Uploaded by isaliyev0319

2 5249374845250051778

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Zoologiya va anatomiya kafedrasi
“Himoyaga ruxsat etildi”
Tabiiy fanlar fakulteti dekani
______________ K. A Saparov
“ _____” ___________ 2021 yil
5110400 - Biologiya ta’lim yo’nalishi 2- kurs talabasi
Jalolova Maftuna Muhsin qizini
Zoologiya fanidan “O‘zbekistonda tarqalgan chumchuqsimonlar xilma-xilligi, ularni tarqalishi,
biologik xususiyati va amaliy ahamiyati” mavzusidagi
KURS ISHI
“Tasdiqlayman”
Zoologiya va anatomiya kafedrasi
Ilmiy rahbar: Zoologiya
anatomiya kafedrasi
mudiri G.A.Shaxmurova
o’qituvchisi M.B.Ongarov
_________________
“ ____” __________
_________________
“ ____” __________
Toshkent- 2021
1
MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………………3
I Bob.Asosiy qism. Chumchuqsimonlar haqida umumiy ma’lumot
1.1 O‘zbekistoda tarqalgan chumchuqsimonlarning xilma
xilligi……………………………………………………....6
1.2 Chumchuqsimonlarning tarqalishi……………………………………………
1.3 Chumchuqsimonlarning biologik
xususiyati…………………………………………………...
1.4 Amaliy ahamiyati va zarar keltiruvchi
chumchuqsimonlar………………………………………………….
Xulosa………………………………………………………………………….….
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….………………………..
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Hayvonot olami insoniyatning yashashi, hayot
faolyatida juda muhim rol o’ynaydi. Hayvonot olami juda xilma-xildir hozirgi
kunda 2,5 milliondan dan ortiq hayvon turlari ma’lum. Zoologiya faniga oid
bilimlarni asosini biz eng soda bir hujayrali hayvonlardan boshlab murakkab
tuzulgan sutemizuvchilargacha bo’lgan hayvonlarning tuzulishi va hayot
kechirishi, ularning yashash muhiti bilan bo’lgan munosabatini, tabiat va inson
hayotidagi ahamiyatini, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ko’paytirish undan
oqilona foydalanish to’g’risidagi bilimlarimizni shakillantirish. Ta’lim tizimida
professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish yangi zamonaviy
texnologiyalarda
ishlashga qobil ishchi va mutaxasislarni tayyorlashni yo’lga
qo’yish lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich juda to’g’ri ta’kidlaganlar
biz farzandlarimizni komil inson bo’lishini xoxlashdan oldin o’zimiz ularga o’rnak
bo’lishimiz
tashqari
kerak va ta’lim sohasida nafaqat dars jarayonida balki, darsdan
vaqtlarda
xam
o’quvchilar
bilan
shug’ullanmog’imiz
kerak.
Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning
barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik
yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib
bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab
olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin
yaratmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Mamlakatimizni 2016yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga
mo’ljallangan
iqtisodiy
dasturning
eng
muhim
ustuvor
yo’nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza”sida
o’quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko’rib chiqish masalasiga alohida e’tibor
qaratilgan. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab
3
olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin
yaratmoqda. Yer yuzida inson faolyatining tabiatiga foydali va zararli ta’siri
natijasida o’simlik va hayvonot olami tez o’zgaradi. Hayvonot olamini saqlab
qolish va turlar sonini ko’paytirish uchun Respublikamiz hududida bir qancha
qo’riqxonalar va milliy bog’lar tashkil etilgan. Hayvonot olamini saqlab qolish
faqatgina davlatimiz rahbarlari yoki mutasaddi hodimlarning zimmasidagi ish
emas aksincha bu ishga umumxalq e’tiborini ham qaratish kerak. Shuning uchun
har bir inson Vatanimizdagi har bir o’simlik va hayvon turlaridan oqilona
foydalanish, ularni asrab-avaylashi kerak. Bu hayvonlar insoniyat hayotida
nihoyatda katta ahamiyatga ega. Masalan oziq zanjirida hech bo’lmaganda bir
halqasini tashkil etadi. Tabiatni shu qatorda ajralmas qismi bo’lgan o’simliklar
dunyosi va hayvonot olamini muhofaza qilish hozirgi zamonning eng katta
muommolariga aylandi.
Respublikamizning xilma xil foydali turlarga boy
yo’qolish havi ortib borayotgan hayvonlarni muhofaza qilish bizning burchimizga
aylanishi kerak. Biz faqatgina foydali hayvon yoki o’simlik turinigina emas balki
yurtimiz hududida uchraydigan xar bir turni asrab avaylashimiz va ularni kelgusi
avlodlarga hozirgidan ham a’lo darajadfa qilib ko’rsatishimiz kerak. Xayvonot
dunyosidan o’rinsiz foydalanish natijasida o’tmishda yuztadan ortiq turdagi
hayvonlar batamom qirilib ketgan. Qirilib ketgan hayvonlar orasida xonaki
sigirning ajdodi tur-xo’kiz, tarpan ot, insoniyatning yarmini go’sht bilan ta’minlab
berishi mumkin bo’lgan dengiz sigiri singari hayvonlar.Insonning salbiy ta’siri
natijasida o’simlik qoplamlari,turlarining soni va hayvonot olami turlari tobora
kamayib ketmoqda.Tabiatdan oqilona foydalanmaslik tufayli yo’qolib va kamayib
borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida maxsus hukumat qarorlari asosida
1979-yilda O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”i ta’sis etildi.Qizil kitobga
kiritilgan xar bir tur o’simlik va hayvon uning xavf ostida turganidan dalolat
beradi.
Kurs ishining ahamiyati:
Qushlarning kelib chiqishi va evolutsiyasi haqida
ma’lumotlar yig’ish va zoologiya fanini o’qitishda foydalanishdir.
4
Kurs ishining maqsadi: Chumchuqsimonlarning xilma-xilligi va tarqalishini
o‘rganish
Kurs ishining vazifalari:
-
O‘zbekistonda tarqalgan chumchuqsimonlarni o‘rganish
-
Chumchuqsimonlarning biologik xususiyati
-
Amaliy ahamiyati hamda tabiatga zarar keltiruvchi chumchuqsimonlar
5
I BOB. Qushlar sinfi haqida umumiy ma’lumot
1.1 Qushlarning yashash tarzi
Chumchuqsimonlar (Passeriformes) turkumi. Bu turkumga
5000 dan 5700 tagacha tur kirib, hozirgi yashab turgan qushlar
turining 66 % ni tashkil etadi. Chumchuqsimonlarning hajmi va
tuzilishi turlicha, eng kichik vakili korolek (chittakning bir turi) ning
og‘irligi 4,5-6 g, eng yirik vakili qarg‘aning og‘irligi esa 1100-1500 g
gacha va tanasining uzunligi 9,5 sm dan (korolyok) 65 sm gacha
(quzg‘un) boradi. Erkaklari yirikroq bo‘ladi. Chumchuqsimonlarning
ko‘pchilik turlari asosan o‘rmonlarda va butazorlarda, o‘simliklar ko‘p
bo‘lgan joylarda yashaydi. Ularning orasida haqiqiy suvda
yashaydiganlari yo‘q. Bu qushlar hasharotlar, donlar, mevalar va
mayda kemiruvilar bilan oziqlanadi. Barcha chumchuqsimonlar
monogam, jish bolali va ular uya qurib yashaydi. Ko‘pchiligi bir yilda 2
marta urchiydi va 4-8 tadan tuxum qo‘yadi.
Chumchuqsimonlar turkumi 3 ta kenja turkumga bo‘linadi:
1.Qichqiruvchi chumchuqsimonlar (Clamatores) kenja turkumi.
2.Soxta sayroqi chumchuqsimonlar (Menurae) kenja turkumi.
3.Sayroqi chumchuqsimonlar (Oscines yoki Passares) kenja turkumi
Qichqiruvchi chumchuqsimonlar kenja turkumining vakillari
primitiv tuzilgan bo‘lib, tovush chiqaruvchi pastki hiqqildoq
muskullari 2 juftdan oshmaydi. Bu kenja turkumning 11 ta oilasi va
1000 dan ortiq turi bor. Ular asosan Janubiy Amerikada, ayrim turlari
Shimoliy Amerikada va Sharqiy yarimsharning tropik mintaqalarida
uchraydi. Tipik vakili tosh tovuq.
Soxta sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumiga 4 ta tur
kirib, ular Avstraliyada tarqalgan. Soxta sayrovchi chumchuqsimonlarning tovush chiqaruvchi pastki hiqildoq muskullari sayroqi
6
chumchuqsimonlarnikiga nisbatan sust rivojlangan. Soxta sayrovchi
chumchuqsimonlarning asosiy oilasiga lira qushlar (Menuridae)
kiradi.
Sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumiga 4000 tadan
4570 tagacha tur, 30 tadan 70 tagacha oila va 1000 ga yaqin urug‘lar
kiradi. Yer yuzida keng tarqalgan. MDHda 330 ta turi uchraydi va
ularning barchasi sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumga
kiradi. Bu qushlarning tovush apparati to‘liq rivojlangan, tovush
chiqarish muskullari 5-7 juft bo‘ladi. Sayrovchi chumchuqsimonlar
kenja turkumining asosiy oilalariga: qaldirg‘ochlar, qarg‘alar,
jiblajibonlar, qorayaloqlar, to‘rg‘aylar, chittaklar, pashshaxo‘rlar,
qarqunoqlar, chug‘urchuqlar, vyuroklar, zarg‘aldoqlar, shaqshaqlar,
nektarchilar, to‘qimachilar, jannatqushlar va boshqalarni kiritish
mumkin (247-rasm).
Sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumining eng muhim
oilalari to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar quyida keltiriladi.
Qaldirg‘ochlar (Hirundinidae) oilasiga yaxshi ucha oladigan
hasharotxo‘r qushlar kirib, ular hasharotlarni havoda tutib yeydi.
Qaldirg‘ochlar tana uzunligi 10-23 sm, 79 ta turi bor. MDHda va shu
jumladan O‘zbekistonda 7 ta turi uchraydi. Ular uzoq va tez uchishga
moslashgan. Oyoqlari kalta, yerda yaxshi yurolmaydi. Suv ustida past
uchib, suv ichadi va cho‘miladi. Afrika va Antarktidadan tashqari
barcha hududlarda tarqalgan. Bu oilaning eng muhim vakillariga
shahar qaldirg‘ochi, qishloq qaldirg‘ochi, qirg‘oq qaldirg‘ochi, kichik
qaldirg‘och, tuya qaldirg‘och, tog‘ qaldirg‘ochi kiradi.
7
Qaldirg‘ochlarning qanoti uzun, o‘tkir uchli va dumi uzun
bo‘ladi. O‘zbekistonga mart oyining o‘rtalarida kelib, sentyabr oyida
uchib ketadi. Eski uyasiga birinchi bo‘lib erkagi kiradi. Ko‘p
qaldirg‘ochlar qaytib kelganda eski uyasi butun turgan bo‘lsada uni
egallamaydi, aksincha yangisini quradi. Uyasining yuqori qismi ochiq
bo‘ladi. 3-7 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumni ikkala jins navbatlashib
bosadi. Qaldirg‘ochlar yoz bo‘yi hasharotlar, ya’ni har xil kasallik
tarqatuvchi chivinlar, qo‘ng‘izlar va kapalaklarni yo‘q qilib foyda
keltiradi.
Qarg‘alar (Corvidae) oilasiga katta va o‘rtacha hajmdagi
chumchuqsimonlar kiradi. Daraxt va yerlarda, tog‘larda yashaydi.
Qarg‘alar hammaxo‘r. Qarg‘alarning tana uzunligi 18-70 sm,
tumshug‘i va oyoqlari baquvvat. Burun teshiklari keng va qillar bilan
to‘silgan. 104 ta turi bor. Yer yuzida keng tarqalgan. MDHda 16 ta turi
va O‘zbekistonda 11 ta turi uchraydi. Ko‘pchiligi gala bo‘lib uya
quradi. Uyalarini daraxtlar shoxi, kovagi, qoya toshlar, binolarga yoki
qamishlar orasiga quradi. Urg‘ochisi 3-10 ta tuxum qo‘yib, uni bosib
yotadi. Vakillariga qora qarg‘a (Corvus corone), quzg‘un (C. corax),
go‘ng qarg‘a (C. frugilagus), zag‘cha (C. monedula), ola qarg‘a (C.
cornix) va zag‘izg‘on (Pica pica), kiradi.
8
Chittaklar (Paridae) oilasiga daraxtda yashaydigan o‘troq
qushlar kiradi. Chittaklar oilasiga 65 ta tur kiradi. MDHda 14 ta turi va
O‘zbekisontda 5 ta turi uchraydi. Tanasining uzunligi 10-20 sm,
og‘irligi 7-25 g keladi. Konussimon tumshug‘i qisqa, burun teshiklari
atrofi qilsimon parlar bilan o‘ralgan. Oyoqlari baquvvat, tirnoqlari
ichiga qayrilgan. Tomog‘i va boshi qora, ko‘krak qismi qora yo‘lli
sariq, tanasining orqasi, qorni va yon tomonlari sarg‘ish-ko‘kimtir.
Chittaklar daraxt kovaklari va shox-shabbalariga uya quradi. Yilda bir
yoki ikki marta 3-16 ta tuxum qo‘yadi. Inkubatsiya davri 12-13 kun.
Jo‘jalarini ikkala jins birgalikda boqadi. O‘zbekistonda uchraydigan
tipik vakillariga inuya (Remiz pendulinus), sariq tomoq chittak (Parus
rufonuchalis), Buxoro chittagi (P. bocharensis) va boshqa turlari
kiradi. Chittaklar hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo‘jaligiga katta
foyda keltiradi.
9
To‘rg‘aylar (Alaudidae) oilasiga kiruvchi qushlar kichik hajmda
bo‘lib, cho‘l va sahrolarda yashaydi. Tana uzunligi 12-23 sm, qanoti
uzun, rangi chumchuqqa o‘xshash xira bo‘lib, orqa barmog‘ida uzun
va to‘g‘ri tirnog‘i bo‘ladi. Havoda ovoz chiqarib uchadi. Keng
tarqalgan, 75 tadan 87 tagacha turi bor. O‘zbekistonda 14 ta turi
uchraydi. Don va hasharotlar bilan oziqlanadi. Foydali qush.
O‘zbekistonda sufito‘rg‘ay, cho‘l to‘rg‘ayi, dala to‘rg‘ayi, kichik
to‘rg‘ay, ingichka tumshuqli to‘rg‘ay, kulrang to‘rg‘ay, qora to‘rg‘ay,
oqqanotli to‘rg‘ay, dasht to‘rg‘ayi, shoxli to‘rag‘ay, kalta barmoqli
to‘rg‘ay, qo‘shxolli to‘rg‘ay kabi turlari keng tarqalgan
Jiblajibonlar (Matacillidae) oilasi vakillari cho‘l va tog‘larda
tarqalgan kichik hajmdagi qushlar bo‘lib, dumi uzun. Bu oila
vakillarining tana uzunligi 12-22 sm. Oyoqlari ingichka va uzun, yerda
yaxshi harakatlanadi. 57 ta turi bor. Yer yuzida keng tarqalgan.
MDHda 16 ta va shu jumladan O‘zbekistonda 15 ta turi uchraydi. Bu
oilaning vakillariga oq jiblajibon, tog‘ jiblajiboni, sariqboshli jiblajibon,
sariq peshanali jiblajibon va sariq jiblajibonlar kiradi.
10
Oq jiblajibon haydalgan yerlarda, daryo qirg‘oqlarida va
ko‘llarning atrofida uchraydi. Jiblajibonlar O‘zbekistonga mart oyida
uchib keladi. Ba’zan oq jiblajibonlar O‘rta Osiyoda qishlab qoladi.
Jiblajibonlar vataniga uchib borgandan so‘ng juft-juft bo‘lib yashaydi,
ammo uya qurishga shoshilmaydi. 20-40 kundan so‘ng toshlar
orasiga, ariq qirg‘oqlariga, bino va daraxtlarning yerdan baland
bo‘lmagan qismiga uya qurishga kirishadi.
Apreldan boshlab 2-7 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumini asosan
urg‘ochisi bosadi. Jiblajibonlar zararkunanda hasharotlarni yo‘q qilib,
qishloq xo‘jaligiga foyda keltiradi. Pashshaxo‘ralar (Muscicapidae)
oilasiga kiruvchi qushlar juda mayda bo‘lib, daraxtlarda yashaydi va
ko‘pincha uchib yurgan hasharotlarni tutib yeydi. Daraxt yoriqlariga
uya quradi. Tana uzunlig 9-23 sm, tumshug‘i keng, yassi, tumshug‘i
asosida qilchalari bor. Oyoqlari kalta, yerda yaxshi yurolmaydi. 330 ta
turi bor. MDHda 15 ta turi, shu jumladan O‘zbekistonda 6 ta turi
uchraydi. Asosiy vakili ola-bula pashshaxo‘r (Ficedula hypoleuca, 2-6
ta tuxum qo‘yadi.
Qarqunoqlar (Laniidae) oilasi vakillari o‘rtacha va mayda
qushlar bo‘lib, o‘rmonlarda, butazorlarda yashaydi. Bu qushlarning
xarakterli belgisi tumshug‘i biroz ilgaksimon, ustki qismida kesigi bor.
Tana uzunligi 16-36 sm, dumi uzun, ingichka. 72 ta turi bor. Shimoliy
Amerika, Afrika va Osiyoda tarqalgn. MDHda 11 ta turi, шу
11
жумладан O‘zbekistonda 5 ta turi uchraydi. Bu qushlar sichqon va
boshqa mayda kemiruvchilar, mayda qushlar va hasharotlarni tutib
yeydi. Qarqunoqlarning qiziq bir xususiyati bor. Ular kaltakesak,
sichqon kabi og‘izlariga sig‘maydigan katta o‘ljalarini uyasining
atrofidagi daraxtlarning quruq shoxlari uchiga ilib qo‘yadi. Kerak
bo‘lganda shu qurub qolgan hayvonlar bilan oziqlanadi. Tipik
vakillariga qorapeshonali qarqunoq (Lanius minor), uzun dumli
qarqunoq (L. schach), olato‘g‘onoq (L. collurio), kulrang qarqunoq (L.
exubitor) kiradi.
Chug‘urchuqlar (Sturnidae) oilasi vakillari siyrak daraxtli
o‘rmonlarda, cho‘llarda, tog‘ etaklarida, bog‘ va dalalarda uchraydi.
Ular o‘z ozig‘ini yerdan topadi. Tosh ustiga, daraxt yoriqlariga uya
quradi. Tana uzunligi 17-45 sm, vazni 50-100 g. Oyoqlari baquvvat.
Yerda va daraxtda harakatlanishga yaxshi moslashgan. Yevropa,
Osiyo, Afrika va Avstraliyada tarqalgan. 110 ta turi bor. MDHda 6 ta
turi va O‘zbekistonda 3 ta turi uchraydi. O‘zbekistonda chug‘urchuq
(Sturnus vulgaris), soch (S. roseus) va mayna (Acridotheres tristis)
uchraydi. Bu qushlar foydali, ular zararkunanda hasharotlar bilan
oziqlanadi. 4-6 ta tuxum qo‘yadi, inkubatsiya davri 15-18 kun.
12
Vyuroklar (Fringillidae) oilasi turlari asosan donxo‘r qushlar,
ba’zan hasharotlar bilan ham oziqlanadi. Vyuroklar oilasi vakillari
tanasining uzunligi 10-22 sm keladi. 133 ta turi ma’lum, MDHda 35 ta
turi, shu jumladan O‘zbekistonda 27 ta turi uchraydi. Yer yuzida keng
tarqalgan. 2-6 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumini ko‘proq urg‘ochisi bosadi.
Vyuroklar oilasining O‘zbekistonda uchraydigan tipik vakillariga
boltatumshuq (Coccothraustes coccothraustes), cho‘l vyurogi
(Rhodospiza obsoleta), qizilbosh vyurok (Serinus pusillus), qizilqanot
chumchuq (Rhodopechys sanguinea) va boshqalar kiradi.
Zarg‘aldoqlar (Oriolidae) oilasiga 28 ta tur kiradi. MDHda 2 ta
turi va O‘zbekistonda oddiy zarg‘aldoq (Oriolus oriolus) uchraydi.
Asosan Afrika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Zarg‘aldoq
O‘zbekistonning to‘qaylarida va vohalarida kam uchrab, tog‘
etaklarida, bog‘larda va balandligi 2000 m keladigan bargli
o‘rmonlarda ko‘p uchraydi. Ular o‘ziga xos «fiu-fiu»lab ovoz chiqarib
sayraydi. Zarg‘aldoq ehtiyotkor qush, faqat daraxt shoxlari orasiga
yashirinadi. Zarg‘aldoqlar chug‘urchuqdan biroz katta. Erkagi tillarang
sariq qanotli, dumlari esa qora rangda. Urg‘ochisi yashil kulrang tusda
bo‘ladi. Zarg‘aldoqlar daraxtning ingichka shoxlariga uya quradi.
13
Uyasini qurishda ikkala jins ham qatnashadi. 2-5 ta tuxum qo‘yadi.
Tuxumini ko‘pincha urg‘ochisi bosadi. Tuxumdan jish bola chiqadi.
Shaqshaqlar (Turdidae) oilasiga o‘rtacha va mayda qushlar
kiradi. 300 taga yaqin turi ma’lum. MDHda 53 ta turi va
O‘zbekistonda 37 ta turi uchraydi. Tana uzunligi 10-40 sm, vazni esa
10-200 g keladi. Antarktidadan tashqari hamma qit’alarda tarqalgan.
1-6 ta tuxum qo‘yadi, inkubatsiya davri 12-15 kun. Ularning eng
muhim vakillariga olashaqshaqlar (Zoothera dauma), qizilquyrug’i
(Chaimarrornis leucocephala), qora sirchumchuq (Saxicola caprata)
va oddiy bulbul (Luscinia pectoralis) kiradi. Ko‘proq erkaklari yaxshi
sayraydi. Daraxtlarga, yerga va g‘orlarga uya quradi.
14
To‘qimachilar (Passeridae) oilasining vakillari tropik va
subtropiklarda yashaydigan mayda qushlardir. Bu oilaga Afrikadagi
ko‘pgina to‘qimachilar kiradi, yaxshi ucha olmaydi. To‘qimachilar
oilasi vakillarining tanasi uzunligi 7-19 sm va vazni 15-100 g atrofida.
200 ga yaqin turi ma’lum. O‘zbekistonda 8 ta turi uchraydi. Ular
Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyada tarqalgan. Ko‘pchilik turlari
Sharqiy yarimsharning tropik va subtropik hududlarida, draxt kam
bo‘lgan ochiq maydonlarda yashaydi. Yerda sakrab harakat qiladi.
Juft-juft yoki koloniya bo‘lib, daraxt va butalarga chiroyli uya quradi.
Uyasi turli shaklda bo‘lib, o‘simlik tolalari va barglaridan to‘qiydi.
Yilda 1-2 marta 3-6 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumini 11-12 kun bosadi,
tuxumdan chiqqan bolalarini esa 12-20 kun boqadi. To‘qimachilar
asosan o‘simlik urug‘lari, mevalar va hasharotlar bilan oziqlanadi.
O‘zbekistonda uchraydigan tipik turlariga uy chumchug‘i (Passer
domesticus), Hind chumchug‘i (P. indicus), dala chumchug‘i (P.
montanus), cho‘l chumchug‘i (P. simplex) va boshqalar kiradi.
15
Jannatqushlar (Paradisaeidae) oilasining vakillari Avstraliya va
uning atrofidagi orollarda ayniqsa, Yangi Gvineya o‘rmonlarida ko‘p
tarqalgan. Jannat qushlarning pati juda chiroyli va yaltiroq bo‘lganligi
uchun ularni jannatqushi deyiladi. Jannatqushlarning hajmi
qorayaloqdan quzg‘ungacha kattalikda bo‘ladi. Uzunligi 14 sm dan
100 sm gacha boradi. Ayrim turlarining dum patlari juda uzun bo‘ladi.
Urchish davrida erkak jannatqush daraxt shoxiga qo‘nib, boshini
pastga egib, baland tovush chiqarib sayraydi va tebrana boshlaydi.
Tebranishini tobora tezlashtirib, qanot va qoplag‘ich patlarini keng
yoyadi va keyin asta-sekin tushiradi. Bunday harakat bir necha marta
takrorlanadi. Erkak jannatqushlar urg‘ochisini shunday harakatlar
bilan o‘ziga jalb qiladi. Ular uyasini daraxtning baland shoxlariga
kosasimon qilib quradi va uyasiga 1-2 ta tuxum qo‘yadi. Bu oilaning
43 ta turi bor. Ko‘pchiligi poligam. Asosiy vakillariga qirol jannatqushi
(Cicinnurus regius), kichik jannatqush (Paradisaea minor), papuas
jannatqushi, oltin patli jannatqush, yoqali jannatqush va oddiy
jannatqush, pashshatutar jannatqush, bokira jannatqush va
boshqalar kiradi. Jannat qushlar hammaxo‘r. Ularning patlari bosh
16
kiyim va kiyim-kechaklarni bezashda ishlatiladi. 9 ta turi Halqaro Qizil
kitobga kiritilgan.
17
Dehqonchumchuqlar (Emberizidae) oilasi vakillarining tanasi
uzunligi 12,5-20 sm, tumshug‘i konussimon o‘tkir, ba’zan
yo‘g‘onlashgan ustki va ostki kesuvchi qirralari ichiga bukilgan. 317 ta
turi bor. Amerikada ko‘p uchraydi. Ochiq joylarda yashaydi. MDHda
27 ta turi va O‘zbekistonda 16 ta turi uchraydi. Dehqonchumchuqlar
juda yoqimli sayraydi. Yerda uya quradi. 2-6 ta tuxum qo‘yadi.
O‘simliklar urug‘i va hasharotlar bilan oziqlanadi.
18
Ko‘pchilik turlari asosan qushlar uchib o‘tadigan erta bahor va
kuz faslida uchrashi sababli dehqonchumchuqlar deyiladi. Tipik
vakillariga tariqxo‘r dehqonchumchuq (Emberiza calandra), oddiy
dehqon-chumchuq (E. cinirella), tog‘ dehqonchumchug‘i (E. cia),
to‘qay dehqonchumchug‘i (E. schoeniclus), vahimaqush (E. rustica),
bog‘ dehqonchumchug‘i (E. hortulana) va boshqalar kiradi.
Moyqutlar (Sylviidae) oilasi vakillarining tana uzunligi 10-12 sm
atrofida. Patlari xira kulrang, qo‘ng‘ir yoki yashil tusda bo‘ladi. 240 ga
yaqin turi ma’lum. MDHda 54 ta turi va O‘zbekistonda 36 ta turi
uchraydi. Yevropa, Osiyo, Afrika, ayrim turlari Avstraliyada tarqalgan.
O‘rmon, butazor, bog‘lar, qamishzor va dashtlarda yashaydi.
Hasharotlar va mevalar bilan oziqlanadi. 3-12 ta tuxum qo‘yadi. Tipik
vakillariga to‘qay chumchug‘i (Cettia cetti), Hind to‘qay chumchug‘i
(Acrocephalus agricola), bog‘ to‘qay chumchug‘i (A. dumetorum),
sayroqi moyqut (Sylvia hortensis), kulrang moyqut (S. communis),
cho‘l moyquti (S. nana), jiq-jiq (Scotocercia inguieta) va boshqalar
kiradi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
S. Dadayev, K. Saparov “Umurtqalilar zoologoyasi” Oliy o’quv
yurtlari uchun darslik, “Turon-Iqbol” 2019.
2.
J. L. Laxanov “Umurtqalilar zoologiyasi”. Oliy o’quv yurtlari
uchun darslik, 2005-yil
19
3.
S. Dadayev, O. Movlonov “Zoologiya”. Pedagogika Oliy o’quv
yurtlari “Agronomiya”, “kimyo va Ekologiya” ta’lim yo’nalishlari
talabalari uchun darslik. 2008.
4.
S.Dadayev, G.Abduraxmanova “Umumiy parazitologiya” Oliy
o’quv yurtlari uchun darslik, “Fan va texnologiya”-2013
5.
Zohidov Umurtqalilar Ensiklopediya
Internert ma’lumotlari
1.
Ziyonet.uz
2.
Ziyo.com
3.
Vikipediya.uz
4.
Arxiv.uz
5.
You Tube
20
Download