Загрузил Bahodir Ochilov

Kurs loyiha ishi na'muna

реклама
KIRISH
Bundan bir necha yuz yillar avval xalqlarni bir - biri bilan bog’lagan karvon
yo’llari bugungi kunda magistral yo’llarga aylandi. Bu yo’nalish Yevropa qit’asini
Osiyo davlatlari bilan bog’laydigan xalqaro miqyosda oltin kamar vazifasini
bajaruvchi muhim arteriya hisoblanadi. 1993-yilda Yevropa, Kavkaz, Osiyo
transport yo’lagi “TRASSEKA” ya’ni ta’sis dasturi asosida ishlab chiqildi. Bu
dasturga a’zo bo’lishdan maqsad portlarga, dengizlarga, jahon bozoriga chiqish va
O’zbekistonni rivojiga hissa qo’shishdir.
Markaziy Osiyo mintaqalari azaldan SHarq va G’arb o’rtasidagi savdo – sotiq
munosabatlarida muhim o’rin tutib kelgan . Xitoydan boshlanib Yevropaga qadar
davom etgan “ Buyuk ipak yo’li “ Osiyo va Yevropa qit’alarini bog’lovchi asosiy
yo’l hisoblangan . Hozirda bu yo’l yanada kengayib , xalqaro buhim axamiyatga ega
tranzit holatiga kelgan , hamda xali ham davlatlarni iqtisodiy va boshqa ko’plab
jixatlardan bog’lashga xizmat qilib kelmoqda . Bu yo’l orqali ko’plab davlatlarning
do’stligi , xalqaro aloqalari , turistik munosabatlari kabi muhim hususiy – siyosiy
bog’liqliklari rivojlanib , o’z natija va samaralarini ko’rsatib kelmoqda .
Hususan , bu yo’l Olloh nazari tushgan bizning mamlakatimiz hududidagi bir
nechta viloyatlardan ham kelib o’tgan.SHu jumladan Respublikamizning barcha
soxa – tarmoqlardagi rivojlanishi yuksalib borayotganligi bilan bir davrda
mamlakatimizda avtomobil yo’llar soxasining ham rivojlanishi kundan – kunga
taraqqiyot topib bormoqda . Bu borada Respublikamizda maqtagulik ma’lumotlar
juda ko’p.
Avtomobil yo’llari mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim o’rin tutadi.
Bugungi kunda aynan Respublika bo’yicha avtomobil yo’llari orqali tashilayotgan
yuklarning 85% i , yo’lovchilarning 96% i, tashkil etadi. Bugungi kunda
Respublikamizning avtomobil yo’l tarmog’ining umumiy uzunligi 184000 km ga
yaqin. Shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari 42654 km ni , ichki
xo’jalik yo’llari 71424 km ni , shaharlar, tuman markazlari va aholi yashash joylari
yo’llari va ko’chalari 69919 km ni tashkil etadi .
51%
42%
1% 2%
4%
Цементобетонные покрытия
- 350 км
Асфальтобетонные покрытия - 21761 км
Черные покрытия
- 18008 км
Грунтовые покрытия
- 928 км
Гравийные покрытия
- 1510 км
Umumiy: 42 654км
Mustaqillik yillarida avtomobil yo’llarini holatini yaxshilash bo’yicha bir necha
qarorlar qabul qilindi.
- P.Q. 299-sonli qaror 2006-yil 3-mart “ Yo’l qurilishi hajmi va sifati ustidan nazoratni
kuchaytirish chora – tadbirlari “ to’g’risida.
- P.Q.
499-sonli
qaror
“Umumiy
foydalaniladigan
avtomobil
yo’llarini
loyihalashtirish , qurish va rekonsyruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora –
tadbirlari to’g’risida “ 2006-yil 25-oktyabr.
- P.Q. 511-sonli qaror “ O’ZAVTOYO’L davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy
tuzilmasini takomillashtirish chora tadbirlari “2006-yil 14-noyabr.
- P.Q. 14.46-sonli qaror “2011-2015-yillarda infra tuzilmani transport va
komunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to’g’risida”. 2010-yil.
- P.Q. 23.13-sonli qaror “2015-2019-yillarda muhandis komunikatsiya va yo’l
transport infra tuzilmasini rivojlantirish va moderinizatsiya qilish dasturi
to’g’risida”. 2015-yil 6-mart.
- P.F. 49.54-sonli farmon “Yo’l ho’jaligini boshqarish , tizimni yanada
takomillashtirish to’g’risida”. 2017-yil 15-fevral.
- P.F. 32.62-qaror “Avtomobil yo’llarini ko’kalamzorlashtirish va arxitektura lonshaft
konstruksiyalash bo’yicha”. 2017-yil 17-sentyabr.
Respublikamizda avtomobil yo’llarining tarmog’i rivojlanishiga juda kata e’tibor
berilmoqda. Jumladan , Vazirlar mahkamasining va Prezident qarorlari bularga
misol bo’la oladi . Avtomobil yo’llarini rivojlantirish haqidagi qonun 2007-yil 29iyunda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 2007-yil 24-avgustda
Senat tomonidan maqullandi va MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib O’zbekiston
Respublikasida “Avtomobil yo’llari” to’g’risidagi qonun ishlab chiqildi. Bu qonun
6 bob , 30 banddan iborat . Ushbu qonunning asosiy mohiyati avtomobil yo’llarini
loyihalash , qurish va qayta qurish va ekspluatatsiya qilishni tartibga solishdan
iborat . Ushbu qonunning asosiy maqsadi “Avtomobil yo’llarini qurish ,
rekonstruksiya qilish
, tamirlash , saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat .
Ushbu qonun bo’yicha Respublikamizdagi 184000km uzunlikdagi avtomobil
yo’llari quyidagicha tasniflanadi.
1. Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo’llari.
2. Shaharlar va boshqa aholi punktlari.
3. Xo’jalik avtomobil yo’llari.
Ushbu foydalanuvdagi avtomobil yo’llari toifasi ularning belgilangan vazifasi
va istiqboldagi harakat jadalligiga qarab ShNQ 2.05.02-07, 2-jadvalga asosan
qabul qilinadi.
Yo’lning iqtisodiy
ahamiyati
Xalqaro ahamiyatga
molik yo’llar
Davlat ahamiyatiga
molik yo’llar
Yo’l toifasi
Ia
(avtomagistral)
Ib
(Tezkor yo’l)
II
III
Hisobiy harakat jadalligi,
keltirilgan dona/sut
14000 dan ortiq
14000 dan ortiq
6000-14000
2000-6000
Mahalliy ahamiyatga
molik yo’llar
IV
V
200-2000
200gacha
1. Xalqaro ahamiyatdagi yo’llar – 3626km;
2. Davlat ahamiyatidagi yo’llar – 17033km;
3. Mahalliy ahamiyatdagi yo’llar – 21995km,
ni tashkil etmoqda.
1. I - toifa - 2370km.
2. II - toifa - 5363km.
3. III - toifa – 7800km.
4. IV – toifa – 19333km.
5. V – toifa – 7788,
ni tashkil qilmoqda.
Oxirgi yillarga O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi P.F 4954-sonli
“Yo’l xo’jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi farmonini hamda O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil
2776-sonli “O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l
jamg’armasi to’g’risida”gi qaroriga asosan tashkil topdi.
YO’L LOYIHALANIYOTGAN VILOYAT IQLIMI
Surxondaryo viloyati
O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat . 1941 – yil 6 – martda tashkil
etilgan ( 1925 – yil 29 – iyundan Surxondaryo okrugi bo’lgan ). 1960 –yil 25 –
yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan Qo’shilgan . 1964 – yil fevral oyida qaytadan
tashkil qilindi . Respublikaning janubi – sharqida , Surxon Sherobod vodiysida
joylashgan .. Janubdan Amudaryo bo’ylab Afg’oniston , shimol . Shimoli – sharq va
shaqrqdan Tojikiston , janubiy – g’arbdan Turkmaniston , shimoli – g’arbdan
Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh . Maydoni 20.1 mimg km² . Aholisi 1874.7
ming kishi . Tarkibida 14 qishloq tumani ( Angor , Bandixon , Boysun , Denov ,
Janqorg’on , Muzrabot , Oltinsoy , Sariosiyo , Termiz , Uzun , Sherobod , Sho’rchi ,
Qiziriq , Qumqorg’on ) , 8 shahar ( Boysun , Denov , Jarqorg’on , Termiz , Sharg’un ,
Sherobod , Sho’rchi , Qumqo’rg’on ) , 7 shaharcha ( Angor , Do’stlik , Kaaydi ,
Sariosiyo , Sariq , Elbayon bekati , Hurriyat ) , 114 qishloq fuqarolar yig’ini bor .
Markazi Termiz shahri .
Surxondaryo viloyatidagi daryo, Amudaryoning oxirgi o’ng irmog’i. Qorovul
tepa qishlog’idan biro z yuqoriroqda To’polondaryo bilan Qoratog’daryoning
qo’shilishidan payda bo’ladi. Boysun va Bobotog’ tizmalari oralig’idan janubiy –
g’arb tomon oqib borib, Termiz shahri yonida Amudaryoga quyiladi. Uzunligi 175
km ( To’polon tepaning boshlanish joyi esa 297 km ), havzasining maydoni 13500
km², tog’ni qismi 8230 km². Suv havzasi shimolda Hisor tog’ tizmasi, g’arb va
janubiy – g’arbda Boysun tog’lari va sharqda Bobotog’ bilan chegaralangan,
janubda esaa Amudaryo vodiysi bilan quyilib ketgan. Eng yirik va sersuv irmoqlari
Hisor tog’ tizmasidan boshlanadi. Suv sarfi o’rtacha 120 m³ / sekund, yillik suv
hajmi 3.8 mlrd. M³, shuning 2.7 mlrd. M³ (yoki 70%) Hisor tizmasi yon bag’irlarida
hosil bo’ladi. Suvning yirik irmoqlari – To’polondaryo bilan Qoratog’daryo ham
Hisor tizmasidan oqib tushadi. Suvga yirik irmoqlardan yana Sangardakdaryo bilan
Xo’jaipok daryolari qo’shiladi. Bir qancha mayda irmoqlaridan tashqari yozda
deyarli qurib qoladigan soy va jilg’alar ham bor. Ulardan eng yiriklari
Baxshivordaryo ( 24 km ), Konikon ( 32 km ), Oqqopchig’ay ( 61 km ), Oqjarsoy
( 51 km ) va Boysun ( 82 km ) soylaridir.
Boysun tog’lari bilan Bobotog’ oralig’ida eni 30 km keladigan keng Surxon –
Sherobod vodiysi bo’ylab oqadi. Suv o’zani hamma qismida tez yemiriluvchan
yumshoq jinslardan tuzilgan. Shu sababdan suvning o’zani tez –tez o’zgarib turadi.
Quyi qismida daryo keng qayir bo’ylab <daydib> oqadi, natijada eski o’zan va ular
orasidagi orollar yoqolib, yangilari paydo bo’ladi. Qirg’oqlari yemirilishi va
o’pirilip tushushi sababli ko’p joylarda tik jarlik shaklini olgan.
Surxondaryo qor – muzlik suvlaridan to’yinadi. May – iyunda sersuv, sentabr –
oktabr oylarida eng kam suv bo’ladi, Surxondaryoning etak qismida ( Manguzar
qishlog’i yonida ) yillik suv oqimining 69% mart – iyu, 20% iyul – sentabr va 11%
oktabr – fevral oylarida oqib o’tadi.
Surxondaryoning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi uning boshlanish qismida
( Qorovultepa qishlog’i yonida ) 76.7 m³ / sekunt , 2.42mlrd.m³, quyi oqimida
( Manguzal qishlog’ida ) sizot suvlari ( taxminan 20 – 25 m³ / sekunt ) va partov
suvlar kelib qo’shiladi.
Surxondaryoning eng ko’p suv sarfi Qorovultepa yonida ko’pincha 250 – 350 m³
/ sekunt, Manguzar qishlog’i yonida esa 350 – 450 m³ / sekunt o’rtasida bo’ladi.
Lekin, ayrim yillarda eng ko’p suv sarfi juda 6ata bo’lishi mumkin. Mas., 1931 – yil
29 –aprelda Qorovultepa qishlog’i yonida 600 m³ / sekunt , Manguzar qishlog’I
yonida esa 700 m³ / sekundga yetgan . Eng kam o’rtacha oylik suv sarfi daryoning
yuqori qismida 12 -13 m³ / sekund , quyi qismida esa 0.1 m³ / sekundga tushib qoladi .
yoz oylarida suv ba’zan etak qismida qurib qoladi .
Suv juda loyqa daryolardan boshlanish qismida uning har 1 m³ suvida o’rtacha
hisobda 0.9 kg loyqa oqiziq bo’ladi . Daryo o’zani tez yemirilganidan suvning
loyqaligi daryoning etagi tomon keskin oqa boradi va Manguzar qishlog’i yonida 1
m³ suvidagi loyqa oqiziq 2.9 kg ga yetadi . Loyqa oqiziqlarning o’rtacha yillik
miqdori Qorovultepa qishlog’i yonida yiliga qariyb 1980 ming t, Manguzar qishlog’I
yiliga qariyb 1980 ming t, Manguzar qishlog’i yonida esa 6030 ming t ga teng .
Surxondaryo suvidan to’laroq foydalanish va yangi yerlarni o’zlashtirish
maqsadida Surxondaryo vodiysida suv omborlari va kanallar qurilgan . Surxondaryo
havzasida ishlab turgan irrigatsiya tarmoqlarining umumiy uzunligi 3164 km ,
kollektor – zovurlar esa 1360 km . Shulardan eng yiriklari : Zang , Hazarbog’ ,
Qumqo’rg’on , Kakaydi kanallari va boshqalar : Uchqizil , Degrez va Janubiy
Surxon suv omborlari qurilgan . Surxondaryo vodiysi yondosh Sherobod vodiysi
bilan qo’shilib ketgan . Surxondaryoning suvi Surxon – Sherobod kanali va Janubiy
Surxon suv ombori orqali sug’orishga sarflanmoqda .
Iqlimi
Surxondaryo viloyati rel’yefi tog’ va tekisliklardan iborat , shimoldan janubga
qiyalanib va kengayib boradi . Tog’lardan oqib tushadigan ko’pdan ko’p daryo va
soylar dara hosil qilgan . Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib o’tadigan tekislik
shimol , g’arb va sharqdan baland Hisor tizmasi ( eng baland joyi 4643 m ) va uning
tarmoqlari ( Boysuntog’ , Ko’hitanftog’ , Bobotog’ ) bilan o’ralgan . Tog’lar asosan
yuqori palezoy va mezozoy davrlari jinslaridan , tekislik qismi esa to’rtlamchi davr
yotqiziqlaridan tashkil topgan . Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda :
tevarak atrofdagi tog’lar ko’tarilib botiq cho’kib bormoqda . Tog’lar bilan tekislik
orasida adir va tog’ oldi zonasi joylashgan . Tog’lar shimolda sovuq havo oqimlarini
to’sib turishi natijasida subtropik o’simliklar o’stirish uchun qulay iqlim sharoiti
vujudga kelgan . Tog’ zonasi va adirlarda , asosan , g’alla yetishtiriladi , chorva
uchun yozgi yaylov . Mutloq balandligi 300 – 500 m bo’lgan Surxon – Sherobod
tekisligida paxta ekiladi , bog’ – tokzorlar barpo qilingan . Janubiy qismi keng
qimliklar bilan qoplangan . Foydali qazilmalardan neft va gaz ( Xovdog’ , Kakaydi ,
Lalmikor , Amudaryo bo’yi tekisliklari ) , toshko’mir ( Sharg’un , Hisor , Boysun ,
Ko’xitang tog’larining etaklari ), polimetall ( Sangardak ) , osh tuzi ( Xo’jaikon )
konlari bor . Gips , granit , Argillit kabi qurilish materiallari , mineral cuvli buloq
ko’p , bunga bir misol < Omonxona > suv manbai. Tekislik qismining iqlimi quruq
subtropik . Yozi jazirama issiq va uzoq , qishi iliq va qisqa . Yillik o’rtacha
temperatura 16° - 18° . Iyulning o’rtacha temperaturasi 28° - 32°, yanvar oyida esa
2.8°- 3.6° . O’zbekistonda eng issiq temperatura ham shu viloyat hududida
kuzatilgan ( 1914 – yil 21 – iyunda Termizda 49.5° issiq bo’lgan ) . Ba’zi yillari qish
ancha sovuq ( -20° va hatto undan ham past ) . Yil davomida bulutsiz kunlarning
ko’p bo’lishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv temperatura yig’indisi yuqori
bo’lishiga olib keladi . 10° dan yuqori temperaturalari kunlar tekislik qismida 290 –
320 kun davom etadi . Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar ( shakarqamish ,
ingichka tolali paxta ) va mevalar yetishtirishga imkon beradi . Viloyat tog’lar
orasidagi berk botiqda joylashganidan bu yerda yeg’in kam . Viloyatning janubiy
tekisliklarida yiliga 130 – 140 mm, Hisor tog’larivyon bag’rlarida 445 – 625 mm
yog’in yog’adi . Yog’inning asosiy qismi qish va bahor fasliga to’g’ri keladi .
G’arbiy , janubi – g’arbiy va shimoli – sharqiy shamollar ko’p esadi . Viloyatning
janubi – sharqiy qismida esadigan Afg’on shamoli iqlimga asosiy suv arteriyalari –
Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratog’daryo , To’palondaryo ,
Sangardakdaryo , Xo’jaipok kabi irmoqlari . Tog’ qor va muzliklaridan , yog’indan
to’yinadigan bu daryolar vioyat hududini shimoliy – qismi , tog’ va tog’ oldi
zonalarini suv bilan ta’minlay oladi , janubdagi keng tekisliklarda doimiy suv
tanqisligi kuzatiladi . Yer osti ( artezian ) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda .
1957 – 58 yillarda Uchqizil , 1959 – 62 yillarda Janubiy Surxon va Degrez suv
omborlari , Hazorbog’ , Dayto’lak , Qumqo’rg’on , Zang kanallari , Sherobod , Amu
– Zang mashina sug’orish kanallari barpo etildi . Tuprog’I tekisliklarda taqirsimon
va sho’rxok och bo’z tuproqlar , tog’ yon bag’rida turli xil bo’z tuproqlar.
O’simliklar dunyosi ham tabiiy sharoiti bilan bog’liq . Janubdagi ekin ekilmaydigan
qumloq joylarda qandim , oq saksovul , cherkez , taroqbosh , yaltiroq , yantoq ,
butasimonlar ; adir va tog’larning pastki yon bag’irlarida bir yillik efemerlar
( lolaqizg’aldoq , no’xatak ) ; 1200 – 2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga
archa , pista , qayin , tol , yong’oq , olma ,zarang o’rmonlari uchraydi . Bobotog’
tizmasi yon bag’irlarida Respublikamizning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan .
Baland tog’ zonasi subal’p va al’p o’tloqlari bilan band . Hayvonot dunyosi ancha
boy : bo’ri , tulki , chiyabo’ri , ayiq , jayron , jayra , qobon , yovvoyi echki , arxar ,
to’qaylarda bug’u , to’qay mushugi , kalamush , qo’shoyoq , yumronqoziq ,
ko’rsichqon , gekkon kaltakesagi , ko’zoynakli ilon ( kobra ) , o’q ilon , guezi ilon ,
efa va ko’lvar ilonlar , qushlardan ular ( tog’ kurkasi ) , qirg’ovul , mayda ,
qaldirg’och , g’oz , o’rdak , so’fito’rg’ay , chil , kaklik bor . Daryo omborlarida har
xil baliqlar ko’p .
Transporti.
Viloyat temir yo’l transportining salmog’i katta . Surxondaryo dastlabki temir
yo’li 1915 – yilda ( Kogon – Termiz ) qurilgan . Bu viloyatni boshqa regionlar bilan
bog’laydigan dastlabki muhim yo’l bo’ladi . 1925 – yilda 248 km li Termiz –
Dushanba temir yo’lni qurishi Termizni O’rta Osiyoning yirik shaharlari – Toshkent
va Dushanba bilan bog’ladi . 1971 – yilga kelib Suvni Tojikistonning janubiy
tumanlari bilan bog’lovchi Termiz – Qo’rg’ontepa – Yavan temir yo’lini Qurishga
kirishildi . G’uzor – Boysun – Qumqo’rg’on tumanidagi yo’lning qurilish
yakunlandi .Amudaryo ustidan Hayroton temir yo’l ko’prigi qurildi . Viloyat
hududidan Moskva – Dushanba , Ashxobod – Dushanba temir yo’llari o’tgan .
Termiz – Toshkent , Termiz – Amu – zang , Termiz – Sariosiyo , Termiz – Boldir
yo’nalishlarida poyezdlar qatnovi qatnaydi . Shuningdek , Termiz orqali Dushanba
– Astraxon , Dushanba – Konibodom , Qo’rg’ontepa – Konibodom , Ko’lob –
Astraxon yo’nalishlarida poyezdlar qatnaydi . Viloyatdagi temir yo’llarining
uzunligi 300 km dan oshadi .
Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yo’llarining ahamiyati juda
muhim . Surxondaryo viloyatining qattiq qoplamali avtomobil yo’llarining uzunligi
2.7 ming km . Viloyatning asosiy avtomobil yo’li – Katta O’zbekiston trakti .
Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qo’shni
Afg’onistonga yetkazib bermoqda . Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari
( Termiz va Denov ) dan bir qancha horijiy mamlakatlar va O’zbekistonning ichki
tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi . Termiz – Qarshi , Termiz – Hayraton
( Afg’oniston ) , Termiz – Dushanba , Denov – Shahrisabz, Denov – G’uzor , Denov
– Urganch , Denov – Samarqand yo’nalishlari shular jumlasidandir .
BERILGAN YO’L TOIFASI UCHUN TEXNIK ME’YORLAR
Hisobiy tezlik deb ob-havo va avtomobil’ shinasining yo’l qatnov qismi yuzasi
bilan tishlashishning odatdagi sharoitlarida yo’l elementlarining ruxsat etilgan
chegaraviy
qiymatlari
mos
keladigan
eng
noqulay
bo’laklarida
yakka
avtomobillarning mumkin bo’lgan eng katta (xavfsiz va barqarorlik sharti bo’yicha)
harakat tezligiga aytiladi.
Izoh: Avtomobil shinasining qatnov qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish
sharti quruk yoki namlangan toza yuza uchun 60 km/soat tezlikdagi bo’ylama
tishlashish koeffitsiyenti quruq holat uchun 0,6, namlangan holat uchun kamida 0,45
- havo harorati 20 0S bo’lgan yilning yoz faslida, nisbiy namlik 50 %, metereologik
ko’rinish masofasi 500 m dan ortiq, atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng
bo’lgan shamolsiz sharoitda ta’minlanadi.
Reja va bo’ylama kesim elementlarini loyihalash uchun hisobiy harakat
tezliklarini yo’lning toifasiga ko’ra qabul qilish kerak.
Past-baland va tog’li joyning murakkab qismlari uchun belgilangan hisobiy
tezliklarni loyihalanayotgan yo’lning har bir aniq qismi uchun mahalliy sharoitni
hisobga olgan tegishli texnik-iqtisodiy asoslash natijasida qabul qilishga ruxsat
etiladi.
Hisobiy tezlik, km/soat
joyning murakkab qismlarida
Yo’lning toifaasi
Ia
Ib
II
III
IV
V
asosiylari
150
120
120
100
80
60
ruxsat etilganlari:
past-baland
tog’li
120
100
100
80
60
40
80
60
60
50
40
30
Izoh: 1. Past-baland joyning murakkab qismlariga yon bag’irlari mustahkam
bo’lmagan chuqur dara va jarliklari mavjud, 0,5 km dan uzun bo’lmagan masofadagi
balandlik belgisi farqi 50 m dan katta bo’lgan, tez-tez takrorlanib turadigan chuqur
vodiy va suv ayirgichlar bilan kesilgan rel’yef kiradi. Tog’li joyning murakkab
qismlariga tog’ cho’qqilaridan o’tgan dovon qismlar va murakkab, egri-bugri yoki
mustahkam bo’lmagan yon bag’irli tog’ daralari kiradi.
2. SHaharga kirish yo’llarini loyihalashda avtomobil’ yo’li trassasi bo’yida
qimmatli kapital inshootlar, o’rmon massivlari, shuningdek qimmatbaho qishlok
xo’jalik ekinlari va bog’lar mavjud bo’lgan hollarda, tegishli texnik-iqtisodiy
asoslarga muvofiq past-baland joylar uchun belgilangan hisobiy tezliklarni qabul
qilishga ruxsat etiladi.
Avtomobil’ yo’llarining yonma-yon qismlarida hisobiy tezliklar 20 % dan ko’pga
farq qilmasligi kerak.
Umumiy
foydalanishdagi
avtomobil’
yo’llari
yo’l
to’shamasining
mustahkamligini hisoblashda avtomobilning eng ko’p yuklangan yakka o’qidagi
og’irlik I-II toifa uchun 130 kN (13 ts), III-V toifa uchun 100 kN (10 ts) qabul
qilinadi.
Yo’l to’shamasi mustahkamligining ko’rsatilgan og’irliklarga hisoblash yo’l
to’shamasi tuzilmasini belgilash va hisoblash bo’yicha qo’llanmalarga binoan
amalga oshiriladi.
I toifali yo’llarda harakat tasmalari soni harakat jadalligi va yer yuzasi tuzilishiga
ko’ra belgilash lozim.
Qatnov qismi ko’p tasmali bo’lgan yo’llar qurilishi alohida yo’nalishlar bo’yicha
yo’l qurish variantlarini solishtirgan holda asoslanishi lozim.
Harakat jadalligi 4000 kelt. dona/sut dan (foydalanishning birinchi besh yilligida
erishiladigan) ortiq bo’lgan II toifali yo’llarda, uzunligi 1 km dan va bo’ylama
nishabligi 30 ‰ dan ortiq bo’lgan, shuningdek uzunligi 0,5 km dan va bo’ylama
nishabligi 40 ‰ dan ortiq bo’lgan III toifali yo’llarda yuqoriga ko’tarilayotgan
aralash tarkibli transport oqimlarida yuk avtomobillari harakati uchun qatnov
qismda qo’shimcha tasma ko’zda tutilishi kerak.
Qo’shimcha tasmaning kengligi butun uzunligi davomida 3,5 m bo’lishi kerak.
Er yuzasining tuzilishi
Tekis va past-baland
Harakat jadalligi,
Harakat tasmalari soni,
kelt.dona/sut
dona
14000 - 48000
4
40000 - 80000
6
80000 dan ortiq
Tog’lik
8
14000 - 34000
4
34000 - 70000
6
70000 dan ortiq
8
YUqoriga ko’tarilish tugagandan keyingi yo’l qismidagi qo’shimcha tasma
uzunligi qabul qilinishi lozim.
Ko’tarilishdagi harakat jadalligi,
kelt.dona/sut
Tasmaning ko’tarilish chegarasidan keyingi
umumiy uzunligi, m
Qatnov
qismi
kengligi
o’zgaradigan
8000 va
4000
5000
6500
50
100
150
200
uzunligini
(harakat
bo’lagining
ortiq
tasmalarining soni o’zgarganda) teskari radiusli ikkita egrilikni loyihalash orqali
qabul qilish lozim.
Yo’l kismidagi hisobiy
Teskari egrilik
O’tish bo’lagi uzunligi,
tezlik, km/soat
radiuslari, m
m
120
100
80
60
40
1400/1000
1000/700
650/450
350/250
160/100
250
210
170
130
80
Harakat tarkibi aralash avtomobil’-traktor oqimidan iborat II va III toifali
yo’llarda, harakat jadalligi 2500-7000 avt/sut va 150-200 traktor/sut bo’lganda, yo’l
poyini kengaytirish hisobiga ko’shimcha tasma qurilishi ko’zda tutish lozim.
Traktor
poyezdlari,
qishloq
xo’jalik
mashinalari
va
boshqa
sekin
harakatlanadigan transport vositalarining harakati uchun 3,5-3,75 m kenglikda
qo’shimcha tasma avtomobillar va traktorlarning harakat jadalligiga asosan quriladi.
Harakat mikdori, avt/soat
Harakat oqimida
g’ildirakli traktorlar
200
400
600
800
qo’shimcha tasma uzunligi, km
soni, %
3 gacha
-
-
-
1,0-2,0
3-5
-
-
1,0-2,0
1,5-2,5
5-10
-
1,2-2,0
1,5-2,5
2,0-3,0
10-15
1,0-2,0
1,5-2,5
2,0-3,0
2,0-3,0
Uzunligi 1,0-2,0 km bo’lgan qo’shimcha tasmlarni har 8-10 km da, 1,5-2,0 km
uzunlikdagisi har 6-8 km da va 2,0-3,0 km uzunlikdagisi har 4-6 km da yer yuzasi
tuzilishi va vaziyatga qarab tanlangan joylarga quriladi. Turli yo’nalishlardagi
qo’shimcha tasmalar shaxmat usulida joylashtirilib tegishli belgi chiziqli chiziladi.
Qo’shimcha tasmaning butun uzunligida yo’l yoqasining kengligi 1 m qilib
belgilanadi.
Qo’shimcha tasmaning ko’ndalang nishabliklar va yo’l to’shamasining tuzilmasi
asosiy yo’ldagidek belgilanishi lozim.
Berilgan variant ya’ni II yoifali yo’l uchun texnik me’yorlar ShNQ-2.05.02-07
hujjatlariga asosan tanlab olinadi.
Yo’l elementlari o’lchamlari
Harakat tasmasining umumiy
soni
Harakat tasmasining kengligi,
m
Yo’l yoqasi kenligi, m
Yo’l yoqasidagi chetki tasma
kengligi, m
Yo’l yoqasining
mustahkamlangan qismi
kengligi, m
Yo’l o’qi bo’ylab to’siqlar
o’rnatilmaganda markaziy
ajratuvchi tasmaning eng
kam kengligi, m
Yo’l o’qi bo’ylab to’siqlar
o’rnatilganda markaziy
ajratuvchi tasmaning eng
kam kengligi, m
Ajratuvchi tasma chetidagi
xavfsizlik tasmasining
kengligi, m
Yo’l poyining kengligi, m
Avtomagistr
al
Tezkor yo’l
Odatdagi yo’l turi
Toifasi
Ia
4 va undan
ortiq
Ib
4 va undan
ortiq
II
III
IV
V
2
2
2
1
3,75
3,75
3,75
3,5
3,0
4,5
3,75
3,75
3,75
2,5
2,0
1,75
0,75
0,75
0,75
0,5
0,5
-
2,5
2,5
2,0
1,5
1,0
-
6,0
5,0
-
-
-
-
2 m + to’siq kengligi
-
-
-
-
1,0
-
-
-
-
28,5 va
undan ortiq
27,5 va
undan ortiq
15,0 12,0 10,0
8,0
Yo’lning texnik ko’rsatkichlarini belgilash jadvali
№ t/r
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
Ko’rsatkichlar
Kelajakdagi harakat jadalligi, 20 yildan so’ng, dona/sut
Yo’lning toifasi
Hisobiy tezlik, km/s
Harakat tasmasining soni, ta
Harakat tasmasining kengligi, m
Qatnov qismining kengligi, m
Yo’l poyining kengligi, m
Yo’l yoqasining kengligi, m
Yo’l yoqasidagi chetki tasmaning kengligi, m
Yo’l yoqasining mustahkamlangan qismining eng kichik
kengligi, m
Ajratuvchi tasmaning kengligi, m
Ajratuvchi tasmaning mustahkamlangan qismining
kengligi, m
Tavsiya qilingan bo’ylama nishablik, ‰
Eng katta bo’ylama nishablik ‰
Eng kichik hisobiy ko’rish masofasi, m
a) to’xtash uchun to’siq oldida, m
b) qarama-qarshi avtomobiluchun, m
Vertikal egrilarning radiuslari:
a) qabariq egrida: tavsiya qilingan,m
eng kichigi,m
b) botiq egrida: tavsiya qilingan,m
eng kichigi,m
Rejadagi egrining radiuslari: m
tavsiya qilingan,m
eng kichigi,m
Ko’ndalang nishablik, ‰
Yo’l qoplamasining turi
Jadval ma’lumotlaridan foydalanib, ko’ndalang kesim chiziladi
Qiymati
12500
II
120
2
3.75
7.5
15
3.75
0.75
2
30 ‰
40 ‰
450
250
450
70000
15000
8000
5000
3000
800
15 ‰
Mukammal
XARITADA BERILGAN A va B PUNKTLAR ORALIG’IDA TRASSA
VARIANTLARINI O’TKAZIB, ULARNI TEXNIK – IQTISODIY TOMONDAN
SOLISHTIRISH
Yo`lni eng qisqa yo`nalish (berilgan nuqtalarni tutashtiruvchi to`g`ri chiziq)
bo`yicha qurishga yer sirti relefi (tog`lar, jarliklar), suvli thsilar (botqoqliklar, ko`l,
daryolar), qo`riqxonalar va boshqa to`siqlar to`sqinlik qiladi. Shuningdek, yo`llarni
qishloq xo`jaligi uchun qimmatli xisoblangan unumdor yerlardan o`tkazish ham
maqsadga muvofiq emas. Ayni bir vaqtda yo`llarni berilgan oraliq punktlar va
shaharlarga tutash, daryolarni, temir yo`llarni va avtomobil yo`llarini kesib o`tish
qulay bo`lgan joylar orqali o`tkazish zarurati tug`iladi. Burilish
burchaklari
hisobiga yo`lning uzayishi rivojlanish koeffitsiyenti yoki uzayish koeffitsiyenti bilan
tavsiflanadi, ular yo`l haqiqiy uzunligining yo`l boshlang`ich va oxirgi punktlarini
birlashtiruvchi, keyinchalik «havo yo`li» deb ataluvchi to`g`ri chiziqqa nisbatiga
teng.
Yo`lning joydagi geometrik chizig`ining xolati uning trassasi deb ataladi.
Trassa to`siqlarni aylanib o`tishda, tepaliklarga ko`tarilishlarda va pastlikliklarga
tushishida planda va bo`ylama profilda o`z yo`nalishini o`zgartirgani sababli u
fazoviy chiziq xisoblanadi .
Trassaning
gorizontal
tekislikka
proyeksiyasining
kichraytirilgan
masshtabdagi grafik tasviri trassa plani deb ataladi.
Yo`lning joydagi vaziyatini belgilaganda uning yo`nalishi dastavval siniq
chiziq tarzida o`tkaziladi. 1930 yillargacha trassaning birdan-bir shakli siniq chiziq
edi, uning kesishish burchaklarida harakat qulay va xavfsiz bo`lishligi uchun ichki
aylana yoylari chizilardi. Elementlari (aylanma egri va to`g`ri chiziqlar) keskin
o`zgaradigan va ancha uzun bo`lgan bunday trassa tepalik sharoitlarda ravon shaklli
bo`lmaydi, «notekis» tuyuladi, bu esa yo`l poyini ko`tarishda ish xajmlarining
ortishiga olib keladi. Shuning uchun zamonaviy avtomobil yo`llari, ayniqsa yuqori
toifali yo`llar
Berilgan xaritada A va B nuqtalarda o’q chizig’ini o’tkazishga quyidagicha etibor
beriladi :
Yo’lning toifasi, bunda men loyihalayotgan avtomobil yo’li II toifali yo’l bo’lganligi
sababli trassa variantlarini imkon qadar havo yo’liga yaqin olishga harakat qildim.
- Mavjud avtomobil, temir yo’l, suv oqimlarini iloji boricha perpendikulyar (90 ° dan
75 ° gacha) oraliqda kesib o’tishini taminladim. Bu holatda ikkala trassa
variantlarim ham bittadan temir yo’lini kesib o’tishga va o’rmon orasidan kesib
o’tishga to’g’ri keldi.
- Qo’riqxonalar, tarixiy yodgorliklar, qabristonlar yo’l toifasidan qat’iy nazar o’tish.
Men loyihalagan ikkala trassa variantlarida ham bunday etiborga molik yerlar
uchramadi.
Umumiy trassa variantlariga xos ma’lumotlarga etibor qaratganda, birinchi trassa
variantlarining umumiy uzunligi 6900 m bo’ldi. Bunda yo’l o’q chizig’ini singan
burilish uchlarida avtomobillarni xavfsiz harakatini taminlash maqsadida
goorizontal egrilarni loyihaladim. Buning uchun dastlab :
- Berilgan yo’l toifasi uchun texnik me’yorlarga tayangan holda xar ikkala variantlar
uchun to’g’rilar va egrilar jadvaini hisobladim va to’ldirip chiqdim.
Eng oddiy holda yo`lni to`g`ri chiziqlar va aylana yoylari bilan o`tkazishda trassa
yo`nalishining xar qaysi o`zgarishi burilish burchagi bilan belgilanadi, bu burchak
trassa yo`nalishining davomi bilan uning yangi yo`nalishi orasida o`lchanadi.
Burilish burchaklari yo`l bo`ylab - trassa yo`nalishi bo`ylab ketma-ket nomerlab
chiqiladi. Loyihalangan trassani joyda aniq belgilab chiqish mumkin bo`lsin uchun
trassani dunyo tomonlariga nisbatan mo`ljallanadi. Buning uchun trassa to`g`ri
chiziqli uchastkalarining rumblari xisoblab chiqiladi .
Egrilarning quyidagi geometrik elementlari bor :  - burchak, R - radius, K- egri
chiziq, T - tangens, B - bissektrisa. Egri chiziq elementlari o`zaro oddiy
trigonometrik munosabatlar bilan bog`langan bo`lib, ularni 2.3-rasmdan olish
mumkin:
T  Rtg
α
α
πR 


; Б  R  sec  1; K 
2
2
180


Egri chiziqlarning uzunligini aniqlash va ularni joylarda rejalash qulay bo`lishi
uchun maxsus jadvallardan foydalaniladi.
- Birinchi variant uchun hisob – kitob natijalariga ko’ra :
 R = 2m;
 T = 5m;
 E = 1m;
 B = 1m;
 D = 1m;
ga teng bo’ldi.
 EB = 37 + 80 km ga ;
 EO = 48 +08. km ga to’g’ri keldi.
Burchak uchlari orasidagi masofa:
 S1 = 4300m ga ;
 S2 = 2633.51m ga ;
 ∑ 6933.51m ga teng bo’ldi.
To’g’rining uzunligi :
 P1 = 3707.58m ga ;
 P2 = 2041.09m ga ;
 ∑ 5748.67m ga tengligini aniqlab , rubm yo’nalishi va azimut yo’nalishlarini aniqlab
topdim , Hisob – kitoblari tugatilgan trassa o’q chizig’iga oid belgi va ma’lumotlarni
xaritaga tushirdim.
Ikkinchi variant trassa o’q chizig’im uchun ham huddi yuqoridagidek ishlarni
amalga oshirdim :
Umumiy trassa variantlariga xos ma’lumotlarga etibor qaratganda, ikkinchi trassa
variantlarining umumiy uzunligi 7900 m bo’ldi. Bunda yo’l o’q chizig’ini singan
burilish uchlarida avtomobillarni xavfsiz harakatini taminlash maqsadida
goorizontal egrilarni loyihaladim. Buning uchun dastlab :
- Berilgan yo’l toifasi uchun texnik me’yorlarga tayangan holda ikkinchi variant
uchun ham to’g’rilar va egrilar jadvaini hisobladim va to’ldirip chiqdim.
- Ikkinchi variant uchun hisob – kitob natijalariga ko’ra :
 R = 20m;
 T = 49m;
 E = 1m;
 B = 8m;
 D = 3m;
ga teng bo’ldi.
 EB = 19 +00 km ga ;
 EO = 30 + 00 km ga to’g’ri keldi.
Burchak uchlari orasidagi masofa:
 S1 = 5m ga ;
 S2 = 4m ga ;
 ∑ 8.54m ga teng bo’ldi.
To’g’rining uzunligi :
 P1 = 126.51m ga ;
 P2 = 3857.05m ga ;
 ∑ 5783.56m ga tengligini aniqlab , rubm yo’nalishi va azimut yo’nalishlarini aniqlab
topdim , Hisob – kitoblari tugatilgan trassa o’q chizig’iga oid belgi va ma’lumotlarni
xaritaga tushirdim.
Birinchi va ikkinchi trassa variantlarimning o’zaro solishtirishim natijasida
birinchi varyantda 2 ta afzalroq qulayliklar bo’lgani sababli qolgan barcha trassani
o’tkazishdagi ishlarimni birinchi variant uchun olib borishga qaror qildim.
TEKSHIRISHLAR JADVALI
Aoxiri – Aboshi = ∑ do’ng - ∑ dchap
2∑ T - ∑ E = ∑ D
∑ P + ∑ E = Lmp
∑ S - ∑ D = Lmp
92°00́ - 59°00́ = 33°00́
1184.84 – 1151.33 = 33.51
5748.67 + 1151.33 =6900
6933.51 – 33.51 = 6900
TRASSA REJASINI LOYIHALASH
Yo’l rejasini trassa variantlarini solishtirish natijalarini qabul qilgan holda 1 –
variantni tanlab chizdim.Yo’l rejasi to’g’rilar va egrilar jadvali asosida o’lchamlari
uzunligi 841mm, balandligi 297 mm (yarim format) bo’lgan qog’ozda chizdim.
Yo’l rejasini shunday joylashtirdimki , qog’ozni yuqori qismi iloji boricha
shimolga qaratilgan holda bo’ldi. Yo’l rejasining shimol - janub yo’nalishini g’arbga
qaratishga imkon qadar harakat qildim.
Yo’l rejasining masshtabi - 1:5000 qa’bul qilingan.
Yo’l rejada asosiy chiziq ko’rinishida chizildi. To’g’ri uchastkadan egri
uchastkaga o’tish joylari aniq ko’rsatilib chiziq bilan ajratildi. Egridan tashqarida
to’g’ri chiziq, ya’ni, tangenslar uzuq - uzuq chiziq bilan ko’rsatildi. Yo’l rejasining
barcha chizmalari bo’ylab piket va kilometr belgilari qo’yildi.
Yo’l rejasi
O’q chizig’imni xaritamga asosan tushirishda barcha piketlarni , kilometr
belgilarini chizib , kesib o’tgan temir yo’li , o’rmonni ham kartada ko’rsatilgan
rangda va kesib o’tish burchagi holatida chizdim.
Burilish uchlarida ularning raqamlarini ko’rsatdim, egrining qiymatlari, to’g’ri
uchastkalarning uzunligi va ularning rumb yo’nalishlarini jadvalga tushurdim va
chizmaning bo’sh joyiga joylashtirdim.
Yo’l rejasidagi joy tavsiloti topografik xaritada berilganlarga asosan ko’rsatdim.
Tavsilot belgilari va yozuvlari chizma ramkasiga parallel yozildi. Yo’l rejasiga
tegishli piketlar va boshqa yozuvlar trassa bo’ylab yoki unga perpendikulyar
ravishda yozildi. Shartli belgilashlar va belgilar amaldagi topografik xaritadagilarga
mos bo’ldi.
Tekislik va kam past – baland tepalikli joylardan o’tgan yo’l rejasida
gorizontallarni trassa yo’nalishini asoslash zarur bo’lgan joylarda ko’rsatildi. Kuchli
va past – baland va tog’li joylarda esa yo’l rejasining butun uzunligi bo’ylab hamma
joyda ko’rsatildi.
Yo’l rejasining TB, TO va BU larini mustaxkamlash.
Yo’l rejasi yo’nalishi va temir yo’l yo’li bilan yo’l rejasi kesishgan joylarda
ular orasidagi burchak va kesishuvning piketlash o’rni ko’rsatildi.
Chizmaning bo’sh joyida yo’l rejasini mustahkamlash sxemalari va to’g’rilar
va egrilar jadvali, chap tomondagi tepa burchakda esa, shimol – janub yo’nalishi
ko’rsatilgan strelka ko’rsatildi.
Yo’l o’qi bo’yicha yer belgilarini aniqlash
Yer o’qi bo’yicha yer belgilarini aniqlashda trassaning barcha piketlar balandliklari
aniqlandi . Mening II toifali yo’limda 69 ta piket mavjud bo’lib , ularni
interpolyatsiya usuli orqali aniqladim. Boshlangi’ch balandlik ( PK 0+00 / 137.00).
Piketlar №
Balandligi
Piketlar №
Balandligi Piketlar №
Balandligi
PK 1 + 00
PK 24 + 00 144.00 m
PK 47 + 00
PK 2 + 00
PK 25 + 00 144.11 m
PK 48 + 00
PK 3 + 00
PK 26 + 00 144.11 m
PK 49 + 00
PK 4 + 00
PK 27 + 00 144.11 m
PK 50 + 00
PK 5 + 00
PK 28 + 00 144.06 m
PK 51 + 00
PK 6 + 00
PK 29 + 00
PK 52 + 00
PK 7 + 00
PK 30 + 00
PK 53 + 00
PK 8 + 00
PK 31 + 00
PK 54 + 00
PK 9 + 00
PK 32 + 00
PK 55 + 00
PK 10 + 00 140.25 m
PK 33 + 00
PK 56 + 00
PK 11 + 00 140.00 m
PK 34 + 00
PK 57 + 00
PK 12 + 00 140.00 m
PK 35 + 00
PK 58 + 00 146.50 m
PK 13 + 00 140.00 m
PK 36 + 00
PK 59 + 00 147.10 m
PK 14 + 00 140.00 m
PK 37 + 00
PK 60 + 00 146.98 m
PK 15 + 00 140.40 m
PK 38 + 00 145.00 m
PK 61 + 00 146.86 m
PK 16 + 00 141.00 m
PK 39 + 00 145.00 m
PK 62 + 00 146.74 m
PK 17 + 00 140.00 m
PK 40 + 00 145.00 m
PK 63 + 00 146.62 m
PK 18 + 00 140.00 m
PK 41 + 00
PK 64 + 00
PK 19 + 00 140.76 m
PK 42 + 00
PK 65 + 00
PK 20 + 00 141.78 m
PK 43 + 00
PK 66 + 00
PK 21 + 00 142.73 m
PK 44 + 00
PK 67 + 00
PK 22 + 00 142.85 m
PK 45 + 00
PK 68 + 00
PK 23 + 00 143.57 m
PK 46 + 00
PK 69 + 00
BO’YLAMA PROFILNI LOYIHALASH
Chizma tekisligida yoyib ko’rsatilgan yo’l o’qining vertikal tekisligidagi
proyeksiyasi yo’lning bo’ylama profili deb ataladi . Bo’ylama profil ayrim yo’l
uchastkalarining bo’ylama nishabligi bilan o’lchanadigan tikligi va uning qatnov
qismining yer betiga nisbatan joylashuvini tasvirlaydi . Bo’ylama nishablik
avtomobil
yo’lilarining
transportboplik
sifatlarini
tasvirlovchi
muhim
ko’rsatgichlardan biri hisoblanadi .
Joyning tabiiy qiyaliklari ko’pincha avtomobillardan samarali foydalanish uchun
zarur bo’lgani joiz qiymatlaridan ortiq bo’ladi . bunday hollarda yo’lning nishabligi
yer sirti nishabligiga
nisbatan yotiqroq qilinadi , buning uchun tepaliklarga
ko’tarilishlarda gruntning bir qismi qirqib olinadi yoki aksincha , rel’yefning past
qismlaridan o’tish joylariga grunt to’kib chiqiladi .
Gruntni qirqib olish natijasida yo’l sirti yer sirtiga nisbatan past bo’lib qolgan
joylari o’ymalar deb , yo’lning yer sirtidan balandroq sun’iy to’kilgan grunt ustidan
o’tadigan yo’l bo’laklari esa ko’tarmalar deb ataladi . Ko’tarmalarning balandligi 1
m dank am bo’lganida yo’l “nol” belgilardan ( otmetkalardan ) o’tadi deb ataladi .
O’yma va ko’tarmalar qurish natijasida yo’l belgilari yer sirtining belgilariga mos
tushmaydi .
Yer sirtining yo’l o’q chizig’i bo’yicha belgilari bilan yo’l ko’tarmasining
balandligi yoki o’yma chuqurligini aniqlovchi yo’l qirg’og’i belgilari orasidagi farq
ishchi belgi deb ataladi . Yo’l o’q chizig’i qabul qilingan asosiy variant uchun
bo’ylama kesim GOST 21-511-83 ga asosan , men AutoCAD dasturida chizdim .
Yer va yo’l nishabliklari tez – tez o’zgarib turadigan va uncha uzun bo’lmagan
bo’laklarda belgilar ayirmasi ancha kata bo’lgan tog’li yo’llarda ancha yirik
masshtablar :
 Vertikal masshtab 1 : 500
 Gorizontal masshtab 1 : 5000
 Grunt masshtabi 1 : 50
qo’llanildi .
Bo’ylama profilidagi yer sirti belgilarini birlashtiruvchi ingichka chiziq yer sirti
chizig’i yoki xonaki chiziq deb ataladi . Yo’l yoqasini belgilarini bildiruvchi
yog’onroq chziq loyiha chizig’i deb ataladi . Bu chiziq bo’ylama profilda yer sirti
chizig’iga nisbatan 2 marta qalinroq qilib tasvirlanadi .
Bo’ylama profilning grafik tasviri asosiy loyiha hujjatlaridan biri bo’lib , bu
hujjatlar asosida yo’l quriladi .
Bo’ylama profilni loyihalashdan avval haritadan gorizantallarda har qaysi
piketdagi va plyusli nuqtalardagi belgilar hisoblab chiqiladi. Bo’ylama profilni
loyihalashga kirishishdan oldin quyidagi texnikaviy me’yorlar belgilanadi:
1.Eng katta bo’ylama nishablik:
2. Eng kichik bo’ylama nishablik:
3.Vertikal egrilarning eng kichik radiuslari
4.Yo’lning ustivorligini va undan me’yoriy foydalanish sharoitlarini ta’minlovchi
yetakchi (ko’rsatma) ishchi belgilari yoki ko’tarmaning eng kam balandligi .
Yo’llarni loyihalashda joy sharoitlariga ko’ra texnikaviy amalga oshirish
mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lsa, reja elementlarini va
bo’ylama kesim elementlarini ShNQ taklif etgancha olish kerak.Yetakchi ishchi
belgi quyidagilarga bog’liq:
- iqlim mintaqasiga,O’zbekiston territoriyasi yo’l iqlim sharoitlariga ko’ra 4 zo’naga
bo’lingan ;
- joyning namlanish tavsifiga ko’ra turiga;
- qor bosish tavsifiga;
- yer (grunt) turiga bog’liq
Bo’ylama kesimning loyiha chizig’ini o’tkazishda trassaning boshi va oxiri
“nol”dan o’tishi kerak . Loyiha chizig’ini o’tkazayotganda loyihalash qadamiga
etibor beriladi . Loyihalash qadami yo’l toifasiga bog’liq bo’lib , I – III toifali
yo’llarda 400 m dan , IV – V toifali yo’llar uchun 200 m dank am bo’lmasligi kerak.
Yo’l ko’tarmasining tavsiya etilgan ishchi belgisi ShNQ 2.05.02-07 bo’yicha
qoplama trassaning nam va zax uchastkalaridagi sizot va sirtqi suvlar sathidan eng
kam ko’tarilib turadigan joyiga va ko’tarma qirg’og’ining hisoblangan qor qatlami
sathidan eng kam ko’tarilib turadigan joyiga qarab o’rnatildi .
Ishchi qatlam tuprog’i
Yo’l iqlim mintaqasiga bog’liq holda qoplama
yuzasining eng kam ko’tarilishi, m
Mayda qum,yengil yirik
I
II
III
IV
0,5 / 0,3
0,6 / 0,4
0,4 / 0,2
0,9 / 0,7
0,8 / 0,5
1,0 / 0,6
0,7 / 0,4
1,2 / 0,8
1,1 / 0,8
1,3 / 1,0
1,0 / 0,7
1,5/1,2
1,2/0,8
1,4 /1,0
1,1/ 0,7
1,6/1,2
qumloq, yengil qumloq,
Changli qum, changli
qumloq,
engil va og’ir, suglinok,
glina (loy)
og’ir changli qumloq yengil
va og’ir changli suglinok
Eslatma: suratda- yo’l qoplamasi sirtining sizot suvlar yoki 30 sutkadan ortiq turib
qoladigan yuzadagi suvlar sathidan ko’tarilishi, mahrajda qoplamaning suvlar oqib
ketmaydigan uchastkalarda yer sirtidan, yoki qisqa (30 sutkadan kam) turadigan
yuzadagi suvlar sathidan ko’tarilishi.
Yo’l iqlim mintaqasida qoplama sathining eng kam ko’tarilishi issiqlik texnikasi
hisoblari asosida belgilanadi.
Yer (grunt) ustki qatlamlarining namlanish sharoitlariga ko’ra uch turli joylar
bo’ladi:
1- tur - quruq joylar, nishabi 10% dan ortiq bo’lib, yuzadagi suvlari oqib ketadi,
sizot suvlar chuqur, ya’ni yerning muzlash chuqurlikdan 1,5-2,0 m pastda
joylashgan :
2- tur zah joylar-yer nishabi kam bo’lganidan yuzadagi suvlari oqib ketmaydi,
sizot suvlari chuqur yotadi.
3-tur nam yerlar- yuzadagi suvlari oqib ketmaydi va yomg’irdan yoki qordan
erigandan keyin suv 30 sutkadan ortiq turadi, yoki uchastkalar doim nam turadigan
joylar.
Ko’tarma qirg’og’i qor qatlamining hisoblangan sathidan quyidagilardan kam
bo’lmagan miqdorda baland bo’lishi kerak.(metr)
1,2 – I toifa yo’llar uchun
0,7 – II toifa yo’llar uchun
0,6- III toifa yo’llar uchun
0,5 – IV toifa yo’llar uchun
0,4 – V toifa yo’llar uchun
Bo’ylama kesimni loyihalash asosan bo’yiga 594 mm , eniga 1682 mm li vatmin
qog’oziga AutoCAD dasturida chizdim . Bo’ylama kesimni tasvirlashda gorizantal
masshtab 1 : 5000 , vertikal masshtab 1 : 500 va grunt uchun 1 : 50 masshtablarni
qabul qilinib tasvirlandi .
Bunda dastlab ishni berilgan 200 mm asosan bo’ylama kesim setkasini
tushurishdan boshlandi Shu setkaning 14 – grafasidagi ajratilgan piketlar uchun
qismga belgilab olindi . Rejadagi to’g’ri va egrilar , kilometr belgilari ham shu
grafadagi ajratilgan qismlarda tasvirlandi . 12 – grafa ya’ni yer belgilari uchun
xaritada o’tkazilgan asosiy variant uchun aniqlangan har bir piketlar uchun balandlik
qiymatlarining son qiymatlari yozib chiqildi . Undan so’ng setkaning 1 – grafasidan
130 mm yuqorida reyka sanoq sistemasi tasviriga o’xshash tasvir tushurildi va unga
balandlik nuqtalari hisoblab topilgan eng kichik qiymatdan boshlab eng katta
qiymatga qarab vertikal yo’nalishda yozib chiqildi . Shu qatorda 12 – grafaga har
bir piket uchun tushurilgan yer belgilariga asosan yuqorida yer rel’yefi hosil qilindi.
Bundan tashqari ( PK 59 + 38.2 PK 59 + 62.6 ) piketlar oralig’ida temir yo’l o’q
chizig’ini kesib o’tganligi sababli temir yo’l o’q chizig’i bilan bir satixda loyiha
chizig’i loyihalandi .
Rel’yefga ko’ra har 500-600 m masofada shurf quduqlari qazib qo’yish
ko’rsatilishi uchun ular ham tasvirlab , belgilandi .
Setkaning birinchi grafasi yo’lning yoyilma rejasi uchun ajratilgan qismda reper
belgilari , ariq ko’rsatilip ketildi .
Keyingi ish sifatida loyiha belgilarini hisoblash ishi boshlandi . Bunda dastlab
yo’l poyi qirg’og’i belgisini hisobadim . Buning uchun dastlabki 0 – piketdagi yo’l
poyi qirg’og’i belgisi qiymati interpolatsiya usuli bilan hisoblab topilib 137.00 ga
teng deb oldim . Loyihalash qadami 400 m dan kam bo’lmagan holda qiyaliklarni
belgilab ko’rsatdim :
- 137.00 – 131.20 = 5.8
- 132.36 + 1.16 = 133.52
- 5.8 / 500 = 0.0116
- 133.52 + 1.16 = 134.68
- 0.0116 * 1000 = 11.6 ‰
- 134.68 + 1.16 = 135.84
- 0.0116 * 100 = 1.16
- 135.84 + 1.16 = 137.00
- 131.20 + 1.16 = 132.36
141.40 – 131.20 = 10.2
132.90 + 1.7 = 134.60
10.2 / 600 = 0.017
134.60 + 1.7 = 136.30
0.017 * 1000 = 17 ‰
136.30 + 1.7 = 138.00
0.017 * 100 = 1.7
138.00 + 1.7 = 139.70
131.20 + 1.17 = 132.90
139.70 + 1.7 = 141.40
Qolgan loyiha ishlari ham shu tarizda davom etdi .
Trassa qizil chizig’ini loyihalash ishlari
Asosiy shartli belgilar
1 - vertikal egri chiziqlar; (a - shahobchasi pastlashuvchi qavariq egri chiziq; b shahobchasi ko`tariluvchi botiq egri chiziq; v - qavariq egri chiziq pastlashuvchi
shahobchasining botiq egri chiziqning ko`tariluvchi shahobchasiga o`tishi); 2 - 537,
211 belgili reper 7; 3 – yo`ldan chiqib kelish: (a - chapga , II a -namunaviy loyiha
bo`yicha piket boshidan 98 m da; b - piket boshidan 60 m da boshqa yo`l bilan
kesishuv); 4 -temir yo`lni kesib o`tish joylari: (a – qo`riqlanmaydigan piket boshidan
27 m da; b – qo`riqlanadigan o`tish joyi; bayroqchalar ustidagi raqamlar o`tish yo`li
toifasini bildiradi); 5 - kilometr belgisi; 6 – ko`prik va quvurlar: (a - temir-beton
ko`prik yoki yo`l o`tkazgich; b-diametri 1,5 li dumaloq quvur; v – tog`ri to`rtburchak
quvur); 7 - suv chetlatuvchi ariqchalar: (a- tepa ariqchasi; b - suvni o`ngga tashlash;
v - suvni chapga tashlash); 8 - musbat nuqtalar belgisi; 9 - ikki simli aloqa liniyasi.
GIL
GIL
SSS
SSS
8- rejadagi egrilar. 9- sun’iy inshootlarni joylashish o’rni a) loyihalanayotgan
b) mavjud; 10-
ko’priklar a) yog’och b) kapital ko’priklar va yo’l o’tkazgichlar v) harakat ferma
pastida bo’ladigan ko’prik . g) ostidan o’tadigan yo’l o’tkazgich. d)
ustidan(loyihalanayotgan yo’l) 11.- quvurlar va
Grunt kesimidagi shartli belgilar:
a - chuqurligi 8,1 m bo`lgan № 5 burg`ilangan quduq (gillanish 1,6 m
chuqurlikda, 20.10.85 da sizot suvi 3,5 m chuqurlikda); b - № 57 shurf; v chuqurlashtirilgan quduqli № 50 shurf (20.10.85 da doimo muzlagan gruntning
yuqorigi chegarasi 0,8 m chuqurlikda, pastki chegarasi 8,5 m chuqurlikda); g - 0,9
m chuqurlikdagi tekshiruvchi quduq № 47; d - seysmik tekshirish № 22 nuqtasi; ye
- statik tekshirish № 8 nuqtasi; j - elektrodinamik tekshirish № 12 nuqtasi; z - kam
namli qumli yoki qattiq yoxud yarim qattiq loyli gruntlar; i - nam qumli yoki qattiq
plastik loyli gruntlar; k - nam qumli yoki yumshoq plastik loyli gruntlar; l - suvga
to`yingan qumli yoki plastik holida oquvchan va suvga to`yingan loyli gruntlar,
optimal namlikka qaraganda namlanish koeffitsiyenti 1,2.
Yer belgilari va yo’l poyi qirg’og’ining belgilari ayirmasi farqini yo’l poyi
qirg’og’ining qiymatiga asoslanib qizil chiziqni o’tkazib olganimdan so’ng , har bir
piket uchun yozib chiqdim va qolgan ishlar ham shu qatori davom ettirildi . Qizil
chiziqni o’tkazishda men loyihalayotgan avtomobil yo’lini kesib o’tgan ariq va
boshqa temir yo’lini hisobga olgan holda o’tkazdim . Bunda qizil chiziq avvalroq
loyihalangan temirbeton quvur ustidan 2 m dan yuqoriroq balandlikda loyihaladim .
Keyingi ish sifatida vertikal egrilarni loyihalashni boshladim .
Vertikal egrilarni loyihalash
Bo’ylama profilda nishablarning algebraic farqi I va II toifali yo’llarda 5‰ va
undan ortiq, III - toifali yo’llarda10‰ va undan ortiq IV va V toifali yo’llarda 20‰
va undan ortiq bo’lsa, loyihalangan siniq chiziqlarni egri chiziqlar bilan tutashtirish
kerak. Vertikal egrilar quyidagi usulda loyihalandi.
Tangens usuli
Tangenslar bo’yicha loyihalashda vertikal egrilar hisobi quyidagi tartibda
bajariladi;
1.Sinish nuqtasining piketaj holatini aniqlanadi;
2.Vertikal egrining radiusi ShNQ 2.05.02-07 bo’yicha belgilanadi:
3.Nishablarning algebraik farqi aniqlanadi.
Belgilangan radius va nishablarning algebraik farqi uchun 1-jadvaldan (6) tangens
T va bissektrisa B, E egri topiladi.
Jadval bo’lmaganda egrilarning elementlarini quyidagi formulalar bo’yicha ham
aniqlash mumkin;
L  L2
T R 1
:
2
T2
Б
:
2R
E=2Т
Bunda R – qabul qilingan radius,m;
i1 ,i2 - nishablarning algebraik farqi mingdan bir ulushlarida ifodalanadi.
5.Tangensning qiymati bo’yicha egri boshi va oxirining piketaj holati
aniqlanadi.
6.Tuzatilgan ishchi belgilari hisoblab chiqiladi.Vertikal egrilarni tangenslar
bo’yicha loyihalashda tuzatilgan ish belgilarni aniqlash va egrining bo’ylama
profilini rasmiylashtirish quyidagi muayan misolda ko’rib chiqiladi.
Hisoblash misoli: botiq vertikal egrining radiusi ko’rinishni ta’minlash
shartidan R=10000m qabul qilingan. Pasayish tarmog’ining nishabi i 1=14%0;
Ko’tarilish tarmog’ining nishabi i2=+ 7%0. Sinish nuqtasining piketaj holati PK 22
+50. Nishablarning algebraik farqini mingdan bir ulushlarda topamiz; i1 - i2= -0,14(+0,07) = 0,21:
Radius R=10000 m va nishablarning algebraik farqi 0,21 uchun jadvaldan
egrining elementlarini topamiz;
T= 105,00m; B = 0,55 m E=2T = 2x 105 = 210 m
Egri boshi va oxirining piketaj holatini aniqlaymiz;
EB= PK 22 +50 – 105 = PK 21 -45
EO = PK 22 +50 – 105 = PK23- 55
Vertikal egrining holati va turi (egri pastga qaratilganda botiq yuqoriga
qaratilganda esa qavariq bo’ladi)uzunligi ikki tangensga teng yoy bilan loyiha
chiziq ustida ko’rsatiladi. Eng yaqindagi piketgacha bo’lgan plyus masofalar yoy
boshida-45м, oxirida -55м.
Egri elementlarini ustunning o’ng tomoniga yozamiz .
R= 10000m; T= 105m; B= 0,55 m
Tuzatilgan belgilarni aniqlaymiz;
PK 22+50 dagi ish belgi + 0,55 ga teng bo’ladi, ya’ni inshoot ustidan 0,55 m ga
ko’tariladi.
Egri chegarasida joylashgan piketaj va plyusli nuqtalarni ishchi belgilari ham
o’zgaradi . Biz ko’rayotgan misolda PK 22 va PK 23 vertikal egrining boshidan
45 metr masofada joylashgan
PK 22 uchun quyidagi qiymatni topamiz;
Y=
X2
55 2
3025


 0,1m
2 R 2  10000 20000
Tuzatilgan ishchi belgi quyidagiga teng bo’ladi;
4,02+ 0,15 = 4,17м
Vertikal egrining oxiridan 2355-55 m masofadagi PK 23 da y = 0,15 bo’ladi.
Tuzatilgan ishchi belgi quydagiga teng boladi;
1,72+0,15 = 1,87м
Bo’ylama profilda ishchi belgilar qavslarda, tuzatilgan belgilar esa qavsdan
tashqarida ko’rsatiladi.
Trassaning bo’ylama profilini chizmasi DC -21-511-83 ga asosan millimetrli
qog’ozga chiziladi.
Chizmadagi tasvirlar masshtabi bo’yicha qabul qilinadi.
Bo’ylama profil tasvirining masshtabi jadvalning yonida ko’rsatiladi.
avtomobil yo’llarining bo’ylama profilida quydagilar chiziladi va ko’rsatiladi:
avtomobil yo’llarining o’qi joylashgan xaqiqiy yer yuzasining chizig’i o’q
chiziqning sinish nuqtalaridagi ordinata chiziqlari va yo’l poyining qirg’og’ini
ifodalovchi chiziq:
geologok qidiruv (qazilgan) joylari, yer qatlamlarining namligi va
konsistentsiyasi (shartli belgilar bilan ko’rsatiladi), sizot suvlar sathini o’lchash
vaqti ko’rsatib yoziladi:
yer qatlamlarining nomi va qatlamlar guruhining nomeri (masalan qumuq
tuproq 33a) yerlarga ishlov berish og’irligiga qarab tasnifdan olib yoziladi:
loyiha chizig’idan yuqorida quydagilar chiziladi va ko’rsatiladi:
- reperlar;
- loyihalanadigan sun’iy inshootlar nomi;
- tog’lik va suv ketkazish ariqlari, suv tashlash joylari;
- ko’tarmani ishchi belgilari;
- loyiha chizig’idan pastda quydagilar chiziladi va ko’rsatiladi;
- loyiha chizig’ining sinish nuqtalarining ordinata chiziqlari;
sun’iy inshootlar belgisi va mavjud sun’iy inshootlar nomi;
Vertikal egrini Tangens usulida loyihalash
Bo’ylama profil ostida jadval (to’r) joylashtiriladi. To’rning grafalari
(ustunlari) quyidagi tartibda to’latiladi; “Yo’lning yoyma rejasida”- qabul etilgan
topografik xarita bo’yicha 1;5000 masshtabda trassa o’qining ikkala tomondan
situatsiyalar (joylashuv o’rinlar) tushuriladi. Bu yerda aholi yashaydigan joylar
kesib o’tiladigan yo’llar, suv yo’llar, jarliklar, o’rmonlar, to’qaylar, haydalgan
yerlar, yaylovlar ko’rsatiladi.
Sirtqi suvlarning oqish yo’nalishi gorizontallarga tik chiziqlar bilan
ko’rsatiladi.
Grafaning o’rta chizig’i qabul qilingan variant trassaning o’q chizig’iga mos
keladi: “Joyning namlanish bo’yicha turi” grafasida yer yuzasining namlik belgilari
bo’yicha joyning turi yoziladi: ”Ko’ndalang kesim turi” grafasida yo’l poyi
ko’ndalang kesim turining nomeri yoziladi;
“Mustahkamlash” grafasida yo’l chetidagi ariqlarni mustahkamlash turi
yoziladi:
“Nishab uzunlik” grafasida piketlarga bog’lanish turi yoziladi; chiziq ustidaariq nishabi. chiziq ostida esa qabul qilingan nishablik ariq uchastkasining uzunligi
ko’rsatiladi: “Tubining belgisi” grafasida ariq tubining o’qi bo’ylab loyiha belgisi
yoziladi: “Nishablik va vertikal egri” grafasida loyiha chizig’ining elementlari;
vertikal egrilar va to’g’ri chiziqlar, loyiha chizig’ning singan joylarda piketlarga
bog’lanishi, radius, egrilar uzunligi, egrining boshi va oxiridagi urunmalarning
nishabligi yoziladi; “Yo’l poyi qirg’og’ining belgisi” grafasida yo’l poyi
qirg’og’ining loyiha belgilari yoziladi; “Yer belgisi” grafasida yer yuzasining
avtomobil yo’lining o’qi bo’ylab olingan haqiqiy belgisi (qora belgisi) ko’rsatiladi:
“Masofa ” grafasida joining sinish nuqtalaridan bilan piketlar ortasidagi masofa
noto’g’ri piketlar ko’rsatiladi; “Rejadagi to’g’ri va egri chiziqlar” grafasida yo’l o’qi
bo’ylab chizilgan to’g’ri va egri chiziqlar; oraliq egrilar uzunligi, doirasimon egrilar
va oraliq egrilar umumiy uzunligi qiymati yoziladi.
Avtomobil yo’lining o’ng tomonga (kilometr bo’ylab ) burilish avtomobil
yo’lining to’g’ri uchastkasiga nisbatan yuqoriga yo’nalgan, chapga burilish esa
pastga yo’nalgan egri chiziq bilan tasvirlanadi.
Bunda men yer rel’yefiga ko’ra 2 ta botiq , 2 ta qavariq vertikal egrini loyihaladim .
Qavariq egrilar uchun tavsiya qilingan eng katta radius 70000 m , hamda tavsiya
etilgan eng kichik radius 15000 m etib belgilanganligiga ko’ra har bir qavariq egri
uchun tangens , egrining o’zi va bisektrisa qiymatlarini mitin jadvali asosida belgilab
oldim . Botiq vertikal egrilar uchun tavsiya qilingan eng katta radius 8000 m , hamda
tavsiya etilgan eng kichkina radius 5000 m ligiga asoslanib ularni loyihaladim .
1. -11.6 – 17 = 28.6
2. 17 – (+1.6 ) = 15.4
3. 1.8 – ( - 4.9 ) = 6.7
4. – 4.9 – (+6.6 ) = 11.5
Yer belgilari va yo’l poyi qirg’og’ining ayirmasi farqiga asoslangan holda , bu
sonlarning darajasiga qarab yon ariqchalar loyihalash uchun turlarga ajratib
chiqdim. Bunda menda 4 ta tur hosil bo’ldi , ko’tarma uchun I , II , III turlar o’yma
uchun IV tur mavjud ekanligiga asosan ularga yon ariqchalar ko’ndalang kesim
setkasining 3÷11 grafalariga ularning tubining belgisi , uzunlik , nishabliklarini
joylashtirib chiqdim . Hisob kitoblarga ko’ra :
Xchap = hchap / hchap + ho’ng * l
- 0.96 + 1.2 = 2.16
- 0.96 / 2.16 = 0.44
- 0.44* 100 = 44.44
1 – tur chegarasini loyihalab oldim .
Xchap = hchap / hchap + ho’ng * l
- 0.4 + 0.1 = 0.5
- 0.1 + 0.55 = 0.65
- 0.4 / 0.5 = 0.8
- 0.1 / 0.65 = 0.15
- 0.8 * 100 = 80
- 0.15 * 100 = 15
4 – tur chegarasi ham loyihalandi .
I tur.
IV tur.
Bo’ylama profilni taxt qilish
I.Bo’ylama profilda qizil rang bilan quyidagilar ko’rsatildi:
1) trassa o’qi (1-14 grafalarda), ishchi belgilar , loyiha chizig’i vertikal egrilar va bu
egrilarga tegishli yozuvlar, sun’iy yo’l chetidagi ariqlar tubining loyiha belgilari va
ularning nishabliklar boshi va oxiri, yo’l poyining qabul qilingan ko’ndalang
kesimlari turi;
2) kesimlardagi qolgan barcha belgilar qora rang bilan ko’rsatildi.
II AD markali asosiy komplekt chizmalaridagi ГОСT 2.303-68 da ko’rsatilgan
chiziqlar bilan chizildi;
1.Yo’lni avtomobil yuradigan qismi, ko’ndalang qismi kesimning konturlari
sidirg’a qalin chiziq bilan ko’rsatildi; bo’ylama profillarda:, loyiha chizig’i loyiha
chizig’ining singan nuqtalaridan o’tkazilgan ordinata chiziqlari, rejadagi to’g’ri va
egrilar yo’lning yoyilma rejasi;
- ko’ndalang kesimlarda loyiha chiziqlari sinish nuqtalaridan o’tkazilgan
ordinatalar chiziqlari 1 va 14 grafalardagi loyiha chizig’i va trassa chizig’i qalinligi
0,4-0,6 mm li qilib chizildi;
2. Quyidagilar sidirg’a ingichka chiziq bilan ko’rsatiladi: bo’ylama va
ko’ndalang kesimlarda yerning haqiqiy yuzasini bildiruvchi chiziq, uning sinish
nuqtalaridan o’tkazilgan ordinatalar chiziqlari, tuproq qatlamining to’shamasi.
KO’NDALANG KESIMNI LOYIHALASH
Yo’lning namunaviy ko’ndalang kesimlari trassaning o’ziga xos bo’lgan
uchastkalari uchun muayyan piketlarga bog’lab tuzildi.
Masalan baland ko’tarilgan yo’l poyi , chuqur o’yma, shuningdek qiya adirlar.
Yo’l poyini loyihalashda yo’l toifasi, yo’l qoplamasining turi, ko’tarma balandligi
va o’yma chuqurligi, tuproq hossalari, shuningdek injener- geologik sharoitlarning
o’ziga xos hususiyatlarini hisobga olindi.
Yo’l chetidagi ariqlar va rezervlarning o’lchamlari mahalliy sharoitlarga
(sizot suvlar sathi, tuproq hossalari , yo’l uchun ajratilgan kengligi va hakazolarga)
qarab belgilandi.
Yo’l poyining konstruktsiyasi yo’l mintaqa toifasiga, yo’l qoplamasining
turiga, mahalliy tabiiy sharoitlarga qarab, hudud yo’l iqlim mintaqalariga va joylar
turiga bo’linishini, yer yuzasidagi suvlarni oqib ketish hususiyatlarini va joyning
namlanish toifasini hisobga olib qabul qilindi.
Yo’l- iqlim mintaqalari chegaralarida yo’l qoplamasi sirtining eng kam
ko’tarilishi, metr hisobida keltirilgan.
Namunaviy ko‘ndalang kesimlar quydagicha loyihalanadi.
Ko‘tarmalarda
H<3 m bo‘lganda І-ІІІ darajali yo‘llarda yonbag‘ir qiyaligi 1:4,
H<2 m bo‘lganda ІV-V darajali yo‘llarda yonbag‘ir qiyaligi 1:3,
H<6 m gacha bo‘lganda yonbag‘ir qiyaligi 1:1,5 qilib,
H<12 m gacha bo‘lganda yuqori qismi yonbag‘ir qiyaligi 1:1,5 pastki qismi 1:1,75
deb qabul qilindi.
Qimmatbaho yerlarda yonbag‘ir qiyaliklarini grunt turi va ko‘tarma
balandligiga qarab 1:1 dan 1:1,75 gacha olish tavsiya etildi.
Ko‘tarmaning balandligi H<1,2 m bo‘lgan hollarda yon ariqlar loyihalandi.
Ularning ko‘rinishi uchburchak va trapetsiya shaklida bo‘ladi.
Ko`tarmada o`tgan yo`l poyining ko`ndalang profillari:
a - balandligi 1m.dan kam bo`lgan kyuvet-rezervli suyri ko`ndalang profil; b balandligi 2 m.gacha bo`lgan nosuyri ko`ndalang profil; v - balandligi 12 m.gacha
bo`lgan nosuyri ko`ndalang profil; g - adrdagi tog` yon bag`ri qiyaligi 1:1,5 dan 1:
3 gacha bo`lgan rezervli ko`ndalang profil; d – tog` yon bag`ri tikligi 1:5 dan 1:3
gacha bo`lgan qiyalamada;
e – tog` oldi ariqchasi bo`lmagan ko`tarmaning
yuqorigi yonbag`irini grunt bilan tutashtirish; 1 – yo`l uchun ajratilgan joyning
chegarasi; 2 – o`simlikli gruntning olib tashlanadigan qatlami; 3 – yonbag`irlarga
yotqiziladigan o`simlikli grunt qatlami (chim); 4 - chuqurligi hisoblangan, lekin
kamida 0,3 m bo`lgan uchburchak ariq; 5 – o`lchami gruntning zarur miqdoriga
bog`liq bo`lgan rezerv; 6 - balandligi ko`pi bilan 0,6 m bo`lgan grunt marzasi; 7 chuqurligi hisoblangan, lekin kamida 0,6 m bo`lgan tog` oldi arig`i.
O‘ymalarda
O‘ymalarda uning chuqurligidan qat’iy nazar, ichki yonbag‘ir qiyaligi 1:3
deb qabul qilinadi. Tashqi yonbag‘ir qiyaligi esa quyidagicha:
H<1 m gacha bo‘lganda 1:1,5 – 1:10 gacha ochiq yoki ko‘tarma ko‘rinishida
loyihalash mumkin.
H<5 m bo‘lganda yonbag‘ir nishabligini 1:1,5 – 1:2 qilib va 4 m dan kam
bo‘lmagan kenglikdagi yo‘l yoqasi yoki qo‘shimcha tokchalar ko‘rinishida
loyihalash zarur.
O`ymalardagi yo`l poyining ko`ndalang kesimi (profili):
a - suyri profilli sayoz o`ymalar - ochiq (chapda) va ko`tarmasimon qazilgan
(o`ngda); b - sayoz suyrilanmaydigan o`yma; v - chuqurligi 12 m gacha bo`lgan
o`yma; g - bir jinsli bo`lmagan gruntlardagi o`yma; d -qiyalamadagi yarim-o`yma –
yarimko`tarma; 1 – yo`l uchun ajratilgan joyning chegarasi; 2 – yonbag`irlardagi
o`simlikli grunt qatlami; 3 - chuqurligi hisoblangan biroq 0,3 m dan kam bo`lmagan
ariq; 4 – yonbag`irlarda qirqib olinadigan o`simlikli grunt qatlami; 5 - chuqurligi
kamida 0,6 m bo`lgan tog` oldi arig`i; 6 - yumshoq yotqiziqlar; 7 - oson nuraydigan
qoya jinslar; 8 - kam nuraydigan qoya jinslar; 9 - balandligi ko`pi bilan 0,6 m bo`lgan
grunt marzasi (banket).
Avtomobil yo’llarini loyihalayotganda , joyning yo’l o’tkazish uchun ajratilgan ,
ko’tarmalarga to’kish uchun grunt qaziladigan , yordamchi inshootlar quriladigan va
ko’chatlar o’tkazish uchun ajratiladigan tasmasi yo’l tasmasi yoki yo’lga ajratilgan
tasma deb ataladi .
Yo’lning vertikal tekislik bilan kesilgan kesimining kichraytirilgan masshtabdagi
tasviri ko’ndalang kesim deb ataladi .
Yo’l sirtining avtomobillar harakatlanadigan qismidagi tasmasi qatnov qismi
deyiladi . Bu tasma tosh materiallari bilan mustahkamlanib , yo’l to’shamasini hosil
qiladi . Uning yuqori qismi qoplama deb ataladi .
Yo’lning ko’ndalang kesimi bo’ylama kesimdagi ishchi belgilarga asosan
loyihalanadi . Men ham yo’l ko’ndalang kesimini menga berilgan yo’l toifasiga
muvofiq loyihaladim . Bunda bo’ylama kesim setkasidagi 3 – grafa , ko’ndalang
kesim turi grafasini to’ldirdim . Bunda 4 ta tur hosil bo’ldi . Ularning 1, 2, 3 –
turlari ko’tarmaga , 4 –turi o’ymaga xos turlar . Bu turlarni ajratish uchun ularga
chegara son qiymatlari mavjud :
- 1 – tur : 0 < H < 1.2
- 2 – tur : 1.2 < H < 3
- 3 – tur : 3 < H < 6
ko’tarma uchun.
- 4 – tur : 0 < H < 1m
o’yma uchun.
Yo’l bo’ylama kesimidagi ishchi turlariga ko’ra ko’ndalang kesim turlarini aniqlab
chiqdim . Bunda menga 4 tur mavjud bo’ldi . Birinchi va to’rtinchi tur ko’ndalang
kesimlariga qo’shimcha ravishda yon ariqchalar loyihaladim . Ko’ndalang
kesimlarni loyihalashda II toifaga muvofiq : yo’l poyini enini 15 m etib tanlab , unga
mos holda 3.75 m dan 2 ta harakat tasmasi , 3.75 m yo’l yoqasining kengligi , yo’l
yoqasining chetki tasmasining kengligini 0.75 m qilib loyihaladim.
I – tur
0 < H < 1.2m
PK 2 + 00 Hish = 0.48m
II – tur
1.2 < H < 3m
PK 45 + 00 Hish = 1.28m
III – tur
3 < H < 13m
PK 6 + 00 Hish = 12.90m
IV – tur
0 < H < 3m
PK 37 + 00 Hish = 0.70m
YO’L TO’SHAMASINING KONSTRUKSIYASI
Avtomobillarning yil bo’yi harakatlanishini taminlash uchun yo’lning qatnov
qismida yo’l to’shamasi quriladi . Yo’l poyi sirtiga iqlim omillariga va transport
g’ildiraklarining ta’siriga yaxshi qarshilik ko’rsatadigan materiallardan yotqiziladi .
Avtomobil o’tganida yo’l to’shamasida hosil bo’ladigan kuchlanishlar chuqurlik
ortgani sari so’na boradi . Bu yo’l to’shamasini ko’p qatlamli qilib loyihalashga
imkon beradi , bunda uning ayrim qatlamlarida ta’sir etuvchi chuqurlar va iqlim
olimllarining , intensiv ta’siriga mos holda turli mustahkamlikdagi materiallardan
foydalaniladi :
- a – vertikal kuchlanishlar 𝜎 epyurasi ;
- b – gorizontal kuchlanishlar 𝜎 epyurasi ;
- 1 – qoplama ;
- 2 – asos ;
- 3 – asosning qo’shimcha qatlami ;
- 4 – to’shama grunti ;
- 5 – yo’l to’shamasidagi kuchlanish ;
- 6 – bir jinsli gruntdagi kuchlanish .
Qoplama – yo’l to’shamasining yuqoridagi eng mustahkam , odatda suv
o’tkazmaydigan , yeyilishga , zarbiy va siljituvchi yuklamalarga yaxshi , qarshilik
ko’rsatadigan , shuningdek , iqlim ta’siriga chidamli nisbatan yupqa qatlam .
Qoplama ancha qimmat turadigan materiallardan yotqizilganligi uchun u ruxsat
etiladigan minimal qalinlikda bo’ladi . Qoplama yo’lning zarur foydalanish
sifatlarini taminlaydi ( sirtning tekisligi , shina bilan tishlashish koeffitsenti katta ) .
Qoplamada uning zarur sifatlarini taminlaydigan asosiy qatlamdan tashqari , zaxira
( yemirilish ) qatlami boladi. Bu qatlam hisobiy qalinlikka kirmaydi va yo’ldan
foydalanish jarayonida vaqti – vaqti bilan tiklab turiladi . Suv o’tkazmaslik xossalari
va yemirilish qarshiligi yetarli bo’lmagan qoplama ustiga yupqa himoya qatlami
yotqiziladi ( sirtiga ishlov berilgan qatlamlar ) . Bu qatlam organik bog’lovchi
materiallar quyib , bir xil mayda chaqiq toshlar sepib hosil qilinadi . Qoplama sirtiga
ishlav berish , shuningdek , foydalanish jarayonida silliq sirtlarning g’adir –
budirligini oshirish uchun qo’llaniladi ;
Asos – to’shamaning toshlardan yoki bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan
gruntdan qurilgan ko’tarib turuvchi mustahkam qismi .
Asos bosimni to’shamaning pastda joylashgan qo’shimcha qatlamlariga yoki yo’l
poyi grunti ( to’shama gruntga ) uzatish va taqsimlash uchun mo’ljallangan .
Shuning uchun asos yaxlit siljish va egilishga qarshi ustivor bo’lishi kerak . Asosga
avtomobillar g’ildiraklari bevosita ta’sir etmaydi , ob – havo yog’inlari esa kam
ta’sir etadi . Shuning uchun asosni qurishda qoplama va yeyilish qatlamidagina
qaraganda mustahkamligi kamroq materiallardan ham foydalanish mumkin .
Asos bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo’lishi mumkin . Keyingi holda
asosning yuqori qatlamlari ancha mustahkam materiallardan yotqiziladi .
Takomillashtirilgan qoplamalar yotqizishda sirtqi nam ta’siridan himoyalangan asos
ichki muzlash davrida namlik yo’l poyida pastdan yuqoriga ko’tarilishi natijasida
namlanishi mumkin . Shuning uchun namlanishga chiqamli materiallardan quriladi .
Asosning qo’shimcha qatlamlari iqlim va grunt gidrologik sharoitlari noqulay
joylarda qoplamalarning asosi bilan yo’l poyi to’shama grunti orasida yotqiziladi .
Yo’l poyi ichki namlikni to’plashi va do’ppayish jarayoni rivojlanishi mumkin
bo’lgan changsimon qumoq yoki loylin gruntlardan yotqizilgan joylarda g’ovak
materiallar ( qum , shag’al , chaqiq tosh ) dan qo’shimcha qatlam yotqiziladi . U zax
qochiruvchi , do’ppayishga qarshi , sovuqdan himoyalovchi qatlam deb ataladi .
Bunday qatlam yo’l poyining yuqoriga qatlamlaridan ortiqcha sucni chetlatish , yo’l
qoplamasini quritish , qoplamaning ortiqcha do’ppayishiga yo’l qo’ymaslik va yo’l
poyi gruntining mustahkamligini oshirish uchun mo’ljallangan .
Men o’zim loyihalayotgan yo’l uchastkasi uchun yo’l toifasi II toifali yo’l
bo’lganligi uchun mukammal yo’l konstruksiyasini tanladim . Bunda yo’l
konstruksiyasi quyidagi qatlamlardan iborat bo’ldi ;
Yo’l to’shamasining konstruktiv qatlam sxemasi.
1.Issiq mayda zarrali zich asfaltbeton BND 60/90 h1=4sm; E1=4500MPa.
2.Yirik zarrali zich asfaltbeton BND 130/200 h2=6sm; E2=2600MPa.
3.Qora chaqiqtosh h3=10sm; E3=800MPa.
4.Chaqiq toshli qum shag'al aralashmasi h4=24sm; E4=300MPa.
5.Perelit sementlangan grunt h5=26sm; E5=130MPa.
6.Yo'l poyi grunti supes E6=70MPa.
7.Yo'l yoqasi Q.Sh.A. bilan mustahkamlash.
8.Sochma yo'l yoqasi.
XULOSA
Xulosa sifatida men bu kurs loyiha ishini bajarishda menga berilgan vazifalarni
to’liq va behato bajarishga , o’zlashtirishga harakat qildim . Kurs loyiha ishi
bo’yicha murabbiyim tomonidan berilgan topshiriq ya’ni topografik xaritamda
belgilangan A va B nuqtalari orasida avtomobil yo’lining trassasini loyihalab
o’tkazish davomida “ Avtomobil yo’llarini loyihalash “ fanidan olgan bilimlarimni
to’liq qo’llashga va yana ham fan bo’yicha bilimlarimni
mustahkamlashga
ko’nikmalarimni oshirishga harakat qildim . Masalan , “ Muhandislik geodeziyasi
“ fanidan olgan bilimlarim bo’yicha topografik xaritani shartli belgilar bo’yicha
o’qish ko’nikmalarimni yanada oshirdim , yo’l trassasi o’qini loyihalash jarayonida
trassa o’qi yo’nalishi bo’yicha to’sqinlik qiluvchi “ tarixiy obidalar , qo’riqxonalar ,
shaharchalar , qishloq turar joy punkitlari , o’rmonlar , daryo , ko’llar , temir yo’llari ,
avtomobil yo’llari “ va shunga o’xshash no qulay iqlim sharoitlarida “ tog’li joylar ,
kars suvlari o’tgan joylar , cho’l hududlari , jarliklar , sun’iy sug’orish yerlari “ shu
kabi noqulay sharoitlarda qanday ish tutishni , loyihachi uchun qiyin vaziyatlardan
chiqish yo’llarini o’zlashtirdim . Bo’ylama kesim profilini loyihalash , yon
ariqchalar kerakli joylarda qo’shimcha quvirlar yotqizish ishlari , vertikal egrini
loyihalashni o’rgandim . Keyingi o’zlashtirgan ishlarim : loyihalaniyotgan yo’lni
turlarga ajratib ko’ndalang kesim profilini loyihaladim . Yo’l to’shamasini
konstruktiv qatlamlarini loyihalash ularni to’g’ri tanlash kabi ko’nikmalarni
o’zlashtirdim . Aynan ma’lum masofali yo’l qurish uchun kerak bo’luvchi va
bajariluvchi barcha ishlarni o’rgandim .
Avtomobil yo’llari mamlakatning muhim aloqa tarmog’i bo’lganligi sababli biz
kabi bo’lajak loyihachi , muhandis – quruvchilar bu sohaga oid barcha bilimlarni
chuqur o’rganishimiz , Respublikamiz taraqqiyoti va rivoji uchun hissamizni
qo’shishimiz zarur deb hisoblayman .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.V.F. Babkov, O.V. Andreev “Avtomobil yo‘llarini loyihalash” A.R. Qodirova
tomonidan mualliflashtirilgan tarjima 2014 y.
I va II qism.Toshkent.
2. G.A. Fedotov, Pospelov «Iziskaniya i proyektirovaniye avtomobil’nix dorog».M
ASADEMA. 2009 g .
3. MKN -46-08.Nobikir yo’l to’shamasini loyihalash bo’yicha yo’riqnoma
“Uzavtoyo’l DAK”.
4. MQN 46-2008. Nobikir yo’l to’shama va qoplamalari hamda sirtqi ishlov
qatlamlarining ta’mirlashlararo xizmat muddatlarining soxaviy
me’yorlari. “Uzavtoyo’l” Toshkent 2010 yil.
5. G.A. Fedotov «Iziskaniya i proyektirovaniye mostovix perexodov M 2006g
6. MQN 41-08. Nobikir yo’l to’shama va qoplamalari hamda sirtqi ishlov
qatlamlarining ta’mirlashlararo xizmat muddatlarining soxaviy
me’yorlari. “Uzavtoyo’l” Toshkent 2010 yil.
7. SHNK 2.05-02-07 Avtomobil yo’llari.
8. Mitin N.A Avtomobil yo’llarida egrilarni qismlarga ajratish jadvali (Tablitsa dlya
razbivka krivix na avtomobilnix dorogax) M; Transport 1978 g.
9. A.V. Korochkin. Proyektirovaniye dorojnix odejd. MADI 2005 g.
10.Primeri proyektirovaniya avtomobil’nix dorog. Pod redaksii Poryajnyakova M.:
Transport 1983 g.
11.Yelizarov L.V., Krasil’shikov I.M., Proyektirovaniye avtomobil’nix dorog. M;
Transport 1986 g.
12.L.L. Lavriyenko «Iziskaniya i proyektirovaniye avtomobil’nix dorog». Moskva
1991g.
Скачать