Uploaded by Maftuna Rakhmonova

raxmonova tavsiyanoma

advertisement
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
5232800- “Elektron tijorat” yo‘nalishi
124-20 guruh talabasi
Raxmonova Maftuna Nabijon qiziga
TAVSIYANOMA
Raxmonova Maftuna Nabijon qizi 2020 yil Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisodiyot
va menejment fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.
U universitetda tahsil olish davrida intizomli, tirishqoq, iqtidorli talaba
sifatida o‘zini ko‘rsatadi, oldiga qo‘yilgan vazifalarni, topshiriqlarni o‘z vaqtida
a’lo darajada bajarish uchun o‘z bilimi, salohiyati va imkoniyatlaridan to‘laqonli
foydalana oladi.
Raxmonova Maftuna Nabijon qizi o‘z talabalik faoliyati davomida 10 dan
ortiq ilmiy va ilmiy uslubiy ishlar tayyorlagan bo‘lib, jumladan: 7 ta maqola 3 ta
tezis hammuallifi, ilmiy-texnik anjumanlar ishtirokchisi. Galaxy international
interdisciplinary research, Texas Journal of Multidisciplinary Studies,
“Образавание и наука в XXI веке” kabi jurnallarida o‘z maqolalarini chop etgan,
shuningdek, “International Conference on Advance Research in Humanities
Sciences and Education conference hosted online from London, The UK”, “Ilm fan va innovatsion yutuqlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari” Respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi kabi xalqaro va respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy
anjumanlarda o‘z tezis va maqolalari bilan ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallagan.
2020-2021-o‘quv yilida fanlarni o‘zlashtirishda hamda maqolalar chiqarishda faol
bo‘lib, chet davlatlari jurnallarida 9 ta, respublika miqyosida 1 ta tezis va ilmiy
maqolalari chop etildi. Bundan tashqari, Toshkent viloyati Yangi yo’l tumani 2sonl kasb-hunar maktabida “Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarida kasbiy
kompetensiya hosil qilishda kompyuter texnologiyalarinf o‘rni” mavzusida
seminar tashkil qilib, kasb-hunar maktabi ma’muriyati tomonidan tashakurnoma
bilan taqdirlangan. Shuningdek, u Respublika yosh olimlar kengashi a’zosi
hisoblanadi.
Raxmonova Maftuna Nabijon qizi universitet, kafedrada faol, ko‘plab
loyihalarda ishlarini olib boradi. U o‘zining yangiliklarga qiziquvchanligi,
mehnatsevarligi, vazifalarni sidqidildan bajarish, to‘g‘ri so‘zligi va kamtarligi bilan
ajralib turadi. U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy iqtisodiy va ilmiy nazariy
saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr bilan ishlaydi. Chet tillarini o‘rganishga
qiziqadi hamda rus va ingliz tillarini yaxshi biladi. U fidoyi, kamtarin, jonkuyar
talaba, Ilmiy ijodkorlik qobilyati bilan universitet hamda talabalar orasida o‘z
hurmatiga ega. Raxmonova Maftuna Nabijon qizi kelajakda vatanimiz ravnaqi
uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shadi va yetuk kadr bo‘lib yetishadi deb
umid qilaman.
Yuqoridagilar asosida Fayzullayeva Hilola G‘olibovnani ishonch bilan
“Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasi”ga nomzod sifatida tavsiya
etaman.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor
K. Tashev
Download