Uploaded by TDPU Nizami

Mundarij1

advertisement
MUNDARIJA
KIRISH..................................................................................................................... 3
I.BOB. MUAMMO O‘RGANISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI ........ 7
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs va shaxslararo munosabati ........... 7
1.2. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning shaxs va shaxslararo munosabatlarini
o‘rganish ............................................................................................................... 10
II BOB. NUTQIY NUQSONIGA EGA BO‘LGAN BOLALARNING SHAXS
VA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHI ............. 18
2.1. Kichik maktab yoshi davrida nutqning rivojlanishi va shaxslararo
munosabatlarning shakllanishi ............................................................................. 18
2.2. Nutq nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs va
shaxslararo munosabatlarini rivojlantirish usullari va tavsiyalar ........................ 32
XULOSA ................................................................................................................ 36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI......................................... 38
KIRISH
Insoniyat paydo bo‘lganidan e’tiboran farzandlarining barkamol voyaga yetishi
jamiyatda muhim muammo sifatida qarab kelingan. Chunki, jamiyat mavjud ekan
insonga xos barcha sifatlar, mafkuraviy qarashlar uning xarakteriga, ongiga,
tafakkuriga singdirib boriladi.Tarbiyaning jamiyat o‘zgarishi, davr o‘tishi va zamon
rivojlanishi bilan maqsadi, mazmuni va unga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib
boraveradi.
O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan borar
ekan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlab, jamiyatni ma’naviy jihatdan boyitib
borishni,
dunyo
hamjamiyatiga
integratsiyalashuvni
amalga
oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev aytganlaridek: «Biz
jamiyatimizdagi quyi pog‘onadagi tartib, intizom va
mas’uliyatni mutlaqo
o‘zgartirmoqchimiz. Eng zaif tomonimiz - yoshlar bilan shug‘ullanmayapmiz.
Buni gapirish oson, endi shug‘ullantiradigan tizim joriy etishimiz kerak.
Mas’uliyatli odamlarni shu lavozimlarga qo‘yishimiz kerak»1.
Ta’limiy islohotlar jarayonida jahon andozalariga mos keluvchi uzluksiz ta’lim
tizimini
yaratish,
uning
samaradorligini
yuqori
bosqichlarga
ko‘tarish
masalalarining ijobiy hal etilishiga erishish dolzarb pedagogik vazifalar sifatida kun
tartibiga qo‘yildi. Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tajribalarini o‘rganish asosida so‘nggi
yillarda ta’lim samaradorligini ta’minlovchi muhim omil – o‘qitish metodlarini
qo‘llashda o‘ziga xos yo‘ldan borish, jarayonga pedagogik texnologiyalarini olib
kirish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni imkoniyatlari yanada kengaytirish muhim
ekanligi tobora keng anglab borilayotgan haqiqatdir. O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida davlat o‘zining rivojlanishda imkoniyatlari
cheklangan ega fuqarolariga ta’lim olish, rivojlanishdagi, nutqidagi kamchilikni
korreksiyalash hamda ijtimoiy himoyalash va moslashish uchun kerakli shartsharoitlarning yaratib berilishini kafolatlaydi. Vatanimiz istiqloli, taraqqiyotini
Sh.M. Mirziyoev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
- Toshkent: «O‘zbekiston», 2016. -56 b.
1
bugungi bolajonlarimiz, yoshlarimiz bunyod etishadi. Ta’lim tizimining bosh
vazifalaridan biri shaxsning didaktik va umuminsoniy qadriyatlar, ilm-fan va
amaliyot yutuqlari asosida shakllanishi va rivojlanishi uchun optimal sharoitlarni
yaratish bilan bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. Bu esa o‘sib kelayotgan avlodning sifat
jihatdan yangi didaktik ta’lim va tarbiya tizimini yaratishni taqozo etadiki, u o‘zida
ta’limning jahon talablariga mos texnikaviy va axboraviy ta’minlanganligini hamda
alohida shaxsning ham, umuman jamiyatning ham etnik madaniy ehtiyojlarining
qondirilishini ta’minlaydigan ona tili va madaniy qadriyatlarining ustuvorligini
o‘zida mujassam etmog‘i lozim.
Qonunning bu jihatlari imkoniyatlari cheklangan shaxslarning maxsus ta’lim
tizimiga nisbatan ham o‘z qimmatini saqlaydi. Biroq maxsus (korreksion)
pedagogikaning hozirgi rivojlanish darajasi ta’lim to‘g‘risidagi qonundan kelib
chiqadigan vazifalarni hal qilishga ma’lum darajada ojizlik qiladi. Barkamol avlodni
shakllantirish bugungi kunimizning dolzarb vazifasidir. “Jamiyat bugun unib-o‘sib
kelayotgan farzandlarning har tomonlama barkamol avlod bo‘lib hayotga kirib
borishini o‘zi uchun eng ulug‘, kerak bo‘lsa, eng muqaddas maqsad deb biladi”.
Nutq bolaning intellektual va psixik rivojlanishida favqulotda ahamiyatga ega.
Shuning uchun bolalar nutqini rivojlantirish yo‘nalishlari va shart-sharoitlarini
aniqlash hamisha muhim pedagogik vazifalar qatorida turadi. Bunda jalb qilinadigan
didaktik materialning ahamiyati juda katta.Amaldagi maxsus ta’lim tizimini isloh
qilishning yangi istiqbollari korreksion-pedagogik ishga zamonaviy pedagogik fikr
yutuqlari bilan uyg‘unlashib ketgan xalq pedagogikasi tajribasini faol joriy qilishda
ko‘rinadi. To‘g‘ri nutq bolaning har tomonlama rivojlanishining muhim sharti
hisoblanadi. Bolaning nutqi qanchalik to‘g‘ri va lug‘ati boy bo‘lsa, unga o‘z
fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bo‘ladi, atrof – olamni idrok etish uchun
imkoniyat kengayadi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabati to‘liq
va mazmunli bo‘ladi, uning psixiq rivojlanishi ham faol ravishda amalga oshadi.
Shuning uchun ham bolalarda nutqning o‘z vaqtida shakllanishi haqida, uning sof
va to‘g‘riligi haqida qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan bo‘lsa, mana
shu til normalarida namoyon bo‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish va to‘g‘rilash
muhim hisoblanadi. U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari bolaning barcha ruhiy
nutq buzilishlari bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir etadi, uning
faoliyatida, yurish-turishida aks etadi.
Og‘ir nutqiy buzishlar aqliy rivojlanishiga, ayniqsa, bilish faoliyati oliy
darajalarining
shakllanishiga ta’sir etishi mumkin. Bu nutq va tafakkurning
chambarchas bog‘liqligi, ijtimoiy, jumladan nutqiy aloqalarning cheklanganligi
bilan bog‘langandir. Nutqning umumiy rivojlanmaganligi bolalarda nutqiy
patologiyaning tobora murakkab shakllari: alaliya, afaziya, shuningdek, dizartriya,
duduqlanish xollarda- qachonki, bir paytning o‘zida lug‘at boyligi yetishmasligi,
nutqning grammatik qurilishi va fonetik-fonematik rivojlanishida nuqsonlar
aniqlanganida kuzatiladi.Matkabgacha ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan muhim
vazifalardan biri, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash hisoblanadi. Bolaning
samarali ta’lim olishga tayyorlashning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri to‘g‘ri, yaxshi
rivojlangan nutq hisoblanadi.To‘g‘ri nutq bolaning har tomonlama rivojlanishining
muhim sharti hisoblanadi. Bolaning nutqi qanchalik to‘g‘ri va lug‘ati boy bo‘lsa,
unga o‘z fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bo‘ladi, atrof – olamni idrok etish
uchun imkoniyat kengayadi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabati
to‘liq va mazmunli bo‘ladi, uning psixiq rivojlanishi ham faol ravishda amalga
oshadi. Shuning uchun ham bolalarda nutqning o‘z vaqtida shakllanishi haqida,
uning sof va to‘g‘riligi haqida qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan
bo‘lsa, mana shu til normalarida namoyon bo‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish va
to‘g‘rilash muhim hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabat
va o‘yin faoliyatining yoshga xos psixologik xususiyatlarini nazariy va amaliy
tadqiq etish orqali ilmiy xulosalar olish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifasi.
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun xarakterli bo‘lgan nutq va munosabat
motivlarining shakllanishida o‘yinning ahamiyatini ochib berish hamda munosabat
motivatsiyasini, ijtimoiy-psixologik muammo sifatida tadqiq qilish.
2. Bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabat va o‘yinni ijtimoiypsixologik jihatdan tadqiq qilish uslubini ishlab chiqish.
3. Bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabat va o‘yin faoliyatining
o‘ziga xos psixologik xususiyatlariga bevosita ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik
omillarni aniqlash.
4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari misolida bola nutqining rivojlanishi va ularda
o‘zaro ijtimoilashuv jarayonining shakllanishi ko‘rsatgichlariga baho berish.
Tadqiqotning predmeti. Bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabat va
o‘yin faoliyatining psixologik xususiyatlarining shakllanishi va namoyon etilishi
xolatlari.
Kurs ishining ob’ekti. Andijon viloyati Jalaquduq tumani № 35 maktabining
boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan 50 nafari.
Kurs ishining metodlari
Kuzatish, individual suhbatlar
“O‘quv komponentlarini o‘rganish”metodikasi (Sh.Barotov)
“Shaxs yo‘nalganligi” (V.Siskal va M.Kucher)
Kursni ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan
iborat.
I.BOB. MUAMMO O‘RGANISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs va shaxslararo munosabati
На bir shaxs ijtimoiy mavjudod bo‘lganligi sababii atrofdagi boshqa odamlar
bilan o‘zaro munosabatga kirishmay turib mutlaqo yashay olmaydi. Inson
shaxsining guruh va jamoadagi munosabatlarini ijtimoiy psixologiya fani o‘rganadi.
Ijtimoiy psixologiya ta ’limotiga ko‘ra, 2 xil guruh farqlanadi. Ulardan birinchisi
shartli guruh, ikkinchisi esa haqiqiy, real guruhdir. Odam larning m a’lum
belgilariga, ya’ni yoshiga, jinsiga, millatiga, kasbiga qarab shartli guruhlar tashkil
qilish m umkin. M a’lum jamiyatda ishlab, odam lar bilan haqiqiy munosabatga
kirishish yo‘li bilan hosil bo‘lgan guruhni real guruh deb ataymiz. Masalan, talabalar
guruhi, ishchilar guruhi, oila va shu kabilar real guruhlarga misol bo‘la oladi.
Shaxsning shartli va real guruhidan tashqari referent guruhi ham bo‘ladi. Har bir
shaxs o‘z referent guruhiga ega bo‘ladi. Referent guruhdagi odamlar shaxsga har
tomonlama yoqadi, shu sababii shaxs ularni hurmat qiladi va aytgan gaplariga quloq
soladi. Masalan, o‘smir na ota-onasi, na sinf rahbarining gaplariga mutlaqo
kirmasligi mumkin. Chunki o‘smirning ko‘chada o‘z referent guruhi bo‘ladi.
Shuning uchun tarbiyachi, sinf rahbari va ota-onalar bolalarning ishonchlarini
qozonib, ular uchun referent guruh bo‘lishga harakat qilishlari zarur.
Shaxsning ko‘p qirrali jihatlaridan biri emotsiyalardir, u har qanday insoniy
faollikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. L.S. Vigotskiy intellektual va emotsional doiraning
o‘zaro munosabati va ichki birligini e’tirof etadi va aqli zaiflikda normaga qaraganda
intellekt va affekt o‘rtasidagi aloqa o‘ziga xos bo‘ladi, deb
ta’kidlaydi.
Nutq nuqsoniga ega guruh bolalarida hissiy-iroda sohalarida ham kamchiliklar
kuzatiladi. Ayrim bolalarda hissiy-iroda sohasidagi kamchiliklar ruhiyatini
yemirishi, tormozlanganlik, qo‘rquv, kayfiyatining tez-tez o‘zgarishi kabi holatlarni
keltirib chiqarishi mumkin bo‘Isa, ayrim bolalarda qo‘zg‘aluvchanlikning ortishi,
asabiylashganlik, yig‘loqilik, atrofdagi odamlarga va muhitga nisbatan norozilik
xislatlarida aks etishiga sabab bo‘Isa, yana boshqa bolalarda atrofdagi voqeahodisalarga va odamlarga befarqlik, irodasizlik kabi xislatlar keltirib chiqaradi.
Nuqsonli bolalar o‘z nuqsonini qay darajada ekanligini anglash va uning
oqibatlarini ko‘ra bilish darajasiga ko‘ra intellekti va motorikasi qo‘pol buzilgan
bo‘lib, ular ko‘proq o‘z nuqsonlaridan iztirob chekadilar. Bolani o‘z kuchiga
ishonchsizlik tuyg‘usi va xulqidagi o‘zgarishlar ko‘proq darajada bolaning
nuqsoniga nisbatan ota-onalar va yaqin qarindoshlarining munosabatlariga bog‘liq.
Ayrim oilalarda otaonalar bolaning o‘rniga barcha ishlarni bajarishga harakat
qiladilar va buning oqibatida bolalarda tobelik, boqimandalik hislari uyg‘onadi va
ular o‘zgalar yordamisiz biror-bir faoliyatni bajara olmaydilar. Bolalar serebral falaji
asoratidagi dizartrik bola o‘z faoliyatiga ehtiyoj sezmaydi, atrofdagilarga nisbatan
negativ munosabatlarda bo‘ladilar. Bolalar serebral falajida nutq nuqsonlarining
darajalariga ko‘ra sog‘lom tengdoshlari bilan muloqotga kirishishlari mumkin.
Bunday bolalarni sog‘lom aka-ukalari bilan muloqoti ularga ijobiy ta’sir etadi.
Bolalar serebral falaji nuqsoniga ega bolalar kamsitish, masxara qilishlarga juda
ta’sirchan bo‘ladilar va bularning barchasi ularning xulqlarida salbiy aks etishi
mumkin.
Odatda, kichik yoshdagi bolalar, agar duduqlanish juda kuchli bo‘lmasa o‘z
nuqsonlarini anglab yetmaydilar. Agar duduqlanish biror-bir hodisadan so‘ng
to‘satdan yuz bersa, bunda bola bu holat va nutq muloqotining chegaralanishida
qattiq ta’sirlanadi, tushkunlikka tushadi. Ayrim hollarda bola umuman gapirmay
qo‘yadi, bu holatni biz mutizm deb ataymiz. Duduqlanuvchi bola o‘z nuqsonini
anglagach, odamlardan uzoqlashishga va nutqiy muloqotdan qochishga harakat
qiladi. Duduqlanishni davolashda va ikkilamchi nuqsonni oldini olishda
atrofdagilarning munosabati katta rol o‘ynaydi. Ota-onalar o‘z farzandlariga
duduqlanishi paydo bo‘lish davrida yordam berishlari 182 va uning nutqiy
rivojlanishiga samarali ta’sir etish hollari kamdan kam kuzatiladi. Ko‘p hollarda otaonalar duduqlanuvchi farzandlariga haddan ziyot e’tiborli bo‘ladilar. Ayrim otaonalar duduqlanishga katta ahamiyat bermay, boladagi nutq nuqsonini o‘zlari
bartaraf etishga harakat qiladilar, masalan: bolaning nutqdagi xatolarini bolaga
ko‘rsatadilar va to‘g‘ri nutqqa taqlid qilishni talab etadilar. Buning oqibatida bola
o‘z nuqsonini yanada chuqurroq anglab yetadi. Bola to‘g‘ri gapirishga harakat
qiladi.
Bola
qanchalik
qiynalsa
duduqlanish
shuncha
kuchayadi,
ya’ni
duduqlanuvchi bola o‘zining diqqatini nutqiy nuqsonga qanchalik qaratsa, uning
nutqi shunchalik yomonlashib boraveradi. Ayrim ota-onalar duduqlanuvchi
farzandlari bilan xuddi bemorlarga bo‘lgandek munosabatda bo‘ladilar. Ular
bolalarning ko‘ngillariga qaraydilar, hamdardlik bildiradilar. Bunda bolalarda
nevroz rivojlanishi mumkin. Bola duduqlanish unga turli imtiyozliklar yaratganini
tushunadi va bundan «unumli» foydalanishga harakat qiladi. Ayrim bolalar o‘z
nuqsonlarini turli harakatlar bilan berkitishga harakat qiladilar, lekin bu usul bilan
duduqlanishni bartaraf etish mumkin emas. Hatto nutqiy nuqson belgilari juda kam
darajada namoyon bo‘Isa ham, ikkilamchi ruhiy buzilishlar ortib boradi.
Duduqlanishni keltirib chiqaruvchi asosiy asab buzilishi — bu logofobiya.
Logofobiya — nutqdan, muloqotdan qo‘rqish m a’nosini bildiradi. Logofobiya
duduqlanuvchining barcha shaxs xususiyatlariga ta ’sir etadi va uning xulqida salbiy
o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Logofobiya bola ruhiyatiga shu darajada qattiq ta’sir
etadiki, hatto duduqlanish bartaraf etilgandan keyin ham o‘z asoratlarini qoldiradi.
Bolalar jamoasida duduqlanuvchi bola tengdoshlari tomonidan masxara qilinadi,
hatto ular bunday bolalarni o‘z jamoalaridan chetga chiqarib qo‘yadilar.
Duduqlanuvchi bolalar maktabga kelgach, ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar va
majburiyatlarining ortib borishiga moslasha olmaydilar. Ayrim hollarda maktab m
a’muriyati, o‘qituvchilarning qattiqqo‘lligi tufayli duduqlanishi kuchayishi yoki
«yashirincha» duduqlanish yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin. Duduqlanuvchi
bolani o‘qituvchilar har doim ham tushunmaydi va ularni bir-biriga bo‘lgan
munosabatlari duduqlanuvchi 183 va sinfdoshlari o‘rtasidagi munosabatga ham
salbiy ta’sir etadi. Duduqlanuvchi bunday vaziyatlarga turlicha munosabatda
bo‘ladi. Ko‘p hollarda bolalar bilimlari nuqsonlari hisobiga noto‘g‘ri baholanishi va
shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yo‘qotadilar. Ular
maktabni yomon ko‘rib qoladilar, darslardan qochadilar, sinf jamoa hayotidan
chetda qoladilar, xulqida qo‘shimcha kamchiliklar kuzatiladi. Ayrim duduqlanuvchi
o‘quvchilar darsni bilmasliklarini nutqiy nuqsondan foydalanib berkitishga harakat
qiladilar. Agar o‘qituvchi bolaning nutqiy nuqsoni haqida tushunchaga ega bo‘lsa,
unda bolaning javobini shoshirmasdan kutib turadi, duduqlanish holati o‘tib
ketgandan so‘ng u o‘z fikrini bayon etishga va bilimlarini namoyon etishga imkon
yaratadi. Agar o‘qituvchi bola nuqsoni haqida tushunchaga ega bo‘lmasa, uning jim
turishini darsni tayyorlamaganlik deb tushunib, uni noto‘g‘ri baholashi mumkin.
Duduqlanuvchi bolalarda kek saqlash, xafsirash, gumonsirash, o‘zgarishlarga
ishonchsizlik kabi shaxs xususiyatlarining kamchiliklari va psixomotorikasida
buzilishlar
kuzatiladi.
Duduqlanishning
giperstenik
shakIidagi
bolalarda
asabiylashishning kuchayishi, qo‘zg‘aluvchanlik, xulqida giperfaollik kuzatiladi.
Nevrosteniyaning gipostenik shakliga ega duduqlanuvchi bolalar umumiy holsizlik,
ish qobiliyatining sustlashganligi va logofobiyalar bilan ta’riflanadi. Taxilaliyali
bolalar odatda o‘z nuqsonlarini anglab yetadilar, shuningdek, ularning nutqiy
muloqotga kirishish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Bunday bolalarga
atrofdagilarning munosabatlari turlichadir. Ko‘p hollarda taxilaliyali bolalar o‘z
tengdoshlari
tomonidan
kamsitiladilar.
Ota-onalarning
haddan
tashqari
qayg‘urishlari va nutqiga nisbatan talablari taxilaliyali bolalarning xulqidagi salbiy
o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
1.2. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning shaxs va shaxslararo
munosabatlarini o‘rganish
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning shaxslararo munosabatlarining
xususiyatlari.
Tizimli nutq buzilishi bo‘lgan bolalarda kuzatilgan o‘zlarining nutq xattiharakatlarini tashkil etishdagi jiddiy qiyinchiliklar ularning atrofdagi odamlar bilan
muloqotiga salbiy ta'sir qiladi. Ushbu toifadagi bolalarda nutq va muloqot
qobiliyatlari buzilishining o‘zaro bog‘liqligi nutqning qashshoqlik va lug‘atning
farqlanmasligi, fe'l lug‘atining aniq etishmasligi, izchil bayonning o‘ziga xosligi
kabi nutqning xususiyatlariga to‘sqinlik qiladi. to‘laqonli aloqani amalga oshirish.
Ushbu qiyinchiliklarning oqibati - muloqotga bo‘lgan ehtiyojning pasayishi, aloqa
shakllarining shakllanmasligi (dialogik va monolog nutqi), aloqaga qiziqishning
yo‘qligi, muloqot sharoitida harakat qila olmaslik, negativizm Nutq rivojlanmagan
bolalar nutqning negativizmini yoki muloqotda nutq passivligini, boshqalar bilan
tanlab aloqa qilishni ko‘rsatishi mumkin. Muloqot vositasi sifatida imo-ishoralar va
mimikalardan foydalaniladi. O‘z nutqingiz bo‘lsa, og‘zaki aloqa vositalaridan
foydalanish qiyin, chunki bolalar nutqi o‘z nazoratidan tashqarida qoladi.
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bo‘lgan katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi
bolalarning ko‘pchiligida uning vaziyat-ishbilarmonlik shakli ustunlik qiladi, bu 24 yoshdagi normal rivojlanayotgan bolalar uchun xosdir (E.G. Fedoseeva). Ularning
ko‘pchiligi uchun afzal qilingan narsa kattalar bilan o‘yin faoliyati fonida muloqot
qilishdir, bu nafaqat jiddiy qashshoqlik, balki unda ishlatiladigan nutq ishlab
chiqarishning etarli emasligi bilan ham ajralib turadi. Nutq patologiyasi bo‘lgan
bolalarning kichik qismida muloqotning ekstrasituatsion-kognitiv shakli aniq
ustunlik qiladi. Ular kattalarning kitob o‘qish taklifiga qiziqish bilan javob berishadi,
oddiy, qiziqarli matnlarni diqqat bilan tinglashadi, lekin kitob o‘qish oxirida ular
bilan suhbatni tashkil qilish juda qiyin. Qoida tariqasida, bolalar o‘qiganlarining
mazmuni haqida deyarli savol bermaydilar, ular monolog nutqining reproduktiv
bosqichi shakllanmaganligi sababli eshitganlarini qayta aytib bera olmaydilar.
Kattalar bilan muloqot qilishda qiziqish mavjud bo‘lsa ham, suhbat davomida bola
ko‘pincha bir mavzudan ikkinchisiga o‘tadi, uning kognitiv qiziqishi qisqa muddatli
bo‘lib, suhbat 5-7 daqiqadan ortiq davom etmaydi.
Bolalar va kattalar o‘rtasidagi muloqot jarayonida rejim lahzalarida va turli
tadbirlarda ular ko‘pincha shakllanmagan muloqot madaniyatini namoyish etadilar:
ular kattalar bilan tanish, masofa hissi yo‘q, intonatsiyalar ko‘pincha baland, qo‘pol
va bezovta qiladi. talablar. Kattalar bilan muloqot qilishda ular tengdoshlari bilan
muloqot qilishdan ko‘ra mazmuni va tuzilishi jihatidan kamroq rivojlangan nutq
ishlab chiqarishdan foydalanadilar, bu aloqa vositalarining normal ontogeneziga
mos keladi.
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bilan og‘rigan bolalar guruhida odatdagidek
gapiradigan tengdoshlar guruhida bo‘lgani kabi bir xil naqshlar ishlaydi. Bu qulay
munosabatlar darajasi ancha yuqori ekanligi, "afzal" va "qabul qilingan" bolalar soni
"rad etilgan" va "izolyatsiya qilingan" bolalar sonidan sezilarli darajada oshib
ketishida namoyon bo‘ladi. "Rad etilgan" va "izolyatsiya qilingan" bolalar orasida
ko‘pincha kommunikativ vositalarni yaxshi bilmaydigan, barcha faoliyat turlarida
muvaffaqiyatsizlikka uchragan bolalar kiradi. Ularning o‘yin qobiliyatlari, qoida
tariqasida, yomon rivojlangan, o‘yin tabiatan manipulyatsiya; bu bolalarning
tengdoshlari bilan muloqot qilish urinishlari muvaffaqiyatga olib kelmaydi va
ko‘pincha "qabul qilib bo‘lmaydigan" tomonidan tajovuzkorlik portlashlari bilan
yakunlanadi.
Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bo‘lgan bolalar etakchilikni ta'minlaydigan
fazilatlarga ega emaslar: barcha turdagi faoliyatda muvaffaqiyat (o‘yin, samarali,
ish, o‘rganish), etarli darajada rivojlangan muloqot qobiliyatlari (ular nutqni
tinglashni va tushunishni, o‘z fikrlarini bildirishni biladilar. izchil), ijobiy xarakterli
xususiyatlarning
mavjudligi,
bolalar
va
o‘qituvchilarga
nisbatan
faollik.
Tengdoshlar guruhida Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bo‘lgan bolaning pozitsiyasi nutq
nuqsonining zo‘ravonligi bilan chambarchas bog‘liq. Shunday qilib, shaxsiy
munosabatlar tizimida yuqori o‘rinni egallagan bolalar, qoida tariqasida, nisbatan
yaxshi rivojlangan nutuqqa ega emas.
Bolalarda shasx va shaxlararo munosabatlarni tekshirishda “moychechak guli”
metodikasidan foydalaniladi. Bunda ikkita bolaga moychechak tasviri tushirilgan
rangsiz rasm beriladi va qaysi bola ledir ekanligi aniqlanadi.
Nomi: “Moychechak guli” metodikasi Maqsadi: Bolada shaxs va shaxslararo
munosabatlarini aniqlash, hamjihatlik, ledirlik qobiliyatlarini o‘rganish Jihoz:
Ko‘rgazmali rasm va rangli qalamlar O‘tkazish tartibi: Ikkita bolaga moychechak
tasviri tushirilgan rangsiz rasm beriladi va rasmni bo‘yash jarayoni ko‘zatiladi.
Natija: Agar bir bola ikkinchisiga rasmning qaysi tomonini va qaysi rangda
bo‘yashini ko‘rsatsa – bu ledirlik.
Agar ikkala bola ham bir-biriga zarar yetkazmagan holatda qalamlardan
foydalansa va rasmni bo‘yasa – bu ham hamjihatlik Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan
bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Bolalar bog‘chasida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga
oshiriladi. Avvalo, bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan
tanishtirish, mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim berish,
kun davomidagi maishiy, mustaqil, badiiy faoliyatda, ko‘ngil ochishlarda
qatnashtirish orqali bu ish hal etiladi. Har xil bayramlar. San’at vositalari, ijtimoiy
hayot voqealari, bolalar badiiy adabiyoti, musiqa, ashula, tasviriy va amaliy san’at,
o‘yinchoq va o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, oynai jahon va radio,
kino va multfilmlar, diafilmlar va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Bunday vositalardan ma’lum bir izchillik va tizimlilik bilan
foydalanilgandagina bolalarning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Yuqoridagi aytilganlardan xulosa shuki, axloq-odob o‘zbek millati hayotining
mazmuni hisoblanadi. Qayerda, qaysi jamiyatda, qaysi davlatda yaxshi xulq qaror
topsa, o‘sha jamiyatdagi kishilarning hayoti farovon, turmushi tinch, odamlari boybadavlat bo‘ladi.
Axloqiy tarbiya berish metodlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga
axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullardan foydalaniladi. Axloqiy tarbiya
metodlari — bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab olishi, ularda
madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy xis-tuyg‘ulari va
sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy tarbiya metodlari
quyidagi guruhga bo‘linadi: - axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish
hoxishini shakllantirishga qaratilgan metodlar - axloqiy xis-tuyg‘ular va
munosabatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar.
Hamma guruh metodlari axloqiy xis-tuyg‘ular va shaxsiy sifatlarni
tarbiyalashni ta’minlaydi. Tarbiyachining hikoyasi, o‘qib berish, axloqiy
mavzularda suxbatlar (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, o‘qilganlar bo‘yicha),
kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar adabiyoti va hayotdagi ijobiy
misollardan foydalanish asosida olib boriladi. Yuqorida keltirilgan hamma metodlar
orqali bolalarga axloqiy me’yor va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o‘rgatiladi,
ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu metodlarga quyidagi
asosiy talablar qo‘yiladi: bolalarning yaxshilik va yomonlik to‘g‘risidagi
tasavvurlarini e’tiborga olish, aqliy, xulq-atvor me’yorlarini muxokama qilish uchun
maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o‘zlarini faol qatnashtirish, har bir bolaning
xis-tuyg‘usiga extiyotlik bilan munosabatda bo‘lish. Bolani noo‘rin tanqid qilish,
uning ustidan qo‘lish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish yaramaydi. Xamma
metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Har bir metod
o‘ziga xos bo‘lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator misollar orqali ko‘rib
chiqamiz. Tushuntirish ko‘pincha bolalarga yangi axloqiy tushuncha, me’yor, qoida
bayon qilib borilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli so‘zi va
na’munasiga asoslanadi.
Masalan: ro‘paradan kelayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom
berish uchun avvalo, bir oz to‘xtab, u kishining yuziga qarab qo‘limsirab “Assalomu
alaykum” deyish va yana yo‘lida davom etish kerak. Tushuntirish va ko‘rsatish
tabiiy xolda bo‘lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suxbatni maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo‘llash mumkin. Tushuntirish yorqin
bo‘lib, bolalarning xis-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy
vazifasiga quyidagilar kiradi: Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ijobiy-axloqiy
hislarni uyg‘ota olish, ertak qaxramonlariga hamdardlik bildirish hamda yutug‘idan
quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgalashib achinish; U bolalarga tushunarsiz
bo‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish; U axloqiy mavzulardagi
hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda, bolalarning o‘z hayoti bilan bog‘liq
bo‘lgan joylarda foydalanish.
Axloq mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq me’yorlari va qoidalarini,
ijobiy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq
qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi. Bolalarning axloqiy
tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy sabablarini aniqlab borish kerak.
Suxbat jarayonida bolalar o‘z fikr- muloxazalarini aytishlariga keng imkon beriladi.
Shunda ular har bir xatti- harakatini ongli ravishda, axloq me’yorlari va qoidalari
doirasida bajarishga o‘rinadilar. Shuningdek, bolalarga badiiy adabiyotlarni o‘qib
berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqava ashula
eshitish bolalarda estetik xisni uyg‘otadi hamda axloqiy qoida va me’yorlarni
singdirib boradi. Amaliy va o‘yin metodlari — o‘yin mashqlar, muammoli
vaziyatlar, izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va
harakatli, saxnalashtirilgan o‘yinlar, inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga
raxbarlikni ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin. Metodlar axloqiy tasavvur
va tushunchalarni mustaxkamlashga, bolalarda axloqiy tajribani to‘plashga, axloq
me’yorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishga yordam beradi. O‘yin kichik
bog‘cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va axloqiy xulq hamda odatlarni
tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish foydali
odatlarni qaytarish kabilar kiradi. Muammoli vaziyat o‘zining ahamiyati jihatidan
mashqqa juda yaqin turadi, ammo uning o‘ziga xos tomoni bolada faollik, ijodkorlik,
mustaqillik namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya — vaziyat
(tugallanmagan hikoya) tavsiya etiladi, masalan, birorta hikoya ma’lum yerida
to‘xtatiladi. Tarbiyachi bolalarga hikoyadagi qaxramonlar xulqini baholashni
tavsiya etadi. Bolalarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy
xulq haqida bir fikrga kelinadi. Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda
ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash bola xulqidagi salbiy tomonlarni bartaraf
etish maqsadida foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suxbat shakllari
qulay bo‘ladi. Rag‘batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning metodi bo‘lib, u
asosiy metodlarga ta’sir etishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Tarbiyachi boladagi ijobiy xatgi-harakatni faollashtirish yoki bo‘lmasa, bolani
yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag‘batlantirishdan foydalaniladi. Bolalar
bog‘chasida rag‘batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga o‘yinda bosh
rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi ko‘rgan
o‘yinchog‘ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning bosh
vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yo‘l
qo‘ymaslik.
Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan
iborat: I- Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va
bolalarning o‘zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan xurmat bilan qarashga
asoslanishi kerak.
-I- Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o‘zi ijobiy
odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yo‘qotishga intilsin.
-1- Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur.
-I- Bolani tarbiyalash uchun yaxshi xissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va
qo‘rkitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi.
-I- Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga
asoslanish kerak.
-I- Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish
kerak.
Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni
kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar raxbarligidagi faoliyatni
tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg‘ularni
tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq na’munalarini
o‘rgatish ancha oson kechadi.
Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotida jismoniy tarbiyaning о‘rni. Jismoniy
tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat
talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish,
jismoniy madaniyat va sport soxasiga taalluqli maxsus bilimlarni o‘zlashtirib olish
tushuniladi. Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid
faoliyatlarini maqsadga yo‘naltirilgan aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga
oshirish tizimi.
Maktabgacha ta’lim davrida nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarni jismoniy
tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik
kabi
jismoniy
sifatlarni
rivojlantirishdan
iboratdir.
Muntazam
ravishda
o‘tkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning o‘sish va rivojlanish jarayoniga
ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi. Bolalarning jismoniy madaniyatini
shakllantirish ko‘pgina vazifalarda muvaffaqiyatli xal etishni talab etadi. Jismoniy
tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo‘lib, pedagogikada qator tasniflar yaratilgan.
Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning
quyidagi
vazifalarini
ajratib
ko‘rsatishadi:
Bolalarning
jismoniy
to‘g‘ri
rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik va funksional rivojlanishini
ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashki muhitning noqulay
vaziyatlariga
barkaror
qarshi
tura
olishini
mustaxkamlash;
Asosiy
harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir
faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari — kuchlilik, chidamlilik,
chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlaydi; Hayotiy
muhim harakatga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish - bolada maxsus
harakatga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga doir
tasavvurlarga tayangan xolda bola turli sharoitlarda o‘z xatti-harakatlarini boshqara
olish imkoniyatgaa ega bo‘ladi; Jismoniy madaniyatning tizimli mashg‘ulotlariga
barkaror qiziqish va extiyojlarni tarbiyalash. Sog‘lom turmush tarzi asosida bolaning
doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U
muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va bolalarning jismoniy
Mashg‘ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi; Jismoniy madaniyat va
sport, tibbiy va gigiyena soxalariga oid minimum nazariy bilimlarni egallash
zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiyena haqida. jismoniy madaniyat,
sportning salomatlikni mustaxkamlashdagi ahamiyati aniq tasavvurlarga ega
bo‘lishi zarur.
II BOB. NUTQIY NUQSONIGA EGA BO‘LGAN BOLALARNING SHAXS
VA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHI
2.1. Kichik maktab yoshi davrida nutqning rivojlanishi va shaxslararo
munosabatlarning shakllanishi
XIX asr boshlarida nutq mustaqil fan darajasiga erishgan tilshunoslikda
o`rganila boshlandi. Tilning psixologik tabiatini o`rgangan, uni inson ruhiyatining
namoyon bo`lishi, deb baholagan mualliflardan biri V.Gumbol’dt edi. U tilni o`lik
mahsulot emas, balki doimiy tug`ilish natijasi deb qaraydi V.Gumbol’dt tadqiqotlari
til-nutq tafakkuri muammolari-tilni tushunish, mantikiy va til kategoriyalarini
shakllanishi, material (tovushli) substrat bilan fikrlash jarayonining munosabati
masalalarini o`rganish imkonini beradi. V.Gumbol’dtning psixologik tadqiqotlari
uning shogirdi tilshunoslikda psixologik yo`nalish asoschisi G.Shteyntal tomonidan
rivojlantirildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya mustaqil fan sifatida shakllanishi
bilan til va nutq muammosi ham psixologik tadqiqotlarda o`rganila boshlandi.
V.Vundt o`zining xalqlar psixologiyasida nutqning psixologik, psixofiziologik
tomonlariga alohida e`tibor bergan. Og`zaki nutqni insonning his- tuyg`ularini
ifodalovchi harakatlar bilan bir qatorga qo`yadi.
V.Vundtning 1900 yilda nashr qilingan kitobida nutqni kommunikatsiya - aloqa
vositasi deb qaralgan, uning psixologik, psixofiziologik bog`liqligini tushuntirib
bergan, shuning uchun ham hozirga kadar ilmiy ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Keyinchalik til va nutq nazariy-amaliy jihatdan o`rganila boshlandi. Bu
sohadagi eng muhim ishlardan biri L.S.Vigotskiyning “Tafakkur va nutq” (1934)
kitobidir. Bu kitobning markaziy g`oyasi-nutqning ijtimoiy tabiati, muomala
vositasi sifatidagi imkoniyatlarining tasdiqlanishidir. L.S.Vigotskiy tafakkur va
nutqni yaxlit dialektik birlikda deb qaraydi. Fikr so`zda ifodalanibgina qolmay, balki
mukammallikka ham erishadi. Fikrdan nutqqa o`tish-fikrni qismlarga bo`linishi va
so`zda ifodalanishidir.
P.P.Blonskiy tafakkur va nutqni uzilmas aloqasini ta`kidlash bilan birga, ular
aynan bir narsa emasligini ham uqtiradi. U I.P.Pavlovning shartli reflekslar haqidagi
ta`limotiga asosan so`zning signallik tabiatiga alohida e`tibor beradi.
S.L.Rubinshteyn nutqning ong bilan bog`liqligini ko`rsatib bu birlikda inson
ongining ijtimoiy tabiati o`z aksini topadi. Nutq-bu boshqa kishi uchun gapirayotgan
insonning fikrlari, his-tuyg`ularining mavjud bo`lish shaklidir. So`z muloqotda
tug`iladi va muloqot uchun xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi.
V.M.
Bexterev
laboratoriyasida
nazariy
ta`limotlarga
asosan
nutq
eksperimental yo`l bilan o`rganildi. 4-15 yoshdagi bolalar guruhlarini o`rganish
orqali E.M. Shevaleva va O.M.Ergol’skayalar mulokot va nutq maxsulini tahlil
qilish metodikasini ishlab chikishdi. Bolalar nutqining individual xususiyatlari
o`rganildi. Nutq psixologiyasining eng muhim yo`nalishlaridan biri nutqning
akustik tomonini o`rganishdir. Nutq akustikasi fizik akustika, lingvistika fonetika,
kibernetika, va boshqa fanlar tomonidan ham o`rganiladi. Psixolog uchun nutq
tovushlari - gapirayotgan kishi artikulyar apparatining faoliyati natijasidir. Bu
faoliyat doimo eshitish analizatorining nazoratida bo`ladi va inson miyasining
maxsus bo`limlari, motor buyruqlari bilan boshqariladi.
V.A.Artyomov raxbarligidagi laboratoriyada nutq akustikasini o`rganadigan
metodikalar va apparaturalar ishlab chiqildi. Ohang va jumlani talaffuz qilishni
o`rganish uchun elektrodinamik rekorder, nutq tovushlarini avtomatik tahlil
qiluvchi- spektograf, artikulyatsiyani yozib oluvchi rentgenografik kurilma shular
jumlasidandir. eksperimental tadqiqot uchun akustik hodisalar - ohang, tovush,
fonema va bo`g`inlar ham qamrab olindi. Bu hodisalar psixologik jihatdan nutqni
idrok qilish, tanish va tushunish tomondan o`rganiladi.
Nutq akustikasini o`rganish ozmi ko`pmi uning tashqi ifodalanish tomoni bilan
ham bog`liqdir. Lekin, tadqiqotchilarni uning ichki tomoni ham qiziqtiradi. SHuning
uchun ham ichki nutq dinamikasini o`rganishga qaratilgan ko`plab laboratoriya
uslublari ishlab chiqilgan.Ichki nutq faolligini o`rganishga qaratilgan ana shunday
usullardan biri artikulyatsiya organlari (til, lab) yashirin harakatini registratsiya
(qayd qilish) qilishda elektromiografiya usulidan foydalanishdir. A.M. Sokolov
tomonidan ichki nutq va tilning o`zaro aloqasi, til muskullari va pastki labning turli
aqliy vazifalarni echish jarayonidagi miogrammasini yozib olish orqali o`rnatilgan.
Tajribada aniqlanishicha aqliy faoliyat murakkablashgani sari artikulyatsiya faolligi
ham ortadi. Ichki nutq jarayoni dinamikasini o`rganish uchun markaziy va periferik
ta`sirlar metodikasi ishlab chiqilgan. N.I. Jinkin tomonidan markaziy nutqiy ta`sirlar
metodikasi taqlif qilingan. Tajriba jarayonida tekshiriluvchilar-jumlalar tuzish,
geometrik shakllarni sanash, sonlarni ko`paytirish bilan bir vaqtda bo`sh qo`llari
bilan berilgan ritmni taqillatib turishgan. Ichki nutq bilan bog`liq bo`lmagan boshqa
ritmning kiritilishi tormozlovchi ta`sir ko`rsatadi. Asosiy ko`rsatkich sifatida asosiy
vazifani echishga sarflangan vaqt, echimning to`g`riligi, ritm va taqillatish
tezligining to`g`riligi, asos qilib olinadi. Olingan natijalar nutq mexanizmi tarkibida
statik va dinamik qismlarni ajratish imkonini berdi. Har bir nutq tarkibi tovush, so`z,
jumlada doimiy va modellashgan belgilar mujassam bo`ladi. Dinamik jarayonlar
so`zlardan jumla tuzishda muhim rol’ o`ynaydi.
Nutqni o`rganishdagi psixofiziologik yondashish nutq jarayonining tarkibiy
qismlarini yo`nalishiga qarab belgilanadi. N.I.Jinkin dinamik rentgenografiya
usulini qo`llash orqali talaffuz qilishni o`rganishi maqsadida-elektrokardiogramma,
miogramma, teri-gal’vanik reaktsiyasi, yurak qisqarishlari chastotasini o`rganish
metodlaridan foydalanilmokda. Bunday metodikalar logonevroz va tutilish
(duduqlanish) paytida artikulyatsiya apparati xususiyatlarini o`rganish maqsadida
qo`llaniladi.
Nutq – odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida
usulidir. Odam o‘z nutqi yordami bilan o‘zining bilimlari, fikrlari, hislari va
istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini
o‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi. Odamlar
o‘zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan shu tarzda aloqa qilib
turadilar.
Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida har bir kishi bilimlarning ko‘p
qismini boshqa kishilardan oladi. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash odamning
doimiy ehtiyoji bo‘lib, bu aloqa fikr olishuvga xizmat qiladi.
Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi.
Odam yakka o‘zi qolganida, ko‘pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o‘z ichida»
gaplashadi. Odam o‘ziga notanish bo‘lgan bir yoki bir necha kishi o‘rtasiga tushib
qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji
albatta paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj qondirilmay qolsa, odamni ma’yus qiladigan
«o‘ng‘aysizlik» hissi tug‘iladi. Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo‘lmagan
taqdirda ham shunday ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini»
bilmay qoladi. Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap
boshlasam ekan», «qanday gap boshlasam ekan!» deb gap mavzuini qidirish
boshlanadi. Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qarab,
uning nutqi o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Ayrim kishilar kasbining
xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va shu kabi xususiyatlari
ularniig nutqlarida namoyon bo‘ladi. Har bir kishi bir yoki bir necha tildan
foydalanib, o‘zicha gapiradi. har bir kishining o‘z nutqi bor. Odam ongining alohida
funksiyasi bo‘lgan nutq psixologiya fani tomonidan o‘rganiladi. Til esa ijtimoiy
hodisadir. Til ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa
xalqning o‘zidir, tarixan tarkib topgan millatning o‘zidir.
Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir-biridan ajratib
bo‘lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog‘langan, ular birlikda mavjuddir. Bu
birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq
vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida vujudga kelgan va o‘sib borgan. Har bir
tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuvlariga bog‘liq. Agar odamlar
biror tilda gaplashmay qo‘ysalar bu til ham yo‘q bo‘lib ketadi: u «o‘lik til» bo‘lib
qoladi. Biz «o‘lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan
bilamiz. Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o‘lik» tillardir.
Til bilan nutqning birligi yana shundan ham namoyon bo‘ladiki, har bir kishi o‘z
nutqida biror tildan foydalanadi, ba’zilari esa bir necha tildan foydalanadilar.
Odamlarning o‘zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki
funksiyalarda namoyon bo‘ladi.
Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi – odamlarning birbirlari bilan aloqa qilish vositasi bo‘lishdir. Bu aloqa asosan odamlarning o‘z
fikrlarini bir-birlariga aytishlaridan iborat bo‘ladi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq
yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og‘zaki yoki
yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun ham
ravshanroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo‘lib
xizmat qiladi.
Shu bilan birga mana shu aloqa jarayonida nutq ifodalash vositasi bo‘lib, biror
nima bildirish vositasi bo‘lib, ta’sir o‘tkazish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Nutqda bizning fikrlarimiz bilan birlikda tuyg‘u-hislarimiz ham ifodalanadi.
Og‘zaki nutqda hissiyotlarimiz so‘z yordami bilan qilingan tasvirlarda, ohangda,
qofiyada, xitob va savollarda, gaplashish vaqtidagi pauzalarda va ayniqsa
intonatsiyalarda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, biz biron kishining ismini
ataganimizda, shu kishiga bo‘lgan turli hislarimizni va munosabatlarimizni
o‘zimizdagi
mehrni,
g‘azabni,
g‘ururni,
muhabbatni,
hurmatni,
nafratni,
mensimaslikni va boshqa shu kabilarni atayin yoki beixtiyor namoyon qilishimiz
mumkin. Shu bilan birga, gapiruvchining intonatsiyasida uning holati ham,
charchaganligi, umuman hayajoni, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yoki ishonchsizligi
ifodalanadi.Nutq–biror nimani bildiruvchi vosita. Odamning nutqida uning fikrlari
va xilma-xil ichki holati– emotsional kechinmalari va irodasigina ifodalanib
qolmasdan, shu bilan Nutq va ayrim so‘zlar narsalarning faqat belgilari –
«yorliqlari» gina emas. Narsalarni ifodalovchi nomlar nutqning xususiy
funksiyalaridan biridir, xolos. Har bir so‘zning bundan tashqari yana ichki mazmuni
ham bor, har bir so‘z ma’lum tushunchani ifodalaydi. Nutq – ta’sir ko‘rsatish vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Ta’sir ko‘rsatish – biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo‘lsak,
shu kishida biz istagan hislar, intilishlar va harakatlarni tug‘dirish, ularning fikrini
biz istagan tomonga burish, ularni o‘zimiz hohlaganimizcha o‘ylashga majbur etish,
ularni ishontirish demakdir. Ma’lumki, nutq yordami bilan boshqalarda xursandlik,
qo‘rquv, g‘azab, ruhlanish hislarini tug‘dirish mumkin, boshqalarda biz istagan
intilishlarni, harakatlarni kuzatishimiz mumkin.
O‘qituvchi va tarbiyachi so‘z orqali ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quvchilarda
muayyan intizom va hatti-harakat vujudga keltiradi. Ta’sir ko‘rsatish vositasi
bo‘lgan nutq ta’lim tarbiyaning asosiy qurolidir.
Amr-farmon berish, o‘tinib so‘rash – iltimos qilish, maslahat berish, o‘gitnasihat qilish, gapga unitish, dalil-isbotlar keltirish va boshqa shu kabilar so‘z
vositasi bilan ta’sir ko‘rsatish formalaridir. Nutq ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib
xizmat qiladi, chunki so‘zlab turgan kishining nutqida uning hissiy intilishlari, iroda
va e’tiqodi aks etadi.
Nutqning ta’sir o‘tkazuvchi funksiyasida intonatsiya katta rol o‘ynaydi.
Intonatsiyada nozik va murakkab hislar va iroda xususiyatlari – norozilik, istak, talab
hislari va shu kabilar namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli, o‘quvchilarda tabiat
va turmushdagi biror hodisaga qiziqish paydo qilish, bilimni yanada mustahkamroq
bilib olishga ishtiyoq uyg‘otish uchun, shuningdek, ularni ma’lum bir harakatga
yo‘llash uchun o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lganida o‘qituvchi o‘z nutqida
talaffuzga ayniqsa alohida e’tibor bermog‘i lozim. Har bir kishi avvalo o‘z atrofidagi
kishilar so‘zlashadigan tilni bilib oladi. Lekin odam mahsus o‘qib o‘rganish yo‘li
bilan yoki boshqa millat kishilari bilan muttasil aloqada bo‘lib turish natijasida
boshqa xalqlarning tillarini ham bilib olishi mumkin. Inson o‘z fikrlarini
boshqalarga bildirmoq uchun shu fikrlarni seziladigan, ya’ni sezgi organlari orqali
ta’sir qiladigan moddiy vositalarda ifodalashi lozim. Odam ovozini tovushlari va
tovushlar birikmasi nutqining mana shunday moddiy vositalaridir. Odamlar nutq
orqali bir-birlari bilan muomala qilishda foydalanadigan tillarning hammasi tovush
tilidir. Odam nutqining tovushlari odatda fonemalar deb ataladi.
Odamlarning imo-ishoralarini, mimikasini va pantomimikasini eslatuvchi
xilma-xil harakatlarni biz hamisha hayvonlarda, ayniqsa oliy hayvonlarda –
maymunlarda ham borligini ko‘ramiz. Biroq, hayvonlarning bu harakatlarini
odamlarning imo-ishoralari, mimikasi bilan bir xildagi harakatlar deb hisoblash
mumkin emas. Odamlar o‘zlarining imo-ishoralarida, mimikalarida va o‘zlarining
ayrim tovush birikmalarida o‘zlarining ichki his va tuyg‘ularini ifodalaydilar. Lekin,
shu bilan bir vaqtda, odam bu harakatlardan nutq elementlari tariqasida ham
foydalanishi mumkin, jumladan, odam shular orqali narsalarning ma’nosini
ifodalanishi, u yoki bu narsalarni ko‘rsatishi, narsalarni tasvirlab berishi mumkin.
Hayvonlarda shu tarzdagi imo-ishoralar va mimika harakatlari bo‘lishi mumkin
emas. Bu tajribada ham isbot qilingan. Psixologlar Voytonis va Tix maymunlarni
loaqal narsalarni oz-moz bo‘lsa ham ifodalab beradigan tasvirlovchi imo ishoralarga o‘rgatish tajribalarini o‘tkazgan edilar. Maymunlarda mimika va imo ishora harakatlari g‘oyat ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular bunday tasvirlovchi imoishoralarni o‘rgana olmadi. Boshqa hayvonlarda bo‘lgani kabi, maymunlarda ham
mimika, imo-ishoralar va tovush signallari harakat faolligining umumiy ajralmas
kompleksidan iborat bo‘lib, voqelik buyumlarini ifodalovchi vosita tariqasida
xizmat qilmaydi. Kar-soqov odamlar imo-ishora va mimikadan aloqa vositasi
tariqasida foydalanishga majburdirlar, chunki ular og‘zaki nutq tovushlarini
eshitmaydilar.
Yozuv ham nutqning moddiy vositasidir. Lekin yozuv tilning qandaydir
alohida turi emas, yozuv – tildan foydalanishning faqat alohida usulidir. Og‘zaki
nutqda ham yozma nutqda ham biz ayni bir tovush tilidan foydalanamiz. Ozaki nutq
eshitish organlari vositasi bilan idrok qildirishga mo‘ljallangan nutqdir. Yozma nutq
esa harflar va belgilar yordami bilan tovushlarni, Bolalar to‘g‘ri tarbiyalanib
borganlarida, ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshiga yetganlarida, ularda tilning
grammatika formalarini amaliy ravishda egallash juda tez qadam bilan olg‘a qarab
boradi. Shu yoshda bolalar murakkab gap sintaksisini ham egallab oladilar. Bolaning
nutqida bir-biri bilan bog‘langan qo‘shma gaplar paydo bo‘ladi. Bolalarning nutqda
sodda gap, bosh gap, ergash gap va hokazolar aniq, ko‘rina boshlaydi. Ularning
nutqlarida murakkab gaplar ishlatiladi. Bu gaplarda biror sababiyat, maqsad, xulosa,
izoh, shart va shu kabilar aks ettirila boshlaydi. Nutqning tuzilishidagi bu murakkab
formalar tafakkurning murakkabroq formalari o‘sib borishiga bog‘liqdir. Bolalarda
nutq o‘sishining ana shu bosqichida hodisalarning sabablari va bir-biriga bog‘lanishi
to‘g‘risida turli savollar tug‘ila beradi. Shu yoshdagi bolalar kattalardan muttasil:
«Nega?», «Nima uchun?» deb suray beradilar.
Bola yetti yoshga yetganida og‘zaki nutqning grammatikasini amaliy yo‘l bilan
egallab oladi deyish mumkin. Bolaning nutqni ana shunday amaliy egallab olishi
keyinchalik savod chiqarish va tiliing grammatikasini o‘rganishga imkon beradi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan
darajada ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 500–600
so‘zni ishlatsa, olti–yoshli bola 3000–7000so‘zni ishlatadi. Boshlang‘ich sinf
yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi.
Bu yoshdagi bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani afzalu, qaysilarini
ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6–7 yoshli bola o‘z jumlalarini
murakkab gramatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal
ravishda egallab boradilar va nutqni o‘zlashtirish ma’lum bir faoliyatga aylana
boradi. 7–9 yoshli bolalarning o‘ziga hos yana bir xususiyati bola nutqida o‘z fikrini
bayon etibgina qolmay, balki o‘z suhbatdoshining diqqatini o‘ziga jalb qilishini ham
biladilar. Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarini
to‘g‘ri tizimli va so‘zlarni to‘g‘ri yozilgan ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan
xarakterlanadi. Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa, shundayligicha yoza
olmasligini bilishi, uchun to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga o‘rgatishi zarur.
Yozma nutqni egallashi asosida bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar yuzaga
keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada hali o‘zi
yozgan fikrlarni so‘z va harflarni nazorat etishi malakasi hali rivojlanmagan bo‘ladi.
Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab
yoshidagi o‘quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash
fikrini bayon etish uchun malumot to‘plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni
ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi.
Jumlalarni to‘g‘ri tuzish, aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri
yozish, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z holatlarini topa olish va to‘g‘irlash aqliy
rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
Maktabdagi o‘qish o‘quvchilar nutqining mazmuniga katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning lug‘ati yangidan-yangi so‘zlar va tushunchalar bilan boyib, nutqi
esa maxsus so‘zlar, terminlar va yangi iboralar bilan to‘lib boradi.Har xil o‘quvchi
predmetlari o‘quv nutqi oldiga yangi talablar qo‘ydi. Matematikada qisqa aniq nutq
kerak bo‘lsa, o‘quv darslarida o‘quvchilarga keng, obrazli iboralar bilan to‘ldirilgan
gaplar
kerak
bo‘ladi.
Bolalar
monologik
nutqdan
foydalanishda
katta
qiyinchiliklarga duch keladalar. Bolalarning og‘zaki va yozma nutqlari o‘rtasida
katta farq borligini ko‘ramiz. Bu farq shundan iboratki, maktabgacha yoshidagi
bolalar bir-birlari bilan og‘zaki nutq yordamida munosabatda bo‘ladilar, yozma nutq
esa kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun yangi notanish sohadir. Shu sababli yozma
nutqni
o‘quvchilar
qiyinchilik
bilan
egallaydilar.O‘quvchilar
nutqini
takomillashtirish uchun aktiv nutq bilan doimiy ravishda mashq qilish talab etiladi,
buni ta’lim jarayonida har doim esda tutish kerak.
O‘yin faoliyati va uning psixologik xususiyatlari
O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy
ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab
va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan
o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va
mohiyatini anglab yetolmaydi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yetakchi turi o‘qish hisoblanib,
ularning hayotida mehnat esa kamroq o‘rin tutadi. Bu yoshdagi o‘quvchilar harakat
bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlarni yaxshi ko‘radilar. Bu o‘yinlar harakatlarning
uyg‘unlashuvini takomillashtiradi, kuch- quvvati va chaqqonligini o‘stiradi, ichki
organlarning ishini nafas olish, qon aylanishini yaxshilaydi, bolalar sog‘lig‘ini
mustahkamlaydi. O‘yin idrok, diqqat, xayol, qiziqish, taffakkurni o‘stirishga yordam
beradi, tashabbus va aktivlikni o‘stirishga ko‘maklashadi, o‘yin faoliyatini ularsiz
tasavvur etib bo‘lmaydigan ijobiy emotsiyalarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari,
o‘yin o‘quvchining o‘qish jarayonida aqliy ishdan juda yaxshi dam olishi uchun
xizmat qiladi. O‘yin bolalarni hayotga tayorlaydi, xolbuki ulardan birortasi ham
o‘yinning bu haqidagi ahamiyatini o‘ylamaydi. Bolalar o‘zlarini birdan-bir
ehtiyojlarini qondirish, xursand bo‘lish uchun o‘ynaydilar.O‘yin jarayonida bolalar
muayyan ishlarni bajaradilar. Ular imorat qiladilar, sayohat qiladilar, ularni
davolaydilar, bir-birlariga ish o‘rgatadilar, xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadilar.
Vatanni dushmanlardan himoya qiladilar, qaxramonlik ko‘rsatadilar va hokozo.
O‘yindan ko‘zlanadigan maqsad o‘yin natijasi emas, o‘yin faoliyatining o‘zidir.
Ko‘pgina o‘yinlarda bir kishi emas, balki ko‘pchilik ishtirok etadi. Bu bolalarda
jamoatchilik xissini tarbiyalashga yordam beradi. Ular birgalikda, uyushgan xolda
harakat qilishni o‘rganadilar goh boshqalarga boshchilik qiladilar, goh o‘zlari ularga
bo‘ysunadilar, muayyan qoidalarga amal qilib, ularni bajarilishini qattiq nazorat
qiladilar. Bularning hammasi irodani tarbiyalashga, intizomga odatlanishga imkon
beradi, o‘z xatti- harakatlari va xulq -atvori uchun javobgarlik hissini yuzaga
keltiradi, bola shaxsining ma’naviy sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi,
ma’lumki har bir o‘yinda bolalar o‘yinni o‘ynaladigan muayyan shartlar haqida
kelishib oladilar, bordi-yu biror bola ana shu majburiyatni buzsa, uni uyindan
chiqarib yuboradilar yoki o‘yinni davom ettirishdan bosh tortadilar. O‘yinlarning
ko‘p qismi musobaqalar bilan bog‘liq, bu narsa bolaning jismoniy va psixik jihatidan
zo‘r berishni kuchaytiradi, kamol topishga yordamlashadi.
O‘yinning amaliy natijalari emas, balki uning qatnashchilarga baxsh etadigan
mamnuniyat o‘yin faoliyati uchun motivlar bo‘lib xizmat qiladi. O‘yinda ko‘p narsa
xayol asosida quriladi. Bolalar mutlaqo real buyumlarsiz yoki uncha-muncha
buyumlardan foydalangan xolda o‘ynashlari mumkin. Shuning uchun o‘ylab yuzaga
keltirilgan vaziyatlar real va ko‘pincha kuchli ta’sir etuvchi xis-tuyg‘ular bo‘lishi
mumkin. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning o‘yinlari juda xilma-xil bo‘ladi.
Harakatli o‘yinlar: Harakatli o‘yinlarning ba’zilari sport o‘yinlarga yaqinroq
bo‘ladi. Bu o‘yinlar sog‘liq uchun juda foydalidir. Bunday o‘yinlarning ko‘plarida
shaxsiy birinchilik yoki jamoatchilik birinchiligi uchun kurashiladi. Ularda jismoniy
sifatlardan tashqari shaxsning jasurlik, o‘zini qo‘lga ola bilish, qa’tiyatlilik singari
xususiyatlarini o‘stiradi.
Rollarga bo‘linib o‘ynaydigan o‘yinlar. Bu o‘yinlar bolalar kuzatadigan yo
kattalardan eshitadigan hodisa va jarayonlarni aks ettiradi. Bu o‘yinlarda har bir bola
o‘ziga muayyan rolni, masalan vrach, o‘qituvchi, o‘t o‘chiruvchi rolini oladi va
tegishli faoliyat turini tasvirlab o‘ynaydi. Ba’zan o‘yin syujeti oldindan belgilab
qo‘yiladi, voqea va harakatlar muayyan reja asosida avj olib boradi. Boshlang‘ich
sinflarda ham ular xali ko‘g‘irchoq o‘ynaydilar, uni allalaydilar, davolaydilar, unga
ta’lim beradilar. Ba’zan ular o‘yinchoqlarsiz ham o‘ynayveradilar, bunda ko‘pincha
qo‘g‘irchoq o‘rnini ukalari va singillari egallaydi, o‘zlari esa onalik burchini ado
etgan bo‘ladilar. Kichik maktab yoshidagi bolalarda texnikaga qiziqish paydo
bo‘ladi. Ularning o‘zlari samolyotlar, avtomashinalar yasab ularni o‘ynaydilar.
Qizlar o‘yinlarida maishiy xarakterdagi ishlar bilan shug‘ullanishni yoqtiradilar:
qo‘g‘irchoq uchun kiyim –kechak tikadilar, stol tuzaydilar, idish-tovoqni,
qo‘g‘irchoq uchun tikilgan kiyim-kechakni yuvadilar va dazmollab qo‘yadilar.
Bunga o‘xshash o‘yinlar keyinchalik asta-sekin mehnat faoliyatiga aylanadi, stol
ustiga qo‘yib o‘ynaladigan o‘yinlar: bu o‘yinlardan ba’zilari bilishga qiziqishni
oshirish va aqliy kamolotni o‘stirish uchun juda foydalidir. Rasmli va har-xil
topishmoqlar, rebuslar, o‘ylashni talab qiladigan o‘yinlar kabilar kiradi. Ayni shu
vaqtda ko‘pchilik bolalar shashka, shaxmat o‘ynay boshlaydilar. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari o‘quvchilarning o‘yin faoliyatidan bir chetda turmasliklari kerak.
O‘qituvchilar tanaffus paytida o‘yinlarni kuzatib turadilar, ba’zan esa bolalarning
dam
olishlarini
yo‘lga
qo‘yib,
o‘yinlarda
o‘zlari
ham
ishtirok
etadilar.O‘qituvchining roli birinchi navbatda, bolalarga foydali o‘yinlarga qiziqish
uyg‘otish, zararli o‘yinlar o‘ynalishiga, bolalarning urushib qolishlariga yo‘l
qo‘ymaslik va hokazolardan iborat. Lekin o‘yinga zo‘r nazorat, ehtiyotkorlik bilan
rahbarlik qilish lozim. Bolalar mustaqilligini, ularni mustaqillikka bo‘lgan tabiiy
intilishlarini bo‘g‘ish yaramaydi: bolalarni oqilona o‘yinlar o‘ylab topishlarini va
o‘zlari uchun o‘yinda ko‘p imkoniyatlar yaratadigan ijodiyotning boshqa
formalarini rag‘batlantirib borish darkor. O‘yin - bu faoliyat turi bo‘lib, inson
taraqqiyotida muhim rol’ o‘ynaydi. Aynan o‘yin faoliyatida bola shaxsi
shakllanadi.O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy
ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab
va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan
o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va
mohiyatini anglab yetolmaydi.
Bolalar o‘yin faoliyatining bir qator umumiy va farqli jihatlari bor.
O‘yin faoliyatida ma’lum bir ijtimoiy rol improvizatsiya qilinadi ya’ni hayotda
bor bo‘lgan u yoki bu harakat, xulq - atvor shakllari qaytariladi.
O‘yin faollashgan vaziyat shartlidir.
O‘yinda me’nat yoki boshqa turdagi biror bir faoliyatning eng muhim qirralari
qayta tiklanadi.
Tabiiylik, emotsionallik emotsiyalar ustivorligi namoyon bo‘ladi..
Ijtimoiy psixologik bilimdonlikni oshirishga yordam beruvchi o‘yinlar asosan
ikki guruxga bo‘linadi:
Operatsion o‘yinlar. 2. Rolli o‘yinlar.
Operatsion o‘yinlar o‘z moxiyatiga ko‘ra, ya’ni o‘zining motivlari, aqliy
operatsiyalarning ishtiroki va emotsiyalari bilan muammoli vaziyatlarni ta’lil
qilishga o‘xshaydi. Lekin ma’lum bir tizimga tushirilmagan erkin spontan (tarqoq,
erkin) munozaradan farqli o‘laroq, o‘yinning senariysi bo‘ladi. Unda qabo‘l qilingan
qarorlar ijtimoiy me’yorlarga mos kelishi, to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi belgilab
qo‘yilgan bo‘ladi. Chunki ularda oldindan sinovdan o‘tkazilgan vaziyatlar
ishlatiladi. Keng tarqalgan amaliy boshqaruv o‘yinlari ana shular jumlasiga kiradi
Amaliy o‘yinlar quyidagi funksiyalarni bajaradi.
Qaror qabo‘l qilish bilan bog‘liq tipik hayotiy vaziyatlarni modellashtirish.
Profetsssional faoliyatda uchraydigan xulq-atvor shakllari va muloqot
ko‘rinishlarini ochib beriladi.
Ijtimoiy xulqning bo‘lishi lozim bo‘lgan yangi qirralari bashorat qilinadi.
Operatsion o‘yinlarni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga bo‘ysunish kerak:
Ijodiy yondashuv.
Tanlab olingan vaziyat maksimal tarzda xayotga yaqin bo‘lishi kerak.
Treningning tarbiyaviy tomonini sof o‘yinlarning o‘zidan yuqori qo‘yish kerak.
O‘yin qonun qoidalarining, normalarining barcha uchun tengligi prinsipi.
Rolli o‘yinlar keng tarqalgan o‘yin metodlaridan bo‘lib, ular mo‘iyati ji’atdan
ma’lum obrazlarga kirish, o‘sha obrazlarga xos xususiyatlarni o‘z boshidan
kechirishni taqazo etadi. Nemis olimi Margaret Forverg ularda dramatizatsiya
elementi borligini, bu shaxsda o‘zida mavjud bo‘lgan va o‘zgalardagi begona
obrazlarni
tuzatish-korreksiya
qilish
samarasidir,
deb
ta’kidlagan.
O‘yin
ishtirokchisining o‘sha vaziyatni xissiy o‘z boshidan kechira olishi katta ahamiyatga
ega. Rolga kirishning quyidagi talablari mavjud:
 kitob tilida gapirmaslik;
 muloqotning barcha qoidalari va sirlaridan foydalanish;
 ovoz xusussiyatlariga muntazam e’tibor berish;
 mimika pantomimika elementlarini keng qo‘llash;
Har bir xolat va turishni jonlantirish.
Har bir o‘yin bir necha daqiqadan tortib, 1-2 soatgacha davom etishi mumkin
va unda ikki kishidan o‘n kishigacha ishtirok etadi. O‘yin jarayoni quyidagicha:
avval tipik ijtimoiy psixologik vaziyat modellashtiriladi. So‘ng personaj sifatida har
birining mavqei aniqlanib muammo moxiyati tushuntiriladi. Barcha trening a’zolari
vaziyat bilan tanishib chiqadilar va vaziyatdan chiqishning maqsadga muvofiq
yo‘llarini qidiradilar. Bunda ishtirokchilarni shaxslararo o‘zaro munosabatlariga
e’tibor berib, unga o‘rgatiladi. O‘yin boshda boshlovchi har bir ishtirokchiga uning
shaxsiy istagi va xususiyatini hisobga olgan xolda personajlarni bo‘lib chiqadi, keyin
ularni almashtirish mumkin.
Rolli o‘yinlar orqali ko‘pchilik o‘rtasida nutq so‘zlash, nizoli vaziyatning oldini
olish malakalarini ham shakllantirish mumkin. Ma’lumki, ijtimoiy malakani hosil
qilish uchun trening qatnashchisi bir necha o‘yinda ishtirok etishi zarur.
Rolli o‘yinlarni tashkil etishda boshlovchiing roli muhimdir. Uning asosiy
vazifasi har bir ishtirokchini unga xos bo‘lgan xissiyotlar bilan o‘yinga berilib
ketishiga imkoniyat yaratishdir.
Bu o‘rinda ijtimoiy psixologiyada farq qilinadigan uch asosiy rolning o‘rni
haqida to‘xtab o‘tishimiz kerak. Ijtimoiy hayotdagi ijtimoiy psixologik rollar asosan
quyidagilardir.
«Kattaning roli - u doimo rolp ko‘rsatuvchi, aql soxibi, u adashmaydi, chunki
uning hayotdagi maqsadlari aniq, ravshan, uning taklif va fikrlari odatda boshqalar
tomonidan eotirozga uchramaydi. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, hayotga
«katta» yoshga emas, balki shaxsiy tajribaga, hayotga individual munosabatda
bo‘lishga bog‘liq. Shuning uchun ham kichik yoshli bola o‘zini «kattadek» his
qilishi mumkin.
«Ota-onaning» roli ham mavqei va ishlab chiqarish moxiyati nuqtai nazaridan
kattaga o‘xshaydi, lekin unda ko‘proq nasi’atgo‘ylik sifatlari, mehribonlik, doimiy
am’o‘rlik qilish fazilatlari bilan uyunlashib ketadi.
«Kichikning roli» - bu rolning mo‘iyati shundaki, odam doimo o‘zgalar pand
nasi’ati va ko‘rsatmalariga mu’toj bo‘lib, uni doimo boshqarib turishi kerak. Bilim
saviyasi yoki yoshidan qat’iy nazar «kichik», doimo o‘zgalar harakatiga taqlid
qilish, tez, asossiz xulosalar chiqarish, mantiqsizlikka ham yo‘l qo‘yish hislatlariga
ega.
Rolli o‘yinlarni tashkil etishda bir qator qiyinchiliklar bo‘lib, ulardan eng
muhimi o‘yin vaziyatlarni kattalar tomonidan noto‘g‘ri idrok qilinishi, unga rasmiy
tus berilishi va kattalarning «bolalar» obraziga kira olmasliklaridir. Ushbu baroerni
olib tashlashda yetakchining o‘rni muhim bo‘lib, birinchidan psixologik vaziyatni
to‘g‘ri tanlay olganligi, ikkinchidan ishtirokchilarga muammoni qo‘yilishi va har
birini uni his qilishlariga ko‘mak berishi katta ahamiyatga egadir. Demak, tanlangan
vaziyat ikkita muhim talablarga javob berishi kerak:
Uning mazmuni va muammoning xarakteri real borliqqa, xayotdagi
vaziyatlarga mos kelishi.
Uning ishtirokchilar uchun ahamiyatli bo‘lishi.
Agar yuqoridagi jixatlarga boshidan e’tibor berilmasa, ishtirokchilarda trening
va uning maqsadi haqida noto‘g‘ri tasavvur shakllanadi, ya’ni natija taxlil qilinganda
samara kutilganday bo‘lmasligi mumkin.Shuning uchun ishtirokchilarni o‘yin
vaziyatiga to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning har birida to‘g‘ri motivatsiya va qiziqishni
hosil qilish boshlovchidan psixologik malaka va tajribani talab qiladi.
Yuqoridagilarga amal qilganda o‘yin mazmuni qatnashuvchilarning xotirasida uzoq
muddat faol ustanovkalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
O‘yin jarayonidagi asosiy shaxslardan biri boshlovchidan keyin ijtimoiy
psixologik vaziyatning markazida turgan shaxs hisoblanadi. Uni ilmiy adabiyotlarda
«protogonist» deb atashadi.
Uning ijtimoiy psixologik vaziyatning muammo va ziddiyatlarni hal qilishdagi
roli kattadir, chunki u voqealarning markazida turadi. Unga o‘z rolining barcha
jixatlarini har tomonlama hal etish namoyon qilish xuquqi beriladi. Boshqa rollar
uning tabiatidan, xususiyatidan kelib chiqadi.
2.2. Nutq nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs va
shaxslararo munosabatlarini rivojlantirish usullari va tavsiyalar
Bolaning nutqini rivojlantirish darajasini aniqlash uchun erta yoshda nutq
terapiyasi tekshiruvi zarur. Nutq terapevtining keng qamrovli diagnostikasi nutq
markaziga ta'sir qiladigan patologiyalarni o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
Bunday chora qoidabuzarliklarning sababini aniqlash uchun ham, muammoni hal
qilishning eng yaxshi usullarini tanlash uchun ham kerak.
Nutq terapevtiga birinchi tashrif 3-4 yoshida, bola bog‘chaga ketayotganda
tavsiya etiladi. Ba'zi hollarda, ota-onalar doimiy nutq buzilishlarini sezganda,
shifokorga tashrif buyurish erta amalga oshiriladi. Bundan tashqari, muammo o‘quv
jarayonida aniqlana boshlaganida, maktabda nutq terapevtiga tashxis qo‘yish kerak
bo‘lishi mumkin.
Birinchi uchrashuvda shifokor bolaning rivojlanishidagi muhim nuqtalarni
ko‘rsatadigan so‘rovnomani to‘ldirishni taklif qiladi. Qabul qilingan ma'lumotlar
nutq terapevtiga ishni to‘g‘ri rejalashtirish va individual dasturni tanlashga yordam
beradi.
Umumiy tekshiruv vaqtida shifokor quyidagi fikrlarni aniqlaydi:
geometrik shakllar, ranglar, ob'ektlarning parametrlarini bilish darajasi;
kosmosda va vaqtda navigatsiya qilish qobiliyati;
oddiy matematik tushunchalarni bilish;
nozik vosita mahoratining holati;
tasniflash qobiliyati.
Nutq rivojlanishini tekshirish bolaning unga murojaat qilganda tushunishini
baholashni, u qanday nutq vositalaridan foydalanishini, kattalarga taqlid qiladimi
yoki yo‘qligini, savollarga qanday javob berishini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Shifokor ob'ektni, tana qismini, hayvonni nomlash va ko‘rsatishni, biror narsani bir
so‘z bilan tasvirlashni so‘raydi.
Muvaffaqiyatli nutqni tekshirganda, shifokor bolaning ismini, ota-onasi, opasingillari, aka-ukalarining ismlarini, kim bilan yashashini, uning sevimli o‘yinchog‘i
nima ekanligini so‘raydi. Keyin u hikoyani aytib berishi, rasmlar va kalit so‘zlardan
foydalangan holda jumlalar tuzishi kerak bo‘ladi.
Bolalarni logoped tomonidan tekshirish bir necha bosqichlardan iborat:
O‘yin paytida bolani kuzatish, ota-onalar bilan muloqot qilish.
Atrofdagi odamlar va narsalarga qiziqishning namoyon bo‘lishini baholash.
Diqqat, diqqatni jamlash qobiliyati, bolaning baland tovushlar va shivirlarni
qanday qabul qilishi.
Kuzatishni baholash - rasmlar, ob'ektlarni moslashtirish, ranglarni tanib olish.
Intellektual rivojlanish darajasini o‘rganish - hisoblash qobiliyati, ob'ektlarni
asosiy belgilariga ko‘ra farqlash, kosmosda harakat qilish.
Nutq holati va umumiy vosita ko‘nikmalari.
Nutqni tushunish va talaffuz qilish qobiliyati - gaplarni takrorlash, hikoyani
tushunish, engil topshiriqlarni bajarish, gaplar tuzish.
Ba'zi hollarda, mutaxassisga bir necha bor tashrif buyurish talab etiladi, shunda
u buzilishlar mavjudligini tekshirishi yoki ularning yo‘qligini tasdiqlashi mumkin.
Ular dastlabki tekshiruv va prognozdan keyin tuzilgan sxema bo‘yicha amalga
oshiriladi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni aql va eshitish qobiliyatini buzmagan holda
tashxislash usullari:
Ob'ektlarning nomlarini tushunish. Bolaning oldiga bir nechta o‘yinchoqlar
qo‘yiladi, nutq terapevti ularning har birini navbat bilan ko‘rsatishni so‘raydi.
Harakatlarni tushunish. Nutqni terapevt muayyan vazifani bajarishni so‘raydi qo‘g‘irchoqni boqish, ayiqni uyquga qo‘yish.
Guruhda orientatsiya. Boladan xonada biror narsani ko‘rsatish, biror narsa
topish yoki biror narsaga kelish so‘raladi.
Faol nutq. Bola erkin o‘ynaydi, uning davomida nutq terapevti uning histuyg‘ularini, og‘zaki tovushlarni, so‘zlarni kuzatadi.
3 yoshgacha bo‘lgan nutq terapevti tomonidan bolaga tashxis qo‘yish usullari:
Nutq, predlog haqida tushuncha. Vazifa beriladi - o‘yinchoqni "ostiga",
"haqida" qo‘yish, "o‘tib" o‘tish, biror narsaning "oldida" turish.
Prefiks munosabatlarini tushunish. "Yopish", "ochish", "ochish", "olib ketish"
ko‘rsatmalari beriladi.
Eshitish e'tibori. Ovoz jihatidan o‘xshash so‘zlarni farqlash qobiliyati
aniqlanadi - "mo‘ylov-quloqlar", "sichqon-ayiq".
Faol nutq. Nutq terapevti bola bilan erkin suhbat quradi, murakkab
bo‘ysunuvchi gapni eshitishni kutadi.
QANDAY NATIJALAR BO‘LISHI MUMKIN
natijalar nutq terapiyasi tekshiruvi ovozning tempi, ritmi, intonatsiyasi, nafas
olish xususiyatlari haqida ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Nutq terapevti iboralar va
alohida so‘zlarning tovush-ovoz tuzilishi holati, ta'sirchan va ifodali nutq, lug‘at,
vokal vosita qobiliyatlari haqida qayd etadi.
Nutq terapevti nutq buzilishlarini aniqlashi mumkin, masalan:
til bilan bog‘langan yoki disalgiya - tovushlarni buzish, almashtirish, ularning
aralashishi yoki yo‘qligi;
rinolaliya - ovoz apparati, bolaning burunidagi nuqsonlar tufayli ovozning
talaffuzi va tembrining buzilishi, tovushlarni buzadi, monoton gapiradi;
dizartriya - markaziy asab tizimining shikastlanishi oqibati bor, nutq
organlarining harakati va kuchi buzilganida, bolaning tilni boshqarishi qiyin;
alaliya - normal eshitishni saqlab qolgan holda nutqning qisman yoki to‘liq
yo‘qligi, bola ota-onasi va atrofidagi odamlar bilan bog‘lanishga harakat qiladi, buni
yuz ifodalari va imo-ishoralari bilan qiladi;
nutq rivojlanishining kechikishi - jismoniy va ruhiy holatning buzilishi bilan
yuzaga keladi, ko‘pincha kam ta'minlangan oilalardagi bolalarda kuzatiladi;
logonevroz - duduqlanish, bola tovushlarni cho‘zganda, undoshlarni takrorlasa,
jumlaning
o‘rtasida
to‘xtasa,
aniq
sabablar
hali
aniqlanmagan,
ammo
psixoemotsional holat muhim rol o‘ynaydi;
disleksiya va disfagiya - normal holatda o‘qish va yozishni o‘zlashtira olmaslik
intellektual rivojlanish, bola boshqa harflarni ko‘radi, u yozishda ko‘p xatolarga yo‘l
qo‘yadi.
Agar nuqson topilsa, asosiy sababni aniqlash kerak, shunda nutq terapevti bilan
ishlash uni bartaraf etishga qaratilgan. Zararga shubha tug‘ilganda asab tizimi,
shifokor boshqa mutaxassislarga - nevrolog, psixolog, defektologga tekshirish
uchun yuboradi. Yakuniy xulosa, barcha savollarga javob olgandan so‘ng, nutq
terapevti tomonidan amalga oshiriladi.
Tavsiyalar O‘tkazilgan tadbirlar va o‘rganilgan nazariy manbalar asosida biz
ota-onalar va o‘qituvchilarga quyidagi tavsiyalarni beramiz.
1.
Kichik
maktab
yoshidagi
bolalarning
ijtimoiylashuv
jarayonini
rivojlanishida va erkin shaxslararo munosabatlarga kirishishida shart-sharoitlarini
yaratish maqsadga muvofiq.
2. O‘quv faoliyati jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilardan erkin so‘zlash uchun
turli rolli o‘yinlardan va turli ertaklarni aytib berish usullaridan foydalanib,
mashg‘ulotlarni tashkil etsa o‘quvchilarni og‘zaki nutqi yahshi rivojlanadi. Bu
jarayonda o‘qituvchilar o‘quvchilarga tanish bo‘lgan voqea-xodisalarga yaqin
ertaklarni xikoyalarni olishi kerak.
3. Shaxslararo munosabatga kirishishda kichik yoshdagi o‘quvchilarning
individual
xususiyatlariga
e’tibor
berish,ayrim
xolatlar
nuqtai
nazardan
shakllantirish ulardagi munosabat motivlarini yahshi rivojlantirishga imkoniyat
beradi.
4. Kichik maktab yoshi davri bola uchun yangilanish davri. Shuning uchun
o‘quvchilarda ta’limga munosabatni ijobiy shakllantirish maqsadida ko‘proq o‘yin
ta’riqasida tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu ularning munosabatga kirishishida
og‘zaki nutqini rivojlantirishda katta yordam beradi.
XULOSA
Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni shaxs va shaxslararo munosabatlarini
psxologik-pedagogik korreksiyalash bolaning ijtimoiy hoyotda o‘zini yakkalanib
qolishini oldini oladi. Nutqdagi nuqson sabab bola uyalchang, davralarga
qo‘shilmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar sabab
bola erkin gapirolmaydi va boshqalarning unga bo‘lgan noodatiy diqqat-e’tiborini
his qiladi. Bu hodisani oldini ertaroq olmaslik esa bolaning psixikasiga salbiy ta’sir
qilishi mumkin.
Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni undagi kamchiliklar sezilgandan
mutaxassisga murojaat qilish zarur. Bola bilan logopedik mashg‘ulotlar olib borish
davomida nafaqat logoped balki ota-ona va bolaning boshqa oila a’zolari va ta’lim
muassasasidagi ustozlari ham birdamlikda e’tibor bilan g‘amhurlik ko‘rsatishlari
lozim. Uning nutqidagi nuqsonni kelib chiqishi sabablari aniqlanib uni bartaraf etish
davomida boshqalarning ham unga bo‘ladigan muomala shakliga e’tibor qaratish
lozim. Sababi ko‘pchilik ota-ona yoki bolaning yaqin insonlari tamonidan bolaga
erkalab so‘zalarni buzgan holda murojaat qilishi natijasida hali endi nutqi
rivojlanayotgan bolaning nutq tizimida buzilishlar kelib chiqadi.
Logoritmik mashg‘ulotlar maktabgacha yoshdagi bolalarga tuzatuvchi
ta'sirning ajralmas qismidir, chunki ko‘p bolalar nafaqat nutq buzilishlaridan aziyat
chekishadi, balki umumiy va nozik motorli ko‘nikmalarning bir qator buzilish
belgilariga, prosodiya buzilishiga va psixologik muammolarga ega.
Nutq terapiyasi ritmi nutq va nutq bo‘lmagan buzilishlarni tuzatishga, muloqot
qobiliyatlarini
rivojlantirishga,
shuningdek,
ijobiy
kognitiv
motivatsiyani
shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli maxsus o‘yinlar va mashqlar bilan
ifodalanadi. Logotip ritmining elementlaridan, jumladan, nutq terapiyasi, musiqa,
jismoniy tarbiya, nutqni rivojlantirish darslarida foydalanishingiz mumkin
Maktablarda tahsil oladigan nutq nuqsoniga ega bolalarning atrofidagi insonlar:
ustozi va o‘rtoqlarining ham bolaga bo‘ladigan munosabati katta ahamiyatga ega.
Agar bolalar boladagi nuqson ustidan kulib uni masxara qiladigan bo‘lsa bolaning
o‘ziga bo‘lgan ishonchi so‘nib boshqalardan ajralib qolishi va eng yomoni nutq
nuqsonlarini korreksiyalashda samaradorlikning pasayishini kuzatishimiz mumkin.
Shuning uchun bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttish va nutqidagi
kamchiliklardan uyalmasligini tushintirish zarur. Bu ko‘nikmalarni shakllantirishda
bola bilan psixologik-pedagogik korreksion ishlarni olib borish muhim ahamiyatga
ega.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili va o‘tkazilga tekshirish natijalari asosida
quydagicha pedagogik tavsiyalar ishlab chiqdik: Maktabgacha yoshdagi dizartriyali
bolalar nutq nuqsonlarini erta aniqlash va uni bartaraf etishda logopedik ritmika
usullaridan atroflicha foydalanish; Logopedik ritmikaning eng zamonaviy, jahon
standartlari yutuqlariga mos keluvchi usullarini ishlab chiqish va amaliyotda keng
joriy etish, joylarda logopedik ritmika bo‘yicha olib borilayotgan ilg‘or ish
tajribalarga tayanish; Logoritmik mashqlarda o‘zbek xalqining milliy musiqalari,
milliy cholg‘ulari, xalq laparlari va boy adabiy merosimiz durdonalaridan
foydalanish; Logoritmik mashqlarni o‘tkazish jarayonida logoped, tarbiyachi,
musiqa rahbarining yakdillik bilan bir xil talab asosida hamkorlikdagi ishlarini
ta’minlash; Ota-onalar bilan uzviy aloqada ishlash, ular uchun maslahatlar berishda
muntazamlikka erishish; Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan
logopedik ritmika mashg‘ulotlarida korreksion ish tizimi muammosini o‘rganish
davomida olgan natijalardan quyidagi xulosani keltirish mumkin. Logopedik
mashg‘ulotlarning bola shaxsining estetik, jismoniy, nutqiy rivojlanishida
ahamiyatining o‘ziga xos tomonlari O‘zbekiston Respublikasida yetarlicha
o‘rganilmaganligi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. О‘zbekiston Reespublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
// O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami.– T., 2017 .– B.39.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 1992
3. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni – T.:Sharq
nashriyot – matbaa konserni, 1997.
4. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
– T.:Shark nashriyot – matbaa konserni, 1997.
5. Sh.M. Mirziyoev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2016.
6. Ayupova M.Yu. Logopediya. O‘zbekiston Faylasuflar Milliy Jamiyati
nashriyoti -Toshkent: 2007.
7. Воробева В.К. Особенности связной речи школьников с моторной
алалией. – В сб.: Нарушения речи и голоса у детей. Под ред.
С.С.Ляпидевского. М., 1995.
8. Выготский Л.С. Мышления и реч /Собр. соч. – М., 1992.
9. Выготский Л.С. Развитие высших психических функций. – М., 1990.
10.Гринер В.А. Логопедическая ритмика для дошкольников. Пособие для
работников логопедических учреждений. – М., 1998.
11. Гвоздев А.Н. Вопросы изучения детской речи. - М., 1991.
12.Гриншпун Б.М. О принципах логопедической работы на началных
этапах формирования речи у моторных алаликов. – В сб.: Нарушения
речи и голоса у детей /Под ред.С.С.Ляпидевского, - М., 1995.
13.Ефименкова Л.Н. Формирование речи у дошколников. – М., 1995.
14.Жаренкова Г.И. Особенности понимания речи алаликами. Специалная
школа, 1997.
15.Жаренкова Г.И. Понимание грамматических отношений детми с общим
недоразвитием речи. – В сб.: Школа для детей с тяжёлыми нарушениями
речи. /Под ред. Р.Е.Левиной., - М., 1991.
16.Жинкин Н.И. Механизмы речи. – М., 1999.
17.Жукова Н.С., Мастюкова Е.М., Филичёва Т.Б. Преодоление общего
недоразвития речи у дошколников. – М., 1993.
18.Жукова Н.С., Мастюкова Е.М., Филичёва Т.Б. Преодоление общего
недоразвития речи у дошколников. – М., 1990.
19.Жукова Н.С. Преодоление недоразвития речи у детей. – М., 1994.
20.Иваненко С.Ф. Формирование восприятия речи у детей с тяжёлыми
нарушениями произношения. – М., 1994.
21.Картушина М.Ю. Логоритмика для малышей: Сенарии занятий с детми
3-4 лет. – М., 2005.
22.Картушина М.Ю. Логоритмические занятия в детском саду. – М., 2004.
23.Каше Г.А. Формирование произношения у детей с недоразвитием речи.
– М., 1992.
24.Каше Г.А. Подготовка к школе детей с недостатками речи: Пособие для
логопеда. – М., 1995.
25.Левина Р.Е. Опыт изучения неговорящих детей /алаликов/ - М., 1991.
26.Левина Р.Е., Никашина Н.А. Характеристика общего недоразвития речи
у детей. – В кн.: Основы теории и практики логопедии. – М., 1998.
27.Логопедия. /Под ред. Л.С. Волковой., С.Н. Шаховской. – М., 2003.
28.Ляпидевский С.С., Гриншпун Б.М. О классификatsiи речевых
расстройств. – М., 1999.
29.Муминова Л.Р. Теоритические основы коррекционно-педагогической
работы по преодолению речевого недоразвития у детей дошколного
возраста. Автореф. дисс. док. пед. наук. – Т., 1992.
30.Никашина
Н.А.
Логопедическая
помощ
учащимся
с
речевым
недоразвитием. – В сб.: Недостатки речи у учащихся началных классов
массовой школы. – М., 1995.
31.Никашина Н.А. Педагогическое изучение недостатков речи детей //
Дефектология. 1999 - №4.
32.Нищева Н.В. Система коррекционной работы в логопедической группе
для детей с общим недоразвитием речи. – СПБ., 2001.
33.Новиковская О.А. Логоритмика для дошкольников в играх и
упражнениях. – М., 2005.
34.Орфинская В.К. Спорные вопросы обучения слышащих детей без речи.
– Ученые записки ЛБПИ., 1999.
35.Основы теории и практики логопедии /Под ред. Р.Е.Левиной. – М., 1998.
36.Правдина О.В. Логопедия. – М., 1993.
37.Пулатова Х.М. Активизatsiя речевой деятельности детей дошкольного
возраста с общим недоразвитием речи. Автореф. дисс. канд. пед. наук. –
Т., 1994.
38.Пўлатова Х.М. Логопедик ритмика -Тошкент .2014
39.Усанова
О.Н.
Логопедическая
работа
по
формированию
звукопроизношения у детей с моторной алалией в дошколном возрасте.
Автореф. канд. дисс. – М., 1990.
40.Филичёва Т.Б. Особенности формирования речи детей дошкольного
возраста. – М., 2000.
41.Филичёва Т.Б., Чиркина Г.В. Подготовка к школе детей с общим
недоразвитием речи в условиях специалного детского сада. – М., 1994.
42.Филичёва Т.Б., Чиркина Г.В. Изучение детей с общим недоразвитием
речи в специалном детском саду. //Дефектология. – 1995. № 6.
43.Филичёва Т.Б., Чиркина Г.В. Коррекционного обучение и воспитание
детей 5-летнего возраста с общим недоразвитием речи. – М., 1991.
44.Филичёва Т.Б., Чевелёва Н.А., Чиркина Г.В. Основы логопедии. – М.,
1999.
45.Филичёва Т.Б., Чиркина Г.В. Устранение общего недоразвития речи у
детей дошколного возраста. Практическое пособие. – М., 2004.
46.Хватцев М.Е. Логопедия. – М., 1999.
Download