O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI XUZURIDAGI QO’QON NOSHIRLIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI “YENGIL SANOAT BUYUMLARI KONSTRUKTSIYASI VA TEXNOLOGIYASI” MUTAXASSISLIGI “03-20” YeSBKT GURUHI O’QUVCHISI ______________________________ ning ______________________________________ da o’tkazgan (korxona yoki tashkilotning to’liq nomi) DIPLOM OLDI AMALIYOTIDAN HISOBOTI Amaliyot rahbarlari: Korxonadan: ____________ __________ (lavozimi) (imzo) ________________ (FISH) M.O’. Texnikumdan: ____________ __________ (lavozimi) (imzo) Qo’qon – 2021 yil 2 ________________ (FISH) Reja: 1. Kirish 2. Korxona texnika xafsizligi 3. Korxona strukturasi bilan tanishish 4. Ishlab chiqarish korhonasi, tayyorlov tsexlari va xom-ashyo omborlari 5. Tikuv tsexi bo’limi bilan tanishish 6. Namlab-isitib ishlov berish tsexi bilan tanishish 7. Pardoszlash tsexi bilan tanishish 8. Xulosa 3 1. KIRISH. Mustaqil mamlakatimiz xalqini o’sib borayotgan moddiy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish masalasini hal qilishda tikuv ishlab chiqarish korxonalari zimmasiga ham muhim vazifalar yuklaydi. Bu vazifalarni bajarish uchun kiyimni ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish, tikuv korxonalarini eng yangi jihozlar bilan ta’minlash talab qilinadi. Hozirgi vaqtda tikuv ishlab chiqarish juda keng tarqalgan tarmoq bo’lib, unda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning ilg’or vositalaridan, komp’yuter texnikasidan, fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Xususiy tikuvchilikka keng yo’l ochib berilishi natijasida kichik va o’rta korxonalar, hususan, boshqa shaharlarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz respublikamizning turli viloyat va tumalariga tashrif buyurib, yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishdi. Engil sanoat milliy iqtisodiyotimizning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylandi. Ayni paytda yengil sanoat tizimida zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bilan jihozlangan 300 dan ortiq korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, chet el investitsiyasini jalb etishga asoslangan rivojlanish strategiyasi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini kengaytirishga xizmat qilmoqda. «O’zbekengilsanoat» aktsiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshlig’i SH.Sultonovning ta’kidlashicha, tarmoq korxonalari bir yilda 490 ming tonna kalava ip, 296 million kvadrat metr mato, 96 ming tonna trikotaj polotnosi, 271 million dona tikuvchilik-trikotaj va 71 million juft paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Joriy yilning dastlabki uch oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sur’ati o’tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foiz oshdi. 4 Joriy yilning yanvar’-mart oylarida tarmoq korxonalari tomonidan 18 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish o’zlashtirilib, 178 turdagi yengil sanoat tovarlari – 3,1 million kvadrat metr mato, 24 modeldagi 5,8 million dona tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi. Ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining o’sishi eksport hajmining kengayishi bilan bog’liq. Bugungi kunda «O’zbekengilsanoat» aktsiyadorlik jamiyati korxonalari mahsulotlari Yevropa, Osiyo, SHimoliy va Janubiy Amerikadagi 55 mamlakatga yeksport qilinmoqda. Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko’ra, yeksport qilingan mahsulotlar miqdori 206,1 million dollarga yetdi. Bu 2015 yilning shu davriga nisbatan 6,2 foiz ko’pdir. SHu yilning oxirigacha tarmoqda yeksport hajmini yanada kengaytirish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar amalga oshiriladi. Matbuot anjumanida mamlakatimiz yengil sanoati ishlab chiqarish salohiyatini yanada yuksaltirish uchun keng imkoniyatlarga ega yekani ta’kidlandi. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash dasturi bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti har yili «Avtomatlashtirish va boshqaruv», «To’qimachilik sanoati texnologiyasi», «Paxta sanoati texnologiyasi», «Engil va matbaa sanoati texnologiyasi» kabi yo’nalishlarda 1000 dan ortiq mutaxassis tayyorlamoqda. – Joriy yilda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida oliy o’quv yurtimizda bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi o’tkazildi, – deydi Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori A.G’ulomov. – Unda tarmoqning 50 ga yaqin korxonasi ishtirok yetdi. «Uztex» kompaniyalar guruhi, «Rieter Uzbekistan» xorijiy korxonasi, «Alkim tekstil’», «Nonna tekstil’» kabi korxonalar shular jumlasidandir. Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashrifi chog’ida viloyatda boshqa sohalar qatori kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi. Darhaqiqat, bugungi kunda viloyatda yalpi hududiy mahsulotning 68,5 foizi kichik biznes sub’ektlari hissasiga to’g’ri kelayotgani diqqatga sazovordir. Ular har tomonlama qo’llab5 quvvatlanayotgani tufayli mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi muttasil o’sib bormoqda. Namangan azaldan usta tadbirkorlar va mohir hunarmandlar shahri bo’lib kelgan. Bu yerda ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, boshqa xalq iste’moli mollari ko’hna SHarqning boshqa mintaqalarida ham dovruq qozongan. Ammo yaqin o’tmishda olib borilgan noto’g’ri iqtisodiy siyosat tufayli odamlardagi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik va izlanuvchanlik fazilatlari yuzaga chiqishiga yo’l qo’yilmagan. Bugungi kunda ko’plab fidoyi yurtdoshlarimiz qatori hamshaharlarimiz orasidan ham o’z bilimi va kuch-g’ayratini sarflab, yangi korxonalar va ishlab chiqarishlar tashkil etayotgan mulkdorlar safi kengayib bormoqda, — deydi uzoq yillar bank sohasida faoliyat olib borgan mehnat faxriysi Tohirjon Xudoyberdiev. — Ana shu sa’y-harakatlar natijasida shaharda boshqa tarmoqlar qatori yengil sanoat ham yuqori sur’atlarda taraqqiy topmoqda. Ayniqsa, mazkur sohaning kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi tarmog’i tez rivojlanmoqda. Ayni paytda viloyat bo’yicha o’ttizdan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tikuvchilik yo’nalishida ko’plab yangi texnika va texnologiyaga asoslangan loyihalarni amalga oshirayotganliklari e’tiborga molik. Ular orasida “Zamin Lyuks Tekstil’”, “Tekstil’ Libos”, “Lyuks Plyus servis”, “Istiqlol dizayn markazi », “Mohinur liboslari”, “Faxr Tekstil’ Savdo”, “Namangan kiyim sanoati”, “So’g’diyona fayz tekstil’” kabi korxonalar bor. Mazkur ro’yxatning oldingi saflarida “Istiqlol dizayn markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham joy olgan. 6 2. KORXONA TEXNIKA XAFSIZLIGI Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Tikuvchilik darslarida mashinalarni, dazmollar va qo'l asboblarini Ishlatayotganda qoiga igna kirib ketishi, qoini nimadir kesib olishi, mashinalarning aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o'rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yiizga tegishi va hokazo natijasida inson jarohatlanib qolishi mumkin. Texnika xavfsizligi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar sistemasidan iborat. Sexlarda qo’lga igna kirib ketishi, qo’lni nimadir kesib olishi, mashinalarning kiyim yoki sochni o’rab ketishi, dazmol yoki presslarda biron joy ko’yib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi natijasida ishlovchilar jarohatlanib qolishi mumkin. Texnika xavfsizligi qoidalari noxushlik va baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. Qo’l va mashina operatsiyalarida ishlovchilar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari lozim: 1. Ish bajarayotganda ziyrak bo’lish kerak. 2. Mashina asbob va moslamalarning ishga yaroqligini tekshirib turish lozim. 3. Simlarga ip, latta, simchalar osmaslik kerak. 4. Tugma qadash mashinasida ishlaganda saqlash ekranidan foydalanish zarur. 5. Elektr dvigatelni o’chirmasdan mashinaga moy surtish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi. 7 6. O’z ish o’rnini toza tutish lozim. Asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo’yilmasligi kerak; 7. Ish o’rinlari orasidagi yo’lni to’smaslik lozim. 8. Elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyatsiyasini tekshirish lozim. 9. Dazmolning, rubilnikning, shtepsel rozetkasining, vilkaning tok o’tkazuvchi qismlariga qo’l tekkizmaslik kerak. 10. Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak. 11. Pressda ishlashda uning yaroqligini, to’siq borligini, korpusning yerga ulanganligini, elektr qismida izolyatsiya borligini tekshirish kerak. Buzuq pressda ishlash man etiladi. 12. Qo’lni yostiqlari orasida qolishidan ehtiyot bo’lish lozim. 13. Ishlayotgan pressni nazoratsiz qoldirish mumkin emas. 14. Buyumni namlayotganda suvni apparatlarga va termorostlagichga tushirmaslik kerak. 15. Ish tugagach pressni to’xtatib, ish o’rnini yig’ishtirish kerak. 8 3. KORXONA STRUKTURASI BILAN TANISHISH Korxona tarixi 9 4. ISHLAB CHIQARISH KORHONASI, TAYYORLOV TSEXLARI VA XOM-ASHYO OMBORLARI. “Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda Namangan viloyatidagi yetakchi tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalaridan biri sanaladi. Korxona turkiya tizimi bo’yicha ishlab, o’zining sifatli maxsulotlarini ichki va tashqi bozorda sotib kelmoqda. Korxona zamonaviy avtomatik loyihalash qurilmalari, tikuv mashinalari, namlab isitib ishlov berish qurilmalari, bichuv uskunalari bilan jihozlangan. Korxona turkiya tizimi bo’yicha ishlab kelmoqda va quyidagi bo’limlardan iborat: 1. Boshqaruv bo’limi 2. Savdo bo’limi 3. Modelyer konstruktorlik bo’limi 4. Bichuv bo’limi 5. Tikuv tsexi 6. Namlab isitib ishlov berish bo’limi Tayyorlov bichuv tsexida ikki kishi ishlaydi, materiallarni o’rovidan ochish ularni tikish, tashish uchun tayyorlash, bazi materiallarni dazmollash, ularni nuqsonlarini aniqlash, ularni bartaraf etish yoki qaytarish bilan shug’ullanadilar, materiallarni o’rovidan ochib namlab isitib ishlov berishga tayyorlash “MAS” rusumli qurilmada bajariladi. 10 1-rasm. MAS rusumli materialni nuqsonini tekshirish uskunasi. Bu uskunada material to’pi nuqsonlari tekshiriladi. Mazkur uskuna materialni vallar orasidan o’tkazib taxlab boradi. Uskuna avtomatik tarzda ishlamaydi. Ishchi materialni vallar orasidan o’tkazib, tortib qo’l yordamida materialni vallar orasidan o’tkazadi. Uskuna har qanday qalinlikdagi gazlamalarni o’tkazib taxlay oladi. Ishchilar qanday materillarni o’rovidan ochib taxlash ularni bichuvga tayyorlashni buyurtmaga asosan bajarishadi. Buyurtmalar savdo bo’limi orqali beriladi. Buyurtma qog’ozida buyurtmachining nomeri, buyurtma berilgan muddat, mas’ul hodimlar imzosi, materiallar nomeri, furnituralar nomi, bajarilish muddati , modellarning o’zgarishi kabi ma’lumotlar aks etadi. Ishchilar manashu buyurtmaga asosan ishlarni bajarishadi. Buyurtmani muddatida bajarilish asosiy masala hisoblanadi. 11 2- rasm. “MAS” rusumli qotirma va materialni dazmol uskunasi (kirish qismi) 3-rasm. “MAS” rusumli qotirma va materialni dazmol uskunasi (chiqish qismi) 12 4.1. XOM-ASHYO OMBORI Korxona Turkiya va Xitoy davlatlaridan maeriallarni qabul qilib oladi. Materiallar asosan pidjak, shim, kurtka, palto uchun sotib olinadi. Korxona o’z maxsulotlarini sifatli ishlab chiqarishi uchun sifatli hom ashyo furnituralar, qo’shimcha materiallar, zamonaviy asbob uskunalarni ishlatilishi talab etiladi. “Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati turkiya va xitoy davlatlari materilallari va furnituralarini shartnoma asosida ishlatib kelmoqda. Korxona asosan pidjak va shimlarni ko’p miqdorda ishlab chiqaradi. Ustki kiyim materiallari assortimenti yuzdan ortiq, furnituralar esa 150 dan ortiq xilda ishlatiladi. Bundan tashqari qo’shimcha detallar 50 dan ortiq turdagi mayda detallar ishlatiladi. Mazkur materiallar qalinligi, rangi, fizik-mexanik hususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. 4-rasm. Materiallar assortimenti va ularni saqlash joyi Korxonaga materialllar keltirilgandan so’ng ularni omborda saqlanadi. Materiallar omborida palkalarga joylanadi. Har bir palkadagi materiallarning turi, rangi, artikuli bo’yicha joylashtiriladi. Omborda materiallar, iplar, furnituralar, qo’shimcha detallar va astarlik materiallar saqlanadi. 13 4.2. Korxonaga olib kelinayotgan materiallarni qabul qilib olish tartibi. Ishlab chiqarish partiyalarini tuzish. «Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati ikkita katta alohida tsexlardan iborat. Asosiy tsexda pidjaklar, erkaklar shimi ishlab chiqariladi. Ikkinchi tsexda esa erkaklar kurtkasi va erkaklar paltosi tikiladi. Materiallar ikkinchi tsexdagi katta omborga keltiriladi. Mazkur omborning sig’imi juda katta bo’lib, materiallar zaxirasi vazifasini ham bajaradi. Bunda ishlab chiqarishning materiallar tanqisligi muammosi kelib chiqmaydi. Materiallar va furnituralarni qabul qilish bilan bitta hodim shug’ullanadi. Bu hodimning vazifalari materiallarni vaqtida tsexga yetkazib berish, furnituralarga buyurtma berishdan iborat. Korxonaga material kelganda hodim hammasini tekshirib oladi. Uning rangi, artikuli, metri, pasporti, buyurtmaga to’g’ri kelishi va boshqalarni tekshirib so’ngra qabul qilinadi. 6-rasm. Qabul qilingan materiallarni tekshirish va saqlash ombori 14 7- rasm. Ustki kiyimlar uchun zarur yorliqlar va etiketkalar to’plami 8- rasm. Tikuv iplari va ignalarni saqlash joyi. 15 4.3. Materiallarni saqlash tartiblari Korxonaga materiallar furnituralar va kiyimlar uchun zarur mayda detallar, iplar va ignalar juda katta miqdorda keltiriladi. Keltirilgan materiallar katta omborga kelib tushadi. Katta omborda materiallar faqat saqlash va zahira vositasini bajaradi. Materiallarni belgilangan tartibda saqlash, ketma-ket rangi, artikuli, metri, ruloni, donasi bo’yicha joylashtirish bilan bitta hodim shug’ullnadi. Materiallarning fizik mexanik hususiyatlari. Rangi tuzilishi o’zgarmasligi uchun ombordagi havo harorati muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Katta ombordagi hona harorati ±5-20 ºC gradusda taminlangan. Ombordan olib chiqilgan material to’plari tsexlarga faqat buyurtma kelgandagina olib chiqiladi. Bunda omborchi buyurtma hajmiga qarab bitta assortiment uchun sortni hisoblab materialga buyurtma beradi. № № Furnitura nomi Furnitura nomi 1. Material 2. Astar 3. Dublirin 4. Flezirin 5. Bortovka 6. Bayka 7. Bayka oldi 8. CHo’ntak xalta kost 9. Qog’ozli kley 10. Strobeli kley 11. Podushka 12. Tugma halta 13. Tugma kichik 14. Ip MING LONG 15. Ip OLTIN BOSHOQ 100 li 16. Ip KONAKS 100 li 17. Ip LOSTOCHkaga 18. Veshilka 19. CHexol 20. Sumka 21. Emblem-etiketga 22. Yevropa printer qog’ozi 22. Yevropa siyohli qog’ozi 24. Nakaleyka qog’oz 25. Nakaleyka siyoh 26. Rabotekstga qog’oz 27. Pocha kley 28. Zimbaga uk 29. Zilka uk kichk 30. Podvorotnik 31. Meto qog’oz 32. Meto siyoh 16 33. Sovun karishma 34. Bo’r 35. CHizmaga qog’oz osti 36. CHizmaga qog’oz ustki 37. Astar shim 38. Belpoezd flizirin 39. Averlo kant 1 sm 40. Averlo kant 2-6 sm 41. Zamok sbez 42. CHo’ntak halta shim 43. Karsaj 44. Tarlatan 1 45. Tarlatan 0.8 46. Kryuchok 47. Qoplamaga ip 1-jadval. Bir dona kostyum shim uchun material furnitura, mayda detallar sarfi miqdori (50- razmer erkaklar kostyum shimi uchun) 9-rasm. Materiallarni saqlash ombori 17 5.TIKUV TSEXI BO’LIMI BILAN TANISHISH «Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati hozirgi kunda eng zamonaviy modellashtirish jihozi va uskunalari bilan ta’minlangan. Bunda korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlab bermoqda. Bichuv tikuv jarayonlaridagi vaqat sarfi, chiqindi sarfi kabi ko’rsatkichlar pasayib bormoqda. Konstruktorlik bo’limida Germaniyada ishlab chiqarilgan ASSYST rusumli avtomatik loyihalash programmasi ishlatiladi. Mazkur dasturda ishlash uchun kompyuterdan foydalanishni bilish talab etiladi. Konstruktoirlik bo’limida ASSYST programmasi, Draving Board GTCO Cal Comp /ASSYST/ ASTAS AS digitayzeri va Italiyaning ALGO TEX /Idea Print/ plotterlaridan foydalaniladi. Yuqorida aytib o’tilgan uskuna dasturlar bilan ishlash juda qulay, ishlab chiqarish samaradorligi yuqori va vaqt sarfini kamaytiradi. 10-rasm. Draving Board ASSYST AS – digitayzer 18 11- rasm. Digitayzer ma’lumotlar yangilash oynasi 12. ALT da hamda konstruktor ishlash stoli 19 13-rasm. ASSYST dasturining andozalar bilan ishlash oynasi 14-rasm. ALGO TEX plotter 20 4.1. Bichuvchilarga topshiriq tuzish tartibi va usullari Korxonaning tayyorlov bichuv tsexi alohida bo’lim hisoblanadi. Bichuv tsexida bitta master nazorati ostida 20 dan ortiq ishchi hodim ishlaydi. Bichuv stoli 5 donadan iborat bo’lib, bunda ustki kiyimlik materiallar alohida, astarlik materiallar alohida, mayda detallar alohida kesiladi. Kesish qiyin bo’lgan murakkab figurali mayda detallar lentali pichoq mashinasida kesiladi. Bichuvchilar buyurtmna qog’oziga qanday material, qandayt astarlik materiallarini taxlashni ko’rib olishadi. Materiallarni rangi, modellarni razmeri, nomeri, materiallarning nomeri buyurtma qog’ozida ko’rsatilgan bo’ladi. To’shamaning qalinligi, qavati soni, materiallarni ustma-ust joylash plotterdan chiqqan joylashma qogo’ziga qarab hisoblanadi. 15-rasm To’shama uchun joy tayyorlash jarayoni 21 16-rasm. Materiallarni taxlash jarayoni 17-rasm. Materiallarni kesish jarayoni 22 18-rasm. Kesilgan detallarni ajratish 19-rasm. Astarlik materiallarni kesish uchun tayyorlash 23 20-rasm Astarlik materiallarni kesish 4.2. Ishchi andozalarni tayyorlash usullari va qurilmalari «Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyatida erkaklar ustki kiyimlarini ishlab chiqarishda asosiy vazifasi muhim sanalgan jarayonlardan biri bu kiyim andozalarini tayyolash va ularni ko’paytirish jararayoni hisoblandi. Andozlar tsexning konstruktorlik bo’limida amalga oshiriladi. Andoza tayyorlash qo’lda bajariladi. Andozaning qo’lda tayyorlanish sababi namuna modelining birdaniga buyurtma bo’yicha aniq chiqmasligi va havflarni tez bartaraf etishdir. Qo’lda tayyorlangan andoza ASSYST digitayzeri yordamida nuqtalarni belgilash orqali kompyuterga yuklanadi. Etalon andoza kompyuterga yuklangandan so’ng nuqtalar aniqligi tekshirib chiqiladi. Andoza aniqligi tekshirib bo’lgandan so’ng uni tikib ko’riladi, hatolari bartaraf etilib kompyuter yoradmida ko’paytiriladi. 24 4.3. Bichish usullari va jihozlari 21-rasm. “DAYaNS” rusumli pichoqli kesish masinasi 22-rasm. Lenta pichoqli kesish mashinasi 25 23-rasm. Mayda detallarni kesish jarayoni Bichuvchilar har bir sto’lda alohida alohida ishlasada, bu ishning tezroq bajarilishi, ketma ketliklarning tezroq bajarilishi va buyurtmaning tezroq bajarilishiga yordam beradi. Bichuv uskunalari zamonaviy, eng so’ngi rusumdagi uskunlardir. 4.4. Ishlab chiqarish partiyalarini jamlash tartibi Korxonadagi eng asosiy jarayon, muhim ahamiyatga ega bo’lgan tsex bu tayyorlov – bichuv tsexidir, bu sohada xatoga yo’l qo’yilsa butun bir modelning operatsiyalariga ta’sir qiladi. SHuning uchun bichilgan detallarning sifatini nazorat qilish va razmerlarini ajratish ularni keying operatsiyalarga tayyorlash bir kishining zimmasiga yuklatilgan. Partiyalarda buyurtmalarning adashib ketmasligi uchun ularni nomerlanadi. Bu nomerlar 5 ta raqamdan iborat bo’lib bunda uning rangi artikuli aks etgan bo’ladi. 26 4.5. Bichilgan detallarni siifatini nazorat qilish usullari Bichilgan detallarning sifatini nazorat qilish bir kishi zimmasiga yuklatilgan, bundan tashqari bichuv tsexi masteri ham detallarni nazorat qilib turadi, bichilgan detallardagi nuqsonlar, noto’g’ri kesilganligi, razmerlarida adashmaslik uchun tsex masteri javobgar hisoblanadi. Bichilgan detallar razmerlarining o’shish tartibidan joylashtirilib keying operatsiya uchun maxsus palkalarga joylanadi. Bichilgan detallar sonidan qatiy nazar bitta bitta ko’chirib chiqiladi. 24-rasm. Bichilgan detallarni joylash polkasi. 27 4.6. Bichishda hosil bo’ladigan chiqindilarni qayta ishlsh usullari Bichishda hosil bo’ladigan chiqindilar turlariga quyidagilar kiradi. Bular: 1. Materialning eni bo’yicha chiqindilar 2. Materilaning uzunligi bo’yicha chiqndilar 3. Ratsional qoldiqlar Bichuv tsexida ratsional ya’ni mayda detallarga ishlatish mumkin bo’lgan qoldiqlar ham kiradi. CHunki detallar jamlanmasi kompyuterda bajarilganligi sababli chiqindilar sarfi kamayadi, korxonada chiqindilar qayta ishlanmaydi. Qoldiqlar va qog’ozlar yig’ib olinadi va u ham eksport qilinadi. «Istiqlol dizayn markazi” korxonasi 5 ta tikuv tsexidan iborat bo’lib, bularda kostyum-shim, palto, kurtka tikiladi. Maxsus assortimentlar barchasi erkaklar uchun mo’ljallangan ustki kiyimlardir. Tikuv tsexlaridagi uskunalar tikuv mashinalrida naqsh, yozuv, tikuv mashinalari hammasi zamonaviy kompyuterlashgan, unumdorligi yuqori bo’lgan uskunalar bilan jihozlangan. Tikuv tsexidagi JUKI, BROTHER, DUPKOPP, ELVA kabi tikuv mashinalari aylanish tezligi, elektr to’ki sarfini kamligi kabi ko’rssatkichlari yuqori hisoblanadi. Tikuv tsexining vazifasi bichilgan detallarni buyurtma bo’yicha hatolarsiz sifatli qilib tikib borishidir. Mazkur tsexga bitta master mas’ul hisoblanadi. TSexdagi barcha operatsiyalar konveyr usulida tikiladi. Konveyr usuli modelning tez fursatda tikilishini taminlaydi. 28 25-rasm. Erkaklar shimimni tikish tsexi. Erkaklar shimi tikish tsexida 4 ta patok joylashgan bo’lib ajralmas uzviy holda ishlaydi. Bu tsexda bitta master barcha ishchilar ustidan nazorat qiladi. Ishchilarning kelib ketishi tikuv jarayoninig buzilmasligi, tikishdagi sifat va barcha jarayonlarga javobgar hisoblanadi. 29 26- rasm. SHimning yon choklarini dazmollash joyi 27-rasm. “JUKI” rusumli bir ipli tikuv mashinasi 28- rasm. “DURKOOP ADLER” rusumli cho’ntak tikish mashinasi 30 28- rasm. “ELKA 900” rusumli yon chok tikish mashinasi 31 6. NAMLAB-ISITIB ISHLOV BERISH TSEXI BILAN TANISHISH 6.1. Namlab isitib ishlov berish ( pardozlash ) tsexi Erkaklar ustki kiyimini ishlab chiqarishda namlab isitib ishlov berish muhim operatsiyalardan biri sanaladi. CHunki ust kiyimdagi eng muhim ko’rsatkichlardan biri bu kiyim shaklidir. Uning shakl hosil qilish, shaklni ekspulatatsiya davridagi shakl saqlay olishi, undagi qo’llaniladigan namlab isitib ishlov berish usuliga rejimlariga ketma-ketliklari uzviy bog’liq hisoblanadi. Korxonada preslarni, dazmollarni, bug’ preslarni to’g’ri ketma-ketlikda yo’lga qo’yish juda muhimdir. Istiqlol dizayn markazi masuliyati cheklangan jamiyatida press dazmollarnig eng songi, unumdorligi yuqori bo’lgan turlari o’rnatilgan. Mazkur namlab isitib ishlov berish bo’limi kostyum tikish bo’liming pastki qismida joylashgan bo’lib u yerda pidjak oldi, yelka qismlai, old gavda qismiga, shimni dazmollash uskunlari joylshgan. 6.2. NIIB tsexining ish tartibi, qo’llaniladigan jihozlar 29-rasm. Pardozlash tsexi 32 30-rasm. NIIB tsexidan chiqqan yarim tayyor maxsulotlar 31- rasm. “BRISAY” rusumli NIIB uskunasi 33 32-rasm. Pidjakning yelka qismiga NIIB uskunasi. 33- rasm. Pidjakning orqa qismiga shakl berish 34 34- rasm. SHimni dazmollash uskunasi 35- rasm. Pidjakning yoqa qismiga shakl berish 35 36-rasm. Pidjakning yelka qismlariga ishlov berish 37- rasm. Pidjak yengiga tugma qadash jarayoni 36 7. 7. PARDOSZLASH TSEXI BILAN TANISHISH 7.1. Qadoqlash tsexi va vazifasi Har bir tikuvchilik ishlab chiqarish korxonasida oxirgi jarayonlardan biri bu qadoqlash jarayonidir. Tayyor maxsulotni qadoqlashda ham bir necha ahmiyatli joylarga etibor berish zarur. Maxsulotning turiga qarab uning qadog’ining materiali, salafan yoki karopkada, uning rangi, istemolochining e’tiborini tortishi bilan tayyorlangan qadoq muhim eng oxirgi jarayondir. Korxona istemolchilarga xizmat ko’rsatishini yuqori bo’lishini ta’minlagan holda maxsus setkalar, g’iloflar, paketlar bilan taminlaydilar va sifatini alo darajada bo’lishiga intiladilar. 7.2. Buyumlarni qadoqlash usullari va jihozlari Tayyor assortimentlarni qadoqlash jarayoni eng so’ngi operatsiya hisoblanadi. Masalan namlab isitib ishlov berishdan chiqqan pidjakka yorliqlar, etiketkalar, maxsus uskunalar yordamida qadab chiqiladi. Pidjakni qadoqlash uchun g’ilof katta paket kerak bo’ladi. Pidjak ilinib ustiga g’ilof kiydiriladi va buyurtmachiga yetkaziladi. Korxona o’zini maxsulotini reklama qilish istemolchilarni jalb qilish maqsadida o’zining maxsulotlari assortimentini qadoq qog’ozlariga tushirishni yo’lga qo’ygan. 7.3. Korxonada mexnat xavfsizligi, atrof-muhit muxofazasi tadbiri «Istiqlol dizayn markazi” MCHJ Namangan shaxari , 1 kichik tuman, Sportchilar kuchasi, 15 «a» uy joylashgan. Korxona axoli jich joylashgan hududdaligiga qaramay ekologik, shovqin-suronsiz, atrof muxitni muxofaza qilgan xolda ishlab kelmoqda. Korxonadan axoli uchun zararli bo’lgan moddalar, himikatlar, bug’lar yoki boshqa zararli moddalar chiqmaydi. Hajmi va quvvati jixatdan katta bo’lgan uskunalar shovqinsiz ishlaydi. Bundan tashqari korxonaning ish faoliyati davomida texnika xavfsizligi ishchilarni jarohatlanishi va mexnat faoliyatiga zarar yrtkazmasligi puxta o’ylab, eslatmalar ishlab chiqilgan. TSexdagi mavjud muammo va kamchililar va ularni bartaraf etish yo’llari 37 Korxona bir necha yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda «Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati ko’p yillik tajribalarga asoslangan holda ko’p kamchiliklarni bartaraf etgan korxona hisoblanadi. Korxona turkiya tizimida ishlayotganligi sababli maxsulotlarni juda tez fursatda tayyorlashni yo’lga qo’ygan. Bu tizimda albatta kichik kamnchiliklar uchraydi. Buyurtma berilganda u darrov bichilib tikiladi. Bu tizimning kamchiligi: 4 ta shim uchun ham bir hil bo’lgan vaqt sarflanadi. Bunda ishchilarning vaqti va ishlik maoshiga ta’sir qiladi. Bu tizimning yutug’i maxsulotning tez muddatda chiqishidir. Korxonada yangi texnika va texnologiyalarini joriy etish yutuqlari. «Istiqlol dizayn markazi” MCHJ Namangan viloyatida qolaversa respublikadagi yetakchi erkaklar ust kiyimini ishlab chiqaruvchi korkxona sanaladi. Hozirda korxona o’z maxsulotlarin Rossiya, Qozog’iston davlatlariga eksport qilmoqda. Maxsulotni assosiy oluvchisi bulib «O’zbekiston xavo yullari» DAK, maxalliy korxonalar xisoblanadi. Maxsulotni umumiy xajni ulgurji turda savdo tashkilotlariga sotiladi. 38 XULOSA. Xulosa qilib aytadigan bo’lsa “Istiqlol dizayn markazi” MCHJ Namangan viloyatida qolaversa respublikadagi etakchi erkaklar ust kiyimini ishlab chiqaruvchi korxona sanaladi. Hozirda korxona o’z maxsulotlarini Rossiya, Qozog’iston davlatlariga eksport qilmoqda. Korxonaning hamma bo’limlari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Bu esa ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar dunyo bozorida raqobatbardosh bo’lishini taminlaydi. Korxona o’z mahsulotlarini sifatli ishlab chiqarishi uchun sifatli hom ashyo furnituralar, qo’shimcha materiallar, zamonaviy asbob uskunalarni ishlatilishi talab etiladi. «Istiqlol dizayn markazi” masuliyati cheklangan jamiyati Turkiya va Xitoy davlatlari materilallari va furnituralarini shartnoma asosida ishlatib kelmoqda. Korxona asosan pidjak va shimlarni ko’p miqdorda ishlab chiqaradi. Korxonaning texnologik jarayoni bilan tanishib chiqish bilan birgalikda xar bir tsexning ish jarayonini o’rgandim. Misol uchun bichuv tsexida to’shamaning qavatini chiqarishni, tikuv tsexida har patokka ish kiritish va patoklardagi buyum tikish ketma ketliklarini va vaqt sarfini xisoblashni, dazmollash tsexida bug’ va havo bilan ishlashni, qadoqlash tsexida ish jarayonini to’g’ri tashkil qilishni o’rgandim. Men bu korxonada oliy o’quv yurtida olgan barcha bilimlarimni amaliyotda ko’rib mustahkamlab oldim va kelajakdagi ish faoliyatimda albatda o’z samarasini beradi deb o’ylayman. Yurtimizda bunday komplektlashtirilgan engil sanoat korxonalarini yanada yangilarini qurilishini istardim. 39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Toshkent 2017-yil 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, to’qimachilik va yengil sanoat korxonalarida olib borilayotgan loyixalar bilan tanishish. 3. M.SH.Jabborova. “Tikuvchilik texnologiyasi” T., O’zbekiston, 1994 yil. 4. X.X.Samarxodjaev . “Tikuv korxonalar uskunalari”. T., O’qituvchi, 2001 yil. 5. A.Ya.Truxanova. “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” Toshkent.: 1998 yil. 6. “Texnologik jarayonlarni loyihalash” fanidan kurs loyihasini bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatma. Namangan-2017 40