Uploaded by agfers

Pedagogika 1-test

advertisement
1. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni qachon qabul qilingan?
A) 2020 yil 20 avgust;
V) 2020 yil 10 sentyabr;
S) 2020 yil 23 sentabr;
D) 2020 yil 29 noyabr.
2. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni nechta bob va moddalardan
iborat?
A) 5 bob, 46 modda.
V) 7 bob, 44 modda;
S) 5 bob, 48 modda;
D) 11 bob, 75 modda;
3. “... o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur,
tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi”. Nuqtalar o‘rniga
kerakli so‘zni qo‘yib, jumlani yakunlang.
A) Kasb-hunar maktablari;
V) Umumta’lim maktablari;
S) Oliy ta’lim ;
D) Akademik litsey;
4. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi
shakllari qaysi bobda ko‘rsatilgan?
A) 4-5 modda;
V) 9 -10modda;
S) 6-7 modda;
D) 7-8 modda.
Qonunda ta’lim tizimi, turlari va
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilindi?
A) 2017 yil 20 fevral;
V) 2017-yil 7-fevral;
S) 2017 yil 10 fevral;
D) 2017 yil 25 fevral;
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF5313-son Farmonga muvofiq qanday o‘zgarishlar joriy etildi?
A) O‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan
va kasbhunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlandi;
V) 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim
maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat
maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik
litseylarda uzluksiz va 11 yillik ta’lim joriy etildi;
S) 2018/2019 o‘quv yilidan faqat ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va
madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda
akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik ta’lim joriy etildi;
D) 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik ta’lim majburiy etib belgilandi;
7. “...— ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va
himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM
va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’lim shakli”. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘yib, jumlani yakunlang.
A) Doktorantura;
V) Magistratura;
S) Tayanch doktorantura;
D) Mustaqil izlanuvchilik;
8. Pedagogika fanining ob’yekti – bu…
A) Ta’lim jarayoni;
V) Tarbiya jarayoni;
S) Yaxlit pedagogik jarayon;
D) O’quvchi va o’qituvchi hamkorligidagi jarayon;
9. “... – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli”. Nuqtalar
o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
A) Ta’lim;
V) Ma’lumot;
S) Tarbiya;
D) Malaka;
10. “.... - egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish
qobiliyati”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
A) Malaka;
V) Kompetensiya;
S) Ma’lumot;
D) Ta’lim;
11. Pedagogik yo’nalishda ilmiy tadqiqotlarni olib borishda qanday metodlardan foydaliniladi.
A) 1. Pedagogik kuzatish metodi. 2. Tushuntirish. 3. Anketa metodi. 4. Intervyu metodi. 5. Ta’lim
muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6. Test metodi. 7. Pedagogik tahlil metodi. 8. Bolalar ijodini
o’rganish metodi. 9. Rag’batlantirish. 10. Matematik-statistik metod;
V) 1. Pedagogik kuzatish metodi. 2. Suhbat metodi. 3. Anketa metodi. 4. Intervyu metodi. 5.
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6. Test metodi. 7. Pedagogik tahlil metodi. 8.
Bolalar ijodini o’rganish metodi. 9. Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematik-statistik metod;
S) 1. Pedagogik kuzatish metodi. 2. Suhbat metodi. 3. Amaliy mashq metodi. 4. Intervyu metodi. 5.
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6. Test metodi. 7. Pedagogik tahlil metodi. 8. Bolalar
ijodini o’rganish metodi. 9. Kitob bilan metodi. 10. Matematik-statistik metod;
D) 1. Namuna. 2. Suhbat metodi. 3. Anketa metodi. 4. Ko’rgazmali metodi. 5. Ta’lim muassasasi
hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6. Test metodi. 7. Pedagogik tahlil metodi. 8. Bolalar ijodini o’rganish
metodi. 9. Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematik-statistik metod;
12. Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash qanday tartibda amalga oshiriladi?
A) Mustaqil izlanuvchilik doirasida;
V) Doktorantura va mustaqil izlanuvchilik asosida amalga oshiriladi;
S) Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil
izlanuvchilik asosida amalga oshiriladi;
D) Chet davlatlarda olingan ilmiy darajalar asosida;
Javob
1-c, 2-d, 3-a, 4-c, 5-v, 6-d, 7-c, 8-s, 9-d, 10-v, 11-v, 12-s
Ochiq test
13. O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar qanday?
--Vazifalari; umuminsoniy va milliy me`yorlar asosida tarbiyalash, DTS talablari asosida
bilim, ko`nikma, malakalarni shakllantirish.
Talablar: kasbiga sadoqat, odob, goyaviy e`tiqod, predmetini bilish, metodikasini bilish,
bolalarni sevish, tashkilotchilik
14. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
---------Biologik irsiyat, oilaviy muhit, ijtimoiy muhit
15. Yaxlit pedagogik jarayonning asosiy vazifalarini yoriting.
-------Pedagogik jarayonning bosh maqsadi– har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalash
16. Pedagogika fanlari tizimlarini tasniflang.
-------Pedagogika fanlari tarkibiga pedagogika tarixi va nazariyasi kiradi. Birinchisi pedagogikaning
asosiy g'oyalari rivojlanish tarixini o'rganadi, shuningdek turli mamlakatlar va turli xalqlar
o'rtasida ta'lim tizimini rivojlantirish yo'llarini ochib beradi. Pedagogika nazariyasi quyidagi
umumlashmalardan iborat: umumiy pedagogika, didaktika, ta'lim nazariyasi, o'quv jarayonini
tashkil qilish va boshqarish nazariyasi, ta'lim ishi usullari . Zamonaviy pedagogika fanlari tizimi
yosh va mavzu belgilari bo'yicha tasniflashni o'z ichiga oladi. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim,
maktab pedagogikasi, kasb ta'limi pedagogikasi , oliy pedagogika, ishlab chiqarish, harbiy,
kosmik, ijtimoiy, qiyosiy, etnopedagogika va gerontopedagogikalar farqlanadi. Bu erda biz
oilaviy pedagogika va aloqa pedagogikasini ham qamrab olamiz.
Download