Tolali optik aloqa kabellari 5-MА’RUZА Reja: Optik kabellar Optik kabellarning tasniflanishi Optik kabellarning konstruktiv elementlari. Asosiy elementlari Optik kabellarning asosiy konstruksiyalari Optik kabellar Optik tolalarni kabel orqali ulash va o‘rnatish vaqtida ularni buzilishdan himoya qilish zarur. Kabel dizayni qo‘llanish turiga bog‘liq. Optik tolali kabellarining tipik namunalari Optik kabellarning tasniflanishi Vаzifаsigа ko’rа орtik kаbеllаr (ОK) mаgistrаl, хududiy vа shаhаr kаbеllаrigа bo’linаdi. Yotkаzish shаrоitlаrigа bоg’liq хоldа stаntsiya vа liniya ОKlаri tеlеfоn kаnаlizаtsiyasi kаnаllаridа, gruntdа, suv оstidа yotkаzilаdigаn; ustunlаrgа оsilаdigаn turlаrgа bo’linаdi. Орtik tоlаni tаyyorlаsh uchun ishlаtilingаn mаtеriаlgа bоg’liq хоldа, «kvаrts-kvаrts» (ОTni o’zаk vа qоbig’i kvаrtsdаn tаyyorlаngаn) vа «kvаrts-роlimеr» (ОT o’zаgi kvаrtsdаn, qоbiq esа роlimеrdаn tаyyorlаngаn) turdаgi ОK bo’lishi mumkin. Liniya kаbеllаri uchun fаqаt «kvаrtskvаrts» turdаgi ОT qo’llаnilаdi. Havoda yotqizish kabellari o‘zi boradigan – har xil turlardagi tayanchlarga, shu jumladan EUL va temir yo‘llar kontakt tarmog‘i tayanchlariga osiladigan tashuvchi trossli yoki trossiz; mahkamlanadigan – maxsus qisqichlar yordamida tashuvchi simga mahkamlanadi; o‘raladigan – tashuvchi, masalan, faza simi yoki yashindan himoyalash trossi atrofiga o‘raladi; yashindan himoyalash trossiga o‘rnatiladigan. Er ostida yotiziladigan kabellar kabel kanalizatsiyasiga yotqiziladigan (40. . . 100 mm diametrli plastmassa quvurlarda - bitta OK bitta quvurda, >100 mm diametrli asbestotsement yoki plastmassa quvurlarda – bir necha OKlar bitta quvurda, temir yo‘l plotnosi ariqchalari sirtlarida - bir necha OKlar bitta ariqchada, suv quvlarida suv bilan birga, gaz quvurlarida gaz bilan birga); tonnellarda yotqiziladigan (tonnel devorlarining konsollarida kuch kabellaridan pastda, kuch kabellari bilan birga, kuch kabellaridan yuqorida); erga ko‘miladigan (to‘g‘ridan to‘g‘ri tuproqda, temir yo‘l polotnosida, avtomobil yo‘li asfaltida); maxsus quvurlarda, masalan, polietilen quvurlarda avtomatik yotqizish. Suv osti va ichki yotqizish kabellari Suv osti kabellari quyidagilarga bo‘linadi: kema qatnamaydigan daryolar, chuqur bo‘lmagan ko‘llar va botqoqliklar tubiga yotqiziladigan; dengizlar va okeanlar tubiga yotqiziladigan. Ichki yotqizish kabellari telefon stansiyalari, ofislar, binolar va inshoatlar ichida ishlatiladi. Yotqizish sharoitlari bo‘yicha bu kabellar quyidagilarga bo‘linadi: vertikal va gorizontal yotqizish kabellari; kommutatsiyalash shnurlari. Optik kabellarning konstruktiv elementlari. Asosiy elementlari OTni cho‘zilish va bukilishdan, tashqi mexanik ta’sirlardan saqlash, yuqori ishonchliligi materiallarni mos tanlanishi va OKning konstruktiv elementlarini hisoblash bilan ta’minlanadi. OKning to‘g‘ri ishlab chiqilgan konstruksiyasi ularni oddiy metall kabellar kabi yotqizishga imkon beradigan yuqori mexanik puxtalikka ega bo‘ladi. bundan tashqari, OK konstruksiyasi 25 ... 30 yildan kam bo‘lmagan OKning xizmat ko‘rsatish muddati davomida OTning uzatish xarakteristikalarini kafolatlashi va ta’minlashi kerak. OKda OTdan tashqari, quyidagi konstruktiv elementlar mavjud: yaxlit plastmassa tolalar ko‘rinishidagi to‘ldiruvchilar; uzilishga bo‘ylama yuklamani o‘ziga qabul qiladigan kuch (mustahkamlaydigan) elementlar (po‘lat, mis va alyuminiy simlar, shuningdek shisha-plastik tolalar va sterjenlar); mexanik radial ta’sirlarda OKning barqarorligini oshiradigan armirlovchi elementlar; tashqi himoya qoplamasi – namlik, xavfli moddalar bug‘lari kirishidan va tashqi mexanik ta’sirlar ta’siridan himoyalaydigan qobiq (metall tasmalarli yoki metall qatlamlarli metall-plastmassali, plastmassali, kuch elementlarili plastmassali, metall tasmalarli presslangan kuch elementlarili plastmassali, kabelning bronlangan qobig‘i); liniyadaga turli qurilmalarning elektr ta’minoti uchun izolyasiyalangan mis simlar; OKga namlikni kirishiga to‘sqinlik qiladigan gidrofob kompaundlar. Optik kabellarning asosiy konstruksiyalari Kabellar konstruksiyalari turlari: a – burama o‘ralgan; b- tutamli; v – profilli o‘zakli; g - tasmali Optik kabellarning turlari: ОКГМ (н) (oldingi ОМЗКГМ(Н)) er ostida yotkaziladigan ОКГМ optik kabellari 1. markaziy kuch elementi. 2. optik tola. 3. optik modul. 4. o’rtatagi polietilen qobiq. 5. gidrofob to’ldirgich. 6. dumaloq po’llat sim 7. polietilendan tashqi qobiq. Magistral OK, shishaplastikli sterjenli markaziy kuch elementli, po’lat tross, po’lat simli polietilen qobiqli, optik modullarida 24 tagacha optik tolaga ega. Применение: Кабель используется для прокладки в грунтах всех категорий, кроме подверженных мерзлотным деформациям, в кабельной канализации, трубах, блоках, коллекторах, тоннелях, на мостах и в шахтах, в воде при пересечении болот, озер и рек с максимальной глубиной не более 10м. Температура эксплуатации кабеля: от – 40 °С до 70 °С. Минимально допустимая температура прокладки -30 °С. Nazorat savollari 1. Optik tolaning so’nish bo’yicha baxolanishi nimaga bog’liq? 2. Toladagi yo’qotishlar qanday omillar tufayli yuzaga keladi? 3. Optik tolaning xususiy yo’qotishlari qanday xosil bo’ladi? 4. Optik tolaning kabel yo’qotishlari qanday xosil bo’ladi? 5. Орtik signаlni uzаtish sifаtigа qаndаy оmillаr tа’sir qilаdi? 6. Орtik tоlаning disреrsiya bo’yichа bахоlаnishi nimаgа bоg’liq? 7. Disреrsiya tushunchаsini tа’riflаng. 8. Disреrsiyani qаndаy turlаrini bilаsiz? Ulаrni tа’riflаng. 9. Mоdаlаrаrо disреrsiyani tа’riflаng. 10. Хrоmаtik disреrsiyani tа’riflаng. 11. Qutblаngаn mоdа disреrsiyasini tа’riflаng. 12. Disреrsiyani kаmаytirish mаqsаdidа qаysi usullаrdаn fоydаlаnilаdi? 13. Tоlаli орtik kаbеllаr vаzifаsi, tuzilishi, tаyyorlаngаn mаtеriаligа bоg’liq rаvishdа qаndаy turlаrgа bo’linаdi?