Uploaded by xudoyqulov9292

1 (1)

advertisement
1.Mavzu:Maktabgacha ta’limda
innovatsion faoliyat faniga kirish
REJA:
1.1. Maktabgacha ta’limni о‘qitishda innovatsion
pedagogik texnologiyalar fanining predmeti,
maqsadi va vazifasi.
1.2.Maktabgacha ta’limni о‘qitishda innovatsion
pedagogik texnologiyalar fanining nazariy
asoslari.
1.3.“Innovatsion ta’lim texnologiyalari” va “ta’lim
innovatsiyalari” tushunchalarining mazmuni.
1.1. Maktabgacha ta’limni о‘qitishda
innovatsion pedagogik texnologiyalar
fanining predmeti, maqsadi va vazifasi.
• Fanning predmeti. Maktabgacha ta’lim
fanlarini о‘tishda
yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish, pedagogik
texnologiya nazariyasining shakllanishi va
taraqqiyoti tarixi, о‘kuv jarayonini loyihalash,
metodik fanlarni о‘qitish jarayoniga tadbiq
qilish hamda ta’lim va axborot texnologiyasi
samaradorligini oshirishda bо‘lajak
mutaxassislarni tayyorlash.
• Fanning maqsadi maktabgacha ta’lim
muassasalarida о‘quv jarayonida innovatsion
pedagogik texnologiyalardan foydalanishning
nazariy va amaliy asoslarini bо‘lajak
tarbiyachilarga о‘rgatish
• Fanning vazifasi - pedagogik
texnologiyalarning mohiyati, maqsadi,
ularning tarixi, tamoyillari va talablari, о‘quv
maqsadlariga erishish uslublari, maqsadni
belgilash va loyihalash texnologiyasi, о‘quv
jarayonida pedagogik texnologiyalardan
foydalanish, maktabgacha ta’limni
axborotlashtirish metodikasini yaratish va
amaliyotga tatbiq etish kabilarni talabalarga
о‘rgatishdan iborat
Fan bо‘yicha magistrning bilim,
kо‘nikma va malakasiga qо‘yiladigan
talablar
• -Maktabgacha ta’limni о‘qitishda innovatsion
pedagogik texnologiyalar mohiyatini tushunish, bu
jarayonning metodlarini va tamoyillarini kadrlar
tayyorlashda maktabgacha ta’lim yo’nalishining о‘quv
jarayoniga tadbiq etish, pedagogik mahoratini
sistemaga solish va uni shakllantirishni bilishi kerak.
• - Maktabgacha ta’limni о‘qitishda innovatsion
pedagogik texnologiyalarni pedagogik amaliyotda
qо‘llash, uni samaradorligini oshirish kо‘nikmamalakalariga ega bо‘lishi kerak
• «Maktabgacha ta’limni о‘qitishda innovatsion
pedagogik texnologiyalar» fani ixtisoslik fanlar
qatoriga kirib, 2- semestrda о‘qitiladi. Dasturni
amalga oshirish о‘quv rejasida rejalashtirilgan
umumkasbiy (maktabgacha pedagogika, nutq
о‘stirish metodikasi, bolalarni tabiat bilan tanishtirish
metodikasi, elementar matematik tasavvurlarni
shakllantirish metodikasi, estetik tarbiya metodikasi)
va ixtisoslik (bolalarni maktabga tayyorlash
metodikasi) fanlaridan yetarli bilim va kо‘nikmalarga
ega bо‘lishlik vainnoyatsiyalardan to’liq foydalana
olishlilik talab etiladi.
• Fanni samarali о‘rgatish uchun yuqorida
berilgan fanlarni yaxshi о‘zlashtirgan bо‘lishlari
hamda ushbu fanlar bilan «Maktabgacha
ta’limni о‘qitishda innovatsion pedagogik
texnologiyalar» о‘rtasidagi bog‘lanishga
aloxida e’tibor berilmog‘i lozim.
Sog‘lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo‘lib o‘sib
ulg‘ayishi ko‘pgina talab va omillarga bog‘liq ekanini hammamiz
yaxshi tushunamiz. Lekin ular orasida shunday o‘ta muhim, hal
qiluvchi mezonlar borki, bu haqda alohida to‘xtalishni o‘rinli,
deb bilamiz
• Birinchidan, sog‘lom bola – avvalo sog‘lom va ahil oilaning mevasidir.
• Ikkinchidan, sog‘lom bolani voyaga yetkazishda sog‘liqni saqlash
tizimining o‘rni va ta’siri, shu bilan birga, masuliyati katta ekani
hammamizga yaxshi ayon.
• Uchinchidan, sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim –tarbiya va
sportning o‘rni va ta’sirini yanada kuchaytirish lozim.
• To‘rtinchidan, hammamizga ayonki, farzandlarimizni, yangi avlodni
sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, bu maqsadga erishish, hech
shubhasiz, davlatimiz, jamiyatimizning e’tibor markazida turishi, olib
borayotgan siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishi shart
• Beshinchidan, sog‘lom bola tarbiyasida mahalla va ijtimoiy
tuzilmalarning katta o‘rni va ta’siri borligi haqida, o‘ylaymanki, ortiqcha
gapirishning hojati yo‘q. Xalqimizning ―Bir bolaga yeti mahalla ham
ota, ham ona‖ degan maqolida, albatta, chuqur ma’nomujassam.
1.2.Maktabgacha ta’limni о‘qitishda innovatsion pedagogik
texnologiyalar fanining nazariy asoslari.
• Pedagogik texnologiya - bu ta’lim shakllarini optimallashtirish
maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning
o‘zaro ta’sirini inobatga olib o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning
barcha jaraѐnlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli
metodidir (YuNESKO)
• Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiya bu –
pedagog -tarbiyachining ta’lim-tarbiya vositalari
yordamida bolalarga muayyan sharoitda va ma’lum
ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatishi va aks ta’sir maxsuli
sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini
intensiv shakllantirish jarayonidir.(prof.N.Sh.Shodiyev)
• Pedagogik texnologiya - bu pedagogning
amaliyotga joriy etishi mumkin bo‘lgan
pedagogik tizim loyixasidir.(V.Bespalko).
• Akademik V.P.Bespalkoning pedagogik
texnologiyaga bergan ta’rifining uch mohiyati:
• bolalarda ijtimoiy tajriba jixatlarini shakllantirish,
• ta’lim-tarbiya jarayonining
«texnologiyalanuvchanligini» amalga oshirish
• kafolatlangan natijaga erishishni o‘z ichiga oladi
• Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ― Ta’lim
metodikasi‖tushunchasiga nisbatan kengdir.
―Ta’lim metodi‖- o‘quv- tarbiya jarayonining
kompleks vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan
tarbiyachi va bolalarning birgalikda faoliyat
ko‘rsatish usuli. ―Ta’lim metodikasi‖esa
muayyan yo‘nalishni o‘rgatishning ilmiy
asoslangan metod, qoida va usullar tizimini
ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning moxiyati didaktik maqsad,
talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishish va uni
tatbiq etishni hisobga olgan xolda ta’lim-tarbiya
jarayonini oldindan loyixalashtirishda namoyon bo‘ladi.
• Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola
shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim-tarbiya maqsadiga
erishishni ta’minlashdan iborat. Fan-texnikaning
rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin
ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘rgatish
jarayonida foydalanish uchun vaqtning
chegaralanganligi, shuningdek, yoshlarni xayotga
mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni
taqozo etmoqda.
• “Texnologiya” yunoncha so‘z bo‘lib, techne mahorat, san’at va logos - tushuncha, fan
demakdir. Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni
amalga oshirish usullari va vositalari xaqidagi
bilimlar yig‘indisi, obyektda sodir bo‘ladigan sifat
o‘zgarishlar tushuniladi.
• Tarbiyachilar o‘z ish faoliyatini quyidagi
texnologik jarayonga bo‘ysundirishlari kerak:
• Tartibga solish
• Bir tizimga keltirish
• Oldindan loyixalashtirish.
1.3“Innovatsion ta’lim texnologiyalari”
va “ta’lim innovatsiyalari”
tushunchalarining mazmuni.
• “Innovasion ta’lim texnologiyalari” va “ta’lim
innovasiyalari” tushunchalarining mazmuni.
Lug‘aviy jihatdan “innovasiya” tushunchasi ingliz
tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik
kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovasiya”
tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
Innovatsion ta’lim (ингл. “innovation” –yangiliki kiritish, ixtiro) –ta’lim
oluvchida yangi g’oya, me’yor qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan
yaratilgan g’oyalar, me’yor qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar,
malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni
yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib avvalgidan ancha
samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnalogiyalar
Ta’lim innovasiyalarining asosiy turlari
Pedagogik jarayonda qo’llaniladigan innovatsiyalar
Asosiy turlari
faoliyat
Ta’lim tizimini boshqarishda qo’llaniladigan innovatsiyalar
Radikal innovatsiyalar
Kiritilgan
o’zgarishlar
Kombinatsiyalangan innovatsiyalar
Modifikatsiyalangan innovatsiyalar
Tarmoq (lokal) innovatsiyalari
O’zgarishlar
ning turlari
Kelib
chiqishi
Modul innovatsiyalari
Tizim innovatsiyalari
Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar
O’zlashtirilgan innovatsiyalar
• Ta’lim innovasiyalari “innovasion ta’lim” deb ham nomlanadi.
“Innovasion ta’lim” tushunchasi birinchi marotaba 1979 yilda
“Rim klubi”da qo‘llanilgan
• yangi g‘oyalar;
• tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan
aniq maqsadlar;
• noan’anaviy yondoshuvlar;
• odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
• ilg‘or ish uslublari
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovasiyalarni
qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar
eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi.
Innovasiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki,
uboshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan
o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham
“novasiya”, “innovasiya” hamda ularning mohiyatini
ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
• Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim
xususiyatiga ega bo’lib, faqatgina tizimdagi
ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qilsa
u novatsiya (yangilash) deb yuritiladi. Bordiyu, faoliyat ma’lum konseptual yondoshuv
asosida amalga oshirilib, uning natijasi
muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni
tubdan o’zgartirishga xizmat qilsa u,
innovatsiya (yangilik kiritish) deb yuritiladi.
Novasiya va innovasiyalaro‘rtasidagi
asosiy farqlar
Asosiy
farqlar
Novasiya
Innovasiya
1. Amaldagi nazariya doirasida
qo‘llaniladi;
2. ko‘lam va vaqt bo‘yicha
chegaralanadi;
3. Metodlar yangilanadi;
4. Natija avvalgi tizimni
takomillashtiradi
1. Tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;
2.Ma’lum amaliyotda yangi faoliyat
tizimini loyihalaydi;
3. Subyektlarning faoliyati to‘la
yangilanadi;
4. Yangi texnologiyalar yaratiladi;
5. Faoliyatda yangi sifat natijalariga
erishiladi;
6. Amaliyotning o‘zi ham yangilanadi
I.P.Podlasiyning fikriga ko‘ra, ta’lim
innovasionlari quyidagi o‘zgarishlarga
olib keladi:
–
–
–
–
–
–
–
–
–
–
•
pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi;
o‘quv jarayoniningo‘zgarishi;
Pedagogik nazariyaning o‘zgarishi;
o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi;
o‘quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;
Pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi;
ta’lim mazmunining yangilanishi;
o‘qitish shakl, metod va vositalariningo‘zgarishi;
ta’lim tizimi boshqaruvningo‘zgarishi;
ta’lim maqsadi va natijalarningo‘zgarishi
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT.
Download