Загрузил axliyor axrorov

суяк синишлари

реклама
FJSTI Davolash ishi 3-kurs 28guruh talabasi Ikromov
Doniyorbekning Umumiy
xirurgiya fanidan Mustaqil ishi
Reja:
 Suyaklar sinishi, klassifikatsiyasi, pataloanatomik o’zgarishi
 Klinikasi
 Davolash
 Bo’g’imlar chiqishi, klassifikatsiyasi,pataloanatomiyasi
 Klinikasi
 Davolash
 Transiport immoblizatsiya
 Yatrogeniya
 Suyaklar sinishi (fractura) ko’p uchraydigan shikastlar turiga kiradi
mexanik ta’sir hamda patologik o’zgarishlar natijasida suyaklar butunligi
buzilishi bilan ifodalanadi.
 Singan suyak zarbidan hayotiy muhim organlarni jarohatlanishi:
 Mn:kalla suyagi va umurtqa pog’onasi singanda bosh yoki orqa miya
butunligi buziladi; chanoq suyaklari sinsa, qovuq, to’g’ri ichak yoki siydik
yo’lini qovurg’alar singanda esa plevra va o’pkalarni, kamroq jigar , taloq va
yurakni zararlaydi.
 Suyak sinishlari klassifikatsiyasi
 Suyak sinishining bir necha klassifikatsiyasi bor:
 1.Tug’ma sinish-kam uchraydi
 T ug ‘ruq paytida, keyingi hayot mobaynida ro ‘yobga
kelgan sinishlar orttirilgan hisoblanadi.
 2.Paydo bo’lish sababiga ko’ra-Travmatik va Patologik
sinishlar
1.Travmatik sinishlar kuch ta’sir qilish
mexanizmiga ko’ra a)egilgan; b)burilgan (rotatsiya);
d)qisilgan (kompressiya); e)to’g’ri urilgan (o’q
tegishidan shikastlanish nisbatan kamroq); f)uzilgan
sinishlar.
 2.Patologik sinishlarning sabablari har xil kasalliklar:
osteomiyelit, o’sma, siringomiliya, qon kasalliklari, irsiy
kasalliklar, nerv sistemasining ayrim kasalliklari va
moddalar almashinuvi sabab bo’ladi.
 3.Sinishlar ochiq va yopiq holda ham bo’ladi.Yopiq sinish
teri butunligi buzulmagan holda ro’y beruvchi suyak va
uning atrofidagi to’qimalarning shikatlanishiga aytiladi.
Ochiq sinish jarohat hosil bo’lgan teri butunligi buzulgan
holda ro’y beruvchi shikastlanish.
Tug’ma sinish
Travmatik sinish
Patologik sinish
Ochiq sinish
Yopiq sinish
 4.Sinishlar to’la to’la bo’lmagan va suyak yorilishlariga bo’linadi:
To’la sinishda suyak butunligi to’la buziladi, to’la bo’lmagan
sinishda bir qismi zararlanadi. Suyak yorilganda qismlarga
ajralmagan zararlanish ro’yobga keladi. To’la bo’lmagan sinish:
bolalarda uchrovchi subperiostal sinish (yashil novda tipiodagi
sinish) platinkasining sinishi,kalla suyagi qopqog’i va ichki
platinkasining sinishi.
 5.Naysimon suyaklarning sinish sohasiga qarab: diafizar,
metafizar va epifizar sinishlar farq qilinadi.Metafizar
sinishlarda-suyakning (g’alvirak) metafiz qismi
zararlanadi,(jipislashgan yoki qoqilgan sinish. Agar sinish
chizig’i bo’g’imga kirsa bo’g’im ichi (intraartikulyar) sinish
deyiladi. Balog’atga yetmagan yoshlarda shikastlar ta’sirida epifiz
uzilishi epifezioliz vujudga kelishi mumkin. Epifizar sinishda
ko’pincha bo’g’imga yaqin qismning chiqishi kuzatiladi.
6.Sinish yo’nSuyak yorilishlari
Metafiz sinish
Epifiz sinish
Diafiz sinish
 7.Suyak sinishlari oddiy, asoratli, murakkab va
kompinatsiyalangan bo’ladi.Asoratli sinish-uzilgan va
urilgan zararlanish, bunda suyak siniqlari bilan qon tom
irlari, nerv tolalari shikastlanadi,Kompinatsiyalashgan
sinish-Mn: son suyagi sinishining kuyish bilan uchrashi.
Murakkab sinishlarda esa baravariga zararlanish
organizmning a’zo va ayrim qismlarning shikatlanishi
Mn: boldir suyaklarining sinishi, parenximatoz
organlarining yorilishi-taloq,jigar tarzida kuzatiladi.
Suyak siniqlarining quyidagi siljishlari
kuzatiladi:
1. Uzunasiga siljish. 2. Yon tomonga siljish.
3. Burchak hosil qilib siljish. 4. Siniq qism
larining o ‘z o ‘qi atro fid a aylanishi natijasida
kelib chiquvchi periferik (rotatsion) siljish.
Patologoanatomik o’zgarishlar
Sinishda patologoanatomik o ‘zgarishlami
uch bosqichga bo‘lish mumkin:
1.Shikastlanish ta ’siridagi zararlanishlar.
2. Suyak qavarig'i hosil boiishi.
3. Suyak strukturasi tuzilishining qayta
tashkil topishi.
 Shikastlanganda suyak singan joyga qon quyiladi,
biriktiruvchi to ‘q ima hujayralari o’ladi. Ley
kotsitlarda migratsiya, yallig’lanish infiltratsiy asi va
ekssudatsiyasi ro‘yobga keladi.
 Suyak qvarig ‘ini 4 ta manba tashkil qiladi: periostal,
endostal, intermedia va paraossal suyak qavarig’i
 Bularning ichida eng kuchlisi suyak qavarigining periostal qavati
hisoblanadi, chunki u suyak usti pardasidan hosil bolib, bu parda tez
regeneratsiya qilish kuchiga ega. Endostal yoki ichki qavat endost hamda
suyak iligidan tashkil top adi, bu qavatunchakuchli bolmaydi. Intermedial
yoki oraliq qavatnin g taraqqiy oti Gavers kanalchalari hujayralari
elementlaridan tashkil topadi va suyak siniqlari qanchalik yaxshi
fiksatsiya qilingan bolsa, suyak qavarig’ning bu qavati shiunchalik kam
rivojlangan boladi. Qavariqning paraossal qavati singan joy atrofidagi
yum shoq to ‘q imalar nechoglik ko ‘p za rarlangan bolsa, shuncha ko‘proq
ifodalangan. Periostal va endostal suyak qavarig’ining faoliyati jipslangan
suyak siniqlarini qotirish, interm edial qavati esa ularning bitishidir.
 Fibrinoz qavat quyilgan qonni atrofdagi to ‘qima va ochilib qolgan suyak
iligidan saqlaydi.
 Suyak siniqlari orasini yosh hujayralar toldira boshlaydi, ular atrofdagi to‘qim alariga ham tarqaladi va suyak qavarig’ning granulyatsion
bosqichi ro‘yobga keladi.
 Suyak siniqlari yaxshi jipslashtirilganda («repozitsiya») va ko‘ngildagidek immobilizatsiya qilinganda suyak qavarigi osteoid to ‘qimalardan paydo boladi, yomon repozitsiyada va immobilizatsiyada ko
‘pincha tog‘ay hosil boladi
 Suyak regeneratsiyasining bitishi yomonlashganda birlamchi suyak
qavarig ‘i suyakk a emas, to g ‘a y g a ay lan ish i mumkin yoki qavariqning o ‘sishi biriktiruvchi to ‘qimada qolib ketishi mumkin, unda
psevdoartroz soxta bo‘g ‘im hosil bo‘lib, uni davolash uchun operatsiya qilish lozim.
 Sinish klinikasi. Klinik belgilari mahalliy va umumiy bo’ladi. Umumiy belgilardan ko’pincha travmatik







shok zararlangan to’qimalarning yemirilishi natijasida organizmda zaharlanish belgilari ro’yobgab
kelishi mumkin. Mahalliy belgilari aniq bo’lganligi uchun diagnoz qo’yish tezlashadi. Ular og’riq,
deformatsiya, a’zo funksiyasining buzilishi, singan joyda qo’shimcha harakat paydo bo’lishi qo’l
oyoqning qisqarishi yoki uzayishi qon quyilishi va singan suyaklar sohasida krepitatsiya paydo
bo’lishi.
1.O’g’riq-shikastlanish paytida yuz beradi;
2.Deformatsiya-singan joy shaklining o’zgarishi;
3.Funksiya buzilishi-kuchli og’riq va g’ayritabiiy harakatlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi;
4.G’ayritabiiy harakat-sinishning to’g’ridan to’g’ri belgisi bo’lib,uzun naysimon suyaklarda aniq
namoyon bo’ladi kalta va yassi suyaklar singanda yuqoridagi harakat kam seziladi.
5.Qo’l-oyoqning qisqarushi-mushaklarning spastik qisqarishi natijasida suyak sinib, uzunasiga
siljiganda yuzaga keladi.
6.Shish va qon quyilishi-singan joyda har xil bo’lishi mumkin Mn: Yelka suyagi singanda tumshoq
to’qimaga 0,5-0,75 litr, son suyagi zararlansa 1,5-2 litr qon qo’yiladi.
7.Krepitatsiya (suyak qirsillashi)-suyak singaning aniq belgisi bo’lib, zararlangan qo’l-oyoqni harakat
qildirganda krepitatsiya paydo bo’ladi.
Suyak singanda birnchi yordam:
1-Suyak singanda o’g’riq qoldiruvchi dori vositalarini berish;
2-Singan a’zoni harakatini cheklash;
3-Biron bir shoh shabba bilan yoki taxta bilan bog’lash;
4-Agar ochiq sinish bo’lsa qon ketishini to’xtatish infeksiyaning oldini olish.
 Singan suyakni davolashning asosiy maqsadi anatomik









butunligini tiklashdir.
Davolash usullari:
1-operativ;
2-konservativ;
3-qo’shma.
Davolashda 4 shartga rioya qilinadi:
1.Repozitsiya;
2.Immobilizatsiya va fiksatsiya;
3.Funksional davolash;
4.Suyak qadog’i hosil bo’lishini rag’batlantirish.
Qo’l va apparat yordamida repozitsiya
Fiksatsiya va immoblizatsiya
Funksional davolash
Operativ davolash uchun ko’rsatmalar
 Absalut: Yirik qon tomirlar, nerv, bosh va orqa miyya va ichki azolar








shikastlanishi
Nisbiy
1 Ochiq sinish
2 parchalanib sinish
3 uzilib sinish
Son suyagi boynidan sinishi
Yumshoq toqmalar interpozitsiyasi
Suyaklar noto’g’ri qiyshiq bitganda
Konservativ davo foyda bermasa
Operatsiyaga qarshi ko’rsatmalar
Bemorning og’ir axvoli: shok ,o’tkir qon
yo’qotish
Mahalliy va umumiy infeksiya
Og’ir yo’ldosh kasalliklar: tubirkuloz ,rak
Chiqishlar
 Suyaklar bo’g’im yuzalarining bir biriga nisbatan turg’un patologik
siljishiga chiqish deyiladi.
 Chiqishlar:
 Tug’ma
 Ortirilgan
 Tug'ma chiqishlar ko’pincha chanoq-son b o ‘g‘imida uchraydi va
bolaning ona qornida g’ayritabiiy joylashishi yoki bo‘g ‘imlarning
noto‘g‘ri rivojlanishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
 Orttirilgan (travm atik) chiqishlar odatda, shikastlanishdan paydo
bo‘ladi, ba’zida suyak va bo‘g‘im larning kasalliginatijasida (tuberkulez,
ostomiyelit, o’smalar) patologik chiqishlar ro‘yobga keladi.
Siljishiga ko’ra
 To’liq siljish. Agar siljish natijasida bo‘g‘im yuzalari
bir-biriga tegmay qolsa
 Noto’liq siljish. Qisman tegib tursa
 Chiqishning joylashgan anatomik soxasiga qarab
 Yelka chiqishi
 Son chiqishi va b.
Klinikasi
Og’riq
Chiqqan soxaning majburiy xolati
Chiqqan bog’imda chegaralangan xarakat
Chiqqan soxaning kaltalashuvi
Bo’g’im soxasining shishi
Deformatsiya qon quyilish
Davolash
 Yelka chiqqanda ko ‘pincha Gippokrat, Mott (118-rasm),
M.Koxxer va Janelidze usullari qo’laniladi.
 Gippokrat usuli. Shifokor kasal bilan yuzma-yuz
zararlangan tomoni bilan o’tiradi va tovonini bemorning
qoltig’ig a qo‘yib tiraydi. So‘ngra bemor qo’lini ikki qo’li
bilan ushlab, tovoni bilan richagsimon holda qo’ltig’iga
bosadi. Traksiya paytida chiqqan yelka suyagi boshchasi bo‘g
‘im kosasiga tushadi.
 Koxer metodi. Yelka chiqqanda uni o’z o‘rniga solish uchun
ko‘pincha shu metod qollaniladi. (120-rasm). Bemor stolga
yotqizilgandan keyin xirurgga chiqqan tomondan kasalning
boshiga yuz o‘girgan holda quyidagi usul bilan yelka
suyagini chiqqan joyiga soladi: 1) bilak bo‘g‘imini
bukib,yelka suyagi tanaga taqaladi; 2) yelka pastga tortilib ,
tashqari tomonga bukiladi (rotatsiya); 3) qo‘l oldindan
yuqoriga k o‘tarilib, shu zahotiyoq bilak va panja sog‘lom
yelkaga tashlanadi.
 Janelidze usuli
zararlang an qo‘l-oyoqning og‘riqdan
charchashi tufayli mushaklainin g fiziologik bo‘shashishiga
asoslangan. Yelka chiqishida bemor stol chetiga yotqiziladi,
kasalning qo‘li osiltirib qo‘yiladi, boshi esa yonidagi stolga
qo‘yiladi. Bemor shunday holatda qo‘lini osiltirib 20-25
daqiqa yotadi, mushaklari charchab bo‘shashadi. Shundan
so‘ng xirurg bemor qo‘lini tirsak bo‘g‘imidan bukadi va
qo‘lini siltamasdan kuch bilan pastga tortib tashqari
tomonga bukadi. Suyakni joyiga solish paytida shiqillagan
tovush eshitiladi, b o ‘g‘im esa harakatlanadigan b o‘ladi.
Yatrogeniya
Yatrogen kasalliklar- tibbiy xizmatchi-
larning deontologik xatolari , extiyotsizlik oqibatida aytilgan so’zlari yoki harakatlari oqibatida yuzaga keladigan psixogen buzilishlardir.
 Kasallikning ichki holatini o'rganish ikki shaxsning psixologik muloqoti
hosilasidir. Ulardan biri tibbiyot xodimi - shifokor, hamshira, ikkinchisi esa
bemor. Bu o'rinda shifokor, hamshiraning shaxsi bemor ruhiyatiga ta'siri
shu qadar kattaki, u hatto (ba'zi bir holatlarda) kasallikning kechishiga
ta'sir qilishi ham mumkin. Shifokorlar tomonidan o'tkaziladigan ruhiy
muolaja bemorga katta foyda beradi, bunda uning ishonchli so'zi juda katta
ahamiyatga ega. Bu so'z shifokorning asosiy qurolidir. Demak, shifokor va
hamshiraning so'zi bemorga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir etishi mumkin.
Shifokor yoki hamshiraning bir og'iz so'zi bemor tuzalishiga yoki uning
dardini og'irlashtirib yuborishi, boshqa ikkilamchi kasalliklarni keltirib
chiqarishi ham mumkin.
 Yatrogen kasalliklari shifokor hamshira va sanitarlar xatti-harakatlari va
gap-so'zlarning yoki bemorga qilingan boshqa salbiy ta'sirdan kelib
chiqadigan xastalikdir. Shuning uchun hamshiralar tibbiy
psixologiyaning ahamiyatini boshqa xodimlarga qaraganda puxta va
mukammal egallab olishlari va uni amaliyotda qo'llashlari lozim bo'ladi.
Bemor yoki sog'lom odamlarning barisi ham tib xodimining noto'g'ri
harakati natijasida bir xil ruhiy iztirobga yoki yatrogen kasalligiga duchor
bo'lavermaydi. Yatrogeniya nevropat va psixopatlarda juda oson yuzaga
keladi. Albatta, bunda ularning gavda tuzilishi va nasliy holatlari hisobga
olinadi. Yatrogen kasalliklarga astenik va psixasteniklar moyil bo'lib, ular
kelajakdan qo'rqadilar, uni qora tusda ko'radilar va o'zlarini ruhiy,
jismoniy holatlaridan doimo hadiksiraydilar.
Yatrogeniyaning turlari
Psixogen yatrogeniya
Dorili yatrogeniya
Travmatik yatrogeniya
Infeksion yatrogeniya
Aralash yatrogeniya
Psixogen yatrogeniya
Nevroz , psixoz, nevrosteniya,
isteriya, fobiya, depressiya , voxima
xissi , depressiv va epoxondrik
buzilishida namoyon bo’ladi
Psixogen yatrogeniya
Dorili yatrogeniya
Infeksion yatrogeniya
Tibbiy muolajalar natijasida
infeksion kasalliklarni yuqtirish
Travmatik yatrogeniya
 Bemorlarga fizik va mexanik faktorlar ta’siri
natijasida tibbiy jaroxat yetkazish. Bu guruxga
quyidagilar kiritiladi:
 Xirurgik
 Monipulyatsion
 Tibbiyotda to’satdan olingan travmalar, kuyish (nur,
termik, kimyoviy) va travma oqibatlari
Yatrogeniya ahamiyati,
dolzarbligi, hozirgi zamonning
“agressiv” tibbiyot bilan
bog’liqligi
Tib amaliyotida yatrogen kasalliklarga sabab bo
'ladigan 4 asosiy omilni nazarda tutish kerak:
1. Bemorning anamnezini y’ig'ish.
2. Bemorning ichki holatini o'rganish.
3. Laborator tahliliga baho berish.
4. Tashxis va kasallik oqibatini aniqlash.
 O'zaro muloqot chog'ida bemorning oldin boshidan
kechirgan kasalliklariga ham katta ahamiyat berish zarur,
shuningdek, kasallik etiologiyasini va patogenezini
o'rganishda bemorni ta'sirlab qo'yishdan ehtiyot bo'lish kerak.
Ayniqsa, xavfii o'sma, yurak xastaligi va uyida, yaqinlarida
ruhiy kasalligi mavjud bo'lgan bemorlarga nisbatan nihoyatda
ehtiyotkorlik va muloyimlik bilan muomala qilish talab
etiladi.
Ba'zi yatrogen kasalliklarning paydo bo'lishi bevosita
instrumental yoki laborator tekshirishlarga bog'liq. Ayniqsa
bunda qon, siydik va boshqalarning noto'g'ri tahlili sabab
bo'ladi.
 Rentgenologik va ultratovush tekshirishlarning
natijalarini ehtiyotsizlik bilan aytish ham yatrogeniyaga
sabab bo'lishi mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, qishloq varchlik punkti (QVP)
ambulatoriya, poliklinika, qabul bo'limlarida,
shifoxonada bemorga, avvalambor, ruhiy tinchlik yaratib
berish kerak, chunki bu holat davolashning samarali
quroli hisoblanadi. Yatrogeniya mexanizmlari hali to'lato'kis o'rganilmagan, chunki shu damgacha tana va run
bir-biridan ajratilgan holda o'rganilmoqda.
 Umuman aytganda, har qaysi tibbiyot xodimi bemor
bilan suhbatni to'g'ri tashkil qilishi, uning ishonchini
qozonishi, o'zaro munosabat oralig'ini saqlashi, o'ziga
ishontira olishi, unga hamdard bo'lib, imkon qadar aniq
javob qaytara olishi darkor. Tib xodimlarining har bir
xatti-harakati va gap-so'zlari bemorga yaxshi kayfiyat
bag'ishlaydi va uni ruhan tetik qiladi.
Shifokor bemor bilan birinchi uchrashuvidanoq uning
ruhiy holatiga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan
muloqot qilish mahoratini takomillashtirib borish
yatrogeniyaning oldini oladi.
TRANSPORT
IMMOBLIZATSIYASI
 Immobilizatsiya– deb, tana qismlari shikastlanganda shikastlanish
sohasiga tinch holat yaratib berish yoki harakatni kamayti rishga aytiladi.
Transport immobilizatsiyasi – shikastlanganlarni statsionarga
evakuatsiya qilish vaqtidagi immobilizatsiyasi.Shikastlanganlarni
statsionarga yotqizilgach, vaqtinchalik bo’lgan transport
immobilizatsiyasini davolash yoki doimiy immobilizatsiya bilan
almashtiriladi.
 Transport immobilizatsiyasi shikastlanish ro’y bergan joyda qilinadi.
Suyaklari singan shikastlanganlarni immobilizatsiyasiz ko’tarish yoki
ko’chirish mumkin emas, chunki bunday holat singan suyak bo’laklarini
siljib, nerv va yirik qon tomirlarni zararlanish, infektsiyani tez tarqalishiga
olib keladi.
 Immobilizatsiya qilish uchun taxtakach va qo’l
ostidagi materiallar qo’llaniladi. Transport
immobilizatsiyasi uchun maxsus standart
taxtakachlar ishlatiladi. Standart transport
taxtakachlari mahkamlovchi va cho’zish bilan
mahkamlovchi taxtakachlarga bo’linadi.
Mahkamlovchi taxtakachlar ko’proq ishlatiladi.
 Bularga fanerli, kartonli, simli narvonsimon
taxtakachlar kiradi. Cho’zish bilan
mahkamlovchilarga Diterixs taxtakachi kiradi.
 Qo’llar shikastlanganda transport immobilizatsiyasi. Elka
suyagining yuqori
1/3 qismi singanda qo’lni tirsak bo’g’imida to’g’ri burchak hosil qilib
buklanadi. Tana shikastlangan tomonga engashadi, shu tomondagi qo’ltiq
ostiga paxta-dokali yostiqcha qo’yiladi va bint yordamida ko’krak qafasiga
mahkamlab qo’yiladi. Shu holatda bilak kosinkaga osib qo’yiladi, elka
tanaga mahkamlab qo’yiladi.
Elka suyagining o’rta qismi singanda simli narvonsimon taxtakach
yordamida immobilizatsiya qilinadi. Taxtakachni paxta bilan qoplab
olinadi, bunda taxtakach elka va tirsak bo’g’imiga mahkamlanadi. Avv
Avval elka va bilak o’lchab olinadi va to’g’ri burchak ostida buklanadi,
ikkinchi tomoni orqada buklanadi. Qo’ltiqqa yostiqcha qo’yilib,
mahkamlanadi. Singan qo’lni buklangan taxtakachga joylashtirilib,
mahkamlanadi, taxtakachni esa tanaga bintlab qo’yiladi.
 Elka suyagining pastki 1/3 qismi singanda taxtakachni kaft-
barmoq bo’g’imlarigacha etadigan qilib buklanadi va elkaning
elkaning o’rta qismi singanda qo’yiladigan holda immobilizatsiya
qilinadi.
 Bilak suyagi singanda simli narvonsimon va to’rsimon
taxtakachlar qo’llaniladi. Taxtakachni elka suyagining o’rtasidan
kaft-barmoq bo’g’imlarigacha qo’lning tashqi tomonidan
qo’yiladi. Tirsak bo’g’imi to’g’ri burchak ostida buklangan
bo’ladi, kaft ochilgan, qoringa yaqinlashtirilgan bo’ladi.
Kaftgaqattiq yostiqcha qo’yilib, taxtakach qo’l bilan
mahkamlanadi va bilak kosinkaga osib qo’yiladi. Fanerli
taxtakach qo’llanilganda unga paxta qo’yiladi.
 Bilak-panja bo’g’imi va barmoqlar singanda simli
narvonsimon va to’rsimon taxtakachlardan foydalaniladi.
Taxtakachni avval paxta bilan o’ralib, kaft tomondan
barmoqlarning uchidan to tirsakkacha qo’yiladi. Og’irroq
shikastlanganda qo’shimcha taxtakach orqa tomondan ham
qo’yiladi, kaftga qattiq valik qo’yib, taxtakachni qo’lga
mahkamlanadi. Barmoqlarning uchi qon aylanishini
kuzatib turish maqsadida ochiq qoldiriladi.
 Oyoqlar shikastlanganda transport immobilizatsiyasi.Son suyagi
singanda chanoq-son, tizza va boldir-tovon bo’g’imi
immobilizatsiya qilinadi. Buning uchun standart Diterixs
taxtakachi qo’llaniladi. Bunda immobilizatsiyadan tashqari
oyoqni cho’zish ham mumkin.Son suyagi singanda narvonsimon
taxtakachlardan ham foydalanish mumkin.
 Standart taxtakachlar bo’lmagan hollarda qo’l ostidagi
materiallardan foydalanish mumkin(yog’och, taxta, chang’i va
boshqalar) yoki autoimmobilizatsiya qilinadi, ya’ni singan
oyoqni sog’ oyoqqa bog’lanadi.
 Boldir suyagi singanda standart simli narvonsimon
taxtakachlardan foydalaniladi. Taxtakach boldirga moslanadi,
paxta yoki biror yumshoq material bilan qoplanadi, oyoqning
orqa tomonidan dumba bo’g’imigacha olib boriladi, yon
tomonidan qo’shimcha 2 ta fanerli taxtakachlar qo’yiladi.
Taxtakach, tizza va boldir- tovon bo’g’imini qoplashi kerak.
Taxtakachni oyoqqa bint bilan bog’lab qo’yiladi.
Umurtqa pog’onasi shikastlanganda immobilizatsiya qilish.
Bunday shikastlanganlarni ehtiyotlik ilan qattiq taxtali
zambillarga orqasi bilan yotkiziladi. Taxta yuo’lmasa, oddiy
zambillarga qorin bilan yotkizilib, boshi va elkalari tagiga
yostiqcha qo’yiladi
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Скачать