Uploaded by Jack Grealish.

Toshkent Shahri

advertisement
TOSHKENT SHAHRI
KECHA VA BUGUN.
• Toshkent Oʻzbekistonning poytaxti va eng
yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy
Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri
hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy
qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda
joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 (129.3 2) ni tashkil
etadi. 01.01.2022 maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi
2 860 511 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb
8 foizi) tashkil etadi.
• Toshkent 2200-yildan ortiq tarixga ega. Necha bor shahar vayron boʻlib,
qayta qad koʻtardi. Toshkent oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha
marta oʻzgardi. Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar miloddan
avvalgi 2-asr — milodiy 5-asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi.
Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe,
Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan
tashqari) „Choch“ soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib,
hatto oxirgi „Shi“ toponimi xitoychada „tosh“ maʼnosini anglatgan.
Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-asr —
milodiy 5-asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent
viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi
deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) „Choch“
soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi „Shi“
toponimi xitoychada „tosh“ maʼnosini anglatgan.
SHAHARNING IQLIMI KONTINENTAL,
JAZIRAMA, QURUQ YOZ KUNLARI HAMDA
SOVUQ QISH IQLIMI BILAN SHAHAR
BOSHQA DUNYO SHAHARLARIDAN
AJRALIB TURADI.
Yillik oʻrtacha harorat 13,5 °C. Yozda esa
harorat 35 °C gacha yetish bilan birga, qish
oylarida buning aksini kuzatish mumkin.
Havo harorati −25… −30 C° gacha boradi.
Mustaqillik yillarida Toshkentdagi islom madaniyati obidalarining
aksariyati, jumladan, Koʻkaldosh, Abulqosim, ayniqsa, Hazrati
Imom mavzeida joylashgan Moʻyi Muborak, Baroqxon
madrasalari qayta taʼmirlanib, ilgarigiday mahobatli manzara
kashf etdi.
Toshkentning eng gavjum qismi, uning
bozorlari hisoblangan. Eski joʻva,
Chorsu va Koʻkaldosh madrasasi
oraligʻida Registon, Chorsu va Kappon
(gʻalla) bozorlari joylashgan.
TOSHKENT
SHAHRI
XARITASI
Download