Uploaded by Javohir Ihmatullayev

Mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari va ko’rsatkichlari. Re-fayllar.org

advertisement
Mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari va ko’rsatkichlari. Reja: Mehnat unumdorligi
tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari
Aim.uz
Mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari va ko’rsatkichlari.
Reja:
1.Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning
rezevlari.
2.Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
Tayanch iboralari:
mehnat unumdorligi; omillar; ichki va tashqi omillar; mehnat unumdorligini oshirishning
moddiy-texnika, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy omillari; mehnat unumdorligini oshirish rezevlari;
jonli mehnatdan foydalanishni yaxshilash rezevlari, asosiy va aylanma fontlardan yanada
samaraliroq foydalanish rezevlari; zahira va nobud bo’lish rezevlari; joriy va istiqbol rezevlari;
xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish rezevlari; umumlashtiruvchi, xususiy va
yordamchi ko’rsatkichlar.
Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari
Mehnat unumdorligi-bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir.
Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan kengroq bo’lib, u iqtisodiy
jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham
o’z ichiga oladi. Quyidagi talablarga rioya qilinmasa, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari
ham muqarrar ravishda pasayadi: -noqulay sanitariya –gigiena va inson sog’lig’i uchun zararli
mehnat shart-sharoitlari; -kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo’lishi; -inson
mehnatining eng faol davrining qisqarishi; -qo’shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo’yicha hisoblash ancha
muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko’payishi va sotilmagan mahsulot
qoldiqlarining to’planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Mehnat unumdorligi
darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb, mehnat
unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga
aytiladi. Ularning ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari
unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin: Omillarning birinchi guruhiga mehnat
unumdorligi kuchining ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar
ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi, ikkichi guruhga tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi,
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy
elementlarning yomon tasiri kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasigi omillarni ichkiva tashqi turlarga bo’lish mumkin. Ichki
omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, darajasini, ishlatilayotgan
texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlashi
darajasini, tatbiq etilayotgan rag’batlantirish tizimlarining ta’sirchanligini, kadrlarga ta’lim
berish va ularning malakasini oshirishni kadrlar tarkibining yaxshilanishini va korxona jamoasi,
hamda uning rahbarlariga bog’liq bo’lgan barchasi kiradi. Tashqi omillarga davlat buyurtmalari
va bozordagi talab, hamda taklifning o’zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning
sermehnatlik darajasining o’zgarishi, jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlari,
boshqa korxonalar Bilan kooperatsiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta’minotining pishiqpuxtaligi, tabiiy shart-sharoit va hokazolar taalluqli.
Barcha omillarni o’z ichki mazmuni va mohiyatiga ko’ra, quyidagi uchta asosiy guruhga
birlashtirish qabul qilingan:
Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy texnika omillari (ularga Fan-texnika taraqqiyotini
uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan ta’minlanishini oshirish
kiradi), tashkiliy omillar (ularning amal qilishi (ta’siri) shu narsa bilan bog’liqki, fan-texnika
taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining
ta’minlashuvi va xilma-xil, ko’p hollarda esa anchamurakkab tashkiliy tadbirlarning amalga
oshirilishi o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, balki, faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari
bo’lganlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo’ladi).
Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari – bu texnika, texnologiyani takomillashtirish, ishlab
chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligi
ichidan, mehnatunumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to’laroq foydalanish
imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas
bog’liqdir. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib,
ularning hammasi ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan)foydalanishni
yaxshilash rezervlari (mehnat, sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyatini
oshirish kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shartsharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va
ma’naviy manfaatdorligini oshirishnita’minlash bilan bog’liq masalalar kiritiladi) asosiy va
aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish rezervlari (asosiy ishlab chiqarish fondlari
(mashinalar, mexanizmlar, apparatlar vash u kabilar) quvvat va vaqt jihatidan yaxshiroq
foydalanish rezervlarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg’i,
energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq foydalanishni o’z ichiga oladi).
Rezervlar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo’yicha zahira rezervlariga va nobud bo’lish
(bekorga sarflash) rezervlariga bo’linadi. Masalan, asbob-uskunalardan quvvuti va ish smenasi
bo’yicha to’liq joydalanmaslik, o’rganilgan, lekin hali joriy etilmagan mehnat usullari-zahira
rezervlaridir. Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishi, yoqilg’ini
ortiqcha sarflash nobud bo’lish rezervlariga kiradi.
Rezervlar tushunchasiga ishlab chiqarishda i shvaqtining bekor sarf qilinishi (bular smena
ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko’zda tutilmagan ishga
kelmay qolishlarning barchasi) mehnatning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda
sarflanishi (mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik, ham belgilangan
texnologiya jarayonilarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqarii ortiqcha
sarflanishi) ham kiradi.
Rezervlar foydalanish vaqtiga qarab joriy va istiqbol rezervlariga bo’linadi. Joriy rezervlar
texnologiya jarayoni muhim darajada o’zgartirilmay va qo’shimcha kapital mablag’lar
sarflanmay amalga oshiriladi, istiqbol rezervlari ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni ancha
mukammal asbob-uskunalar o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag’lar va ko’proq
vaqt sarflashni talab qiladi.
Rezervlar aniqlash va foydalanish joyiga qarab xalq xo’jalik, tarmoq va ichki ishlab chiqarish
rezervlariga bo’linadi. Xalq xo’jalik rezervlariga, avvalo, boy tabiiy resurslar, ulardan har
tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq rezervlariga shunday rezervlar kiradiki,
ulardan foydalanish, umuman tarmoqda gi xodimlar mehnatunumdorligini oshiradi
(korxonalarning ixtisoslash-tirilishi, ishlab chiqarishning bir joyga to’planishi va
kombinatsiyalanishi, texnika va texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab
chiqarish rezervlari mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir, chunki pirovard
natijada ularning hammasi aniqlanadi va bevosita korxonalarda amalga oshiriladi.
Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi
ko’rsatkichlar tizimi qo’llanadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishlovchining ishlab
chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti
qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko’rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab
chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural
ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko’rsatkichlar
muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni
tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining umumlashgan ko’rsatkichi bitta xodimning o’rtacha yillik mahsulot
ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish xodimlari
umumiy sondagi salmog’igi shuningdek, ularning ishlagan kunlari va ish kunining qancha
davom etishi (muddati) ga ham bog’liq bo’ladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga quyidagi yo’llar bilan erishish mumkin:
a)korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to’laroq foydalanish hisobiga mahsulot ishlab
chiqarishni ko’paytirish, chunki ishlab chiqarish hajmi oshganda, ish vaqti sarflanishining, faqat
o’zgaruvchan qismi ko’payadi, doimiy esa o’zgarmasdan qoladi. Natijada, mahsulot ishlab
chiqarish uchun sarflanadigan vaqt kamayadi;
b)mahsulot ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishni
kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni joriy etish, takomillashgan texnika va ishlab
chiqarish texnologiyasini qo’llash, ishlab chiqarishni tashkil etish, moddiy texnika ta’minotini va
tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasiga muvofiq, boshqa omillarni yaxshilash hisobiga i
shvaqtining bekor sarf bo’lishini qisqartirish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarishga mehnat
sarflarini qisqartirish.
Xullas, unumdorlikni Aniqlash uchun yaratilgan mahsulot () ishlovchilar soniga () bo’linadi:
Unumdorlik soatboy hisoblanganda yaratilgan mahsulot () ishlangan soatlarga bo’linadi () :
Agar bir million soat ish bajarilib 50 million so’mlik mahsulot yaratilgan bo’lsa, bir soat mehnat
unumdorligi 50 so’mga teng bo’ladi:
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 280-326 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H, Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent2004 yil, 126-143 betlar.
3.Dodoboev Yu.T., Xudoyberdiev.A. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Farg’ona-2001
yil, 64-84 betlar.
4.Usmonov S.N., Dodoboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Fan»-1999 yil, 8890-betlar.
5.O’lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 16-18-betlar.
Aim.uz
http://fayllar.org
Download