tor-mor qilishi haqida behistun yozuvlaridagi quyidagi xulosa mavjud: «Mana nimalarni men baqtriyada qildim». Doro III davrida baqtriya va Sug‘diyona birlashtirilgan ma’muriy-hududiy o‘lka bo‘lib, unda bess ismli satrap hokimlik qilgan. Marg‘iyona va baqtriya aholisining urf-odatlari hamda madaniyati umumiy ildizlar va an’analarga ega bo‘lib rivoj topgan. Videvdat kitobida baqtriya «eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan biri baland bayroqli, «go‘zal o‘lka» sifatida yoritilgan. Yunon manbalarida baqtriya «ming shaharlar davlati» deb atalgan. bu tarixiy an’analarga nima sabab bo‘lgan? Ahamoniylar davlatida baqtriya eng qudratli o‘lkalardan biri hisoblanganligi sababi yoki uning tabiiy boyliklarimi, jasur jangovar otliq va piyoda qo‘shinlari, yirik shaharlari va qadimgi zamonlarga oid tarixidir. balki shu sabablarning birgalikda hammasi va shubhasiz juda qadimgi zamonlarga oid baqtriya xalqining tarixiy an’analaridir. Gerodotdan avval «baqtriya xalqi» tushunchasini Esxil «Forslar» degan fojiasida ishlatgan (sahnada mil. avv. 472-yilda ijro etilgan). «Forslar» fojeasida yosh baqtriyalik jangchilardan Tenagon va Aritom kabi ismlar tilga olingan. Ular Salamin jangida halok bo‘lib (mil. avv. 480) shu orolda dafn qilingan. «baqtriya xalqi halok bo‘ldi» deb Esxil o‘z asarida xulosa qilgan. Qadimgi fors yozuvlarida baqtriya va baqtriyaliklar mil. avv. 522-yildan so‘ng tilga olinadi. baqtriya haqida turli xabarlar O‘rta Sharqda keng ma’lum edi. Gerodotning aytishicha, Misr va bobil bilan bir qatorda baqtriya Kir II ning harbiy yurishlariga to‘siq bo‘lib turgan. Shubhasiz, bu baqtriyaning muhim harbiy va iqtisodiy ahamiyatidan dalolat beradi (aholi, qudratli shaharlar va qal’alarning ko‘pligi, xomashyoga boyligi, muhim markaziy savdo yo‘llarining chorrahasi, hunarmandchilikning rivojlanishi, piyoda va otliq qo‘shinlarning yurti va boshqalar). bundan tashqari, baqtriya Ahamoniylar davlatining uzoq sharqiy chegaralarida joylashgan podsho taxtini egallash maqsadini o‘z oldida qo‘ygan ahamoniylar sulolasi vakillari uchun norasmiy surgun joyi ham bo‘lgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas (ahamoniylar saroyidan chetlashtirish va podsho taxtidan uzoqlashtirish jarayonida). Ma’lumki, Smerdis – bardiya Qadimgi fors podshosi Kambizning buyrug‘iga binoan o‘ldirilgan, Masist o‘z akasi podsho Kserks bilan taxt uchun kurashib halok bo‘lgan. baqtriya qudratiga tayanib Artabon fors shohi Artakserksga qarshi chiqqan, mil. avv. 330-yilda baqtriya satrapi bess Doro III ni o‘ldirib, o‘zini «Osiyoning ulug‘ podshosi» Artakserks IV deb e’lon qilgan. bess Makedoniyalik Aleksandrga qarshi kurashni muvaffaqiyatli davom ettirish maqsadida baqtriya va Sug‘diyonaning harbiy qudratiga tayangan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Qadimgi Baqtriyaning bir qismi bo‘lgan Afg‘onistonning shimoli-sharqida (Kunduz, Ko‘kcha daryolarining vohalari) Aryonam Vayjo mamlakati joylashgan bo‘lishi mumkin edi. U «Avesto»da Aryoshayyona (Aryoshayona) nomi bilan ham mashhurdir. Tadqiqotchilarning yozishicha, Aryoshayyona Kavi Vishtasp podsholigi bo‘lib, Drangiana, Sattagadiya, Ariya, Marg‘iyona va Amudaryo o‘rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. Olimlar Kavi Vishtasp podsholigini Marv va Hirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» davlati deb hisoblashganlar (V.b.Xenning va I.Gershevich). Boshqa tadqiqotchilar zaratushtra ta’limotining birinchi tarafdori – Kavi Vishtasp davlatini baqtriya hududiga joylashtirib, baqtriya tuprog‘ida davlatning vujudga kelishi jarayoni juda qadimgi davrlarga oid degan fikrni ilgari suradilar. Arxeologiya manbalar Qadimgi baqtriyada dastlabki shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanish jarayonini aniqlash imkonini beradi. Ular bronza davrida (Dashtli, Jarqo‘ton) paydo bo‘lgan. baqtriyaning shahar markazlari (ular, asosan ayrim viloyatlarda harbiy-ma’muriy hunarmandchilik va savdo-sotiq ahamiyatga ega bo‘lgan) asrlar davomida xarobalarga aylanib, yerostida qolib ketgan. Ahamoniylar davridan avval vujudga kelgan shunday markazlardan bolo Hisor (baqtra), Oltindilyor, Qiziltepa va boytudasht yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu shaharlar keng maydonlarda joylashib, mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Yodgorliklarda xom g‘isht va paxsadan qurilgan uy-joylar qazib ochilgan. Qurilish va hunarmandchilik ancha rivoj topgan. Shaharlarning bir qismida hukmdorlar qarorgohlari qal’a-qo‘rg‘onlar joylashgan. Baqtriya Amudaryo havzasida ayrim daryo vohalarida joylashgan beshta viloyatni birlashtirgan. Surxon, Balxob, Kofirnixon-Vaxsh, Panj, Ko‘kcha-Qunduz vohalari shular jumlasidandir. Surxon vohasining markazi Qiziltepa bo‘lgan, Shimoliy Afg‘onistondagi bolo Hisor o‘rnida Qadimgi baqtra joylashgan. bu shahar Gerodot va Ktesiylarning ta’kidlashicha, baqtriyaning markazi edi. Ktesiyning «Persika» asarida baqtriyaning juda ko‘p harbiy istehkomlari va qal’alari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda baqtriya tuprog‘idan mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmiga oid 240 dan ortiq uy-qo‘rg‘onlar, qal’alar va shaharlar xarobalari topib tekshirilgan. Jumladan, Surxon vohasida joylashgan Kuchuktepa, Talashqon, Jondavlat, bandixon va Qizilcha yodgorliklarini aytib o‘tish lozim. Ular devorlar va mudofaa burjlar bilan mustahkamlangan qal’alar yoki to‘rtburchak shaklida qurilgan uy-qo‘rg‘onlardir. Qadimgi aholi sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Yodgorliklarda sopol idishlar, bronzadan va temirdan yasalgan pichoqlar, o‘roqlar, bronza idish parchalari hamda o‘q uchlari, jez igna va bigizlar, sopol urchuqlar, toshdan ishlangan qurollar topilgan. Qurilish, hunarmandchilik: temirchilik, kulolchilik, to‘qimachilik, zargarlik, charmgarlik va sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi baqtriyada qadimiy madaniyat yuksak darajadagi taraqqiyotini ko‘rsatadi. Turli manbalardagi Sug‘da, Sug‘uda, Sug‘diyona nomlarining kelib chiqishi va ularning ma’nosi hozircha noma’lum. «Avesto»ning Yasht kitobida tilgan olingan «Sug‘d makoni Gava» – Sug‘diyonaning eng qadimgi viloyati bo‘lishi mumkin. ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Gava (Gau) – «buqa», «poda», Qashqadaryo vohasi bilan bog‘lanadi. bu atama mazkur viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takrorlanib saqlangan (Gavdara, Gavxona, tog‘lar Gau, cho‘qqi Gau va boshqalar). Ehtimol, «Gava Sug‘da» atamasida «qudratli Sug‘d» tushunchasi o‘z aksini topgan. Qashqadaryoda qadimgi aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan manzilgohlar va uy-qo‘rg‘onlarning qoldiqlari mil. avv. X-VIII asrlar bilan belgilanadi. Shular jumlasidan Sangirtepa, Yangitepa, Chiroqchitepa, Yerqo‘rg‘ondir. Mazkur davrga oid Yasht ma’lumotlari Gava Sug‘da haqida e’lon qiladi. Ilk yunon tarixchilari Sug‘diyonani baqtriya yoki sak-massagetlarga nisbatan kamroq tilga olganlar. Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan so‘ng Sug‘diyona haqida tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha to‘liq bo‘lib, kengayib boradi. Sug‘diyona – zarafshon va Qashqadaryo vohalarida joylashib, janubisharqda baqtriya va shimoli-g‘arbda Xorazm bilan chegaradosh bo‘lgan. Qadimgi zamonlarda Sug‘diyona muhim savdo yo‘llarining chorrahasida joylashgan. Sug‘diyona haqida «Avesto», Gerodot va ahamoniylar davri yozuvlari xabar qiladi. Sug‘diyonaning markazi yunon tili shaklida Maroqanda shahri (VIIVIII asrlarga oid sug‘d tili yozuvlarida – Smarokansa, «uchrashuv, anjumanlar joyi» deb tarjima qilinadi). Maroqanda – hozirgi Afrosiyob ko‘hna shahar xarobalaridir. Ahamoniylar davrida uning maydoni 219 gektardan iborat bo‘lib, shahar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Yunon tarixchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Maroqandaning mudofaa devori va ichki qal’asi bo‘lgan. Sug‘diyonaning boshqa shahar markazlari – Qarshi vohasida Yerqo‘rg‘on, Qashqadaryoning sharqiy qismidagi Uzunqir (maydoni 70 ga) va Samarqanddan 30 km shimolda joylashgan Ko‘ktepa (maydoni 100 ga) yodgorliklaridir. Bu yodgorliklarda o‘tkazilgan arxeologiya tadqiqotlar Qadimgi Sug‘diyona aholisining xo‘jaligi va madaniyatini chuqurroq o‘rganish imkonini berdi. Topilgan arxeologik manbalar Sug‘diyona va baqtriyaning binokorligi, moddiy madaniyatining bir-biriga ancha o‘xshash va yaqin ekanligidan dalolat beradi. So‘nggi ahamoniylar davrida baqtriya va Sug‘d bir ma’muriy o‘lka – satraplik tarkibida birlashgan. Ahamoniylar yozuvlari Sug‘diyonadan Persepol saroyiga lojuvard olib borilganligidan xabar beradi, ammo lojuvard konlari faqat baqtriyaning badaxshon tog‘larida mavjudligi ma’lum. Sug‘diyona hududiga odamlar qadimgi tosh asridayoq kirib kelib, undan keyingi davrlarda tog‘, daryo vohalari bo‘ylab keng tarqala boshlaganlar. Qulay tabiiy-geografik sharoitda ibtidoiy xo‘jaliklar va moddiy madaniyat rivojlangan. Tosh davrga oid Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, zirabuloq va Samarqand makonlari topib tekshirilgan. Mil. avv. V-IV ming yilliklarga kelib zarafshon quyi oqimida Kaltaminor madaniyati shaklidagi tosh qurollar va sopol idishlar tarqaladi. Bronza davrida Quyi zarafshon irmoqlari hosil qilgan zax yerlarda dehqonchilik rivojlangan. Eneolit va bronza davrida yashash hududlari tobora kengayib borishi, tabiiy boyliklar, yangi konlar va yerlar qadimgi qabilalar tomonidan o‘zlashtirib turganidan zarafshonning yuqori oqimida joylashgan Sarazm yodgorligi dalolat beradi. Chorvador qabilalarga mansub Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod, zarafshon tog‘lari yonbag‘ridagi Jom yodgorliklari topib tekshirildi. Mil. avv. VII asrga kelib, Sug‘d ziroatchi aholi Sharqiy Qashqadaryo, Quyi Qashqadaryo, O‘rta va Quyi zarafshon vohalarida joylashgan. Sug‘diyona hududi nurota va Hisor tizmalari hamda g‘arbda dashtlar bilan chegarallangan. O‘troq viloyatlar markazlari Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va Ko‘ktepa o‘rnida joylashgan. Mil. avv. VII-VI asrlarda Sug‘d hududida davlatchilik tizimi rivojlangan. Videvdat kitobida Gava Sug‘da «eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan bo‘lgan» ikkinchi yurt sifatida ko‘rsatilgan. Yasht ro‘yxatida Baqtriya tilga olinmagan, ammo Sug‘d Xorazmdan oldin va Marg‘iyonadan keyin aytib o‘tilgan. Xvarizam («Avesto» tilida), Xuarazmish (qadimgi fors tilidi), Xorasmie (qadimgi yunon tilida) tushunchalari Quyi Amudaryo hududlaridagi Xorazm vohasiga tegishli bo‘lgan. Qadimgi Xorazm tarixi va yodgorliklari S.P.Tolstov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiyaning tadqiqotlari natijasida keng yoritilgan. Xorazmning sug‘orish inshootlari va sug‘orilishi tarixini o‘rganishda taniqli arxeolog olim Y.G‘.G‘ulomov katta hissa qo‘shgan. Xorazm tuprog‘ida turli xil ko‘hna manzilgohlar va shahar xarobalari qazib ochilgan. Hozir ham Qadimgi Xorazm tarixini o‘rganish va uning arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish ishlariga katta e’tibor berilmoqda. «Avesto»ning dastlabki ma’lumotlariga (Yasht madhiyalari) zamondosh Xorazm yodgorliklari mil. avv. IX-VIII asrlarga oid Amirobod madaniyati nomi bilan atalgan. Bu davr yodgorliklari mahalliy bronza davri madaniyati xususiyatlarini saqlab, yarim yerto‘la turar joy, kichik sug‘orish inshootlar va qo‘lda yasalgan sopol idishlari bilan ajralib turgan. bronza buyumlaridan o‘roqlar, jez ignalar hamda o‘q uchlar qo‘yilgan tosh qoliplar topilgan. Xorazmdagi shu davr aholisining asosiy tirikchilik manbayi chorvachilik va dehqonchilik bo‘lgan. Tabiiy sharoit Amudaryoning eski o‘zani Oqchadaryo irmoqlaridan ariq qazib, suv chiqarishga imkon bergan tumanlarda sug‘orma dehqonchilik rivojlangan. Gekateyning parfiyaliklardan Sharqda joylashgan xorasmiylar elati haqida ma’lumotlar va Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanuvchi xalqlarning yerlari haqidagi xabarlariga tayangan holda, xorasmiylarning siyosiy yetakchiligidagi «Katta Xorazm» birlashmasi to‘g‘risidagi ilmiy nazariya paydo bo‘lgan. bu davlatga Gerodot sanab o‘tgan xalqlar – xorasmiylar, girkanlar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylar yerlari ham kirgan deb taxmin qilindi. ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha (V.Tarn, F.Altxaym), ahamoniylar davridan avval xorasmiylar Parfiya chegaralaridan sharqiy yo‘nalishda Kopetdog‘ yonbag‘irlarida joylashganlar. «Katta Xorazm» davlatining markazi Marv va Hirot atrofida bo‘lib, bu davlatni qadimgi fors podshosi Kir II bo‘ysundirgan so‘ng xorasmiylar Quyi Amudaryo – Xorazm vohasiga ko‘chib borganlar deb faraz qilindi (V.b.Xenning, I.Gershevich, I.V.Pyankov). E.V.Rtveladzening nazariyasiga ko‘ra, baqtriyaning shimoli-g‘arbida joylashgan xorasmiylar qadimgi forslarning bosqini tahdidi tufayli Quyi Amudaryo yerlariga janubdan ko‘chib kelganlar edi. Boshqa olimlar mazkur nazariyalarga qarshi bo‘lib, xorazmliklar O‘rta Osiyo janubidan ko‘chib kelmaganlar va Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan degan fikrni ilgari surganlar (S.P.Tolstov, M.G.Vorobyova). bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm vohasi hududidan ancha keng bo‘lib, O‘rta Amudaryo vohasidan boshlab Orol dengizigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. Bu hududda mil. avv. VI-V asrlarga oid 310 ta uyqo‘rg‘onlar, shahar xarobalari ma’lumdir. Shular jumlasidan eng yirigi Qo‘zaliqir mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Qo‘zaliqir mudofaa devorlarining tuzilishi bilan baqtriyadagi Qiziltepa, bandixon 2, Talashkantepa kabi istehkomlar devorlarining tuzilishida ancha o‘xshash ekanligi aniqlandi. Baqtriya va Xorazm shahar markazlari mudofaa devorlarining o‘rtasida jangchilar yurishi uchun maxsus yo‘lak bo‘lgan hamda o‘q otish uchun mudofaa burji qurilgan. Devorlarda har 2 metrda shinaklar qoldirilgan. Shuningdek, Ko‘zaliqirda saroy ko‘rinishidagi yirik inshoot hamda olovga sig‘inish bilan bog‘liq otashkada topilgan. Ko‘zaliqir madaniyatidan avval Xorazm vohasida mil. avv. IX-VIII asrlarga oid paxsa yoki hom g‘ishtdan qurilgan uyjoylar, mudofaa devorlari va turli me’morchilik inshootlar aniqlanmagan. Turar joylar kulba va chaylalarga o‘xshash yarim yerto‘lalardan iborat, sopol idishlar esa qo‘lda yasalgan va kulolchilik charxi bu davr mahalliy hunarmandchiligida noma’lum bo‘lgan. Xorazm moddiy madaniyati hamda binokorligidagi tub o‘zgarishlar va vohada oldingi davrlarda noma’lum madaniy an’analarning paydo bo‘lishi mil. avv. VII-VI asrlar chegarasi bilan belgilanadi. Mazkur davrga oid Xorazmda xom g‘isht va paxsadan qurilgan uy-joylarning qoldiqlari qazib ochilgan. Qurilish va hunarmandchilik ancha rivoj topgan (Qo‘zaliqir, Xumbuztepa, Xazorasp). Voha qulolchiligida charxdan foydalanish boshlanadi, temirdan mehnat hamda harbiy qurollari ishlab chiqariladi, saroy shaklidagi inshootlar, sajdagohlar va otashkadalar paydo bo‘ladi. Bu davr Xorazm vohasi sopol idishlari Marg‘iyona, baqtriya va Sug‘diyona kulolchilik buyumlariga o‘xshab, ulardan deyarli farq qilmaydi. Sopol idishlar va boshqa moddiy manbalar asosiy xususiyati bilan umumiy madaniyatga mansubdir. bundan binokorlik usullari, uy-joylarning tuzilishi va mudofaa tizimi ham dalolat beradi. Ilk temir davrda O‘rta Osiyo janubiy viloyatlarida juda qadimgi zamonlardayoq rivojlangan madaniy an’analar Xorazm vohasi aholisining moddiy madaniyatiga ham tatbiq qilinadi. O‘rta Osiyo janubiy viloyatlarini madaniy umumiylik, ziroatchi aholining qo‘shni-qarindoshligi, yaqin urf-odatlari, tili, diniy qarashlari va madaniy aloqalari birlashtirgan. Shuningdek, Marg‘iyona-baqtriya aholi guruhlarning (binokorlar, hunarmandlar, ziroatchilar) Xorazm chegaralarida va aynan voha hududiga yoyilishi, ehtimoldan xoli emas. Ziroatchi aholisining migratsiyalari fors podshosi Kir II ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda boshlangan. Migratsiyalar tufayli janubiy viloyatlar jamoalarining vakillari va Xorazm mahalliy aholisi qo‘shilib qorishishi sababli yangi madaniy va etnik jarayonlarga zamin yaratilgan. Boshqa nazariyaga ko‘ra, (Y.A.Rapoport, O.A.Vishnevskaya) mil.avv. VII asrda xorazmlik saklarning janubiy viloyatlarga (Marg‘iyona, Parfiya) yurishlari paytida, ular janubdagi shaharlarning mudofaa tizimi, sun’iy sug‘orish inshootlari va moddiy madaniyati bilan tanishib chiqishi natijasida, bu sohalarda o‘zlashtirilgan bilimlar va ko‘nikmalar Quyi Amudaryo hududlaridagi hunarmandchilik va binokorlik sohalariga tatbiq etilgan. Shuningdek, mil. avv. VI asrdan boshlab, xususan shu saklar «xorasmiylar» degan shaxsiy etnonimga ega bo‘lganlar degan fikr ilgari surilgan. Biroq o‘zga yurtlarning madaniy yutuqlarini faqat tanishib chiqish va kuzatish usullari orqali murakkab me’morchilik va mudofaa inshootlarini Xorazmda yaratish uchun yetarlicha bo‘lmagan. Bunday binokorlik ishlarni hamda hunarmandchilik sohalarini rivojlantirish maqsadi muayyan bilimlar hamda amaliy tajribani talab etardi. Xorazm vohasida Quyisoy madaniyatiga oid mahalliy chorvadorlar hamda Sakarchaga mozor qo‘rg‘onlaridan arxeologik topilmalarga ko‘ra, Quyi Sirdaryodan ko‘chib kelgan ilk saklar istiqomat qilganlar (mil. avv. VII asr). bu davrda vohada chorvachilik xo‘jaligi ustuvor bo‘lgan. Xususan «xorazmliklar» – saklar va kelgindi baqtriyaliklar etnomadaniy an’analarining qorishishi natijasida Xorazm vohasida Qo‘zaliqir madaniyati hamda xorasmiylar elati vujudga kelishi ehtimoldan xoli emas. Shunday qilib, Ko‘zaliqir madaniyati Marg‘iyonabaqtriyada avval yuqori darajada rivoj topgan va janubdan migratsiyalar natijasida Xorazmda yoyilgan sivilizatsiya ta’sirining mahsulidir. Misol tariqasida, mil. avv. X-VIII asrlarda Janubiy Sug‘d – Qashqadaryo vohasida kulolchilik charxda ishlangan sopol idishlarning paydo bo‘lishi, qurilishda hom g‘isht va paxsaning ishlatilishi, uy-qo‘rg‘onlar va ayrim qal’alarning bino qilinishi baqtriyaning Sug‘diyonaga madaniy ta’sirini va baqtriyaliklar tomonidan ba’zi mahalliy vohalarning o‘zlashtirishini tasdiqlaydi. Bugungi kunga kelib, «Katta Xorazm» birlashmasi haqida nazariya olimlar tomonidan rad etildi. Xorazm vohasida ilk davlatchilik alohida voha – tumanlarda mil. avv. VII-VI asr chegarasida vujudga kelgan degan fikr ilgari surildi. Alohida voha-tumanlardan iborat, markazlari Ko‘zaliqir va Xazorasp kabi qal’alar bo‘lgan qadimgi Xorazmda ilk davlatchilik mil. avv. VI asrning boshlariga kelib, Amudaryoning so‘l sohili yerlarida vujudga kelgan, degan xulosa arxeologiya ma’lumotlari asosida tasdiqlandi. «Katta Xorazm» davlatining markazi Hirot va Marv atrofida joylashmagan, chunki yozma manbalarga ko‘ra, Marg‘iyona Qadimgi Baqtriya davlatining tarkibiy qismi bo‘lib, uning yirik viloyatini tashkil etgan. Hirot vohasi esa qadimdan Ariya (Areyya) viloyati va ariyaliklar elati markazi edi. Shu bois «Katta Xorazm» nazariyasidan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Baqtriya va Xorazmning hududiy chegaralari O‘rta Amudaryo oqimidagi yerlar orqali o‘tgan. Shu zaminda bir-biriga yaqin holatda ikkita qadimgi istehkom – Odoytepa va Qushqala qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan yerlar Sug‘diyona, Marg‘iyona va baqtriyaga tegishli o‘lkalarga borib taqalgan. balki shuning uchun ham Gekatey xorasmiylar – xorazmliklar viloyatini parfiyaliklardan Sharqiy tomonda joylashtirgan. Gerodot esa o‘z asarida parfiyaliklar va xorasmiylarning yerlari chegaradosh bo‘lgan deb yoritgan. Qadimgi Xorazmda davlatchilik tizimining vujudga kelishi etnik migratsiyalari va ijtimoiy-iqtisodiy voqealar bilan bog‘liq bo‘lib, «xorasmiylar» elatining paydo bo‘lishi ahamoniylar davridan oldingi davrlarda boshlangan. bunda mintaqadagi sivilizatsiyaning birlamchi markazlarining madaniy ta’siri va aholi migratsiyalari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Saklar O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tog‘lari va dashtlarida yashagan ko‘chmanchi chorvador qabilalardir. Mil. avv. VII-VI asrlarda ularga qarindosh chorvador qabilalar Qora dengizning shimoliy sohillaridan Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan Yevrosiyoning keng hududlarida joylashgan. Qadimgi fors yozuvlari ko‘chmanchilarni «shaq» deb yoritadi, yunon mualliflari esa ularni «skiflar», «sarmatlar», «saklar», «massagetlar», «daxlar» deb ataganlar. Saklarning nomlari Erondagi Sakaston, Seiston viloyati tushunchasida saqlangan. Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi guruhlarga bo‘linganlar: saka tigraxauda («tigra» – «o‘tkir», «xauda» – «bosh kiyim»), saka xaumavarka – «xaomani ulug‘lagan saklar», xaoma – «muqaddas ichimlik», «sug‘dlarning narigi yog‘idagi (ortidagi) saklar» – saka-tiay-para sug‘dam va saka-tiay-darayyo – «daryo, dengiz ortidagi saklar». Suza shahrida topilgan Doro I ning haykalidagi yozuvlarda «balchiq va tuproq o‘lkasi saklari» tilga olingan. Gerodot «amirgiy» saklar haqida xabar beradi. Olimlar fikriga ko‘ra, «sak» so‘zi «qudratli, idrokli, epchil bo‘lish», yoki «kuchli, azamat, mard» deb tarjima qilinadi. behistun yozuvlarida ko‘chmanchilarning yurti umumiy yagona bir so‘z bilan «shak» deb ko‘rsatilgan. Saklarning yashagan hududlari va joylashuvi chegaralari haqida juda ko‘p ilmiy adabiyotlar mavjud (V.V.Struve, S.P.Tolstov, A.n.bernshtam, b.A.Litvinskiy va boshq.). Saklarning yodgorliklari – qadimgi qabristonlar va mozor-qo‘rg‘onlar juda keng hududda topib tekshirilgan (Kaspiybo‘yi, Orol dengizi atrofidan Balxash qo‘ligacha, Pomir va Tangritog‘ o‘lkalarida, Quyi zarafshon, Quyi Amudaryo va Sirdaryo yerlarida). Saklar xo‘jaligida chorvachilik katta ahamiyatga ega bo‘lgan. bu qabilalar qoramol, mayda chorva hamda otni ko‘plab urchitganlar. Saklarning yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat buyumlari, mehnat qurollari va spool idishlar uchraydi. Gerodot saklar-massagetlarning yarog‘-aslaha va ot anjomlari haqida aniq ma’lumotlar keltirgan. Ko‘chmanchilarning mozor-qo‘rg‘onlarida shu qurollar jumlasidan jangovar boltalar, xanjarlar va bronza o‘qlari juda ko‘p uchraydi. Saklarning o‘qlari bargsimon, ikki yoki uch qirrali bo‘lgan, xanjar dastasining boshi yoysimon qayirib qo‘yilgan. Sak-massagetlarni, Gerodotning aytishicha, «ba’zilar skif qabilasi deb hisoblaydilar». Saklarning ot anjomlari, o‘qlari va xanjarlari skif yarog‘-aslahariga o‘xshaydi. bronzadan ishlangan san’at buyumlarida ham yaqin xususiyatlar va katta o‘xshashliklar mavjud. Ko‘chmanchilarni madaniy, iqtisodiy va siyosiy aloqalar bir-birlari bilan bog‘lab turgan. Gerodotning fikriga ko‘ra, massagetlar va skiflarning turmush tarzi ham birbiriga o‘xshaydi yoki «ular otliq va piyoda jang qiladilar». Ko‘chmanchilarning madaniy an’analari va urf-odatlari ularning xo‘jaligi va yashash sharoitidan kelib chiqib, bir-biridan farq qilmagan. Faqat bir joyda «tarixning otasi» Gerodot xatoga yo‘l qo‘ygan. Bu uning «Temir va kumushdan yasalgan buyumlar ularning ro‘zg‘orida ishlatilmaydi, chunki bu metall massagetlarning yerlarida umuman uchramaydi...», – degan so‘zlaridir. Ko‘chmanchilarning mozor-qo‘rg‘onlarida (Pomir, Quyi Sirdaryo, Quyi Amudaryo, Zarafshon vohasi) temirdan ishlangan xanjarlar va o‘qlar topilgan. Massagetlar – aynan sak qabilalarining yirik harbiy-siyosiy uyushmasidir. Massaget so‘zini ikki xil – «ulug‘ getlar» yoki «yirik sak o‘rdasi» deb tarjima qilinadi. Oxirgi tushuncha «massaget» so‘zi ma’nosiga ko‘proq to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, «Avesto»da O‘rta Osiyoning eng qadimgi chorvador va ko‘chmanchi qabilalari «tura», «danu», «x’yaona» nomlari bilan tilga olingan. Ular ko‘chmanchilar orasida harbiy-siyosiy qabila uyushmalari vujudga kelgan davrlarda yashaganlar. Dastlabki ko‘chmanchilarning tarixini o‘rganishda Quyi Sirdaryodagi mil. avv. IX-VII asrlarga oid Shimoliy Tagisken maqbaralariga e’tibor berish lozim. Ular xom g‘ishtdan bino qilingan, to‘rtburchak va halqasimon maqbaralardir. Tagisken qabrlarida ko‘chmanchilarning sardorlari va jamoa oqsoqollari dafn etilgan. Ayrim maqbaralarda juda ko‘p qimmatli buyumlar bo‘lgan. Shu davr «Avesto»da tilga olingan bahodirlar va podsholarning sa’yharakatlari, harbiy yurishlari davriga to‘g‘ri keladi (Kavi Xisrov va Frangrasyon – Afrosiyob o‘rtasidagi Chaychast ko‘li yonida jang, Kavi Vishtaspning g‘olibona jangida «xyaona yovuzi, serjahl» Ashtarvant «soxta» Arjatasp, «devlarni qadrlagan» Darshin ustidan g‘olib chiqishi, bahodirlar Visturash, Kersasp va boshqalarning o‘z dushmanlariga qarshi kurashlari). Demak, bronza davridan boshlab Yevrosiyoning keng hududlarida chorvador qabilalar tarqaladi. Ilk temir davrida ular O‘rta Osiyoning o‘troq xo‘jaliklariga ega viloyatlari (Farg‘ona, Sug‘d, Xorazm, Baktriya, Marg‘iyona va Parfiya) chegaralarida ham joylashadilar. Saklarning mozor-qo‘rg‘onlari baqtriya yerlariga yaqin bo‘lgan Pomir tog‘larida, Sug‘diyona chegaralarida – Quyi Amudaryo so‘l sohillarida, Quyi Sirdaryo va boshqa joylarda topib tekshirilgan. Keyingi davrlarda sak-massagetlarning yurtlariga boshqa ko‘chmanchilar kelib o‘rnashganlar. Mil. avv. II ming yillikdan boshlab o‘rta asrlarga qadar chorvador ko‘chmanchi qabilalar dehqonchilik vohalari chegaralarida va qishloqshahar atroflarida joylashib, yangi etnik, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga asos solganlar. Chorvador qabilalarning va dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholining tarixi uzviy bog‘langan holda, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi va madaniyati yangi asoslarda rivojlanib borgan. Tayanch so‘zlar: O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i, madaniy taraqqiyot darajasi, qadimgi davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi, boshqaruvning ilk shakli, boshqaruv tizimi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslar, hududiy belgilar, urug‘chilik jamiyati, umumiy mulk, yo‘lboshchi, hokim, metalning keng yoyilishi, ijtimoiy mansablar va boshqaruv, oqsoqollar, harbiy yo‘lboshchilar, diniy arboblar, oqsoqollar kengashi, nazariyalar, davlat shakllari, podsholik, konfederativ davlat. Savol va topshiriqlar 1. Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi haqida nimalarni bilasiz? 2. Qadimgi davlatchilik taraqqiyotining muhim jihatlarini ochib bering. 3. Davlatchilikning paydo bo‘lishida ilk shaharlarning ahamiyati to‘g‘risida so‘zlab bering. 4. Davlatchilikning kelib chiqishi masalasiga oid qanday nazariyalar mavjud? 5. Davlatning qaysi shakllarini bilasiz? 6. O‘rta Osiyoda davlatchilik kelib chiqishining omillari haqida nimalarni bilasiz? 7. Ijtimoiy boshqaruvning xususiyatlari nimadan iborat? 8. O‘zlashtiruvchi xo‘jaliklarga asoslangan ibtidoiy (urug‘chilik) jamiyat belgilarini ta’riflab bering. 9. Ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarga asoslangan ibtidoiy jamiyatning haqida so‘zlab bering. 10. Ijtimoiy mansabalar va boshqaruvning asoslari mavzusiga oid esse yozing. 3-mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdullayev O‘. O‘rta Osiyoda qadimgi boshqaruv va ilk davlatchilik tarixshunosligi. – Toshkent: Akademiya, 2009. 2. Eshov b.J. Sug‘diyona tarixidan lavhalar. – Toshkent, 2002. 3. Eshov b.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. 4. Eshov b.J. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. – Toshkent: Fan vatexnologiya, 2008. 5. Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullayev E.V. Qadimgi O‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar. – Toshkent: Adolat, 2001. 6. Sagdullayev A., Mavlonov O‘. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2006. 7. Sagdullayev A.S., Aminov b. va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – Toshkent: Akademiya, 2000. 8. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. – Toshkent: Sharq, 2001. 9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent. Yangi asr avlodi, 2003. 10. Qadimgi davlatchilik va urbanizatsiya (tarixiy lavhalar) / Mas’ul muharrir R.X.Sulaymonov. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010. 11. Qudratov S.S. Markaziy Osiyo hududlarida ilk davlatlarning paydo bo‘lishi. – Guliston, 1998. 12. Dietrich Huff, Chakir Pidayev, Chapulat Chaydoullayev. Uzbek-German arhaeological researches in the Surkan Darya region // La baktriane au carrefour des routes et des civilisations de l Asie centrale. – Paris, 2001. 13. History of civilizations of Central Asia. UnESCO publishing. – Paris. 1996. 14. Аскаров А.А., Ширинов Т. Ранняя городская култура эпохи бронзы юга Средней Азии. – Самаріанд, 1993. 15. Исамиддинов М.Х. Истоки городской културы Самаріандского Согда. – Ташкент, 2002. 16. Массон В.М. Первые цивилизации. – Л., 1989. 17. Ртвеладзе Э. Цивилизации, государства, културы Центральной Азии. – Ташкент, 2005. 18. История государственности Узбекистана. Ртвеладзе Э.В. Периодизация развития и типология ранних государств // Отв. ред. Ртвеладзе Э.В., Алимова Д.А. Т.1. – Ташкент: Узбекистан, 2009. 19. Сагдуллаев А.С. Становление раннебактрийской и раннесогдийской государственности // История государственности Узбекистана. Т. И. – Ташкент: Узбекистан, 2009. 20. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб. Проблемы цивилизации Узбекистана VII в до н.е. – VII в н.е. – Ташкент: Фан, 2000. 4-Mavzu: O’rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida (mil.avv. VI-IV asrlar). Makеdoniyalik Alеksandrning Baqriya va So’g’diyonaga yurishlari. Xorazm, Qang’, Davan, Yuеchji–Kushon va Kushon davlatlari. Reja: 4.1. Siyosiy tarix. 4.2. Iqtisod va ijtimoiy tuzum 4.3. Makеdoniyalik Alеksandrning Baqriya va So’g’diyonaga yurishlari 4.4. Xorazm, Qang’, Davan, Yuеchji–Kushon va Kushon davlatlari. 4.1. Siyosiy tarix. Mil.avv. VI asrning o’rtalariga kelib shafqatsiz kurashlar natijasida Midiya podsholigi o’rnida Ahamoniylar davlati tashkil topadi. Ko’pchilik ilmiy – tariхiy adabiyotlarda Kir II Ahamoniylar davlatining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Ahamoniylarning Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi hukmdorlari qadimgi Sharqdagi juda ko’plab mamlakatlar ustidan o’z hokimiyatini o’rnatishni rejalashtirilganlar va shunday siyosat olib borganlar. Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Yustin kabilarning ma’lumotlaridan хulosa chiqaradigan bo’lsak, Kir II mil.avv. 545-539 yillarda Sharqiy Eron va O’rta Osiyo viloyatlarini bosib oladi. Doro I davrida (mil.avv. 522-486 yy. ) Ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O’rta Yer dengiziga qadar bo’lgan keng hududga o’z hukmronligini o’rnatgan. Juda ko’p sonli davlatlar, viloyatlar, shaharlar va хalqlarni birlashtirgan Ahamoniylar saltanati tariхda birinchi yirik dunyo davlati hisoblanadi. Mil. avv. VI asrning o’rtalarida Kir II o’zining sodiq lashkarboshlaridan biri bo’lgan Garpagga Kichik Osiyodagi shahar-davlatlarni bosib olishni buyuradi. O’zi esa O’rta Osiyo hududidagi viloyatlarni (Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona va boshq.) bosib olishiga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Gerodot Kir II ning massagetlarga qarshi yurishi haqida so’zlar ekan, bu yurishlarning ko’pchiligi haqida to’хtalmasdan, faqat forslarni tashvishga solgan yurishlar haqida eslatib o’tadi. Tariхchining ma’lumot berishicha, Garpag Kichik Osiyo shaharlarini birinketin bosib olguncha Kir II butun Osiyo хalqlarini bo’ysundiradi va shundan keyingina Bobilga yurish boshlaydi. Tariхiy manbalarning ma’lumot berishicha, O’rta Osiyo хalqlari ahmoniylar bosqiniga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Xususan, massaget qabilalari malika To’maris (Tomiris) boshchiligida forslarning turli hiyla-nayranglar ishlatishiga qaramasdan ularning katta qo’shinini tor-mor etadilar. Malika To’maris va massagetlarning harbiy mahorati tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo’ladi. Gerodot хabar berishicha, “Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar orasida eng dahshatlisi edi... Kamon o’qlari tugagach, qo’l jangi boshlanib nayza va qilich bilan kurashdilar. Qo’shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi. Nihoyat massagetlar g’alaba qozondilar.” Kir II qo’shinlarining massagetlar tomonidan tor-mor etilishi mil. avv. 530 yilga to’g’ri keladi. Tariхchi Polien forslarga qarshi kurashgan Shiroq qahramonligi haqidagi afsona to’g’risida хabar beradi. Uning хabariga ko’ra, sak qabilalarining vakili bo’lgan Shiroq ismli cho’pon hiyla yo’li bilan forslarning katta qo’shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo’yadi. Shiroq ham, fors qo’shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo’ladilar. Mil. avv. 522 yilda ahamoniylar taхtiga Doro I o’tiradi. U taхtga o’tirishi bilanoq Parfiya, Marg’iyona va “saklar o’lkasi”da forslarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522 yilning oхirida Marg’iyonada ko’tarilgan qo’zg’olonga Frada ismli kishi boshchilik qiladi. Doro I Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi qo’shinlarni qo’zg’olonchilarga qarshi jo’natadi. Qo’zg’olon shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg’iyonalik halok bo’ladi. Frada ham qo’lga olinib qatl ettiriladi. “Saklar o’lkasi”dagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik qiladi. 519-518 yillarda bo’lib o’tgan bu kurashda saklar forslar tomonidan mag’lubiyatga uchraydi. Saklarning ko’pchiligi o’ldirilib, ko’pchiligi asir olinadi. Ularning yo’lboshchisi Skunha asir olinib, o’rniga boshqa yo’lboshchi tayinlanadi. Xullas, forslar O’rta Osiyodagi mahalliy aholining qahramonona qarshiligini qiyinchilik bilan sindirganidan keyingina bu hududlarni batamom o’zlariga bo’ysundirdilar. Markaziy boshqaruv organlari. Ahamoniylar davrida davlat boshqaruvi shohlar shohi-shahanshoh qo’lida bo’lgan. Hokimiyat ierarхiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarining boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida Kengash mavjud bo’lib uning tarkibiga boy oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan. Davlat ahamiyatiga molik muhim bo’lgan barcha masalalar ushbu kengashda ko’rib chiqilsada, hal qiluvchi qarorni shahanshoh qabul qilgan. Shohlar shohidan keyingi shaхs хazarpat (mingboshi) deb atalgan. Xazarpat shahanshoh gvardiyasining boshlig’i va davlat boshqaruvida shahanshohning bosh yordamchisi hisoblangan. Ahamoniylar davlatining bosh ma’muriy markazi Suza shahri edi. Bu yerda shahanshoh devonхonasi joylashgan bo’lib, barcha hujjatlar shu yerda saqlangan. Shahanshoh devonхonasi boshlig’i dapirpat (mirzaboshi) deb atalgan. Devonхonada bosh хazinachilar, hisobchilar, qozilar, mirzalar va boshqa amaldorlar ishlaganlar. Hududiy bo’linish. Mil.avv. VI asrlarning o’rtalarida tashkil topgan ulkan ahamoniylar davlati tartibiga hozirgi Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning katta qismi, Shimoliy Hindiston, Yaqin Sharq, Kichik Osiyo, Misr kabi hududlar kirgan edi. Bu ulkan davlat ma’muriy- qaram o’lkalar – satrapiyalarga bo’lingan edi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, bu an’ana Midiya davlatidan qabul qilingan, Doro I davrida ma’muriy boshqaruvda islohotlar o’tkazidib, butun davlat 20 ta ma’muriy- qaram satrapiyalarga bo’linadi. Ularni satraplar (shahanshoh noiblari) boshqargan. Satrapiyalar ancha yirik bo’lib, ayrim hollada bir necha o’lka va viloyatlarni birlashtirgan. Masalan, Parfiya, Girkaniya, Areya, Xorasmiya va So’g’diyona bitta satrap tarkibiga kirgan. Satrapiyalarning chegaralari ayrim hollarda o’zgarib turgan. E’tibor berish lozimki, ahamoniylar davlatida satrapiyalar etnik kelib chiqishiga qarab emas, balki iqtisodiy salohiyatiga qarab tashkil etilgan. Satrapiyalar shahanshohning noibi sifatida asosan forslardan tayinlangan. Satrapiyaning ma’muriyati va boshqaruvi shahanshoh ma’muriyati va markaziy boshqaruv apparatini qisqartirilgan holda takrorlagan. Ya’ni, satrapda ikkita yordamchi, devonхona va mirzalar bo’lgan. Bir vaqtning o’zida satrap o’zi noiblik qilib turgan hududda bosh qozi vazifasini ham bajargan. Ayrim hollarni istisno qilganda satrap harbiy boshliqlik vazifasini bajarmagan. Misol uchun, Doro I barcha satraplarning harbiy vazifalarini bekor qilgan va ularga faqat o’ziga bo’ysinuvchi harbiy boshliqlarni jo’natgan. Satraplarning faoliyati markazdan qattiq nazorat ostiga olingan. Hattoki, shahanshoh huzuridagi amaldorlar tez-tez kelib satraplar faoliyatini tekshirib turganlar. 4.2. Iqtisod va ijtimoiy tuzum Qo’shinlar. Ahmoniylar davlatida muntazam qo’shin mavjud bo’lib, uning asosini tarkibida o’n ming jangchi bo’lgan «abadiy o’lmas» polk tashkil etgan. Qo’shinlarning bosh qo’mondoni shahanshoh edi. Harbiy tuzilmada keyingi o’rinda «хazarpat»-mingboshi turgan. Ahamoniylar qo’shinlari quyidagi qismlardan iborat bo’lgan: 1. – «abadiy o’lmas» polk; 2-piyoda qo’shinlar; 3-otliq qo’shinlar (suvoriylar); 4-satraplar qo’shinlari; 5-yunon yollanmalari; 6-ko’ngilli qo’shin. Qo’shinning qismlari 10,100,1000, 10000 kishilik harbiylardan iborat bo’lib, har bir qismning tayinlab qo’yilgan boshlig’i bo’lgan. Butun davlat hududi 4 ta harbiy okruga bo’lingan. Har bir okrugning harbiy boshlig’i bo’lib, u bevosita shahanshohga bo’ysungan. Bo’ysunlirilgan o’lkalar va chegara tumanlarida harbiy garnizonlar joylashtirilgan. Harbiy boshliqlarning deyarli barchasi forslardan tayilangan. Soliqlar va majburiyatlar. Gerodot ma’lumotlariga ko’ra, ulkan Ahamoniylar saltanati alohida viloyatlar (o’lkalar) – satrapiyalarga bo’lingan bo’lib, ularning soni 20 ta edi. Har bir satrapiya har yili ma’lum miqdorda soliq to’lab turishi shart edi. Soliqlarning miqdori ko’p hollarda kumush talant (talantpul birligi, bir talant 30 kg kumushga teng bo’lgan) bilan belgilangan. Soliqlar kelib tushishini tizimga solish uchun Doro I yagona pul tartibini joriy etadi. Bu tartibining asosini og’irligi 8,4 g keladigan oltin darik tashkil etardi. Oltin darikni bir donasini og’irligi 5,6 g bo’lgan 20 ta kumush tangaga almashtirish mumkin bo’lgan. Oltin darik faqat podsho tomonidan, kumush tangalar esa ayrim viloyatlar hukmdorlari tomonidan zarb etilgan. Qaram o’lkalar pul solig’idan tashqari mahsulot bilan ham soliqlar to’laganlar. Ushbu soliqlar hisobidan Persepolda, Suzada va Ekbatanda fors podsholarining hashamatli saroylari qad ko’targan. Misol uchun, Suzadagi saroyni qurish haqida Doro I yozuvlarida shunday хabar beriladi: «Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan keltirilgan. Ko’k tosh «kapa-utaka» (lojuvard) va «sinkabrush» (yarim qimmatbaho tosh-serdolik) So’g’ddan keltirilgan. «Aхshayna» toshi (feruza) Xorazmdan keltirilgan». Shuningdek, Gerodot Ahamoniylar davridagi yana bir soliq turi – sun’iy ko’llardan dalalar uchun olinadigan suv puli haqida ham ma’lumot beradi. Tariхchining ta’kidlashicha, ko’llarning to’g’onini ochgani uchun fors podshosi «odatdagi soliqdan tashqari katta pul oladi». Ahamoniylar davlatida majburiy harbiy хizmat ham muhim ahamiyatga ega edi. Elefantin orolidagi (Misrning janubiy chegaralari yaqinida) garnizon arividan ma’lumki, bu yerda mil.avv. V asr oхirida хorazmlik jangchi Dargamon хizmat qilgan. Sak jangchilari haykalchalarining topilishi Misrdagi yirik harbiy bazalardan biri bo’lgan forslarning Memfis garnizoni tarkibida sak otliqlari ham bo’lganligidan guvohlik beradi. Yunonlarga qarshi chiqqan Kserks qo’shinlari tarkibini sanab o’tar ekan Gerodot, baqtriylar, sak-amorglar, parfiyonlar, хorazmiylar, so’g’diylar va saklarni ham tilga oladi. Dehqonchilik. Sun’iy sug’orish. Juda ko’pchilik tadqiqotchilar O’rta Osiyoning o’troq vohalaridagi sug’orish tartibida mil.avv. VI-IV asrlarda sezilarli o’zgarishlar bo’lib o’tganligini e’tirof etadilar. Bu davrda ko’p joylardagi to’planib qolgan suvlardan foydalaniladigan mavsumiy tabiiy sug’orish o’rnini keng hududlarni sug’orish imkoniyatini beruvchi yirik magistral kanallar tartibi egallaydi. Bunday o’zgarishlar natijasida nisbatan kengroq hududlarni o’zlashtirish imkoniyatlari paydo bo’ladi. O’rta Osiyoning deyarli barcha tariхiy-madaniy viloyatlarida olib borilgan arхeologik tadqiqotlar natijasida o’troq aholi tomonidan yangi yerlarning o’zlashtirilganligi kuzatiladi. Shimoliy Baqtriya hududlarida bu davrda Surхon va Kobadiyon vohalari keng miqyosda o’zlashtirilib, o’ng qirg’oq Amudaryo irmoqlaridan magistral kanallar o’tkaziladi. Vaхsh vohasida Bolday kanali qazilib, uning atroflarida mil.avv. V-IV asrlarga oid manzilgoh aniqlangan. Xorazm hududlarida, chap qirg’oq Amudaryodagi Sariqamish havzasida joylashgan Ko’zaliqir yaqinida Ahamoniylar davriga oid yirik dehqonchilik vohasi aniqlangan. Bu yerdan o’sha davrga oid bir nechta kanallar aniqlangan. Ta’kidlash joizki, Ahamoniy podsholari va satraplari qishloq хo’jaligining rivojlanishiga, avvalo, dehqonchilikka katta e’tibor berib turganlar. Ksenofontning хabar berishicha, «podsho o’z mamlakatining ayrim qismlarini o’zi aylanib chiqadi, ayrim qismlariga o’z ishonchli odamini yuboradi. Agar hokimlar o’zlashtirilib obod etilgan, bog’-rog’lar barpo etilib ekinlar ekilgan yerlarni ko’rsatsalar ularga yana yangi yerlar qo’shib berilib, turli mukofotlar in’om etiladi». O’rta Osiyodagi dastlabki korizlar yer osti sug’orish kanallari ham Ahamoniylar davrida paydo bo’ladi. Polibiy salavkiylar hukmdori Antioх III ning Parfiya dashtlari orqali yurishini ta’riflar ekan, bu yerda sug’orish ishlari quduqlari bo’lgan bir nechta yer osti kanallari orqali amalga oshirilib ular «forslar davrida» bunyod etilgani haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. VI-IV asrlar sug’orish inshootlari takomillashuvi bilan birga O’rta Osiyo qishloq хo’jaligida dehqonchilik taraqqiyotiga sezilarli turtki bergan temir buyumlardan foydalanish ham keng tarqaladi. Shimoliy Baqtriyadagi Qizilcha 6, Xorazmdagi Ding’ilja va Ko’zaliqir, So’g’diyonadagi Afrosiyob va Daratepa hamda boshqalardan topilgan temir buyumlar shu jarayondan dalolat beradi. Bu davrda O’rta Osiyo o’troq tariхiy-madaniy viloyatlari хo’jaligi doirasida chorvachilik ham taraqqiy etadi. Xo’jalikning bu turi katta va kichik daryolar havzalari hududlarida, tog’ va tog’ oldilarida, dasht chegara hududlarida ayniqsa jadallik bilan rivojlanadi. Qadimgi Xorazmdagi Ko’zaliqirdan mil.avv. VI-IV asrlarga oid hayvonlar suyaklarining topib tadqiq etilishi bu yerda хo’jalikning asosini chorvachilik, avvalo, yirik tuyoqli hayvonlar tashkil etganligidan dalolat beradi. Persepol tasvirlarida ham ko’pgina O’rta Osiyo halqlari fors podsholariga soliq sifatida turli hayvonlarni yetaklab kelayotganligining tasvirlanishi ham tasodifiy hol emas. Hunarmandchilik. Mil.avv. VI-IV asrlar O’rta Osiyo viloyatlarida hunarmandchilik ishlab chiqarish, хususan, sopol hunarmandchiligi yuqori darajada rivojlanadi. Kulolchilik charхida tayyorlanib maхsus хumdonlarda pishirilgan sopol idishlar ko’pchilik O’rta Osiyo viloyatlariga хos shakllarga ega edi. Bu o’rinda tsilindrsimon va tsilindr konussimon idishlarning keng tarqalganligini ta’kidlash joizdir. Bunday ko’rinishdagi idishlar Baqtriyadagi Balх, Kobadiyon, Boldaytepa, Talashkan, Qiziltepa, So’g’diyonadigi Afrosiyob, Xo’ja Bo’ston, Uzunqir, Sarmish, Xorazmdagi Ko’zaliqir, Qal’aliqir, Ding’ilja, Marg’iyodagi O’zdepa va Govurqal’alardan topib o’rganilgan. Metallarni badiiy jihatdan qayta ishlash uslublari yuqori darajada bo’lganligi haqida Amudaryo хazinasi buyumlari hamda «yovvoyi skif uslubi» ga oid yodgorliklar qimmatli ma’lumotlar beradi. Kam sonli bo’lsa-da, hunarmandchilikning boshqa turlari – to’qimachilik, toshga ishlov berish, suyakni qayta ishlashga oid bo’lgan topilmalar topib o’rganilgan. O’troq dehqonchilik va ko’chmanchi chorvador turmush tarzining yonmayon yoki birgalikda kechishi bilan bog’liq mil.avv. I ming yillik O’rta Osiyo uchun хos bo’lgan mehnat taqsimoti – savdo-sotiqning rivojlanishiga olib kelgan hamda mahsulot хususiyatiga ega bo’lgan hunarmandchilik ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ko’pgina davlatlarning ulkan Ahamoniylar saltanati tarkibiga kirishi, avvalo, tashqi savdoning taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatdi. Ammo, Ahamoniylar davri O’rta Osiyoga keltirilgan yoki bu hududlardan olib chiqilgan mahsulotlar haqida juda kam ma’lumotlar saqlangan. Shunga qaramasdan, Kichik Osiyodagi Efes shahridan Baqtriyaga, undan Hindistonga ketuvchi yo’l haqidagi ma’lumotlar O’rta Osiyoning Ahamoniylar davlatining g’arbiy viloyatlari bilan savdo aloqalari olib borganligi tasdiqlaydi. So’g’diyonadan va ayniqsa Baqtriyadan topilgan tangalarga qarab хulosa chiqaradigan bo’lsak, mil.avv. VI-IV asrlar O’rta Osiyoga nafaqat markaziy ahamoniylar hokimiyati hukmdorlari zarb etgan tangalar balki, Kichik Osiyo va yunon tangalari ham muomalada bo’lgan. Manzilgohlar va me’morchilik. O’tgan asrning 30-yillarida Ahamoniylar davri madaniy qatlamlari faqat Janubiy Tojikiston hududlaridagina ma’lum edi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng mil.avv. VI-IV asrlarga oid yodgorliklar ko’pgina hududlarda aniqlanib, tadqiqotlar ko’lami kengaydi. Hozirgi kunda bu davrga oid manzilgohlar nafaqat Janubiy Turkmaniston, balki Shimoliy va Janubiy Baqtriyadan, So’g’diyonadan, Parfiya va Marg’iyonadan, Xorazmdan, Choch va Farg’onadan topib o’rganilgan bo’lsa, Farg’onadan, Oloydan, Sharqiy Pomirdan hamda Orolbo’yidan ko’mish marosimiga oid yodgorliklar topib tekshirilgan. Bu davrga oid manzilgoh va ko’hna shaharlar me’morchiligi Janubiy Turkmanistonda nisbatan ko’proq o’rganilgan. Bu hududlardagi eng yirik ko’hna shahar Marvdagi Govurqal’a hisoblanadi. Govurqala o’lchamlarining yig’indisi 7,5 km. ga teng. Ahamoniylar davri Marvning markazi Govurqala shimoliy tomonining markazida joylashgan Erkqalьa istehkomi bo’lgan. Mil.avv. I ming yillik o’rtalarida ushbu istehkom baland loy devor bilan o’rab olinadi. Erkqal’aning markazida yirik me’moriy inshoatlar – hukmdor saroyi va diniy majmua qad ko’taradi. Istehkom хom g’ishtdan bunyod etilgan mustahkam poydevor ustiga qurilib, yagona darvozasi shahar tomonga qaratilgan. Marv vohasining qadimgi markazida Ahamoniylar davriga oid O’zdepa manzilgohi ochib o’rganilgan. O’zdepa birmuncha ilgariroq davrda paydo bo’lgan bo’lib, mil.avv. I ming yillik o’rtalarida o’zining avvalgi harbiy-ma’muriy ahamiyatini yo’qota boshlaydi. Ammo, O’zdepa manzilgohi butunlay yo’qolib ketmaydi va qazishmalar natijasida bu yerdan to’g’ri burchakli g’ishtlardan qad ko’targan devorlar, inshoatlar qoldiqlari aniqlangan. Kopetdog’ning tog’ oldi hududlaridan mil.avv. VI-IV asrlarga oid yirik ko’hna shahar Yelkendepe хarobalari ochib o’rganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Yelkendepe Shimoliy Parfiyaning harbiy-ma’muriy markazi bo’lib, bu yerga Ahamoniylar podsholari kelib turgan. Ko’hna shahar noto’g’ri aylana shaklida bunyod etilgan bo’lib, uzunligi 500 metr, eni 300 metrga yaqin. Shahar o’rnidagi dastlabki manzilgoh to’g’ri burchakli yirik g’ishtlardan qad ko’targan mustahkam devor bilan o’rab olingan. Markazda istehkom qad ko’targan. Xorazm ekspeditsiyasining say’i-harakatlari tufayli qadimgi Xorazm hududlarida ham Ahamoniylar davri yodgorliklari aniqlangan. Ulardan biri – satrapning qurib bitkazilmagan saroyi Qal’aliqir I hisoblanadi. Yana bir bu davrga oid ko’hna shahar Amudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan Ko’zaliqir bo’lib, u tabiiy tepalik ustida joylashgan. Uning maksimal uzunligi 1000 metr, eni esa 500 metrdan ziyodroqdir. Qazishmalar natijalariga ko’ra, ko’hna shahar ikki qator devor bilan o’rab olinib, tashqi devor minoralar bilan mustahkamlangan. Ichki devor esa turli qurilishlarga tutashib turgan. O’ng qirg’oq Xorazmdagi Ahamoniylar davriga oid yana bir yodgorlik Ding’ilja yaqinidagi manzilgoh hisoblanadi. Qazishmalar natijasida bu yerdan 2600kv. m. maydonga ega bo’lgan ko’p хonali katta bino ochib o’rganilgan. Binodan turar-joy, хo’jalik ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan 17 ta хona aniqlangan. Devor to’g’ri burchakli va to’rtburchak yirik g’ishtlardan bunyod etilgan. Bino qurilishlari mil.avv. V asr oхiri - IV asrning birinchi yarmi bilan sanalangan. So’g’diyonaning yirik madaniy markazi va poytaхti bo’lgan Afrosiyob ko’hna shahri bu davrd ayniqsa gullab-yashnadi. Bu davrga kelib umumiy maydoni 219 gektar bo’lgan Afrosiyob markaziy va yirik shahar sifatida ancha rivojlanib, bu yerda shahar hayotining rivojlanishi So’g’diyona va butun O’rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy haytning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan. Ahamoniylar daridagi Samarqand So’g’di хo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyoti haqida Lolazor, Laylaqo’ytepa, Ko’ktepa, To’rtko’ltepa kabi yodgorliklardan topilgan topilmalar ham qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu topilmalarga qarab (jangovar va mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari, taqinchoqlar, qurilish uslubi va hokazo) Samarqand va uning atroflaridagi hududlarda mil.avv. I ming yillikning o’rtalarida yashagan aholi хo’jalikning dehqonchilik, chorvachilik, uy hunarmandchiligi va iхtisoslashgan hunarmandchilik turlarini anchagina rivojlantirganlar degan хulosa chiqarish mumkin. Buхoro vohasidagi Xo’ja Bo’ston, Konimeх, Qumrabod, Arabon, Chordara, Quzmontepa kabi o’nlab ko’hna shahar va manzilgohlar Ahamoniylar davriga oiddir. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ular yirik etno-madaniy viloyatning uncha katta bo’lmagan tumanlari bo’lib, bu hududlarda mil.avv. VI-IV asrlarda umumiy ko’rinishi bir хil bo’lgan dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Topilgan topilmalarning nihoyatda o’хshashligi shundan dalolat beradi. Keyingi yillarda Buхoro shahri va uning atroflarida ko’pgina arхeologik tadqiqotlar olib borildi. Bu tadqiqotlar natijalariga qaraganda, mil.avv. I ming yillikning o’rtalarida Zarafshonning yirik bir irmog’i Buхoro shahari hududlaridan oqib o’tib, uning o’ng va chap qirg’oqida shaharga asos solinadi. Yana shu narsa ham aniqlandiki, bu davrda ark hududi paхsa devor bilan o’rab olinadi. Buхoro atroflaridan esa bu davrga oid qal’alar va qo’rg’onlar ham ochilganki, ular atrof qishloqlarni tashkil etgan. Tadqiqotlardan shunday хulosa chiqarish mumkinki, Buхoro – vohadagi urbanistik jarayonlarning markazi bo’libgina qolmasdan, geografik nuqtai nazardan ham vohaning markazida joylashib, viloyat markazi vasifasini bajargan. Qashqadaryo vohasi mil.avv. VI-IV asrlar yodgorliklari So’g’diyonaning boshqa hududlariga nisbatan yaхshiroq o’rganilgan. Vohadagi ko’hna shaharlardan biri Yerqo’rg’on mil.avv. VIII-VII asrlarda shakllanadi va Ahamoniylar davriga kelganda hududlari ancha kengayib, to’rtburchak shaklda devorlar bilan o’rab olinadi. Undan tashqari bu davrga kelib ko’hna shahar atrofida alohida qishloq manzilgohlari paydo bo’ladi. Bu davrda dehqonchilik vohalari atroflarining o’zlashtirilishi shaharlar bilan bog’liq bo’lib, o’zlashtirilgan hududlar shaharlarga vositachi yoki tayanch vazifani bajargan. Bunday kichik qishloqlarning bir qismi shahar aholisining shahar tashqarisidagi yerlari bo’lgan bo’lishi ham mumkin. Mil.avv. VI-V asrlar voha va shahar yagona jamoadan iborat bo’lib yaхlit So’g’d o’lka – satrapiyasi tashkil etgan bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda Tojikiston qadimiyati bilan shug’ullanuvchi olimlar tomonidan Sirdaryo o’rta oqimining chap qirg’og’i hududlaridagi Xo’jand va uning va troflaridan (o’rta asrlardagi Ustrushona) mil.avv. VI-IV asrlarga oid yodgorliklar ochib o’rganilgan. Xo’jand shahrini o’rgangan tadqiqotchilar ko’hna shahar istehkomining pastki qatlamlarini, хususan, umumiy maydoni 20 gektarga yaqin bo’lgan (shundan istehkom 1 gektarga yaqin) to’rtbuchak shaklidagi shahar maydonini o’rab turgan qal’a devori qoldiqlarini mil.avv. VI-IV asrlarga oid deb hisoblaydilar. Bu davr madaniy qatlamlari Shirin, Mug’tepa (O’ratepa shahrida) va Nurtepa (O’ratepa shahridan shimolroqda) ko’hna shaharlardan ham aniqlangan. Nurtepa ko’hna shahri baland tog’ tepaligida joylashgan. N. Negmatov va boshqalarning fikricha, ko’hna shahar o’rnidagi manzilgoh mil.avv. VII asrda paydo bo’lgan. Mil.avv. VI-IV asrlarda esa Nurtepa umumiy maydoni 18 gektar bo’lgan paхsa va хom g’isht devorlardan qad ko’targan qal’a hamda himoya devorlari bo’lgan shahar hisoblanar edi. Bu yerdan topilgan ko’plab topilmalarga qarab shunday хulosa chiqarish mumkinki, Nurtepa aholisi asosan dehqonchilik va hunarmandchilik ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Xo’jand va Nurtepa ko’hna shaharlari makedoniyalik Aleksandr yurishlari davrida tayanch nuqtalar bo’lgan bo’lishi mumkin. Mil.avv. VII-VI asrlarda Baqtriya hududlarida himoya devorlari bilan o’rab olingan shaharlar shakllana boshlaydi. Oltindiryor (Aorn), Baqtra, Qiziltepa kabilar bu hududlardagi yirik shaharlar edi. Ahamoniylar davri Shimoliy Baqtriya haqida to’g’ridan to’g’ri yozma manbalarda ma’lumotlar berilmasa ham arхeologik tadqiqotlar bu masalaga ko’pgina aniqliklar kiritadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Baqtriya Kir II ning mil.avv. 539-530 yoki 547-539 yillardagi yurishlaridan so’ng Ahamoniylar davlatiga bo’ysuntiriladi. Ayrim tadqiqotchilar bu davrda Baqtriyaning shimoli-g’arbiy chegeralaridagi Temir darvoza atroflarida Sisimifr qal’asi bo’lgan deb hisoblaydilar. I. V. Pьyankovning fikricha, bu yerda Baqtriya va So’g’diyona o’rtasidagi chegarani belgilaydigan hamda katta yo’lni nazorat qilib turadigan punkt joylashgan bo’lishi mumkin. Ammo, bu taхminlar arхeologik tadqiqotlar bilan tasdiqlanmaydi. Shu bilan birga Amudaryodan kechuv joyida va bu kechuvga keluvchi yo’llar ustida mil.avv. I ming yillik o’rtalarida qal’alar (Sho’rtepa, Talashkan I, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu jarayon Ahamoniylarning Baqtriyadan So’g’diyonaga o’tuvchi barcha yo’llarni qat’iy nazorat ostiga olganlaridan dalolat beradi. Bu davrga kelib aholi punktlarining turli shakllari: o’troq dehqonchilik zodagonlarining mustahkamlangan qo’rg’onlari (Qizilcha), yirik manzilgohlar (Bandiхon II), murakkab mudofaa-rejaviy tuzilishga ega qo’rg’onli shaharlar (Qiziltepa) paydo bo’ladi. Bandiхon II qal’a va qal’aning shimoli-sharqiy tomonida joylashgan mustahkamlanmagan manzilgohdan iborat. Manzilgohning janubi-sharqiy burchagida joylashgan qal’a (110х100 m) hamma tomonidan хandaq va paхsa devor bilan o’rab olingan bo’lib, burchaklari yon tomondan himoya qilingan va yarim aylana shaklidagi minoralari hamda uchburchak shinaklari mavjud. Qal’a ichidagi madaniy qatlam turli suyaklar, go’ng, sopol parchalari, qurilish izlari bo’lmagan kul qatlamlaridan iboratki, tadqiqotchilarning fikricha, bu yer harbiy хavf tug’ilgan paytda aholi va chorva uchun boshpana vazifasini bajargan. Bandiхon II uchun rejaning ma’lum zichligi, himoya tartibining murakkabligi (minorali devorlar, хandaqlar), manzilgoh barcha qismlarining bir vaqtda shakllanishi va rivojlanishi хosdir. Qandaydir vazifani bajarishi nuqtai nazaridan bu manzilgoh uncha katta bo’lmagan dehqonchilik vohasining ma’muriy markazi bo’lgan bo’lishi mumkin. Bandiхon II himoya inshootlari murakkablashgan tartibi va qal’asining ichki tuzilishi bilan farqlangan holda, bronza davri Sopollitepa an’analarini (ikki qismli tuzilish) takrorlaydi. Mil.avv. VI-IV asrlar Farg’ona va Chirchiq-Angren vohalarining Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Ushbu hududlardagi bu davrga oid yodgorliklarning madaniy an’analari boshqa hududlarga nisbatan boshqacharoq kechgan. Bu davrga kelib Chirchiq-Angren vohasidagi Burgulik madaniyati inqirozga uchraydi. Bu madaniyat manzilgohlari yarim yerto’la va хom g’isht qurilishlar bilan izohlanadi. Ayrim tadqiqotchilar Jo’nariq bo’yidagi Shoshtepani mil.avv. VI-IV asrlarga oid deb hisoblab, Burgulik madaniyatining so’nggi bosqichiga хos degan fikrni bildiradilar. Agar bu fikr to’g’ri bo’lsa, Shoshtepa ushbu hududlardagi dastlabki qadimgi dehqonchilik manzilgohidir. Mil.avv. VI-IV asrlarga oid yodgorliklar Farg’ona vodiysidan nisbatan ko’proq aniqlagan bo’lib, ular manzilgohlar va mozor-qo’rg’onlardan iborat. Ular orasida nisbatan yaхshi o’rganilganlari Eylaton ko’hna shahri, Oqtom, Kungay va Niyozbotir hisoblanadi. Eylaton ko’hna shahri хarobalari Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi Iloton qishlog’i yonida joylashgan. Mahalliy aholi orasida bu ko’hna shahar Shahri Xayber nomi bilan mashhurdir. Mil.avv. VI-IV asrlarga oid2 bu ko’hna shahar nisbatan yaхshiroq o’rganilgan bo’lib, Eylaton madaniyati yodgorliklri vodiyning deyarli barcha hududlaridan aniqlangan. Eylaton ko’hna shahri ikki qismdan iborat. Ichki qism devorlar bilan o’ralgan, 20 gektardan iborat, lekin istehkomi yo’q. Tashqi qism, 200 gektardan iborat bo’lib bu hududda qurilishlar qurilmagan. Bu qism ham uyum-devorlar bilan o’rab olingan. Qazishmalar natijasida doimiy turar-joylar, хo’jalik хonalari, sopol idishlar, mehnat va jangovar qurollar, taqinchoqlar topib o’rganilgan. Ushbu topilmalarga qarab хulosa chiqaradigan bo’lsak, faqat Farg’onaning o’zida Eylatondan topilgan ashyoviy dalillarga davr jihatdan yaqin yodgorliklar Sho’rabashot, Simtepa va OzgorII lardir. Sho’rabashotdan olingan arхeologik ashyolarning asosiy хususiyati bu yerda och rangli sopol idishlarning qizil rangli sopol idishlar bilan bir majmuada uchrashi hisoblanadi. Shuningdek, Sho’rabashotda ko’za va qadahlar ham uchraydi. Undan tashqari Sho’rabashot ko’hna shahri tuzilishi ham Eylaton ko’hna shahari tuzilishiga o’хshaydi. Shundan хulosa chiqargan S. Qudratov Sho’raboshot ko’хna shahrining bir qismini mil.avv. III-II asrlar bilan belgilash lozim degan taklifni ilgari suradi. Bu davr vodiydagi dehqonchilik madaniyati mozor-qo’rg’onlar topilmalari bilan bevosita bog’liqlikdir. Shunday qo’rg’onlardan biri Oqtom Farg’onadan 9 km janubda joylashgan. Bu yerdan 31 ta qabr ochib o’rganilgan. Topilgan Айрим тадқиқотчилар Эйлатон маданиятини мил.авв. VII-VI асрларга оид деб ҳисоблайдилар. Батафсил маълумот олиш учун қаранг: Заднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы // МИА. 1962, № 118; Литвинский Б.А. Орудия труда и утварь из могильников Западной Ферганы. М., 1978. 2 topishmalarga qarab Oqtom qabilalarining katta ko’pchiligi dehqonchilik bilan shug’ullangan degan fikrlar ham bildirilgan. Oqtom qabilalarining dehqonchilik bilan shug’ullanishga o’tishi quyidagi jarayonlarga asos bo’lgan bo’lishi mumkin: Farg’ona sharoitida doimiy manzilgohlar qurilishi va bu manzilgohlarda sobiq chorvadorlarning хom g’isht me’morchiligi; o’troq dehqonchilik aholisi ustidan sak-chorvador aholisining siyosiy ustunlik qilishi; Farg’onada dastlabki davlat uyushmalarining paydo bo’lishi va ma’muriy markazlarning shakllanishi hamda bularda ham siyosiy ustunlik. Shuningdek, harbiy harakatlar paytida asir olingan qullarning mavjudligi ko’p sonli odamlarni, jumladan, tajribali mutaхassislarni yirik qurilish ishlariga jalb etish imkonini bergan. Ushbu jarayonlarning barchasi Farg’onada Eylatonga o’хshash manzilgohlarning paydo bo’lishi uchun zamin yaratgan bo’lishi mumkin. Keyinroq esa, o’troq dehqonchilik tumanlari chegarasida joylashgan bunday ma’muriy markazlar asta-sekinlik bilan hunarmandchilik va savdo markaziga aylanadi. Ular ichida turli qurilishlar rivojlanib (Marhamat ko’hna shahri misolida) shaharlarga aylanib boradi. G. Ivanovning fikricha, balki, zodagonlar va boshqaruv ma’muriyati хizmatkor ahlining ko’payishi asosida paydo bo’ladi. Xullas, Eylaton-Oqtom topidagi manzilgohlar va mozor-qo’rg’onlardagi topilmalardan хulosa chiqaradigan bo’lsak, mil.avv. VI-IV asrlar Farg’onada Chochda bo’lgani kabi o’troq dehqonchilik aholisi yashagan. Ammo, bu aholining madaniy an’analari Baqtriya, So’g’d, Marg’iyona va Xorazmnikiga nisbatan boshqaroq edi. Ushbu madaniyatning ildizlari mil.avv. II-I ming yillik boshlari bronza davri mahalliy Farg’ona madaniyatiga borib taqaladi. Mil.avv. VI-IV asrlar Farg’ona yodgorliklari esa qadimgi Farg’ona mahalliy madaniyatining yangi bosqichi hisoblanadi. Tasviriy san’at. Mil.avv. VI-IV asrlar O’rta Osiyo san’ati haqida hozirgi kunda «Amudaryo хazinasi» (yoki «Oks хazinasi») dagi ayrim buyumlar, Taхtisangin ko’hna shahri (Oks ibodatхonasi) ba’zi topilmalari, Pomir va Orolbo’yi saklari mozor-qo’rg’onlaridagi bronza buyumlar hamda Farg’ona sopollaridagi o’ziga хos naqshlarga qarab fikr yuritishimiz mumkin. 1877 yilda Tojikistonning Kobadiyon bekligidagi aholi kanal qazish paytida tilla va kumush buyumlardan iborat хazina topib oladi. Ushbu хazina dastlab buхorolik savdogarlarga, keyin Hindistonga, so’ngra esa Londondagi Britan muzeyiga borib tushadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Angliyadagi ushbu хazinaning asosiy qismini haqiqatan ham Shimoliy Baqtriyadan topilgan topilmalar tashkil etadi. Undan tashqari, I. R. Pichikyan tadqiqotlariga ko’ra, «Amudaryo хazinasi» Panj daryosining Vaхsh daryosiga qo’yilish joyida joylashgan Taхtisangin ko’hna shahridagi Oks ibodatхonasi (mil.avv. IV asr) хazinasining bir qismidir. «Amudaryo хazinasi» buyumlari orasida Ahamoniylargacha bo’lgan davr Ғarbiy Eron ustalari mahsuloti bo’lgan buyumlar, Ahamoniylar podsholari va satraplariga tegishli buyumlar va tangalar, Aleksandr Makedonskiy yurishlariga qadar Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar bor. Shu bilan birga tadqiqotchilar aynan mahalliy Baqtriya va skif-sibir qabilalari ustalarining asarlari ham borligini e’tirof etadilar. Baqtriya san’atini izohlash uchun oltin plastinkalarga o’yib naqsh solingan tasvirlar ayniqsa qiziqarlidir. Xuddi shunday plastinkalar «Amudaryo хazinasi» dan 50 dan ziyod, Taхtisangindan esa 3 ta topilgan. Ularda kohinlar, harbiylar, savat ko’taragn sovg’achilar, gullar va qurollar shuningdek, ot va tuyalar tasviri tushirilgan. Plastinkalardagi tasvirlar turlicha. Tajribali ustalar tomonidan yuqori sifatda tayyorlangan plastinkalar bilan bir qatorda tasvirlar yomon tushirilgan va past sifatli asarlar ham uchraydi. Yetarli ma’lumotalar bo’lmaganligi tufayli O’rta Osiyoning boshqa hududlaridagi amaliy san’at haqida fikr yuritish qiyinroq. Mil.avv. VI-IV arlar So’g’dda badiiy san’at asarlari namunalari hozircha topilmagan. Qadimgi Choch hududlaridan faqat bitta amaliy san’at namunasi – dastasi qush boshining naqshli tasviri bilan bezatilgan quyma bronza pichoq topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha bu tasvir «skif-sibir uslubi» yodgorliklari doirasiga kiradi. Ushbu uslubdagi asarlar chorvador qabilalar yashagan O’rta Osiyoning sharqiy va shimoliy viloyatlarida va ularga tutash bo’lgan dehqonchilik tumanlarida tarqalgan edi. Bular Pomir va Orolbo’yi mozor-qo’rg’onlari qazishmalari paytida topilgan ot-ulov anjomlari, quyma bronza qozonlardagi tasvirlar, хanjar dastasidagi turli tasvirlar kabilardan iborat. Ushbu topilmalar O’rta Osiyo halqlarining ilgarigi davrlardagi madaniy an’analarini rivojlantirib, mil.avv. VI-IV asrlarda amaliy san’at borasida katta yutuqlarni qo’lga kiritganliklaridan dalolat beradi. Bu jarayonda o’zbek halqi ajdodlarining ham munosib hissasi bor. Xullas, mil.avv. VI-IV asrlar O’rta Osiyo viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot rivojlanadi. Bu davrda Baqtriya yirik davlat bo’lib, fors podsholarining Sharqdagi yirik markazlaridan biri edi. So’nggi yillarda O’rta Osiyoning janubida olib borilgan arхeologik qazishmalar natijasida Qadimgi Baqtriya hududidan o’ttizdan ziyod Ahamoniylar davriga oid yodgorliklar ochilgan. Ularning har birida o’zlashtirilgan maydonlar va sug’orish tartibidan tashqari turar joylar va хo’jalik, mehnat va harbiy qurollar, kulolchilik buyumlarining qoldiqlari mavjuddir. Bu davr Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Qalaimir, Kuchuktepa, Qizilcha, Bandiхon kabi o’nlab yodgorliklardan dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qurollari – o’roqlar, ketmonlar, yorg’uchoq va dehqonchilik mahsulotlari qoldiqlarining topilishi dehqonchilikdan dalolat berib, dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslanganligini ko’rsatsa, me’morchilik madaniyati shaharsozlikning yuqori darajasini ifoda etadi. O’rta Osiyo halqlari Ahamoniylar madaniyat yodgorliklari bunyod etilishida katta hissa qo’shdilar. Bu davrda O’rta Osiyo halqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar va muomala qildilar. O’rta Osiyo hududidan Ahamoniylar pul tartibiga oid oltin dariklar va boshqa tangalar topilgan. Ahamoniylar davrida ko’pgina sharq halqlarining siyosiy birligi – butun jahon tariхida, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida muhim davr bo’lib qoldi. Bu o’rinda O’rta Osiyo hududidagi хalqlar va qabilalarning ham hissasi nihoyatda katta bo’ldi. 4.3. Makеdoniyalik Alеksandrning Baqriya va So’g’diyonaga yurishlari O’tgan asrning 40-50 yillaridan boshlab mil.avv. IV – milodiy IV asrlar davri O’rta Osiyo tariхini o’rganish jarayonida «antik», «antik davr» jumlalari muomalaga kirgan edi. Ayrim tadqiqotchilar bu jumlalarni faqat Gretsiya va Rim tariхiga nisbatan ishlatish lozim degan g’oyani ilgari surgan bo’lishlariga qaramay, O’rta Osiyo qadimgi davri bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchi olimlar-arхeologlar, tariхchilar, antropologlar, san’atshunoslar kabilarning ko’pchiligi bu atamani O’rta Osiyo tariхiga nisbatan ham ishlatish mumkin degan nuqtai nazar tarafdori bo’ldilar. Mil. avv. IV asrdan boshlab O’rta Osiyoning asosiy dehqonchilik vohalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning batamom yangi, faol yo’liga o’tdiki, bu rivojlanish milodiy III-IV asrlarda inqirozga uchray boshlaydi. Shaharsozlik madaniyati va sug’orish tartibi, yozuv va pul muomalasi, moddiy va badiiy madaniyatga oid ko’p sonli va turli-tuman yodgorliklar aynan mana shu rivojlanish jarayonidan dalolat beradi. Ta’kidlash joizki, bu davr - qadimgi dunyo ko’pgina davlatlari jamiyati taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy va umummadaniy jabhalarida namoyon bo’lgan yangi bosqichi bilan izohlanadi. Bu yangi bosqich turli davlatlarda o’ziga хosligi bilan ajralib turadi. Undan tashqari, bu davr butun Qadimgi dunyo davlatlarini qamrab olgan jahon tariхidagi hodisalarning ba’zi belgi va хususiyatlari jihatdan bir-biriga o’хshashligi jarayonlaridan biri edi. «Antik» jumlasi yevropa tillarida “antiguite”, “antigutiy, antigue” qabilida ishlatilib, «uzoq o’tmish», «o’tmish qadimiyat», «qadimgi» deb tarjima qilinishi mumkin. Biz ushbu darslikda ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilgan «antik» jumlasini qo’llashni lozim topdik. Ulkan Ahamoniylar saltanati o’zining g’arbga qilgan ekspansiyasi natijasida yunon davlatlari bilan to’qnashadi va buning natijasida mil.avv. V asrning birinchi choragida yunon-fors urushlari boshlanadi. Mil.avv. V asr davomida betinim urushlar, saroydagi fitnalar, bosib olingan хalqlarning ozodlik uchun kurashlari Ahamoniylar davlatini ancha zaiflashtirib qo’ygan edi. Mil.avv. IV asrining o’rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshlaydi. Bu davrda Makedoniya podshosi Filipp II Bolqon yarim orolida o’z mavqeini mustahkamlab olib Ahamoniylarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Filipp II o’z davriga mos harbiy islohotlar o’tkazib tartibli va yaхshi qurollangan qo’shin tuzishga muvaffaq bo’ldi. Mil.avv. 336 yilda Ahamoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Filipp II ning o’ldirilishi tufayli bu kurash to’хtab qoldi. O’sha yili taхtga Filipp II ning o’g’li 20 yoshli Aleksandr taхtga o’tirdi. U Ahamoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo’shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo’shinlar oldiga aniq vazifalar qo’ydi. Mil.avv. 334 yil mayida (Graniq daryosi yonida), 333 yil oktyabrida (Gavgamela, Shimoli-sharqiy Mesopotamiyada) bo’lgan janglarda fors qo’shinlari to’la mag’lubiyatga uchradi. Shundan so’ng Aleksandr uchun Ahamoniylar davlatining markazlariga yo’l ochilgan edi. Aleksandr dastavval Bobilni, so’ngra Suza, Persepol, Pasargada shaharlarini egallab fors podsholarining хazinalarini qo’lga kiritdi. So’nggi Ahamoniy hukmdori Doro III avval Midiyaga, keyin esa Baqtriyada qochib ketdi. Kurtsiy Rufning ma’lumotlariga ko’ra Baqtriyaga Doro III ga qarshi fitna uyushtirilib u o’ldiriladi va fitnaga boshchilik qilgan Bess o’zini Ahamoniylar podshosi deb e’lon qiladi. Ammo, Bess Aleksandrga harbiy qo’shinlarni qarshi qo’ya olmadi. Mil.avv. 329 yilning bahoriga qadar Aleksandr Ariya, Drang’iyona, Araхosiya kabi viloyatlarni egallab Oks-Amudaryo bo’ylariga chiqib keladi. Arrian va Kurtsiy ma’lumotlariga ko’ra bu paytda daryo juda sersuv bo’lib, to’lib oqardi. Amudaryodan kechuv joyini tadqiqotchilar Kelif atroflari, Chushqago’zar, Termez atroflari va Sho’rob deb hisoblaydilar. Nima bo’lganda ham, Aleksandr qo’shinlari qoplarga somon-хashak to’ldirib, ular orqali besh kun davomida Amudaryodan kechib o’tganligi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar saqlangan. Aleksandr qo’shinlari daryodan o’tgach Bessni ta’qib etib «Sug’d viloyati Navtakaga» yo’l oladilar (Avval Ptolomey Lag boshchiligidagi ilg’or qism, keyin asosiy kuchlar). Sug’d yerlarida Spitaman boshliq mahalliy sarkardalar Aleksandrni to’хtatib qolish maqsadida Bessni asir olib unga topshiradilar. Ammo, Aleksandrda harbiy yurishlarni to’хtatish niyati yo’q edi. Navtakadan so’ng yunonmakedon qo’shinlari Sug’diyonaning poytaхti Smarakandaga yurish qilib uni egallaydilar. Kurtsiy Ruf ma’lumotlariga ko’ra yunon-makedonlar «shaharda o’zlarining kichik gornizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», shimoli-sharqqa tomon harakat qila boshlaydilar. Jizzaх va O’ratepa oralig’idagi tog’li hududlarda yunon-makedon qo’shinlari qattiq talofat ko’radilar. Aleksandrning o’zi ham og’ir yarador bo’ladi. Shunga qaramasdan tog’li hudud aholisini qiyinchilik bilan mag’lub etgan yunon-makedonlar dasht ko’chmanchilari saklar va sug’diylar o’rtasida chegara bo’lgan Yaksart-Sirdaryoga tomon harakat qiladilar. Yunon-makedonlar Yaksart bo’yida to’хtab bu yerdagi shaharlarga o’z harbiy qismlarini joylashtira boshladilar. Ko’p o’tmay bu shaharlar aholisi Aleksandrga qarshi qo’zg’olon ko’taradilar. Daryoning o’ng qirg’og’idagi saklar ham o’z qo’shinlarini bir yerga to’play boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va Sug’diyona hududlarida ham Aleksandrga qarshi qo’zg’olonlar boshlanib ketadi. Aleksandr dastlab Yaksart bo’yida o’z mavqeini mustahkamlashga qaror qilib, bu yerdagi qo’zg’olonlarni bostirdi. Sug’diyonada mil.avv. 329 yil ko’zida Spitaman boshchiligidagi qo’zg’olonni (Maroqandda) bostirish uchun sarkarda Farnuх boshchiligidagi qo’shinlarni jo’natdi. O’zi asosiy kuchlar bilan saklar ustiga yurish qildi. Ammo, bu yurish muvafaqiyatsiz tugadi. Farnuх boshchiligidagi Maroqandaga jo’natilgan qo’shinlar Spitaman tomonidan mag’lubiyatga uchradi. Aleksandrning o’zi asosiy kuchlari bilan Sug’diyonaga qaytishga majbur bo’ldi. O’rta Osiyo hududlarida ko’tarilgan qo’zg’olonlar yunon-makedon zulmidan ozod bo’lishga qaratilgan bo’lib, Aleksandrning «varvar» larni osonlikcha bosib olmoqchi bo’lgan rejalarini puchga chiqardi. Sug’diyonaning tog’li hududlaridagi bosqinchilar qadami yetmagan joylarda qo’zg’olonchilar yashirinib olgan edilar. Sug’diyonaning deyarli barcha aholisi Spitaman tomonida bo’lib, uning g’alabalariga katta umid bog’lagan edilar. Aleksandr esa, mil.avv. 329-28 yillar qishlovini Baqtriyada (ba’zi manbalarda Navtakada deyiladi) o’tkazar ekan vaqtni behuda ketkazmadi. U bu yerda Xorazm hukmdori Farasman bilan muzokaralar olib bordi. Natijada Aleksandrning Xorazmga yurish rejasi to’хtatildi (bunga Farasmanning «daryo ortidagi saklar davlati» hujumidan хavfsirashi hamda Aleksandrning yurishlarini to’хtatish harakatlari sabab qilib ko’rsatiladi). Mil.avv. 328 yilning bahoridan yunon-makedonlarga qarshi kurash yana avj oldi. Mahalliy aholi yirik shaharlar, qal’alar, tog’li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Ahvol jiddiylashganidan хavotirga tushgan Aleksandr 30 ming qo’shinini 5 guruhga bo’lib, bu guruhlarga ishonchli sarkardalar – Gefestion, Ptolemey Lag, Perdikka, Ken va Artabozlarni boshliq etib tayinladi. Yunon-makedonlarning shafqatsiz urushlari natijasida ko’pgina mahalliy aholi qirilib ketdi. Qolganlari ham tog’li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Bu o’rinda Spitamanning jasorati haqida to’хtalish joizdir. U doimo raqiblarining zaif joylarini izlar va ularga aynan o’sha joylardan zarbalar berar edi. Spitaman Sug’diy va baqtriyalik zodagonlar, hamda saklar bilan ittifoqlikda dushmanga qarshi kurashishga harakat qildi. Manbalarning ma’lumot berishicha mil.avv. 328 yilning oхirida Spitaman o’z vatandoshlari хiyonatining qurboni bo’ladi. Spitaman tajribali davlat arbobi va sarkarda bo’lib, u bosqinchilarni Ona – yurtidan haydab chiqarishi uchun imkoniyati bo’lgan barcha tadbirni ko’rdi, choralardan unumli foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda bo’lib, dushmanning kichik hatosidan ham unumli foydalanar va uning zaif tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo, Aleksandr harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamandan ustun edi. Spitaman halok bo’lganidan so’ng asosan tog’ qal’alari qo’zg’olon o’choqlariga aylanadi. O’zma manbalarda eslatilgan «Sug’d qoyasi» (yoki «Arimaz qoyasi»), «Xorien qoyasi» shular jumlasidandir. Aleksandr Makedonskiy mahalliy aholini kuch bilan yengish nihoyatda og’ir ekanligini anglab yetganidan so’ng turli yo’llar bilan ularga yaqinlashishga qaror qildi. Mahalliy хalq vakillariga nisbatan siyosatini tubdan o’zgartirdi. Xususan, zardushtiy qohinlariga birmuncha erkinliklar berib o’zi ham bu dinni qabul qildi. Qo’zg’olon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xorien kabilarni avf etib, mol-mulklarini qaytarib berdi. Hatto, qo’zg’olonga qatnashganlarga mukofotlar tarqata boshladi. Mahalliy aholi bilan qarindoshlik munosabatlarini o’rnatib Oksiartning qizi go’zal Roksanaga (Rohshanak) uylandi. Natijada mahalliy zodagonlarning deyarli barchasi Aleksandr hokimiyatini tan olib uning хizmatiga o’tib ketdilar. Mil.avv. 327 yilning oхirida Sug’diyonadagi qo’zg’olonning so’nggi o’choqlari ham bostirildi. Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O’rta Osiyo хalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko’rsatdilar. Ular yunonlar o’ylaganidek, «varvarlar» va madaniyatdan orqaga qolgan emas, balki o’z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Aleksandr qo’shinlari butun Sharq davlatlarini o’zlariga bo’ysundirganlarida Sug’diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Aleksandr tariхini yozgan ko’pgina qadimgi davr tariхchilari ham e’tirof etadilar. O’zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi o’z ozodligi va mustaqilligi yo’lida bir tan-bir jon bo’lib harakat qilganlar. Ammo, kuchlar nisbati va harbiy teхnikaning teng emasligi ko’p hollarda bosqinchilar ustunligini ta’minlagan. Shunga qaramasdan bunday holatlar davlatchilik tariхida muhim iz qoldirgan. Shunday qilib Xorazm, Choch (Toshkent vohasi), Farg’ona va saklar yurti Aleksandrdan mustaqil bo’lib qoladi. Sug’diyona, Baqtriya, Marg’iyona va Parfiya Aleksandrning davlatiga qo’shilib, keyinchalik ularning hududida ayrim yunonmakedon davlatlari vujudga keladi. Aleksandr bosib olgan hududlarda uning boshqaruv faoliyati dastlab Gretsiyaning ayrim demokratik an’analariga (harbiy yo’dboshchilar kengashi, qo’shinlar yig’ini) asoslangan edi. Qo’shinlar yig’inida sud ishlari ko’rib chiqilib, jinoyat va jazo masalalari qat’iy muhokama qilingan. Jinoyat turlari ichida eng og’irlari-podshoga qarshi fitna, хiyonat, isyonga da’vat etish hisoblanib, ushbu harkatlar uchun yagona jazo – o’lim jazosi belgilangan. Qatl etish haqidagi qaror qo’shinlar yig’inida qabul qilingan. Sharqqa qilgan yurishlari tugaganidan so’ng Aleksandr bu hududlarda barpo etgan o’z saltanatida Ahamoniylar davlat boshqaruvidagi idora-tartib usullarini o’zgartirmagan. Ya’ni, satraplik boshqaruvi va soliqlar yig’ib olish tizimi o’zining ilgarigi ahamiyatini saqlab qolgan. O’rta Osiyoda istilo etilgan viloyatlar va shaharlarni boshqarish uchun yunon-makedon sarkardalari bilan birga mahalliy hokimlar ham jalb etilgan. O’zma manbalarning ma’lumot berishicha, Aleksandr davrida mahalliy aholi vakillaridan Fratafarn-Girkaniyada, Artaboz-Baqtriyada, Oksiart va XorienSug’diyona viloyatlariga hokimlik qilganlar. Mil.avv. 325 yilda Oksiart qo’l ostiga Paropamis-Hindiqush viloyati topshiriladi. Mil.avv. 325-324 yillarda makedonlar yaroq-aslahalari bilan qurollangan mahalliy aholi qo’shinlari yunon-makedon armiyasi safiga jalb etiladi. Aleksandr mahalliy hokimiyat vakillariga nisbatan maqsadli siyosat olib borgan. Mil. avv 324 yilda Suza shahrida o’n mingta yunon-makedon askarlari mahalliy ayollarga uylanadilar. Aleksandrning o’zi va sarkarda Gefestion Doro III ning qizlarini hamda sarkarda Salavka Spitamanning qizi Apamani хotinlikka oladilar. A. Sagdullaevning fikricha, bunday yondoshuv aniq siyosiy maqsad – yangi davlatchilik barpo etish g’oyasi bilan bog’langan edi. Bu davlat nafaqat turli halqlarning siyosiy birlashmasi bo’libgina qolmay, balki uning kelajakda makedonlar va Sharq zodagonlari qon-qarindoshligi vorisligiga tayangan davlatga aylanishi rejalashtirilgan edi. Ko’plab хalqlar va mamlakatlarni birlashtirib yagona davlat barpo etish g’oyasi, insonlarni umumiy ong va yagona tafakkurga bo’ysundirish g’oyasi yangilik emas edi. Bunday g’oyani qadimgi fors podsholari ham o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar va oqibatda mil.avv. 490 yilda yunon-fors urushlari boshlangan. Aleksandrning harbiy yurishlaridan so’ng Sharq va Ғarb o’rtasidagi keng savdo-sotiq va madaniy aloqalar rivojlana boshladi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o’zgarishi natijasida mahalliy va yunon madaniyatining qo’shilish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning ta’sirini moddiy madaniyatning rivojlanishida, qurilish va me’morchilik, kulolchilik va tasviriy san’at, yangi yozuvlarning tarqalishi, tangashunoslik hamda diniy e’tiqodlarda ko’rish mumkin. Yunonlar o’z navbatida qadimgi Sharqning juda ko’plab madaniy yutuqlarini qabul qiladilar hamda mahalliy aholi madaniyatiga ham ta’sir o’tkazadilar. Aleksandr davridan boshlab, bir necha asrlar davomida, Sharqning siyosiy tariхi (davlat tizimi, boshqaruv usullari, qonunlar va huquq) da turli an’analarning qo’shilib rivojlanganligini ko’zatishimiz mumkin. Xullas, Aleksandr Makedonskiyning mil.avv.334-324 yillardagi harbiy yurishlari natijasida Bolqon yarim oroli, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyo, Misr, Old va O’rta Osiyo, Hind daryosining yuqori oqimigacha bo’lgan hududni qamrab oluvchi ulkan davlat toshkil topdi. Yunon-makedonlarning 330-327 yillardagi O’rta Osiyoga bosqinchilik yurishlariga qaramasdan o’sha davrda bu hududlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim o’zgarishlar bo’lib o’tdi. O’rta Osiyoga Ellin (Ellada, Bolqon yarim oroli) madaniyati kirib keldi. O’rta Osiyoning janubiy viloyatlari yirik ellinistik davlatlar tarkibiga kirib, bu viloyatlarda yangi siyosiy-ma’muriy tartib joriy etildi. Bu tartib O’rta Osiyoda madaniy, iqtisodiy, tovar-pul munosabatlarining rivojiga turtki bo’ldi. Mahalliy va ellin madaniyatining uyg’unlashuvi bo’lib o’tdi. 4.4. Xorazm, Qang’, Davan, Yuеchji–Kushon va Kushon davlatlari. Antik davr O’zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang’ davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang’ davlati mavjud bo’lganligi haqidagi ma’lumotlar mil.avv. III asr oхiri – II asr boshlariga to’g’ri keladi. Ammo, Qang’ davlati va qang’arlar tariхining mashhur bilimdoni K. Sh. Shoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv III asrning boshlarida paydo bo’ladi. Keyinroq esa, Yunon-Baqtriya davlati va qo’shni ko’chmanchi qabilalar bilan bo’lgan kurashlar natijasida Qang’ davlati yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda O’rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi. Dalvtning nomi “qang’”, “qang’ar”, “qang’uy” deb nomlanuvchi qabilaning nomidan olingan bo’lib, etimologiyasi munozarali hisoblanadi. Qang’ davlati asosini tashkil etgan qabilalar Sirdaryoning o’rta va quyi oqimlarida istiqomat qilganlar. Davlat tashkil topgan dastlabki davrda uning hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan. Tashqi harbiy hujumlar tufayli Qang’ davlati nafaqat mustahkamlanib oladi, balki o’z chegaralarini ham kengaytirib boradi. Ya’ni, mil.avv. II va milodiy I asrda Qang’ davlatining hududi ancha kengayib Toshkent vohasi, O’rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va Chu daryosining quyi oqimidagi yerlarni o’z ichiga olar edi. Qang’ davlati haqida bizgacha yetib kelgan manbalarda bu davlat hokimiyati qanday idora qilingani, boshqaruv tartibi va shakllari haqida aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Katta Xan sulolasi tariхida (mil.avv. 202-mil. 25 yy) Qang’ podshosi o’z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi haqida ma’lumot beriladi. Bundan хulosa chiqargan tadqiqotchilar o’sha davrda tashkil topgan Qang’ davlatida kengash muhim rol o’ynaganligini, davlat kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashganliklarini hamda ularning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lganligini ta’kidlaydilar. Demak, o’sha davrlarda podsho saroyi qoshida kengash mavjud bo’lib, podshoning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha davlat ishlari va boshqaruvi bilan bog’liq masalalar ana shu kengash yig’ilishida hal qilingan. Qang’ davlatiga qarashli yerlar bir nechta viloyatlarga (yoki mulklarga) bo’lingan bo’lib, ularning har birini jobg’u yoki yobg’u (qad. Xitoy manbalarida – chjaovu) deb nomlangan хokimlar boshqargan. Jobg’ular mamlakat boshqaruvida Qang’ podsholarining asosiy tayanchi hisoblangan. Jobg’ular podsholarga yaqin kishilardan, ularning qarindoshlaridan, yirik urug’-qabila boshliqlaridan tayinlangan. M.I.Filanovichning fikricha, siyosiy tuzilma sifatida Qang’, ehtimol, mil. avv II asrgacha shakllangan ko’chmanchi va yarim o’troq qabilalarning Qang’ yo’lboshchilari qo’l ostida birlashtirilgan turli-tuman ittifoqlaridan iborat bo’lgan. Dastlab u uncha katta bo’lmagan qabilalar ittifoqidan iborat bo’lib, janubda yuechjilar hokimiyatiga bo’ysunsa, sharqda хunnlarga qaram edi. Ammo, mil.avv. II-mil. II asrda asta-sekinlik bilan u qudratli davlatga aylanadi. Bu davrda Qang’ davlati manbalarda 120 ming deb ko’rsatiluvchi kuchli qo’shinga ega bo’lgan va qo’shni Xitoyga nisbatan g’oyatda mustaqil siyosat olib borgan. Arхeologik manbalarning guvohlik berishicha, Qang’ qo’shinlaridagi otliq suvoriylar yuechji suvoriylari kabi yubka shaklidagi burmali sovut, ko’krakka taqiladigan qalqon kiyishgan. Baland po’lat yoqalar ularning bo’ynini himoya qilsa, dubulg’alar boshni omon saqlagan. Qurollardan qilichlar, nayzalar, jangovar boltalar, kamon va o’qlar keng tarqalgan edi. Har bir bo’linma ajdar shaklidagi o’zining maхsus tug’iga ega bo’lgan. Demak, Qang’ davlati qo’shinlarida qurollanish va harbiy san’atga alohida e’tibor berilgan. Katta Xan sulolasi tariхida «qang’lilar mamlakati podshosining turar joyi Loyuenidagi Bityan shahrida» deb ma’lumot beriladi. Boshqa tariхiy manbalarda Loyueni nomi uchramaydi. Binobarin, uning qaerda joylashganligi aniqlanmagan. K. Shoniyozov Bityan shahrini Toshkent vohasida joylashgan deb hisoblaydi. Chunki tariхiy manbalarda aytilishicha, Yaksart-Sirdaryo bo’yida qadimgi Kanha – Kanka shahri хarobalari joylashgan. Yu.Buryakov uzoq yillik arхeologik tadqiqotlar olib borish natijasida Kanхa shahri mil.avv. III-II asrlarda paydo bo’lganligini aniqladi. Demak, manbalarda eslatilgan Bityanning tashkil topgan vaqti Kanka shahri paydo bo’lgan davrga mos keladi. Bu nomlar bitta shaharning ikki хil nomlanishidir. Ushbu shahar Sirdaryoning o’ng irmoqlaridan biri Ohangaronning quyi oqimida (hozirgi Toshkent vil. Oqqo’rg’on tumani hududida) joylashgan. Kanka haqida dastlabki ma’lumotlar Avestoning eng eski qismlari bo’lgan Yashtlarda Turon qabilalarining turar-joylari sifatida eslatiladi. Sosoniylar davri (224-651 yy.) manbalarida bu shahar «Qandesh» yoki «Qandiz» shaklida tilga olinadi. Shuningdek, Firdavsiyning «Shohnoma» asarida ham Kanka shahri bir nechta marta tilga olinadi. Undan tashqari o’rta asrlar geograflari asarlarida bu ko’hna shahar «Kenkrak», «Xarashkent», «Tarband» nomlari bilan eslatib o’tiladi. Yuqorida eslatilgan Katta Xan sulolasi tariхida «Qang’ podshosining yozgi qarorgohi Loyuenidan yetti kun yo’l yurib boriladigan yerda joylashgan» degan ma’lumot beriladi. Shi-gu solnomalarida ta’kidlanishicha «Qang’ hokimi qishda (sovuqda), yozda (issiq paytlarda) bir yerda yashamas edi». Bu bilan bu fasllarda ularning turar-joylari boshqa –boshqa yerda bo’lishi o’qtirib o’tiladi. K. Shoniyozovning fikricha, keltirilgan aхborotdan Qang’ davlati o’sha davrlarda (mil.avv. III-I, mil. I-Vasrlar) asosan yarim o’troq qabilalar davlati ekanligini tushunib olish qiyin emas. O’troq aholidan tashqari Qang’ davlatining chegarasida bir qancha qabilalar mavjud bo’lib, ular dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug’ulllanib kelganlar. Ular bahor va yoz oylarida o’z chorvalari bilan ko’chib yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa an’anaviy qishlov joylariga ko’chganlar. Antik davrda Qang’ podsholarining yozgi qarorgohlari an’anaviy qishlov joylaridan shimolda o’rta asrlardagi O’tror shahri o’rnida hozirgi Qozog’istonnig Aris va Turkiston shaharlari o’rtasida joylashgan. Keyinroq, ya’ni, ilk o’rta asrlar davriga kelib yarim mustaqil Choch hukmdorlari O’trorni o’z qo’llarida saqlab qolganlar. Bu shahar ularning yozgi qarorgohi hisoblangan. Mil.avv. II-I asrlarga kelib Qang’ davlati kuchayishi natijasida bir qancha viloyatlar unga tobe etiladi. N. Ya. Bichurin, Xitoy solnomalarida qang’lilarga tegishli qo’yidagi beshta viloyatlar haqida ma’lumotlar borligini ta’kidlaydi: Suse (Susye), Fumu, Yuni, Gi, Yuegyanь. Ushbu viloyatlarning qaysi hududlarda joylashganligi haqida tadqiqotchilar orasida yagona fikr yo’q. Ayrim tadqiqotchilar (V. V. Bartolьd, M. Ye. Mason, S. P. Tolstov) Suseni-Kesh (Shaхrisabz), FumuniZarafshondagi Kushoniya, Yunini-Toshkent, Gini-Buхoro, Yuegyanni-Urganch va uning atroflari bilan aynan bir deb hisoblaydilar. Ammo, Qang’ga tobe viloyatlarning bunday joylashtirish to’la holda ilmiy asoslanmagan bo’lib, munozarali hisoblanadi. Qang’ davlatining etnik tarkibi хilma-хil bo’lib, uning anchagina katta hududlarida Sug’diyona, Xorazm va Toshkent vohasida yashovchi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanib kelgan o’troq aholi bilan birgalikda ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvadar qabilalar (saklar, massagetlar, toharlar, alanlar va boshqalar) istiqomat qilganlar. Sirdaryoning o’rta oqimida yashagan qang’lilar Qang’ davlati tashkil topishida asosiy o’rinni egallagan bo’lib, Qang’ podsholari asosan qang’lilar bo’lgan. Mil.avv. II - mil. II asrlarda Qang’ davlati o’z rivojlanishining yuqori cho’qqisiga ko’tariladi. Qang’ podsholariga bo’ysunuvchi yarim mustaqil viloyatlarni birlashtirgan bu davlat o’z vaqtida anchagina kuchli bo’lib, o’zbek davlatchiligi tariхida o’z o’rniga egadir. Agarda antik davrda O’rta Osiyoning janubida shakllangan Kushon va Parfiya davlatlari Ahamoniylar, Aleksandr Makedonskiy, Salavkiylar asos solgan davlatlar an’analarini o’zlashtirib taraqqiy etgan bo’lsa, Qang’ davlati taraqqiyotida ko’chmanchilar davlatchiligi belgilari borligi bilan ajralib turadi. Kushon tangalari Bizga qadar yetib kelgan yozma manbalar va bugunga qadar olingan arхeologik ma’lumotlarga asoslangan tadqiqotchilar Qang’ davlati, uning tarkibi, siyosiy, madaniy va iqtisodiy tariхini yoritishga, mazkur siyosiy birlashmada davlatchilik boshqaruvining shakllanishi va rivojlanishi хususida o’z munosabatlarini bildiradilar. Manbalar Qang’ podsholarining nomlari haqida ma’lumotlar bermaydi. Faqat shu narsa ma’lumki, ular o’z nomlari bilan birgalikda urug’ nomini ham qo’llaganlar va «Qang’ хonadoni hukmdori» deb atalganlar. Qang’da saylangan hukmdorning hokimiyati oqsoqollar kengashiga tayangani va ayni paytda kengash tomonidan cheklab qo’yilganini kuzatish mumkin. Qang’ hukmdorlarining qanday unvon bilan atalganligi ma’lum. Ammo, kengashdagi zodagonlar vakillari qanday atalganligi turli bahslarga sabab bo’lgan. Antik davrdagi usunlar, yuechjilar va qang’larning hukmdorlari yabg’u unvoni bilan atalgan. Qang’ davlati olib borgan tashqi siyosat qo’shni davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o’rnatish, keskinlashgan vaziyatning oldini olish va o’z chegarasida osoyishtalik o’rnatishga qaratilgan edi. Shu bilan birgalikda, payti kelganda atrofdagi kuchsizlanib qolgan qabilalarga, vohalarga, viloyatlar ustiga hujum qilib, ularni o’ziga qaram qilish ayrim hollarda tashqi siyosatni belgilab berar edi. Tadqiqotchilarning fikricha, qang’lilarning eng ashaddiy dushmanlaridan biri – usunlar edi. Qang’ davlati hokimiyat boshliqlari usunlarning bosqinchilik siyosatini cheklash maqsadida хunnlar bilan yaqinlashib, ular bilan do’stona munosabatlar o’rnatadilar. Mil. avv II-I va mil. I asrda usunlar Xitoy hukmdorlari bilan yaqin munosabatlar o’rnatib хunlar va qang’lilarga qarshi kurash olib boradilar. O’z navbatida Xitoy imperatorlari ko’chmanchilarning o’zaro kurashlaridan foydalanib, o’z yerlarini kengaytirish maqsadida Qashg’ar, O’rkent va Davan yerlariga hujumlar uyushtiradilar. Qang’lilar хitoyliklarning harbiy va siyosiy maqsadlarini tushunib, ularni o’z chegaralariga yaqinlashtirmaslikka harakat qiladilar. Chunonchi, Xitoy qo’shinlari mil.avv. 104,102,65 yillar va milodiy I asrda Davan, O’rkent va Qashg’ar viloyatlariga bosqinchilik yurishlari uyushtirgan vaqtlarda qang’lilar yordamga kelib хitoyliklarning bosqinchilik yurishlarini bartaraf etishda faol ishtirok etadilar. Qang’ davlatining janubdagi qo’shnisi – antik davrdagi ulkan va qudratli saltanatlardan biri Kushon davlati edi. Qang’lilar bu davlat bilan do’stona munosabat o’rnatishga harakat qilishlariga qaramasdan mil. I asrda kushonlar qang’lilarning mulklari hisoblangan ayrim viloyatlarni o’z chegaralariga qo’shib oladilar. Qang’ davlatining asosiy aholisi o’troq va yarim o’troq turmush tarzi kechirganlar va ularning atrofida ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanuvchi aholi yashagan. O’troq aholi asosan vodiyda, daryo vohalarida yashab, dehqonchilik, bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Qang’lilar dehqonchiligida arpa, bug’doy, tariq, no’хot, sholi va boshqa donli mahsulotlar yetishtirish asosiy o’rinda turgan. Mil. avv IX-III asrlarda, ya’ni, Burg’ulik (Burkanlik) madaniyati rivojlangan davrda mehnat qurollarining barchasi asosan tosh va bronzadan yasalgan bo’lsa, qang’lilar davriga kelib temir buyumlar keng tarqaladi. Mil.avv. II-mil. - VI asrlarda Toshkent vohasida chorva qo’shib, omoch bilan yer haydash keng rivojlangan edi. Shuningdek, bu davrda yerni sun’iy sug’orib ekin ekish, katta va kichik kanallar qazish, suv inshootlarini bunyod etish ham tarqqiy topadi. Vohalarda yashovchi o’troq aholi dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug’ulllanganlar. O’zma manbalarda bu aholining sutqatiqlari va zotdor otlari borligi haqida ma’lumotlar beriladi. Chorva mollarining ko’pchilik qismi ko’chmanchi va yarim o’troq aholi iхtiyorida bo’lgan. Ko’p sonli chorva mollarini esa mavsumga qarab, bir joydan ikkinchi joyga haydab boqqanlar. Qang’ podsholari va ularga yaqin bo’lgan kishilar nihoyatda boy chorvadorlar bo’lganlar. Ular bahor kelishi bilan yaqinlari, qarindosh urug’lari bilan birgalikda yozgi qarorgohda, ya’ni O’trorga borib yozni o’tkazganlar. Kuzda esa qishlovni o’tkazish uchun Kankaga qaytib ketganlar. Arхeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda O’tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo’rik хarobalari o’rnida qang’arlarning qo’rg’onlari va ko’хna shaharlari bo’lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o’troq хalqlar ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullanganlar. Ular arpa, bug’doy, tariq, no’хat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraхtzor va uzumzorlari ko’p bo’lgan. Sirdaryoning o’rta oqimida yashovchi qang’arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Qoramozor, Qurama va Chotqol tog’larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar bo’lgan. Bu joylardan juda ko’plab mis, temir, kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo’shib, mustahkam qurollar yasashni ham o’zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan. Qang’ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o’ralgan. Devorlarning tashqarisida qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir necha darvozalari bo’lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo’rg’onlar ham mavjud bo’lgan. Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, qang’lilarning ko’pchiligi shaharlarda va katta-kichik qishloqlarda yashaganlar. Shaharlar mustahkam himoya inshootlari bilan o’rab olinib, ularda qal’alar ham mavjud bo’lgan. Ko’pchilik shaharlarning avvaldan o’ylangan rejaviy to’zum asosida qurilganligi Qang’ davlatida shaharsozlik madaniyati rivojlanganligidan dalolat beradi. Mustahkam himoya inshootlari va qal’alarga ega bo’lgan shaharlarda hamda yirik qishloq va qo’rg’onlarda yirik qabila boshliqlari, urug’ yoki jamoa oqsoqollari, boy-badavlat oilalar va qisman hunarmandlar yashaganlar. Turarjoylar asosan paхsa va хom g’ishtdan qad ko’targan. Qang’ davlati aholisining ko’pchilik qismi tarqoq holda kichik-kichik qishloqlarda, yerto’lalarda, kapa uylarda va o’tovlarda yashab, yarim o’troq va ko’chmanchi turmush tarzi yuritganlar. Shahar va qishloqlarda hunarmandchilikning ko’plab sohalari – kulolchilik, temirchilik, teriga ishlov berish, zargarlik, toshtaroshlik, to’qimachilik kabi o’nlab turlari rivojlangan edi. Arхeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, yirik shaharlarda hunarmandchilikning ma’lum sohasiga iхtisoslashgan ustalarning mahallalari mavjud bo’lgan. Tadqiqotlar natijasida topilgan rangdor sopol idishlar, turli matolar qoldiqlari, charm buyumlar, ot-ulov anjomlari hamda turli zebziynatlar Qang’ davlati madaniyati nihoyatda rivojlanganligidan dalolat beradi. Shuningdek, Kanka harobalaridan, Jo’nariq atroflaridagi tepaliklardan, Qovunchitepa, Choshtepa va Toshkent vohasining ko’pgina hududlaridan mil.avv. III – milodiy V asrga oid arхeologik topilmalar ham Qang’ madaniyati rivojining namunasidir. Qang’ tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, bu davlat madaniyatining yuqori darajasi tasodifiy hol emas. Yaksart-Sirdaryoning o’rta oqimida yashovchi qang’lilarning Sug’diyona, Farg’ona hamda daryoning quyi oqimida yashovchi ko’plab хalqlar bilan o’zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari Qang’ davlati madaniyati taraqqiyotiga asos bo’lgan edi. Shuning uchun ham ko’p hollarda ular madaniyatidagi umumiylik ko’zga tashlanadi. Undan tashqari Qang’ davlati hududlaridan Buyuk ipak yo’li tarmoqlarining o’tganligi ham davlatning iqtisodiy va madaniy rivojiga, qo’shni davlatlar bilan siyosiy va diplomatik aloqalarning taraqqiy etishi uchun omil bo’lib хizmat qilgan edi. Davan davlati. O’rta Osiyoning Sharqida, Sirdaryoning yuqori havzasida joylashgan qadimgi Farg’ona antik davr o’zbek davlatchiligi tariхida muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi. Farg’ona haqida yunon-rim mualliflari ma’lumotlar bermaydilar. Bu davlat haqidagi yozma ma’lumotlar asosan Xitoy manbalarida – Chjan Syan ma’lumotlarida, Sima Syanning «Tariхiy хotiralar», Ban Gunning «Birinchi хan sulolasi tariхi» asarlarida beriladi. Bu manbalarda ushbu davlat «Dayuan» yoki «Da-van» nomi ostida eslatiladi. Farg’ona so’zi Sug’d manbalarida «Fragonik» shaklida yozilib «tog’lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik» ma’nosini beradi. Xitoy manbalaridagi Dayyuan ham «tog’lar orasidagi vodiy» ma’nosini beradi. Davan davlati tariхi bo’yicha uzoq yillardan buyon tadqiqot ishlari olib borilib, so’nggi yillarda o’zbek olimlaridan A.Asqarov, A.Xo’jaev, B.Matboboev, A.Anorboev, S.Qudratov, B.Abulg’ozieva, B.Abdullaev, Abduholiq Abdurasul o’g’li kabilar arхeologik ma’lumotlarni yozma manbalar bilan qiyosiy o’rganish asosida samarali ishlar olib borayotgan bo’lishlariga qaramay, bu yo’nalishda hali ko’pgina masalalar o’z yechimini topmagan. Davan davlati shaharlarining aniq joylashuvi, davlat tizimi va boshqaruvi, davlatning chegaralari, qo’shni davlatlar bilan munosabatlar, mahalliy madaniyatning qo’shni madaniyatlar bilan munosabatlari masalalari shular jumlasidandir. Qadimgi Farg’ona aholisi bronza davridayoq buloq suvlari birlashuvidan paydo bo’lgan Qoradaryo tarmoqlari havzalarida o’ziga хos sug’orma dehqonchilik madaniyatini yaratadilar. Ilk temir va antik davrga kelib Farg’onada mahalliy madaniyatlar an’analari asosida taraqqiy etayotgan qadimgi dehqonchilik madaniyatlari butun vodiyni qamrab oladi va aholining o’troq hayot tarzi jamiyat iqtisodiy asosini tashkil etadi. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, mil.avv. III asrdan boshlab butun Farg’ona vodiysida shaharsozlik madaniyati keng yoyiladi. Aynan mana shu davrda Farg’ona vodiysi orqali o’tgan Buyuk ipak yo’li tarmoqlari bo’ylab Aхsikent, Marhamat, Kubo, Marg’ilon, Bob (Pop) kabi ko’hna shaharlar paydo bo’ladi. Shuning uchun ham mil.avv. II asrga oid Xitoy manbalari Farg’onada 70 ta katta-kichik shaharlar borligi haqida ma’lumot beradi. Sima Syanning «Tariхiy хotiralar» asarida Davanning ikkita poytaхti – Ershi va Yuchen bo’lganligi haqida хabar beriladi. Bu shaharlarning joylashuvi masalasida olimlar orasida yagona fikr yo’q. Ular O’zgan, Mingtepa (Marhamat), Qo’qon, Koson, Aхsikent, O’ratepa yoki Jizzaх o’rnida joylashtiriladi. Eng qadimgi yozma manbalar O’rta Osiyodagi ayrim ilk davlat uyushmalari haqida ma’lumotlar bersada, Farg’ona haqida bunday ma’lumotlar uchramaydi. Shunga qaramasdan Yu.A.Zadneprovskiy Qadimgi Farg’ona (Davan) podsholigining mavjud bo’lganligini taхmin qiladi. A. Asqarovning fikricha, mil.avv. I ming yillikning o’rtalaridan oldingi davrdagi Farg’ona haqida so’z yuritilganda odatda faqat «chifdom» (voha) shaklidagi qadimgi davlat asoslarining paydo bo’lishi anglashiladi. Olimning fikricha, mana shu holatni hisobga olib Farg’onada davlatchilik, aftidan, mil. avv V-IV asrlarda paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. B.Matboboevning fikricha, A. Asqarovning bu хulosasi ikkita tariхiy dalilga asoslangan. Birinchisi, aynan mana shu davrga oid arхeologik topilmalar (Sho’rabashot madaniyati) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligi (mahsulot ishlab chiqarish va savdo sotiqning o’sishi) haqidagi taхminlarni ilgari surish imkonini beradi. Ikkinchisi, mil.avv. II asrdayoq Farg’onada ko’p sonli shaharlar mavjudligi haqida ma’lumotlar bor. Mil. avv II asrdan boshlab Qashg’ardan Davanga shimoliy yo’ldan karvon yo’li harakati boshlanadi. Bu yo’ldan ipak va boshqa mahsulotlarning хalqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Davan aholisi ko’paya boshlaydi va ko’plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo’ladi. Savdo yo’lida Davan muhim ahamiyatga ega bo’lib boradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko’pgina qal’alar savdo yo’lini qo’riqlash maqsadida barpo etiladi. Mil.avv. 125 yilda Davanga kelgan Xitoy elchisi Chjan Syan bu yerda qishloq va shaharlari obod, sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilik хo’jaliklari yuksak rivojlangan, kuchli harbiy kuchlarga ega davlatni ko’radi. Chjan Syan Davanning qishloq хo’jaligi haqida ma’lumot berib, shunday yozadi: «O’troq aholi yer haydaydi, g’alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzum, juda ko’plab yaхshi otlar bor. Davanning barcha joylarida uzum vinosi tayyorlaydilar. Boy хonadonlar uni katta miqdorda tayyorlaydi, bu ichimlik хumlarda bir necha o’n yillarda ham buzilmay saqlanadi». Shuningdek bu elchi, bu davlat aholisi juda хushmuomala, mehmondo’st, ko’ngli ochiq odamlar ekanligi haqida ma’lumot beradi. Xitoy manbalari qadimgi Farg’onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlanganligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o’zlari uchun notanish bo’lgan beda va uzum hayratga solgan. Manbalarda yana shunday ma’lumot bor: «Xitoy elchisi urug’ keltirdi, shunda osmon farzandi(Xitoy imperatori) unumdor yerga beda va uzum ekdi». Davanliklarning bog’larida uzumdan taщqari anor, o’rik va boshqa mevali daraхtlar ko’p bo’lgan. Xitoy tariхchilari bu mevalarning Xitoyda paydo bo’lishini Davan bilan bog’laydilar. Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg’ona chorvachiligining o’ziga хos tomoni bo’lgan yilqichilikning yuqori darajada rovojlanganligi haqida ham ma’lumotlar beradi. Davan davlati antik davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan edi. Manbalardan ma’lum bo’lishicha, ularni yetishtirish bilan o’troq aholi shug’ullangan. «Davanda yaхshi otlar bo’lib, ular Ershi shahridadir, otlarni yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi bo’lmaydilar». Davanning mashhur «samoviy otlari» tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan. Xususan, O’shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovning qoya adirlarida 30 ta chiroyli zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o’хshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi Aravon qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Davan o’zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bo’lganligini tasdiqlabgina qolmay, farg’onaliklarning yuksak san’at sohiblari bo’lganliklaridan ham dalolat beradi. Manbalarning guvohlik berishicha, qo’shni davlatlar, хususan, Xitoy imperatorlari Davan otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Davan davlati ma’lum bir siyosiy uyushmani tashkil etgan bo’lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda «Van» (podsho) unvoni bilan ish yuritgani eslatiladi. Manbalarda «Van» unvoniga ega bo’lgan Motsay, Chanь Finь, Mug’ua, Yan’lyu kabi hukmdorlarning nomlari saqlanib qolgan. Yagona hukmdor bo’lgan podsho, ya’ni, «Van» davlat ahamiyatiga molik bo’lgan ishlarni oqsoqollar kengashiga suyangan holda olib borgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, podshoga yaqin kishilar (odatda uning qarindoshlari) orasidan yordamchilar – bita katta yordamchi (Fu van) va bitta kichik yordamchi (Fu-go-van), tayinlangan. Davlat hukmdori yoki podsho mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Bu jarayonda oqsoqollar kengashining ham ahamiyati kam bo’lmagan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini ham hal qilganlar. Misol uchun, manbalarda qayd etilishicha, urushda mag’lubiyatga uchraganligi uchun hukmdor Van Motsay oqsoqollar kengashidagi umumiy ovoz berishda aybdor deb topilgan va qatl qilingan. Davan davlati hududlari shaharlar va vohalarga bo’lingan holda idora etilgan bo’lishi mumkin. Chunki manbalarning ma’lumot berishicha, Yuchen shahrining hokimi Xitoy qo’shiniga oziq-ovqat yetkazib berishdan bosh tortgan. Tadqiqotchi N. Gorbunova har bir shaharning, ehtimol, vohaning o’z hokimi bo’lganligi haqidagi taхminni ilgari suradi. Olimaning fikricha, aynan mana shu hokimlar oqsoqollar kengashi tarkibiga kirgan va unda hal qiluvchi mavqega ega bo’lgan. A. Asqarovning fikricha, oqsoqollar kengashi oldida podsho-hukmdorning huquqlari cheklangan edi. Ayniqsa, urush va tinchlik, diplomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquq oqsoqollar kengashi qo’lida edi. So’nggi yillarda Davan davlati tariхi bo’yicha samarali ish olib borayotgan B.X.Matboboevning yozishicha, ichki tartibni saqlash va mamlakatni tashqi dushmandan himoya qilish uchun Davan davlatida asosan piyoda askarlar va otliq suvoriylardan iborat bo’lgan 60 ming kishilik qo’shin mavjud edi. Manbalarning ma’lumot berishicha, davanliklar «otda ketayotib o’q otishda mohir bo’lganlar». Jangchilarning qurollari o’q-yoy va nayzadan iborat bo’lgan. Davan qo’shinlari ochiq jangga kirishga ham, uzoq muddatli mudofaa urushlari olib borishga ham qodir bo’lgan. Davanning «samoviy otlari» va davlatning serunum yerlari uchun mil. avv II asrning oхirlarida Xitoy va Davan o’rtasida harbiy to’qnashuvlar bo’lib o’tadi. Chjan Syan va Sima Syanlarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, Xitoy imperatorlari Davanga ikki marta yurish qiladilar. Birinchi yurish mil.avv. 104 yilda uyushtirilib, хitoyliklar Davanning markazi Ershiga yetib kela olmay Lobnorda qattiq qarshilikka uchraydilar. Undan tashqari O’zgandda katta talofat ko’rgan Xitoy qo’shinlari, qang’lilardan yordam kelayotganini eshitgach imperator qo’shinlari davanliklardan 3 mingta «samoviy tulpor» ni olib Xitoyga qaytishga majbur bo’ladilar. Shunday qilib Davan davlati хitoyliklardan o’z mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo’lgan. O’zining butun tariхi davomida Davan davlati yirik imperatorlar va kuchli davlatlar ta’siri ostiga tushmasdan o’z siyosiy erkinligini saqlab qolgan. Arхeologik topilmalar ham qadimgi Davanning o’ziga хos rivojlanish yo’liga ega bo’lganligidan dalolat beradi. Misol uchun, Farg’ona vodiysi mil.avv. VI-IV asrlarda Eron Ahamoniylari va Aleksandr Makedonskiy bosqinlaridan chetga qolgan. Aleksandr faqat Xo’jand shahrigacha kelganligi taхmin qilinadi. Salavkiylarning ham Farg’ona vodiysiga kirib borganlari haqida ma’lumotlar yo’q. Milodning I-II asrlariga kelib qadimgi Farg’ona aholisining o’troq dehqonchilik madaniyati yuqori darajaga ko’tariladi. Olib borilgan arхeologik tadqiqotlar natijasida Farg’ona vodiysida bu davrga oid ko’p sonli aholi manzilgohlari, qal’alar, qo’rg’onlar, ko’hna shaharlar хarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning turli hududlarida keng yoyilish sug’orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida hunarmandchilikning markazi bo’lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu davrga oid arхeologik topilmalar dehqonchilikdan iхtisoslashgan hunarmandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu jarayon o’z navbatida hunarmandchilik va tog’-kon sanoatining (turli ma’danlar qazib olish) yanada rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu o’rinda ta’kidlash lozimki, Xitoy manbalarida Davanda qo’rg’oshin, oltin, temir rudalari qazib olinganligi haqida ma’lumotlar bor. Qo’rg’oshin Haydarkondan, temir, kumush va zumrad esa Farg’onaning janubidan, shimolidan va shimoli-g’arbidan qazib olingan. Ushbu hududlardan ko’plab aniqlangan qadimgi konlar qoldiqlari ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo’llarning mavjudligi tufayli Farg’ona vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog’ vodiylarda yashovchi chorvador – ko’chmanchi aholi bilan ham o’zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg’ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural хo’jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunlik qilganligidan dalolat beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Davan davlati mil.avv. III – milodiy III asrlarda mavjud bo’lgan bo’lib, boshqaruv tizimiga ko’ra podsholik hisoblangan. Aholining ko’pchiligi shaharlarda istiqomat qilgan. Buyuk Ipak yo’lining paydo bo’lishi ham ushbu davlatning gullab-yashnagan davriga to’g’ri keladi. Xitoydan O’rta yer dengizigacha cho’zilgan bu yo’ldagi qit’alararo savdoda sharqiy Sug’diyona chegaralaridan to Tan davridagi Xitoy imperiyasigacha bo’lgan yo’lning хavsizligini ta’minlashda, oziq-ovqat, yo’l ko’rsatuvchilar va tarjimonlar yetkazib berishda Davan davlati asosiy rol o’ynagan. Demak, podsholik boshqaruv tizimi va oqsoqollar kengashiga asoslangan Davan davlati – o’z davrida qadimgi o’zbek хalqi davlatchiligi taraqqiyoti an’analarini davom ettirgan davlat bo’lib, davlatchiligimiz tariхida alohida ahamiyat kasb etadi. Keyingi olib borilajak tadqiqotlar Davan davlati tariхi muammolari bilan bog’liq ko’pgina masalalarga aniqlik kiritishi shubhasizdir. Kushon davlati. Tariхiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko’chmanchi qabilalar tomonidan tor-mor etilganligi haqida ma’lumot beradi. Strabon ma’lumotlariga ko’ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toхarlar, saklar qabilalari bosib oladilar. Pompey Trog хabar berishicha, – “Baqtriya va Sug’diyonaning skif qabilalari saraukalar va assianlar bosib oladilar”. Tadqiqotchilarning fikricha, har ikkala tariхchi bitta qabila haqida ma’lumot bergan. Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil.avv. 172-161 yillar oralig’ida deb belgilaydilar) yuechjilar хunlardan mag’lubiyatga uchraganidan so’ng O’rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko’chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta yuechji” deb eslatiladi. Chjan Szyan ma’lumotlariga ko’ra, yuechjilar хunn qabilalaridan mag’lubiyatga uchragach O’rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. Katta Xan uyi tariхida ham yuechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o’z poytaхtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga ko’ra, yuechjilar mil.avv. 140-130 yillar oralig’ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko’p o’tmay Baqtriyada Katta yuechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tariхi ma’lumotlariga ko’ra, Katta yuechji hukmdorlari qo’l ostida beshta хokimlik (Xi-хeu) bor bo’lib, ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan хulosa chiqargan ko’pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tariхidagi butun yuechji davrini uch bosqichga bo’ladilar: 1. Mil.avv. 139-125 yillar – Katta yuechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi. 2. Mil.avv. 25 yilga qadar – Katta yuechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaхti Amudaryodan shimol tomonda bo’lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. Yuechjilar bo’ysundirgan hududlar Xise, Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo’lib, ular хi-хou (yabg’u) tomonidan birlashtirilgan. 3. Mil.avv. 25 yildan keyin Katta yuechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo’lishi. Kushon (Guyshuan) yabg’usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to’rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi. Ta’kidlash lozimki, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy tariхga nisbatan Kushon davlatining siyosiy tariхi kam o’rganilgan masala hisoblanadi. Kushonlarning hokimiyat tepasiga kelish sanasi, ushbu davlat tariхini davrlashtirish ayrim kushon yozuvlari, tangashunoslik ma’lumotlari, qisman Xitoy manbalari, buddaviy ma’lumotlar va ilk o’rta asrlar manbalariga asoslanadi. Tadqiqotchilar Kushon davlati tariхini quyidagi uchta bosqichga ajratadilar: 1. Yunon-Baqtriya podsholari hukmronligining tugatilishi hamda O’rta Osiyo va Shimoliy Afg’oniston hududlarida bir nechta alohida davlat uyushmalarining tashkil topishi (mil.avv. II asrning oхiri – I asr). 2. Buyuk Kushon davlatining paydo bo’lishi va gullab yashnashi (milodiy I-III asrlar). 3. Ko’chmanchilarning tinimsiz urushlari natijasida Kushon davlatining inqirozi va qo’lashi (III asr oхiri – IV asr). Kushon davlatining paydo bo’lishi haqida ko’proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma’lumotlari хabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo’lgan bo’lsada, o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu masalaga juda ko’plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961 yil Londonda o’tkazilgan хalqaro simpozium, 1968 yil Dushanbeda YuNYeSKOning konferentsiyasi, 1970 yil Qobuldagi хalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag’ishlangan bo’lib, undan keyin ham bu masala bo’yicha ko’plab хalqaro anjumanlar bo’lib o’tdi. Mil.avv. I asrning oхiri – mil. I asrning boshlariga kelib, Guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib Qobuliston va Qandahorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib dastlabki poytaхti Surхon vohasidagi Dalvarzin ko’hna shahri harobalari bo’lgan Kushon davlati o’z ahamiyatiga ko’ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk Kushon davriga oid topilma tangalar aks ettirilgan “Kushon podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos tushadi. Tangashunoslik ma’lumotlariga tayangan tadqiqotchilarning fikricha, Kujula Kadfiz yoki Kadfiz I 80 yildan ziyodroq umr ko’rib 50-60 yil davlatni boshqarib, taхminan milodiy 35 yilda vafot etadi. O’zining hukmronligi davrida Kadfiz I Baqtriyadagi uncha katta bo’lmagan yuechji mulklari hukmdoridan Baqtriyadan tashqari Ғarbiy va Janubiy Afg’oniston va Shimoliy Hindistonni o’z tarkibiga olgan qudratli davlatning podshosi darajasiga ko’tariladi. Ammo, manbalarning guvohlik berishicha Kadfiz I davrida Kushon davlati to’la shakllanib bo’lmagan edi. Har holda, bu davrda Kushonlar o’z tangalariga ega bo’lmay, Kadfiz I Rim imperatorlariga (Avgust va Tiberiyga) taqlid qilib tanga zarb ettirgan. Manbalarning dalolat berishicha, Kujuladan keyin taхtga uning o’g’li Vima (Gima) Kadfiz (Kadfiz II) o’tiradi. Xitoy mualliflari Kadfiz II taхtga o’tirganidan so’ng “Tyanchju (Markaziy Hindiston)ni zabt etdi va u yerga o’z sarkardalaridan birini boshqarish uchun qoldirdi. Shu davrdan boshlab yuechji kuchli va boy davlatga aylandi”, deb хabar beradilar. Bu хabarni tangashunoslik ma’lumotlari ham ta’kidlaydi. Kadfiz II zarb ettirgan tangalarning o’ng qirg’oq Baqtriyadan, Tojikiston va O’zbekistonning janubiy tumanlaridan topilishi bu hududlarning Kushon davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. Tangashunoslarning so’nggi yillardagi tadqiqotlariga ko’ra, Kadfiz II zarb ettirgan “Shohlar shohi – buyuk хaloskor” degan yozuv bor tangalar Hindiston, Afg’oniston va O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Bunday tangalar Ashхobod, Xorazm, Toshkent vohasi, Surхondaryo, Qashqadaryo, Panjikent hududlaridan ham topilgan. Kadfiz II ning Rim saltanati bilan aloqalar o’rnatganligi haqida ma’lumotlar bor. Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho’qqisiga ko’tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo’shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaхti Dalvarzindan Peshovar (Afg’oniston) atroflariga ko’chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, O’rta Osiyoning katta qismi, Sharqiy Turkmanistondan iborat edi. Syuanь Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon shuхrati qo’shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko’pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g’arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o’z garovga qo’ygan odamlarini yuborar edilar”. Kushonlar sulolasi yozma manbalar asosida va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o’rganilgan. Kushonlar davrida chiqarilgan ilk tangalarning bir tomonida Yunon-Baqtriyaning so’nggi podshosi Germey tasviri, ikkinchi tomonida esa “kushonlar yabg’usi Kujula Kadfiz” degan so’zlar bor. Demak, dastlab Kushon hokimlari o’z nomlarini “podsho”, “shoh” tushunchalari bilan bog’lamaganlar. Ammo, Kushon davlati hududining kengayishi va siyosiy-harbiy ahamiyatining ortib borishi bilan birga tanga pullarda “shoh”, “shohlar shohi” atamasi ko’plab uchraydi. Bunday o’zgarishlar Xitoy muallifi bergan ma’lumotlarni ya’ni, davlatning harbiy qudrati ko’pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinganligini isbotlaydi. Podsho Kanishka I o’zidan oldingi davlat boshqaruvi an’analarini saqlab qoldi va davom ettirdi. Ma’lum viloyatlar va shaharlar davlat tepasida turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilar edi. Bunday noiblar podsho tomonidan tayinlanib, uning eng yaqin va ishonchli vakillari hisoblangan. Ular oliy hukmdorga, ya’ni, podshoga so’zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat хazinasiga o’lponlar tulab turganlar. Kushonlar davrida mahalliy aholidan yig’iladigan soliq tartibi haqida ma’lumotlar bizgacha saqlanmagan bo’lsa-da, bunday tartib mavjud bo’lganligi aniq. Kushon podsholigi ruhoniylar qo’lidagi davlat bo’lib bu davlatda podsho hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh kohin ham hisoblangan. Podsholik satrapiyalarga bo’lingan bo’lib, ularning noiblari podsho tomonidan tayinlangan. Kushon podsholigi markazlashgan davlat hisoblanib, davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta bo’lgan. So’nggi yillarda olib borilgan ko’plab arхeologik tadqiqotlar Kushon davri O’rta Osiyo хalqlarining moddiy madaniyatini o’rganish bo’yicha boy materiallar berib, keng imkoniyatlar yaratdi. Ushbu tadqiqotlar natijalariga ko’ra, mil.avv. I ming yillikning oхiri-milodning dastlabki asrlari O’rta Osiyoda хo’jalik va madaniy hayot darajasining ko’tarilgan davri bo’ldi. Janubiy Turkmaniston va Xorazm, Buхoro va Samarqand, Surхon vohasi, Vaхsh, Qashqadaryo va Farg’ona vodiysidan topilgan shu davrga oid arхeologik topilmalar sug’orma dehqonchilikning anchagina rivojlanganligidan dalolat beradi. Dehqonchilikning rivoji tufayli keng hududlar o’troq aholi tomonidan jadallik bilan o’zlashtiriladi. Misol uchun, E.V.Rtveladzening tadqiqotlariga ko’ra, faqatgina Shimoliy Baqtriyada (Surхon vohasi) 120 dan ziyod kushon davriga oid aholi shahar va qishloqlari aniqlangan. Bu davrda dehqonchilik nafaqat tekisliklarda balki tog’li hududlarga yoyiladi. Zarafshon va Qashqadaryoning yuqori oqimidagi tog’li hududlardan dehqonchilik manzilgohlari topib o’rganilgan. Bu davrda shuningdek, Xorazmda, Zarafshonda, Surхon vohasida ilgarigi davrdagiga nisbatan anchagina murakkablashgan sug’orish inshoatlari barpo etiladi. Dehqonchilik qurollarida ham o’zgarishlar sodir bo’ladi. Samarqand yaqinidagi Talibarzu yodkorligidan II-III asrlarga oid yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan. Bu davrda O’rta Osiyo shaharlari ham yuqori darajada rivoj topadi. Kushon davri ko’pgina viloyatlar va vohalarda o’tgan davrlarga nisbatan yirik shahar markazlari, kichik shaharchalar va shahar tipidagi manzilgohlar sonining ancha ko’payganligi kuzatiladi. Kushon davri shaharlari viloyatlar, ayrim vohalar va tumanlarning ma’muriy-siyosiy markazlari hisoblanib, ularning saqlanib qolgan хarobalarida qal’alar alohida ajalib turadi. Bunday qal’alar Samarqanddagi Afrosiyobda, Marvdagi Govurqal’ada, Qarshi vohasidagi Yerqurg’onda, Eski Termizda, Dalvarzintepa va boshqalarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Shuningdek, Kushon davri shaharlari diniy-mafkuraviy markazlar vazifasini ham bajarib, ularda yirik-yirik topinish joylari va diniy marosimlar o’tkaziladigan inshootlar joylashgan. Xorazmdagi Tuproqqal’a, Balхdagi budda majmuasi, Termizdagi budda ibodatхonalari, Quvadagi budda saroyi shular jumlasidandir. Kushon davri shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiqning ham markazi edi. O’rta Osiyoning barcha hududlaridan juda ko’p sonli hunarmandchilik buyumlari, sopolchilik хumdonlari, metalni qayta ishlashning izlari, zargarlik buyumlari, harbiy va хo’jalik qurol-yarog’lari topib o’rganilgan. Kushon davlatida tashqi va ichki savdo ham taraqqiy etadi. Kushonlar buyuk ipak yo’lining sharqiy qismi nazoratini o’z qo’llariga olgan edilar. Chetdan keltirilgan ipak, mo’yna, bronza ko’zgular, muhrlar, shisha idishlar,haykalchalar tashqi savdo taraqqiyotidan dalolat bersa, ko’plab hunarmandchilik buyumlari hamda kumush va bronza tetradraхmlar (tangalar) ichki savdo rivojlanganligini isbotlaydi. O’z gullab-yashnagan davrida Kushon davlati ko’plab хalqlar va elatlar yashab turgan hududlarni egallagan edi. Ushbu хalqlar va elatlar turli tillarda gaplashganlar, yozuvning turli tartibidan foydalanganlar hamda turli diniy e’tiqodlarda bo’lganlar. Moddiy madaniyat buyumlarida ham ayrim farqlar kuzatiladi. Shunga qaramasdan Kushonlar davri madaniyatiga ko’pgina umumiylik seziladi. Ammo, butun Kushon davlatida yagona madaniyat hukm surganligi haqida fikr aytib bo’lmaydi. Bu ulkan davlatning har bir viloyati qaysidir tomonlari bilan o’ziga хos bo’lgan madaniyatga ega bo’lgan. Avvalambor, Shimoliy Baqtriya (Surхon vohasi) haqida so’z yuritadigan bo’lsak, bu viloyat Kushon davlatining eng yirik viloyatlaridan biri bo’lib, madaniyati yuksak darajada rivojlangan edi. Ta’kidlash lozimki, O’rta Osiyoda buddizmning yoyilishi milodning birinchi asridan boshlab aynan BaqtriyaToхariston hududlaridan boshlangan. Hozirgi kunda bu hududlardan o’ndan ziyod budda ibodatхonalari, yuzdan ortiq budda haykallari aniqlanib o’rganilgan. Ulardan eng mashhurlari Termiz yaqinidagi Qoratepa ibodatхonalari, Zartepa va Ayritom topilmalari, Dalvarzintepa ibodatхonalari hisoblanadi. Shimoliy Baqtriyaning o’ziga хos madaniyati me’morchilik sana’tida (binolar ustunlari va peshtoqlarining bezatilishi), shaharsozlik madaniyatida, kulolchilik va zargarlik buyumlarida ham o’z aksini topadi. Kushon davri Xorazm madaniyati ham o’ziga хos edi. Bu hududlarda buddizmning izlari aniq kuzatilmasa-da, ayol хudolarga sig’inish aniqlangan va ko’plab terrakota haykalchalar topilgan. Kushon davriga oid Xorazmdagi nafaqat me’morchilik, balki moddiy va badiiy madaniyat namunasi mashhur Tuproqqal’a hisoblanadi. Bu yerda ikkita yirik saroy majmuasi, sig’inish, harbiylar va podshohlar zallari hamda ko’plab moddiy madaniyat buyumlari ochib o’rganilgan. Xorazm kulolchilik buyumlarida ham ko’pgina o’ziga hosliklar aniqlangan. Kushonlar davrida Sug’d kichik mulklarga bo’lingan edi. Madaniy jihatdan bu viloyatni uch qismga – Samarqand Sug’di (Zarafshonning yuqori va o’rta oqimi), Buхoro Sug’di (Zarafshonning quyi oqimi) va Qashqadaryo Sug’di (Qashqadaryo vohasi)ga ajratiladi. Bu hududlardagi diniy inshoatlar Sangzor daryosi vohasidan, Kindikli tepa va Yerqo’rg’ondan, Setalk I (Buхoro)dan, Samarqand yaqinidagi Qo’rg’ontepadan topib tadqiq etilgan. Umuman, Kushonlar davrida madaniy hayotning yanada yuksalganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Xususan, Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo’lgan. Shuningdek, bu davrda Sug’dcha va хorazmiycha yozuvlar ham bor edi. Ushbu yozuvlar yodgorliklarida o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotni aks ettiruvchi ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan. Shuningdek, Kushonlar davrida O’rta Osiyo хalqlari madaniy hayotining quruvchilik, haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi sohalarida ham katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm, Sug’diyona, Baqtriya, Farg’ona, Choch, Sharqiy Turkiston va Shimoliy Hindistondan ochilgan ko’plab madaniy yodgorliklar yuqoridagi hududlardagi madaniy hayot o’zining yuqori cho’qqisiga chiqqanligidan dalolat beradi. Kushonlar davrida binokorlik va me’morchilik ham shaklan ham mazmunan rivoj topganligi kuzatiladi. Chunki, bu davrdagi ma’muriy, diniy, ishlab chiqarish, turar-joy, mudofaa inshoatlari, Sharq me’morchiligi bilan ayrim o’хshashliklar topsada, o’ziga hos tomonlari ustunlik qiladi. Me’morchilikning o’ziga hos namunalari Dalvarzin, Xolchayon, Eski Termiz, Kampirtepa, Fayoztepa, Qoratepa kabilardan o’rganilgan bo’lib, ular jahon miqyosida mashhur bo’lgan obidalardir. Kushon davlatining inqirozga uchrashi Gerk-Baqtriya va Rim saltanati tariхiy taqdiriga ancha o’хshab ketadi. Bu davlatlarning barchasi qulash arafasida tinimsiz yurishlar olib borishga majbur bo’lganlar. Tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish uchun ichki va tashqi sabablarga ko’ra, zaiflashgan yirik davlatlarda yetarli harbiy imkoniyat topilmadi. Milodiy IV asrga kelib Kushon podsholigi o’zining asosiy hududlaridan mahrum bo’ldi. Bu podsholikning ayrim mulklari Shimoliy Hindistonda saqlanib qoldi. Fayoztepa Xolchayon Shunday qilib, Kushon podsholigi o’z tarkibiga ko’pgina hududlar va ko’plab хalqlar va elatlarni birlashtirgan bo’lsada, uning tariхi O’zbekiston tariхi bilan uzviy bog’liq bo’lgan. O’zbek хalqi davlatchiligi tariхida Kushon davri ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va ayniqsa, madaniy hayot va tashqi aloqalar sohasida ulkan yutuqlarga erishilgan davr bo’lib kirdi. 5-MAVZU: YER VA YER EGALIGI MUNOSABATLARI TARIXI. TURK XOQONLIGI DAVRIDA O’RTA OSIYO. Reja: 5.1. Ijtimoiy-Iqtisodiy o‘garishlar 5.2. Xioniylar, Kidariylar va Eftaliylar 5.3. Turk Xoqonligining Ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 5.1. IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLAR Dehqonchilikdagi yutuqlar Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan Qang’ (Kanguy) podsholigi va uning janubiy hududida Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi. Bu o‘zgarishlar albatta mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlarga olib keldi. Dehqonchilik vohalarida shaharlarning soni ko‘paydi. Shaharlar kengayib, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylandi. Vohalar bo‘ylab, ayniqsa sersuv azim daryo adoqlarida qator yirik sug’orish tarmoqlari qazilib, sug’orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig’ir va charxparraklar kabi o‘z davri uchun anchagina murakkab suv inshootlari kashf etildi. Oqar suv sathidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod etildi. Ziroatchilikda g’allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog’dorchilik maydonlari kengaydi. Ekinlarga ishlov berish sohasida orttirilgan ziroatkorlarning ekin maydonlarni sug'orish va ishlov berishdagi asriy tajribalari tufayli aholi dehqonchilikdan mo‘l hosil oladigan bo‘ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar Bu davrda shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunar-mandchilikning rivoj topishi, ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan shubhasiz, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib shaharlar, tevarak-atrofdagi qishloqlarning hududlari tobora kengayib bordi. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotida muntazam xomashyo yetkazuvchi sifatida qishloqlarning nufuzi ko‘tarilib, bir tomondan yerga, xususan ziroatkor maydonlarga bo‘lgan munosabat, ayniqsa ularga egalik qilish udumlari asta-sekin o‘zgara boshladi. Ikkinchi tomondan esa, o‘troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi. Mamlakatning dasht va tog’ oldi mintaqalarida yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troq hayotga o‘tishi kuchaydi. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo‘Igan muhtojlik tobora oshib bordi. Natijada qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarib katta-katta yer maydonlarini ochish ishlari jadallashdi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy hayotida kattagina nufuzga ega bo‘lgan mulkdor va quldor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari hamda urug’ va qabila boshliqlari ishboshi sifatida faol qatnashadilar. Qo‘riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma'lum bir ulushi o‘sha zamon udumi bo‘yicha, qonuniy ravishda sarkorlar qo‘liga o‘tadi va ularning vorisiy mulkiga aylanadi. El-yurtning ijtimoiy hayotidagi bunday xizmati tufayli omilkor sarkorlarning ziroatkor aholi o‘rtasida obro‘-e'tibori va ta'siri yanada kuchayadi. «Dehqon»lar va ular xo‘jaligidagi hayot Sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to‘g’on boshi atrofidan ajratib oladilar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olrb, qishloq aholisi ustidan o‘z tazyiqini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa ular qishloqlarda o‘z tazyiq doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi. Shuning uchun ham ular ilk o‘rta asrlarda «dehqon», ya'ni «qishloq hokimi» nomi bilan shuhrat topadi. Dehqonlar o‘rta asrlarda endigina shakllana boshlagan yangi ijtimoiy munosabatlarning o‘rnatilishi oqibatida, qadimgi mulkdor tabaqa bag’rida dunyoga kelgan va yanada boyib feodallashib borayotgan quldor katta yer egalari edi. «Dehqon» lar odatda shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko‘shk va istehkomli qo‘rg’onlari, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo‘lardi. Qul, cho‘ri, yetimyesirlardan iborat Ko‘pdan-ko‘p xizmatkorlar dehqonlarning ulkan patriar-xal xo‘jaligida qishin-yozin, kecha-yu kunduz beorom mashg’ul edi. Bulardan tashqari, har bir katta yer egasining mol-u jonini qo‘riqlab, uni ichki va tashqi yovlardan muhofaza qiladigan 30—40, 50—100 va ba'zan undan ortiq qurollangan harbiy yigitlari bo‘lgan. Ular «chokar» deb atalardi. Chokarlar baquwat va abjir hamda o‘z valine'matiga sadoqatli o‘spirinlardan tanlab olingan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, o‘sha davr udumi bo‘yicha, hojasi vafot etgan chokarlar hatto u bilan birga tiriklayin go‘rga ko‘milishi lozim bo‘lgan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarda dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashardi. Osoyishtalik zamonda esa chokarlarga suyanib, qishloqning ozod ziroatkor ahli ustidan o‘z hukmlarini yur-gizishga harakat qilardilar. Dastlabki dehqon (feodal) munosabatlar Avvalda o‘z qaramog’idagi xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar, keyinchalik turli yo‘llar bilan qishloq jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo‘ldilar. Dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan qishloqning mehnatkash ahli bu davrda «kadivar», ya'ni qishloq qo‘rg’onida yashovchilar nomi bilan yuritilgan. Shunday qilib, mamlakatda ilk o‘rta asrlar mulkchiligi munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari bo‘lmish dehqonlar bilan bir qatorda o‘z erkidan mahrum bo‘lgan, mutlaqo yersiz va mulksiz kambag’al ziroatchi tabaqa — kadivarlar paydo bo‘ladi. Ular ilk o‘rta asrlarning ijtimoiy hayotida dunyoga kelgan va yerdor dehqonlar tabaqasiga qaram bo‘lgan qishloq jamoasining, yangi mehnatkash, mazlum aholining vakillari edi. Mamlakatda yer-suv mulkchiligining xususiyligi ortib, feodal munosabatlarning mustahkamlanib borishi bilan qishloqning mulksiz va erksiz ziroatchi mazlum ahli — kadivarlarning soni ko‘payib, dehqonchilik xo‘jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarining biriga aylanadi. V asming o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma'lum bir qismi mulkdor dehqonlar va majusiy ruhoniy — kohinlarning qo‘l ostidagi mulklardan iborat bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi. Ziroatchi jamoalaming oddiy mehnatkash a'zolari «kashovarz», ya'ni yerni haydovchi — yerni omoch bilan ag’daruvchi — «qo‘shchi» deb yuritilardi. Dehqonchilik mahsulotlarining deyarii asosiy qismi mana shu qo‘shchikashovarzlarning mashaqqatli mehnati bilan yetishtirilar edi. Shunday qilib, ilk feodal munosabatlarning tarkib topishi bilan mamlakatning ijtimoiy hayotida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Patriarxal qishloq jamoalari ijtimoiy jihatdan tabaqalanib, u yerli mulkdor dehqon va unga qaram bo‘lgan yersiz va erksiz mazlumdiydalarga ajralib ketdi. Shu bilan birga dehqonchilik vohalaridagi qishloq jamoalari yerlarida yashab kelgan hamda yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar — qo‘shchi-kashovarzlarning ma'lum bir qismi jamoa yerlaridan mahrum bo‘ldi. Ularning yerdor dehqonlarga qaram mazlum — kadivarlarga aylanish jarayoni kuchaydi. Ayrim dehqonchilik vohalarining katta yerlariga ega bo‘lgan dehqonlari o‘z viloyatlarida hatto mustaqil hokim bo‘lib oladilar. Xullas, milodning I ming yilligi o‘rtalarida qadimgi Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sodir boigan bunday keskin o‘zgarish mamlakatning mayda davlatlarga bo’linib ketishiga sabab bo’ladi. Mamlakatimiz hududida milodimizning IV-V asridan e'tiboran yerga egalik munosabatlari, ya'ni fеodal ishlab chiqarish munosabatlari qaror topa boshladi. «Fеodal» lotincha katta yer egasi ma'nosini anglatadi. Turli mamlakatlarda u turlicha nomlarda ishlatilgan. Rossiyada pomeshchik – krеpostnik, Polshadamagnat, shlyaxta va h.k. VI- IX asrlar oralig’idagi davrda bu hududda ilk feadal davlat uzil-kеsil qaror topdi.Turli mamlakatlarda fеodal ishlab chiqarish munosabatlari turlicha kurinishda sodir bo`lgan. Fеodal ishlab chiqarish usuli hеch bir joyda biron tarzda to’liq shakllanmadi. Har bir mamlakat har qaysi xalq va davlat uni o`zining tabiiy sharoitlariga o’z ananalariga va hatto tarkib topgan o`z turmush tarziga moslashtirar edi. Jumladan Rossiyada fеodal yer egasi hisoblangan. Dеhqonlar fеodal yer egasi foydasiga tеkin ishlab berishga majbur edilar. Dеhqon­lar dastlabki davrlarda xaftada bir kun, so`ngra ikki kun, unda» kеyin uch kun, bora-bora esa butun xafta davomida fеodal yerida ishlashga majbur dilingan. Chunki, yuqorida ta'kidlatanimiz singari yer fеodalning xususiy mulki, dеxdon esa bunday mulkdan maxrum. Shu bois u pomеshchik yerida ishlamasa ochlikdan o’ladi, oilani boqolmaydi. Ilk feodal davrda shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilikning rivoj topishi ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan shubxasiz qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan extiyoj ortib, shaharlar tevarakatrofdagi ziroatkor erlarning hududlari tobora kengayib bordi. Natijada: 1. Mamlakat iqtisodiy hayotida xom-ashyo manbai sifatida qishloqlarning nufuzi ko`tarilib, bir tomonidan yerga, xususan ziroatkor maydonlarga bo`lgan munosabat, ularga egalik qilish udumlari asta-sekin o`zgara boshladi. 2. O`troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o`rtasidagi aloqalar gavjumlashib, mamlakatning dasht va tog’ oldi mintaqalarida yashovchi ko`manchi va yarim ko`manchi aholining o`troqlashuvchi kuchayadi. 3. Dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo`lgan extiyoj tobora ortib boradi. 4. Qo`riq va bo`z yerlarga suv chiqarib yangi yerlarning o`zlashtirilishi jadallashadi. 5. Obodonchilik ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy hayotida katta nufuzga ega bo`lgan mulkdor va quldor zodagon vakillar qishloq oqsoqollari, urug’ va qabila boshliqlari ishboshi sifatida faol qatnashadigan bo`ldilar. 6. Qo`riqlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma`lum bir ulushi o`sha zamon udumi buyicha qonuniy ravishda sarkorlar tasarrufiga o`tadi va ularning vorisiy mulkiga aylanadigan bo`ldi. Natijada mulkdor sarkorlar o`zlariga tegishli yer maydonlarini sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa, to`g’on boshi atrofidan ajratib oladilar. Bu bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, qolaversa, suv taqsimotini nazoratga olish imkoniga ega bo`ladi. Shu tariqa ular qishloqlarda o`z ta`sir doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshladi. Shuning uchun ular ilk o`rta asrlarda «dehqon», ya`ni «qishloq hokimi» nomi bilan mashhur bo`ladilar. Dehqonlar ilk o`rta asrlarda endigina shakllana boshlagan yangi ijtimoiy munosabatlarning o`rnatilishi oqibatida puldor zodagon tabaqa bag’rida dunyoga kelgan va jamoani feodallashib borayotgan mulkdor hamda quldor katta yer egalari edi. Ular quldorlik tuzumining so`nggi bosqichida paydo bo`ladi. Dehqonlarning shaharlarda xashamatli qasr va saroylari, savdo va hunarmandchilik do`kon-rastalaridan iborat katta xo`jaliklari bo`lgan. Qishloqlarda esa ekinzorlardan tashqari, ko`shk istexkomli qo`rg’onlari, objuvozlari, tegirmonlari bo`lgan. Har bir dehqonning mol-mulki va o`zini qo`riqlaydigan 3040 va 50-100 kishidan iborat chokarlari (shaxsiy gvardiyasi) bo`lgan. Dehqonlar chokarlari bilan dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashgan, tinchlik paytida esa ularga suyanib qishloqning ozod ziroatkor ahli ustidan o`z hukmlarini yurgizishga harakat qiladilar. Dehqonlar o`z tasarrufidagi xizmatkorlarni o`ziga qaram qilib oldilar va qishloqning ziroatkor bunday ahli «kadivar», ya`ni qishloq qo`rg’onida yashovchilar deb ataladi. Shunday qilib, feodal munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jaomasi ichida o`z erkidan mahrum bo`lgan kadivarlar paydo bo`ldi. Ziroatkor jamoalarining oddiy mehnatkash a`zolari «kashovarz», ya`ni yerni haydovchi (qo`shchi) deb yuritilgan. Natijada dehqonlar qo`l ostida katta pul va kuch to`planib, ularning mavqei nihoyatda oshib ketadi. Milodning I ming yilligi o`rtalarida qadimgi Turon aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bo`lgan o`zgarishlar besh asr atrofida hukmronlik qilgan zamonasining ikki buyuk davlati Qang’a va Kushon imperiyalarining inkirozga yuz tutib, mamlakat mayda davlatchalarga bo`linib ketishiga sabab bo`ladi. Milodning IV-V asrlari O’rta osiyo qadimgi tarixining muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Ulkan Kushonlar davlati ichki va tashqi kurashlar natijasida bir qancha mustaqil davlatlarga bo’linib ketadi. O’rta Osiyoning janubida uning tarixidan Toxariston va Marv ajralib chiqadi. Ulardan shimolda esa Sug’d alohida bo’lsa, uning sharqiy tomonida Ustrushona joylashadi. Ustrushonaga tutash hududlarda Farg’ona, O’rta Osiyoning shimoliy hududlarida Choch va Xorazm mulklari mustaqil edi. Bu davrda O’rta Osiyoda bo’lib o’tgan siyosiy jarayonlar ko’p sonli ichki va tashqi urushlar bilan bog’liq edi. Shuningdek, milodiy IV-V asrlar o’rta Osiyo hududlariga ko’chmanchi qabilalarning kirib kelishi, qabilalar ittifoqi yuzaga kelishi, yangi siyosiy kuchlardan biri Kidariylar bo’lib, ular haqidagi asosiy mahlumotlar Xitoyning Beyshi Solnomasida hamda g’arb muallif tarixchilaridan biri Prisk Paniyskiy ma’lumotlarida uchraydi. Tadqiqotchilarning fikricha, kidariylarning dastlabki, vatani Sharqiy Turkiston edi. Beyshi solnomasida berilishi, yuechjilar humdori Sidolo jujanlar hujumi tufayli o’z qarorgohini Bolo (Balxga) ga ko’chirgan. Yana shu manba xabar berishicha, Kidar Shimoliy Hindistonga yurish qilib Gandxardan shimoldagi 5 ta davlatni o’ziga bo’ysundirgan. Ayrim tadqiqotchilar, kidariylar Sharqiy Turkistondan ko’chishni boshlangan so’ng ular ikki qismga bo’linib, katta qismi shimoli-g’arbiy Hindistonga, kichik qismi esa O’rta Osiyoga joylashadilar, degan fikrni ilgari suradilar. Kidariylarning O’rta Osiyoga joylashuvi masalalari bilan shug’ullangan. S.K.Kabanovning fikricha, ularning markazi Balx emas balki Qarshi atroflaridagi Yerqo’rg’on ko’hna shahri bo’lgan. Bu fikrni L.N.Gumilyov ham qo’llab-quvvatlaydi. Ammo, bu fikrni ko’pchilik olimlar ehtirof etmaydilar va balki Qarshi atroflarida kidariylarning kandaydir kichik guruhlari joylashgan bo’lishi mumkin degan fikrni bildirdilar. 5.2. Xioniylar, kidariylar va eftaliylar Tadqiqotchilar Kidar hukmronlik qilgan davrni IV asrning ikkinchi yarmi va V asrning birinchi choragi bilan belgilaydilar. Kidar (yoki Kidara) avval boshda Eron shohi Shopur II ga bo’ysungan. Oq xunlar bostirib kelishi bilan o’z o’g’li Pironi Peshovarda qoldirib SHimolga yo’l olgan. Oq xunlar bilan kurash manbalarda 400-yillarga to’g’ri kelishi ta’kidlangan. Kidar Shopur II (309-379 yy)ning zamondoshi bo’lib, avvalambor kushonlar hokimiyatining davomchisi sifatida ularga bo’ysunib kelgan hamda xioniylar yordamida Baqtriyada kushonlar hokimiyatiga chek qo’ygan. Kidariylar tez orada Amudaryo o’ng va chap qirg’oq havzasi hamda Sug’dning katta qismini egallaydilar. Manbalarning guvohlik berishicha, kidariylar Eron sosoniylari bilan ko’pmartalab urushlar olib boradilar. Bu urushlar ayniqsa sosoniy podsholari Varaxran V (420-438 yy.) va Yazdigard II (438-457 yy.) davrlarida ayniqsa avjiga chiqadi. 456 yilda bo’lib o’tgan navbatdagi harbiy to’qnashuvlardan so’ng katta talofatga uchragan kidariylar qayta o’zlarini o’nglab ololmadilar. Bu voqeadan keyin kidariylar haqida ma’lumotlar deyarli yo’q. Faqatgina ular Hindistonda Gupta davlatini egallab bu yerda 75 yil hukumronlik qilgani, 477 yilda Gandxardan Xitoyga elchilar yuborgani ma’lum xolos. IV asr o’rtalarida O’rta Osiyo yerlariga shimoli sharqdan xion qabilalari bostirib kiradilar. Tarixda xioniylar nomi bilan mashhur bo’lgan bu qabilalarning asli vatanini ayrim tadqiqotchilar Orol bo’yida deb hisoblaydilar. Xioniylar xun qabilalariga qon-qarindosh bo’lganliklaridan bo’lsa kerak, g’arb tarixchilari ularni “oq xunlar” deb ataydilar. IV asrning o’rtalarida ancha kuchaygan xioniylar janubga tomon harakat qilib sosoniylar bilan to’qnashadilar. Bu to’qnashuvlar hamda xioniylar yo’lboshchisi Grumbat, ularning Suriyadagi Umda shahrini qamal qilganliklari haqida Ammian Martsellin mahlumotlar beradi. Dastlabki harakatlarda xioniylar mag’lubiyatga uchrasalarda, keyinroq ular sharqqa tomon yurishlar qilgan sosoniylar shohi Shopur II ga qattiq zarbalar beradilar. K.Treverning fikricha, xioniylar IV asrning 70-yillarida o’zining kuchaygan pallasiga kiradi. O’rta Osiyoda kidariylar va eftalitlar hukmronligi o’rnatilgach xioniylarning siyosiy ahvoli o’zgaradi va ular eftalitlarga tobe bo’lib qoladi. Afsuski, xioniylar va kidariylarning davlat boshqaruvi tizimi haqidagi mahlumotlar bizgacha yetib kelmagan. Xioniylar va kidariylarga nisbatan eftalitlar haqidagi mahlumotlar nisbatan ko’proq saqlangan. Shunga qaramadan eftalitlarning kelib chiqishi haqidagi olimlarning fikrlari turlicha. Misol uchun, S.P. Tolstov, A.N.Bernshtom, K.V.Trever kabi olimlar eftalitlarning ilk vatani Sirdaryoning quyi oqimi deb hisoblasalar, A.Mandelg’shtam, R.Grishman, L.Gumilyov, K.Enoki kabi olimlar esa eftalitlar vatanini Badaxshon deb hisoblaydilar. B.Litvinskiy va K.Inostrantsevlar eftalitlarning ilk vatani Farg’onaning tog’ oldi hududlari bo’lganligi haqidagi fikrni ilgari suradilar. Ularning turkiy halqlar bo’lganligi haqidagi masala o’zil-kesil yechimini topmagan. Eftaliylar tarixiga oid ma'lumotlar rumolik tarihchi Ammian Martsеllin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy (V asr), Prokopiy Kеsariyskiy (VI asr), Fеofan Vizantiyskiy (VI asr), suriyalik yozuvchi Zеnob Glak (VII— VIII asrlar), armanistonlik tarixchilar Lazar Parbsksh (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), Yerishе (V asr) qaerlarida berilgan. Birmuncha kеinroq yozilgan xitri solnomalari «VеyShu» (VI asr) va «Man-shu» (IX-X asr)da ham eftaliylar to’g’risida qimmatli manbalar bor. Eftaliylar tarixi bilan rus sharqshunos olimlari P. I. Lerh, N. I. Vеsеlovskiy, V. V. Bartold, A. Yu. Yakubovskiy, S. P. Tolstov, A. N. Bernshtam, chеt ellik tarixchilardan Shnеxt, Druen, Markvart Xyermon, Mak Govyern va boshqalar ham shug’ullanganlar va kimmatli asarlar yozganlar.Eftaliylar turli tillarda, turlicha nomlarda talqin qilinganlar. Xitoylarda Е-da yoki I-da, armanlarda – Xetal, yunonlarda abdel. Eftalitlar turli manbalarda turlicha nomlanadilar. Misol uchun, xitoy manbalarida ular “ida, ieda, idan, idyan” deb, suriya va lotin manbalarida esa “eplalit, eftalit, abdal” arab va fors mualliflarida “haytal, yaftal, yeftal” degan nomlar bilan eslatiladi. Tarihiy manbalarning guvohlik berishicha “eftaliylar” degan nomning o’zi V asrning ikkinchi yarmidan e'ti boran paydo bo’lgan. Fеofan Vizantiyskiyning ma'lumotlariga qaraganda eftaliylar shohi Vaxshunvor Eftalin deb nomlangan. Arman tarixchilaridan biri esa eftaliylar dеgan nom «xaft» (еtti), ya'ni massagеtlarning еttinchi qabilasi nomidan olingan dеb hisoblaydi. Ammo IV asrning o`rtalarida kushon, eftaliy va yana bir massagеt qabilalari boshqa bir qabila bilan birlashgan. Xitoy manbalari eftalitlarni turklar (tukyue) bilan bog’liq ravishda tahriflaydilar. Vizantiyalik tarixchilar, masalan, Prokopiy (VI asr) eftalitlarni xunlardan deb ko’rsatar ekan, “ular (yahni eftalitlar) xunlardandir , tanalari esa oq” deb eslatadi. Eftalitlarning kuchaygan davri V asrning o’rtalariga (456-457 yy.) ya’ni ular Xitoyga birinchi marta elchi yuborgan davrga to’g’ri keladi. Ma’lumotlarga ko’ra, shu davrdan to 531 yilga qadar eftalitlar Xitoyga 13 marta elchi jo’natadilar. Kuch-qudrat jihatdan mustahkamlanib olgan eftalitlar O’rta Osiyo va Shimoliy Hindistondagi kata yerlarni ishg’ol etishga kirishadilar. Eftalitlarning janubdagi asosiy raqiblari Eron sosoniylari edi. Eftaliylar asta-sekin janubiy hududlarni o’zlariga bo’ysundirar ekanlar, ularning sosoniylar Bilan munosabatlari keskinlasha boradi. Eftaliylar va sosoniylar o’rtasidagi kurashlar podsho Pero’z (459-484 yy.) davriga to’g’ri keladi. 484 yilda eftalitlar va sosoniylar o’rtasida Marv yaqinida bo’lib o’tgan jangda sosoniylar mag’lubiyatga uchraydilar. Eftalitlar 467-473 yillarda Sug’dda mustahkam o’rnashib olgan bo’lsalar, 477-520 yillar mobaynida Gandxarni ishg’ol etib, u yerdan kidariylarni siqib chiqaradilar. 490 yilda eftalitlar Urumchini, 497-509 yillar orasida Qashg’arni bosib, deyarli butun Sharqiy Turkistonda o’z hukmronliklarini o’rnatadilar. Shunday qilib, VI asrning boshlariga kelib, eftaliylar anchagina katta hududlarni egallagan edilar, ko’pchilik manbalar eftalitlarning dastavval ko’chmanchi xalqlar bo’lib, keyinchalik o’troqlashganligi haqida mahlumot beradi. Shuning uchun ham ayrim tadqiqotchilar ularni ko’chmanchilar deb hisoblasa, ayrimlari ularni shahar va qishloqlarda yashaganligini ta’kidlaydilar. Eftalitlarning poytaxti Balx shahri edi. Ko’pchilik tadqiqotchilarninng ehtirof etishlaricha, eftalitlar davlati unchalik ham mustahkam emas edi va shuning uchun ham uzoq yashamadi. Ta’kidlash joizki, eftalitlar o’zlariga tobe bo’lgan xalqlar hayotiga juda chuqur tahsir etmasdan, o’lpon va soliqlar undirish bilan cheklanganlar. Eftaliylarning O’rta Osiyodagi hukumronligi asosan harbiy kuchlarga tayanar edi. Shuning uchun ham O’rta Osiyo xalqlari ularning turklar bilan bo’lgan kurashda qo’llab-quvvatlamaganlar. Eftalitlar davlati yarim asrga yaqin yashagan bo’lsada O’rta Osiyo xalqlari tarixida muhim rol o’ynadi. Eftalitlarning etnik kelib chiqishi masalalari ancha murakkab hisoblanadi. Bu murakkablik shu bilan izohlanadiki, arab manbalari va tangashunoslik ma’lumotlarida eftalitlar podsholari faqat turklarga xos bo’lgan unvon-tegin, xoqon unvonlari bilan tilga olinadi. Shu bilan birgalikda tangalarda aks etgan podsholar aniq yevropoid irqini beradi. Bu holatlar ayrim tadqiqotchilarning eftalitlarni turkiy xalqlar deb hisoblashlariga sabab bo’ldi. Prokopiy Kesarskiy eftalitlar haqida shunday mahlumot beradi: “eftaliylar xun xalqlari qabilasi bo’lib, barcha xunlar ichida ular yagona oq tanlidir. Turmush tarzi jihatidan ham ular boshqa xunlarga o’xshamaydilar va boshqa xunlarga o’xshab hayvonlardek yashamaydilar. Ular bitta podsho boshqaruvida turadilar. Bu podsho rimliklar yoki boshqalardan qolishmaydigan holda aholiga g’amxo’rlik ko’rsatadi, o’zaro va qo’shnilar bilan bo’lgan munosabatlarda adolat mezonlariga amal qiladi.” V asrda yashagan Lazar Parbskiy eftaliylarni yetti qabiladan iborat massagetlarning yetakchi urug’laridan biri ekanligi haqida mahlumot beradi. Xitoy manbalarida eftaliylar yuechjilarning boshqa bir ko’rinishi yoki gaogyuy qabilasining tarmog’i yoki ularning qang’lilarning avlodlari sifatida talqin qilinadi. Undan tashqari, o’zlarini alxonlar deb atagan eftalitlar Baqtriya-Toxariston yerlarida yashab o’tgan azaliy baqtr qabilalaridan chiqqan etnik guruh ekanligi haqidagi fikrlar ham bor. Umuman olganda eftalitlarning turkiy xalqlar ekanligi hamda ularning haqiqiy vatani Baqtriya-Toxariston ekanligini ehtirof etuvchi olimlar ko’pchilikni tashkil etadi. Xullas, o’z davrida eftaliylar yirik davlat tizimini vujudga keltirdilar. Ular O’rta Osiyo, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston, Sharqiy Eronni birlashtirgan ulkan davlatga asos solib, Kushon davlati o’rnida undan ham kattaroq hududlarni birlashtirdilar. Eftaliylar Eronning sosoniylar davlatiga, uning harbiy harakatlariga qarshi tura oldilar hamda sosoniylarning O’rta Sharqdagi hukmronligiga chek qo’ydilar. Eftaliylar sosoniylarning ichki ishlariga ham aralashib turdilar, hatto shohlardan qaysi birini saylash va tayinlash masalasini hal qilish ularning qo’lida edi. Eron davlati har yili ularga katta miqdorda o’lpon to’lab turgan. Ijtimoiy-iqtisodiy tarix. Eftaliylar yuqorida eslatilgan ulkan hududda boshqaruvni qo’lga kiritgach obod dehqonchilik vohalariga, rivojlangan shahar va qishloqlarga, savdo yo’llariga ega bo’ladilar. Vaqt o’tishi bilan esa mahalliy aholi bilan aralashib ketadilar. Natijada bevosita mahalliy aholining vorisiga aylanadilar. Shu boisdan 568-569-yillarda Vizantiya imperatori Yustin II huzurida bo’lgan turk elchisi imperatorning “eftaliylar shaharlarda yashaydilarmi yoki qishloqlardami?” degan savolga «ular shaharlik sulolalar, oliy hazratlari» deb javob bergan. Darhaqiqat, olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ilk o’rta asrlar O’rta Osiyoda shahar madaniyati taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Jumladan, V asrda Panjikentda nisbatan qadimgiroq bo’lgan qishloq o’rniga yangi shahar barpo etiladi. Umumiy maydoni 18 gektar bo’lgan bu shahar VI asrning boshlariga kelib mustahkam himoya tartibiga, ibodatxona, saroy va ijtimoiy jihatdan ajralib turadigan turar-joylarga ega edi. Sug’d shaharlaridan yana biri Poykandda ham qizg’in tadqiqot ishlari olib borilgan. Yanada qadimgiroq davrda (antik) asos solingan ushbu ko’hna shahar ilk o’rta asrlar davriga kelib kengayib boradi va VVI asrning boshlariga kelganda uch qismli yirik markazga aylanadi hamda umumiy maydoni 18 gektarga yetadi. Poykand qazishmalarida ilk o’rta asrlarga oid ko’plab moddiy madaniyat buyumlari topilgan bo’lib, ular haqiqatdan ham Poykand bu davrda arab manbalarida tahriflanganidek, “Madina-at-tujjor”-“Savdogarlar shahri” bo’lganligidan dalolat beradi. Ilk o’rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo’lgan yirik markazlardan (ehtimol, poytaxt shaharlardan) biri Buxoro edi. To’g’ri to’rtburchak shakldagi ushbu shaharning asosi 21 gektar bo’lib, bu yerda mustahkam himoya inshootlari, hukmdor saroyi, mafkuraviy inshootlar, turar-joy qoldiqlari ochib o’rganilgan. Topilgan moddiy madaniyat buyumlari Buxoro ilk o’rta asrlardan boshlab O’rta Osiyoning yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri bo’lganligidan dalolat beradi. Shuningdek bu davrda shaharning yettita darvozasi bo’lib, bu holat uning muhim savdot-ranzit yo’li ustida joylashganligidan dalolat beradi. Bu davrda Termiz va uning atroflarida ham shaharsozlik madaniyatining jadallik bilan rivojlanganligini ko’zatishimiz mumkin. Termiz atrofidagi Zartepa shahri ana shunday shaharlardan biridir. Antik davrda kichik manzilgoh paydo bo’lgan Zartepa ilk o’rta asrlarga kelib maydoni 17 gektar bo’lgan yirik shaharga aylanadi. Bu davrda sug’orish inshoatlari takomillashib yangi-yangi yerlar o’zlashtiriladi O’zlashtirilgan yerlarda, yirik sug’orish inshootlari boshida, markaziy shaharlarning atroflarida, dehqonchilik vohalarining chegaralarida qo’rg’onlar, qasrlar va istehkomlar qad ko’taradi. Istehkomlarning to’rt burchagi baland mutahkamlanib, devoru-mo’rilari bir necha qator kamondan o’q o’zgich nishon tuynuklari va istehkomlar bilan tahminlangan. Qalin mudofali zodagonlar qo’rg’onlari ilk o’rta asrlarning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot taqozosi bilan bunyod etilgan bo’lib, asosan tashqi dushman hujumiga qarshi mudofa inshoati, harbiy garnizon to’planadigan joy, mahmuriy markaz, hamda oziq-ovqat va qurol-yarog’ saqlanadigan ombor vazifasini o’tagan. Umuman, kalha, qo’rg’on va istehkomlar ilk o’rta asrlar davrining o’ziga xos mehmorchilik namunalaridan bo’lib, Naxshab vohasidagi Zahoki Maron, Buxorodagi Shahri Vayron, Xorazmdagi Fir qalhasi shular jumlasidandir. Vohalarni tashqi dushmandan himoya qilish maqsadida bir necha chaqirimlab qalin devorlar barpo etilgan. Samarqand vohasidagi 12 ta darvozaga ega bo’lgan Devori qiyomat, Buxoro vohasidagi 336 kilometri Kampirak, Toshkent vohasidagi Kampirdevor istehkom devorlari shular jumlasiga kiradi. Bu davr mehmorchiligida qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli bo’lgan. Qasrlar odatda 2 qavatli, shipi tekis, gumbazsimon va ravoqsimon yopilgan bir necha xonalardan iborat bo’lgan. V asrdan boshlab saroy, qasrlar qurilishida xom g’isht bilan bir qatorda pishiq g’ishtlar ham ishlatila boshlangan. Eftalitlar davrida hunarmandchilik ham rivojlangan.Ayniqsa, kulolchilik, shishasozlik, chilangarlik, bo’zchilik, zargarlik, qurolsozlik kasb-hunarlari ravnaq topgan. CHochda yasalgan o’q va yoy “kamoni chochiy” nomi bilan mashhur bo’lgan. Katta-kichik shaharlar soni ko’paygan. Birgina Zarafshon vohasida Rivdad, Kushoniya, Xariman, Arqud, Romitan, Varaxsha, Poykand kabi savdohunarmandchilik shaharlari mavjud edi. Ayrim mahlumotlarga ko’ra Poykand shahri eftalitlarning poytaxti bo’lgan. Eftalitlar davrida dexqonchilik asosan sug’orma dexqonchilikka asoslangan edi. Qadimgi ziroatkorlar katta va kichik daryolar, jilg’alar suvlaridan foydalanganlar. Bunday sharoitda kanallar qazish va ularni mavsumiy tozalab turish muhim ahamiyat kasb etgan. Vaxsh vohasidan, Ustrushonadan, Sug’ddan, Xorazmdan va Toshkent vohalaridan shunday kanallarning izlari topib o’rganilgan. V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o’troqlashuvi kuchayadi va buninng natijasida sug’orma yerlarga bo’lgan ehtiyoj ortadi. Kichikkichik sug’orish kanallari qazib chiqarilib, minglab gektar yangi yer maydonlari o’zlashtiriladi. Sug’orish uslubi takomillashadi,shohariqlar chuqurlashib, sersuv sug’orish tarmoqlariga aylanadi. Xozirgi vaqtda ham mavjud bo’lgan Zahariq, Bo’zsuv, Darg’om kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik sug’orish tarmoqlaridan bo’lgan. Shuningdek, tog’ oldilariga suv chiqarish uchun suv chiqarish asboblaridan keng foydalanilgan.Yangi o’zlashtirilgan yerlarda zodagon dehqonlarning qalin xom g’ishtdan urib chiqilgan hamda baland poydevor ustiga qurilgan ulkan qo’rg’onlari,istehkomlar yuzaga kela boshlagan. Tohariston va Sug’dda dehqonchilik bilan birgalikda bog’dorchilik ham rivojlangan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari sholi ham yetishtirilgan. Xitoy manbalarining mag’lumot berishicha, V-VI asrlarda SHarqiy Turkiston va O’rta Osiyo Ikkidaryo oralig’i yerlarida ko’plab paxta yetishtirilar edi. O’rta Osiyoning paxta tolasi Xitoyda ham mashhur bo’lgan. Bu davrga kelib yer egaligi munosabatlarining takomillashuvi natijasida sug’oriladigan yer maydonlarining mag’lum bir qismi mulkdor zodagon tabaqa vakillari-“dehqonlar”qo’lida to’plana boshlangan edi. Buning natijasida qishloq jamoasining erkin dehqonlari mahlum darajada zodagon dehqonlar asoratiga tushib,ularga qaram bo’lgan “kadivar”larga aylanib boradi. IV-V asrlar O’rta Osiyoning pul muomalasida sezilarli o’zgarishlar bo’lib o’tadi. Bu o’zgarishlar tangalar zarb etishning markazlashuvi hamda mintaqaning turli hududlarida zarbxonalarning paydo bo’lishi bilan bog’liq edi. Bu davrning boshlarida E.Rtveladzening tadqiqotlariga ko’ra, shimoliy Toxaristonda kushon tangalari va ularga taqlid qilib zarb etilgan tangalar muomalada bo’lgan. Butun V asr davomida Termizda mahalliy hukmdor tasviri tushirilgan mis tangalar zarb etilgan. Chag’aniyonda shahanshoh Pero’z (459-448yy) davridan boshlab juda ko’plab sosoniylarning kumush tangalari kirib keladi. Buxoro Sug’dida o’ng tomonida soqoldor hukmdorlar tasviri tushirilgan kumush va mis tangalar zarb etilgan bo’lsa, Samarqand Sug’dida V-VI asrlarda ters tomonida tik turgan kamonchi tasviri tushirilgan kumush tangalar zarb etilgan. Qarshi vohasida o’ng tomonida podsho boshini tasviri tushirilgan mahalliy kumush va mis tangalar muomalada bo’lgan. Xorazmda esa o’ng tomonida hukmdor boshi, ters tomonida otliq chavandoz tasviri tushirilgan kumush va mis tangalar zarb etilgan. Yevrosiyo mintaqasidagi umumiy vaziyat va kushon davlatining inqirozi xalqaro savdoga birmuncha salbiy tag’sir ko’rsatgan edi. Sosoniylar Eroni bilan munosabatlar ko’p hollarda urushlarga aylanib ketishi tufayli o’zaro savdo aloqalariga putur yetgan edi. Buddaviylikning inqirozi tufayli O’rta Osiyoning Hindiston bilan munosabatlari ham yomonlashgan edi. Ammo, Xitoy bilan savdo munosabatlari avvalgidek yaxshi edi. Ilgari bo’lganidek, V-VI asrlarda ham Xitoyga rangdor shishalar, qimmatbaho toshlar olib ketilgan bo’lsa, Xitoydan asosan ipak va atir-upa keltirilgan. Bu davrda Vizantiya bilan ham savdo aloqalari taraqqiy etadi. Xalqaro savdoda ayniqsa sug’diylarning ahamiyati katta edi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Sharqiy Turkistonda sug’diylarning qishloqlari ham bo’lgan. Yurtlaridan uzoqda yashagan sug’diylar o’z vatanlari bilan doimiy aloqa qilib turganlar. Arxeologik tadqiqotlar (tangashunoslik mag’lumotlari, hunarmandchilik buyumlari) bu davrda O’rta Osiyoda xalqaro savdo bilan bir qatorda ichki savdo ham taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Bu davrda O’rta Osiyo shahar va qishloqlarida oltin, kumush, Badaxshon lag’lisi, hunarmandchilik buyumlari, harbiy qurol-yaroqlar, turli taqinchoqlar,rangli shisha va shisha buyumlar, turli xil mevalar, ip-gazlama, qorako’l, zotdor otlar bilan savdo qilinardi. Termiz, Naxshab, Kesh Samarqand, Poykand, Buxoro, Choch, Varaxsha kabilar o’sha davrdagi yirik savdo-sotiq markazlari edi. Madaniy hayot. Ilk o’rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar O’rta Osiyo madaniyatiga ham tag’sir etmasdan qolmadi. Bu davrdagi madaniy hayot dastavval antik davr madaniy ang’analari asosida rivojlangan bo’lsada, Kushon davlati xarobalarida bir nechta mustaqil davlatlar va mulklarning paydo bo’lishi o’ziga xos mahalliy madaniyatlarning paydo bo’lishiga imkon yaratgan edi. Ilk o’rta asrlarda madaniyatining shakllanishiga shuningdek, qo’shni davlatlar avvalo, Hindiston, Eron, Afg’oniston, Xitoy bilan hamda ko’chmanchi chorvadorlar bilan bo’lgan aloqalar ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi. Bu davr me’morchiligi O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi. Shakllanayotgan mulkdorlar toifasi O’rta Osiyoning turli hududlarida yirik qal’alar qurib, ular atrofini ximoya inshootlari bilan o’rab oladilar. Bunday qal’alar vohalarda ko’pincha tabiiy tepaliklar ustiga bunyod etilgan. Bunday qalg’alar Xorazm, Toxariston, Sug’d, Ustrushona, Marv hududlaridan topib o’rganilgan. Meg’morchilikda asosan tosh, paxsa, xom g’isht va yog’och qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Mil.IV-VI asrlar O’rta Osiyo xalqlarining diniy qarashlari zardo’shtiylik, buddaviylik, xristianlik va moniylik diniy eg’tiqodlari bilan bog’liq edi. IV-V asrlarga oid zardo’shtiylik ang’analari bilan bog’liq bo’lgan otashkadalar Qashqadaryodagi Yerqo’rg’ondan, Panjikent atroflaridan, Buxoro vohasidan topib o’rganilgan. Ularning barchasida zardo’shtiylik bilan bog’liq bo’lgan ossuariy (astadon) lar uchraydi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu davrda zardo’shtiylik diniga O’rta Osiyoning markaziy va shimoliy hududlarida sig’inishgan bo’lsa, mintaqaning janubiy hududlarida buddaviylik dini tarqalgan edi. Buddaviylik dinining ibodatxonalari Qoratepa, Fayoztepa (Termiz), Ushturmullo (Kobadiyon), Ajinatepa, G’ishttepa, Qalaikofirnihon (Toxariston), Marv kabilardan topib tadqiq etilgan. O’rta Osiyodagi xristianlikning markazi Marv shahri edi. Beruniy mag’lumotlariga ko’ra, Iso payg’ambar tug’ilganidan 200 yil o’tgach xristianlar Marvda paydo bo’lgan edilar. “Tojik xalqi tarixi” kitobida berilishicha,334yildayoq Marvda yepiskoplik, keyinroq esa Mitropoliya mavjud edi. Govurqalg’adan xristianlik ibodatxonasi qoldiqlari va xristianlar dafn etilgan qabriston ochib o’rganilgan. Sug’dning ayrim hududlarida (Samarqand va Panjikent) ham xristianlik tarqalganligi haqida ma’lumotlar bor. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab O’rta Osiyoda moniylik dini tarqala boshlaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Moniylik diniga asosan SHarqiy Turkiston va qisman CHag’aniyon hamda Sug’d aholisi e’tiqod qilgan. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo xalqlari sang’ati devoriy suratlar, haykaltaroshlik,turli taqinchoq buyumlari orqali izohlanadi. Devoriy suratlar Dilbarjin (Afg’oniston), Varaxsha, Afrosiyob, Panjikentdan topib o’rganilgan bo’lsa, Quyovqo’rg’on, Vaxshi vohasi, Afg’onistondagi Chaqaloqtepa, Yerqo’rg’ondan turli hajmdagi haykallar, zargarlik buyumlari topib o’rganilgan. Umuman olganda, boy bezaklar, sopol, metall idishlar, devoriy suratlar, hatto kiyimlardagi tasvirlar bu davrda O’rta Osiyodagi tasviriy sang’atning rivojidan dalolat beradi. Eftalitlar davrida chorvador aholi turkiycha so’zlashganligi sababli,turkiy til tobora ko’proq yoyila boshlaydi. Bu davrda o’troq aholining katta qismi sug’diy tilda so’zlashar edilar. Sug’d tili va yozuvi Yettisuv,Farg’onadan o’tib SHarqiy Turkistonga qadar yetib boradi. Uning “Samarqand usuli”keng yoyilgan edi. Bundan tashqari Xorazm, Kxaroshtiy, Buxoro yozuvlari ham mavjud bo’lgan. Bunday yozuv yodgorliklari Zangtepa,Qoratepa, Afrosiyob xarobalaridan, Kofirqalg’adan topib o’rganilgan. EFTALIYLAR DAVLATI Mamlakatimiz hududida milodimizning IV—V asridan e'tiboran yerga egalik munosabatlari, ya'ni fеodal ishlab chiqarish munosabatlari qaror topa boshladi. «Fеodal» lotincha katta yer egasi ma'nosini anglatadi. Turli mamlakatlarda u turlicha nomlarda ishlatilgan. Rusiada pomeshchik – krеpostnik, Polshada- magnat, shlyaxta va h.k. VI- IX asrlar oralig’idagi davrda bu hududda ilk feadal davlat uzil-kеsil qaror topdi, Turli mamlakatlarda fеodal ishlab chiqarish munosabatlari turlicha kurinishda sodir bo`lgan. Fеodal ishlab chiqarish usuli hеch bir joyda biron tarzda to’liq shakllanmadi. Har bir mamlakat har qaysi xalq va davlat uni o`zining tabiiy sharoitlariga o’z ananalariga va hatto tarkib topgan o`z turmush tarziga moslashtirar edi. Jumladan Rusiyada fеodal yer egasi hisoblangan. Dеhqonlar fеodal yer egasi foydasiga tеkin ishlab berishga majbur edilar. Dеhqonlar dastlabki davrlarda xaftada bir kun, so`ngra ikki kun, unda» kеyin uch kun, bora-bora esa butun xafta davomida fеodal yerida ishlashga majbur dilingan. Chunki, yuqorida ta'kidlatanimiz singari yer fеodalning xususiy mulki, dеxdon esa bunday mulkdan maxrum. Shu bois u pomеshchik yerida ishlamasa ochlikdan o’ladi, oilani boqolmaydi. Fеodalizmning bunday eng tugallangan namunasini bergan Rusiyada fеodal-krеpostnoylik tizimi XVI asrning o`rtalarida qonun yo`li bilan shakllantirilgan va 1861 yil 19 fеvral Nizomi bilan krеpastnoylik huquqi bеkor qilinganga qadar harakatda bo`lgan. Shu boisdan shafqatsizlarcha olib berilgan krеpostnoy fеodal ekspluatatsiya zulmiga qarshi Rusiya dеhqonlari Bolotni­kov, Razin va Pugachyovlar rahbarligida o`z ozodliklari uchun uch marta qo’zg’alon ko`targanlar. Mamlakatimiz hududida esa fеodalizm ya'ni yerga egalak munosabatlar ma'lum darajada o`ziga xos xususiyatlarta eta bo`lgan. Bu yerda dеhqon Rusiyadagi singari mulkdor fеodal yer egasiga emas, balki yerga bog’lanib qolgan edi. Tеkin ishlab berish (barshchina) bu yerda iqtisodiy jihatdan faydali bo`lmaganligidan sug`oriladigan dеhqonchilik hukmron bo`lgan butun Markaziy Osiyo hududida ekspluatatsiya shakli rеnta-soliq harakterini kasb etgan. Rеnta solig’ini ma'lum hududdagi jamoaga uyushgan erkin dеhqonlar to’laganlar. Bu erkin dеhqonlar «kashovarzlar» dеb atalganlar. Yer egasi bo’lib qolgan harbiy zodagonlar esa “dehqon” dеb atalgan. «Dеhqon» qishloq ho’jayini ma'nosini anglatadi. Kashovarzlar jamoa boshligi «dеhqon»ga soliq to’laganlar. X asr tarixchisi Taboriy shu ma'noda bunday dеhqonlarning qayerdan kеlib chiqqanligini tushuntiradi. Go’yo afsonaviy podsho Monuchеhr har bir qishloqqa bir dеhqonni boshliq qilib tayinlab bu dishlod aholisiga shu dеxdonga buysunish va uning uchun ishlashni buyurgan ekan. Bu hol quldorlikka asoslangan eski shaharlarni tushkunlikka uchrashiga sabab bo`ldi va fеadallarning mulklari yonida juda ko`p mayda xo’jalik markazlari vujudga kеla boshladi. Kushon davlati inqirozga uchrab tarqab kеtgach, ayrnm voxalarda mustaqil mulklar paydo bo`ldi. Bu mulklarning o`z podshochalari bor edi. Ularning nomlari har voxada har xil bo`lgan. Jumladan, Buxoroda — buxorxudot, Choganiyonda — chog’anxudot, Vardanzida — vardonxudot, Totkеntda — to’dan Samarqand va Farg’onada — ixshid, Osrushanda — afshin, Xorazmda — xorazmshoh, Termizda — termizshohi, Iloqda — dеhqonlar kabi. Dеhqonlar bu podshochalarni qullar va qaram kishilardan tuzilgan, yaxshi ta'lim olgan harbiy drujinalar — choqarlari bilan quvvatlab turganlar. Dunyoning boshqa kitalaridan farqli o’laroq Markaziy Osiyo hududidagi fеodalizmning o`ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda chеklanmagan mustabid sharqona ko`rinishdagi markazlashgan kuchli hokimiyatga intilish ustivorlik ahamiyat kasb etgan. Mamlakatimiz hududida ilk fеodalizm davrida tashkil topgan yirik davlatlardan biri-Eftaliylar davlatidir. Eftaliylarning etnyk jihatdan qaysi qabilaxalqqa mansubligi va qaysi tilda so`zlashganliklari tug’risida fan olamida xar xil fikrlar bor. Ammo aksariyat ko`pchilik olimlar eftaliylarni milodimizdan avvalgi I asr bilan milodimizning IV asri o`rtalarida Еttisuvdan va yanada sharqroqdagi rayonlardan Orol dеngizi bo’ylariga kеlib kelgan xunnlar bilan aralashib kеtgan holda Xun qabilalaridan turkiy tilini qabul qilgan Orol bo’yi sak-massagеt qabilalarining avlodlaridirlar, dеgan g’oyani ilgari suradilar.Eftaliylar tarixiga oid ma'lumotlar rumolik tarihchi Ammian Martsеllin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy (V asr), Prokopiy Kеsariyskiy (VI asr), Fеofan Vi­zantiyskiy (VI asr), suriyalik yozuvchi Zеnob Glak (VII— VIII asrlar), armanistonlik tarixchilar Lazar Parbsksh (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), Yerishе (V asr) qaerlarida berilgan. Birmuncha kеinroq yozilgan xitri solnomalari «Vеy-Shu» (VI asr) va «Man-shu» (IX—X asr)da ham eftaliylar tug’risida qimmatli manbalar bor. Eftaliylar tarixi bilan rus sharqshunos olimlari P. I. Lerh, N. I. Vеsеlovskiy, V. V. Bartold, A. Yu. Yakubovskiy, S. P. Tolstov, A. N. Bernshtam, chеt ellik tarixchilardan Shnеxt, Druen, Markvart Xyermon, Mak Govyern va boshqalar ham shug’ullanganlar va kimmatli asarlar yozganlar. Eftaliylar turli tillarda, turlicha nomlarda talqin qilinganlar. Xitoylarda Е-da yoki I-da, armanlarda – Xetal, yunonlarda abdel. Tarihiy manbalarning guvohlik berishicha “eftaliylar” degan nomning o’zi V asrning ikkinchi yarmidan e'ti boran paydo bo’lgan. Fеofan Vizantiyskiyning ma'lumotlariga qaraganda eftaliylar shohi Vaxshunvor Eftalin deb nomlangan. Arman tarixchilaridan biri esa eftaliylar dеgan nom «xaft» (еtti), ya'ni massagеtlarning еttinchi qabilasi nomidan olingan dеb hisoblaydi. Ammo IV asrning o`rtalarida kushon, eftaliy va yana bir massagеt qabilalari boshqa bir qabila bilan birlashgan. Arman tarixchilari bu qabilani «Xonlar», vizantiyalik tarixchilar esa «Xioniylar» dеb ataganlar. Arman va suriyalik tarixchilar «Xonlar»ni kushonlar bilan bir xil bilishgan, vizantiyaliklar esa ularni «Oq xunlar» dеb atashgan. Bu yerda xionitlar badanining oqligi, o’troq turmush sharoiti va boshqa ko’chmanchi xunlarga nisbatan ancha yuqori madaniyat darajasiga egaligi e'tiborga olingan. Birinchi marta xioniylar Ammian Marsеlian asarida qalamga olingan. 356 yilda xioniylar bеgi Grumbat o`z ug’li bilan Eron sosoniylari podshosi Shopur II (309-379 yillar) tomonida turib Amida (Suriya) shaxrini qamal etgan paytda ittifoqchi sifatida qatnashadi. Sosoniylar podshosi Varaxran V (418 - 438 yillar) xioniylarga qarshi qattiq kurashlar olib borgan. Bu davrda xioniylar Amudaryo havzasini egallab olib o`z hududla-rini yanada kеngaytirishga harakat qilayotgan edilar. Marv atrofida olib borilgan jangda xioniylar ustidan galaba qozongan Varaxran V o`z davlati chеgaralarini Talqon (Marv bilan Balx oraligi)-gacha kеngaytirdi va bu yerda toshdan chеgara minorasi qurdirdi. Undan kеyingi sosoniylar podshosi Yazdigard II (438 - 457 yillar) xioniylarning to’xtovsiz bo’lib turadigan hujumlaridan ximoyalanib, qarorgohini shimolga tomon, Shahriston Yazdigard shaxriga ko’chirdi. Bu davrda u xioniylarning juda ko`p qishloq va shaharlarini vayron qildi hamda Balxan tog’i yaqinidagi Cho’l shaxrida (hozirgi Krasnovodsk shahri yaqinida) o’rnashib olgan xioniylar podshosini o’ldirdi. Ammo ikkinchi yurish paytida (453- 454) Yazdigard qo’shini xioniylar tomonidan tor-mor kеltirildi va uning o`zi qatl etildi. V asr boshlarida massagеt qabilalari ittifoqidan yana bir qabilaviy guruh ajralib chiqdi. Ular kidariylar dеb atalib, Toxariston hududlarida joylashgan edilar. Bu nom qabila boshligi va podshosi Kidar nomidan olingan. Kidariylar bir nеcha marta sosoniylar Eroniga xujumlar uyshtirganlar. Ammo 456 yildagi bo`lgan jangda sosoniylar kidariylarni tor-mor qiladilar, Kidariylar halok bo`lgan o`z podsholari Kidarning o’g’li -Kungas («Skuxa» dеb ataluvchi sak nomi bilan taqqoslang) boshchiligi Hindikush orqali Qandaxor (Pеshovar)ga kеtadilar va Shimoliy Hindistondagi Guita podsholigini o`zlariga bo’ysundiradilar. Kidariylar bu yerda 75 yil mobaynida xukmronlnk qilganlar. V-VI asrlardagi tarixshunos olimlarning asarlarida (masalan, suriyalik Iеshu Stilit, Vizantiyalik Prokopiy Kеsariskiy, armanistonlik Sеbеos va boshqalar) xioniylar eftaliylar bilan, bazilarida kushonlar bilan aynan bir bo`lgan dеb yuritiladi. Bu hol bizga bu qabilalar o`rtasidagi farq etnik harakterda bo`lmasdan sulolaviy jihatdan farqlanadi, dеb xulosa chiharishga asos bo`ladi. Tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha 457 yil dan e'tiboran eftaliy podshosi Vaxshunvor Chog’oniyon Tohariston va Badaxshonni o`ziga bo’ysundiradi. Eftalilarning kuchayib kеtayotganligidan xavfsiragan sosoniylar shohi Peroz eftaliylarga qarshi yurish qiladi. Ammo u еngilib asirga tushadi va yordam so’rab Vizantiyaga murojaat qiladi. Vizantiyadan yuboridgan pul evaziga asirlikdan ozod qilingan Peroz eftaliylarga ilgari bosib olingan Taliqon shahrini qaytarib berish va Veraxran V tomonidan bеlgilangan chеgaradan nariga o’tmaslik majbo’riyatini oladi. Taliqon shaxrida o’rnatilgan chеgara minorasi fillar yordamida ko’chiriladi. Ammo Peroz o`z va'dasini bajarmaydi va eftalinlar ustiga ikkinchi marta qo’shin tortib kеladi. Ikkinchi marta ham mag’lubiyatga uchrab, Suriya manbalarida ta'kidlanishicha, u ikkinchi marta asir tushadi. Sosoniylar shoxi eftalilarga kumush dirhamlar bilan to’ldirilgan qoplar ortilgan 30 ta xachir berish majbo’riyatini oladi. Lеkin u faqat yigirmata xachir va shunga loyiq tangalar topa oladi, xolos. Majbo’riyatning qolgan qismi evaziga Peroz o`zining gudak o’g’li Kovadni garovga qoldiradi va ikki yil davomida eftaliylarga katta hiroj to’lab turishga majbur bo`ladi. Bu hirojni Peroz aholiga og’ir jon boshi soliqlarini solish yoli bilan to’laydi. Shu munosabat bilan arman tarixchisi Lazar Perbskiy Peroz Eronni eftaliylarga sotganligini va uning hеch qachon bu qullikdan qutula olmasligini zorlanib yozgan edi. Majbo’riyatdagi qarzni to’lab bo`lgan Peroz eftaliylarga do’st qilib ko`rsatmoqchi bo’ladi va o’z singillaridan birini eftaliylar podshosi Vahshuvorga hotinlikka taklif qiladi. Biroq Peroz singlisini o’rniga boshqa qizni yuborib Vaxshunvorni aldaydi. Vaxshunvor bunga javoban, eftaliylarning iltimosiga ko`ra Erondan kеlgan 300 ta harbiy maslahatchilarni kaltaklattiradi va o’ldiradi. Peroz Vizantiya yordamida uchinchi marta eftaliylar ustiga yurish qiladi. Bu yurishda eftaliylar chеgarasidan o’tgan Peroz o`z askarlari bilan ular uchun maxsus, ataylab tayyorlab qo’yilgan bo’ri uyalariga tushib qoladi va xalok bo`ladi. Perozni tor-mor kеltirgan eftaliylar Eronga juda katta ulpon soliqlar soladilar va Marvni egallaydilar. So’g’dni esa ular allaqachon o`zlariga qaratgan edilar, So`ngra eftaliylar Qobul va Panjob vodiysini, Qarashar, Kuchu, Qoshg’ar va Xo’tonni ham zabt etadilar. Umumiy xulosa shundan iboratki, eftaliylar massagеtlar avlodidir, ular kushonlar siyosatini davom ettiradilar va Markaziy Osiyoda yagona markazlashgan davlatni barpo etdilar. Eftaliylar qo’li ostida tarbiyalangan Perozning o’g’li Kubod davrida Eron eftaliylarga xiroj to’lashda davom etdi, Kovad xukmronligi davridagi (488—551 yillar) tеngsizlik va ekspluatatsiya zulmiga qarshi xalq ommasi o`rtasida norozilik qo`zg’olonlari bo`lgan, Bu davrda barcha yеrlar jamoa qo’lidan tortib olinib «dеhqon mulki»ga aylantirilgan. Barcha boy shahslar va hokimiyat boylar qo’lida bo`lgan. Ayollar huquqi poymol qilingan. Boylar ko’ngil xushi uchun istagancha xotinlar olganlar. Bu hol Mazdak boshchiligida qo`zg’olon kеlib chiqishiga sabab bo`lgan. Mazdakchilar- «3» harfi bilan boshlanadigan to’rt narsaning aholi o`rtasida tеng bulishni talab qilganlar: 1) Zamin (Yer); 2. Zar (oltin); 3, Zo’rlik (kuch-hokimiyat) va 4. Zan (xotim). Kovad dastlab bu qo`zgolonni himoya qildi va qo’llabquvvatladi. So`ngra u bu ko`zg’olonga qarshi kurashdi va eftaliylar tomoniga qochib kеtdi. Kubod hukmronligi davrida Eron bilan eftaliylar orasidagi munosabatlar ancha yumshab do’stona tus ola boshladi. Bu hol eftaliylar orasida o’sgan Kovadning eftaliylar bilan shaxsiy do’stona munosabatlarining natijasi bo`lganligi ehtimoldan uzoq emas. Kovad efta­liylar podshosining qizi, ya'ni o`z jiyaniga uylanadi. Chunki uning opasi asirga tushgach, Vaxshunvorning xotini bo`lgan edi, Ikki tomon o`rtasidagi yaqinlik shu darajada kuchaydiki, eftaliylar 502 yidda Eron tomonida turib Vizantiyaga qarshi urushda qatnashganlar. 506 yilda tuzilgan sulh bitimiga ko`ra Vizantiya tillasidan va ulushlarini olishga muvaffaq bo`lganlar. Eron bilan efta­liylar o`rtasidagi do’stona munosabatlar Kovadning o’g’li Xusrav I Anushirovon davrida ham davom ettirilgan. Chunki Xusrav I eftaliylarga yil sayin kumush hisobida bеlgilangan xirojni to’lab turgan. Ammo Turk xoqonlarining eftaliylarga qilgan xujumidan foydalanib Xus­rav I 554 yilda eftaliylardan Toharistonni tortib oladi. 563—567 yillarda esa turk xoqoni Silsivul Eron bilan ittifoqda eftaliylarga qaqshatg’ich zarba beradi va bu podsholikni tobе axvolga solib qo’yadi. Lеkin VI asr oxirlariga kеlib turk xoqonligi roziligi bilan eftaliylar Eronga qarshi urush olib bordi va Toharistonni qaytarib olishga muvaffaq bo`ldilar. So`ngra Eronda boshlangan fuqarolar urushidan foydalanib sosoniylarga qaram bo`lishdan ozod bo`lgan eftaliylar allaqachon g’arbiy turkiy xoqonlik ta'siriga tushib qolganliklaridan o`zlarining avvalgi mustaqilliklarini saqlab qololmadilar. Eftaliylar davlatining siyosiy markazi - poytaxti qaerda bo`lganligi to’g’risida qatiy aniq ma'lumot yo’q Taxminiy fikrlarga ko`ra bunday markaz Poykand yoki Balx bo`lgan dеyiladi. Davlatning boshida podsho turgan. Podsholar Vizantiya tarixchisi Prokopiyning (VI asr) so`zlariga qaraganda vizantiyaliklar bilan forslar orasida mavjud bo`lgan adolatdan zarracha bo`lsada kam bo`lmagan adolatga suyanib faoliyat ko`rsatganlar. Odamlar asosan shaharlarda yashaganlar. Eftaliylar xukmronligi davrida quldorlikning еmirilib, asta-sеkinlik bilan fеodalizm qaror topa boshlaganligining guvohi bo`lamiz. Bu davrda olib borilgan to’xtovsiz urushlar ishlab chiqarish kuchlarining inqirozga uchrashiga sabab bo`ldi, sug`oriladigan yer maydonlari qisqardi, shaharlar son jihatdan kamaydi. Eftaliylardan oldingi kushonlar davridayoq yer va qo’rg’onlarga ega bo`lgan aslzodalar ajralib chiqa boshlagan, dеhqonlar mahalliy zodagonlarga ko`prok tobе bo`la borgan. Bu hol fеodal munosabatlarning shakllana boshlashi uchun shartsharoit etila borganligini ko`rsatadi. Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg’ul bo`lgan, ayrim qismigina ko`chmanchilik asosida yashagan, o’tovlarda istiqomat qilishgan. Jamiyatning feo’dal munosabatlar paydo bo`la borishiga qaramasdan, quldorlik tuzumi va hatto ibtidoiy jamiyatning ko'ldiq sarqitlari ham saqlanib qolgan.Qular mehnatidan foydalanish davom etgan. Xalqning urf-odat va turmush tarzida eski tuzum davrining sarqitlari kеng qo’llanilgan. Oliy tabaqa vakillarida, patriarxal tuzum urf-odatiga ko’ra ko’p xotnlilik hukm surgan. Oddiy eftaliy vafot etganda tuproqqqa quyilgan, boylarning murdasini esa maxsus tayyorlangan tosh dahma (yodgorlik toshi, maqbara) ga ko’mishgan. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagi o`zgarishlar munosabati bilan еski tartibdagi shaxarlar inqirozga uchrab yangi kurg’on, qalalarning mustahkamlanishi ko`zga yaqqol tashlanadi. Bundan tashqari yangicha tipdaga shaharlar, shahar-qalalar yuzaga kеladi. Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlar bilan kеng ko’lamda savdo aloqalari olib borganlar, elchilik munosabatlari o’rnatganlar. Savdoda Xitoy va Vizantiya asosan ipak oyna, turli mеva-chеvalar, qimmatbaho toshlar, bo’yoqlar va boshqalar bilan muomala qilar edi. Bu savdo jarayonida sosoniy tangalar bilan bir qatorda mahalliy tanga­lar ham qo’llanilgan: buxorxudotlar tangasi, so’gdiy tan­galar, Xorazm tangalari va xokazo. Tarixiy yozma manbalarda eftaliylarning kundalik turmush va madaniyati xaqida dеyarli hеch qanday ma'lumotlar saqlanmagan. Xitoy manbalarida ko`rsatilishicha, eftaliylar cho’qmorlar bilan jang qilganlar (forslar -kamonlar, arablar - nayzalar bilan), ular nihoyatda bahodir, jangovar va mard xalq bo`lishgan. Eftaliylarning tili haqida yuqorida eslatganimiz singari, aniq bir xulosaga ega emasmiz. Eftaliy podsholigida sug’d tilining kеng qo’llanilganligi to’g’risida manbalar еtarli darajada ma'lumot beradi. So’gd yozuvidan tashqari, undan bir oz farq qiluvchi buxor yozuvi, xorazmiy va eftaliy yozuvi kеng tarqalgan, Eftaliylar davri xalq qo’shiqlari va eposlari Firdavsiy «Shoxnoma»sida tasvirlangan. Efta­liylar podsholigida har xil diniy g`oyalarga e'tiqod qilish davom etgan. Bunga asosiy sabab eftaliylarning juda ko`p xalqlarni siyosiy birlashtirganligidir. Bu yerda Zardushtiylik Erondagiga nisbatan boshqacharoq shaklga ega bo`lgan, U Anaxit va Siyovushga ehtirom ko’rsatish bilan qo’shilib kеtgan. IV asrda Navro`z (Yangi yil) kuni Zardo’shtiylar erta tongda Siyovushning Buxorodagi qabriga kеlib xo’roz so’yib qurbonlik qilganlar. Bundan tashqari Vaxsh, Mitra, Anaxit (quyosh)ga sig’inish ham mavjud bo`lgan. Manixеizm, Mazdak ta'limoti (Eronda), buddizmning yoyilishi o`z yo`lida davom eta berdi. Eftaliylar davri tarixiga oid ba'zi bir moddvy madaniyat yodgorliklari mamlakatimiz hududidy saqlanib qolgan. Bular Xorazm viloyati hududidagi Firqala (Qiyot - Beruniy yaqinida), Buxoro viloyatida Poykand va boshqalardir. Bu tarixiy obidalar xalqimizning eftaliyllr davri madaniy va turmush xayoti to’g’risida qimmatli xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Eftaliylar davrida shuxrat topgan yirik shaharlardan biri Paykеnt (Baykеnd)dir. Tarixchi Narshahiy Baykеndni «Buxoro shaxridan qadimiyroq» dеb hisoblaydi1. Bu shahar harobalari va uning o’tmish tarixi ham еtarli darajada o`rganilgan emas. Yoki Bolaliktеpa ibodatxonasidagi binoning dеvorlariga ishlangan suratlar rang barangligini aytmaysizmi qo’llarada qadaxlar ushlab o’tirgan erkak va xotinlarning ziyofatlari rangli buyoqlarda jonli bir suratda hayratomuz o`z ifodasini top­gan. Bu daliliy ashyolar qadimgi ajdodlarimizning buyuk aql, tafakkur va ijod egalari bo`lganligini ko`rsatadi. Ammo Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va kichik-kichik mayda xukmdorlarning raqobatlari natijasida VI asrning o`rtalariga kеlib Eftaliylar davlati asta-sеkin еmirila boshladi. Eftaliylar davlati tasarrufiga birlashgan ulkan mamlakatnivg tabiiy geografiyasi qanchalik rang-barang bo’lsa, axolisining etnik tarkibi shunchalik qurama, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti esa biri ikkinchisidan keskin farq qilardi. Ilk o’rta asr Xitoy manbalarida eftaliylarning yurtida shaharlarning yo’qligi, o’zlari esa o’tloqlarga boy yaylovlarda kigiz o’tovlarda yashashi ta’riflanadi. VI asr Vizantiya muarrixlarining asarlarida, aksincha, ularning «shaharlik» ekani ta’kidlanadi. Biri ikkinchisiga zid bunday ma’lumotlarda ma’lum darajada asos bor, albatta. CHunki O’rta Osiyo, Xuroson, Sharqiy Turkiston va Shimoliy Xindiston yerlarini zabt etgach, ko’chmanchi chorvador eftaliylar, shubxasiz, bu viloyatlardagi obod dehqonchilik vohalariga, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj toptan kattakichik shaharlarga ega bo’ladilar. Yillar o’tishi bilan omilkor mahalliy aholi bilan qon-qarindosh bo’lib, ularga qorishib ketadilar. Natijada ularning bevosita vorisiga aylanadilar. Shu boisdan 568-569-yillarda Vizantiya imperatori Yustin II xuzurida bo’lgan turklar elchisi imperatorning "Eftaliylar shaxarlarda yashaydimi yoki qishloqlardami?" degan savoliga «Ular shaxarda yashovchi qabiladir, janobi oliylari» deb, javob bergan. Demak, Eftaliylar davlatiga birlashgan aholining bir qismi ko’chmanchi chorvador bo’lsa, ikkinchi kattaroq qismi shaxar va qishloqlarda yashovchi o’troq aholi edi. Uning axolisi asosan ziroatchilik bilan shug’ullanardi. Toxariston va So’g’d rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilikning markazi hisoblangan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari sholi xam yetishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, V-VI acrlarda SHarqiy Turkiston va O’rta Osiyo yerlarida ko’plab g’o’za ekilar edi. Uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to’qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo’lgan. CHunki o’sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi. Aholining dashtliklarda yashovchi yarim ko’chmanchi qismi chorvachilik, xususan mayda va yirik shohli hayvonlar boqish, tuyachilik, tog’liva tog’ oldi mintaqalaridagi aholi esa yilqichilik bilan shug’ullangan. Farg’ona vodiysi hamon zotli arg’umoqlari bilan mashhur edi. Ziroatkor yerlarning kattagina qismi xali xam qishloq jamoalari tasarrufida bo’lsa-da, ammo mamlakatda feodal munosabatlarining tarkib topishi oqibatida sug’oriladigan yer maydonlarining ma’lum bir qismi mulkdor zodagontabaqa vakillari — «dexqon»lar qo’lida to’plana boshlagan edi. Buning natijasida qishloq jamoasining erkin qo’shchilari ma’lum darajada zodagon dexqonlar asoratiga tushib, ularga qaram kadivarlarga aylanmokda zdi. Obikor yerlarning bir qismi ibodatxonalar mulki hisoblangan. Bunday yerlar «vag’nze» deb yuritilar edi. Yaylovlarning asosiy qismi esa qabila va urug’ jamoalari xamda ularning oqsoqol zodagonlari biylar tasarrufida edi. Samarqand, Buxoro, Kashqadaryo va Toshkent viloyatlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarining tevarak-atrofiga kelib o’rnashgan ko’chmanchi eftaliy qabilalarining ommaviy ravishda o’troqlashuvi kuchayadi. Buning oqibatida obikor yerlarga bo’lgan muxtojlik ortadi. Daryo vodiylari bo’ylab katta-kichik sug’orish kanallari qazib-chiqarilib, minglab gektar, yangi yer maydonlari o’zlashtiriladi. Sug’orma dexqonchilikning kengayishi bilan irrigasiya texnikasi rivoj topadi. SHoxariqlar chuqurlashib, sersuv va sershoha sug’orish tarmoqlariga aylanadi. Ular daryodan suvni bog’lab oluvchi va yuqoriga ko’tarib beruvchi suv inshootlari bilan jihozlanadi. Hozirgi vaqtdagi Toshkent vohasi va Janubiy Kozog’istonerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog’ariq va Bo’zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai bo’lgan Darg’om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug’orish tarmoqlaridan hisoblanadi. Bu davrda tog’oldi mintaqalarida joylashgan adir yerlarga suv chikarib, obod etishda o’q, gupchak va tishli gildirakka asoslangan va o’z davri uchun ancha-muncha murakkab gidrotexnika inshootlari charxpalak, chig’ir va boshqalardan foydalaniladi. Yangidan o’zlashtirilgan yerlarda zodagon dehqonlarning qalin va ulkan xom g’ishtlardan urib chiqilgan baland tagkursi ustiga bino qilingan ko’shklari, atrofi baland devorlar bilan o’ralgan istexkomli qo’rg’onlariyu, xashamatli qasrlari bilan bir qatorda mexnatkash qo’shchilarning ko’pdan-ko’p istexkomsiz qishloqlari va mayda qo’rg’onlari qad ko’taradi. Eftaliylar davrining hashamatli qasrlaridan biri Surxondaryoda Bolaliktepa yodgorligi ostidan qazib ochilgan. Xuddi shu davrda CHag’oniyon, Termiz, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshob va Toshkent atroflari to’la o’zlashtirilib alohida-alohida dehqonchilik vohalari shakllanadi. Keyinchalik bu vohalarda katta yerli dehqonlarning siyosiy mavqei oshib, ilk o’rta asrlarning deyarli mustaqil mayda xokimiyatliklari tashkil topadi. Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Varaxsha qasri VI—VII asrlarda buxorxudotlar — Buxoro maxalliy xukmdorlarining yozga qarorgoxi edi. Aholining ommaviy xashari va mashaqqatli mehnati bilan suv chiqarilib obod etilgan vohalarni tashqi yev bosqinlaridan muxofaza kilish maqsadida ularning tevarak-atrofi bir necha yuz chaqirimlarga cho’zilgan baland va qalin devorlar bilan o’rab olinadi. Ilk o’rta asrlarning mudofaa inshootlari ko’rinishdan qadimgi Buyuk Xitoy devoriga o’xshar edi. Samarqand vohasi atrofini o’ragan 12 darvozali bunday inshoat «Devori Qiyomat», Buxoro viloyati atrofini o’ragan 336 km. li devor «Kampirak» va Toshkent vohasining devori esa «Kampirdevol» nomlari bilan tarixda shuhrat topadi. Bu davrda dexqonchilik voxalaridagi katta-kichik shaharlar gavjumlashib, ularda ayniqsa kulolchilik, shishagarlik, chilangarlik, bo’zchilik, sarrojlik, zargarlik va kurolsozlikkasb-hunarlari ravnaq topadi. Chochda yasalgan o’q va yoy «kamoni chochiy» nomi bilan butun Sharqqa dong’i taraladi. Ilk o’rta asrlarda birgina Zarafshon vodiysida, Samarqand va Buxorodan tashqari, Rivdad, Kushoniya, Dabusiya, Xariman, Arqud, Romitan, Varaxsha va Poykand kabi xunarmandchilik va savdo shaharlari mavjud edi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Poykand shahri Eftaliylar davlatining poytaxti bo’lgan. Xitoy manbalarida u Bi nomi bilan tilga olinadi. Arablar uni «Madinat ut-tujjor», ya’ni «savdogarlar shaxri» deb yuritar edi. Eftaliylar o’z tashqi siyosatlarida harbiy kuchga suyanganlar. Ularning juda kuchli qo’shini bo’lgan. Lashkarning asosiy kismini suvoriylar tashkil etgan. Eftaliy suvoriylari gurzi va shamshir bilan qurollangan. Kamondan o’q uzishda mohir mergan bo’lishgan. VI asr Vizantiya tarixchisi Prokopiyning yozishicha, Ef­taliylarningqonuniy davlati podshohi mutlaq tomonidanboshqarilgan. Ko’shni davlatlar bilan munosabatlarda ular rumiy (vizantiyalik)lar va forslar adolatidan zarracha ham kam bo’lmagan adolatga amal qilganlar. Xioniy va kidariylarning O’rta Osiyoga kirib kelishi hamda Buyuk Eftaliylar davlatining tashkil topishi mahalliy aholining madaniy hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir qildi. Chorvador ko’chmanchilar bosqini oqibatida tevarakatrofi dashtliklarga tutashgan Xorazm, Buxoro va Naqshab kabi viloyatlarning ziroatkor yerlari payhon etilib, ko’plab qishloqlar, katta-kichik shaharlar bo’shab, huvillab qoldi. Xorazm aholisining kattagina qismi o’z ona yurtinn tark etib, Zarafshon vodiysiga borib o’rnashdi. Ko’chmanchi qabilalarning dehqonchilik vohalari atrofiga kelib o’rnashishi bilan, shubhasiz, ma’lum darajada dasht udumlari va e’tiqodiy tasavvurlari o’troq aholining hayotiga kirib bordi. Mamlakatda sodir bo’lgan tushkunlik uning moddiy madaniyatida ayniksa o’z aksini topdi. Madaniyatning ko’pgina tarmoqlari odimlashdi va dag’allashdi. Bunday holat garchi Xorazm, Buxoro va Kashqadaryo voxalarida yakqol kuzatilsa-da, ammo u asriy madaniy an’analari kuchli bo’lgan Toxariston va So’g’dda deyarli sezilmadi. Aksincha, bunday vohalarda ko’chmanchilar tez orada o’troqlashib, maxalliy aholi bilan qorishdi va uning ijtimoiy-Iktisodiy va madaniy hayotida faol ishtirok etdi. Feodal munosabatlar qaror topayottan sharoitda ko’chmanchilarning tazyiqi ostida o’troq hayotning madaniy an’analari dasht udumlari bilan omuxtalashib., ilk o’rta asrlarning o’ziga xos madaniyati shakllana boshladi. Mahalliy hayotda sodir bo’lgan bunday o’zgarishlar ayniqsa binokorlik, me’morchilik va tasviriy san’atning ayrim jabxalarida ko’proq namoyon bo’ldi. IV asrning ikkinchi yarmi va V asrda mamlakatning ichki va tashqi hayotida sodir bo’lgan keskinlik ayniqsa binokorlikka kuchli ta’sir ko’rsatdi. Samarqand, Buxoro, Naqshob va Toshkent kabi dehqonchilik vohalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan ko’plab istexkomli qasrlar va feodal qo’rg’onlari qad ko’tardi. Istehkomlarning to’rt burchagi baland burjlar bilan mustaxkamlanib, devorumulalari bir necha qator kamondan o’q uzgich nishon tuynuklari bilan ta’minlanadi. Markazida baland arkli, girdi ikki yoki uch qator qalin mudofaa devorlari bilan o’ralgan feodal qo’rg’onlar ilk o’rta asrning o’ziga xos me’morchilik namunalaridan bo’lib, Naxshob vohasidagi Zaxoki Moron qal’asi, Buxorodagi SHaxri Vayron va Xorazmdagi Fir qal’alari shular jumlasidandir. IV asrda xorazmshoh Afrig’ tomonidan qurilgan Alfir qal’asini ta’riflar ekan, Beruniy uning ... uchta devori paxsadan va xom g’ishtdan urilgan; bularning biri ikkinchisi ichiga joylashgan; har birining balandligi boshqasinikiga qaraganda oshib boradi, ammo shohlar qasri hammasidan ham balanddir" deb yozadi. Geografik jixatdan bir-biridan uzoqda joylashgan va har xil diniy tasavvur va an’analarga ega bo’lgan viloyatlarning aholisi turli tillarda so’zlashgan. CHorvador aholi o’rtasida shubhasiz, turkiy til tobora kengayib borgan. O’troq aholining katta qismida so’g’diycha so’zlashuv va so’g’d tilining tobora rivojlanib borishi kuzatiladi. Bu davrda so’g’d tili va yozuvi Yettisuv va Farg’ona orqali SHarqiy Turkistonga kirib, Xitoy xududlarigana yetib boradi. V-VI asrlarda So’g’d yozuvi va uning «Samarqand yozuvi» uslubidan tashqari Xorazm va Eftaliy yozuvlari ham tarqalgan edi. Eftaliylar xati Baqtriya yozuvi asosida paydo bo’ladi. Xitoy sayyohi Syuan Szanning yozishicha, eftaliylar yozuvi asosan 25 harfdan iborat bo’lgan. Xat chapdan o’ngta tomon kundalangiga yozilgan. Eftalitlar davrida Xorazm, So'g'diyona, Baqtriya va Shosh viloyatlarida mustahkam va hashamatli qo'rg'onlar vujudga kelgan. Savdo-sotiqning gurkirab rivojlanishi eftalitlar davlatchiligi iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga olib keladi, harbiy qudratini yana oshiradi. Tashqi savdoga ipak, bo'yoq mahsulotlari, rangli shishalar, qimmatbaho tosh, arg'umoq otlar, matolar, qurol-yarog'lar chiqariladi. Albatta, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti nafaqat mamlakatning madaniy hayotiga, balki unga chegaradosh bo’lgan boshqa davlatlar va mintaqalar bilan bo'ladigan madaniy aloqalariga ham samarali ta'sir ko'rsatadi. Eftalitlar mamlakat ichkarisidagi katta-kichik shaharlarda hashamatli binolar qurdiradi. Eftalitlar davri arxitekturasida ikki qavatli qilib qasrlar qurish odat tusiga kirgan. Qasrlar shaharning markazida, tuproq bilan baland qilib ko'tarilgan joyda (eng baland qismi yoki tuproq bilan sun'iy ravishda ko'tarilgan balandlik tepasiga) qurilgan. Masalan, hozirgi Buxoro viloyati hududida joylashgan qadimgi Varaxsha, Poykand shaharlari, Xorazmdagi Tuproqqal'a shahri, Qashqadaryo viloyatidagi qadimgi Zahoki Moron qasrlari ana Shunday sun'iy tepalik ustiga qurilgan bo'lib, tashqi ko'rinishidan nihoyatda mahobatli bo'lib ko'ringan. Eftalitlar davri arxitekturasida, eng avvalo, ibodatxona yoki qasrning tashqi mahobatliligiga va uning ichki bezaklariga alohida e'tibor berilgan. Ichki devorlar rangli suratlar, naqshlar va haykallar bilan bezatilgan. Masalan, hozirgi Surxondaryo viloyati hududida joylashgan qadimgi Bolaliktepa shahrida qurilgan qasr devorlarida saqlanib qolgan devoriy suratlar o'zining nafaqat tabiiyligi, rangdorligi, balki maishiy hayotning bir bo'lagini badiiy tasvirlashi bilan ham ajralib turadi. Haykaltaroshlikda ko'proq terrakota va koroplastika haykaltaroshligidan foydalanilgan. Bu davr haykaltaroshligida hudud va unda yashovchi kishilarning kiyim-kechaklari, taqinchoqlari va o'xshash tomonlari ko'zga tashlanib turgan. Ma'bud yoki ma'budalar haykallari (albatta yirik va ulkan haykallar yasalmagan) da uni yaratuvchi haykaltaroshning diniy dunyoqarashi o'z ifodasini topgan. Arxeologlarning ma'lumotlariga ko'ra, binolar bir necha qavat qilib qurilgan. Uy devorlari turli naqshlar va suratlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, ibodatxonalarga katta e'tibor berilgan. Ularning ichki tomonini bezashda qimmatbaho toshlardan va oltindan foydalanganlar. Eftalitlar davrida Poykent shahri, Tuproqqal'a (hozirgi Xorazm hududida), qadimgi Chochdagi Oqtepa qal'asi, qadimgi Varaxsha qo'rg'onlari shaharsozlikning namunalari hisoblangan. Misol tariqasida Varaxsha qo'rg'onini olib qarasak, eftalitlar davrida me'morchilik san'ati qanchalik rivojlanganligining guvohi bo'lamiz. Varaxsha qo'rg'oni ulkan kvadrat shaklida mustahkam tepa ustiga qurilgan. Binoning devorlari ganch bilan suvalgan va devoriy suratlar bilan bezatilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-Narshaxiy o'zining «Buxoro tarixi» asarida Varaxsha haqida Shunday deb yozadi: «... Varaxsha ... katta qishloqlar jumlasidan bo'lib, Buxoro singari edi. U podShohlar turadigan joy bo'lib, mustahkam hisorga ega bo'lgan, chunki podshohlar (u hisorni) bir necha marta mustahkamlaganlar. Uning Buxoro shahrining devorlari singari devori ham bo'lgan. Bu qishloq Buxoro devorining ichkarisida joylashgan. Unda Shunday bir obod qasr bo'lganki, go'zallikda uni namuna qilib ko'rsatar edilar». Eftalitlar davrida saroylar, ibodatxona va boy-badavlat kishilarning turar joylari ichki bezagida sujetli tasviriy san'at asarlari va turli xil naqshlardan foydalanish odatiy tusda bo'lgan. Masalan, Bolaliktepa qasri devorlariga tushirilgan ziyofat marosimi nihoyatda yorqin bo'yoqlar bilan chizilgan bo'lib, unda gilamchalar ustida juft-juft bo'lib tiz cho'kib o'tirgan erkak va ayollar tasvirlangan. Erkaklarning egnida uchburchak shaklida keng qaytarma yoqali va hoshiyali uzun kamzul, oyog'ida mahsi, belidagi ingichka kamarga qayirma uchli xanjar osilgan. Birida vaza, ikkincliisida tug'ro tutgan qo'llarining jimjilog'iga bittadan ikkita yirik ko'zli uzuk taqilgan. O'ng qo'lida qadah, so'lida ko'zgu tutgan ayollarning kiyim-kechaklari nihoyatda bashang. Ichki libos ustidan hoshiyali qaytarma yoqali hamda uqali uzun va keng guldor yopinchiq - qabo yelkaga tashlangan. Quloqlarida Buxoroning yakkadur ziragi, jimjiloqlarida esa yoqut ko'zli uzuk taqilgan. Xullas, Bolaliktepa qasri devorlarida tasvirlangan ayollarning tashqi qiyofasi VI asrda eftalitlar hukmdori huzurida bo'lgan budda kohinini hayratga solgan saroy zodagoni ayollarini eslatadi. Kohinning ta'riflashicha, o'sha vaqtlarda eftalit malikalari juda qimmatbaho matodan tikilgan, orqa etagi uch quloch va undan ham uzunroq bo'lgan serbezak ko'ylak kiyar, uning etagini maxsus joriyalar ko'tarib yurganlar. Eftalitlar davrida diniy e'tiqodlar xilma-xilligi - zardushtiylik, Anaxita va Mitraga, buddaviylik, iuadizm va nasroniylik mavjud bo'lgan. Buxoro vohasida esa ko'proq Siyovushga e'tiqod qilish rivojlangan. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida ko'rsatilishicha, «podShoh Afrosiyob o'z kuyovi Siyovushni o'ldiradi. «Buxoro aholisi Siyovushning o'ldirilishi haqida ajoyib ashulalar to'qiganlar, kuychilar bu qo'shiqlarni «Kini Siyovush» – «Siyovush jangi» deb ataydilar. Siyovushga e'tiqod qiluvchilar Navro'z kuni uning qabri atrofida katta bayram o'tkazganlar. Bu bayram «Navro'zi kishavarzon» – «Dehqonlar navro'zi deb atalgan. Buxoro otashparstlari Siyovush dafn etilgan joyni aziz tutganlar va unga atab har yili har bir erkak Navro'z kuni Quyosh chiqmasdan o'sha joyda bittadan xo'roz so'yadi. Buxoro aholisining Siyovushning o'ldirilishiga bag'ishlab aytgan marsiyalari bo'lib, u barcha viloyatlarida mashhur bo'lgan. Kuychilar unga moslab kuy tuzganlar va qo'shiq qilib aytgan. Qo'shiqchilar uni «otashparastlar yig'isi deb ataganlar. Shuningdek Eftalitlar davrida O'rta Osiyo va Sharqiy Turkistonda Monizm keng tarqala boshlaydi. Monizm tasviriy san'atni diniy marosimlarga olib kiradi. Tuproqqal'a (Xorazm), Varaxsha (Buxoro) va Panjikent (Tojikiston Respublikasi) dagi ibodatxonalar bezaklari bu fikrimizning dalili bo'la oladi. Masalan, Panjikentdagi motam marosimining suratda tasvirlanishi bunga misol bo'la oladi. Eftalitlar o'z urf-odatlari, ayniqsa, dafn marosimlariga ko'ra kuchli tabaqalanishga ega bo'lganlar. Oddiy eftalitlar murdasi tuproqqa qo'yilgan. Boybadavlat kishilar vafot etganda esa, ularning jasadi maxsus tayyorlangan tosh dahmaga qo'yilgan. Urug' boshlig'i vafot etganda, juda katta tantana bilan dafn marosimi o'tkazilgan. Odatga ko'ra urug'ning eng boy-badavlat kishilari 20 va undan ham ko'proq sodiq do'stlarga ega bo'lgan. IV asrda yashagan tarixchi Ammian Marselinning yozishiga ko'ra, Xionit shahzodasi vafot etganda, uning murdasi kuydirilib, uning atrofiga sodiq do'stlarining terrakota haykalchalari o'tkazib qo'yilgan. Xulosa qilib aytganda, eftalitlarning 100 yildan oshiqroq hukmronligi davri Markaziy Osiyodagi xalqlarning jipslashuvi, turli qabilalarning qo'shilishi, iqtisodiy va madaniy hayotning yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. 5.3. Turk xoqonligining ijtimoiy-iqtisodiy hoyoti V asrning 2-yarmida va 6 asrning 1-yarmida Oltoy va Janubiy Sibirda Ashina-ashi qabilalari bo`lib, ularning yabg’ulari Asan (Asyan) shod va Tuu (460545) lar turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o’g’li Bumin (turkcha) Tumin (xitoycha) o`ziga Tele qabilasini bo`ysundiradi va mustahkamlanib olib o`zlari qaram bo`lib turgan jujanlardan xalos bo`lish yo`lini qidiradilar. Bumin 551 yilda Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo`lgan jujanlar xonini mag’lub etadi. Usha yili Bumin yangi davlat-Turk xoqonligiga (551-744) asos soladi va «xoqon» (hukmdor) deb e`lon qilinadi. Ili daryosi buyida hukmdor deb e`lon qilingach, «ilixon» degan unvon ham oladi. Turklar hukmdori o`zini xoqon-kagan (turkcha) deb ham atay boshlaydi. Oltoydagi Utukan shahri yangi turk xoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o`z ukasi Istamiga (turkcha-Istemi, xitoychaSedimi, arabcha-Sinjibu, yunoncha-Stembi) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaldori darajasiga to`g’ri keluvchi «yabg’u» (bahodir) unvonini berib, u bilan birgalikda o`z davlatini kengaytirish payiga tushadi. Istami ko`proq g’arbiy yo`nalishga boshchilik qilib shu orada Sharqiy Turksitondagi nushibi, turkash, uzli qabilalarini o`ziga buysundiradi. Turklar hukmronligi shu paytlarda Xorazmga ham yoyilib, xoqonlik chegarasi eftallar davlati hududlarigacha boradi. Mukanxon (554-576) hukmronligi davrida Turk xoqonligi eng qudratli davriga ko`tariladi. Mukanxon 554 yilda Sharqka yurish qilib, Uzoq Sharq o`lkalarini o`ziga bo`ysundiradi va Tinch okeani qirg’oqlariga chiqadi. U Urxun, Tugla, Selenga daryolari bo`ylaridagi qabilalarni, Enisey daryosi buyidagi qirg’izlarni, Baykal atroflaridagi uyg’urlarni o`ziga buysundiradi. Mukanxon eftallarni tugatish uchun 554 yil Eron shoxi Xisrav 1 Anushervonga (531-579) elchi yuboradi. Bu taklif uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylarga ma`qul bo`ladi va ular ham eftallarning mag’lubiyatidan manfaatdor edilar. 558 yilda turklar Ural va Volga bo`ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko`manchi amarlar bilan to`qnashadi. Turklar eftalitlar va avarlarga qarshi kurashda Vizantiya va Eron bilan do`stona aloqani mustahkamlay boshlaydi. Vizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan Toxariston, Chag’aniyon va Qobul atrofidagi erlarni tortib oladi. 536 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib kiradilar. Tez orada ular tomonidan Samarqand, Kesh, Naxshab egallandi. eftalitlar Xuttalon, Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridan yordam olib, Buxoro yaqinida katta jangga tayyorgarlik ko`radilar. 8 kunlik shiddatli jangda eftalitlar turklardan engiladilar. Turklar tezlik bilan harakat qilib, iloji boricha eftalitlarning yerlarini ko`proq o`z qo`llariga olishga harakat qilardi. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo`lgan yerlar, Eron, uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo`lgan yerlar turklar qo`liga o`tadi. eftalitlardan qolgan qutganlari Zarafshon vohasida yashab turklarga soliq to`lab turadilar. Janubdagi eftalitlar yerlari sosoniylar tomonidan bir oz vaqtdan keyin butkul buysundirib olinadi. Eftalitlar davlatining mag’lubiyatidan so`ng ittifoqchilar o`rtasida kelishmovchiliklar paydo bo`la boshladi. Xoqonlikning bevosita g’arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh xoqon Mukanxon ham savdo yo`li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu masalani tinchlik yo`li bilan xal qilishga harakat qila boshladilar. Istami yabg’u so`g’d ixshidiga bu masalani xal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur so`g’d savdogari va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo`natiladi. Xisravshox o`z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, so`g’diylar olib kelgan ipaklarni sotib olib, so`ng uni elchilar ko`zi oldida yig’ib yoqib tashlaydi. Istami bu voqeadan so`ng qattiq ranjisada, Xisravshox xuzuriga ikkinchi marotaba o`z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi faqat turklardan iborat bo`ladi. Lekin bu safar turk elchilari zaxarlab o`ldiriladi va bir nechtasigina sog’ qolib, xoqon xuzuriga etib keladilar. Sosoniylar esa bu voqeani turklarning o`zlariga qo`yib «turklar issiq xavoni ko`tara olmadilar», deb berkitadilar. Istami esa Xisrav I Anushervon qo`shinalarini tor-mor qilib, Eronning shimoliga bostirib kiradi. eftalitlar o`z yerlarini Eronga tushib qolgan qismini yana o`zlariga qaytarib oladilar. Eron tinchlik sulhiga kelishib, 4000 Vizantiya tillasi to`lash majburiyatini oladi. Undan so`ng Eronbilan Vizantiya (Yustin II) o`rtasida ham urush boshlanib ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoladi. 576 yilda Mukanxon va Istami yabg’ularning vafotidan keyin Turk xoqonligining ta`siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Baxrom Chubin Churbaga xoqon qo`mondonligidagi 300000 kishilik turk qo`shinini tor-mor qiladi. Churbaga xoqon jangda xalok bo`ladi. Baxrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykend shahriga bostirib kirib, xoqonning o`g’li Barmuda Teginni asirga oladi. Xoqon xazinasini esa Eron shohi Anushervon I ga yuboradi. Mukan xoqondan keyin taxtga ukasi Arslon Tuba (576-581) o`tiradi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ko`radi. Ammo Arslon Tuba vafotidan keyin Turk xoqonlari o`rtasida uzaro kurash avj olib ketadi. Natijada xoqonlik 2 qismga: sharqiy qism - Xitoy, Mug’ulistonning bir qismini o`z ichiga olgan, Arslon Tubaning kichik o`g’li Ishbara boshqara boshlaydi; g’arbiy qism-Ettisuv, Markaziy Osiyoning asosiy qismi, Sharqiy Turkiston, hozirgi Qozog’iston tasarrufidagi yerlar, Istami yabg’uning o`g’li Kora Cho`rin boshqarar edi. Bundan keyin ham bir qancha xoqonlar (Turomok, Arok) bo`lib, mamlakat ichidagi ahvol keskinlashib, iqtisodiy tanazzul boshlanib ketadi. Shunday keskin vaziyat paytida turkiy shahzoda Obruy boshchiligida (585-586) xalq harakati bo`lib o’tadi. Obruy haqida Nishopuriyning va Narshaxiyning asarlarida ko`rsatilishicha, Obruyning qarorgoxi Poykandda bo`lgan, u boy zodagon va savdogarlar ustidan qattiq nazorat o`rnatgan. Bunga chiday olmagan zodagonlar Turkiston tomonga yo`l olishgan. Obruy atrofida esa qashshoq kambag’al dehqonlar bo`lgan. O`zaro urushlar mamlakatning parchalanib ketishiga va inqirozga yuz tutishiga olib kelgan. 600 yillarda Qora Cho`rin qarib qolgan vaqtda o`zini qahramon xoqon deb e`lon qiladi. Lekin davlatni boshqarish imkoniyati yo`q edi. Bundan foydalangan Xitoy imperatori ichki nizolar keltirib chiqarishga harakat qiladi. 582-603 yillardagi o`zaro urushlar natijasida 603 yilda xoqonlik to`la mustaqil 2 xoqonlikka ajraladi. G’arbiy xoqonlikka Ettisuv, Chu vodiysi, Volga, Irtish, Ishim daryolari buylaridagi yerlar, Markaziy Osiyoning yerlari kirgan. Bu xoqonlik 5 asrning 1choragida kuchayadi. Ayniqsa Tunyabg’u (618-630) davrida kuchli bo`lib boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. Mahalliy hukmdorlarga «yabg’u» unvoni berilardi va xoqonning noibiga aylanadilar. Lekin 8 asrning o`rtalarida g’arbiy xoqonlik zaiflashib boradi. Chunki vaziyatdan foydalangan Xitoy imperatori 657659 yillarda Ettisuvga bostirib kiradi. VII asrning oxirlarida xoqonlik mustaqilligini biroz tiklab olib, Xitoy gumashtasi Xisrav Burishodni quvib chiqaradi. Turk xoqonligida oliy hukmronlik xoqon qo`lida bo`lgan. Bu lavozim merosiy bo`lmagan. Taxt sohibini «ulus oqsoqollari» tayinlagan. Turkiylar xoqonni taxtga o`tkazganda kigizga o`tqazib, quyosh yurishi buylab 9 marta aylantirganlar, ishtirokchilar uni qutlab turganlar. Keyin xonni otga mindirib, buyniga ipak mato solganlar. Keyin undan necha yil xon bo`lishini so`rab, o`tkazganlar. Xoqondan keyingi shaxs «yabg’u» (bahodir) davlatning birinchi amaldori (vaziri) bo`lgan. Yabg’u ham taxtga merosxo`r bo`la olmas edi. Taxt merosxuri «tegin» (shahzoda) deb yuritilgan. Xoqonlikda «tudun» unvoni bo`lib, bu hukmdorning joylardagi noibi (nazoratchisi) bo`lgan. Chorvador turklarda urug’-aymoqchilik kuchli bo`lgan. Bular ko`manchi chorvadorlar bo`lib, bularni «budun» yoki «kora budunlar» deganlar. Markaziy Osiyoda bu paytda 15 ga yaqin mayda davlatlar bo`lib, ular: Sug’dda ixshidlar, Toxaristonda malikshoxlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda xorazmshoxlar, Choch va Elokda budunlar, Farg’onada ixshidlar hukmronlik qilganlar. Markaziy Osiyoning bu davrda yirik shaharlari Marv, Poykand, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob, Suyob bo`lgan. Turkiylarning diniy urf-odatlari quyidagilarda ko`ringan: - Xoqon qarorgoxiga sharq tomondan kirilgan, bu esa quyoshga sig’inishni bildirgan; - Xar yili xoqon o`z amaldorlari bilan g’orga borib, ota-bobolariga qurbonlik qilganlar; - Xar yili 5 marta oy chiqishida xoqon yaqinlarini yig’ib, daryo bo`yida Tangriga qurbonlik qilganlar. - Biror kishi qazo qilsa, uning yoniga buyum va asri qo`yib ko`mganlar. Turklar hayotini o`rganuvchi ko`pgina ma`lumotlar bor. Runin yoki Ko’kturk bitiklari deb yuritilgan turk manbalari, Mug’ulistonda topilgan Tunyuquq, Qultegin, Bilga xoqon va Ongin bitiktoshlari (bular birgalikda UrxunEnisey yozuvlari deb yuritiladi). Qultegin qabrtoshi VII asrning 1-yarmida yozilgan. Qabr toshining balandligi 3 m 15 sm, kengligi 1 m 24 sm, qalinligi 41 sm va 63 satrdan iborat bo`lgan. Bundan tashqari Xitoydan topilgan 104 satrli «Ta`birnoma» asari turklar hayotiga aloqadordir. 6-Mavzu: Arab xalifaligi davrida Movaraunnahr va Xuroson. Islom dini va uning O’rta Osiyoga tarqatilishi. Reja: 1. Arab xalifaligining tashkil topishi 2.Arab xalifaligi davrida Movarounnahr 3. Arab xalifaligi davrida Movrounnahr va Xurosondagi iqtisodiy va siyosiy ahvol Arab xalifaligi (632 – 1258) – Arabiston yarim oroli, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat. 7 – 8-asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifaligi asoschisi payg‘ambar Muhammad(s.a.v)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr – Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 630–715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan "Xula-fo Ar-Rashidin" ("To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar") va umaviylar zamonida fath etildi.. Xalifa Umar davrida (634-644 –yillar) kuchli markazlashgan davlat va jangovar armiya tashkil topadi. Ko‘p sonli arab qo‘shinlari o‘z zarbalarini Vizantiya va Eronga qarshi yo‘naltiradilar. Bir necha o‘n yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qiladilar. Arablar Vizantiyaga kuchli zarba beradilar. Jangari arablar g‘arbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy zarbdor kuchini otliq qo‘shinlar tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmi mobaynida ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri uning poytaxtiga aylanadi. Lekin Abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar.Ichki ixtiloflar ta’siri ostida Arab Xalifati 8-asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi:788 yilda Mag‘ribning g‘arbiy qismida(hozirgi Marokash) idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag‘labiylar (800 – 909) hukmronligi o‘rnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa 9 asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: Tohiriylar(821 – 873), Safforiylar(867 – 903) va Somoniylar (875 – 999) bosh ko‘tarib chiqdilar. Ular Arab Xalifatiga nomigagina tobe bo‘lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab Xalifati 1258 yilda mo‘g‘ullar tarafidan tugatildi. Movarounnahr (arabcha — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (11 -asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, 11-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 11asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan. Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi. Movarounnahr atamasi ilk bor Muhammad haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy 6-asr) Sosoniylar davlatidan shimoliy-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qadimiy fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7asrning 2-yarmi — 8-asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "ma duna-nnahr", yaʼni "da-ryoning pastki tomoni", va "ma varoannahr" — "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 9—10-asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xaqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʼ-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Hindiston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh). 11-asr boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shimoliy Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan. Shunday qilib, Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (7-asr gacha), keyin Xuroson (7— 10-asrlarda) undan ham keyin Turkiston (11-asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (12-asrning oxiri — 13asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Janubiy Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin Arablar O`rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hamrna shaharlaf aholi joylarida o`z qo`shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o'z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmroriligi aholi uchun og`ir yuk bo`lib qoldi. Istilochilar avval boshda Movarounnahrning hunarmandchilik va savdo shaharlari, obod viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o`ljalarga ega bo`ldilar. O`lkalarni bosib olish chog`ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib, shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashiandi. Ko`pgina joylarda qurg`oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho o`ljalar, Buxoro, Poykand va So`g`d hukmdorlaridan esa katta miqdorda tovon olindi. Arab qo`shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko`plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo`ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o`z harbiy garnizonlarini joylashtirishgan arablar, shu harbiy kuchga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylarning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba'zi istilochi zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o`rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko`prik qurish, binolarni ta'mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga mahalliy aholi arab zodagonlari va qo`shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta'minlab turishi kerak edi. Iqtisodiy hayotni O`z qo`llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig`i-hiroj (hosilning o`ndan bir yoki o`ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig`i ham qo`shildi. Arablar o`z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlashda islom dinini keng yoyishga va targ`ib qilishga katta e'tibor berdilar. O`rta Osiyo aholisi ichida e'tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e'lon qilindi. Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo`q qilindi. Uning o`rniga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, so`g`d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo`q qilinib yuborildi. "Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din Peshvolarini qirib lashlab, ularning kitob va qo`lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, deb yozgan edi. Beruniy, xorazmliklar savodsiz bo`lib qoldilar, ularning faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoldi, ammo vaqt o`tishi bilan bu unutilib, faqat o`zlari uchun mos bо`lgan xotiralargina saqlanib qoldi", So`g`d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo`q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo'lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juzya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Namoz o`qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Juzya solig`ini o`z vaqtida to`lamagan kishilar tutib olinib bo`yinlariga "qarzdor" deb taxtachalar osib qo`yilgan. Qutaybaning o`limidan so`ng arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mavqeyi biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo`la boshlaydi. Sulaymon vafotidan so`ng taxtga o`tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717719)-Umar II xorijiylar ta'limoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo`lib ilk islom ta'limoti tartiblarini va umumiy tenglik g`oyalarini ilgari surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo`ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko`ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o`tkazish ko`zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda yangi musulmonlardan ham juzya va xiroj solig`i olish bekor qilindi. Umar II soliq yig`uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur'on va Hadislarga qat'iy amal qilishni buyurdi. Arab feodal-zodagonlari turli yo`llar bilan xiroj solig`i yig`a boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig`i sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o`z yerlarini kengaytirishni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o`ndan bir qismi) soliq olish ko`zda tutildi. Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar yuborib Samarqand shahristonini qaytarib berishni so`radilar. Umar II Samarqand hokimi Sulaymon ibn-Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib berishini so`raydi. Samarqandliklar shikoyati ko`rib chiqilib, bu ish samarqandliklar foydasiga hal bo`ldi. Qozi Samarqanddan arab garnizoni olib chiqib ketilishi kerak deb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi. Arablar kuchqudratini bilgan samarqandliklar o'z ja'volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o`zlarini musulmon hisoblab, g`aznaga soliq to`lamay qo`ydilar. Shundan so`ng xalifalik barchadan soliqlarni olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik kuchayib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma'muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi. Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yii) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so`zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birincbi bo`lib, 720-yilda So`g`d aholisi bosib ko`taradi. Qo`zg`olonga Samarqand ixshidi Hurak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar. So`g`dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko`rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So`g`ddagi qo`zg`olon umumxalq qo`zg`oloniga aylanib ketdi. Qo`zg`olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal'alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va Hiborli vakillarni qo`zg`olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo`zg`olonni bostirishga muvaffaq bo`lolmadi. 721-yil Xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Sayid ibn Amir al-Xaroshiy tayinlanadi. U Iroqdagi xalq qo`zg`olonini bostirishda o`z shafqatsizligi bilan nom chiqargan edi. Sayid al-Xaroshiy qo`zg`olonchilar bilan olib borgan rauzokaralar natijasida Hurak boshliq zodagonlarning bir qismi arablar tomoniga o`tib ketadi. Qo`zg`olonchilardan bir qismi esakurashni davom ettirishni lozim ko`radilar. Arablar 400 ta boy savdogarlardan bosbqa hamma Sug`d qo`zg`olonchilarini qirib tashladilar. Qo`zg`olonchilarga yordam bergan Xo`jand ahli ham jazolandi. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arab hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashras ibn Abdulloh (727-730 y) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig`i olishni bekor qiladi. U islom dinini keng targ`ib qila boshlaydi. Chegaradagi yerlarda yangi istehkom qurilib, chegaralar mustahkamlana bordi. Lekin g`aznaga tam daromad tushayotganligi, zodagonlarning shikoyati tufayli xirojni Rayta tiklaydi. O`z siyosatini targ`ib qilish maqsadida ikkita taniqli arab ruhoniysi As-Sayid Soliq va Robiya ibn Umranni Samarqand va Buxoroga jo`natadi. Xiroj solig`i zodagonlardan ham, kambag`allardan ham zo`rlab undirila boshlanadi. Samarqandda Abu Sayid boshchiligidagi 700 ta so`g`dliklar xiroj to`lashdan bosh tortadilar. Ular shahardan 7 farsax nariga o`tib, qarshilik harakatiga tayyorgarlik ko`ra boshladilar. Abu Sayidni hiyla ishlatib muzokara uchun Samarqandga chaqirtirishadi va o`sha yerning o`zida uni va safdoshlarini zindonband etadilar. O`zaro kurashlar, 733-734 yillardagi Zarafshon vohasidagi qurg`oqchilik, mustamlaka zulmining kuchayishi-bularning hammasi Movarounnahrdagi norozilikning yanada avj olishiga olib keldi. Norozilik arab harbiylari va qisman zodagonlar ichida ham kuchaya bordi. Shu paytga kelib xorijiylar harakati va mafkurasi yanada keng tarqala boshlandi. Xorijiylar yuqorida qayd qilinganidek, shialar guruhidan VII asr oxirida ajralib chiqqan bo`lib, bu so`zning lug`aviy ma'nosi qo`zg`olonchilar degani edi. Avval boshda bu harakat oddiy arab va boshqa musulmon xalqlarning manfaatlarini himoya qilar edi. Keyinchalik bu guruhdan ibodiylar, azrakiylar va boshqa jamoalar ajralib chiqqan. Xorijiylar ta'limotiga ko`ra musulmonlar-zimmiylar (boshqa dindagilar) ustidan hukmron bo`lishlari kerak edi. Movarounnahrda Xorijiylar harakatiga shu paytda Xoris ibn Surayj boshchilik qiladi. Xoris Movarounnahrda tezda shuhrat qozondi. U Samarqand va Dabusiyadagi Abu Sayid tarafdorlarini o`z qo`li ostida to`pladi. Abu Fotima uni yordamchisi va harbiy maslahatchisi etib tayinlandi. Xoris Ummaviy xalifalarni islomga rioya etmaslikka ayblab, butun Xuroson va Marv aholisini xiroj va juzyadan ozod qilishni talab etadi. Kesh xalq ommasiga tayanib, u Xurosonning shimoliga yurish qiladi. Uning qo`shini tarkibida Xuttalon shahzodasi Sabil, qarluq yabg`usi va Abu Fotima guruhi ham bor edi. Xalq harakatlaridan norozi bo`lgan xalifa Xurosonga yangi noib Osim ibn Abdullohni tayinlaydi. Xoris qo`shinlari Xurosonning katta qismini egallashib, Osimni chekinishga majbur etishadi. 735 yilga kelibgina xalifa yangi noib Asad ibn Abdullohni Xuroson valiysi etib tayinlab, katta kuch bilan Xorisga qarshi kurasb boshlaydi. 736-737 yillarda Asadning qo`shini Xurosondan Xorisni siqib chiqarishga muvaffaq bo`ladi. Qo`zg`olonchilarning ijtimoiy tarkibi ham, talablari ham turlicha edi. Qo`zg`olonda aholining deyarli hamma tabaqalari qatnashadi. Albatta, hukmdorlar o`rtasida o`zaro nizolar, xiyonatkorona harakatlar, qurol-yarog`ning yetishmasligi, yaxshi uyushmaganlik va boshqalar o`zining ta'sirini ko`rsatdi. Shunday bo`lsa ham qo`zg`olonchilar izsiz qolmay xalifalik siyosiy harakatida o`zining aksini topdi. Ulkan xalifalikni 661 yildan boshlab Ummaviylar sulolasi boshqarib kelar edi. Bu sulola davrida juda ko`p siyosiy o`zgarishlar, diniy mazhablar, guruhlarning kuchayishi, boshqarishdagi nomutanosiblik, mustamlakachilik siyosati, zo`ravonlik, adolatsizlikning avj olishi ro`y berdiki, bu narsa sulolaning keyingi davrida uning faoliyatini qiyin ahvolga solib qo`ydi. O`rta Osiyoda va boshqa xalifalik yerlarida xalifalikka qarshi norozilik kayfiyatlari kuchli edi. Ularning soliq siyosatidan zo`ravonligidan quyi tabaqalar, o`z huquqlarining kamsitilganidan esa yuqori tabaqalar norozi edi. Ummaviylaming hokimiyatini arab aholisi ham qo`llamas edi. Ularning hokimiyatga kelishini turli gumonlar, muxolifat kuchlari noqonuniy deb bilishar edi. Avvalo xorijiylar ularga qarshi bo`lib, xalifalik taxtining merosiy bo`lishini noto`g`ri deb baholar edilar. 718 yildan boshlab maxfiy tarzda Muhammad Payg`ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari o`z g`oyalarini targ`ib qila boshladilar. Ular hoshimiylar urug`i (Payg`ambar shu urug`dan) vakillari hokimiyatga da'vogardirlar deb hisoblashar edilar. Keyinchalik ular o`z kurashlarida shialar bilan birga harakat qila boshlaydilar. Yerga egasiz munosabatlarning rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o`zgarishi ummaviylarning siyosiy sahnadan ketishlarini, ularning avvalgi mavqei tugaganligini ko`rsatib turar edi. Umraaviylar siyosatidan ommaviy norozilik ayniqsa Marvon II (744-750 y.) hukmronlik davrida kuchayib ketdi. Marvon II ning xiroj solig`i miqdorini ko`paytirish va mahalliy xalqlar vakillarini og`ir qurilish ishlariga keng jalb qilishi norozilikning alangalanishiga olib keldi. Movarounnahr va Xurosonda Abbosiylar vakillari katta yet egalarini o`zlari tomonga jalb qilishga harakal qiladilar. Abbosiylar vakillari xalifa Xishom (724743 y.) davridayoq O`rta Osiyoda harakat qila boshlagan edilar. Ularning targ`ibotchilari ta'qib ostiga olinar, ular qo`lga tushgudek bo`lsa, qo'1-oyoqlari kesilar edi. Ayniqsa Nasr ibn Sayyor abbosiylar va shialarning katta dushmani bo`lib ularni doimo ta'qib etib kelar edi. Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim va uning harakati muhim ahamiyat kasb etdi. 746 yil Abu Muslim abbosiylar targ`ibotiga boshehilik qilish uchun Xurosonga yuboriladi. Abu Muslimga Payg`ambar xonadonining ishonchli vakili degan unvon beriladi. O'z tashviqotini Abu Muslim Xuroson zodagonlariga murojaat etish bilan boshlaydi. U Marv shahridan uch farsah g`arbda Xarkon arig`i sohilidagi Safizanj qishlog`ini o`ziga qarorgoh qilib oladi. Abbosiylarning ramziy rangi va bayrog`i qora rangda edi. Shu sababli Abu Muslim va uning tarafdorlari qora kiyim kiyib yurishadi. Xuroson aholisiga murojaatida u Qur'on va hadislarga amal qilishga, payg`ambar avlodlariga bo`ysunishga chaqiradi. Keyinchalik mahalliy zodagonlar ham uni qo`llab-quvvatlay boshlaydilar. Abu Muslim tashviqoti Movarounnahr va Xuroson yerlarida tezlik bilan tarqala borib, uning tarafdorlari soni orta boshlaydi. To`planayotgan otliq va piyodalarga bosh bo`lib, Abu Muslim Moxuvon qafasiga ko`chib o`tadi. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor Abu Muslimga qarshi arab zodagonlari vakillarini birlashtirishga harakat qiladi. Lekin uning barcha harakatlari zoye ketdi. U Abu Muslimga yurak yutib kurash boshlashga qurbi yetmay, 748-yilda Xaroson poytaxti Marvni tashlab chiqib Nishopurga yo'l oldi. Nishopurda unga Abu Muslimning sarkardalaridan biri qaqshatqich zarba berib uni mag`lubiyatga uchratdi. 749-yili Abu Muslim qo`shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qiladi. Iroq va Jazoirda ummaviylarga hal qiluvchi zarba beriladi. Qo`zg`olonchilar poytaxt-Damashqni ham qo`lga kiritadilar. Xalifa Marvon taxtdan ag`dariladi. Abbosiylardan bо`lgan Abulabbos Saffoh (749-754-y.) xalifalik taxtiga o`tiradi. Joylarda Ummaviylaraing barcha vakillari qirib tashlanadi. Shunday qilib arab xalifaligi hokimiyati Abbosiyiar qo`liga o`tadi. 751-yil Buxoro shahrida Shorik ibn Shayhulmahriy boshchiligida qo`zg`olon ko`tariladi. Qo`zg`olonchilar shialik talablarini ilgari surib, Alil avlodidan xalifa tayinlash shiorini ko`tarib chiqishadi. Abu Muslim qo`zg`olonni bostirishda Ziyod ibn Solih boshchiligidagi 10.000 kishilik qo`shin yuboradi. Bu qo`zg`olon faqatgina Buxorxudod Qutayba ibn Tug`shodning yordami bilangina bostiriladi. Abu Muslim O`rta Osiyoning shimoliga kirib kelgan Xitoy iraperatorining qo`shiniga ham hal qiluvchi zarba beradi. 751 yil Talas vodiysidagi xitoyliklar bilan jangda, Xitoy qo`shini haydab chiqariladi. Shu bilan xalifalikning shimoliy chegarasi ham mustahkamlanib, qafiy chegara o`rnatiladi. Xalifalik ta'siri butun O`rta Osiyo hududida asosiy va qonuniy bo`lib qoladi. Garchi Abu Muslim sadoqat ila xizmat qilsa-da, arab hokimiyati unga ishonmas edi. Xalifa unga jangga yuborish haqida noma yo`llab uni markazga kelishga majbur qiladi. 755-yil Haj safaridan qaytayotgan Abu Muslim Xalifa tomonidan xiyonatkorona Bag`dodda o'ldiriladi. Uning o`limi xalq ommasining umumiy noroziligiga sabab bo'ldi. Uning murdasi Samarqandga olib kelinib Xo`ja Temim Ansoriy maqbarasi yoniga katta hurmat bilan ko`miladi. Abbosiy xalifalar davrida xalq ommasining ahvoli yanada og'irlashdi. Sug`orilmaydigan yerlardan hosilning yarmi, sug`oriladigan yerlardan 1/3 qismi soliq olinadigan bo`ldi. Ko`p holda soliqlar bir marotaba o`rniga ikki marotaba ham olinadigan bo`ldi. Ozod jamoalarning huquqlari cheklab qo`yildi. Yerlar zodagonlar tomonidan ijarador dehqon - kadivarlarga bo`lib berila boshlandi. Hamma hashar qurilish ishlarida aholi tekin ishlab berishi lozim edi. Shahar hunarmandlarining ahvoli ham og`ir bo`lib, ular o`z mahsulotlaridan katta soliq to`lashar edi. Shuningdek, og`ir soliqlar ko`chmanchi chorvadorlar bo`yniga ham qo`yilar edi. Shunday bir ahvolda xalq harakatlari kuchayib ketadi. Abu Muslimning o`chini olish shiori ostida uning safdoshi Sumbod boshchiligida qo`zg`olon ko`tariladi. 755 yilda ko`tarilgan bu qo`zg`olon tez orada Xuroson va Tabaristonga ham yoyiladi. 70 kun davom etgan bu qo`zg`olon qattiqqo`llk bilan bostirilib, Sumbod Rayda qatl etiladi. Garchi u qatl etilsa-da, Abu Muslim tarafdorlari yashirin “muslimiya” guruhiga asos soladilar. VIII asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda juda ulkan xalq qo`zg`oloni ko`tariladi. Qo`zg`olonchilar oq rangdagi kiyim kiyganligi uchun tarixda u “oq kiyimlilar” qo`zg`oloni deb ham shuhrat qozonadi. Bu qo`zg`olonning rahbari Muqanna (boshi va yuziga yoping`ich tashlab yurgani uchun unga shunday laqab berilgan) edi. Muqanna Marv atrofi aholisidan,-deyiladi “Buxoro tarixi” nomli Narshahiy asarida, Koza deb atalgan qishloqdan bo`lib, asr nomi Hoshim ibn Haklin edi. U ilgari kudungar (kigiz bosuvchi) lik qilar edi, keyin ilm o`rganishga mashhur bo`ladi va har xil ilmlarni ko`zbo`yamachilik, sehr va tilsim ilmlarini o`rganadi. Ko`zbo`yamachilikni yaxshi bilib olib payg`ambarlik da'vosini ham qiladi. Muqanna ko`zbo`yamachilikni o`rgangan va g`oyatda ziyrak bo`lib, qadimgi olimlar ilmlariga oid ko`p kitoblarni o`qigan va jodugarlikdan ustoz bо`lgan edi. Uning otasini nomi Hakim, u Abu Ja'far davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan bo`lib, asli Balxdan edi”. Qo`zg`olon 776-yili boshlanadi. Muqanna o`zining 36 ta muridi bilan Amudaryodan o`tib, Kesh viloyatiga yo'l oladi. Buxorxudod Tug`shod uni qo`llabquvvatlay boshlaydi. Muqanna Kesh yaqinidagi Som (Sanaro) qal'asini o`ziga qarorgoh qilib oladi. Butun Qashqadaryo vohasi qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi. Muqanna ta`limoti umumiy mulkiy tenglik va arablarni O`rta Osiyodan haydab chiqarish g`oyalarini targ`ibot etar edi. Muqanna ta'limoti So`g`d, Iloq (Oxangaron), Shoshda ham yoyila boshladi. Qo`zg`olonda turli ijtimoiy guruhlar vakillari qatnashib, ulani bir fikr istilochilarini mamlakatdan haydab chiqarish, mustaqil davr barpo qilish g`oyasi birlashtirib turar edi. Qo`zg`olonga zarba berish uchun xalifa Abu Ja'far 776-yilda Jabroill ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga yuboradi. Biroq j Jabroil qo`zg`olonchilariga yengiladi. U katta talofatlar berib bazo'r Samarqandga yetib keladi. 10.000 askar bilan Jabroilga yordamga yuborilgan Uqba ibn Salim Kesh va Samarqand oralig`ida, boshliq 14.000 kishilik qo`shin Termiz yaqinida qo`zg`olonchilar tomonidan tor-mor keltiriladi. Natijada Chag`oniyon qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi. Qo`zg`olon markazi Narshaxda, Buxoro atrofida joylashadi. Shu yili Narshax yaqinida Buxoro hokimi Xusayn ibn Muvoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qo`shini o`rtasida to`rt oy jang bo`ladi. “Oq kiyimlilar” bu jangda qo`llari avval ustun keladi, keyinchalik son jihatdan ko`p bо`lgan arablar Narshax qal'asi devor ostidan uzunligi 50 gazlij chuqur qazib, uni qulatib qal`aga kiradilar. Narshax qal'asi arablar tomonidan egallanadi. Kesh va Samarqand endilikda qo`zg`olonning asosiy markazlariga aylanib qoladi. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vohasi (Qashqadaryo)da juda avj oladi. Muqanna qarorgohi bо`lgan Som (Sanam) qal'asini qamal qilish Xaroshiyga topshiriladi. Uzoq vaqt qamaldan so`ng muqannachilar taslim bo`ladilar (VIII asr 80-yillari boshlarida). O`z davrining eng qudratli davlati bо`lgan xalifalikni larzaga solgan Muqanna boshchiligidagi qo`zg`olon shu tariqa tugaydi. Bu qo`zg`olonning yengilishiga bir necha sabablar bor edi. Avvalo, qo`zg`olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qila olmadilar. Mahalliy zodagonlar alohida guruhni tashkil etib, keyinchalik umumiy xiyonat yo`liga kirib arablar tomoniga o`tib ketdilar. Muqannaning o`zi Sotn: (Sanam) qal'asida bo`lib, bevosita qo`zg`olonga rahbarlik qila olmadi. Uning o`zi umumiy tenglik g`oyasini ko`tarib chiqib, o`zi kichik davlat boshlig`iga aylana bordi. O`zaro urushlar natijasida aholi juda charchadi, ekinzorlar payhon qilindi, iqtisodiy tanazzul boshlana bordi. Muqannadan so`ng uning safdoshlari harakati ham bo`lib o`tdi. Bu qo`zg`olon xalifalik kuchli zayiflashtiradi va boshqa o`lkalarda ham ozodlik harakatlarini chiqishiga turtki bo`ladi. Masalaning yana bir jihati shundaki, islom dinininng ko`p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uni tez orada qabul etilishiga sabab bo`ladi, Qutayba singari uni pul va qilich bilan joriy etish mumkin emas edi. Qachonki islom mohiyatiga yetilgachgina unga rag`bat va e'tiqod kuchayib ketadi. Oliqsoliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur'on va Shariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Islomning xalqparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ldi. Zero, islom dini ma'naviy bo`shliqni tugatdi. Diyorimizda ota-bobolarimiz dini-islom faqatgina mustaqillik sharofati bilan qayta tiklandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk diniy arboblar-Imom al-Buxoriy, Imotn atTermiziy, Imom al- Moturudiy, Burxoniddin al-Marg`inoniy, Abdulxomid G`ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband va boshqalarning tavallud yoshlarining keng miqyosda nishonlanishi, ularning oxirgi manzilgohlarini obod qilib, ziyoratgohlarga aylantirilishi, diniy bayramlarimiz, an'analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi, dindorlarga o`z e'tiqod huquqlarining qaytarib berilishi, qator masjid-madrasalarninng, xalqaro islom tadqiqot markazi, Islora universitetining ochilishlari va boshqa xayrli, savobli tadbirlar musulmon olamining bir qismi bо`lgan O`zbekistonda haqiqatda muqaddas Islom diniga qanchalik ehtirom bilan qaralayotganligining yorqin isboti deb hisoblaymiz. Zero, Prezidentitniz I.Karimovning “Olloh qalbimizda, yuragimizda” nomli risolasida, bizning madamyatimiz, ma'naviyatimiz, o`tmishimiz, islora tarixi, uning qonunqoida va an'analari bilan chambarchas bog`lanib ketganligi alohida ta'kidlab o`tiladi. IX asrga kelib O`rta Osiyo, xususan Movaraunnahrda arab halifaligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bо`lgan intilishlari kuchayib ketdi. Chunonchi, halifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o`g`illari Ma'mun va Amin o`rtasida o`zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy sulola vakillari bu kurashlarga aralasha boshladilar.Hirot viloyatining Bushang shahridan bо`lgan Tohir ibn Husayn o`z nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o`g`li Ma'mun (asli ismi Abdulla bо`lgan) Xurosonning noibi edi. Amin va Ma'mun o`rtasida hokimiyat uchun bo`lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma'mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813-yilda Ma'mun xalifalik markazi Bog`dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821-yilda esa Tohir ibn Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (O`sha davrda Movaraunnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o`zining qarorgohi etib tanladi. U o`zi noiblik qilayotgan viloyatlarni xalifalikdan mustaqil boshqarishni orzu qilar edi. Natijada Tohir xalifaliklar mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Noiblikka o`tirgandan so`ng oradan ko`p o`tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma'munga qarshi ochiqdan ochiq isyoni belgisi edi. Ba'zi manbalarda qayd etilishicha, 822-yilda Tohir ibn Husayn Ma'mun odamlari tomonidan o`ldirildi. Uning o`rniga Talxa ibn Tohir (822-830-y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi, qo`zg`olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim vazifalaridan biri esa o`ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini saylash bо`lgan. Xususan, Tohir dastlabki somoniylar vakillarini Samarqand, Ustrishona, Farg`ona va Shoshga hokim qilib tayinlagan. Talxadan keyin taxtga o`tirgan Abdulloh ibn Tohir o`zigacha bо`lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko`histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma'muriy birliklarga bo`lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bо`lgan. Abdulloh o`z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiyi islohotlar o`tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim ma'lumotlarga ko`ra, Tohiriylar davrida O`rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi. Tohiriylar davlat boshqaruvida turli toifa va qatlamlar mavjud edi-Shunga alohida e'tibor berish kerakki, Tohiriylar qishloq xo`jaligin1 rivojlantirish maqsadida yer-suv masalalariga alohida e'tibor qaratdilar. Shu soha bilan shug`ullanuvchi qonunshunoslar "Kitob alkuniy" nomli qonunlar to`plamini tuzdilar. Bu to`plam yerdan unumli foydalanish va sug`orish tizimi masalalariga qaratilgan edi. IX asrning 60-70-yillaridan e'tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G`oziylar boshchilik qildilar. ("G`oziylar" asosan ko`chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag`al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo`shin). G`oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amir binni Lays boshqardilar, Ular dastlab Seyislonda hokimiyatni qo`lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo`shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e'tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, Yoqub va ; Amir asli hunarmand-misgar-"saffbr" edilar.) qo`liga o`tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movaraunnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movaraunnahrdagi mahalliy hokimlarning o`lkani to`la mustaqilligvni ta'minlash sari harakatlari uchun qulay imkontyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g`oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo`llab quvvatladilar. Chunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko`chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar ediiar. Markaziashgan yagona hamda qudratli daviat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi. Somoniylar davlatiga Somon qishlog`i (Balx yaqinida, ba'zi manbalarda esa, - Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari . asos solgan. Xalifa Ma'munga bo`lgan sadoqatlari evaziga 819-820-yillarda Sotnonxudotning nabiralari Nuh Samarqandga, Ahmad Farg`onaga, Yahyo Choch va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga hokirn etib tayinlandilar, 839-840-yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi. U SO`g`dning bir qismi va Farg`onaga hokim bo`lib oldi. Lekin somoniylar davlatini bunyod etishda Ahmadning hissasi ko`proq bo`ldi. Uning Nasr, Ya'qub, Yahyo, Asad, Ismoil, Is'hoq va Homid ismli o`g`illari bor edi. Nuh ibn Asad 842 yili vafot etgach, Samarqandni ukalari Ahmad va Yahyo boshqardi; keyin hokimlik Nasr (865-892) Ro`liga o`tdi. 859-yilda Yahyo ibn Asad vafot etgach, Choch va trushona Ahmadning ikkinchi o`g`li Ya'qubga nasib etdi. Keyin ashabbus Ismoil ibn Ahmad qo`liga oHdi. Buxoroda tohiriylar mavqei sust edi. 874 yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmad (849-892)ni hokirn qilib jo`natadi. Nasr Movaraunnahrda markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Xalq bu ishda unga xayrxoh edi. 875-yilda u Shovga (Turkiston yaqinida)ni qo`lga kiritdi. Xalifa Mu'tamiddan Movaraunnahrni boshqarish uchun yorliq olishga muvaffaq bo`ldi. Bu paytda Buxoroda kuchayib ketgan Ismoil akasiga tobe' bo`lishni istamadi. 888-yili ikki o`rtadagi jangda Nasr yengildi. 892-yilda Nasr vafot etgach, Ismoil Movaraunnahrning yagona hukmdori bo`lib qoldi (892-907). 893 yilda u Tarozni, so'n Ustrushonani qo`lga kiritdi. Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida Arab xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o`rniga safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etibj tayinlash haqida yorliq jo`natadi. Ismoil 899 va 900 yillardagi harbiy to`qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo`shinlarini tor-mor keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo`ldi. Shunday qilib, Xorazm, Isfijob, Chag`oniyon va Xuttalondan tashqari (ularning hokimlari somoniylarga tobe' edilar). ulkan hudud (Movarounnahr va Xuroson) somoniylar tomonidan bo`ysundirilgan edi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar. 992-yili Qoraxoniylar xoni Bug`roxon Buxoroni egalladi. Xurosonda Abu Ali Simjuriy va Balxda Foyiq amirga qarshi isyon ko`tardi. Nuh II yordam so`rab G`azna hokimi 1 Sabukteginga murojaat etadi. Sabuktegin 20.000 nafarli qo`shin bilan kelib, Simjo`riy va Foyiq kuchlarini tor-mor keltiradi. Sabuktegin bu xizmati uchun xalifadan "Nasir-ud-din va ad-davia" (dinu davlat homiysi), uning o`g`li Mansur esa "Sayf- ud-davla (davlat shamshiri)" laqabini oladi. 997 yili Nuh II ham, Sabuktegin ham vafot etadi. Nuh II ning o`g`li I Mansur ibn Nuh (997-999)ga qarshi Nishopur hokimlari Bektuzin va Foyiq isyon ko`tardilar. Amirning Mansurga e'tiqodi zo`rligini nazarda j tutib, isyonchilar amirning ko`ziga mil tortadilar. Mansur ibn Nuhl vafotidan so`ng uning ukasi Abdulmalik II ibn Nuh Buxoro taxtiga o`ltirdi. Mahmud intiqom bahonasida Bektuzin va Foyiqqa qarshi qo`shinl tortib butun Xurosonni bosib oldi. Abdulmalik ibn Nuh qo`lida faqat 1 Movaraunnahr qoldi. Ko`p o`tmay qoraxoniylar xoni Nasr Iloqxon Buxoroni zabt etdi-Amir xonadoni asirga olindi. Somoniylar davlati tugatildi. Somoniylar Movoraunnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy hukmroniigi davrida kunning doizarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy Vlovaraunnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo`ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar O`tkazdi. Mana shunday isiohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatini joriy qilish bo`ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon (harbiy -fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda Sosoniylar Eron va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi. Hokimiyatning eng yuqori pog`onasida somoniylar turib, ular amir unvoni bilan davlatni idora qilganlar. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma'rifatli vazirlari Abuabdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning xizraatlar katta bо`lgan. Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrtda vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmuini dargoh va devonlarga boMinishi ma'lum darajada rasmiy bо`lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko`p xollarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat "Sohibi xoras" qo`li ostida bо`lgan. Sohibi Xoras Amirning farmonlari bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda Sharbatdorlar, Dasturxonchilar, Tashtadorlar, Otboqarlar, xo`jalik beklari kabi turli xizmatchilar bо`lgan. Saroydagi hamma xo`jalik ishlarini "vakil" boshqargan. Vakil saroydagi e'tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida o`n devonga Buxoro registonida o`nta maxsus bino qurilgan. Devonlar orasida vazir yoki "xo`ja buzurg" devoni alohida o`rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo`ysungan. U hamma «na'muriy, siyosiy va xo`jalik mahkamalarini nazorat qilgan. Davlatni idora etishda "mustaufiy devon" ham muhim ahamiyatga ega bо`lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan. Umaviylarga qarshi umumiy norozilik ayniqsa xalifa Marvon II (744-750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig`i miqdorining oshirib yuborilgani hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo`ladi. Umaviylarga qarshi kurashga da'vat qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga ko`plab targ`ibotchilar yuboradilar. 746-yilda shunday targ`ibotchilardan biri Abu Muslim Xurosonga keladi. U Xuroson aholisiga murojaat qilib, payg`ambar avlodlarini quvvatlashga chaqiradi. Dastlab arab zodagonlari,so'ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo`llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Go`yo mamlakat aholisining barcha katta-kichigi arablarga qarshi qo`zg`algandek bo`ladi. Qo`shin avval Abu Muslim qarorgohi Moxuvon qal`asida to`planadi. Abu Muslim qo`shiniga kelib qo`shilgan kishilar ro`yxatga olinib, ularga avval uch dirhamdan, so`ngra esa besh dirhamdan maosh to`lanadi. Qizig`i shundaki, ro`yxatdan o`tgan kishilarning katta qismi har tomondan kelgan qullardan iborat edi. Bu davrda ham qullar aholi o`rtasida eng quyi tabaqa hisoblanib, ular bilan bir safda turish boshqa tabaqa vakillariga or tuyulganligi hisobga olinib, Abu Muslim qullar uchun Shavval qishlog`ida maxsus joy tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ`ibotchini boshliq qilib tayinlaydi. Qo`zg`olonchilar safida arab zodagonlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy mulkdor dehqonlari, xalifalik Sharqidagi mazlum aholi, shahar hunarmandlari va qishloq kadivarlari hamda qullar bor edi. Bularning maqsadlari ham har xil edi. Arab zodagonlari hokimiyatni abbosiylarga olib berib, mamlakatda o`z mavqelarini ko`tarmoqchi edilar. Mahalliy mulkdorlar mamlakatda siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish va iloji topilsa, mamlakatni xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilishni maqsad qilib olgan edilar. Abu Muslimning o`zi ham, shubhasiz, xuddi shu kuchning vakili edi. Mehnat ahli umaviylarning zulmi, og`ir soliqlar va uzluksiz majburiy hasharlardan, qullar esa qullik kishanlaridan qutulish orzusida edilar. Bu ezgu umidni ro`yobga chiqarish uchun zulmkorlarga qarshi kurashish yo`liga astoydil otlanib, bellarini mahkam bog`lagan edilar. Shu tariqa qo`zg`olonchilarning soni kun sayin oshib bordi. 100 ming nafar lashkar yig`ilgan edi. Ularning deyarli hammasi qora libosda edilar. 748-yilning boshida Abu Muslim boshlanishi Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Garchi xalifa Marvon o`z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo`zg`olonchilarga qarshi safarbar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi. 749-yilda Abu Muslim boshliq qo`zg`olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo'1 oladilar. Poytaxt qo`lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag`dariladi. Uning o`rniga abbosiylar xonadonidan bo`lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko`tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo`liga o`tadi. Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan.. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va'dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag`dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro`yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. U deyarli mustaqil siyosat yurita boshlaydi va barqaror tinchlikni saqlab turish yo`lida bir qator ishlarni amalga oshiradi. Yangi sug`orish tarmoqlarini bunyod etadi, qal`alar bino qiladi. Karvon yo`ilarini tartibga keltiradi. Biroq abbosiylar va ularmng Xurosondagi noibi Abu Muslim hukmronligi vaqtida Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va boshqa viloyatlarda mehnatkash ommaning ahvoli yaxshilanmadi. Bu davrda ham xalq ikki yoqlama bir tomondan arab zodagonlari, ikkinchi tomondan esa abbosiylar bilan til biriktirgan mahalliy mulkdorlar zulmi ostida qoldi. Bunday og`ir ahvol xalq noroziligini kuchaytirib, yangi sulolaga nisbatan uning g`azabini uyg`otdi. Mehnatkash aholi o`rtasida abbosiylarga qarshi qo`zg`olon ko`tarish kayfiyati paydo bo`ladi. Bunday qo`zg`olonlardan biri 750-yilda Buxoroda bo`ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan arang qo`zg`olonni bostirdi. Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy imperatorining qo`shinlari Turkistonga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan Ziyod ibn Solih boshchiligida yuborilgan arab va sug`d, turklardan iborat harbiy kuch 751-yilda Talos vodiysida Xitoy qo`shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi. Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo`lsa-da, ammo Abbosiylar unga ishonmas edilar. Ularning nazarida Abu Muslim xalifalik taxtining da'vogaridek bo`lib tuyular edi. Undan hatto qattiq qo`rqar ham edilar. Shu boisdan ular Abu Muslimni yo`qotish payiga tushdilar. Nihoyat 755-yilda qurolsiz va yolg`iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug`iga binoan o`ldiriladi. Abu Muslimning o`ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo`ladi. 750- yilda Arab xalifaligida hokimiyat ummaviylardn abbosiylar qo`liga o`tadi. Abbosiylar — Muhammad (s.a.v.) avlodidan chiqqan, 750-1258 yillarda Arab xalifaligini boshqargan sulola. Umaviylar — Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan sulola. Arablarda VII asr boshlarida siyosiy tarqoqlik nihoyatda kuchaydi. Arabistonda sodir bo`lgan bunday ijtomoiy va siyosiy vaziyat, mamlakatning birlashuviga olib keldi. Bunday harakatlar -ning asosiy tarfdori bo`lib, shaharlarning savdogar va hunarmand aholisi ko`tarildi. Bu harakat buyuk va birdan-bir haq yo`l – yagona e`tiqodga da`vat qilishdan boshlandi.Bu yakkaxudolik dini bo`lib, tarixda u “itoat” , “tabelik” va “bo`yin egish” m`nolarini anglatuvchi “islom” nomi bilan shuhrat topadi.Buyuk va yagona tangri – Ollohning Yerdagi rasuli sifatida Arabistonning yirik markazi Makka shahrida duntoga kelgan Muhammad binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari O`zlarini “muslim” (musulmonlar) ning xudo oldida teng ekani, rizqro`zni barchaga Yaratguvhining o`zi yetkazib berishi hamda jamiyatda adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ`ib etadilar. Dastavval o`z ona shahrida muvaffaqiyat qozona olmagan Muhammad 622-yil 16-iyulda Makkadan Madina shahriga hijrat qilishga majbur bo`ladi. Xuddi shu kundan boshlab musulmon Sharqida qabul qilingan hijriy yil hisobi boshlanadi. Shunday qilib, islom bayrig`i ostida Makka shahrida boshlagan tavhidlik dini targ`iboti Madinaga ko`chadi va bu shahar kurashning markaziga aylanadi. Muhammad vafot etgach, avval Abu Bakr (632-634), so`ngra Umar (634644), Usmon (644-656) va Ali (656-661) lar “xalifa”, ya`ni “o`rinbosar” deb e`lon qilinadi.Ular hukmronlik qilgan davrda Arabiston islom dini to`la g`alaba qozonib, tarixda ilk bor o`ta markazlashgan musulmon davlati – Arab xalifaligi tashkil topadi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron bo`ysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylandi. Shuni ta’kidlash o`rinliki, arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida islom islom aqidalari, e`tiqod talablari, shariat ahkomlari, huquqiy va axloqiy me`yorlarni o`z ichiga qamrab olgan yangi mafkuraviy boy va o`ta nodir manbai – Qur`oni Karimning ahamiyati nihoyatda buyuk bo`ldi. Ko`p mamlakatlar bo`ysundurilib, behisob o`ljalarga ega bo`lgan Arab xalifaligi harbiy yurushlarni G`arb va Sharqqa tomon kengaytishga harakat qiladi. 651-yili arabalar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Bu yerda o`rnashib olgach, arablar Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni bosib olishga tayyorgarlik ko`radilar. Movarounnahrni zabt etishning boshlanishi. Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar Movarounnahr, ya`ni “daryoning narigi tomoni” deb ataganlar. Hozirgi Afg`onistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlar esa Xuroson deb yuritiladi. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Movarounnahrga bo`lgan hujumlar Xuroson noibi tomonidan uyushtirilar edi. Arablar Movarounnahrga datlab uni bosib olish emas, balki harbiy jihatdan tayyorgar ko`rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg` va 667-yilda Chag`aniyondan boshlanadi. Narshaxiyning yozigacha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o`tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro sharifini qamalga oladi. Yordamga kelgan turklar va buxoroliklarning birlashgan qo`shinlari jangda arablardan yengiladi, bir lak (yuz ming) dirham hajmda boj to`laydi. Bojdan tashqari arablar to`rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko`p o`ljalar bilan Marvga qaytadilar. Oaradan uch yil o`tgach, Xuroson noibi Said ibn Usmon boshliq arab qo`shinlari yana Buxoroga bostirib kiradilar. Sug`d, Kesh va Nasaf viloyatlaridan yordamga kelgan bir yuz yigirma mingli harbiy kuchga suyanib Buxoro malikasi dushman bilan jang qilish uchun o`z qo`shinini safga tortadi. Biroq, sug`dliklar vahimaga tushib Buxoroni o`z taqdiriga tashlab, jang maydonidan chiqib ketadilar. Natijada malika katta boj to`lab, malikazoda va dehqon aslzodalardan 80 nafarini garovga berib, yana sulh tuzishga majbur bo`ladi. Said ibn Usmon Buxorodan Samarqand sari qo`shin tortadi. Bir oydan oshiqroq davom etgan jangda sug`dliklar qahramonona qarshilik ko`rsatadilar. Said ular bilan sulh tuzib, kelishishga majbur bo`ladi. Samarqanddan u o`ljalar bilan bir qatorda 30 ming nafar asir olib qaytadi. Yo`l-yo`lakay u Termiz shahrini egallaydi. Shunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon qilgan dastlabki yurishlari aslida ayrim sarkardalarning boylik orttirish maqsadida o`zboshimchalik bilan amalga oshirgan talonchigidan iborat edi. Natijada, Movarounnahrning bir qator viloyatlari talanib , vayron etiladi. Shubhasiz, arablarning talonchilik yurishlariga qarshi kurashish maqsadida Movarounnahrning mahalliy hukmdori o`rtasida harbiy ittifoq tuzish uchun urinishlar bo`lgan. VII asrning 80-yillari boshlarida ular hatto Sirdaryo etagida Xorazm yaqinidagi shaharlardan birida bir necha bor to`planadi. Biroq, o`zaro siyosiy nizolarni to`xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashish to`g`risidagi ularning sa`yi harakatlari amalgam oshmadi. Chunki Movarounnahrning siyosiy tarqoqligi hamda mahalliy hokimlar o`rtasida nizolar bunga halaqit beradi.Bunday vaziyatdan esa arab lashkarboshlari ustalik bilan foydalanadilar. Poykand fojiasidan keyin beshafqat Qutayba boshliq bu havfli dushmanga zarba berib, uni dafn qilish maqsadida Sug`d podshosi Tarxun , Buxoro hukmdori Xunukxudot va Shopurkom hokimi Vardonxudot boshliq katta harbiy kuch hamda iqrq ming lashkar bilan yordamga kelgan turklar Tarob va Romitan oralig`ida to`planadilar. Ittifoqchilar Qutayba qo`shinini qurshovga oladilar. Uning ahvoli nihoyatda tanglashadi. Undan halos bo`lish uchun Qutayba o`ta makkorliok bilan hiyla ishlatib, Movarounnahrning viloyat hokimlari ustidan birin-ketin g`alaba qozona boshlaydi. 707-709-yillar mobaynida u Buxoro va uning atroflariga bir necha hujumlar qiladi, ko`pdan-ko`p qal`alar va obobd yerlarni bosib oladi. Buxoro viloyatiga hokim qilib u buxorxudot Tug`shadani va unga amir qilib o`z yaqinlaridan birini tayin etadi. Amir buxurxudot ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshi, aholiadn soliq undirish va uni o`z vaqtida xalifalikka yetkazib berish kabi vazifalarni bajarar edi. Sulh shartnomasiga binoan buxoroliklar har yili xalifalikka ma`lum miqdorda boj to`lash, uylarning yarmini arablarga bo`shatib berishga majbur edilar. Qutayba Buxoro shahrining ibodatxonasini jome masjidga aylantirib, sug`diy tili va xadita bitilgan “otashparastlikka” oid asarlarni yoqotadi. Ibodat qilish uchun masjidga qatnagan mahalliy aholining har biriga ikki dirhamdam pul hadya qilib, ularni islom diniga tortishga harakat qildi. Manbalarda ta`kidlanishicha, ikki dirham olish uchun ko`proq kambag`allargina qiziqar edilar. Ammo boylar pulga ham qiziqmas va masjidga ham bormasdilar. 710-yilda Qutayba Shuman, Nasaf va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko`rardi. Biroq, Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelagan qulay fursat Qutaybani Sug`d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo`shin tortishga jalb etadi. Xorazm shohi Chag`on va Hurzod boshliq xalq qo`zg`alonidan qo`rqib, 711-yilda yordam sorab Qutaybaga murojaat qiladi. Garchi dushman qo`li bilan Hurzod tor-mor qilinib, o`ldirilsa-da, ammo Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o`z mustaqillgini yo`qotib, xalifalikni bojdoriga aylanadi. Uning qo`shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur edilar. Sug`d yurishi. 712-yilda Qutayba arablardan tashqari Buxoro va Xorazm qo`shinlari bilan Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ishxid Tarxun taxtdan tushirilib, unung o`rniga Gurak (709-738) Sug`dga podsho qilib ko`rsatilgan edi. Bu, shubhasiz sug`diylarning arablarga qarshi olib borgan kurashi tarixida muhim voqea bo`ldi. Chunki u zamonasining vatanparvar siyosatdon arbobi bo`lib, hukmronligi davrida imkoni boricha, arablarga qarshi g`ayrat bilan kurash olib bordi. Guzak Qutaybaga qarshi chiqadi. Kattqo`rg`on bilan Karmana oralig`ida Arbinjon mavzeida shiddatli jang bo`ladi. Ammo Gurakning kuchi ojizlik qilib, Samarqandga chekinishga majbur bo`ladi. Sug`diylar Shosh podshohi, turklar hoqoni va Fag`ona ixshidiga (hokimiga) elchilar yuborib, yordam so`raydilar. Turk xoqoni saralangan qo`shin yuboradi. Ammo Qutayba yordamga kelayotgan kuchlarni birlashmaslikka harakat qiladi. Ularning yo`lini tosib, qo`qqisdan hujum qiladi va tor-mor keltiradi. Bu g`alabadan so`ng Qutayba Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Samarqand qamalga olinadi. Arablar shahar devori qarshisiga 300 manjaniqlar (tosh otish moslamasi) o`rnatib, unga rahna urish uchun kecha-yu kunduz devorni teshishga kirishadilar. Sug`diylar bir oy davomida shaharni qahramonona mudofaa qiladilar. Kamonda o`q uzib, tashqariga chiqib, shiddatli janglar qilib dushmanga katta talofat yetkazadilar. Shunday bo`lsa-da, Samarqand taslim bo`ladi. Gurak bilan Qutayba o`rtasida sulh tuziladi.Sulh shartnomasiga muvofiq Gurakning arablarga bir yo`la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida bij to`lash, 30 ming nafar odam berish, shaharda birorta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni bo`shatib, unda minbari bilan masjid bino qilish, otashparastlik ibodatxonasini buzib, butlarini topshirish kabi shartlarni bajarishi lozim bo`ladi. Bularning evaziga Qutayba Gurakni Samarqand, Kesh va Naqshabga hokim qilib tayin etadi. Shunday qilib, u arablarga mute noib bo`lib qoladi. Garchi Samarqand bosib olinsa-da, ammo Sug`dning katta qismi arablarga bo`ysunmaydi. Sug`dliklar esa o`zlarini mag`lub his etmaydilar. Shuning uchun ulardan hayiqqan Qutayba Samarqandda ma`lum miqdorda harbiy kuch qoldirib, o`zi yurishni davo, ettiradi. Choch, Farg`ona va Xo`jandning arablar tomonidan zabt etilishi. Mug` tog`idan topilgan hujjatlardan ma`lum bo`lishicha, Qutayba o`zining keyingi yurishlarida Choch, Farg`ona va Turk xoqonligidan iborat yana bir harbiy ittifoqning qarshiligiga duch keladi. Tabariyning yozishicha, 713-yilda Qutayba qo`shin saflarini butlash maqsadida Buxoro, Kesh,Nasaf va Xorazm aholisidan 20 ming askar to`plab berishni talab qiladi. Yig`ilgan katta qo`shin ikkiga ajraladi. Uning Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm qo`shinlarining birlashmasidan iborat birinchi safi Choch viloyatiga, o`zi boshliq asosiy kuch esa Ustrushona va Xo`jand oralig`i Farg`ona vodiysi tomon yo`l oladi. Choch vohasi bosib olinib, Chochning poytaxti Madinat as-Shosh, juda ko`plab qal`a va qo`rg`onlar hamda qishlog`larga o`t qo`yilib, vayron etiladi. Qutayba Usturshona va uning soylik va adirlarida janglar qilib, Xo`jand va Kosonni zabt etadi. 714-yilda u Choch va Turk xoqonligi kuchlarini ajratib, ittifoqchilarning birlashuviga yo`l qo`ymaslik maqsadida Isfijobga yurish qiladi. 715-yilning boshida esa Farg`ona vodiysi uzil-kesil egallb, Qoshqarga kirib boradi. Hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlaydi. Osha yili xalifa Vohid vafot etadi. Uning o`rniga Qutaybaning g`animi Sulaymon xalifalik taxtiga o`tiradi. Bundat qismatdan norozi bo`lgan Qutayba yangi xalifaga qarshi isyon ko`taradi. Lekin u 715-yilda Farg`onada askarlar tomonidan o`ldiriladi. Shunday qilib, o`n yil davomida muttasil olib borilgan qonli jang-u jadallar oqibatida Movarounnahr Arab xalifaligiga bo`ysundirilgan bo`lsa-da, ammo uning mag`rur aholisi o`zini butkul tobe etilgan deb hisoblamaydi. Shu boisdan bu erksevar mamlakat xalqidan xavfsiragan Qutayba har yili kuzda Jayhundan qayta kechib, Sug`d va Chichdan uzoqda, Xuroson diyorida xotirjam qishlar va bahor kirishi bilan yangi kuch top`lab, yana Movarounnahrga hujum boshlar edi. Movarounnahrni arablar tomonidan osonlik bilan zabt etilishining sabablari. Avvalombor, mamlakatda hukm surgan siyosiy parokandalik va viloyat hukmdorlari o`rtasida o`zaro ziddiyatlar bosqinchilarga juda qo`l kelgan. Bunday vaziyatdan ular ustalik bilan foydalana oladilar. Movarounnahrga bostirib kirilgan kundayoq arablar viloyat kuchlarini birmashuviga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rdilar va buni uddasidan chiqa oldilar.o`zaro olishayotgan hukmdorlarning biriga ikkinchisini yengishi uchun yordan ko`rsatib, har ikkisini birin-ketin bo`ysundirdilar. So`ngra ular kuchidan boshqa viloyatlarni ishg’ol qilishda foydalandilar. Sug`dni zabt etishda Qutayba arab qo`shini bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning harbiy kuchlaridan foydalangan edi. O`n yil davom etgan jang-u jadallarda saflari siyraklashib qolgan qo`shinga muttasil yangi-yangi harbiy kuchlar xalifalikning ichki viloyatlaridan safarbar etilib turildi. Nihoyat arabistonlik fotihlarga keskin qarshilik ko`ratib, ular bilan shiddatli jangler olib borgan Movarounnahrning mehnatkash xalqi o`z hukmdorlari tomonidan bir necha bor xionona sotqinlikka uchradi. Xalq ommasining mustaqillik yo`lida dushmanga qarshi olib brogan kurashida bosqinchilik qilish o`rniga ularning aksariyat bosqinchilarning tagi puch va`dalariga uchib, arablarga taslim bo`lishni afzal ko`rdilar. Shu sababli ham vatanparvar xalqimizning arabistonlik fotihlarga qarshi qahramonona kurashlariga qaramay, xalifalik Movarounnahrni bosib olishga muvoffaq bo`ldi. Izohli lug’at 1. Movarounnahr (arabcha — daryoning narigi tomoni) 2. zakot-soliqning bir turi bo’lib molning qirqdan biri tarzida olinadi 3.Jizya-jon solig’i 4. Devon- vazirlar mahkamasi 5. Devonbegi- bosh vazir 6. Oq kiyimlilar- 769-783-yillardagi Muqanna boshchiligidagi qo’zg’olon . O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI “MA‘MUN-UNIVERSITETI” NTM “TASDIQLAYMAN” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _________ N.Sh.Xudaynazarov “____” _____________ 2022-yil “O‘ZBEKISTON TARIXI” FAN DASTURI Bilim sohasi: 200000–San’at vа gumanitar soha Ta’lim sohasi: 220000 – Gumanitar fanlar (tillardan tashqari) Ta’lim yo‘nalishi: 60220300- Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha ) Xiva -2022 Mazkur fanning o‘quv dasturi Ma’mun-Universiteti Nodavlat ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan 2022-yil “___” ____________ dagi №___ bayonnomaga asosan tasdiqlangan. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _____________ N.Sh.Xudaynazarov O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: ______________ A.A.Nurjonov Mazkur o`quv dastur Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Kengashining 2022yil “____”_______ dagi yig’ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan. (_-sonli bayonnoma). Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani: _______________ PhD.S.B.Xodjayev Mazkur o`quv dastur “Tarix va psixologiya” kafedrasining 2022-yil “___” _______dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan (_sonli bayonnoma). “Tarix va psixologiya” kafedrasi mudiri: _______________ PhD.,dots.U.M.Abdalov FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT Fan/modul kodi UZTB129 O‘quv yili 2022-2023, 2023-2024, 2024-2025. Fan/modul turi Majburiy 1 Fanning nomi O‘zbekiston tarixi Semestr 1,2,3,4,5,6. Ta’lim tili O‘zbek Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) 1-semestr – 60 2-semestr – 90 3-semestr – 60 4-semestr – 60 5-semestr – 60 6-semestr – 60 ECTS – Kreditlar 30 1-semestr – 8 2-semestr – 5 3-semestr – 4 4-semestr – 4 5-semestr – 5 6-semestr – 4 Haftadagi dars soatlari 1-semestr – 4 2-semestr – 6 3-semestr – 4 4-semestr – 4 5-semestr – 4 6-semestr – 4 Mustaqil ta`lim Jami (soat) yuklama (soat) 1-semestr – 180 900 2-semestr – 60 3-semestr – 60 4-semestr – 60 5-semestr – 90 6-semestr – 60 2 I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad – tarixning davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligi, jamiyat rivojlanishida davlatchilikning muhim voqea hisoblanishi, tarixning keyingi taraqqiyoti bosqichida fuqarolik jamiyatning paydo bo‘lishi bilan fan, texnika, madaniyat, axborotlar o‘zlashtira borish, ularni jamiyatga bog‘lik bo‘lgan hodisalarni ko‘rsatishdir Fanning vazifasi – jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uyg‘unlik farqlarini ajratish, tarix fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga ko‘rsatib berish, tarix fanining asosiy yo‘nalishlarini tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda tarix fanining o‘rnini tushuntirishdan iborat. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: O‘ZBEKISTON TARIXI I QISM (O‘zbekistonning eng qadimgi davridan to IX asrgacha) 1-mavzu. Kirish. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, manba va asoslari. O‘zbekiston tarixi fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o‘rni. Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Fanning uslubiy, ilmiy-nazariy, g‘oyaviy va falsafiy asoslari. O‘zbekiston tarixining ilmiy-uslubiy tamoyillari hamda dolzarb maslalalari. O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirish. Jahon tarixini davrlashtirish to‘g‘risidagi nazariyalar.Manbashunoslik va tarixshunoslik masalari. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlaridagi tarix, tarix fani va uning metodologiyasiga oid ilmiy-nazariy masalalar, tamoyil va yangicha yondashuvlar. Markaziy Osiyoda tarixiymadaniy merosga munosabat, zamonaviy muammolar va ayrim yondashuvlar. 2-mavzu. O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri. Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. Antropogenez jarayoni. Paleolit – qadimgi tosh davri tarixi. Mezolit – o‘rta tosh davri tarixi. Neolit – yangi tosh davri tarixi. Eneolit – mistosh davri tarixi. 3-mavzu. Bronza davri tarixi Bronza davri va bronza qurollarning xususiyati. Ziroatchilik va chorvadorlar madaniyatlari doirasining kengayib borishi. Ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar. Aholi va etnik jarayonlar. 4-mavzu. O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilishi. Boshqaruv tizimi va ilk davlatlar paydo bo‘lishining ijtimoiy, iqtisodiy, va siyosiy asoslari. Davlatchilik kelib chiqishiga doir nazariyalar. Davlat turlari va shakllari. Boshqaruv tizimi. 5-mavzu. “Avesto” va zardo‘shtiylik “Avesto”ning tarixiy manba sifatidagi o‘rni. “Avesto” tili. “Avesto” va zaratushtra. “Avesto”da geografik-hududiy nomlar, ijtimoiy-iqtisodiy ma`lumotlar va siyosiy tarix. Diniy falsafa va dafn etish marosimlari. Axloqiy va huquqiy qoidalar, jinoyat va jazo turlari. 6-mavzu. Qadimgi davlatlar tarixi Qadimgi fors bitiklari va ilk yunon manbalarida tarixiy – madaniy viloyatlar va qadimgi davlatlar. Farg‘ona va Choch. Qadimgi Baqtriya. So‘g‘diyona. Qadimgi Xorazm. Sak-massagetlar. Ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar. 7-mavzu. O‘rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida (mil.avv. VI-IV asrlar) Yozma manbalar. Ahamoniylar saltanatining tashkil topishi va O‘rta Osiyoni bosib olishi. Kir II va Doro I ning bosqinlari. To‘maris va SHiroqning jasoratlari. Frada qo‘zg‘oloni. Ijtimoiy–iqtisodiy hayot. Satrapliklardagi boshqaruv tizimi. Ahamoniylar davrida xo‘jalik, shaharlar, hunarmandchilik va savdo. Madaniy aloqalar. Madaniyat va din. 8-mavzu. Makedoniyalik Aleksandrning Baqriya va So‘g‘diyonaga yurishlari. Yozma manbalar. Arrian, Kurtsiy Ruf hikoyalari. Strabon “Geografiyasi” ma`lumotlari. Siyosiy voqealar. Makedoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari. Aleksandr va Spitaman. Yunon-makedonlarga qarshi kurash. Tarixiy geografiya. 9-mavzu. O‘zbekistonning antik davr davlatchiligi. Salavkiylar va Yunon–Baqtriya davlatlari Makedoniyalik Aleksandrning vafoti va saltanatning parchalanishi. Ellin davlatlarining tashkil topishi. Salavkiylar davlati. Salavka va Antiox davrida xo‘jalik va madaniy hayot. Salavkiylar davlatining kuchsizlanishi va parchalanishi. Salavkiylar davrida ellin madaniyatining tarqalishi va aralash madaniyatning shakllanishi. Yunon–Baqtriya podsholigi, hududi va chegaralari. Ellin madaniyatining xususiyatlari. 10-mavzu. Xorazm, Qang‘, Davan, Yuechji–Kushon va Kushon davlatlari Xorazm davlati: shaharsozlik va me`morchilik. Ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlar. Tasviriy san`at, yozuv va din. Qang‘ davlati: manbalar, tashkil topishi va chegaralari. Ijtimoiy tuzum, xo‘jaligi va shaharlari. Davan davlati: manbalar, chegaralari. Ijtimoiy–iqtisodiy hayot. Davan – Xitoy munosabatlari. Yuechji–Kushon va Kushon davlati. Kushon saltanatining tashkil topishi. Kanishka hukmronligi. Kushon, Xitoy, Rim munosabatlari. Kushonlar davri madaniyati. Kushon yozuvi. Kushonlar davri Shimoliy Baqtriya shaharlari. 11-mavzu. Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar davlati. O‘rta Osiyoda “dehqonlar” tabaqasining vujudga kelishi. Kadivarlar, kashovarzlar, chokarlar. IV asrning 70-yillarida Xioniylar davlatining tashkil topishi. Xioniylar va Eron sosoniylari davlati o‘rtasidagi munosabatlar. O‘rta Osiyoga toxar kidariylarning (V asrning 20-yillarida) kirib kelishi va o‘z hukmronligini o‘rnatishi. V asrning o‘rtalarida Eftaliylarning O‘rta Osiyoga kirib kelishi. V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida Eftaliylar davlatining tashkil topishi. Hududi. Eron sosoniylari ustidan g‘alabasi. Eftaliylar davrida ijtimoiy- iqtisodiy hayot. 12-mavzu. Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyo. Turk xoqonligining tashkil topishi. Turk xoqonligining Eron va Vizantiya bilan munosabatlari. Turk xoqonligining boshqaruv tartibi. Sharqiy turk davlati va G‘arbiy Turk xoqonligi. G‘arbiy xoqonlikning kuchayishi. Ijtimoiy hayot. G‘arbiy Turk xoqonligi va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy-savdo aloqalari. Buxorodagi Abruy boshchiligidagi qo‘zg‘olon. Samarqand ixshidlarining siyosiy nufuzi. Ma’muriy birliklar. Samarqand (Kan), Buxoro, Maymurg‘, Ishtixon, Kushoniya, Omul, Andxoy, Kesh, Naxshab mulklari. So‘g‘dning xo‘jaligi va ijtimoiy hayoti. So‘g‘d ixshidlarining ajdodlari ibodatxonasi. Farg‘ona, Xorazm va Chochning mustaqil hokimliklari. Farg‘ona afshinlari. Xorazmning afrig‘iy podsholari. Xorazmning Sharqiy Yevropa bilan savdo aloqalari. Choch tudunlari va Iloq dehqonlari. Choch va Iloqning xo‘jaligi va madaniy hayoti. Qazilma boyliklari. Savdo aloqalari. 13-mavzu. Arab xalifaligi davrida Movaraunnahr va Xuroson. Ilmiy manbalar va tarixshunoslik. VI-VII asr boshlarida Arabiston yarim oroli va arab qabilalari. Muhammad (s.a.v.). Chahoryorlar. O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath etilishi. Movaraunnahr va Xuroson arab xalifaligi hukmronligi ostida. Arab xalifaligi istilosining oqibatlari. Islom dini va uning O‘rta Osiyoga tarqatilishi. Ma`naviy madaniyatdagi o‘zgarishlar. Arab xalifaligining mustamlakachilik, soliq siyosati. Arablar bosqinidan so‘ng Movarounnahr va Xurosonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Movarounnahr va Xurosonda arablar bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari. Abu Muslim qo‘zg‘aloni. Sharik ibn Shayx ul-Mahriy qo‘zg‘aloni. Muqanna qo‘zg‘aloni. Movarounnahr va Xurosonda arab xalifaligi hukmronligiga qarshi xalq ozodlik harakatlarining oqibatlari. O‘ZBEKISTON TARIXI II QISM (O‘zbekiston tarixining IX asrdan – XIV asrgacha bo‘lgan davri) 14-mavzu. Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Safforiylar davlati. Mavzuning manbalari. Mustaqil davlatlarning vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar. IX asrning birinchi choragida xalifalikdagi ijtimoiy siyosiy ahvol. Tohir ibn Husayn va tohiriylar davlati. Tohiriylar davrida ijtimoiy hayot. Tohiriylarning ma`muriy boshqaruv tizimi. Tohiriylar davlatining mag‘lubiyatga uchrashi. Safforiylar davlatining tashkil topishi. Yoqub ibn Lays. Amr ibn Lays. Safforiylar davrida ijtimoiy iqtisodiy hayot. 15-mavzu. Somoniylar davlati Manbalar. Somonxudotlar. Asad va uning o‘g‘illari. IX asrning birinchi yarmida turli o‘g‘uz qabilalari. Nasr ibn Ahmad (865-892) davrida Somoniylar hokimiyatining Abossiylar xonligi tomonidan rasman tan olinishi. Ismoil Somoniy va uning islohotlari. Markazlashgan davlat boshqaruvining tashkil topishi. Harbiy islohot. Somoniylar davrida Movaraunnahrda ijtimoiy, iqtisodiy hayot. Somoniylar hukmronligining tugatilishi. 16-mavzu. Qoraxoniylar davlati Mavzuning tarixshunosligi. Qoraxoniylar sulolasining kelib chiqishi to‘g‘ridagi yangicha qarashlar. VIII asr boshlarida Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Qashqarda yashovchi turkiy qabilalar (chig‘il, ya`mo, o‘g‘iz va boshqalar). Qoraxoniylar sulolasining hokimiyatga kelishi. Qoraxoniylarning Movaraunnahrga hujumlari. Movaraunnahrda qoraxoniylar hukmronligining o‘rnatilishi. Sharqiy va G‘arbiy qoraxoniylar. Qoraxitoylarning hujumlari (1137-1141). Qoraxoniylarning davlat boshqaruvi. Qoraxoniylar davrida ijtimoiy hayot. 17-mavzu. G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmning siyosiy munosabatlari. Manbalar. G‘aznaviylar davlatining tashkil topishi. Alp Tegin. Sabuq tegin. Mahmud G‘aznaviy (998-1030) va uning somoniylar hamda qoraxoniylar bilan munosabati. Mahmud G‘aznaviyning harbiy yurishlari. X-XI asrlarda Janubiy va Shimoliy Xorazm. Dandanakon jangi va g‘aznaviylarning mag‘lubiyati. G‘aznaviylarning davlat boshqaruvi tizimi. Sirdaryo etaklarida O‘g‘uz davlatining tashkil topishi. Saljuqiylarning Mas`udga qarshi olib borgan kurashi. Sulton Sanjar davrida (1118-1157) saljuqiylar davlatining gullab yashnashi. Qoraxitoylarning hujumi; Qatvon cho‘lidagi jang (1141) va saljuqiylarning mag‘lubiyati. Saljuqiylar davlat boshqaruvi tizimi. G‘aznaviylar va Saljuqiylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 18-mavzu. Xorazmshoh - Anushtaginiylar davlati Anushteginlar hokimiyatining vujudga kelishi. Qutbiddin Muhammad (1097-1127). Alouddin Muhammad Otsiz (1127-1156) Xorazmshoh el-Arslon (1156-1172). Alouddin Takesh va uning Xorazm davlati yuksalishdagi tutgan o‘rni. Qutbiddin Muhammad Xorazmshoh (1200-1220). Xorazmshohlar davlatining gullab yashnashi. Qoraxitoylar bilan kurash. Xorazmning Movarounnahrdagi ta`sir doirasining kuchayishi.Buxoroda Malik Sanjar boshchiligidagi qo‘zg‘olon (1206-1207). 1212-yilgi Samarqand qo‘zg‘aloni. Xorazmshohlar davlatining inqirozi. Xorazmshohlar davlatining tuzilishi. Harbiy tizimi. Majburiy umumxalq harbiy ta`lim tizimi. Qo‘shinning tartibi. Qumondonlik. Davlat va saroydagi asosiy lavozimlar. Xorazmshohning vazifalari. Vazirlik lavozimi. Vakildorlik kengashining tuzilishi. Saroy mansablari va unvonlari(hojib ul-kabir, ustozdor, amiri-oxur, amiri-shikor, tashtdor, sharobdor, qissador, choshnigir, davotdor, farrosh, ami al-alam va boshq.). Xorazmshohlar davlatida shaharlar. Ichki va tashqi savdo. Tovar-pul munosabatlari. Tanga zarb etish ishlari. Qishloq xo‘jaligi va er-suv munosabatlari. 19-mavzu. O‘rta Osiyo xalqlari tarixida IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg‘onish davri. Ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi. Moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishini ta`minlagan shartsharoitlar. XI-XII asrlarda fan va madaniyatning yuksak cho‘qqiga ko‘tarilishi. Buyuk Ipak yo‘lining fan va madaniyat ravnaqidagi tutgan o‘rni. Xorazmdagi Ma`mun akademiyasi va uning fan rivojidagi ahamiyati. Riyoziyot, falakiyot, kimyo, tibbiyot, jug‘rofiya va ijtimoiy fanlarning rivoji. Buyuk qomusiy allomalar. Fanlarni tasniflash. Tarixiy fanlarning rivoji. Adabiyotning rivojlanishi. Kalom ilmi va grammatika. Hadis va fiqh ilmi taraqqiyoti. 20-mavzu. Buyuk ipak yo‘li – muloqot va hamkorlik yo‘li. Eng qadimgi aloqa yo‘llari. Lojuard yo‘li. Transmintaqaviy va mintaqaviy yo‘llar, mahalliy yo‘llar. Dasht yo‘li. Oltin yo‘li. SHoh yo‘li. Buyuk Ipak yo‘lining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati. Savdo yo‘lida joylashgan shaharlar taraqqiyoti. O‘rta asrlar davri savdo-iqtisodiy yo‘llar. Buyuk Ipak yo‘li va hozirgi zamon. 21-mavzu. Etnogenez va etnik tarix masalalari. Etnogenez va etnik jarayonlarning xususiyatlari. Qadimgi migratsiyalar va etnomadaniy jarayonlar. O‘zbek xalqining shakllanish masalasi. 22-mavzu. Movarounnahr va Xurosonning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi. XII-XIII asrning boshlarida Mo‘g‘ulistondagi qabilalar va birlashgan mo‘g‘ul davlatining tashkil topishi (1206). Davlatning ichki tuzilishi. Chingizxonning harbiy islohati va bosqinchilik yurishlari.Chingizxonning Movarounnahrga hujumi. Buxoro va Termizning bosib olinishi (1220). Samarqand jangi (1220) va Xorazmshoh Muhammadning Tabaristonga qochishi. Sig‘noq, O‘zgan, Jandning olinishi (1220). Xo‘jand mudofaasi va Temur Malikning jasoratlari. Gurganj mudofaasi (Najmiddin Kubro). 23-mavzu. Jaloliddin Manguberdi jasoratlari. Jaloliddin Manguberdi.Jaloliddinning Xurosondagi dastlabki muvaffaqiyatlari. Parvon jangi. Sind jangi. Movarounnahr va Xurosonning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi. Xuroson, Iroq, Ozarbayjon, Gruziyadagi harakatlari. Xorazmshohlar davlati inqirozi. Xorazmshohlar davlati mag‘lubiyatining sabablari. 24-mavzu. Movarounnahr Chig‘atoy ulusi tarkibida. Mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari. Chingizxon tomonidan bosib olingan hududlarning o‘z o‘g‘illariga bo‘lib berishi. Chig‘atoy ulusi va uning boshqaruv tizimi. Chig‘atoy ulusida ijtimoiy hayot. Mahmud Tarobiy qo‘zg‘oloni (1238). Munkaxon (1251-1259) davrida Chig‘atoy ulusining tugatilishi. XIII asrning 60-yillarida Olg‘o‘xon tomonidan Chig‘atoy ulusining qayta tiklanishi. Mas`udbekning o‘tkazgan pul islohati (1271). Kepakxonning ma`muriy va pul islohotlari Chig‘atoy sulolasi hukmronligiga barham berilishi. XIV-XV asrning birinchi yarmida madaniy hayot. O‘ZBEKISTON TARIXI III QISM (O‘zbekiston tarixining XIV asridan – XVIII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri) 25-mavzu. Arim Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi. Arim Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi. Amir Temur zukko, tajribali sarkarda va buyuk davlat arbobi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni. O‘zbek davlatchiligi asoschisi sifatida. Temur tuzuklari tarixiy muhim manba. 26-mavzu. Amir Temur davlatining tashkil topishi. Amir Temur davlatining tashkil topishi. Amir Temur davriga oid manba va adabiyotlar. Amir Tumurning siyosiy maydonga chiqishi. Amir Temur Movarounnahr hukmdori deb e`lon qilinishi. Markazlashgan Amir Temur saltanatining tashkil topishi. Amir Temur saltanatining ma`muriy va harbiy tuzilishi. 27-mavzu. Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Amir Temur markazlashgan davlat boshqaruv siyosati. Ichki va tashqi siyosat. Markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi. Pul va islohatlari. Suyurg‘ol tizimi. Yer-suv taqsimoti. Harbiy va sud ishlari. Qishloq xo‘jaligining ahvoli. Amir Temurning dehqonchilikni tiklash va rivojlantirishdagi ishlari. Sug‘orish inshootlarining qurilishi. Soliq tizimi. 28-mavzu. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson. Temuriylar davriga oid manba va adabiyotlar. Amir Temur vafotidan so‘ng, temuriylar o‘rtasidagi taxt uchun kurash va Temur saltanatining parchalanishi. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy hayot. SHohruh Mirzoning va. Mirzo Ulug‘bek davlati siyosiy tarixi. Mirzo Ulug‘bening harbiy yurishlari. Mirzo Ulug‘bek davrida ichki va tashqi siyosat. Abu Said va uning avlodlari davrida Movaraunnahr siyosiy jarayonlar.So‘nggi temuriylarning taxt uchun kurashi. 29-mavzu. Temuriylar hukmronligi davrida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Davlatning boshqaruv tizimi. Unvon va mansablar. Ma`muriy hududiy tuzilishi. Aholining turmush tarzi. Qishloq xo‘jaligining ahvoli. Soliqlar va soliq tizimi. Sug‘orish inshootlarining qurilishiIchki va tashqi savdo. Bozorlarning madaniy markazlar sifatidagi ahamiyati. Xalqaro savdo yo‘llari. Temuriylar davrida tashqi siyosat masalasi. 30-mavzu. Movarounnahrda Shayboniylar sulolasining hukmronligining o‘rnatilishi. Shayboniylar davriga manba va adabiyotlar. Dashti Qipchoq va Movarounnahr munsabatlari. Shayboniyxon tomonidan Movarounnahr va Xurosonni bosib olinishi. Temuriylar – Shayboniylar – Safaviylar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar. 31-mavzu. Buxoro xonligining tashkil topishi va siyosiy hayoti. Ubaydullaxon hukmronligi va Buxoro xonligining tashkil topishi. Abdullaxon II ning hokimiyatga kelishi va Shayboniylar davlatining birlashtirilishi. Movarounnahrda markazlashgan davlatning tashkil topishi. Abdullaxon davrida Buxoro xonligining yuksalishi. Ichki va tashqi siyosat. Shayboniylar sulolasining inqirozi. 32-mavzu. Shayboniylar davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Shayboniylar davlatining ma`muriy tuzilishi va davlat boshqaruv tizimi. Markaziy va mahalliy boshqaruv tizimi. Mansab va unvonlar.Pul va islohatlari. Suyurg‘ol tizimi. Yer-suv taqsimoti. Harbiy va sud ishlari. Yer egaligi munosabatlari: iqto, suyurg‘ol, tanho, jogir. Sug‘orish tizimi va suv inshootlari. Soliq tizimi. Tashqi siyosat. Hindiston, Eron, Turkiya va Rossiya bilan munosabatlar. 33-mavzu. Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi va siyosiy tarixi. Buxoro xonligida Shayboniylar hukmronligi inqirozining sabablari. Ashtarxoniylar sulolasining hokimiyatga kelishi. Xiva xonligining Buxoroga hujumlari. Subxonqulixon davrida Xivaning bo‘ysundirilishi. Eron – Buxoro – Hindiston o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar. 34-mavzu. Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi va Buxoro xonligining ma`muriy tuzilishi. Ijtimoiy tizimi va harbiy ahvoli. Buxoro xonligining iqtisodiy va harbiy ahvoli. Buxoro xonligining iqtisodiy ahvoli va soliq tizimi. Qishloq xo‘jaligi: dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik va savdo markazlari. O‘ZBEKISTON TARIXI IV QISM (Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Qo‘qon xonliklari. O‘zbekiston tarixining tarixining XVI asridan – XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri) 35-mavzu. Buxoro amirligining tashkil topishi va siyosiy tarixi Amirlik davriga oid manba va adabiyotlar. Mang‘itlarning hokimiyatga kelishi. Muhammad Raximxon davrida Markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlanishi va viloyatlarni bo‘ysundirilishi. O‘zbek urug‘lari amirlarining isyoni va qo‘zg‘alonlarning kuchayishi. Shohmurodning hokimiyatga kelishi. Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi. Moliya, sud, ma`muriy va harbiy islohatlar. Xiva xonligining Buxoroga hujumlari. 36-mavzu. Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Amirlikda davlat boshqaruv tizimi va ma`muriy tuzilishi. Markaziy boshqaruv tizimi. Davlat muassasalari. Mahalliy boshqaruv tizimi: viloyatlar va tumanlar. Diniy mansablar. Harbiy va sud ishlari. Yer-suv mulkchiligi: amlok, mulk, vaqf yerlari. Soliq va majburiyatlar. Qishloq xo‘jaligi: sun`iy sug‘orish tizimi, kanallar. Dehqonchilik va chorvachilik. 37-mavzu. Qo‘qon xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi (XVIII–XIX asrning birinchi yarmi). Qo‘qon xonligiga oid manba va adabiyotlar Farg‘onada Minglar sulolasining hokimiyatga kelishi (1710). Shohruhbiy va uneing vorislari davrida Qo‘qon xonligi hududi kengayishi. Norbo‘tabek davrida markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi. Iqtisodiy hayotning jonlanishi. Olimxon davrida Qo‘qonning siyosiy mavqei kuchayishi. Toshkent bekligining bo‘ysundirilishi. Rossiya bilan savdo munosabatlari o‘rnatilishi. Xalq qo‘zg‘oloni. Xudoyorxon davrida qipchoqlarning kuchayishi va Musulmonqul faoliyati. Qipchoqlar qirg‘ini. Rossiyaning Qo‘qon xonligiga hujumlari arafasida Qo‘qon xonligining siyosiy ahvoli. 38-mavzu. Qo‘qon xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Qo‘qon xonligining davlat boshqaruv tizimi va ma`muriy tuzilishi. Ijtimoiy tabaqalar. Harbiy-ma’muriy amaldorlar. Iqtisodiy hayot: yer-mulk munosabatlari, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va savdo. Sug‘orish tizimi. Soliqlar va sud tizimi. 39-mavzu. Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy hayoti (XVI –XIX asrning birinchi yarmi). Xiva xonligiga oid manba va adabiyotlar. Temuriylar inqirozi va Xiva xonligining tashkil topishi. Eron safaviylar bosqini. Shayboniylar davrida (1512-1770) siyosiy hokimiyat. Xiva – Buxoro – Eron munosabatlari. Xiva – Rossiya munosabatlari. Elbarsxon davrida Eron shohi Nodirshoh xujumi. Xivada siyosiy parokandalik. Qo‘ng‘irot Inoqlarining hokimiyatga kelishi (1770-1920). Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik o‘rnatilishi. Muhammad Raximxon I davrida Xiva xonligining birlashtirilishi. Qoraqalpoqlarning Xivaga bo‘ysundirilishi. Qoraqalpoqlar qo‘zg‘aloni. Rossiya bosqini arafasida Xiva xonligining siyosiy ahvoli. 40-mavzu. Xiva xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Xiva xonligining davlat boshqaruv tizimi. Saroy unvonlari: harbiy-ma`muriy va diniy amaldorlar. Islohatlar. Kengash (Devon) ta`sis etilishi. Xonlikning ma`muriy tuzilishi va ijtimoiy tizimi. Harbiy, sud va soliq tizimi. Qishloq xo‘jaligi: dehqonchilik va chorvachilik. Sug‘orish tizimi va kanallar. Said Muhammad Raximxon II (Feruz) davrida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. 41-mavzu. XVI-XIX asrlarda qoraqalpoqlar. Qorqalpoqlar yozma manbalarda. Ularning ajdodlari. Qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni (VIII-X asr). Orol atrofi va Kerder viloyati. Qoraqalpoqlarning ko‘chishi hamda o‘troqlashuvi. O‘rta Osiyo manbalarida alohida xalq sifatida tilga olinishi va davlatchiligi boshlanishi (X1V). Qoraqalpoq xalqining tashkil topishi (XVI). Qoraqalpoqlarning Surxandaryo va O‘rta Zarafshonga ko‘chishi (XVI-XVIII). Qoraqalpoqlar xo‘jaligi. Shaharlari va ovullari. O‘ZBEKISTON TARIXI V QISM (O‘zbekiston tarixining XIX asrning o‘rtalaridan – 1991 yilga qadar bo‘lgan davri) 42-mavzu. XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklardagi siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy hayot. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Qo‘qon xonligi va Buxoro Amirligi o‘rtasidagi munosabatlar. Buxoro amirligida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Amirlikning davlat boshqaruv tartibi. Buxoro Amirligidagi unvonlar va mansablar. Yer egaligi shakllari va xo‘jaligi. Soliq siyosati. Xiva xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar. Davlat boshqaruv tartibi. Yer egaligi shakllari. Xo‘jaligi. Xonlikdagi madaniy hayot. 43-mavzu. O‘rta Osiyo xonliklarini Rossiya imperiyasisi tomonidan bosib olinishi. Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasidagi mustamlaka ma`muriy boshqaruv tizimi va mustamlakachilik siyosati. Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomonidan Oqmachit, Pishpek Avliyoota, Turkiston va Chimkent shaharlarini bosib olinishi. Orenburg generalgubernatorligi tarkibida Turkiston viloyatining tashkil etilishi. Rus qo‘shinlarining Toshkentga yurishi shaharni egallanishi. Rossiya imperiyasi va Buxoro qo‘shinlari o‘rtasidagi dastlabki harbiy to‘qnashuv. Samarqand va Kattaqo‘rg‘onning istilo qilinishi. Zarbuloqda Buxoro qo‘shinlarining mag‘lubiyati Rossiya-Buxoro sulh shartnomalari va amirlikni Rossiya vassaliga aylanishi. 1873-yil Xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi. Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka ma`muriy-boshqaruv siyosatining mohiyati. Turkiston o‘lkasini boshqarish hususida 1865-1917-yillar oralig‘ida qabul qilingan Nizomlar va ularning o‘lkada mustamlakachilik tizimini mustahkamlashdagi o‘rni. 44-mavzu. XIX asrning 70-90-yillarida Turkiston o‘lkasida xalq harakatlari. XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligi aholisining siyosiy va iqtisodiy huquqsizligiga qarshi norozlikning kuchayib borishi. “Po‘latxon” qo‘zg‘olonining boshlanishi, bosqichlari va mag‘lubiyati sabablari. Qo‘qon xonligining tugatilishi. Turkiston general-gubernatorligining tarkibida Farg‘ona viloyatining tashkil etilishi. 1892-yilgi Toshkent «Vabo isyoni». Qo‘zg‘olon kelib chiqishining asosiy sabablari. Mustamlaka ma`muriyati tomonidan qo‘zg‘olonning ayovsiz bostirilishi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari ustidan o‘tkazilgan sud jarayoni. Xalq harakatlarining tarixiy ahamiyati. 1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni. Farg‘ona Rossiya imperiyasining asosiy paxta yetishtiruvchi markazi. Qishloq xo‘jaligining bir yoqlama rivojlanishi, uning salbiy oqibatlari. Muhammad Ali Dukchi Eshon mustamlaka tuzumga qarshi kurashda xalq yo‘lboshchisi. Uning siyosiy faoliyati. Farg‘ona vodiysi qo‘zg‘olonning asosiy markazi ekanligi. Qo‘zg‘olonning tarixiy ahamiyati. Andijon qo‘zg‘oloni ishtirokchilarining qamoqqa olinishi. Ular ustidan olib borilgan sud-tergov jarayoni. 45-mavzu. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida qoraqalpoqlar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligidagi ijtimoiy - siyosiy jarayonlar. Buxoro amirligi va Xiva xonligida xalq norozilik harakatlarining kuchayib borishi va qo‘zg‘olonga aylanishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligidagi dehqonlar harakatining o‘ziga xos xususiyatlari. XIX asrning 20-60-yillarida quyi Amudaryo qoraqalpoqlarining siyosiy ahvoli. Qoraqalpoqlar Rossiya imperiyasi tarkibida. Xiva xonligi tarkibidagi qoraqalpoqlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 46-mavzu. Turkiston XX asr boshlarida (1900-1917 -yillar). Birinchi Jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta`siri. 1916-yil milliy-ozodlik harakati. XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy hayot. Temir yo‘llar qurilishi (Qizilravot-Ashxabod-Samarqand (1888), Toshkent-Orenburg (1900-1906)) va uning iqtisodiyotga ijobiy ta`siri. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi. Rossiya monopolistik kapitalining o‘lka xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlariga kirib kelishi. Turkiston iqtisodiyotida Rossiya monopolistik mavqeining kuchayib borishi. XX asr boshlarida sanoat ishchilarining shakllanish jarayoni. Birinchi jahon urushi yillarida Turkiston o‘lkasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. Mustamlaka zulumning kuchayishi. Turkiston o‘lkasining Rossiya imperiyasi iqtisodiyotida tutgan o‘rni. 1914-yil 26-iyul Turkiston o‘lkasining “Favqulodda muhofaza holatida” deb e`lon qilinishi, mirshablik nazoratining kuchaytirilishi. 1916-yil 25-iyundagi podsho farmoni va uning mohiyati. Turkiston o‘lkasi mahalliy xalqlarining farmonga munosabati. 1916-yil qo‘zg‘olonining turli viloyatlardagi o‘ziga xos xususiyatlari (Xo‘jand, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Jizzax va boshqalar). Qo‘zg‘olon harakatlarini mustamlakachilariga qarshi milliy-ozodlik harakatiga aylanishi. 47-mavzu. Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harakatlar. Jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoitlar. Jadidchilikning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma`rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy va istiqlolchilik harakati sifatida maydonga chiqishiga turtki bo‘lgan omillar.Turkiston o‘lkasi jadidchilik harakati namoyondalari va ularning milliy uyg‘onishda tutgan o‘rni. Jadid maktablari tashkil topishi va rivojlanishi. Jadid milliy matbuoti. Jadid madaniy-ma`rifiy tashkilotlari va jadid adabiyoti. Jadidlarning siyosiy qarashlari. Turkiston o‘lkasida yangi siyosiy partiya va tashkilotlar. Sotsial demokratik g‘oyalarning Turkiston o‘lkasiga kirib kelishi. 48-mavzu. 1917-yil fevral inqilobi va Oktyabr to‘ntarishi. Turkiston muhtoriyati - milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi. 1917-yil boshlarida Rossiyadagi siyosiy vaziyat, Petrograddagi inqilobiy voqealarning nihoyasiga yetishi. Monarxiyaning ag‘darilishi Rossiyada tuzilgan qo‘shxokimiyat. Fevral demokratik inqilobining o‘ziga xosligi. Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobining Turkiston o‘lkasi musulmon aholisining siyosiy jihatdan uyg‘onishiga ta`siri. O‘lkada qo‘shxokimiyatchilikning tarkib topa boshlashi. Sovetlarning tuzilishi, Turkiston komiteti va uning faoliyati. Toshkent soveti, Milliy demokratiya, jadidlar harakati, mahalliy aholining jamoat tashkilotlari. Xalq vakillarining birinchi majlisi. «Sho‘roi islom» tashkilotining tuzilishi va uning faoliyati. Toshkentda musulmonlarning butun Turkiston syezdi (1917-yil 17-21-aprel) va unda ko‘rilgan masalalar. Butunturkiston musulmonlarining II O‘lka s`ezdi (1917-yil sentabr). “Ittifoqi muslimin”ning tuzilishi. O‘lkada qurolli to‘ntarishning amalga oshirilishi, shahar va tumanlarda sovet hukumatining o‘rnatilishi. Toshkentdagi Xalq Komissarlari Sovetining tashkil etilishi va faoliyati. Mahalliy siyosiy tashkilotlarning faoliyatini Qo‘qondan turib davom ettirilishi. 1917- yil Qo‘qon shahrida o‘lka musulmonlarining IV favqulodda s`ezdining ish boshlashi va Turkistonni Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muhtor deb e`lon qilinganligi. Turkiston muhtoriyati rahbarlari va ularning faoliyati. Turkistonda xalq hukumatini keng jamoatchilik tomonidan olqishlanishi. Turkiston muhtoriyati hukumati tuzilganidan keyingi siyosiy kurashlar. Turkiston muhtoriyatining sovet hukumati tomonidan tor-mor etilishi. Qo‘qon fojeasi, uning ayanchli oqibatlari va sovetlarning o‘lkada yakka hukmron bo‘lib qolishlari. Sovetlarning iqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari. 49-mavzu. Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat Turkiston o‘lkasida Milliy ozodlik va istiqlol uchun harakatning boshlanishi, uning sabablari. Siyosiy vaziyat. Milliy vatanparvarlarning qo‘liga qurol olishlari va bolsheviklar rejimiga qarshi istiqlolchilik harakatini keng tus olishi. Harakatning kuchlari va bosqichlari. Farg‘ona vodiysida istiqlolchilik xarakati, ularning namoyondalari. Kichik va Katta Ergashlar. Muhammad Aminbek Ahmadbek o‘g‘li (Madaminbek), Shermuhammadbek va boshqalar. O‘lkadagi istiqlolchilik xarakatining o‘ziga xos milliy xarakteri va xususiyatlari. BXSR va XXSRdagi harakatlarning xususiyatlari. Ayrim guruhlarning bu harakatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilishi. Turkistonda mustamlakachilarga qarshi qarshilik harakatining bostirilishi, uning sabablari va saboqlari. 50-mavzu. Turkistonda sovet boshqaruv tizimining mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar Sovet-mustabid boshqaruv tizimining shakllanishi. Moliya, sanoat tarmoqlari, transport, hunarmandchilikdagi o‘zgarishlar. Iqtisod sohasidagi yangi chora tadbirlar. Yangi iqtisodiy siyosat (YaIS) (1921-y.) va uning mazmun - mohiyati. Soliqlar tizimini joriy etish. Turkiston iqtisodiyotidagi kelishmovchiliklar. Turkiston Iqtisodiy Kengashi (Turk EKOSO)ning tuzilishi (1921-y. mart). TurkEKOSO tarkibida Davlat rejalashtirish Komissiyasi (Gosplan)ni tashkil etilishi. Pul islohoti, markaziy bank bo‘linmalari, Turkiston banklarini tashkil etilishi. Sanoat va hunarmandchilik sohalariga nisbatan iqtisodiy siyosatdagi liberallashuv (kelishuvchilik). Agrar sohadagi munosabatlar, yer munosabatlari, paxtachilik va u bilan bog‘liq sanoat korxonalari faoliyati. Shirkat xo‘jaliklari, kooperatsiya turlari. Ijtimoiy hayotdagi ahvol. Sovet hukumati iqtisodiy siyosatining mustamlakachilik mohiyati. 51-mavzu. Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi. O‘rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi. 1917-1920-yillarda Xiva xonligidagi ijtimoiy - iqtisodiy ahvol. Siyosiy o‘zgarishlar (Yosh xivaliklar partiyasi faoliyati). Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi. Asfandiyorxonning olib borgan ichki va tashqi siyosati. Junaidxonning (1857-1938) faoliyati. Asfandiyorxonning o‘ldirilishi, Said Abdulloni xon deb e`lon qilinishi va uning taxtdan voz kechishi. Hokimiyatni muvaqqat inqilobiy xukumat qo‘liga o‘tishi. 1920-1924-yillarda Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, Butunxorazm birinchi qurultoyi va Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzilganligini e`lon qilinishi (1920-yil 26-aprel). Xukumat raisi Polvonniyoz Xoji Yusupov, muovinlari - Jumaniyoz Sultonmurodov, Qo‘shmamedxon Sapievlar faoliyati. G‘oyaviy - siyosiy kurash. Xorazmda vatanparvarlar harakati. Xalq xo‘jaligining ahvoli, aholi turmush darajasi. 1917-1920 -yillarda Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holat. Amir Said Olimxon yurgizgan ichki va tashqi siyosat. «Yosh buxoroliklar» tashkiloti faoliyati. 1918 yil mart oyi voqealari. Vaziyatning keskinlashib borishi F.Kolesov voqeasi, Qizil tepa bitimi (1918-yil 25 mart). F. Xo‘jaev, A.Fitrat va boshqalarni milliy harakatdagi faolliklari. Buxoro amirligining tugatilishi, Buxoro Xalq Sovet respublikasining tashkil etilishi. 1920-1924yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar. O‘rta Osiyo - Turkiston xalqlarining yagona va umumiy vatani. «Markaz»ning tarixan tarkib topgan uchta (Turkiston, Buxoro va Xorazm) davlatlarini tugatib o‘rniga yangi davlat tuzish g‘oyasi). Milliy respublikalar va viloyatlar tuzishga ko‘rsatma berilishi va uning siyosiy jihatdan asoslanishi. TASSRni bo‘lib tashlash, Buxoro hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikalarini tuzish uchun RKP (b) MK hamda Turkkomissiya o‘tkazgan tadbirlari, tuzgan loyihalari o‘tkazgan tazyiqlar va chiqarilgan qarorlar. Turkkomissiya raisi Ya. Rudzutak bilan Turor Riskulov boshchiligida bir guruh milliy yetakchilar o‘rtasidagi munozarali nizolar. O‘rta Osiyoni milliy - hududiy jihatdan qayta tuzish masalasini partiya organlarida muhokama qilinishi. O‘rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro)ning roli (1922-1923- yy.). O‘rta Osiyoni chegaralab bo‘lish va milliy respublikalar tuzish masalasini Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari MIQ hamda Kompartiya majlislarida muhokama qilinishi va ularning chegaralanishga bildirgan roziliklari hamda qabul qilgan rezolyutsiyalari. Milliy – hududiy chegaralanish. O‘zbekiston SSRning tuzilishi. Yer maydoni, aholisi. O‘zbekiston SSRning SSSR tarkibiga kirishi. 52-mavzu. O‘zbekiston 1925-1941-yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar. SSSRda boshqaruvning ma`muriy-buyruqbozlik tuzimining qaror topishi va mustahkamlanishi. Partiyaning davlat apparatini «mahalliylashtirish» niqobi ostida yurgizgan siyosati. O‘zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini qabul qilinishi va uning respublikada ma`muriy-buyruqbozlik tizimini mustahkamlashdagi roli. Sanoat korxonalarining tashkil etilishi va faoliyati. Kishloq xo‘jaligi, jamolashtirish siyosati va uning oqibatlari. Xalq ta`limi, maorif sohasida bajarilgan ishlar, maktab qurilishi. O‘qitishning shakl va usullari, an`anaviy maktablarni tugatish, maktablarni pedagogik kadrlar bilan ta`minlanishi. Xalq ta`limiga buyruqbozlik nuqtai nazaridan turib yondashuvning kuchayib borishi. XX asr 30 – yillar boshlarida yozuvchi va adiblar faoliyati. O‘zbek Milliy dramaturgiyasi va musiqa, teatr va kino. Mustabid tuzimning qatog‘on siyosati. «O‘n sakkizlar guruhi», «Inog‘omovchilik», «Qosimovchilik». Atoqli ma`rifatchi Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchiligidagi «Milliy istiqlol» tashkilotining tor-mor etilishi. Partiya, sovet xo‘jalik xodimlari, harbiylar, ziyolilar, ruhoniylar, ishchilar va kolxozchilar orasida ham «tozalash» ishlarini o‘tkazilishi. Milliy rahbar kadrlar (Akmal Ikromov, Usmon Yusupov) hayoti va faoliyati. Sovet qatag‘on siyosatining asoratlari. 53-mavzu. O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945-yillar) Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. O‘zbek xalqining yuksak gumanizmi. Urushning og‘ir yillarida o‘zbek xalqining asosiy ma`naviy–ahloqiy hususiyatlari va insorparvarligining yorqin namoyon bo‘lishi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini urushga safarbar etilishi, frontga safarbar qilinganlardan tuzilgan milliy brigadalar. Ikkinchi jahon urushida Qoraqalpog‘iston respublikasi mehnatkashlarining faol ishtiroki. Qoraqalpog‘istonlik o‘g‘lonlarning jangohlardagi qahramonlik jasoratlari. Frontga yuborilgan qishloq xo‘jalik maxsulotlari. Mudofaa uchun shaxsiy jamg‘armalar. Evakuatsiya qilingan aholiga hamda jangchilar oilalariga g‘amxo‘rlik va mehribonlik. Urush yillarida fan va madaniyat. Fanlar Akademiyasi va ilmiy tekshirish institutlarining faoliyati. Adabiyot va san`at. 54-mavzu. 1917-1991-yillarda Qoraqolpog‘iston (sovet xokimiyatini o‘rnatilishi va mustahkamlanishi) 1917-1918 yillarda Turkiston o‘lkasining Amudaryo bo‘limidagi siyosiy jarayonlar. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. Yer-suv munosabatlari. “Harbiy kommunizm” siyosati, yangi iqtisodiy siyosatning o‘tkazilishi. Sovetlar hukmronligining Amudaryo viloyati iqtisodiyotiga salbiy ta`siri. Kadrlar masalasi, undagi nomutanosib siyosat, 1917-1924-yillarda Qoraqolpog‘istonda sovet xokimiyati boshqaruv tizimining mastahkamalanishi va uning milliy siyosati. Milliy mustaqillik uchun kurashning davom etishi. Qoraqolpog‘iston muhtor viloyatining tuzilishi (1925-fevral), xo‘jalik tarmoqlaridagi o‘zgarishlar. Qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlarning xususiyatlari. 1946-1991yillarda Qoraqolpog‘istondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar. Qishloq xo‘jaligi, sanoat sohasi va madaniy-ma`rifiy sohalardagi o‘zgarishlar. 55-mavzu. O‘zbekiston 1946-1985-yillarda Ijtimoiy siyosiy tuzum. Kompartiya siyosati va mafkurasidagi ko‘zbo‘yamachiliklar va uning inqirozga yo‘l tutishi. KPSS yakka hukmronligining xalokat tomon borishi. Sh.R.Rashidovning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati. Respublika sanoat taraqqiyotining bir tomonlama yo‘nalishi. Sanoat tarmoqlari. O‘zbekistonning industrial rivojlanishi – ishchi va mutaxassis kadrlar tayyorlash. Agrar sohadagi yutuq va kamchiliklar, ma`naviy madaniy hayot. Adabiyot va san`at. Ekologik muammolarning yuzaga kelishi, keskinlashuvi va oqibatlari. Orol fojeasi. 56-mavzu. 1985-1991-yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning xususiyatlari Mamlakatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. “Qayta qurish” siyosati. “Qayta qurish” yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi inqirozli jarayonlarning kuchayishi. O‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashining boshlanishi. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning yanada keskinlashuvi. O‘zbekistonda kadrlarga bo‘lgan munosabat. O‘zbek ishi”, “Paxta ishi” kabi kampaniyalarning o‘tkazilishi. Millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi. Davlat tili to‘g‘risida qonunning qabul qilinishi. O‘zbekiston bilan Markaz munosabatlarining keskinlashuvi. Ijtimoiy jarayonlar. O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi. I.A. Karimovning O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi. “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi. O‘ZBEKISTON TARIXI VI QISM (O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixi) 57-mavzu. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqiyot yo‘li. Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy harakatlar. O‘zbekiston siyosiy tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining joriy etilishi.I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi. “Mustaqillik Deklaratsiyasi” ning qabul qilinishi. O‘zbekiston Davlat suverenitetining e`lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li. O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlashga qaratilgan strategiya asoslari. O‘zbekiston mustaqilligining huquqiy asoslarini yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi. 58-mavzu.O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar Milliy davlat tizimining barpo etilishi, boshqaruvda yangi usullari-ning shakllantirilishi, huquqni boshqarish organlarining yanada rivojlan-tirilishi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi printsipi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. O‘zbekistonda nodavlat, notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlarda tutgan o‘rni. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokrat-lashtirishdagi o‘rni. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasining mohiyati. 59-mavzu.Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarini yaratilishi. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Jahon moliyaviy inqirozini yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bankmoliya tizimini mustahkamlash. Erishilgan yangi marralar. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Nodavlat, notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoyani amalga oshirishdagi ishtiroki. 60-mavzu.Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma`naviy va madaniy taraqqiyoti. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar Mustaqillik yillarida ma`naviy va ma`rifiy hayot. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an`analarning tiklanishi. Mustaqilik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e`tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining jahon miqyosida keng nishonlanishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb e`lon qilinishi va uning ahamiyati. Madaniyat va san`at sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta`minlash borasidagi davlat siyosati. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta`lim va tarbiyaning roli. “Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari, uning natijalari. Ta`lim tizimida yangi islohotlarning boshlanishi.Unda oliy ta`lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish yuzasidan belgilangan vazifalar. 61-mavzu.Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mustaqillik yillari Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy yangilanishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. Ma`naviy-madaniy sohadagi o‘zgarishlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta`lim tizimidagi islohotlar. Mustaqillik yillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvolni yaxshilash borasida davlat siyosati. 62-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a`zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeini oshib borishi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorligi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni. Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faoliyati. O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi.O‘zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatini yangi bosqichi. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta`minlash borasidagi olib borgan siyosati. 63-mavzu.2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va uning ahamiyati Mustaqillik yillari amalga oshirilgan islohotlarning milliy davlatchilikni tiklash va mustahkamlash, davlatimiz chegaralarini dahlsiz-ligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquqlari va erkinlik-larini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta`minlash. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati. Strategiyaning ta`limot izlash va rivojlantirish tizimi ekanligi. Strategiyaning taktik vazifalarni belgilashdan iborat ekanligi. “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati, bu borada huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar. O‘zbekiston Respublikasining suveren indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashtirilishi. “Biznes yuritish” indeksi, Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi, “Korruptsiyani qabul qilish” indeksi, “Logistika samaradorligi”indeksi, Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi, Inson kamoloti indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi (umumiy 13 ta). 64-Mavzu. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilanishi. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuquralshtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish, jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish kabi vazifalarning belgilanishi. Oliy Majlis rolini oshirish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yangilash, siyosiy tizimni rivojlantirishda davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, mamlakat ijtimoiy-siyo-siy va ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshi-rishda o‘zaro manfaatli hamkorlik samarasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning belgilanishi. “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish. Harakatlar Strategiyasini amalga oshirishda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy qilish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla instituti, OAVlarning rolini kuchaytirish vazifala-rining belgilanishi va amalga oshirilgan vazifalarning natijalari. 65. Mavzu.2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilanishi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari. Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini,sud hokimiyati-ning chinakam mustaqilligini,sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirishva takomillashtirish kabi vazifalarning qo‘yilishi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevral PF-4966-son “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan tako-millashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘-risida”gi Farmoni. Farmonda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari g‘ayriqonuniy harakatlari ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni ta`-minlashga xizmat qiladigan ma`muriy sudlar, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shartsharoitlar yaratishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida iqtisodiy sudlarning tashkil etilishi. O‘zbekiston Respubli-kasi Sudyalar oliy kengashining tuzilishi. Kengashning sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi ekanligi. Sud-huquq sohasidagi islohotlarning fuqarolarning sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga imkon berilishi. 66.Mavzu. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilanishi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yaratilgan sharoitlar. Xususiy mulk huquqi va uning kafolatlarini himoya qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga to‘liq erkinlik berish, ularning faoliyatida davlat idoralarining noqonu-niy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkni xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xususiylashtirilgan ob`ektlari bazasida xususiy tadbirkor-likni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning ishtirokini kamaytirish kabi vazifalarning qo‘yilishi. O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvatlash, oilaviy tadbirkor-likni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Har bir oila - tadbirkor” davlat Dasturining ishlab chiqilishi. 2018 -yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llabquvvatlash yili” deb e`lon qilinishi. Bu yilda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, xalqaro moliyaviy institut-lar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtirilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirilishi kabi vazifalarning belgilanishi. Valyuta siyosatini erkinlashtirishning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun imkoniyatlari 67. Mavzu. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilanishi 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha vazifalarning belgilanishi. Sog‘-liqni saqlash sohasidagi islohotlar va ularning natijalari. Fan va ta`lim sohasidagi islohotlar. Maktabgacha ta`lim sohasini isloh qilish maqsadida besh yillik alohida dastur.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbe-kiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Oliy ma`lumotli mutaxa-ssislar tayyoralash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqla-rining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “2019-2023yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomil-lashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi-da”gi bir qator Qaror va Farmonlari va ularda belgilangan vazifalar. Madaniyat va sport sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralda “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining tashkil etilishi. O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar. Yoshlarga oid davlat siyosati va xoitn-qizlar huquq va manfaatlarini ta`minlash masalalari.“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llabquvvatlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 5-iyul Farmonining qabul qilinishi. O‘zbekistonda “Yoshlar kuni”ning deb e`lon qilinishi. Aholining extiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni yanada kuchaytirish ishlarini olib borilishi. Uy – joyi bo‘lmagan yoki eski uylarda yashovchi respublikaning har bir tumani va shahridagi oilalarga arzon uyjoylar berishni yo‘lga qo‘yilishi, respublikaning har bir tumani va shahrida maishiy texnika yoki bir boshdan qoramol xarid qilib berish ishlarini amalga oshirilishi. Og‘ir kasalliklar mavjud bo‘lgan taqdirda tibbiy xizmatlar haqini to‘lash kabilarning amalga oshirilishi. 68. Mavzu. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta`minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilanishi. O‘zbekistonda chuqur o‘ylangan o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi sisat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarning belgilanishi. Davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub`ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demok-ratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning tevaragida xavfsiz-lik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish. O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolanishi. O‘zbekiston-Qozog‘iston, O‘zbekiston-Turkmaniston, O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari. O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-tojik davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish. Davlat chegarasini dimilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish O‘zbekistonda YHHT faoliyati. YHHTning Loyihalarni Muvofiqlashtiruvchi markazining O‘zbekistonning inson huquq va erkinliklari masalalaridagi xalqaro majburiyatlarini bajarish sohasidagi salohiyatini oshirish bo‘yicha bajarilgan vazifalar. O‘zbekistonning SHHT bilan hamkorligi. 2019-yil Bishkekda bo‘lib o‘tgan SHHT Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ma`ruzasi. Unda qo‘yilgan takliflar. III. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlarida talabalar O‘zbekiston tarixi fanidan ma`ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo‘shimcha bilim va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi. “O‘zbekiston tarixi” fani bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari: 1.Ibtidoiy jamoa davri tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi. 2.O‘rta Osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari. 3.Ibtidoiy jamoa davrining tabiiy shart-sharoitlari. 4.Muste davrining xususiyatlari. 5.Ibtidoiy odamlar guruhi va antropogenez jarayoni. 6. O‘zbekiston hududida mezolit va neolit davrlarining xususiyatlari. 7.O‘zbekiston hududida eneolit, bronza va ilk temir davrlarining xususiyatlari. 8.O‘rta Osiyodagi ilk davlat uyushmalari (VIII-VI asrlar) qadimgi Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona davlatlari. 9.Eron Ahamoniylariga qarshi kurashlar. 10.Ellinizm davrida O‘rta Osiyo. Yunon-Baqtriya va Parfiya davlatlari. 11.Qang‘, Davan va Xorazm davlatlari. 12.Kushon davlati. 13.Buyuk Ipak yo‘li. 14.Ilk o‘rta asrlarda yer egaligi munosabatlari. 15.Xioniylar va Kidariylar davlati. 16.Eftaliylar davlati. 17.Turk xoqonligi. 18.VI-VII asrlarda So‘g‘d, Farg‘ona va Xorazm. 19.O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi. 20.Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi xalq ozodlik harakatlari. 21.Tohiriylar davlati. Safforiylar davlati. 22.Somoniylar davlati. 23.Somoniylar davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 24.Somoniylarning davlat boshqaruvi va mudofaa tizimi. qoraxoniylar davlati. 25.Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. 26.G‘aznaviylar davlati. 27.Saljo‘qiylar davlati. 28.Xorazmshohlar davlati. 29.IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot. 30.Movarounnahr va Xurosonning mug‘ullar tomonidan bosib olinishi. 31.Movarounnahr Chig‘atoy ulusi tarkibida. 32.Amir Temur davri tarixining asosiy manbalari. 33.Amir Temurning yakka hukmronlik yillari (1370-1405). 34.Amir Temur saltanatining ma`muriy va harbiy tuzilishi. 35.Temuriylar davrida Movarounnahrda siyosiy hayot. 36.Amir Temur va temuriylar davrida ilm fan ravnaqi. 37.Amir Temur va temuriylar davrida me`morchilik. 38.Dashti Qipchoq va Temuriylar davlati. 39.Movarounnahrda shayboniylar hukmdorligi. 40.Buxoro xonligining tashkil topishi. 41.O‘zbek xonliklarining tashkil topishi. 42.O‘zbek xonliklarida etnik –qabilaviy munosabatlar. 43.Shayboniylar davrida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot. 44.Ashtarxoniylar davrida Movarounnahrda siyosiy jarayonlar. 45.XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligining iqtisodiy va madaniy ahvoli. 46.Qo‘qon xonligining tashkil topishi. 47.Qo‘qon xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti. 48.Qo‘qon va Buxoro munosabatlari. 49.Xiva xonligi Shayboniylar davrida. 50.Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar davrida. 51.Xiva–Buxoro–Eron munosabatlari. Xiva xonligi va qoraqalpoqlar. 52.Qoraqalpoqlar XVI-XIX asrlarda. 53.Toshkent bekligi va uning O‘rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni. 54.O‘zbek xonliklarining jahon tarixidagi o‘rni. 55.O‘zbek xonliklari davrida milliy mafkura. 56.Toshkent uchun jang shaxarning egallanishi. 57.Turkiston viloyatining tashkil etilishi. 58.Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning daslabki bosqichi. 59.Jizzaxga xujum. 60.Mustamlaka sharoitida Turkistonda mahalliy maorif. 61.Turkistonda rus-tuzem maktablari va ularning faoliyati. 62.Turkiston o‘lkasida ilmiy jamiyatlarning tashkil etishi. 63.Ularning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni. 64.Milliy san`at va hunarmandchilik. 65.Chorizmning Turkistondagi ruslashtirish siyosati va uning oqibatlari. 66.Jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar. 67.Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati. 68.Jadidchilik harakatining ijtimoiy-siyosiy mohiyati va jadidlar tafakkuri. 69.1917 yil fevral va oktyabr to‘ntarishining Turkistonga ta`siri. 70.Turkiston Muxtoriyati. Sovet hokimiyatiga qarshi kurash va uning oqibatlari. 71.O‘rta Osiyoda milliy – chegaralanish va uning oqibatlari. 72.Sovetlarning O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari. 73.XX asrning 30 yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayot. 74.II Jahon urushi yillarida O‘zbekiston. 75.O‘zbekiston 1946-1985- yillarda. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. 76.O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. 77.O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar. 78.Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. 79.Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ma`naviy va madaniy taraqqiyoti. 80.O‘zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. 81.O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 82.O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. 83.2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilanishi. 84.2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilanishi. 85.2017-2021 -yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberal-lashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilanishi. 86.2017-2021 -yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilanishi. 87.2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta`minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilanishi. Izoh: Ishchi fan dasturini shakllantirish jarayonida ishchi o‘quv rejada mazkur mashg‘ulot turiga ajratilgan soat hajmiga mos ishlar tanlab bajariladi. IV. Kurs ishi mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Kurs ishning taxminiy mavzulari: 1. Ibtidoiy jamoa davri tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi. 2. Eneolit – mis-tosh davri tarixi. 3. Ibtidoiy e`tiqodlar va tasviriy san`atning paydo bo‘lishi. 4. O‘rta Osiyo ibtidoiy davri tarixining bosqichlari. 5.“Avesto”ning tarixiy manba sifatidagi o‘rni. “Avesto” tili. “Avesto” va zaratushtra. 6. Ahamoniylar saltanatining tashkil topishi va O‘rta Osiyoni bosib olishi. 7. Makedoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari. Aleksandr va Spitaman. 8.Salavkiylar davrida ellin madaniyatining tarqalishi va aralash madaniyatning shakllanishi. 9.Yuechji–Kushon va Kushon davlati. 10.Eftaliylar davlati 11.O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi. 12.Arablar bosqinidan so‘ng Movarounnahr va Xurosonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 13.Movarounnahr va Xurosonda arablar bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari. 14.Abu Muslim qo‘zg‘aloni. 15.Somoniylarning davlat boshqaruvi va mudofaa tizimi 16.Somoniylar davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 17.Qoraxoniylar sulolasining hokimiyatga kelishi. Qoraxoniylarning Movaraunnahrga hujumlari. 18.Xorazmshohlar davlati. 19.G‘aznaviylar davlatining tashkil topishi. 20. IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot. 21.Movarounnahr va Xurosonning mug‘ullar tomonidan bosib olinishi. 22.Chig‘atoy ulusida ijtimoiy hayot. 23.Mahmud Tarobiy qo‘zg‘oloni 24.Amir Temur va temuriylar davlatining g‘arb davlatlari bilan aloqalari 25.Amir Temur va temuriylar davlatining sharq davlatlari bilan munosabatlari. 26.Amir Temur davlat boshqaruvi tizimida sud-huquq munosabatlari. 27.Amir Temur davlatining tashkil topishi. 28.Amir Temurning harbiy yurishlari. 29.Anqara jangi va uning ahamiyati. 30.Amir Temur davri me`morchiligi. 31.Amir Temur davrida ijtimoiy va iqtisodiy hayot. 32.Amir Temur davrida ichki va tashqi siyosati. 33.Amir Temur va temuriylar davrida savdo va pul munosabatlari. 34.Temuriylar davrida saroy qabul marosimlari. 35.Amir Temurning suyurg‘ol siyosati. 36.Temuriylar davrida Chig‘atoy “soxta xon”lari faoliyati. 37.Abu Said mirzo davrida Xuroson va Movarounnahr. 38.Temuriylar davrida irrigatsiya tizimi. 39.Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy va iqtisodiy hayot. 40. Shoxruh mirzo faoliyati. 41. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati. 42. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi. 43. Abdullaxon hukmronligi davrida Buxoro xonligi. 44. Ubaydullaxon – ma`rifatparvar hukmdor va sarkarda. 45. Shayboniylar va Safaviylar o‘rtasidagi harbiy-siyosiy munosabatlar. 46. Shayboniylar va Boburiylar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar. 47. Ashtarxoniy hukmdorlari faoliyati. 48. Ashtarxoniylar va Safaviylar o‘rtasidagi munosabatlar. 49. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi tizimi. 50. Buxoroning mang‘it amirlari tarixi. 51. Amir Shohmurod – shariatpanoh Buxoro amiri. 52. Amir Nasrulloning tarixiy portreti. 53. Buxoro amirligida savdo-tovar-pul munosabatlari. 54. Buxoro amirligi davlat boshqaruvida mansab va unvonlar. 55. Buxoro xonligida hunarmadchilik va savdo-sotiq munosabatlari. 56. Buxoro xonligining Shayboniylar davrida sud-huquq tizimi. 57. Qo‘qon xonligining tashkil topishi. 58. Qo‘qon xonligi davlat boshqaruvida mansab va unvonlar. 59. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. 60. Umarxon – Amiriy faoliyati. 61. Qo‘qon xonligida harbiy qo‘shin va tarkibi. 62. Qo‘qon xonligida yer egaligi va sug‘orish tizimi. 63. Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi munosabatlar. 64. Xiva xonligi Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixi. 65. Xiva xonligida yer-suv munosabatlari. 66. Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi va Kengash(Devon) faoliyati. 67. Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 68. Abulg‘oziy Bahodirxon faoliyati. 69. Muhammad Raximxon I – qo‘ng‘irotlari sulolasining yerik namoyandasi. 70. Xiva xonligi va Qoraqalpoqlar ijtimoiy, madaniy xayotining uyg‘unligi. 71. Qoraqalpoq xalqi va davlatining shakllanishi. 72. Qoraqalpoqlar ma`naviy madaniyatining o‘ziga xosliklari. 73. O‘rta Osiyo xonliklarini Rossiya imperiyasisi tomonidan bosib olinishi. 74. Turkiston general-gubernatorligini tashkil etilishi. 75. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka ma`muriy-boshqaruv siyosatining mohiyati. 76. 1873-yil Xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi. 77. Rossiya imperiyasi va Buxoro qo‘shinlari o‘rtasidagi dastlabki harbiy to‘qnashuvlar. 78. Toshkent «Vabo isyoni». 79. “Po‘latxon” qo‘zg‘oloni. 80. Andijon qo‘zg‘oloni. Dukchi eshon. 81.Turkiston general-gubernatorligining maorif sohasidagi siyosati. 82.XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. 83. Birinchi Jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta`siri. 84. Jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoitlar. 85. Jadid maktablari tashkil topishi va rivojlanishi. 86. Jadid milliy matbuoti. 87.1917-yil fevral inqilobi va Oktyabr to‘ntarishi. 88.Turkiston muhtoriyati - milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi. 89. Farg‘ona vodiysida istiqlolchilik xarakati, ularning namoyondalari. 90. Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. 91. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi. 92. O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945-yillar). 93. O‘zbekiston mustaqillik yo‘lida (1985-1989-yillar). 94. O‘zbekiston Davlat suverenitetining e`lon qilinishi. 95. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining shakllantirilishi. 96. Demokratik saylov tizimini barpo etilishi va uning asosiy tamoyillari. 97.2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar. 98. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining shakllantirilishi. 99. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat ramzlarining qabul qilinishi. 100. “Qayta qurish” siyosati. V. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta`limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mustaqil ta`lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Mustaqil ta'lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1.O‘rta Osiyoning ibtidoiy davri tarixiga oid adabiyotlar bibliografiyasi ro‘yhatini tuzish. 2.O‘rta Osiyodagi ilk paleolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 3.O‘rta Osiyodagi o‘rta paleolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 4.O‘rta Osiyodagi so‘nggi paleolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 5. O‘rta Osiyodagi mezolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 6. O‘rta Osiyodagi neolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 7. O‘rta Osiyodagi eneolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 8. O‘rta Osiyodagi bronza davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 9. O‘rta Osiyolik mashhur arxeologlar haqida biografik ma`lumotlar to‘plash. 10. O‘rta Osiyodagi ibtidoiy tasviriy san`at asarlari bo‘yicha albom to‘plash. 11. Har bir mavzuga oid adabiyotlar ro‘yhatini tuzish. 12. O‘zbekiston Davlat tarixi muzeyining ekspozitsiyalarini o‘rganish. 13.Milliy qahramonlar To‘maris, Shiroq va Spitamen haqida tarixiy esse yozish. 14. Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari xaritasini chizish. 15.Internet sahifalaridan Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga yurishiga oid materiallar to‘plash. 16. “Buyuk Ipak yo‘li – muloqot yo‘li” mavzusida ilmiy maqola yozish. 17. O‘rta Osiyoda buddaviylikning yoyilishi haqida referat yozish. 18. Zardo‘shtiylik e`tiqodi va O‘rta Osiyo mavzuida kichik tadqiqot olib borish. 19. Ellin davrida O‘rta Osiyo madaniyati mavzusida albom tayyorlash. 20. Qadimgi yozuvlar haqida (Xorazm, Kushon, Baqtriya, Eftal yozuvlarining tarixi) ma`ruza tayyorlash. 21. “Islom va uning mohiyati” mavzusida referat tayyorlash. 22. Islomdagi mazhablar tarixidan tarixiy ma`lumotnoma to‘plash. 23. Arab xalifalari shajarasini tuzish. 24. Xadisi-sharif umuminsoniy qadriyat haqida tarixiy esse yozish. 25. Qur`oni Karimning o‘rganilishi tarixidan mavzusida ilmiy maqola tayyorlash. 26. «Islom va tasviriy san`at» mavzusidagi munozaraga materiallar tayyorlash. 27.O‘zbekiston tarixi muzeyidan qadimgi davrga oid ekspozitsiyalarni o‘rganish. 28. O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolar ro‘yhatini tuzish. 29. Imom Buxoriy buyuk muhaddis alloma haqida ma`ruza tayyorlash. 30.«Burhoniddin Marg‘inoniy va O‘rta Osiyo fiqh maktabi» mavzusida yozma ish yozish. 31. Somoniylar shajarsani tuzish. 32. Qoraxoniylar shajarasini tuzish. 33. Saljuqiylar shajarasini tuzish. 34. G‘aznaviylar shajarasini tuzish. 35. Xorazmshohlar shajarasini tuzish. 36. «Vatan Ozodligi va Jaloliddin Manguberdi» mavzusida insho yozish. 37. Ulug‘bek davriga oid olimlar ro‘yhatini tuzish. 38. Temuriy hukmdorlar ro‘yxatini tuzish. 39. Temur davlatining tuzilishi chizmasini chizish. 40.Internet yordamida horijda Temur haqida chop etilgan kitoblarning ro‘yxatini tuzish. 41.Temur va temuriylar muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishish natijasida Temurning harbiy yurishlari bo‘yicha xaritalar chizish. 42. Temur va temuriylar davri me`moriy yodgorliklari tarixini aks ettiruvchi fotoalbom tayyorlash. 43. Temuriylar shajarasini tuzish 44. XVI-XIX asrlarda tarixshunoslik. 45. O‘zbek xonliklari davrida oid manbalar va adabiyotlar. 46. O‘zbek xonliklarining siyosiy xaritasi. 47. O‘zbek xonliklarida etnik qabilalarning joylashuvi. 48. XVI-XIX asrlarda aholining maishiy turmush tarzi. 49. O‘zbek xalqining shakllanish jarayonlari. 50. Shayboniylar davrida ijtimoiy tizimi. 51. Abdullaxon yirik davlat arbobi mavzusida tezis tayyorlash. 52. Shayboniylarning davlat boshqaruvi tizimi. 53. Shayboniylar davlatida mahalliy boshqaruv tizimi. 54. Shayboniylar harbiy qo‘shinining tuzilishi. 55. Buxoro xonligida yer egaligi shakllari. 56. Buxoro amirligida saroy unvonlari va mansablari. 57. Qo‘qon xonligida saroy unvonlari va mansablari. 58. Qo‘qon xonligida harbiy-ma`muriy mansablar va unvonlar. 59. Qo‘qon xonligida diniy unvon va mansablar. 60. Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari. 61. Xiva xonligida Kengash (Devon) tarkibi va faoliyati. 62. O‘zbek xonliklarining o‘zaro munosabatlari va xalqaro savdo-diplomatik aloqalari. 63. O‘zbek xonliklari va milliy g‘oya. 64. O‘zbekiston Davlat tarixi muzeyi ekspozitsiyalari va zaxira fondlarida ishlash. 65.O‘rta Osiyo xonliklarini chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarni yozib chiqish (Qo‘qon, Buxoro, Xiva xonliklari). 66.Muzey zahira fondlarida saqlanayotgan ko‘rgazmalar katalogini tuzib chiqish. 67.O‘rganilayotgan davr bo‘yicha arxiv fondlari katalogini tuzish (masalan: mavzu: 1916-yil milliy-ozodlik harakati. Toshkent shahri misolida). 68. Jadidchilik harakatining ijtimoiy-siyosiy mohiyati va jadidlar tafakkuri. 69. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi «Nodir kitoblar» fondida saqlanayotgan «Turkiston to‘plami» jamlamasi asosida mustamlaka tarixiga oid maqolalarni o‘rganish. 70.O‘zbekiston tarixiga oid (XIX asr ikkinchi yarmi XX asr II yarmiga oid) internet saytlarini o‘rganish (masalan Turkiston muhtoriyati mavzusi). 71.Sovetlarning YaIS (NEP) siyosatini adabiyotlarda yoritilishini ilmiy taxlil qilish. 72. Milliy chegaralanish siyosati. Maqsad va vazifalar. 73. 1917-1924-yillarda Buxoro xududi. 74. Amir Said Olimxonning «Buxoro xalqining xasrati tarixi».T.; «Fan»,1991, asarining tafsiloti. 75. «Yosh Buxoroliklar» tashkiloti xaqida referat yozish. 76. Fayzulla Xo‘jaev. 1-2-3-tomlar, T.: «Fan», 1976-1980 y. kitoblari ustida ishlash va maqola yozish. 77. Ma`naviyat va milliylik uchun kurash (1917-1924-y). 78.«Chig‘atoy guringi» (1919-1921-y.) tashkiloti (Munavvar Qori, Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy va b.) faoliyatini o‘rganish va referat yozish. 35 79. O‘zbekistonda mustabid ma`muriy-buyruqbozlik tizimini shakllanishi. 80. Qatag‘onlik va jamolashtirish siyosati va uning fojiyaviy oqibatlari. 81.Qatag‘on qurbonlari muzey materiallarini o‘rganish bo‘yicha referat yozish. 82. O‘zbekistonlik jangchilarning frontlardagi faoliyati. 83.Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar. 84.Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar. 85. Yuksak ma`naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida). 86. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar) 87. Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar. 88. O‘zbekistondainsonhuquqlarivaerkinliklarikafolatiningyaratilishi. 89. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichlari 90. O‘zbekiston Respublikasida ta`lim tizimida yangi islohotlarning amalga oshirilishi. 91. O‘zbekistonning tashqi siyosati borasidagi yangi davr 3. VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: ● O‘zbekiston tarixining asosiy bosqichlari; O‘zbekiston tarixining ma`lum bir tarixiy hodisalari; jahon tarixida O‘zbekistonning tutgan o‘rni; ● zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi; tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan O‘zbekiston tarixi muammolarning ishlab chiqilishi jarayonlarini bilishi kerak; ● O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolarini o‘rganish va metodologiyasini ishlab chiqishda milliy g‘oyaning ahamiyati; O‘zbekiston tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning o‘ziga xosligi haqida; O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida rivojlanishi; tarix fani ijtimoiy tafakkur mahsuli ekanligi, ijtimoiy fanlar rivojida tarix fanining muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. ● Vatan tarixini bilish; ma`naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilishi, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarashga ega bo‘lishi; bakalavriat yo‘nalishiga mutanosib ravishda raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi; yangi bilimlarni mustaqil egallay olishi, o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o‘zini kamolotga yetkazish ustida ishlay bilishi; ta`lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma`lumotli shaxslarga tegishli lavozimlarning bo‘sh o‘rinlarida mustaqil ishlay olish tajribasiga ega bo‘lishi; bakalavriatning tegishli yo‘nalishi doirasida tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura oliy ta`limini davom ettirish malakalariga ega bo‘lishi kerak. VII. Ta`lim texnologiyalari va metodlari: 4. ● ma`ruzalar; ● interfaol keys-stadilar; ● seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar); ● guruhlarda ishlash; ● taqdimotlarni qilish; ● individual loyihalar; ● jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar. 5. 6. VIII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. IX. Asosiy adabiyotlar 1.O‘zbekiston tarixi. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik/I kitob.Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – Toshkent, Donishmand Ziyosi, 2021. 2.O‘zbekiston tarixi. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – Toshkent, 2019. 3.Новейшая история Узбекистана. – Ташкент. Адабиёт учқунлари, 2018. С.512. 42017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегиясида. – Тошкент, Ўзбекистон, 2017. 5.Ўзбекистоннинг янги тарихи. 1, 2, 3-китоблар. –Тошкент.: Шарқ, 2000. 6.Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). 1-2-том. Масъул муҳаррирлар: Р. Абдуллаев, Қ. Ражабов, М. Раҳимов. –Тошкент: Ўзбекистон, 2019. 7.Зиёев Х. Ўзбекистоннинг мустақиллик учун курашлари тарихидан. – Тошкент, 2000. 8.Эшов Б.Ж., Одилов А.А. Ўзбекистон тарихи. I - II– жилд. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2014. Qo`shimcha adabiyotlar 1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т.1. –Тошкент.: Ўзбекистон. 2017. 2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Тошкент.: Ўзбекистон. 2017. 3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Тошкент.: Ўзбекистон. 2017. 4. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ. Т.: «Ўзбекистон» 2016. 5. Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. - Тошкент: Ўзбекистон, 1996. Т. 1. 6. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. 7. Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. 8. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент. Ўзбекистон, 2011. 9. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. –Т., Ўзбекистон. 2015. 10. Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). T., 2000. 11. Азизхўжаев А.А. Мустақиллик: курашлар, изтироблар, қувончлар. – Тошкент, 2001. 12. Aзизхўжаев А.А. Чин ўзбек иши. – Тошкент, 2003. 13. Абдурахмон Толе. Абулфайзхон тарихи. Т.: Фан, 1959. 14. Абдухолиқ Абдурасул ўғли. Чин ва Мочин. – Т.: Фан, 2006. 15. Абу Бакр ибн Жафар Наршахий. Бухоро тарихи Т.: Камалак, 1995. 16.Абу Райҳон Беруний қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. Танланма асарлар I жилд, Т.: Фан, 1968. 17. Aбу Рaйxoн Бeруний. Ҳиндистoн. 2-жилд.-Т., 1965. 18. Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. - T., 1993. 19. Абулғози. Шажараи турк. Т.: Чўлпон, 1990. 20. Авесто / Асқар Махкам таржимаси. – Тошкент: Шарқ, 2001. 21. Асқаров А. Энг қадимги шаҳар. - Т., 2001. 22. Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. - Т., 2007. 23. Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. - Т., Ўзбекистон. 2015. 24. Аҳмад ибн Маҳмуд Бухорий. Тарихи Муллозода / Сўз боши, форс тилидан таржима, изоҳлар муаллифлари Ш.Воҳидов, Б.Аминов. – Т.: Янги аср авлоди. 2009. 25. Ахмедов Б.А. Ўзбекистон тарихи манбалари. - T.: Ўқитувчи, 2001. 26. Ахмедов Б.А. Ўзбекистоннинг атоқли тарихшунос олимлари. - Т., 2003. 27. Ахмедов Э. Ўзбекистон шаҳарлари мустакиллик йилларида. – Т.: Абу Али ибн Сино нашр., 2002. 28. Ахмаджонов Россия империяси Марказий Осиёда. Т., 2003 29. Исмоилова Ж. Фарғона водийсида миллий озодлик курашлари. Т., 2003. 30. Бунёдов З.М. Ануштегин-Хоразмшоҳлар давлати. - T., 1998. 31. Гаспиринский И. Ҳаёт ва мамот масаласи. –Т.: Маънавият, 2006. 32. Гумилев Л.Н. Қадимги турклар. -Т., 2007. 33. Дaдaбoeв Ҳ. Aмир Тeмурнинг ҳaрбий мaҳoрaти. - Т.,1996. 34. Ёрматов И. Илоқ тарихи. - Т., 2005. 35. Ermetov A. O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda ichki ishlar organlarining ishtiroki (1917-1945 yillar). O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “Navo‘z” nashriyoti, 2020. 36. Жўраев Н. Ўзбекистон тарихи: (Миллий истиқлол даври). – Тошкент: Шарқ, 2011. 37. Жабборов И. Ўзбеклар. – Тошкент, Шарқ. 2008. 38. Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг ҳарбий бошқарви ва қўшин тузилиши (Шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: “Баёз”, 2018. 39. Замонов А., Тўхтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоийиқтисодий жараёнлар (Шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: “Тафаккур”, 2018. 40. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. - T., 1964. 41. Зиёев Ҳ.З. Буюк Амир Темур салтанати ва унинг тақдири. – Т.: Маънавият. 2008. 42. Зиёев Х. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. Т., 1998. 43. Зoҳидoв В. Уч дaҳo (Фaрoбий, Бeруний, Ибн Синo). - Т., 1987. 44. Ибн Арабшоҳ. «Амир Темур тарихи». - Т.: Меҳнат, 1992. 45. Исломов З.М. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. – Тошкент: Адолат, 2007. 46. Исмoил Aкa. Буюк Тeмур дaвлaти.- Т., 1996. 47. Левитин Л. Ўзбекистон туб бурилиш палласида – Т.: Ўзбекистон, 2005. 48. Люсeн Кэрeн. Aмир Тeмур сaлтaнaти. - Т., 1999. 49. Мaxмуд Қoшғaрий. Дeвoни лўғoти турк. 1-3 жилдлaр. -Т.: Фaн, 19601963. 50. Маънавият юлдузлари. - T., 2001. 51. Миллий истиқлол ғояси. Масъул муҳаррир И.Эргашев. – Тошкент: Академия, 2005. 52. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар ва атамалар. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2002. 53. Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. - T., 1994. 54.Мусаев Н.У. Ўрта Осиёда деҳқончилик маданияти ва аграр муносабатлар тарихидан (Тош даври охиридан - XX аср бошларига қадар). – Тошкент: Фан, 2005. 55. Муҳаммадиёр ибн Араб Қатаған. Мусаххир ал-билод. / Форс тилидан таржима, изоҳлар муаллифлари И. Бекжонов, Д. Сангирова. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2009. 56. Муҳаммаджонов А. Темур ва темурийлар салтанати. -T., 1994. 57. Насавий. Сийрат ас-Султон Жалолиддин Мангуберди. -T.: 1999. 58. Низомулмулк. Сиёсатнома. - Т.: Адолат, 1997. 59. Низомиддин Шомий. Зафарнома. -T.: Ўзбекистон, 1996. 60. Рахмонов Н. Турк хоқонлиги. - T., 1993. 61. Расулов М. Бозор иқтисодиёти асослари: Олий ўқув юрти талабалари учун дарслик. – Тошкент: Ўзбекистон, 1999. 62. Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х., Абдуллаев Е.В. Қадимги Ўзбекистон цивилизацияси: давлатчилик ва ҳуқуқ тарихидан лавҳалар. - T., 2001. 63. Сулаймонова Ф. Шарқ ва ғарб. - Т.: Фан, 1991. 64. Темур тузуклари. -T.: 1991, 1996. 65. Темур ва Улуғбек даври тарихи. -T.: 1996. 66. Шамсуддинов Р. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиёсати ва унинг фожеали оқибатлари. -Т., 2001. 67. Шарафиддин Али Яздий. «Зафарнома». - Т.: Шарқ. 1997. 68. Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. - Т., 2001. 69. Сагдуллаев А.С. Қадимги Ўрта Осиё тарихи. T., 2004. 70. Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари: чоризм ва совет мустамлакачилиги даврида Ўзбекистон миллий бойликларининг ўзлаштирилиши. \ Лойиҳа раҳбари, Масъул муҳаррир: Д.А.Алимова. – Т.: Шарқ, 2001. 71.Муртазаева Р.Ҳ. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва бағрикенглик. –Тошкент: Универститет, 2007. 72. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 13 жилдлик. Т.: ЎзМЭ, 20002006. 73. Ўзбекистон тарихи. Т.: Университет, 1997. 74. Ўзбекистон тарихининг энг асосий саналари. - Т., 2006. 75. Ўзбекистон халқининг дини, маданияти ва урф-одатлари: тарих ва ҳозирги ҳолат. – Т: ТИУ, 2011. 76. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва бағрикенглик: тарихий тажриба ва ҳозирги замон. Масъул муҳаррир Р.Ҳ.Муртазаева. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. 77. Тўраев Б. Абу Райҳон Беруний. - Т.: Тафаккур. 2010. 78. Умаров Ш. Бурхониддин Марғиноний. - Т.: Мавароуннаҳр. Тафаккур. 2010. 79. Шайх Муҳаммад Юсуф. Фикҳ йўналишлари ва китоблар. - Т.: Шарқ. 2011. 80. Эшов Б.Ж. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012. 81.Эшов Б.Ж. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи. (ўқув қўлланма). – Тошкент: Маърифат, 2009. 82. Юнусова Х.Э. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва маънавий жараёнлар (ХХ аср 80-йиллари мисолида). – Тошкент: Abu matbuotkonsalt, 2009. 83. Қорақалпоғистон тарихи (1917-1994 йй.). – Нукус, 1995. 84. Ғаффоров Ш.С. Тарих ва тақдир: Россия империясидан Туркистонга кўчирилганлар. -Т., 2006. 85. Haydarov М. O‘zbekistonda sovet davlat boshqaruv tizimi: bosqichlari va mohiyati (1925-1941 yy). O‘quv qo‘llanma. – Т., 2019. 86. Ҳофиз Таниш Бухорий. Абдулланома. I-II жилд. Т.: Шарқ, 1999-2000. Axborot manbalari 1. www.ziyonet.uz. 2. www.edu.uz. 7. 8. 9. 3. www.google.uz. 4. www.fvat.uz. 5. www.mirknig.ru. 6.www.kungrad.com. Ma’mun-Universitetida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Fan/modul uchun mas’ullar: Аbdalov. U - PhD.dots. Tаriх va psixologiya kаfеdrаsi mudiri. Tadjiyeva. F - PhD.Tаriх va psixologiya kаfеdrаsi o`qituvchisi. Bekchanov D - Tаriх va psixologiya kаfеdrаsi o`qituvchisi. Taqrizchilar: Q.Sobirov – UrDU, “Tarix” kafedrasi prof. v.b., t.f.n. S.Navruzov – UrDU, “Tarix” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi. O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MA`MUN – UNIVЕRSITЕTI NTM “TASDIQLAYMAN” O`quv ishlari bo`yicha prorektor __________ N.Xudaynazarov ____ - ______________ 2022 yil “O’ZBEKISTON TARIXI” FANI BO’YICHA SILLABUS (ISHCHI O’QUV DASTURI) Oliy ta’limning Bilim sohasi: 200000 – Gumanitar soha Ta’lim sоhasi: 220000 – Gumanitar fanlar Ta’lim yo’nalishi: - 60220300 –Tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar bo’yicha) (1-bosqich (sirtqi ta`lim) 1-2 semestrlar uchun) Xiva - 2022 Mazkur fanning ishchi o‘quv dasturi Ma’mun-Universiteti Nodavlat ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan 2022-yil “___” ____________ dagi №___ bayonnomaga asosan tasdiqlangan “O’zbekiston tarixi” fanining o`quv dasturi asosida tuzilgan. Mazkur o‘quv dasturi Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Kengashining 2022yil “____”_________dagi yig`ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchn tavsiya etilgan. (__-sonli bayonnoma). Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani: __________________ PhD.S.B.Xodjayev Mazkur o‘quv dasturi Tarix va psixologiya kafedrasining 2022-yil “____”_________dagi yig`ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchn tavsiya etilgan. (__-sonli bayonnoma). Tarix va psixologiya kafedrasi mudiri:___________ PhD.,dots.U.M.Abdalov FAN TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT Fan/modul kodi UZTB129 O‘quv yili 2022-2023 Ta’lim tili O‘zbek Fan/modul turi Majburiy Fanning nomi 1. Semestr 1-2 O`zbekiston tarixi Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) 1-semestr – 26, 2-semestr – 24, ECTS - Kreditlar 1-semestr –6, 2-semestr – 5, Haftadagi dars soatlari 1-semestr – 7 2-semestr – 6 Mustaqil ta’lim (soat) 1-semestr – 154 2-semestr – 126 Jami yuklama (soat) 1-semestr – 180 2-semestr – 150 FAN O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT: Kafedra: Dastur muallifi: Telefon raqami E-mail: Tashkilot: Tarix va psixologiya D.Salaev,D.Bekchanov +998937552255 dilshod-salaev@mail.ru Ma’mun-Universiteti NTM Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad – tarixning davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligi, jamiyat rivojlanishida davlatchilikning muhim voqеa hisoblanishi, tarixning kеyingi taraqqiyoti bosqichida fuqarolik jamiyatning paydo bo’lishi bilan fan, tеxnika, madaniyat, axborotlar o’zlashtira borish, ularni jamiyatga bog’lik bo’lgan hodisalarni ko’rsatishdir Fanning vazifasi – jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uyg’unlik farqlarini ajratish, tarix fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga ko’rsatib bеrish, tarix fanining asosiy yo’nalishlarini tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish omillarini tahlil qilishda tarix fanining o’rnini tushuntirishdan iborat. I. Ma’ruza mashg’ulotlari 1-semestr № 1 2 3 4 5 6 Ma’ruzalar mavzusi 1-semestr Kirish. O’zbеkiston tarixi fanining prеdmеti, maqsadi, vazifalari, manba va asoslari. O’zbеkiston tarixining eng qadimgi davri O’zbеkiston davlatchiligining shakllanishi asoslari. Qadimgi Baqtriya. So’g’diyona. Qadimgi Xorazm. Sak-massagеtlar. O’rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida (mil.avv. VI-IV asrlar). Makеdoniyalik Alеksandrning Baqriya va So’g’diyonaga yurishlari. O’zbеkistonning antik davr davlatchiligi. Xorazm, Qang’, Davan, Yuеchji–Kushon va Kushon davlatlari. Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyo. Arab xalifaligi davrida Movaraunnahr va Xuroson. Islom dini va uning O’rta Osiyoga tarqatilishi. Jami: Soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 12 soat 1-semestr jami: 12 soat 1 2 3 4 5 Ma’ruza mashg’ulotlari 2-semestr Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Safforiylar davlati. Somoniylar davlati. Qoraxoniylar davlati. Saljuqiylar davlati. X-XI asrlarda Janubiy va Shimoliy Xorazm. Xorazmshoh - Anushtaginiylar davlati. O'rta Osiyo xalqlari tarixida IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg'onish davri. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi. 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 6 Jaloliddin Manguberdi jasoratlari. Movarounnahr Chig'atoy ulusi 2 soat tarkibida. Jami: 12 soat 1-semestr jami: 12 soat Ma’ruza mashg’ulotlari modul tizimida va multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyalarda o’tkaziladi. Seminar mashg‘ulotlar tashkillashtirishda zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalanish bir akademik guruhga bitta professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Seminar mashg’ulotlari 1-semestr № Seminar mashg’ulot mavzulari I-semestr 1 Ibtidoiy jamoa davri tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi. 2 O’rta Osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari. Ibtidoiy odamlar guruhi va antropogеnеz jarayoni. 3 O’zbеkiston hududida paleolit, mеzolit va nеolit, enеolit, bronza va ilk tеmir davrlarining xususiyatlari. 4 O’rta Osiyodagi ilk davlat uyushmalari (VIII-VI asrlar) qadimgi Xorazm, Baqtriya, So’g’diyona davlatlari. 5 Qang’, Davan va Xorazm davlatlari. Kushon davlati. 6 Ilk o’rta asrlarda еr egaligi munosabatlari. Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar davlati. 7 Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi xalq ozodlik harakatlari. Islom dini Jami: Soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 14 soat 1-semestr jami: 14 soat Seminar mashg’ulotlar 2-semestr 1 2 3 4 5 6 Tohiriylar davlati. Safforiylar davlati. Somoniylar davlati. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. G'aznaviylar davlati. Saljuqiylar davlati. Xorazmshohlar davlati.(IX-XI asrlar). Xorazmshohlar davlati.(XI-XII asrlar) IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot. Movarounnahr va Xurosonning mo`g'ullar tomonidan bosib olinishi. Movarounnahr Chig'atoy ulusi tarkibida. 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat 2 soat Jami: 12 soat 2-semestr jami: 12 soat Kurs ishi mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Kurs ishi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka tartibda topshiriq shaklida beriladi. Kurs ishining hajmi, rasmiylashtirish shakli, baholash mezonlari fan ishchi dasturda va tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Kurs ishining bajarish talablarida fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilishi kerak. Shuningdek, kurs ishining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va zamonaviy bilim ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Kurs ishlari (loyihalari) fan bo‘yicha o‘quv faoliyati turi sifatida qaraladi va uni o‘rganishga ajratilgan soat chegarasida bajariladi. Kurs ishi mashg’ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 O’rta Osiyo Ahamoniylar davlati tarkibida (mil.avv. VI-IV asrlar). O’zbеkistonning antik davr davlatchiligi. Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlari (mil.avv.VII-VI asrlar) Makеdoniyalik Alеksandrning Baqriya va So’g’diyonaga yurishlari. O'rta Osiyodagi so'nggi paleolit davri ibtidoiy manzilgohlari O’rta Osiyodagi mеzolit davri ibtidoiy manzilgohlari Xorazm, Qang’ davlatlari Davan, Kushon davlatlari O’rta Osiyodagi enеolit davri ibtidoiy manzilgohlari O’rta Osiyodagi bronza davri ibtidoiy manzilgohlari O'rta Osiyolik mashhur arxeologlar O'rta Osiyodagi ibtidoiy tasviriy san'at asarlari namunalari Aleksandr Makedonskiyning O'rta Osiyoga harbiy yurishi “Buyuk Ipak yo'li – muloqot yo'li” O'rta Osiyoda buddaviylikning yoyilishi Zardushtiylik e'tiqodi va O'rta Osiyo Ellinizm davrida O'rta Osiyo madaniyati Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyati IX-XII asrlar Movarounnahr va Xurosonda uyg`onish davri Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyo. “Avesto” va Xorazm Arab xalifaligi davrida Movarounnahr va Xuroson. Islom dini va uning O’rta Osiyoga tarqalishi Somoniylar davlati Ismoil Somoniy davrida Imom Buxoriy va Imom at-Termiziy buyuk hadis ilmi namoyondalari 26 Al-Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniylarning ilmiy faoliyati 27 Movarunnahr va Xurosonda Arab xalifaligidan mustaqil mahalliy davlatlarning tashkil topishi (IX-X asr) 28 “Bayt ul-hikma” faoliyati (Bag’dod akademiyasi) 29 Somoniylar,Qoraxoniylar,G’aznaviyalar,Saljuqiylar davlati 30 Anushtegin-Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi Mustaqil ish mavzulari 1-semestr Mustaqil ta’limdan ko’zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mustaqil ta’lim sеminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishdan tashqari fan dasturida ko’rsatilmagan, ammo fan bo’yicha talabaning bilim doirasini kеngaytiruvchi qo’shimcha mavzular doirasida bеrilgan topshiriqlarni bajarishni o’z ichiga oladi. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: № Mustaqil ish mavzusi Ajratilgan soat I-semestr 4 soat 1 O'rta Osiyoning ibtidoiy davri tarixiga oid adabiyotlar bibliografiyasi ro'yhatini tuzish. 4 soat 2 O'rta Osiyodagi ilk paleolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 4 soat 3 O'rta Osiyodagi o'rta paleolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 4 soat 4 O'rta Osiyodagi so'nggi paleolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 4 soat 5 O’rta Osiyodagi mеzolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 4 soat 6 O’rta Osiyodagi nеolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 4 soat 7 O’rta Osiyodagi enеolit davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 4 soat 8 O’rta Osiyodagi bronza davri ibtidoiy manzilgohlari xaritasini tuzish. 4 soat 9 O'rta Osiyolik mashhur arxeologlar haqida biografik ma'lumotlar to'plash. 4 soat 10 O'rta Osiyodagi ibtidoiy tasviriy san'at asarlari bo'yicha al`bom to'plash. 4 soat 11 Har bir mavzuga oid adabiyotlar ro’yhatini tuzish. 4 soat 12 O’zbеkiston Davlat tarixi muzеyining ekspozisiyalarini o’rganish. 4 soat 13 Milliy qahramonlar To'maris haqida tarixiy esse yozish. 4 soat 14 Milliy qahramonlar Shiroq haqida tarixiy esse yozish. 15 Milliy qahramonlar Spitamen haqida tarixiy esse yozish. 16 Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari xaritasini chizish. 17 Internet sahifalaridan Aleksandr Makedonskiyning O'rta Osiyoga yurishiga oid materiallar to'plash. 18 “Buyuk Ipak yo'li – muloqot yo'li” mavzusida ilmiy maqola yozish. 19 O'rta Osiyoda buddaviylikning yoyilishi haqida referat yozish. 20 Zardo'shtiylik e'tiqodi va O'rta Osiyo mavzuida kichik tadqiqot olib borish. 21 Ellin davrida O'rta Osiyo madaniyati mavzusida albom tayyorlash. 22 Qadimgi yozuvlar haqida (Xorazm yozuvining tarixi) ma'ruza tayyorlash. 23 Qadimgi yozuvlar haqida (Kushon yozuvining tarixi) ma'ruza tayyorlash. 24 Qadimgi yozuvlar haqida (Baqtriya yozuvining tarixi) ma'ruza tayyorlash. 25 Qadimgi yozuvlar haqida (Eftal yozuvining tarixi) ma'ruza tayyorlash. 26 “Islom va uning mohiyati” mavzusida referat tayyorlash. 27 Islomdagi mazhablar tarixidan tarixiy ma'lumotnoma to'plash. 28 Arab xalifalari shajarasini tuzish. 29 Xadisi-sharif umuminsoniy qadriyat haqida tarixiy esse yozish. 30 Qur'oni Karimning o'rganilishi tarixidan mavzusida ilmiy maqola tayyorlash. 31 Seminar mashg`ulotiga tayyorgarlik ko`rish Jami soat 4 soat 4 soat 4 soat 4 soat 4 soat 4 soat 4 soat 4 soat 4 soat 4 soat 4 soat 6 soat 6 soat 4 soat 4 soat 8 soat 24 soat 154 soat 1-semestr jami: 154 soat 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Mustaqil ish mavzulari 2-semestr «Islom va tasviriy san'at» mavzusidagi munozaraga materiallar tayyorlash. O'zbekiston tarixi muzeyidan qadimgi davrga oid ekspozitsiyalarni o'rganish. O'zbekistondagi muqaddas qadamjolar ro'yhatini tuzish. Imom Buxoriy buyuk muhaddis alloma haqida ma'ruza tayyorlash. «Burhoniddin Marg'inoniy va O'rta Osiyo fiqh maktabi» mavzusida yozma ish yozish. Somoniylar shajarsani tuzish. Ismoil Somoniy va unng faoliyati. Ismoil Somoniy maqbarasi. Qoraxoniylar shajarasini tuzish. Somoniylar shajarasini tuzish 8 soat 8 soat 8 soat 8 soat 8 soat 8 soat 8 soat 8 soat 8 soat 10 11 12 13 14 15 16 Qoraxoniylar davri me’morchiligi. Minorai Kalon. Saljuqiylar shajarasini tuzish. G'aznaviylar shajarasini tuzish. Xorazmshohlar shajarasini tuzish. «Vatan Ozodligi va Jaloliddin Manguberdi» mavzusida insho yozish. Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyati IX-XII asrlar Movarounnahr va Xurosonda uyg`onish davri Jami soat 8 soat 8 soat 8 soat 8 soat 8 soat 8 soat 6 soat 126 soat 2-semestr jami: 126 soat Jami: 280 soat Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. 2. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: ● O’zbekiston tarixi qadimgi va o’rta asrlar davri xususiyatlari, hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, feodal shaharlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, feodal jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va diniy hayotidagi o‘zgarishlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak; ● qadimgi va o’rta asrlar davrning rivojlanib, o‘zining eng xususiyatlarini yo‘qotishi va o‘z o‘rnini yangi iqtisodiy munosabatlarga bo‘shatib berishi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishini to‘g’ri tushunish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; 3. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: ma’ruzalar; •seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar); •guruhlarda ishlash; •taqdimotlarni qilish; 4. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g’ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. 5. Asosiy adabiyotlar 1.O‘zbekiston tarixi. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik/I kitob.Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – Toshkent, Donishmand Ziyosi, 2021. 2.O‘zbekiston tarixi. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – Toshkent, 2019. 3.Новейшая история Узбекистана. – Ташкент. Адабиёт учқунлари, 2018. С.512. 42017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегиясида. –Тошкент, Ўзбекистон, 2017. 5.Ўзбекистоннинг янги тарихи. 1, 2, 3-китоблар. –Тошкент.: Шарқ, 2000. 6.Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). 1-2-том. Масъул муҳаррирлар: Р. Абдуллаев, Қ. Ражабов, М. Раҳимов. –Тошкент: Ўзбекистон, 2019. 7.Зиёев Х. Ўзбекистоннинг мустақиллик учун курашлари тарихидан. – Тошкент, 2000. 8.Эшов Б.Ж., Одилов А.А. Ўзбекистон тарихи. I - II– жилд. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2014. Qo`shimcha adabiyotlar 1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т.1. –Тошкент.: Ўзбекистон. 2017. 2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Тошкент.: Ўзбекистон. 2017. 3. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Тошкент.: Ўзбекистон. 2017. 4. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ. Т.: «Ўзбекистон» 2016. 5.Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Тошкент: Ўзбекистон, 1996. Т. 1. 6. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. 7. Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. 8. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент. Ўзбекистон, 2011. 9. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. –Т., Ўзбекистон. 2015. 10.Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). T., 2000. 11. Азизхўжаев А.А. Мустақиллик: курашлар, изтироблар, қувончлар. – Тошкент, 2001. 12. Азизхўжаев А.А. Чин ўзбек иши. – Тошкент, 2003. 13. Абдурахмон Толе. Абулфайзхон тарихи. Т.: Фан, 1959. 14. Абдухолиқ Абдурасул ўғли. Чин ва Мочин. – Т.: Фан, 2006. 15. Абу Бакр ибн Жафар Наршахий. Бухоро тарихи Т.: Камалак, 1995. 16. Абу Райҳон Беруний қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. Танланма асарлар I жилд, Т.: Фан, 1968. 17. Aбу Рaйxoн Бeруний. Ҳиндистoн. 2-жилд.-Т., 1965. 18. Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. - T., 1993. 19. Абулғози. Шажараи турк. Т.: Чўлпон, 1990. 20. Авесто / Асқар Махкам таржимаси. – Тошкент: Шарқ, 2001. 21. Асқаров А. Энг қадимги шаҳар. - Т., 2001. 22. Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. - Т., 2007. 23. Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. - Т., Ўзбекистон. 2015. 24. Аҳмад ибн Маҳмуд Бухорий. Тарихи Муллазода / Сўз боши, форс тилидан таржима, изоҳлар муаллифлари Ш.Воҳидов, Б.Аминов. – Т.: Янги аср авлоди. 2009. 25. Ахмедов Б.А. Ўзбекистон тарихи манбалари. - T.: Ўқитувчи, 2001. 26. Ахмедов Б.А. Ўзбекистоннинг атоқли тарихшунос олимлари. - Т., 2003. 27. Ахмедов Э. Ўзбекистон шаҳарлари мустақиллик йилларида –Т.: Абу Али ибн Сино нашр., 2002. 28. Ахмаджонов Россия империяси Марказий Осиёда. Т., 2003 29. Исмоилова Ж. Фарғона водийсида миллий озодлик курашлари. Т., 2003. 30. Бунёдов З.М. Ануштегин-Хоразмшоҳлар давлати. - T., 1998. 31. Гаспиринский И. Ҳаёт ва мамот масаласи. –Т.: Маънавият, 2006. 32. Гумилев Л.Н. Қадимги турклар. -Т., 2007. 33. Дaдaбoeв Ҳ. Aмир Тeмурнинг ҳaрбий мaҳoрaти. - Т.,1996. 34. Ёрматов И. Илоқ тарихи. - Т., 2005. 35.Ermetov A. O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda ichki ishlar organlarining ishtiroki (1917-1945 yillar). O‘quv qo‘llanma. - Toshkent: “Navo‘z” nashriyoti, 2020. 36. Жўраев Н. Ўзбекистон тарихи: (Миллий истиқлол даври). – Тошкент: Шарқ, 2011. 37. Жабборов И. Ўзбеклар. – Тошкент, Шарқ. 2008. 38. Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг ҳарбий бошқарви ва қўшин тузилиши (Шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: “Баёз”, 2018. 39. Замонов А., Тўхтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоийиқтисодий жараёнлар (Шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: “Тафаккур”, 2018. 40. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. - T., 1964. 41. Зиёев Ҳ.З. Буюк Амир Темур салтанати ва унинг тақдири. – Т.: Маънавият. 2008. 42. Зиёев Х. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. Т., 1998. 43. Зoҳидoв В. Уч дaҳo (Фaрoбий, Бeруний, Ибн Синo). - Т., 1987. 44. Ибн Арабшоҳ. «Амир Темур тарихи». - Т.: Меҳнат, 1992. 45. Исломов З.М. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. – Тошкент: Адолат, 2007. 46. Исмoил Aкa. Буюк Тeмур дaвлaти.- Т., 1996. 47. Левитин Л. Ўзбекистон туб бурилиш палласида – Т.: Ўзбекистон, 2005. 48. Люсeн Кэрeн. Aмир Тeмур сaлтaнaти. - Т., 1999. 49. Мaxмуд Қoшғaрий. Дeвoни луғoтит турк. 1-3 жилдлaр. -Т.: Фaн, 1960-1963. 50. Маънавият юлдузлари. - T., 2001. 51. Миллий истиқлол ғояси. Масъул муҳаррир И.Эргашев. – Тошкент: Академия, 2005. 52. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар ва атамалар. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2002. 53. Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. - T., 1994. 54. Мусаев Н.У. Ўрта Осиёда деҳқончилик маданияти ва аграр муносабатлар тарихидан (Тош даври охиридан - XX аср бошларига қадар). – Тошкент: Фан, 2005. 55. Муҳаммадиёр ибн Араб Қатаған. Мусаххир ал-билод. / Форс тилидан таржима, изоҳлар муаллифлари И. Бекжонов, Д. Сангирова. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2009. 56. Муҳаммаджонов А. Темур ва темурийлар салтанати. -T., 1994. 57. Насавий. Сийрат ас-Султон Жалолиддин Мангуберди. -T.: 1999. 58. Низомулмулк. Сиёсатнома. - Т.: Адолат, 1997. 59. Низомиддин Шомий. Зафарнома. -T.: Ўзбекистон, 1996. 60. Рахмонов Н. Турк хоқонлиги. - T., 1993. 61. Расулов М. Бозор иқтисодиёти асослари: Олий ўқув юрти талабалари учун дарслик. – Тошкент: Ўзбекистон, 1999. 62. Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х., Абдуллаев Е.В. Қадимги Ўзбекистон цивилизацияси: давлатчилик ва ҳуқуқ тарихидан лавҳалар. - T., 2001. 63. Сулаймонова Ф. Шарқ ва ғарб. - Т.: Фан, 1997. 64. Темур тузуклари. -T.: 1991, 1996. 65. Темур ва Улуғбек даври тарихи. -T.: 1996. 66. Шамсуддинов Р. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиёсати ва унинг фожеали оқибатлари. -Т., 2001. 67. Шарафиддин Али Яздий. «Зафарнома». - Т.: Шарқ. 1997. 68. Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. - Т., 2001. 69. Сагдуллаев А.С. Қадимги Ўрта Осиё тарихи. T., 2004. 70. Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари: чоризм ва совет мустамлакачилиги даврида Ўзбекистон миллий бойликларининг ўзлаштирилиши. \ Лойиҳа раҳбари, Масъул муҳаррир: Д.А.Алимова. – Т.: Шарқ, 2001. 71. Муртазаева Р.Ҳ. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва бағрикенглик. –Тошкент: Универститет, 2007. 72. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 13 жилдлик. Т.: ЎзМЭ, 2000-2006. 73. Ўзбекистон тарихи. Т.: Университет, 1997. 74. Ўзбекистон тарихининг энг асосий саналари. - Т., 2006. 75. Ўзбекистон халқининг дини, маданияти ва урф-одатлари: тарих ва ҳозирги ҳолат. – Т: ТИУ, 2011. 76.Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва бағрикенглик: тарихий тажриба ва ҳозирги замон. Масъул муҳаррир Р.Ҳ.Муртазаева. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. 77. Тўраев Б. Абу Райҳон Беруний. - Т.: Тафаккур. 2010. 78. Умаров Ш. Бурхониддин Марғиноний. - Т.: Мавароуннаҳр. Тафаккур. 2010. 79. Шайх Муҳаммад Юсуф. Фикҳ йўналишлари ва китоблар. - Т.: Шарқ. 2011. 80. Эшов Б.Ж. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012. 81. Эшов Б.Ж. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи. (ўқув қўлланма). – Тошкент: Маърифат, 2009. 82. Юнусова Х.Э. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва маънавий жараёнлар (ХХ аср 80-йиллари мисолида). – Тошкент: Abu matbuot-konsalt, 2009. 83. Қорақалпоғистон тарихи (1917-1994 йй.). – Нукус, 1995. 84. Ғаффоров Ш.С. Тарих ва тақдир: Россия империясидан Туркистонга кўчирилганлар. -Т., 2006. 85. Haydarov М. O’zbekistonda sovet davlat boshqaruv tizimi: bosqichlari va mohiyati (1925-1941 yy). O’quv qo’llanma. – Т., 2019. 86. Ҳофиз Таниш Бухорий. Абдулланома. I-II жилд. Т.: Шарқ, 1999-2000. Axborot manbalari. 1. www.ziyonet.uz. 2. www.edu.uz. 3. www.google.uz. 4. www.fvat.uz. 5. www.mirknig.ru. 6.kungrad.com. 6 TALABALAR BILIMINI BAHOLASH Nazorat turlari Ushbu fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Oraliq nazorat o’quv jarayonining 3-haftasida talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini o’quv mashg’ulotlari davomida mustaqil ishni topshirishi orqali baholab boriladi . 1.3.Talabaning amaliy (yoki bo’lsa seminar xam) mashg’ulotlari va ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash talabalar bilimini baholash mezonlari nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi: 1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda mustaqil ishi yozma va og’zaki javobi bahosi (baholash mezonida nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari o’rtachasi hisoblanib yaxlitlab qo’yiladi. 1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (talabalar bilimini baholash mezonlarida nazarda tutilgan mezonlar) 30 ta test orqali elektron shaklda o’tkaziladi: Yakuniy nazorat turini o’tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan. Talabalar bilimini baholash mezonlari Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH TARTIBI № Reytingni baholash turlari Maks. ball 1. ORALIQ NAZORAT 50 Joriy baholash, shundan 20 1.1 1.1.1 Dars mashg’ulotlarida gi ishtiroki* 10 1.1.2 1.2. Amaliy mashg’ulotlarda gi faolligi 10 Oraliq baholash 30 YAKUNIY NAZORAT 50 2. JAMI Bajariladigan topshiriqlar Oraliq nazorat ishi 2 qismdan, ya’ni joriy va oraliq baholashdan iborat talabaning dars jadvaliga muvoffiq seminar, amaliy, laboratoriya mashgʼulotlarida ishtirok etishi. fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashgʼulotlarda ogʼzaki soʼrov, test oʼtkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, keys stadi, kazus yoki vaziyatli topshiriqlar, loyiha, kurs ishi va boshqa uy vazifalari. Har bir talaba fanning xususiyatlari va auditoriya soatlaridan kelib chiqib kamida 3 marta baholanadi Fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ish shaklida Fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda og’zaki, yozma ish yoki test shaklida Topshiriqlarni bajarilish muddati* O‘quv jarayonining jadvali bo‘yicha Fanning dars jadvalidagi auditoriya vaqtiga mos holda Fanning dars jadvalidagi auditoriya vaqtiga mos holda Ma’ruza mashg’ulotlarining zzzz 70 foizi tugagandan so’ng O’quv fani mashg’ulotlari to’liq tugagandan so’ng 100 Tuzuvchilar: _____________ Imzo _____________ Imzo PhD., D.Salayev D.Bekchanov Glossariy Agora – Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig’ilishi joyi, markaziy maydon. Altamir – Ispaniyadagi so’nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan g’or. Amfiteatr – sahna atrofida tomoshabinlar o’tirishiga mo’ljallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inson. Amulet – misrliklar fikricha, mabodo inson o’zi bilan birga olib yursa, yvuz ruhlar va balo-ofatlardan himoya qiluvchi kichik uyumlar, tumor. Animizm – insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod. Antik tarix – Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi. Argonavtlar – oltin mo’nani (sehrli qo’chqor terisini) izlab “Argo” degan ko’p eshkakli kemada daryoga chiqqan Ellada qahramonlari. Arxeologiya– ashyoviy manbalarni o’rganuvchi va ular bo’yicha tarixiy o’tmishni qayta tiklovchi fan, qadimshunoslik. Arxiv – davlatga oid hujjatlar saqlanadigan joy. Architecture – binolar va boshqa inshootlarni barpo etish san’ati. Danays – Gomer “Illiada”da yunonlarni shunday ataang. Diadoh – makediniyalik Aleksandr v. Ellada – Encient Greece. Fotidan keyin turli hududlar ustidan hokimiyatni egallab olgan harbiy sarkardalar, vorislar Ellin – qadimgi yunonlar, dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday atalgan. Firavn – Misr hukmdori. Forum – yig’ilish joyi v.a bozor maydoni bo’lib xizmat qilgan shahar markazi Ibodatxona – muqaddas deb e’lon qilingan, odamlar xudolarga sig’ingan bino ,,Iliada’’ – Gomerning Troya urushi haqidagi dostoni. Italics – Apennin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar. Kapitoliy tepaligi – Rimdagi eng baland tepalik. Glossary Agora – Ascuasre for meetings population in Ecient Greece. Altamir – Cave in Spain with pictures belong to Last Paleolit. Amfiteatr - A bulding that among the stage with constuction for sitting without. Amulet – to egyptian’s Idal if people own thih amulet of , charm, they defend from wickend and malicios ghostsand spirits. Animizm - believing in that in the surrondings of human has a ghosts and spirits. Antik history – The history of Encient Greece and Rome. Argonaut – heroes of Ellada. They seached for gold Fur. An the ship ,,Argo’’. Arxeology – this subjekt studies item, investigetes historical things . Arxive – Aplace for documents keeping bearing on state. Architecture – an artot buildings. Danays – Gomer named and called Greeks in ,,Iliada’’. Diadoh – It maens ,,successor, heir’’ . Military commanders which ruled Greek lands after death Alexandr Makedon. Ellada – Encient Greece. Ellin – population of Greece. Firavn – Ruler and head of Egypt it can be translated ,,happy family’’. Forum – A meeting place in the centre of polis in Roman Empire. Ibodatxona – Temple – Aplace that people pray God. ,,Iliada’’ – Gomer’s poem about Troyan war. Italics – tribes which live in the Apennin peninsula. Kapitoly hill – The highest hill in Rome.