7-8- maʼruza. Zamonaviy o’quv jarayonida pedagogik nazorat. Reja: 1. O’quv jarayonida pedagogik nazoratning prinsip, funksiya, shakl va metodalari. 2. Nazoratni tashkil etishda ta’lim oluvchilar xususiyatlarini hisobga olish. 3. Baholash faoliyati ta’lim (tizimi), o’quv faoliyati o’zini o’zi boshqarishni faollashtirish va o’zini o’zi nazorat va refleksiya qilish ko’nikmalarni rivojlanirishni rag’batlantirish taksonomiyasi. Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, o’quv rejasi, dastur, darslik, o'quv jarayoni, loyiha, loyihalashtirish prinsipi, dars loyihasi, model, texnologik xarita, darsga qo‘yilgan talablar; Respublikamizda ta’lim mazmunini modernizasiyalash bugungi kun talablaridan biridir. Ta’lim mazmunini modernizasiyalash o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish tizimini ham modernizasiyalashni taqazo qiladi. Bo’lajak o’qituvchilarning kasb tayyorgarligini kuchaytirish, mutaxassislik va ixtisoslikka doir fanlarni chuqur o’rganish orqali bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mavzusini amaliyotda qo’llashga o’rgatish masalasiga e’tibor kuchaydi. Hozirgi vaqtda hech bir mutaxassis yo’q-ki, u o’z ish faoliyati mobaynida o’lchashlarni qo’llamasa. Uning oldida turgan muammo qanchalik murakkab bo’lsa, o’lchashlarning ahamiyati shunchalik salmoqli bo’ladi. Ma’lumotlarga ko’ra, hozirda inson faoliyatining 3000 dan ortiq [40.21] sohasi aynan o’lchashlar bilan chambarchas bog’liq ekan. Xatto-Quroni Karimda ham “Bu dunyoda hamma narsani aniq o’lchov bilan yaratdik”deb aytib o’tilgan. Mashxur rus olimi D.I. Mendelev o’lchash xaqida shunday degan edi”. Xar bir fan, eng avvalo o’lchash bilan boshlanadi” -deb o’lchashlarni ahamiyatini yanada yuqoriga ko’dargan. Shunday ekan Respublikamiz umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar soni 450327 nafar bo’lib, ulardan 68,1% (306487) ayollardir. Kasb-hunar ta’limi sohasida 82,8 ming pedagog va muhandis-pedagoglar, Oliy ta’limda esa to’la stavkada 20 mingdan ortiq professor-o’qituvchilar dars berishmoqda»[31.55].Bugungi kunda mamlakatimizning 76 ta oliy ta’lim muassasasida 850 ta yo’nalish va mutaxassislik bo’yicha 300 mingdan ziyod talaba bilim olmoqda [11]. Ular zimmasida uluksiz ta’lim tizimida har bir o’quvchi-talabani to’g’ri va obyektiv baholash vazifasi turadi. Ta’lim sifati o’quv muassasasining muvaffaqiyatli faoliyatini muhim ko’satkichi, o’quv muassasasini ichki boshqaruv vazifalarining tizim hosil qiluvchisi hisoblanadi. Ta’lim sifati ta’lim oluvchilarning o’zlarini, jamiyatni, ta’lim buyurtmachilari talablarini qondirishga qodir bo’lgan ta’lim natijalarining muhim jihati va xususiyatlari majmuasidir. Talab etilgan darajadagi ta’lim sifati natijalariga ma’lum ijtimoiy pedagogik tizim orqali erishish mumkin. Bu tizim quyidagi qism tizimlaridan tashkil topadi: DTS; Bo’lajak mutaxassislar me’yoriy modeli; Ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari hamda monitoringini quyidagi jadval orqali keltirishimiz mumkin. O’qituvchi dars jarayonida o’qitayotgan fan dasturi bo’yicha bilim berish bilan birga yangi ilmiy bilimlarni ham berib, o’quv jarayoninini reja asosida, boshqarib borish bilan birga dars maboynida o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib, nazorat qilib boradi va o’qish davomidagi bilim va ko’nikmasini, fikrlash qobiliyatini, olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash malakasini shakllantiradi. Hozirgi kunda o’quvchi va talabalarning bilim (kasbiy bilim) va ko’nikmalarini baholash ta’lim-tarbiya jarayonining zarur qismlaridan biri bo’lib, ta’lim jarayonini qay darajada to’g’ri tashkil qilinganligi bilan uzviy bog’liqdir. Chunki o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash orqali ularni ta’lim jarayonining har bir bosqichida o’quvchi (talabani bo’lajak mutaxassis) sifatida tayyorlashda erishilayotgan yutuqlar hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklar, pedagog o’qituvchilar jamoasining faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish imkoniyatini beradi. Masalan bo’lajak o’qituvchilarni kasb-hunar kolleji o’quvchilarining kasbiy bilim va ko’nikmalarini baholash jarayonining qanday tashkil qilinganligi, ularning ta’lim va malakaviy amaliyot jarayonlariga munosabatlari, o’qish mativasiyasi, bilishga qiziqish va bilish faolliligi hamda faoliyat jarayonida intizomlilik va mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarning shakllanishi bilan bog’liqdir. Bunda pedagogik baholashning ahamiyati o’quvchilardagi kasbiy bilim va ko’nikmalarni baholayotgan pedagoglarning murakkab faoliyati bilan belgilanadi. O’quvchining kasbiy bilim va ko’nikmalarini baholash o’qituvchilarning eng murakkab vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki kasb-hunar kolleji o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarining shakllanish samaradorligi ta’lim jarayonida zamonaviy (modernizasiyalash orqali) axborot texnologiyalaridan foydalanilishi, darsliklar, o’quv qo’llanmalar va metodik ishlanmalarning sifati hamda ta’lim mazmuning o’quvchilarga tushunarligi bilan uzviy bog’liqdir. Chunki bilim, ko’nikma va malakalarini ob’ektiv baholash ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish hamda samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni beradi. Afsuski, so’ngi yillarda, kasb-hunar kolleji o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash ancha subyektiv bo’lib, amalda o’quvchilarning yozma yoki og’zaki savollarga beradigan javoblari bilan ularning amaliy vazifalarini bajarishlarida, ulardagi shakllantirilayotgan kasbiy bilim va ko’nikmalarga nisbatan qo’yilayotgan talablarda, yo’l qo’yilgan hatoliklarning ahamiyatini aniqlashda qator tafovutlar mavjud. Masalan, o’quvchining bir savolga bergan javobi hamda bajargan amaliy ishi turli o’qituvchilar tomonidan turli baholarga baholanish hollari ham kuzatilmoqda va xok. Hozirgi kunda qo’llanilib kelayotgan balli baholash shkalasini soddalashtirilishi esa o’quvchilarning bilish faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatib, ularda ta’lim olish va bilish jarayoniga nisbatan nosog’lom munosabatni shakllantirishi, bilim olishga nisbatan mas’uliyatini pasayishiga sabab bo’ladi. Chunki rasmiy, mazmunsiz va qadrsiz baho o’quvchilarning ta’lim jarayonida erishgan muvaffaqqiyatlarini tashxis qilishni talab qilmaydi, oqibatda pedagogik vositalardan yiroq bo’lgan yo’llar bilan erishilgan va faqatgina tashqi ko’rinishidan muvaffaqiyatni «eslatuvchi» natijaga erishiladi. Biz kasb-hunar kollejlarida ta’lim samaradorligini tashhis qilishda miqdoriy va shkalali baholashdan foydalanmaslik kerak demoqchi emasmiz. Aksincha, o’quvchilar bilim va ko’nikmalarining miqdoriy va shkalali baholash jarayoniga yanada differensial yondashish zarur, deb hisoblaymiz. Bunda baholash mazmunli bo’lishi, abstrakt miqdorga emas, balki o’quvchi tomonidan bajarilgan ishning, uning izlanishlari va faoliyati mahsulining sifati bilan belgilanishi kerak. Chunki kasbiy faoliyat jarayonida kichik mutaxassislarning ishlab chiqarishdagi faoliyatlarining natijalari, maqsadga erishishdagi intiluvchanlik, mehnatsevarlik, fidoyilik kabi fazilatlari qadrlanib, kollejdagi ta’lim jarayonida olgan baholari deyarli «ishlamasligi» barchamizga ma’lum. Ma’lumki, malakaviy amaliyotda, talabalar o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarining shakllanishini nazorat qilish jarayonida, ularni kichik mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun zarur bo’lgan, umumqabul qilingan va barchamizga tushunarli bo’lgan quyidagi yagona pedagogik maqsadlar qo’yiladi: ’quvchilarning bilish faolligi va mantqiy tafakkurini shakllantirish; ’nikmalarni shakllantirish; ’quvchining o’z faolligini oshirish; ’quvchining o’zi bajarishi,o’zi mehnat qilishi,o’zi izlab topishi; -birlaridan o’rganishga imkoniyat yaratish; ’qotish; ’z mulohazalarini bildirishiga imkoniyat yaratish; ’quvchini xato qilib qo’yishdan qo’rqmasligini (xato qilish va uni tuzatish xuquqiga ega); ’zlari yechimini topishiga o’rgatish; -birlari bilan hamkorlikda aloqa qilish; ’ulot davomida bola ustidan xukumronlik qilmaslik; ’quvchini majburlamaslik va qo’rqitmaslik, siquvga olmaslik; ’lmaslik, savol berish madaniyatiga rioya etish; ’zgalar fikrini hurmat qilish va o’zoro hurmat; ’rgatish; ’z vaqtida yordam ko’rsatish; ’quvchi guruhda javob berayotgan vaqtida uchraydigan ruxiy noxuщliklarning oldini olish va xok. Ammo, ko’p hollarda, ushbu maqsadlarga erishilganligini amaliyotda ko’rsatishlari uchun o’quvchilar qanday vazifalar, topshiriqlar hamda mashqlarni bajara olishlari kerakligi masalasi hozirga kunga qadar noaniqligicha qolmoqda. Baholashning asoslanganligiga ta’sir qiluvchi boshqa omil-turli nazorat obyektlarining mavjudligidadir. Amalda, agar ba’zi fan o’qituvchilari tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar xizmat qilsa, boshqalari uchun o’quvchilarning nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish qobiliyatlari hisobga olinadi va x.k. oqibatda kollejlarda o’quvchilar kasbiy tayyorgarligining turli tomonlari baholanib, ularning kasbiy bilim va ko’nikmalarini nazorat qilish va baholashning xususiy tizimlari yuzaga kelmoqda. «O’quvchilarning bilimi va ko’nikmalarini baholashning nisbatan subyektivligi ushbu tizimni nazorat qilish metodlarining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi oqibatidir. Ba’zi hollarda kollej o’quvchilari bilim va ko’nikmalarining shakllanganlik darajasini nazorat qilishda o’zlashtirishga deyarli aloqasi bo’lmagan, alohida, ko’pincha o’zida ikkinchi darajali ma’lumotlarni aks ettirgan elementlarni tekshirish orqali amalga oshirilishi ham mumkin. Savollarning sifati, murakkabligi va ketma-ketligi ko’p hollarda o’qituvchi tomonidan intuitiv holda belgilanadi. O’quvchilarni biron bir mavzuga oid bilim va ko’nikmalarini obyektiv baholash uchun nechta nazorat savoli berish, qanday mashqlarni bajarishlarini nazorat qilish, mashq va topshiriqlarni diagnostik vazniga asosan taqqoslash mumkinligi masalalari hanuzgacha chuqur ishlab chiqilmagan» [39.89,91] deb ta’kidlaydi tadqiqotchilar N.G’ulomova, D.Maxmudova va F. Quchqarovalar. Hozirgi kunda kollej o’quvchilarining kasbiy bilim va ko’nikmalarni baholash hamda nazorat qilishda ayrim o’qituvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan bir qator kamchiliklar, jumladan: nazorat qilishda muayan tartibning yo’qligi; nazorat shakl va metodlardan rasional foydalanmasligi; nazoratning aksariyat hollarda didaktik maqsadga yo’naltirilmaganligi; predmetni o’qitishda foydalanilayotgan materialning o’ziga xos xususiyatlari, auditoriyada ishlash sharoitlari e’tibordan chetda qoldirilishi va xok. Tajribali o’qituvchilarning fikricha, o’quvchilar kasbiy bilim va ko’nikmalarini baholashning yangi texnologiyalarini qo’llash testlarning yangi modifikasiyalaridan, kompyuter texnikasi va nazorat o’quv dasturlaridan foydalanish ta’lim jarayonini pedagogik monitoringini samarali amalga oshirishni ta’minlaydi. Masalan, o’quvchilarning nazariy bilimlarini aniqlashning mezonlari sifatida quyidagilarni olish mumkin: ’g’ri hal qilingan topshiriqlar soni; ’lash; ’lash; ayonlarni o’zaro taqqoslash, umumlashtirish, ulardagi umumiy va xususiy jihatlarni, o’xshashlik va tafovutlarni aniqlash; ’zaro bog’liqlik va qonuniyatlarni topish va tushuntira bilish. Bundan tashqari, o’quvchilar kasbiy bilimini baholash mezonlari sifatida tizimlilik, umumlashtirganlik, izchillik va mustahkamlik kabi tasniflarni ochish mumkin bo’lib, bular asosida umumiy va maxsus ko’nikmalar kichik mutaxassislarning ishlab chiqarishdagi faoliyat usullarini o’zlashtirishlarida kasbiy faoliyatlari sifatining texnik talablarga javob berishida, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarida namoyon bo’ladi. Kasb-hunar kolleji o’quvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholash mezonlarini to’g’ri belgilash ta’lim jarayoni sifatini va shu yo’nalishda ularda ro’y bergan rivojlanishni o’zida ifodalaydi hamda o’quvchilar o’zlashtirayotgan bilimlarning mazmunini, fanlararo bag’liqlikni anglashlariga, shakllanayotgan kasbiy malaka va ko’nikmalarni mustahkamlanishiga, bu bilim va ko’nikmalarning o’quvchilarni kelajakdagi kasbiy faoliyatlaridagi muvaffaqqiyatlari uchun ahamiyatli ekanligini anglashlariga yordam beradi. Baholash jarayonida, o’quvchilarni ta’lim jarayoniga faol yondoshishlarini ta’minlash maqsadida, ular tomonidan bilim va ko’nikmalar sifatida o’zlashtirilayotgan ma’lumotlarning ma’no hamda mazmuni orqali me’zonlarni belgilash mumkin. Ruxshunos B.G.Ananyev amaliyotda o’quvchilar bilimini baholash mezonlarning ikki turi miqdor va sifat mezonlari qo’llanilishini ma’lum qilib ularni shartli ravishda quyidagicha izohlaydi: 1. Miqdoriy mezonlar statistik metodlar yordamida tahlil qilish va hulosa chiqarishga yordam beradigan intervalli shkalalar asosida qo’llaniladi. Mazkur mezonlar sifatida o’zlashtirilgan o’quv materialining mustahkamlik koiffisiyenti olinishi mumkin. 2. Sifat mezonlari bevosita intervalli shkalada o’lchash mumkin bo’lmagan, lekin ushbu shkala vositasida pedagogik hodisalar mazmunini tahlil qilishda qo’llaniladi. Sifat mezonlari o’quvchining o’quv materialini bilish darajasi, o’quv materialini tushunish darajasi, o’quv materialini hamda intellektual ko’nikmalarni egallaganlik darajalari asosida qo’llaniladi [12] deb izohlaydi. Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi, o’quvchilar olgan (yoki olayotgan) kasbiy bilim va ko’nikmalar sifatini baholash mezonlarini ko’rib chiqishning o’zi ta’limda ushbu muammoga umumiy yondoshuvning yetarli darajada ishlanmaganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonining u yoki bu tarkibiy qismini o’lchash (baholash) hisobiga uning samaradorligi ortishi mumkin. O’lchash esa, o’z vaqtida, mezonlar mavjud bo’lgandagina amalga oshiriladi. Kasb-hunar kolleji o’quvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashni maxsus fanlarning o’quv materiallarini didaktik tahlil qilish orqali ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun o’quv materialini o’zlashtirish va o’rganishning muvofiq darajalari belgilanib, ular bir tomondan o’quv materiali mazmunini va ikkinchi tomondan esa ta’lim jarayonida olinadigan natijalarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Mana shunday yondashuv asosida bevosita sinov jarayonida vazifa (yoki topshiriq) bajarilganida olinadigan natijalarga tayanib o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari nisbatan obyektiv baholanadi. O’quvchilar tomonidan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish sifati mutaxassislik bo’yicha tayyorlanayotgan sohalariga oid vazifalarni bajarishlariga qarab baholanishi maqsadga muvofiq, deb hisoblanadi. Bunda «vazifa» yoki «topshiriq» deganda ma’lum sharoitda, ma’lum kasbiy faoliyat mahsuli, faoliyat natijasida maqsadga erishish tushuniladi. Masalaga bunday yondoshuv natijasida o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini aniqlash faqatgina o’zlashtirishning muayan bir darajasiga mos keladigan maxsus topshiriqlarni yechish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarni baholashda foydalaniladigan didaktik testlarni tayyorlash jahon andozalari talablariga mos ravishda amalga oshirilishini talab qiladi. Bunda testlar nafaqat savollardan, balki turli mashq, vazifa va topshiriqlardan iborat bo’lishi, ularni bajarish murakkabligi muayan baholarga mos kelishi talab qilinadi. Hozirgi kunda bu muammoning ijobiy hal qilishini kasb-hunar kolleji o’quvchilarining kasbiy bilim va ko’nikmalarining shakllanganlik darajasini muntazam ravishda nazorat qilish monitoringini olib borish hamda mehnat bozori talablari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda bu jarayonga ayrim zarur bo’lgan tuzatishlarni kiritish imkonini beradi. Amaldagi mehnat ta’limi mazmunining tahlili uni bozor munosabatlari talablari asosida modernizasiyalash zaruratini qo’ymoqda. Mehnat ta’limini bozor munosabatlari talablari asosida modernizasiyalash hozirgi kunda juda muhimdir. Shunday ekan ta’lim sifati natijalarini modrenizasiyalash orqali bu muammolarni amaliy yechimini hal qilish mumkin. Jamiyatning hamma jabhalaridagi “Modernizasiyalash” jarayoni ta’lim jarayoniga ham ta’luqlidir. Ayniqsa o’quvchi-talabalarning bilimini baholashni hozirgi davr talablariga mutanosib rivishda isloh qilish davr talabidir. Magistrlik dissertasiya ishimizda «Modernizasiya» atamasi ishlatilgan. Modernizasiya atamasi manbalarda quyidagicha tavfsiflangan. Masalan, O’zbek Milliy ensiklopediyasida:“Modernizasiyalash (fransuzcha, moderne – eyen yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o’zgartirish» [34.43] -deb keltirilgan. Yana “Modernizasiya” – so’zi keng ko’lamli tushuncha hisoblanib, manbalarda modernizasiya tushunchasiga quyidagicha ta’riflar keltirilgan. Masalan: modernizasiya (fransuzcha “moderniser” - zamonaviy) – ya’ni taraqqiyotning bosh omilidir [21.35]. Modernizasiya – (Fransuzcha modernizer -zamonaviy) – zamonaviylashtirish, hozirgi davr talablariga mutanosib rivishda o’zgarishlarni amalga oshirish [7.100]. “Modernizasiya – obyektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorga, texnik shartsharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish” [6.96] -deb tavsiflangan. “Ta’lim jarayonida esa, modernizasiya – bu davr talablari asosida ta’lim mazmunini tanlash, unga yangiliklar kiritish, qayta ishlash, aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish, uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash jarayonidir” [28.211] –deb ta’kidlaydi tadqiqotchi R.F.Safarova. Ta’lim sifati deganda«Ta’lim jarayonining turli ishtirokchilari ta’lim muassasasi tomonidan ko’rsatilayotgan ta’lim xizmatlaridan kutganlarining qanoatlantirilishi darajasi» yoki “Ta’limda qo’yilgan maqsadga va vazifalarga erishish darajasi” [18.470] deb tavsiflaydi J. Yo’ldoshev. Ta’lim sifati natijasi deganda esa ta’lim jarayoning turli qatnashchilarini o’quv muassasasi tomonidan ko’rsatilgan ta’lim xizmatlaridan qoniqish darajasi yoki ta’limda qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishganlik darajasi. Sifat kategoriyasi insonning obyektiv reallikni bilishdagi ma’lum bosqichni ifodalaydi. Bilish jarayonining dastlabki bosqichida obyekt subyekt oldida o’zining ayrim yoki bir necha xossasi bilan namoyon bo’ladi. Bevosita hissiy idrokda sifat ko’plab xossalarning majmui tarzida ko’rinish beradi. Ta’lim sifati–ijtimoiy kategoriya hisoblanib,jamiyatda ta’lim jarayonining holati va natijasini hamda shaxsning kasbiy, maishiy va fuqarolik kompetentligini shakllanishi va rivojlanishini jamiyat talabi va ehtiyojiga mos kelishini aniqlaydi. Ta’lim sifati ta’lim muassasasining o’quv-tarbiyaviy faoliyatini turli qirralarini Tavsiflovchi ko’rsatkichlar majmui orqali baholanadi.Ushbu ko’rsatkichlarga ta’lim oluvchilar kompetentligining rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim mazmuni, o’qitish shakli va uslublari, material-texnik baza, xodimlar tarkibi kabilar kiradi. Ta’lim sifati-inson hayot-faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo’ladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmuidir. Bilim sifati – o’quv jarayonini tugatgandan so’ng olingan bilimlarning fundamentalligi, yuqoriligi va ish jarayonida qanchalik kerakliligi bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sifati o’ta muhim, muammoli va dolzarb masala hisoblanadi. Chunki, boshqa barcha ijtimoiy masalalar, siyosiy muammolar va iqtisodiy ko’rsatkichlar aynan ta’lim sifati darajasiga bog’liq holda rivojlanadi. Qolaversa, ta’lim sifati davlat va jamiyat taqdirini, butun insoniyat taqdirini belgilab beradi. Shu sabali ham ta’lim sifatini -hayot sifati deb izohlash xato bo’lmaydi. «Ta’lim sifati» atamasi quyidagi omillarga bog’liq holda turlicha ahamiyat kasb etadi: oliy ta’lim ishtirokchilarining manfaatlari; kirish ma’lumotlari, ta’lim-tarbiya jarayonlari, chiqish ma’lumotlari, maqsad va vazifalar kabi tushunchalarning o’zaro nisbati; baholanadigan akademik sohaning xususiyatlari yoki tavsifi; oliy ta’limning tarixiy rivojlanish davri. Shuningdek, ta’lim sifati atamasi quyidagi turli darajadagi aniqlanishlarga ham ega: sifat – eng yuqori ko’rsatkich sifatida; sifat – maqsadga to’liq erishilgan faoliyat shaklida; sifat–yaxshilangan va takomillashtirilgan faoliyat shaklida. Yuqorida keltirilgan «ta’lim sifati» to’g’risidagi aniqlanishlar ta’lim sohasidagi islohotlarning tarixiy davriga bog’liq holda o’z afzalliklari va kamchiliklariga egadir. Ta’lim sifati absolyut va nisbiy tushuncha sifatida qaralishi ham mumkin. Ta’lim sifatining absolyut tushunchasida ta’lim muassasasining statusi, mavqyei va ustunligini aks etishi nazarda tutiladi. Bunday ideal tushuncha ta’lim muassasasi imidjining rivojlanishi va mustahkamlanishiga sharoit yaratadi va ta’lim sifati ko’rsatkichi bo’yicha eng yuqori darajadagi ta’lim standartiga intilishini ifodalaydi. Ta’lim sifati nisbiy tushuncha sifatida ham qaralishi mumkin. Bunda sifat ta’lim xizmatning asosiy atributi (ajralmas qismi, asosiy xususiyati) deb hisoblanmaydi va ta’lim jarayonini davlat ta’lim standartiga mos kelishi bilan baholanadi. Shu sababli ta’lim sifati nisbiy tushuncha sifatida ikki xil ma’noda belgilanishi mumkin: -ta’lim standartiga mosligi; -ta’lim xizmati iste’molchilarining rasmiy talablariga mos kelishi. Birinchi tushuncha ishlab chiqaruvchi (ta’lim muassasasi) nuqtai nazaridan sifatni belgilasa, ikkinchisi esa iste’molchi, ya’ni ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sifatni baholaydi. Ta’lim sifatiga baho berishda ta’lim samaradorligi tushunchasini ham e’tiborga olish talab etiladi. Ta’lim sifati va samaradorligi tushunchalarini aniqlovchi mezonlar bir-biridan qanday farq qiladi? Sifat – olingan natijaning maqsadga nisbati (yoki teskarisi), samaradorlik- olingan natijaning xarajatlarga nisbati bilan baholanadi. Ta’lim sifati va ta’lim samaradorligi jamiyatda hayot sifatini ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta’limga qanchalik ko’p mablag’ sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot sifati shunchalik yuqori bo’ladi. Ta’lim samaradorligini belgilashda eng optimal xarajatlar hisobida yuqori ta’lim sifatiga erishish talab etiladi. Ta’lim sifati, qolaversa o’quvchilar bilim sifatini aniqlash dolzarb pedagogic masalalardan biridir. Bu haqda - I.A.Karimov “Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, Internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, lisey va kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim” [8], - deya ta’kidlagan. Pedagogik tashhis bu o’quv jarayoni, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish, shundan kelib chiqib, ma’lum o’zgarishlar kiritish vositasi sifatida qarash o’tgan asrning 80-90yillarida professor K.Zaripov, professor J.G’.Yo’ldoshevlar tomonidan ilgari surilgan. Jumladan, J.Yo’ldoshev tahliliy tashxis ta’limdagi kamchiliklarni aniqlash va oldini olish, yordam ko’rsatish tarzida xizmat qilishning amaliy tadbiqini ko’rsatgan bo’lsa, professor K.Zaripov pedagogik tashxisga o’z mohiyatini ko’ra bilish jarayoni sifatida qarab, uning obyektlari ustida tadqiqotlar olib borgan. Tadqiqotchilar M.Axmedova maktabgacha yoshdagi bolalarning o’zlashtirish darajasini aniqlash va tahlil qilish [36.204], S.Abdullayeva 6-7 yoshli bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini aniqlashda test usulidan foydalanish, Begmatova N.X. Bog’cha bolalarining bilimini baholashda multimediya texnologiyasidan foydalanishga [37.63,66] oid tadqiqotlarni olib borgan. O.V.Vorobeychikova esa “Bilimlarni nazorat qilishda testlarning o’rnini tadqiq qilgan” [29], G.U.Matushanskiy “Bilim olganlikni nazorat qilish uchun pedagogik testlarni loihalashtirishni [26]. o’rgangan”. Yu.K.Babanskiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish jarayoni bosqichmabosqich amalga oshirilishi, har bosqichda ta’lim mazmuni va samaradorligini aniqlashda optimal metodlardan foydalanish lozimligini ta’kidlaydi [14.216]. Ta’lim sifati natijalarini baholashni modernizasiya qilish orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga, o’quvchi-yoshlarni kelajakda barkamol avlodlar sifatida bilimli, yuksak intellektual salohiyatga ega bo’lgan shaxslar sifatida tarbiyalashga erishamiz. Oliy o’quv yurtlarida sifat menejmentini xalqaro mezonlar asosida standartlash bo’yicha sezilarli o’zgarishlar yuz bermoqda ta’lim standartlarini yangi turlarini ishlab chiqib, ularni qabul qilish va hayotga tadbiq etish hamda korxona va tashkilotlarda sifat menejmenti tizimini dolzarb xolatida saqlab turish bu borada ko’zga ko’ringan ishlar deb bilsak bo’ladi. Oliy o’quv yurtlarida ta’lim sifatini aniqlash jarayonida qo’llaniladigan baholash tizimi ishlanmalarining tahlili Xalqaro standartlar tizimida qabul qilingan ISO 9000: 2000: “Sifat talablariga qo’yilgan mansublik darajasi” mezonlari asosida amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. ISO 9000 da ko’rsatib o’tilgan atamalar: Sifat-< amaliy ifoda >- talab va kutilgan natijalarni qondirish; Sifat -< texnik ifodasi >- talab va kutilayotgan natijalarga xos obyekt xususiyatlari albatta nazardan chetda qolmasligi kerak. Mavjud sifat menejmentini rivojlantirish va takomillashtirish, ta’lim jarayoning turli tarkibiy qismlarini sifatini aniqlash bo’yicha yangi usul va algoritm ishlanmalarini yaratish, shuningdek test sinovlari natijalarini va olingan ma’lumotlarni turli xilda bo’lishini hisobga olgan holda, ekspert xulosalarini taxlil qilish kabi dolzarb masalalar bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar xajmini muhimligini belgilab beradi. Ta’lim sohasining o’qitish faoliyatida sifat ko’rsatkichlarini belgilab beruvchi turli mezonlar mavjud. Ishlab chiqarish korxonalariga qaraganda ta’lim muassasalari sifatini aniqlashda maxsus metodik xususiyatlar yorqin gavdalanadi. Oliy o’quv yurtlarida ko’pgina turli xildagi jarayonlar (ilmiy tekshirish, o’quv, moliyaviy, ishlab chiqarish, xo’jalik) davom etadi. Ammmo sanab o’tilgan barcha jarayonlar yagona funksiya, ya’ni OO’Yu faoliyatining integral natijasi bo’lmish ta’lim sifatini ko’tarish funksiyasiga qaratilgan. Ta’lim muassasasining faoliyati mazmuni, yo’lga qo’yilgan ishlarni bosqichi, sifatni baholashda prioritet (ustunlik) tanlash natijasida yakuniy ko’rsatkichlar turlicha bo’lishi tabiiy[16.114]. Talabalarni o’qitishda sifat darajasini tahlil qilish quyidagi mezonlar asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi: Abituriyentlar sifati – Abituriyent tomonidan ta’lim yo’nalishini qiziqish va shaxs xususiyatlariga qarab to’g’ri tanlash. Bu borada quyidagi sifat ko’rsatkichlari tizimidan foydalansa bo’ladi: Abituriyentning psixofizeologik holatini baholash (kasbiy yaroqlilik va psixologik testlari) Abituriyentning bilimlarini baholash (qabul komissiyasining ma’lumotlari asosida mazkur ko’rsatkich ma’nosi va darajasi aniqlanadi) Abituriyentning jismoniy xolatini aniqlash (tibbiy komissiya tomonidan mazkur ko’rsatkich ma’nosi va darajasi aniqlanadi) O’qituvchilar faoliyatini baholash – o’qituvchilar faoliyati sifatini aniqlab beruvchi ko’rsatkichlar tizimi: Kasbiy xususiyatlar ko’rsatkichlari; O’quv fani mazmunining sifatini aniqlash. Tayyorlangan mutaxassislar sifati: OO’Yu da tayyorlangan sifati quyidagi parametrlar bo’yicha aniqlanadi: Davlat ta’lim standartlariga moslik darajasi; Korxona va tashkilotlar tomonidan qo’yilgan talablarga moslik darajasi; Mutaxassisdan talab etiladigan psixologik va psixofizeologik xususiyatlarga ega bo’lishi . [42.19,23] Talabalarni o’qitishda ta’lim sifati ko’tarish masalasini yechishda universal algoritm va baholash uslublarini o’z ichiga qamrab olgan axborot texnologiyalaridan foydalanish zarur. Ta’lim jarayonining va ayniqsa jarayonning sifat ko’rsatkichlarini miqdorini baholab bo’lmaydigan tarkibiy qismlarni holatlarini aniqlashda ekspert baholashini usulini qo’llash eng to’liq manzaraga ega bo’lishni ta’minlaydi. Talabalarning ta’lim sifati natijalarini baholash Oliy ta’lim muassasasi va ish bilan ta’minlov(beruvchi)chi tashkilotlar vakillari ekspertlar sifatida haqqoniy baholaganligidan so’ng uni monitoring qilib bo’lajak (ishlayotgan) kadrning sifatini aniqlash mumkin. Talaba va o’quvchilarga ta’lim berib ulardan bir xil natijani talab qilish ta’limning eng qiyin muammolaridan biridir. Chunki bir-biriga aynan o’xshaydigan odamlar uchramaganidek, talaba va o’quvchilarning bilimga chanqoqligi, intiluvchanligi, qobiliyatlari ham bir-biriga o’xshamaydi. Shu sababli ta’lim sifatini baholashda tabaqalashtirilgan yondoshgan holda baholash va yondoshish ham muhim ahamiyatga ega. O’quvchi va talabalar guruxidagi bilim darajalarini egallaganlikni quyidagi guruhlarni keltirishimiz mumkin: Iqtidorli o’quvchi va talabalar guruhi; O’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchi va talabalar guruhi; O’zlashtirishi past o’quvchi va talabalar guruhi; O’zlashtira olmayotgan o’quvchi va talabalar guruhi. Bu singari o’quvchi va talabalarni hisobga olgan holda o’qituvchilar quyidagi jihatlarga alohida e’tibor barishlari lozim: Shu guruhlarga mansub bo’lgan o’quvchi-talabalarni tezkorlik bilan aniqlash; Har bir guruh uchun alohida topshiriqlarni tanlash; Shu guruhlar uchun alohida baholash mezonlarini ishlab chiqish; Alohida test variantlarini tuzish; O’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga muvofiq savol variantlarini tanlash va berish; O’zlashtira olmayotgan va o’zlashtirishi past va o’rtacha bo’lgan o’quvchilarni sekinlik bilan a’lo o’zlashtiradigan o’quvchi-talaba safiga yetkazishga harakat qilish va xok. Pedagogika va pedagogik texnologiya fanining muhim belgilaridan biri ta’limning maqsadini real, aniq va diagnostik (tashxisli) belgilash hamda o’quvchi (talaba)ning bilim o’zlashtirish sifatini obyektiv baholashdir. Pedagogik testlar, test topshiriqlarining mazmuniga ko’ra, odatda, quyidagi shakllari ko’proq qo’llaniladi: yopiq test, ochiq test, moslikka va izchillikka oid testlar. Pedagogik testlar boshqa shakllari (matnli, vaziyatli, zanjirli kabi)da ham bo’lishi mumkin. Birinchi darajali testlar «Tanib olish» xususiyatidagi testlardir; Ikkinchi darajali testlar «O’rniga qo’yish, tuzish» xususiyatiga ega bo’lgan testlar; Uchinchi darajali testlarda asosan «Malaka»ni o’zlashtirish darajasi aniqlaydigan testlar; To’rtinchi darajali testlarda «Ijodkorlik»ni aniqlaydigan testlardir Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanida insonning bilimlarni o’zlashtirishi va shunga binoan uning idrok etish harakatlari tartibini o’ziga tushunishni ko’zda tutadigan bir qator nazariyalar mavjud. O’qitishning assosiativ-reflektorli konsepsiyasi bosh miyaning shartli refleksiv faoliyati tasavvurlariga asoslanadi, persepsiya va assosiasiyalar o’rtasidagi munosabatlarni ochib beradi. Ma’nosi shundaki, inson miyasi sezgi organlari signallarini yodga olibgina va voqyealar o’rtasidagi bog’liqliklarni (assosiasiyalar) aniqlab olish va qayta tiklash qobiliyatiga ham egadir. O’qish davomida assosiasiyalar muntazam o’zgarib boradi, qayta tashkil bo’ladi va ma’lum mantiqiy ketma-ketlikka ega bo’ladi, ular quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: O’quv materialini o’zlashtirish. Uni tushunib olish, ichki bog’liqliklari va qarama-qarshiliklarini tushunishga yetkazib borish. Eslab qolish va xotirada saqlab qolish. o’zlashtirganlarini amaliy faoliyatida qo’llash. Quyidagi shartlarga amal qilgan holda o’qishda yuqori natijalarga erishish mumkin: A. O’quvchi tomonidan o’qishga faol munosabatlarni shakllantirganda. B. O’quv materiallarini ma’lum ketma-ketlikda berilganida. C. Aqliy va amaliy faoliyat uslublarini Mashqlarda namoyish etish va mustahkamlash. D. Bilimlarini amalda qo’llash. Bu konsepsiyaning muhim vakillari I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, S.L. Rubin shteyn, Yu.A. Samarin va boshqalar hisoblanadilar. Assosiativ-reflektorli konsepsiyasi doirasida tushunchalar shakllantirish nazariyasi ishlab chiqildi, uning mazmuni o’qitish jarayoni olayotgan bilimlarini umumlashtirish va ma’lum tushunchalar tashkil etish sifatida tushuniladi. Tushunchalarni yuzaga keltirishga bolalarni aqliy harakatlar usullariga o’rgatish yo’li bilan erishiladi – taqqoslash, umumlashtirish, abstraktlashtirish. O’rgatish faoliyati nazariyasi asoslari A.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontyev, P.Ya. Galperin, D.B. Elkonin va boshqalar asarlaridan boshlangan. Faoliyat nazariyasi alohida yo’nalishlarining ishlab chiquvchilari o’quv faoliyatining turli tarkibiy qismlariga e’tiborini qaratganlar. Shuni ta’kidlash lozimki, pedagog oldida hamisha tanlash turadi: ta’limni reproduktiv ramkalar bilan chegaralaydigan “qattiq”identifikasiyalanadigan maqsaddan foydalanish zarurmi yoki ta’limni qidiruv usulidan foydalanishga imkon beradigan ta’limning noaniqroq maqsadlarini ifodalash maqsadga muvofiqmi. M.V.Klarin ta’kidlaganidek, biz ijodiy xarakterdagi maqsadlarga murojaat qilishimiz bilanoq, ularning belgi(aniq o’quv natija)larini bir ma’noda, to’liq obyektiv bayon qilish imkoniyati bir muncha pasayadi. O’qituvchining bahosi ekspert tarzida bo’lib u ko’p jihatdan intuitiv bo’lib qoladi va uning madaniy darajasiga, ijodiy tafakkur qilish imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Shu boisdan ham “O’quv maqsadlarning “qattiq” xarakteri bir muncha yumshatilishi zarur va ijodiy xarakter tipidagi maqsadlarni bayon qilishda ma’lum hissa noaniqlikni bo’lishiga ko’nikishimiz kerak”. Anashunday xollarda B.Blumning taksonomiyasiga muvofiq umumiyroq ta’lim maqsadlaridan foydalanish zarur. “Taksonomiya” tushunchasi obyektlarning o’zaro tabiiy aloqasi asosida qurilgan va iyerarxik (ko’p bosqichli) prinsip bo’yicha joylashgan obyetlar kategoriyasi bayonini o’z ichiga oluvchi obyektlar klassifikasiyasi va sistematikasini ifodalaydi. B.Blumning o’quv maqsadlari taksonomiyasi qo’yidagi jadvalda keltirilgan.(2-jadval). Mazkur o’quv maqsadlar taksonomiyasi dunyoda eng ko’p tarqalganlardan biri hisoblanadi. U test topshiriqlarini ishlab chiquvchilarga o’quv materiali elementini mazkur taksonomiyadagi o’quv maqsadlari kategoriyasini biri bilan bog’lanishini aniqlashga imkon beradi. Bu esa test topshiriqlari mazmunini izlash sohasini sezilarli darajada toraytiradi va turli variantlarni ishlab chiqish uchun imkoniyatlar yaratadi. B.Blumning taksonomiyasini qo’llash (identifikasiyalanadigan o’quv maqsadlarni ifodalashda qiyinchilik tug’ilganda) umumiy o’quv maqsadlarni shakllantirishga imkon beradi. B.Blum taksonomiyasidan foydalanib pedagog faqatgina maqsadni ajratib va aniqlashtirib qolmasdan, balki ularni tartibga keltiradi. Maqsadlarni iyerarxik klassifikasiyasi pedagog amaliyotchi uchun quyidagi sabalarga ko’ra muhimdir: - kuchni bosh masalaga to’plash; - aniq o’quv maqsadlar pedagogga o’quvchilarning umumiy ishida ularga oriyentirlarni tushuntirishga, ularni muhokama qilishga, tushunish uchun oydin qilishga imkon beradi. Test topshiriqlarini ishlab chiqishda B.Blum taksonomiyasidan ketma-ketlikda foydalanishning turli variantlari mavjud. Ulardan birini yuqorida eslagan edik. Identifikasiyalanadigan o’quv maqsadlarini ifoda qilishda qiyinchilik tug’ilsa B.Blum taksonomiyasi bo’yicha o’quv maqsadlar kategoriyasiga o’tish zarur. Ammo boshqa variant ham bo’lishi mumkin - dastlab B.Blum taksonomiyasini identifikasiyalangan o’quv maqsadlarini ishlab chiqishni osonlashtirish uchun qo’llash zarur. Bu holda “bilim”, “tushunish”, “qo’llash”, “tahlil”, “sintez” va h.k. kategoriyalarda umumiyroq o’quv maqsad aniqlanadi, keyin esa ta’limning ko’zatiladigan natijasiga eng ko’p mos keladigan. fe’llar tanlab olinadi. [1] O’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish tizimini loyihalash. Zamonaviy psixologikpedagogik fanlar erishgan yutuqlarga binoan istalgan o’quv jarayoni uchta bir-biri bilan bog’liq qism (komponent)dan iborat: 1. Motivlar (M) 2. O’quvchining o’qish (o’zlashtirish) faoliyati (O’F); 3. O’quvchining bilish faoliyatini boshqarish (B). Boshqarish vazifasini muallim yoki texnik vositalar bajaradi. Demak, didaktik (o’quv) jarayonni (DJ) qo’yidagi formula tarzida ifodalash mumkin: DJ = M+O’F+ B O’quv jarayoni qismlaridan har birida (M,O’F,B) qanday pedagogik maqsad nazarda tutilganiga qarab ta’lim-tarbiya jarayonining turli metodika (texnologiya)lar xosil bo’ladi. Bunday metodikalar soni juda ko’p bo’lishi mumkin. Ta’lim-tarbiya vazifasini yechish qo’lay bo’lishi uchun mavjud texnologiya (metodika) lardan qay birini tanlash ma’lum mezonlar asosida amalga oshiriladi. Shuni esda tutish lozimki, ta’limning maqsadi va o’quv jarayonlari o’zaro bir-biriga aynan mos bo’lishi kerak: har bir diagnostik maqsadga ma’lum bir ta’limtarbiya jarayonida erishish mumkin va xar bir o’quv jarayonda erishish mumkin bo’lgan maqsad qo’yilishi zarur. Pedagogik texnologiyalarning bir qismlarini ishlayotganda tabiatga moslik prinsipi va o’quv jarayonini jadallashtirish prinsiplariga rioya qilinadi. Tabiatga moslik prinsipi – ta’lim-tarbiya jarayonini o’quvchining bilim o’zlashtirish qobiliyati va aqliy kuchlari o’sishiga ko’prok mos kelishini nazarda tutadi. Bolaning o’qishga bo’lgan hohish va qiziqishi ta’lim va tarbiyaning tabiatga uyg’unligining ko’rsatkichi xisoblanadi. O’quv jarayonining jadallik prinsipi didaktik vazifani tezrok va yuqorirok darajada ruyobga chiqarishni, oz vaqt va kam kuch sarflab, ko’prok samara olishni nazarda tutadi. O’quvchining bilim o’zlashtirish tezligi (s) jadallik prinsipining ko’rsatkichi xisoblanadi. Bixeviorizm ta’limotiga ko’ra o’zlashtirishning umumiy formulasi tubandagicha: S–R–P Bunda S - stimul xarakat qilishga undovchi sabab yoki xarakat qilish lozim bo’ladigan vaziyati; masalaning shartlari, savol, signal kabilar stimul bo’lishi mumkin; R – reaksiya, ya’ni stimulga javob xarakati, savolga javob berish, masalani yechish, jismoniy xarakat kabilar reaksiya xisoblanadi; P - tug’riligini tasdiqlash, ma’qullash; ish-xarakat to’g’ri bajarilganini dalillash, stimulga javob to’g’riligini ma’qo’llash; bu oddiy yoki ma’naviy rag’batlantirish yo’li bilan bildiriladi; masalan, xayvonlar buyurilgan xarakatni tug’ri bajarsa, shirinlik yoki boshqa biror ozuqa bilan rag’batlantiriladi; bixevioristlarning fikricha odamga ta’lim berayotganda og’zaki ma’qo’llash, bazho qo’yish; bosh, qo’l, ko’z xarakati bilan tasdiqlash kabilar shunga kiradi. Nazorat: ta’lim oluvchilarni bilim, ko’nikma, malakalarini (BMK) aniqlash,o’lchash va baholashni anglatadi; ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan qaytar aloqasini, ular tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish darajasi to’g’risidagi haqqoniy ma’lumotni olish, shuningdek kamchilik va oraliqlarni aniqlashni ta’minlaydi. Bir qancha nazorat turlari bo’lgan test nazoratini ko’rib chiqamiz. Test topshiriqlarini tuzish ta’lim natijalarini ifodalash bilan o’zaro bog’liqlikda olib boriladi.Test topshiriqlar soni unga ajratilgan nazorat turi va vaqtga bog’liq bo’ladi. Mazmun bo’yicha test topshiriqlari rejalashtirilayotgan o’quv materialini o’zlashtirish darajasiga mos kelishi zarur. B.L. Farberman tomonidan tavsiya etilgan bir qator misollarda tushuntiramiz. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligini 2005 yil 21-feraldagi 34-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risida Nizom” Tavsiya etilgan o'qish ro'yxati - Ананьев Б.Г. Психология педагогической оценки. - В кн.: Труды Института по изучению мозга им. В.М. Бехтерева, IV. - Л., 1935. - Зимняя И.А. Педагогическая психология. - М., 2000. - Немов Р.С. Психология: В трех томах. - М., 1999. - Педагогика: педагогические теории, системы, технологии. Учебное пособие/Под ред. Смирнова С.А. - М., 1998. - Талызина Н.ФЙ. Педагогическая психология - М., 1998. - Шишов С.Е., Кальней В.А. Школа: мониторинг качества образования. - М., 2000.