Uploaded by Umidjon Islomov

JAHON BOZORINING VUJUDGA KELUISHI

advertisement
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
IQTISODIYOT YO’NALISHI
“IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Jahon bozorining vujudga kelishi
Topshirdi:952-21 guruh talabasi
JIZZAX-2022
A.Botirov
REJA:
KIRISH
I-BOB. Jaxon bozori va uning rivojlanishi. Xalqaro valyuta va kredit
munosabatlari.
1.1. Jaxon bozorining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.
1.2 Jahon bozorining tarkibi va o’zgarish tendensiyalari
II-BOB. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy
islohotlarning chuqurlashuvi.
2.1. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning « O’zbek modeli»: mohiyati va
bosqichlari
2.2. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish
dinamikasi.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari
I.Jaxon bozori va uning rivojlanishi.Xalqaro valyuta va kredit
munosabatlari.
Hozirgi zamon jahon xo’jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo’jaliklarning
baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo’jaligi va avvalo jahon bozorining shakllanishi
va rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo’lgan jarayonga
yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy
tizimiga bo’linganligi qarshi ta’sir ko’rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi,
dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda O’zbekiston bilan jahon
hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari
vujudga keldi.
O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama
aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy
jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki
imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi
va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.
Bu holatlar jahon xo’jaligi aloqalari va milliy xo’jaliklarning iqtisodiy rivojlanish
muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. Shunga ko’ra ushbu bobda jahon
xo’jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va
globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon
infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
masalalari bayon etiladi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos
xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro
bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi.
Ye.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib ko’rsatadi:
Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga
kelib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o’rtasida paydo bo’lgan
savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli
mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo’lishi va
rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri kelib, yirik
mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko’proq foyda
olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo’jaliklarning tarkibiy qismiga
aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo
bo’ldi. Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon xo’jaligi
tizimi shakllandi.
To’rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab mustamlaka
mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida zamonaviy jahon
iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tendentsiyalarini paydo bo’lishi bilan
bog’liq. Bu tendentsiyalar quyidagilardan iborat:
- iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;
- ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;
- jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;
- jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.
«Jahon xo’jaligi», «butunjahon xo’jaligi», «jahon iqtisodiyoti» tushunchalari bir xil
ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor ma’nolari farqlanadi. Keng
ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning
yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan
o’zaro aloqada bo’lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o’rtasidagi tafovut
borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan
bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib
bormoqda.
Demak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab chiqarish,
moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan turli
mamlakatlar xo’jaliklari umumiy tizimidir.
Jahon xo’jaligisub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar;
- transmilliy korporatsiyalar;
- xalqaro tashkilot va institutlar;
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi
firmalar.
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan
farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy
siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon
narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro
raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal
qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib
beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida
sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida
mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va
xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga
tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon
tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan
bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish
mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga
bo’lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida
amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi ular
taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi.
Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich va mezonlardan
foydalaniladi:
- mutlaq va nisbiy YaIM;
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;
- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar
mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi
daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT,
Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan
qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning uchta guruhini
farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi
chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:
- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat);
- daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta
mamlakat);
- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib
xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini
ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo’lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik
darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o’rtacha va yuqori
rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi
industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar
(Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM),
shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar (CHad, Bangladesh, Efiopiya), har xil
mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi.Bu barcha turli-tumanlik bir
butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi
xo’jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi
hamda fan-texnika inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya
vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash
orqali samarali amal qilishi mumkin emas.
Jahon bozori. xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
Bu bob milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog’langan murakkab
iqtisodiy munosabatlari tizimida xalqaro savdo munosabatlarining tutgan o’rnini tahlil
qilish bilan boshlanadi. Dastlab xalqaro savdoning rivojlanishi, omillari va tuzilishi
qarab chiqiladi.
Bobning ikkinchi qismida xalqaro munosabatlarning moliyaviy yoki valyutaga oid
tomonlari bayon etiladi. Bunda valyuta munosabatlari va hozirgi zamon valyuta tizimi
asoslari ko’rib chiqiladi. So’ngra mamlakatning to’lov balansi, uning tarkibi va
taqchilligi muammolari o’rganiladi. Bobning yakunida xalqaro vayuta-kredit
munosabatlari, valyutatizimi, valyuta kursi va valyuta siyosati, ularga ta’sir ko’rsatuvchi
omillar bayon etiladi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi.Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon
andozasiga o’tish,xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning
globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi
milliy manfaatlarga qay darajada javob beradi, degan savolni qo’yadi. Bu savolga javob
topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A.Smit xalqaro mehnat
taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import
qilish qulayligi to’g’risidagi o’z qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaqustunlik»
nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko’ra, A.Smit har bir mamlakatning
qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning ahamiyatli rol
o’ynashini ko’rsatib bergan. Shu bilan birga, umamlakatlar quyidagi ikki ko’rinishdagi
ustunlikka, ya’ni: 1) tabiiy, ya’ni iqlim sharoitining qulayligi, ba’zi bir tabiiy
resurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan,
ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish
texnologiyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta’kidlagan. Bu ustunliklardan
foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot o’z sifati jihatidan yuqori vatan narxi
jihatidan past darajada bo’ladi. Shunga ko’ra, mahsulotlarning barcha turlari har bir
mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart emas, balki ularning ba’zilarini ustunlikka
ega bo’lgan mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi.
Uni sotib olish mehnat sarflari esa mazkur mamlakatning o’zi uchun ustun hisoblangan
sohadagi mehnat orqali qoplanadi. A.Smit nazariyasi bo’yicha har bir mamlakat o’zida
boshqalarga qaraganda arzonga tushgan, ya’ni kam mehnat sarflangan tovarni eksport
qilib, ularga nisbatan ko’p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo o’zaro foydali savdo va xalqaro
ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini
takomillashtirgan holda «qiyosiyustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur
nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning
mutlaq ustunligi mavjudligida ham o’zaro foydali savdoning nafaqat mumkinligini,
balki zarurligini isbotlab berdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali mahsulotni ishlab
chiqarishdan voz kechib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni ishlab chiqarishga o’tish
orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin.
Mazkur nazariyaga ko’ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab
chiqarishga ixtisoslashuv orqali qo’shimcha ustunlikka ega bo’lishi va mahsulot
umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar
ishlab chiqarish bo’yicha mutlaq ustunlikka ega bo’lishi, ya’ni uning ishlab chiqarish
xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlarning xarajatlaridan past bo’lishi shart
emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o’zida qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan
tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi yetarli hisoblanadi.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1) unda
ikkita mamlakat va ikkita tovar o’zaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish xarajatlari ish
haqi ko’rinishida olinadi; 3) mamlakatlar o’rtasidagi ish haqi darajasidagi farqlar
e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud
deb faraz qilinadi.
Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo,
tashqi savdoning tez o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab
chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan
bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi.Barcha
mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir.Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada,
faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo
aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi
ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport – bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab
chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chetga
chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon
narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi
mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog’liq.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyutsiyasi va
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda
xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi
o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3G’4 qismi to’g’ri
keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’I ulushi faqat 1G’4 qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste’molchilarga
xizmat ko’rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chegarada
amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati
ko’rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va h.k.).
Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti
kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda
amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar
oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi.
Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan
qarzlarini ko’paytiradi.
U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet
el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko’plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo’lib,
o’zlarining ichki iste’moli uchun zarur bo’lgan barcha tovarlarni yetarli samaradorlik
bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli
tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo,
tashqi savdoning tez o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab
chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan
bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha
mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir.Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada,
faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo
aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi
ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
1.1. Jaxon bozorining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.
Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan
mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro
savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va
siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo
koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan
Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga
oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik
mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi
savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat
xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda
muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni i. ch.da resurslardan
samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va Jahon bozoriiga
yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki i. ch.
imkoni bulmagan tovarlar Jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida
narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar
vositasida olib boriladi.
Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi
(qarang Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi
savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban
jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo
balansi deb yuritiladi.
Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat
bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul
vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari,
Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro
birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta
birjasi va London rangli metallar birjasi va b. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja
bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar
yoʻnalishlarida boradi.
Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib
boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar
oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar.
Xalqarosavdo—buturli davlat-milliyxoʻjaliklari oʻrtasidagitovar va xizmatlarning
ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga
kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok
eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksportva import, savdobalansi kabi
koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan bir-bu xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi
hisoblanadi. Bu
mamlakatlar,
mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning
kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot
ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy
xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish
mumkin
Xalqaro savdo-tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo
o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lib, har bir bosqich o‘z tarixiy xususiyatlari
bilan ajralib turadi:
- tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar)
O‘rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo‘llarning vujudga kelishi;
- tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XIIXV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O‘rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida
kontsentratsiyalshuvi;
- tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII
asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo‘llarining Atlantika, Hind
va Tinch okeanlariga ko‘chishi;
- tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII-XIX asrlar) sanoat
to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan
bog‘liq;
- tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi)
Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog‘liq;
- integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta‘sir
etish bosqichi – (XX asrning o‘rtasi va ikkinchi qismi);
- tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining
shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari:
- Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi
hajmining keskin ortishi;
- Xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog‘ining
qisqarishi;
- Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilmfan sigimkorligi yuqori bo‘lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;
- Tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis
taqsimlanishi;
- Yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
- Qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog‘liqligini ortishi;
- Tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi soda shaklining turli mamlakat
korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari
asosida
avvaldan
kelishilgan
mahsulotni yetkazib berish shakliga o‘tilishi
Xalqaro savdoning hududiy tarkibi – bu savdoning tarkibini aniqlovchi tovar
mutanosibliklari majmui va aloqalar majmui bo‘lib, bu tarkib xalqaro savdoning
quyidagi xususiyatlari va rivojlanish yo‘nalishlarini ajratish imkonini beradi:
- Alohida mamlakatlarning savdo oqimlarni ajratish;
- Bir guruh mamlakatlar o‘rtasidagi savdo oqimlariniajratish;
- Mintaqalar o‘rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;
- Xalqaro savdoning asosiy ulushi oqimlarining rivojlangan
mamlakatlar guruhida yig‘ilganligi;
- Jahoning yirik savdo imperiyalari bo‘lib AQSH,
Germaniya va Yaponiya hisoblanadi;
- AQSH eksportining faollashuvi;
- Yaponiya eksportining o‘sishi (birinchi navbatda, boshqa
Osiyo mamlakatlariga);
- Janubiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro savdoning faol
rivojlanishi (ko‘proq Pokiston va Hindiston hisobiga);
- Sharqiy Osiyo va qisman Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro savdosining
ustun darajada rivojlanishi (Yaponiyadan tashqari)
- Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari tashqi savdosining sekin rivojlanishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o‘zgarishlartendensiyasi
quyidagilar orqali ifodalanadi:
- Xalqaro savdoda bozor iqtisodiyotiga ega rivojlangan mamlakatlar
ulushining saqlanib qolishi;
- Xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar guruhi ichida
mujassamlashuvi;
- Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;
- Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida
savdo aloqalari hajmining ortishi;
- O‘tish
iqtisodiyotiga
ega
mamlakatlarning
xalqaro savdodagi
pozitsiyasining zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5%,
rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5%);
Demak, zamonaviy xalqaro savdoning asosiy omillari quyidagilardan
iborat:
- Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi;
- Milliy iqtisodiyotlar ishlab chiqarish salohiyatining o‘sishi;
- Xalqaro savdoning hududiy va tovar o‘zgarishi;
- Xalqaro savdo mexanizmlarining murakkablashuvi.
XXI asrning boshlarida xalqaro savdo nisbatan jadal suratlarda rivojlanishi bilan
birga turli inqirozlar tufayli uning pasayishi ham yuz berdi. Tahlillar, jahon ishlab
chiqarish hajmining o‘sish sur‘ati 2005-2010 yillarda o‘rtacha 2,0%ni, jahon tovarlar
eksporti hajmining o‘sish sur‘ati esa 3,5% ni tashkil etganligini ko‘rsatmoqda.
2-va 4-chorakda. Yaponiya kuchli moneter va fiscal siyosat olib bordi va 2013yilning birinchi ikki choragida kuchli o‘sishga erishdi.lekin bu yilning ikkinchi
yarmidan pasaya boshladi va 3- chorakda 1% dank am miqdorda pasaydi. Rivojlangan
mamlakatlar birgalikda olinib bir butun sifatida qaralganda umumiy YaIM o‘sishi 1.1%,
2012-yilda 1.3% ni tashkil qilgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z ichiga MDH
mamlaktlarini olgan holda 4.5% dan 4.4% ga pasaydi. Osiyo
2013-yilda
JSTning geografik hududlari bo‘yicha eng tez o‘sgan YaIM ni
qayd etdi va 4.2% o‘sish, bu deyarli o‘tgan ikki yildagi o‘sish bilan teng; Keyingisi
Afrika 3.8%, Yaqin sharq
3.0% , janubiy va markaziy Amerika 3.0% ; Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi
mamlakatlari 2.0% ; Shimoliyn Amerika 1.8% va Yevropaa 0.3%
2013-yilda jahon xalqaro tovarlar savdosi ko‘rsatkichi o‘rtacha export va import
hajmi 2.1% ga o‘sdi .Ammo jahon importi va exporti o‘rtasiodagi farq yuqori 2.4%
export va 1.8% import ulushi o‘sdi;Rivojlangan mamlakatlar exporti jahon o‘rtachasiga
nisbatan ancha sekin o‘sdi va 1.5%ni tashkil qildi. Bu davrda rivojlanayotgan
mmlakatlarda bu ko‘rsatkich tez suratlarda o‘sdi o‘rtachaga qaraganda va 3.3%ni tashkil
qildi.Import jihatdan rivojlangan mamlakatlar salbiy .02 % pasayishni qayd qildi;
Rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari 4.4% ga o‘sdi.
O‘tgan yili osiyo mamlakatlarining exportdagi ulushi ortdi boshqa barcha hududlar
bilan solishtirilganda 4.6foizlik o‘sish bilan;Qolaversa SHimoliy Amerika (2.8%),
Yevropa (1.5%), Yaqin sharq (1.5%), Janubiy va markaziy Amerika (2.5%), SHimoliy
Amerika (1.2%), MDH mamlakatlari (0.7%) va Afrika (-3.4%) o‘sishni tashkil qildi.
Osiyo mamlakatlari exporti asosan yaponiyaga yo‘nltirilgan edi va dunyoning boshqa
mamlakatlari bilan ulushi 1.8%ga pasaydi. Xuddi shu paytda Xitoy va Hindiston exporti
7.7% va 6.7%ga o‘sdi mos ravishda; Salbiy ko‘rsatkich Afrika mamlakatlarida qayd
qilindi va bunga sabab yoqilg‘I export qiluvchi mamlakatlardagi keskin qisqarishlar,
Masalan: Libya (-27%), Nigeria (11%), Algeria (-7%).Import hajmi bo‘yicha o‘sish
surari yuqoriligi bo‘yicha osiyo 4.4% lik o‘sish bilan eng yuqori o‘rinni egalladi.Yaqin
sharq (4.4%),
Afrika (4%), janubiy va markaziy Amerika (2.5%), Shimoliy
Amerika (1.2%), Yevropa (-0.5%), MDH mamlakatlari (-1.1), Hindistonda import
2.9%ga qisqardi bunga sabab iqtisodiy pasayish bo‘ldi , lekin xitoy respublikasining
jetdan qiladigan xarajatlari keskin oshdi va10% dan oshiqni tashkil qildi; Afrika
hamm o‘z import hajmini oshirdi , garchi eksport hajmi so‘nggi ikki yil davomida
pasaygan bo‘lsa ham, bunga sabab asosiy maxsulotlarining yuqori narxdaligidir.
Bu borada sug‘urta xizmati va computer va axborot xizmati exp[ortida 8% li
kuchli o‘sish qayd qilindi va qurulish materiallari
faqatgina 3% ga qisqardi.
Moliyaviy xizmatlar
2012-yildagi -3% pasayishdan so‘ng tezlikda qayta tiklandi va2013-yilda 7% lik
o‘sishni qayd etdi. Axborot almashinuv xizmatlari o‘rtacha 2% ni tashkil qildi.
Royaltilar va litsenziya to‘lovlari 6%ga oshdi;Xulosa qilib aytganda , shimoliy
Amerika exporti 2% ga o‘sdi va 2.42 trln dollarni tashkil qildi, bu jahon exportining
13.0 foizi demakdir; Import hajmi esa 1% ga o‘sdi va 3.2 trln dollarni tashkil qildi va bu
jahon umumiy ko‘ratkichiga nisbatan 17% ni tashkil qildi; Yevropa 2013-yilda export
hajmi 4% ga o‘sdi va 6.64 trln dollarni tashkil qildi.jahon umumiysiga nisbatan
36% ni tashkil qildi;Janubiy va markaziy Amerika mamlakatlari export ulushi 2% ga
pasaydi va 737 mlrd dollarni tashkil qildi, uning jahondagi ulushi 4% ni tashkilq ildi;
Importi esa,2 foizga o‘sdi 773 mlrd dollarni tashkil qildi va jahonda ulushi 4% ga teng
bo‘ldi;Osiyo exporti 2%ga o‘sdi.
2013-yilda shimoliy amerikada savdo xizmatlari eksport hajmi 5%ga o‘sdi va 761
mlrd dollarni tashkil qildi,bu jahon savdo exportiga nisbatan 16% dir. Import hajmi esa
2% ga o‘sdi va 561mlrd dollar, jahon importiga nisbatan 13% ga teng
bo‘ldi;Yevropada o‘sish 6% va 2.17trln dollar jahon eksportining 47% i qayd etildi.
Savdo xizmatlari bo‘yicha import hajmi esa 5% ga osdi va 1.78 trln dollar 41% jahon
savdo xizmatlari eksportidagi ulushi;Bu borada osiyo mamlakatlari export hajmi 6 % ga
o‘sdi va 1.21 trln dollarni tashkil etdi, bu esa jahon hajmiga nisbatan 26%;Import hajmi
esa 4% ga o‘sdi,1.23 trln dollarni tashkil qildi va jahon savdo xizmatlari importidagi
ulushi 28%ni tashkil qildi. Jahon savdo xizmatlari exporti va importidagi ulushi past
bo‘lgan mamlakatlar bu: Afrika mamlakatlari, Yaqain sharq, janubiy va
markaziy Amerika mamlakatlari va MDH mamlakatlari; Ushbu mamlakatlarning
umumiy jahon savdo xizmatlaridagi ulushi har biriniki o‘rtacha 5% dan past.
II-BOB. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va
iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi.
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi
iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini
qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy
majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga
qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy
tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi.
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik
va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p
tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro
iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.
O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok
etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli
respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat
bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida
diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy
muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya
korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro
moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos
xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi:
«Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari
va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va
hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari
turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo
miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir
muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka
amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan
sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli
O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir»i.
Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p darajali
tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global;
transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi integratsion
aloqalarning o’ziga xos vazifalari mavjud.O’zbekistonning global darajada amalga
oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik
sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va
milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro
valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir. O’zbekistonning
BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), yevropa hamjamiyati,
NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi
tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq
integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion
vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o’zaro
aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib,
o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg’oniston,
O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni
oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat,
qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida
mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
O’zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH
mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni
tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi,
integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy
qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi institutsional
tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o’zining tashkil topishi
chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va imkoniyatlardan
foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va shu asosda
iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga
mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida ko’proq siyosiy masalalar,
«integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan
kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, ular manfaatlarining siqib qo’yilishi,
iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi. Bunday
holatlarga Prezidentimiz I.A.Karimov MDHga a’zo mamlakatlarning turli darajadagi
yig’ilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan qarab, uni tubdan isloh qilish borasida
o’zlarining amaliy takliflarini berdilar.
O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga,
yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan
qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni
mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli
sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy
hamkorligi (TSARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan biri
– Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida
oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy
mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi,
obro’-e’tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy olish
istagini bildirgan davlatlar soni ham ko’paymoqda. ShHTning salohiyati haqida
gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiyintegratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir.
ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z ketganda, eng avvalo unga
a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada kattaligini
ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni
tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi (1jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko’proq bo’lib,
aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0 %.
So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1
trln. doll.dan oshadi.O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan
iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy
manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan
ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi,
mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi
tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek,
telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm,
hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini
kuchaytirish lozim.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy
aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar)
amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy
darajasi va korxonalargacha bo’lgan xo’jalik sub’ektlarida tegishli tashqi iqtisodiy
bo’limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdosanoat palatalari barpo etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli
darajada rivojlandi. Jumladan, 2007 yilga kelib Respublika hududida ro’yxatdan o’tgan
xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 4089 birlikni, ularning eksporti hajmi
mamlakat umumiy eksportining 18,5 foizini tashkil etdi. Bunday korxonalarning asosiy
qismi sanoat tarmoqlari (50,1%), savdo va umumiy ovqatlanish (29,9%) sohalarida
to’plangan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo’jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr
davom etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek,
hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida
hal etilmagan ko’pdan-ko’p muammolar mavjudki, bizning Respublikamiz uchun bu
tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat1.Dastlabki
davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki yo’nalish bo’yicha: MDH mamlakatlari
bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valyutada
hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi.2008 yil respublikamiz tashqi savdo
aylanmasi 19077,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, uning 37,8 foizi MDH
mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. Xorijiy
mamlakatlarga mahsulot eksporti hajmi to’xtovsiz ko’payib borib, 2008 yilda 11572,9
mln. dollarni tashkil qildi, uning asosiy qismi (65,3%) uzoq chet el davlatlari hissasiga
to’g’ri keldi.
Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shilgan
qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi
navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat
beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez
o’zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog’liqligini kamaytirishda muhim yo’nalish
bo’lib xizmat qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama
aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda.
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasidagi yagona iqtisodiy makon to’g’risida
tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini integratsiyalashtirishga
qaratilgan dastur ishlab chiqildi.MDH mamlakatlari bilan bevosita va ko’p tomonlama
munosabatlarni rivojlantirish tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biridir.
O’zbekiston Hamdo’stlik davlatlari muassasalari – Davlatlararo iqtisodiy qo’mita,
Davlatlararo bank va boshqa muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda.
MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldova va boshqalar) bilan ikki
tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar
imzolanib, ular kuchga kirdi.Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda
iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga, hamda
zarur bo’lgan tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular
jumlasiga tavakkalchilik xatarlaridan keladigan zararni qoplaydigan «O’zbekinvest»
milliy sug’urta kompaniyasini, turli qo’shma sug’urta kompaniyalarini, Vazirlar
Mahkamasi huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga
ko’maklashuvchi xizmatni, Davlat mulk qo’mitasi huzuridagi ko’chmas mulk va xorijiy
investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda
respublikada vujudga keltirilgan huquqiy me’yorlar xorijiy investitsiya faoliyati uchun
qulay sharoitlarni yaratib, ularning huquqlarini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini
kafolatlaydi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada
amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida
amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo’ladi.
Mamlakatimizning yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy
va savdo sohasidagi hamkorligi, NATOning «Tinchlik yo’lidagi sheriklik»
dasturidari ishtiroki uning jahon xo’jaligi qo’shilishning navbatdagi yo’nalishidir.
Jumladan, yevropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o’rtasida imzolangan SHeriklik va
hamkorlik to’g’risidagi bitim (1996 yil iyun) tashqi iqtisodiy faoliyatining ustivor
yo’nalishidir.
O’zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi
iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir. Bu yo’nalishda XVF
bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag’ bilan ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy
siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash dasturlari maqullandi.
Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB),
Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va
Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik O’zbekistonning
tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Xususan XRRB
yo’li bilan O’zbekistonga paxta yetishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon
bozoriga chiqishiga ko’maklashish va unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish
maqsadida 66 mln. dollar, institutsional islohotlarni davom ettirish uchun 120 mln.
dollar mablag’ ajratildi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O’zbekistonda bir
qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda yevropa tiklanish
va taraqqiyot banki (ETTB) alohida rol o’ynaydi. Respublikada amalga
oshirilayotgan umumiy qiymati 536 mln. dollarga teng 9 ta loyihada yeTTBning ulushi
253,1 mln. dollarni tashkil qiladi.
ETTBning O’zbekistonda amalga oshirish ko’zda tutilgan, umumiy summasi bir
mlrd.dollardan ortiq bo’lgan yana 8 ta loyihani ko’rib chiqishi mo’ljallangan.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi Banki
(ORB) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorligi istiqbolli
yo’nalishlardan hisoblanadi.
Shunday qilib, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishida dunyo
mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi o’ringa
ega bo’lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy
taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarishning asosiy tashqi omillari hisoblanadi.
2.1. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning « O’zbek modeli»: mohiyati
vabosqichlari
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyili konsepsiyasi
Konsepsiya muallifi Islom Karimov qayd etgan ediki, «O'zbekistonda bozor
munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini varatish uchun zamin vo'q emas. Sharqda
odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Shu boisdan. bu verda bozor
sharoitida rivoilanishning o'z tarixiv tairibasi mavjud'». Muallif xalqimizning o'z milliy
tarixiy tajribasiga asoslanib, o'zining besh tamoyilini yaratdi. Su tamoyillar iqtisodiyot
ta'limotlar tarixiga haqiqatdan ham yangilik bo'lib kirdi.1980-1990 yillarga kelib
dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi
nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur
qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit
davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodiyotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda
tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy
taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga
kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta-jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning
yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor
iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday
bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va
xususiy to-monlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib,
quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo'li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;
3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li;
4)
sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish
mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam).
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha
sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda
qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun
iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;
- narxlarning
asosan
talab
va
taklif
nisbati
asosida shakllantirilishiga
o'tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini
pasaytirish.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar
yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy to'siqlarni
olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va tarmoqqa kirishidagi
to'siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga solish va
boshqalar.
3.Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab
oladi:
- mulkchilik
munosabatlarini
o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni
yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya
fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va
boshqalar.
4.Tarkibiy o'zgarishlar.
Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq
xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan
nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Tqtisodiyot tarkibiy
tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to'lovga qodir
talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5.Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki u bozor
iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib turadi. Bu
yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik
tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori
inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor
munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf
etish o'tish davri iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti
taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.
Markazlashgan
ma'muriy-buyruqbozlikka
asoslangan
iqtiso-diyotdan
bozoriqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli yo'llarni
tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ikki
yo'l, ya'ni revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud. Polsha, Chexoslova-kiya, Rossiya
va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion yo'lini,
birdaniga kata to'ntarishlar qilish yo'lini tanladilar.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili.
Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham «Siyosat
iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan qoidaga
asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi
va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo'ysundirilgan
edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni
chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqargan Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat
alohida-alohida ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan
rivojlanishi, bular o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi
haqidagi xulosaga keldi.
Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi umumbashariy
qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy va
ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa, mamlakat xalqining farovonligi ham,
milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning
uchun ham mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan
o'zgartirish uchun harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini
ta'minlash oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni
taqozo etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa yengil
vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol bozorini bir qadar
cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv
o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan
iihozlangan zamonaviy korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan
to'ldirish vo'lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan
qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. respublikaea vangi texnologiva va
texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki investitsivalarni ko'pavtirdik.
Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda...I».
Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi
bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan iqtisodiyot
sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon
iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham
siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir.
Davlat bosh islohotchi bo'lishligj tamovili. Bu tamoyil, awalo, umumbashariy
qadriyatlardan kelib chiqadi. Zero, I. Karimov «O'zbekiston bozor munosabatlariga
o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli risolasida yozganidek, jahon tajribasi iqtisodiyotni
davlat yo'li bilan tartibga solib turish zarurh'gini ko'rsatdi; buning ustiga torn ma'noda
o'zini o'zi tartibga solib turadigan bozor yo'q, hamma davrlarda davlat o'z mavqeyiga
ko'ra iqtisodiyotga ta'sir etib kelgan. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tish barcha
mamlakatlarda bir xil kechmaganidek, davlatning yetakchilik roli ham har xil kechadi.
O'zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini quradi, bunda davlat
tartibga solib turuvchi rol o'ynashi muqarrardir.
Bu savolga Prezidentimizning bir qator asarlari va chiqishlarida aniq javoblar
mavjud. Birinchidan, eski tuzum parchalangan, yangi jamiyat hali to'la qurilmagan bir
sharoitda «iqtisodiyotni boshqarishni qo'ldan chiqarib yuborish, uning taraqqiyotini o'z
holiga tashlab qo'yish mumkin emas»; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish
boshlangan davrda respublikamiz aholisining turmush darajasi nisbatan past, u o'zini
o'zi himoya qila olmaydi. Bunday sharoitida davlat kerak, u o'tish davrida aholi
manfaatlarini himoya qilish uchun milliy daromadni qayta taqsimlash vositasida unga
tayanch bo'ladi; uchinchidan, bozor iqtisodiyotini qurish g'oyat qiyin vazifa, ayniqsa,
iqtisodiyoti nochor va tarkibiy tuzilmasi biryoqlama bo'lgan mamlakatda.
Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida «davlat islohotlar jarayonida faol
ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi, islohotni izchillik va qat'iylik bilan amalga
oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchiligi shundaki, u yangi iqtisodiyotga
tezroq va katta qiyinchiliklarsiz o'tishga yordam beradi, islohotlarning asosiy
yo'nalishlarini ishlab chiqadi, islohotlarni amalga oshirish dasturini tuzadi va ularni
amalga oshirishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vositalarini belgilaydi. Islohotlar
konsepsiyasi muallifi Islom Karimov bu masalada shunday qat'iy fikrni aytadi: «. .
davlat islohot jarayonining barcha bosqichlarida yetakchi o'rinda turishi, bu jarayonning
markazida bo'lishi shart». Darvoqe, bugun bu tamoyilning naqadar to'g'ri ekani MDH
davlatlaridagina emas, butun dunyo miqyosida e'tirof etilmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u bir
qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya muallifi I. Karimov bir qancha
dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq
sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha
olmaydigan ikki xo'jalik tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas,
balki tamomila yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat
holatidan ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga
oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr
doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar
chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli infrastruk-turani va huquqiy
bazani yaratishni talab etadi.
Qonunning ustuvorligi., hamma uchun tengligi tamoyili. Prczidcntimiz
o'zining Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi «Adolat-qonun
ustuvorligida» nomli ma'ruzasida uqtiradiki, «biz tanlagan taraqqiyot modeli bozor
iqtisodiyotiga tayangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantiradigan yangi hayot barpo etish harakatidamiz», «bir tomondan, ko'p asrlik
tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy an'analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi
tomondan esa-jahon xalqlarining eng ilg'or tajribasiga» asoslanishi bilan birga qonunlar
ustuvorligiga ham suyanadi1.
Qonunlarning ustuvorligi tamoyili shuni bildiradiki, qabul qilingan
Konstitutsiyamiz, barcha boshqa qonunlar hech istisnosiz hamma tomondan hurmat
qilinishi va ularga rioya qilinishi kerak. Har bir fuqaro nafaqat qonunlar talabini bilishi,
ularga so'zsiz amal qilishi, balki boshqalarning ham qonunlarga rioya qilishlarini
nazorat qilmog'i demokratik jamiyat qurishning talabiga aylanadi. Qonunlarning
ustuvorliginita'minlash tamoyilining mohiyatini I. Karimov yana quyidagicha izohlaydi:
«Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va
manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini
oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash-bu rivojlangan
bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin
fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti
hisoblanadi'».
Kuchli ijtimoiy siyosat. Bu tamoyil Islom Karimov asarlarida nihoyatda
mukammal va atroflicha ishlab chiqildi. «Aholining muhtoi tabaqalarini ijtimoiy
himoyalash kechiktirib bo'lmaydigan. eng ustuvor vazifa. amaliy harakatlarning eng
asosiy qoidasi bo'lib qoldi va shunday bo'lib qoladi» deganda uning ijtimoiy himova
tamoyili o'z ifodasini topgan edi.
I.Karirnovning ijtimoiy siyosat konsepsiyasida keng qamrovli himoya mexanizmi
ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari asosan quyidagilardir: ijtimoiy himoyaning
huquqiy bazasini yaratish, aholining nogiron, nafaqador, ko'p bolali va kambag'al
oilalari, o'quvchi yoshlarga yordam berish, ish bilan vaqtincha ta'minlanmagan
kishilarga nafaqa to'lash va ish joylari yaratish, ma'lum davrda narxlarning
erkinlashuvini to'xtatib turish va asta-sekin bozor qonunlariga moslashib borishiga yo'l
ochish, boqimandalik va tekis taqsimlash illatlarini batamom tugatish, pulning
qadrsizlanishini to'xtatish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirib borish asosida
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari
ishlab chiqishga yo'naltirilgan iqtisodiyot barpo etish) va boshqalardir,
Kuchli ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi ilmiy jihatdan muallifning boshqa
sohalardagi iqtisodiy ta'limotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni, ya'ni
bozor munosabatlarini O'zbekistonda barpo etish-saqlash ta'limotini shunday ta'riflaydi:i
«Samarali ijtimoiv siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish. tarkibiy o'zgarishlar. bozor
munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari bilan uyg'unlashtirib
amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiv sohaga yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini
barpo etish mumkin».
Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot.
O'zbekiston Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti boshqa
iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqda muallif
shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish
isloh qilishning O'zbekiston model! asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la
asos beradi. bugun uni obro'li xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. iahonning ko'pgina
mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda'»
Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy
konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari
asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida
o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular
quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit
yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa,
davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi;
ikkinchidan. «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina
islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan. «biz
ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik
xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho
qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb
etish, aksiyalashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni,
iqtislodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi,
«bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan. nodavlat
sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor
mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; yettinchidan.
iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan
samarali foydalanish; sakkizinchidan. respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z
milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar.
Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan
o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida
mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni
yangilash borasidagi faoliyati-mizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy
Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi:
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli
ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash.
Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga
oshirilishi
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodi-yotni rivojlantirish
borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini
shakllantirish
jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy
valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy
kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir. Bu vazifalarni
amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ustivor yo'nalishlari
Prezidentimiz I.A. Karimovning «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo'lida» kitobida ifodalab berilgan.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish natijasida
ikkita asosiy vazifa hal qilinadi:
Birinchidan, davlat ixtiyorida bo'lgan mulk o'zining haqiqiy xo'jayinlari qo'liga
topshiriladi.
Ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va rag'batlantiruvchi raqobatchilik muhiti
vujudga keltiriladi.
Mulkni haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini olib borish
uchun keng imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish
esa, eng av-valo, mulkning davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish va bir xil
mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmat ko'rsatuvchi), ammo mulkchilikning turli
shakllariga-davlat, jamoa, xususiy va boshqa shakllariga asoslangan ko'pdan-ko'p
korxonalar tashkil qilishdan iborat.
Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan birga, yagona
xalq xo'jalik kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan tarmoq monopoliya
tuzilmalariga barham berish imkoniyati ham tug'iladi. Monopoliyalashtiril-gan
tuzilmalarni xususiylashtirishda ishlab chiqarishning o'zini nisbatan ixchamlashtirish,
korxonalarni texnikaviy, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qayta o'zgartirish
loyihalarini ishlab chiqish zarur bo'ladi.
Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek, turli xil koop-erativlar, shirkatlar,
ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va o'rta korxonalarni
tashkil qilish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismini shakllanti-rishning
ikkinchi qudratli jarayonidir.
O'z-o'zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari saqlanib
qolib, iqtisodiyotda sezilarli rol o'ynayveradi.
Shu sababli, bunday korxbnalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga
imkon beradigan xo'jalik yurit-ish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi, ular
tijoratlashtiri-ladi, ya'ni foyda uchun ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo'lidagi
muqarrar jarayondir.
U eng awalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati
inqirozga uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar -va
xizmatlarning sifati va turini o'zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rishga undaydi,
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste'mol xossalarini
yaxshilashga, uning raqobatga bardosh-ligini oshirishga majbur qiladi. Bularning
barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o'rtasida qulay muvozanatni
ta'minlashga olib keladi. Kengroq ma'noda barqarorlashtirish -bu eng awalo,
makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va
ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining oldini
olish, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab olib
boriladigan davlat siyosatidir.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil
yondashuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondashuv deb ataladi. U
pulning qadr-sizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to'lovga qodir
bo'lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga
asoslanadi. Bu yon-dashuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi
kamayishiga va investisiya faoliyatining to'xtab qolishiga olib keladi.
Ikkinchisi - ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga, tarkibiy
o'zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga
barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me'yordagi qattiq moliyaviy va pulkredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo'lmagan ortiqcha talablarni cheklash
bo'yicha tadbirlar bilan uzviy bog'lab olib boriladi.
Respublikada o'tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi
yondashuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg'or tuzilmasiga erishish uchun
ustunlikka, is-tiqbolga ega bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har to-monlama
rag'batlantirish, eng muhim bo'g'inlarni aniqlash (neftn, energetika, don, paxtani qayta
ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo'yicha
amalga oshiriladigan yondashuvdir. Boshqalardan ustun hisoblangan yetakchi tarmoqlar
belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta o'zgartirish ham hisobga
olinadi.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar
siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishni qo'llabquwatlash siyo-sati bilan birga qo'shib olib borilishi zarur.
Ana shu yondashuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy
mezonlari quyidagilardan iborat bo'ladi:
1) ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo'l qo'ymaslik;
2) boshqalardan ustun bo'lgan tarmoqlarda ishlab chiqar-ishni yuksaltirish uchun
qulay sharoitlarni vujudga keltirish va rag'batlantirish;
3) davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini
ta'minlash;
4) pulning qadrsizlanishini to'xtatish;
5) to'lov balansi va davlat valyuta rezervlarining hola-tini yaxshilash;
6) muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi tur-mush darajasini
yaxshilash.
Byudjet intizomiga rioya qilish va uning kamomadini cheklash
barqarorlashtirishning hal qiluvchi omillaridan biridir. Bunda soliq tizimini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni
barqarorlashti-rishda kredit-bank tizimini, pul muomalasini mustahkamlash, valyuta
munosabatlarini tartibga solish ham alohida o'rin tutadi.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida milliy valyutani mustahkamlash
umummilliy vazifa hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning barqarorligi, uning
ichki bozorda erkin almashinuvini ta'minlash uchun respublikada bir qator dastur-larni
amalga oshirish ko'zda tutiladi.
Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror ta'minlanishiga
erishish. Bunda bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish va ularning umumiy hajmida
respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi
o'ringa ega bo'ladi.
Ikkinchidan, yetarli barqaror valyuta zaxiralariga ega bo'lish. Bunga respublika
eksport imkoniyatini kengaytirish, korxonalarni eksport uchun mahsulot ishlab
chiqaradigan korxonalarga aylantirish va ulaming jahon bozoridagi mavqeini oshirish
orqali erishiladi.
Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so'mni qadrlash va xalq xo'jaligiga
sarflangan har bir so'mning foyda bilan qay-tishiga erishish. Buning uchun qat'iy
moliya-kredit siyosatini izchillik bilan o'tkazish zarur.
To'rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyasiyaga qarshi puxta o'ylangan siyosat
o'tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to'ldirish, naqd pul va kredit emissiyasining
o'sishiga, aholi qo'lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo'l qo'ymaslik birinchi
darajali ahamiyatga ega.
Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o'tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini
o'zgartirish vazifasi butunlay yangi xalq xo'jalik kompleksini bunyod etishga qaratiladi.
Bu esa iqtiso-diyotning tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab chiqarilayotan mahsulot,
eksport va import tarkibini qayta qurish, shuning-dek, eng muhim makroiqtisodiy va
takror ishlab chiqarish nis-batlarini tartibga solishni talab qiladi.
2.2. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish
dinamikasi.
O‘zbekistondadavlatmustaqilligie’lonqilingandankeyinuningtashqiiqtisodiyaloqal
arisohasidayangidavrboshlandi.
O‘zbekistonamalgaoshirayotgantashqiiqtisodiyaloqalarningasosiyshaklixorijiyma
mlakatlarbilaniqtisodiyhamkorlikqilishdir. Ularbilanvalyuta-kreditmunosabatlari, ilmiytexnikaviyhamkorlik, xo‘jalik korxonalarini birgalikda qurish, oldi-sotdi ishlari
kengaytirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Respublika tashqi savdo
va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa vazirligi tuzildi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat
milliy banki ham o‘z ishini boshlab yubordi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada xorijiy sarmoyalar bilan
korxonalar, jumladan, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar hamda
ularning bo‘linmalarini barpo etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida
maxsus qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar
qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab yubordilar.
Birqancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. “Sovplastital” 30
turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan birgalikda qurilgan korxonalar
termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona birmarta foydalanadigan
shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda konchiqindilaridan oltin ajratib
olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi
Do‘stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobil zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston
bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada Turkiya
bilan hamkorlikda akkumlyatorzavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko‘pgina
viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni
Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar. Tashqi iqtisodiy
aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilankengayib
bormoqda.
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, ayniqsa
milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va hokazo)
mahsulotlar chiqaradi. Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq
xildagi sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar eksport qilmoqda. O‘zbekiston Sharqiy
Yevropa mamlakatlaridan ko‘p miqdorda turli xalq iste’moli buyumlari; mebel, kiyimkechak, gazlama, poyabzal, ro‘zg‘or elektr asboblari, yozuv mashinalari servislar,
attorlik mollari, tamaki va qandolat mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari,
sharob va hokazolar oladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan O‘zbekistonga xalq iste’molimollari, tropik va
subtropik mevalar, choy, qoramurch, yengil va oziq-ovqat sanoatining ayrim
mahsulotlari keltiradi. Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo‘shni mamlakatlarda
xo‘jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. O‘zbekiston bu mamlakatlarga
miliorasiya, suvxo‘jaligi, paxtachilik, sholikorlik, geologiya, energetika, to‘qimachilik
va xokoza tarmoqlar mutaxassislarini jo‘natib turadi. O‘zbekiston rivojlanayotgan
mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda yordam berish bilan birga ular
xo‘jaligining turli sohalari uchun milliy kadrlar tayyorlashda ham samarali
ko‘maklashmoqda. Respublikamizning bir qancha oliy o‘quv yurtlarida Osiyo, Afrika
mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar.
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro
kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik
maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham chiqaradi.
Bu maxsulotlar orasida urug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak gazlamalar, paxtamoyi,
dori-darmonlar, buyanildizi, meva konservalar, tomatpastasi va xakozalar ulushi ancha
kattadir.Respublikamiz rivojlangan mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat
uskunalari oladi. Fransuz firmalari uy sozlik kombinatlari qurish hamdaToshkent
shampan sharobi zavodi uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar.
Shvesiyada Toshkent shaxarlararo avtomat – telefonstansiyasi uchun jixozlarining bir
qismi olindi. Italiyadan Chirchiqka prolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi.
Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishi gazamin
yaratadi. Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda.
Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chorifirmasi), Xindiston, Bangladesh kabi
mamlakatlar
sanoat
maxsulotlari
ko‘rgazmalari
o‘tkazdilar.
Bunday
tadbirlar
O‘zbekistoning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini kengaytirmoqda.
O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonda bir qancha suv inshootlari, jumladan,
Jalolobod irrigatsiya majmui, Sardava Qunduz daryolaridan to‘yinadigan sug‘orish
kanallari, suvomborlari, shuningdek sanoat korxonalari va uy-joylar qurishda, Suriyada
Furot daryosiga gidrouzel bunyod etishda, Xindistonning Madras, Madxya-Pradeshva
O‘ttar—Pradesh shtatlarida issiqlik elektrstansiyalari dastlabki paxta tozalash sanoati,
Jazoir, Gana, Mali, Indoneziya, Shri-Lanka hamda Kombodjada sholi poyalar barpo
etishda ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi, Xelsinki
jarayoniga qo‘shildi. U Yevropa qaytatiklash va taraqqiyot bankining a’zosidir.
Endilikda Respublikamiz vakillari BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi
ishida, shuningdek uning maorif, fan va madaniy masalalar bo‘yicha mutaxassisi
(Yunesko), halqaro mehnat tashkiloti (Mot), sog‘liqni saqlash jahon tashkiloti (Voz),
ishlarida ishtirok etmoqdalar. O‘zbekistonning savdo-sanoatpalatasi Afrika–Osiyo
iqtissodiy hamkorlik tashkilotining a’zosidir. Chetmamlakatlar bilan do‘stlik va
madaniy aloqalar O‘zbekiston jamiyati 120 ga yaqin davlatlar bilan ish olib bormoqda.
Ular bilan adabiyot, san’at, sport va fan sohasida samarali hamkorlik qilmoqda.
Halqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng imkoniyatlar
mavjud. O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar halqlarning ma’naviy
va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
O‘zbekistonYevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo-iqtisodiy sherigi
hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik
munosabatlar o‘rnatildi va Bryusselda, Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik
vakolatxonasi ishlab boshladi. 1995 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida
sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli
muzokaralar o‘tkazildi.
Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy,
savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib
beradi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik maxsulotlari savdosi
bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining “Ta’sis” texnikaviy
ko‘maklashish dasturlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O‘zbekiston eksportining
asosiy maxsulotlari: paxtatolasi (1994 yilda paxta tolasi eksporti bo‘yicha jaxonda
AQShdan keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga jihozlar va ehtiyot qismlar,
rangli va qora metallar, mineral xomashyo, o‘g‘it, pilla, paxta chiqindilari, o‘simlik
moyi, ip gazlama. O‘zbekistonda 30 dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi.
Bo‘g‘doy, go‘sht va sut mahsulotlar, sut va sut mahsulotlari, sariyog‘, shakar, moyli
o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farma sevtika
mahsulotlari, kiyim-kechak, trikotaj, charm, poyabzal, avtomobillar (yengil, yuk va
maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va rangli metallar hamda ulardan yasalgan
mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar uskuna jihozlar importining asosiy
bandlarini tashkil etadi. Mamlakat chetdan oladigan jami tovarlarning 18.2% dan
ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining
qarortopishi darajasiga qarab Respublikaning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari
mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishining uzoq
muddatli rejasi belgilangan. Respublika uchun xorijiy sarmoyadorlarni iqtisodiyotini
barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb qilish, chet
ellik tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish sohasida qisqa vaqtda
foyda ko‘rib ishlashni ta’minlaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya
fondini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni hammasi mustaqil
davlatimizning tashqi bozoriga faol kirib borish, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalanish imkoniyatlari yaratildi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomnidan boshqarilishi.
O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jahon tajribasini hamda
milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o`z
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishini bildiradi.
Mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`z oldiga qo`ygan vazifalari
mavjud bo`lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga qaratilmog`i
kerak. 90-yillar O`zbekiston iqtisodiy mustaqilligining dastlabki bosqichi hisoblanadi va
davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o`ziga xos xususiyatlariga
mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar:
 eksportni rivojlantirish va uning tuzilishini yaxshilash. CHunki eksportga
yo`naltirilgan iqtisodiyotini shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik
iqtisodiy
jihatdan
jahon
darajasiga
ko`taradi.,
uning
tuzilishini
takomillashtiradiYU, respublika valyuta zahiralarini ko`paytiradi;
 import tuzulishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy ishlab chiqarishni
zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish, sobiq ittifoq import siyosatida
bo`lgan kamchilik, xatolarni bartaraf etish;
 O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi
iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa
xalqaro
bitimlar
ustidan
davlat
nazoratini
o`rnatish.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni
amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan,
respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni
jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarini aniqlash.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan qo`llabquvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat:
 eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar
bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni
sug`urtalash;
 eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilar ishlab
chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash;
 davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib
kelishiga subsidiyalar ajratish;
 eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni
olib kelishga ruxsatnomalar berish;
 ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo va
materiallar, asbob uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish
va boshqalar.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mutahkamlash va uni boshqa
valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga
yaqinlashtirish maqsadida baholar islohatini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning
me`yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga etkazishni nazarda tutadi.
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib borilmoqda: birinchidan,
sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, respublika ilgari bevosita o`zaro
munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan.
Agar birinchi yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xom
ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib
borishini ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan
foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika iqtisodiyotini keng
ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslarini
yaratish imkonini beradi.
Hozirgi paytda respublikada yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda tashqi iqtisodiy
faoliyatni boshqarish tuzimi shakllanmoqda va uni tarkibiga kirgan tashkilotlar faoliyati
takomillashtirilmoqda, asosiy vazifalari aniqlanmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning hozirgi bosqichida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish
tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
 Respublika milliy manfaatlariga javob beruvchi va uning jahon hamjamiyatidagi
o`rnini ta`minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
 tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini o`rnatish;
 mulkchilik ko`rinishining turli shakllaridan qat`i nazar, TIFning barcha
ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta`minlash, ularning faoliyati va
manfaatlarini himoya qilish;
 milliy iqtisodiyotni muvoffaqiyatli isloh etish uchun tashqi iqtisodiy omildan
to`liq foydalanish.
 Prezident, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston TIFning rivojlanish
strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi va xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy rahbarlikni
va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
 tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi – yagona TIFni amalga oshirishni, xalqaro
aloqalarning barcha ishtirokchilari, ya`ni davlat, shirkat, paychilik, jamoat,
xususiy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni ta`minlaydi;
 TIF ni tartibga solishning davlat usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi
(bojxona tariflari, eksport kvotalari, TIF bilan shug`illanishga ruxsat va
boshqalar);
 vazirlikka taqdim etilgan ruxsatga mos keluvchi mahsulotlar bo`yicha eksportimport operatsiyalarini o`tkazadi;
 tashqi iqtisodiy faoliyat sub`ektlari tomonidan tuziladigan tashqi iqtisodiy
shartnoma va kelishuvlarni tekshirishni amalga oshiradi.
"Innovatsiya", "O`zagroimpeks", "Interservis", "O`ztashqitrans", "O`zekspomarkaz" Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi tizimidagi yirik xo`jalik
hisobidagi tashqi savdo va iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Ular shu tashkilotlar uchun
belgilangan mahsulot va xizmat turlari bo`yicha tijorat-xo`jalik faoliyatini amalga
oshiradilar.
 tashqi iqtisodiy operatsiyalarga xizmat ko`rsatadi, shuningdek eksport-import,
sarmoyaviy va boshqa bitimlar tuzadi;
 korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslarning valyutadagi hisob-kitoblarini olib
boradi;
 xorijiy valyuta sarmoyalarini jalb etadi, ularga xizmat ko`rsatadi, valyutadagi
kredit zahiralarini yig`adi va valyutada kreditlarni amalga oshiradi;
 valyuta zahiralarini yaratadi, saqlaydi va respublikaning valyuta manfaatlarini
himoya qiladi.
"O`zbekinvest" Davlat sug`urta kompaniyasi mamlakat va xorijiy investitsiyalarni
sug`urtalash bo`yicha tashkilot hisoblanadi.
Davlat Soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi bojxona masalalari bo`yicha me`yoriy
hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
TIFni boshqarishning tarmoq tashkilotlari TIF ni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar,
yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bo`linmalaridan tashkil topgan. Ular
tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini
ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy
aloqalarni rivojlantirishning aniq yo`nalishlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar
tayyorlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda funktsional tashkilotlar ham muhim rol
o`ynaydi. Bu tashkilotlarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu idoralarning har biri o`z mas`uliyat
doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va ularning natijasi uchun javobgardir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligi, respublika tashqi iqtisodiy
faoliyatni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy
aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar vositasida ko`tarishga
asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni
tayyorlaydi.
Respublika Moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash va
foydalanishga javobgar bo`lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va
qo`llaydi. Respublika hukumati topshirig`iga ko`ra va tuzilgan bitimlar, shartnomalar
asosida valyuta fondi hisobidan qanday mablag`larni olish, o`tqazish yoki qo`yishni hal
etadi. Vazirlikning valyuta boshqarmasi shuningdek respublikaning to`lov balansini
ishlab chiqadi. Unda uning tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushadigan barcha daromadlar
va xarajatlar aks ettiriladi.
Respublika Davlat soliq qo`mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi soliq
solish masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo`yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab
chiqadi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ishtirokchilari
mulkchilikning turli ko`rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo`lib oladi. SHu
jumladan, qo`shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo`lib, ular
O`zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida"gi Qonuniga
muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlarni
tuzishga ma`lum haquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishga
ruxsati bo`lgan korxona va tashkilotlarga ma`lum banklarda o`z valyuta hisoblari
bo`lishga va bu mablag`lardan foydalanishga ruxsat berilagan.
Xulosa
1. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning
ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga
kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok
eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import
kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
2. Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti
kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda
amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar
oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi.
Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan
qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay
sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish
omili hisoblanadi.
3. Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi eksport hajmi uning
iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport
imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z
iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin
bo’lgan qismi.
4. Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu
vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu
siyosatning protektsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to’liq
erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
5. Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar,
ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan
boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar. Har qanday bitim ikki
tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga
rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining debet va kredit qismlarida o’z ifodasini
topadi.
Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o’zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini
rivojlantirishi, o’zlarining resurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab
chiqarishning umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori
nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlarga ixtisoslashishi va
ularning o’zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo’lmagan tovarlarga ayirboshlash
hisobiga yutish mumkin ekan.
Download