Uploaded by Zebuniso Kobilova

6-тема

advertisement
6.MAVZU: YOZUV
REJA:
1. Yozuv haqida ma’lumot.
2. Til va yozuv munosabati.
3. Yozuvlar tarixi.
Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og‘zaki va
yozma shakli bo‘lib, yozma nutq yozuv orqali namoyon bo‘ladi. Yozuv ma’lum bir
tarixiy jarayon mobaynida aloqa- munosabatning muhim vositasi bo‘lib shakllanadi.
Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan.
1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar orasidagi
bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat qiladi.
2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv orqali
avloddan avlodga yetkaziladi.
3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir.
4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi
axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi.
5. Yozuv kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq
tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot
bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning
tadrijiy taraqqiyotini o‘rganib bo‘lmaydi1.
Piktografik yozuv. Voqea- hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari
jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv hisoblanadi.Bu
atama “chizilgan” va “yozaman”degan ma’nolardagi so‘zlardan tuzilgan.
Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum
tushinchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas.
Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik
(grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo‘ldi. Yozuvning bu
turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. (“logos-so‘z”, “grafo- yozaman”). Negaki,
bunday yozuvdagi ramzlar narsa- buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi so‘zlarni
ham ifodalaydi.
Ushbu yozuvda ma’lumot ma’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin
bo‘lgan logogrammalar orqali yetkaziladi.
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzalliklari bor.
a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo‘lgan mazmunni ancha
mufassal aks ettiradi.
b)piktografik yozuvda so‘z tartibi va so‘zshakllari noaniq, logografik
yozuvda esa aniq bo‘ladi.
v)piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo‘l qo‘yiladi,
logografik yozuv esa barqaror logogrammalardan tashkil topgan.
Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir.
Ieroglif grekcha “ierogliv” so‘zidan olingan bo‘lib, “muqaddas yozuv “ degan
1
Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., ReesMiller, J. P.65-68.
tushunchani anglatadi. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng foydalanilgan.
Ushbu yozuvlar ifoda etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini imkon qadar aks
ettiradi. Ieroglifik yozuv mavhum tushunchalarni ifodalay olishi bilan o‘zidan
oldingi yozuvlardan farqlanadi.
Yozuvning yuqorida qayd etilgan turlari
ancha murakkab. Ularda fikr va ma’lumot ifodalash imkoniyati juda tor. Shuning
natijasi o‘laroq, yozuvni oson, qulay shaklga keltirish ehtiyoji tug‘uladi. Yozuvni
soddalashtirish quyidagi yo‘llar orqali amalgam oshirildi.
1. Tushunchani yangi shakllar
bilan berish o‘rniga, mavjud logogrammalar yoki ierogliflar majmuasi orqali
ifodash.
2. Logografik yozuvni soddalashtirishning ikkinchi yo‘li so‘zlarning
grammatik shakllariga taalluqlidir. Masalan, logogrammalarni o‘zak sifatida
qoldirib, grammatik ma’nolar uchun yangi logogrammalar o‘ylab topish, ularni
o‘zak logogrammalar ma’nosiga qarab qo‘shish. 3. Yozuvni soddalashtirishning
eng unumli va ma’qul usuli fonografik yozuvga o‘tish edi. Bunday yozuv tilning
grammatik qurilishini ifodalab qolmay, uning fonetik tuzilishini, ya’ni so‘zning
tovush tarkibini ham aks ettiradi.Fonetik yozuv. Yozuvning bu turi bir necha
ko‘rinishlarga ega. Shulardan biri bo‘g‘in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar
bo‘g‘inlarni ifodalaydi. Yozuv tarixida bo‘g‘inli yozuv muhim ahamiyat kasb etadi.
Bo‘g‘inli yozuvda bir bo‘g‘inni, bir so‘zni, bir tovushni ifodalaydigan belgilar
qo‘llangan. Ossuriya va Vavilon mix (qoziq) yozuvi ana shunday yozuvlardan
hisoblangan. Bu yozuvda ayrim belgilar bir tovushni,butun bir bo‘g‘inni, ba’zi
belgilar esa butun bir so‘zni ifodalagan.
Eronliklar
Vavilonni
bosib
olganlaridan keyin Ossuriya va Vavilon mix yozuvidan foydalanib, fonetik
(tovushli) yozuvni, ya’ni har qaysi belgi bir tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro
etganlar.
Dunyodagi aksar tillarning fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe ya’ni
fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuvi asosida shakllangan.
RAQAMLARGA QADAR
Qadimda odamlar barmoqlari yordamida sanashgan, o’zaro muomalada
raqamlarni, hisob-kitoblarni shuning yordamida anglatishgan. Raqamlarni so’z bilan
yozishgan, so’ng barmoqqa o’xshash shartli belgilar chizib ifodalashgan. Rimliklar
bitta barmoqni bitta, ikkita barmoqni ikkita cho’p bilan ifodalashgan, besh esa – besh
barmoq yoyilib turgan kaft suratiga o’xshatib chizilgan. Tez yozish uchun rim
raqamlari noqulay. Biroq ular hamon badiiy asarlar boblarini belgilashda va boshqa
joylarda uchraydi2.
YOZUVLAR TARIXI
Insoniyat tarixida yozuvning roli beqiyosdir. Chunki yozuv orqali kishilar o`z
fikrlarini bir-biriga bildiradilar va o`zidan keyingi avlodlarga me`ros qilib
qoldiradilar. Biz yozuv yordamida ming yillar oldin o`tgan voqealar, shaxslar, ilm,
fan, madaniyat, ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan voqea-hodisalar haqidagi
ma`lumotlarga ega bo`lamiz3.
2
3
Mahmudova Z., Usmonova G. O’zbek tili (Rus guruhlari uchun). –Toshkent.2002.-B.87
Qobuljonova G., Zakirova H. O’zbek tili.-Andijon.-2010.-B.12
Insoniyat tarixida dastlabki yozuv piktografik (lot. “piktus”- chizilgan
“graphe-yozaman”)- rasm-yozuv bo`lgan. Undan keyingi ideografik (gr. “idea”“tushuncha”, “graphe”- yozaman), keyinchalik ieroglifik (gr.”muqaddas yozuv”) xat
shakllangan. Hozirda bu yozuvdan Xitoyda foydalaniladi. Bu yozuvlar ancha
murakkab bo`lib, minglab shakllarni chizish va ularning mazmunini bilishni taqozo
etgan. Shuning uchun yozuvning yangi shakli – fonografik yozuvga o`tilgan.
Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi finikiya yozuvi bilan bog`langan.
Fonografik yozuv xatlarning eng so`nggisi hisoblanib, u nutq tovushlariga
asoslanadi. Hozirgi paytda dunyoda 220 xil fonografik yozuv mavjud.
Arxeologik manbalarda ko`rsatilishicha, O`rta Osiyo va Qozog`istondagi
qadimgi turkiy ajdodlarimiz oromiy, yunon, sug`d, xorazm, ko`shan, evfalit,
pahlaviy, suriya, hind, runiy, uyg`ur, arab yozuvlaridan foydalanganlar. Oromiy
yozuvi asosida shakllangan sug`d va xorazm yozuvlari eramizning I-V asrlarida
qo`llangan. Eramizning I asrida oromiy yozuvi asosida uyg`ur yozuvi shakllangan.
Eramizning V asriga kelib esa runiy nomi bilan atalgan o`rxun-yenisey yozuvi paydo
bo`lgan. “Run”- mahfiy, sirli degan ma`noni anglatadi. Bu yozuv fan olamiga XVIII
asrda ma`lum bo`lgan. Rus sayyohi N.M.Yadrinsev O`rxun daryosi bo`ylaridan
shu xildagi yozuvlarni topgan. Ular O`rxun va Yenisey daryolari bo`yidan
topilganligi uchun shunday nomlanadi. Tuzilishiga ko`ra german runiy yozuvlariga
o’xshaganligi uchun runiy yozuv deb yuritiladi. Runiy yozuvni 1893-yilda daniyalik
professor B. Tomsen o`qigan.
Arab bosqiniga qadar, Movarounnahrda run, turkiy (uyg`ur), sug`d, moniy
va braxma, suryoniy yozuvlari qo`llangan4. Diniy mazmundagi asarlar braxma,
suryoniy yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar runiy, turkiy (uyg`ur) yoki sug`d
yozuvida yozilgan. Run yozuvi yodgorliklari katta hududga tarqalgan bo`lib, ular
qabr ustiga qo`yilgan toshlarga, tayoqlarga yozilgan. Bu yozuvda- O`rxun – Enasoy
tosh bitiklari, turkiy (uyg`ur) yozuvida – qadimgi turkiy yodnomalar: «Oltin
yorug`», budda va xristian diniga oid yodnomalar, yuridik hujjatlar; moniy yozuvida
“Xuastuanift” yodgorligi yozilgan. Uyg`ur yozuvi arab yozuvi bilan teng XV
asrgacha qo`llangan. Bu yozuvda “Qutadg`u bilig”ning Vena nusxasi,
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarining qadimgi nusxasi, “Latofatnoma”,
“Dahnoma” kabi asarlarning ayrim nusxalari va parchalari yozilgan.
Arablar istilosi bilan bog`liq holda kirib kelgan arab yozuvi (VIII asr) 1200
yildan ortiq davr ichida (1926-yilgacha) qo`llanib kelindi5. Bu yozuvda ham minglab
qo`lyozmalar, ilmiy, badiiy, diniy asarlar yaratilgan. 1926 – yili Boku shahrida
turkiyshunoslar anjumani bo`lib, lotin yozuviga o`tish to`g`risida qaror qabul
qilinadi. Bunga arab alifbosining turkiy tillar fonetik xususiyatini aks ettirmasligi va
4
5
Mahmudov N. Yozuv tarixidan qisqacha lug’at-ma’lumotnoma.-Toshkent “Fan”-1990.-B.7
Qobuljonova G., Zakirova H. O’zbek tili.-Andijon.-2010.-B.12
o`rganishning qiyinligi asos qilib olinadi. 1928- yil mart oyidagi III sessiyada lotin
alifbosini joriy qilish masalasi ko`rib chiqilib, qaror qabul qilinadi. 1929- yilda
o`zbek xalqi lotin yozuvi asosidagi yangi alifboga o`tdi. 1940- yil 8-mayda
O`zbekiston Respublikasi oliy kengashi sessiyasi rus (kiril) yozuvi asosidagi yangi
o`zbek alifbosini ma`qulladi va uni joriy etish to`g`risida qaror qabul qildi.
1993- yil 2-sentabrda bo`lib o`tgan Respublika Oliy Kengashi “Lotin
yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida” qaror qabul qildi. Unda
31 ta harf va bir tutuq belgisi joriy etilgan edi.
1995- yil 6-mayda esa ushbu alifboga ayrim o`zgartirishlar kiritish haqida
qaror qabul qilindi. Yangi alifbo 26 ta harf, 3 ta harf birikmasi va tutuq belgisini o`z
ichiga oladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 – yil 24- avgustda
“O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni tasdiqladi. Bugungi kunda dunyo
xalqlarining 30 foizdan ko`prog`i lotin yozuvidan foydalanadilar.
Biz faqat yozuv borligi uchungina, tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatish
sharafiga muyassar bo’lamiz: bu rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz
tilini o’rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz. Tilning rivojlanish yo’lini
o’rganamiz, tilga kirib kelayotgan yangiliklarni va ularning sababini aniqlaymiz.
O’qish va yozuv hozirgi vaqtda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go’yo ular
bir umr til bilan birga bog’liq bo’lgandek ko’rinadi. Aslida yozuvning paydo
bo’lganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Ba’zi tillarning hanuzgacha yozuvi yo’q.
Amerika qit’asi mahalliy aholisining ko’pchilik tillarini bunga misol tariqasida
ko’rsatish mumkin.
Yozuvning paydo bo’lishi juda katta ahamiyatga ega. U madaniyat va tilning
taraqqiyotiga ijobiy hissa go’shdi. Yozuv voqea va hodisalarni (axborotni)
abadiylashtirish hamda axborotni uzoq masofaga etkazish imkonini berdi.
Ҳозиргача фанга маълум қадимги туркий тил манбалари турк-рун, қадимги
уйғур, суғд, моний, брахмий, сурёний каби ёзувларда ёзилган.
Ma’lumki, yozuv insoniyat yaratgan eng buyuk ne’matlardan biridir. Yozuv
og’zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo’shimcha aloqa vositasi bo’lsa-da, unga
qaraganda juda ko’p afzalliklarga ega. Tilning asosiy funksiyalaridan biri bo’lgan
kumulyativ funksiya bevosita yozuv orqali amalga oshadi. Kishilik jamiyati qo’lga
kiritgan ulkan tajribalar, bilimlar, tengsiz kashfiyotlar va hokazolarning barchasi
avlodlardan-avlodlarga, xalqlardan xalqlarga bevosita yozuv orqali yetib boradi.
Boy va ulkan o’tmish madaniyatimiz, tariximiz haqidagi bugungi
tasavvurlarimizning mavjudligi, rivojlanib borishi faqat va faqat yozuv tufaylidir.
Umuman, yozuvning ahamiyati, kishilik aloqasidagi o’rni haqida juda ko’p gapirish
mumkin. Ammo yozuvning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi hech kimga
qorong’i emas.
Yozuvning paydo bo’lishi, yozuvgacha bo’lgan turli predmetli aloqa
vositalari, yozuvning tarixiy va tadrijiy takomili, umuman, yozuv tarixi va nazariyasi
behad murakkab, ayni paytda eng aktual masalalardan biridir. Til kishilik jamiyati
bilan qay darajada bog’liq bo’lsa, yozuv ham shu darajada kishilik jamiyati tarixi
bilan chambarchas bog’liqdir.
Insoniyat tarixida yozuvning roli beqiyosdir. Chunki yozuv orqali kishilar o`z
fikrlarini bir-biriga bildiradilar va o`zidan keyingi avlodlarga me`ros qilib
qoldiradilar. Biz yozuv yordamida ming yillar oldin o`tgan voqealar, shaxslar, ilm,
fan, madaniyat, ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan voqea-hodisalar haqidagi
ma`lumotlarga ega bo`lamiz6.
PALEOGRAFIYA – qadimgi yozuvlar, ulardagi belgilarning grafik shakllari,
bu shakllarning tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini, yozma yodgorliklarning yozilish
o`rni va vaqtini o`rganadigan tarixiy-filologik fan. Paleografiya termini dastlab
Bernard Monfokon tomonidan qo`llangan. U 1708 yilda Parijda “Grek
paleografiyasi” nomli ishini nashr etgan va tarixiy hujjatlar hamda yorliqlarning
haqiqiy yoki soxtaligini belgilovchi diplomatika fanidan paleografiyani alohida
mustaqil soha sifatida ajratib chiqardi.
Paleografiyaning asosiy vazifasi qo`lyozmadagi yozuvning xronologik va
territorial xususiyatlarini aniqlash va sistemalashtirish, shu asosda qo`lyozma
yodgorliklarining yaratilish vaqti, joyi va muallifini aniqlash, shuningdek,
qo`lyozmani to`g`ri o`qishdan iborat. Paleografiya muayyan tillar va alfavitlarning
belgilarini o`rganadi. Paleografiya yozuv turi va qo`lyozmalarning qaysi xalqlarga
mansubligiga qarab turk, slavyan, arab, hind, grek va h.k. paleografiyalarga
bo`linadi. Paleografiya yozuv materiallari va qurollarini ham o`rganadi, chunki ular
ham vaqt o`tishi bilan o`zgarib yoki almashib boradi. Qo`lyozma kitob va
hujjatlarning muqovasi, formati va vaqt o`tishi bilan o`zgarib boruvchi boshqa tashqi
belgilari ham paleografiya ichun ahamiyatlidir.
PIKTOGRAFIK YOZUV .Ko’pchilik olimlarning fikricha, har qanday
yozuvning asosida musavvirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalarni suratda aks
ettirish hamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun hozirgi zamon yozuvi bo’lmagan
paytda odamlar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatida yoki
zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish yo’li bilan
amalga oshirishgan. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan. Bu atama ikki
so’zdan iborat bo’lib, birinchi yarmi lotincha piktus (chizilgan) va ikkinchi yarmi
grekcha grapho (yozaman) degan ma’nolarni anglatadi. Bu yozuvning birliklarini
piktogrammalar deb atashadi. AQShning taniqli olimi L.Blumfild bu yozuvga misol
tariqasida quyidagilarni keltiradi: Amerikaning mahalliy odjibva qabilasining bir
a’zosida daraxtning uzun po’stlog’I bo’lgan. Po’stloqda bir qancha shakllar
chizilgan bo’lib (tulki, bo’yoqli va boshqalar), u aytiladigan muqaddas qo’shiq
tartibini ko’rsatar edi. Yana bir misol: mandan qabilasining bir a’zosi savdogarga
ikki bir-birini kesib o’tgan chiziq va bu kesmalarning bir tomoniga bir miltiq bilan
qunduz va uning yoniga o’ttizta parallel chiziqchalarni, ikkinchi tomonga esa savsar,
suvsar va qo’tosning surati chizilgan maktubni yuborgan. Bu xatning ma’nosi
quyidagicha bo’lgan: “Men savsar, suvsar va qo’tos mo’ynalarini bir miltiq va
o’ttizta qunduzning terisiga almashtirishga roziman”.
Yozuvning bu turi mukammal bo’lmay, u birinchidan, rasmlar orasidagi
munosabatlarni, ularning tartibini ko’rsata olmaydi va buning natijasida bir
Mahmudov N. Yozuv tarixidan qisqacha lug’at-ma’lumotnoma. –Fan – 1990.-B.5-7:Maлов С. Е. Памятники
древнетюркской письменности. М.-Л. 1951.-C.45
6
maktubni bir necha xil o’qishga, talqin qilishga yo’l qo’yadi, ikkinchidan, mavhum
tushunchalarni aks ettirish imkoni yo’q darajadadir.
Yozuv – insoniyat tafakkuri yaratgan ma’naviy boyliklarni asrlardan
asrlarga, avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi bebaho vosita. U insonning eng oily
kashfiyotlaridan biri. Jahon tarixidan ma’lumki, yuksak ma’naviyat, boy
madaniyatga ega har bir xalqning o’z yozuvi bo’lgan. Dunyo xalqlarining tillari kabi
yozuvlari ham o’ziga xos. Ko`pchilik olimlarning fikricha har qanday yozuvning
asosida rassomlik yotadi. Atrofdagi narsalarni rasm orqali aks ettirilishi ham hamma
xalqlarga xos. Avval ya'ni hozirgi yozuv paydo bo`lmagan paytda ba'zi voqealar
hodisalarni uzok masofaga yetkazish uchun yoki zamonda abadiylashtirishni jonli
va jonsiz narsalarni rasmini chizish yo`li bilan amalga oshirilgan. Bular “Piktografik
yozuv” deb nomlangan. Bu ikki so`zdan iborat bo`lib, birinchi yarmi lotincha pictus
chizilgan ikkinchi yarmi grekcha graho yozaman degan ma'no anglatgan. Bu yozuv
birliklari piktogrammalar deyiladi. Yozuvni bu turi unchalik mukammal emas, u
rasmlar orasidagi munosabatlarni va ular tartibini ko`p ko`rsata olmaydi. Buni
oqibatida bir maktubni bir necha xil fikrlashga va mavxum tushunchalarni aks
ettirish imkoni yuq. Bu yozuv asta-sekin mukammallashib borib natijada ideografik
(gr idea tushuncha graho yozaman) yozuv paydo bo`ldi. Ba'zi olimlar bu yozuvni
logografik yozuv ham deb atashdi. Bunga sabab yozuvdagi simvollar faqat bizni
o`rab turgan muhitdagi narsa va predmetlarni aks ettirib qolmay tildagi so`zlarni
ham aks ettiradi. Tildagi har bir so`z ham o`z simvoliga ega.
Qadimgi arablar “yuz ming” sonini it baliqning rasmi orqali amalga
oshirganlar. Logografik yozuv piktografik yozuvga ko`ra afzallikka ega. Logografik
yozuvni bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Bu grekcha muqaddas
yozuv degan ma'noni anglatadi. Lekin yuqorida keltirilgan yozuvlar turi o`qish va
o`qitishni qiyinlashtiradi. Yozuvni ommaviylashuvi uchun esa uni osonlashtirish,
soddalashtirish kerak. Keyingi yozuv fonografik yozuv bo`lib, bu ham juda ko`p
ko`rinishga ega. Shulardan biri sillabik yoki bug`in yozuvidir. Bu yozuv qo`shma
so`zlarni mayda qismlarga bo`lish orqali paydo bo`lgan. Shundan keyin ierogliflar
bug`inlarni ifoda etadigan bo`ldi. Biz yuqorida keltirgan yozuvlardan tashqari
hozirgi vaqtda maxsus yozuv turlaridan keng foydanishadi. Stenografiya va
transkripsiya yozuvni ana shunday maxsus turiga kiradi. Stenografiya – bu so`z
grekchadan olingan bulib, stenos - tor va graho - yozaman degan ma'noni anglatadi.
Bu yozuv maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi hamda mutaxassislar tomonidan
ishlatiladigan yozuvdir. Uni yordamida og`zaki nutqni tez va to`liq qog`ozga
tushurish mumkin. U logogrammaga o`xshash belgilar sistemasi sifatida ularni har
biri ayrim, bir hatto bir necha so`zni ma'nosiga teng keladi. Bu yozuv asta-sekin
mukammallashib borib natijada ideografik (gr idea tushuncha graho yozaman)
yozuv paydo bo`ldi. Ba'zi olimlar bu yozuvni logografik yozuv ham deb atashdi.
Bunga sabab yozuvdagi simvollar faqat bizni o`rab turgan muhitdagi narsa va
predmetlarni aks ettirib qolmay tildagi so`zlarni ham aks ettiradi. Tildagi har bir so`z
ham o`z simvoliga ega. Qadimgi arablar “yuz ming” sonini it baliqni rasmi orqali
amalga oshirganlar. Logografik yozuv piktografik yozuvga ko`ra afzallikka ega.
Logografik yozuvni bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Bu grekcha
muqaddas yozuv degan ma'noni anglatadi. Lekin yuqorida keltirilgan yozuvlar turi
o`qish va o`qitishni qiyinlashtiradi. Yozuvni ommaviylashuvi uchun esa uni
osonlashtirish, soddalashtirish kerak. Keyingi yozuv fonografik yozuv bo`lib, bu
ham juda ko`p ko`rinishga ega. Shulardan biri sillabik yoki bug`in yozuvidir. Bu
yozuv qo`shma so`zlarni mayda qismlarga bo`lish orqali paydo bo`lgan. Shundan
keyin ierogliflar bug`inlarni ifoda etadigan bo`ldi. Biz yuqorida keltirgan
yozuvlardan tashqari hozirgi vaqtda maxsus yozuv turlaridan keng foydanishadi.
Stenografiya va transkriptsiya yozuvni ana shunday maxsus turiga kiradi.
Stenografiya – bu so`z grekchadan olingan bulib, stenos - tor va graho - yozaman
degan ma'noni anglatadi. Bu yozuv maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi hamda
mutaxassislar tomonidan ishlatiladigan yozuvdir. Uni yordamida og`zaki nutqni tez
va to`liq qog`ozga tushurish mumkin. U logogrammaga o`xshash belgilar sistemasi
sifatida ularni har biri ayrim, bir hatto bir necha so`zni ma'nosiga teng keladi.
O’RTA OSIYO BILAN BOG’LIQ BO’lGAN YOZUVLAR
Arxeologik manbalarda ko`rsatilishicha, O`rta Osiyo va Qozog`istondagi
qadimgi turkiy ajdodlarimiz oromiy, yunon, sug`d, xorazm, ko`shan, evfalit,
pahlaviy, suriya, hind, runiy, uyg`ur, arab yozuvlaridan foydalanganlar. Oromiy
yozuvi asosida shakllangan sug`d va xorazm yozuvlari eramizning I-V asrlarida
qo`llangan. Eramizning I asrida oromiy yozuvi asosida uyg`ur yozuvi shakllangan.
Eramizning V asriga kelib esa runiy nomi bilan atalgan o`rxun-yenisey yozuvi paydo
bo`lgan.
“Run”- mahfiy, sirli degan ma`noni anglatadi. Bu yozuv fan olamiga XVIII
asrda ma`lum bo`lgan. Rus sayyohi N.M.Yadrinsev O`rxun daryosi bo`ylaridan
shu xildagi yozuvlarni topgan. Ular O`rxun va Yenisey daryolari bo`yidan
topilganligi uchun shunday nomlanadi. Tuzilishiga ko`ra german runiy yozuvlariga
o’xshaganligi uchun runiy yozuv deb yuritiladi. Runiy yozuvni 1893-yilda daniyalik
professor B. Tomsen o`qigan.
Arab bosqiniga qadar, Movarounnahrda run, turkiy (uyg`ur), sug`d, moniy
va braxma, suryoniy yozuvlari qo`llangan. Diniy mazmundagi asarlar braxma,
suryoniy yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar runiy, turkiy (uyg`ur) yoki sug`d
yozuvida yozilgan. Run yozuvi yodgorliklari katta hududga tarqalgan bo`lib, ular
qabr ustiga qo`yilgan toshlarga, tayoqlarga yozilgan. Bu yozuvda- O`rxun – Enasoy
tosh bitiklari, turkiy (uyg`ur) yozuvida – qadimgi turkiy yodnomalar: «Oltin
yorug`», budda va xristian diniga oid yodnomalar, yuridik hujjatlar; moniy yozuvida
“Xuastuanift” yodgorligi yozilgan.
Uyg`ur yozuvi arab yozuvi bilan teng XV asrgacha qo`llangan. Bu yozuvda
“Qutadg`u bilig”ning Vena nusxasi, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarining
qadimgi nusxasi, “Latofatnoma”, “Dahnoma” kabi asarlarning ayrim nusxalari va
parchalari yozilgan. Biz faqat yozuv borligi uchungina, tilning tarixiy taraqqiyotini
kuzatish sharafiga muyassar bo’lamiz: bu rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi
avlodlarimiz tilini o’rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz.
Tilning rivojlanish yo’lini o’rganamiz, tilga kirib kelayotgan yangiliklarni va
ularning sababini aniqlaymiz.
O’qish va yozuv hozirgi vaqtda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go’yo
ular bir umr til bilan birga bog’liq bo’lgandek ko’rinadi. Aslida yozuvning paydo
bo’lganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Ba’zi tillarning hanuzgacha yozuvi yo’q.
Amerika qit’asi mahalliy aholisining ko’pchilik tillarini bunga misol tariqasida
ko’rsatish mumkin.
Yozuvning paydo bo’lishi juda katta ahamiyatga ega. U madaniyat va tilning
taraqqiyotiga ijobiy hissa go’shdi. Yozuv voqea va hodisalarni (axborotni)
abadiylashtirish hamda axborotni uzoq masofaga yetkazish imkonini berdi.
Ҳозиргача фанга маълум қадимги туркий тил манбалари турк-рун, қадимги
уйғур, суғд, моний, брахмий, сурёний каби ёзувларда ёзилган.
BUSTROFEDON – yozuvning yo’nalishi bilan bog’liq tushunchani
ifodalovchi atama (termin). Turli xil yozuv sistemalarida yozuvning yo’nalishi
turlicha, masalan, hozirgi lotin, slavyan va bohqa bir qator yozuvlarda chapdan
o’ngga qarab yoziladi. Sharq yozuvi sistemalarining deyarli barchasida o’ngdan
chapga qarab yoziladi. Yozuvdagi u yoki bu yo’nalishning tanlanishida muayyan
ob’ektiv sabablardan kelib chiqilgan. Masalan, sharq yozuvi sistemalarida o’ngdan
chapga qaragan yo’nalishning turg’unlashuviga ikki factor sabab bo’lganligi
ko’rsatiladi. Birinchidan, xat dastlab qattiq materiallar (tosh, metal, suyak) ga,
papirusga yoki teriga yozuv qurolini qattiq bosish yo’li bilan yozilgan, albatta, yozuv
yo’nalishiga qarab yozuv quroli kuch bilan bosilgan. Shuning uchun ayni
yo’nalishga teskari ravishda yozuv materialini tirab, qimirlatmay turish uchun bo’sh
chap qo’l juda qulay. Ikkinchidan, finikiya, suriya va arab xattotlari xat yozish
paytida sharq tomonga qarab o’tirganlar, bunday yorug’lik o’ngdan tushadi, yozuv
qurolining soyasi esa chapga yo’naladi va demak, yozilgan harflar o’ngdan chapga
qarab yozilganda yozuv qurolining soyasida qolmaydi. Greklar ham dastlab, ana shu
yo’nalishda yozganlar, ammo keyinroq yozuv yo’nalishini o’zgartirganlar, ya’ni
chapdan o’ngga qarab yozadigan bo’lganlar. Bu oraliq o’tish davrida esa bir qatorni
o’ngdan chapga, boshqa qatorni chapdan o’ngga va hokazo tarzda yozganlar. Ana
shu aralash yo’nalish (goh chapga, goh o’ngga) ni greklar bustrofedon (bus grek. –
ho’kiz, streopho grek. – qaytaraman; ya’ni yer haydash paytida omochga qo’shilgan
ho’kizning egat boshiga chiqib qaytishi) deb ataganlar. Eng qadimgi lotin yozuvlari
(eramizdan oldingi VI-IV asrlarda) german run yozuvlarida ham bustrofedon bilan
yozish kuzatiladi.
ALLOGRAF – muayyan bir grafema, harfning variantlari. Ular funksional
jihatdan bir grafemaga birlashadilar. Muayyan bir fonemani ifodalash va umumiy
grafik formaning birligi allograflarning eng muhim umumiy belgilaridir. Yagona
nom, bir xil kelib chiqish va alifbodagi yagona o’rin ularning qo’shimcha
belgilaridir. Hozirgi umumiy yozuv nazariyasida stilistik (bosma va yozma),
fakultativ (masalan, doda va dada), pozitsion, kombinator (arab yozuvida so’z
strukturasidagi o’rniga ko’ra harflarning to’rt shakli) allograflar farqlanadi.
Bulardan tashqari, ayrim yozuv turlarida bir harf biron-bir cheklanishsiz bir necha
variantda yoziladi. Bu holatni qadimgi uyg’ur yozuvida, o’rxun yozuvida ko’rish
mumkin.Masalan, o’rxun yozuvida “o’qu” harfi shakllarida, “mi” harfi , , ,
shakllarida va hokazo beriladi. Bunday allograflarni alternative allograflar nomi
ostida umumlashtirish mumkin.
Allograflar, ularning belgilari va xususiyatlarini har taraflama bilish ham
amaliy, ham nazariy jihatdan katta hamiyatga ega. Muayyan yozuvni tahlil qilishda,
ayniqsa, notanish matnlarni deshifrovka qilishda allograflarni nazarda tutish
mutlaqo zarur. Shuningdek, matn izlanishlarida ham allograflarni hisobga olmasdan
turib, kutilgan ob’ektiv natijalarga erishish mahol7.
BILINGVA – bir xil yoki u yoki bu darajada bir-biriga yaqin mazmunga ega
bo’lgan, boshqa-boshqa tilda yozilgan ikkita parallel matn. Bilingvalarga rus va
milliy tillarda yozilgan matnlarni ham misol qilib keltirish mumkin. Yozuv tarixi
nazariyasi uchun esa qadimgi yozma yodgorliklar shaklidagi bilingvalar alohida
ahamiyatga ega. Bunday bilinvalarning talayginasi fanga ma’lum. Masalan, N.
M.Yadrinsev tomonidan topilgan Kul tigin bitigtoshi (732 yilda) turk va xitoy
tillarida yozilgan bo’lib, bilingvaga misol bo’la oladi. Noma’lum yozuvlarni
deshifrovka qilishda bilingvalarning ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi yozuvlarning
juda ko’pchiligi (misr iyerogliflari, mixxatlar va hokazo) ana shu bilingvalar
yordamida o’qilgan. Ko’pincha yozuv ham, notanish til ham bilingvalar yordamisiz,
boshqa usul va vositalar orqali izohlanishi, o’qilishi mumkin, ammo izohning
qanchalik to’g’riligi keyinchalik bilingvalar yordamida yanada tasdiqlanishi
mumkin. Ba’zan uch tildagi parallel matnlar – trilingvalar ham uchraydi.
Deshifrovka jarayonida trilingvalarning ahamiyati ham kattadir. Masalan, ana shu
trilingvalardan birini 1974 yilda fransuz arxeologlari Turkiyaning janubida topdilar.
Bu trilingva bir yarim metrdan sal oshadigan balandlikka ega bo’lgan tosh devor
bo’lib, unda likiyaliklar, qadimgi misrliklar va oromoy tilida parallel matn o’yib
yozilgan
DESHIFROVKA- noma’lum, unutilgan yoki qisman noma’lum yozuvda
bitilgan matnni o`qish demakdir. Deshifrovka umumlashtirib aytganda, qadimgi
yozma yodgorliklar ustida olib boriladigan juda murakkab ishdir.
Tadqiqotchilar deshifrovkaning, asosan, uch turini farqlaydilar, ya’ni
1.ma’lum tilda, lekin noma’lum yozuvda yozilgan matnni deshifrovka qilish;
2.noma’lum tilda, lekin ma’lum yozuvda bitilgan matnni deshifrovka qilish;
3.noma’lum tilda va noma’lum yozuvda bitilgan matnni deshifrovka qilish.
Ularning orasida eng qiyini va sermashaqqati uchinchi tur deshifrovkadir.
Noma’lum matnni o`qishda eng samarali va qulay vosita bilingva va
trilingvalardir. Ular yordamida ma’lum va noma’lum yozuv (til) o`zaro qiyoslanadi
va noma’lum matndagi belgilar yoki so`zlar aniqlanadi. Bunda avvalo, noma’lum
matndan ma’lum parallel matndagi atoqli otlar qidiriladi, shu asosda muayyan
belgilarning o`qilishi aniqlanadi. Bu o`qilgan belgilar esa matnning qolgan qismini
o`qish uchun asos bo`ladi, tadqiqotchini noma’lum yozuv olamiga olib kiruvchi
so`qmoq vazifasini bajaradi. Deshifrovka behad murakkab ish bo`lganligi uchun
ham xilma-xil metod va usullar bilan ish ko`radi. Hatto tadqiqotchining intuitsiyasi
ham ko`pincha muhim rol o`ynaydi. Hozirda o`rni bilan texnik vositalar ham
deshifrovkachiga yordamga kelmoqda8.
BRAXMI (birahmon) yozuvi – qadimgi Hindistonda juda keng tarqalgan, juda
ko`p hind yozuvlariga, shuningdek, Birma, Tayland, Markaziy Osiyo va boshqa
mamlakatlardagi yozuvlariga asos bo`lgan bo`g`in yozuvi.Mahalliy rivoyatga ko`ra,
8
Mahmudov N. Yozuv tarixidan qisqacha lug’at-ma’lumotnoma. –Fan – 1990.-B.32
bu yozuv xudo – Braxma tomonidan yaratilgan, shuning uchun ham braxmi yozuvi
deb yuritiladi. Braxmi yozuvining paydo bo`lishi haqida turli xil qarashlar mavjud.
Nisbatan ko`pchilik tomonidan tan olingan qarashlardan biriga ko`ra, bu yozuv
eramizdan oldingi VIII asrlarda finikiya yozuvini shakllantirish (unli orttirish)
natijasida paydo bo`lgan. Braxmi yozuvi eng qadimgi davrlarda o`ngdan chapga
qarab yozilgan, keyinchalik esa chapdan o`ngga qarab yozish turg`unlashgan.
Braxmi yozuvidagi asosiy belgilar “undosh+a” ifodasi uchun xizmat qiladi,
ya’ni a unlisi bilan tugagan ochiq bo`g`inlar bu yozuvdagi sillabemalarning
ma’nosidir. Masalan, ma, ta, pa, ha, ba va hokazo bo`g`inlar tegishli sillabemalar
bilan ifodalanadi. Bunday sillabemalar 31 ta. Bundan tashqari 4 ta belgi alohida
unlilar (odatda so`z boshidagi) ifodasi uchun qo`llanadi. Shuningdek, “anusvara”
deb nomlangan maxsus belgi bo`lib, u so`z oxiridagi undosh tovushni burun tovushi
sifatida talaffuz qilish lozimligini ko`rsatish uchun ishlatiladi. Ayni paytda a dan
boshqa unli bilan kelgan bo`g`inni ifodalash uchun tegishli sillabemaning ostiga
yoki ustiga bu unlini ko`rsatuvchi alohida kichik belgi qo`yilgan (masalan, sillabema
ta+kichik belgi i-ti). Tarkibida birdan ortiq undosh bo`lgan bo`g`inlar ham ana
shunday maxsus belgilar va bir necha sillabemani qo`shib yozish orqali ifoda
qilinavergan. Brahmi yozuvi hozirgi kunda ham iste’moldan chiqib ketmagan.
DETERMINATIVLAR – yozuvda talaffuz qilinmaydigan, ammo shakli bir
xil, ma’nosi farqli (omonim) so’zlarni bir-biridan ajratish, farqlash uchun
qo’llanadigan belgilar. Ular ma’no ajratkichlari, ochqich belgilari deb ham
yuritiladi. Detarminativlar sifatida iyerogliflar qo’llangan va bunday iyerogliflar
mustaqil belgidan yordamchi belgiga aylangan.
Determinativlar yozuvni o’qishdagi noaniqliklarni bartaraf etishga xizmat
qiladi. Masalan, qadimgi misr yozuvida pr (“uy”) va prj (“chiqmoq”) so’zlari bir xil
– uy planining konturlaridan iborat rasm orqali ifodalangan, shuning uchun
“chiqmoq” ma’nosidagi so’z o’qilishini ko’rsatish uchun mazkur rasmdan keyin
yurayotgan ikki oyoq tasviridan iborat determinativ qo’llangan. Yoki xitoy yozuvida
“ayol” ma’nosida qo’llanuvchi logogramma mustaqil holatda “ayol” tushunchasini
ifodalayveradi, ammo u determinativ sifatda ta logogrammasi (“ot”, “ona”,
“so’kinmoq” ma’nosidagi so’zlar omonimiyasini ifodalaydi) bilan birga
qo’llanganda, bu logogrammaning “ona” ma’nosidagi so’z sifatida o’qilishi
lozimligini ko’rsatadi. Ba’zan bir so’z uchun birdan ortiq determinativlar ham
qo’llanishi mumkin. Determinativlar qadimgi misr, xitoy yozuvlarida, shumer
mixxatlarida va boshqa qadimgi yozuvlarda keng qo’llangan.
MONIY (manixey yozuvi) yozuvi – oromiy yozuvi asosida yuzaga kelgan harftovush yozuvi bo`lib, moniylik dini tarafdorlari tomonidan qo`llangan. Bu din
eramizning 247 yilida Moniy (215 yillarda Vaviloniyada fors oilasida tug`ilgan, 273
yillarda butga tortib o`ldirilgan) tomonidan yaratilgan va qariyb ming yil davomida
(III-XIII asrlar) eng keng tarqalgan dinlardan biri bo`lgan. IV asrlarda moniylik dini
O`rta Osiyoga kirib kelgan, shundan keyin bu territoriyalarda moniy yozuvi ham
tarqala boshlagan.
Moniy yozuvi aniq va juda chiroyli alfavitga ega bo`lgan. Ayrim
tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, Moniy ayni paytda juda katta rassom ham
bo`lgan, shuning uchun bu yozuvning takomillashuvi va go`zallashuviga uning o`zi
bevosita hissa qo`shgan deb taxmin qilinadi. Sharqiy Turkiston (Xitoyda) dan moniy
yozuvida ko`chirilgan qo`lyozmalar (eroniy va turkiy tillarda) topilgan.
Moniy alfaviti 29 atrofidagi harfdan tashkil topgan. Bu yozuvda o`sha davrdagi
ayrim qardosh yozuvlardan farqli o`laroq ideogrammalar yo`q. So`zlar fonetik
prinsipi asosida, ya’ni qanday talaffuz qilinsa, xuddi shunday yozilgan. Unlilarning
qisqa va cho`ziqligi farqlangan. Qisqa unlilar yozuvda ba’zan ifodalanmagan,
ba’zan esa ayrim harflar vositasida ifodalangan.
Moniy yozuvida yozgan xattotlar so`zni bir satrdan keyingi satrga
ko`chirmaganlar, shuning uchun so`zlarni cho`zib, yo qisqartirib yozganlar, ya’ni
sozni cho`zib satrni to`ldirish uchun harflari cho`zib yozish, cho`ziq unlini
ifodalovchi harfni ikki yoki uch marta yozish, so`z oxiriga o`qilmaydigan harfni
yozish kabi yo`llardan, so`zni qisqartirish uchun esa unli tovushlarni ifodalovchi
harflarni, yonma-yon kelgan unli harflardan birini tushirib qoldirish kabi yo`llardan
foydalanganlar.
Bu yozuv o`ngdan chapga qarab yozilgan. Keyinchalik moniylik dinining
ta’qiqlanishi (XIII asr) va bu din tarafdorlarining ta’qib qilinishi bilan ayni yozuv
ham o`z-o`zidan qo`llanishdan chiqib ketgan.
AVESTO yozuvi – zardushtiylarning muqaddas kitobi hisoblangan Avestoning
saqlanib qolgan qismlari orqali bizgacha yetib kelgan harf – tovush yozuvi9.
Sosoniylar davrida Avesto matnining tarkibiga kiruvchi madhiyalar, qo’sh iqlar
va duolarning tili o’lik tilga aylangan edi. Bu til faqat diniy marosimlarni
o’tkazishdagina saqlangan bo’lib, ko’pchilikka tushunarsiz edi. O’lik tildagi
matnlarning an’anaviy talaffuzini to’liq saqlash, bu matnlarni avlodlarga mukammal
yozma shaklda yetkazish maqsadida zardushtiy kohinlar eramizning uchinchi asrida
pahlaviy yozuviga asoslangan holda maxsus avesto yozuvini ishlab chiqdilar.
Pahlaviy yozuviga qo’shimcha ravishda, grek yozuvi namunasiga ergashib, cho’ziq
va qisqa unlilar ifodasi uchun yangi belgilar kiritildi.
Undosh tovushlar talaffuzidagi ayrim ottenkalarni ifodalovchi qo’shimcha
belgilar qabul qilindi. Shu tariqa unli harflar (15 ga yaqin) va undosh harflar (35 ga
yaqin) soni ko’paydi. Avesto alfaviti hammasi bo’lib 48 harfdan tashkil topib,
muqaddas Avesto matnining an’anaviy talaffuzini aniq va to’liq aks ettira olgan.
Qo’shimcha ravishda bu yozuvda 3 ta ligature ham qo’llangan. Avesto yozuvi tashqi
formasiga ko’ra oromiy yozuvini va ichki xusuiyatiga ko’ra grek yozuvini o’zida
birlashtirdi.
Avesto yozuvi pahlaviy yozuvi bilan bir paytda iste’molda bo’lavergan, ya’ni
asosan pahlaviy yozuvi, diniy mavzu bilan bog’liq holatlarda albatta, avesto yozuvi
amalda bo’lgan. VII asrga kelib, Eronning arablar tomonidan istilo qilinishi
natijasida zardushtiylik o’rnini islom egallagach, arab yozuvi avesto yozuvini ham,
pahlaviy yozuvini ham siqib chiqardi.
9
Rahmonov N. Bitiglar olamida.-Toshkent, O’zbekiston SSR „Fan“- 1990.-B.17
DEVANAGARI YOZUVI – eng mukammal bo’g’in yozuvlaridan biri bo’lib,
Hindistonda keng tarqalgan. Bu yozuv XIII asrda dagari yozuvi (braxmi yozuvidan
kelib chiqqan) asosida paydo bo’lgan. Devanagari ham undan oldingi ko’pchilik
qadimgi hind yozuvlari kabi dastlab qadimgi Hindistonda din va dabiyot tili bo’lgan
sanskritni ifodalash uchun xizmat qilgan. Keyinchalik u bir qator hozirgi hind tillari
(hind, maratxi, nepali va b.q) ifodasi uchun ham qo’llana boshlagan. Hindistondagi
turli xalqlar o’rtasida keng tarqalgan. Hozirgi kunda devanagari alfaviti
Hindistonning umumdavlat yozuvi sifatida rasmiy ravishda tan olingan.
Hind tilshunoslarining jiddiy urinishlari tufayli hind bo’g’in yozuvi tobora
mukammallashib bordi, nutqni yana ham aniq ifodalash uchun qulaylashdi. Ammo
bunga yozuvni murakkablashtirish, asosiy va yordamchi bo’g’in belgilari sonini
ko’paytirish evaziga erishildi.
Devanagari alfaviti 50 ta belgidan iborat, shundan 13 tasi so`z yoki bo’g’in
boshidagi unlilar va diftonglarni ifodalash uchun xizmat qiladi. 33 tasi to’liq
bo’g’inlarni ifodalovchi to’liq belgilar bo’lib, bu bo’g’inlar undosh+qisqa a dan
iborat; 4 tasi esa yordamchi belgilardir, ya’ni “Visarga” belgisi – nafas chiqarishni
ifodalaydi, “anusvara” belgisi – undoshni burun tovushi sifatida talaffuz qilish
lozimligini ko’rsatadi, “Virama” belgisi – bo’g’in belgisi (sillabogramma) dagi
qisqa a ni o’qimaslik, ya’ni faqat undoshnigina talaffuz qilish kerakligini ko’rsatadi.
Devanagari yozuvida juda ko’plab ligaturalar ishlatiladi. Tarkibida ikki yoki
undan ortiq undosh bo’lgan bo’g’inlarni ifodalash uchun bir necha bo’g’in belgilari
va ligaturalardan foydalaniladi. Bunda ayni bo’g’in belgilari tepa tomonidan
gorizontal chiziq (ligatura) yordamida birlashtirib qo’yiladi, bu gorizontal chiziq
devanagari yozuvining yorqin grafik xususiyatidir. Devanagari yozuvidagi asosiy va
ligaturali belgilarning umumiy soni 600 atrofida, bu belgilarning ko’pchiligi juda
murakkab. Tilning fonetik strukturasini maksimal darajada aniq ifodalashga intilish
hind yozuvini behad murakkablashtirib yuborgan. Bu albatta, devanagaru yozuvini
o’zlashtirishni anchayin qiyinlashtiradi.Devanagari yozuvi chapdan o’ngga qarab
yozilgan va hozirda ham xuddi shu yo’nalish saqlangan.
LOTIN YOZUVI – G’arbiy grek va etrusk alfaviti asosida paydo bo’lgan harf
–tovush yozuvi. Qadimgi lotin yozuvining shakllana boshlashi eramizdan oldingi
VIII asrlarga to’g’ri keladi. Eng qadimgi lotin yozuvidagi yodgorliklar VI asrlarga
oid bo’lib, bu davrdagi lotin alfaviti 21 harfdan iborat bo’lgan. Dastlabki lotin
yozuvi lotin tilining tovush qurilishini to’liq aks ettira olmagan. Ammo keyinchalik
Rim davlatining kengayishi va grek koloniyalari bilan aloqasining kuchayib borishi
bilan lotin yozuviga g’arbiy grek yozuvining ta’siri kuchaygan, lotin yozuvi lotin
tilining fonetik xususiyatlariga moslasha borgan.
Ayrim harflar shaklini o’zgartirish yo’li bilan lotin tilining o’ziga xos
tovushlarini ifodalashga harakat qilingan, shuningdek, yangi harflar yaratilgan.
Eramizdan oldingi II-I asrlardan boshlab va butun antik davr mobaynida lotin
alfaviti 23 harfdan iborat bo’lgan. Lotin yozuvi qadimgi Rimda, keyinchalik Rim
bilan iqtisodiy va soyosiy jihatdan bo’g’liq bo’lgan territoriyalarda juda keng
tarqalgan va boshqa juda ko’plab mahalliy alfavitlarni siqib chiqargan.
Unli tovushlarning cho’ziq va qisqaligi lotin tilida juda katta fonematik ma’noga
ega bo’lishiga qaramasdan eramizgacha bo’lgan II asrgacha yozuvda mutlaqo
ifodalanmagan. Bu asrdan boshlab esa unlining cho’ziqligi tegishli harfni ikki marta
yozish orqali ifodalangan; eramizgacha bo’lgan I asrning oxirlariga kelib unlining
cho’ziqligi “apeks” deb atalgan maxsus satr usti belgisi bilan ifodalana boshlagan.
Antik lotin yozuvida so’zlar ba’zan bir-birlaridan ajratilmay, ko’pincha esa
nuqta bilan ajratilib yozilgan. So’zlar orasida ochiq joy qoldirish yo’li bilan ularni
sistemali ajratish XV asrdan boshlab qat’iy turg’unlashgan. Shuningdek, antik
davrda notiqlik san’atining keng taraqqiy etishi munosabati bilan bu davr yozuvida
muayyan punktuatsion belgilar ham shakllana borgan. Lotin yozuvi grek yozuvidan
o’zining alfavit tarkibiga ko’ra farq qiladi.
Harflarning nomlanishi ham lotin yozuvida o’ziga xosdir, ya’ni unli tovushlarni
ifodalagan harflar ana shu tovushning o’zi bilan ataladi, undoshlarni ifodalagan
harflar esa tegishli undoshdan keyin yoki oldin unli qo’shib nomlanadi.
Lotin alfaviti o’zining butun tarixida yozuv materiallari va qurollarining
o’zgarib borishi bilan bog’liq ravishda xilma-xil shakliy ko’rinishlarga ega bo’ldi.
Masalan, Rim imperiyasi gullagan davrda lotin yozuvining “Kapital xat” deb
nomlangan ko’rinishi hukmronlik qilgan bo’lib, bu xatda hamma hrflar bir xil – katta
bosh harflardan iborat bo’lgan.
Lotin yozuvi tarixidagi eng muhim davr XV asrning oxiri hisoblanadi, bu
davrda Florensiyada lotin yozuvining yangi shakliy turi – antikva (“qadimiyat”)
paydo bo’ladi. Ana shu vaqtga kelib, lotin alfavitidagi harflarni bosh (mayuskul) va
kichik (minuskul) harflarga ajratish qat’iy turg’unlashadi, bosh harflar gapning
boshlanishini ifodalash uchun qo’llanadi. Hozirgi tillardagi lotin yozuvi ko’rinishi
ana shu antikva xati asosida shakllangan.
Dunyo tillarining juda ko’pchiligi lotin yozuvi asosida shakllangan yozuv
sistemalardan foydalanadi.
Download