Загрузил Fayzullo Xasanov

9-mavzu

Реклама
9-MAVZU: XO‘JALIKLARARO YER TUZISH TUSHUNCHASI VA
UNING IQTISODIY MOXIYATI: (2-SOAT)
Reja :
1. Xo‘jaliklararo yer tuzish tushunchasi
2. Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalarining mazmuni
3. Xo‘jaliklararo yer tuzishning iqtisodiy mohiyati
Xo‘jaliklararo yer tuzish - uning yordamida yer resurslaridan foydalanishni va
ularni muhofaza qilishni tashkil etishga qaratilgan yer tuzish turlaridan biridir.
«Xo‘jaliklararo yer tuzish» tushunchasi jamiyatda va ishlab chiqarishda unga
zarurat tug‘ilgan sari asta-sekin shakllandi. Avvalo «chegaralash» tushunchasi
mavjud bo‘lib, uning ma’nosi quyidagidek ifodalanar edi: «Davlat chegaralashi yer
mulkining chegaralarini moddiy va hujjatli mustahkamlashga va uning ichidagi
yerlar miqdorini aniqlashga qaratilgan texnik va huquqiy harakatlar yig‘indisidan
iboratdir» (Kavelin S.P. Mejevanie i zemleustroystvo. M.,1914. 149 b.).
«Xo‘jaliklararo yer tuzish» atamasi faqat o‘tgan asrning 40- yillarida
professorlar S.A.Udachin va G.V.Cheshixinlarning ilmiy ishlarida paydo bo‘ldi.
Xo‘jaliklararo yer tuzish - bu xalq xo‘jaligida, uning tarmoqlarida, yerdan
foydalanishni va uni muhofaza qilishni tashkil etish, yer egaliklari va yerdan
foydalanishlarning yer fondlari, xo‘jaliklarning yer uchastkalarini tartibga solish va
o‘zgartirish, yangilarini tashkil etish, ularni joylarda ajratish, ma’muriy-hududiy
bo‘linmalar va maxsus qo‘riqlanadigan hududlar chegaralarini belgilash bo‘yicha
tadbirlar tizimi va jarayonidir. U mo‘ljallangan maqsadga, mulkchilik turlariga va
foydalanilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda barcha yerlarni qamrab oladi.
Xo‘jaliklarda ichki yer tuzishdan farqli o‘laroq xo‘jaliklararo yer tuzish
hamma vaqt bir necha yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni qamrab oladi;
faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari yerlarida
o‘tkaziladi.
Xo‘jaliklararo yer tuzishga yer tuzish masalalarining ayrim qishloq xo‘jalik
korxonalari va fermer xo‘jaliklari hududlaridan tashqarida yechiladigan qismi
kiradi. Xo‘jaliklar, korxonalar, tashkilotlar yoki ular tizimlari yer egaliklari va
yerdan foydalanishlariga taalluqli masalalar uning vakolatidir. Yer tuzishning bu
turi yordamida yerlar xalq xo‘jaligi tarmoqlari, yer fondi toifalari, huquqiy shaxslar
va fuqarolar orasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi; ishlab chiqarishni
yuritish, uning fao-liyat ko‘rsatishi, korxonalarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish
uchun boshlang‘ich hududiy asos yaratiladi; yer qonunchiligi, ekologiya
talablarining bajarilishi, maxsus huquqiy tartibga rioya qilish ta’minlanadi; yer
egaliklari va yerdan foydalanishlarning (yer uchastkalarining) aniq hududlari va
ularning hududdagi chegaralari belgilanadi, texnika vositalari yordamida
maydonlari aniqlanadi.
Yangi yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni yoki ma’lum huquqiy
maqomga ega boshqa uchastkalarni tashkil etish, ularga zarur yaxshilashlar va
o‘zgarishlar kiritish, xo‘jaliklararo yer tuzishga taalluqli boshqa ishlarni bajarish,
yerlardan foydalanishning mavjud tashkil etilishida jiddiy o‘zgarishlarga olib
keladi, shuning uchun bunday yyechimlar ilmiy asoslangan va chuqur o‘ylangan
bo‘lishlari kerak. Yer egaliklari va yerdan foydalanishlar chegaralarini joylarda
mustahkamlash va huquqiy rasmiylashtirish xo‘jaliklararo yer tuzish loyihasi
asosida amalga oshiriladi. Loyiha loyihaviy tavsiyalarni amalga oshirishning
maqsadga muvofiqligini, samaradorligini va haqqoniyligini tasdiqlovchi texnikiqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlar va hisob-kitoblar tizimi bilan asoslanadi.
Ekologiya talablari hisobga olinadi.
Xo‘jaliklararo yer tuzish yordamida yerdan foydalanishni tartibga solish yerlarni mulkdorlar, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar orasida, yer
qonunchiligi asosida, yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish va davlatning
yer siyosatini joriy etish maqsadida taqsimlash va foydalanish xarakteriga ta’sir
etish amalga oshiriladi. Demak, xo‘jaliklararo yer tuzish - yer islohatini
o‘tkazishning asosiy mexanizmidir.
Xo‘jaliklararo yer tuzish natijasida, odatda, ma’lum yer uchastkalariga
bo‘lgan huquq yuzaga keladi yoki o‘zgaradi, ma’lum (boshlang‘ich) yer turlari
tarkibiga ega yer egaligining (yerdan foydalanish) tashkil bo‘lishi, uni hududda
joylashtirish, umumiy maydonini va chegaralarini belgilash sodir bo‘ladi. U yer
egaliklari va yerdan foydalanishlar chegaralarini belgilash va o‘zgartirish bo‘yicha
texnik (geodezik) ishlar, hamda huquqiy hujjatlarni berish bilan yakunlanadi.
Xo‘jaliklararo yer tuzishning iqtisodiy mohiyati hududni tashkil etishning
barcha yaratiladigan shakllari va elementlarining (maydoni, ichki tuzilishi, shakli,
joylashishi, chegaralari) yer tuzish ob’ektining, ishlab chiqarishni tashkil etishning,
uni rivojlantirish va to‘la yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi
talablariga mos bo‘lishidan iborat bo‘ladi. Tashkil etilayotgan yer egaligi (yerdan
foydalanish) korxonaning va uning ishlab chiqarishining eng samarali faoliyat
ko‘rsatadigan o‘lchamlariga mos bo‘lishi kerak.
Yer egaligini (yerdan foydalanishni) tashkil etish - bu butun yeri tuzilayotgan
hududga taalluqli bo‘lib, yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni tuzishni, qayta
tuzishni, tartibga solishni (takomillashtirishni) va yerlarni joylarda ajratishni o‘z
ichiga oladigan yer tuzish ishlari tizimidir.
Yer egaliklarini (yerdan foydalanishlarni) tuzish - xoxlagan yerlarda yangi
xo‘jalikning yoki korxonaning mos yer maydonini yaratishdir.
Yer egaliklarini (yerdan foydalanishlarni) qayta tuzish - xo‘jaliklar
maydonlarini, joylashishini, shaklini va sonini sezilarli o‘zgartirishdir.
Yer
egaliklarini
(yerdan
foydalanishlarni)
tartibga
solish
-
yer
uchastkalarining o‘lchamlarini (joylashishi, maydoni, chegaralari) maqsadli
yaxshilashdir.
Lekin, xo‘jaliklararo yer tuzish tadbirlar tizimi sifatida faqat yer egaliklarini
va yerdan foydalanishlarni tashkil etish bilan tugamaydi. Bulardan tashqari yer,
xalq xo‘jaligi tarmoqlari orasida, tarmoqlar ichida, xo‘jalik ob’ektlari, yer fondlari
va sh.o‘. orasida taqsimlanadi. Bu xo‘jaliklararo yer tuzishni ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirga aylantiradi.
Xo‘jaliklararo yer tuzish faqat unga haqiqiy zarurat tug‘ilganda, ob’ektiv
sabablar bor bo‘lganda va boshqa hech qanday tadbirlar zarur natijani bermaganda
o‘tkaziladi. Yer egaligi (yerdan foydalanish) turg‘un bo‘lishi kerak, aks holda, u
oqilona va samarali bo‘lmaydi.
Yer egaliklari (yerdan foydalanishlar) turg‘unligi - uzoq vaqtlar ichida
xo‘jaliklararo yer tuzish usullari bilan o‘zgartirish kiritish zaruratini keltirib
chiqaradigan sabablar yo‘qligidan ob’ektiv kelib chiqadigan, uning maydonini va
chegaralarini o‘zgarmas saqlashdir.
Xo‘jaliklararo yer tuzishning omillari - xo‘jaliklararo yer tuzishni o‘tkazish
zaruratini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlardir. Ularning eng asosiylari faoliyati uchun yer uchastkasi talab qilinadigan yangi xo‘jalikni (korxona,
muassasa, tashkilot) tashkil etish, ya’ni, yangi yer egaligini (yerdan foydalanishni)
tuzish, yerlar fondini yaratish, hududiy tuzilmalarning yangi chegaralarini
belgilash hisoblanadi. Bu omil barcha toifalardagi yerlarda va barcha tarmoqlarda
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Boshqa, quyidagi omillar faqat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda,
qishloq xo‘jalik korxonalarida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:
 yerdan
foydalanuvchilar,
yer
egalari
va
ijarachilar
yer
maydonlari
joylashuvidagi noqulayliklar;
 xo‘jalik yer maydoni va tarkibining ishlab chiqarish talablariga va yerdan
samarali foydalanish bo‘yicha quyilgan vazifalarga mos tushmasligi;
 ishlab chiqarishning ixtisosligi, hajmi va boshqa sharoitlari o‘zgarishi
natijasida yer maydonining ishlab chiqarishga mosligi buzilishi;
 xo‘jaliklar yerlari tarkibining irrigatsiya, meliora-tsiya yoki boshqa tadbirlar
natijasida keskin o‘zgarishi;
 xo‘jaliklararo va qo‘shma korxonalar tuzish;
 o‘zgarib turuvchi iqtisodiy sharoitga mos keladigan xo‘jalik yuritishning yangi
turlarini tashkil etish zarurati;
 qishloq xo‘jalik korxonalarining ijtimoiy rivojlanishi;
 suvdan foydalanishdagi noqulayliklarni tugatish;
 yer va boshqa tabiiy resurslar muhofazasi, tabiatni qo‘riqlash tadbirlarini
o‘tkazish zarurati.
Xo‘jaliklararo yer tuzish quyidagi tamoyillarga mos tarzda o‘tkaziladi:
 respublikamizning yer to‘g‘risidagi qonunlariga qattiq amal qilish, xo‘jaliklar
yer maydonlarining turg‘unligini va chegaralarining aniqligini ta’minlash;
 yerdan ilmiy asoslangan holda, ratsional va samarali foydalanishni va qishloq
xo‘jaligining yerdan foydala-nishdagi ustivorligini ta’minlash;
 xo‘jaliklarga ularning oldiga qo‘yilgan vazifalarini bajarishlari, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish va xo‘jalikning ijtimoiy rivojlanishini jadallashti-rish
uchun hududiy sharoit yaratib berish;
 qishloq xo‘jalik korxonalarida ichki yer tuzishni to‘g‘ri tashkil qilish va qishloq
xo‘jaligidan boshqa tarmoq korxonalarida yerdan foydalanishni to‘g‘ri rejalash
uchun hududiy sharoit yaratish;
 yerni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish uchun sharoit yaratish;
 sug‘orma dehqonchilik mintaqalarida suvdan samarali, tabiatga zarar
etkazmasdan foydalanish uchun hududiy sharoit yaratish.
Скачать