Uploaded by maqsudu32

Amaliyot hisoboti

advertisement
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi 4-kurs talabasi
Raximov Ulug’bekning Qashqadaryo
viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli
10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida
tarix fanidan o’tgan pedagogik
AMALIYOT HISOBOTI
Hisobot
O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti tarix yo’nalishi 4-kurs talabalarining
2019-2020 yillarga mo’ljallangan pedogogik amaliyot sentabr-oktabr oylarida
bo’lib o’tdi. 4-sentabr kuni amaliyot yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi. Epidemik
vaziyat yaxshi bo’lmaganligi sababli yig’ilish online tarzda bo’lib o’tdi. Yig’ilishda
guruh rahbarimiz Xaynazarov Bahrom tomonidan amaliyot jarayoni haqida
tushuncha va tavsiyalar berib o’tildi. Pandemiya sharoiti davom etayotganligi
sababli har bir talaba o’z viloyatida amaliyot o’tashi aytib o’tildi. Amaliyot
jarayonida qanday hujjatlar to’ldirilishi va jarayon qay tartibda olib borilishi
tushuntirildi.
Men pedagogik amaliyotimni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli 10sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida amalga oshirdim.
4-sentabrda 10-sonli maktabga tashrif buyurdim va maktab direktori Ahmatova M.
bilan
amaliyot
yuzasidan
suhbatlashdik.
Pandemiya
sababli
maktab
hali
ochilmaganligi uchun 4-sentabrdan 12-sentabrgacha maktabda faqat hujjat ishlari,
maktab tartib -qoidalari va ustozlar bilan tanishdim. 14-sentabrdan maktabda
an’anaviy darslar boshlandi. Menga tarix fani o’qituvchisi Sherniyozova Karomat
biriktirildi. Menga 7-8-va 9- sinflarga dars o’tish topshirildi. Dastlabki 2 darsni
o’qituvchi kuzatuvi ostida o’tdim,qolgan darslarni mustaqil o’ta boshladim. Birinchi
kuni 8-sinflarga o’zbekiston tarixi fanidan darslar bo’lib o’tdi. Dars davomida men
o’qituvchidan o’zim uchun ko’pnarsalar oldim. Xususan darsni qiziqarli o’tish , darsda
do’stona muhit tashkil eta olish, ravon gapirish va h.k.larni o’rgandim.Dars maruza va
savol – javob shaklida bo’ldi. Mustaqil dars o’ta boshlagan vaqtimdan boshlab
darsning boshida yo’qlama qildim, uyga vazifa so’rab o’quvchilarni baholadim va
yangi mavzuni o’quvchilarga turli xil usullar bilan mukammal tushuntirishga intildim.
Dars jarayoni.
Amaliyotim davrida ochiq darslarga ham e’tibor qaratdim va tashkil qildim. 8sinflarga ,, Yevropaliklarning mustamlakalar uchun kurashi “ mavzusida ochiq
dars tashkil qildim va darsimga tarix fani o’qituvchisi Sherniyozova Karomat opani
taklif qildim. Mavzu qamrovi katta ma’lumotlar yetarlicha bo’lgani uchun darsimiz
qiziqarli o’tdi.Dars davomida turli xil rasm ko’rinishidagi tarqatma materiallarni
o’quvchilarga tarqatdim va guruhlarga bo’ldim. Shu orqali o’quvchilar jamoa bo’lib
hamjihatlikda ishlashni yanada yaxshiroq o’rgandilar. O’quv xonamizda proyektor
bo’lmaganligi sababli tayyorlagan slaydimni kompyuterim orqali ko’rsatishga harakat
qildimva bu darsimdan ko’p o’quvchilarning ijobiy fikrlariga sazovor bo’ldim.
Darsga oid rasmlar
Yevropaliklarning shimoliy amerikaga kirib kelishi
Qul savdosi jarayoni tasviri.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki 2 oylik amaliyot jarayonim men uchun juda
katta tajriba maktabi bo’lib xizmat qildi va taassurotlarga boy bo’ldi. Amaliyot
davomida men ko’p narsalarni o’rgandim : avvalo o’qituvchi dars davomida
o’quvchilarning diqqat e’tiborini o’ziga qarata bilishi, ular bilan do’stona muhit tashkil
qila olishi lozim ekan. O’tgan ikki oy samarali , saboqlarga, tajribaga boy bo’ldi . Dars
o’tish davomida o’qituvchida pedagogik mahorat bilan bir qatorda psixologik bilimlar
ham talab qilinar ekan. Chunki ayni shu davrda bolada o’zgarishlar davri kechayotgan
bo’ladi , aynan shu davrda o’qituvchi o’zining psixologik mahoratidan foydalanib
o’quvchilarni to’g’ri yo’lga qadam quyishida behisob rol o’ynaydi. Men
o’quvchilarimga faqat ustoz sifatida emas balki ularga do’st , aka, sirdosh o’rtoq
sifatida ham bo’lishga intildim va ko’p hollarda buni uddaladim.
Pedagogik amaliyotim mening kelajakdagi faoliyatim uchun juda katta tajriba
bo’ldi. Xulosa qilladigan bo’lsam o’tgan ikki oylik vaqtimdan sira ham
achinmayman.Amaliyot davrim qiziqarli va maroqli o’tdi.
Amaliyotchi : Raximov Ulug’bek
Amaliyot Rahbari : Xoliqulov Ahmad
Download