Загрузил hasanovalaylo12

Xurshid Davron

Реклама
Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi
Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni.
Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshg'ariy nomidagi Xalqaro
mukofot (1989), Xalqaro "Oltin qalam" mukofoti (2009), Ozarbayjonning "Mikoyil Mushfiq" mukofoti
(2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputati (2000). «Do'stlik»
ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Mundarija






1Hayoti va ijodiy faoliyati
2Bibliografiya
o 2.1Chop etilgan kitoblari:
o 2.2Televizion,radio va drama asarlari
o 2.3Tarjimalari
3Audio va video materiallar
4Xurshid Davron haqida
5Manbalar
6Havolalar
Hayoti va ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-o'rta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni
o'tagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat
yuritgan. 1996-2014 yillar O'zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasi O'zTV Bosh muharriri, "Toshkent",
"Yoshlar", "O'zbekiston" telekanallari direktori vazifasida ishladi.
Dastlabki sheʼrlar toʻplami — "Qadrdon quyosh" (1979). "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi
bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983) "Toʻmarisning koʻzlari" (1984), "Bolalikning
ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987) va "Bahordan bir kun oldin" (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr
etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz
berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat
hissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.Davron soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy
shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.
Xurshid Davron 90-yillarda she’riyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda
yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma
manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron
nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari' (1998,2008), 'Bibixonim
qissasiʼ (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' (1995), 'Boburshoh sogʻinchi' (1996) pyesalarini
yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan
munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.
Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Tеmurning 660, Ulugʻbekning 600yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, "Odeon" teatrida namoyish
etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21
qismli "Temurnoma", 2 qismli "Buxoroyi Sharif" videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb
shoirlarining asarlaridan iborat "Qirq oshiq daftari" (1989) va yapon shoirlarining she’rlaridan tarkib
topgan "Dengiz yaproqlari" (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Xurshid Davron she'rlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va she'rlari
Ozarbayjon, Polsha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Fransiya, Ispaniya, AQSh, Yaponiya,
Mo'g'uliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston va boshqa
davlatlarda nashr etilgan. Rus tilida 2 kitobi ( "Древний напев молодого дождя". Москва.,
Молодая гвардия, 1982 va "Полет одинокой птицы". Toshkent., 1989 ) nashr etilgan. Xurshid
Davron 1993-yilda Turkiyaning Bursa shahrida bo'lib o'tgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida,
1996-yilda Vashingtonda bo'lib o'tgan Osiyo adiblari kongressida, Rossiya, Polsha, Bolgariya,
Janubiy Koreyada o'tkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan.
Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chop etilgan kitoblari:[tahrir | manbasini tahrirlash]
1. Qadrdon quyosh. Sheʼrlar. T., 1979
2. Shahardagi olma daraxti. Sheʼrlar. T., 1979
3. Tungi bogʻlar. Sheʼrlar. T., 1981
4. "Древний напев молодого дождя". Москва., Молодая гвардия, 1982
5. Uchib boraman qushlar bilan.Sheʼrlar. T., 1983
6. Toʻmarisning koʻzlari.Sheʼrlar va doston. T., 1984
7. Bolalikning ovozi.Sheʼrlar. T., 1986
8. Qaqnus.Sheʼrlar va doston. T., 1987
9. Полет одинокой птицы. Сборник стихов на русском языке. Т., 1989
10. Samarqand xayoli. Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar. T., 1991
11. Sohibqiron nabirasi. Tarixiy hikoylar va qissalar. T,1995
12. Shahidlar shohi-Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa. T., 1998
13. Bahordan bir kun oldin. Sheʼrlar va tarjimalar. T., 1997
14. Bibixonim qissasi. Tarixiy hikoyalar va qissalar. T.,2007
15. Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr. T., 2008
Televizion,radio va drama asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
Temurnoma. 21 qismmli televizion serial (1996).
İpak Yo'lu. Musiqiy-xoreografik badiiy kompozitsiya. "Odeon" teatri, Parij, Fransiya (1997)
Buxoroyi Sharif. 2 qismli musiqiy film-opera (1997).
Jaloliddin Xorazmshoh.(Nomıq Kamol asari asosida) 5 qismmli televizion film.(1998)
Ming bir rivoyat. Televizion loyiha. (1995-2013)
Mirzo Ulug'bek. Radyop'esa. (2008)
Boburshoh yoxud Sog'inch. Radyop'esa. (2005)
Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). 2 qismli televizyon spektakl. (2009)
Alg'ul (Mirzo Ulug'bek). "Sharq yulduzi" jurnali,2012 yil,1-son
Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1. Oyar Vatsietis. Yomg'ir yog'aloq. Bolalar uchun she'rlar. Toshkent, "Yosh gvardiya". 1976
2. Anna Axmatova. Marsiya. Doston. "Saodat" jurnali, 1976
3. Qadim yapon she'riyatidan.,"Yoshlik" almanaxi,1984
4. Nikolay Zabolotskiy. Turnalar. Sheʼrlar. Toshkent. 1985
5. Selma Lagerlef. Nil`sning yovvoyi g'ozlar bilan g'aroyib sayohati. Toshkent. 1986
6. Maris Chaklays. Otoʻyin. Toshkent. 1986
7. Dengiz yaproqlari. Yapon sheʼriyati antologiyasi. Toshkent. 1988
8. Asr ovozi.XX asr jahon she'riyatidan.Yannis Ritsos. Toshkent. 1988
9. Qirq oshiq daftari. Toshkent. 1989
10. Nomıq Kamol.Jaloliddin Xorazmshoh.Fojia(Qo'lyozma,nashr etilmagan), 1991
11. Edigey. Tatar xalq dostoni.,"Jahon adabiyoti",2012 yil,11-son
12. Eski yapon she'riyatidan.,"Jahon adabiyoti",2013 yil,10-son
Audio va video materiallar[tahrir | manbasini tahrirlash]



Xurshid Davronning „Boburshoh“ p’esasi videosi
Sheʼrlardan namunalar. Audio Arxivlandi 2011-08-25 Wayback Machine saytida.
Algʻul yoxud Mirzo Ulugʻbek — Radiop’yesa.Audio Arxivlandi 2014-03-03 Wayback
Machine saytida.
Xurshid Davron haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]













Asqarali Sharopov.Ruhiy eʼtiyoj va mas’uliyat hissi.T.,1983 Arxivlandi 2014-03-03 Wayback
Machine saytida.
Ahmad Aʼzam..Navqiron yomgʻir.T.,1987 Arxivlandi 2014-03-03 Wayback Machine saytida.
Bahodir Sodiqov.Tushlarga sigʻmagan Vatan.T.,1989 Arxivlandi 2014-03-03 Wayback
Machine saytida.
Fatma AÇIK — Hurşid Devranʼın „Emir Timur’un Oğlunun Ölümü Hakkında Rivayat“ Adlı
Hikâyesinin Üslup Açısından İncelenmesi.A.,2011 Arxivlandi 2014-03-03 Wayback
Machine saytida.
Xurshid Davronga bag’ishlangan maqola (uyg’ur tilida) («Aqsu adibiyati — Aksu Literature»
jurnali,2013, 4-son) Arxivlandi 2014-02-22 Wayback Machine saytida..
Abdulla Ulug’ov. Vatanga muhabbatdan paydo… Arxivlandi 2014-02-20 Wayback
Machine saytida.
Qozoqboy Yo’ldosh,Muhayyo Ismoilova. Erk va g’urur kuychisi. Arxivlandi 2014-02-20 Wayback
Machine saytida.
Baxtiyor Nazarov. Yuragimning derazalari. Arxivlandi 2014-02-22 Wayback Machine saytida.
Xurshid Do’stmuhammad. «To’g'rilik to’nini kiygil…» Arxivlandi 2014-02-22 Wayback
Machine saytida.
Eshqobil Shukur. She’rda ustoz vijdondir faqat… Arxivlandi 2014-02-22 Wayback
Machine saytida.
Eshqobil Shukur. Lahzaga qo’yilgan haykal. Esse Arxivlandi 2014-02-22 Wayback
Machine saytida.
Sadullo Quronov. Hozirgi she’riyatning tasvir imkoniyatlari haqida. Arxivlandi 2014-0222 Wayback Machine saytida.
Nodir Jonuzoq. Mitti giyoh mo’jizasi. Arxivlandi 2014-02-22 Wayback Machine saytida.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]



Samarqand xayoli, T., 1991;
Bahordan bir kun oldin [sheʼrlar, rivoyatlar, tarjimalar], T., 1997;
Shahidlar shohi (Shayx Kubro tushlari), T., 1998.
Скачать